Muqaddas Kitob


DONIYOR

PAYG‘AMBARNING

KITOBI

Kirish

Mazkur kitobning bosh qahramoni Doniyor payg‘ambardir. U ibroniy zodagonlarining oilasida tavallud topib, ulg‘ayadi va miloddan oldingi 605 yilda boshqa asirlar qatorida shoh Navuxadnazar tomonidan Bobilga surgun qilinadi. Doniyor Bobil shohining saroyida xizmat qila boshlaydi. Miloddan oldingi 539 yilda Midiya va Fors qo‘shinlari Bobil taxtini egallaganlaridan keyin ham, Doniyor saroydagi xizmatini davom ettiradi.

Kitobning birinchi qismida (1-6–boblar) muallif bizga o‘spirin Doniyorni va uning uch do‘stini tanishtiradi, ularning tirishqoqligi, iste’dodi va diyonati haqida so‘z yuritib, Bobil saroyida yuz bergan hodisalar haqida bizni boxabar qiladi. Shuningdek, jahon xalqlarining taqdiri va Xudoning abadiy hukmronligi haqida so‘z yuritadi. Ushbu kitobda Doniyor va uning uch do‘sti Bobil hukumatida yuksak obro‘–e’tiborga ega bo‘lganlari haqida hikoya qilinadi. Ularning hayoti bir necha marta xavf ostida qoladi, shunga qaramay, ular Xudoga oxirigacha sodiq qolishadi. Bobil shohligi birlashgan Midiya va Fors shohligiga mag‘lub bo‘lgandan keyin, Doniyorning yangi hukumatga xizmat qilishi ham kitobning shu qismida bayon qilinadi.

Kitobning ikkinchi qismi (7-12–boblar) Doniyorga kelgan vahiylardan va farishta unga aytgan vahiy ta’birlaridan tashkil topgan. Bu vahiylarda jahon xalqlarining taqdiri, yahudiy xalqining kelajagi va Xudoning abadiy hukmronligi haqida so‘z yuritiladi.

Kelajakda tarix sahnasiga chiqadigan buyuk imperiyalarning hukmronligi va yahudiylar ularga tobe bo‘lishi majoziy ma’noda bayon qilinadi. Hozirda biz o‘tmishga nazar tashlab, bu vahiylarning aksariyat qismi amalga oshgan, deb ishonch bilan ayta olamiz.

Xullas, kitobning asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat: insoniyat taqdirini Xudo boshqaradi. Xudo shohliklarni qudratli qiladi, vaqti kelganda esa ularni mag‘lub qiladi. Tarix sahnasiga chiqqan buyuk Bobil va Fors imperiyalari, yengilmas Iskandar Zulqarnayn hokimiyati va Rim hukmronligi keldi–yu–ketdi, Xudoning O‘z xalqi orqali o‘rnatgan samoviy shohligi esa abadiy barqaror turibdi.


Doniyor va uning do‘stlari boshidan o‘tgan voqealar

(1:1-6:28)


1–BOB

O‘spirinlar shoh Navuxadnazar saroyida

1 Yahudo* shohi Yohayiqim hukmronligining uchinchi yilida* Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qo‘shin tortib kelib, shaharni qamal qildi. 2 Rabbiy Yohayiqimni Navuxadnazarning qo‘liga berdi*. Navuxadnazar Xudoning uyidagi ayrim idishlarni o‘lja qilib, Bobil* yurtiga olib bordi–da, idishlarni o‘z xudosining uyidagi


xazinaga joylashtirdi.

3 U saroyning bosh mulozimi* Ashnapazga shunday buyruq bergan edi: “Isroil xalqidan olingan asirlardan shoh va zodagonlarning oilalariga mansub bo‘lgan

4 yigitlarni olib kel. Ular yosh, jismonan sog‘lom, xushqomat, zehni o‘tkir, qobiliyatli, farosatli, xullas, shoh saroyida xizmat qilishga layoqatli bo‘lishsin. Sen ularga bobil tilini* va adabiyotini o‘rgatishing kerak. 5 Har kungi yegulik bilan sharob ularga mening dasturxonimdan berilsin. Ular uch yil ta’lim olishgach, mening huzurimda hozir bo‘lishlari lozim.”

6 Tanlanganlarning orasida Yahudo qabilasidan bo‘lgan Doniyor, Xanoniyo, Mishail va Ozariyo ismli o‘spirinlar bor edi. 7 Bosh mulozim ularning ismlarini o‘zgartirib, Doniyorni — Beltashazar, Xanoniyoni — Shadrax, Mishailni — Meshax, Ozariyoni esa Abednaxu deb atadi.

8 Doniyor shohona yegulik va sharobdan bulg‘anishni xohlamadi*. Bu taomlardan u voz kechmoqqa ahd qilib, bosh mulozimdan buning uchun ijozat so‘radi. 9 Xudoning irodasi bilan Doniyor bosh mulozimning muruvvatiyu iltifotiga sazovor bo‘lgan edi.

10 Ammo bosh mulozim Doniyorning taklifini eshitib lol qoldi va dedi: “Yo‘q, yegulik bilan ichimliklarni sizlarga* shoh hazratlarining o‘zlari belgilaganlar. Hazratimning buyruqlaridan bosh tortishdan qo‘rqaman. Bordi–yu, ko‘rinishlaring tengdoshlaringnikidan yomonroq bo‘lsa, mening jonimni xavf ostiga qo‘ygan bo‘lasizlar.”

11 Keyin Doniyor bu masala xususida bosh mulozim tayinlagan soqchi bilan gaplashdi, chunki bu soqchi Doniyor va uning uch og‘aynisi uchun mas’ul bir odam edi. U soqchiga shunday dedi: 12 “Iltimos, qullaringizni o‘n kun davomida sinab ko‘ring. Bizga yegani sabzavot, ichgani suv bering. 13 Keyin esa bizni shohona yegulikni yegan yigitlar bilan solishtirib ko‘ring, so‘ng bilganingizni qilavering.”

14 Soqchi rozi bo‘lib, ularni o‘n kun davomida sabzavotlar bilan boqdi. 15 O‘n kun o‘tgach, ularning gavdalari to‘lishib, shohona yegulik yegan boshqa yigitlardan ancha ko‘rkam bo‘ldi. 16 Shunday qilib, soqchi ularning shohona yeguliklari va sharobini o‘ziga olib qolib, ularga faqat sabzavotlar beradigan bo‘ldi.

17 Xudo bu to‘rtta yigitga adabiyot va falsafaning har sohasini fahmlamoq uchun bilim va iste’dod bergan edi. Bundan tashqari, Doniyor turli xil vahiy va tushlarni ta’birlash qobiliyatiga ega edi.

18 Shoh belgilagan muddat tugagach, bosh mulozim hamma yigitlarni Navuxadnazar huzuriga olib bordi. 19 Shoh ularning har biri bilan suhbatlashdi. Ular orasida hech kim Doniyor, Xanoniyo, Mishail va Ozariyoga teng kela olmasdi. Shuning uchun shoh ularni o‘z saroyida olib qoldi. 20 Shoh qanday savol bermasin va qanday jumboqni yechishni so‘ramasin, ularning bilimi va donoligi butun shohlikdagi folbinu munajjimlarnikidan o‘n barobar ziyoda edi. 21 Doniyor saroyda shoh Kurush hukmronligining birinchi yiligacha* xizmat qildi.


2–BOB

Navuxadnazarning tushi

1 Navuxadnazar o‘z hukmronligining ikkinchi yilida* bir tush ko‘rdi. Bu tush uni shu qadar bezovta qilib yubordiki, ko‘ziga boshqa uyqu kelmadi. 2 Shoh tushining ta’birini

bilish uchun qo‘li ostidagi barcha folbin, munajjim, sehrgar va afsungarlarni* chaqirtirdi.

Ular shoh huzurida hozir bo‘lganlarida, 3 shoh ularga shunday dedi:

tayyordirlar.

8 — Sizlar qarorim qat’iy ekanini ko‘rib, vaqtni cho‘zmoqchisizlar, — dedi shoh. — Buni aniq bilib turibman. 9 Agar tushimni aytib bermasangizlar, hammangizga jazo bitta! Sizlar meni laqillatib, vaziyat o‘zgarguncha vaqtni cho‘zishga kelishib olgansizlar.

Tushni menga aytib beringlar, shunda uni ta’birlay olishingizni ham bilaman.

10 — Yer yuzida shohning bu talabini qondiradigan bironta jon bormikan?! — deya ajablandilar ular. — Shuhrati ro‘yi zaminga yoyilgan shohlarning birontasi ham bunday narsani na folbin, na munajjim, na afsungardan talab qilgan. 11 Shoh hazratlari bizdan imkonsiz bir narsani talab qilyaptilar. Buni shohga foniy bandalar dunyosidan yiroq yashaydigan xudolardan boshqa hech kim ochib berolmaydi.

12 Darg‘azab bo‘lgan shoh: “Bobildagi barcha saroy maslahatchilari qatl qilinsin!” — deb farmon berdi. 13 Farmon e’lon qilindi. Saroy maslahatchilari qatl qilinish arafasida edi. Doniyor va uning o‘rtoqlari ham qatl qilinishlari kerak edi.

Navuxadnazarning tushi Doniyorga oshkor bo‘ladi

14 Shoh soqchilarining boshlig‘i Oriyox saroy maslahatchilarini qatl qilmoq uchun yo‘lga chiqqanda, Doniyor uning oldiga borib, ehtiyotkorlik bilan murojaat qilib: 15 “Ey Oriyox hazratlari, nima bois shoh bunday shoshilinch* farmon chiqardilar?” — deb so‘radi. Shunda Oriyox bo‘lib o‘tgan voqeani unga birma–bir so‘zlab berdi. 16 Doniyor shosha–pisha shoh huzuriga kirib, tushning ta’birini topmoq uchun hazratlaridan muhlat so‘radi. 17 So‘ng uyga borib, bo‘lib o‘tgan voqeani sheriklari Xanoniyo, Mishail va Ozariyolarga aytib berdi: 18 “Saroy maslahatchilari bilan birga halok bo‘lmasligimiz uchun, Samoviy Xudoga iltijo qilinglar. U bizga rahm qilib, bu sirni ochib berishini so‘ranglar.”

19 O‘sha kecha Doniyorga bu sir vahiy orqali oshkor bo‘ldi va Doniyor Samoviy

Xudoga hamdu sanolar aytdi:


20 “Xudoyimiz dono va qudratlidir, Asrlar osha Uning nomi ulug‘lansin! 21 U zamon va davrlarni o‘zgartirar,

Shohlarni taxtdan tushirib taxtga o‘tqazar.

Donishmandlarga donolik,

Oqilu fozillarga bilim berar.

22 Pinhon saqlangan sirlarni ochar, Zulmatda yashiringan narsalarni bilar, Yorug‘lik Uning dargohida maskan topar. 23 Ey ota–bobolarimning Xudosi,

Senga shukurlar aytaman, madhlar kuylayman, Zero, donoligu qudratni menga bergan Sensan, Istagan narsamni menga ochgan Sensan,

Shoh tushini bizga oshkor qilgan Sensan.”

Doniyor shohga tush bilan uning ta’birini aytadi

24 Doniyor saroy maslahatchilarini qatl qilish uchun shoh tomonidan tayinlangan Oriyoxning oldiga borib:

27 Doniyor shohga shunday javob berdi: “Ey hazrati oliylari, na saroy maslahatchisi, na munajjim, na folbin, na rammol* buning uddasidan chiqa oladi. 28 Lekin samoda shu kabi, sirlarni oshkor qila oladigan bir Xudo bordir. U sizga, ey shoh hazratlari, oxiratda bo‘ladigan narsalarni ayon qilmoqchi. Siz tushingizda ko‘rgan vahiy quyidagicha edi:

29 Ey olampanoh, siz uxlab, kelajak haqida bir tush ko‘rdingiz. Bu tush orqali sirlarni oshkor qiluvchi Xudo sizga kelajakda ro‘y beradigan narsalarni ayon qildi. 30 Bu sirning menga ochilganligi esa donoligim boshqalarnikidan ziyoda bo‘lgani uchun emas, balki shohanshohim ko‘rgan tushining ta’birini bilib, uning ma’nosini tushunishlari uchundir.

31 Ey shoh hazratlari, tushingizda siz bahaybat bir haykal ko‘rdingiz. Oldingizda turgan o‘sha ulkan haykalning ko‘rinishi nihoyatda yarqiroq va qo‘rqinchli edi.

32 Haykalning boshi toza oltindan, ko‘krak va qo‘llari kumushdan, beli va sonlari bronzadan, 33 boldirlari temirdan, oyoqlarining bir qismi loydan, bir qismi temirdan edi. 34 Unga qarab turganingizda, tog‘dan o‘z–o‘zidan* uzilgan bir tosh dumalab kelib haykalning loy va temirdan bo‘lgan oyoqlariga urildi–da, ularni parcha–parcha qildi.

35 Temir, loy, bronza, kumush va oltin parchalanib, yozgi xirmonlardagi to‘ponday bo‘ldi. Shamol ularni uchirib ketib, hech bir asar qoldirmadi. Haykalga urilgan tosh esa katta tog‘ bo‘lib, butun yer yuzini qopladi.

36 Bu siz ko‘rgan tush edi. Endi esa shoh hazratlari tushining ta’birini eshitsinlar. 37 Ey shoh hazratlari, siz kabi buyuk hukmdorni dunyo hali ko‘rmagan. Samoviy Xudo sizga saltanat, kuch–qudrat va shon–shuhrat ato qilgandir. 38 U sizga yerda yashovchi barcha insonlarni, hatto dashtdagi yovvoyi hayvonlaru osmonda uchuvchi qushlarni

tobe qilgan, ular ustidan hukmronligingizni mustahkam o‘rnatgan. Tilla bosh — sizsiz. 39 Ammo sizdan keyin jahon sahnasiga boshqa buyuk bir shohlik chiqadi. Bu shohlik siznikidan zaifroq bo‘ladi. So‘ng haykalning bronza beli va sonlari bilan ifodalangan

uchinchi shohlik hukmronlik qiladi. 40 Undan keyin temirday qattiq to‘rtinchi shohlik bo‘ladi. Temir hamma narsani sindirib yo‘q qilganiday, o‘sha shohlik ham undan oldingi shohliklarni buzib, yo‘q qiladi. 41 Siz haykalning oyoqlari va oyoq barmoqlarining bir qismi loydan, bir qismi temirdan ekanligini ko‘rdingiz, bu bo‘lingan shohlik bo‘ladi. Loy bilan temir birga qorilgani uchun bu shohlikda bir oz temirning kuchi bo‘ladi. 42 Shohlik ayrim jihatdan kuchli, ayrim jihatdan zaif bo‘ladi. 43 Temir bilan loyning qorishmasi yana shundan dalolat beradiki, o‘sha zamon hukmdorlari quda–andachilik yo‘li bilan shohliklarini mustahkam qilmoqchi bo‘ladilar, ammo temir loy bilan qovushmagani

kabi, ular ham bir–biri bilan qovusha olmaydilar. 44 O‘sha shohlarning davrida Samoviy Xudo bitmas–tuganmas bir shohlik o‘rnatadi. Hech kim uni yenga olmaydi. Bu shohlik boshqa barcha shohliklarni yer bilan yakson qilib, o‘zi abadiy turadi. 45 Tog‘dan o‘z– o‘zidan dumalab tushib, temir, bronza, loy, kumush va oltinni parchalab tashlagan tosh o‘sha shohlikning ifodasidir. Buyuk Xudo sizga, ey shoh hazratlari, kelajakda sodir bo‘ladigan narsalarni ayon qildi. Siz ko‘rgan tushingiz haqiqatan ham karomatli, ta’biri esa ro‘yirostdir*.”

Shoh Navuxadnazar Doniyorni taqdirlaydi

46 Shoh Navuxadnazar muk tushib Doniyorga sajda qildi. So‘ng odamlariga Doniyor oldida nazrlar keltirib, xushbo‘y tutatqilar tutatishni buyurdi. 47 Shoh Doniyorga dedi:

— Chindan ham sening Xudoying sirlarni oshkor qiluvchi eng buyuk Xudodir, U shohlarning haqiqiy Egasidir, chunki bu sirni menga faqat sen oshkor qila olding!

48 Shoh Doniyorni yuqori mansabga ko‘tarib, ko‘pdan–ko‘p in’omlar taqdim qildi, uni

Bobil viloyatining hokimi va saroy maslahatchilarining boshlig‘i qilib tayinladi.

49 Doniyorning iltimosiga binoan shoh Bobil viloyatining boshqaruvini Shadrax, Meshax

va Abednaxuga topshirdi. Doniyorning o‘zi esa shoh saroyida xizmat qilib qoldi.


3–BOB

Navuxadnazar yasattirgan oltin haykal

1 Shoh Navuxadnazar sof oltindan ulkan bir haykal yasattirdi. Balandligi oltmish tirsak, eni esa olti tirsak* bo‘lgan bu haykal Bobil viloyatidagi Durax tekisligida* o‘rnatildi. 2 So‘ng qo‘li ostidagi barcha noiblar, hokimlar, beklar, a’yonlar, xazinabonlar, qozilar, ma’murlar va viloyatlarning amaldorlarini chaqirtirib, o‘rnatgan haykalning ochilishida qatnashishlarini buyurdi. 3 Bu barcha amaldorlar* shoh Navuxadnazar o‘rnatgan haykalning ochilishiga yig‘ilganlarida, 4 jarchi baland ovozda shunday e’lon qildi: “Ey barcha xalqlar, elatlar va urug‘lar! 5 Hozir sozandalarimiz karnay, nay, lira, chang, arfa, doira va boshqa cholg‘u asboblarini chaladilar, sizlar esa muk tushib shoh Navuxadnazar o‘rnatgan oltin haykalga sajda qilasizlar. 6 Kimki muk tushib sajda qilmasa, o‘sha zahotiyoq olovli chuqurlikka tashlanadi.” 7 Cholg‘u asboblarining* sadolarini eshitgach, barcha xalqlar, elatlar va urug‘lar muk tushib, shoh Navuxadnazar o‘rnatgan haykalga sajda qildilar.

Doniyorning uch og‘aynisi itoatsizlikda ayblanadi

8 Yahudiylarni qoralash niyatida yurgan ayrim Bobilliklar* uchun qulay bir vaziyat tug‘ilgan edi. Bunday fursatni boy bermaslik uchun ular 9 shoh Navuxadnazarga shunday dedilar: “Shoh hazratlarining umri boqiy bo‘lsin! 10 Ey shoh hazratlari, siz

bergan amringizga binoan cholg‘u asboblarining sadolarini eshitgan har bir odam muk tushib oltin haykalga sajda qilishi kerak edi, shunday emasmi? 11 Siz, amrimga itoat qilmagan har qanday kishi olovli chuqurlikka tashlanadi, deb aytgan edingiz. 12 Ammo ayrim yahudiylar, xususan, siz Bobil viloyatiga hokim qilib tayinlagan Shadrax, Meshax va Abednaxu shoh hazratlarining amriga bo‘ysunmadilar. Bu odamlar xudolaringizga sig‘inmaydilar, ular hatto siz o‘rnatgan oltin haykalga sajda qilishni ham o‘zlariga ep ko‘rmadilar.”

13 Bu xabardan g‘azablanib ketgan Navuxadnazar Shadrax, Meshax va Abednaxuni o‘z huzuriga keltirishni buyurdi. Ular shoh huzuriga keltirilganda, 14 Navuxadnazar ularga dedi:

18 Ammo U bizni qutqarmagan taqdirda ham, bilib qo‘yingki, ey shoh hazratlari, biz hech

qachon xudolaringizga sig‘inmaymiz, siz o‘rnatgan oltin haykalga ham sajda qilmaymiz.

Doniyorning uch og‘aynisi o‘limga mahkum qilinadi

19 Shadrax, Meshax va Abednaxuning bunday javobi Navuxadnazarning qonini qaynatdi. Uning afti–basharasi burishib ketdi. U olovni odatdagidan yetti barobar qattiqroq yondirishni buyurdi. 20 So‘ng lashkari orasidagi eng kuchli polvonlarga Shadrax, Meshax va Abednaxuni bog‘lab, olovli chuqurlikka tashlashni amr qildi.

21 Polvonlar ularni bog‘lab, ustki kiyimi, ishtoni, bosh kiyimi, xullas, butun ust–boshi bilan olovli chuqurlikka tashladilar. 22 G‘azablangan shoh qattiq olov yondirishni buyurgani uchun, alanga avjiga chiqqan edi. Olovning tafti uch og‘aynini chuqurlikka tashlayotgan polvonlarni kuydirib yubordi. 23 Shadrax, Meshax va Abednaxu esa bog‘langan holda olovli chuqurlikka yiqildilar.

24 Buni tomosha qilib turgan shoh Navuxadnazar birdaniga o‘rnidan sapchib turdi–

da, hayrat ichra maslahatchilariga:

Shadrax, Meshax va Abednaxu alanga orasidan chiqishdi. 27 Barcha noiblar,

hokimlar, beklar va shoh a’yonlari Shadrax, Meshax va Abednaxuni o‘rab olib, olov o‘sha odamlarga hech qanday ziyon yetkazmaganligini ko‘rishdi. Ularning na sochlari kuygan, na ustki kiyimlariga zarar yetgan, ulardan hatto tutun hidi ham kelmas edi.

28 Navuxadnazar dedi: “Shadrax, Meshax va Abednaxuning Xudosiga hamdu sanolar bo‘lsin! U O‘z farishtasini yuborib, O‘ziga inongan qullarini xalos qildi. Ular o‘z Xudosidan boshqa bo‘lgan xudolarga sig‘inishdan ko‘ra, o‘limni ravo ko‘rdilar, shu bois shohning amriga ham bo‘ysunmadilar.

29 Shuning uchun farmonim quyidagichadir: Shadrax, Meshax va Abednaxuning Xudosiga shak keltirgan har bir odam qaysi xalq, elat yoki uruqqa mansub bo‘lishidan qat’iy nazar, chopib tashlanadi, uning uyi esa vayron qilinadi. Zero, bunday najot beradigan boshqa xudo yo‘qdir.”

30 Keyin shoh Shadrax, Meshax va Abednaxuning martabasini yanada oshirib, ularni

Bobil viloyatidagi yuqori lavozimlarga ko‘tardi.

Navuxadnazarning maktubi

31 Shoh Navuxadnazar yer yuzidagi barcha xalqlar, elatlar va urug‘larga quyidagi

xabarni yubordi:


Xonadoningizdan baraka arimasin! 32 Xudoyi Taolo menga ko‘rsatgan alomatu mo‘jizalari haqida sizlarni xabardor qilmoqchiman.


33 Naqadar buyukdir Uning alomatlari!

Naqadar qudratli mo‘jizalari!

Uning shohligi — mangu shohlik bo‘lar,

U abadiy hukmronlik qilar.


4–BOB

Navuxadnazarning daraxt haqidagi tushi

1 Men, Navuxadnazar, o‘z uyimda xotirjam, shohona saroyimda rohat– farog‘atda yashayotgan edim. 2 Ammo bir kuni kechasi ko‘rgan tushim yuragimga allaqanday vahima soldi. Bu tushim meni dahshatga tushirgan edi. 3 Men tushimning ta’birini bilishni istab, Bobildagi hamma saroy maslahatchilarini huzurimga keltirishni buyurdim. 4 Qarshimda hozir bo‘lgan folbin, munajjim, afsungar* va rammollar* tushimni eshitdilar–u, ammo uni ta’birlay olmadilar.

5 Nihoyat, Doniyor keldi (uning Beltashazar degan ismi* men sig‘inadigan xudoning ismi bilan hamohangdir*). Doniyor muqaddas xudolarning ruhi* bilan to‘ladir. Men unga tushimni aytib berdim: 6 “Ey Beltashazar, folbinlarning boshlig‘i, senda muqaddas xudolarning ruhi* borligi menga ayon, har qanday sir senga oshkordir. Ko‘rgan tushimning ta’birini menga aytib ber.

7 Tushimda men dunyoning qoq o‘rtasida o‘sayotgan bir daraxtni ko‘rdim. U nihoyatda ulkan edi. 8 Daraxt o‘sib, uning uchi osmonga yetdi. Daraxtni dunyoning to‘rt burchagidan turib ko‘rsa bo‘lar edi. 9 Uning yaproqlari nihoyatda chiroyli, mo‘l mevalari butun dunyoni ta’minlar edi. Yovvoyi hayvonlar uning tagida pana topar, osmondagi qushlar shoxlarida in qurar, yer yuzidagi barcha mavjudot undan oziqlanar edi.

10 Men to‘shagimda yotib, kelgan vahiyni tomosha qilayotganimda, osmondan kuzatuvchi bir farishta tushib keldi. 11 U baland ovozda baqirdi: «Daraxtni yiqitinglar, shoxlarini chopib tashlanglar, yaproqlarini uzib, mevalarini sochib yuboringlar. Tagidagi hayvonlarni haydanglar, shoxlardagi qushlarni uchiringlar. 12 Ammo daraxtning to‘nkasi va ildizlariga tegmanglar, ularni temir va bronza bilan zanjirlab, mayin dasht o‘tlari orasida qoldiringlar. Daraxt timsolidagi bu odam osmondan tushgan shudringga cho‘milsin, yovvoyi hayvonlar bilan yashab, nasibasini dasht o‘tlari orasidan terib yesin. 13 Undan inson ongi olib tashlansin. U yetti yil* mobaynida ongsiz hayvonday yashasin. 14 Kuzatuvchi farishtalar shu hukmni chiqarishdi, toki har bir mavjudot Xudoyi Taoloni inson saltanatining yagona Hukmdori deb bilsin. U shohlikni xohlagan odamiga berar, xokisor qashshoqni taxtga o‘tqazar.»

15 Men, shoh Navuxadnazar, ko‘rgan tush mana shudir. Endi sen, Beltashazar, menga tushimning ta’birini aytib ber, chunki saroy maslahatchilari uni ta’birlay olmadilar. Sen esa buning uddasidan chiqasan, chunki senda muqaddas xudolarning ruhi* bor.”

Tushning ta’biri

16 So‘ng Beltashazar, ya’ni Doniyor bir qancha vaqt o‘ziga kelolmay turdi.

Mening tushim uni dahshatga tushirgan edi. “Beltashazar, tushim va uning ta’biri

seni dahshatga solmasin, — dedim unga men*.”

“Hazratim, — deb gapini boshladi Beltashazar. — Iloyim, bu tushingiz va uning ta’biri dushmanlaringiz boshiga tushsin! 17 Siz, uchi osmon bilan o‘pishgan baland bir daraxtni ko‘rdingiz. Bu daraxt shu qadar ulkan ediki, uni dunyoning to‘rt burchagidan turib ko‘rsa bo‘lar edi. 18 Uning yaproqlari nihoyatda chiroyli, mo‘l mevalari butun dunyoni ta’min qilar edi. Tagida yovvoyi hayvonlar yashar, osmondagi qushlar shohlarida in qurar edi. 19 O‘sha ulkan daraxt — sizsiz, ey shoh hazratlari! Siz yer yuzida hokimiyatingizni o‘rnatib, shuhratingizni osmonu falaklarga yoygansiz.

20 Tushingizda siz, ey hazrati oliylari, osmondan tushib kelayotgan kuzatuvchi farishtani ham ko‘rdingiz. Farishta: «Daraxtni yiqitib, yo‘q qilinglar», deb buyruq berdi. «Ammo to‘nka va ildizlariga tegmanglar, ularni temir va bronza bilan zanjirlab, dasht o‘tlari orasida qoldiringlar. Yetti yil davomida u osmondan tushgan shudringga cho‘milib, yovvoyi hayvonlar bilan birga yashasin.»

21 Tush ta’biri shundaydir: Xudoyi Taoloning amriga muvofiq, bularning barchasi kelajakda boshingizga tushadi. 22 Siz insonlar jamiyatidan haydalib, yovvoyi hayvonlar orasida yashaysiz. Xudoyi Taolo inson saltanatining yagona Hukmdori ekanini va U taxtni xohlagan odamiga berishini anglab yetmaguningizcha yetti yil davomida molga o‘xshab o‘t yeb, osmondan tushgan shudringga cho‘milasiz. 23 Ammo daraxt to‘nkasi va ildizlari qoldirilganligi shundan dalolat beradiki, siz Xudoni Oliy Hukmdor deb tan olganingizdan keyin, shohligingiz qayta tiklanadi. 24 O‘tinaman sizdan, ey shoh hazratlari, maslahatimni rad etmang: gunohlaringizdan yuz o‘girib, to‘g‘rilikni mahkam tuting, yomon qilmishlaringizdan voz kechib, ezilganlarga iltifot qiling. Kim bilsin, balki shunda davlatingiz ravnaqi davom etar.”

Navuxadnazarning tushi o‘ngidan keladi

25 Bularning hammasi mening boshimga tushdi*. 26 O‘n ikki oylardan keyin,

men, Navuxadnazar, Bobildagi saroyimning tomida sayr qilib yurgan edim*.

27 Shunda shaharga nazar tashlab: “O‘z qudratim bilan qurdirgan shohona

poytaxt Bobilni bir ko‘rib qo‘yinglar–a! — dedim, — cheksiz kuchim va dabdabali

ulug‘vorligim bu shaharda aks ettirilgan.”

28 Bu so‘zlar og‘zimdan chiqib ulgurmagan ham ediki, osmondan bir ovoz keldi: “Ey shoh Navuxadnazar, gapimga quloq sol! Sen taxtingdan tushirilding!

29 Sen insonlar jamiyatidan haydalib, yovvoyi hayvonlar bilan yashaysan. Xudoyi Taolo — inson saltanatining yagona Hukmdori ekanini va U taxtni xohlagan odamiga berishini uqmaguningcha, yetti yil davomida molga o‘xshab o‘t yeb yurasan.”

30 Menga aytilgan bu karomatli so‘zlar o‘sha zahotiyoq amalga oshdi. Men insonlar jamiyatidan haydaldim. Mol kabi o‘t yeb, osmondan tushgan shudringga cho‘mildim. Sochlarim burgut qanotlariday uzun, tirnoqlarim qushning changallariday bo‘lguniga qadar, hayotim shu zaylda davom etdi.

Navuxadnazar Xudoni olqishlaydi

31 Belgilangan muddat tugagach, men ko‘zimni osmonga tikdim, o‘sha zahotiyoq es–hushim o‘zimga qaytib keldi. Men Xudoyi Taologa shukronalar aytdim, mangu yashovchini olqishlab, ulug‘ladim:


“Zero, abadiydir Uning hukmronligi,

Avlodlar oshadir Uning shohligi.

32 Yerdagi insonlar Uning nazdida hech narsadaydir,

Insonlaru malaklarga U hukmini o‘tkazgaydir.

Biror kimsa Unga bas kela olmas,

«Nima qilyapsan?» — deb so‘rashga jur’at etmas.”


33 Es–hushim o‘zimga qaytib kelganidan so‘ng, shohligim, obro‘–e’tiborim hamda shuhratim tiklandi. Maslahatchi va beklarim meni qidirib kelishdi. Men qayta taxtga o‘tirdim, ulug‘vorligim esa oldingidan ham oshdi.

34 Endi men, Navuxadnazar, Samoviy Shohga hamdu sanolar aytaman, Uni ulug‘lab, sharaflayman. Uning hamma ishlari to‘g‘ri, chiqargan hukmlari adolatlidir, U dimog‘i shishganlarning popugini pasaytirishga qodirdir.


5–BOB

Belshazarning ziyofati

1 Oradan yillar o‘tdi. Bir kuni shoh Belshazar* katta bir ziyofat uyushtirdi, ziyofatga mingta begini taklif qilib, ular bilan mayxo‘rlik qilayotgan edi. 2 Shirakayf bo‘lib qolgan shoh: “Katta bobom* Navuxadnazar Quddusdagi Ma’baddan olib kelgan oltin va kumush qadahlar* keltirilsin!” — deb buyurdi. Shoh beklari, xotinlari va kanizaklari* bilan o‘sha qadahlardan sharob ichmoqchi edi. 3 Quddusdagi Ma’bad, ya’ni Xudoning uyidan olib kelingan oltin qadahlar bazmxonaga keltirildi. Shohning o‘zi, uning beklari, xotinlari va kanizaklari qadahlardan sharob ichishdi. 4 Ular ichib, oltin, kumush, bronza, temir,

yog‘och va toshlardan qilingan xudolarni olqishlar edilar.

5 To‘satdan odam qo‘lining panjasi paydo bo‘lib, shoh saroyining devorlaridagi suvoqning ustida yoza boshladi. Saroy chiroqlari devorning o‘sha qismini yaxshi yoritib turgani uchun, shoh yozayotgan qo‘l panjasini ko‘rib qoldi. 6 Shoh bundan dahshatga tushib, bo‘zarib ketdi. Uning qo‘llari bo‘shashib, tizzalari titray boshladi. 7 Shoh baqirib, munajjim, afsungar* va rammollarni* keltirishni buyurdi. Ular hozir bo‘lganlarida, shoh shunday dedi: “Kim bu yozuvni o‘qib, uning ma’nosini menga tushuntirib bersa, men o‘sha odamning ustiga shohona safsar to‘n kiygizaman, bo‘yniga oltin zanjir taqib, chap qo‘l vazirim* qilib tayinlayman.” 8 Shohning bu maslahatchilari ichkariga kirganlaridan keyin ham yozuvni o‘qiy olmadilar, uning ma’nosini ham tushuntirib bera olmadilar.

9 Bundan qattiq vahimaga tushgan shoh Belshazarning rangida rang qolmadi, beklari esa talmovsirab qolishdi.

10 Ichkaridagi shovqin–suronni eshitib, bazmxonaga kirgan ona malika*: “Shoh hazratlarining umri boqiy bo‘lsin! — dedi. — Shohim, shunchalik ham qo‘rqasizmi, qarang, axir, rangingizda rang qolmabdi–ku! 11 Sizning shohligingizda muqaddas xudolarning ruhiga* to‘lgan bir odam bor. Katta bobongiz davrida bu odam idrokli, zehni o‘tkir va xudolar kabi dono deb tan olingan edi. Katta bobongiz — shoh Navuxadnazar uni folbin, munajjim, afsungar va rammollarning boshlig‘i qilib tayinlagan edilar. 12 Doniyor ismli bu odam tushlarni ta’birlashda, sirlarni ochishda va jumboqlarni yechishda g‘ayritabiiy qobiliyat, bilim va fahm–farosatga egadir. Katta bobongiz uni Beltashazar deb atagan edi*. Shohim, buyuring, Doniyorni bu yerga keltirishsin, u sizga bu yozuvning ma’nosini tushuntirib bergay.”

Doniyor yozuvni tushuntirib beradi

13 Doniyor shoh huzuriga keltirildi. Shoh Doniyordan: “Katta bobom Yahudodan asir qilib olib kelgan Doniyor senmisan? — deb so‘radi. — 14 Seni xudolarning ruhi* bilan to‘lgan, idrokli, zehni o‘tkir va dono deb eshitdim. 15 Men maslahatchilar va munajjimlarni huzurimga chaqirtirib, ularga mana bu yozuvni o‘qib, ma’nosini tushuntirib berishni buyurgan edim. Ammo ularning birontasi ham buning uddasidan chiqa olmadi. 16 Sen esa jumboqlarni yechib, ularni tushuntira olishingni eshitganman. Agar sen hozir bu yozuvni o‘qib, uning ma’nosini menga tushuntirib bersang, men sening ustingga shohona safsar to‘n kiygizaman, bo‘yningga oltin zanjir taqib, chap qo‘l vazirim qilib tayinlayman.”

17 Doniyor shoh huzurida shunday javob berdi: “Ey olampanoh, rahmat, sovg‘alaringiz o‘zingizda qolaversin yoki ularni boshqa birovga bera qoling. Men bu yozuvni shundoq ham o‘qib, uning ma’nosini tushuntirib beraman.

18 Ey shoh hazratlari, Xudoyi Taolo katta bobongiz Navuxadnazarni buyuk bir saltanatning taxtiga o‘tqazib, shuhratini ro‘yi zaminga yoygandir. 19 Xudo unga bergan ulug‘vorligi tufayli hamma odamlar — qaysi xalq, elat va urug‘dan bo‘lishlaridan qat’iy nazar, katta bobongizdan qo‘rqib qaltirar edilar. U xohlagan odamni o‘ldirar, xohlaganini tirik qoldirar, yuksaltirmoqchi bo‘lganini yuksaltirar, xor qilmoqchi bo‘lganini oyoq osti qilar edi. 20 Ammo mag‘rurlanib, o‘jarligi ila ish tuta boshlaganda shohona taxtidan tushirilib, ulug‘vorligidan mahrum qilingan edi. 21 U insonlar jamiyatidan haydalib, ongsiz hayvonday bo‘lib qolgandi. Yovvoyi eshaklar bilan yashab, mol singari, o‘t bilan oziqlangan va osmondan tushgan shudringga cho‘milgandi. Oxiri

Xudoyi Taolo inson saltanatining yagona Hukmdori ekanini va U taxtni xohlagan odamiga berishini katta bobongiz tan olgan edi.

22 Ammo siz, ey shoh Belshazar, katta bobongizning boshidan o‘tgan bu voqealardan xabardor bo‘la turib* Xudoga bo‘ysunmadingiz! 23 Siz haddingizdan oshib, Samoviy Xudoga qarshi bosh ko‘tardingiz! Xudo Ma’badining qadahlarini huzuringizga keltirib, beklaringiz, xotinlaringiz va kanizaklaringiz bilan mayxo‘rlik qildingiz. Hech narsa ko‘rmaydigan, hech narsa eshitmaydigan, hech narsa bilmaydigan oltin, kumush, bronza, temir, yog‘och va toshdan yasalgan xudolarni madh ayladingiz. Ammo sizga hayot beruvchi va oxiratingizni belgilovchi Xudoni ulug‘lamadingiz. 24 Shuning uchun Xudo qo‘l panjasini yuborib quyidagi so‘zlarni yozdirdi:


25 MENE, MENE, TEKEL va PARSIN*.


26 Buning ma’nosi quyidagicha:


MENE, ya’ni «hisob» — Xudo hukmronlik vaqtingizni hisoblab chiqib, shohligingizga yakun yasadi.

27 TEKEL, ya’ni «tortilgan» — siz tarozida tortilib, hukmronlik qilishga

nomunosib bo‘lib chiqdingiz.

28 PERES, ya’ni «bo‘lingan» — shohligingiz bo‘linib, Midiyaliklar va Forslarga berildi*.”


29 So‘ng Belshazar bergan amrga binoan, Doniyorga shohona safsar to‘n kiydirilib, bo‘yniga oltin zanjir taqildi va u shohning chap qo‘l vaziri deb e’lon qilindi.

30 Xuddi o‘sha kuni kechasi Bobil* shohi Belshazar o‘ldirildi*. 31 Taxtga esa oltmish ikki yoshli Midiyalik Doro* o‘tirdi.


6–BOB

Doniyor sherlar uyasida

1 Shoh Doro* butun shohligidagi yerlarni 120 ta viloyatga bo‘lib, har bir viloyat ustidan noib tayinlashga qaror qildi. 2 Noiblarni nazorat qilish uchun esa uchta amirni tayinladi, ularning biri Doniyor edi. Shohni urintirmaslik uchun ular noiblardan barcha hisobotni olishlari kerak edi. 3 Doniyor boshqa amiru noiblarga qaraganda o‘z ishini yuksak mahorat bilan bajarar edi. Shuning uchun shoh butun saltanat boshqaruvini Doniyorga topshirishni rejalashtirib qo‘ygandi. 4 Buni ko‘ra olmagan amiru noiblar qildan qiyiq axtarib, Doniyorning boshqaruv ishlaridagi nuqsonlarni topishga harakat qilishdi. Ammo Doniyor o‘z ishini puxta bajarib, hech qanday mas’uliyatsizlik va nohaqlikka yo‘l qo‘ymasdi. Shuning uchun uni ayblashga biron–bir bahona ham topa olmadilar. 5 Nihoyat ular bir–birlariga shunday dedilar: “Doniyorni faqatgina o‘z Xudosining qonuni bilan bog‘liq bo‘lgan holda ayblashimiz mumkin, bundan boshqa choramiz yo‘qqa o‘xshaydi.”

6 Shunda amiru noiblar shohning huzuriga borib: “Shoh Doro hazratlarining umri boqiy bo‘lsin! — dedilar. 7 — Shohlikning barcha amirlari, beklari, noiblari, a’yonlari va hokimlari shunday deb o‘zaro kelishib oldilar: shohimiz farmon joriy qilsinlar. Ey shoh hazratlari, bu farmon bo‘yicha hamma odam o‘ttiz kun mobaynida faqatgina sizga sajda

qilsin. Kimki boshqa bir xudo yoki odamga sajda qilsa, sherlar uyasiga tashlansin. Bu farmon qat’iy ravishda amalga oshirilsin. 8 Ey shoh hazratlari, farmon chiqarib uni imzolang. Bu farmoningiz Midiya va Fors qonunlariga binoan o‘zgarmas bo‘lsin.” 9 Shoh Doro farmonni imzoladi. 10 Doniyor farmon imzolanganligini bila turib uyiga bordi.

Boloxonasiga chiqib, har doim qilganiday, kuniga uch mahal tiz cho‘kib Xudoga iltijo

qildi, Uni madh etib ulug‘ladi. Boloxonaning derazalari esa Quddus tomon ochilgan edi.

11 Amaldorlar bir to‘da bo‘lib Doniyorning uyiga borganlarida, Doniyor o‘z Xudosiga iltijo qilayotganini ko‘rib qoldilar. 12 Ular zudlik bilan bu haqda shohni xabardor qilish uchun shoh huzuriga bordilar.

qat’iydir, — deya javob berdi shoh.

13 — Ey shoh hazratlari, Yahudo asirlaridan bo‘lmish Doniyor sizni ham, siz chiqargan farmoningizni ham mensimay, kuniga uch marta o‘z Xudosiga iltijo qilyapti,

21 — Shoh hazratlarining umri boqiy bo‘lsin! — dedi shohga Doniyor. 22 — Xudoyimning nazarida begunoh bo‘lganim uchun U farishtasini yuborib, sherlarning og‘izlarini berkitib qo‘ydi va sherlar menga hech qanday zarar yetkazmadilar. Sizning oldingizda ham, ey shoh hazratlari, men biron–bir aybli ish qilgan emasman.

23 Xursandchiligi ichiga sig‘magan shoh Doniyorni chuqurlikdan chiqarishni buyurdi.

Doniyorni chuqurlikdan chiqargan odamlar unga hech qanday zarar yetmaganini ko‘rishdi, chunki Doniyor Xudoga inongan edi. 24 Shohning buyrug‘iga binoan, Doniyorni qoralagan odamlarni xotinu bola–chaqalari bilan birga sherlar uyasiga tashladilar. Ular chuqurlikning tubiga yetmagan ham ediki, sherlar ularga tashlanib g‘ajib tashlashdi.

25 Shoh Doro butun dunyo bo‘ylab barcha xalqlar, elatlar va urug‘larga shunday maktub yo‘lladi:

“Xonadoningizdan baraka arimasin! 26 Shohligimdagi barcha odamlar

Doniyorning Xudosidan qo‘rqib titrasin, chunki


U barhayot va mangu Xudodir. Uning shohligi aslo qulamas, Hukmronligi hech ham tugamas, 27 Najotkoru xaloskor Udir.

Yeru ko‘kda alomatu mo‘jizalar ko‘rsatgan, Udir Doniyorni sherlardan qutqarib olgan.”


28 Shoh Doro va Fors shohi Kurushning hukmronligi davrlarida* Doniyorning martabasi yana ham oshdi.


Doniyor ko‘rgan vahiylar

(7:1-12:13)


7–BOB

Doniyorning to‘rt maxluq haqidagi vahiysi

1 Bobil shohi Belshazar hukmronligining birinchi yilida* Doniyor bir tush ko‘rdi. U ko‘rgan tushi haqida shunday yozdi:


2 “Men tushimda bir vahiy ko‘rdim. Osmonning to‘rt tomonidan esayotgan qattiq shamol ulkan bir dengizni to‘lqinlantirayotgan edi. 3 O‘sha dengizdan bir–biriga o‘xshamaydigan to‘rtta bahaybat maxluq* chiqdi. 4 Birinchisi sherga o‘xshagan edi, uning burgut qanotlariga o‘xshagan qanotlari bor edi. Men maxluqni tomosha qilib turgan edim, birdaniga qandaydir bir kuch uning qanotlarini uzib tashladi, o‘zini esa ko‘tarib odamzodga o‘xshatib ikki oyog‘ida turg‘izib qo‘ydi. O‘sha maxluqqa inson ongi berilgan edi*.

5 Ikkinchi maxluq ayiqqa o‘xshar edi. U og‘ziga uchta qovurg‘a suyaklarini tishlab olgan edi. U hamla qilishga shaylana boshlaganda, unga shunday buyruq berildi: «Qani, ol, to‘yguningcha go‘sht yegin!»

6 So‘ng qoplonga o‘xshagani paydo bo‘ldi. Bu maxluqning to‘rtta boshi va orqasida qush qanotiga o‘xshagan to‘rtta qanoti bor edi. Unga hukmronlik qilish huquqi berilgan edi.

7 Bundan keyin tundagi vahiyda men qo‘rqinchli, dahshatli va benihoya kuchli bo‘lgan to‘rtinchi maxluqni ko‘rdim. U o‘z qurbonlarini temir tishlari bilan g‘ajib, parchalab tashlardi. Qoldiqlarini esa oyoqlari bilan bosib ezardi. Uning o‘nta shoxi bo‘lgani uchun, u oldingi maxluqlardan ajralib turar edi. 8 Men maxluqning shoxlarini tomosha qilib turganimda, ularning orasidan o‘sib chiqayotgan yana bir shoxchani* ko‘rdim. Unga joy berish uchun oldingi o‘nta shoxdan uchtasi tag–tugi bilan uzilib tushdi. Bu yangi o‘sib chiqqan shoxning inson ko‘zlariga o‘xshagan ko‘zlari va takabburona gapiradigan og‘zi bor edi.

Doniyorning Azaliy Nuroniy haqidagi vahiysi

9 Men taxtlarning joy–joyiga o‘rnatilganini tomosha qilib turdim, Azaliy Nuroniy* O‘z

joyiga o‘tirdi. Uning kiyimi qorday oq, sochlari esa oppoq momiqday edi. Uning taxti otashin alanga, taxtining g‘ildiraklari lovullagan olov edi. 10 Uning huzuridan olovli daryo oqib chiqdi. Minglar Unga xizmat qilar edi, million–millionlar Uning amriga muntazir edi. Sud majlisi boshlandi, hamma kitoblar* ochildi.

11 Kichkina shoxning kibrlanib shang‘illashi mening e’tiborimni tortgan edi. Men uni tomosha qilayotganimda o‘sha to‘rtinchi maxluq o‘ldirildi, uning jasadi olovga tashlanib, kuydirib yuborildi. 12 Qolgan maxluqlarga kelsak, ularning hukmronligi yo‘q qilindi, ammo hayotlari ma’lum bir vaqtgacha* saqlab qolindi.

13 Tunda kelgan o‘sha vahiyda men osmon bulutlarida kelayotgan inson qiyofasidagi bir zotni* ko‘rdim. U Azaliy Nuroniyning oldiga keldi. 14 Unga hukmronlik, ulug‘vorlik va shohlik berildi. Barcha xalqlar, elatlar va urug‘lar unga bo‘ysunishdi. Uning hukmronligi bitmas–tuganmas, abadiy hukmronlikdir. Uning shohligi hech qachon buzilmaydi.

Doniyor ko‘rgan vahiyning ma’nosi

15 Men ko‘rgan bu vahiy yuragimga g‘ulg‘ula solib, allanechuk vahimaga tushirgan edi. 16 Men taxt yonida turganlarning bittasiga yaqinlashib, bularning hammasini tushuntirib berishini so‘radim. U menga vahiyning ma’nosini ochib, dedi: 17 «Sen ko‘rgan to‘rtta maxluq bu yer yuzida hukmronlik qiladigan to‘rtta shohlikdir. 18 Ammo Xudoyi Taoloning azizlari shohlikni qabul qilib, unga to abad ega bo‘ladilar.»

19 Men to‘rtinchi maxluq* haqida ko‘proq ma’lumot olishni xohlar edim, chunki u boshqa maxluqlardan ajralib turar edi. Temir tishlari va bronza changallari bo‘lgan bu badbashara maxluq qurbonlarini g‘ajib tilka–pora qilar, qoldiqlarini bosib ezardi.

20 Uning boshidagi o‘nta shoxi, ayniqsa, yangi o‘sib chiqqan shox meni juda qiziqtirib qolgan edi. O‘sha shox o‘sib chiqayotganda o‘rnidagi uchta shoxni tushirib yuborgan edi. Ko‘zlari va kibrlanib gapiradigan og‘zi bo‘lgan bu shox boshqa shoxlarga qaraganda ko‘proq ahamiyatga egaday bo‘lib ko‘rinar edi.

21 Bundan tashqari, vahiyda men o‘sha shoxning Xudoning aziz xalqi bilan jang qilayotganini va ularni yengayotganini ko‘rgan edim. 22 Shu orada Azaliy Nuroniy kelib, O‘zining azizlari foydasiga hukm chiqardi. Xudoyi Taoloning aziz odamlari uchun shohlikni o‘z tasarrufiga olish vaqti yetib kelgan edi.

23 Suhbatdoshim menga shunday dedi: «To‘rtinchi maxluq bu yer yuzida hukmronlik qiladigan to‘rtinchi shohlikning timsolidir. Bu shohlik boshqa shohliklardan ajralib turadi. U butun dunyoni g‘ajib, ezib parcha–parcha qiladi. 24 Maxluqning o‘nta shoxi — shohlikni boshqaradigan o‘nta hukmdordir. Keyinchalik taxtga yangi bir hukmdor o‘tiradi. Bu hukmdor oldingi o‘nta hukmdordan ajralib turadi va uchta hukmdorni taxtdan tushiradi. 25 U kufr ketib, Xudoyi Taoloning azizlarini ayovsiz ezadi. Muqaddas bayramlar va qonunlarni o‘zgartirishga urinadi. Xudoning aziz odamlari uch yarim yil* davomida o‘sha hukmdorning zulmi ostida bo‘ladilar. 26 Bu muddat tugagach, samoda sud majlisi boshlanadi. Zolim hukmdor taxtdan tushirilib, butunlay yo‘q qilinadi.

27 Xudoyi Taoloning azizlariga esa shohlik, hukmronlik va yer yuzidagi barcha saltanatlarning ulug‘vorligi beriladi. Hamma hukmdorlar ularga bo‘ysunib, xizmat qiladilar, ularning shohligi abadiy shohlik bo‘ladi.»

28 Ko‘rgan, eshitganlarim mana shudir. Bu tushimdan shu qadar vahimaga tushgan edimki, rangimda rang qolmagan edi. Ammo bular to‘g‘risida og‘iz ochmay, hammasini ichimga yutdim.”

8–BOB

Doniyorning qo‘chqor va echki haqidagi vahiysi

1 Doniyor shunday deb yozdi:


“Shoh Belshazar hukmronligining uchinchi yilida* menga yana bir vahiy keldi. 2 Bu vahiyda men Elam viloyatidagi Shushan qal’asida*, Uloy daryosining bo‘yida turgan ekanman. 3 Men daryo bo‘yida bir qo‘chqor turganini ko‘rdim. Uning ikkita uzun–uzun shoxlari bor ekan*. Ikkinchi bo‘lib chiqqan shox birinchisiga qaraganda uzunroq ekan*. 4 Qo‘chqor o‘zini g‘arb, shimol va janubga urib, yo‘lida duch kelgan hamma narsani suzar edi. Hech qanday hayvon unga bas kela olmas, uning qurbonlarini qutqara olmas edi.

Qo‘chqor xohlagan ishini qilar, kuchi tobora oshib borar edi.

5 Buni tomosha qilib turganimda, g‘arb tomondan bir taka ko‘rindi. Yelday uchib kelayotgan bu takaning tuyoqlari go‘yo yerga tegmayotganday tuyular edi. Uning ikki ko‘zi orasida ulkan bir shox bor edi*. 6 U quturganicha qo‘chqor tomon yugurdi–da,

7 qahr–g‘azab bilan unga tashlanib, suzdi. Takaning zarbasi zo‘rligidan, qo‘chqorning ikkala shoxi sinib tushdi. Qo‘chqor takaga bas kela olmadi. Taka uni yerga yiqitib toptadi, hech kim qo‘chqorni undan qutqara olmas edi.

8 Taka nihoyatda kuchayib ketdi, ammo kuch–qudrat cho‘qqisida uning ulkan shoxi sinib tushdi. Sinib tushgan shoxning o‘rniga dunyoning to‘rt tomoniga qayrilgan to‘rtta katta shox o‘sib chiqdi*.

9 Ularning biridan yana bitta shoxcha chiqdi. Uning kuch–qudrati oshib, janub, sharq va go‘zal Isroil o‘lkasi* tomon yoyildi. 10 Qudrati osmonu falakka yetgan bu shox samoviy lashkarlarga hujum qildi. Samoviy lashkarlar bo‘lmish yulduzlarning ayrimlarini yerga tushirib toptadi. 11 Hatto samoviy lashkarning Sarkardasi — Xudoni mensimay, Unga keltiriladigan kundalik qurbonliklarni to‘xtatdi. Ma’badni esa vayron qilib, 12 samoviy lashkarlarni mag‘lub qildi. Kundalik qurbonliklar o‘rniga haddan tashqari jirkanch bir narsani o‘rnatdi. Haqiqatni oyoq osti qilgan bu shox har bir ishida muvaffaqiyat qozonar edi*.

13 Keyin men farishtalar o‘zaro gaplashayotganini eshitib qoldim. Ularning biri boshqasidan shunday deb so‘raganini eshitdim:

qilib, barcha ishlarida muvaffaqiyat qozonadi. Zabardast yo‘lboshchilaru Xudoning azizlarini qirib tashlaydi. 25 Ustalik bilan ishlatgan makkorligi tufayli ko‘p yutuqlarga erishadi. Ko‘zini yog‘ bosgan bu hukmdor ogohlantirmasdan ko‘p odamlarni halok qiladi. U hatto eng buyuk Hukmdorga qarshi bosh ko‘taradi. Oqibatda esa yo‘q qilib tashlanadi, ammo bu insonning kuchi bilan qilinmaydi. 26 Doniyor, men hozir senga tushuntirib bergan ertalabki va kechqurungi qurbonliklarga oid bo‘lgan bu vahiy albatta amalga oshadi. Sen vahiyni sir tutgin, chunki bu uzoq kelajakka oid narsadir.

27 Bu voqeadan so‘ng tobim qochib, bir necha kun betob bo‘lib yotdim. Keyin turib, shohning xizmatiga qaytdim. Ammo vahiy meni tamomila esankiratib qo‘ygan edi. Men uning ma’nosini tushunmagan edim.


9–BOB

Doniyor xalq uchun ibodat qiladi

1 Bobil* taxtiga o‘tirgan Midiyalik Axashverash* o‘g‘li Doro* hukmronligining ilk davri. 2 Men Doro hukmronligining dastlabki yilida payg‘ambarlar yozib qoldirgan bitiklarni mutolaa qilishga kirishgan edim. Egamiz Yeremiyo payg‘ambarga aytgan so‘zlariga ko‘ra*, Quddus yetmish yil davomida xarob bo‘lib yotishini bilib oldim.

3 Shunda men Rabbiy Xudoga yolvordim, ro‘za tutib, qanorga o‘randim, kulga belanib*, iltijo qildim. 4 Men Egam Xudoga ibodat qilib, xalqimning gunohlari uchun shunday deb tavba qildim:


Yo Rabbiy, Sen buyuk va haybatli Xudosan! Seni sevib, amrlaringga rioya qilgan bandalaringga Sen ahdingni sodiq saqlaysan. 5 Ammo biz nohaqlik qilib, gunohga qo‘l urdik. Qabih ishlar qilib, Senga qarshi bosh ko‘tardik, amrlaru qonun–qoidalaringni unutib, 6 shohlarimizga, rahnamolarimizga, ota– bobolarimizga va avom xalqqa Sening nomingdan gapirgan xizmatkorlaring — payg‘ambarlarga biz quloq solmadik.

7 Sen haqsan, yo Rabbiy. Biz esa bugun sharmanda bo‘ldik. Biz Senga xiyonat qilganimiz uchun, Sen hammamizni — Yahudo va Quddus aholisini hamda butun Isroil xalqini yaqin va uzoq yurtlarga tarqatib yuborgansan. 8 Ey Egam, biz Senga qarshi gunoh qilganimiz uchun shohlarimiz, rahnamolarimiz, ota–bobolarimiz — biz hammamiz sharmanda bo‘ldik. 9 Yo Rabbimiz Xudo, biz Senga qarshi bosh ko‘targan bo‘lsak ham, Sen gunohlarimizni kechiruvchi, rahmdil Xudosan. 10 Ey

Egamiz Xudo, biz Senga itoat etmadik! Sen xizmatkorlaring bo‘lmish payg‘ambarlar orqali bizga qonunlar berding, ammo biz ularga rioya qilmadik.

11 Butun Isroil xalqi qonuningni buzib, haq yo‘ldan ozdi, Senga quloq solishni xohlamadi. Biz Senga qarshi gunoh qilganimiz uchun quling Musoning qonunida yozilgan qasamyodu la’natlar boshimizga tushdi. 12 Ha, Sen bizni va rahnamolarimizni ogohlantirgan eding! So‘ng aytganlaringni qilib, boshimizga shunday falokatlar yog‘dirdingki, Quddusda yuz bergan bunday dahshatli fojiani yorug‘ dunyo hali ko‘rmagan edi. 13 Musoning qonunida yozilgan har bir falokat boshimizga tushdi. Ammo biz shunda ham gunohlarimizdan qaytmadik, Egamiz Xudoning marhamatini izlamadik, Uning sodiqligini esga olmadik. 14 Vaqti kelib Egam bizni bu falokatlarga giriftor qildi, chunki biz Uning gaplariga itoat qilmadik. Darhaqiqat, Egamiz Xudo doim adolat ila ish tutar.

15 Ey Rabbimiz Xudo, Sen O‘z xalqingni qudrating ila Misrdan olib chiqib, shuhratingni olamga yoyding. Sening qudrating bugunga qadar tilga olinar. Biz esa gunoh qildik, qabihlikka qo‘l urdik. 16 Yo Rabbiy, Sen o‘tmishda bizga ko‘p iltifot qilding. Hozir ham g‘azabu qahringni Quddusdan yiroq qilgin, deb yolvoraman. Quddus Sening shahring, Sening muqaddas tog‘ing–ku*, axir!

Bizning va ota–bobolarimizning gunohlari tufayli Quddus va tanlangan xalqing qo‘shni xalqlar orasida xor–zor bo‘lmoqda. 17 Shuning uchun, ey Xudoyimiz, men, qulingning ibodatu iltijolariga quloq tutgin. Yo Rabbiy, xarob bo‘lgan Ma’badingga O‘z haqi–hurmating uchun munavvar yuzing bilan boqqin. 18 Ey Xudoyim, quloq solib, nolalarimizni eshitgin! Ko‘zingni ochib, biz tortgan jabrni ko‘rib qo‘ygin! Shaharning ahvoliga bir qara, axir, u Sening noming bilan atalgan– ku! Biz Sening marhamatingga loyiq bo‘lmasak–da, O‘zingning cheksiz rahmdilliging tufayli bizga shafqat qil. 19 Yo Rabbiy, nolalarimni eshitgin! Yo Rabbiy, bizni kechirgin! Yo Rabbiy, iltijolarimni eshitib yordam bergin!

Hurmating haqi shoshilgin, chunki bu shahring va xalqing Sening noming bilan atalgandir, ey Xudoyim!

Jabroil bashoratni tushuntirib beradi

20 Men toat–ibodatda bo‘lib, o‘zimning gunohlarim va xalqim Isroilning gunohlari uchun tavba qilib, Xudoning muqaddas tog‘i — Quddus* uchun Egam Xudoga iltijo qilayotgan edim. 21 Kechki qurbonlik paytida men hali ibodat qilayotganimda, oldimga Jabroil uchib tushdi. Men uni oldingi vahiyda ham ko‘rgan edim*. 22 U menga tushuntirdi: «Doniyor, men oldingga vahiyni tushuntirmoq uchun keldim. 23 Sen Xudoga iltijo qila boshlaganingda, U senga javob bergan edi. Men javobini senga yetkazmoq uchun keldim, chunki sen Xudoning suyukli bandasisan. Qani, endi aytadigan gaplarimni yaxshilab eshit, vahiyning ma’nosini tushunib olgin: 24 isyonni bartaraf etish, qabihlikka chek qo‘yish, gunohdan poklash hamda abadiy adolat o‘rnatish uchun Xudo sening xalqing va muqaddas shahring uchun yetmish karra yetti yil* belgiladi. Shunda vahiy va karomatlar amalga oshadi, muqaddas Ma’bad* esa tabarruk qilinadi. 25 Shuni bilib qo‘yginki, Quddusni tiklash uchun amr berilganidan to Xudo moy surtib tanlagan yo‘lboshchi* kelguniga qadar, yetti karra yetti yil* o‘tadi. Oltmish ikki karra yetti yil* mobaynida Quddus shahri, uning yo‘llari va mudofaa inshootlari tiklanadi, ammo bular mashaqqatli damlarda sodir bo‘ladi. 26 Oltmish ikki karra yetti yil o‘tgach, Xudo tanlagan

yo‘lboshchi o‘ldiriladi. U erishgan hamma narsa barbod bo‘ladi*. Qo‘shin tortib kelgan ajnabiy bir hukmdor shaharga kuchli selday yopirilib, shaharni hamda Ma’badni vayron qiladi. Xudoning qaroriga muvofiq, urushu vayronagarchiliklar o‘sha davrning oxirigacha davom etadi. 27 O‘sha hukmdor ko‘p xalqlar bilan bir karra yetti yilga* kuchli bir bitim tuzadi. O‘sha vaqtning yarmi o‘tgach, qurbonlik va nazrlarga chek qo‘yib, Ma’badda* makruh bir narsa o‘rnatadi. Bu narsa ko‘p harom–xarish ishlarga sabab bo‘ladi*. Bu ahvol Xudo belgilagan kungacha davom etadi. O‘sha kuni shahar bilan Ma’badni vayron qilgan hukmdorning kuni bitadi.»”


10–BOB

Doniyorning farishta haqidagi vahiysi

1 Fors shohi Kurush hukmronligining uchinchi yilida*, Beltashazar deb atalgan Doniyorga* Xudodan bir xabar kelgan edi. Kelajakda albatta sodir bo‘ladigan kuchli to‘qnashuvga oid bo‘lgan bu* xabarning ma’nosi Doniyorga vahiy orqali ayon bo‘ldi. 2 Doniyor shunday deb yozdi:


“O‘sha paytda men uch hafta azadorday yurdim. 3 Uch hafta davomida hech qanday tansiq taom yemadim, go‘sht bilan sharobni og‘zimga olmadim, yuvinib–taranmadim. 4 Birinchi oyning* yigirma to‘rtinchi kunida buyuk Dajla daryosining bo‘yida turganimda, 5 men birovni ko‘rdim. Uning egnida zig‘ir tolasidan to‘qilgan libos, belida

sof tilladan yasalgan kamar* bor edi. 6 Uning tanasi qimmatbaho toshday yarqirab turar edi. Yuzi yashinday porlab, ko‘zlari mash’aladay yonib turar edi. Oyoq–qo‘llari yaltiroq misday tovlanib, ovozi butun bir olomon ovoziday yangrar edi.

7 Vahiyni faqat men ko‘rdim. Yonimdagilar vahiyni ko‘rmagan bo‘lsalar ham, vahimaga tushdilar. Ular tumtaraqay bo‘lib har yoqqa yashirinib oldilar. 8 Men bir o‘zim qoldim. O‘sha ajoyib vahiyni ko‘rayotganimda quvvatsizlanib, aft–angorim tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarib ketganini sezdim. Madorim qolmagan edi. 9 Men farishtaning ovozini eshitganimda hushimdan ketib, yuz tuban yerda cho‘zilib qoldim. 10 So‘ng esa kimningdir bir qo‘li menga tegib, meni kaft va tizzalarimga turg‘izib qo‘ydi.

11 O‘sha farishta menga:

qul qanday qilib hazratim bilan gaplasha oladi? Holdan toyganman, bazo‘r nafas

olyapman.

18 U yana bir bor menga qo‘lini tekkizib, menga kuch ato etdi. 19 Men birinchi ko‘rgan

boshqa birovi* shunday dedi:

20-21 — Sening oldingga nima uchun kelganimni bilasanmi o‘zi? — deb so‘radi u. — Men senga Haqiqat kitobida yozilgan narsalarni aytib bermoqchiman. Bundan so‘ng men qaytib, Fors shohligini himoya qiluvchi farishtaga qarshi urushga chiqaman. Keyin Yunon shohligini himoya qiluvchi farishta bilan jang qilaman. Bu to‘qnashuvda Isroilni himoya qiluvchi Mikoyil farishtadan boshqa yordamchim yo‘q.


11–BOB

1 Midiyalik Doro* hukmronligining birinchi yilida men Mikoyilga yordam berib, uni

muhofaza qilib turgan edim.”

Farishta Doniyorga bergan bashorat

Misr va Suriya shohliklari

2 Farishta* gapida davom etib, Doniyorga shunday dedi:


“Endi esa men senga haqiqatni aytaman. Fors shohligida yana uchta shoh hukmronlik qiladi. To‘rtinchi shoh boshqalarga qaraganda ancha badavlat bo‘ladi. U boyligi orqali kuch orttirib, hammani Yunon shohligiga qarshi qo‘zg‘atadi.

3 Keyin taxtga jangovar bir shoh o‘tiradi, u beqiyos bir saltanatni boshqarib, xohlagan ishini qiladi. 4 Ammo qudratining cho‘qqisida saltanati parchalanib, to‘rt qismga bo‘linib ketadi. Shoh sulolasiga mansub bo‘lmagan yetti yot begonalar taxtga o‘tiradi, biroq saltanatning ilgarigi kuch–qudrati ularda bo‘lmaydi.

5 Shu orada Misr shohi* kuchayib ketadi, ammo shohning zobitlaridan biri zo‘rayib, shoh saltanatidan ulkanroq bir saltanatga hukmronlik qiladi. 6 Bir necha yil o‘tgach, Misr shohi Suriya shohi* bilan ittifoq tuzib, unga qizini uzatadi. Shu orqali u Suriya shohi bilan aloqasini mustahkamlamoqchi bo‘ladi, biroq ittifoq uzoq davom etmaydi. Qiz, kuyov, qizning otasi* va ularning xizmatkorlari xoinlikning qurbonlari bo‘lishadi.

7 Ko‘p o‘tmay Misr taxtiga qizning qarindoshlaridan biri o‘tiradi. U Suriya shohining qo‘shinlariga hujum qilib, istehkomlarini zabt etadi. Qo‘shinlarni tor–mor qilib, g‘alaba qozonadi. 8 Suriya xudolarining haykallarini, oltin va kumushdan qilingan qimmatbaho idishlarni o‘lja qilib, Misrga olib ketadi. So‘ng bir necha yil davomida Suriya shohining tinchligini buzmaydi. 9 Shundan keyin Suriya shohi Misrga bostirib boradi, ammo yengilib, o‘z yurtiga qaytib ketadi.

10 Suriya shohining o‘g‘illari jangga otlanib, Misrga katta bir qo‘shin tortib borishadi. Qo‘shinlar sel kabi oqib, yovning qal’asiga hujum qilishadi. 11 G‘azablangan Misr shohi Suriya shohi bilan jang qilib, katta yov qo‘shinini tor–mor qiladi. 12 G‘alabaga erishgan Misr shohi o‘ta mag‘rurlanib ketadi, ammo omad unga boshqa kulib boqmaydi, 13 chunki bir necha yildan keyin Suriya shohi yana Misrga qo‘shin tortib keladi. Bu safar Suriya qo‘shinlari oldingidan ham ziyodroq, tish–tirnog‘igacha qurollangan bo‘ladi.

14 Shunda ko‘p odamlar Misr shohiga qarshi bosh ko‘taradilar. Vahiy amalga oshsin deb, xalqing orasidagi ayrim zo‘ravonlar ham qo‘zg‘aladi, ammo muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. 15 Suriya shohi mustahkam bir shaharni qamal qilib, qo‘lga kiritadi.

Suriyaning siquvi ostida Misr qo‘shinlari chekinadilar, hatto Misrning saralangan lashkari ham yov qo‘shinining shiddatli hujumini qaytara olmaydi. 16 Suriya shohi xohlagan ishini qiladi, biror kishi unga qarshilik qilishga jur’at etmaydi. U go‘zal Isroil yurtini* qo‘lga kiritib, uni vayron qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

17 Dastavval Suriya shohi o‘z saltanatidagi bor qo‘shinni to‘plab, Misrni zabt etmoqchi bo‘ladi. Keyin Misrni ichidan yemirmoqchi bo‘lib, Misr shohi bilan sulh tuzadi va unga qiz uzatadi. Ammo Suriya shohining bu rejalari puchga chiqib, muvaffaqiyat keltirmaydi. 18 Bundan so‘ng Suriya shohi dengiz qirg‘og‘idagi shaharlarga hujum qilib, ko‘plarini qo‘lga kiritadi. Ammo o‘zga yurtlik bir sarkarda bu surbet shohning popugini pasaytirib, qilmishlariga yarasha jazosini beradi. 19 Shunda Suriya shohi chekinib, o‘z yurtidagi qal’alariga qaytib ketadi, ammo yo‘lda halokatga uchrab nobud bo‘ladi.

20 Uning o‘rniga Suriya taxtiga boshqa bir shoh o‘tiradi. Xazinasini boyitmoqchi bo‘lgan bu shoh zobitini yuborib, odamlarga katta soliqlar soladi. Ammo qisqa vaqt ichida halok bo‘ladi. Bu noxush voqea na jangda, na birovning qasdi natijasida sodir bo‘ladi.

Razil Suriya shohi

21 Taxtga o‘tirgan keyingi shoh esa yaramas bir odam bo‘ladi. Shoh sulolasiga

mansub bo‘lmagan bu kishi kutilmaganda hiyla orqali Suriya taxtiga chiqib oladi. 22 Unga qarshilik ko‘rsatgan barcha qo‘shinlarni oradan supurib tashlab, yo‘q qiladi. Hatto oliy ruhoniyni* ham shu ko‘yga soladi. 23 U boshqa xalqlar bilan bitim tuzgach, makkorona ish tutadi. Unga ergashuvchilarning soni kam bo‘lishiga qaramay, qudrati tobora oshib boraveradi. 24 U to‘satdan badavlat viloyatlarga bostirib borib, ota–bobolari qilmagan ishlarga qo‘l uradi. Qo‘lga kiritgan o‘ljayu mol–mulkni o‘ziga ergashganlarga ulashib beradi. Qal’alarni qo‘lga olish rejalarini tuzadi, ammo bunday hol uzoq davom etmaydi.

25 U kuch–qudratini yig‘ib, Misr shohiga qarshi katta bir lashkar tortib boradi. Misr shohi esa Suriya lashkaridan bisyorroq va kuchliroq qo‘shin bilan yov hujumini qaytarmoqchi bo‘ladi. Biroq hiylagarlarning domiga tushib, inqirozga yuz tutadi. 26 Misr shohining o‘z hamtovoqlari uning tomiriga bolta uradilar. Tor–mor bo‘lgan Misr qo‘shinlari jangda halok bo‘ladilar. 27 O‘sha ikkala shoh bir dasturxonda o‘tirib ovqatlanishadi, ammo dilidagi g‘arazni xushomad bilan yashirib, bir–biriga yolg‘on gapirishadi. Biroq Xudo belgilab qo‘ygan vaqt–soati yetib kelmagani uchun, birontasi ham muvaffaqiyatga erishmaydi. 28 Suriya shohi bir talay boylik bilan ona yurtiga qaytib ketadi. Yo‘lda esa muqaddas ahd ahliga va ularning e’tiqodiga qarshi chiqib, ularga ko‘p ozor yetkazadi.

29 Belgilangan vaqtda Suriya shohi yana Misrga yurish qiladi, ammo bu safar vaziyat boshqacha tus oladi. 30 G‘arb sohillaridan* kelgan jang kemalari Suriya shohiga qarshilik ko‘rsatishadi, yuragi dov bermagan Suriya shohi chekinadi. Biroq muqaddas ahd ahliga va ularning e’tiqodiga g‘azabini sochib, alamidan chiqadi, muqaddas ahddan toyganlarni esa mukofotlaydi. 31 Uning lashkari Xudo xalqining qal’asi bo‘lmish Ma’badga bostirib kirib, tabarruk joyni harom qiladi. Ular kundalik qurbonliklarni to‘xtatib, ko‘p harom– xarish ishlarga sabab bo‘ladigan makruh narsani* o‘rnatishadi. 32 Shoh shirin so‘zlar

bilan ahddan toyganlarning ko‘nglini ovlab, ularni o‘z tomoniga og‘dirib oladi. Xudoga sodiq qolganlar esa bor kuchlari bilan unga qarshilik ko‘rsatadilar. 33 Xalq orasidagi dono yo‘lboshchilar odamlarga oqilona pand–nasihatlar berishadi. Ammo ko‘p o‘tmay ularning ayrimlari qilichdan o‘tkaziladi, ayrimlari tiriklayin olovda kuydiriladi, ayrimlari zindonga tashlanadi, ularning mol–mulki tortib olinadi. 34 Quvg‘in paytida ularga ozgina yordam tegadi. Biroq saflariga ba’zi bir riyokor odamlar kirib olishadi. 35 Quvg‘in paytida ayrim dono kishilar azob chekadilar. Biroq bu azoblar orqali Xudo ularni oxirzamon vaqtiga tayyorlab, tozalab poklaydi, chunki belgilangan vaqt hali ham kelmagan bo‘ladi.

36 Suriya shohi xohlaganini qiladi. O‘zini yuksaltirib, xudolardan ustun qo‘yadi. Eng buyuk Xudoga qarshi gapirib, kufr ketadi. Xudo belgilab qo‘ygan g‘azab davri tugaguniga qadar muvaffaqiyat qozonadi. Biroq Xudo O‘z rejasini albatta amalga oshiradi. 37 Suriya shohi ota–bobolari sig‘ingan xudolarni hamda ayollar yaxshi ko‘radigan xudoni* pisand qilmaydi. O‘zini yuksaltirib, bironta xudoni nazariga ilmaydi. 38 Bularning o‘rniga u qal’alarni himoya qiluvchi xudoni* ulug‘laydi. Ota–bobolari topinmagan bu xudoga u oltin, kumush, javohir va qimmatbaho sovg‘alarni nazr qiladi. 39 O‘zga yurt xudosining homiyligi bilan qal’alarini himoya qiladi. Uni haqiqiy hukmdor deb bilganlarga izzat– ehtirom bildirib, yuqori mansablarga ko‘taradi. Bunday odamlarga yerlarni mukofot sifatida bo‘lib beradi.

40 Oxirzamon vaqtida Misr shohi Suriya shohiga hujum qiladi. Ammo Suriya shohi jang aravalari, chavandozlari va talay kemalari bilan unga qarshilik ko‘rsatib, toshqin suvlar kabi ko‘p shohliklarni bosib oladi. 41 U go‘zal Isroil o‘lkasini ham zabt etib, minglab xalqlarning boshiga yetadi. Ammo Edom hamda Mo‘ab xalqlari va Ommon* xalqining asosiy qismi Suriya shohining changalidan qochib qutuladi. 42 Ko‘plab shohliklar, shular qatori, Misr ham Suriya istilosi ostida qoladi. 43 Suriya shohi Misrning oltinu kumush xazinalariga va barcha boyliklariga egalik qiladi. Liviyaliklar bilan Habashistonliklar* ham unga qaram bo‘ladilar. 44 Biroq sharq va shimoldan kelgan noxush xabarlar Suriya shohini vahimaga soladi. Bu xabarlardan darg‘azab bo‘lgan shoh yo‘lga otlanib, ko‘p odamlarni qirib tashlaydi. 45 So‘ng dengiz va go‘zal muqaddas tog‘ orasidagi yerlarga borib, u yerda shohona chodirlarini tikadi. Ammo o‘sha joyda jon beradi, unga yordam beradigan hech kim bo‘lmaydi.”


12–BOB



1 Farishta* gapini davom ettirdi:

Oxirzamon


“O‘sha paytda xalqingni himoya qiluvchi buyuk Mikoyil farishta hozir bo‘ladi. Shunda insonlar birlashib xalq bo‘lgandan beri misli ko‘rilmagan dahshatli azob– uqubatlar davri boshlanadi. Ammo o‘sha damlarda sening xalqing orasidan Xudoning kitobiga* ismi yozilgan har bir odam najot topadi. 2 Qora yer bag‘rida yotganlarning ko‘pchiligi uyg‘onadi: kimdir abadiy hayotga erishadi, kimdir sharmandaligu abadiy isnodga duchor bo‘ladi. 3 Donolar musaffo osmon kabi yashnaydilar, odamlarni haq yo‘lga solganlar esa yulduzlar kabi mangu porlayveradilar. 4 Sen esa, ey Doniyor, kitobni muhrlagin–u, bu so‘zlarni oxirzamongacha sir saqla. Bu davr mobaynida ko‘p odamlar o‘zlarini u yoqdan–bu yoqqa urib, yuz berayotgan hodisalarni tushunmoqchi

bo‘ladilar*.”


Doniyorning ikki farishta haqidagi vahiysi

5 Doniyor shunday deb yozdi:


“Men daryoning bo‘yida paydo bo‘lgan yana boshqa ikki farishtani ko‘rdim. Bittasi daryoning bu tomonida, boshqasi u tomonida turar edi. 6 Ularning biri oqimning yuqori qismida turgan zig‘ir libosli farishtadan*:

IZOHLAR

1:1 Yahudo — Yahudo qabilasi Isroilning janubiy qismidagi eng katta qabila edi. Shoh Sulaymon vafotidan keyin shimoldagi o‘nta qabila janubdagi Yahudo va Benyamin qabilalaridan ajralib chiqdi (3 Shohlar 11:26-12:24 ga qarang). Yahudo va Benyamin qabilalari janubiy shohlik deb ataladigan bo‘ldi. Janubiy shohlikning poytaxti Quddus bo‘lib qolaverdi, ularning o‘z hukmdorlari bor edi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi YAHUDO so‘ziga qarang.

1:1 Yahudo shohi Yohayiqim hukmronligining uchinchi yili — miloddan oldingi 605 yil.

1:2 Rabbiy Yohayiqimni Navuxadnazarning qo‘liga berdi — Yohayiqim uch yil davomida

Navuxadnazarga qaram bo‘ldi. Oxiri, u Navuxadnazarga qarshi isyon ko‘tardi. Yohayiqim Quddusda vafot etgan bo‘lishi mumkin (4 Shohlar 24:1-6 ga qarang).

Shundan keyin uning o‘g‘li Yohayixin Yahudo taxtiga o‘tirdi. Navuxadnazar uni miloddan

oldingi 597 yilda Bobilga asir qilib olib ketdi (4 Shohlar 24:8-15 ga qarang).

1:2 Bobil — ibroniycha matnda Shinar, Mesopotamiyadagi, ya’ni Dajla va Furot daryolari orasida joylashgan yerlardagi bir hududning qadimgi nomi. Bobil shohligi dastlab shu yerda barpo bo‘lib, keyinchalik ko‘p yerlarni egallagan buyuk shohlik bo‘lgan.

1:3 mulozim — qadimda saroy xizmatida bo‘lgan kishi (shu bobning 7, 8, 9, 10, 11, 18– oyatlarida ham bor). Mulozim hukmdorning yoki saroydagi yuqori lavozimdagi amaldorning farmonlarini, topshiriqlarini bajargan va ularning nomidan ish yuritish huquqiga ega bo‘lgan. Bu o‘rindagi ibroniycha so‘z bichilgan erkakka nisbatan ham ishlatilgan. Hukmdorning xonadonidagi ayollar bilan ko‘p muloqot qilish zarurati bo‘lgani uchun bu mulozimlar ko‘pincha bichib qo‘yilar edi.

1:4 bobil tili — ibroniycha matnda xaldey tili, o‘sha vaqtda Bobil yurti Xaldeylar yurti

deb ham atalardi.

1:8 Doniyor shohona yegulik va sharobdan bulg‘anishni xohlamadi… — qadimgi paytlarda odamlar o‘z xudolariga qurbonlik qilingan hayvonning go‘shtini tanovul qilishardi, sharob ham mana shu qurbonlikka qo‘shib nazr qilinardi. Ehtimol, shoh dasturxonidagi ba’zi bir yeguliklar, Muso qonuniga ko‘ra, harom hisoblangandir (Levilar 11:1-47 ga qarang). Mana shu sabablarga ko‘ra, Doniyor shohona yeguliklarni rad etgan.

1:10 sizlar — ya’ni Doniyor va uning do‘stlari Shadrax, Meshax va Abednaxu. Doniyorning do‘stlari ham, Doniyor bilan bir qatorda, shohona yegulikdan voz kechganlari ko‘rinib turibdi.

1:21 shoh Kurush hukmronligining birinchi yili — miloddan oldingi 538 yil. Midiya va Fors lashkarlari shoh Kurush boshchiligida Bobil shahrini miloddan oldingi 539 yilda bosib olgan edilar. Shoh Kurush miloddan oldingi 530 yilgacha Bobilda hukmronlik qildi. U Kir ismi bilan ham tanilgan.

2:1 Navuxadnazar o‘z hukmronligining ikkinchi yili — miloddan oldingi 603 yil.

2:2 afsungarlar — ibroniycha matnda Xaldeylar, o‘sha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 10–oyatida ham bor). Xaldeylar folbinlik va sehr–jodu qilishlari bilan nom taratganlari uchun, mana shunday ish bilan shug‘ullanadigan

odamlarga nisbatan ham mana shu termin ishlatilgan.

2:4 …oramiy tilida dedilar… — mana shu joydan 7–bobning oxirigacha asl matn ibroniy tilida emas, oramiy tilida yozilgan.

2:15 shoshilinch — yoki shafqatsiz.

2:26 …Doniyorning boshqa ismi Beltashazar edi… — 1:7 ga qarang.

2:27 rammol — folbinlarning bir turi. Qadimgi sharqda, xususan, Bobilda rammollar alohida ilmiy layoqatga ega bo‘lgan shaxslar deb qaralar edi. Ularning bashoratlari astrologiya ilmiga — osmon yoritqichlarining holatiga asoslanar edi.

2:34 o‘z–o‘zidan — oramiycha matnda inson qo‘li bilan emas. Bu ishni Xudo qilgani nazarda tutilgan (shu bobning 45–oyatida ham bor).

2:36-45 Navuxadnazarning tushidagi haykal birin–ketin hukmronlik qiladigan to‘rtta shohlikka ishora qiladi. Xudo bu to‘rttala shohlikni vayron qilib, ularning o‘rniga O‘zining yangi Shohligini barpo qiladi. Xudoning Shohligi butun yer yuziga yoyilib, abadiy turadi (shu bobning 35, 44–oyatlariga qarang). Ko‘p olimlar haykalning to‘rt qismini quyidagicha sharhlashadi: tilla bosh — Bobil shohligi (shu bobning 38–oyatiga qarang), haykalning kumush ko‘kragi va qo‘llari — birlashgan Midiya va Fors shohligi. Bu shohlikka Kurush miloddan oldingi 539 yilda, Bobil qulagandan keyin asos solgan (1:21 izohiga qarang). Haykalning bronza beli va sonlari — miloddan oldingi 330 yillarda Iskandar Zulqarnayn asos solgan Yunon imperiyasini bildiradi. Temir boldirlar

— Rim imperiyasidir. Bir qismi loydan, bir qismi temirdan bo‘lgan oyoqlar va oyoq barmoqlari — oldin Rimliklarning qo‘li ostida bo‘lgan hududdagi shohliklarning konfederatsiyasini bildiradi. Boshqa olimlarning talqinlariga ko‘ra esa haykalning to‘rtta qismi Bobil, Midiya, Fors va Yunon imperiyalariga ishora qiladi. Haykalning bir qismi loydan, bir qismi temirdan bo‘lgan oyoqlar va oyoq barmoqlari — Iskandar Zulqarnayn vafotidan keyin ikkiga bo‘linib ketgan Yunon sulolasini bildiradi. Bu sulolalarning biri Misrda, ikkinchisi Suriyada hukmronlik qilgan.

3:1 Balandligi oltmish tirsak, eni esa olti tirsak… — balandligi taxminan 27 metrga, eni esa taxminan 3 metrga to‘g‘ri keladi.

3:1 Durax tekisligi — bu tekislikning qayerda joylashgani aniq ma’lum emas.

3:3 Bu barcha amaldorlar… — oramiycha matnda Noiblar, ma’murlar, hokimlar, maslahatchilar, xazinabonlar, qonunshunoslar, qozilar va viloyat amaldorlari….

3:7 Cholg‘u asboblari — oramiycha matnda Karnay, nay, lira, chang, arfa, doira va boshqa cholg‘u asboblari…. Oramiycha matnda shu bobning 10, 15–oyatlarida ushbu asboblarning to‘liq ro‘yxati takroran berilgan.

3:8 Bobilliklar — oramiycha matnda Xaldeylar, o‘sha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi.

3:25 ilohiy zot — oramiycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi xudolar o‘g‘li yoki Xudo o‘g‘li. Bu ibora samoda yashaydigan mavjudotlarga, jumladan, farishtalarga nisbatan ishlatilgan. Shu bobning 28–oyatida mana shu kimsa oramiycha matnda farishta deb aytilgan.

4:4 afsungar — oramiycha matnda Xaldeylar. 2:2 izohiga qarang.

4:4 rammollar — 2:27 izohiga qarang.

4:5 …uning Beltashazar degan ismi… — 1:7 ga qarang.

4:5 …men sig‘inadigan xudoning ismi bilan hamohangdir — Bobilning bosh xudosi ismi Bel edi (Mardux ismi bilan ham tanilgan).

4:5 xudolarning ruhi — yoki Xudoning Ruhi.

4:6 xudolarning ruhi — yoki Xudoning Ruhi.

4:13 yetti yil — oramiycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi yettita muddat. Ba’zan Doniyor kitobida muddat so‘zi bir yilga nisbatan ishlatilgan. Bu oramiycha ibora shu bobning 20, 22, 29–oyatlarida ham bor.

4:15 xudolarning ruhi — yoki Xudoning Ruhi.

4:16 Mening tushim…dedim unga men — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Tush…dedi unga shoh. Bu o‘rinda shoh Navuxadnazar o‘zi haqida uchinchi shaxsda gapirgan. Ba’zan shohlarning maktublarida bunday usuldan foydalanilgan.

Anglashilmovchilikning oldini olish uchun mazkur tarjimada ham maktubning davomi birinchi shaxs tilidan yozilgan, chunki matnning bu qismi 3:31 oyatdan boshlangan shoh maktubining davomidir.

4:25 …mening boshimga tushdi — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi

…bularning hammasi shoh Navuxadnazarning boshiga tushdi. Shu bobning 25-30– oyatlarida shoh Navuxadnazar o‘zi haqida uchinchi shaxsda gapirgan. 4:16 izohiga qarang.

4:26 …saroyimning tomida sayr qilib yurgan edim… — u zamonlarda uylarning tomi

tekis bo‘lib, odamlar tomga chiqib dam olishardi.

5:1 shoh Belshazar — Navonidusning o‘g‘li bo‘lib, otasi bilan birga hukmronlik qilgan. Navonidus Bobilning eng oxirgi shohi bo‘lib, miloddan oldingi 555-539 yillarda hukmronlik qilgan.

5:2 Katta bobom — oramiycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Otam. Bu so‘zning ma’nosi ajdod yoki o‘zidan oldin o‘tgan biror shoh bo‘lishi ham mumkin. Belshazarning otasi Navonidus shoh Navuxadnazar sulolasidan bo‘lmagan. Navuxadnazardan to Belshazargacha bir necha shohlar hukmronlik qilgan. Bu oramiycha so‘z shu bobning 11, 13, 18–oyatlarida ham bor.

5:2 …Katta bobom Navuxadnazar…olib kelgan oltin va kumush qadahlar… — 1:2 ga qarang.

5:2 kanizaklar — ibroniycha matnda bu so‘zning ma’nosi quyidagicha: kanizaklar qonuniy xotin bo‘lmasalar–da, xo‘jayinlari ular bilan jinsiy aloqada bo‘lishgan. Qadimgi paytlarda bu ayollarning jiddiy qonuniy huquqlari bo‘lib, xo‘jayinlari ularning erlari sifatida bo‘lgan.

5:7 afsungar — oramiycha matnda Xaldeylar (shu bobning 11–oyatida ham bor). 2:2 izohiga qarang.

5:7 rammollar — 2:27 izohiga qarang.

5:7 …chap qo‘l vazirim… — ya’ni Navonidus va Belshazardan keyingi lavozimdagi odam

(shu bobning 1–oyati izohiga qarang).

5:10 ona malika — yoki malika, oramiychada bu so‘z yoshi katta ayolga nisbatan ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Matn mazmuniga ko‘ra, bu ayol Doniyor haqida Belshazar bilmagan narsalarni ham bilgan. Ehtimol, u Navonidusning yoki ancha oldin o‘tib ketgan Navuxadnazarning xotini bo‘lgan.

5:11 xudolarning ruhi — yoki Xudoning Ruhi.

5:12 Katta bobongiz uni Beltashazar deb atagan edi — 1:7 ga qarang.

5:14 xudolarning ruhi — yoki Xudoning Ruhi.

5:22 …siz, ey shoh Belshazar, katta bobongizning boshidan o‘tgan bu voqealardan xabardor bo‘la turib… — oramiycha matnda …siz uning o‘g‘li, ey shoh Belshazar, bu voqealardan xabardor bo‘la turib…. Oramiychada o‘g‘il so‘zi avlod yoki voris ma’nolarini ifodalashi mumkin. Shu bobning 2–oyatiga berilgan birinchi izohga qarang.

5:25 …va PARSIN… — oramiycha matnda …UPARSIN…, ma’nosi va PARSIN.

5:28 PERES, ya’ni «bo‘lingan»…Forslarga berildi — oramiycha peres so‘zi parsin so‘zining birlik formasidir. Bu so‘zning parsin shakli shu bobning 25–oyatida ishlatilgan. Bu so‘zning ma’nosi bo‘lingan demakdir. Peres so‘zi oramiychadagi Fors shohligi so‘ziga ohangdosh.

5:30 Bobil — oramiycha matnda Xaldeylar, o‘sha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham

atalardi.

5:30 …Bobil shohi Belshazar o‘ldirildi — miloddan oldingi 539 yilda Midiyaliklar va

Forslar Bobilni bosib olib, Belshazarni o‘ldirishgan.

5:31 Midiyalik Doro — bu hukmdorning shaxsi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Midiya va Fors davlatlarini birlashtirgan Fors shohi Kurush miloddan oldingi 539 yilda Bobilni bosib olgan edi (1:21 izohiga qarang). Shu bois unga Bobilda “Midiyalik Doro” unvoni berilgan bo‘lishi mumkin. Yoki bu unvon shoh Kurush Bobil hududiga tayinlagan hokimga nisbatan ishlatilgan bo‘lishi ham mumkin. Bu hokim haqida qadimgi Bobil qo‘lyozmalarida aytib o‘tilgan. Doniyor kitobining bir necha joyida aytib o‘tilgan Doroni miloddan oldingi 522-486 yillarda hukmronlik qilgan mashhur Fors shohi Doro bilan adashtirmaslik kerak.

6:1 shoh Doro — 5:31 izohiga qarang.

6:28 …Doro va Fors shohi Kurushning hukmronligi davrlarida… — yoki …Doro hukmronligi davrida, ya’ni Fors shohi Kurushning hukmronligi davrida…. Doro haqida ma’lumot olish uchun 5:31 izohiga qarang. Kurush miloddan oldingi 539-530 yillarda hukmronlik qilgan. Shoh Kurush yana Kir ismi bilan tanilgan.

7:1 Bobil shohi Belshazar hukmronligining birinchi yili — miloddan oldingi 554 yil nazarda tutilgan. O‘sha yili Belshazar otasi Navonidus bilan birga hukmronlik qilishni boshlagan edi. Ushbu bobda tasvirlangan voqealar 5–bobdagi voqealardan avval sodir bo‘lgan.

7:3 to‘rtta bahaybat maxluq — shu bobning 3-8–oyatlarida tasvirlangan maxluqlar birin–ketin hukmronlik qiladigan to‘rtta shohlikka ishora qiladi. Shoh Navuxadnazar tushida ko‘rgan haykalning to‘rtta qismi ham bu shohliklarni ifodalagan (2:31-35 ga qarang). 2:36-45 izohida o‘sha shohliklar haqida ma’lumot berilgan. To‘rtta maxluqning

hukmronligidan keyin, taxtni Xudo tanlagan inson egallaydi. Xudo unga cheksiz hokimiyat beradi, o‘sha inson abadiy hukmronlik qiladi (shu bobning 13-14–oyatlariga qarang). Shoh Navuxadnazarning tushida haykalga urilgan va katta toqqa aylangan tosh o‘sha hukmdorni va uning abadiy shohligini ifodalaydi (2:35, 44-45 ga qarang).

7:4 Birinchisi…inson ongi berilgan edi — birinchi maxluq Bobil shohligini bildiradi. Mazkur oyatdagi maxluqning qismati 4:25-34 da shoh Navuxadnazar boshidan kechirgan ko‘rguliklarga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin.

7:8 …ularning orasidan o‘sib chiqayotgan yana bir shoxchani… — shu bobning 7-8– oyatlaridagi shoxlar taxtga o‘tiradigan qudratli hukmdorlarga ishora qiladi. 8–oyatda tasvirlangan shoxcha esa Isroil xalqining Xudosini tahqirlaydigan va o‘zini Xudo deb ataydigan hukmdorni bildiradi (yana 11:36 ga va 2 Salonikaliklar 2:4, Vahiy 13:5-6 ga qarang). Ayrim olimlarning fikri bo‘yicha, to‘rtinchi shohlik — Rim imperiyasi emas, Yunon imperiyasi bo‘lib (2:36-45 izohiga qarang), oyatdagi shoxcha Antiox IV ni bildiradi (8:9-12 ga va o‘sha oyatlarning izohiga qarang).

7:9 Azaliy Nuroniy — oramiycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Kunlarning Qadimgisi (shu bobning 13, 22–oyatlarida ham bor). Bu ibora nihoyatda donishmand va keksa insonga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni bildirardi. Bu bobda Doniyor mazkur iborani Xudoga nisbatan ishlatadi.

7:10 kitoblar — har bir insonning yaxshi–yomon ishlari yozilgan kitoblar. Vahiy 20:11- 15 ga qarang.

7:12 …ma’lum bir vaqtgacha… — oramiycha matnda …bir fasl va vaqtgacha….

7:13 inson qiyofasidagi bir zot — oramiycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi inson o‘g‘liga o‘xshagan kimsa. “Inson o‘g‘li” iborasi insonga yoki inson qiyofasidagi zotga nisbatan ishlatilgan (misol uchun, 8:17 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang). To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi INSON O‘G‘LI iborasiga qarang.

7:19 to‘rtinchi maxluq — shu bobning 7-8–oyatlariga qarang.

7:25 uch yarim yil — oramiycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi bir muddat, muddatlar va yarim muddat. Doniyor kitobida muddat so‘zi ba’zan bir yilga nisbatan ishlatilgan.

8:1 Shoh Belshazar hukmronligining uchinchi yili — miloddan oldingi 552 yil, birinchi vahiydan ikki yil o‘tgandan keyin (7:1 ga qarang). Mazkur bobda tasvirlangan voqealar 5–bobdagi voqealardan avval sodir bo‘lgan.

8:2 Shushan qal’asi — bu shahar devorlar bilan o‘ralgan bo‘lib, viloyatning poytaxti edi.

8:3 …bir qo‘chqor…Uning ikkita uzun–uzun shoxlari bor ekan — ikki shoxli bu qo‘chqor

birlashgan Midiya va Fors shohligiga ishora qiladi.

8:3 Ikkinchi bo‘lib chiqqan shox birinchisiga qaraganda uzunroq ekan — uzunroq bo‘lgan shox Fors shohi Kurushni bildiradi. Kurush Midiya va Fors davlatlarini birlashtirgan edi (1:21 izohiga qarang).

8:5 …bir taka…ulkan bir shox bor edi — taka Yunon imperiyasiga, takaning ulkan shoxi esa Iskandar Zulqarnaynga ishora qiladi. U miloddan oldingi 330 yilda birlashgan Midiya va Fors shohligini bosib olgan edi.

8:8 …ulkan shoxi sinib tushdi. Sinib tushgan shoxning o‘rniga…to‘rtta katta shox o‘sib

chiqdi — shoxning sinib tushishi Iskandar Zulqarnaynning o‘limiga ishora qiladi. O‘sib chiqqan to‘rtta katta shox Iskandarning to‘rtta lashkarboshisini bildiradi. Iskandar Zulqarnayn miloddan oldingi 323 yilda vafot etgach, to‘rtala lashkarboshi uning shohligini bo‘lishib oladilar. Bo‘lingan bu shohliklar Yunoniston, Kichik Osiyo, Suriya va Misr edi.

8:9 go‘zal Isroil o‘lkasi — ibroniycha matnda go‘zal o‘lka, Isroil yurtiga ishora.

8:9-12 Doniyorga kelgan vahiyning bu qismidagi kichkina shox miloddan oldingi 175- 164 yillarda Suriyada hukmronlik qilgan Yunon shohi Antiox IV ga ishora qiladi. Uni Antiox Epifan deb ham atashardi. Miloddan oldingi 167 yilda Antiox IV Quddusni bosib olib, u yerdagi deyarli hamma erkaklarni qirib tashladi, ayollar va bolalarni esa qul qilib oldi. U yahudiylarga ko‘p zulm o‘tkazdi, ularning e’tiqodini yo‘q qilishga astoydil urindi. Sunnat qilish odatini taqiqladi. O‘zini ko‘klarga ko‘tarib, Xudoga tenglashtirdi, Quddusdagi Ma’badni bulg‘adi (9:27 ning oxirgi izohiga qarang), kunda keltiriladigan qurbonliklarga chek qo‘ydi. Shu vaqt mobaynida imonda sobit qolgan ko‘p yahudiylar qurbon bo‘ldi. Miloddan oldingi 165 yilda yahudiylar Antiox IV hukmronligiga qarshi isyon ko‘tarib, ozodlikka erishdilar. 7:8 da oxirzamon davrida hokimiyat tepasiga keladigan murtad bir shoh haqida hikoya qilingan edi, Antiox IV o‘sha murtad shohning jonli namunasidir (7:8 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

8:14 2300 kechayu kunduz — buni 2300 sutka deb tushunsa bo‘ladi yoki 1150 kecha va 1150 kunduz alohida hisoblangan holda, 1150 sutka deb tushunsa ham bo‘ladi. Ikkinchi talqin quyidagi sabablarga ko‘ra, mantiqqa to‘g‘ri keladi: 1150 kun 7:25 da aytib o‘tilgan uch yarim yilga teng. Qurbonliklar kun davomida ikki mahal, ertalab va kechqurun keltirilgani uchun, kecha va kunduz alohida hisoblangan bo‘lishi mumkin.

8:17 inson — ibroniycha matnda inson o‘g‘li. Bu o‘rinda shu ibora payg‘ambar ham odam zotidan ekanligini, abadiy yashamasligini, u ham Xudoning kuchiga muhtojligini ko‘rsatish uchun ishlatilgan.

9:1 Bobil — ibroniycha matnda Xaldey, o‘sha vaqtda Bobil yurti shu nom bilan ham

atalardi.

9:1 Axashverash — Ezra va Ester kitoblarida aytib o‘tilgan, Kserks ismi bilan ham

tanilgan Axashverashdan boshqa shoh.

9:1 …Midiyalik…Doro… — 5:31 izohiga qarang.

9:2 Egamiz Yeremiyo payg‘ambarga aytgan so‘zlariga ko‘ra… — Yeremiyo 25:11-12, 29:10 ga qarang.

9:3 …qanorga o‘randim, kulga belanib… — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Qanorga o‘ranib olish va kulga belanish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi. Ko‘pincha bu harakat Xudodan kechirim so‘rab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.

9:16 muqaddas tog‘ — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. Quddusdagi Ma’bad qurilgan tepalik Sion tog‘i deb atalgan. U yerda Xudo O‘zini Isroil xalqiga ma’lum qilgan. Eski Ahddagi she’riy parchalarda va payg‘ambarlar bitiklarida Sion so‘zi ko‘pincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SION so‘ziga qarang.

9:20 …Xudoning muqaddas tog‘i — Quddus… — ibroniycha matnda Quddus

keltirilmagan, qiyoslash uchun shu bobning 16–oyati izohiga qarang.

9:21 Men uni oldingi vahiyda ham ko‘rgan edim — 8:16-17 ga qarang.

9:24 yetmish karra yetti yil — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi 70 ta yetti, 490 yillik davr nazarda tutilgan.

9:24 muqaddas Ma’bad — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi muqaddaslarning muqaddasi bo‘lib, Ma’badga, Ma’baddagi qurbongohga yoki oliy ruhoniyga ishora. Qaysi so‘z yoki ibora nazarda tutilganidan qat’iy nazar, bu oyat “odamlar yana Ma’badda sajda qila oladilar” degan ma’noni bildiradi.

9:25 …Xudo moy surtib tanlagan yo‘lboshchi… — Masih nazarda tutilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi MASIH so‘ziga qarang.

9:25 yetti karra yetti yil — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi 7 ta yetti, 49 yillik davr nazarda tutilgan.

9:25 Oltmish ikki karra yetti yil — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi 62 ta yetti, 434 yillik davr nazarda tutilgan (shu bobning 26–oyatida ham bor).

9:26 U erishgan hamma narsa barbod bo‘ladi — yoki Hech kim uning o‘rnini olmaydi.

9:27 bir karra yetti yil — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi 1 ta yetti, 7 yillik davr nazarda tutilgan.

9:27 Ma’bad — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi qanot, Ma’badning ayni bir qismiga yoki Ma’baddagi qurbongohga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin.

9:27 …Ma’badda makruh bir narsa o‘rnatadi. Bu narsa ko‘p harom–xarish ishlarga sabab bo‘ladi — ko‘pchilik olimlarning ta’kidlashicha, bu hodisa miloddan oldingi 167 yilda, Yunon shohi Antiox IV hukmronligi davrida yuz bergan. Uni Antiox Epifan deb ham atashardi. U miloddan oldingi 175-164 yillarda Suriyada hukmronlik qilgan. Quddusdagi Ma’badning qurbongohi ustiga xudo Zevsga atab qurbongoh qurdirib, u yerda cho‘chqalarni qurbonlik qilgan. Iso qilgan bashoratga ko‘ra, shunga o‘xshash hodisa oxirzamon davrida ham sodir bo‘ladi (Matto 24:15 ga qarang).

10:1 Kurush hukmronligining uchinchi yili — miloddan oldingi 536 yil (1:21 izohiga qarang).

10:1 Beltashazar deb atalgan Doniyor — 1:7 ga qarang.

10:1 Kelajakda albatta sodir bo‘ladigan kuchli to‘qnashuvga oid bo‘lgan bu… — yoki

Xabar to‘g‘ri edi, ammo uni tushunish juda qiyin edi. Bu….

10:4 birinchi oy — ibroniy kalendarining Nison oyi nazarda tutilgan (Nison oyi Abib oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan martning o‘rtasidan boshlanadi.

10:5 sof tilladan yasalgan kamar — yoki Ufazdan keltirilgan tilladan yasalgan kamar.

Ufaz degan joy haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

10:13 Men u bilan jang qilib hayallab qolganim uchun… — ibroniycha matnda Men Fors shohlari bilan kurashib hayallab qolganim uchun…, oyatning birinchi qismida va shu bobning 20-21–oyatlarida aytib o‘tilgan himoya qiluvchi farishta bilan bo‘lgan to‘qnashuv nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

10:16 odam qiyofasidagi boshqa birovi — ibroniycha matnda odamga o‘xshagan bittasi. Shu oyatda va 18–oyatda aytilib o‘tilgan bu kimsa 5-6–oyatlardagi zotmi yoki boshqami

— aniq emas.

10:19 Men birinchi ko‘rgan boshqa birovi… — ibroniycha matnda U…. Bu oyatda 5-6– oyatlarda aytib o‘tilgan zot nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

11:1 Midiyalik Doro — 5:31 izohiga qarang.

11:2 Farishta — 10:5-6 da tasvirlangan, mayin zig‘ir matosidan tikilgan libos kiygan

farishta.

11:5 Misr shohi — ibroniycha matnda janub shohi, Misr hukmdori nazarda tutilgan (shu bobning 8–oyatiga qarang). Shu bobning ibroniycha matnida bu hukmdorga nisbatan har doim “janub shohi” iborasi ishlatilgan.

11:6 Suriya shohi — ibroniycha matnda shimol shohi, Suriya hukmdori nazarda tutilgan (to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SURIYA so‘ziga qarang). Shu bobning ibroniycha matnida bu hukmdorga nisbatan har doim “shimol shohi” iborasi ishlatilgan.

11:6 otasi — ibroniycha matndan. Qadimiy suryoniycha va lotincha tarjimalarda o‘g‘li.

11:16 go‘zal Isroil yurti — ibroniycha matnda go‘zal o‘lka, Isroil yurtiga ishora (shu bobning 41–oyatida ham bor).

11:22 oliy ruhoniy — ibroniycha matnda ahd shahzodasi.

11:30 G‘arb sohillaridan… — ibroniycha matnda Kittimdan…. Bu nom umuman O‘rta yer dengizi bo‘ylarida, ya’ni Isroildan g‘arbda yashaydigan xalqlarni bildirishi mumkin. Bu o‘rinda Rimliklar nazarda tutilganining ehtimoli ko‘proq.

11:31 …ko‘p harom–xarish ishlarga sabab bo‘ladigan makruh narsani… — 9:27 ning oxirgi izohiga qarang.

11:37 ayollar yaxshi ko‘radigan xudo — xudo Tammuz nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Bu xudo Adonis va Osiris nomlari bilan ham yuritiladi. Odamlar, bu xudo ayollarni serpusht qiladi, deb ishonar edilar (Hizqiyol 8:14 ga qarang).

11:38 qal’alarni himoya qiluvchi xudo — xudo Zevs haqida aytilayotgan bo‘lishi

mumkin.

11:41 …Edom…Mo‘ab…Ommon… — Edom O‘lik dengizning janubida, Mo‘ab O‘lik dengizning sharqida, Ommon Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan yurtlar edi.

11:43 Habashistonliklar — ibroniycha matnda Kushliklar. Kush degan joy Misrdan janubda bo‘lib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini o‘z ichiga olgan edi.

12:1 Farishta — 10:5-6 da tasvirlangan, mayin zig‘ir matosidan tikilgan libos kiygan

farishta.

12:1 Xudoning kitobi — Xudo O‘ziga tegishli bo‘lganlarning ismlarini yozib qo‘ygan

kitob.

12:4 …yuz berayotgan hodisalarni tushunmoqchi bo‘ladilar — ibroniycha matndan

so‘zma–so‘z tarjimasi …bilim ko‘payadi.

12:6 zig‘ir libosli farishta — 10:5-6 da aytib o‘tilgan farishta.

12:7 uch yarim yil — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi bir muddat, muddatlar va yarim muddat. Doniyor kitobida muddat so‘zi ba’zan bir yilga nisbatan ishlatilgan.

12:11 …ko‘p harom–xarish ishlarga sabab bo‘ladigan makruh bir narsa… — 9:27 ning oxirgi izohiga qarang.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru