Muqaddas Kitob


LUQO

BAYON ETGAN MUQADDAS XUSHXABAR

Kirish

Mazkur kitob Yangi Ahd tarkibidagi to‘rtta Xushxabarning uchinchisidir. Bu kitob muallifi Luqodir. U havoriy Pavlusning sodiq do‘sti bo‘lib, ko‘p safarlarda unga hamrohlik qilgan yaqin hamkori edi. Xushxabarlar orasida Luqo bayon etgan Xushxabar eng uzuni bo‘lib, Isoning hayoti va faoliyatini boshidan oxirigacha batafsil bayon etadi. Luqo Isoni nafaqat Isroilning, balki butun dunyoning Najotkori qilib tasvirlaydi. Iso haqidagi Xushxabar barcha millat va xalqlarga qaratilganini ko‘rsatadi.

Mazkur Xushxabar tarkibiga boshqa Xushxabarlarda bo‘lmagan ko‘plab masal va hikoyalar kiritilgan. Bular quyidagilardir: farishtalarning hamdu sano qo‘shig‘i, chaqaloq Isoni cho‘ponlar ziyorat qilishi, o‘smir Iso Ma’badda, rahmdil Samariyalik haqida masal va darbadar o‘g‘il.

Bu Xushxabar boshqalaridan bir necha jihati bilan ajralib turadi. Kitobda odamlarning qiyinchiliklari va muhtojliklariga katta e’tibor qaratilgan. Muallifning bayon qilishicha, Muqaddas Ruh Isoni qamrab olib, Uni yo‘qsillarga Xushxabar yetkazishga chorlagan (4:18). Kitobda ibodatga ham alohida urg‘u beriladi, ayniqsa Iso ma’lum vaziyatlarda ibodat qilgani aytib o‘tiladi. Shuningdek, muallif ayollarning jamiyatdagi tutgan o‘rni, kambag‘allarga jonkuyarlik, gunohkorlarga inoyatli bo‘lish va Muqaddas Ruh haqidagi mavzularni keng yoritadi.

Kitobni o‘qir ekansiz, quvonch hissi qalbingizni yayratadi, ayniqsa dastlabki boblarda Isoning tug‘ilishi to‘g‘risidagi xabar va ro‘y bergan hodisalar dilingizni shodon hayratga to‘ldiradi, kitobning so‘nggi boblarida hikoya qilingan Isoning osmonga ko‘tarilib ketishi haqidagi voqea esa qalbga umid baxsh etadi.


1–BOB

Muqaddima

1-3 Hurmatli Teofilus!* O‘zingizga ma’lumki, ko‘p odamlar oramizda Xudoning qilgan ishlari tafsilotini yozishga kirishganlar. Bu voqealarni yozishda ular bo‘lib o‘tgan hodisalarni boshidan ko‘rgan va ularni bizga yetkazgan odamlarning so‘zlarini asos qilib olganlar. Shuning uchun men ham hammasini boshidan sinchiklab tekshirganimdan keyingina, bu voqealarning tafsilotini tartib bilan sizga yozib berishga qaror qildim,

4 toki sizga o‘rgatilgan ta’limotning haqiqiyligiga o‘zingiz ishonch hosil qiling.

Yahyo cho‘mdiruvchining tug‘ilishi haqida karomat

5 Yahudiya shohi Hirod* davrida Zakariyo degan bir ruhoniy* bor edi. U ruhoniy Abiyo urug‘idan* kelib chiqqandi, xotini Elisabet ham ruhoniylar* naslidan edi. 6 Ikkovi ham Xudo oldida solih bo‘lib, Egamizning amru farmonlariga bekami–ko‘st rioya qilishardi. 7 Elisabet bepusht bo‘lgani uchun ularning farzandi yo‘q edi. Buning ustiga, ikkovi ham keksayib qolgan edilar.


8 Zakariyoning ruhoniylar bo‘linmasi Ma’badda navbatchilik qilayotgan kunlarning

birida, Zakariyo Xudoning huzurida ruhoniylik vazifasini bajarayotgan edi.

9 Ruhoniylarning odati bo‘yicha, Egamizning Ma’badiga kirib, xushbo‘y tutatqilar tutatish* qur’asi* unga tushgandi. 10 Tutatqi tutatish vaqtida katta bir olomon tashqarida ibodat qilayotgan edi. 11 Shu payt Egamizning bir farishtasi Zakariyoga zohir bo‘ldi. Farishta tutatqi qurbongohining o‘ng tomonida turardi. 12 Zakariyo uni ko‘rib, qo‘rqqanidan o‘zini yo‘qotib qo‘ydi.

13 Farishta unga dedi:

46 Maryam shunday dedi:


“Butun vujudim bilan Egamni ulug‘layman,

47 Najotkorim Xudodan ko‘nglim shod–xurram. 48 Axir, U menday arzimas bandasiga nazar soldi. Jamiki nasllar endi meni baxtli deb ataydi.

49 Zotan, qudratli Xudo men uchun buyuk ishlar qildi, Muqaddasdir Uning nomi.

50 Undan qo‘rqqanlarga

U nasllar osha marhamat qiladi.

51 U O‘zining qudratini ko‘rsatdi,

Yuragi takabburlarni to‘zg‘itib tashladi. 52 Hukmdorlarni taxtlaridan tushirdi, Faqirlarni esa yuksaltirdi.

53 Ochlarni ne’matlar ila to‘ydirdi, Boylarni esa quruq jo‘natdi.

54-55 Ota–bobolarimizga bergan va’dasi bo‘yicha,

Ibrohimga, uning nasliga

Shafqat qilishni to abad yodida tutdi.

Quli Isroilga yordam berdi.”


56 Shunday qilib, Maryam Elisabetnikida uch oycha qoldi, keyin uyiga qaytib ketdi.

Yahyo cho‘mdiruvchining tug‘ilishi

57 Elisabetning oy–kuni yetib, o‘g‘il tug‘di. 58 Qo‘ni–qo‘shni va qarindoshlari Egamizning unga ko‘rsatgan buyuk marhamatini eshitib, u bilan birga quvonishdi. 59 Ular sakkizinchi kuni bolani sunnat qilgani olib borishdi*. Unga Zakariyo deb otasining ismini qo‘ymoqchi bo‘lishdi. 60 Bunga bolaning onasi e’tiroz bildirib:

62 Shu payt otasiga imo–ishora qilib, undan bolaga qanday ism qo‘ymoqchi ekanligini so‘rashdi. 63 Zakariyo imo–ishora orqali bir taxtacha so‘radi va: “Uning ismi Yahyo bo‘ladi”, deb yozdi. Hamma hayron qoldi. 64 Shu payt Zakariyo yana tilga kirib, gapira boshladi va Xudoga hamdu sano aytdi.

65 Hamma qo‘shnilari hayratda qoldi, butun Yahudiya qirlarida bu voqea ovoza bo‘lib ketdi. 66 Bu haqda eshitganlarning hammasi: “Ajabo, bu bola kim bo‘larkin?” deya mulohaza qilishardi. Chunki Egamizning qudrati unda namoyon edi.

Zakariyoning bashorati

67 Chaqaloqning otasi Zakariyo Muqaddas Ruhga to‘lib, bashorat qila boshladi:


68 “Isroil xalqining Xudosi — Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! U bizga yordamga keldi, O‘z xalqini asoratdan xalos qildi.

69-70 Azaldan bizga va’da berganday, Muqaddas payg‘ambarlari orqali aytganday, Quli Dovud xonadonidan

Bizga qudratli Najotkorni* yubordi.

71 Toki U bizni dushmanlarimizdan qutqarsin,

Bizdan nafratlanadiganlarning hammasidan xalos etsin. 72 Shunday qilib, Xudo ota–bobolarimizga iltifot ayladi, Muqaddas ahdini yodida tutdi.

73 Bobokalonimiz Ibrohimga bergan o‘sha qasamyodiga ko‘ra,

74 Xudo bizni yovlarimiz qo‘lidan qutqardi, Endi biz Unga qo‘rqmasdan xizmat qila olamiz. 75 Butun umrimiz davomida

Uning oldida muqaddas va solih bo‘la olamiz.


76 Sen ham, bolajonim,

Xudoyi Taoloning payg‘ambari deb atalasan. Zero, sen Rabbimiz Masihdan oldin yurasan, U yuradigan yo‘lni hozirlaysan.

77 Xalqiga najot topishlarini e’lon qilasan,

Xudo ularning gunohlarini kechirishini aytasan.

78 Zero, Xudoyimiz mehr–shafqatga boy, U samodan bizga ufq Nurini* sochadi.

79 Zulmatda, o‘lim soyasida o‘tirganlarni yoritadi, Tinchlikka olib boradigan yo‘lni bizga ko‘rsatadi.”


80 Bola ulg‘ayib, ruhan kuchaydi. Isroil xalqiga xizmat qiladigan vaqti kelmaguncha,

cho‘lda* yashadi.

2–BOB

Iso Masihning tug‘ilishi

1 O‘sha kunlarda Qaysar* Avgust*: “Butun Rim imperiyasidagi aholi ro‘yxatga olinsin*”, degan farmon chiqardi. 2 Bu ilk aholi ro‘yxati bo‘lib, Suriyada Kviriniyus hokim bo‘lgan paytda o‘tkazildi*. 3 Ro‘yxatdan o‘tish uchun hamma o‘z shahriga bordi.

4 Yusuf ham Jaliladagi Nosira shahridan Yahudiyaning Baytlahm shahriga yo‘l oldi.

Bu shahar Dovud shahri edi. Yusuf Dovud xonadonidan, uning naslidan edi. 5 Yusuf ro‘yxatdan o‘tgani Maryamni ham o‘zi bilan olib ketdi. Maryam Yusufga unashtirilgan bo‘lib, farzand kutayotgan edi. 6 Ular o‘sha yerda bo‘lganlarida Maryamning oy–kuni to‘ldi. 7 U o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘lini tug‘di. Uni yo‘rgaklab, oxurga yotqizib qo‘ydi, chunki mehmonxonada ularga joy yo‘q edi.

Cho‘ponlar va farishtalar

8 Baytlahm yaqinida cho‘ponlar bor edi. Ular tunda yaylovdagi suruvini qo‘riqlash uchun dalada yotib qolgan edilar. 9 Ularning qarshisida Egamizning bir farishtasi paydo bo‘ldi, Egamizning ulug‘vorligi ularning atrofini yoritib yubordi. Cho‘ponlar qattiq vahimaga tushdilar.

10 Ammo farishta ularga shunday dedi:

16 Ular shosha–pisha bordilar, Maryam, Yusuf va oxurda yotgan Chaqaloqni ko‘rdilar.

17 Ular Chaqaloqni ko‘rib, farishta bu Chaqaloq to‘g‘risida nimalar aytganini gapirib berdilar. 18 Cho‘ponlarning gapini eshitganlarning hammasi hayratga tushdi. 19 Maryam esa bu so‘zlarning barini diliga tugib olib, chuqur o‘ylab yurdi.

20 Cho‘ponlar qaytib ketayotib, Xudoni ulug‘lab, Unga hamdu sanolar aytdilar. Chunki eshitgan va ko‘rganlarining hammasi xuddi farishta aytganday sodir bo‘lgandi.

Isoga ism qo‘yiladi

21 Oradan sakkiz kun o‘tdi. Chaqaloqni sunnat qiladigan payt* keldi. Unga Iso deb ism

qo‘ydilar. Iso ona qornida paydo bo‘lmasdan oldin, farishta Unga shu ismni bergan edi.

Shimo‘nning hamdu sanosi

22-24 Musoning qonuniga ko‘ra*, Maryam poklanish kunlariga rioya qildi. Bu muddat tugagach, Maryam bilan Yusuf Quddusga bordilar. U yerda poklanish qurbonligini keltirib, Egamizning qonunidagi: “Ikkita kaptar yoki ikkita musicha keltirilsin” degan amrni bajardilar*. Ular Bolani ham Egamizga taqdim qilmoqchi bo‘lib, Uni o‘zlari bilan

Quddusga olib borgan edilar. Chunki Egamizning qonunida: “Har bir to‘ng‘ich o‘g‘il Egamizga bag‘ishlanishi kerak”, deb yozilgan*.

25 O‘sha paytda Quddusda Shimo‘n degan bir odam bor edi. U solih, taqvodor odam

bo‘lib, Isroilning najot topishini intizor bo‘lib kutar edi. Muqaddas Ruh unga yor edi.

26 Muqaddas Ruh unga: “Egamiz va’da qilgan Masihni sen ko‘rmaguningcha, o‘lmaysan”,

deb ayon qilgan edi.

27 Shunday qilib, Shimo‘n Muqaddas Ruh boshchiligida Ma’badga bordi. Isoning ota– onasi qonunda buyurilgan marosimni bajarish uchun Chaqaloqni Ma’bad hovlisiga olib kirdilar. 28 Shunda Shimo‘n Chaqaloqni qo‘liga olib, Xudoga hamdu sano aytdi:


29 “Ey Egam, va’dangni Sen bajo aylading, Endi tinchgina o‘lishga rozi bu quling.

30 Zero, o‘z ko‘zim ila ko‘rdim Qutqaruvchini,

31 Barcha ellar oldida hozirlagan najotingni.

32 G‘ayriyahudiylarga ayon bo‘ladigan nurdir U, Xalqing Isroilning shuhratidir U.”


33 Yusuf ham, Maryam ham Iso haqida aytilgan bu so‘zlardan hayratga tushdilar.

34 Shimo‘n ularni duo qilib, Isoning onasi Maryamga dedi:

bo‘ldik–ku!

49 — Nega Meni qidirdingizlar? — dedi Iso. — Men samoviy Otamning* uyida

bo‘lishim* kerakligini nahotki bilmagan bo‘lsangizlar?!

50 Ammo ular Isoning aytgan gapini tushunmadilar. 51 Iso ular bilan Nosiraga qaytib ketdi. Doim ota–onasiga itoat qildi. Onasi esa bu gaplarning hammasini diliga tugib qo‘ydi.

52 Iso ulg‘ayib, yillar o‘tgan sari dono bo‘lib borardi. U Xudoning ham, odamlarning

ham mehrini qozonardi.


3–BOB

Yahyo cho‘mdiruvchining va’zi

1 Qaysar* Tiberiy hukmronligining o‘n beshinchi yili* edi. Yahudiya viloyatida Po‘ntiy Pilat hokim edi*. Jalila hududida Hirod*, Itureya bilan Traxonitis hududlarida Hirodning ukasi Filip, Avilina hududida Lisaniyas hukmronlik qilar*, 2 Xanan va Kayafas esa oliy ruhoniy edilar*.

O‘sha vaqtda cho‘lda* yashayotgan Zakariyoning o‘g‘li Yahyoga Xudoning so‘zi keldi. 3 U Iordan daryosi atrofidagi yerlarni kezib, odamlarga: “Gunohlaringizdan tavba qilib, suvga cho‘minglar, shunda Xudo gunohlaringizni kechiradi”, deb va’z qilardi. 4 Shu tariqa Ishayo payg‘ambar o‘z kitobida yozgan quyidagicha bashorati amalga oshdi:


“Cho‘lda bir ovoz yangramoqda:

«Egamizga yo‘l hozirlang, Unga to‘g‘ri yo‘l oching!

5 Har bir jarlik to‘ldiriladi,

Har bir tog‘u tepalik pasayadi. Qing‘ir–qiyshiq yo‘llar rostlanadi, O‘nqir–cho‘nqir so‘qmoqlar tekis bo‘ladi.

6 Butun jonzot Xudoning najotini ko‘radi!»”*


7 Katta bir olomon suvga cho‘mdirilish uchun Yahyoning oldiga keldi. Yahyo ularga

dedi:

18 Yahyo yana ko‘p boshqa nasihatlar berib, xalqqa Xushxabarni e’lon qilardi.

19 Viloyat hukmdori* Hirodning qilmishlarini esa fosh qildi. Chunki Hirod o‘z ukasining xotini Hirodiyaga uylangan va yana boshqa yomon ishlar ham qilgandi. 20 Shunisi yetmaganday, u Yahyoni ham zindonga qamatib qo‘ydi.

Iso suvga cho‘mdiriladi

21 Butun xalq suvga cho‘mdirilayotganda, Iso ham suvga cho‘mdirildi. U ibodat qilib turganda osmon ochilib ketdi 22 va Muqaddas Ruh kaptar shaklida Uning ustiga tushib keldi. Osmondan esa: “Sen Mening sevikli O‘g‘limsan*, Sendan nihoyatda mamnunman*” degan ovoz keldi.

Isoning nasabnomasi

Isodan Zarubabelgacha

23 Iso xizmatini boshlaganda o‘ttiz yoshlarda edi. Odamlar Uni Yusufning o‘g‘li deb

hisoblardilar*.


Yusuf esa — Elaxning o‘g‘li*, 24 Elax — Mattotning o‘g‘li, Mattot — Levining o‘g‘li, Levi — Malkiyning o‘g‘li, Malkiy — Yannayning o‘g‘li, Yannay — Yusufning o‘g‘li,

25 Yusuf — Mattatiyoning o‘g‘li, Mattatiyo — Amosning o‘g‘li, Amos — Noxumning o‘g‘li, Noxum — Heslining o‘g‘li,

Hesli — Nagayning o‘g‘li,

26 Nagay — Maxatning o‘g‘li, Maxat — Mattatiyoning o‘g‘li, Mattatiyo — Shimaxning o‘g‘li, Shimax — Yo‘sexning o‘g‘li, Yo‘sex — Yo‘doning o‘g‘li,

27 Yo‘do — Yo‘xanonning o‘g‘li, Yo‘xanon — Rezoning o‘g‘li, Rezo — Zarubabelning o‘g‘li,

Zarubabel* Shaltiyolning o‘g‘li edi.

Shaltiyoldan Natangacha

Shaltiyol — Neriyning o‘g‘li, 28 Neriy — Malkiyning o‘g‘li, Malkiy — Yiddoning o‘g‘li, Yiddo — Qosamning o‘g‘li,

Qosam — Elmodamning o‘g‘li,

Elmodam — G‘urning o‘g‘li, 29 G‘ur — Yoshuaning o‘g‘li, Yoshua — Eliazarning o‘g‘li, Eliazar — Yo‘rimning o‘g‘li, Yo‘rim — Mattotning o‘g‘li, Mattot — Levining o‘g‘li,

30 Levi — Shimo‘nning o‘g‘li, Shimo‘n — Yahudoning o‘g‘li, Yahudo — Yusufning o‘g‘li, Yusuf — Yunamning o‘g‘li, Yunam — Eliyaqimning o‘g‘li,

31 Eliyaqim — Maliyoning o‘g‘li, Maliyo — Mannoning o‘g‘li, Manno — Mattatoning o‘g‘li, Mattato — Natanning o‘g‘li, Natan* Dovudning o‘g‘li edi.

Dovuddan Is’hoqqacha

32 Dovud — Essayning o‘g‘li, Essay — Obidning o‘g‘li, Obid — Bo‘azning o‘g‘li, Bo‘az — Salmo‘nning o‘g‘li,

Salmo‘n — Naxsho‘nning o‘g‘li,

33 Naxsho‘n — Ominadavning o‘g‘li, Ominadav — Adminning o‘g‘li, Admin — Arniyning o‘g‘li,

Arniy — Xazronning o‘g‘li*, Xazron — Parazning o‘g‘li, Paraz — Yahudoning o‘g‘li,

34 Yahudo — Yoqubning o‘g‘li, Yoqub — Is’hoqning o‘g‘li, Is’hoq* Ibrohimning o‘g‘li edi.

Ibrohimdan Odam Atogacha

Ibrohim — Terahning o‘g‘li,

Terah — Naxo‘rning o‘g‘li,

35 Naxo‘r — Sarug‘ning o‘g‘li, Sarug‘ — Ravuning o‘g‘li, Ravu — Palaxning o‘g‘li,

Palax — Ibirning o‘g‘li,

Ibir — Shilaxning o‘g‘li,

36 Shilax — Xenanning o‘g‘li, Xenan — Arpaxshodning o‘g‘li, Arpaxshod — Somning o‘g‘li, Som — Nuhning o‘g‘li,

Nuh — Lamakning o‘g‘li,

37 Lamak — Matushalohning o‘g‘li, Matushaloh — Xano‘xning* o‘g‘li, Xano‘x — Yoredning o‘g‘li,

Yored — Maxaliyolning o‘g‘li, Maxaliyol — Xenanning o‘g‘li, 38 Xenan — Eno‘shning o‘g‘li, Eno‘sh — Shisning o‘g‘li,

Shis — Odam Atoning o‘g‘li,

Odam Ato* Xudoning o‘g‘li* edi.


4–BOB

Isoni iblis vasvasaga soladi

1 Iso Iordan daryosidan Muqaddas Ruhga to‘lib qaytdi. Ruh Uni sahroga boshlab ketdi. 2 Sahroda Isoni iblis qirq kun vasvasaga soldi. O‘sha kunlar davomida Iso hech narsa yemadi, oxiri och qoldi. 3 Shunda iblis Isoga dedi:

13 Iblis har tomonlama Isoni vasvasaga solib bo‘lgandan so‘ng Uning yonidan ketdi,

biroq qaytib kelish uchun fursat poylab yurdi.

Iso O‘z yurtida rad qilinadi

14 Iso Ruh qudratiga to‘lib, Jalila hududiga qaytdi. U haqidagi ovoza butun atrofga

tarqaldi. 15 U sinagogalarda ta’lim berardi, hamma Uni maqtardi.

16 So‘ng Iso O‘zi ulg‘ayib o‘sgan shahri Nosiraga bordi. O‘z odati bo‘yicha Shabbat kunida sinagogaga kirib, Muqaddas bitiklarni o‘qish uchun o‘rnidan turdi. 17 Unga Ishayo payg‘ambarning o‘ramini uzatdilar. U o‘ramni ochib, quyidagi parchani topib o‘qidi:


18 “Egamizning Ruhi meni qamradi. Yo‘qsillarga Xushxabar yetkazmoq uchun* Egam meni tanladi.

Zindondagilarga erkin bo‘lasiz, deb aytmoq uchun, Ko‘rlarga, ko‘zingiz ochiladi, deb xabar bermoq uchun, Asirlarni ozod qilmoq uchun,

19 Egamning marhamat yilini ma’lum etmoq uchun Egam meni yubordi.”*


20 Keyin Iso o‘ramni qayta o‘radi–da, xizmatchiga berib, joyiga o‘tirdi. Sinagogadagi barchaning ko‘zi Unga tikildi. 21 Iso ularga dedi:

qilishim kerak, Men shu maqsadda yuborilganman.

44 Shunday qilib, Iso yurtdagi* sinagogalarda voizlik qilishni davom ettirdi.


5–BOB

Isoning dastlabki shogirdlari

1 Bir kuni Iso Jalila ko‘li* bo‘yida turganda, olomon Xudoning so‘zini eshitish uchun Isoning yonida tirband bo‘ldi. 2 Iso ko‘l qirg‘og‘ida turgan ikki qayiqni ko‘rdi. Baliqchilar qayiqdan chiqib, to‘rlarini yuvayotgan edilar. 3 Qayiqlardan biri Shimo‘nniki* edi. Iso Shimo‘nning qayig‘iga tushib, qirg‘oqdan bir oz nariroq suzib borishni iltimos qildi.

So‘ng o‘tirib, o‘sha yerdan odamlarga ta’lim berdi. 4 Iso gapini tugatib, Shimo‘nga dedi:

11 Ular qayiqlarini qirg‘oqqa tortdilar va hamma narsalarini qoldirib, Isoga

ergashdilar.

Teri kasalligiga chalingan odamni Iso sog‘aytiradi

12 Iso bir shaharda bo‘lganda, teri kasalligiga* chalingan bir odam kelib qoldi. U Isoni

ko‘rib, yuz tuban yerga muk tushib, yolvordi:

U odam qo‘lini uzatishi bilanoq qo‘li soppa–sog‘ bo‘lib qoldi. 11 Tafsirchilar bilan farziylar g‘azabdan jazavasi tutib, Isoni nima qilsak ekan, deb muhokama qila boshladilar.

Iso o‘n ikki havoriyni tanlaydi

12 O‘sha kunlarning birida Iso ibodat qilgani toqqa chiqdi. U tun bo‘yi Xudoga ibodat qildi. 13 Tong otgach, shogirdlarini yoniga chaqirdi va oralaridan quyidagi o‘n ikkitasini tanlab olib, ularga havoriylar deb nom berdi: 14 Shimo‘n (Iso unga Butrus deb ism berdi), uning ukasi Endrus, Yoqub, Yuhanno, Filip, Bartolomey, 15 Matto, To‘ma, Xalfey o‘g‘li Yoqub, vatanparvar* deb nom olgan Shimo‘n, 16 Yoqub o‘g‘li Yahudo va keyinchalik xiyonat qilgan Yahudo Ishqariyot.

17 Shundan so‘ng Iso ular bilan birga pastga tushib, tekis joyda to‘xtadi. Bu yerda Uning ko‘plab shogirdlari, shuningdek, butun Yahudiyadan*, Quddusdan, sohildagi Tir va Sidon hududlaridan kelgan bir talay olomon bor edi. 18 Ular Isoni tinglagani va xastaliklaridan forig‘ bo‘lgani kelgan edilar. Yovuz ruhlardan azob chekayotgan odamlar ham shifo topdilar. 19 Hamma odamlar qo‘llarini Isoga tekkizishga urinardi, chunki Undan bir kuch chiqib, hammaga shifo berardi.

Baxtlilar va baxtsizlar

20 Iso shogirdlariga qarab, dedi:


“Ey kambag‘allar, sizlar baxtlisiz!

Xudoning Shohligi sizlarnikidir.

21 Ey hozir och bo‘lganlar, baxtlisiz! Sizlar to‘q bo‘lasizlar.

Ey yig‘layotganlar, baxtlisiz!

Sizlar quvonib kulasizlar.

22 Inson O‘g‘liga yon bosganingiz uchun Odamlar sizdan nafratlanganlarida, Jamiyatdan quvib, haqoratlaganlarida, Ismingizni qoralaganlarida,

Sizlar baribir baxtlisizlar!


23 Shunday kunlar kelganda quvoning, shodlikdan sakrang. Sizlarni samoda buyuk mukofot kutmoqda. Axir, sizlarga ozor yetkazayotgan odamlarning ota–bobolari ham payg‘ambarlarga shunday qilganlar.


24 Ey boylar, holingizga voy!

Sizlar rohatingizni ko‘rib bo‘ldingizlar.

25 Ey qorni to‘qlar, holingizga voy!

Sizlar och qolasizlar.

Ey kulayotganlar, holingizga voy! Sizlar aza tutib, faryod qilasizlar.

26 Barcha odamlar sizni maqtaganda holingizga voy. Axir, ularning ota–bobolari

Soxta payg‘ambarlarni ham xuddi shunday maqtaganlar.

Dushmanlaringizni yaxshi ko‘ringlar

27 Ey Meni tinglayotganlar, sizlarga aytyapman: dushmanlaringizni yaxshi ko‘ringlar, sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qilinglar. 28 Sizlarga la’nat aytganlarni duo qilinglar. Sizga ozor berganlar uchun ibodat qilinglar.

29 Bir chakkangizga ursalar, ikkinchisini ham tuting. Agar kimdir to‘ningizni tortib olsa, ko‘ylagingizni ham yechib bering. 30 Sizdan so‘raganlarning hammasiga bering. Agar kimdir narsangizni tortib olsa, «Qaytarib ber», deb talab qilmang. 31 Odamlar sizlarga nima qilishlarini istasangiz, sizlar ham ularga o‘shani qilinglar.

32 Agar sizni sevganlarnigina yaxshi ko‘rsangiz, qanday savob qilgan bo‘lasizlar?!

Hatto gunohkorlar ham o‘zlarini sevganlarni yaxshi ko‘radilar. 33 Agar o‘zingizga yaxshilik qilganlargagina yaxshilik qilsangiz, qanday savob qilgan bo‘lasiz?! Hatto gunohkorlar ham xuddi shunday qiladilar. 34 Agar siz qaytarib olishga umid qilib qarz bersangiz, qanday savob qilgan bo‘lasiz?! Hatto gunohkorlar ham qancha qarzlari bo‘lsa, hammasini qaytarib olish maqsadida gunohkorlarga qarz beradilar.

35 Lekin siz dushmanlaringizni seving, ularga yaxshilik qiling, qaytarib berishini o‘ylamay, qarz bering. Shunda buyuk mukofot olib, Xudoyi Taoloning farzandlari bo‘lasizlar. Axir, Uning O‘zi ham noshukurlarga va fosiqlarga mehribon–ku!

36 Osmondagi Otangiz rahmdil bo‘lgani kabi, sizlar ham rahmdil bo‘linglar.

Boshqalarni hukm qilmanglar

37 Boshqalarni hukm qilmang, shunda Xudo ham sizlarni hukm qilmaydi.

Boshqalarni ayblamang, shunda Xudo ham sizni ayblamaydi. Boshqalarni kechiring, shunda Xudo sizni kechiradi. 38 Boshqalarga bering, Xudo ham sizlarga beradi, mo‘l–ko‘l qilib beradi, bosib, silkitib to‘ldirilgan, toshib–to‘kilgan o‘lchov bilan qo‘yningizni to‘ldiradi. Sizlar qanday o‘lchov bilan o‘lchasangizlar, Xudo ham sizlarga xuddi shunday o‘lchov bilan o‘lchab beradi.”

39 Iso ularga quyidagi masalni ham aytib berdi: “Ko‘r odam ko‘rni yetaklab yura oladimi?! Ikkalasi ham chuqurga qulab tushadi–ku! 40 Shogird ustozidan ustun bo‘lmas. Ammo mukammal bilim egallagan shogird ustoziday bo‘lar.

41 Nima uchun sen birodaringning ko‘zidagi zirapchani ko‘rasan–u, o‘z ko‘zingdagi

xodani sezmaysan? 42 Ko‘zingdagi xodani ko‘rmay turib qanday qilib birodaringga:

«Do‘stim, kel, ko‘zingdagi zirapchani olib tashlay», deb aytasan? Hoy, ikkiyuzlamachi! Oldin ko‘zingdagi xodani chiqarib ol, shunda ko‘zing tiniq ko‘radi va birodaringning ko‘zidan zirapchani chiqara olasan.

Daraxt va uning mevasi

43 Yaxshi daraxt yomon meva bermas, yomon daraxt esa yaxshi meva bermas. 44 Har bir daraxtning qandayligi o‘z mevasidan bilinadi. Tikanzordan anjir terilmaydi, butazordan uzum uzilmaydi. 45 Yaxshi odam yuragining ezgulik xazinasidan yaxshilik chiqaradi, yomon odam yuragining yomonlik xazinasidan yomonlik chiqaradi.

Odamning dili nimaga to‘lib–toshsa, o‘sha tiliga chiqadi.

Dono va ahmoq binokor

46 Nega sizlar Meni: «Yo Rabbiy, yo Rabbiy!» deb chaqirasiz–u, ammo aytganlarimni qilmaysizlar? 47 Mening oldimga kelgan va so‘zlarimni eshitib, ularga rioya qilgan odam kimga o‘xshashini bilasizlarmi? 48 Uy qurayotganda, chuqur xandaq qazib, tosh ustiga poydevor o‘rnatgan kishiga o‘xshaydi u. Sel toshib, o‘sha uyni suv bosadi, lekin uyni qo‘zg‘ata olmaydi. Chunki uy mahkam o‘rnatilgan*. 49 Ammo Mening so‘zlarimni tinglab, ularga rioya qilmaydigan odam uyni tuproq ustiga, poydevorsiz qurgan kishiga o‘xshaydi. Uyni suv bosganda, uy o‘sha zahoti qulab tushadi. Uy butunlay vayron bo‘ladi.”


7–BOB

Rim yuzboshisining imoni

1 Iso xalqqa bu so‘zlarini aytib bo‘lgandan keyin, Kafarnahum shahriga ketdi. 2 U yerda bir Rim* yuzboshisining juda aziz xizmatkori kasal bo‘lib, o‘lim to‘shagida yotgan edi. 3 Yuzboshi Iso to‘g‘risida eshitib qoldi va yahudiy oqsoqollarini Uning oldiga yuborib: “Keling, xizmatkorimga shifo bering”, — deb iltimos qildi. 4 Ular Isoning yoniga kelgach, o‘tinib yolvordilar:

24 Yahyoning xabarchilari ketgandan keyin, Iso olomonga Yahyo haqida gapira boshladi: “Sahroga nimani ko‘rgani bordingizlar? Shamolda hilpirab turgan qamishnimi? 25 Xo‘sh, nimani ko‘rgani bordingizlar? Bashang kiyingan odamnimi? Biroq

bashang kiyinib, boy–badavlat yashaydiganlar shoh saroyida bo‘ladi–ku! 26 Unday bo‘lsa, nimani ko‘rgani bordingizlar? Payg‘ambarnimi? Ha, sizlarga shuni aytay: sizlar payg‘ambardan ham ulug‘ini ko‘rdingizlar! 27 U haqda shunday yozilgan:


«Mana, Sendan oldin Men O‘z elchimni yuboryapman, U Sen uchun yo‘lni hozirlaydi.»*


28 Sizlarga aytamanki, butun inson zoti orasida Yahyodan ulug‘i yo‘q*. Ammo Xudoning

Shohligida eng kichik hisoblangan odam ham undan ulug‘roqdir.”

29 Yahyoni eshitgan jamiki odamlar, hatto soliqchilar* ham Xudoning yo‘li to‘g‘ri ekanligini tan olgan edilar. Ular Yahyo tomonidan suvga cho‘mdirilgandilar. 30 Farziylar bilan Tavrot tafsirchilari esa, Yahyo tomonidan suvga cho‘mdirilishni istamay, Xudoning ular uchun bo‘lgan maqsadini rad qildilar.

31 Iso gapida davom etdi: “Shunday ekan, zamonimizdagi odamlarni kimga qiyoslasam bo‘ladi? 32 Ular maydonda o‘tirgan bolalarga o‘xshaydilar. O‘sha bolalar bir– birlariga shunday deya baqiradilar:


«Sizlar uchun nay chaldik, ammo raqsga tushmadingiz, Biz oh–voh qildik, ammo sizlar yig‘lamadingiz.»


33 Yahyo cho‘mdiruvchi kelib na non yedi, na sharob ichdi. Sizlar esa: «Uni jin uribdi», deysizlar. 34 Inson O‘g‘li kelib, ham yedi, ham ichdi. Uni esa sizlar: «Yebto‘ymas, sharobxo‘r, soliqchilar va gunohkorlarning do‘sti», deysizlar. 35 Ammo bilib qo‘yinglar: Xudoning donoligini tan olganlar Uning donoligi to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatib turibdilar.”

Gunohkor ayol Isoning oyoqlariga atir moy surtadi

36 Farziylardan biri Isoni taom yeyishga taklif qildi. Iso farziyning uyiga kirib, dasturxon yoniga yonboshladi. 37 Shaharda gunohkor bir ayol bor edi. U: “Iso farziyning uyida mehmonda ekan”, deb eshitdi va ganchdan* yasalgan idishda atir moy olib keldi. 38 O‘sha ayol Isoning oyoqlari tomonida turib yig‘ladi. Ayolning ko‘z yoshlari Isoning oyoqlariga tomar edi. Ayol Isoning oyoqlarini sochlari bilan artib, o‘pa boshladi, oyoqlariga atir moy surtdi.

39 Isoni o‘z uyiga taklif qilgan farziy buni ko‘rib: “Agar bu Odam haqiqatan ham payg‘ambar bo‘lganda edi, Unga qo‘l tekkizgan ayolning kimligini va qanaqaligini bilgan bo‘lardi, bu ayol gunohkor–ku”, deb ko‘nglidan o‘tkazdi.

40 Iso farziyga dedi:


8–BOB

Isoga ergashgan ayollar

1 Oradan ko‘p o‘tmay, Iso shaharu qishloqlarga borib, Xudoning Shohligi to‘g‘risidagi Xushxabarni e’lon qildi. O‘n ikki shogirdi U bilan birga edi. 2 Yovuz ruhlardan va xastaliklardan xalos bo‘lgan bir necha ayollar ham Isoga ergashgan edilar. Bular: Magdalalik* Maryam (uning ichidan yettita jin chiqib ketgan edi), 3 Hirodning* saroy boshqaruvchisi Xuzasning xotini Yo‘anna, Susanna va ko‘plab boshqa ayollar edi. Ular o‘z mol–mulklarini Iso bilan Uning shogirdlari* ehtiyojlari uchun sarf qilardilar.

Urug‘ sepuvchi haqida masal

4 Bir kuni shaharu qishloqlardan talay olomon kelib, Isoning yonida to‘plandi. Iso shunday masal aytdi: 5 “Bir dehqon urug‘ sepgani chiqibdi. U urug‘ sepayotganda ba’zi urug‘lar so‘qmoq yo‘l ustiga tushibdi. Odamlar urug‘larni bosibdi, qushlar cho‘qib ketibdi. 6 Ba’zi urug‘lar toshloq joyga tushibdi. Urug‘lar ko‘karib chiqibdi–yu, ammo namlik bo‘lmagani uchun qurib qolibdi. 7 Boshqa urug‘lar tikanlar orasiga tushibdi.

Urug‘lar bilan birga o‘sib chiqqan tikanlar urug‘larni bo‘g‘ib qo‘yibdi. 8 Yana ba’zi urug‘lar yaxshi tuproqqa tushibdi. Ular ko‘karib chiqib, har biri yuz baravar hosil beribdi.”

Iso bularni aytib bo‘lib, baland ovozda: “Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!” —

dedi.


9 Shogirdlar Isodan:

Masallarning maqsadi

— Bu masalning ma’nosi nima? — deb so‘rashdi. 10 U shunday javob berdi: “Xudo Shohligining sirlarini bilish sizlarga berilgan. Boshqalarga esa, Men hamma narsani masallar bilan gapiraman, toki ular:


«Qarab turib, anglamasinlar, Tinglab turib, tushunmasinlar.»*

Urug‘ sepuvchi haqidagi masalning ma’nosi

11 Bu masalning ma’nosi shu: urug‘ Xudoning kalomidir. 12 So‘qmoq yo‘l ustiga tushgan urug‘lar shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitadilar, lekin ishonmasliklari va najot topmasliklari uchun iblis ularning yuragidan kalomni olib ketadi. 13 Toshloq joyga tushgan urug‘lar esa shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitganda uni sevinch bilan qabul qiladilar. Ammo ular ildiz otmagan. Shuning uchun ular qisqa vaqt davomida ishonadilar, sinov payti kelganda esa imondan qaytadilar.

14 Tikanlar orasiga tushgan urug‘lar shunday odamlarni bildiradiki, ular kalomni eshitadilar, biroq umri davomidagi tashvishlar, boylik va hayot lazzatlari bunday urug‘larni bo‘g‘ib qo‘yadi. Ularning hosili yetilmaydi. 15 Yaxshi tuproqqa tushgan urug‘lar esa shunday kishilarni bildiradi: ular kalomni eshitib, uni ezgu, samimiy yurakda asraydilar va sabr–toqat ila hosil beradilar*.

Yorug‘lik va qorong‘ilik haqida

16 Hech kim chiroqni yoqib, ustini idish bilan yopib qo‘ymaydi yoki chorpoya tagiga yashirib qo‘ymaydi. Aksincha, kirganlar yorug‘likni ko‘rsin deb, uni chiroqpoyaga qo‘yadi. 17 Axir, har qanday yashirin narsa ma’lum bo‘ladi. Har qanday sir ochilib, yoruqqa chiqadi. 18 Shunday ekan, yaxshilab quloq solinglar: kimda bor bo‘lsa, unga yana beriladi. Kimda yo‘q bo‘lsa, bor deb o‘ylagan narsasi ham undan tortib olinadi.”

Isoning onasi va ukalari

19 Isoning onasi bilan ukalari Uning oldiga keldilar, ammo odam ko‘pligidan Unga

yaqinlasha olmadilar. 20 Isoga:

otar masofacha nari bordi–da, tiz cho‘kib ibodat qildi:

42 — Ey Ota! Qaniydi, bu azob kosasini* Mendan uzoqlashtirsang! Ammo Mening

xohishim emas, Sening xohishing bajo bo‘lsin.

43 Shu orada osmondan bir farishta Isoga zohir bo‘lib, Unga kuch ato qildi. 44 Iso og‘ir iztirob ichida jon–jahdi bilan ibodat qildi. Undan oqqan ter esa yerga tomayotgan qon tomchilariga o‘xshar edi*.

45 Iso ibodatni tugatib, shogirdlari yoniga keldi. Ularning uxlab yotganini ko‘rdi.

Shogirdlar qayg‘udan holdan toygan edilar. 46 Iso ularga:

deb turib oldi.

60 — Menga qara, nima to‘g‘risida gapiryapsan, tushunmayapman, — deb e’tiroz

bildirdi Butrus.

U gapini tugatmasdanoq, xo‘roz qichqirdi. 61 Rabbimiz Iso o‘girilib, Butrusga qaradi.

Shunda Butrus Rabbimizning: “Bugun xo‘roz qichqirmasdan oldin, sen Mendan uch marta tonasan” degan gapini esladi. 62 Butrus hovlidan chiqib, achchiq–achchiq yig‘ladi.

63 Isoni qo‘riqlagan odamlar Uni haqoratlab kaltakladilar. 64 Ular Isoning ko‘zlarini bog‘lab qo‘yib:

48 Tomoshaga to‘plangan olomon sodir bo‘lgan voqealarni ko‘rib, qayg‘udan ko‘ksiga ura–ura uylariga qaytib ketdilar. 49 Isoni bilganlar esa, shu jumladan, Jaliladan Unga ergashib kelgan ayollar yuz bergan voqealarni uzoqdan kuzatib turardilar.

Iso dafn etiladi

50 Oliy kengash a’zolari orasida Yusuf ismli yaxshi va solih bir kishi bor edi. 51 U Yahudiyadagi Arimateya shahridan* bo‘lib, Xudoning Shohligini intizorlik bilan kutardi. Yusuf Kengash a’zolarining bu qarorini va qilgan ishini ma’qullamagan edi. 52 U Pilatning oldiga borib, Isoning jasadini so‘radi. 53 Yusuf jasadni xochdan tushirib olib, zig‘ir matosi bilan kafanladi. Keyin jasadni qoyaga o‘yilgan qabrga qo‘ydi. Bu qabrga hali hech kim qo‘yilmagan edi. 54 Bu kun Shabbat arafasi bo‘lib, Shabbat kuni boshlanishiga oz qolgandi*. 55 Jaliladan Iso bilan birga kelgan ayollar Yusufning orqasidan ergashib bordilar. Ular qabrni va Isoning jasadi qanday dafn qilinganini ko‘rdilar. 56 Ular uylariga qaytib borib, jasadga surtish uchun xushbo‘y moylar va atirlar tayyorladilar*. Shabbat kuni esa, qonunda buyurilganday, dam oldilar.

24–BOB

Iso Masih tiriladi

1 Yakshanba kuni erta tongda ayollar tayyorlab qo‘ygan xushbo‘y moylarini olib*, qabrga keldilar*. 2 Qabr og‘zidagi tosh ag‘darilib yotganini ko‘rdilar. 3 Ichkariga kirdilar, ammo Rabbimiz Isoning jasadini topmadilar. 4 Ular gangib qoldilar. Shunda to‘satdan ayollarning qarshisida ikki odam paydo bo‘ldi. Ularning kiyimlari yarqirab turardi.

5 Ayollar vahimadan boshlarini yerga egib turishdi. Odamlar esa ayollarga shunday deyishdi:

48 hamma odamlarga ko‘rgan–bilganlaringizni aytinglar. 49 Men sizlarga osmondagi Otam va’da qilgan Muqaddas Ruhni yuboraman*. Shuning uchun yuqoridan qudrat kelib sizlarni qamrab olmaguncha, shu shaharda qolinglar.

Iso osmonga ko‘tariladi

50 Shundan keyin Iso shogirdlarini shahardan tashqariga — Baytaniya* yaqiniga olib

chiqdi. Iso qo‘llarini ko‘tarib, ularni duo qildi. 51 Duo qilayotib, ulardan uzoqlashib

boraverdi va osmonga ko‘tarildi.

52 Shogirdlar esa Unga sajda qildilar va katta sevinch ila Quddusga qaytib bordilar.

53 Ular doimo Ma’badda bo‘lib, Xudoni olqishlar edilar*.

IZOHLAR

1:1-3 Teofilus — mazkur Xushxabar hamda Havoriylar faoliyati kitobi Teofilus uchun yozilgan (Havoriylar 1:1 ga qarang). Bu odam yuqori lavozim egasi bo‘lib, Xushxabar ta’limotidan boxabar edi. U haqda bundan boshqa hech qanday ma’lumot saqlanib qolmagan.

1:5 Yahudiya shohi Hirod — Buyuk Hirod unvoni bilan ham tanilgan bo‘lib, u miloddan oldingi 37-4 yillarda hukmronlik qilgan. Bu o‘rinda Yahudiya degan nom butun qadimgi Falastinga nisbatan ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi FALASTIN so‘ziga qarang.

1:5 ruhoniy — Quddusdagi Ma’badda xizmat qiladigan e’tiborli din rahnamosi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi RUHONIY so‘ziga qarang.

1:5 ruhoniy Abiyo urug‘i — ruhoniylar Musoning akasi Horun naslidan kelib chiqqan bo‘lib, ularning jamiki urug‘lari 24 ta bo‘linmani tashkil qilar edi. Abiyo sakkizinchi bo‘linmadagi ruhoniylarning bobokaloni edi (1 Solnomalar 24:10 ga qarang).

1:5 ruhoniylar — yunoncha matnda Horun, Isroil xalqiga oliy ruhoniy bo‘lib xizmat qilgan birinchi inson va jamiki ruhoniylarning bobokaloni.

1:9 …xushbo‘y tutatqilar tutatish… — bu vazifa kuniga ikki mahal — bir marta ertalab va bir marta kechqurun bajarilar edi.

1:9 qur’a — qur’a tashlashda yog‘och bo‘laklari yoki toshlar ishlatilgan bo‘lib, shu orqali Xudoning xohish–irodasi aniqlangan. Ba’zan odamlar qur’a tashlab, Xudodan biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligini so‘rashgan.

1:15 Onasining qornidayoq… — yoki Tug‘ilishi bilanoq….

1:17 Ilyos payg‘ambarning ruhi va qudratiga to‘lib… — Ilyos payg‘ambar Eski Ahd davrida yashagan. U xalq orasida qilgan mo‘jizalari bilan dong taratgan edi (misol uchun, 3 Shohlar 18:1-46 ga qarang). Yana Malaki 4:5-6 ga qarang.

1:17 Rabbimiz Masih — yunoncha matnda Rabbiy, Masihga ishora (2:11 ga va oʻsha

oyatning ikkinchi izohiga qarang).

1:28 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar farishtaning gapiga qo‘shimcha qilingan: Ayollar ichra muboraksan.

1:29 Maryam…sarosimaga tushdi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida

Maryam farishtani ko‘rib, uning so‘zlaridan sarosimaga tushdi.

1:31 Iso — yunoncha matnda Iisus, bu ism ibroniycha Yoshua ismidan olingan bo‘lib,

Egamiz qutqaradi ma’nosini ifodalaydi.

1:32 Xudoyi Taoloning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

1:33 Isroil xalqi — yunoncha matnda Yoqub xonadoni, Eski Ahdda Isroil xalqi shu nom bilan ham atalgan.

1:35 …tug‘adigan o‘g‘ling muqaddas bo‘ladi, U Xudoning O‘g‘li deb ataladi — yoki

…tug‘adigan muqaddas O‘g‘ling Xudoning O‘g‘li deb ataladi.

1:59 …sakkizinchi kuni bolani sunnat qilgani… — sunnat Xudoning Ibrohim va uning avlodi bilan qilgan ahd belgisi edi (Ibtido 17:9-14 ga qarang). Sunnat yahudiylarning Xudoga sodiqligini va Uning tanlagan xalqiga tegishli ekanini ko‘rsatadi.

1:69-70 qudratli Najotkor — yunoncha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi najotning shoxi yoki qutqaradigan shox. Ho‘kizning shoxi kuch–qudrat ramzi edi, chunki ho‘kiz qadimiy Yaqin Sharqdagi eng kuchli hayvonlardan biri edi.

1:78 ufq Nuri — Masihning kelishiga ishora. Yana 2:30-32 ga qarang.

1:80 cho‘l — Iordan daryosining O‘lik dengizga quyiladigan joyiga yaqin bo‘lgan, daryodan g‘arbda joylashgan yerlar.

2:1 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon.

2:1 Avgust — Oktavian ismi bilan ham tanilgan bo‘lib, miloddan oldingi 27 yildan to

milodiy 14 yilgacha hukmronlik qilgan.

2:1 …butun Rim imperiyasidagi aholi ro‘yxatga olinsin… — voyaga yetgan har bir inson imperator xazinasiga soliq to‘lashi kerak edi. Buni nazorat qilish maqsadida butun aholi ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim edi.

2:2 Bu…o‘tkazildi — yoki Shunday qilib, Suriyada Kviriniyus hukmronlik qilgan paytdagi

birinchi marta aholini ro‘yxatga olish o‘tkazildi.

2:11 Dovud shahri — ya’ni Baytlahm (shu bobning 4–oyatiga qarang).

2:11 Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar yozilgan. Yangi Ahdga ko‘ra Rabbimiz Iso o‘sha Masihdir. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi MASIH so‘ziga qarang.

2:14 …Xudodan marhamat topgan yerdagi bandalarga tinchlik kelsin — yunoncha

matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida yerdagi bandalarga tinchligu marhamat.

2:21 Chaqaloqni sunnat qiladigan payt — 1:59 izohiga qarang. 2:22-24 Musoning qonuniga ko‘ra… — Levilar 12:1-4 ga qarang. 2:22-24 Egamizning…amrni bajardilar — Levilar 12:6-8 ga qarang.

2:22-24 Egamizning qonunida…yozilgan — Chiqish 13:1-2, 11-16 ga qarang. 2:37 U sakson to‘rt yil davomida beva bo‘lib… — yoki U sakson to‘rt yoshda edi…. 2:41 Fisih bayrami — Fisih ziyofatiga va undan keyin yetti kun davomida

nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayramiga ishora (22:1 ga qarang). Bu bayramlar

Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod bo‘lishi munosabati bilan nishonlanar edi

(Chiqish 12:1-42, 13:3-10 ga qarang).

2:49 samoviy Otam — Xudoga ishora. Iso ko‘pincha Ota unvonini Xudoga nisbatan ishlatgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan OTA so‘ziga qarang.

2:49 Men samoviy Otamning uyida bo‘lishim… — yoki Men samoviy Otamning ishlari

bilan mashg‘ul bo‘lishim….

3:1 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon.

3:1 Qaysar Tiberiy hukmronligining o‘n beshinchi yili — taxminan milodiy 28 yoki 29 yil (Tiberiy milodiy 14-37 yillarda hukmronlik qilgan). O‘sha paytda Iso taxminan 30 yoshlarda edi (shu bobning 23–oyatiga qarang).

3:1 …Po‘ntiy Pilat hokim edi — Rim hukumati tomonidan tayinlangan hokim.

3:1 Hirod — Antipas ismi bilan ham tanilgan bo‘lib, Buyuk Hirodning o‘g‘li edi.

3:1 …hukmronlik qilar… — yunoncha matnda bu uchala hukmdor tetrarx degan unvon bilan tilga olingan. Bu unvon Rim imperiyasi tomonidan joriy qilingan bo‘lib, hokimiyati cheklangan va faqat Rim hukumati ruxsati bilan ish yuritadigan hukmdorga nisbatan qo‘llanilgan. Avom xalq orasida bunday hukmdor shoh deb atalar edi (misol uchun, Matto 14:9, Mark 6:14 ga qarang).

3:2 …Xanan va Kayafas esa oliy ruhoniy edilar… — Xanan milodiy 6-15 yillarda oliy ruhoniy bo‘lib xizmat qilgan. Rim hukumati uni bu lavozimdan chetlatgandan keyin uning o‘rnini kuyovi Kayafas egallab, milodiy 18-37 yillarda oliy ruhoniy bo‘lib xizmat qildi. Xanan o‘z vazifasidan chetlatilganiga qaramay, xalq uni hamon oliy ruhoniy deb bilardi, u yahudiylar jamiyatida yuksak e’tibor va nufuzga ega edi.

3:2 cho‘l — 1:80 izohiga qarang.

3:4-6 Muallif bu o‘rinda Ishayo 40:3-5 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.

3:12 Soliqchilar — bu soliqchilar odatda yahudiy bo‘lib turib, Rim davlatiga ishlagani uchun hamma ularni yomon ko‘rardi. Ko‘p soliqchilar firibgarlik qilib, xalqdan soliq uchun keragidan ortiqroq pul undirardilar–da, bu pulni o‘z cho‘ntaklariga urardilar. Mana shuning uchun ham xalq soliqchilardan nafratlanib, ularni o‘z imonini sotgan xoinlar deb bilardi.

3:16 olov — imonlilarni poklaydigan Muqaddas Ruhning qudratiga ishora bo‘lishi mumkin (Havoriylar 1:5, 8, 2:1-4, 11:16 ga qarang). Ammo bu o‘rinda olov so‘zi Hukm kuniga ishora qilayotganining ehtimoli ko‘proq (shu bobning 7-9, 17–oyatlariga qarang). Oxiratda odamlar Isoga va Uning ta’limotiga ishongan–ishonmaganlariga qarab hukm qilinadilar.

3:19 Viloyat hukmdori — yunoncha matnda Tetrarx. Shu bobning 1–oyatiga berilgan oxirgi izohga qarang.

3:22 Sen Mening sevikli O‘g‘limsan — Zabur 2:7 ga qarang.

3:22 Sendan nihoyatda mamnunman — Ishayo 42:1 ga qarang.

3:23 Odamlar Uni Yusufning o‘g‘li deb hisoblardilar — Yusuf Isoning asl otasi emasdi (1:26-37 ga va Matto 1:18-22 ga qarang).

3:23 …o‘g‘li… — mazkur ro‘yxatdagi o‘g‘li so‘zining ma’nosi avlodi bo‘lishi ham mumkin. Odatda Muqaddas Kitobda berilgan nasabnomalarda hamma nasllarning to‘liq ro‘yxati berilmay, faqat ma’lum bir avlodning ma’lum bir ajdoddan kelib chiqqanini ko‘rsatadi.

Ba’zi hollarda esa biror nasabdan tarqalgan nasllarning sonini ko‘rsatish maqsadida nasabnomaga ismlar kiritiladi (Matto 1:17 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang). Mazkur nasabnomada Isodan Odam Atogacha bo‘lgan 77 ta nasl tilga olingan. Odatda 77 soni barkamollikni bildiradi. Iso nafaqat Isroil xalqi uchun, balki dunyodagi jamiki xalqlarga

najot berish uchun kelgan. Buni ko‘rsatish maqsadida, bu o‘rinda Iso Masihning nasabi to insoniyat bobokaloni bo‘lmish Odam Atogacha ko‘rsatilgan.

3:27 Zarubabel — Isroil xalqi Bobildagi surgundan qaytib kelgandan keyin xalqqa

boshchilik qilgan e’tiborli yetakchi edi (Ezra 2:1-2, 3:1-2, Xaggey 1:1 ga qarang).

Nasabnomaning birinchi qismi surgundan keyin yashagan 21 naslni o‘z ichiga olgan.

3:31 Natan — nasabnomaning bu ikkinchi qismi shoh Dovud davridan to xalq Bobilga

surgun bo‘lgan paytgacha yashagan 21 naslni o‘z ichiga olgan.

3:33 Ominadav — Adminning o‘g‘li, Admin — Arniyning o‘g‘li, Arniy — Xazronning o‘g‘li

— yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Ominadav — Ramning o‘g‘li, Ram — Xazronning o‘g‘li (yana 1 Solnomalar 2:9-10 ga qarang). Yana shu bobning 23–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang.

3:34 Is’hoq — nasabnomaning bu uchinchi qismi 14 naslni o‘z ichiga olgan. 3:37 Xano‘x — sharq yozma adabiyotida Idris payg‘ambar deb e’tirof etilgan. 3:38 Odam Ato — nasabnomaning bu so‘nggi qismi 21 naslni o‘z ichiga olgan.

3:38 Xudoning o‘g‘li — Odam Ato Xudoning suratida yaratilganiga ishora qilinadi (Ibtido 1:26-27, 5:1-3 ga qarang). Xuddi shu singari, butun odamzod Xudodan kelib chiqqan (Havoriylar 17:28-29 ga qarang).

4:3 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

4:4 Inson faqat non bilan yashamaydi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Inson faqat non bilan emas, balki Xudoning har bir so‘zi bilan yashaydi. Qonunlar 8:3 ga qarang.

4:5 tepalik — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida baland bir tog‘.

4:8 Yozilganki… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Yo‘qol ko‘zimdan,

shayton! Yozilganki.

4:8 Qonunlar 6:13 ga qarang.

4:10-11 Zabur 90:11-12 ga qarang.

4:12 Qonunlar 6:16 ga qarang.

4:18 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar keyingi misra sifatida qo‘shimcha qilingan: Dilabgorlarga shifo bermoq uchun.

4:18-19 Muallif bu o‘rinda Ishayo 61:1-2 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan. Asirlarni ozod qilmoq uchun iborasi Ishayo 58:6 dan olingan.

4:25 …Ilyos payg‘ambar davrida… — 3 Shohlar 17:1-24 ga qarang.

4:27 …Elishay payg‘ambar davrida… — 4 Shohlar 5:1-14 ga qarang.

4:27 teri kasalligi — bu ibora yunonchada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan

so‘zning tarjimasidir. Odatda bu ibora moxov kasalligiga ishora deb tushuniladi.

4:38 Shimo‘n — Butrus ismi bilan ham tanilgan, Butrus ismini unga Iso qo‘ygan edi

(6:14 ga qarang).

4:40 Quyosh botayotgan paytda… — yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, yangi kun quyosh

botgandan keyin boshlanar edi. Matnda tasvirlangan payt Shabbat kunining yakuni va yakshanba kunining boshlanishi edi. Yahudiylarda yakshanba haftaning birinchi kuni hisoblanar edi.

4:41 “Sen Xudoning O‘g‘lisan!” — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida “Sen Xudoning O‘g‘li — Masihsan!”

4:43 Xudoning Shohligi — Xudoning hozirgi paytda insonlar hayotidagi hukmronligi va oxiratda har bir yaratilgan mavjudotning yangilanishiga ishora. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING SHOHLIGI iborasiga qarang.

4:44 yurt — yunoncha matnda Yahudiya. Bu o‘rinda Yahudiya deganda butun qadimgi

Falastin nazarda tutilgan.

5:1 Jalila ko‘li — yunoncha matnda Genisaret ko‘li, Jalila ko‘lining yana bir nomi. Genisaret Kafarnahum shahridan janubi–g‘arbdagi serhosil tekislikdir (Matto 14:34, Mark 6:53 ga qarang).

5:3 Shimo‘n — Butrus ismi bilan ham tanilgan, Butrus ismini unga Iso qo‘ygan edi

(6:14 ga qarang).

5:8 Shimo‘n — yunoncha matnda Shimo‘n Butrus. Shu bobning 3–oyati izohiga qarang.

5:12 teri kasalligi — bu ibora yunonchada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan so‘zning tarjimasidir. Odatda bu ibora moxov kasalligiga ishora deb tushuniladi. Teri kasalliklaridan birortasiga yo‘liqqan kishi harom hisoblanar edi. Xasta odam kasalligini boshqalarga yuqtirmasligi va ularni harom qilmasligi uchun boshqalardan ajratib qo‘yilar edi (Levilar 13:45-46 ga qarang).

5:14 Poklanganingni hammaga isbot qilish uchun… — yoki Men Xudoning qonuniga

jiddiy qarashimni ruhoniylar ko‘rishlari uchun….

5:14 Borib…Muso amr qilgan qurbonliklarni keltir — Levilar 14:1-32 ga qarang.

5:17 farziylar — yahudiylarning muhim bir diniy mazhabi. Farziylar Tavrot qonunlariga qat’iy rioya qilardilar, og‘zaki ravishda tarqalgan urf–odatlarga hamda poklanish udumlariga izchil amal qilardilar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi FARZIY so‘ziga qarang.

5:17 Tavrot tafsirchilari — Musoning qonunini juda yaxshi bilgan ziyoli odamlar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi TAVROT TAFSIRCHISI iborasiga qarang.

5:17 Isoda Egamizning…qudrati bor edi — 4:14 ga qarang.

5:19 …uyning tomiga chiqib… — qadimgi Falastinda uylarning tomi tekis bo‘lar edi.

Tomga uyning devori bo‘ylab qurilgan zina orqali chiqilardi.

5:19 …tomdan teshik ochdilar. So‘ng sholni o‘sha teshikdan…tushirdilar — yunoncha matnda …uyning tomiga chiqib, sholni tomning xom g‘ishtlari orasidan…tushirdilar. Qadimgi Falastinda uylarning tomi yopilganda, ko‘ndalang yotqizilgan to‘sinlar ustiga shox–shabbalar terilib, ustiga loy va somon qorishmasidan tayyorlangan lo‘mboz bosilar edi. Ba’zida tomni yopishda yapaloq, yupqa xom g‘ishtlardan foydalanilardi.

5:24 Inson O‘g‘li — Iso Masih ko‘pincha O‘ziga nisbatan ishlatgan unvon. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi INSON O‘G‘LI iborasiga qarang.

5:27 soliqchi — 3:12 izohiga qarang.

5:27 Levi — Matto ismi bilan ham tanilgan (Matto 9:9 ga qarang).

5:37 …yangi sharob meshni yorib yuboradi… — qadimgi paytlarda suyuqlik odatda hayvon terisidan qilingan meshlarda saqlanardi. Uzum sharbati bijg‘ib, sharobga aylanganda, meshlar shishardi. Mesh eskirgani sari o‘z cho‘ziluvchanligini yo‘qotgani bois, yangi sharob eski meshga solinganda, meshni yorib yuborardi.

5:38 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: Shunda u ham, bu ham saqlab qolinadi.

6:1 Shabbat kunlarining birida… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida

ikkinchi ilk Shabbat, bu iboraning ma’nosi bahsli.

6:1 Uning shogirdlari…donlarini yeyayotgan edilar — Tavrot qonunlariga ko‘ra, och qolgan odam birovning dalasidan boshoqlarni uzib, donini yeyishi mumkin edi (Qonunlar 23:24-25 ga qarang).

6:2 Shabbat kuni qonunga xilof ish — farziylar Tavrotdagi qonunni (Chiqish 34:21 ga qarang) o‘zlaricha jiddiy sharhlab, hatto inson hayotiga oid ikir–chikirlarni ham qonun darajasiga ko‘targanlar. Shuning uchun ular Isoning shogirdlari qilgan ishni Shabbat kuniga xilof ish deb hisoblaganlar.

6:3 Dovud hamrohlari bilan och qolganda nimalar qilgani — 1 Shohlar 21:1-6 ga qarang.

6:4 muqaddas nonlar — Levilar 24:5-9 ga qarang. Yana lug‘atdagi MUQADDAS NON

iborasiga qarang.

6:9 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha

qilingan: Ular indamadilar.

6:15 vatanparvar — bu nom Shimo‘nning Rim imperiyasiga qarshilik ko‘rsatgan avom xalq harakatining a’zosi ekaniga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin. Ushbu harakat a’zolari siyosiy, iqtisodiy va diniy maqsadlarni ko‘zlagan edilar.

6:17 Yahudiya — bu o‘rinda Yahudiya degan nom butun qadimgi Falastinga nisbatan

ishlatilgan.

6:48 …uy mahkam o‘rnatilgan — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida uy

tosh ustiga mahkam o‘rnatilgan.

7:2 Rim — o‘sha davrda qadimgi Falastin Rim imperiyasi hukmronligi ostida edi.

7:11 Uning shogirdlari — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida ko‘plab

shogirdlari.

7:17 Yahudiya — 6:17 izohiga qarang. 7:22 teri kasalligi — 5:12 izohiga qarang. 7:27 Malaki 3:1 ga qarang.

7:28 Yahyodan ulug‘i yo‘q — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Yahyo

cho‘mdiruvchidan ulug‘roq biron payg‘ambar yo‘q.

7:29 soliqchilar — 3:12 izohiga qarang.

7:37 ganch — bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha so‘z naqqoshlikda qo‘llaniladigan oqish

yoki sarg‘ish rangli toshni bildiradi. Odatda bu toshdan yasalgan idishlarda atir moyni

uzoq vaqt davomida saqlasa bo‘lardi.

7:41 kumush tanga — yunoncha matnda dinor. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi.

7:44-46 …oyoqlarimni yuvgani suv bermading…45…Meni o‘pib kutib olmading…46…boshimga zaytun moyi surtmading… — odatda mehmonlar kelganda, mezbon ularni uyiga olib kirishidan oldin, oyoqlarini yuvish uchun suv berar edi, chunki o‘sha davrda odamlar oyoq yalang yoki choriq kiyib yurganlari bois, oyoqlari chang bo‘lar edi. Shuningdek, mezbon mehmon bilan salomlashganda uning yuzidan o‘par edi, hurmatli mehmonning boshiga esa xushbo‘y ziravorlar qo‘shilgan zaytun moyini surtardi.

8:2 Magdala — Jalila ko‘lining g‘arbiy qirg‘og‘idagi qishloq.

8:3 Hirod — 3:1 ga va o‘sha oyatning to‘rtinchi izohiga qarang.

8:3 Iso bilan Uning shogirdlari — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida

Isoning.

8:10 Ishayo 6:9 ga qarang.

8:15 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: Iso bularni aytib: “Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!” — deb xitob qildi.

8:22 Ko‘lning narigi tomoni — Jalila ko‘lining sharqiy qirg‘og‘iga ishora.

8:26 Gerasa — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Gadara (shu bobning 37–oyatida ham bor). Gerasa shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda g‘ayriyahudiylar istiqomat qilardi.

8:28 Xudoyi Taoloning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

8:30 Tumonat — yunoncha matnda Legion, ma’nosi minglar. Bu yunoncha so‘z Rimliklarning harbiy terminidan olingan bo‘lib, 6000 askardan iborat bo‘lgan bo‘linma ma’nosini ifodalaydi.

8:40 Iso ko‘lning bu qirg‘og‘iga qaytib kelganda… — Iso orqaga, ko‘lning g‘arbiy qirg‘og‘idagi Jalila hududiga qaytib kelgan edi (shu bobning 22–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

8:45 Butrus — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Butrus va Isoning boshqa shogirdlari.

8:45 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga

qo‘shimcha qilingan: Nega yana, Menga kim qo‘l tegizdi, deb so‘raysiz?

8:48 Qizim — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida dadil bo‘l, qizim.

8:52 Hamma qizcha uchun dod–faryod qilayotgan edi — ba’zan dafn marosimlari

paytida dod–faryod qilib, aytib yig‘lash uchun yig‘ichilar yollanardi.

8:54 Iso esa qizchaning qo‘lidan ushlab… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Iso esa hammani tashqariga chiqarib, qizchaning qo‘lidan ushlab.

9:5 …ularga ogohlantirish tariqasida oyoqlaringizdagi changni qoqib ketinglar

odamlar Xudoning elchilarini rad etganlari uchun, havoriylar oyoqlaridagi changni qoqib ketardilar. Havoriy Pavlus ham shunga o‘xshash harakatni ishlatgan (Havoriylar 18:6 ga qarang). Bu harakat o‘sha odamlarning ayanchli qismatini, ya’ni Xudo tomonidan rad etilishini va Uning shohligidan benasib qolish xavfini anglatardi.

9:7 Viloyat hukmdori — yunoncha matnda Tetrarx. 3:1 ning oxirgi izohiga qarang.

9:7 Hirod — 3:1 ga va o‘sha oyatning to‘rtinchi izohiga qarang.

9:8 Ilyos payg‘ambar — Eski Ahd davrida yashagan eng buyuk payg‘ambarlardan biri. Yahudiylar Ilyosning qaytib kelishini intizorlik bilan kutishardi (Malaki 4:5-6 ga qarang).

9:10 Havoriylar qaytib keldilar… — shu bobning 6–oyatiga qarang.

9:10 Baytsayda shahri — bu o‘rinda ko‘lning shimoli–sharq tomonidagi shaharga yoki ko‘lning shimoli–g‘arb tomonida joylashgan, Jaliladagi Baytsayda degan shaharga ishora qilinayotgan bo‘lishi mumkin (Yuhanno 12:21 ga qarang). An’anaga ko‘ra, Iso bir necha ming kishini to‘ydirgan joy Jaliladagi Baytsaydaga yaqin edi.

9:10 …ularni Baytsayda shahriga olib ketdi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida ularni Baytsayda shahri yaqinidagi xilvat joyga olib ketdi.

9:19 …Yahyo cho‘mdiruvchi…Ilyos… — shu bobning 7-8–oyatlariga va 8–oyatning izohiga qarang.

9:20 Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar yozilgan. Yangi Ahdga ko‘ra Rabbimiz Iso o‘sha Masihdir. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi MASIH so‘ziga qarang.

9:22 bosh ruhoniylar — jamiyatning boshqa e’tiborli odamlari qatorida Oliy kengash a’zolari edilar. Oliy kengash yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi edi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi BOSH RUHONIYLAR iborasiga qarang.

9:23 …o‘z xochini ko‘tarib… — Rim imperiyasi davrida o‘lim jazosining bir turi mahkumni xochga mixlash edi. Bu jazo hammaga ma’lum bo‘lgan. Odatda jinoyatchi o‘zi mixlanadigan xochning ko‘ndalang yog‘ochini hukm ijro etiladigan joyga ko‘tarib olib borar edi (to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XOCH so‘ziga qarang). Iso Masih mana shu timsol orqali shogirdlarini hamda Unga ishonganlarni o‘z manfaatlarini ko‘zlamasdan, Unga butunlay o‘zlarini bag‘ishlab va itoat qilib hayot kechirishga, hattoki U uchun o‘limga ham rozi bo‘lishga da’vat etadi.

9:30-31 …olamdan o‘tishi… — yunoncha matnda chiqishi, Isoning o‘limi va tirilishiga ishora qiladigan so‘z. Bu so‘z Eski Ahdda bayon qilingan voqeani, ya’ni Xudo O‘z xalqini Misrdan olib “chiqish”ini eslatish maqsadida qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin. Xudo Isroil xalqini Misrdagi qullikdan ozod qilgan edi, Isoning o‘limi va tirilishi orqali esa U tez orada insoniyatni buyuk najotga erishtiradi.

9:35 Bu Mening O‘g‘limdir, Men Uni tanladim — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida bu Mening sevikli O‘g‘limdir.

9:53 Samariyaliklar — yahudiylar va Samariyaliklar uzoq vaqt davomida bir–birlariga

dushman bo‘lib kelganlar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SAMARIYALIK so‘ziga qarang.

9:54 …deb buyuramiz — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida deb Ilyos

payg‘ambar qilganiday buyuramiz.

9:55-56 …ularni koyidi. 56 Shundan keyin ular boshqa qishloqqa ketdilar — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida ularni koyib dedi: “Sizlar qanday ruhda borayotganingizni bilmaysizlar. 56 Inson O‘g‘li inson jonini halok qilish uchun emas, xalos qilish uchun kelgan.” Shundan keyin ular boshqa qishloqqa ketdilar.

9:60 ruhan o‘lik bo‘lganlar — yunoncha matnda o‘lik bo‘lganlar.

10:1 yetmish ikki — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida yetmish. Shu bobning 17–oyatida ham bor.

10:11 Ogohlantirish tariqasida shahringizdan oyoqlarimizga yopishgan changni ham qoqib ketyapmiz — 9:5 izohiga qarang.

10:12 Sado‘m shahri — aholisining o‘ta buzuqligi oqibatida Egamiz vayron qilgan

shahar (Ibtido 18:16-19:28 ga qarang).

10:13 Tir bilan Sidon shaharlari — Finikiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan g‘ayriyahudiylar shaharlari. Bu shaharlar Jaliladan shimoli–g‘arbda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi.

10:13 …qanorga o‘ranib, kulga o‘tirib… — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Qanorga o‘ranib olish va kulga o‘tirish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi. Ko‘pincha bu harakat Xudodan kechirim so‘rab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.

10:19 iblis — yunoncha matnda dushman, bu so‘z iblisga nisbatan aytilgan (Matto

13:39, 1 Butrus 5:8 ga qarang).

10:27 Qonunlar 6:5 ga qarang.

10:27 Levilar 19:18 ga qarang.

10:30 …Quddusdan Yerixoga… — Quddusdan Yerixogacha bo‘lgan masofa qariyb 25 kilometrni tashkil qilardi. Sahro orqali va g‘orlar yonidan o‘tgan bu yo‘lda qaroqchilar yashirinib yurgani uchun, shu yo‘l nihoyatda xatarli hisoblanar edi.

10:31 ruhoniy — Quddusdagi Ma’badda xizmat qiladigan e’tiborli din rahnamosi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi RUHONIY so‘ziga qarang.

10:32 levi — Quddusdagi Ma’badda ruhoniyga xizmat qilishda yordam beradigan odam. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi LEVI, LEVILAR so‘ziga qarang.

10:33 Samariyalik — yahudiylar Samariyaliklardan hazar qilishar edi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SAMARIYALIK so‘ziga qarang.

10:34 …yaralariga zaytun moyi, sharob surib… — bular qadimgi paytlarda malham sifatida ishlatilardi. Zaytun moyi og‘riq qoldirib, terini qurib ketishdan saqlar edi (Ishayo 1:6 ga qarang). Sharob yarani dezinfeksiya qilar edi.

10:35 Ertasi kuni — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Ertasi kuni

jo‘nayotganda.

10:35 kumush tanga — yunoncha matnda dinor. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi.

11:2 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: Osmonda bo‘lgani kabi, yerda ham Sening irodang bajo bo‘lsin.

11:4 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: Yovuz shaytondan xalos qilgin.

11:11 Orangizdan qaysi bir ota…ilon beradi? — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Orangizdan qaysi bir ota o‘g‘li non so‘raganda, unga tosh beradi? Yoki baliq so‘raganda, unga ilon beradi.

11:15 ins–jinslar hukmdori Baalzabul — shayton shohligidagi qudratli bir mavjudotga

yoki shaytonning o‘ziga ishora.

11:29 Yunusning alomati — Yunusni nahang baliq yutib yuborgandan keyin, Xudo uni nahang baliqning qornidan xalos etgandi (Yunus 2:1, 11 ga qarang). Iso Yunusning hayotidagi bu voqeani tilga olib, O‘zining o‘limi va tirilishiga ishora qilmoqda (Matto 12:39-40 ga qarang).

11:30 Naynavo — Yunus davrida Ossuriya shohligining poytaxti edi. Bu shahar

Nineviya nomi bilan ham ma’lum.

11:30 …Naynavo aholisiga alomat…hozirgi nasl uchun alomat… — Yunusni Xudo yuborganini anglagan Naynavo aholisi o‘z gunohlaridan tavba qilgandi (Yunus 3:1-10 ga qarang). Isoning o‘limi va tirilishi ham hozirgi zamon odamlariga alomat bo‘lib xizmat qiladi. Odamlar Isoni Xudodan yuborilgan deb qabul qilib, o‘z gunohlaridan tavba qilishlari darkor (shu bobning 32–oyatiga qarang).

11:31 Janub malikasi — Shava malikasi nazarda tutilgan (3 Shohlar 10:1-10 ga qarang).

11:38 qo‘llarini yuvmagani — farziylar ovqatlanishdan oldin qo‘llarining yuvilishiga alohida e’tibor qaratishardi. Ayniqsa ko‘chada, odamlar orasida bo‘lib kelgandan keyin, dasturxonga o‘tirishdan oldin urf–odatlarga ko‘ra qo‘llarini yuvib, o‘zlarini poklab olishardi.

11:42 ushr — har qanday daromadning o‘ndan bir qismi. Levilar 27:30-33, Qonunlar 14:22-29, 26:12-13 ga qarang.

11:44 Holingizga voy! — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar!

11:44 Sizlar belgisi yo‘q qabrlarga o‘xshaysizlar…o‘sha qabrlar… — yahudiylar qabrlarni harom deb bilishardi, shuning uchun qabrga tegib ketgan odam ham harom bo‘lardi (Sahroda 19:16 ga qarang). Farziylar tashqi tozalik, diniy poklikka rioya qilib, haqiqiy solihlikka e’tiborsiz bo‘lganlari uchun Xudoning nazarida nopok edilar. Ularning urf– odatlari nafaqat o‘zlarini, balki ularning urf–odatlariga rioya qilgan hamma odamni bulg‘ar edi.

11:51 …Hobil…Zakariyo… — Eski Ahdda bayon qilingan voqealarga ko‘ra, birinchi o‘ldirilgan inson — Hobil, oxirgi o‘ldirilgan inson esa Zakariyo edi (Ibtido 4:8,

2 Solnomalar 24:20-22 ga qarang).

11:53 Iso u yerdan chiqishi bilanoq… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Iso bularni endi aytib tugatar ekan.

12:1 xamirturush — majoziy ma’noda ishlatilgan bo‘lib, odatda boshqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ta’limotlar va xulq–atvor nazarda tutilgan.

12:1 ikkiyuzlamachiligi — Matto 23:27-28 ga qarang.

12:6 ikki tanga — yunoncha matnda ikki assarion, Rim imperiyasidagi ikki mis chaqa. O‘n olti assarion bir dinor qiymatiga to‘g‘ri kelardi. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi.

12:10 …kim Muqaddas Ruhga kufrlik qilsa… — Xudoga ishonishdan bosh tortib,

Muqaddas Ruhning ishiga qarshilik ko‘rsatadigan odamga ishora qiladi.

12:27 shoh Sulaymon — 3 Shohlar 10:23-27 ga qarang.

12:33 …xazinangizni kuya yeya olmaydi — qadimgi paytlarda qimmatbaho kiyimlar va gilamlar xazina hisoblanar edi.

13:1 hokim Pilat — 3:1 ga va o‘sha oyatning uchinchi izohiga qarang.

13:4 Siloam qishlog‘i — Quddus shahrining yonida joylashgan.

13:19 xantal urug‘i — o‘sha zamonda odamlar xantal urug‘ini eng mayda urug‘ deb

bilishardi.

13:21 bir tog‘ora — yunoncha matnda uch saton, taxminan 22 kiloga to‘g‘ri keladi.

13:28 Yoqub — Is’hoqning o‘g‘li, Ibrohimning nabirasi.

13:31 Hirod — 3:1 ga va o‘sha oyatning to‘rtinchi izohiga qarang.

13:35 Zabur 117:26 ga qarang.

14:5 farzandingiz — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida eshagingiz.

14:24 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: Chunki da’vat etilganlar ko‘p, ammo tanlanganlar ozdir.

14:26 Meni…sevishi kerak — yunoncha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Ota–onasidan, aka–uka va opa–singillaridan, hatto o‘z jonidan nafratlanishi kerak. Biroq Iso bu so‘zlari bilan izdoshlarini tug‘ishgan jigarlaridan yoki o‘zlaridan nafratlanishga undamoqchi emas. Nafrat so‘zi bu o‘rinda mubolag‘a tarzida ishlatilgan bo‘lib, shogirdlarning Isoga bo‘lgan sevgisi birinchi darajali va nihoyatda yuksak bo‘lishi kerakligini ko‘rsatmoqchi.

14:27 O‘z xochini ko‘tarib… — 9:23 izohiga qarang.

15:1 soliqchilar — 3:12 izohiga qarang.

15:8 kumush tanga — yunoncha matnda draxma. Draxma yunon tangasi edi. Qiymati Rimdagi bir dinor qiymatiga teng kelar edi. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi.

15:15 cho‘chqalar — yahudiylar cho‘chqalarni harom deb bilganlari uchun, cho‘chqa

boqish eng sharmandali ish hisoblanardi (Qonunlar 14:8 ga qarang).

16:6 Ikki yuz ko‘za…yuz ko‘za… — yunoncha matnda Yuz bat…ellik bat…, taxminan 2200

litrga va 1100 litrga to‘g‘ri keladi.

16:7 Ming tog‘ora…sakkiz yuz tog‘ora… — yunoncha matnda Yuz kor…sakson kor…,

taxminan 22 tonnaga va 18 tonnaga to‘g‘ri keladi.

16:8 nur ahli — Osmon Shohligidan bahramand bo‘ladigan Xudoning xalqiga ishora.

16:16 Tavrot va Payg‘ambarlar bitiklari — odatda Eski Ahd kitoblari to‘plami shu nom

bilan ataladi (24:44 izohiga qarang).

16:29 Musoning va payg‘ambarlarning bitiklari — shu bobning 16–oyati izohiga qarang.

17:2 Bu kichiklarning birontasi — Iso Masihga imon keltirgan odamlar, ayniqsa kichik bola singari, ojiz va qarovga muhtoj bo‘lganlar nazarda tutilgan (Matto 18:1-6 ga qarang).

17:6 zig‘irday — yunoncha matnda xantal urug‘iday. O‘sha zamonda odamlar xantal urug‘ini eng mayda urug‘ deb bilishardi.

17:12 teri kasalligi — 5:12 izohiga qarang.

17:14 …o‘zlaringni ruhoniylarga ko‘rsatinglar — Iso ularga shifo berishini bilgan holda, Tavrot qoidasiga binoan, ularni ruhoniylarning oldiga yubordi. Ruhoniylar teri kasalligiga chalingan bu odamlarni nazoratdan o‘tkazib, sog‘ yoki kasal deb e’lon qilishlari kerak edi (Levilar 14:1-32 ga qarang). Yana 5:12-14 ga qarang.

17:16 Samariyalik — yahudiylar Samariyaliklardan hazar qilishar edi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SAMARIYALIK so‘ziga qarang.

17:26 Nuh davrida — Ibtido 6:5-7:23 ga qarang.

17:28 Lut — Ibtido 19:1-29 ga qarang.

17:31 tomning ustida bo‘lgan kishi — u zamonlarda uylarning tomi tekis bo‘lib, odamlar

tomga chiqib dam olishardi.

17:32 Lutning xotini — Ibtido 19:16-17, 24-26 ga qarang.

17:35-36 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar 36–oyatni tashkil etib, qo‘shimcha qilingan: Ikki kishi dalada bo‘lsa, biri olinadi, biri qoldiriladi.

17:37 Kalxatlar…sizlarga shu singari ayon bo‘ladi — yunoncha matndan so‘zma–so‘z

tarjimasi Murda qayerda bo‘lsa, kalxatlar ham o‘sha yerda to‘planadi.

18:10 soliqchi — 3:12 izohiga qarang.

18:20 Chiqish 20:12-16, Qonunlar 5:16-20 ga qarang.

18:29 …uy–joyini…qoldirgan odam — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida uy–joyini yoki ota–onasini yo aka–ukalarini yoki opa–singillarini yo xotinini yoki bolalarini qoldirgan odam.

18:32 g‘ayriyahudiylar — o‘sha davrda Yahudiyada hukmronlik qilgan Rim imperiyasi

amaldorlariga ishora.

18:38 Dovud O‘g‘li — yahudiylar shoh Dovud naslidan kelib chiqadigan Masihni shunday nom bilan atashar edi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi MASIH so‘ziga qarang.

19:2 soliqchilar — 3:12 izohiga qarang.

19:4 shikamora–anjir daraxti — anjirning qadimgi Yaqin Sharqda keng tarqalgan bir turi. Kattaligi yong‘oq daraxtiday, barglari esa tut barglariga o‘xshash bo‘lib, yil

davomida bir necha bor hosil beradigan sersoya daraxt.

19:9 Ibrohimning o‘g‘lidir — ya’ni Ibrohimning avlodi va Xudoning xalqiga mansub bo‘lgan inson ma’nosida kelgan.

19:13 bir tilla — yunoncha matnda bir mina. Bu yunoncha pul birligining qiymati mardikorning 100 kunlik ish haqi miqdoriga teng keladi.

19:29 Zaytun tog‘i — Quddus shahrining sharqiy devori bo‘ylab o‘tgan Qidron

soyligining narigi tomonidagi tepalik.

19:30 Anavi qishloq — ya’ni Baytfagiya (Matto 21:1-2 ga qarang).

19:38 Egamiz nomidan kelayotgan Shoh baraka topsin! — Zabur 117:26 ga qarang.

19:44 Seni shu qadar vayron qiladilarki… — milodiy 70 yilda Tit boshchiligida Rim

qo‘shini Quddusni va u yerdagi Ma’badni butunlay vayron qilgan.

19:44 Xudo seni qutqargani kelgandi, ammo sen bu imkoniyatni qo‘ldan boy berding — Xudo Isoni yahudiylarning oldiga qutqaruvchi Masih qilib yuborgan edi, lekin yahudiylar ko‘p o‘tmay Undan voz kechishadi.

19:45 savdo–sotiq qilayotganlar — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida

sotuvchilar va xarid qiluvchilar.

19:46 Ishayo 56:7 ga qarang.

19:46 qaroqchilar uyasi — Yeremiyo 7:11 ga qarang.

20:17 tamal toshi — qadimgi paytlarda qurilishda poydevor uchun qo‘yilgan birinchi va eng muhim tosh hisoblanardi. Bu tosh poydevorning bir burchagini hosil qilib, binoning qolgan qismi o‘sha toshning joylashuvi bo‘yicha qurilardi.

20:17 Zabur 117:22 ga qarang.

20:18 bu tamal toshi — Iso bu so‘zni ramziy ma’noda ishlatgan bo‘lib, O‘zini nazarda

tutgan.

20:22 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon. Bu o‘rinda Qaysar

Tiberiyga ishora qilingan (3:1 ga va o‘sha oyatning ikkinchi izohiga qarang).

20:22 …Qaysarga soliq to‘lashimiz… — yahudiylar Rim bosqinchilaridan g‘oyat nafratlanganlari uchun, ularga soliq to‘lashni aslo istamas edilar. Biroq soliq to‘lamaslik katta muammolarni keltirib chiqarar edi.

20:23 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: Nega Meni sinab ko‘rmoqchisizlar?!

20:24 dinor — Rim kumush tangasi. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi.

20:27 Sadduqiylar — yahudiylarning muhim bir diniy mazhabi. Farziylardan farqli ravishda, ular og‘zaki tarqalgan urf–odatlarni qabul qilmasdilar, balki faqatgina Tavrotda yozilgan qonun–qoidalarga rioya qilardilar. Ular o‘liklarning tirilishiga ham ishonmas edilar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SADDUQIY so‘ziga qarang.

20:28 Muso bizga shunday yozib qoldirgan — Qonunlar 25:5-6 ga qarang.

20:37 …yonayotgan buta to‘g‘risidagi voqeada… — Chiqish 3:1-6 ga qarang.

20:41 Dovudning O‘g‘li — 18:38 izohiga qarang.

20:42-43 Mening o‘ng tomonim — o‘ng tomon muruvvat va baraka o‘rni deb

hisoblangan.

20:42-43 Zabur 109:1 ga va o‘sha oyatning birinchi izohiga qarang.

21:2 ikki chaqa — yunoncha matnda ikki lepton, o‘sha davrda ishlatilgan qiymati eng

past tanga.

21:6 …siz ko‘rib turganlarning hammasi vayron bo‘ladi — milodiy 70 yilda Tit

boshchiligida Rim qo‘shini Quddusni va u yerdagi Ma’badni butunlay vayron qilgan.

21:27 Inson O‘g‘li…bulutlarda keladi — Doniyor 7:13-14 ga qarang.

21:37 Zaytun tog‘i — 19:29 izohiga qarang.

22:1 Xamirturushsiz non bayrami…Fisih… — 2:41 izohiga qarang.

22:4 Ma’bad mirshabboshilari — Ma’badni qo‘riqlash va u yerda tartib saqlash uchun mas’ul bo‘lgan yahudiy harbiylari.

22:20 yangi ahd — Iso Masih butun odamzodning gunohini O‘z bo‘yniga olib, xochda o‘ldi. Shu orqali yangi ahdni kuchga kiritdi (Ibroniylar 8:6-13, 9:11-17 ga qarang).

To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi AHD so‘ziga qarang.

22:31 Shimo‘n — Butrus ismi bilan ham tanilgan, Butrus ismini unga Iso qo‘ygan edi

(6:14 ga qarang).

22:31 …bug‘doyni g‘alvirdan o‘tkazishganday, shayton sizlarni sinovdan o‘tkazishga izn talab qildi — bug‘doyni yanchgandan keyin, tozalash uchun odatda uni g‘alvirdan o‘tkazishadi. Bu o‘rinda mazkur ibora sinov ma’nosida kelgan. Shayton Isoning shogirdlarini sinamoqchi bo‘lib, ularning Isodan yuz o‘girishi yoki Unga sodiq qolishini bilmoqchi edi. Xuddi shu singari, qadimda Xudo shaytonga Ayubni sinash uchun izn bergan edi (Ayub 1:6-2:10 ga qarang).

22:35 Men sizlarni…yuborganimda… — 10:1-12 ga qarang.

22:36 …hamyon…to‘rva…qilich… — xatarli safarga otlangan odam odatda o‘zi bilan hamyon, to‘rva va qilichni olardi. Bular ramziy ma’noda ishlatilgan bo‘lib, Isoning va shogirdlarining boshiga tushadigan sinovlar davrini bildiradi. Iso bu so‘zlarni ko‘chma ma’noda ishlatganini tushunmagan shogirdlar jang qilishga tayyorlangan edilar (shu bobning 38, 49-51–oyatlariga qarang).

22:37 Ishayo 53:12 ga qarang.

22:39 Zaytun tog‘i — 19:29 izohiga qarang.

22:40 Vasvasaga tushib qolmaylik, deb ibodat qilinglar… — Iso O‘z shogirdlarini hademay sinov payti boshlanishi haqida ogohlantiryapti (shu bobning 22-23, 31-36– oyatlariga, 31–oyatning ikkinchi izohiga va 36–oyatning izohiga qarang). O‘sha paytda ular vasvasaga tushib, Iso Masihdan yuz o‘girishlari mumkin edi.

22:42 bu azob kosasi — yunoncha matnda bu kosa, Isoning azoblari va xochdagi o‘limiga

ishora (18:31-32 ga va shu bobning 14-22–oyatlariga qarang). “Kosadan ichmoq” iborasi azob–uqubat tortib, jazo olish ma’nosini bildiradi (misol uchun, Zabur 74:9, Ishayo 51:17, Yeremiyo 25:15 ga qarang).

22:43-44 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida shu bobning 43-44–oyatlari yo‘q.

22:47 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: Chunki u: “Men kimni o‘psam, U O‘sha kishidir”, deb yonidagilariga aytib qo‘ygan edi.

22:52 Ma’bad mirshabboshilari — shu bobning 4–oyati izohiga qarang.

22:54 oliy ruhoniy — 3:2 ga va o‘sha oyatning birinchi izohiga qarang.

22:59 Axir, u ham Jalilalik–ku! — buni Butrusning shevasidan payqab olishgan edi (Matto 26:73 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

22:66 Oliy kengash — yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi OLIY KENGASH iborasiga qarang.

22:68 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: Meni ozod ham qilmaysizlar.

22:69 …Qodir Xudoning o‘ng tomonida o‘tiradi — Zabur 109:1 ga qarang. O‘ng tomon

muruvvat va baraka o‘rni deb hisoblangan.

22:70 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

23:1 hokim Pilat — 3:1 ga va o‘sha oyatning uchinchi izohiga qarang.

23:2 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon. Bu o‘rinda Qaysar Tiberiyga

ishora qilingan (3:1 ga va o‘sha oyatning ikkinchi izohiga qarang).

23:5 Yahudiya — 6:17 izohiga qarang.

23:7 Hirod — 3:1 ga va o‘sha oyatning to‘rtinchi izohiga qarang.

23:16-17 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar 17–oyatni tashkil etib, qo‘shimcha qilingan: Odatga ko‘ra, har Fisih bayramida Pilat bir yahudiy mahbusni ozod qilar edi. Yana Mark 15:6 ga qarang.

23:19 isyon — yuz bergan bu hodisa kitob yozilgan davrda yashagan odamlarga ma’lum bo‘lgan. Hozirgi davrda bu isyon haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

23:26 Kirineya — bu shahar O‘rta yer dengizi bo‘yida, hozirgi Liviya mamlakatining

hududida joylashgan edi.

23:26 xoch — bu o‘rinda xochning ko‘ndalang yog‘ochiga ishora qilingan. O‘limga mahkum qilingan inson bu yog‘ochni hukm ijro qilinadigan joygacha o‘zi ko‘tarib borishi kerak edi. Bundan oldin Isoni ayovsiz qamchilashgani uchun (Matto 27:26, Mark 15:15,

Yuhanno 19:1), U shu qadar holdan toygan ediki, ehtimol, xochni O‘zi ko‘tarishga madori qolmagan bo‘lsa kerak.

23:30 Xo‘sheya 10:8 ga qarang. Yana Vahiy 6:15-17 ga qarang.

23:34 Iso…dedi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida bu gap yo‘q.

23:34 …qur’a tashlab, Isoning kiyimlarini bo‘lishib oldilar — Zabur 21:19 ga qarang.

23:36 arzon sharob — bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha so‘z avom xalq kunda ichadigan nordon sharobga ishora qiladi. Bu sharob Rim askarlari uchun o‘sha yerga olib kelingan bo‘lishi mumkin.

23:38 Isoning bosh tomonida…yozuv bor edi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Isoning bosh tomonida yunon, lotin va oramiy tillarida…yozuv bor edi.

23:42 Iso — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Rabbim Iso.

23:44-45 Tush payti…soat uch… — yunoncha matnda Oltinchi soat…to‘qqizinchi soat…, yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, kunning bu paytlari o‘sha soatlar bilan belgilanar edi.

23:44-45 Ma’baddagi parda — shoh Hirod qayta qurgan Ma’badda ikkita parda bor edi. Pardaning biri Ma’badning kiraverishida osilgan, ikkinchisi esa Eng muqaddas xonani Muqaddas xonadan ajratib turar edi. Bu oyatda Eng muqaddas xonani Muqaddas xonadan ajratib turadigan parda nazarda tutilgan. Ma’baddagi pardaning yirtilishi Iso tufayli odamlarga Xudoning huzuriga yo‘l ochilganidan dalolat beradi (Yuhanno 4:19- 24, Ibroniylar 9:1-10, 10:19-22 ga qarang).

23:46 Ruhimni Sening qo‘llaringga topshiryapman — Zabur 30:6 ga qarang.

23:51 Arimateya shahri — Quddusdan 35 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan.

23:54 …Shabbat kuni boshlanishiga oz qolgandi — yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, yangi kun quyosh botgandan keyin boshlanar edi. Juma kuni tugayotgani uchun, qoidaga ko‘ra, ayollar Shabbat kuni o‘tgandan keyingina jasadga xushbo‘y moylar surtib, uni mumiyolasa bo‘lar edi.

23:56 …jasadga surtish uchun xushbo‘y moylar va atirlar tayyorladilar — yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, jasad dafn qilinishdan oldin unga xushbo‘y hidli ziravorlar va moylar surtilar edi.

24:1 tayyorlab qo‘ygan xushbo‘y moylari — 23:56 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

24:1 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: Ular bilan boshqa bir necha ayol ham bor edi.

24:7 U sizga…degan edi–ku — 18:31-33 ga qarang.

24:10 Magdala — Jalila ko‘lining g‘arbiy qirg‘og‘idagi qishloq.

24:13 o‘n chaqirim — yunoncha matnda oltmish stadion, taxminan 11 kilometrga to‘g‘ri keladi. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida bir yuz oltmish stadion, taxminan 30 kilometrga to‘g‘ri keladi.

24:17 Ular to‘xtab qoldilar, yuzlari g‘amgin edi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Nega yuzlaringiz g‘amgin?

24:27 …Musodan tortib, barcha Payg‘ambarlar bitiklari… — Eski Ahd kitoblari

to‘plamiga ishora (shu bobning 44–oyati izohiga qarang).

24:34 Butrus — yunoncha matnda Shimo‘n, Butrusning yana bir ismi (6:14 ga qarang).

24:42 bir bo‘lak qovurilgan baliq — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida bir

bo‘lak qovurilgan baliq va bir oz mumli asal.

24:44 …Tavrot…Payg‘ambarlar bitiklari…Zabur… — odatda yahudiylar, Eski Ahd to‘plami uch qismdan iborat, deb aytadilar. Bu uch qism quyidagilardir: Tavrot (Musoning qonuni degan nom bilan ham yuritiladi), Payg‘ambarlar bitiklari (uning tarkibiga ba’zi tarixiy kitoblar ham kirgan) va Bitiklar (Zabur bu qismning birinchi kitobidir). Yahudiylar ba’zan dastlabki ikki qism “Tavrot va Payg‘ambarlar bitiklari”

deganda butun Eski Ahd to‘plamini nazarda tutadilar (misol uchun, shu bobning 27–

oyatiga qarang).

24:49 Men sizlarga osmondagi Otam va’da qilgan Muqaddas Ruhni yuboraman — 3:16, 11:13 ga va Havoriylar 2:1-21 ga qarang.

24:50 Baytaniya — Quddus shahrining sharqiy devori bo‘ylab o‘tgan Qidron soyligining

narigi tomonida joylashgan qishloq.

24:53 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘z oyatga qo‘shimcha

qilingan: omin.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru