Muqaddas Kitob


HAVORIYLARNING

FAOLIYATI

Kirish

Mazkur kitob muallifi Luqodir, bu uning ikkinchi kitobidir. Uning birinchi kitobi “Luqo bayon etgan muqaddas Xushxabar” deb atalgan. Muallif Luqo bu Xushxabarda Isoning faoliyati va ta’limotini batafsil bayon etadi. Mazkur kitobda esa u o‘z hikoyasini davom ettirib, havoriylarning faoliyatini izchil yoritadi.

Kitobning tub mag‘zi Isoning shogirdlariga aytgan quyidagi so‘zlarida aks etgan: “Muqaddas Ruh sizlarni qamrab olganda, kuch–qudratga to‘lasizlar. Quddusda, Yahudiya va Samariyada, yer yuzining hamma burchaklarida sizlar Mening shohidlarim bo‘lasizlar” (1:8). Kitobda Iso Masihni o‘likdan tiriltirgan Xudoning qudratiga va Muqaddas Ruhning faoliyatiga katta urg‘u beriladi. Kitobni “Muqaddas Ruhning havoriylar orqali ko‘rsatgan faoliyati” deb nomlasa ham bo‘ladi.

Bu kitobda ko‘plab davlatlar tilga olingani bois, dastlabki o‘qishda kitobning yagona maqsadi Masih haqidagi Xushxabarning yoyilishini tasvirlab berishdir, deb o‘ylashimiz mumkin. Ammo muallif bu kitobni yozishda bundan–da buyukroq maqsadni ko‘zlagan. Iso Masih samoga ko‘tarilib ketgandan keyin, Uning shogirdlari bir qator muammolarga duch kelganlar. Eng katta muammolardan biri “Xudoning xalqiga qo‘shilishga kimning haqi bor?” degan savol edi. Iso Masih va uning birinchi shogirdlari yahudiy bo‘lganlari sababli, Xushxabar faqatgina yahudiylarga qaratilgan, deb o‘ylashlari tabiiy edi. Ammo havoriy Filip Xushxabarni Samariyaliklarga olib borgandan keyin va havoriy Butrus Rim yuzboshisi Korniliyning uyiga tashrif buyurgandan so‘ng, masihiylarning bu mavzudagi tushunchasi o‘zgara boshlaydi. Ular, Iso Masih yahudiylarni ham, g‘ayriyahudiylarni

ham gunohlaridan xalos qilishga kelgan, degan xulosaga kelishadi. Xudo har bir millat va xalqni Iso Masihga ishonishga chorlaydi.

Havoriy Pavlusning sharofati bilan Masih haqidagi Xushxabar dunyoning ko‘p joylariga yetib boradi. Pavlus Masihga imon keltirishdan oldin, farziy mazhabiga mansub bo‘lib, o‘sha davrning mashhur Tavrot tafsirchisi, Oliy kengash a’zosi Gamaliyolning shogirdi edi. Tavrot qonunini mukammal bilgan Pavlus yahudiy dinini jon–jahdi bilan himoya qiladi, u Masih jamoatini* ayovsiz ta’qib etadi. Biroq Iso Masih vahiyda O‘zini Pavlusga ayon qilgandan keyin, Pavlus Isoning sodiq shogirdlaridan biriga aylanadi. Shundan so‘ng Pavlus Rim imperiyasining deyarli hamma hududlarida Xushxabarni va’z qiladi. U hatto dunyoning o‘sha zamondagi eng buyuk shahri Rimga yetib borib, shohlaru hukmdorlarga Masih to‘g‘risidagi Xushxabarni aytadi.

Mazkur kitobga bir nechta va’z kiritilgan. Bu va’zlar yordamida biz o‘sha davrdagi masihiylarning dunyoqarashini teranroq anglab olamiz, ularning jamiyatdagi ijtimoiy ziddiyatlarga bo‘lgan munosabatini ko‘ramiz. Bu ziddiyatlarga yahudiy va butparast xalqlarning udumlari, Rim hukumati va Yunon madaniyati misol bo‘lib xizmat qiladi. Biroq kitobdagi voqealardan ko‘rinib turibdiki, Iso Masih haqidagi Xushxabarning yoyilishini hech kim va hech narsa to‘xtata olmaydi, hech qanday ziddiyat unga to‘sqinlik qila olmaydi.


1–BOB

Muqaddima

1-2 Ey Teofilus, birinchi kitobimda* men sizga Iso boshidan to osmonga ko‘tarilgunga qadar qilgan hamma ishlari va o‘rgatgan ta’limoti to‘g‘risida yozgan edim. U osmonga ko‘tarilishdan oldin, Muqaddas Ruh kuchi orqali O‘zi tanlagan havoriylarga ko‘rsatmalar bergan edi. 3 Iso azob chekib o‘lgandan keyin, bir qancha ishonchli dalillar orqali havoriylarga tirilganini ko‘rsatdi. Qirq kun davomida ularga zohir bo‘lib, Xudoning Shohligi* to‘g‘risida gapirdi. 4 Iso O‘z havoriylari bilan dasturxon atrofida o‘tirar ekan, ularga shunday amr berdi: “Quddusdan ketib qolmanglar, osmondagi Otamning* bergan va’dasi* bajo bo‘lishini kutinglar. Bu va’da haqida oldin ham sizlarga aytgan edim.

5 Yahyo odamlarni suvga cho‘mdirar edi*, sizlar esa yaqin kunlarda Muqaddas Ruhga

cho‘mdirilasizlar.”

Iso osmonga ko‘tariladi

6 Havoriylar birga yig‘ilganlarida, Isodan shunday deb so‘radilar:

9 Iso shu gaplarni aytgandan keyin, havoriylarning ko‘zi oldida osmonga ko‘tarildi. Bulut Isoni havoriylarning ko‘zlaridan yashirdi. 10 Iso ko‘tarilib ketgandan keyin ham havoriylar ko‘zlarini uzmay osmonga qarab turardilar. Shu payt birdan oq kiyim kiygan ikki odam ularning oldida paydo bo‘ldi.

11 — Ey Jalilaliklar! — dedi ular. — Nimaga osmonga qarab turibsizlar? Iso osmonga ko‘tarilganini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingizlar. U osmonga qanday ko‘tarilgan bo‘lsa, xuddi shunday qaytib keladi.

O‘n ikkinchi havoriy tanlanadi

12 Shundan keyin ular Zaytun deb atalgan tog‘dan* Quddusga qaytib keldilar. Zaytun

tog‘i Quddus yonida bo‘lib, shahardan taxminan bir chaqirim masofada* joylashgan edi.

13 Ular shaharga kirganlaridan keyin, o‘zlari turadigan xonadonning boloxonasiga chiqdilar. Butrus, Yuhanno, Yoqub, Endrus, Filip, To‘ma, Bartolomey, Matto, Xalfey o‘g‘li Yoqub, vatanparvar* Shimo‘n, Yoqub o‘g‘li Yahudo shu yerda edilar. 14 Ular yakdillik bilan toat–ibodatga berilgan edilar. Ular qatorida ba’zi bir ayollar, shuningdek, Isoning onasi Maryam va Uning ukalari ham bor edi.

15 Bir kuni 120 nafar imonli birodar yig‘ilgan edi. Butrus ular oldida turib, shunday dedi: 16-17 “Birodarlarim! Muqaddas Ruh oldindan Dovud orqali Yahudo* haqida bashorat qilgandi. Muqaddas bitiklardagi Uning bu so‘zlari amalga oshishi kerak edi. Yahudo bizlarning birimiz hisoblanib, bu xizmatda ishtirok etishga tanlangandi. Ammo u Isoni hibsga olish uchun kelganlarga boshchilik qildi. 18 Keyin yovuz ishi bilan qo‘lga kiritgan pulga dala sotib oldi. Ammo o‘sha yerda yiqilib tushdi, qorni yorilib, ichak– chovoqlari chiqib ketdi. 19 Bu voqea butun Quddus aholisiga ma’lum bo‘ldi, shuning uchun odamlar o‘sha joyni Xaqaldamax*, ya’ni Qon dalasi deb atadilar. 20 Zabur kitobida

shunday yozilgan:


«Uning makoni tashlandiq bo‘lib qolsin,

U yerda yashaydigan biron jon qolmasin.»* Yana shunday deyilgan:

«Uning o‘rnini boshqasi olsin.»*


21-22 Shunga ko‘ra, biz Yahudoning o‘rniga boshqa bir odamni tanlashimiz kerak. Toki u, biz singari, Rabbimiz Isoning tirilgani haqida guvohlik bersin. Bu odam Rabbimizning Yahyo tomonidan suvga cho‘mdirilgan kunidan boshlab, to osmonga ko‘tarilgan vaqtgacha bizga hamrohlik qilganlardan biri bo‘lishi shart.”

23 Shunday qilib, ular ikki kishini oldinga chiqardilar. Ulardan biri Yusuf (uning yana Barsabo va Yustus degan ismi ham bor edi), ikkinchisi esa Mattiyo edi. 24-25 Ular ibodat qilib, shunday dedilar: “Ey Rabbimiz! Sen hamma odamlarning yuragini bilasan. Mana shu ikkovidan qaysi birini havoriylik xizmati uchun tanlaganingni bizga ko‘rsatgin, chunki Yahudo xizmatini tashlab, o‘ziga tegishli yerga ketgan.”

26 Havoriylar ular uchun qur’a* tashladilar. Qur’a Mattiyoning chekiga tushdi.

Mattiyo o‘n bir havoriyga qo‘shildi.


2–BOB

Muqaddas Ruhning kelishi

1 Hosil bayrami* kuni kelganda, hamma imonlilar bir joyda yig‘ildilar. 2 Birdan osmondan shiddatli shamol esganga o‘xshash ovoz kelib, ular o‘tirgan uyning ichini to‘ldirdi. 3 Ular til shaklidagi alangani ko‘rdilar. O‘sha alanga yoyilib, har birining ustiga tushdi. 4 Shunda hammalari Muqaddas Ruhga to‘ldilar, Muqaddas Ruh bergan qobiliyatga ko‘ra, ular boshqa tillarda gapira boshladilar.

5 O‘sha paytda Quddusda dunyodagi har bir yurtdan kelgan taqvodor yahudiylar yashar edi. 6 Ular bu ovozni eshitganlarida, bir talay olomon yig‘ilib keldi. Har biri o‘z tilidagi gaplarni eshitib, dovdirab qoldi. 7 Ular hayrat va hayajon ichida: “Qaranglar, gapirayotgan bu odamlar Jalilaliklar–ku! — deb xitob qildilar. — 8 Qanday qilib har birimiz tug‘ilgan yurtimizning tillarini eshityapmiz? 9 Oramizda Parfiyadan, Midiya, Elam, Mesopotamiya, Yahudiya, Kappadokiya, Pontus va Asiyadan kelganlar bor.

10 Frigiya, Pamfiliya, Misr, Liviyaning Kirineyaga yaqin yerlaridan kelganlar ham bor. Ba’zilarimiz Rimdan kelganmiz, biz yahudiylarmiz, oramizda yahudiy diniga kirgan* Rimliklar ham bor. 11 Ba’zilarimiz Krit va Arabistondan kelganmiz. Shunday bo‘lsa–da, ular Xudoning qilgan qudratli ishlari to‘g‘risida bizga o‘z tillarimizda gapirib berayotganini eshitib turibmiz.”

12 Ular hayratlanib, boshlari qotib, bir–birlaridan: “Bu nimadan darak beradi?” deb so‘rardilar. 13 Boshqalar esa: “Iye, ular ichib mast bo‘lib qolibdilar–ku”, deb masxara qilishardi.

Butrusning nutqi

14 Shunda Butrus o‘n bir havoriy bilan oldinga chiqdi–da, olomonga qarata shunday

dedi: “Ey yahudiy birodarlar, Quddus aholisi! Gapimga quloq solib, shuni uqib olinglar!

15 Bu odamlarni sizlar mast deb o‘ylayapsizlar, ammo unday emas. Axir, endigina ertalab soat to‘qqiz* bo‘ldi–ku! 16 Aksincha, Yo‘el payg‘ambarning aytganlari bajo bo‘lmoqda:

17 «Xudo aytmoqda: Oxirgi kunlarda*,

O‘z Ruhimni yog‘diraman har bir inson ustiga,

Vahiylar keladi yigitlaringizga. Bashoratlar qilar sizning o‘g‘il–qizlaringiz. Karomatli tushlar ko‘rar qariyalaringiz.

18 O‘z Ruhimni yog‘diraman o‘sha kunlarda Hattoki qulu cho‘rilaringiz ustiga.

Ular bashorat qilarlar.

19-20 Mening buyuk va dahshatli kunim kelishidan oldin,

Men osmonda mo‘jizalar yarataman, Yerda alomatlar ko‘rsataman:

Qon, olov, qalin tuman hosil qilaman. Quyosh qorayadi, oy qon tusiga kiradi.


21 Rabbimizga iltijo qilgan har bir inson qutqariladi.»*


22 Ey Isroil xalqi, bu gaplarimni eshitib olinglar: Nosiralik Iso orqali Xudo sizlarning orangizda mo‘jizalar va alomatlar ko‘rsatdi. Shu yo‘l bilan Isoda ilohiy hokimiyat borligini Xudo tasdiqladi. Buni o‘zlaringiz bilasizlar. 23 Xudo O‘zining rejasi bo‘yicha Isoni sizlarning qo‘lingizga topshirishni azaldan qaror qilgan edi. Sizlar esa g‘ayriyahudiylarning qo‘llari bilan Uni xochga mixlatib o‘ldirdingizlar. 24 Ammo Xudo Uni tiriltirib, o‘lim azoblaridan ozod qildi. O‘lim o‘z kuchi bilan Isoni ushlab turishga qodir emasdi. 25 Dovud U haqda shunday degan edi:


«Men doim Egamga ko‘z tikaman, U o‘ng tomonimda bo‘lgani uchun Meni hech narsa qo‘zg‘ata olmas.

26 Shu bois, ey Egam, yuragim quvonchga to‘la,

Tilim ham shod–xurramdir. Tanam umid bilan yashaydi.

27 Meni o‘liklar diyorida* qoldirmaysan, Taqvodoringni* qabrda chiritmaysan.

28 Menga hayot so‘qmoqlarini O‘zing ko‘rsatasan, Huzuringda shodlik Meni qamrab oladi.»*


29 Birodarlarim! Bobomiz Dovud to‘g‘risida sizlarga ochiq–oydin gapirishim kerak. U o‘ldi, dafn qilindi, uning qabri bugungacha shu yerdadir. 30 U payg‘ambar bo‘lgani bois, Xudo unga: «O‘z naslingdan bo‘lgan bittasini taxtingga o‘tqazaman*», deb ichgan ontini* yodida tutardi. 31 Dovud kelajakni oldindan ko‘rib, Masihning tirilishi to‘g‘risida gapirgan edi. Xudo Masihni o‘liklar diyorida qoldirmasligi va Masihning tanasi chirimasligi haqida Dovud bashorat qilgandi*. 32 Ana shu Isoni Xudo tiriltirdi, bunga

hammamiz guvohmiz. 33 Xudo Isoni yuksaltirib, Uni taxtining o‘ng tomoniga* o‘tqazdi. Otasi Xudoning va’dasi bo‘yicha Iso Muqaddas Ruhni qabul qilib, Uni bizning ustimizga yog‘dirdi. Buni o‘zlaringiz ko‘rib va eshitib turibsizlar. 34-35 Dovud osmonga chiqmagan bo‘lsa–da, shunday degan edi:


«Egamiz aytmoqda Rabbimga:

Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga poyandoz qilmagunimcha,

Sen Mening o‘ng tomonimda o‘tirgin.»*


36 Butun Isroil xalqi shuni aniq bilib qo‘ysin: sizlar mixlagan Isoni Xudoning O‘zi

jamiki borliq ustidan hukmdor qildi. Iso ham Masih*, ham Rabbiydir.”

37 Xaloyiq bu gaplarni eshitdi–yu, yuraklari tilka–pora bo‘ldi. Ular Butrusdan va

qolgan havoriylardan:

40 Butrus boshqa ko‘p dalillar bilan ularga guvohlik berib: “O‘zlaringizni bu buzuq nasl ustiga kelayotgan jazodan saqlanglar”, deya o‘tindi. 41 Shunday qilib, Butrusning aytgan xabariga ishonganlar suvga cho‘mdirildi. O‘sha kuni imonlilar soni uch mingtaga ko‘paydi. 42 Ular havoriylarning ta’limotini o‘rganishga, birodarlikka, Rabbimiz Isoni xotirlab, non sindirishga* va ibodatga o‘zlarini bag‘ishladilar.

Imonlilarning hayoti

43 Havoriylar orqali Xudo ko‘plab mo‘jizalar va alomatlar ko‘rsatardi, bundan esa hamma hayratga tushgan edi. 44 Barcha imonlilar tez–tez yig‘ilishib turar edilar. Ular hamma narsada hamjihat edilar. 45 Mol–mulklarini sotib, pulini har kimning ehtiyojiga qarab taqsimlab berardilar. 46 Imonlilar har kuni Ma’badda yig‘ilardilar. Bir– birlarinikiga mehmonga borganda esa Rabbimiz Isoni xotirlash uchun non sindirardilar, soddadillik bilan, yurakdan sevinib ovqatlanishardi. 47 Xudoga hamdu sanolar aytardilar, xalqning hurmatu e’tiboridan bahramand edilar. Har kuni Egamiz najot topayotganlarni imonlilarning qatoriga qo‘shardi.


3–BOB

Shol tilanchi shifo topadi

1 Bir kuni Butrus bilan Yuhanno kunduzi soat uchlarda* — ibodat vaqtida Ma’badga ketayotgan edilar. 2 O‘sha paytda Ma’bad oldiga bir shol odamni olib kelishdi. Uni har kuni Ma’badning Go‘zal degan darvozasiga keltirib qo‘yishardi, u esa tilanchilik qilib, Ma’badga kelgan odamlardan sadaqa yig‘ardi. 3 O‘sha odam Butrus bilan Yuhannoning kelayotganini ko‘rib, sadaqa berib ketinglar, deb yalindi. 4 Ikkovi unga tikildi. Shu payt Butrus:

Masih nomi bilan senga buyuraman: o‘rningdan turib yur!

7 Shundan keyin Butrus shol odamni o‘ng qo‘lidan ushlab, o‘rnidan turishiga ko‘maklashdi. Shu zahoti shol odamning oyoqlari bilan to‘piqlari mustahkam bo‘ldi. 8 U sakrab turdi–yu, yura boshladi. Keyin u yurib, sakrab, Xudoga hamdu sano aytib, Butrus va Yuhanno bilan birga Ma’bad hovlisiga kirdi. 9 Yurib Xudoga hamdu sano aytayotgan bu odamni xalq ko‘rib, 10 tanib qoldi. Odamlar: “Go‘zal darvozasi yonida o‘tirib, sadaqa so‘raydigan odam–ku bu!” deb hayratlanib, yuz bergan voqeadan hayron qoldilar.

Butrusning Ma’badda aytgan nutqi

11 Butrus bilan Yuhanno Sulaymon ayvoni* degan joyda turar edilar. Shol odam ikkovining qo‘lidan mahkam ushlab olgan edi. Xalq hayrat ichida ularning oldiga yugurib keldi. 12 Butrus odamlarni ko‘rgach, ularga qarata nutq so‘zladi: “Ey Isroil xalqi!

Nega bunga hayron bo‘lyapsizlar? Xuddi biz o‘z qudratimiz yoki xudojo‘yligimiz bilan bu odamga shifo berganday, nega bizga tikilib qarayapsizlar? 13 Bu odamga ota– bobolarimiz Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosi shifo berdi. Shu orqali Xudo O‘zining Quli* Isoni ulug‘ladi. Ammo sizlar Isoni tutib berdingizlar. Pilat* Uni ozod etishga qaror qilganda ham, sizlar Uni Pilatning huzurida rad etdingizlar. 14 Ha, sizlar Muqaddas va Solih bo‘lgan Isoni rad qilib, Uning o‘rniga bir qotilning ozod bo‘lishini talab qildingizlar. 15 Sizlar hayotga boshlovchini o‘ldirdingizlar. Ammo Xudo Uni o‘likdan tiriltirdi. Biz bunga guvohmiz. 16 O‘zlaringiz ko‘rib–bilib turgan mana bu odam Isoning nomiga bo‘lgan imoni tufayli soppa–sog‘ turibdi. Iso bergan bu imon uni ko‘z o‘ngingizda butunlay sog‘aytirdi.

17 Ey birodarlar, sizlar Isoga qilgan bu yomonligingizni hukmdorlaringiz kabi, bilmasdan qilganingizni bilaman. 18 Ammo Xudo payg‘ambarlarning og‘zi bilan aytgan bashoratini bu qilmishingiz orqali bajo qildi. Axir, payg‘ambarlar, Masih azob chekadi, deb oldindan aytgan edilar. 19 Endi tavba qilinglar, Xudoga yuz buringlar, toki gunohlaringiz kechirilsin. 20 Shunda Egamiz sizlarga farog‘at vaqtini ato qiladi. U sizlar uchun tanlangan Masihni — Isoni yuboradi. 21 Xudo O‘zining muqaddas payg‘ambarlari orqali azaldan e’lon qilganday, hamma narsalar yangilanadigan davr keladi. Ammo o‘sha davr kelguncha Iso samoda qolishi kerak.

22 Muso shunday degan edi: «Egangiz Xudo sizlar uchun xalqingiz orasidan menga

o‘xshagan bir payg‘ambar chiqaradi. Uning aytgan har bir so‘ziga quloq solinglar.

23 O‘sha payg‘ambarga itoat etmaydigan har kim Xudoning xalqi orasidan ajratib olinib, yo‘q qilinadi.»* 24 Haqiqatan ham, Shomuil va undan keyin kelib xabar bergan hamma payg‘ambarlar biz yashayotgan bu kunlar haqida bashorat qilgan edilar. 25 Xudoning O‘z payg‘ambarlari orqali bergan va’dalari sizlar uchundir. Sizlar Xudoning Ibrohim orqali ota–bobolaringiz bilan tuzgan ahdini o‘zlaringizga meros qilib olyapsizlar. Axir, Ibrohimga Xudo: «Sening zurriyoting* orqali yer yuzidagi jamiki xalqlar baraka topadi»*, deb aytgan edi. 26 Xudo O‘z Quli* Isoni zohir qilgandan keyin, Uni birinchi bo‘lib sizlarning orangizga yubordi. Chunki U har biringizni yomon yo‘ldan qaytarib, sizlarga baraka bermoqchi.”

4–BOB

Butrus bilan Yuhanno Oliy kengash oldida

1 Butrus bilan Yuhanno xalqqa gapirib turganlarida, bir necha ruhoniylar*, Ma’bad mirshabboshisi* va sadduqiy* mazhabining ba’zi a’zolari keldilar. 2 Ularning qattiq jahli chiqqan edi, chunki bu ikkala havoriy xalqqa ta’lim berib, Iso o‘likdan tirildi, deb va’z qilayotgan edilar. 3 Ular ikkala havoriyni ushlab, vaqt kech bo‘lgani uchun ertasi kun ertalabgacha qamoqda saqladilar. 4 Ammo bu xabarni eshitganlarning ko‘pchiligi imonga keldi. Shunday qilib, imonlilarning orasidagi erkaklarning soni besh mingga yetdi.

5 Keyingi kun bosh ruhoniylar*, yo‘lboshchilar, Tavrot tafsirchilari* Quddusda yig‘ildilar. 6 Oliy ruhoniy Xanan*, Kayafas, Yuhanno, Iskandar va oliy ruhoniy oilasiga mansub bo‘lgan boshqa erkaklar yig‘inda ishtirok etdilar. 7 Ular ikkala havoriyni o‘rtaga turg‘izib qo‘yib, so‘radilar: “Buni qanday qudrat bilan, kimning nomidan qildingizlar?”

8 Shunda Muqaddas Ruhga to‘lgan Butrus ularga shunday dedi: “Ey xalq rahnamolari va yo‘lboshchilari! 9 Agar bir xasta odamga qilingan yaxshilik tufayli bizdan hisob talab qilayotgan bo‘lsangiz va bu odamning qanday qilib sog‘ayganini so‘rayotgan bo‘lsangiz, 10 sizlar, ey Isroil xalqi, hammalaringiz shuni bilib qo‘yinglarki, mana bu odam Nosiralik Iso Masih nomi bilan tamomila sog‘ayib, oldingizda turibdi. Isoni sizlar xochga mixlagan edingizlar, Xudo esa Uni o‘likdan tiriltirdi. 11 Axir, Iso to‘g‘risida Muqaddas bitiklarda shunday yozilgan:


«Ey binokorlar, siz rad etgan tosh Binoning tamal toshi* bo‘ldi.»*


12 Najot boshqa hech kimdan kelmaydi. Uning nomi — butun olamda najot beradigan

yagona nomdir.”

13 Kengash* a’zolari Butrus bilan Yuhannoning jasoratini ko‘rdilar va ularning o‘qimagan, oddiy odam ekanliklarini bilib, hayron qoldilar. Butrus bilan Yuhanno Isoning sheriklari ekanini angladilar. 14 Shifo topgan odam ham ikkala havoriy bilan birga turgan edi. Shuning uchun xalq rahnamolari va yo‘lboshchilari uni ko‘rib, ikkovining gaplariga qarshi biron so‘z ayta olmadilar.

15 Shunday qilib, ular havoriylarga: “Majlisxonadan chiqinglar”, deb buyruq berdilar.

So‘ngra o‘zaro muhokama qila boshladilar: 16 “Bu odamlarni nima qilamiz? Bu ajoyib mo‘jizani mana shu odamlar qilganini Quddusdagi har bir odam biladi, biz buni inkor eta olmaymiz. 17 Ammo bu xabar xalq orasida yanada yoyilib ketishining oldini olish uchun, bundan keyin Isoning nomi bilan hech kimga gapirmaysizlar, deb ularni ogohlantirib qo‘yamiz.”

18 Shunday qilib, ular ikkovini chaqirdilar va: “Isoning nomi bilan umuman gapirmaysizlar yoki ta’lim bermaysizlar”, deb buyruq berdilar. 19 Butrus bilan Yuhanno esa ularga shunday javob qaytardilar: “Xudodan ko‘ra sizlarga itoat etsak, Xudoning nazarida to‘g‘ri bo‘ladimi? O‘zlaringiz xulosa chiqaraveringlar. 20 Biz esa ko‘rganlarimiz va eshitganlarimiz to‘g‘risida gapirmasdan tura olmaymiz.”

21 Shunday qilib, Kengash a’zolari ularni oxirgi marta ogohlantirib, qo‘yib yubordilar.

Ularni jazolash uchun hech qanday sabab topa olmagandilar, chunki butun xalq yuz

bergan voqeani bilib, Xudoga hamdu sano aytardi. 22 Axir, mo‘jizali alomat tufayli shifo topgan odam qirq yildan oshiq vaqt davomida shol bo‘lgan edi.

23 Butrus bilan Yuhanno ozod bo‘lishlari bilanoq, do‘stlarining oldiga qaytib keldilar va bosh ruhoniylar bilan yo‘lboshchilarning ularga aytgan gaplarini so‘zlab berdilar.

24 Do‘stlari bu gaplarni eshitganlaridan keyin, hammalari birgalikda baland ovozda Xudoga shunday deb ibodat qildilar: “Ey Egamiz! Sen osmon bilan yerni, dengizni va ulardagi hamma mavjudotni yaratgansan! 25 Quling — bobomiz Dovud orqali Muqaddas Ruhing bilan shunday degansan:


«Nega quturadi xalqlar?!

Nega behuda fitna qilar elatlar?!

26 Egamizga va Uning Masihiga qarshi Zamin shohlari saf tortdilar, Hukmdorlar Unga qarshi birlashdilar.»*


27 Haqiqatan, Hirod* bilan Po‘ntiy Pilat* g‘ayriyahudiylar va Isroil xalqi bilan birga bu shaharda Sening muqaddas Quling*, O‘zing Masih qilib tanlagan Isoga qarshi to‘plandilar*. 28 Qudrating va xohish–irodang bilan O‘zing ilgaridan qaror qilgan hamma narsani ular ijro etdilar. 29 Endi, ey Egamiz, ularning tahdidlariga qara! Sening so‘zingni jasorat bilan aytishimiz uchun, biz, qullaringga kuch ber. 30 Qudratingni ko‘rsat, toki Muqaddas Quling* Iso nomi bilan xastalarga shifo beraylik, alomatlar va mo‘jizalar ko‘rsataylik.”

31 Hammalari ibodat qilib bo‘lganlaridan keyin, ular yig‘ilib turgan joy silkindi.

Hammalari Muqaddas Ruhga to‘lib, Xudoning so‘zini jasorat bilan gapiradigan bo‘ldilar.

Imonlilar mol–mulklarini taqsimlab beradilar

32 Imonga kelganlar yakdil va hamjihat edilar. Ulardan birontasi o‘ziga qarashli biron narsani “Bu meniki”, deb aytmas, bor mol–mulklarini umumiy deb bilishardi.

33 Havoriylar buyuk qudrat bilan Rabbimiz Isoning tirilganiga guvohlik berardilar. Xudo ularning hammalariga mo‘l–ko‘l muruvvat ko‘rsatardi. 34 Imonlilarning orasida bironta muhtoj odam yo‘q edi. Dala yoki uy–joy egalari bor narsalarini sotardilar, sotuvdan tushgan mablag‘ni olib kelib, 35 havoriylarning ixtiyoriga berardilar. Pullar odamlarning ehtiyojiga qarab taqsimlanardi. 36 Imonlilar orasida Levi qabilasidan bo‘lgan Yusuf ismli bir odam bor edi. U asli Kiprdan edi. Havoriylar unga Barnabo, ya’ni “dalda beruvchi” degan nom bergan edilar. 37 Yusuf ham dalasini sotib, pulini havoriylarga in’om qildi.


5–BOB

Xanoniyo bilan Sapfira

1 Xanoniyo degan bir odam xotini Sapfira bilan kelishib, mulkidan bir qismini sotdi.

2 Xanoniyo pulning bir qismini o‘ziga olib qoldi. Xotini bu haqda bilardi. Xanoniyo

pulning qolganini havoriylarga olib borib berdi. 3 Butrus undan so‘radi:

10 Shu zahoti ayol ham yiqildi–yu, jon berdi. Yigitlar kirib kelib ko‘rdilarki, ayol jon beribdi. Ular ayolni ham olib borib, erining yoniga dafn qildilar. 11 Bu voqeani eshitgan odamlar va butun jamoat* vahimaga tushib qoldi.

Mo‘jizalar va ajoyibotlar

12 Havoriylar xalq orasida ko‘plab mo‘jizalar va ajoyibotlar ko‘rsatardilar. Hamma imonlilar Sulaymon ayvonida* yig‘ilishardi. 13 Xalq ularga g‘oyat hurmat ko‘rsatar, begonalardan hech kim ularga qo‘shilishga jur’at qilolmasdi. 14 Ammo Rabbimiz Isoga imon keltirib, jamoatga qo‘shilgan erkagu ayollar soni tobora ko‘payib boraverdi.

15 Odamlar: “Butrus yo‘ldan o‘tayotganda, uning soyasi bularning ustiga tushsin”, deb xastalarni ko‘chalarga olib chiqishardi. Ularni chorpoyalarga, to‘shaklarga yotqizib qo‘yishardi. 16 Bir talay olomon ham Quddus atrofidagi qishloqlardan keldi. Ular ham xasta, yovuz ruhlardan azob chekayotganlarni olib kelgan edilar. Xastalarning hammasi shifo topdi.

Havoriylar quvg‘in qilinadilar

17 Shunda sadduqiy mazhabidan bo‘lgan oliy ruhoniy va uning barcha sheriklari havoriylarga qahrini sochdilar. 18 Ular havoriylarni hibsga olib, davlat qamoqxonasiga tashladilar. 19 Ammo tunda Egamizning bir farishtasi qamoqxona eshigini ochdi, havoriylarni tashqariga olib chiqib, shunday dedi:

20 — Boringlar, Ma’badda turib, bu yangi hayot to‘g‘risidagi xabarni odamlarga

aytinglar.

21 Havoriylar bu gapni eshitib, azonda Ma’bad hovlisiga kirdilar va odamlarga ta’lim

bera boshladilar.

Oliy ruhoniy va uning yordamchilari Ma’badga keldilar va Oliy kengashni, ya’ni hamma Isroil yo‘lboshchilarini chaqirtirdilar. Havoriylarni olib kelish uchun qamoqxonaga odam yubordilar. 22 Ma’bad mirshablari borib, qamoqxonada havoriylarni topa olmadilar. Ular qaytib kelib, xabar berdilar:

23 — Borsak, qamoqxona mahkam qulflangan, soqchilar eshik oldida turishgan ekan.

Ammo eshiklarni ochib ichkariga kirganimizda, ichkarida hech kimni topa olmadik.

24 Ma’bad mirshabboshisi* va bosh ruhoniylar bu so‘zlarni eshitib, havoriylarga nima bo‘ldi ekan, deb hayron bo‘ldilar. 25 Shu payt bir odam kelib, xabar berdi:

Ularning rejalari va qilayotgan ishlari insonniki bo‘lsa, bu ishlari barham topadi. 39 Agar Xudodan bo‘lsa, sizlar ularni mag‘lub qila olmaysizlar. Yana o‘zlaringiz Xudoga qarshi jang qilayotgan bo‘lib qolmanglar.

40 Shunday qilib, Oliy kengash Gamaliyolning maslahatiga rozi bo‘ldi. Ular havoriylarni chaqirib, qamchi bilan savalatdilar, “Hech qachon Isoning nomi bilan gapirmaysizlar”, deb buyruq berib, qo‘yib yubordilar.

41 Havoriylar Oliy kengash huzuridan xursand bo‘lib chiqdilar, chunki ular “Xudo bizni Isoning nomi uchun haqoratlanishimizga loyiq hisobladi”, der edilar. 42 Ular har kuni Ma’bad hovlisida va odamlarning uylarida ta’lim berardilar. Isoning Masih ekani to‘g‘risidagi Xushxabarni va’z qilishda davom etaverdilar.


6–BOB

Xizmatga tanlangan yetti kishi

1 Shu vaqt davomida shogirdlarning soni ortib boraverdi. Ammo shu paytda yunonzabon va oramiyzabon* yahudiy imonlilar orasida ziddiyat paydo bo‘ldi. Yunonzabon yahudiylar: “Kundalik oziq–ovqat taqsimlanganda, yunonzabon bevalar e’tibordan chetda qolyaptilar”, deb e’tiroz bildirdilar. 2 O‘n ikki havoriy jamiki shogirdlarni yig‘ib, ularga shunday dedilar:

— Biz Xudoning kalomini va’z qilishni bir chetda qoldirib, ozuqa tarqatish bilan ovora bo‘lishimiz noto‘g‘ri. 3 Birodarlar, orangizdan yetti kishini tanlanglar. Ular obro‘– e’tiborga ega, Muqaddas Ruhga va donolikka to‘lib–toshgan bo‘lsin. Ularni bu xizmatga

tayin etaylik. 4 Biz esa o‘zimizni ibodatga va Xudo kalomining xizmatiga bag‘ishlaylik.

5 Ularning gapi butun jamoaga ma’qul bo‘ldi. Jamoa imonga va Muqaddas Ruhga to‘la Stefanni, shuningdek, Filip, Proxorus, Nikanor, Timon, Parmenas va ilgari yahudiy diniga kirgan* Antioxiyalik Nikolasni tanladilar. 6 Ular bu odamlarni havoriylarning oldiga turg‘izib qo‘ydilar. Havoriylar ularga qo‘llarini qo‘yib, ibodat qildilar.

7 Shunday qilib, Xudoning so‘zi yoyilib boraverdi. Shogirdlar soni Quddusda ko‘paydi. Ruhoniylarning ko‘pchiligi imonga keldilar.

Stefan hibsga olinadi

8 Stefan Xudoning marhamatiga va ilohiy qudratga to‘lgan edi*. U xalq orasida ajoyib mo‘jizalar va alomatlar ko‘rsatdi. 9 Ammo “Ozod qilingan qullar” degan sinagoga a’zolarining ba’zilari — Kirineyaliklar, Iskandariyaliklar, shuningdek, Kilikiya va Asiyaliklar Stefan bilan bahslasha boshladilar. 10 Muqaddas Ruh Stefanga ko‘p donolik berdi, shuning uchun ular Stefanning gaplarini inkor qila olmadilar. 11 Shundan keyin sinagoga a’zolari ba’zi odamlarni gijgijlab: “Stefan Musoga va Xudoga qarshi kufr so‘zlar aytganini eshitdik”, deb aytishga ko‘ndirdilar. 12 Shu yo‘l bilan ular xalqni, yo‘lboshchilarni, Tavrot tafsirchilarini qayradilar. Ular Stefanni ushlab, Oliy kengashga olib keldilar. 13 Shunda ular soxta guvohlarni yolladilar. Soxta guvohlar shunday dedilar: “Bu odam mana shu muqaddas Ma’badga va qonunga qarshi gaplar aytishdan to‘xtamayapti. 14 Uning aytishicha, Nosiralik Iso Ma’badni qulatar emish, Muso bizlarga bergan urf–odatlarni o‘zgartirar emish.” 15 Oliy kengashda o‘tirganlar Stefanga tikilib qaradilar, uning yuzi xuddi farishtaning yuziga o‘xshash ekanini ko‘rdilar.


7–BOB

Stefanning Oliy kengash oldidagi nutqi

1 Oliy ruhoniy Stefandan: “Shu gaplar rostmi?” deb so‘radi. 2 Stefan shunday javob berdi: “Birodarlar, otalar! Mening gaplarimga quloq solinglar. Bobomiz Ibrohim hali Xoronda yashamasdan oldin — Mesopotamiyada* bo‘lgan paytda ulug‘vor Xudo unga zohir bo‘lib, 3 shunday dedi: «O‘z yurtingdan, qarindosh–urug‘laring oldidan chiqib ket. Men senga bir yurtni ko‘rsataman, o‘sha yerga borasan.»* 4 Shundan keyin Ibrohim Xaldeylar yurtini* tark etib, Xoronga borib o‘rnashdi. Ibrohimning otasi vafot etgach, Xudo uni Xorondan hozir sizlar yashab turgan yurtga ko‘chirdi. 5 Xudo Ibrohimga u yerdan mulk bermadi, hatto bir qarich yer ham bermadi. Lekin Ibrohimga va uning nasliga o‘sha yurtni mulk qilib berishni va’da qildi. Vaholanki, o‘sha paytda Ibrohimning farzandi yo‘q edi. 6 Xudo unga shunday dedi: «Sening nasling begona bir yurtda musofir bo‘lib yashaydi. To‘rt yuz yil qul bo‘lib, jabr–zulm tortadi. 7 Ammo ularni qul qilib oladigan xalqni Men jazolayman. Shundan keyin ular o‘sha yurtdan chiqadilar va bu yerda Menga sajda qiladilar.»* 8 Keyin Xudo unga sunnat ahdini* berdi. Shunday qilib, Ibrohimdan Is’hoq tug‘ildi. Is’hoqni sakkiz kunligida Ibrohim sunnat qildi. Is’hoqdan Yoqub tug‘ildi, u ham sunnat qilindi. Yoqubdan o‘n ikki qabila asoschilari tug‘ildi, ular ham sunnat qilindi.

9 Yoqubning o‘g‘illari o‘zlarining ukalari Yusufga hasad qilib, uni Misrga sotib yubordilar. Ammo Xudo Yusuf bilan birga bo‘lib, 10 uni hamma kulfatlardan saqlab qoldi. Xudo Yusufni shunchalik dono qildiki, u Misr fir’avnining iltifotiga sazovor bo‘ldi. Fir’avn Yusufni butun Misr va o‘zining xonadoni ustidan hokim qilib tayinladi. 11 O‘sha davrda

butun Misr va Kan’on bo‘ylab ocharchilik tarqaldi, ko‘p azob–uqubatlar kelib chiqdi. Ota–bobolarimiz yegulik topa olmay qoldilar. 12 Yoqub, Misrda don bor ekan, deb eshitib qoldi. U o‘g‘illarini, ya’ni bizning bobolarimizni Misrga birinchi bor safarga jo‘natdi.

13 Ular Misrga ikkinchi marta borganlarida, Yusuf akalariga o‘zini tanitdi. Shunday qilib, Yusufning urug‘–aymog‘i fir’avnga ma’lum bo‘ldi. 14 Shundan keyin Yusuf otasi Yoqubni, hamma qarindosh–urug‘larini yoniga chaqirdi. Ular hammasi bo‘lib yetmish besh* kishi edilar. 15 Shunday qilib, Yoqub Misrga ketdi. Yoqub ham, uning o‘g‘illari, ya’ni ota– bobolarimiz ham Misrda vafot etdilar. 16 Ularning suyaklarini Shakam shahriga olib kelib, Ibrohimning maqbarasiga qo‘ydilar. Bu maqbarani Ibrohim shakamlik Xamo‘rning o‘g‘illaridan bir qancha kumushga sotib olgan edi.

17 Xudoning Ibrohimga bergan va’dasi amalga oshadigan payt yaqinlashgani sari, Misrdagi xalqimiz g‘oyat ko‘payib borar edi. 18 Misrni boshqa hukmdor boshqara boshladi. U Yusuf to‘g‘risida hech narsa bilmasdi. 19 Ular ota–bobolarimizga nayrang ishlatdilar. Ota–bobolarimiz chaqaloqlaridan voz kechishlariga to‘g‘ri keldi, chaqaloqlari o‘ldirildi. 20 Shu paytda Muso tug‘ilgan edi. U juda chiroyli bola edi. Ota–onasining uyida Musoni uch oy parvarishlaganlaridan keyin 21 oxiri, voz kechishga majbur bo‘ldilar.

Fir’avnning qizi Musoni saqlab olib, o‘z o‘g‘liday tarbiya qildi. 22 Musoga Misrliklarning

ilmu ma’rifati o‘rgatildi, u so‘zda ham, ishda ham buyuk odam bo‘ldi.

23 Muso qirq yoshga kirganda, uning yuragida qardoshlari bo‘lgan Isroil xalqini ko‘rish orzusi tug‘ildi. 24 Misrliklardan biri Isroil xalqidan bittasiga shafqatsizlik qilayotganini ko‘rganda, Muso qardoshini himoya qildi. Misrlikni o‘ldirib, qardoshining o‘chini oldi. 25 Muso: «Xudo men orqali xalqimni ozod qilmoqchi, buni xalqim tushunsa kerak», deb o‘yladi. Ammo ular tushunmadilar. 26 Keyingi kuni Muso Isroil xalqidan ikkitasi janjallashayotganini ko‘rib, ularni yarashtirmoqchi bo‘ldi: «Quloq solinglar, ey odamlar, axir, sizlar birodarsizlar! Nega bir–biringizni xafa qilyapsizlar?» 27 Ammo qardoshini xafa qilayotgan odam Musoni turtib dedi: «Kim seni bizning ustimizdan hukmdor yoki hakam qilib qo‘ydi? 28 Kecha Misrlikni o‘ldirganingday meni ham o‘ldirmoqchimisan?»* 29 Muso bu gapni eshitgach, Misrdan qochib ketdi va Midiyon yurtida* musofir bo‘lib yashay boshladi. Bu yurtda Muso ikki o‘g‘il ko‘rdi.

30 Oradan qirq yil o‘tgach, Muso sahrodagi Sinay tog‘i yonida bo‘lganda, buta alangasi ichida unga bir farishta* zohir bo‘ldi*. 31 Muso buni ko‘rib, hayron bo‘ldi. Yaxshiroq ko‘rish uchun butaga yaqin bordi. Shu payt u Egamizning ovozini eshitdi: 32 «Men ota– bobolaringiz — Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosiman.» Muso qo‘rqqanidan titrab, qarashga jur’at etmadi. 33 Shunda Egamiz Musoga dedi: «Oyog‘ingdagi chorig‘ingni yech, chunki sen turgan joy muqaddas yerdir. 34 Xalqimning Misrda chekkan azoblarini ko‘rdim, ularning oh–vohlarini eshitdim. Men ularni ozod qilish uchun keldim. Endi kel, Men seni Misrga yuboraman.»

35 Mana shu Musoni xalq rad qilib, unga: «Kim seni bizga hukmdor va hakam qilib qo‘ydi?» deb aytgandi. Xudoning O‘zi esa Musoni hukmdor va xaloskor qilib yubordi. U buni buta ichida zohir bo‘lgan farishta orqali amalga oshirdi. 36 Muso Isroil xalqini Misrdan olib chiqdi. Misrda, Qizil dengizda va sahroda qirq yil davomida mo‘jizalar va alomatlar ko‘rsatdi. 37 Isroil xalqiga: «Xudo sizlar uchun o‘z xalqingiz orasidan menga o‘xshagan bir payg‘ambar chiqaradi*»*, deb aytgan ham o‘sha Muso edi. 38 Sahroda Isroil xalqi bilan birga yashagan Musodir, Sinay tog‘ida otalarimiz bilan birga turgan, farishta bilan gaplashgan ham udir. Bizga beriladigan Xudoning hayotbaxsh kalomini Muso

farishtadan qabul qildi. 39 Ammo ota–bobolarimiz Musoga itoat etishni istamadilar. Aksincha, ular Musoni mensimay, ko‘ngillarida Misrga qaytishga moyil bo‘ldilar. 40 Ular Horunga shunday dedilar: «Biz uchun xudolar yasab ber, ular bizni yo‘lda boshlab borsin. Bizni Misrdan olib chiqqan Musoga nima bo‘lganini bilmaymiz.»* 41 O‘sha paytda ular buzoq tasvirini yasadilar, o‘sha butga qurbonlik qildilar. Shunday qilib, qo‘llarining ijodi oldida ko‘ngilxushlik qildilar. 42 Shu sababdan Xudo ulardan yuz o‘girdi, samoviy jismlarga sajda qilishsin, deb ularni tark etdi. Zotan, payg‘ambarlar kitobida shunday yozilgan:


«Ey Isroil xalqi, sizlar juda ko‘p qurbonliklar keltirasizlar! Men ota– bobolaringizni qirq yil sahroda olib yurganimda, ulardan shu qadar ko‘p qurbonligu nazrlarni talab qilmadim! 43 Sizlar o‘zingiz yasagan xudolarga — Mo‘lax va Rayfon* tasvirlariga topinib yuribsizlar. Shuning uchun Men sizlarni Bobil yurtiga surgun qilaman. Qani, endi turinglar! Mo‘laxning chodirini va Rayfonning tasviri bo‘lgan yulduzni ko‘tarib olib ketinglar.»*


44 Sahroda ota–bobolarimizning Muqaddas ahd chodiri* bor edi. Bu Chodir, Xudo Musoga buyurganday, U ko‘rsatgan namuna bo‘yicha yasalgan edi. 45 Keyinroq o‘sha Chodir otalarimizga berildi. Otalarimiz Yoshua bilan ketganlarida Chodirni o‘zlari bilan olib ketdilar. O‘shanda Xudo quvib yuborgan xalqlarning yerini otalarimiz tortib olgan edilar. Chodir shoh Dovud zamonigacha o‘sha yurtda otalarimiz bilan qoldi. 46 Xudoning marhamatiga sazovor bo‘lgan Dovud: «Yoqubning Xudosiga maskan* qurib beray», deb Undan izn so‘radi. 47 Ammo Xudoga uyni Sulaymon qurib berdi. 48 Vaholanki, Xudoyi Taolo inson qo‘llari bilan yasalgan uylarda istiqomat qilmaydi. Xudo payg‘ambar orqali aytganday:


49 «Osmon Mening taxtimdir,

Yer oyog‘im tagidagi kursidir.

Menga qanday uy qurib bera olasiz?!

— demoqda Egamiz. —

Qaysi joy Menga maskan bo‘la oladi?!

50 Axir, hammasini O‘z qo‘llarim bilan yaratganman.»*


51 Sizlar o‘jar xalqsiz! Ey yuraklari, quloqlari sunnat qilinmaganlar!* Sizlar ham, ota– bobolaringizga o‘xshab, har doim Muqaddas Ruhga qarshi turasizlar. 52 Ota– bobolaringiz payg‘ambarlarning hammasini quvg‘in qilganlar! Solih Zotning* kelishini bashorat qilganlarni ular o‘ldirganlar! Endi esa sizlar Solih Zotni sotib, qatl qildingizlar. 53 Xudoning qonunini olgan sizlarsiz. Ammo o‘sha qonun sizlarga farishtalar orqali berilganiga* qaramay, sizlar unga rioya qilmadingizlar.”

54 Oliy kengash a’zolari Stefanning so‘zlarini eshitib, g‘azabga mindilar, g‘azabdan tishlarini g‘ijirlatdilar. 55 Ammo Muqaddas Ruhga to‘lgan Stefan osmonga tikilib, Xudoning ulug‘vorligini ko‘rdi. Iso Xudoning o‘ng tomonida* turar edi.

56 “Qaranglar! — dedi Stefan. — Men osmon ochilganini ko‘ryapman. Inson O‘g‘li* Xudoning O‘ng tomonida turibdi!”

57 Ular esa qo‘llari bilan quloqlarini berkitib oldilar, so‘ng birdaniga hammalari

ovozlari boricha baqirib, Stefanga tashlandilar. 58 Ular Stefanni shahar tashqarisiga olib

chiqdilar va toshbo‘ron qildilar. Unga qarshi guvohlik berganlar esa choponlarini Shoul*

degan yigitning oyoqlari ostiga qo‘ydilar.

59 Ular Stefanni toshbo‘ron qilayotganlarida, Stefan: “Ey Rabbim Iso, ruhimni ol!” deb ibodat qildi. 60 So‘ngra u tiz cho‘kib, ovozi boricha: “Ey Rabbim Iso! Bu gunohni ularga yuklamagin!” deb baqirib, jon berdi.


8–BOB

Shoul imonlilar jamoatini quvg‘in qiladi

1 Stefanning o‘limini Shoul* ma’qullagan edi. O‘sha kundanoq Quddusdagi imonlilar jamoati shafqatsiz quvg‘inlardan azob cheka boshladi. Havoriylardan boshqa hamma imonlilar Yahudiya va Samariya bo‘ylab tarqalib ketdilar. 2 Taqvodor odamlar Stefanni dafn qildilar, u uchun qattiq qayg‘urib, aza tutdilar. 3 Shoul esa jamoatni yo‘q qilish payiga tushgan edi. U uyma–uy yurib, erkagu ayol imonlilarni sudrab olib chiqar, ularni qamoqxonaga tashlar edi.

Filip Samariyada va’z qiladi

4 Imonlilar tarqalib ketib, Iso haqidagi xabarni har joylarda va’z qilib yurardilar.

5 Filip* Samariyaning bosh shahriga* borib, u yerdagi aholiga Masih to‘g‘risida va’z qildi. 6 Filipni tinglab turgan va qilgan mo‘jizalarini ko‘rgan olomon uning gaplariga diqqat bilan quloq soldi. 7 Yovuz ruhlar ko‘p odamlarning ichidan chinqirib chiqib ketardi, ko‘plab shol va cho‘loq odamlar shifo topar edilar. 8 Shunday qilib, o‘sha shaharda katta shodlik hukm surardi.

9 Shu yerda Shimo‘n degan bir odam yashardi. U anchadan beri sehr–jodular qilib, Samariya aholisini hayratda qoldirib kelardi. Shu tariqa u o‘zini buyuk odam qilib ko‘rsatardi. 10 Shahardagi har bir odam — kattayu kichik uning gaplariga diqqat bilan quloq solar, “Bu odam Xudoning qudratidir, u Buyuk Qudrat deb nom olgan”, deb aytardi. 11 Shimo‘n uzoq vaqt odamlarni sehr–jodulari bilan ajablantirib kelgani uchun ham, odamlar unga diqqat bilan quloq solishardi. 12 Ammo Filip Xudoning Shohligi va Iso Masih to‘g‘risidagi Xushxabarni va’z qilgandan keyin, odamlar Filipga ishondilar.

Erkagu ayol suvga cho‘mdirildi. 13 Hatto Shimo‘n ham imonga keldi. U suvga cho‘mdirilgandan keyin, yuz berayotgan alomatlaru buyuk mo‘jizalarni ko‘rib, hayratda qoldi va Filipdan ajralmaydigan bo‘ldi.

14 Quddusdagi havoriylar, Samariya aholisi* Xudoning kalomini qabul qilibdi, deb eshitganlari uchun, Butrus bilan Yuhannoni ularning oldiga yubordilar. 15 Butrus bilan Yuhanno borib, Muqaddas Ruhni qabul qilib olinglar, deb Samariyaliklar uchun ibodat qildilar. 16 Chunki hali Muqaddas Ruh ularning birontasini ham qamrab olmagan edi. Ular faqat Rabbimiz Iso nomi bilan suvga cho‘mdirilgan edilar, xolos. 17 Shundan keyin Butrus bilan Yuhanno ularning ustiga qo‘llarini qo‘ydilar. Shu tariqa Samariyaliklar Muqaddas Ruhni qabul qildilar.

18 Shimo‘n ko‘rdiki, odamlarning boshlariga havoriylar qo‘llarini qo‘yganlarida,

Muqaddas Ruh ularga berilardi. U Butrus bilan Yuhannoga pul taklif qilib, dedi:

19 — Shu qudratdan menga ham beringlar, toki birontasining boshiga qo‘llarimni qo‘yganimda, o‘sha odam Muqaddas Ruhni qabul qilsin.

20 Ammo Butrus shunday javob berdi:

38 Amaldor aravani to‘xtatishga buyurdi. Ular ikkalasi — Filip bilan amaldor suvga tushdilar, Filip uni suvga cho‘mdirdi.

39 Ular suvdan chiqqanlaridan keyin, Egamizning Ruhi to‘satdan Filipni olib ketdi*.

Amaldor uni qaytib ko‘rmadi, ammo xursand bo‘lganicha, yo‘lida davom etdi. 40 Filip esa Azotus shahrida* paydo bo‘lib qoldi. U Qaysariyaga* kelguncha, butun o‘lka bo‘ylab o‘tar ekan, hamma shaharlarda Xushxabarni e’lon qilib boraverdi.

9–BOB

Shoul imonga keladi

1 Shu orada Shoul* Rabbimiz Isoning shogirdlariga qarshi qattiq o‘lim xavfini solib yurardi. U oliy ruhoniyning huzuriga borib, 2 Damashqdagi sinagogalarga xat yozib berishini so‘radi. U yerda erkak bo‘ladimi yoki ayolmi — Isoning yo‘lidan yuruvchilarni topib olsa, ularni bog‘lab Quddusga olib kelishga ijozat so‘ragan edi. 3 Shoul Damashqqa yaqinlashib qolganda, birdan osmondan tushgan bir nur uning yon–atrofini yoritib yubordi. 4 Shoul yerga yiqilib, shunday bir ovozni eshitdi:

18 Shu zahoti baliq tangachalariga o‘xshash narsa Shoulning ko‘zlaridan tushdi. U yana ko‘ra boshladi. U o‘rnidan turib, suvga cho‘mdirildi. 19 Ovqat yeb, quvvatga kirdi.

Shoul Damashqda va’z qiladi

Shoul bir necha kun Damashqdagi imonlilar bilan birga bo‘ldi. 20 U to‘g‘ri sinagogaga borib: “Iso Xudoning O‘g‘lidir*”, deb va’z qila boshladi. 21 Uning va’zini eshitganlarning hammasi hayron bo‘lib, shunday deyishardi: “Quddusda Isoning nomini tilga olganlarga qirg‘in keltirgan odam shu emasmi? Uning bu yerga kelishdan maqsadi — odamlarni

bosh ruhoniylar oldiga bog‘lab olib borish emasmikan?” 22 Ammo Shoulning va’zi tobora kuchli bo‘lib boraverdi. U Isoning Masih ekanini isbot etib, Damashqda yashaydigan yahudiylarni esankiratib qo‘ydi.

23 Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin, yahudiylar Shoulni o‘ldirish uchun reja tuzdilar.

24 Shoul esa ularning rejasidan xabar topdi. Uni o‘ldirish uchun shahar darvozalarini kechayu kunduz qo‘riqlardilar. 25 Ammo Shoulning shogirdlari uni kechasi savatga solib, shahar devoridagi derazadan* tushirib yubordilar.

Shoul Quddusda

26 Shoul Quddusga borgandan keyin, Isoning u yerdagi shogirdlariga qo‘shilishga harakat qildi. Ammo shogirdlarning hammasi undan qo‘rqishardi. Shoul ham Isoning shogirdi bo‘lganiga ular ishonmadilar. 27 Shunda Barnabo* Shoulni havoriylarning oldiga olib bordi. Shoul yo‘lda qanday qilib Rabbimiz Isoni ko‘rganini, Shoulga U qanday gapirganini, Shoul Damashqda qo‘rqmasdan Iso nomi bilan qanday va’z qilganini havoriylarga hikoya qilib berdi. 28 Shunday qilib, Shoul ular bilan qoldi va butun Quddus bo‘ylab qo‘rqmasdan Rabbimiz nomi bilan va’z qilib yurdi. 29 Shoul yunonzabon yahudiylar bilan ham suhbatlashib, ular bilan munozara qildi. Ammo ular Shoulni o‘ldirmoqchi bo‘ldilar. 30 Imonlilar bu to‘g‘rida xabar topib, Shoulni Qaysariyagacha* olib keldilar, keyin uni Tarsus shahriga jo‘natdilar.

31 Butun Yahudiya, Jalila va Samariyadagi imonlilar jamoati tinchlikka erishib, kuchayib boraverdi. Jamoat Egamizdan qo‘rqib va Muqaddas Ruhdan madad olib, ko‘payib boraverdi.

Butrus Lo‘d va Yaffada

32 Butrus hamma yoqni aylanib, imonlilarni ko‘rgani borardi. Bir safar u Lo‘d shahrida* yashaydigan Xudoning azizlari huzuriga tashrif buyurdi. 33 U yerda Butrus Yeney degan odam bilan uchrashib qoldi. Yeney shol bo‘lib, sakkiz yildan beri to‘shakdan tura olmas edi. 34 Butrus unga:

22 — Bizni Rim yuzboshisi Korniliy jo‘natdi, — deb javob berdi ular. — U solih, Xudodan qo‘rqadigan odam, butun yahudiy xalqi orasida katta obro‘ga ega. Xudoning farishtasi unga: “Butrusni uyingga taklif qil, uning aytganlarini eshitgin”, deb aytibdi.

23 Shundan keyin Butrus ularni ichkariga taklif etib, mehmon qildi.

Keyingi kuni Butrus ular bilan birga yo‘lga otlandi. Yaffalik ba’zi imonlilar Butrus

bilan birga ketdilar. 24 Ertasi kuni ular Qaysariyaga kirib keldilar. Korniliy ularni

kutayotgan edi. U qarindoshlari va yaqin do‘stlarini taklif qilgan edi. 25 Butrus uyga kirib, Korniliyga ro‘para keldi. Shunda Korniliy Butrusning oyoqlariga bosh urib, unga ta’zim qildi. 26 Ammo Butrus unga:

41 Iso hammaga emas, faqat bizga zohir bo‘ldi. Chunki Xudo bizni Iso haqida guvohlik berishimiz uchun tanlagandi. Iso tirilgandan keyin biz U bilan yeb–ichdik. 42 U bizga: “Xalqlarga va’z qilib, guvohlik beringlar. O‘liklar va tiriklarni hukm qilish uchun Xudo Meni tayinlaganini ularga aytinglar”, — deb buyurdi. 43 Barcha payg‘ambarlar ham Iso to‘g‘risida guvohlik bergan edilar. Isoga ishongan har bir odamning gunohlari Uning nomi tufayli kechiriladi, deb aytgan edilar.

G‘ayriyahudiylar Muqaddas Ruhni qabul qiladilar

44 Butrus hamon gapirar ekan, uning so‘zlarini eshitayotganlarni Muqaddas Ruh qamrab oldi. 45 Xudo g‘ayriyahudiylarga ham Muqaddas Ruhni in’om qilib berganini Butrus bilan birga kelgan yahudiy imonlilar* ko‘rib hayratda qoldilar. 46 Chunki g‘ayriyahudiylar boshqa* tillarda gaplashayotganini va Xudoni ulug‘layotganlarini ular eshitib turardilar. Shunda Butrus dedi:

47 — Bu odamlar, xuddi biz singari, Muqaddas Ruhni qabul qildilar. Shunday ekan,

ularning suvga cho‘mdirilishiga kim to‘sqinlik qila oladi?!

48 Shunday qilib, Butrus ularga, Iso Masih nomi bilan suvga cho‘minglar, deb buyruq

berdi. So‘ng ular Butrusdan bir necha kun qolishini iltimos qildilar.


11–BOB

Quddusdagi imonlilar jamoatiga Butrusning xabari

1 Havoriylar va Yahudiyadagi imonlilar: “G‘ayriyahudiylar ham Xudoning kalomini qabul qilibdilar” degan xabarni eshitdilar. 2 Butrus Quddusga borganda, yahudiy imonlilar* unga ta’na qildilar:

3 — Siz sunnatsiz odamlarnikida mehmon bo‘libsiz, ular bilan birga yeb–ichibsiz!

4 Shunda Butrus ularga yuz bergan voqeani batafsil tushuntira boshladi:

5 — Men Yaffa shahrida ibodat qilayotgan edim, bir payt hushimdan ketib, vahiy ko‘ribman. Osmondan katta dasturxonga o‘xshash bir narsa to‘rt burchagidan osilgan holda oldimga tushib keldi. 6 Men o‘sha narsaning ichiga yaxshilab qaradim va unda turli xil chorva va yovvoyi hayvonlarni, sudralib yuruvchilar va qushlarni ko‘rdim. 7 O‘shanda bir ovoz menga: “Tur, Butrus, so‘yib yegin” deganini eshitdim. 8 Men shunday javob berdim: “Aslo unday qilmayman, Egam! Men hech qachon harom yoki nopok narsalarni* og‘zimga olmaganman!” 9 Ammo o‘sha ovoz ikkinchi marta eshitilib: “Xudo halol deb aytgan narsalarni sen harom deb aytmasliging kerak”, deb osmondan gapirdi. 10 Bu suhbat uch marta takrorlandi. Shunda dasturxonga o‘xshash o‘sha narsa yana osmonga olindi. 11 Xuddi shu paytda Qaysariyadan yuborilgan uchta odam men turgan uyga yetib kelgan edi. 12 Muqaddas Ruh menga: “Hech ikkilanmay bu odamlar bilan birga bor”, deb aytdi. Bu olti birodar men bilan birga borib, o‘sha odamning uyiga kirdi. 13 U odam uyida farishta paydo bo‘lganini, uning o‘zi bu farishtani ko‘rganini bizga so‘zlab berdi. Farishta unga shunday debdi: “Yaffaga odam yuborib, Butrus degan odamni* chaqirtirib kel. 14 U senga aytadigan xabar orqali o‘zing va oilang najot topasizlar.” 15 Men gapimni boshlashim bilanoq, Muqaddas Ruh oldin bizni qamrab olgani singari, ularni ham qamrab oldi. 16 Shunda men Rabbimiz Isoning: “Yahyo suvga cho‘mdirgan edi, sizlar esa Muqaddas Ruhga cho‘mdirilasizlar” degan so‘zlarini esladim*. 17 Biz Rabbimiz Iso Masihga imon keltirganimizda, Xudo bizga bergan in’omni ularga ham bergan bo‘lsa, men kim bo‘libmanki, Xudoga qarshilik qilsam?!

18 Ular bu so‘zlarni eshitib, jim bo‘lib qoldilar. So‘ng Xudoga hamdu sano aytib:

— Xudo hatto g‘ayriyahudiylarni ham hayotga eltadigan tavbaga olib boribdi, —

dedilar.

Antioxiyadagi imonlilar jamoati

19 Stefan o‘ldirilgandan keyin boshlangan quvg‘inlar oqibatida imonlilar Finikiya, Kipr va Antioxiyaga tarqalib ketdilar. Ular Iso haqidagi xabarni yahudiylardan boshqa hech kimga aytmasdilar. 20 Ularning orasida Kipr va Kirineyadan Antioxiyaga* kelgan ba’zi imonlilar bor edi. Ular Rabbimiz Iso to‘g‘risida u yerdagi g‘ayriyahudiylarga* ham va’z qildilar. 21 Egamizning qudrati ularda bor edi, shuning uchun ko‘pchilik imonga kelib, Rabbimizga yuz burdi. 22 Bu yangilik Quddusdagi imonlilar jamoatiga yetib keldi. Jamoatdagilar Barnaboni Antioxiyaga jo‘natdilar. 23 U kelib, Xudoning marhamatini ko‘rganidan xursand bo‘ldi. Hammaga: “Chin yurakdan Rabbimiz Isoga sadoqatingizni

saqlab qolinglar”, deb nasihat qildi. 24 U Muqaddas Ruhga va imonga to‘la, olijanob odam

edi. Juda ko‘p odamlar Isoni Rabbim deb imonga keldilar.

25 Shundan keyin Barnabo Shoulni* izlab Tarsus shahriga ketdi. U Shoulni topgandan keyin, uni Antioxiyaga olib keldi. 26 Shunday qilib, Barnabo bilan Shoul bir yil davomida u yerdagi jamoat bilan bir joyga yig‘ilib, bir qancha odamlarga ta’lim berdilar.

Shogirdlarga birinchi marta Antioxiya shahrida “masihiylar” deb nom berildi.

27 O‘sha paytda Quddusdan Antioxiyaga payg‘ambarlar keldilar. 28 Ulardan biri — Xagabus degani o‘rtaga chiqib, butun olamda qattiq ocharchilik bo‘lishini Muqaddas Ruh orqali bashorat qildi. (Uning bashorati Qaysar* Klavdiy* hukmronligi davrida amalga oshdi.) 29 Shogirdlar, imkonimiz boricha Yahudiyada yashaydigan imonli birodarlarimizga yordam jo‘natamiz, deb qaror qildilar. 30 Ular aytganlarini qilib, Barnabo va Shoul orqali Quddusdagi jamoat oqsoqollariga hadyalar yubordilar.


12–BOB

Yoqub o‘ldiriladi, Butrus qamoqqa tashlanadi

1 Xuddi shu paytda shoh Hirod* imonlilar jamoatining ba’zi a’zolarini quvg‘in qila boshladi. 2 U Yuhannoning akasi Yoqubni* qilich bilan o‘ldirtirdi. 3 Hirod ko‘rdiki, bu yahudiylarga ma’qul kelyapti, shunday qilib, u Butrusni hibsga oldi. Bu voqea Xamirturushsiz non bayrami kunlarida yuz berdi. 4 U Butrusni qamatib, to‘rt kishidan iborat to‘rt guruh askarni qorovul qilib qo‘ydi. Fisih bayramidan* so‘ng uni xalqning oldiga olib chiqib, hukm qilishni rejalashtirgan edi. 5 Butrus hibsda ekan, jamoat u uchun Xudoga chin dildan ibodat qildi.

Butrus qamoqdan qutuladi

6 Hirod Butrusni xalq oldiga olib chiqmoqchi bo‘ldi. O‘sha kundan oldingi tunda Butrus ikki soqchi o‘rtasida uxlayotgan edi. U ikkita zanjir bilan kishanlangan, qamoqxona eshigida soqchilar navbatchilik qilishardi. 7 Birdan Egamizning farishtasi zohir bo‘lib, hujrada nur porlab ketdi. Farishta Butrusning yonboshiga turtib, uyg‘otdi va: “Tezda o‘rningdan tur!” dedi. Shunda kishanlar Butrusning bilaklaridan tushib ketdi. 8 Farishta unga:

16 Butrus darvozani taqillatishda davom etdi. Ular darvozani ochib, Butrusni ko‘rdilar–u, hayron bo‘lib qoldilar. 17 Butrus qo‘li bilan “jim” degan ishorani qildi va Egamiz uni qanday qilib zindondan ozod qilganini so‘zlab berdi. So‘ngra “Bu voqeani Yoqubga* va boshqa imonlilarga aytinglar”, deb qo‘shib qo‘ydi. Shundan keyin Butrus u yerdan chiqib, boshqa yerga bordi.

18 Tong otgach, vahimali shovqin–suron ko‘tarildi. Askarlar bir–biridan: “Butrus qayerga g‘oyib bo‘ldi?” deb so‘rardilar. 19 Hirod Butrusni izlashga buyruq berdi, ammo uni topa olmadilar. Hirod soqchilarni so‘roq qilib, ularni o‘limga mahkum qildi.

Hirodning o‘limi

Shundan keyin Hirod Yahudiyadan Qaysariyaga* borib, o‘sha yerda turib qoldi. 20 Shoh Hirod Tir va Sidon aholisidan qattiq g‘azablandi. Bu shaharlar oziq–ovqat bo‘yicha Hirodning shohligiga qaram bo‘lgani uchun, Tir va Sidon vakillari maslahatlashib, Hirod bilan ko‘rishgani keldilar. Ular saroy noziri Blastusni o‘z

tomoniga og‘dirib olganlaridan keyin, Hirod bilan sulh tuzmoqchi edilar. 21 Hirod ularni qabul qiladigan kuni shohona liboslarini kiyib, taxtiga o‘tirdi–da, ularga nutq so‘zladi.

22 Odamlar uning bu nutqini eshitib: “Inson emas, balki xudo gapiryapti!” deb xitob qildilar. 23 Hirod Xudoni sharaflamagani uchun o‘sha zahotiyoq Egamizning farishtasi uni urdi. Hirod qurtlarga yemish bo‘lib olamdan o‘tdi.

24 Xudoning kalomi esa tobora yoyilib, Isoga ergashuvchilar ko‘payib borardi.

25 Barnabo bilan Shoul* Quddusda topshiriqni bajarib bo‘lishgach*, Antioxiyaga qaytdilar. Ular o‘zlari bilan birga Yuhannoni ham olib keldilar. Yuhannoning ikkinchi ismi Mark edi.


13–BOB

Barnabo bilan Shoul safarga jo‘natiladi

1 Antioxiyadagi imonlilar jamoatida payg‘ambarlar va muallimlar ham bor edi.

Barnabo, Qoracha laqabli Shimo‘n, Kirineyalik Lukiyos, viloyat hukmdori* Hirod* bilan birga o‘sgan Manaxim va Shoul* shular jumlasidan edi. 2 Ular Egamizga sajda qilib, ro‘za tutar ekanlar, Muqaddas Ruh ularga shunday dedi: “Barnabo bilan Shoulni Menga bag‘ishlanglar, toki ular Men tayinlagan ishni bajarsinlar.” 3 Ular ro‘za tutib, ibodat qildilar, so‘ng qo‘llarini Barnabo bilan Shoulga qo‘yib, ikkovini safarga jo‘natdilar.

Kiprda

4 Muqaddas Ruh buyrug‘iga ko‘ra, Barnabo bilan Shoul yo‘lga tushdilar*. Ular Selevkiya shahriga* borib, u yerdan kemada Kiprga suzib ketdilar. 5 Salamis shahriga kelganlaridan keyin, yahudiylarning sinagogalarida Xudoning kalomini va’z qildilar. Yuhanno* ham ular bilan birga bo‘lib, xizmatda yordam berar edi.

6 Ular butun orolni u boshidan bu boshigacha kezib chiqib, Pafos shahriga keldilar. U yerda Baryoshua degan sehrgarga duch keldilar. U odam yahudiylarning soxta payg‘ambari edi. 7 Baryoshua orolning hokimi Sergiyus Pavlusning* yaqinlaridan biri edi. Sergiyus Pavlus aqlli odam edi. U Barnabo bilan Shoulni huzuriga chaqirib,

Xudoning kalomini eshitmoqchi bo‘ldi. 8 Ammo sehrgar Elimos Barnabo bilan Shoulga qarshi chiqdi. (Elimos Baryoshuaning yana bir ismi bo‘lib, yunonchada “sehrgar” demakdir.) Elimos hokimni imondan toydirishga harakat qildi. 9 Shoul, ya’ni Pavlus*, Muqaddas Ruhga to‘lib, sehrgarga tik boqib 10 dedi:

— Ey iblis o‘g‘li! Sen har qanday haqiqatning dushmanisan, yuraging ayyorlik va yaramasliklarga to‘la. Egamizning to‘g‘ri yo‘lini buzib ko‘rsatishni qachon bas qilasan?! 11 Endi eshit: Egamizning qo‘li senga qarshi ko‘tarilgan, sen ma’lum bir vaqtgacha ko‘r bo‘lib qolasan, quyosh nurini ko‘rmaysan.

Shu zahoti Elimosning ko‘zi oldi xiralashib, qorong‘i bo‘ldi. Elimos u yoq–bu yoqni paypaslab, qo‘lidan yetaklab yuradigan birontasini izladi. 12 Hokim yuz bergan voqeani ko‘rib, imonga keldi, chunki u Rabbimiz Iso haqidagi ta’limotdan hayratga tushgan edi.

Pisidiyadagi Antioxiya shahrida

13 Pavlus bilan uning hamrohlari Pafos shahridan suzib, Pamfiliyadagi Perga shahriga keldilar. Yuhanno* shu yerda ularni tark etib, Quddusga qaytdi. 14 Qolganlar esa Pergadan jo‘nab, Pisidiyadagi Antioxiya shahriga keldilar. Shabbat kuni ular sinagogaga kirib o‘tirishdi. 15 Tavrot va Payg‘ambarlar bitiklaridan* qiroat tugagach, sinagoganing yo‘lboshchilari: “Birodarlar, agar bizga biror nasihatingiz bo‘lsa, marhamat”, deb ularga xabar yubordilar. 16 Pavlus o‘rnidan turib, qo‘li bilan “jim” degan ishorani qildi, so‘ng so‘z boshladi: “Ey Isroil xalqi! Xudodan qo‘rqadigan* boshqa xalqlar, quloq solinglar! 17 Mana shu Isroil xalqining Xudosi bizning ota–bobolarimizni tanlab oldi. Ular Misrda musofir bo‘lib yashagan vaqt davomida Xudo ulardan buyuk xalq yaratdi. Buyuk qudrati bilan ularni Misrdan olib chiqdi. 18 Qirq yil davomida Xudo ularning sahrodagi qilmishlariga chidadi*. 19 U Kan’on yurtida yetti elatni* qirib tashlab, ularning yurtini Isroil xalqiga mulk qilib berdi. 20 Bularning hammasi taxminan 450 yil* davom etdi.

Bundan keyin Xudo ularga Shomuil payg‘ambar zamonigacha hakamlarni berdi.

21 Keyin Isroil xalqi shoh so‘ragan edi, Xudo ularga Kish o‘g‘li Shoulni shoh qilib berdi. Shoul Benyamin qabilasidan bo‘lib, qirq yil hukmronlik qildi. 22 Xudo Shoulni taxtdan tushirgandan keyin, Dovudni Isroil xalqining shohi qildi. Xudo u haqda shunday degan edi: «Essay o‘g‘li Dovudni O‘zimning ko‘nglimga mos deb topdim. Dovud Mening hamma xohishlarimni bajo qiladi.»* 23 Xudo bergan va’dasiga muvofiq, Dovud naslidan Isoni Isroil xalqiga najotkor qilib yubordi. 24 Iso xizmatini boshlamasdan oldin, Yahyo butun Isroil xalqiga, gunohlaringizdan qaytinglar, suvga cho‘minglar, deb va’z qildi. 25 Yahyo xizmatini yakunlayotib: «Sizlar meni kim deb bilasizlar? Men va’da qilingan Zot emasman. U mendan keyin keladi. Men Uning choriqlarini yechib qo‘yishga ham arzimayman», degan edi*.

26 Ey birodarlarim, Ibrohim avlodlari! Ey Xudodan qo‘rqadigan boshqa xalqlar! Najot haqidagi bu xabar bizga berilgan. 27 Ammo Quddus aholisi va ularning hukmdorlari Isoning kimligini tanimadilar. Garchi ular har Shabbat kuni o‘qilayotgan payg‘ambarlarning so‘zlarini eshitsalar–da, payg‘ambarlar Iso haqida yozganini ular tushunmadilar. Isoni o‘limga mahkum qilib, payg‘ambarlarning bashoratlarini amalga oshirdilar. 28 O‘limga mahkum qilish uchun ular sabab topa olmagan bo‘lsalar ham, Pilatdan* Uni o‘ldirishni talab qildilar. 29 U to‘g‘rida yozilgan har bir narsani amalga oshirganlaridan keyin, jasadini yog‘ochdan* tushirib, qabrga qo‘ydilar. 30 Ammo Xudo

Uni o‘likdan tiriltirdi. 31 Bir necha kun U Jaliladan Quddusga O‘zi bilan kelganlarga zohir bo‘lib turdi. Hozir ular Isroil xalqiga guvohlik beryaptilar.

32-33 Barnabo bilan men esa bu Xushxabarni sizlarga e’lon qilmoqdamiz: Xudo Isoni tiriltirdi! Shu orqali ota–bobolarimizga bergan va’dasini ularning farzandlari bo‘lmish bizlar uchun bajardi. Bu haqda Zaburning ikkinchi sanosida shunday yozilgan:


«Sen Mening O‘g‘limsan,

Bugun Men Senga Ota bo‘ldim.»*


34 Axir, Xudo, Uni o‘likdan tiriltiraman, Uni qabrda chiritmayman, deb va’da bergan edi.

U shunday degan edi:


«Dovudga va’da qilgan tabarruk barakalarni sizlarga beraman.»*


35 Boshqa bir sanoda bu yanada to‘liqroq tushuntirilgan:


«Taqvodoringni* qabrda chiritmaysan.»*


36 Darvoqe, Dovud o‘z vaqtida Xudoning maqsadi uchun xizmat qilgan edi. Dovud vafot etgach, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning tanasi qabrda chiridi. 37 Ammo Xudo tiriltirgan Isoning tanasi chirimadi. 38 Shuning uchun, ey birodarlarim, eshitinglar!

Gunohlarimiz Iso orqali kechirilishini biz sizlarga e’lon qilmoqdamiz. 39 Isoga ishongan har bir kishi hamma gunohlaridan U orqali oqlanadi. Musoning qonuni orqali esa oqlanib bo‘lmaydi. 40 Ehtiyot bo‘linglar, toki payg‘ambarlar aytgan quyidagi so‘zlar boshingizga tushmasin:


41 «Qaranglar, ey mazaxchilar!

Hayratda qolib o‘linglar!

Sizning davringizda Men shunday bir ish qilamanki, Eshitsangiz quloqlaringizga ishonmaysizlar.»*”


42 Pavlus bilan Barnabo sinagogadan chiqar ekanlar, xalq ularga: “Kelgusi Shabbat kuni ham shu narsalar to‘g‘risida gapirib bersangizlar”, deb iltimos qildilar.

43 Sinagogadagi yig‘indan keyin xalq tarqaldi. Pavlus bilan Barnaboga ko‘plab yahudiylar va yahudiy diniga kirgan* taqvodorlar ergashdilar. Pavlus bilan Barnabo ularga, Xudoning marhamati ostida yashashni davom ettiringlar, deb dalda berdilar.

44 Keyingi Shabbat kuni ham deyarli butun shahar Rabbimiz Iso haqidagi xabarni eshitish uchun yig‘ildi. 45 Yahudiylar shunchalik ko‘p odamni ko‘rib, qattiq hasad qila boshladilar. Pavlusning aytganlariga qarshi chiqib, uni haqoratladilar. 46 Shunda Pavlus bilan Barnabo ikkovi jasorat bilan shunday dedilar:

— Xudoning kalomini birinchi navbatda sizlarga bildirishimiz kerak edi. Ammo sizlar Xudoning kalomini rad qildingizlar va o‘zlaringizni abadiy hayotga noloyiq deb bildingizlar. Shuning uchun biz g‘ayriyahudiylarning oldiga ketyapmiz. 47 Egamiz bizga shunday amr bergan edi:


“Yerning chetigacha najotni olib boringlar deb, Men sizlarni g‘ayriyahudiylarga nur qilaman.”*

48 G‘ayriyahudiylar bu gapni eshitib, xursand bo‘ldilar. Ular Rabbimiz Iso haqidagi xabarni izzat–hurmat bilan qabul qildilar. Abadiy hayot uchun tanlanganlarning hammasi imonga keldi. 49 Shunday qilib, Rabbimiz Iso haqidagi xabar yurt bo‘ylab yoyilib boraverdi. 50 Ammo yahudiylar shaharning yuqori martabali, Xudodan qo‘rqadigan* ayollarini va e’tiborli erkaklarini qayrab, Pavlus bilan Barnaboni ta’qib qilib, ularni yurtdan quvib chiqarishga undadilar. 51 Havoriylar esa ogohlantirish tariqasida oyoqlarining changini qoqib*, Ikoniya shahriga ketdilar. 52 Antioxiyadagi shogirdlar sevinch va Muqaddas Ruhga to‘lib boraverdilar.


14–BOB

1 Xuddi shunga o‘xshash voqea Ikoniya shahrida* yuz berdi: Pavlus bilan Barnabo sinagogaga kirib, otashin va’z aytdilar. Natijada bir qancha yahudiylar bilan g‘ayriyahudiylar* imonga keldilar. 2 Ammo imonga kelmagan yahudiylar g‘ayriyahudiylarni qayrab, ularni imonlilarga qarshi qo‘zg‘atdilar. 3 Pavlus bilan Barnabo bu yerda uzoq vaqt qolib, Rabbimiz Iso haqida jasorat bilan gapiraverdilar. Rabbimiz ham ularga mo‘jizalar va alomatlar ko‘rsatish qudratini berib, O‘zining marhamati haqidagi xabarni ular orqali tasdiqladi. 4 Shahar aholisi esa ikkiga bo‘lindi: ba’zilari yahudiylar tomonga o‘tdi, boshqalari esa havoriylarga qo‘shildi.

5 Shundan keyin yahudiylar va g‘ayriyahudiylar o‘z yo‘lboshchilari bilan birga havoriylarga hamla qilib, ularni toshbo‘ron qilmoqchi bo‘ldilar. 6 Havoriylar bu to‘g‘rida bilib qolganlaridan keyin Likoniyaning boshqa hududlariga qochib ketdilar. Ular Listra va Darba shaharlarida va ularning yon–atrofidagi joylarda 7 ham Xushxabarni va’z qilishda davom etdilar.

Listra va Darba shaharlarida

8 Listra shahrida bir odam bo‘lib, oyoqlarini qimirlata olmasdan o‘tirardi. U tug‘ma mayib bo‘lib, hech qachon yurmagan edi. 9 Pavlus gapirayotganda, u quloq solib o‘tirgan edi. Pavlus unga tikilib qaradi. U odamning shifo topishiga ishonchi borligini ko‘rib,

10 unga baland ovozda dedi:

— O‘rningdan tur!*

U odam sakrab o‘rnidan turdi–da, yura boshladi. 11 Olomon Pavlusning qilgan ishini ko‘rgach, Likoniy tilida: “Xudolar bizning oldimizga inson qiyofasida kelibdi!” deb shovqin soldilar. 12 Ular Barnaboni Zevs, Pavlus notiq bo‘lgani uchun uni Xermes* deb atashdi. 13 Zevsning ma’badi shahar tashqarisida edi. Zevs ruhoniysi shahar darvozalariga buqalar va gulchambarlar olib keldi. Ruhoniy bilan olomon qurbonlik nazr qilmoqchi bo‘ldilar. 14 Havoriylar Barnabo bilan Pavlus buni eshitib, qattiq iztirob chekib, kiyimlarini yirtdilar*, olomon orasiga yorib kirdilar. Ular shunday deb baqirdilar:

15 — Nimaga bunday qilyapsizlar! Biz ham sizlar singari, insonlarmiz! Biz sizlarga Xushxabar olib keldik, toki sizlar anavi behuda narsalardan yuz o‘giringlar, osmon bilan yerni, dengizni va ulardagi hamma mavjudotni yaratgan barhayot Xudoga yuz buringlar. 16 O‘tmishda Xudo hamma xalqlarni o‘z holiga qo‘ydi. 17 Ammo shunga qaramay, O‘z ezguligini ko‘rsatib, osmondan yomg‘ir yog‘dirib keldi, mavsumida hosil berdi, rizqingizni tugal qilib, yuraklaringizni shodlikka to‘ldirdi.

18 Shu gaplarni aytib, havoriylar, biz uchun qurbonlik keltirmanglar, deb olomonni

zo‘rg‘a to‘xtatib qoldilar*.

19 Antioxiya va Ikoniyadan ba’zi bir yahudiylar kelib, xalqni o‘zlariga og‘dirib oldilar.

Ular* Pavlusni toshbo‘ron qildilar va “U o‘ldi, shekilli”, deb uni shahardan tashqariga sudrab chiqarib tashladilar. 20 Shogirdlar Pavlusning atrofiga yig‘ilganlaridan keyin esa, u o‘rnidan turib, shaharga qaytib kirdi. Ertasi kuni esa Barnabo bilan birga Darba shahriga ketdi.

Pavlus va Barnabo Suriyaning Antioxiya shahriga qaytadilar

21 Ular Xushxabarni Darba shahrida va’z qilib, ko‘p shogirdlar orttirganlaridan keyin, Listra shahriga, so‘ngra Ikoniya va Antioxiya shaharlariga qaytib keldilar. 22 Ular shogirdlarni imonda sobit qolishga undab: “Biz Xudoning Shohligiga kirishimiz uchun ko‘p mashaqqatlarni boshdan kechirishimiz kerak”, deb dalda berardilar. 23 Ular har bir imonlilar jamoatiga oqsoqollar tayin qildilar. So‘ng ibodat qilib va ro‘za tutib, oqsoqollarni o‘zlari ishongan Rabbimiz Isoning panohiga topshirdilar.

24 So‘ngra ular Pisidiyadan o‘tib, Pamfiliyaga keldilar. 25 Perga shahrida Iso haqidagi xabarni va’z qilganlaridan keyin, Attaliyaga ketdilar. 26 So‘ng kemada Antioxiyaga qaytib keldilar. Bu shahardagi jamoat ularni mana shu qilgan ishlari uchun Xudoning marhamatiga topshirgan edi*. 27 Havoriylar Antioxiyaga kelganlaridan keyin, jamoatni bir joyga yig‘dilar va Xudo ular orqali nimalar qilganini, g‘ayriyahudiylarning imonga kelishi uchun Xudo qanday yo‘l ochib berganini aytib berdilar. 28 Havoriylar bu yerda shogirdlar bilan birga ancha vaqt qoldilar.


15–BOB

Quddusdagi yig‘in

1 Yahudiyadan bir necha odam* Antioxiyaga kelib, imonlilarga shunday ta’lim bera boshladilar: “Musoning qonuniga binoan sunnat qilinmasangizlar, najot topa olmaysizlar.” 2 Pavlus bilan Barnabo ular bilan qizg‘in bahsu munozaraga kirishdilar. Shunda: “Pavlus bilan Barnabo hamda Antioxiyadan bir necha odam Quddusga yuborilsin”, deb qaror qilindi. Ular bu masalani havoriylar va oqsoqollar bilan muhokama qilishlari kerak edi.

3 Imonlilar jamoati ularni yo‘lga kuzatib qo‘ydi. Ular Finikiya va Samariya orqali o‘tar ekanlar, g‘ayriyahudiylar qanday qilib Xudoga yuz burganini aytib berdilar. Bu xabar hamma imonlilarga katta quvonch bag‘ishladi. 4 Pavlus va Barnabo Quddusga kelganlaridan keyin, jamoat, havoriylar, oqsoqollar ularni samimiy kutib oldilar. Pavlus va Barnabo Xudoning ular orqali qilgan ishlarini* yig‘ilganlarga so‘zlab berdilar. 5 Ammo farziylar mazhabiga mansub imonlilar o‘rinlaridan turib: “G‘ayriyahudiylar sunnat qilinishlari kerak. Ularga Musoning qonuniga rioya qilishlarini buyurish kerak”, dedilar.

6 Havoriylar va oqsoqollar bu masalani muhokama qilish uchun yig‘ildilar. 7 Uzoq

davom etgan munozaradan keyin Butrus o‘rnidan turib, ularga dedi:


16-17 “Egamiz shunday demoqda:

«Bundan keyin Men qaytib kelib,

Dovudning yiqilgan shohligini qayta tiklayman, Uning xarobalarini yangidan barpo qilib,

Uni qayta quraman.

Shunda boshqa xalqlarning hammasi Menga intiladilar, O‘zim da’vat qilgan o‘sha g‘ayriyahudiylar Meni izlaydilar.» 18 Egamiz bularni bizga azaldan ma’lum qilgan.”*


19 Yoqub gapida davom etdi:

— Shuning uchun Xudoga yuz burayotgan g‘ayriyahudiylarni qiyin ahvolga solib qo‘ymasligimiz kerak. 20 Buning o‘rniga, ularga xat yozib, shunday deb aytaylik: “Butlarga keltirilgan qurbonlikning go‘shtini tanovul qilishdan*, fahsh–zinodan* va qoni chiqarilmagan hayvonning go‘shtini yeyishdan* o‘zlaringizni tiyinglar*.” 21 Axir, Musoning qonuni azal–azaldan har bir shaharda va’z qilinmoqda, har Shabbat kuni sinagogalarda o‘qilmoqda.

G‘ayriyahudiy imonlilarga maktub

22 Shundan keyin havoriylar va oqsoqollar butun imonlilar jamoati bilan shunday qarorga keldilar: “Guruhimizdan bir necha odamni tanlab olib, ularni Pavlus va Barnabo bilan birga Antioxiyaga yuboramiz.” Ular ikkita odamni — Barsabo degan Yahudoni va Silasni tanlab oldilar. Yahudo va Silas jamoatning yo‘lboshchilari edilar. 23 Ularni shunday maktub bilan jo‘natdilar:


“Biz, birodarlaringiz bo‘lgan havoriylar va oqsoqollar, Antioxiya, Suriya va

Kilikiyada* yashaydigan g‘ayriyahudiy birodarlarimizga salom yo‘llayapmiz.

24 Eshitishimizcha, bizning oramizdan ba’zilar borib, o‘zlarining gaplari bilan sizlarni xavotirga solibdi, yuraklaringizni g‘ash qilibdi*. Ammo ularni biz yubormagan edik. 25 Biz vakillar tanlab, ularni aziz do‘stlarimiz Barnabo va Pavlus bilan birga sizlarning huzuringizga yuborishga bir ovozdan qaror qildik. 26 Barnabo bilan Pavlus Rabbimiz Iso Masih haqi–hurmati, hayotlarini xavf ostiga qo‘yganlar. 27 Shu bois biz Yahudo bilan Silasni yuboryapmiz. Ushbu yozayotganlarimizni ular sizlarga og‘zaki ham tasdiqlab beradilar. 28 Biz

Muqaddas Ruh boshchiligida sizlarga quyidagi kerakli talablardan boshqa yukni yuklamaslikka qaror qildik: 29 sizlar butlarga keltirilgan qurbonlikning go‘shtini va qoni chiqarilmagan hayvonning go‘shtini tanovul qilishdan hamda fahsh– zinodan o‘zlaringizni tiyinglar*. O‘zlaringizni ana shulardan tiysangizlar, yaxshi ish qilgan bo‘lasizlar.

Omon bo‘linglar.”


30 Shunday qilib, vakillar yo‘lga chiqib, Antioxiyaga keldilar. Ular jamoatni yiqqanlaridan keyin maktubni jamoat a’zolariga topshirdilar. 31 Jamoat a’zolari maktubni o‘qib, dalda so‘zlaridan xursand bo‘ldilar. 32 Yahudo bilan Silas payg‘ambar edilar. Ular imonlilarga dalda berdilar, ularga ko‘p gaplar aytib, imonda mustahkamladilar. 33-34 Yahudo bilan Silas ma’lum vaqt u yerda bo‘lganlaridan keyin, imonlilar ularni yuborgan birodarlari yoniga xayrixohlik bilan jo‘natib yubordilar*. 35 Pavlus bilan Barnabo esa birmuncha vaqt Antioxiyada qolishdi. Ular u yerda boshqalar bilan birga ta’lim berib, Rabbimiz Iso haqidagi xabarni va’z qildilar.

Pavlus bilan Barnabo ayrilishadi

36 Oradan bir necha kun o‘tgach, Pavlus Barnaboga dedi: “Qani, biz Rabbimiz Iso haqidagi xabarni va’z qilgan shaharlarga boraylik, imonlilarni yo‘qlaylik, ularning hol– ahvolini bilaylik.”

37 Mark degan Yuhannoni Barnabo birga olib ketmoqchi edi. 38 Ammo Pavlus buni istamadi. Mark ularni Pamfiliyada qoldirib*, xizmatda oxirigacha birga bo‘lmagani uchun Pavlus Barnaboning bu fikriga qattiq e’tiroz bildirdi. 39 Pavlus bilan Barnaboning orasida shunday anglashilmovchilik bo‘ldiki, ular bir–birlarini tark etdilar. Barnabo Markni o‘zi bilan birga olib, kemada Kiprga suzib ketdi. 40 Pavlus esa Silasni tanladi.

Imonlilar ularni Rabbimiz Isoning panohiga topshirganlaridan keyin, ular yo‘lga chiqdilar*. 41 Suriya va Kilikiya hududlarini kezib, jamoatlarni imonda mustahkamladilar.


16–BOB

Timo‘tiy Pavlus va Silas bilan birga ketadi

1 Pavlus bilan Silas Darba va Listra shaharlariga bordi. Listrada Isoning Timo‘tiy

ismli shogirdi yashardi. Uning onasi imonga kelgan yahudiy bo‘lib, otasi yunon edi.

2 Listra va Ikoniyadagi imonlilar Timo‘tiy to‘g‘risida yaxshi gaplar aytishardi. 3 Pavlus Timo‘tiyni birga olib ketmoqchi bo‘lib, o‘sha yerlarda yashaydigan yahudiylar sababli uni sunnat qildirdi*. Chunki Timo‘tiyning otasi yunon ekanini hamma bilardi. 4 Ular shaharlar oralab o‘tganlarida, Quddusdagi havoriylar va oqsoqollar qaror qilgan qoidalarni imonlilarga yetkazib, bularga rioya qilinglar, deb aytishardi. 5 Shunday qilib, jamoatlar imonda mustahkam bo‘lib, kundan–kunga son jihatdan ko‘payib boraverdi.

Troas shahrida Pavlusga kelgan vahiy

6 Pavlus va uning yo‘ldoshlari Frigiya va Galatiya o‘lkasidan o‘tishdi, Muqaddas Ruh Asiya viloyatida Iso haqidagi xabarni va’z qilishni ularga taqiqlagandi. 7 Ular Misiyadan o‘tib, Bitiniya viloyatiga kirishga harakat qildilar. Ammo Muqaddas Ruh orqali Iso ularga ijozat bermadi. 8 Shunday qilib, ular qaytib, Misiya orqali Troasga* ketdilar. 9 Tunda

Pavlusga vahiy keldi: Makedoniyalik bir odam: “Makedoniyaga kelib, bizga yordam ber!” deb iltijo qilardi. 10 Pavlusga kelgan bu vahiydan keyin, biz* tezda Makedoniyaga borishga hozirlik ko‘rdik. Xudo bizni u yerning xalqiga Xushxabarni va’z qilishga chaqirdi, deb ishonch hosil qilgan edik.

Filippida Lidiya imonga keladi

11 Biz kemada Troas shahridan suzib ketib, to‘g‘ri Samofrakiya oroliga yo‘l oldik, ertasi kuni Neapolis shahriga ketdik. 12 U yerdan esa Filippiga bordik. Bu Makedoniya viloyatining Birinchi tumanidagi shahar* bo‘lib, Rimga qarashli edi. Biz bir necha kun u yerda bo‘ldik. 13 Shabbat kuni biz shahardan daryo bo‘yiga chiqdik. U yerda ibodat qiladigan joy bor, deb o‘ylagan edik. O‘sha yerda ayollar yig‘ilgan ekan, biz ular bilan o‘tirib suhbatlashdik. 14 Bizni tinglab o‘tirganlar orasida Lidiya degan bir ayol ham bor edi. U Tiyatira shahridan bo‘lib, safsar matolar sotardi. U xudojo‘y* edi. Pavlusning aytganlarini jon dili bilan tinglasin deb, Egamiz Lidiyaning yuragini ochdi. 15 Lidiya bilan uning xonadon ahli suvga cho‘mdirilganlaridan keyin, u bizga shunday taklif qildi: “Agar meni Rabbimiz Isoga sodiq imonli deb hisoblasangizlar, mening uyimga kelib, o‘sha yerda turinglar.” Lidiya bizni ko‘ndirdi.

Filippi shahridagi qamoqxonada

16 Bir kuni biz ibodat qiladigan joyga ketayotganimizda, oldimizga bir cho‘ri qiz keldi. Bu qizda folchilik ruhi bo‘lib, u bashorat qilish orqali xo‘jayinlariga ko‘p pul ishlab berar ekan. 17 U Pavlus bilan bizga ergashib, shunday deb baqirardi: “Manavi odamlar Xudoyi Taoloning qullari! Ular sizlarga najot topish yo‘lini e’lon qiladilar.” 18 O‘sha cho‘ri bir necha kun davomida shunday qilib yurdi. Oxiri, Pavlus bezor bo‘lib, orqasiga o‘girildi– da, yovuz ruhga dedi: “Senga Iso Masih nomidan buyuraman: bu qizning ichidan chiqib ket!” O‘sha zahoti yovuz ruh qizning ichidan chiqib ketdi.

19 Qizning xo‘jayinlari pul ishlash imkoniyati qo‘ldan ketganini anglab yetdilar. Ular Pavlus bilan Silasni ushlab, shahar maydoniga sudrab keldilar. 20 Ularni Rim amaldorlari huzuriga olib kelib:

— Bu odamlar shahrimizni alg‘ov–dalg‘ov qilyaptilar! — dedilar. — Ular yahudiylardir, 21 biz sodiq Rim fuqarolarimiz, ular bizning qonunlarimizga zid bo‘lgan odatlarni targ‘ib qilyaptilar. Biz ularning odatlarini qabul qila olmaymiz yoki amalda qo‘llay olmaymiz.

22 Olomon Pavlus bilan Silasga qarshi hujumga qo‘shildi.

Shunda Rim amaldorlari Pavlus bilan Silasning kiyimlarini yechdirib, askarlarga: “Bularni kaltaklanglar”, deb buyurdilar. 23 Ularni rosa kaltaklashgandan keyin, zindonga tashladilar. Rim amaldorlari zindonbonga: “Ularni yaxshilab qo‘riqla”, deb buyruq berdilar. 24 Zindonbon buyruqni olib, ikkovini ichki bo‘lmaga tashladi va ularning oyoqlarini kundaga mahkamlab qo‘ydi.

25 Yarim tunda Pavlus bilan Silas ibodat qilib, Xudoga hamdu sano aytayotgan edilar.

Mahbuslar esa ularni tinglab o‘tirishardi. 26 Birdan shunday qattiq zilzila yuz berdiki, qamoqxonaning poydevori larzaga keldi, shu zahoti hamma eshiklar ochilib, mahbuslarning kishanlari yechilib ketdi. 27 Zindonbon uyg‘onib, qamoqxona eshiklari ochiq ekanini ko‘rdi. U, mahbuslar ozod bo‘lib ketibdi, deb o‘ylab, qilichini qinidan sug‘urib, o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘ldi. 28 Pavlus ovozi boricha: “Zinhor o‘zingga shikast yetkaza ko‘rma, hammamiz shu yerdamiz!” deb baqirdi. 29 Zindonbon, chiroqlar

yoqilsin, deb buyurdi va shoshilganicha ichkari kirdi–da, titrab–qaqshab, o‘zini Pavlus bilan Silasning oyoqlari ostiga tashladi. 30 Zindonbon ikkovini tashqariga olib chiqib: “Janoblar, najot topishim uchun nima qilishim kerak?” deb so‘radi.

31 — Rabbimiz Isoga ishon, shunda o‘zing va xonadon ahling najot topasizlar, — deb javob berishdi ular.

32 Pavlus bilan Silas Rabbimiz haqidagi xabarni zindonbonga va uning xonadon ahliga va’z qildilar. 33 Zindonbon tunda o‘sha zahotiyoq ikkovini bir chetga olib o‘tib, yaralarini yuvdi. So‘ng o‘zi va butun xonadon ahli suvga cho‘mdirildi. 34 Zindonbon Pavlus bilan Silasni uyiga olib kelib, ularga dasturxon yozdi. U butun xonadoni bilan birga Xudoga imon keltirganidan sevindi.

35 Tong otgach, amaldorlar mirshablarni yuborib: “Anavi odamlar o‘z yo‘liga ketaversin”, dedilar. 36 Zindonbon bu xabarni Pavlusga yetkazdi: “Amaldorlar sizlarni ketaversin, deb xabar yuboribdi, hoziroq chiqinglar, eson–omon boringlar”, dedi.

37 Pavlus esa mirshablarga shunday dedi:

— Rim fuqarosi bo‘lsak ham*, bizni hukm qilmasdan xalqning ko‘z o‘ngida kaltakladilar, zindonga tashladilar. Nima uchun endi yashirincha bizni jo‘natib yubormoqchilar?! Bunaqasi ketmaydi! O‘zlari kelib, bizni zindondan chiqarsinlar.

38 Mirshablar bu so‘zlarni amaldorlarga yetkazdilar. Ular Pavlus bilan Silasning Rim fuqarosi ekanini eshitib, qo‘rqib ketdilar. 39 Shunday qilib, amaldorlar borib, ulardan kechirim so‘rab, ularni zindondan olib chiqdilar. So‘ngra: “Shahardan ketsangizlar”, deb iltimos qildilar. 40 Pavlus bilan Silas zindondan chiqqanlaridan keyin, Lidiyaning uyiga bordilar. Ular u yerda imonlilar bilan uchrashib, ularga dalda berdilar. Shundan keyin ular Filippidan jo‘nab ketdilar.


17–BOB

Salonika shahrida

1 Pavlus bilan Silas Amfipolis va Apolloniya shaharlarini bosib o‘tib, Salonika shahriga keldilar. Bu shaharda yahudiylar sinagogasi bor edi. 2 Pavlus, o‘z odatiga ko‘ra, sinagogaga kirdi va uch hafta davomida Shabbat kunlari yahudiylar bilan munozara olib bordi. U Muqaddas bitiklar* asosida 3 Masihning azob chekishi va o‘likdan tirilishi kerakligini tushuntirib, isbotlab berdi. So‘ng: “Men sizlarga aytayotgan Iso o‘sha Masihdir”, dedi. 4 Yahudiylardan ba’zilari, shuningdek, Xudodan qo‘rqadigan* ko‘p g‘ayriyahudiylar* va yuqori martabali ayollarning ko‘pchiligi Pavlus bilan Silasga ishonib, ularga qo‘shildilar. 5 Ammo ishonmagan yahudiylar hasadga to‘ldilar va ko‘chalardagi bekorchi daydilarni to‘plab, olomonni yig‘ib, shaharda g‘alayon boshladilar. Ular: “Pavlus bilan Silasni qidirib topamiz, xalqning oldiga olib chiqamiz”, deb Yason degan odamning uyiga hujum qildilar. 6 Ammo ularni topa olishmadi. So‘ngra Yason bilan bir necha imonlilarni shahar amaldorlari huzuriga sudrab keldilar va shunday deya shovqin soldilar: “Anavi odamlar butun dunyoni ostin–ustin qilib, bizning shahrimizga ham kelibdilar. 7 Yason o‘sha odamlarga uyidan joy beribdi. Ularning hammasi, Iso degan boshqa shoh bor, deb Qaysarning* farmonlariga qarshi chiqyaptilar.” 8 Xalq va shahar amaldorlari bu gaplarni eshitib, bezovtalanib qoldilar.

9 Ular Yason va boshqa imonlilardan garovga* pul olib, ularni qo‘yib yubordilar.

Veriya shahrida

10 Qorong‘i tushgach, imonlilar Pavlus bilan Silasni Veriya shahriga jo‘natdilar. Ular shaharga kelib, yahudiylar sinagogasiga kirdilar. 11 Bu yerdagi yahudiylar Salonikadagi yahudiylarga qaraganda keng fikrli edilar. Ular zo‘r ishtiyoq bilan Iso haqidagi xabarni tinglashar, Pavlusning aytganlari haqiqat ekanini ko‘rish uchun Muqaddas bitiklarni har kuni tadqiq etishardi. 12 Ularning ko‘pchiligi shu boisdan imonga keldilar, shuningdek, g‘ayriyahudiy erkaklaru yuqori martabali ayollarning ko‘pchiligi ham imonga keldilar.

13 Ammo Salonikadagi yahudiylar, Pavlus Veriyada Xudoning kalomini va’z qilibdi degan gapni eshitganlarida, ular Veriyaga kelib, olomonni gijgijlab, qayradilar. 14 Shunda imonlilar Pavlusni zudlik bilan dengiz bo‘yiga jo‘natib yubordilar. Silas bilan Timo‘tiy esa Veriyada qoldilar. 15 Pavlusni kuzatib ketganlar uni Afinagacha olib borib qo‘ydilar*. Ular Pavlusdan: “Silas bilan Timo‘tiy tezroq mening oldimga yetib kelsin” degan ko‘rsatmani olganlaridan keyin Veriyaga qaytib ketdilar.

Pavlus Afinada

16 Pavlus Silas bilan Timo‘tiyni Afinada kutarkan, shahar butlarga to‘lib ketganini ko‘rib, ta’bi juda xira bo‘ldi. 17 Pavlus sinagogada yahudiylar va Xudodan qo‘rqadigan g‘ayriyahudiylarga dalillar keltirdi. Shuningdek, shahar maydonida har kuni duch kelgan odamlarga ham va’z qildi. 18 Bir necha epikurchi va stoik faylasuflar* ham Pavlus bilan bahsga kirishishdi. Ba’zilari: “Bu mahmadona nima demoqchi?” desa, boshqalari: “U begona xudolar to‘g‘risida va’z qilyapti”, der edi. Pavlus Iso to‘g‘risidagi Xushxabarni va o‘liklardan tirilishni va’z qilayotgani uchun ular shunday deb aytardilar*. 19 Ular Pavlusni ushlab, Aryopagus kengashiga olib bordilar va shunday dedilar: “Sen o‘rgatayotgan yangi ta’limot nima ekanini biz ham bilishimiz mumkinmi? 20 Bu ta’limoting bizga bir oz g‘alati tuyulyapti, shuning uchun bu nimani anglatishini bilmoqchimiz.” 21 (Hamma Afinaliklar va bu yerda yashayotgan musofirlar butun vaqtlarini oxirgi yangiliklarni aytib berish yoki eshitish bilan o‘tkazishni yaxshi ko‘rishardi.)

22 Pavlus Aryopagus kengashining oldiga chiqib, shunday dedi: “Ey Afinaliklar! Sizlar har jihatdan g‘oyat dindor ekaningizni ko‘rib turibman. 23 Men butun shaharni kezib chiqib, sizlarning sajdagohlaringizga diqqat bilan nazar tashladim. Men o‘sha narsalarning orasidan «Noma’lum xudoga» degan yozuv bitilgan qurbongohni ko‘rdim. O‘zlaringiz bilmasdan turib sajda qilayotgan Xudoni men sizlarga anglatay.

24 Olamni va undagi hamma narsalarni yaratgan Xudo yeru osmonning Egasi bo‘lib, inson qo‘li bilan yasalgan sajdagohlarda yashamaydi. 25 Har qanday odamga jon, nafas va hamma narsani Uning O‘zi bergan. Shuning uchun U insonning qo‘liga qarab qolmagan. U hech narsaga muhtoj emas. 26 Xudo bitta odamdan jamiki elatlarni yaratib, ularni butun yer yuziga joylashtirdi. U elatlarning hayoti vaqtini va ular istiqomat qiladigan joylarning chegaralarini belgilab berdi. 27 Xudo bularni, Meni qidirsinlar, paypaslanib bo‘lsa–da, topsinlar deb qildi. Haqiqatan ham, U har birimizdan uzoqda emas. 28 Zotan, bir odamning aytishi bo‘yicha*: «Biz Unda yashaymiz, Unda harakat qilamiz va Unda mavjudmiz.» Sizning shoirlaringizdan biri shunday degan edi: «Biz ham Uning zurriyotimiz.»

29 Biz Xudoning zurriyotidan ekanmiz, Xudoni inson o‘z san’ati va mahorati bilan shaklga solgan oltinga yoki kumushga, yo toshga o‘xshatmasligimiz kerak. 30 Xudo

o‘tmishda insoniyatning johilligiga e’tibor bermadi. Endi esa U hamma joydagi jamiki xalqlarga: «Tavba qilinglar!» deb amr bermoqda. 31 Chunki U dunyo xalqlarini O‘zi tayinlagan Zot orqali adolat bilan hukm qiladigan kunni belgiladi. O‘sha Zotni o‘likdan tiriltirdi. Shu yo‘sinda jamiki insonlarga bu Zotning tayinlanganini isbot qildi.”

32 Ular Pavlusning o‘liklar tirilishi haqidagi gapini eshitganlarida, ba’zilar uni masxara qildi, ammo boshqalar: “Biz bu haqda yana sizning gaplaringizni eshitmoqchimiz”, dedilar. 33 Shunday qilib, Pavlus ularning oldidan ketdi. 34 Bir necha odam unga ergashib, imonga keldi. Imonga kelganlarning orasida Aryopagus kengashining a’zosi Dionisis, Damara ismli ayol va boshqa odamlar ham bor edi.


18–BOB

Korinf shahrida

1 Shundan keyin Pavlus Afinadan ketib, Korinfga yo‘l oldi. 2 U yerda Pavlus Akil degan bir yahudiy bilan tanishdi. Akil Pontusda tug‘ilgan bo‘lib, xotini Priskilla bilan Italiyadan yaqinda kelgan ekan. Chunki Qaysar* Klavdiy*, hamma yahudiylar Rimdan chiqib ketsin, deb farmon bergan edi. Pavlus ularni ko‘rgani bordi. 3 Ular hamkasb bo‘lib, chodir tikuvchilik bilan shug‘ullanganlari uchun, Pavlus ularnikida qolib, ishladi. 4 Har Shabbat kuni u sinagogada munozara o‘tkazib, yahudiylar va g‘ayriyahudiylarni* ishontirishga harakat qilardi.

5 Silas bilan Timo‘tiy Makedoniyadan kelganlaridan keyin, Pavlus butun vaqtini Iso haqidagi xabarni va’z qilishga bag‘ishladi. U yahudiylarga Isoning Masih ekani to‘g‘risida guvohlik berardi. 6 Yahudiylar esa Pavlusga qarshi chiqib, uni haqorat qildilar. Pavlus kiyimlaridan changni qoqdi–da*: “Qoningiz o‘z gardaningizda qolsin, menda ayb yo‘q, hozirdan boshlab g‘ayriyahudiylar orasiga ketganim bo‘lsin”, dedi ularga. 7 Shunday qilib, Pavlus sinagogani tark etib, Titas Yustus* degan bir odamning uyiga bordi. Titas Yustus ham xudojo‘y* odam bo‘lib, uning uyi sinagoganing yonginasida edi.

8 Sinagoganing qavmboshisi Krispus butun xonadoni bilan Rabbimiz Isoga imon keltirdi. Pavlusdan Xushxabar eshitgan Korinfliklarning ko‘pchiligi ishonib, suvga cho‘mdirildilar.

9 Bir kuni tunda Rabbimiz Iso vahiyda Pavlusga zohir bo‘lib, dedi: “Qo‘rqma!

Gapiraver, sukut saqlama! 10 Men sen bilan birgaman. Bu shahardagi ko‘pchilik Mening odamlarim bo‘lgani uchun hech kim senga zarar yetkaza olmaydi.” 11 Shunday qilib, Pavlus bu shaharda bir yilu olti oy turib, xalqqa Xudoning kalomidan ta’lim berdi.

12 Gallion Axaya viloyatiga hokimlik qilgan paytlarda*, yahudiylar birgalashib Pavlusga qarshi chiqdilar va uni sudrab, mahkamaga olib keldilar.

13 Ular shunday dedilar:

16 Gallion yahudiylarni mahkamadan haydab chiqardi. 17 Shunda olomon sinagoga

qavmboshisi Sostenisni tutib oldi–da, mahkamaning oldida uni kaltakladi. Ammo

Gallion bularning birontasiga e’tibor bermadi.

Pavlus qisqa muddatga Antioxiyaga qaytadi

18 Pavlus Korinfda imonlilar bilan uzoq vaqt turdi. So‘ng ular bilan xayrlashib, kemada Suriyaga suzib ketdi. Akil bilan Priskilla ham u bilan birga ketdilar. Pavlus Xudoga ont ichgani uchun Kenxreyadan suzib ketishdan oldin sochini oldirdi*. 19-21 Ular Efesga yetib keldilar. Pavlus sinagogaga borib, yahudiylar bilan munozara o‘tkazdi.

Odamlar Pavlusdan, biz bilan uzoqroq qoling, deb iltimos qildilar. Ammo Pavlus rozi bo‘lmadi. Ketishidan oldin esa ularga: “Xudo xohish bildirsa*, sizlarning oldingizga qaytib kelaman”, dedi. Shundan keyin Akil bilan Priskillani Efesda qoldirib, o‘zi kemada suzib ketdi.

22 Pavlus Qaysariyaga yetib kelgandan keyin, Quddusga bordi va imonlilar jamoati bilan ko‘rishdi. Shundan so‘ng Antioxiyaga ketdi. 23 U yerda ma’lum vaqt bo‘lgach, yana yo‘lga chiqdi* va Galatiya, Frigiya o‘lkalarini kezib, barcha imonlilarga dalda berdi.

Apollos

24 Shu paytda Apollos degan bir yahudiy Efesga keldi. U asli Iskandariyadan edi. U gapga chechan odam bo‘lib, Muqaddas bitiklarni* juda yaxshi bilardi. 25 U Rabbimiz Isoning yo‘lida ta’lim olgan bo‘lib, otashin ruh bilan gapirardi. Iso haqida to‘g‘ri ta’lim berardi. Suvga cho‘mdirish haqida esa faqatgina Yahyoning ta’limotini bilardi*.

26 Apollos sinagogada jasorat bilan gapira boshladi. Priskilla bilan Akil Apollosning va’zini eshitganlaridan keyin, uni uyiga taklif qilib, Xudoning yo‘lini yanada aniqroq tushuntirib berdilar. 27 Apollos Axayaga borishga qaror qildi. Efesdagi imonlilar Axayadagi shogirdlarga, Apollosni yaxshi qabul qilsangizlar, deb maktub yozdilar. Apollos Axayaga kelgach, Xudoning inoyati bilan imonga kelganlarga katta yordam berdi. 28 Apollos, Muqaddas bitiklar asosida Isoning Masih ekanini isbot etib, qat’iyat bilan yahudiylarning nohaqligini ochiqchasiga fosh qilardi.


19–BOB

Pavlus Efes shahrida

1 Apollos Korinfda ekan, Pavlus qirlar bo‘ylab yo‘l yurib, Efes shahriga keldi. Bu yerda u Isoga imon qo‘ygan bir nechta odamni uchratdi. 2 Pavlus ulardan:

U shu gaplarni aytib, olomonni tarqatib yubordi.


20–BOB

Pavlus Makedoniya va Yunonistonda

1 Shovqin–suron bosilgach, Pavlus imonlilarni chaqirib, ularga dalda berdi. Keyin ular bilan xayrlashib, Makedoniyaga yo‘l oldi. 2 U o‘zi bosib o‘tgan hamma shaharlarda imonlilarga ko‘p dalda berdi. So‘ng Yunonistonga* borib, 3 u yerda uch oy turdi. U Suriyaga suzib ketmoqchi bo‘lgan edi, yahudiylar unga qarshi fitna uyushtirayotganini bilib qoldi. Shuning uchun Makedoniya orqali qaytishga qaror qildi. 4 Veriyadan Pirus o‘g‘li Sopatrus, Salonikadan Aristarxus va Sekundus, Darbadan Gayus, Timo‘tiy, Asiya viloyatidan Tixikus va Trofimus Pavlusga hamroh bo‘ldilar. 5 Ular bizdan* oldin ketib, Troasda bizni kutib turgan edilar. 6 Xamirturushsiz non bayramidan* keyin biz Filippidan suzib ketdik. Besh kundan so‘ng esa Troasda ular bilan uchrashib, u yerda yetti kun turdik.

Pavlusning Troasga oxirgi safari

7 Yakshanba kuni biz Rabbimiz Isoni xotirlab, non sindirish* uchun yig‘ildik. Pavlus odamlarga yarim kechasigacha gapirdi. Ertasi kuni u jo‘nab ketishni rejalashtirgan edi. 8 Biz yig‘ilgan boloxonada ko‘p chiroqlar yonib turardi. 9 Evtixus degan bir yigit deraza raxida o‘tirgan edi. Pavlus gapini davom ettirar ekan, Evtixusni qattiq uyqu bosdi. Uyqu

g‘olib kelib, Evtixus uchinchi qavatdan yerga yiqildi. Uni ko‘targanlarida, jon bergan edi. 10 Pavlus pastga tushdi, egilib, yigitni quchoqladi–da: “Xavotir olmanglar, u tirik”, dedi. 11 So‘ngra Pavlus yana boloxonaga qaytib chiqdi. Rabbimizni xotirlab, non sindirib, ovqatlandi. Ular bilan tong otguncha suhbatlashdi, keyin yo‘lga chiqdi. 12 Shu orada bu yigitni uyiga tirik olib bordilar, imonlilar bu voqeadan g‘oyat tasalli topdilar.

Troasdan Mitilinaga

13 Pavlus Assas shahriga quruqlik orqali ketishga qaror qildi. Qolganlarimiz esa

undan oldin kemada suzib ketdik. Pavlus o‘sha shaharda kemaga chiqib, bizga qo‘shiladi, deb rejalashtirgan edik. Zotan, u bizga shunday qilishini aytgan edi. 14 Pavlus biz bilan Assasda uchrashgandan keyin, uni kemaga olib, Mitilina shahriga yo‘l oldik.

15 Biz u yerdan suzib, ertasi kuni Xios oroli yaqiniga yetib bordik. Keyingi kuni Samos oroliga, uning ertasiga* Mileytus shahriga yetib bordik. 16 Pavlus Asiya viloyatida vaqtni yo‘qotmaslik uchun Efesni chetlab o‘tishga qaror qildi. Agar imkonini topsa, Hosil bayramida Quddusda bo‘lishni juda istayotgan edi.

Efes oqsoqollariga Pavlus otashin nutq so‘zlaydi

17 Pavlus Mileytusdan Efesga xabar yuborib, imonlilar jamoatining oqsoqollariga: “Mening huzurimga kelsangizlar”, deb iltimos qildi. 18 Oqsoqollar Pavlusning huzuriga kelganlarida, u oqsoqollarga dedi: “Men Asiya viloyatiga kelgan birinchi kunimdan boshlab sizlarning orangizda qanday yashaganimni o‘zlaringiz bilasizlar. 19 Men ko‘p ko‘z yosh to‘kib, kamtarlik bilan Rabbimiz Isoga xizmat qildim. Yahudiylarning fitnalari dastidan kelgan sinovlarni boshdan kechirdim. 20 O‘zlaringiz bilasizlar, men sizlarga biron foyda keltirishdan o‘zimni olib qochmadim. Balki uyma–uy yurib, ta’lim berdim, xalq oldida va’z qildim. 21 Men yahudiylarni ham, g‘ayriyahudiylarni* ham tavbaga chaqirdim. Xudoga yuz buringlar, Rabbimiz Isoga imon keltiringlar, deb ularga jiddiy nasihat qildim.

22 Endi esa Muqaddas Ruhning asiri bo‘lib, Quddusga otlanyapman. U yerda menga nima bo‘lishini bilmayman. 23 Ammo meni qamoq va quvg‘inlar kutayotgani to‘g‘risida Muqaddas Ruh har bir shaharda ogohlantirib kelmoqda. 24 Lekin hayotim o‘zim uchun hech narsaga arzimaydi, deb hisoblayman. Men faqat vazifamni oxiriga yetkazishni va Rabbimiz Iso menga yuklagan ishni tugatishni istayman. Bu ish Xudoning inoyati to‘g‘risidagi Xushxabarni e’lon qilishdir.

25 Men oralaringizda bo‘lib, Xudoning Shohligini va’z qildim. Endi shuni bilamanki, birontangiz ham mening yuzimni boshqa ko‘rmaysizlar. 26 Shuning uchun bugun sizlarga shuni e’lon qilaman: men birovning halokati uchun mas’ul emasman. 27 Axir, men Xudoning hamma maqsadini sizlarga bayon qilishdan bo‘yin tovlamadim.

28 O‘zlaringizni ehtiyot qilinglar, suruvni ham ehtiyot qilinglar. Chunki Muqaddas Ruh ularni sizning qaramog‘ingizga bergan. Xudoning jamoatiga cho‘pon bo‘linglar. Xudo jamoatni O‘z O‘g‘lining qoni evaziga sotib olgan. 29 Bilaman, men ketganimdan keyin sizlarning orangizga yirtqich bo‘rilar keladi, ular suruvga shafqat qilmaydi. 30 Hatto o‘z oralaringizdan ba’zi odamlar chiqib, imonlilarni ortidan ergashtirib, haqiqatni buzib gapiradilar. 31 Hushyor bo‘linglar! Mana shu uch yil davomida kechayu kunduz ko‘z yosh to‘kib, har biringizga qilgan pand–nasihatlarimni yodingizda tutinglar.

32 Endi men sizlarni Xudoga va Uning marhamati haqidagi xabar panohiga topshirdim. Bu xabar sizlarga kuch–qudrat ato qilib, jamiki muqaddas qilinganlar orasida meros berishga qodirdir. 33 Men hech kimning kumushi yoki oltini, yo kiyimiga ko‘z olaytirmadim. 34 O‘zlaringiz bilasizlarki, o‘zimni va sheriklarimni ta’minlash uchun qo‘llarim bilan mehnat qildim. 35 Men sizlarga bu borada namuna bo‘lib, zaiflarni qanday qo‘llab–quvvatlashimiz kerakligini ko‘rsatdim. Rabbimiz Iso aytgan shu so‘zlarni* eslaylik: «Olmoqdan ko‘ra, bermoq ko‘proq marhamat keltiradi.»”

36 Pavlus gapini tugatgandan keyin, hamma bilan birga tiz cho‘kib, ibodat qildi.

37 Hammalari yig‘lab, Pavlusni bag‘irlariga bosdilar, u bilan o‘pishib xayrlashdilar.

38 Pavlus: “Endi meni hech qachon ko‘rmaysizlar”, deb aytgani uchun ular nihoyatda g‘amgin bo‘lib qoldilar. Ular Pavlusni kemagacha kuzatib bordilar.


21–BOB

Pavlusning Quddusga sayohati

1 Biz* ular bilan xayrlashib, kemaga o‘tirdik va to‘g‘ri Kos oroliga keldik. Ertasi kuni Rodos oroliga, keyin esa Patara shahriga bordik. 2 U yerda biz Finikiyaga ketayotgan kemani topib, o‘sha kemada suzib ketdik. 3 Kiprga yaqinlashganimizda, bu orolni chap tomonimizda qoldirib, Finikiyaga* yo‘l oldik. Tirda kemadan yuk tushirmoqchi bo‘lganlari uchun biz qirg‘oqda qoldik. 4 Isoning u yerdagi shogirdlarini qidirib topdik va ular bilan bir hafta qoldik. Ular Muqaddas Ruhdan ilhomlanib, Pavlusga: “Quddusga bormang”, deb aytdilar. 5 Bu yerda vaqtimiz oxirlab qolgach, yo‘lga chiqib, safarimizni davom ettirdik. Imonlilarning hammasi, xotinlari va bola–chaqalari bilan birga, bizni shahar tashqarisigacha kuzatib chiqdi. Dengiz bo‘yida tiz cho‘kib, ibodat qildik. 6 So‘ng bir–birimiz bilan xayrlashdik. Biz kemaga chiqdik, ular ham uylariga qaytib ketdilar.

7 Biz Tir shahridan sayohatni davom ettirib, Ptolemay shahriga keldik. U yerdagi imonlilarni ziyorat etib, bir kun yonlarida qoldik. 8 Ertasi kuni yo‘lga chiqib, Qaysariyaga keldik. Xushxabarchi Filipning uyiga borib, unikida qoldik. Filip oziq–ovqat taqsimlash uchun saylangan yetti kishidan* biri edi. 9 Filipning turmushga chiqmagan to‘rtta qizi bo‘lib, ularga bashorat qilish in’omi berilgan edi. 10 U yerda bir necha kun bo‘lganimizdan keyin, Yahudiyadan Xagabus* degan payg‘ambar keldi. 11 U bizning oldimizga keldi va Pavlusning kamarini olib, o‘zining oyoq–qo‘llarini bog‘ladi–da, shunday dedi:

21 Ularning eshitishicha, siz g‘ayriyahudiylar orasida yashayotgan hamma yahudiylarga,

Musoning qonunidan voz kechinglar, bolalaringizni sunnat qilmanglar*, yahudiylarning

urf–odatlariga rioya qilmanglar, deb ta’lim bergan ekansiz. 22 Endi nima bo‘ladi? Sizning kelganingizni ular albatta eshitadilar. 23 Endi bizning aytganlarimizni qiling. Oramizda nazr atagan to‘rtta odam* bor. 24 Bu odamlar bilan birga Ma’badga borib, u yerda poklanish marosimida ishtirok eting. Ular sochlarini oldirganlarida talab qilingan poklanish qurbonligining xarajatlarini ular uchun o‘zingiz to‘lang. Ana shunda, siz to‘g‘ringizda aytilgan gaplar haqiqat emasligini, siz esa Musoning qonuniga rioya qilgan holda yashayotganingizni hamma bilib oladi. 25 Imonli g‘ayriyahudiylarga kelsak, bir qancha vaqt oldin biz ularga maktub jo‘natib*, quyidagi qarorimizni ma’lum qilgan edik: “Butlarga keltirilgan qurbonlik go‘shtini va qoni chiqarilmagan hayvon go‘shtini tanovul qilishdan hamda fahsh–zinodan* o‘zlaringizni tiyinglar.”

26 Ertasi kuni Pavlus o‘sha odamlarni yoniga olib, ular bilan birga o‘zini pokladi.

So‘ng Ma’badga kirib, poklanish kunlari qachon tugashini, har bir odam uchun qachon

qurbonlik keltirilishini e’lon qildi.

Pavlus Ma’badda qamoqqa olinadi

27 Yetti kunlik marosim oxirlab qolgan edi. Asiya viloyatidan kelgan yahudiylar

Pavlusni Ma’badda ko‘rib qoldilar. Ular olomonni qayrab, Pavlusni ushladilar.

28 — Ey Isroil xalqi! Yordam beringlar! — deb shovqin soldi ular. — Manavi odam hamma joyda bizning xalqimizga, qonunimizga, Ma’badga qarshi ta’lim berib yuradi. Buning ustiga, u g‘ayriyahudiylarni* Ma’badga olib kelib*, bu muqaddas joyni bulg‘adi!

29 Bunday deyishlariga sabab, bundan oldin ular Efeslik Trofimusni shaharda Pavlus bilan birga ko‘rishgan bo‘lib, “Pavlus o‘sha g‘ayriyahudiyni Ma’badga olib kirdi”, deb o‘ylagan edilar.

30 Butun shahar oyoqqa turdi, xalq birgalashib harakatga keldi. Ular Pavlusni tutib, Ma’baddan sudrab chiqarib tashladilar. O‘sha zahoti Ma’bad eshiklari yopildi. 31 Olomon endi Pavlusni o‘ldirmoqchi bo‘lib turgan edi, Rim lashkarining mingboshisiga: “Butun Quddus oyoqqa turdi” degan xabar yetib keldi. 32 Mingboshi o‘sha zahoti askarlari va yuzboshilarni olib, olomon tomonga yugurib ketdi. Olomon mingboshi bilan uning askarlarini ko‘rgach, Pavlusni kaltaklashni bas qildilar. 33 Mingboshi Pavlusning oldiga kelib, uni qamoqqa oldi va ikkita kishan bilan bog‘lashni buyurdi. So‘ngra u: “Bu odam kim? U nima qildi?” deb so‘radi. 34 Olomon orasidan ba’zilari bir nimalar deb shovqin soldi, boshqasi yana nimalardir dedi. G‘ala–g‘ovur bo‘lganidan mingboshi nima yuz berganini aniq bila olmadi. Shuning uchun u Pavlusni qal’aga* olib borishni buyurdi.

35 Pavlus qal’aning zinapoyasiga kelganda, olomon shunchalik junbishga keldiki, askarlar Pavlusni ko‘tarib ketishlariga to‘g‘ri keldi. 36 Olomon Pavlusning ortidan ergashib: “Unga o‘lim!” deb shovqin solardi.

37 Askarlar Pavlusni qal’aga olib kirayotganlarida, u mingboshiga:

39 — Men yahudiyman, Kilikiyadagi Tarsus shahridanman*, — dedi Pavlus. — O‘sha

muhim shaharning fuqarosiman. Iltimos, xalqqa gapirishimga ijozat bering.

40 Mingboshi Pavlusga ijozat bergach, u zinapoyada turib, odamlarga qo‘li bilan: “Jim bo‘linglar!” degan ishorani qildi. Odamlar tinchlangandan keyin, Pavlus ularga oramiy

tilida* gapira boshladi.


22–BOB

1 Pavlus olomonga shunday dedi: “Birodarlarim, otalar! Gapimga quloq solinglar, sizlarning oldingizda o‘zimni oqlay.” 2 Odamlar uning oramiycha* gapirayotganini eshitib, suv quyganday, jim bo‘lib qoldilar. Pavlus gapida davom etdi: 3 “Men yahudiyman, Kilikiyadagi Tarsus shahrida* tug‘ilganman, ammo Quddusda ulg‘aydim. Bu shaharda Gamaliyolning* shogirdi bo‘lib, ota–bobolarimizning qonuniga jiddiy e’tibor berib ta’lim oldim. Xuddi bugungiday sizlarga o‘xshab, Xudoga o‘zimni bag‘ishladim. 4 Isoning yo‘liga kirgan odamlarni o‘lguday quvg‘in qilardim, erkagu ayolni bog‘lab, zindonga tashlardim. 5 Aytayotganlarim haqiqat ekanini oliy ruhoniy bilan butun Kengash tasdiqlay oladi. Ular Damashqdagi yahudiy birodarlarimizga xat yozib berdilar. Shunday qilib, men bu odamlarni kishanlab, Quddusga olib kelib jazolash uchun Damashqqa jo‘nadim.

Pavlus o‘zining imonga kelishi to‘g‘risida so‘zlab beradi

6 Men yo‘limda davom etib, Damashqqa yaqinlashib qolganimda, tush payti birdan osmondan yop–yorug‘ nur mening yon–atrofimni yoritib yubordi. 7 Men yerga yiqildim. Shu payt: «Shoul!* Shoul! Nega sen Meni quvg‘in qilyapsan?» degan bir ovozni eshitdim. 8 «Yo Hazratim! Siz kimsiz?» deb so‘radim. Shunda U menga: «Sen quvg‘in qilayotgan Nosiralik Isoman», deb javob berdi. 9 Mening yonimdagilar nurni ko‘rardilar–u*, ammo men bilan gaplashayotganning ovozini eshitmasdilar. 10 Shunda men: «Yo Rabbim Iso, nima qilay?» deb so‘radim. Rabbiy menga shunday dedi: «O‘rningdan tur, Damashqqa bor. Nima qilishing kerakligini Xudo belgilab qo‘ygan. Hamma narsa o‘sha yerda senga aytiladi.» 11 O‘sha nurning yarqirashidan ko‘zlarim ko‘rmay qolgan edi. Shuning uchun hamrohlarim qo‘llarimdan ushlab, meni Damashqqa olib ketdilar.

12 O‘sha shaharda Xanoniyo degan bir taqvodor, qonunga itoat etadigan odam bor edi. U o‘sha shahardagi hamma yahudiylar orasida katta obro‘ga ega edi. 13 Xanoniyo oldimga kelib, yonimda turdi–da: «Birodarim Shoul! Ko‘zlaring yana ochilsin!» dedi. O‘sha zahoti ko‘zlarim ochilib, Xanoniyoni ko‘rdim. 14 Shunda u dedi: «Ota– bobolarimizning Xudosi seni tanladi. Toki sen Uning xohishini bilgin, Solih Zotni* ko‘rib, Uning ovozini eshitgin. 15 Sen ko‘rib–eshitganlaring to‘g‘risida butun olamga Uning guvohi bo‘lasan. 16 Endi nimani kutyapsan? O‘rningdan tur, suvga cho‘mgin. Rabbimizga iltijo qilib, gunohlaringni yuvgin.»

17 Men Quddusga qaytib kelganimdan keyin, Ma’badda ibodat qilayotganimda, menga bir vahiy keldi. 18 Men Rabbim Isoni ko‘rdim, U shunday dedi: «Tez bo‘l, Quddusdan zudlik bilan ket! Bu yerdagi odamlar Men to‘g‘rimda bergan guvohligingni qabul qilmaydilar.» 19 Men esa: «Yo Rabbiy! — dedim. — Men sinagogalarga borib, Senga ishongan odamlarni qamab, kaltaklaganimni ular yaxshi biladilar. 20 Shohiding* Stefan o‘ldirilganda, men o‘sha yerda edim, uning o‘ldirilishini ma’qullab, uni o‘ldirayotganlarning kiyimlariga poyloqchilik qilib turgan edim.» 21 Rabbim Iso menga:

«Ketaver, — dedi. — Seni uzoqdagi g‘ayriyahudiylarning oldiga yuboraman.»”

22 Xalq Pavlusga quloq solib turdi. Ammo u shu gapini aytishi bilanoq, ular ovozi boricha, shovqin soldi:

29 Pavlusni so‘roq qilmoqchi bo‘lib turganlar o‘sha zahoti undan qo‘llarini tortdilar.

Mingboshi Pavlusning Rim fuqarosi ekanini eshitib, uni kishanlagani uchun qo‘rqib

ketdi.

Pavlus Oliy kengash oldida

30 Yahudiylar Pavlusni nima uchun ayblayotganlarini mingboshi bilmoqchi bo‘ldi.

Ertasi kuni u Pavlusni ozod qildi va “bosh ruhoniylar bilan Oliy kengash a’zolari yig‘ilsin”, deb buyurdi. Mingboshi Pavlusni ularning qoshiga olib keldi.


23–BOB

1 Pavlus Oliy kengash a’zolariga diqqat bilan qarab shunday dedi:

25 Mingboshi quyidagi mazmunda maktub yozdi:

26 “Klavdiyus Lisiyasdan hokim Feliks janobi oliylariga salomlar!

27 Yahudiylar bu odamni ushlab, o‘ldirmoqchi bo‘ldilar. U Rim fuqarosi ekanini bilganimdan keyin, men askarlarim bilan birga borib, uni qutqarib qoldim. 28 Uning qanday aybi bor ekanligini bilmoqchi bo‘lib, uni yahudiylarning Oliy kengashiga olib keldim. 29 Men shuni bildimki, u yahudiylarning qonuniga oid masalalarda ayblangan ekan. Ammo o‘limga yoki zindonga tashlanishga loyiq biron ish qilmagan. 30 Bu odamga qarshi fitna uyushtirilayotganidan xabar topganimdan keyin, o‘sha zahoti uni sizning huzuringizga yuborishga qaror qildim. Uning ayblovchilariga ham, da’volaringizni hokim Feliksga borib aytinglar, dedim*.”


31 Shunday qilib, askarlar mingboshining ko‘rsatmasiga muvofiq, Pavlusni olib, tun bo‘yi yurib, Antipatris shahriga* olib keldilar. 32 Ertasi kuni otliq askarlar Pavlus bilan birga yo‘lda davom etdi, qolganlar esa qal’aga qaytib ketdilar. 33 Otliq askarlar Qaysariyaga yetib kelganlaridan keyin, hokimga maktubni berdilar, Pavlusni ham hokimga ro‘para qildilar. 34 Hokim maktubni o‘qib bo‘lib, Pavlusdan: “Sen qaysi viloyatdansan?” deb so‘radi. Pavlusning Kilikiyadan ekanini bilgach, 35 hokim: “Ayblovchilar kelganlaridan keyin, seni eshitaman”, dedi. Shundan keyin hokim: “U Hirodning saroyida* ushlab turilsin”, deb buyruq berdi.


24–BOB

Pavlusga qarshi dalillar

1 Besh kun o‘tgach, oliy ruhoniy Xanoniyo bir necha yo‘lboshchilar va Tertullus degan bir huquqshunos bilan birga Qaysariyaga* keldi. Ular Pavlusga qarshi arzlarini hokimga* bayon qilmoqchi bo‘ldilar. 2 Pavlusni chaqirib keltirganlaridan keyin, Tertullus uni ayblay boshladi: 3 “Janobi oliylari! Sizning dono rahbarligingiz ostida biz anchadan buyon tinch–xotirjam yashayapmiz, uzoqni ko‘ra bilishingiz sharofati bilan xalqimiz uchun islohotlar amalga oshirildi. Biz buni hamma joyda va har doim e’tirof

etamiz, sizdan chuqur minnatdormiz. 4 Men sizning vaqtingizni ko‘p olmoqchi emasman, marhamatingizni darig‘ tutmay, bizning qisqa axborotimizga quloq solishingizni iltimos qilaman. 5 Biz, aslida, bu odamni vabo singari xavfli deb bilamiz. U dunyodagi hamma yahudiylar orasida isyon boshladi. U nasroniylar mazhabining* rahnamosidir. 6-7 U hatto Ma’badni bulg‘ashga harakat qildi. Shuning uchun biz uni hibsga oldik*. 8 Bu odamni o‘zingiz so‘roq qilsangiz, biz uni nimada ayblayotganimizni uning o‘zidan bilib olasiz.”

9 Yahudiylar bu ayblovlarga qo‘shilib, bularning hammasi haqiqat, deb aytdilar.

Pavlusning Feliks huzuridagi himoya nutqi

10 Hokim, gapir, deb Pavlusga ishora qilgandan keyin, u shunday javob berdi: “Bilaman, siz ancha yildan beri bu xalq ustidan hukmron bo‘lib kelasiz. Shuning uchun o‘zimni sizning huzuringizda himoya qilayotganimdan xursandman. 11 O‘zingiz bilib olishingiz mumkin: Xudoga sajda qilgani Quddusga borganimga o‘n ikki kundan oshgani yo‘q. 12 Men Ma’badda biron odam bilan tortishib qolganimni yoki sinagogalarda, yo bo‘lmasa shaharda olomon orasiga g‘ulg‘ula solganimni ular ko‘rganlari yo‘q.

13 Qolaversa, hozir menga qarshi aytayotgan ayblovlarini ular isbotlab bera olmaydilar.

14 Ammo shuni tan olishim kerakki, ular Isoning yo‘lini soxta e’tiqod deb aytishadi. Men

esa Isoning yo‘li orqali ota–bobolarimizning Xudosiga sajda qilaman. Tavrotga mos kelgan va Payg‘ambarlar bitiklarida* yozilgan har bir so‘zga men ishonaman. 15 Men mana shu odamlar singari, Xudoga umid bog‘laganman. Xudo solihlarni va fosiqlarni tiriltirishiga men ham ularday ishonaman. 16 Ayni shu sababdan Xudo va xalq oldida men doim vijdonimni sof saqlashga tirishaman.

17 Mana, Quddusda bo‘lmaganimga bir necha yil bo‘ldi, endi xalqimga xayr–sadaqa berish va nazr qilish uchun Quddusga borgandim. 18 Men shularni bajarayotganimda, ular meni Ma’badda ko‘rib qoldilar. Men poklanish marosimini ado etayotgan edim, yonimda olomon yo‘q edi, shovqin–suron ham ko‘tarmagan edim. 19 Asiya viloyatidan bo‘lgan bir necha yahudiylar o‘sha yerda edilar. Agar ularning menga qarshi biron da’volari bo‘lsa, ular o‘zlari sizning huzuringizga kelib, o‘z ayblovlarini bildirishlari kerak. 20 Yoki bu yerdagilar aytishsin, men Oliy kengash a’zolari oldida turganimda menda qanday jinoyat topdilar ekan? 21 Men ularning oldida turganimda, baland ovozda: «Men o‘liklar tiriladi, deb aytganim uchun bugun oldingizda hukm qilinyapman», deb aytgan edim. Bundan boshqa nima aybim bor?”

22 Isoning yo‘li to‘g‘risida batafsil xabardor bo‘lgan Feliks yig‘ilishni to‘xtatib: “Mingboshi Lisiyas kelgandan keyin, sening ishing to‘g‘risida qaror qabul qilaman”, dedi. 23 Feliks yuzboshiga: “Uni qamab qo‘y, ammo unga ozgina erkinlik ber, uning ehtiyojlari uchun xizmat qilmoqchi bo‘lgan do‘stlariga ijozat ber”, deb buyruq berdi.

Pavlus Feliks va Drusilla huzurida

24 Bir necha kundan keyin Feliks xotini Drusilla bilan keldi. Drusilla yahudiy edi*.

Feliks Pavlusni chaqirtirib keldi va Iso Masihga ishonish to‘g‘risidagi gaplarini tingladi. 25 Pavlus solihlik, nafsni tiyish, qiyomat kunining kelishi to‘g‘risida gapirar ekan, Feliks qo‘rqib, dedi: “Sen endi boraver. Imkon topilgan zahoti, seni chaqiraman.” 26 Feliks: “Pavlus menga pora beradi”, deb umid qilardi, shuning uchun Pavlusni tez–tez chaqirib, u bilan suhbatlashardi.

27 Oradan ikki yil o‘tgach, Feliksning o‘rniga Po‘rkiyus Festus hokim bo‘ldi. Feliks yahudiylarning ko‘nglini olmoqchi bo‘lib, Pavlusni qamoqda qoldirdi.


25–BOB

Pavlus hokim Festus huzurida

1 Festus Yahudiya viloyatiga hokim bo‘lib kelgandan keyin uch kun o‘tgach, Qaysariyadan* Quddusga bordi. 2 U yerda bosh ruhoniylar va yahudiy yo‘lboshchilari Pavlusga qarshi dalillarni hokim Festusga bayon qildilar. Ular Festusdan: 3 “Pavlusni Quddusga chaqirtirsangiz”, deb iltimos qildilar. Aslida ular yo‘lda Pavlusga suiqasd qilishni rejalashtirgan edilar. 4 Festus ularga shunday javob berdi:

23 Ertasi kuni Agrippa bilan Vernika dabdaba bilan kelib, mingboshilar, shaharning yuqori martabali odamlari bilan birga yig‘in zaliga kirdilar. Festus: “Pavlus olib kelinsin!” deb buyruq berdi.

24 — Shoh Agrippa janoblari! Bu yerda hozir bo‘lganlar! — dedi Festus. — Manavi odamni ko‘rib turibsizlar. Shu yerdagi va Quddusdagi hamma yahudiylar bu odamga qarshidir. Ular menga shikoyat qilib: “Bu odam yashashga loyiq emas!” deb shovqin solmoqdalar. 25 Ammo mening nazarimda bu odam o‘limga loyiq biron ish qilmagan. U imperator janobi oliylarining hukmini talab qilgani uchun, uni Rimga yuborishga qaror

qildim. 26 Ammo u to‘g‘rida imperator janobi oliylariga yozishim uchun aniq bir narsa yo‘q. Shuning uchun men bu odamni sizlarning huzuringizga, xususan, shohimiz Agrippa janobi oliylari, sizning huzuringizga olib keldim. Bu masalani ko‘rib chiqqanimizdan keyingina, men biron narsa yozishim mumkin. 27 Mahbusga qarshi ayblovlarni aniq ko‘rsatmay turib, uni imperatorga yuborish men tomondan aqlsizlik bo‘lar edi.


26–BOB

Pavlus shoh Agrippa oldida o‘zini oqlaydi

1 Agrippa* Pavlusga:


27–BOB

Pavlusning dengiz orqali Rimga safari

1 Bizni* dengiz orqali Italiyaga* jo‘natishga qaror qildilar. Shundan keyin ular Pavlusni va boshqa ba’zi mahbuslarni Imperiya qo‘shinidagi Yuliyus degan Rim yuzboshisiga topshirdilar. 2 Hammamiz Adramittion shahridan kelgan kemaga o‘tirdik. Kema Asiya viloyatining bandargohlariga* endi jo‘namoqchi bo‘lib turgan ekan. Biz yo‘lga tushdik. Salonikadan kelgan Makedoniyalik Aristarxus degan odam bizga hamroh bo‘ldi. 3 Ertasi kuni biz Sidon shahriga yetib keldik. Yuliyus Pavlusga yaxshi munosabatda bo‘ldi, shuning uchun do‘stlari oldiga borishga va kerakli narsalarni olishga ijozat berdi. 4 Biz u yerdan jo‘nab ketdik. Shamol bizga qarshi tomondan esayotgani uchun Kipr orolini panalab suzib o‘tdik. 5 So‘ng Kilikiya va Pamfiliya viloyatlarining janub tomonidan suzib, Likiya viloyatidagi Mura shahriga keldik.

6 Yuzboshi u yerda Iskandariyadan Italiyaga suzib ketadigan kemani topdi va bizni unga o‘tqazdi. 7 Biz bir necha kun sekin suzib, nihoyat qiyinchiliklar bilan Knidus shahriga yetib keldik. Shamol bizga qarshi esayotgani uchun Salmona yarim orolining yonidan o‘tib, Krit orolini panalab suza boshladik. 8 Orolning qirg‘og‘i bo‘ylab mashaqqatlar bilan Go‘zal bandargohlar degan joyga yetib keldik. Bu joy Laseya shahri yaqinida joylashgan.

9 Biz ancha vaqt o‘sha yerda qoldik. Hatto Poklanish kuni* ham o‘tdi, suzish xavfli bo‘lib qoldi. Pavlus kemachilarga maslahat berdi:

10 — Do‘stlar! Ko‘rib turibman, bu yerdan suzib ketadigan bo‘lsak, nafaqat yukimiz va kemamiz, balki jonimiz ham xavf ostida qoladi, og‘ir halokatga uchraymiz.

11 Lekin yuzboshi Pavlusning maslahatiga quloq solmay, kema darg‘asi va kema egasining gapiga kirdi. 12 Qishni o‘tkazish uchun bandargoh yaxshi sharoitga ega emas edi. Shuning uchun deyarli hamma u yerdan dengizga chiqishga, qanday qilib bo‘lsa ham Finiksga yetib olib, qishni o‘sha yerda o‘tkazishga rozi edi. Finiks Krit orolidagi bandargoh bo‘lib, qattiq qish shamollaridan panada edi*.

Dengizdagi bo‘ron

13 Janubdan mayin shabada esa boshlaganda, ular: “Niyatimiz amalga oshadigan bo‘ldi”, deb o‘yladilar. Shuning uchun ular langarni ko‘tarib, Krit oroli bo‘ylab, qirg‘oqqa yaqin suza boshladilar. 14 Ammo ko‘p o‘tmay orol tomondan nihoyatda kuchli bo‘ron ko‘tarildi. Bu “Shimoli–sharq” bo‘roni deb aytilardi. 15 Bo‘ron kemaga shunday urildiki, natijada kema shamolga qarshi suzolmay qoldi. Shundan keyin o‘zimizni to‘lqinlarga topshirib, shamol yo‘nalishi bo‘ylab suzib ketdik. 16 Biz Kavda* degan orolchani panalab o‘tdik. Kemaning qayiqchasini zo‘rg‘a ushlab qoldik. 17 Dengizchilar qayiqni yuqoriga ko‘tarib oldilar. Keyin esa kema parchalanib ketmasin deb, uni ostidan arqonlar bilan mahkam bog‘ladilar. Ular: “Surtis* atroflarida qumga o‘tirib qolmasak edi”, deb qo‘rqib, tezlikni kamaytiradigan langarni* tushirdilar va kemani shamol yo‘nalishiga qo‘yib berdilar. 18 Quturgan bo‘ron davom etardi. Ertasi kuni ular kemadan yuklarni uloqtira boshladilar. 19 Uchinchi kuni esa o‘z qo‘llari bilan kemaning asbob–uskunalarini dengizga otdilar. 20 Bir necha kun biz na quyoshni, na yulduzlarni ko‘rdik. Bo‘ron quturgani sari, qutulishimizga bo‘lgan umid so‘nib borardi.

21 Hech kim uzoq vaqt biron narsa tanovul qilmadi. Shunda Pavlus ularning o‘rtasiga

chiqib, shunday dedi:

34 Yolvoraman: bir oz tamaddi qilib olinglar, bu tirik qolishingiz uchun kerak. Boshingizdan biron tola soch ham tushmaydi.

35 Pavlus shu so‘zlarni aytib bo‘lgach, nonni oldi va hammaning ko‘z o‘ngida Xudoga shukrona aytdi. So‘ngra nonni sindirib, yeya boshladi. 36 Boshqalar ham dadillanib, ovqatlana boshladilar. 37 Kemada jami 276 kishi bor edi. 38 Ular to‘yib olgach, bug‘doyning hammasini dengizga tashlab, kemani yengillashtirdilar.

Kema halokatga uchraydi

39 Tong otganda, dengizchilar qirg‘oqni taniy olmadilar. Ammo qirg‘oqdagi qumli qo‘ltiqni payqadilar. Agar imkoni bo‘lsa, kemani o‘sha yerda qirg‘oqqa to‘xtatamiz, deb qaror qildilar. 40 So‘ng langarlarni kesib, dengizga tushirib yubordilar. Ayni paytda eshkaklarni mahkam bog‘lab turgan arqonlarni yechdilar. Shundan keyin oldingi yelkanni shamolga qaratib, qirg‘oqqa suzib ketdilar. 41 Lekin kema sayoz joyga urilib, qumga o‘tirib qoldi. Oqibatda kemaning old qismi qumga tiqilib, qimirlamay qoldi.

Kemaning orqa qismi esa to‘lqinlar shiddatidan parcha–parcha bo‘lib ketdi.

42 Shunda askarlar: “Mahbuslar suzib, qutulib ketmasin”, deya ularni o‘ldirmoqchi bo‘ldilar. 43 Ammo yuzboshi Pavlusni qutqarmoqchi bo‘lib, askarlarni bu niyatlaridan qaytardi. Ularga shunday buyruq berdi: “Suzishni biladiganlar birinchi bo‘lib kemadan sakrasin va qirg‘oqqa suzib borsin, 44 qolganlar esa taxtalarni yoki kemaning biron siniq bo‘lagini olib, ularning ortidan ergashsinlar.” Shu yo‘sin hammalari eson–omon qirg‘oqqa yetib oldilar.


28–BOB

Malta orolida

1 Biz* qirg‘oqqa eson–omon yetib borganimizdan keyin, bildikki, bu orolning nomi Malta ekan. 2 Yerli aholi bizga g‘oyat do‘stona munosabatda bo‘ldi. Yomg‘ir yog‘ayotgani va sovuq bo‘lgani uchun ular olov yoqib, hammamizni olov atrofiga taklif qildilar.

3 Pavlus shox–shabba yig‘ib kelib, olov ustiga tashlayotganda, bir zaharli ilon issiqdan qochib, uning qo‘liga osilib qoldi. 4 Yerli aholi Pavlusning qo‘liga osilib qolgan ilonni ko‘rib bir–birlariga: “Bu odam qotil bo‘lsa kerak, u dengizdan qutulsa ham, Qasos xudosi unga yashashga imkon bermadi”, dedilar. 5 Ammo Pavlus ilonni olov ichiga silkitib otdi, o‘zi esa hech qanday zarar ko‘rmadi. 6 Aholi, hozir bu odam shishib ketadi yoki birdan yiqilib o‘ladi, deb kutardi. Ular uzoq kutdilar, lekin g‘ayritabiiy ravishda unga hech narsa bo‘lmaganini ko‘rdilar. Endi odamlar fikrlarini o‘zgartirib: “U xudo ekan”, deb ayta boshladilar.

7 O‘sha joyning yaqinida bir dala bor edi, bu dala orol boshlig‘i Publiyusga tegishli ekan. Publiyus bizni uyiga olib ketib, uch kun mehmon qildi. 8 Uning otasi ichburug‘dan isitmalab, to‘shakda yotardi. Pavlus uning xonasiga borib, ibodat qildi, unga qo‘lini qo‘yib, shifo berdi. 9 Shu voqea yuz bergandan keyin, oroldagi hamma xasta odamlar Pavlusning oldiga kelib, shifo topdilar. 10 Ular bizga ko‘p izzat–hurmat ko‘rsatdilar.

Jo‘nab ketayotganimizda esa safarimiz uchun zarur oziq–ovqatlarni kemaga joylashtirdilar.

Maltadan Rimga

11 Uch oydan keyin Iskandariyadan kelgan kema bilan dengizga chiqdik. Kema “Egizak xudolar”* deb atalardi. U orolda qishlab qolgan edi. 12 Biz Surakuz shahriga borib, u yerda uch kun turdik. 13 U yerdan suzib ketib, Regiumga keldik. Ertasi kuni janubdan shamol esa boshladi. Ikkinchi kun Puteol shahriga yetib keldik. 14 U yerda bir necha imonlilar bilan uchrashdik. Ular: “Biz bilan qolinglar”, deb iltimos qildilar.

Bir haftadan keyin biz Rimga ketdik. 15 Rimdagi imonlilar biz to‘g‘rimizda eshitib, bizni kutib olgani yo‘lga chiqishdi. Ba’zilari bilan Appiyus bozorida ko‘rishdik, boshqa birlari bilan esa Uch mehmonxona* degan joyda uchrashdik. Pavlus ularni ko‘rib,

Xudoga shukur aytdi va yanada dadillashdi. 16 Biz Rimga kelganimizdan keyin, Pavlusga*

bir askar kuzatuvida yolg‘iz yashashga ruxsat berildi.

Pavlusning Rimdagi faoliyati

17 Pavlus uch kundan keyin mahalliy yahudiylarning yo‘lboshchilarini chaqirdi. Ular

yig‘ilishgach, Pavlus dedi:

23 Ular Pavlus bilan bir kunni kelishib oldilar. O‘sha kuni ular Pavlus turgan joyga bir talay odamni boshlab keldilar. Pavlus ertalabdan kechgacha ularga Xudoning Shohligi to‘g‘risida tushuntirdi. Shuningdek, Musoning Tavrot kitobidan va Payg‘ambarlar bitiklaridan* Iso to‘g‘risida ishonchli dalillar keltirdi. 24 Ulardan ba’zilari Pavlusning aytganlariga ishondilar, boshqalari esa umuman ishonmadilar. 25 Shunday qilib, ular o‘zaro bahslashdilar. Ular ketmoqchi bo‘lib turganlarida Pavlus shunday dedi: “Muqaddas Ruh Ishayo payg‘ambar orqali ota–bobolaringizga ushbu gapni to‘g‘ri aytgan ekan:


26 «Bor, mana shu xalqqa ayt:

‘Sizlar tinglab turasiz–u, lekin hech tushunmaysiz, Qarab turasiz–u, ammo hech anglab yetmaysiz.’

27 Zero, bu xalqning aqli o‘tmas bo‘lib qoldi, Quloqlari garang bo‘ldi,

Ko‘zlarini yumib olishdi.

Aks holda, ko‘zlari ko‘rgan bo‘lardi, Aks holda, quloqlari eshitgan bo‘lardi, Aqllari anglagan bo‘lardi,

Yana Menga qaytgan bo‘lishardi,

Men ularga shifo bergan bo‘lardim.»*


28-29 Sizlarga shu ma’lum bo‘lsinki, Xudoning najoti g‘ayriyahudiylarga yuborilgan. Ular quloq soladilar*.”

30 Pavlus ijaraga olgan uyida ikki yil yashadi va uni ko‘rgani kelgan hammani qabul qildi. 31 U jasorat bilan Xudoning Shohligi haqida va’z aytib, Rabbimiz Iso Masih to‘g‘risida ta’lim berdi. Hech kim unga buni taqiqlashga urinmadi.

IZOHLAR

jamoat — Iso Masihga ishongan odamlar nazarda tutilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi JAMOAT so‘ziga qarang.

1:1-2 Ey Teofilus, birinchi kitobimda… — ya’ni Luqo bayon etgan muqaddas Xushxabarda. Mazkur kitob hamda Luqo bayon etgan muqaddas Xushxabar Teofilus uchun yozilgan (Luqo 1:1 ga qarang). Teofilus yuqori lavozim egasi bo‘lib, Xushxabar ta’limotidan boxabar edi. U haqda bundan boshqa hech qanday ma’lumot saqlanib qolmagan.

1:3 Xudoning Shohligi — Xudoning hozirgi paytda insonlar hayotidagi hukmronligi va oxiratda har bir yaratilgan mavjudotning yangilanishiga ishora. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING SHOHLIGI iborasiga qarang.

1:4 osmondagi Otam — Xudoga ishora. Iso ko‘pincha Ota unvonini Xudoga nisbatan ishlatgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan OTA so‘ziga qarang.

1:4 osmondagi Otamning bergan va’dasi — 2:33 ga va Luqo 24:49 ga qarang.

1:5 Yahyo odamlarni suvga cho‘mdirar edi… — Luqo 3:1-18 ga qarang.

1:12 Zaytun deb atalgan tog‘ — Quddus shahrining sharqiy devori bo‘ylab o‘tgan Qidron

soyligining narigi tomonidagi tepalik.

1:12 taxminan bir chaqirim masofa — yunoncha matnda Shabbat kuni masofasi, taxminan 1 kilometrga to‘g‘ri keladi. O‘sha davrda yahudiylarning Shabbat kuni haqidagi qonunni sharhlashlari bo‘yicha, Shabbat kunida faqatgina yaqin bir joyga yurish mumkin edi.

1:13 vatanparvar — bu nom Shimo‘nning Rim imperiyasiga qarshilik ko‘rsatgan avom xalq harakatining a’zosi ekaniga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin. Ushbu harakat a’zolari siyosiy, iqtisodiy va diniy maqsadlarni ko‘zlagan edilar.

1:16-17 Yahudo — Luqo 22:1-6, 47-48 ga qarang.

1:19 Xaqaldamax — oramiycha so‘z.

1:20 Zabur 68:26 ga qarang.

1:20 Zabur 108:8 ga qarang.

1:26 qur’a — qur’a tashlashda yog‘och bo‘laklari yoki toshlar ishlatilgan bo‘lib, shu orqali Xudoning xohish–irodasi aniqlangan. Ba’zan odamlar qur’a tashlab, Xudodan biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligini so‘rashgan.

2:1 Hosil bayrami — Iso O‘z shogirdlari bilan oxirgi marta Fisih taomini baham ko‘rgandan so‘ng (Luqo 22:7-8 ga qarang), 50 kun o‘tgach Hosil bayrami nishonlangan edi (Levilar 23:15-16 ga qarang).

2:10 …yahudiy diniga kirgan… — yahudiy diniga kirib, dinning hamma qonun–qoidalari va urf–odatlarini bajaradigan g‘ayriyahudiylar. Yahudiy diniga kirganlar sunnat qilinardilar. Bunday g‘ayriyahudiylar yahudiylar tomonidan g‘ayriyahudiy deb hisoblanmasdilar.

2:15 soat to‘qqiz — yunoncha matnda uchinchi soat, yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra,

kunning bu payti o‘sha soat bilan belgilanar edi.

2:17 Oxirgi kunlar — Iso Masih tirilganidan keyingi davrga ishora. Yana 1 Yuhanno 2:18, Ibroniylar 1:2, 9:26 ga qarang.

2:17-21 Yo‘el 2:28-32 ga qarang.

2:27 o‘liklar diyori — yahudiylar bu joyni, yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar

boradigan qorong‘i joy, deb tushunardi.

2:27 Taqvodoring — yunoncha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Muqaddas bo‘lganing.

2:25-28 Zabur 15:8-11 ga qarang.

2:30 O‘z naslingdan bo‘lgan bittasini taxtingga o‘tqazaman — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida O‘z naslingdan bo‘lgan bittasini — Masihni tiriltirib, taxtingga o‘tqazaman.

2:30 ont — 2 Shohlar 7:12-16, Zabur 131:11 ga qarang.

2:31 …Dovud bashorat qilgandi — shu bobning 27–oyatiga qarang.

2:33 taxtining o‘ng tomoni — o‘ng tomon muruvvat va baraka o‘rni deb hisoblangan.

2:34-35 Zabur 109:1 ga va o‘sha oyatning birinchi izohiga qarang.

2:36 Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar yozilgan. Yangi Ahdga ko‘ra Rabbimiz Iso o‘sha Masihdir. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi MASIH so‘ziga qarang.

2:42 Rabbimiz Isoni xotirlab, non sindirish — bu iboraning ma’nosi quyidagicha: imonlilar Isoning o‘limini xotirlash maqsadida yakshanba kuni kechki payt (20:7 ga qarang) birga yig‘ilib taom tanovul qilishardi.

3:1 soat uch — yunoncha matnda to‘qqizinchi soat, yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, kunning bu payti o‘sha soat bilan belgilanar edi.

3:11 Sulaymon ayvoni — oldi ochiq, keng joy. Bu ayvon Ma’bad hovlisining sharqiy devori bo‘ylab qurilgan bo‘lishi mumkin. Uning qator baland ustunlari bo‘lgan. Shoh Hirod qurdirgan bu Ma’badning loyihasi va rasmi lug‘atdan keyin ilova qilingan “Rasmlar va loyihalar” bo‘limida berilgan.

3:13 O‘zining Quli — qul so‘zi bu o‘rinda Masihning unvoni (Ishayo 42:1-4, 52:13- 53:12 ga qarang). Bu so‘z yunonchada farzand degan ma’noni ham bildiradi.

3:13 Pilat — Rim hukumati tomonidan Yahudiya viloyatiga tayinlangan hokim. U Isoni

o‘limga mahkum qilgan edi (Luqo 23:1-25 ga qarang).

3:22-23 Qonunlar 18:15, 19 ga qarang.

3:25 zurriyoting — bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha so‘z, Ibtido kitobidagi ibroniycha so‘z singari, Ibrohimning butun avlodiga yoki avlodidan kelib chiqadigan zurriyotining biriga ishora qilishi mumkin. Bu o‘rinda Butrus Ibrohimning zurriyoti bo‘lgan Iso Masihga ishora qilyapti.

3:25 Ibtido 22:18, 26:4 ga qarang.

3:26 O‘z Quli — shu bobning 13–oyatiga berilgan birinchi izohga qarang.

4:1 ruhoniy — Quddusdagi Ma’badda xizmat qiladigan e’tiborli din rahnamosi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi RUHONIY so‘ziga qarang.

4:1 Ma’bad mirshabboshisi — Ma’badni qo‘riqlash va u yerda tartib saqlash uchun mas’ul bo‘lgan yahudiy harbiysi.

4:1 sadduqiy — yahudiylarning muhim bir diniy mazhabi. Farziylardan farqli ravishda, ular og‘zaki tarqalgan urf–odatlarni qabul qilmasdilar, balki faqatgina Tavrotda yozilgan qonun–qoidalarga rioya qilardilar. Ular o‘liklarning tirilishiga ham ishonmas edilar.

To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SADDUQIY so‘ziga qarang.

4:5 bosh ruhoniylar — jamiyatning boshqa e’tiborli odamlari qatorida Oliy kengash a’zolari edilar. Oliy kengash yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi edi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi BOSH RUHONIYLAR iborasiga qarang.

4:5 Tavrot tafsirchilari — Musoning qonunini juda yaxshi bilgan ziyoli odamlar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi TAVROT TAFSIRCHISI iborasiga qarang.

4:6 Oliy ruhoniy Xanan — Xanan milodiy 6-15 yillarda oliy ruhoniy bo‘lib xizmat qilgan. Rim hukumati uni bu lavozimdan chetlatgandan keyin uning o‘rnini kuyovi Kayafas egallab, milodiy 18-37 yillarda oliy ruhoniy bo‘lib xizmat qildi. Xanan o‘z vazifasidan chetlatilganiga qaramay, xalq uni hamon oliy ruhoniy deb bilardi, u yahudiylar jamiyatida yuksak e’tibor va nufuzga ega edi (Luqo 3:2 ga qarang).

4:11 tamal toshi — qadimgi paytlarda qurilishda poydevor uchun qo‘yilgan birinchi va eng muhim tosh hisoblanardi. Bu tosh poydevorning bir burchagini hosil qilib, binoning qolgan qismi o‘sha toshning joylashuvi bo‘yicha qurilardi.

4:11 Zabur 117:22 ga qarang.

4:13 Kengash — yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi OLIY KENGASH iborasiga qarang.

4:25-26 Muallif bu o‘rinda Zabur 2:1-2 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.

4:27 Hirod — Antipas ismi bilan ham tanilgan bo‘lib, Buyuk Hirodning o‘g‘li edi. Antipas

Jalila va Pereya hududlarida hukmronlik qilgan.

4:27 Po‘ntiy Pilat — 3:13 ning ikkinchi izohiga qarang.

4:27 Quling — qul so‘zi bu o‘rinda Masihning unvoni (Ishayo 42:1-4, 52:13-53:12 ga

qarang). Bu so‘z yunonchada farzand degan ma’noni ham bildiradi.

4:27 …Isoga qarshi to‘plandilar — Luqo 23:1-25 ga qarang.

4:30 Quling — shu bobning 27–oyatiga berilgan uchinchi izohga qarang.

5:11 jamoat — Iso Masihga ishongan odamlar nazarda tutilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi JAMOAT so‘ziga qarang.

5:12 Sulaymon ayvoni — 3:11 izohiga qarang.

5:24 Ma’bad mirshabboshisi — 4:1 ning ikkinchi izohiga qarang.

5:30 yog‘och — Butrus xochga ishora qilib, Qonunlar 21:23 dagi yog‘ochga qoqilgan

odam Xudo tomonidan la’natlangandir degan gapni tinglovchilariga eslatmoqchi bo‘lgan.

5:31 …O‘zining o‘ng tomoniga o‘tqazdi — Zabur 109:1 ga qarang. O‘ng tomon muruvvat va baraka o‘rni deb hisoblangan.

5:34 farziylar — yahudiylarning muhim bir diniy mazhabi. Farziylar Tavrot qonunlariga qat’iy rioya qilardilar, og‘zaki ravishda tarqalgan urf–odatlarga hamda poklanish udumlariga izchil amal qilardilar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi FARZIY so‘ziga qarang.

6:1 oramiyzabon — bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha so‘z ibroniy tilini yoki oramiy tilini bildirishi mumkin. O‘sha paytda qadimgi Falastinda yashagan yahudiylar odatda oramiy tilida gaplashar edilar.

6:5 …yahudiy diniga kirgan… — 2:10 izohiga qarang.

6:8 Stefan Xudoning marhamatiga va ilohiy qudratga to‘lgan edi — yunoncha matndan.

Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Stefan imoni komil va ilohiy qudratga to‘lgan edi.

7:2 …Xoron…Mesopotamiya… — Xoron hozirgi Turkiyaning janubi–sharqida joylashgan shahar edi. Mesopotamiya esa Dajla va Furot daryolari orasida joylashgan hudud edi.

7:3 Ibtido 12:1 ga qarang.

7:4 Xaldeylar yurti — hozirgi Iroqning janubida, Fors qo‘ltig‘ining shimolidagi yerlar edi. Ibrohim Ur shahridan bo‘lib, Ur Xoron shahridan qariyb 900 kilometr janubi–sharqda joylashgan.

7:6-7 Ibtido 15:13-14, Chiqish 3:12 ga qarang.

7:8 sunnat ahdi — Ibtido 17:1-14 ga qarang.

7:14 yetmish besh — bu son Ibtido 46:27 ning va Chiqish 1:5 ning qadimiy yunoncha

tarjimasidan olingan. Ibroniycha matnda bu son “yetmish” deb yozilgan. Ibtido 46:20 ning qadimiy yunoncha tarjimasida matnga beshta ism qo‘shilgan (Efrayim va Manashening o‘g‘illari va nabiralari), bu ismlar ibroniycha matnda yo‘q.

7:26-28 Chiqish 2:13-14 ga qarang.

7:29 Midiyon yurti — aynan qayerda joylashgani ma’lum emas. Bu yurt Misrdan sharqda, Sinay yarim orolida yo O‘lik dengizning janubidagi yerlarda yoki hozirgi Aqaba qo‘ltig‘ining sharq tomonida joylashgan bo‘lishi mumkin.

7:30 bir farishta — Egamizning farishtasi nazarda tutilgan (Chiqish 3:2 ga qarang), ba’zan shu yo‘l bilan Xudoning O‘zi zohir bo‘lishiga ishora qilinadi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi EGAMIZNING FARISHTASI iborasiga qarang.

7:30 …buta alangasi ichida unga bir farishta zohir bo‘ldi — Chiqish 3:1-10 ga qarang.

7:37 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar Musoning gapiga qo‘shimcha qilingan: unga quloq solinglar.

7:37 Qonunlar 18:15 ga qarang.

7:40 Chiqish 32:1 ga qarang.

7:43 Mo‘lax va Rayfon — Mo‘lax Ommon xalqi sajda qilgan xudo edi, Rayfon esa

Misrliklar sajda qilgan Saturn sayyora xudosi edi.

7:42-43 Stefan bu o‘rinda Amos 5:25-27 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan

foydalangan. Amos payg‘ambar Isroil, ya’ni shimoliy shohlik aholisining miloddan oldingi 722 yilda Ossuriyaga surgun bo‘lganiga ishora qilgan. Mazkur oyatlarda esa Stefan Damashq shahri o‘rniga (Amos 5:26-27 ga qarang) Bobil nomini ishlatadi. Shu yo‘sinda u Yahudo, ya’ni janubiy shohlik aholisining miloddan oldingi 586 yilda Bobilga surgun bo‘lganiga ishora qiladi. Shu orqali Stefan Quddus va Yahudoda yashayotgan zamondoshlariga ota–bobolari Xudoga sadoqatsizlik qilganini eslatyapti.

7:44 Muqaddas ahd chodiri — yunoncha matnda Guvohlik chodiri, Muqaddas chodirning yana bir nomi. Yunoncha matndagi iboraning guvohlik so‘zi o‘nta amr yozilgan ikkita tosh lavhaga ishora qiladi. Bu tosh lavhalar Xudo va Uning xalqi o‘rtasida tuzilgan ahdning dalili, ya’ni toshga bitilgan guvohlik bo‘lib xizmat qilardi. Muso davrida bu ikki tosh lavha Muqaddas chodirdagi Ahd sandig‘ining ichida saqlanardi (Chiqish 40:20 ga qarang).

7:46 …Yoqubning Xudosiga maskan… — ba’zi yunon qo‘lyozmalaridan. Yunoncha matnda …Yoqubning xonadoniga maskan…, bu o‘rinda mazkur ibora Yoqubning avlodi Xudoga sajda qiladigan Ma’bad degan ma’noni bildiradi.

7:50 Ishayo 66:1-2 ga qarang.

7:51 Ey yuraklari, quloqlari sunnat qilinmaganlar! — sunnat Xudoning Ibrohim va uning avlodi bilan qilgan ahd belgisi edi (Ibtido 17:9-14 ga qarang). Sunnat yahudiylarning Xudoga sodiqligini va Uning tanlagan xalqiga tegishli ekanini ko‘rsatadi. Bu oyatdagi “yuraklari, quloqlari sunnat qilinmaganlar” iborasi ko‘chma ma’noda ishlatilib, tuzilgan ahdning tashqi belgisi bo‘lgan jismoniy sunnat yetarli emasligini ko‘rsatadi. Stefan bu so‘zlari bilan o‘sha yahudiy yo‘lboshchilari ham o‘z ota–bobolari singari, Xudoga sadoqatsiz va itoatsiz ekaniga urg‘u beryapti.

7:52 Solih Zot — Iso Masihga ishora.

7:53 o‘sha qonun sizlarga farishtalar orqali berilgani — Qonunlar 33:2-4, Galatiyaliklar 3:19, Ibroniylar 2:2 ga qarang.

7:55 o‘ng tomoni — o‘ng tomon muruvvat va baraka o‘rni deb hisoblangan.

7:56 Inson O‘g‘li — Iso Masih ko‘pincha O‘ziga nisbatan ishlatgan unvon. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi INSON O‘G‘LI iborasiga qarang.

7:58 Shoul — Pavlus ismi bilan tanilgan, u keyinchalik havoriy bo‘lgan (13:9 ga va o‘sha

oyatning izohiga qarang).

8:1 Shoul — Pavlus ismi bilan tanilgan, u keyinchalik havoriy bo‘lgan (13:9 ga va o‘sha

oyatning izohiga qarang).

8:5 Filip — 6:1-6 ga qarang.

8:5 Samariyaning bosh shahri — yunoncha matnda Samariyaning shahri. O‘sha paytda Samariya shaharning emas, balki bir hududning nomi bo‘lgan. Muallif Samariyadagi asosiy bir shaharga, ya’ni Sebastiyaga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin.

8:14 Samariya aholisi — yahudiylar va Samariyaliklar uzoq vaqt davomida bir–birlariga dushman bo‘lib kelganlar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SAMARIYALIK so‘ziga qarang.

8:27 Habashiston malikasi — yunoncha matnda Habashiston malikasi Kandaki. Fir’avn

so‘ziga o‘xshab, Kandaki so‘zi unvon bo‘lgan, bu malikaning ismi emas edi.

8:32-33 Muallif bu o‘rinda Ishayo 53:7-8 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.

8:36-37 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar 37–oyatni tashkil etib, qo‘shimcha qilingan: Filip unga dedi: “Agar butun qalbingiz bilan ishonsangiz, bo‘ladi.” Amaldor dedi: “Iso Masih — Xudoning O‘g‘li deb ishonaman.”

8:39 …Egamizning Ruhi to‘satdan Filipni olib ketdi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Muqaddas Ruh amaldorni qamrab oldi va Egamizning bir farishtasi to‘satdan Filipni olib ketdi.

8:40 Azotus shahri — Ashdod nomi bilan ham ma’lum. Bu shahar Filistiyada, O‘rta yer

dengizi yaqinida joylashgan edi.

8:40 Qaysariya — Azotusdan 80 chaqirim masofada, O‘rta yer dengizi bo‘yida

joylashgan shahar.

9:1 Shoul — Pavlus ismi bilan tanilgan, u keyinchalik havoriy bo‘lgan (13:9 ga va o‘sha

oyatning izohiga qarang).

9:5 Hazratim! — yunoncha matnda Kurios!. Bu o‘rinda obro‘–e’tiborli insonga nisbatan ishlatiladigan so‘z sifatida qo‘llangan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan RABBIY, RABBIM, RABBIMIZ… so‘ziga qarang.

9:5 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar 5–oyatning oxiriga va 6–oyatning boshiga qo‘shimcha qilingan: “…Ho‘kiz o‘z egasining tayog‘ini tepib, o‘ziga zarar keltirganday, sen ham Menga qarshi chiqib, o‘zingga zarar keltiryapsan.” 6 Shoul vahimaga tushib, titroq bilan: “Yo Rabbim, nima qilishimni buyurasan?” — dedi. Rabbimiz unga:….

9:11 Tarsus — 21:39 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

9:20 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

9:25 shahar devoridagi deraza — qadimgi paytlarda shaharlarning baland, qalin devorlari bo‘lgan. Bu devorlar shaharni bosqinchilar hujumlaridan himoya qilardi. Ba’zan shahar devorlari ustiga uylar qurilgan. Shoul mana shunday bir uyning derazasidan pastga tushirilgan bo‘lishi mumkin.

9:27 Barnabo — 4:36 ga qarang.

9:30 Qaysariya — Quddusdan 90 kilometr shimoli–g‘arbda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan shahar. U yerda Pavlus kemaga tushib, Tarsusga yo‘l olgan (21:39 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

9:32 Lo‘d shahri — Quddusdan 30 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan.

9:36 Yaffa shahri — Lo‘ddan 15 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan.

9:36 …Tavita…Do‘rkas… — Tavita uning oramiycha ismi edi. Ikkala tilda ham bu

ismlarning ma’nosi — ohu.

9:39 Tavita — yunoncha matnda Do‘rkas (shu bobning 36–oyatiga qarang).

9:43 ko‘nchi — hayvonlarning xom terisiga ishlov beradigan kosib.

10:1 Qaysariya — Quddusdan 90 kilometr shimoli–g‘arbda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan muhim shahar. Bu shahar Rim imperiyasiga qarashli bo‘lgan Yahudiya viloyatining poytaxti edi.

10:2 …Xudodan qo‘rqardi — muallif bu iborani yahudiylarning Xudosiga sajda qilgan g‘ayriyahudiylarga nisbatan ishlatgan. Ular yahudiy dinining qonun–qoidalarini bajarar edilar va ularning urf–odatlariga rioya qilardilar, ammo sunnat qilinmagan edilar

(11:3 ga qarang).

10:3 soat uch — yunoncha matnda to‘qqizinchi soat, yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, kunning bu payti o‘sha soat bilan belgilanar edi. Shu bobning 30–oyatida ham bor.

10:5 Butrus degan odam — yunoncha matnda Butrus degan Shimo‘n (shu bobning 18, 32–oyatlarida ham bor). Iso Masih Shimo‘nga Butrus ismini bergan edi (Mark 3:16, Luqo 6:14 ga qarang). Ba’zan u haqda so‘z yuritilganda, ikkala ism ham birgalikda ishlatiladi.

10:6 ko‘nchi — 9:43 izohiga qarang.

10:6 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: Uning senga aytadigan so‘zlaridan o‘zing bilan butun xonadoning najot topasizlar.

10:9 tush payti — yunoncha matnda oltinchi soat, yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, kunning bu payti o‘sha soat bilan belgilanar edi.

10:9 …tomga chiqqan edi — u zamonlarda uylarning tomi tekis bo‘lib, odamlar tomga

chiqib dam olishardi.

10:14 harom yoki nopok narsalar — Muso qonunlariga ko‘ra, harom hisoblangan, yeyish

man etilgan jonivorlar (Levilar 11:1-47 ga qarang).

10:30 …xuddi shu paytda — soat uchlarda uyimda ibodat qilayotgan edim. Birdan… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida …xuddi shu paytda uyimda ro‘za tutayotgan edim. Soat uchlarda ibodat qilayotganimda, birdan….

10:32 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar farishtaning gapiga qo‘shimcha qilingan: Uning senga aytadigan so‘zlari bor.

10:39 yog‘och — 5:30 izohiga qarang.

10:45 yahudiy imonlilar — yunoncha matnda sunnat qilingan imonlilar, Iso Masihga ishongan yahudiylar nazarda tutilgan.

10:46 boshqa — yoki noma’lum. Yana 2:4-8 ga qarang.

11:2 yahudiy imonlilar — yunoncha matnda sunnat qilinganlar, Iso Masihga ishongan yahudiylar nazarda tutilgan. Bu o‘rinda ularning Muso qonunlariga, ayniqsa sunnat haqidagi amriga (Ibtido 17:9-14 ga qarang), qat’iy rioya qilayotganlariga ishora bo‘lishi mumkin.

11:8 harom yoki nopok narsalar — 10:14 izohiga qarang.

11:13 Butrus degan odam — yunoncha matnda Butrus degan Shimo‘n. 10:5 izohiga qarang.

11:16 degan so‘zlari — 1:5 ga qarang.

11:20 Antioxiya — Rim imperiyasiga qarashli Suriya viloyatining poytaxti. Bu shahar

butun Rim imperiyasida buyuk shaharlarning orasida uchinchi o‘rinda turgan.

11:20 g‘ayriyahudiylar — yunoncha matnda yunonzabonlar, ya’ni yahudiy bo‘lmagan, lekin yunon tilida so‘zlashuvchi, yunon urf–odatlariga rioya qiluvchi odamlar nazarda tutilgan. Ular yahudiylarning Xudosiga sajda qiladigan, “Xudodan qo‘rqadigan” deb nom olgan g‘ayriyahudiylar bo‘lsa kerak (10:2 izohiga qarang).

11:25 Shoul — Pavlus ismi bilan tanilgan (13:9 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

11:28 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon.

11:28 Klavdiy — milodiy 41-54 yillarda hukmronlik qilgan.

12:1 Hirod — Hirod Agrippa I ismi bilan ham tanilgan bo‘lib, Buyuk Hirodning o‘g‘li edi.

12:2 Yoqub — Iso Masihning o‘n ikki shogirdidan biri (1:13 ga qarang).

12:4 Fisih bayrami — Fisih ziyofatiga va undan keyin yetti kun davomida nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayramiga ishora (shu bobning 3–oyatiga qarang). Bu bayramlar Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod bo‘lishi munosabati bilan nishonlanar edi (Chiqish 12:1-42, 13:3-10 ga qarang).

12:15 U Butrusning farishtasi — yahudiylarning tasavvuriga ko‘ra har bir odamni qo‘riqlaydigan bir farishtasi bo‘lib, shu farishta o‘zi qo‘riqlaydigan odamning qiyofasida boshqalarga zohir bo‘lar ekan. Muqaddas Kitobdagi ba’zi oyatlarda farishtalar, odamlarga yordam berish uchun yuborilgan elchilar, deb yozilgan, ammo bundan tashqari farishtalarning aniq vazifasi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan (Ibtido 48:16, Matto 18:10-11, Ibroniylar 1:4 ga qarang).

12:17 Yoqub — Isoning shogirdi Yoqub emas (shu bobning 2–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang), balki Quddusdagi jamoatning yetakchisi va Isoning ukasi Yoqub nazarda tutilgan (15:13, 21:18 ga va Mark 6:3, Galatiyaliklar 1:18-19 ga qarang).

12:19 …Yahudiyadan Qaysariyaga… — bu o‘rinda Yahudiya Rim imperiyasi tarkibidagi Yahudiya viloyatini emas, balki yahudiylar yashaydigan hududni bildiradi (Eski Ahdda bu hudud Yahudo deb atalgan). Qaysariya Yahudiya viloyatining poytaxti bo‘lib, Quddusdan 90 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan edi.

12:25 Shoul — Pavlus ismi bilan tanilgan (13:9 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

12:25 …Quddusda topshiriqni bajarib bo‘lishgach… — 11:27-30 ga qarang.

13:1 viloyat hukmdori — yunoncha matnda tetrarx. Bu unvon Rim imperiyasi tomonidan joriy qilingan bo‘lib, hokimiyati cheklangan va faqat Rim hukumati ruxsati bilan ish yuritadigan hukmdorga nisbatan qo‘llanilgan. Avom xalq orasida bunday hukmdor shoh deb atalar edi (misol uchun, Matto 14:9, Mark 6:14 ga qarang).

13:1 Hirod — 4:27 ning birinchi izohiga qarang.

13:1 Shoul — Pavlus ismi bilan tanilgan (shu bobning 9–oyatiga va o‘sha oyatning

izohiga qarang).

13:4 …Barnabo bilan Shoul yo‘lga tushdilar — Pavlusning Xushxabar yoyish maqsadida

qilgan birinchi safarining boshlanishi (“Xaritalar” bo‘limiga qarang). Ular Antioxiyaga

qaytib kelganlarida bu safar yakunlangan (14:26-28 ga qarang).

13:4 Selevkiya shahri — Antioxiyadan qariyb 20 kilometr g‘arbda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan.

13:5 Yuhanno — Mark ismi bilan ham tanilgan (12:12, 25 ga qarang).

13:7 orolning hokimi Sergiyus Pavlus — Rim hukumati tomonidan tayinlangan hokim.

13:9 Shoul, ya’ni Pavlus — Pavlusning ibroniycha ismi Shoul, lotincha ismi Pavlus

bo‘lgan. Kitobning shu joyidan boshlab, muallif uni Pavlus deb ataydi.

13:13 Yuhanno — Mark ismi bilan ham tanilgan (12:12, 25 ga qarang).

13:15 Tavrot va Payg‘ambarlar bitiklari — Tavrot (Musoning qonuni degan nom bilan ham yuritiladi) va Payg‘ambarlar bitiklari (uning tarkibiga ba’zi tarixiy kitoblar ham kirgan) Eski Ahd to‘plamining ikkita qismini nazarda tutgan.

13:16 …Xudodan qo‘rqadigan… — 10:2 izohiga qarang.

13:18 …Xudo ularning sahrodagi qilmishlariga chidadi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Xudo sahroda ularga g‘amxo‘rlik qilgan.

13:19 yetti elat — Qonunlar 7:1-2 ga qarang.

13:20 450 yil — Isroil xalqining Misrda bo‘lgan vaqtini (Ibtido 15:13 ga qarang), Sinay sahrosida yurgan paytlarni (Sahroda 32:13 ga qarang) va Kan’on yurtini bosib olgan va qabilalarga bo‘lib bergan paytni o‘z ichiga oladi.

13:22 1 Shohlar 13:14, Zabur 88:21 ga qarang.

13:25 Yahyo…degan edi — Yuhanno 1:20, Luqo 3:15-16 ga qarang.

13:28 Pilat — 3:13 ning ikkinchi izohiga qarang.

13:29 yog‘och — 5:30 izohiga qarang.

13:32-33 Zabur 2:7 ga qarang.

13:34 Muallif bu o‘rinda Ishayo 55:3 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan. 13:35 Taqvodoring — yunoncha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Muqaddas bo‘lganing. 13:35 Zabur 15:10 ga qarang.

13:41 Muallif bu o‘rinda Xabaqquq 1:5 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.

13:43 …yahudiy diniga kirgan… — 2:10 izohiga qarang.

13:47 Ishayo 49:6 ga qarang.

13:50 …Xudodan qo‘rqadigan… — 10:2 izohiga qarang.

13:51 …ogohlantirish tariqasida oyoqlarining changini qoqib… — odamlar Xudoning elchilarini rad etganlari uchun, havoriylar oyoqlaridagi changni qoqib ketardilar.

Havoriy Pavlus ham shunga o‘xshash harakatni ishlatgan (18:6 ga qarang). Bu harakat o‘sha odamlarning ayanchli qismatini, ya’ni Xudo tomonidan rad etilishini va Uning shohligidan benasib qolish xavfini anglatardi.

14:1 Ikoniya shahri — Ikoniya, Listra va Darba shaharlari Likoniyada joylashgan edi (shu bobning 6–oyatiga qarang). Likoniya Rimning Galatiya viloyatidagi bir tuman

bo‘lgan.

14:1 g‘ayriyahudiylar — yunoncha matnda yunonlar. O‘sha davrda yunonlar so‘zi nafaqat millati yunon bo‘lgan, balki yunon tilida so‘zlashuvchi, yunon urf–odatlariga rioya qiluvchi odamlarga nisbatan ham ishlatilgan. Sinagogalarga borib, u yerdagi marosimlarda qatnashadigan g‘ayriyahudiylar “Xudodan qo‘rqadiganlar” deb atalgan (10:2 izohiga qarang).

14:10 O‘rningdan tur! — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Rabbim Iso

Masih nomidan senga aytaman: o‘rningdan tur!

14:12 …Zevs…Xermes… — qadimdagi yunonlarning xudolaridan ikkitasi. Zevs — oliy xudo, Xermes esa hamma xudolarning, xususan Zevsning elchisi hisoblangan.

14:14 …kiyimlarini yirtdilar… — bu harakat yuz berayotgan voqeadan ularning

hayratlanib, iztirobga tushganlarini ko‘rsatadi.

14:18 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: va ularni uy–uylariga yubordilar. O‘zlari esa yana shu yerda ta’lim berishni davom etdilar.

14:19 …kelib, xalqni o‘zlariga og‘dirib oldilar. Ular… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida …u yerga keldi. Havoriylar jasorat bilan va’z aytib turganda, o‘sha yahudiylar: “Ular biron haqiqatni aytishgani yo‘q, hamma so‘zlari yolg‘on”, deb xalqni havoriylardan yuz o‘girishga undadilar. Xalqni o‘zlariga og‘dirib olgach, ular….

14:26 …jamoat ularni…Xudoning marhamatiga topshirgan edi — 13:1-3 ga qarang.

15:1 Yahudiyadan bir necha odam — Iso Masihga ishongan yahudiylar bo‘lib, ular Muso qonunlariga, ayniqsa sunnat haqidagi amriga (Ibtido 17:9-14 ga qarang), qat’iy amal qilishardi.

15:4 …qilgan ishlarini… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida …qilgan ishlarini, Xudo g‘ayriyahudiylarga imon eshigini qanday ochganini….

15:13 Yoqub — 12:17 izohiga qarang.

15:14 Butrus — yunoncha matnda Shimo‘n, Butrusning yana bir ismi (10:5 ga qarang).

15:16-18 Muallif bu o‘rinda Amos 9:11-12 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.

15:20 Butlarga keltirilgan qurbonlikning go‘shtini tanovul qilishdan… — 1 Korinfliklar 8:1-13, 10:23-32 oyatlarga va 1 Korinfliklar 8:1 izohiga qarang.

15:20 fahsh–zino — g‘ayriyahudiylar orasida keng tarqalgan bo‘lib, butparastlarning diniy marosimlaridan o‘rin olgan.

15:20 …qoni chiqarilmagan hayvonning go‘shtini yeyishdan… — yunoncha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …bo‘g‘ib o‘ldirilgan hayvonning go‘shtini va qonini tanovul qilishdan…. Bularning ikkalasi ham aslida bir g‘oyani — qoni chiqarilmagan go‘shtni yemaslikni bildiradi (Ibtido 9:4, Levilar 17:10-14 ga qarang). Bunday go‘shtni taqvodor yahudiylar oldida yeyish ularni haqoratlash bilan teng bo‘lardi.

15:20 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: va o‘zlaringiz uchun istamagan narsani o‘zgaga qilmanglar (shu bobning 29–oyatida ham bor).

15:23 Antioxiya, Suriya va Kilikiya — bu paytda Suriya va Kilikiya Rim imperiyasi

tarkibidagi bir viloyat hisoblangan, Antioxiya shu viloyatning eng katta shahri bo‘lgan.

15:24 …sizlarni xavotirga solibdi, yuraklaringizni g‘ash qilibdi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida sizlarni xavotirga solibdi, sunnat qilinishingiz kerak, Musoning Qonuniga rioya qilishingiz kerak, deb yuraklaringizni g‘ash qilibdi.

15:29 …sizlar…o‘zlaringizni tiyinglar — shu bobning 20–oyatiga berilgan izohlarga qarang.

15:33-34 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar 34–oyatni tashkil etib, qo‘shimcha qilingan: Ammo Silas u yerda qolishga qaror qildi. Boshqa bitta yunon qo‘lyozmasida esa shu o‘ringa quyidagi so‘zlar qo‘shimcha qilingan: Ammo Silas, bu yerda qolamiz, deb qaror qildi, Yahudo bir o‘zi Quddusga qaytdi.

15:38 Mark ularni Pamfiliyada qoldirib… — 13:13 ga qarang.

15:40 …ular yo‘lga chiqdilar — Pavlusning Xushxabar yoyish maqsadida qilgan ikkinchi safarining boshlanishi (“Xaritalar” bo‘limiga qarang). Pavlus Antioxiyaga qaytib kelganda bu safar yakunlangan (18:22 ga qarang).

16:3 …yahudiylar sababli uni sunnat qildirdi — 2:10 izohiga qarang.

16:8 Troas — Makedoniyaning qarshi tomonida, Egey dengizi bo‘yida joylashgan

shahar.

16:10 biz — safarning mana shu qismida mazkur kitob muallifi Luqo Pavlus bilan birga bo‘lgan (shu bobning 10-17–oyatlariga qarang). 20:5-15, 21:1-18, 27:1-28:16 da ham bor.

16:12 Makedoniya viloyatining Birinchi tumanidagi shahar — yoki Makedoniya

viloyatining o‘sha qismidagi muhim bir shahar.

16:14 xudojo‘y — muallif bu so‘zni yahudiylarning Xudosiga sajda qilgan g‘ayriyahudiylarga nisbatan ishlatgan (10:2 izohiga qarang).

16:37 Rim fuqarosi bo‘lsak ham… — Rim fuqarolari qilgan jinoyatlari uchun sud qilinmasdan oldin jazoga tortilmas edilar. Hattoki, Rim fuqarosi birorta jinoyatda aybdor, deb topilgan bo‘lsa ham uni kaltaklash qonunga xilof edi. Yana 22:22-29 ga qarang.

17:2 Muqaddas bitiklar — odatda Eski Ahd kitoblari to‘plami shu nom bilan ataladi.

17:4 …Xudodan qo‘rqadigan… — 10:2 izohiga qarang.

17:4 g‘ayriyahudiylar — yunoncha matnda yunonlar (shu bobning 12, 17–oyatlarida ham bor). 14:1 ning ikkinchi izohiga qarang.

17:7 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon.

17:9 garov — bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha so‘z Pavlus va Silas birorta tashvish qo‘zg‘atmay shahardan chiqib ketsa, Yasonga qaytariladigan to‘lovni bildiradi.

17:15 …uni Afinagacha olib borib qo‘ydilar — ular Egey dengizi bo‘ylab kemada, keyin esa piyoda Afinaga borgan bo‘lishi mumkin.

17:18 epikurchi va stoik faylasuflar — falsafiy aqida bo‘yicha bir–biriga zid ikki ta’limot. Epikurchilarning ta’limotiga ko‘ra eng ezgu narsa bu — betashvish, lazzatli va azob–

uqubatdan xoli bo‘lgan hayot. Stoiklarning ta’limotiga ko‘ra esa eng ezgu narsa bu — o‘zini tiyish, burchni vijdonan bajarish, taqdir zarbalariga bardoshli bo‘lish, mo‘tadillik va sabr–toqat.

17:18 Pavlus…va’z qilayotgani uchun ular shunday deb aytardilar — matndagi o‘liklardan tirilish iborasi yunon tilida “anastasis” deb aytiladi. Pavlus nutqida “anastasis” so‘zini ishlatgani uchun, tinglovchilar bu so‘zni birorta xudoning nomi deb tushungan bo‘lishlari mumkin. Ehtimol, shu sababdan ular, Pavlus “Iso va Anastasis” haqida gapiryapti, deb o‘ylangandirlar.

17:28 …bir odamning aytishi bo‘yicha… — bu oyatda Pavlus Afinaliklarga tanish bo‘lgan

qadimiy shoirlardan ikkitasining she’ridan misol keltirgan. 18:2 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon. 18:2 Klavdiy — milodiy 41-54 yillarda hukmronlik qilgan.

18:4 g‘ayriyahudiylar — yunoncha matnda yunonlar (14:1 ning ikkinchi izohiga qarang). Sinagogalarga borib, u yerdagi marosimlarda qatnashadigan g‘ayriyahudiylar “Xudodan qo‘rqadiganlar” deb atalgan (10:2 izohiga qarang).

18:6 Pavlus kiyimlaridan changni qoqdi–da… — 13:51 izohiga qarang.

18:7 Titas Yustus — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Yustus.

18:7 xudojo‘y — muallif bu so‘zni yahudiylarning Xudosiga sajda qilgan g‘ayriyahudiylarga nisbatan ishlatgan (10:2 izohiga qarang).

18:12 Gallion Axaya viloyatiga hokimlik qilgan paytlarda… — Gallion milodiy 51-52

yillarda Rim imperiyasiga qarashli Axaya viloyatining hokimi bo‘lgan.

18:18 Pavlus Xudoga ont ichgani uchun…sochini oldirdi — Pavlusning ma’lum bir muddat davomida sochini oldirmaslik haqida bergan alohida bir va’dasiga ishora qilinayotgan bo‘lishi mumkin. Ehtimol, Pavlus bu va’dani Xudodan himoya so‘rab ibodat qilayotganda bergandir (shu bobning 9-11–oyatlariga qarang). O‘sha muddat tugagandan keyin Pavlus Xudoga shukrona sifatida sochini oldirgan.

18:19-21 Xudo xohish bildirsa… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Yaqinlashib kelayotgan bayramni men albatta Quddusda nishonlashim kerak. Ammo Xudo xohish bildirsa….

18:23 …yana yo‘lga chiqdi… — Pavlusning Xushxabar yoyish maqsadida qilgan uchinchi safarining boshlanishi (“Xaritalar” bo‘limiga qarang). Pavlus Quddusga qaytib kelganda bu safar yakunlangan (21:12-17 ga qarang).

18:24 Muqaddas bitiklar — odatda Eski Ahd kitoblari to‘plami shu nom bilan ataladi.

18:25 …faqatgina Yahyoning ta’limotini bilardi — Apollos hali Iso Masih nomi bilan suvga cho‘mdirilish haqida eshitmagan edi. 2:37-38, 19:1-5 ga va Luqo 3:1-18 ga qarang.

19:6 boshqa — yoki noma’lum. Yana 2:4-8 ga qarang.

19:10 g‘ayriyahudiylar — yunoncha matnda yunonlar (shu bobning 17–oyatida ham bor). 14:1 ning ikkinchi izohiga qarang.

19:17 g‘ayriyahudiylar — yunoncha matnda yunonlar. 14:1 ning ikkinchi izohiga

qarang.

19:19 kumush tanga — yunoncha matnda kumush bo‘lak, draxma deb atalgan yunon tangasiga ishora. Draxma yunon tangasi edi. Qiymati Rimdagi bir dinor qiymatiga teng kelar edi. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi.

19:24 Artemis — Artemida ismi bilan ham tanilgan, Efesda sajda qilingan hosildorlik ma’budasining mahalliy ifodasi. Artemisning buyuk ma’badi dunyoning yettita mo‘jizalaridan biri bo‘lib, Efes shahrining yaqinida joylashgan edi.

19:35 osmondan tushgan haykal — bu tasvirni odamlar jannatdan yuborilgan, tabarruk

deb hisoblashardi. Ehtimol, Artemisning dastlabki tasviri meteor bo‘lgandir.

20:2 Yunoniston — Rim imperiyasiga qarashli Axaya viloyatiga ishora. Pavlus

Axayaning poytaxti Korinfda birmuncha vaqt turgan bo‘lishi mumkin.

20:5 biz — 16:10 izohiga qarang.

20:6 Xamirturushsiz non bayrami — 12:4 izohiga qarang.

20:7 Rabbimiz Isoni xotirlab, non sindirish — 2:42 izohiga qarang.

20:15 …Samos oroliga, uning ertasiga… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Samos oroliga o‘tib, Trogillion shahrida to‘xtagandan keyin, yana bir kundan so‘ng….

20:21 g‘ayriyahudiylar — yunoncha matnda yunonlar. 14:1 ning ikkinchi izohiga qarang.

20:35 Rabbimiz Iso aytgan shu so‘zlar — bu so‘zlar Yangi Ahd tarkibidagi to‘rtta “Xushxabar” kitoblariga kiritilmagan, chunki Isoning qilgan ishlari va aytgan so‘zlarining hammasi ham yozib qoldirilmagan (Yuhanno 20:30-31 ga qarang).

21:1 Biz — 16:10 izohiga qarang.

21:3 Finikiya — yunoncha matnda Suriya. O‘sha davrda Finikiya Rim imperiyasiga qarashli Suriya viloyatining bir qismi edi. Hozirgi Livan mamlakatining dengiz bo‘yidagi hududi.

21:8 yetti kishi — 6:1-6 ga qarang.

21:10 Xagabus — 11:27-28 ga qarang.

21:11 g‘ayriyahudiylar — o‘sha davrda Yahudiyada hukmronlik qilgan Rim imperiyasi

amaldorlariga ishora.

21:18 Yoqub — 12:17 izohiga qarang.

21:21 …bolalaringizni sunnat qilmanglar… — sunnat Xudoning Ibrohim va uning avlodi bilan qilgan ahd belgisi edi (Ibtido 17:9-14 ga qarang). Sunnat yahudiylarning Xudoga sodiqligini va Uning tanlagan xalqiga tegishli ekanini ko‘rsatadi.

21:23 nazr atagan to‘rtta odam — bu erkaklar ma’lum bir muddat davomida sharob ichmaslikka va sochlarini oldirmaslikka ont ichgan edilar. Bu ont ularning Xudoga nazr sifatida bag‘ishlanganini ko‘rsatar edi (Sahroda 6:1-21 ga qarang). Belgilangan muddat o‘tgandan keyin ular sochini oldirib, uni qurbonlikka qo‘shib Ma’badda nazr qilishlari kerak edi. Boshqa bir odam, nazr atagan odamga pul berib, qurbonlik qilinadigan hayvonni sotib olish uchun yordam ko‘rsatishi mumkin edi. Bu yordam xudojo‘ylik va

saxiylik belgisi edi. Pavlus yahudiy dinining rasm–rusumlariga qarshi emasligini ko‘rsatish maqsadida, o‘sha to‘rtta odam bilan birga ontni bajarib, qurbonliklarning barcha xarajatlarini o‘zi to‘lagan.

21:25 …biz ularga maktub jo‘natib… — 15:23-29 ga qarang.

21:25 Butlarga keltirilgan qurbonlik go‘shtini va qoni chiqarilmagan hayvon go‘shtini

tanovul qilishdan hamda fahsh–zinodan… — 15:20 ning izohlariga qarang.

21:28 g‘ayriyahudiylar — yunoncha matnda yunonlar. 14:1 ning ikkinchi izohiga qarang.

21:28 …u g‘ayriyahudiylarni Ma’badga olib kelib… — Ma’badning faqatgina yahudiylar kirishi mumkin bo‘lgan joylari nazarda tutilgan. G‘ayriyahudiylar faqatgina Ma’badning “g‘ayriyahudiylar hovlisi” deb atalgan tashqi hovlisiga kira olar edilar. Ma’badning ichki hovlisiga kirgan g‘ayriyahudiylar o‘limga mahkum qilinardilar. Ma’badda bu haqda ogohlantiruvchi yozuvlar bo‘lgan. G‘ayriyahudiylarni Ma’badning ichki hovlisiga olib kirgan inson ham o‘limga mahkum qilinishi mumkin edi. Shoh Hirod qurdirgan bu Ma’badning loyihasi va rasmi lug‘atdan keyin ilova qilingan “Rasmlar va loyihalar” bo‘limida berilgan.

21:34 qal’a — Rim sipohlari joylashgan Antoniya qal’asi nazarda tutilgan. Bu qal’a Ma’badning shimoli–g‘arb tomonida joylashgan edi.

21:39 Tarsus shahri — Rim imperiyasiga qarashli Kilikiya viloyatining poytaxti bo‘lgan. Hozirgi Turkiyaning janubida, O‘rta yer dengizi yaqinida joylashgan edi. Bu shahar savdo markazi bo‘lib, u yerda ko‘plab o‘quv yurtlari bor edi.

21:40 oramiy tili — bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha so‘z ibroniy tilini yoki oramiy tilini bildirishi mumkin. O‘sha paytda qadimgi Falastinda yashagan yahudiylar oramiy tilida gaplashar edilar.

22:2 oramiycha — 21:40 izohiga qarang.

22:3 Tarsus shahri — 21:39 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

22:3 Gamaliyol — mashhur yahudiy olimi va tafsirchisi (5:33-40 ga qarang).

22:7 Shoul — Pavlus ismi bilan tanilgan (13:9 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

22:9 …nurni ko‘rardilar–u… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida nurni

ko‘rib qo‘rqishgan bo‘lsa–da.

22:14 Solih Zot — Iso Masihga ishora.

22:20 Shohiding… — yoki Shahiding…, bu o‘rindagi yunoncha so‘z shohid va shahid ma’nolarini ifodalayotgan bo‘lishi mumkin. 7:54-8:1 ga qarang.

22:25 Rim fuqarosi — 16:37 izohiga qarang.

23:5 Chiqish 22:28 ga qarang.

23:9 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: biz Xudoga qarshilik ko‘rsatmaylik.

23:10 qal’a — 21:34 izohiga qarang.

23:23 Qaysariya — Quddusdan 90 kilometr shimoli–g‘arbda, O‘rta yer dengizi bo‘yida

joylashgan muhim shahar. Bu shahar Rim imperiyasiga qarashli bo‘lgan Yahudiya

viloyatining poytaxti edi.

23:24 hokim Feliks — Rim imperiyasiga qarashli Yahudiya viloyatining hokimi.

23:30 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: Salomat bo‘ling.

23:31 Antipatris shahri — Quddusdan 60 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan.

23:35 Hirodning saroyi — aslida Buyuk Hirod tomonidan qurilgan. Saroy bu davrda Rim

imperiyasiga qarashli Yahudiya viloyati hokimlarining idorasi bo‘lgan.

24:1 Qaysariya — 23:23 izohiga qarang.

24:1 hokim — Feliks, Rim imperiyasiga qarashli Yahudiya viloyatining hokimi.

24:5 nasroniylar mazhabi — nasroniy nomi Iso ulg‘aygan shahar Nosiraning nomidan kelib chiqqan. Bu davrda ko‘p odamlar masihiylarni yahudiy dinining bir mazhabi deb hisoblardilar.

24:6-7 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar 6–oyatning oxirini, 7–oyatni va 8–oyatning boshini tashkil etib, qo‘shimcha qilingan: Uni o‘z qonunimizga ko‘ra, sud qilmoqchi bo‘ldik. 7 Lekin mingboshi Lisiyas kelib, uni zo‘rlik bilan qo‘limizdan tortib olib, 8 sizning qoshingizga yubordi. Biz ham sizning huzuringizga kelib, unga ayb qo‘yishimizni buyurdi.

24:14 Tavrot…Payg‘ambarlar bitiklari… — odatda yahudiylar, Eski Ahd to‘plami uch qismdan iborat, deb aytadilar. Bu uch qism quyidagilardir: Tavrot (Musoning qonuni degan nom bilan ham yuritiladi), Payg‘ambarlar bitiklari (uning tarkibiga ba’zi tarixiy kitoblar ham kirgan) va Bitiklar (Zabur bu qismning birinchi kitobidir). Yahudiylar ba’zan dastlabki ikki qism “Tavrot va Payg‘ambarlar bitiklari” deganda butun Eski Ahd to‘plamini nazarda tutadilar.

24:24 Drusilla yahudiy edi — u Hirod Agrippa II ning va Vernikaning singlisi bo‘lgan

(25:13 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

25:1 Qaysariya — 23:23 izohiga qarang.

25:8 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon.

25:11 …men Qaysarning hukmini talab qilaman — Pavlus Rim fuqarosi bo‘lgan, shuning uchun o‘z da’vosini Rim imperatori eshitishini talab qilishga haqi bor edi. Bu davrda Rim imperatori Neron edi.

25:13 …shoh Agrippa…Vernika… — Agrippa yana Hirod Agrippa II nomi bilan ham tanilgan edi. U Buyuk Hirodning avlodi bo‘lib, hududning Rim hukumati tomonidan belgilab berilgan qismlarida hukmronlik qilardi. Vernika uning singlisi edi, ularning otasi Hirod Agrippa I edi (12:1 ga qarang).

26:1 Agrippa — 25:13 izohiga qarang.

26:6 …umid qilganim… — Pavlus bu o‘rinda o‘liklarning tirilishi haqidagi Eski Ahdda ayon qilingan ishonchga ishora qilyapti (misol uchun, Zabur 15:9-11, Ishayo 26:19, Doniyor 12:2, Luqo 20:37-38 ga qarang). Farziylar ham bunga ishonganlar (23:6-8, 24:12-15, 20-21 ga qarang). Istehzoli tomoni shundaki, Pavlus Iso Masihning o‘likdan tirilganiga ishongani uchun yahudiylar tomonidan hukm qilinayotgan edi. Ammo Masihning o‘likdan tirilishi yahudiylar anchadan beri intizorlik kutganlarining ro‘yobga

chiqishining boshlanishi edi (shu bobning 22-23–oyatlariga qarang).

26:7 xalqimizning o‘n ikki qabilasi — Ibrohimning nabirasi Yoqubning o‘n ikki o‘g‘lidan

kelib chiqqan butun yahudiy xalqiga ishora.

26:14 oramiy tili — 21:40 izohiga qarang.

26:14 Shoul — Pavlus ismi bilan tanilgan (13:9 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

26:22 payg‘ambarlarning va Musoning aytganlari — Luqo 24:25-27 ga qarang. Yana 24:14 izohiga qarang.

26:32 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon.

26:32 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: Shunday qilib, hokim uni Qaysar oldiga yuborishga qaror qildi.

27:1 Biz — 16:10 izohiga qarang.

27:1 …Italiyaga… — Pavlusning Rimga olib ketilishi (“Xaritalar” bo‘limiga qarang).

Pavlusning Rimga yetib borgani haqida 28:16 da yozilgan.

27:2 bandargoh — kemalar to‘xtaydigan joy, port. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi BANDARGOH so‘ziga qarang.

27:9 Poklanish kuni — yahudiylarning bu bayrami sentabrning oxirida nishonlangan (Levilar 16:29-34 ga qarang). Ob–havo faslga qarab o‘zgarib turgani sababli, sentabr oyining o‘rtasidan keyin, O‘rta yer dengiziga kemada chiqish xavfli edi. Odatda noyabr oyining o‘rtalaridan boshlab, to mart oyining o‘rtalarigacha bu dengizda hech qanday kema yurmas edi.

27:12 …qattiq qish shamollaridan panada edi — yunoncha matnda …janubi–g‘arb va

shimoli–g‘arbga qaratilgan edi.

27:16 Kavda — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Klavda.

27:17 Surtis — Sidra deb atalgan ko‘rfaz, hozirgi Liviya mamlakatining hududiga kiradi. Ko‘rfazning sayoz joylari va ko‘chib turadigan qumlari bo‘lgani bois, bu yer dengizchilar uchun juda xavfli edi. Qadimgi paytlarda bu joy “dengizchilarning qabristoni” deb nom olgan edi.

27:17 tezlikni kamaytiradigan langar — bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha so‘z kemaning orqasidan sudraladigan langarga ishora qilishi mumkin. Ehtimol, bu langar odatdagi langardan farqli ravishda konus shaklidagi katta, maxsus bir mato bo‘lib, kemaning orqasidan suvga tashlangan bo‘lishi mumkin. Suvga to‘lgan mato kemaning tezligini sekinlashtirardi. Bo‘ron kemani Surtisga olib ketmasligi uchun, dengizchilar shu langardan foydalanganlar.

27:24 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon.

27:27 O‘rta yer dengizi — yunoncha matnda Adriyas dengizi, bu Krit va Malta orollari

orasidagi O‘rta yer dengizining hududiga ishora qiladi.

27:28 …20 quloch…15 quloch… — taxminan 37 metrga va 27 metrga to‘g‘ri keladi.

28:1 Biz — 16:10 izohiga qarang.

28:11 “Egizak xudolar” — qadimiy yunonlar Zevsning o‘g‘illari, deb hisoblagan ikki but

— Kastor va Polluksning unvoni. Bu ikki but dengizchilarning homiylari deb

hisoblangan, shuning uchun ularga asosan dengizchilar sajda qilgan.

28:15 …Appiyus bozori…Uch mehmonxona… — Rimga olib boradigan asosiy yo‘lning bo‘yidagi ikki joy, ular shahardan janubi–sharq tomonda, taxminan 70 kilometr va 55 kilometr masofada joylashgan.

28:16 Biz Rimga kelganimizdan keyin, Pavlusga… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Biz Rimga kelganimizdan keyin, yuzboshi mahbuslarni lashkarboshiga topshirdi. Pavlusga esa….

28:19 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon. 28:20 Isroilning umidi — 26:6-8 oyatlarga va 26:6 izohiga qarang. 28:22 bu mazhab — 24:5 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

28:23 …Musoning Tavrot kitobi…Payg‘ambarlar bitiklari… — 24:14 izohiga qarang.

28:26-27 Muallif bu o‘rinda Ishayo 6:9-10 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.

28:28-29 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar 29–oyatni tashkil etib, qo‘shimcha qilingan: Pavlus shu gaplarni aytgandan keyin, yahudiylar o‘zaro qattiq bahslashib, ketib qoldilar.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru