Muqaddas Kitob


MARK

BAYON ETGAN MUQADDAS XUSHXABAR

Kirish

Mazkur kitob Yangi Ahd tarkibidagi to‘rtta Xushxabarning ikkinchisidir. Mark kitobi Xushxabar kitoblari orasida eng qisqasi bo‘lib, Isoning hayoti va faoliyati to‘g‘risida hikoya qiladi. Bu kitob muallifi Markdir. U havoriy Butrusning va’zlari va ta’limotiga asoslangan holda, Isoning safarlari va ko‘rsatgan aql bovar qilmas mo‘jizalari haqida bayon qiladi. Kitob Isoning xochdagi o‘limi va tirilishi haqidagi voqealar bilan yakunlanadi.

Mark Isoning qudrati va hokimiyatiga alohida urg‘u beradi. U Isoni Xudoning O‘g‘li* deb ta’kidlab, Iso ulug‘ Ustoz, tengi yo‘q Shifokor ekanini, hatto shayton, jinlar va o‘lim ham Unga bo‘ysunishini hikoya qiladi. Iso tabiat hodisalari, gunoh, diniy udumlar va Ma’baddagi tartib ustidan Hukmron ekanini muallif ko‘rsatadi. Iso odamlarga shifo bergani haqida Mark takror–takror bayon qiladi, bu mo‘jizalarning hammasini Iso Xudoning qudrati bilan qilganini muallif ta’kidlaydi.

Din arboblari Isoning ta’limotini qabul qilishmaydi. Bu esa Iso va ularning orasida ziddiyat tug‘diradi (2:2-3:6). Oqibatda ular Isoni o‘ldirish payiga tushadilar (11:18).

Bu kitob Isoning shogirdlarini va olomonni hayratga solgan mo‘jizalarga boy bo‘lsa– da, mazkur Xushxabarga ko‘ra, Isoning eng qudratli ishi Uning xochda tortgan azobi va o‘limidir. Buni anglagan birinchi odam Rim askari bo‘ladi, u Isoning xochda o‘lganini ko‘rib: “Bu Odam haqiqatan ham Xudoning O‘g‘li ekan!” deb tan oladi (15:39).

To‘rtta Xushxabar orasida Mark bayon etgan Xushxabar birinchi bo‘lib yozilgan, degan fikr keng tarqalgan. Mazkur Xushxabardagi ko‘plab oramiycha so‘zlar va yahudiycha odatlarning izohi shunday fikrga olib keladi: Mark bu kitobini g‘ayriyahudiy xalqlardan bo‘lgan masihiylar uchun yozgan. Muallif Iso to‘g‘risida hikoya qilganda, kitobxonni Isoning qudratiga ishontirishga harakat qiladi. Zotan, Uning qudrati odamlarni xastaliklardan, jinlardan va o‘limdan xalos qila oladi. Shuningdek, Mark imondagi yangi hayot yengil emasligini eslatib qo‘yishni xohlaydi. Imonlilar Isoga ergashib, boshqalarga xizmat qilishlari va Iso singari azob–uqubat tortishga tayyor bo‘lishlari kerakligini aytadi.


1–BOB

Yahyo cho‘mdiruvchining va’zi

1 Xudoning O‘g‘li* Iso Masih to‘g‘risidagi Xushxabar shunday boshlanadi. 2 Ishayo

payg‘ambarning kitobida yozilganki:


“Mana, Sendan oldin Men O‘z elchimni yuboryapman, U Sen uchun yo‘lni hozirlaydi*.

3 Cho‘lda bir ovoz yangramoqda:

«Egamizga yo‘l hozirlang,


Unga to‘g‘ri yo‘l oching!»”*


4 Darvoqe, Yahyo cho‘mdiruvchi cho‘lda* odamlarga: “Gunohlaringizdan tavba qilib, suvga cho‘minglar, shunda Xudo gunohlaringizni kechiradi”, deb va’z qila boshladi*. 5 Quddus aholisi va Yahudiya o‘lkasining qolgan hamma joylaridan kelgan odamlar Yahyoning oldiga borishardi. Ular gunohlarini e’tirof etishar, Yahyo ularni Iordan daryosida cho‘mdirar edi.

6 Yahyoning kiyimlari tuya junidan to‘qilgan bo‘lib, beliga charm kamar* bog‘lagan

edi. U chigirtka va yovvoyi asal yerdi. 7 U xalqqa shunday deb e’lon qilardi: “Mendan

ham qudratliroq bo‘lgan bir Zot ortimdan kelmoqda. Men engashib Uning choriq iplarini yechishga ham arzimayman. 8 Men sizlarni suvga cho‘mdiryapman, U esa sizlarni Muqaddas Ruhga cho‘mdiradi.”

Iso suvga cho‘mdiriladi

9 O‘sha kunlari Iso Jalila hududining Nosira shahridan Yahyo oldiga keldi. Yahyo Uni Iordan daryosida cho‘mdirdi. 10 Suvdan chiqishi bilanoq Iso osmonning ochilib ketganini va Muqaddas Ruh Uning ustiga kaptarday tushib kelganini ko‘rdi. 11 Osmondan esa: “Sen Mening sevikli O‘g‘limsan*, Sendan nihoyatda mamnunman*” degan ovoz eshitildi.

Iso vasvasaga solinadi

12 Muqaddas Ruh Isoni darhol sahroga boshlab ketdi. 13 Iso sahroda qirq kun bo‘lib, shayton tomonidan vasvasaga solindi. Iso yovvoyi hayvonlar orasida yashab, farishtalar Unga xizmat qilishardi.

14 Yahyo hibsga olingandan keyin*, Iso Jalilaga borib, Xudoning Xushxabarini va’z qildi: 15 “Vaqt–soati yetdi. Xudoning Shohligi* yaqinlashdi! Tavba qilinglar, Xushxabarga ishoninglar!”

Isoning dastlabki shogirdlari

16 Iso Jalila ko‘li bo‘ylab o‘tayotib, Shimo‘n* va uning ukasi Endrusni ko‘rib qoldi. Ular baliqchi bo‘lib, ko‘lga to‘r tashlayotgan edilar. 17 Iso ularga dedi: “Ortimdan yuringlar.

Men sizlarga odamlarni ovlashni o‘rgataman.” 18 Ular o‘sha zahotiyoq to‘rlarini tashlab,

Isoga ergashdilar.

19 Iso bir oz nari yurgach, Zabadiyoning o‘g‘illari Yoqub va Yuhannoni ko‘rib qoldi. Ular qayiqda to‘rlarini yamab o‘tirishgan edi. 20 Iso shu onda ularni ham chaqirdi. Ular otalari Zabadiyoni va yollanma ishchilarni qayiqda qoldirib, Isoga ergashdilar.

Jinga chalingan odam

21 Ular Kafarnahum shahriga kirib borishdi. Shabbat kuni Iso sinagogaga kirib, ta’lim bera boshladi. 22 Xaloyiq Isoning ta’limotini eshitib, hayratda qoldi, chunki U odamlarga Tavrot tafsirchilariday* emas, balki hokimiyat egasi kabi ta’lim berar edi*.

23 O‘sha sinagogada yovuz ruhga chalingan bir odam bor edi. U to‘satdan qichqirib

yubordi:

24 — Ey Nosiralik Iso! Bizni tinch qo‘y! Sen bizni halok qilgani keldingmi? Sening

kimligingni bilaman: Sen Xudoning Azizisan!

25 Biroq Iso jinga do‘q urib:

beradi, yovuz ruhlar esa Unga bo‘ysunadi–ya!

28 Shunday qilib, Isoning shuhrati butun Jalila hududi bo‘ylab yoyila boshladi.

Iso ko‘p odamlarni sog‘aytiradi

29 Iso, Shimo‘n, Endrus, Yoqub, Yuhanno sinagogadan chiqib, to‘g‘ri Shimo‘n va Endrusning uyiga bordilar. 30 Shimo‘nning qaynanasi isitmalab, to‘shakda yotgan edi. Iso kelishi bilanoq Unga bu haqda aytishdi. 31 Iso ayolning yoniga bordi, qo‘lidan tutib, o‘tirg‘izib qo‘ydi. Shunda ayolning isitmasi tushdi, u mehmonlarga xizmat qila boshladi.

32 Quyosh botib kech kirgan paytda*, odamlar xastalarni va jinga chalinganlarni Isoning oldiga olib kelishdi. 33 Butun shahar aholisi eshik oldiga yig‘ildi. 34 Iso turli dardu illatlardan qiynalgan ko‘p odamlarni sog‘aytirdi. Ko‘plarning ichidan jinlarni quvib chiqardi. Jinlarning gapirishiga ijozat bermasdi, chunki jinlar Isoning kimligini bilishardi.

Iso Jaliladagi sinagogalarda va’z qiladi

35 Ertasi kuni saharda, tong yorishmasdan oldin, Iso o‘rnidan turib, uydan chiqib ketdi. Kimsasiz joyga borib, ibodat qildi. 36 Shimo‘n va boshqalar Isoni qidirib ketdilar. 37 Isoni topib:

Shu so‘zlar bilan Iso uni darhol jo‘natib yubordi.

45 O‘sha odam esa ketayotib, ro‘y bergan hodisani bemalol har yoqqa yoya boshladi.

Shu bois Iso biror shaharga ochiqchasiga bora olmay qoldi. Aksincha, shahardan tashqarida, kimsasiz joylarda yashaydigan bo‘ldi. Shunga qaramay, xaloyiq har tomondan Uning oldiga kelar edi.


2–BOB

Iso sholni sog‘aytiradi

1 Bir necha kundan keyin Iso yana Kafarnahum shahriga keldi. Uning kelgani

to‘g‘risidagi xabar tezda shaharga tarqaldi. 2 Shu qadar ko‘p odam yig‘ildiki, Iso o‘tirgan

uyning* hatto eshigi oldida ham joy qolmadi. Iso xalqqa Xudoning so‘zini o‘rgatayotgan edi. 3 Shu orada to‘rt kishi bir shol odamni ko‘tarib keldilar. 4 Olomon ko‘pligidan ular sholni Isoning oldiga olib bora olmay, uyning tomidan teshik ochdilar*. Sholni to‘shagi bilan Isoning oldiga tushirdilar.

5 Iso ularning ishonchini ko‘rib, sholga:

U shunday dedi–yu, sholga:

11 — Senga aytaman: o‘rningdan tur! To‘shagingni olib, uyingga bor! — deb buyurdi.

12 Shol odam o‘rnidan turdi, darhol to‘shagini olib, hammaning ko‘zi oldida chiqib ketdi. Hamma hayratga tushib: “Bunaqasini hech qachon ko‘rmagan edik”, deb Xudoni ulug‘lar edilar.

Iso Levini chaqiradi

13 Iso yana Jalila ko‘li bo‘yiga chiqdi. Tumonat xaloyiq Uning oldiga to‘plandi. Iso ularga ta’lim berdi.

14 Iso ko‘l bo‘ylab yurarkan, soliq yig‘adigan joyda o‘tirgan Xalfey o‘g‘li Levini* ko‘rib

qoldi. Iso unga:

emas, xastalar tabibga muhtojdir.

Ro‘za tutish haqida savol

18 Yahyoning ham, farziylarning ham shogirdlari ro‘za tutishar edi. Ba’zi odamlar

Isoning yoniga kelib:

bois, Inson O‘g‘li Shabbat kunining ham Hokimidir.


3–BOB

Qo‘li shol odamni Iso sog‘aytiradi

1 Boshqa bir kuni Iso sinagogaga kirdi. U yerda qo‘li shol bir odam bor edi. 2 Isoni ayblamoqchi bo‘lgan ba’zi odamlar*: “Iso Shabbat kuni ham bu odamga shifo berarmikan”, deb Uni kuzatib turardilar.

3 Qo‘li shol odamga Iso:

U odam qo‘lini uzatishi bilanoq, qo‘li soppa–sog‘ bo‘lib qoldi. 6 Farziylar esa darrov tashqariga chiqib: “Isoni qanday qilib o‘ldirsak ekan?” deb Hirod tarafdorlari* bilan til biriktirishdi.

Ko‘l bo‘yidagi olomon

7-8 Iso shogirdlari bilan Jalila ko‘li tomonga ketdi. Unga bir talay olomon ergashdi.

Uning qilgan ishlari to‘g‘risida eshitgan bu odamlar Jaliladan, Yahudiyadan, Quddusdan, Idumeya hududidan, Iordan daryosining sharqidagi yerlardan, shuningdek, Tir va Sidon atrofidagi hududlardan kelgan edilar. 9 Odam ko‘pligidan oyoq ostida qolib ketmay deb, Iso shogirdlariga qayiq tayyorlab qo‘yishni buyurdi. 10 Iso ko‘pchilikka shifo bergani uchun, hamma xastalar Isoga qo‘llarini tekkizmoqchi bo‘lib, U tomon yopirilishardi.

11 Yovuz ruhga chalingan odamlar esa Isoni ko‘rgan zahoti, Uning oyoqlariga yiqilib: “Sen Xudoning O‘g‘lisan*”, — deb baqirib yuborishardi. 12 Ammo Iso: “Mening kimligimni aytmanglar!” deb ularga qat’iy buyurardi.

Iso o‘n ikki havoriyni tanlaydi

13 Shundan so‘ng Iso toqqa chiqib, O‘zi xohlagan odamlarni yoniga chaqirdi. Ular kelgach, 14 Iso o‘n ikki odamni tanlab olib, ularga havoriylar deb nom berdi*. So‘ngra dedi:

Mening ukam, singlim, onam bo‘ladi.


4–BOB

Urug‘ sepuvchi haqida masal

1 Iso yana ko‘l bo‘yida ta’lim berdi. Uning atrofida shu qadar ko‘p olomon to‘plandiki, U ko‘ldagi qayiqqa tushib, o‘tirishga majbur bo‘ldi. Olomon esa ko‘l qirg‘og‘ida turardi.

2 Iso masal orqali xalqqa ta’lim berib, shunday dedi: 3 “Quloq solinglar! Bir dehqon urug‘

sepgani chiqibdi. 4 Urug‘ sepayotganda ba’zi urug‘lar so‘qmoq yo‘l ustiga tushibdi. Qushlar uchib kelib, urug‘larni cho‘qib ketibdi. 5 Ba’zi urug‘lar tuprog‘i kam toshloqqa

tushibdi. Tuproq kam bo‘lgani uchun urug‘lar tez ko‘karib chiqibdi. 6 Biroq quyosh chiqqach, qovjirab, ildizi bo‘lmagani uchun so‘lib qolibdi. 7 Boshqa urug‘lar tikanlar orasiga tushibdi. Tikanlar o‘sib, urug‘larni bo‘g‘ib qo‘yibdi, urug‘lar hosil bermabdi. 8 Yana boshqa urug‘lar esa yaxshi tuproqqa tushibdi va unib–o‘sib, o‘ttiz, oltmish, hattoki yuz barobar ko‘p hosil beribdi.”

9 Keyin Iso yana dedi: “Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!”

Masallarning maqsadi

10 Iso o‘n ikki shogirdi va boshqa ba’zi odamlar bilan yolg‘iz qolganda, ular Isodan boyagi masalni tushuntirib berishini so‘radilar. 11 Iso ularga dedi: “Xudo Shohligining sirini bilish sizlarga berilgan. Tashqaridagilarga esa hamma narsani masallar bilan gapiraman, 12 toki:


«Ular qarab turib, anglamasinlar, Tinglab turib, tushunmasinlar.

Aks holda, Xudoga qaytadilar,

Gunohlaridan forig‘ bo‘ladilar.»”*

Urug‘ sepuvchi haqidagi masalning ma’nosi

13 Iso ularga dedi: “Agar bu masalni tushunmagan bo‘lsangiz, boshqa masallarni qanday tushunasiz?! 14 Urug‘ sepuvchining sepgani — Xudoning kalomidir. 15 Ba’zi odamlar so‘qmoq yo‘l ustiga tushgan urug‘larga o‘xshaydilar. Ular kalomni eshitadilar, ammo o‘sha zahoti shayton kelib, ularning ichiga ekilgan kalomni olib ketadi. 16 Boshqa odamlar toshloq yerga tushgan urug‘larga o‘xshaydilar. Ular kalomni eshitganda, uni darrov sevinch bilan qabul qiladilar. 17 Lekin ularning ildizi bo‘lmagani uchun uzoqqa chidamaydilar. Kalom tufayli qayg‘u yoki quvg‘inga duchor bo‘lishsa, darrov chekinadilar. 18 Boshqa birlari tikanlar orasiga tushgan urug‘larga o‘xshaydilar. Ular Xudoning kalomini eshitadilar, 19 lekin dunyoning tashvishlari, boylikka o‘chlik va boshqa havaslar ularning yuraklariga kirib, kalomni bo‘g‘ib qo‘yadi, kalom esa samarasiz qoladi. 20 Boshqa birlari esa yaxshi tuproqqa tushgan urug‘larga o‘xshaydilar. Ular kalomni eshitib, qabul qiladilar va o‘ttiz, oltmish, hatto yuz barobar hosil beradilar.”

Idish ostidagi chiroq

21 Iso ularga yana dedi: “Chiroqni olib kelib, idishning yoki chorpoyaning tagiga qo‘yadimi?! Aksincha, chiroqpoyaga qo‘yadi. 22 Shu singari, har qanday yashirin narsa ma’lum bo‘ladi, har qanday sir ochiladi. 23 Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!”

24 Keyin ularga yana dedi: “Eshitayotganlaringizni qulog‘ingizga quyib oling! Siz qanday o‘lchov bilan o‘lchasangiz, xuddi shunday o‘lchov bilan sizga ham o‘lchab beriladi. Sizga yana qo‘shib beriladi. 25 Kimda bor bo‘lsa, unga yana beriladi. Kimda yo‘q bo‘lsa, bori ham undan tortib olinadi.”

Unib chiqqan urug‘ haqida masal

26 Iso yana shunday dedi: “Xudoning Shohligini shunga qiyoslasa bo‘ladi: dehqon dalasiga urug‘ ekadi. 27 Kechasi bo‘ldimi, uxlaydi, kunduzi bo‘ldimi, turadi. Ammo urug‘ qanday unib chiqib, o‘sishini u bilmaydi. 28 Yer o‘z–o‘zidan avval poyani, so‘ngra boshoqni, undan keyin boshoqdagi to‘liq donni yetishtiradi. 29 Hosil pishgach, yig‘im–

terim vaqti keldi, deb o‘sha odam darhol o‘roqni ishga soladi.”

Xantal urug‘i haqida masal

30 Iso yana dedi: “Xudoning Shohligini yana nimaga o‘xshatsak bo‘ladi?! Uni qanday masal bilan ifodalasak bo‘ladi?! 31 Xudoning Shohligi xantal urug‘iga* o‘xshaydi: u yerga sepiladigan urug‘larning eng maydasidir. 32 Lekin sepilgandan keyin ko‘karadi va barcha ko‘katlardan baland bo‘lib o‘sadi. Katta shoxlar chiqaradi, osmondagi qushlar ham uning panohida uya quradi.”

33 Shunday qilib, Iso xalqning eshitish imkoniyatiga qarab, bu singari, ko‘pgina masallar orqali Xudoning so‘zini o‘rgatardi. 34 Ularga masalsiz gapirmas edi. Shogirdlari bilan yolg‘iz qolganda esa, ularga hammasini tushuntirar edi.

Iso bo‘ronni tinchlantiradi

35 O‘sha kuni kechqurun Iso shogirdlariga:


6–BOB

Iso Nosira shahrida rad qilinadi

1 Iso u yerdan jo‘nab, ona shahriga* bordi. Shogirdlari ham Uning ortidan ergashdilar.

2 Shabbat kuni Iso sinagogada ta’lim berdi. Uni tinglayotganlarning ko‘pchiligi

hayratga tushib:

yerda izzatlanadi.

5 Iso u yerda hech qanday mo‘jiza ko‘rsata olmadi. Faqatgina birmuncha bemorlarga

qo‘l tekkizib, ularni sog‘aytirdi. 6 Iso odamlarning ishonchsizligiga hayron qoldi.

Iso o‘n ikki havoriyni xizmatga yuboradi

Shundan so‘ng Iso atrofdagi qishloqlarda kezib yurib, ta’lim berardi. 7 O‘n ikki havoriyni yoniga chaqirib, ikkita–ikkitadan qilib jo‘nata boshladi. Ularga yovuz ruhlar ustidan hokimiyat berdi. 8 Ularga buyurib dedi: “Yo‘l uchun yolg‘iz hassadan boshqa hech narsa — non ham, to‘rva ham, belbog‘laringizga mis chaqa ham qistirib olmanglar, 9 oyog‘ingizga choriq kiyib, ustingizga qo‘shimcha kiyim olmanglar.”

10 Iso yana dedi: “Biror yerga borib, bironta uyga kirganingizda, to o‘sha joyni tark etguningizgacha, shu uyda turinglar. 11 Agar biror joyning odamlari sizni qabul qilmasa va sizga quloq solmasa, u yerdan chiqib ketayotganingizda ularni ogohlantirish tariqasida oyoqlaringizning changini qoqib ketinglar*.”*

12 Shunday qilib, havoriylar yo‘l yurib, tavba qilinglar, deb hammani da’vat qilishdi.

13 Ular ko‘p jinlarni quvib chiqarishdi va ko‘p xastalarga zaytun moyi surtib* ularni

sog‘aytirishdi.

Yahyo cho‘mdiruvchining o‘limi

14 Isoning nomi el og‘ziga tushib qolgan edi. Shoh Hirodning* qulog‘iga ham mish– mishlar yetib bordi. Ba’zi odamlar: “Yahyo cho‘mdiruvchi tirilib kelibdi. Shuning uchun U mo‘jizalar ko‘rsatish qudratiga ega”, deyishardi*. 15 Boshqalar esa: “Bu Ilyos*”, deb aytishardi. Yana boshqa birovlari: “Qadimgi payg‘ambarlarga o‘xshagan bir payg‘ambar bu”, deb aytardilar. 16 Hirod bularni eshitib: “Men boshini oldirgan Yahyo tirilib kelibdi”, dedi.

17-18 Hirod o‘z ukasi Filipning xotini Hirodiyaga uylangan edi. Yahyo esa Hirodga: “Siz ukangizning xotiniga uylana olmaysiz, bu qonunga zid”, deb aytar edi. Shuning uchun Hirod Yahyoni qo‘lga olib, zindonga qamatib qo‘ygan edi. 19 Hirodiyaning ham Yahyoda qasdi bor edi. U Yahyoni o‘ldirmoqchi bo‘lardi, ammo bu niyatiga yeta olmayotgan edi.

20 Negaki Hirod Yahyoning solih va muqaddas kishi ekanini bilib, undan qo‘rqar va uni himoya qilar edi. Uning so‘zlari Hirodni gangitib qo‘yardi, shunga qaramay, Hirod uni eshitishni xush ko‘rardi*.

21 Bir kuni qulay fursat tug‘ilib qoldi. Hirod o‘zining tug‘ilgan kuni munosabati bilan amaldorlariga, lashkarboshilariga va Jalila hududining yo‘lboshchilariga ziyofat berdi. 22 Hirodiyaning qizi* kirib, raqs tushdi va Hirod bilan ulfatlarining ko‘nglini topdi. Shoh qizga:

51 So‘ng Iso shogirdlari yoniga — qayiqqa o‘tgach, shamol tinib qoldi. Shogirdlar tamomila hayratga tushdilar, 52 chunki ular non to‘g‘risidagi mo‘jizani ham tushunmagan edilar, ularning imoni sust edi*.

53 Ular ko‘ldan suzib o‘tib*, Genisaret* o‘lkasiga keldilar. O‘sha yerda qayiqni bog‘ladilar. 54 Qayiqdan chiqishlari bilanoq xalq Isoni tanib qoldi. 55 Odamlar butun yurtni yugurib aylanib chiqdilar, xastalarni to‘shaklarda Isoning oldiga olib bordilar. Ular har safar Isoning qayerdaligini eshitishsa xastalarni o‘sha yerga olib borishardi. 56 Iso qayerga bormasin — qishloqlargami, shaharlargami, ovullargami — odamlar xastalarni ochiq maydonlarga yotqizib qo‘yishardi. Xastalar Isodan: “Hech bo‘lmasa kiyimingizning etagiga qo‘l tekkizaylik”, deb iltimos qilishardi. Unga qo‘l tekkizganlarning hammasi shifo topardi.


7–BOB

Diniy urf–odatlar va Xudoning amri

1 Farziylar va Quddusdan kelgan ayrim Tavrot tafsirchilari Isoning yoniga yig‘ilib keldilar. 2 Ular Isoning shogirdlaridan ba’zilari harom, ya’ni yuvilmagan qo‘llari* bilan non yeyayotganlarini ko‘rib qoldilar. 3 Farziylar va umuman yahudiylar ota– bobolarining urf–odatini saqlab, hech ham qo‘llarini yuvmasdan ovqat yemaydilar.

4 Bozordan qaytganlarida ham yuvinmay ovqat yemaydilar. Shuningdek, so‘ri, kosa,

tovoq, qozonni yuvish kabi ko‘pgina udumlarga rioya qiladilar.

5 Shunday qilib, farziylar va tafsirchilar Isodan so‘radilar:


“Bu xalq Meni tilidagina izzat qiladi,

Yuraklari esa Mendan uzoqdir. 7 Ular Menga sajda qiladilar, Ammo sajdalari behudadir.

Chunki ular inson yaratgan qoidalarni

Ilohiy qonun deb o‘rgatadilar.”*


8 Sizlar Xudoning amrlarini yig‘ishtirib qo‘yasizlar, insoniy urf–odatlarga esa yopishib olasizlar*.

9 Iso yana ularga dedi:

30 Ayol uyiga borganda, qizini jindan qutulib, to‘shakda yotgan holda ko‘rdi.

Iso kar odamga shifo beradi

31 Iso Tir hududidan chiqib, Sidonga* bordi. So‘ng Jalila ko‘li bo‘ylaridan o‘tib, Dekapolis hududiga* bordi. 32 Ayrim odamlar Isoning oldiga zo‘rg‘a gapiradigan bir kar odamni olib kelib, unga qo‘l tekkizishini so‘rashdi. 33 Iso u odamni xaloyiq orasidan bir chetga olib chiqdi, so‘ng O‘z barmoqlarini uning quloqlariga tiqib qo‘ydi. So‘ng tupurib, so‘lagini o‘sha odamning tiliga tekkizdi. 34 Keyin osmonga qarab, chuqur xo‘rsindi–da, unga: “Effatah!”* dedi. Bu so‘zning tarjimasi “Ochil!” demakdir. 35 Shu onda u odamning quloqlari ochilib, tilga kirdi, ravongina gapira boshladi.

36 Iso u yerdagilarga, buni hech kimga aytmanglar, deb buyurdi. Biroq Iso odamlarga qancha man etsa ham, ular bu hodisani yanada ko‘proq yoyishardi. 37 Ular haddan tashqari hayratda qolib, shunday deyishardi: “U hamma narsani yaxshi qiladi, karlarni eshitadigan, soqovlarni gapiradigan qiladi.”


8–BOB

Iso 4000 kishini to‘ydiradi

1 O‘sha kunlarda yana ko‘p odam yig‘ildi. Ularning yeyish uchun hech narsalari

qolmaganda, Iso shogirdlarini yoniga chaqirib dedi:

2 — Xalqqa achinyapman. Ular uch kundan beri Men bilan birga, yeyishga hech narsasi yo‘q. 3 Agar ularni uylariga ovqat bermay jo‘natib yuborsam, yo‘lda holdan toyib qoladilar. Ularning ba’zilari uzoq yerlardan kelganlar.

4 Shogirdlari bunga javoban:

6 Shundan keyin Iso xalqqa yerga o‘tirishni buyurdi. Yettita nonni olib, shukrona duosini o‘qib sindirdi va tarqatish uchun shogirdlariga berdi. Shogirdlar xalqqa tarqatishdi. 7 Ularda bir nechta mayda baliq ham bor edi. Iso baliqlar uchun shukurlar aytib, baliqlarni ham tarqatishni buyurdi. 8 Xalq yeb to‘ydi. Ortib qolgan non burdalarini

yig‘ishganda, yettita savat to‘ldi. 9 U yerda to‘rt mingga yaqin odam bor edi.

Iso ularni jo‘natgandan keyin, 10 darhol shogirdlari bilan qayiqqa tushib, Dalmanuta* hududiga ketdi.

Farziylar Isodan alomat so‘rashadi

11 Farziylar Isoning oldiga borib, U bilan bahslasha boshladilar. Uni sinab ko‘rish

maqsadida shunday dedilar:

Xudoning Shohligiga kirganing yaxshiroqdir. 48 Do‘zaxning qurti ham o‘lmaydi, olovi ham o‘chmaydi*. 49 Har bir odam olovda tuzlanib, poklanadi*.* 50 Tuz — yaxshi narsa. Lekin tuz o‘z sho‘rligini yo‘qotsa, qanday qilib tuzni sho‘r qila olasizlar?! Tuzday bo‘linglar, o‘zaro tinch–totuv yashanglar*.


10–BOB

Nikoh va ajralish haqida

1 Iso u yerdan ketib, Yahudiya o‘lkasiga, so‘ng Iordan daryosining sharq tomoniga bordi. Uning atrofiga yana ko‘p xalq yig‘ildi. U O‘z odatiga ko‘ra, odamlarga yana ta’lim berdi. 2 Ba’zi farziylar keldilar va Isoni sinamoqchi bo‘lib, so‘radilar:

O‘sha zahoti u ko‘ra boshladi. So‘ng Isoning ortidan ergashib ketdi.


11–BOB

Iso Quddusga tantanali kiradi

1 Iso shogirdlari bilan Quddusga yaqinlashib qolgan edilar. Ular Zaytun tog‘i* etagidagi Baytfagiya va Baytaniya qishloqlariga yetib kelayotganlarida, Iso shogirdlaridan ikkitasiga dedi:

2 — Anavi qishloqqa* boringlar. U yerga kirishingiz bilanoq, bog‘liq turgan va hech qachon minilmagan xo‘tikni ko‘rasizlar. O‘sha xo‘tikni yechib, bu yerga olib kelinglar.

3 Agar kimdir sizlardan: “Nima qilyapsizlar?” deb so‘rab qolsa, “Bu xo‘tik Rabbimiz Masihga kerak, xo‘tikni U darhol bu yerga qaytarib yuboradi”, deb javob beringlar.

4 Ular borib, ko‘chada darvoza yonida bog‘lab qo‘yilgan xo‘tikni ko‘rib, yechib olishdi.

5 U yerda turgan bir necha kishi ularga:

— Nima qilyapsizlar? Nega xo‘tikni yechyapsizlar? — deb so‘rashdi.

6 Shogirdlar Iso buyurganidek javob berishdi, odamlar ularni qo‘yib yuborishdi.

7 Shogirdlar xo‘tikni Isoning oldiga olib kelishdi. Xo‘tik ustiga to‘nlarini tashlashdi, Iso xo‘tikka mindi. 8 Ko‘pchilik to‘nlarini yo‘lga poyandoz qilib yoydi. Boshqalar esa dashtdagi yashil novdalarni kesib, yo‘lga to‘shadilar. 9 Oldinda va orqada yurayotganlar shunday deb hayqirishardi:

“Tasanno!

Egamiz nomidan kelayotgan Inson baraka topsin!*

10 Bobomiz Dovudning yaqinlashgan shohligi muborak bo‘lsin! Falak toqida Unga tasanno o‘qilsin!”


11 Iso Quddusga kirib, Ma’badga bordi, hamma narsani ko‘zdan kechirdi. Kun kech bo‘lib qolganidan, Iso o‘n ikki shogirdi bilan Baytaniya qishlog‘iga qaytib ketdi.

Qurib qolgan anjir daraxti

12 Ertasi kuni ular Baytaniyadan chiqqanlarida, Isoning qorni och edi. 13 U uzoqdan barglar bilan qoplangan bir anjir daraxtini ko‘rib qoldi, daraxtdan biron anjir topa olarmikanman, deb bordi. Daraxtning yoniga kelib, bargdan boshqa hech narsa topolmadi, chunki hali anjir terish vaqti emas edi. 14 Iso daraxtga qarab:

aytmayman.


12–BOB

Yovuz bog‘bonlar haqida masal

1 Iso xalqqa masallar orqali so‘zlay boshladi:

“Bir odam uzumzor barpo qilibdi. Atrof–tevaragini devor bilan o‘rab, uzum siqish chuqurini* qazibdi, kuzatuv minorasini quribdi. Keyin uzumzorni bog‘bonlarga ijaraga berib, o‘zi safarga ketibdi.

2 Yig‘im–terim mavsumida, uzumzor hosilidan tegishli ulushini olish uchun o‘sha odam xizmatkorini bog‘bonlar oldiga yuboribdi. 3 Bog‘bonlar esa uni tutib olishibdi, kaltaklab, qup–quruq qaytarib yuborishibdi. 4 Uzumzor egasi yana boshqa bir xizmatkorini ularning oldiga yuboribdi. Ular bunisini ham boshiga urib, haqorat qilibdilar*. 5 Yana boshqasini yo‘llabdi, unisini esa o‘ldirishibdi. U yana xizmatkorlarini yuboraveribdi, ammo bog‘bonlar ularning ba’zilarini urib, ba’zilarini o‘ldirishibdi.

6 Uzumzor egasining endi birgina odami qolibdi, u ham bo‘lsa, sevikli o‘g‘li ekan. U:

«O‘g‘limni hurmat etarlar» deb, bog‘bonlar oldiga uni yuboribdi. 7 Lekin ular bir–biriga:

— Bu merosxo‘r–ku! Uni o‘ldiraylik, shunda merosi bizga qoladi, — deyishibdi.

8 O‘g‘lini ushlab, o‘ldirib, jasadini uzumzordan chiqarib tashlashibdi.

9 Xo‘sh, sizningcha, endi uzumzor egasi nima qilar ekan? U kelib bog‘bonlarni o‘ldiradi, uzumzorni esa boshqalarga ijaraga beradi.

10 Nahotki sizlar Muqaddas bitiklardagi ushbu so‘zlarni hech o‘qimagan bo‘lsangiz:


«Binokorlar rad etgan tosh Binoning tamal toshi* bo‘ldi.

11 Bu Egamizning qilgan ishidir,

Ko‘z oldimizdagi ajoyibotdir.»”*


12 Iso aytgan bu masal yahudiy yo‘lboshchilarga qarshi qaratilgan edi. Ular buni anglab yetdilar–u, Isoni qo‘lga olmoqchi bo‘ldilar. Ammo xalqdan qo‘rqqanlari uchun Unga qo‘l tekkizmay ketib qoldilar.

Xudoning haqi Xudoga

13 Isoni tilidan ilintirish uchun Uning oldiga farziylardan va Hirod tarafdorlaridan*

ba’zilarini yubordilar. 14 Ular kelib dedilar:

Qiyomat haqida savol

18 Sadduqiylar* o‘liklarning tirilishini inkor etardilar. Ularning ba’zilari Isoning

oldiga kelib, xalq oldida Unga shunday savol berdilar:

19 — Ustoz! Muso bizga shunday yozib qoldirgan*: agar birovning akasi farzand ko‘rmay o‘tib ketsa, ukasi akasining xotiniga uylanib, akasi uchun farzandni dunyoga keltirsin. 20 Xo‘sh, yetti aka–uka bo‘lgan ekan. Birinchisi uylanibdi, so‘ng nasl qoldirmay o‘lib ketibdi. 21 Ikkinchisi ham o‘sha xotinni olib, farzand ko‘rmay olamdan o‘tibdi.

Uchinchisi ham shu ko‘yga tushibdi. 22 Shuningdek, aka–ukalarning yettovi ham farzand ko‘rmay olamdan o‘tibdi. Oxirida xotin ham qazo qilibdi. 23 Ayting–chi, Xudo odamlarni tiriltirganda xotin qaysi birining xotini hisoblanadi? Yettovi ham unga uylangan edilar– ku!

24 Iso ularga shunday javob berdi:

36 Dovudning o‘zi Muqaddas Ruh ilhomi bilan deganki:


“Egamiz aytmoqda Rabbimga:

Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha,

Sen Mening o‘ng tomonimda* o‘tirgin.”*


37 Demak, Dovudning o‘zi Masihni Rabbim deb atagan bo‘lsa, qanday qilib Masih Dovudning O‘g‘li bo‘ladi?!

Bir talay olomon Isoni ishtiyoq bilan tinglar edi.

Iso soxta dindorlik to‘g‘risida ogohlantiradi

38 Iso xalqqa nasihat qilib, yana shunday dedi:

3 Iso Zaytun tog‘ida*, Ma’badning ro‘parasida o‘tirgan vaqtda Butrus, Yoqub, Yuhanno va Endrus Undan alohida so‘radilar:

4 — Bizga ayting–chi, bu hodisalar qachon yuz beradi? Tez orada sodir bo‘lishini nimadan bilsak bo‘ladi?

5 Iso ularga shunday javob berdi: “Ehtiyot bo‘linglar, hech kim sizlarni yo‘ldan

ozdirmasin! 6 Ko‘p kishilar o‘zlarini Mening nomim bilan atab: «Men O‘shaman», deb

ko‘plarni yo‘ldan ozdiradilar. 7 Sizlar uzoq–yaqindagi urush xabarlarini eshitganingizda, cho‘chimanglar. Bular albatta sodir bo‘ladi, ammo bu hali oxiri degani emas. 8 Xalq xalqqa qarshi, shohlik shohlikka qarshi ko‘tariladi. Ayrim joylarda qahatchilik va zilzilalar bo‘ladi. Bu hodisalar to‘lg‘oq azoblarining boshlanishiga o‘xshaydi.

9 Sizlar esa o‘zingizga ehtiyot bo‘linglar. Chunki sizlarni mahkamalarga topshirib, sinagogalarda uradilar. Men tufayli sizlarni hokimlar va shohlar huzurida turg‘izib qo‘yadilar, sizlar esa Mening shohidlarim bo‘lasizlar. 10 Ammo oxirat kelishidan oldin, Xushxabar hamma xalqlarga e’lon qilinishi lozim.

11 Sizlarni qo‘lga olib, mahkamaga topshirganlarida, nima aytamiz, deb oldindan xavotir olmanglar. O‘sha soatda sizlarga nima berilsa, o‘shani aytinglar. Chunki o‘shanda sizlar emas, balki Muqaddas Ruh gapiradi. 12 Aka ukasini, ota bolasini o‘limga topshiradi. Bolalar o‘z ota–onalariga qarshi chiqib, ularni o‘ldirtiradilar. 13 Mening nomim tufayli hamma sizlardan nafratlanadi. Lekin oxirigacha bardosh bergan najot topadi.

Buyuk musibat va Isoning kelishi

14 Ko‘p harom–xarish ishlarga sabab bo‘ladigan makruh bir narsaning* man etilgan joyga o‘rnatilganini ko‘rganingizda — o‘qigan tushunib olsin! — Yahudiyada bo‘lganlar tog‘larga qochishsin. 15 Tomning ustida bo‘lganlar* pastga tushib, uyidan biron narsa olib kelish uchun uyiga kirishmasin. 16 Dalada bo‘lganlar esa to‘nini olgani qaytib kelmasin. 17 U kunlarda homilador va emizikli ayollarning holiga voy! 18 Qochishingiz qishga to‘g‘ri kelmasligi uchun iltijo qilinglar. 19 Chunki o‘sha kunlarda shunday azob– uqubatlar bo‘ladiki, Xudo dunyoni yaratganidan to hozirgacha bunday bo‘lmagan va qaytib sodir bo‘lmaydi. 20 Agar Egamiz o‘sha kunlarni qisqartirmaganda edi, hech bir jonzot omon qolmas edi. Lekin Xudo tanlagan odamlari uchungina o‘sha kunlarni qisqartiradi.

21 Agar o‘shanda kimdir sizlarga: «Masih mana bu yerda» yoki: «Ana u yerda», deb aytsa, ishonmanglar. 22 Chunki soxta masihlar va soxta payg‘ambarlar paydo bo‘lib, iloji bo‘lsa, tanlangan odamlarni yo‘ldan ozdirish uchun alomatu mo‘jizalar ko‘rsatadilar.

23 Sizlar esa ehtiyot bo‘linglar. Men hammasini sizlarga oldindan aytib qo‘ydim.

24 O‘sha kunlarda, azob–uqubatlardan keyin,


«Quyosh qorayadi, oyning nuri so‘nadi. 25 Osmondan yulduzlar qulab tushadi, Samoviy kuchlar larzaga keladi.»*


26 Shunda hamma odam Inson O‘g‘lini ko‘radi. Inson O‘g‘li buyuk qudrat va ulug‘vorlikka burkanib, bulutlarda keladi*. 27 U farishtalarini yerning to‘rt tomoniga yuborib, dunyoning bir burchagidan tortib, narigi burchagigacha tanlagan odamlarini to‘plab oladi.

Hushyor bo‘lish haqida

28 Anjir daraxtidan saboq olinglar: uning shoxlari ko‘karib barg chiqarayotganda, yoz yaqinlashganini bilasizlar. 29 Shu singari, mana bu voqealar sodir bo‘lganda, bilingki, o‘sha vaqt* yaqinlashib qolgan, ostonangizga yetgan. 30 Sizlarga chinini aytayin: bu nasl o‘tmasdanoq, bularning hammasi sodir bo‘ladi. 31 Yeru osmon yo‘q bo‘lib ketadi, ammo Mening so‘zlarim kuchda qoladi.

32 O‘sha kun yoki soat haqida samoviy Otamdan boshqa hech kim bilmaydi. O‘g‘il ham, samodagi farishtalar ham bilmaydilar. 33 Ehtiyot bo‘lib, hushyor turinglar*, chunki o‘sha vaqt–soat qachon kelishini sizlar bilmaysizlar.

34 Bu xuddi safarga jo‘nagan uy egasiga o‘xshaydi. U o‘z uy–ro‘zg‘orini xizmatkorlariga topshirib, har biriga vazifa berib, darvozabonga hushyor bo‘lib turishni buyurib, jo‘nab ketadi. 35 Xuddi shu singari, sizlar ham hushyor bo‘lib turinglar. Chunki uy egasi qachon kelishini — kechqurunmi, yarim tundami, xo‘rozlar qichqirgandami yoki ertalabmi — sizlar bilmaysizlar. 36 Tag‘in U nogahon kelib, sizlarni uxlab yotgan holda ko‘rmasin! 37 Sizlarga aytganimni hammaga aytaman: hushyor bo‘linglar!”


14–BOB

Isoni o‘ldirish rejasi

1 Fisih ziyofatiga va Xamirturushsiz non bayramiga* ikki kun qolgan edi. Bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari Isoni hiyla bilan tutib, o‘ldirish uchun fursat poylab yurgan edilar. 2 Ular: “Biz bu ishni bayram kunlari qilmasligimiz kerak, aks holda, xalq g‘alayon ko‘tarishi mumkin”, dedilar.

Isoga sunbul moyi quygan ayol

3 Iso Baytaniya qishlog‘ida* ilgari teri kasalligiga* chalingan Shimo‘nning* uyida mehmon bo‘lib o‘tirgan edi. Shunda bir ayol ganchdan* yasalgan idishda toza, qimmatbaho sunbul moyi* olib keldi. Idishni sindirib ochib, moyni Isoning boshidan quydi. 4 Ba’zilar bundan g‘azablanib, bir–biriga:

50 O‘shanda hamma shogirdlari Isoni tashlab, qochib ketishdi. 51 Bir yosh yigit Isoga

ergashib ketayotgan edi. U zig‘ir matosiga o‘ranib olgan, boshqa kiyimi yo‘q edi. Odamlar o‘sha yigitni ham ushlagan edilar, 52 u zig‘ir matosini tashlab, yalang‘och holicha qochib ketdi.

Iso yahudiylarning Oliy kengashi oldida

53 Isoni oliy ruhoniyning oldiga olib keldilar. Bosh ruhoniylar, yo‘lboshchilar va Tavrot tafsirchilarining hammasi yig‘ilgan edilar. 54 Butrus esa Isoning orqasidan masofa saqlab ergashib kelib, oliy ruhoniyning hovlisiga kirdi. U soqchilar bilan birga olov yonida o‘tirib, isindi.

55 Bosh ruhoniylar va Oliy kengashning* barcha a’zolari Isoni o‘limga mahkum qilish uchun Unga qarshi guvoh izlar edilar*, lekin topolmasdilar. 56 Ko‘p odamlar Unga qarshi soxta guvohlik berayotgan bo‘lsalar–da, ammo bergan guvohliklari bir–biriga mos

kelmas edi. 57 Soxta guvohlardan ba’zilari so‘zga chiqib shunday der edilar:

58 — U: “Inson qo‘li bilan qurilgan bu Ma’badni Men buzib tashlayman–u, uch kunda

inson qo‘llarisiz, boshqa bir Ma’badni tiklayman”, — deganini eshitgan edik*.

59 Lekin bu xususda ham guvohlarning bergan ma’lumotlari bir–biriga mos kelmas edi.

60 Bundan keyin oliy ruhoniy oldinga chiqib, Isoga:

o‘zlaringiz eshitdingizlar. Sizlarning qaroringiz qanday?

Hammalari Uni o‘limga loyiq deb topishdi. 65 Ba’zilar Unga tupurishdi. Uning yuz– ko‘zini bog‘lab, mushtlashdi: “Payg‘ambar, qani, top–chi, Seni kim urdi ekan?” deb aytishdi. Soqchilar ham Uni olib ketib, urdilar.

Butrus Isodan tonadi

66 Butrus pastdagi hovlida ekan, oliy ruhoniyning bir cho‘risi kelib qoldi. 67 Isinib

turgan Butrusni ko‘rib, unga tikilib qaradi–da:

Iso bilan birga xochga mixlanganlar ham Uni haqoratlar edilar.

Iso jon beradi

33 Tush payti butun yurtni zulmat qopladi. Soat uchga* qadar hamma yoq zulmatga

cho‘mdi. 34 Soat uchda Iso baland ovoz bilan:

bilib olgach, Uning jasadini Yusufga berdi.

46 Yusuf zig‘ir matosi sotib oldi. Jasadni xochdan tushirib olib, zig‘ir matosi bilan kafanladi. Jasadni qoyada o‘yilgan qabrga qo‘ydi. Keyin qabrning og‘ziga bir toshni yumalatib keltirib, qo‘yib ketdi. 47 Isoning jasadi qayerga dafn qilinganini Magdalalik Maryam bilan Yusufning* onasi Maryam ko‘rdi.


16–BOB

Iso tiriladi

1 Shabbat kuni tugagach*, Magdalalik* Maryam, Yoqubning onasi Maryam va Salomiya Isoning jasadiga surtish uchun xushbo‘y moylar sotib oldilar*. 2 Yakshanba kuni juda barvaqt turib, tong yorishganda qabrga bordilar. 3 Ular bir–biriga:

8 Dahshatga tushib, qaltiragan ayollar qabrdan chiqib, qochdilar. Ular

qo‘rqqanlaridan hech kimga biron narsa aytmadilar*.

Iso Magdalalik Maryamga zohir bo‘ladi

9 Yakshanba kuni erta saharda tirilgan Iso birinchi bo‘lib Magdalalik Maryamga zohir bo‘ldi. Bu ayoldan U yettita jinni quvib chiqargan edi. 10 Maryam borib, Isoning aza tutib yig‘layotgan shogirdlariga xabar yetkazdi. 11 Biroq ular Isoning tirik ekanligini va Maryam Uni ko‘rganligini eshitsalar ham, ishonmadilar.

Iso shogirdlariga zohir bo‘ladi

12 Shundan keyin Iso yo‘lda bir qishloq tomon ketayotgan ikkita shogirdiga boshqacharoq qiyofada ko‘rindi. 13 Ular esa qaytib kelib, boshqalarga xabar yetkazishdi, lekin ularga ham ishonmadilar.

14 Nihoyat, Iso O‘zining yeb–ichib o‘tirgan o‘n bir shogirdiga zohir bo‘ldi. Iso shogirdlarini imonlari zaifligi va qaysarligi uchun koyidi, chunki ular Isoni tirilgan holda ko‘rgan odamlarga ishonmagan edilar.

15 Iso shogirdlariga dedi:

— Butun jahon bo‘ylab yuringlar va hamma tirik jonga Xushxabarni e’lon qilinglar.

16 Kimki Xushxabarga ishonib, suvga cho‘mdirilsa, najot topadi. Ishonmagan esa mahkum bo‘ladi. 17 Quyidagi alomatlar imonlilarga hamroh bo‘ladi: Mening nomim bilan jinlarni quvib chiqaradilar. Yangi tillarda so‘zlaydilar. 18 Qo‘llariga ilon olsalar ham, zahar ichsalar ham, ularga zarar yetmaydi. Xastalarga qo‘llarini qo‘yganda, ular sog‘ayib ketadi.

Iso osmonga ko‘tariladi

19 Rabbimiz Iso shogirdlariga bularni aytib bo‘lgach, osmonga ko‘tarildi. U Xudoning o‘ng tomoniga o‘tirdi*. 20 Shogirdlar esa ketib, hamma yoqda Xushxabarni va’z qilib yurdilar. Rabbimiz shogirdlariga kuch ato qilib, alomatlar orqali ularning so‘zlarini tasdiqlar edi*.

IZOHLAR

Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

1:1 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun

lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

1:2 Mana…yo‘lni hozirlaydi — Malaki 3:1 ga qarang.

1:3 Muallif bu o‘rinda Ishayo 40:3 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.

1:4 cho‘l — Iordan daryosining O‘lik dengizga quyiladigan joyiga yaqin bo‘lgan, daryodan g‘arbda joylashgan yerlar.

1:4 …va’z qila boshladi — milodiy 28 yoki 29 yilda (Luqo 3:1-3 oyatlarga va Luqo 3:1 ning ikkinchi izohiga qarang).

1:6 Yahyoning kiyimlari tuya junidan to‘qilgan…charm kamar… — Ilyos payg‘ambar va boshqa payg‘ambarlar kiygan kiyimlar (4 Shohlar 1:8, Zakariyo 13:4 ga qarang).

1:11 Sen Mening sevikli O‘g‘limsan — Zabur 2:7 ga qarang. 1:11 Sendan nihoyatda mamnunman — Ishayo 42:1 ga qarang. 1:14 Yahyo hibsga olingandan keyin… — 6:17-18 ga qarang.

1:15 Xudoning Shohligi — Xudoning hozirgi paytda insonlar hayotidagi hukmronligi va oxiratda har bir yaratilgan mavjudotning yangilanishiga ishora. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING SHOHLIGI iborasiga qarang.

1:16 Shimo‘n — Butrus ismi bilan ham tanilgan, Butrus ismini unga Iso qo‘ygan edi

(3:16 ga qarang).

1:22 Tavrot tafsirchilari — Musoning qonunini juda yaxshi bilgan ziyoli odamlar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi TAVROT TAFSIRCHISI iborasiga qarang.

1:22 …U odamlarga Tavrot tafsirchilariday emas, balki hokimiyat egasi kabi ta’lim berar edi — odatda Tavrot tafsirchilari ta’lim berganda o‘z ta’limotlarini asoslab berish maqsadida avval yashab o‘tgan e’tiborli, obro‘li muallimlarning so‘zlarini misol qilib keltirar edilar, ammo Iso bunday qilmagan.

1:32 Quyosh botib kech kirgan paytda… — yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, yangi kun quyosh botgandan keyin boshlanar edi. Matnda tasvirlangan payt Shabbat kunining yakuni va yakshanba kunining boshlanishi edi. Yahudiylarda yakshanba haftaning birinchi kuni hisoblanar edi.

1:40 Teri kasalligi — bu ibora yunonchada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan so‘zning tarjimasidir. Odatda bu ibora moxov kasalligiga ishora deb tushuniladi. Teri kasalliklaridan birortasiga yo‘liqqan kishi harom hisoblanar edi. Xasta odam kasalligini boshqalarga yuqtirmasligi va ularni harom qilmasligi uchun, boshqalardan ajratib qo‘yilar edi (Levilar 13:45-46 ga qarang).

1:43-44 ruhoniy — Quddusdagi Ma’badda xizmat qiladigan e’tiborli din rahnamosi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi RUHONIY so‘ziga qarang.

1:43-44 Poklanganingni hammaga isbot qilish uchun… — yoki Men Xudoning qonuniga

jiddiy qarashimni ruhoniylar ko‘rishlari uchun….

1:43-44 …o‘zingni ruhoniyga ko‘rsat…Muso amr qilgan qurbonliklarni keltir — Levilar 14:1-32 ga qarang.

2:2 uy — Butrus va Endrusning uyiga ishora bo‘lsa kerak (1:29 ga qarang).

2:4 …uyning tomidan teshik ochdilar — qadimgi Falastinda uylarning tomi tekis bo‘lar edi. Tomga uyning devori bo‘ylab qurilgan zina orqali chiqilardi. Uylarning tomi yopilganda, ko‘ndalang yotqizilgan to‘sinlar ustiga shox–shabbalar terilib, ustiga loy va somon qorishmasidan tayyorlangan lo‘mboz bosilar edi.

2:10 Inson O‘g‘li — Iso Masih ko‘pincha O‘ziga nisbatan ishlatgan unvon. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi INSON O‘G‘LI iborasiga qarang.

2:14 Levi — Matto ismi bilan ham tanilgan (Matto 9:9 ga qarang), Matto bayon etgan muqaddas Xushxabarning muallifi.

2:15 soliqchilar — bu soliqchilar odatda yahudiy bo‘lib turib, Rim davlatiga ishlagani uchun hamma ularni yomon ko‘rardi. Ko‘p soliqchilar firibgarlik qilib, xalqdan soliq uchun keragidan ortiqroq pul undirardilar–da, bu pulni o‘z cho‘ntaklariga urardilar. Mana shuning uchun ham xalq soliqchilardan nafratlanib, ularni o‘z imonini sotgan xoinlar deb bilardi.

2:16 farziy — yahudiylarning muhim bir diniy mazhabi. Farziylar Tavrot qonunlariga qat’iy rioya qilardilar, og‘zaki ravishda tarqalgan urf–odatlarga hamda poklanish udumlariga izchil amal qilardilar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi FARZIY so‘ziga qarang.

2:22 …yangi sharob meshni yorib yuboradi… — qadimgi paytlarda suyuqlik odatda hayvon terisidan qilingan meshlarda saqlanardi. Uzum sharbati bijg‘ib, sharobga aylanganda, meshlar shishardi. Mesh eskirgani sari o‘z cho‘ziluvchanligini yo‘qotgani bois, yangi sharob eski meshga solinganda, meshni yorib yuborardi.

2:23 …shogirdlari…boshoqlarni uza boshladilar — Tavrot qonunlariga ko‘ra, och qolgan odam birovning dalasidan boshoqlarni uzib, donini yeyishi mumkin edi (Qonunlar 23:24-25 ga qarang).

2:24 Shabbat kuni qonunga xilof ish — farziylar Tavrotdagi qonunni (Chiqish 34:21 ga qarang) o‘zlaricha jiddiy sharhlab, hatto inson hayotiga oid ikir–chikirlarni ham qonun darajasiga ko‘targanlar. Shuning uchun ular Isoning shogirdlari qilgan ishni Shabbat kuniga xilof ish deb hisoblaganlar.

2:25 Dovud hamrohlari bilan och qolib, ovqatga muhtoj bo‘lganda nimalar qilgani

1 Shohlar 21:1-6 ga qarang.

2:26 Abuatar — 1 Shohlar 22:20-23 ga qarang.

2:26 muqaddas nonlar — Levilar 24:5-9 ga qarang. Yana lug‘atdagi MUQADDAS NON

iborasiga qarang.

3:2 Isoni ayblamoqchi bo‘lgan ba’zi odamlar — sinagogadagi farziylarga ishora (shu bobning 6–oyatiga qarang).

3:6 Hirod tarafdorlari — Buyuk Hirodning avlodlari hukmronligini qo‘llab–quvvatlagan

yahudiylarning bir guruhi. Buyuk Hirod va uning o‘g‘li Hirod Antipas (6:14 ga qarang) hokimiyati cheklangan bo‘lib, faqat Rim hukumati ruxsati bilan ish yuritardi. Farziylar Rim hukumatiga qattiq qarshilik ko‘rsatar, ammo Hirod tarafdorlari Rim hukmronligini qo‘llab–quvvatlar edilar.

3:11 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

3:14 Iso o‘n ikki odamni tanlab olib, ularga havoriylar deb nom berdi — yunoncha

matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Iso o‘n ikki odamni tanladi.

3:15 …jinlarni haydash… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida kasallarni

sog‘aytirish va jinlarni haydash.

3:18 Taddeyus — ba’zi olimlarning fikri bo‘yicha, bu ism Yoqub o‘g‘li Yahudoning yana bir ismi edi (Luqo 6:16, Havoriylar 1:13 ga qarang). Xoin Yahudodan ajralib turishi uchun unga Taddeyus ismi berilgan bo‘lishi mumkin.

3:18 vatanparvar — bu nom Shimo‘nning Rim imperiyasiga qarshilik ko‘rsatgan avom xalq harakatining a’zosi ekaniga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin. Ushbu harakat a’zolari siyosiy, iqtisodiy va diniy maqsadlarni ko‘zlagan edilar.

3:20 uy — Butrus va Endrusning Kafarnahumdagi uyiga ishora bo‘lsa kerak (1:29 ga qarang).

3:21 oila a’zolari — shu bobning 31-32–oyatlariga va 6:3 ga qarang.

3:22 …Baalzabul…ins–jinslar hukmdori… — shayton shohligidagi qudratli bir

mavjudotga yoki shaytonning o‘ziga ishora.

3:29 …kim Muqaddas Ruhga kufrlik qilsa… — Xudoga ishonishdan bosh tortib, Muqaddas Ruhning ishiga qarshilik ko‘rsatadigan odamga ishora qiladi.

3:32 onangiz va ukalaringiz — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida

onangiz, ukalaringiz va singillaringiz.

4:12 Muallif bu o‘rinda Ishayo 6:9-10 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.

4:31 xantal urug‘i — o‘sha zamonda odamlar xantal urug‘ini eng mayda urug‘ deb

bilishardi.

4:35 ko‘lning narigi tomoni — Jalila ko‘lining sharqiy qirg‘og‘iga ishora.

5:1 narigi qirg‘og‘i — ya’ni sharqiy qirg‘og‘i.

5:1 Gerasa — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Gadara. Gerasa shahrida

va uning atrofidagi qishloqlarda g‘ayriyahudiylar istiqomat qilardi.

5:7 Xudoyi Taoloning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

5:9 Tumonat — yunoncha matnda Legion, ma’nosi minglar. Bu yunoncha so‘z Rimliklarning harbiy terminidan olingan bo‘lib, 6000 askardan iborat bo‘lgan bo‘linma ma’nosini ifodalaydi.

5:20 Dekapolis hududi — Samariya va Jaliladan sharqda joylashgan. Yunonchada Dekapolis nomining ma’nosi — o‘nta shahar. Dekapolis hududida Yunon va Rim madaniyatlarining markazi bo‘lgan o‘nta shahar bor edi.

5:21 …ko‘lning narigi tomoniga… — Iso orqaga, ko‘lning g‘arbiy qirg‘og‘idagi Jalila hududiga qaytib kelgan edi (shu bobning 1–oyatiga va o‘sha oyatning birinchi izohiga qarang).

5:38 …bezovtalikni, dod–faryod qilayotgan odamlarni ko‘rdilar — ba’zan dafn

marosimlari paytida dod–faryod qilib, aytib yig‘lash uchun yig‘ichilar yollanardi.

5:41 Talifa kum! — oramiycha ibora.

6:1 ona shahri — ya’ni Nosira.

6:11 …ularni ogohlantirish tariqasida oyoqlaringizning changini qoqib ketinglar — odamlar Xudoning elchilarini rad etganlari uchun, havoriylar oyoqlaridagi changni qoqib ketardilar. Havoriy Pavlus ham shunga o‘xshash harakatni ishlatgan (Havoriylar 18:6 ga qarang). Bu harakat o‘sha odamlarning ayanchli qismatini, ya’ni Xudo tomonidan rad etilishini va Uning shohligidan benasib qolish xavfini anglatardi.

6:11 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: Sizga chinini aytaman: qiyomat kunida o‘sha shaharning holi Sado‘m va G‘amo‘ra shaharlarining holidan ham battar bo‘ladi.

6:13 …ko‘p xastalarga zaytun moyi surtib… — zaytun moyi qadimgi paytlarda malham sifatida ishlatilardi. U og‘riq qoldirib, terini qurib ketishdan saqlar edi (Ishayo 1:6, Luqo 10:34 ga qarang). Bu o‘rinda Xudoning shifo berish qudrati ramzi sifatida kasal odamga ozgina moy surtilgan bo‘lsa kerak (Yoqub 5:14 ga qarang).

6:14 Hirod — Antipas ismi bilan ham tanilgan bo‘lib, Buyuk Hirodning o‘g‘li edi. Antipas

Jalila va Pereya hududlarida hukmronlik qilgan.

6:14 Ba’zi odamlar…deyishardi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida

Hirod…derdi.

6:15 Ilyos — Eski Ahd davrida yashagan eng buyuk payg‘ambarlardan biri. Yahudiylar

Ilyosning qaytib kelishini intizorlik bilan kutishardi (Malaki 4:5-6 ga qarang).

6:20 Uning so‘zlari Hirodni gangitib qo‘yardi, shunga qaramay, Hirod uni eshitishni xush ko‘rardi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Hirod ko‘p ishlarni uning maslahati bilan qilardi va uni eshitishni xush ko‘rardi.

6:22 Hirodiyaning qizi — ba’zi yunon qo‘lyozmalaridan (yana Matto 14:3-6 ga qarang). Yunoncha matnda Hirodning qizi Hirodiya.

6:30 Havoriylar…aytib berdilar — shu bobning 7, 12-13–oyatlariga qarang.

6:32 …qayiqqa tushib… — Jalila ko‘lida.

6:37 ikki yuz kumush tanga — yunoncha matnda ikki yuz dinor. Dinor Rim kumush

tangasi bo‘lib, mardikorning bir kunlik ish haqi edi.

6:45 …ko‘lning narigi tomonidagi… — Iso va uning shogirdlari shu paytda ko‘lning aynan qaysi qismida bo‘lganlari aniq emas. “Ko‘lning narigi tomonidagi” degan ibora ko‘lning o‘sha qirg‘og‘idagi boshqa bir joyga qayiq bilan suzib borishni ham bildirishi mumkin. An’anaga ko‘ra, Iso bir necha ming kishini to‘ydirgan bu joy ko‘lning shimoli– g‘arb tomonida, Jaliladagi Baytsaydaga yaqin edi.

6:45 Baytsayda shahri — bu o‘rinda ko‘lning shimoli–sharq tomonidagi shaharga yoki

ko‘lning shimoli–g‘arb tomonida joylashgan, Jaliladagi Baytsayda degan shaharga ishora

qilinayotgan bo‘lishi mumkin (Yuhanno 12:21 ga qarang).

6:48 …ularning oldidan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi — Iso O‘z shogirdlariga ular bilan birga ekanligini ko‘rsatish uchun oldilaridan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi.

6:52 …ularning imoni sust edi — yunoncha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …ularning

yuraklari qotib qolgandi.

6:53 Ular ko‘ldan suzib o‘tib… — shu bobning 45–oyatiga berilgan birinchi izohga qarang.

6:53 Genisaret — Kafarnahum shahridan janubi–g‘arbdagi serhosil tekislik.

7:2 yuvilmagan qo‘llari — farziylar va Tavrot tafsirchilari ovqatlanishdan oldin qo‘llarining yuvilishiga alohida e’tibor qaratishardi. Ayniqsa ko‘chada, odamlar orasida bo‘lib kelgandan keyin, dasturxonga o‘tirishdan oldin urf–odatlarga ko‘ra qo‘llarini yuvib, o‘zlarini poklab olishardi.

7:6-7 Muallif bu o‘rinda Ishayo 29:13 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.

7:8 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: Axir, sizlar tovoq va kosa chayish bilan bog‘liq va boshqa yana ko‘p udumlarga rioya qilasiz.

7:10 Chiqish 20:12, 21:17, Levilar 20:9, Qonunlar 5:16 ga qarang.

7:15-16 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar 16–oyatni tashkil etib, qo‘shimcha qilingan: Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!

7:24 Tir — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Tir va Sidon. Tir va Sidon Finikiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan g‘ayriyahudiylar shaharlari. Bu shaharlar Jaliladan shimoli–g‘arbda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi.

7:26 Suriyadagi Finikiya — o‘sha davrda Finikiya Rim imperiyasiga qarashli Suriya viloyatining bir qismi edi. Hozirgi Livan mamlakatining dengiz bo‘yidagi hududi.

7:28 Hazrat — yunoncha matnda kurios. Bu o‘rinda obro‘–e’tiborli insonga nisbatan ishlatiladigan so‘z sifatida qo‘llangan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan RABBIY, RABBIM, RABBIMIZ… so‘ziga qarang.

7:31 Sidon — shu bobning 24–oyati izohiga qarang.

7:31 Dekapolis hududi — 5:20 izohiga qarang.

7:34 “Effatah!” — oramiycha so‘z.

8:10 Dalmanuta — Jalila ko‘lining g‘arbiy qirg‘og‘ida, Magadan yaqinida joylashgan qishloq bo‘lishi mumkin (Matto 15:39 ga qarang).

8:13 narigi qirg‘oq — ya’ni Jalila ko‘lining shimoli–sharqiy qirg‘og‘i (shu bobning 22–

oyati izohiga qarang).

8:15 Hirod — Antipas ismi bilan ham tanilgan bo‘lib, Buyuk Hirodning o‘g‘li edi. Antipas Jalila va Pereya hududlarida hukmronlik qilgan. Iso bu o‘rinda Hirodning tarafdorlarini ham nazarda tutgan bo‘lishi mumkin (3:6 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

8:15 xamirturush — majoziy ma’noda ishlatilgan bo‘lib, odatda boshqalarga salbiy ta’sir

ko‘rsatadigan ta’limotlar va xulq–atvor nazarda tutilgan.

8:17 Imoningiz shunchalik sustmi?! — yunoncha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi

Yuraklaringiz qotib qolganmi?! Yana 6:52 ga qarang.

8:22 Baytsayda shahri — bu o‘rinda ko‘lning shimoli–sharq tomonida joylashgan shaharga ishora bo‘lsa kerak. Ko‘lning shimoli–g‘arb tomonida ham Jaliladagi Baytsayda degan shahar bor edi (Yuhanno 12:21 ga qarang).

8:25 …ko‘rning ko‘zlariga tekkizdi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida

ko‘rning ko‘zlariga tegizib, unga “Qara!” deb buyurdi.

8:26 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar Isoning gapiga qo‘shimcha qilingan: qishloqda hech kimga buni aytma.

8:27 Filip Qaysariyasi — Jalila ko‘lidan qariyb 40 kilometr shimoli–sharqda joylashgan shahar.

8:28 Ilyos — 6:15 izohiga qarang.

8:29 Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar yozilgan. Yangi Ahdga ko‘ra Rabbimiz Iso o‘sha Masihdir. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi MASIH so‘ziga qarang.

8:31 bosh ruhoniylar — jamiyatning boshqa e’tiborli odamlari qatorida Oliy kengash a’zolari edilar. Oliy kengash yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi edi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi BOSH RUHONIYLAR iborasiga qarang.

8:34 …o‘z xochini ko‘tarib… — Rim imperiyasi davrida o‘lim jazosining bir turi mahkumni xochga mixlash edi. Bu jazo hammaga ma’lum bo‘lgan. Odatda jinoyatchi o‘zi mixlanadigan xochning ko‘ndalang yog‘ochini hukm ijro etiladigan joyga ko‘tarib olib borar edi (to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XOCH so‘ziga qarang). Iso Masih mana shu timsol orqali shogirdlarini hamda Unga ishonganlarni o‘z manfaatlarini ko‘zlamasdan, Unga butunlay o‘zlarini bag‘ishlab va itoat qilib hayot kechirishga, hattoki U uchun o‘limga ham rozi bo‘lishga da’vat etadi.

8:38 Ota — Xudoga ishora. Iso ko‘pincha Ota unvonini Xudoga nisbatan ishlatgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan OTA so‘ziga qarang.

9:7 Bu Mening sevikli O‘g‘limdir — Zabur 2:7 ga qarang.

9:11 …Masihdan oldin Ilyos kelishi kerak… — 6:15 izohiga qarang.

9:12 Muqaddas bitiklar — odatda Eski Ahd kitoblari to‘plami shu nom bilan ataladi.

9:13 …Ilyos allaqachon kelgan… — Yahyo cho‘mdiruvchi nazarda tutilgan (Matto 17:11- 13 ga qarang).

9:13 …u haqda yozilganidek, uni xohlaganlaricha xo‘rladilar — Hirod Hirodiyaning iltimosi bilan Yahyoni qanday qilib qatl qilganiga ishora (6:17-29 ga qarang). Shoh Axabning fosiq xotini Izabel ham Ilyos payg‘ambarni o‘ldirmoqchi bo‘lgan edi (3 Shohlar 19:1-2, 10 ga qarang). Ilyosning hayotida bo‘lib o‘tgan o‘sha voqea Yahyoning taqdiriga ishora bo‘lgan.

9:29 ibodat — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida ibodat va ro‘za.

9:42 shu kichiklarning birontasi — Iso Masihga imon keltirgan odamlar, ayniqsa kichik

bola singari, ojiz va qarovga muhtoj bo‘lganlar nazarda tutilgan.

9:43-44 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar 44–oyatni tashkil etib, qo‘shimcha qilingan: Do‘zaxning qurti ham o‘lmaydi, olovi ham o‘chmaydi.

9:45-46 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar 46–oyatni tashkil etib, qo‘shimcha qilingan: Do‘zaxning qurti ham o‘lmaydi, olovi ham o‘chmaydi.

9:48 Do‘zaxning qurti ham o‘lmaydi, olovi ham o‘chmaydi — Ishayo 66:24 ga qarang.

9:49 Har bir odam olovda tuzlanib, poklanadi — yunoncha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Har bir odam olovda tuzlanadi. Olov — poklash yoki jazolash ramzi. Tuz esa barqarorlik va o‘zgarmaslik ramzidir, chunki qadimda tuz ba’zi oziq–ovqat mahsulotlarini achib qolishdan saqlash uchun ishlatilgan. Iso Masih bu gapi orqali O‘z shogirdlarining azob–uqubatlarni boshdan kechirishini nazarda tutgan bo‘lsa kerak. Zotan, Iso Masihning nomi uchun azob chekish insonning imonini poklaydi va uni gunohning halokatli ta’siridan asraydi. Shu bilan birga, Iso O‘ziga ishonmaydiganlarning do‘zaxda to abad jazo tortishiga ishora qilgan bo‘lishi ham mumkin. Xullas, Isoning bu so‘zlari shu ikkala ma’noning birini yoki bir paytda ikkala ma’noni ham anglatgan bo‘lishi mumkin.

9:49 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: har bir qurbonlik tuzga bulanadi (Levilar 2:13, Hizqiyol 43:24 ga qarang).

9:50 Tuzday bo‘linglar, o‘zaro tinch–totuv yashanglar — shu bobning 33-35–oyatlariga qarang. Tuz barqarorlik va o‘zgarmaslik ramzidir, chunki qadimda tuz ba’zi oziq–ovqat mahsulotlarini achib qolishdan saqlash uchun ishlatilgan. Tuzday bo‘lish Iso Masihga sodiq qolish va Uning amrlariga itoat etishga ishora qiladi. Shu tarzda yashash ularning orasida tinchlikni saqlaydi.

10:2 Qonunga ko‘ra, er o‘z xotinidan ajralishi mumkinmi? — o‘sha davrda yahudiylar, ajrashish mumkin, deb aytardilar. Ammo ajrashishga qanday sabablar bo‘lishi mumkinligi haqida ko‘p bahs–munozaralar bor edi. Matto 19:3 izohiga qarang.

10:4 Erkak…xotinidan ajralishiga Muso ijozat bergan edi — Qonunlar 24:1 ga qarang.

10:6 …odamlarni erkagu ayol qilib yaratdi — Ibtido 1:27, 5:2 ga qarang.

10:7-8 Ibtido 2:24 ga qarang.

10:19 Chiqish 20:12-16, Qonunlar 5:16-20 ga qarang.

10:21 Keyin kelib… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Keyin kelib,

xochni ko‘tarib (8:34 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

10:24 …Xudoning Shohligiga kirish naqadar qiyin! — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida boylikka umid bog‘laganlar uchun Xudoning Shohligiga kirish naqadar qiyin!

10:33 g‘ayriyahudiylar — o‘sha davrda Yahudiyada hukmronlik qilgan Rim imperiyasi

amaldorlariga ishora.

10:37 Sizning o‘ng tomoningiz — o‘ng tomon muruvvat va baraka o‘rni deb hisoblangan.

10:38 azob kosasi — yunoncha matnda kosa, Isoning azoblari va xochdagi o‘limiga ishora (shu bobning 32-34–oyatlariga qarang). “Kosadan ichmoq” iborasi azob–uqubat tortib, jazo olish ma’nosini bildiradi (misol uchun, Zabur 74:9, Ishayo 51:17, Yeremiyo 25:15 ga qarang).

10:47 Dovud O‘g‘li — yahudiylar shoh Dovud naslidan kelib chiqadigan Masihni shunday nom bilan atashar edi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi MASIH so‘ziga qarang.

11:1 Zaytun tog‘i — Quddus shahrining sharqiy devori bo‘ylab o‘tgan Qidron soyligining

narigi tomonidagi tepalik.

11:2 Anavi qishloq — ya’ni Baytfagiya (Matto 21:1-2 ga qarang).

11:9 Egamiz nomidan kelayotgan Inson baraka topsin! — Zabur 117:26 ga qarang.

11:15 Sarroflar — pul ayirboshlovchilar. Ular Rim va Yunon tangalarini yahudiylarning shaqaliga almashtirganlar. Ma’bad solig‘ini to‘lash va qurbonlik qilinadigan hayvonlarni sotib olish uchun shaqal ishlatilgan.

11:16 Sotiladigan molni Ma’bad ichidan olib o‘tish — ba’zi odamlar manzilga tezroq yetib borish uchun Ma’bad hovlisini kesib o‘tardilar.

11:17 Ishayo 56:7 ga qarang.

11:17 qaroqchilar uyasi — Yeremiyo 7:11 ga qarang.

11:25-26 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar 26–oyatni tashkil etib, qo‘shimcha qilingan: Bordi–yu, sizlar boshqalarning gunohlarini kechirmasangizlar, Otangiz ham sizni kechirmaydi.

12:1 uzum siqish chuquri — qadimgi paytlarda odamlar uzumni qoyatoshga o‘yilgan chuqurga yoki tuproqdan qazilgan, tubiga va atrofiga zich qilib tosh terilgan chuqurga solib, sharbatini siqib olish uchun oyoqlari bilan ezardilar. Sharbat o‘sha chuqurdan yana boshqa bir chuqurga oqib tushardi.

12:4 Ular bunisini ham boshiga urib, haqorat qilibdilar — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida unga tosh otib, boshini yaraladilar va haqoratlab, jo‘natib yubordilar.

12:10 tamal toshi — qadimgi paytlarda qurilishda poydevor uchun qo‘yilgan birinchi va eng muhim tosh hisoblanardi. Bu tosh poydevorning bir burchagini hosil qilib, binoning qolgan qismi o‘sha toshning joylashuvi bo‘yicha qurilardi.

12:10-11 Zabur 117:22-23 ga qarang.

12:13 Hirod tarafdorlari — 3:6 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

12:14 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon. Bu o‘rinda Qaysar

Tiberiyga ishora qilingan. U milodiy 14-37 yillarda hukmronlik qilgan.

12:14 …Qaysarga soliq to‘lashimiz… — yahudiylar Rim bosqinchilaridan g‘oyat nafratlanganlari uchun, ularga soliq to‘lashni aslo istamas edilar. Biroq soliq to‘lamaslik katta muammolarni keltirib chiqarar edi.

12:15 dinor — Rim kumush tangasi. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi.

12:18 Sadduqiylar — yahudiylarning muhim bir diniy mazhabi. Farziylardan farqli

ravishda, ular og‘zaki tarqalgan urf–odatlarni qabul qilmasdilar, balki faqatgina Tavrotda yozilgan qonun–qoidalarga rioya qilardilar. Ular o‘liklarning tirilishiga ham ishonmas edilar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SADDUQIY so‘ziga qarang.

12:19 Muso bizga shunday yozib qoldirgan… — Qonunlar 25:5-6 ga qarang.

12:24 Muqaddas bitiklar — odatda Eski Ahd kitoblari to‘plami shu nom bilan ataladi.

12:26 Yonayotgan buta to‘g‘risidagi voqeada… — Chiqish 3:1-6 ga qarang.

12:29 Egamiz Xudo tanho Egadir — yoki Egamiz Xudoyimizdir, Egamiz tanhodir yoki

Egamiz Xudo, Egamiz bittadir.

12:29-30 Qonunlar 6:4-5 ga qarang.

12:31 Levilar 19:18 ga qarang.

12:33 kuchimiz boricha — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida jonu dilimiz bilan, kuchimiz boricha.

12:35 Dovudning O‘g‘li — 10:47 izohiga qarang.

12:36 Mening o‘ng tomonim — o‘ng tomon muruvvat va baraka o‘rni deb hisoblangan.

12:36 Zabur 109:1 ga va o‘sha oyatning birinchi izohiga qarang.

12:42 ikki chaqa — yunoncha matnda ikki lepton, ya’ni chorak (ikki lepton chorak assarion qiymatiga to‘g‘ri kelardi). Lepton o‘sha davrda ishlatilgan qiymati eng past tanga.

13:2 Bularning hammasi vayron bo‘ladi — milodiy 70 yilda Tit boshchiligida Rim

qo‘shini Quddusni va u yerdagi Ma’badni butunlay vayron qilgan.

13:3 Zaytun tog‘i — 11:1 izohiga qarang.

13:14 makruh bir narsa — Doniyor 9:27 ga va o‘sha oyatning oxirgi izohiga qarang.

Yana Doniyor 11:31, 12:11 ga qarang.

13:15 Tomning ustida bo‘lganlar — u zamonlarda uylarning tomi tekis bo‘lib, odamlar

tomga chiqib dam olishardi.

13:24-25 Ishayo 13:10, 34:4 ga qarang.

13:26 Inson O‘g‘li…bulutlarda keladi — Doniyor 7:13-14 ga qarang.

13:29 o‘sha vaqt — yoki Inson O‘g‘li.

13:33 …hushyor turinglar… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida hushyor

bo‘lib ibodat qilinglar.

14:1 Fisih ziyofati…Xamirturushsiz non bayrami… — bu bayramlar Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod bo‘lishi munosabati bilan nishonlanar edi (Chiqish 12:1-42, 13:3-10 ga qarang).

14:3 Baytaniya qishlog‘i — Quddus shahrining sharqiy devori bo‘ylab o‘tgan Qidron

soyligining narigi tomonida joylashgan edi.

14:3 teri kasalligi — 1:40 izohiga qarang.

14:3 ilgari teri kasalligiga chalingan Shimo‘n — bu odam haqida faqatgina shu oyatda va Matto 26:6 da aytib o‘tilgan. Bu Shimo‘n Isodan shifo topgani bilan tanilgan bo‘lishi

mumkin.

14:3 ganch — bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha so‘z naqqoshlikda qo‘llaniladigan oqish yoki sarg‘ish rangli toshni bildiradi. Odatda bu toshdan yasalgan idishlarda atir moyni uzoq vaqt davomida saqlasa bo‘lardi.

14:3 sunbul moyi — yana bir nomi nard. Bu moy quyuq, och jigar rang, juda ham

qimmat, juda xushbo‘y bo‘lgan.

14:5 uch yuz kumush tanga — yunoncha matnda uch yuz dinor. Dinor Rim kumush

tangasi bo‘lib, mardikorning bir kunlik ish haqi edi.

14:8 U…oldindan dafnga tayyorladi — yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra jasad dafn qilinishidan oldin unga xushbo‘y hidli ziravorlar va moylar surtilar edi (Luqo 23:55-56, Yuhanno 19:38-40 ga qarang). Ayol qilgan ishining ma’nosini o‘zi tushunganmi yoki yo‘qmi, aniq emas, ammo Iso aytadiki, uning bu harakati Isoning o‘limi yaqinlashib qolganini bildirardi.

14:24 ahd — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida yangi ahd. Iso Masih butun odamzodning gunohini O‘z bo‘yniga olib, xochda o‘ldi. Shu orqali yangi ahdni kuchga kiritdi (Ibroniylar 8:6-13, 9:11-17 ga qarang). To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi AHD so‘ziga qarang.

14:26 Zaytun tog‘i — 11:1 izohiga qarang.

14:27 Zakariyo 13:7 ga qarang.

14:32 Getsemaniya — Zaytun tog‘ining g‘arbiy yon bag‘ridagi bog‘.

14:36 Otajon! — yunoncha matnda Abba, Ota. Abba so‘zi oramiychada ota deganidir. Iso Masih Xudoga “Ota” deb murojaat qilgani Uning Xudo bilan bo‘lgan yaqin, shaxsiy munosabatini ko‘rsatadi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan OTA so‘ziga qarang.

14:36 azob kosasi — yunoncha matnda kosa. 10:38 izohiga qarang.

14:37 Shimo‘n — Butrus ismi bilan ham tanilgan, Butrus ismini unga Iso qo‘ygan edi

(3:16 ga qarang).

14:38 …vasvasaga tushib qolmaylik, deb ibodat qilinglar — Iso O‘z shogirdlarini hademay sinov payti boshlanishi haqida ogohlantiryapti (shu bobning 27-31–oyatlariga qarang). O‘sha paytda ular vasvasaga tushib, Iso Masihdan yuz o‘girishlari mumkin edi.

14:49 Muqaddas bitiklar — odatda Eski Ahd kitoblari to‘plami shu nom bilan ataladi.

14:55 Oliy kengash — yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi OLIY KENGASH iborasiga qarang.

14:55 …Isoni o‘limga mahkum qilish uchun Unga qarshi guvoh izlar edilar — Tavrot qonuniga ko‘ra, birortasini o‘limga mahkum qilish uchun, jinoyatni isbotlaydigan kamida ikkita guvoh bo‘lishi kerak edi (Qonunlar 17:6 ga qarang).

14:58 U…deganini eshitgan edik — Yuhanno 2:18-22 ga qarang.

14:61 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

14:62 Qodir Xudoning o‘ng tomonida o‘tirgani — Zabur 109:1 ga qarang. O‘ng tomon

muruvvat va baraka o‘rni deb hisoblangan.

14:62 …Inson O‘g‘lini…osmon bulutlarida kelayotganini ko‘rasizlar — Doniyor 7:13 ga qarang.

14:63 …o‘z kiyimlarini yirtib… — oliy ruhoniy bu harakati bilan Isoning aytgan

so‘zlaridan darg‘azab bo‘lganini ko‘rsatdi.

14:70 Sen Jalilaliksan–ku! — buni Butrusning shevasidan payqab olishgan edi (Matto 26:73 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

14:70 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: shevang juda o‘xshaydi.

15:1 hokim Pilat — Rim hukumati tomonidan Yahudiya viloyatiga tayinlangan hokim.

15:6 Fisih bayrami — Fisih ziyofatiga va undan keyin yetti kun davomida nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayramiga ishora (14:1 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

15:7 Isyon — yuz bergan bu hodisa kitob yozilgan davrda yashagan odamlarga ma’lum bo‘lgan. Hozirgi davrda bu isyon haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

15:21 xoch — bu o‘rinda xochning ko‘ndalang yog‘ochiga ishora qilingan. O‘limga mahkum qilingan inson bu yog‘ochni hukm ijro qilinadigan joygacha o‘zi ko‘tarib borishi kerak edi. Bundan oldin Isoni ayovsiz qamchilashgani uchun (shu bobning 15–oyatiga va Matto 27:26, Yuhanno 19:1 ga qarang), U shu qadar holdan toygan ediki, ehtimol, xochni O‘zi ko‘tarishga madori qolmagan bo‘lsa kerak.

15:21 Kirineya — bu shahar O‘rta yer dengizi bo‘yida, hozirgi Liviya mamlakatining

hududida joylashgan edi.

15:23 mirra aralashtirilgan sharob — xochga mixlanadigan odamlarning azobini oz

bo‘lsa–da, kamaytirish uchun beriladigan dori bo‘lishi mumkin.

15:24 Uning kiyimlarini esa o‘zaro bo‘lishib, kim nima oladi, deb qur’a tashlashdi

Zabur 21:19 ga qarang.

15:25 soat to‘qqiz — yunoncha matnda uchinchi soat, yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, kunning bu payti o‘sha soat bilan belgilanar edi.

15:27-28 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar 28–oyatni tashkil etib, qo‘shimcha qilingan: Shu tariqa Muqaddas bitiklardagi: “U gunohkorlar qatorida sanaldi”, — deya yozilgan so‘z amalga oshdi. Ishayo 53:12 ga qarang.

15:29 …boshlarini chayqab, Isoni haqoratlashardi — Zabur 21:8 ga qarang.

15:33 Tush payti…Soat uch… — yunoncha matnda Oltinchi soat…to‘qqizinchi soat…, yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, kunning bu paytlari o‘sha soatlar bilan belgilanar edi.

15:34 Elohi, Elohi, lamo shavaqtani? — oramiycha ibora.

15:34 Zabur 21:2 ga qarang.

15:35 Ilyos — oramiycha Elohi so‘zi ibroniycha Eliyah (ya’ni Ilyos) degan ismga

ohangdosh.

15:36 arzon sharob — bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha so‘z avom xalq kunda ichadigan nordon sharobga ishora qiladi. Bu sharob Rim askarlari uchun o‘sha yerga olib kelingan

bo‘lishi mumkin.

15:36 …Ilyos kelib… — 6:15 izohiga qarang.

15:38 Ma’baddagi parda — shoh Hirod qayta qurgan Ma’badda ikkita parda bor edi. Pardaning biri Ma’badning kiraverishida osilgan, ikkinchisi esa Eng muqaddas xonani Muqaddas xonadan ajratib turar edi. Bu oyatda Eng muqaddas xonani Muqaddas xonadan ajratib turadigan parda nazarda tutilgan. Ma’baddagi pardaning yirtilishi Iso tufayli odamlarga Xudoning huzuriga yo‘l ochilganidan dalolat beradi (Yuhanno 4:19- 24, Ibroniylar 9:1-10, 10:19-22 ga qarang).

15:39 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

15:40 Magdala — Jalila ko‘lining g‘arbiy qirg‘og‘idagi qishloq.

15:42 Juma kuni kech kirishiga oz qolgan… — yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, yangi kun quyosh botgandan keyin boshlanar edi. Juma kuni tugayotgani uchun Yusuf jasadni Shabbat kuni boshlanmasidan oldin qabrga qo‘ymoqchi bo‘lgan (Luqo 23:50-56 ga qarang).

15:43 Arimateya — Quddusdan 35 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan shahar.

15:47 Yusuf — shu bobning 40–oyatida aytib o‘tilgan odamga ishora, Arimateyalik

Yusufdan boshqa odam.

16:1 Shabbat kuni tugagach… — shanba kuni quyosh botgandan keyingi vaqtga ishora. Yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, yangi kun quyosh botgandan keyin boshlanar edi.

16:1 Magdala — Jalila ko‘lining g‘arbiy qirg‘og‘idagi qishloq.

16:1 …Isoning jasadiga surtish uchun xushbo‘y moylar sotib oldilar — 14:8 izohiga qarang.

16:7 O‘zi sizlarga aytganidek… — 14:28 ga qarang.

16:8 Mark kitobining eng qadimgi yunon qo‘lyozmalari va tarjimalari shu bobning 9- 20–oyatlarini o‘z ichiga olmagan.

16:19 U Xudoning o‘ng tomoniga o‘tirdi — 14:62 ning birinchi izohiga qarang.

16:20 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘z oyatga qo‘shimcha

qilingan: omin.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru