Muqaddas Kitob


SOLNOMALAR

(BIRINCHI KITOB)

Kirish

“Solnomalar (birinchi kitob)” va “Solnomalar (ikkinchi kitob)”larda Isroil xalqining tarixi bayon qilinadi. Garchi ikkala kitobda “Shohlar” kitoblaridagi ko‘p voqealar takrorlansa ham, Isroil tarixi “Shohlar” kitoblaridagiga qaraganda bir oz boshqacharoq nuqtayi nazardan yoritiladi. “Shohlar” kitoblari Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davrda yozilgan bo‘lsa, “Solnomalar” kitoblari xalq surgundan ona yurtiga qaytgandan keyin yozilgan edi. Shu sababdan “Solnomalar” kitoblarida nasabnomalarga, shoh Dovud va shoh Sulaymonning hukmronligi davriga, shuningdek, Ma’badning qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarga alohida urg‘u va e’tibor berilgan. Shu orqali muallif surgundan qaytib kelgan xalqni o‘z o‘tmishi bilan bog‘lab turgan rishtalarni ko‘rsatmoqchi bo‘ladi, Xudoning qilayotgan ishlarini madh etadi.

“Solnomalar (birinchi kitob)” va “Solnomalar (ikkinchi kitob)”ning asl nusxasi bitta ibroniycha kitob bo‘lib, ikkala qismni bitta o‘ramga joylash uzunlik qilgani uchun, kitob ikki qismga — “Solnomalar (birinchi kitob)” va “Solnomalar (ikkinchi kitob)”ga bo‘lingan.

“Solnomalar (birinchi kitob)”da shoh Dovud bosh qahramondir. U Quddusni Xudoga sajda qilish markaziga aylantiradi. Xudoga to‘g‘ri yo‘llar bilan sajda qilishni o‘z xalqiga o‘rgatadi. Ma’badni Dovudning o‘g‘li Sulaymon qurgan bo‘lsa–da, Dovud Ma’badning asoschisi sifatida shuhrat qozonadi. U Xudoga chin ko‘ngildan sajda qiladigan va itoat etadigan inson sifatida namuna qilib ko‘rsatiladi.

“Solnomalar (birinchi kitob)”ning ko‘p qismida ro‘yxat berilgan bo‘lib, bu ro‘yxatga Odam Atodan shoh Shoul davrigacha bo‘lgan nasllar kiritilgan (1-9–boblar). Shoulning o‘limi to‘g‘risidagi xabardan keyin (10–bob), shoh Dovudga urg‘u beriladi (11-29– boblar). Dovud qay tarzda shoh bo‘lgani va Quddusni poytaxt qilgani hikoya qilinadi. Dovudning sipohlari va lashkarboshilari to‘g‘risidagi ma’lumot beriladi. So‘ng Dovud muqaddas Ahd sandig‘ini yangi joyga — Quddusga ko‘chirgani haqida so‘z yuritiladi.

Kitobning oxirida Dovud Xudoning Ma’badini qurish uchun qanday tayyorgarlik ko‘rgani va o‘g‘li Sulaymonga sajda marosimlariga oid ko‘rsatmalar bergani to‘g‘risida bayon qilinadi.


1–BOB

Odam Atodan Ibrohimgacha bo‘lgan nasllar

Odam Atodan Nuh o‘g‘illarigacha bo‘lgan nasllar

1 Odam Atodan Shet tug‘ildi, Shetning nasli quyidagilardir: Eno‘sh, 2 Xenan, Maxaliyol, Yored, 3 Xano‘x*, Matushaloh, Lamak 4 va Nuh.

Nuhning Som, Xom va Yofas degan uch o‘g‘li bor edi*.

Yofasdan kelib chiqqan xalqlar

5 Yofas nasli: Go‘mer, Mago‘g, Moday, Yovon, Tuval, Meshex, Tiros va ulardan kelib


chiqqan xalqlar.

6 Go‘mer nasli: Ashkanoz, Rifat*, To‘xarmo va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

7 Yovon nasli: Elishox, Tarshish, Kit, Ro‘don va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

Xomdan kelib chiqqan xalqlar

8 Xom nasli: Kush*, Mizra*, Fut, Kan’on va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

9 Kush nasli: Savo, Xavila, Sabto, Ramo, Sabtaxo va ulardan kelib chiqqan xalqlar. Ramo nasli: Shava, Dedon va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

10 Kushning naslida yana Nimro‘d degani ham bor edi. Nimro‘d yer yuzidagi birinchi

buyuk jangchi edi.

11 Mizra nasli: Lud, Onom, Laxov, Naftux, 12 Patro‘s, Kasluv, Xafto‘r va ulardan kelib

chiqqan xalqlar. Kasluvdan Filist xalqi kelib chiqdi*.

13 Kan’on nasli: Kan’onning to‘ng‘ich o‘g‘li Sidon, Xet va ulardan kelib chiqqan xalqlar. 14 Kan’ondan Yobus, Amor, Girgosh, 15 Xiv, Oruq, Sin, 16 Arvod, Zamar va Xomat xalqlari ham kelib chiqdi.

Somdan kelib chiqqan xalqlar

17 Som nasli: Elam, Oshur, Arpaxshod, Lud, Oram va ulardan kelib chiqqan xalqlar. Oram nasli: Uz, Xul, Geter, Meshex* va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

18 Arpaxshodning Shilax degan o‘g‘li bor edi. Shilaxning Ibir* degan o‘g‘li bor edi.

19 Ibir ikki o‘g‘il ko‘rdi: birinchisining ismini Palax qo‘ydi, chunki uning davrida dunyo bo‘linib ketdi*. Ikkinchisining ismi Yoxton edi.

20 Yoxtonning nasli: Elmo‘dod, Shalaf, Xazormavat, Yorax, 21 Hadoram, Uzol, Dikla,

22 Obal*, Abumayl, Shava, 23 Ofir, Xavila, Yo‘vov va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

Yoxtonning nasli mana shular edi.

24 Somdan Ibrohimgacha bo‘lgan nasllar quyidagicha edi: Som, Arpaxshod, Shilax,

25 Ibir, Palax, Ravu, 26 Sarug‘, Naxo‘r, Terah, 27 Ibrom, ya’ni Ibrohim.

Ibrohimning nasli

28 Ibrohimning o‘g‘illari Is’hoq va Ismoildir. 29 Ularning nasl–nasabi quyidagichadir:


Ismoilning to‘ng‘ich o‘g‘li — Navayot, keyingilari — Kedar, Adbal, Mivsom, 30 Mishmo, Dumax, Masso, Hadad, Temo, 31 Yatur, Nofish va Kedemax. Mana shular Ismoilning o‘g‘illaridir.

32 Cho‘ri* Xaturo Ibrohimga tug‘ib bergan o‘g‘illar — Zimron, Yoxshon, Midon,

Midiyon, Yishboq va Shuvax. Yoxshonning Shava va Dedon degan o‘g‘illari bor

edi. 33 Midiyonning Efax, Ifar, Xano‘x, Avido va Eldax degan o‘g‘illari bor edi. Mana

shularning hammasi Xaturoning avlodlaridir.

34 Ibrohim o‘g‘li Is’hoqning Esov bilan Yoqub* degan o‘g‘illari bor edi.

Esovning nasli

35 Esovning o‘g‘illari — Elifaz, Ruvel, Yoush, Yalom va Ko‘rax.

36 Elifazning o‘g‘illari — Temon, O‘mar, Zafo‘*, Gatam, Xanaz va Timna ismli cho‘risi tuqqan o‘g‘li Omolek*.

37 Ruvelning o‘g‘illari — Naxat, Zerax, Shammox va Mizzo.

Edomning tub aholisi

38 Seir* o‘g‘illari — Lo‘ton, Sho‘val, Zibo‘n, Anah, Dishon, Ezer va Dishan.

39 Lo‘tonning o‘g‘illari — Xo‘ri bilan Xo‘mam. Lo‘tonning Timna degan singlisi ham

bor edi.

40 Sho‘valning o‘g‘illari — Eliyon, Monaxat, Ebal, Shafo* va O‘nam. Zibo‘nning o‘g‘illari — Oyo bilan Anah.

41 Anahning o‘g‘li — Dishon.

Dishonning o‘g‘illari — Xamdon*, Eshbon, Yitron va Xeron.

42 Ezerning o‘g‘illari — Bilxan, Zavon va Oqon*.

Dishanning o‘g‘illari — Uz va Oron.

Edom shohlari va yo‘lboshchilari

43 Hali Isroilda shohlar bo‘lmasdan oldin ham, Edomda shohlar hukmronlik qilgan

edi. Bu shohlar quyidagilardir:


Bavo‘r o‘g‘li Belax. U Dinxaba shahridan edi.

44 Belax vafot etgach, uning o‘rniga Zerax o‘g‘li Yo‘vov shoh bo‘ldi. U Bozrax

shahridan edi.

45 Yo‘vov vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Xushom shoh bo‘ldi. U Temon

yurtidan edi.

46 Xushom vafot etgach, uning o‘rniga Badad o‘g‘li Hadad shoh bo‘ldi. U Obit shahridan edi. Hadad Mo‘ab yurtida Midiyon lashkarini qirib tashlagan edi.

47 Hadad vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Samlo shoh bo‘ldi. U Masrixo

shahridan edi.

48 Samlo vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Shovul shoh bo‘ldi. U Furot

daryosi* bo‘yidagi Rexobo‘t shahridan edi.

49 Shovul vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Axbor o‘g‘li Baalxanon shoh bo‘ldi.

50 Baalxanon vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Hadad shoh bo‘ldi. U Pog‘u* shahridan edi. Hadadning xotini Maxitaval edi, Maxitavalning otasi — Matrid, bobosi Mezaxab edi. 51 Oxiri Hadad ham olamdan o‘tdi.


Edom yo‘lboshchilari quyidagilar edi: Timno, Elvo*, Yetet, 52 Oxolibom, Elox, Pinon, 53 Xanaz, Temon, Mivzar, 54 Maxdiyol va Irom. Edom yo‘lboshchilari ana shulardan iboratdir.


2–BOB

Yoqubning nasli

1 Yoqubning* o‘g‘illari quyidagilardir: Ruben, Shimo‘n, Levi, Yahudo, Issaxor,

Zabulun, 2 Dan, Yusuf, Benyamin, Naftali, Gad va Osher.

Yahudoning nasli

3 Yahudoning G‘ur, O‘nan va Shelo degan o‘g‘illari bor edi. Bu uchala o‘g‘ilni unga Kan’onlik Botshuva* tug‘ib bergandi. Yahudoning to‘ng‘ich o‘g‘li G‘ur Egamizning oldida qabih ishlar qilgani uchun, Egamiz uning jonini oldi. 4 Yahudoning kelini Tamara ham Yahudoga Paraz va Zerax degan o‘g‘illarni tug‘ib berdi. Yahudoning hammasi bo‘lib besh o‘g‘li bor edi.

5 Parazdan Xazron va Xomul ismli ikki o‘g‘il tug‘ildi.

6 Zeraxning beshta o‘g‘li bo‘lib, ularning ismlari Zimri, Etxan, Xaman, Qolko‘l va Dardax* edi. 7 Zerax avlodidan bo‘lgan Karmi ismli bir odamning Oxun* degan o‘g‘li bor edi. Oxun Egamizga bag‘ishlangan narsalarning bir nechtasini olib, Isroil xalqiga kulfat keltirgandi.

8 Etxanning o‘g‘li Ozariyo edi.

Yahudoning nabirasi Xazrondan Dovudgacha bo‘lgan nasllar

9 Xazronning uchta o‘g‘li bo‘lib, ismlari Yaraxmal, Ram va Xolib* edi.

10 Ramdan Ominadav tug‘ildi, Ominadav Yahudo yo‘lboshchisi Naxsho‘nning otasi edi. 11 Naxsho‘ndan Salmo‘n tug‘ildi, Salmo‘ndan Bo‘az tug‘ildi, 12 Bo‘azdan Obid tug‘ildi va Obiddan Essay tug‘ildi.

13 Essayning yetti o‘g‘li bo‘lib, to‘ng‘ichi — Eliyob, ikkinchisi — Abunadav, uchinchisi

— Shimo, 14 to‘rtinchisi — Natanil, beshinchisi — Radday, 15 oltinchisi — Ozim, yettinchisi Dovud edi*. 16 Ularning Zeruya va Obigayl degan singillari bor edi.

Zeruyaning uchta o‘g‘li bo‘lib, ularning ismlari Abushay, Yo‘ab va Osoyil edi. 17 Obigayl

Ismoil qavmidan bo‘lgan Eter bilan turmush qurib, Emosani tug‘di.

Xazronning nasli

18 Xazron o‘g‘li Xolibning Oziba va Yariyo‘t degan xotinlari bor edi. Oziba Xolibga uch o‘g‘il: Yesher, Sho‘vav va Ardunni tug‘ib berdi. 19 Oziba olamdan o‘tgach, Xolib Efrataga uylandi. Efrata unga Xurni tug‘ib berdi. 20 Xurdan Uri tug‘ildi, Uridan Bazalil tug‘ildi.

21 Xazron oltmish yoshga kirganda Moxirning qizi — Giladning singlisiga uylandi. U Xazronga Saxuv ismli o‘g‘il tug‘ib berdi. 22 Saxuvdan Yovir tug‘ildi. U Giladdagi yigirma uchta shahar ustidan hukmronlik qilardi. 23 Keyinchalik Gashur va Oram xalqlari Yovir shaharlarini*, shuningdek, Qanot shahri va atrofidagi oltmishta qishloqni qo‘lga kiritishdi. Bu yerlarda yashayotgan xalq Giladning otasi Moxirning urug‘idan edi.

24 Xazron vafot etgandan keyin, o‘g‘li Xolib otasining beva qolgan Efrata ismli xotiniga uylangan edi. Ular Ashxur ismli o‘g‘il ko‘rdilar*. Ashxur Taxuva shahriga asos soldi*.

Xazron o‘g‘li Yaraxmalning nasli

25 Xazronning to‘ng‘ich o‘g‘li Yaraxmaldan bino bo‘lgan o‘g‘illar quyidagilardir: to‘ng‘ich o‘g‘li Ram, so‘ngra Bunax, Oren, Ozim va Oxiyodir. 26 Yaraxmalning Otara ismli boshqa xotini ham bor edi. Otara O‘namni tug‘di.

27 Yaraxmalning to‘ng‘ich o‘g‘li Ramdan Maz, Yomin va Exer bino bo‘ldi.

28 O‘namning Shammay va Yodo degan o‘g‘illari bor edi. Shammay Nadov va Abushur ismli o‘g‘illar ko‘rdi.

29 Abushurning Abuhayil degan xotini bo‘lib, ular Axbon va Mo‘lid degan o‘g‘illar ko‘rdi.

30 Nadovdan Saled va Opayim degan o‘g‘illar bino bo‘ldi. Saled befarzand o‘tib ketdi.

31 Opayim — Yishining otasi, Yishi — Shashonning otasi, Shashon Oxlayning* otasi edi.

32 Shammayning ukasi Yodoning Eter va Yo‘natan ismli ikkita o‘g‘li bor edi. Eter

befarzand o‘tib ketdi.

33 Yo‘natanning Palaf va Zozo ismli ikkita o‘g‘li bor edi.

Mana shularning hammasi Yaraxmalning nasli edi.

34 Shashonning o‘g‘li bo‘lmay, faqat qizlari bor edi, xolos. Shashonning Yarxo ismli bir Misrlik quli ham bor edi. 35 Shashon qizini o‘zining quli Yarxoga uzatdi. Ular o‘g‘il ko‘rishdi va ismini Attay qo‘yishdi.

36 Attaydan Natan tug‘ildi, Natandan Zabad tug‘ildi, 37 Zabaddan Eflol tug‘ildi, Efloldan Obid tug‘ildi, 38 Obiddan Yohu tug‘ildi, Yohudan Ozariyo tug‘ildi, 39 Ozariyodan Xalez tug‘ildi, Xalezdan Elasax tug‘ildi, 40 Elasaxdan Sismay tug‘ildi, Sismaydan Shallum tug‘ildi, 41 Shallumdan Yoxamiyo tug‘ildi, Yoxamiyodan Elishama tug‘ildi.

Xazron o‘g‘li Xolibning nasli

42 Yaraxmalning ukasi Xolib ikki o‘g‘il ko‘rdi, to‘ng‘ichining ismi Mesho va kenjasining ismi Morisho edi. Meshodan Zif tug‘ildi, Morishodan Xevron tug‘ildi.

43 Xevron Ko‘rax, Tappux, Rahem va Shema ismli o‘g‘illar ko‘rdi. 44 Shemadan Raxam tug‘ildi, Raxamdan Yorixim tug‘ildi. Shemaning akasi Rahem Shammay ismli o‘g‘il ko‘rdi. 45 Shammaydan Moyun tug‘ildi. Moyundan Baytzur tug‘ildi.

46 Xolibning Efax ismli cho‘risi* unga Xoronni, Mo‘zoni va Gazezni tug‘ib berdi. Xoron ham Gazez ismli bir o‘g‘il ko‘rdi. 47 Efaxning otasi Yohdoyning Raxem, Yo‘tom, Geshon, Palat va Shaf degan o‘g‘illari ham bor edi.

48 Xolibning Maxo ismli boshqa bir cho‘risi* unga Shabar va Tirxano ismli o‘g‘illar tug‘ib berdi. 49 Keyinroq ular Shaf va Shavo ismli yana ikki o‘g‘il ko‘rishdi. Shaf Madmanno shahriga, Shavo esa Maxbinax va Giviyo shaharlariga asos soldi*. Xolibning Axsa ismli bir qizi ham bor edi.

50 Mana shularning hammasi Xolibning nasli edi.

Xolib o‘g‘li Xurning nasli

Efrataning Xolibdan tug‘ilgan to‘ng‘ich o‘g‘li Xur uch o‘g‘il ko‘rdi. Birinchisining ismi Sho‘val bo‘lib, u Xirat–Yo‘rim shahriga asos soldi. 51 Ikkinchisining ismi Salmo bo‘lib, u Baytlahm shahriga asos soldi. Uchinchisining ismi Xoref bo‘lib, u Bayt–Gader shahriga asos soldi.

52 Xirat–Yo‘rimning asoschisi Sho‘valdan Horu xalqi va Monaxat shahrining yarim aholisi bino bo‘ldi. 53 Xirat–Yo‘rim aholisi Yitar urug‘i, Fut urug‘i, Shumot urug‘i va Mishroy urug‘laridan tashkil topgan edi. Zorox va Eshtoyo‘l shaharlarining aholisi ham shu urug‘lardan kelib chiqqan.

54 Natufo, Otro‘t–Bayt–Yo‘ab va Zorox shaharlarining aholisi hamda Monaxat shahrining yarim aholisi Baytlahmning asoschisi Salmo naslidan tashkil topgan edi. 55 Yabiz shahrida istiqomat qilgan kotiblarning urug‘lari* ham Salmo naslidan kelib

chiqqan bo‘lib, ular Tirotliklar, Shimatliklar va Suxotliklar degan nom bilan yuritilardi. Bular Xayin xalqidan bo‘lgan Xammat ismli bir odamning avlodlari edilar. Xammat Raxav urug‘ining bobokaloni edi*.


3–BOB

Shoh Dovudning nasli

1 Dovud Xevronda turgan paytda tug‘ilgan o‘g‘illari mana shular edi:


to‘ng‘ichi — Omno‘n. Omno‘nning onasi Yizrillik Oxinavam edi.

Ikkinchisi — Doniyor. Doniyorning onasi Karmillik Obigayl edi.

2 Uchinchisi — Absalom. Absalomning onasi Gashur shohi Talmayning qizi Maxo edi.

To‘rtinchisi — Odoniyo. Odoniyoning onasi Xaggit edi.

3 Beshinchisi — Shafatiyo. Shafatiyoning onasi Obida edi. Oltinchisi — Yitrom. Yitromning onasi Eglax edi.


4 Dovudning bu olti o‘g‘li Xevronda tug‘ilgan edi.

Dovud bu yerda yetti yilu olti oy, Quddusda esa o‘ttiz uch yil hukmronlik qildi.

5 Dovudning Quddusda tug‘ilgan o‘g‘illari esa quyidagilardir: Shammuva*, Sho‘vav, Natan va Sulaymon. Bu to‘rtala o‘g‘ilni Dovudga Omiyolning qizi Botsheva* tug‘ib bergan. 6 Dovudning yana to‘qqizta o‘g‘li bo‘lib, o‘g‘illarining ismlari quyidagicha edi: Yibxar, Elishuva*, Elfalat*, 7 No‘gax, Nafax, Yofiya, 8 Elishama, Elyodax va Elifalet.

9 Bu o‘g‘illaridan tashqari, Dovudga kanizaklar* ham o‘g‘illar tug‘ib bergan edi.

Dovudning Tamara degan qizi ham bor edi.

Shoh Sulaymonning nasli

10 Sulaymonning naslidan chiqqan shohlar quyidagilar edi: Raxabom, Abiyo, Oso, Yohushafat, 11 Yohuram*, Oxoziyo, Yo‘sh, 12 Emoziyo, Uzziyo*, Yo‘tom, 13 Oxoz, Hizqiyo, Manashe, 14 Omon va Yo‘shiyo.

15 Yo‘shiyoning to‘rt o‘g‘li bor edi. To‘ng‘ichi — Yo‘xanon, ikkinchisi — Yohayiqim, uchinchisi — Zidqiyo va to‘rtinchisi Yohuxoz* edi.

16 Yohayiqimning Yohayixin* bilan Zidqiyo degan o‘g‘illari bor edi.

Shoh Yohayixinning nasli

17 Bobilga asir qilib olib ketilgan Yohayixinning* o‘g‘illari quyidagilardir: Shaltiyol,

18 Malkirom, Podiyo, Shenazar, Yoxamiyo, Xo‘shama va Nadaviyo.

19 Podiyoning Zarubabel va Shimax degan o‘g‘illari bor edi.

Zarubabelning Mashullom, Xanoniyo degan o‘g‘illari va Shalumit degan bir qizi bor edi. 20 Zarubabelning yana Xashuva, Oxil, Barxiyo, Xasadiyo va Yoshaxesed ismli beshta o‘g‘li bor edi.

21 Xanoniyoning o‘g‘illari Pilatiyo va Yeshayo edi. Yeshayodan Rafiyo tug‘ildi,

Rafiyodan — Arnan, Arnandan — Obodiyo, Obodiyodan Shaxaniyo tug‘ildi.

22 Shaxaniyoning nasli quyidagicha edi: uning Shamayo ismli bir o‘g‘li va Xattush, Yixal, Boriyox, Nariyo va Shofot ismli beshta nabirasi bor edi. Hammasi bo‘lib oltita edilar.

23 Nariyoning Eliyo‘nay, Xizqiyo va Ozrikom degan uch o‘g‘li bor edi.

24 Eliyo‘nayning Xo‘daviyo, Eliashab, Paliyo, Oqquv, Yo‘xanon, Daloyo va Onanax degan yettita o‘g‘li bor edi.


4–BOB

Yahudoning nasli

1 Yahudoning Paraz, Xazron, Karmi, Xur va Sho‘val degan o‘g‘illari bor edi.

2 Sho‘val o‘g‘li Rayodan Yaxat tug‘ildi. Yaxatdan Oximay va Lo‘had tug‘ildilar. Bular

Zorox shahri aholisining ajdodlari edilar.

3-4 Xolib o‘g‘li Xurning avlodlari Baytlahm shahriga asos soldilar*. Xur onasi

Efrataning to‘ng‘ich o‘g‘li edi. Xurning Etom, Panuval va Eyzar degan o‘g‘illari bor edi. Etomning Yizril, Yishmo va Yidbosh ismli uch o‘g‘li va Xazaleypo‘n ismli bir qizi bor edi. Panuval Gado‘r shahriga, Eyzar esa Xusha shahriga asos soldi.

5 Taxuva shahriga asos solgan* Ashxurning Xela va Naro ismli ikkita xotini bor edi. 6 Naro Ashxurga to‘rtta o‘g‘il tug‘ib berdi. Ularning ismlari Oxizam, Xafer, Tamanax va Axashtori edi. 7 Xotini Xela esa Zaret, Izxor va Etnan ismli uch o‘g‘ilni tug‘ib berdi.

8 Kozning Onib va Zobeba degan o‘g‘illari bor edi. Koz Xarum o‘g‘li Oxarxel urug‘larining bobokaloni edi.

9 Yabiz ismli bir odam bor edi. U birodarlariga qaraganda, baland obro‘ga ega edi.

Onasi: “Uni dard chekib tuqqanman”, deb ismini Yabiz* qo‘ygan edi. 10 Yabiz Isroil xalqining Xudosiga shunday deb yolvordi: “Koshkiydi, Sen meni muborak qilib, hududimni kengaytirsang. Yonimda bo‘lsang, meni dardga yo‘liqtirmay, kulfatdan saqlasang.” Xudo uning iltijolarini bajo qildi.

11 Shuxoning akasi Xalubdan Maxir tug‘ildi. Maxirdan Eshtun tug‘ildi. 12 Eshtundan Baytrafa, Posiyox va Taxinno tug‘ildilar. Taxinno Naxosh shahriga asos soldi*. Bularning avlodlari Raxada istiqomat qilardilar.

13 Xanazning O‘tniyol bilan Sarayo degan ikki o‘g‘li bor edi. O‘tniyolning ham Xatat bilan Miyono‘tay* degan ikki o‘g‘li bor edi. 14 Miyono‘taydan O‘frax tug‘ildi. Sarayodan Yo‘ab tug‘ildi. Yo‘ab Gay–Xaroshim* shahriga asos soldi. U yerda yashagan odamlarning hammasi hunarmand edi.

15 Yafunax o‘g‘li Xolib uch o‘g‘il ko‘rdi. Ularning ismlari Iru, Elox va Nayam edi.

Eloxdan Xanaz tug‘ildi.

16 Yoxalilning Zif, Zifo, Tirayo va Osoriyol degan o‘g‘illari bor edi.

17-18 Ezraxning Eter, Mirod, Ifar va Yolun degan o‘g‘illari bor edi. Mirod fir’avnning qizi Bitiyoga uylandi, ular Maryam ismli bir qiz hamda Shammay va Yishbox ismli ikki o‘g‘il ko‘rishdi. Yishbox Eshtamo‘va shahriga asos soldi. Mirod Yahudo qabilasidan o‘ziga yana bir xotin oldi. Bu xotini unga Yored, Xaber va Yohutal ismli uch o‘g‘il tug‘ib berdi. Yored Gado‘r shahriga, Xaber So‘xu shahriga va Yohutal Zono‘vax shahriga asos soldilar.

19 Xo‘diyo Naxamning singlisiga uylandi. Ulardan Keylaxda istiqomat qilgan Xarm

urug‘i va Eshtamo‘vada istiqomat qilgan Maxo urug‘lari kelib chiqdi*.

20 Shimonning Omno‘n, Rina, Banxanon va Tilo‘n degan o‘g‘illari bor edi. Yishining Zo‘xit va Banzo‘xit degan o‘g‘illari bor edi.

Sheloning nasli

21 Yahudoning Shelo ismli o‘g‘li ham bor edi. Sheloning nasli quyidagilardan tashkil topgan edi: Lexa shahrini qurgan G‘ur, Morisho shahrini qurgan Lado, Bayt–Ashbiya shahrida yashagan zig‘ir to‘quvchilarning urug‘i, 22 Yo‘xim va Xozeba shahrining aholisi. Yo‘sh va Soraf ham Sheloning naslidan kelib chiqqan edilar. Ular Mo‘ablik ayollarga uylanib, Baytlahm shahriga o‘rnashib olgan edilar*. Bu ma’lumotlar qadimgi yozuvlardan olingan. 23 Shu naslga tegishli odamlar shoh saroyida kulollar sifatida xizmat qilib, Natayim va Gadera shaharlarida yashashardi.

Shimo‘nning nasli

24 Shimo‘nning Yamuvol*, Yomin, Yoriv, Zo‘xar* va Shovul ismli o‘g‘illari bor edi.

25 Shovulning Shallum degan o‘g‘li, Mivsom degan nabirasi va Mishmo degan

chevarasi bor edi.

26 Mishmoning Xammuvol degan o‘g‘li, Zakkur ismli nabirasi va Shimax degan

chevarasi bor edi.

27 Shimax o‘n olti o‘g‘il va olti qiz ko‘rdi. Lekin aka–ukalarining farzandlari kam

bo‘lgani uchun Shimo‘n qabilasi, Yahudo qabilasi kabi, ko‘paymadi.

28 Shimo‘n nasli Bersheba, Mo‘lodax, Xazor–Shuvol, 29 Bilxax, Ezam, To‘lad, 30 Batuval, Xo‘rmax, Zixlax, 31 Bayt–Markobot, Xazor–Susum, Bayt–Biriy va Sharayim shaharlarida istiqomat qilardilar. Dovud shoh bo‘lgunga qadar, mana shu shaharlar Shimo‘n nasliga qarashli edi. 32 Ular yana Etom, Oyin, Rimmon, To‘xan va Oshon nomli beshta shaharda ham istiqomat qilardilar. 33 Janubi–g‘arbdagi Baalat* shahrigacha cho‘zilgan bu

shaharlar va ularning atrofidagi hamma qishloqlar Shimo‘n nasliga qarashli edi. Ular shu joylarda yashab, o‘z nasabnomalari haqidagi ma’lumotlarni yozib qo‘ygan edilar.

34-38 Quyidagilar Shimo‘n naslining urug‘boshilari edi: Mashuvav, Yamlax, Emoziyo o‘g‘li Yo‘sha, Yo‘el va Yo‘shyiviyo o‘g‘li Yohu. Yohu Sarayoning nevarasi, Osiyolning evarasi edi. Eliyo‘nay, Yaqo‘vo, Yoshuxayo, Osoyoh, Odil, Yesimil, Binayo va Shifi o‘g‘li Zizo ham Shimo‘n naslining urug‘boshilari edi. Zizo Elonning nevarasi, Yodiyoning evarasi, Shamayo o‘g‘li Shimrining chevarasi edi.

Ularning urug‘lari nihoyatda ko‘paygani uchun, 39 ular qo‘y–echkilariga yaylov axtarib, vodiyning sharqiy chetida joylashgan Gado‘r shahrigacha bordilar. 40 U yerdagi keng, tinch va osoyishta joylar ko‘m–ko‘k yaylovlarga boy ekanini ko‘rdilar. Bu yerlar azaldan Xom nasliga qarashli edi.

41 Yahudo shohi Hizqiyo hukmronlik qilgan davrda yuqorida nomlari ro‘yxat qilingan Shimo‘n nasli Xom nasliga va ular orasida o‘rnashib olgan Munim urug‘iga hujum qildilar. Ularning hammasini bitta qoldirmay qirib tashladilar. U yerda qo‘ylar uchun yaylovlar ko‘p bo‘lgani uchun ularning joyiga o‘zlari o‘rnashib oldilar. 42 So‘ng Shimo‘n naslidan besh yuz kishi Yishining Pilatiyo, Nariyo, Rafiyo va Uziyol ismli to‘rt o‘g‘li boshchiligida Seir tog‘lariga* borib, 43 Omolek naslining omon qolganlarini qirib tashladilar. Shimo‘n nasli bugunga qadar* o‘sha joylarda yashab kelyapti.


5–BOB

Ruben nasli

1 Ruben Yoqubning* to‘ng‘ich o‘g‘li edi. Ammo u otasining to‘shagini bulg‘agani uchun*, to‘ng‘ichlik huquqi* Yusufning o‘g‘illariga berilgan edi. Shu sababdan Ruben nasabnomada to‘ng‘ich sifatida ro‘yxatda yo‘q. 2 Rubenning ukasi Yahudo aka–ukalari orasida eng kuchlisi bo‘lib, yo‘lboshchi uning qabilasidan chiqdi*. Lekin shunga qaramay, to‘ng‘ichlik huquqi Yusufniki bo‘ldi. 3 Ruben to‘rt o‘g‘il ko‘rdi. Ularning ismlari Xano‘x, Palluv, Xazron va Karmi edi.

4 Yo‘elning nasli quyidagilardan iborat edi: Yo‘elning o‘g‘li — Shamayo, Shamayoning o‘g‘li — Go‘g, Go‘gning o‘g‘li — Shimax, 5 Shimaxning o‘g‘li — Mixo, Mixoning o‘g‘li — Rayo, Rayoning o‘g‘li — Baal 6 va Baalning o‘g‘li — Berax. Ossuriya shohi Tig‘latpilasar* Beraxni asir qilib, olib ketgan edi. Berax Ruben qabilasining yo‘lboshchisi edi.

7 Ruben qabilasining quyidagi urug‘boshilari ham nasabnoma ro‘yxatida qayd etilgan: Yaviyol, Zakariyo 8 va Belax. Belax Azazning o‘g‘li, Shemaning nevarasi va Yo‘elning evarasi edi. Ular Aror shahrida hamda shimoldagi Navo va Baal–Miyonga

qadar cho‘zilgan yerlarda yashadilar. 9 Ularning Gilad o‘lkasidagi podasi haddan tashqari ko‘p bo‘lgani uchun, ular sharqdagi sahrogacha bo‘lgan hamma yerlarni egallab olgan edilar. Bu sahro Furot daryosigacha cho‘zilgan edi.

10 Ruben nasli shoh Shoul davrida Hojar urug‘iga qarshi urush ochdi. Ularni mag‘lub

qilib, Giladning sharqidagi hamma yerlarini egallab oldi.

Gad nasli

11 Gad qabilasi Bashan o‘lkasida, Ruben qabilasining shimolida yashagan edi.

Ularning hududi Salko shahriga qadar cho‘zilgandi. 12 Yo‘el Bashanda yo‘lboshchi edi, uning o‘ng qo‘l yordamchisi Shofom edi, Yanay va Shofot urug‘boshilar edilar.

13 Gad qabilasining qolgan a’zolari quyidagi yetti uruqqa tegishli edi: Mikoyil, Mashullom, Sheba, Yo‘ray, Yaqan, Ziya va Ibir. 14 Bular Abuhayilning o‘g‘illari bo‘lib, ularning yettinchi avlodigacha bo‘lgan ajdodlari quyidagilar edilar: Xuri, Yoro‘vax, Gilad, Mikoyil, Yashishay, Yaxdu va Buz. 15 Go‘noning nevarasi, Abdil o‘g‘li Oxi bu urug‘larning yo‘lboshchisi edi.

16 Gad qabilasi Giladda, Bashanda va o‘sha yerdagi shaharlarda hamda Sharondagi

butun yaylovlarda istiqomat qilardi.

17 Bu ma’lumotlarning hammasi Yahudo shohi Yo‘tom va Isroil shohi Yorubom

hukmronligi davrida nasabnomaga kiritilgandi.

Iordan sharqidagi qabilalar lashkari

18 Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasi yarmining* 44.760 nafar jangga tayyor, mohir sipohlari bor edi. Bu sipohlar kamonkashlar bo‘lib, qilich va qalqon bilan ham qurollangan edilar. 19 Ular Hojar urug‘iga, Yatur, Nofish va Nadav qabilalariga hujum qildilar. 20 Jang paytida bu sipohlar Xudoga iltijo qildilar. Ular Xudoga ishonganlari uchun Xudo iltijolariga javob berib, Hojar urug‘ini va barcha ittifoqchilarini ularning qo‘liga berib, mag‘lub qildi. 21 Ular dushmanning chorvasidan 50.000 ta tuya, 250.000 ta qo‘y, 2000 ta eshakni o‘lja oldilar va 100.000 odamni asir qildilar. 22 G‘animning ko‘pchiligi jangda qirilib ketgandi, chunki Xudoning O‘zi ularga qarshi jang qilgan edi.

Ruben va Gad qabilalari hamda Manashe qabilasining yarmi surgungacha* o‘sha

yerlarda yashab qoldilar.

Iordan sharqidagi Manashe qabilasining yarmi

23 Manashe qabilasining yarmi Sanir, ya’ni Xermon tog‘idagi Baal–Xermonga qadar cho‘zilgan Bashan o‘lkasida joylashib, ko‘paydi. 24 Qabilaning urug‘boshilari quyidagilar edi: Ifar, Yishi, Eliyol, Ozriyol, Yeremiyo, Xo‘daviyo va Yaxdiyol. Ular bahodir jangchilar bo‘lib, o‘z urug‘larining mashhur boshliqlari edilar.

Iordan sharqidagi qabilalar surgun qilinadi

25 Ruben va Gad qabilalari hamda Manashe qabilasining yarmi ota–bobolarining Xudosiga qarshi gunoh qildilar. Ular Xudoga bevafolik qilib, Xudo qirib yuborgan o‘sha yurtdagi xalqlarning xudolariga sig‘ina boshladilar. 26 Shuning uchun Isroil xalqining Xudosi Ossuriya shohi Po‘lni, ya’ni Tig‘latpilasarni yuborib, Ruben, Gad qabilalarini va Manashe qabilasining yarmini mag‘lub qildi. Shoh Tig‘latpilasar ularni asir olib, Xalax, Xavor va Xara hududlariga hamda Gozan daryosining bo‘ylariga surgun qildi*. Ular bugungacha o‘sha yerlarda istiqomat qilib kelyaptilar.

6–BOB

Oliy ruhoniylar xonadonining shajarasi

1 Levining o‘g‘illari Gershon, Qohot va Marori edi.

2 Qohotning o‘g‘illari Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol edi.

3 Imromning Horun va Muso ismli ikki o‘g‘li va Maryam ismli bir qizi bor edi. Horunning o‘g‘illari Nadov, Abihu, Elazar va Itamar edi.

4 Elazardan Finxaz tug‘ildi, Finxazdan Abushuva tug‘ildi, 5 Abushuvadan Bukki tug‘ildi, Bukkidan Uzzi tug‘ildi, 6 Uzzidan Zaraxiyo tug‘ildi, Zaraxiyodan Maroyo‘t tug‘ildi, 7 Maroyo‘tdan Emoriyo tug‘ildi, Emoriyodan Oxitob tug‘ildi, 8 Oxitobdan Zodo‘x tug‘ildi, Zodo‘xdan Oximas tug‘ildi, 9 Oximasdan Ozariyo tug‘ildi, Ozariyodan Yo‘xanon tug‘ildi,

10 Yo‘xanondan Ozariyo tug‘ildi. Shoh Sulaymon Quddusda qurgan Ma’badda* Ozariyo ruhoniy bo‘lib xizmat qilgan edi. 11 Ozariyodan Emoriyo tug‘ildi, Emoriyodan Oxitob tug‘ildi, 12 Oxitobdan Zodo‘x tug‘ildi, Zodo‘xdan Shallum tug‘ildi, 13 Shallumdan Xilqiyo tug‘ildi, Xilqiyodan Ozariyo tug‘ildi, 14 Ozariyodan Sarayo tug‘ildi, Sarayodan Yohuzadax tug‘ildi.

15 Egamiz shoh Navuxadnazar orqali Yahudo va Quddus xalqini surgun qilganda*,

Yohuzadax ham badarg‘a bo‘lgan edi.

Levining boshqa nasli

16 Levining o‘g‘illari Gershon, Qohot va Marori edi.

17 Gershonning o‘g‘illari ismi Lubnax va Shimax edi.

18 Qohotning o‘g‘illari Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol edi.

19 Marorining o‘g‘illari Maxli va Mushi edi.


Ota xonadoniga ko‘ra, ro‘yxatga olingan Levi urug‘lari quyidagilardan iborat edi:


20 Gershon nasli quyidagilar edi: Gershondan Lubnax tug‘ildi, Lubnaxdan Yaxat tug‘ildi, Yaxatdan Zimmo tug‘ildi, 21 Zimmodan Yo‘x tug‘ildi, Yo‘xdan Yiddo tug‘ildi, Yiddodan Zerax tug‘ildi, Zeraxdan Yotaray tug‘ildi.

22 Qohotning nasli quyidagilar edi: Qohotdan Ominadav tug‘ildi, Ominadavdan Ko‘rax tug‘ildi, Ko‘raxdan Asir tug‘ildi, 23 Asirdan Elqana tug‘ildi, Elqanadan Abuasaf* tug‘ildi, Abuasafdan Asir tug‘ildi, 24 Asirdan Taxat tug‘ildi, Taxatdan Uriyol tug‘ildi, Uriyoldan Uzziyo tug‘ildi, Uzziyodan Shovul tug‘ildi.

25 Elqananing Emosay va Oximo‘t degan ikki o‘g‘li bor edi. 26 Oximo‘tdan Elqana tug‘ildi, Elqanadan Zo‘fay tug‘ildi, Zo‘faydan Naxat tug‘ildi, 27 Naxatdan Eliyob tug‘ildi, Eliyobdan Yeroxam tug‘ildi, Yeroxamdan Elqana tug‘ildi, Elqanadan Shomuil tug‘ildi*.

28 Shomuilning ikki o‘g‘li bor edi, to‘ng‘ichining ismi Yo‘el, kenjasining ismi Abiyo edi.

29 Marorining nasli quyidagilar edi: Maroridan Maxli tug‘ildi, Maxlidan Lubnax tug‘ildi, Lubnaxdan Shimax tug‘ildi, Shimaxdan Uzzox tug‘ildi,

30 Uzzoxdan Shimo tug‘ildi, Shimodan Xaggiyo tug‘ildi, Xaggiyodan Osoyoh tug‘ildi.

Ma’bad sozandalari

31 Ahd sandig‘i Egamizning uyiga kelgandan keyin, Dovud u yerdagi xizmatga sozandalar tayinlagandi. 32 Sulaymon Quddusda Egamizning uyini qurgunga qadar, ular Muqaddas chodirning oldida* qo‘shiq aytib xizmat qilishardi. O‘z xizmatlarini berilgan ko‘rsatmalar asosida ado etishardi. 33 U yerda xizmat qilgan odamlar quyidagi urug‘lardan edi:


Qo‘shiqchi Xaman Qohot urug‘idan bo‘lib, uning nasabnomasi quyidagicha edi: Xaman — Yo‘elning o‘g‘li, Yo‘el — Shomuilning o‘g‘li, 34 Shomuil — Elqananing o‘g‘li, Elqana — Yeroxamning o‘g‘li, Yeroxam — Eliyolning o‘g‘li, Eliyol — To‘vaxning o‘g‘li, 35 To‘vax — Zufning o‘g‘li, Zuf — Elqananing o‘g‘li, Elqana — Maxatning o‘g‘li, Maxat — Emosayning o‘g‘li, 36 Emosay — Elqananing o‘g‘li, Elqana — Yo‘elning o‘g‘li, Yo‘el — Ozariyoning o‘g‘li, Ozariyo — Zafaniyoning o‘g‘li, 37 Zafaniyo — Taxatning o‘g‘li, Taxat — Asirning o‘g‘li, Asir — Abuasafning o‘g‘li, Abuasaf — Ko‘raxning o‘g‘li, 38 Ko‘rax — Izxorning o‘g‘li, Izxor

Gershon — Levining o‘g‘li.

44 Xamanning chap qo‘l yordamchisi Etxan ismli qarindoshi edi. U Marori urug‘idan edi. Etxanning nasabnomasi quyidagicha edi: Etxan — Xishining o‘g‘li, Xishi — Abdining o‘g‘li, Abdi — Malluxning o‘g‘li, 45 Mallux — Xashaviyoning o‘g‘li, Xashaviyo — Emoziyoning o‘g‘li, Emoziyo — Xilqiyoning o‘g‘li, 46 Xilqiyo — Omzining o‘g‘li, Omzi — Banixning o‘g‘li, Banix — Shamerning o‘g‘li, 47 Shamer — Maxlining o‘g‘li, Maxli — Mushining o‘g‘li, Mushi — Marorining o‘g‘li, Marori — Levining o‘g‘li.


48 Xudoning uyidagi boshqa hamma xizmatga Levi qabilasining qolgan a’zolari

tayinlangan edilar.

Horunning nasli

49 Faqat Horun va uning nasli qurbongohda qurbonlik kuydirib, tutatqi qurbongohida xushbo‘y tutatqi tutatishlari mumkin edi. Ular Eng muqaddas xonadagi barcha xizmatni ado etib, Xudoning quli Muso bergan hamma buyruqlarga ko‘ra, Isroil xalqini gunohdan poklar edilar.

50 Horunning nasli quyidagilar edi: Horunning o‘g‘li — Elazar, Elazarning o‘g‘li — Finxaz, Finxazning o‘g‘li — Abushuva, 51 Abushuvaning o‘g‘li — Bukki, Bukkining o‘g‘li

Levilar yashagan shaharlar

54 Levilarga ajratilgan shaharlardan Qohot urug‘ining Horun nasli birinchi bo‘lib ulush olgan edi. Ularga qur’a bo‘yicha* berilgan hududga 55 Yahudo yurtidagi Xevron shahri va uning atrofidagi yaylovlar kirgan edi. 56 Ammo o‘sha shaharning atrofidagi dalalaru qishloqlar Yafunax o‘g‘li Xolibga berildi. 57 Horun nasliga quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: panoh shahar* Xevron, bundan tashqari, Libna, Yatir, Eshtamo‘va, 58 Xo‘lun*, Davir, 59 Oyin*, Yutto* va Bayt–Shamash. 60 Benyamin qabilasining hududidan quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar ham berildi: Givon*, Gebo, Elimat va Onoto‘t. Qohot urug‘ining Horun nasliga hammasi bo‘lib o‘n uchta shahar berildi. 61 Qohot naslining qolganlariga esa Iordanning g‘arb tomonidagi Manashe qabilasiga qarashli hududdan o‘nta shahar qur’a bo‘yicha taqsimlab berildi.

62 Gershon urug‘iga, xonadonlariga ko‘ra, Issaxor, Osher, Naftali va Bashandagi Manashe qabilalarining hududlaridan o‘n uchta shahar qur’a bo‘yicha berildi.

63 Marori urug‘iga, xonadonlariga ko‘ra, Ruben, Gad va Zabulun qabilalarining hududlaridan o‘n ikkita shahar qur’a bo‘yicha berildi.

64 Shunday qilib, Isroil xalqi levilarga yashash uchun shaharlarni va o‘sha shaharlar atrofidagi yaylovlarni ajratib berdi. 65 Yuqorida nomlari aytib o‘tilgan Yahudo, Shimo‘n va Benyamin qabilalari hududlaridan ajratilgan shaharlar ham qur’a bo‘yicha taqsimlangan edi.

66 Qohot urug‘ining ba’zi xonadonlariga Efrayim qabilasining hududidan quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: 67 Efrayim qirlaridagi panoh shahar Shakam, Gezer, 68 Yoxmayom, Bayt–Xo‘ron, 69 Oyjavlon va Gat–Rimmon. 70 Qohot urug‘ining qolgan xonadonlariga esa Iordanning g‘arb tomonidagi Manashe qabilasining yarmiga qarashli ikki shahar berildi: Onar va Bilom. Bu shaharlarning atrofidagi yaylovlar ham ularga berildi.

71 Gershon urug‘iga quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi:


Iordanning sharq tomonidagi Manashe qabilasining hududidan — Ashtaro‘t va Bashandagi Go‘lon,

72 Issaxor qabilasining hududidan — Kedesh, Dovarat, 73 Ramo‘t va Onem, 74 Osher qabilasining hududidan — Moshol, Abdo‘n, 75 Huqqoq va Rexob, 76 Naftali qabilasi hududidan — Xammon, Xiratayim va Jaliladagi Kedesh.


77 Marori urug‘ining qolgan xonadonlariga quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi:


Zabulun qabilasining hududidan — Yoxnayom, Kartax*, Rimmono va Tovur,

78-79 Yerixo ro‘parasidagi Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan Ruben

qabilasining hududidan — Yaxaz*, Kadamo‘t, Mifat va cho‘ldagi Bazer,

80 Gad qabilasining hududidan — Giladdagi Ramo‘t, Moxanayim, 81 Xashbon va Yazir.


7–BOB

Issaxor nasli

1 Issaxorning To‘lo, Puvax, Yoshuv va Shimron degan to‘rtta o‘g‘li bor edi.

2 To‘loning oltita o‘g‘li bor edi: Uzzi, Rafiyo, Yoriyol, Yaxmay, Yibsam va Shomuil. Ular

o‘z xonadonlarining urug‘boshilari edilar. Shoh Dovud davrida To‘loning

nasabnomasida 22.600 nafar jangchi qayd etilgan edi.

3 Uzzining Yizraxiyo degan o‘g‘li bor edi. Yizraxiyoning to‘rtta o‘g‘li bo‘lib, ismlari Mikoyil, Obodiyo, Yo‘el va Ishshiyo edi. Yizraxiyo va uning o‘g‘illari urug‘boshilar edi.

4 Ularning xotinlari va bolalari nihoyatda ko‘p bo‘lgani uchun nasabnomasiga ko‘ra, jang

qilishga qodir 36.000 odami bor edi.

5 Issaxor qabilasining nasabnomasida hammasi bo‘lib 87.000 nafar jangchi qayd

etilgan edi.

Benyamin nasli

6 Benyaminning Belax, Boxir va Yodiyol degan uch o‘g‘li bor edi.

7 Belaxning Ezbo‘n, Uzzi, Uziyol, Yarimo‘t va Iri degan beshta o‘g‘li bor edi. Ularning beshovi ham urug‘boshilar bo‘lib, nasabnomasida 22.034 nafar bahodir jangchi qayd etilgan edi.

8 Boxirning Zomiro, Yo‘sh, Eliazar, Eliyo‘nay, Omri, Yorimo‘t, Abiyo, Onoto‘t va Elimat degan o‘g‘illari bor edi. Bularning hammasi Boxirning o‘g‘illari edi. 9 Ularning nasabnomasida urug‘boshilardan tashqari 22.200 nafar jangchi qayd etilgan edi.

10 Yodiyolning Bilxan degan bitta o‘g‘li, Bilxanning esa Yoush, Benyamin, Ehud, Xanano, Zaton, Tarshish va Oxishar degan yetti o‘g‘li bor edi. 11 Ularning hammasi urug‘boshilar bo‘lib, nasabnomasiga ko‘ra, jang qilishga tayyor 17.200 nafar odami bor edi.

12 Shupim va Xupim xalqlari — Irdan, Xushim xalqi esa Oxerdan kelib chiqqandi.

Naftali nasli

13 Naftalining Yaxziyol, Go‘no, Izar va Shillem* degan to‘rtta o‘g‘li bor edi. Ular

Bilxaxning* naslidan edi.

Manashe nasli

14-15 Oramlik cho‘risi* Manashega Osriyol va Moxir ismli ikki o‘g‘il tug‘ib berdi.

Zalofxod Manashening avlodidan bo‘lib, faqat qizlar ko‘rgan edi. Moxir Giladning otasi edi, u Maxo ismli bir qizga uylangandi. Maxo Xupim va Shupimning singlisi edi. 16 Maxo Moxirga ikki o‘g‘il tug‘ib berdi. Ularning ismini Parash va Sharash qo‘ydilar. Parash Ulom va Rahem ismli ikki o‘g‘il ko‘rdi. 17 Ulomning Badon degan o‘g‘li bor edi.

Manashe nevarasi Moxir o‘g‘li Giladning nasli mana shulardan iboratdir.

18 Giladning singlisi Xamaleka Ishxo‘d, Abuazar va Maxlo ismli uchta o‘g‘ilni tug‘di.

19 Shamidoning Oxiyon, Shakam, Lixi va Oniyom degan o‘g‘illari bor edi.

Efrayim nasli

20 Efrayimning Shutalax degan o‘g‘li bor edi. Shutalaxdan Barid tug‘ildi, Bariddan — Taxat, Taxatdan — Eladax, Eladaxdan — Taxat, 21 Taxatdan — Zabad, Zabaddan Shutalax tug‘ildilar.

Efrayimning Shutalaxdan tashqari yana Eyzar va Elad ismli ikki o‘g‘li ham bor edi.

Ular Gat shahrining tub aholisiga qarashli chorvani o‘g‘irlamoqchi bo‘lganlarida, Gatliklar ularni o‘ldirgan edilar. 22 Ularning otasi Efrayim ko‘p kunlar aza tutdi. Qarindoshlari unga tasalli bergani keldilar. 23 Efrayim xotini bilan yana qovushgan edi, xotini homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di. Efrayim: “Uyimda baxtsizlik yuz bergan edi”, deb

o‘g‘lining ismini Bariyo* qo‘ydi.

24 Efrayimning Shero degan bir qizi bor edi. Shero Tepadagi Bayt–Xo‘ron va Pastdagi

Bayt–Xo‘ron shaharlarini hamda Uzan–Shero shahrini qurdi.

25 Efrayimning Refax ismli bir o‘g‘li ham bor edi. Refaxdan Rashaf tug‘ildi, Rashafdan

28 Efrayim nasli janubdagi Baytil shahri, sharqdagi Naron shahri va g‘arbdagi Gezer shahrigacha cho‘zilgan hududni qo‘lga kiritib, o‘sha yerga o‘rnashib olgan edi. Ularning hududiga o‘sha shaharlar atrofidagi barcha qishloqlar, Shakam va Oya shaharlari hamda ularning atrofidagi qishloqlar kirgan edi.

29 Manashe qabilasi Bayt–Shan, Tanax, Magido‘ va Do‘r shaharlari va o‘sha shaharlar atrofidagi qishloqlarda o‘rnashib olgan edi.

Bu joylarda Yoqubning* o‘g‘li Yusuf avlodlari yashagan edi.

Osher nasli

30 Osherning o‘g‘illari quyidagilardir: Yimnax, Yishvo, Yishvi va Bariyo. Osherning

Serax ismli bir qizi ham bor edi.

31 Bariyoning Xaber va Malxiyol ismli ikki o‘g‘li bo‘lib, Malxiyol Birzayit shahrini

qurgan edi.

32 Xaberning Yaflet, Sho‘mer va Xo‘tam ismli uch o‘g‘li va Shuva ismli bir qizi bor edi.

33 Yafletning o‘g‘illari — Po‘sax, Bimxal va Oshvot.

34 Sho‘merning* o‘g‘illari — Oxi, Roxgax, Xubbo va Oram.

35 Sho‘merning ukasi Xo‘tamning* o‘g‘illari — Zo‘fax, Yimno, Shalash va Amal.

36 Zo‘faxning o‘g‘illari — Suvax, Xarnatar, Shuvol, Beri, Yimra, 37 Bazer, Xo‘d,

Shammo, Shilsho, Yitron va Bera.

38 Eterning o‘g‘illari — Yafunax, Fispa va Orro.

39 Ulloning o‘g‘illari — Orax, Xanniyol va Riziyo.

40 Osher nasli ana shulardan iborat bo‘lib, ular urug‘boshilar, mashhur bahodir jangchilar, obro‘li yo‘lboshchilar edilar. Osher qabilasining nasabnomasida jang qilishga qodir 26.000 kishi qayd etilgan edi.


8–BOB

Yana Benyamin nasli haqida

1 Benyaminning beshta o‘g‘li bor edi. To‘ng‘ich o‘g‘li — Belax, ikkinchisi — Oshbol, uchinchisi — Axrax, 2 to‘rtinchisi — No‘xax, beshinchisi Rafa edi.

3 Belaxning o‘g‘illari quyidagilardir: Adar, Gera, Abihud, 4 Abushuva, No‘mon, Oxo‘va,

5 Gera, Shafufon va Xurom.

6-7 Ehudning No‘mon, Oxiyo va Gera ismli o‘g‘illari bo‘lib, ular Gebo shahri aholisining urug‘boshilari edilar. Gebo aholisi Monaxatga quvib yuborilganda, Gera xalqni boshlab ketgan edi. Geraning Uzzo va Oxixud ismli ikki o‘g‘li bor edi.

8 Shaxarayim ikkala xotini Baro va Xushimni qo‘yib yuborgandan keyin, Mo‘ab yurtida o‘g‘illar ko‘rgan edi. 9 Ho‘dash ismli yangi xotini unga Yo‘vov, Zibiyo, Mesho, Malkam, 10 Yus, Sahiyo va Mirmo degan yetti o‘g‘il tug‘ib bergan edi. Shaxarayimning bu hamma o‘g‘illari urug‘boshilar edilar. 11 Shaxarayimning yana Abutav va Elfal degan ikkita o‘g‘li ham bor edi. Shaxarayim Mo‘abga ko‘chib kelmasdan oldin, bu o‘g‘illarni

unga xotini Xushim tug‘ib bergan edi.

12-13 Elfalning Ibir, Mishom, Shamad, Bariyo va Shema degan o‘g‘illari bor edi.

Shamad Ono‘ va Lo‘d shaharlarini, shuningdek, bularning atrofidagi qishloqlarni barpo qilgan edi. Bariyo bilan Shema esa Oyjavlon shahri aholisining urug‘boshilari bo‘lib, Gat aholisini quvib yuborgan edilar.

14 Oxyo, Shoshax, Yorimo‘t, 15 Zabadiyo, Arod, Eder, 16 Mikoyil, Yishpo va Yo‘xo Bariyoning o‘g‘illari edi.

17 Zabadiyo, Mashullom, Xizqi, Xaber, 18 Yishmaray, Yizliyo va Yo‘vov Elfalning o‘g‘illari edi.

19 Yaxim, Zixri, Zabdi, 20 Elivenay, Zillatay, Eliyol, 21 Odayo, Baroyo va Shimrot

Shimaxning o‘g‘illari edi.

22 Yishpon, Ibir, Eliyol, 23 Abdo‘n, Zixri, Xanon, 24 Xanoniyo, Elam, Onto‘tiyo, 25 Yifdayo

va Panuval Shoshaxning o‘g‘illari edi.

26 Shamsharay, Shaxariyo, Otaliyo, 27 Yarshiyo, Ilyos va Zixri Yeroxamning o‘g‘illari

edi.

28 Ularning hammasi o‘z naslining urug‘boshilari bo‘lib, ismlari o‘z nasli

nasabnomasida qayd etilgan edi. Ular Quddusda yashadilar.

29 Yaviyol* Givon shahriga asos solib, o‘sha shaharda o‘rnashdi*. Xotinining ismi — Maxo, 30 to‘ng‘ich o‘g‘lining ismi — Abdo‘n, keyingilariniki Zur, Kish, Baal, Nar*, Nadov, 31 Gado‘r, Oxyo, Zakariyo* 32 va Mixlo‘t edi. Mixlo‘t Shimomning* otasi edi. Ular Quddusda o‘z urug‘lari bilan yonma–yon yashardi.

Shoh Shoulning nasli

33 Nar — Kishning otasi, Kish shoh Shoulning otasi edi. Shoulning to‘rtta o‘g‘li bo‘lib, ismlari Yo‘natan, Malkishuva, Abunadav va Ishbosit* edi.

34 Yo‘natandan Mefibosit* tug‘ildi, Mefibositdan Mixo tug‘ildi.

35 Mixoning Pito‘n, Malek, Tariya va Oxoz degan o‘g‘illari bor edi.

36 Oxozdan Yohuvaddo tug‘ildi, Yohuvaddodan Elimat, Ozmobit va Zimri tug‘ildilar. Zimridan Mo‘zo tug‘ildi, 37 Mo‘zodan Bina tug‘ildi, Binadan Rafiyo* tug‘ildi, Rafiyodan Elasax tug‘ildi, Elasaxdan Oziyol tug‘ildi.

38 Oziyolning oltita o‘g‘li bo‘lib, ularning ismlari Ozrikom, Boxaru, Ismoil, Shariyo, Obodiyo va Xanon edi. Bularning hammasi Oziyolning o‘g‘illari edi.

39 Oziyolning ukasi Eshexning uchta o‘g‘li bo‘lib, to‘ng‘ichi — Ulom, ikkinchisi — Yoush, uchinchisi Elifalet edi. 40 Ulomning o‘g‘illari bahodir jangchi va kamonkashlar edilar. Ularning ko‘p o‘g‘illari va nabiralari bor edi, hammasi bo‘lib 150 nafar edi.

Benyamin qabilasi mana shulardan iborat edi.


9–BOB

1 Shunday qilib, butun Isroil xalqi nasabnomada qayd etilib, ushbu ma’lumotlarning hammasi “Isroil shohlari kitobi”ga kiritilgan.

Surgundan Quddusga qaytib kelgan xalq

Yahudo xalqi Egamizga xiyonat qilgani uchun Bobilga surgun qilingan edi.

2 Surgundan birinchi bo‘lib oddiy xalq o‘z shaharlaridagi mulklariga qaytib keldi. Ular bilan birga ba’zi ruhoniylar, levilar va Ma’bad xizmatkorlari ham qaytishgandi. 3 Yahudo, Benyamin, Efrayim va Manashe qabilasidan bo‘lganlar Quddusga borib o‘rnashdilar.

Qaytib kelganlar orasida quyidagilar bor edi:

Yahudo qabilasidan qaytib kelganlari

4 Yahudo o‘g‘li Paraz naslidan bo‘lgan Utay. U Omihudning o‘g‘li, Omrining

nabirasi, Imrining evarasi va Banixning chevarasi edi.

5 Shelo naslidan — Sheloning to‘ng‘ich o‘g‘li Osoyoh va uning o‘g‘illari,

6 Zerax naslidan — Yoval.

Hammasi bo‘lib Yahudo qabilasidan Quddusga qaytib kelganlar 690 kishini

tashkil qilar edi.

Benyamin qabilasidan qaytib kelganlari

7 Benyamin qabilasidan quyidagilar Quddusga qaytib kelgan edilar: Mashullom o‘g‘li Sallu. U Xo‘daviyoning nevarasi va Xassinuvaning evarasi edi. 8 Yana Yeroxam o‘g‘li Yibnayo va Uzzi o‘g‘li Elox qaytib kelgan. Elox Mixrining

nevarasi edi. Shafatiyo o‘g‘li Mashullom ham qaytib kelgan. U Ruvelning nevarasi

va Yibniyoning evarasi edi.

9 Nasabnomaga kiritilgan Benyamin nasli 956 kishini tashkil qilgan edi.

Yuqorida aytib o‘tilganlarning hammasi urug‘boshilar edi.

Ruhoniylardan qaytib kelganlari

10 Quyidagi ruhoniylar Quddusga qaytib kelgan edilar: Yodayo, Yohayiriv va Yoxin. 11 Yana Xudo uyining bosh amaldori Ozariyo qaytib kelgan edi. U Xilqiyoning o‘g‘li, Mashullomning nevarasi, Zodo‘xning evarasi va Oxitob o‘g‘li Maroyo‘tning chevarasi edi. 12 Yeroxam o‘g‘li Odayo ham qaytib kelgandi. U Peshxurning nevarasi va Malkiyoning evarasi edi. Odil o‘g‘li Masay ham qaytib kelgandi. U Yaxzironing nevarasi, Mashullomning evarasi va Immar o‘g‘li Mashillamatning chevarasi edi.

13 Hammasi bo‘lib 1760 nafar ruhoniy qaytib kelgan edi. Ular urug‘boshilar bo‘lib, Xudoning uyida xizmat qilish uchun layoqatli edilar.

Levilardan qaytib kelganlari

14 Quyidagi levilar Quddusga qaytib kelgan edilar: Xashshub o‘g‘li Shamayo. U Marori urug‘idan bo‘lib, Ozrikomning nevarasi, Xashaviyoning evarasi edi.

15 Yana Bog‘baqar, Xaresh, Galol va Mattaniyo qaytib kelgandi. Mattaniyo Mixaning o‘g‘li, Zixrining nevarasi va Osifning evarasi edi. 16 Shamayo o‘g‘li Obodiyo ham qaytib kelgandi. U Galolning nevarasi va Yodutunning evarasi edi. Oso o‘g‘li Barxiyo ham qaytib kelgandi. U Elqananing nabirasi bo‘lib, Natufo shahrining qishloqlarida yashagan edi.

Ma’bad darvozabonlaridan qaytib kelganlari

17-18 Levi qabilasidan bo‘lgan, Quddusga qaytib kelgan Ma’bad darvozabonlari quyidagilar edi: Shallum, Oqquv, Talmo‘n, Oximan va ularning qarindosh– urug‘lari. Shallum ularning boshlig‘i edi. U bugungacha* sharq tomondagi Shoh darvozasida soqchilik qilib kelmoqda. 19 Abuasafning* nabirasi Kori o‘g‘li Shallumga va uning Ko‘rax urug‘idan bo‘lgan qarindoshlariga Ma’bad* darvozasida soqchilik qilish vazifasi topshirilgan edi. Ularning ota–bobolari ham ilgarilari Egamizning Muqaddas chodiri kirishida soqchilik xizmatida bo‘lganlar. 20 Elazar o‘g‘li Finxaz* ularning ustidan boshliq edi. Egamiz u bilan birga edi.

21 Mashalmiyo o‘g‘li Zakariyo ham Ma’badning* darvozasida soqchilik

qiladigan bo‘ldi.


22 Darvozani qo‘riqlash uchun hammasi bo‘lib 212 darvozabon tanlab olindi. Ular o‘z qishloqlarida nasabnomalari bo‘yicha ro‘yxatga olindilar. O‘z vaqtida ularning ota– bobolarini darvozabonlik vazifasiga shoh Dovud bilan Shomuil payg‘ambar tayinlagan edilar. 23 Bu darvozabonlar va ularning avlodlari Egamizning uyi darvozalarida soqchilik qilishardi.

24 Darvozabonlar Ma’badning sharq, g‘arb, shimol va janub tomonidagi darvozalarini qo‘riqlar edilar. 25 Ularning qishloqlaridagi qarindoshlari aniq belgilangan bir vaqtda kelib, ular bilan birga yetti kun davomida xizmat qilishga majbur edilar. 26 To‘rt nafar bosh darvozabon Levi qabilasidan edi. Ular Xudoning uyidagi omborxona va xazinalar uchun mas’ul edilar. 27 Xudoning uyini qo‘riqlash va ertalablari darvozalarni ochish ularning zimmasida bo‘lgani uchun, ular tunni Xudoning uyi yonida o‘tkazar edilar.

28 Ma’bad xizmatida foydalaniladigan asbob–anjomlar uchun ba’zi levilar mas’ul edilar. Ularning vazifasi asbob–anjomlarni ishlatishdan oldin va ishlatilgandan keyin sanash edi. 29 Ba’zi levilar esa jihozlarga, Muqaddas xonadagi boshqa buyumlarga, sifatli unga, sharobga, zaytun moyiga, tutatqiga va ziravorlarga mas’ul edilar. 30 Biroq ziravorlarning aralashmasini faqat ruhoniylar tayyorlay olar edilar. 31 Levilardan biri — Ko‘rax naslidan bo‘lgan Shallumning to‘ng‘ich o‘g‘li Mattitiyo nazr nonlarini* pishirishga tayinlangan edi. 32 Uning Qohot naslidan bo‘lgan ba’zi birodarlari esa Shabbat kuni xontaxtaga qo‘yiladigan muqaddas nonlarni* tayyorlashga mas’ul edilar.

33 Levilarning qo‘shiqchilari Ma’baddagi xonalarda yashar edilar. Ular urug‘boshilar bo‘lib, kechayu kunduz xizmatda bo‘lganlari uchun boshqa barcha vazifalardan ozod qilingan edilar. 34 Yuqorida nomlari aytib o‘tilgan levilar urug‘boshilar bo‘lib, nasabnoma ro‘yxatiga boshliqlar sifatida kiritilgan edilar. Ular Quddusda yashardilar.

Shoh Shoulning nasl–nasabi

35 Yaviyol Givon shahriga asos solib, o‘sha shaharda o‘rnashdi*. Xotinining ismi — Maxo, 36 to‘ng‘ich o‘g‘lining ismi — Abdo‘n, keyingilariniki Zur, Kish, Baal, Nar, Nadov, 37 Gado‘r, Oxyo, Zakariyo va Mixlo‘t edi. 38 Mixlo‘t Shimomning otasi edi. Ular Quddusda o‘z urug‘lari bilan yonma–yon yashardi.

39 Nar — Kishning otasi, Kish shoh Shoulning otasi edi. Shoulning to‘rtta o‘g‘li bo‘lib, ismlari Yo‘natan, Malkishuva, Abunadav va Ishbosit* edi.

40 Yo‘natandan Mefibosit* tug‘ildi, Mefibositdan Mixo tug‘ildi.

41 Mixoning Pito‘n, Malek, Tariya va Oxoz* degan o‘g‘illari bor edi.

42 Oxozdan Yohuvaddo* tug‘ildi, Yohuvaddodan Elimat, Ozmobit va Zimri tug‘ildilar.

Zimridan Mo‘zo tug‘ildi, 43 Mo‘zodan Bina tug‘ildi, Binadan Rafiyo tug‘ildi, Rafiyodan Elasax tug‘ildi, Elasaxdan Oziyol tug‘ildi.

44 Oziyolning oltita o‘g‘li bo‘lib, ularning ismlari Ozrikom, Boxaru, Ismoil, Shariyo, Obodiyo va Xanon edi. Oziyolning o‘g‘illari ana shular edilar.


10–BOB

Shoh Shoulning o‘limi

1 Filistlar Isroil lashkari bilan jang qildi. Isroil lashkari Filistlarning oldiga tushib

qochdi, ko‘plari Gilbova tog‘ida* halok bo‘ldi. 2 Filistlar Shoul bilan uning o‘g‘illari ortidan tushdilar. Natijada Shoulning o‘g‘illari Yo‘natan, Abunadav va Malkishuva o‘ldirildi. 3 Shoulning atrofida jang tobora avjiga chiqdi. Shu payt Filist kamonkashlari Shoulga qarata o‘q otdilar. Shoul yaralandi. 4 U qurolbardoriga:

— Qilichingni sug‘urgin–da, menga sanch, toki anavi sunnatsizlar kelib, meni

xo‘rlamasinlar, — dedi.

Lekin qurolbardori qo‘rqdi, Shoulning aytganini qilmadi. Shunda Shoul qilichini qinidan sug‘urib, o‘zini qilich ustiga tashladi. 5 Qurolbardori ham Shoulning halok bo‘lganini ko‘rib, o‘zini qilichi ustiga tashlab, o‘ldi. 6 Shunday qilib, Shoul, uning uchala o‘g‘li va butun xonadoni bir kunda halok bo‘lishdi. 7 Yizril vodiysida* yashaydigan Isroil xalqi o‘z sipohlarining qochganini, Shoul bilan o‘g‘illari o‘lganini ko‘rishdi–yu, shaharlarini tashlab qochishdi. Filistlar bu shaharlarga kelib o‘rnashib olishdi.

8 Ertasi kuni Filistlar halok bo‘lganlarni talon–taroj qilgani jang maydoniga kelishdi.

Birdan ular Gilbova tog‘ida Shoul bilan uning o‘g‘illarining jasadlari yotganini ko‘rib qolishdi. 9 Ular Shoulning kiyimlarini yechishdi, boshini kesib, qurollarini olishdi. Filist yurti bo‘ylab xabarchilar jo‘natib, bu xushxabarni o‘z butxonalarida e’lon qilib, xalqqa eshittirishdi. 10 Shoulning qurol–aslahasini o‘z xudolari uyiga qo‘yishdi, boshini esa xudo Do‘g‘on* uyining devoriga qoqib qo‘yishdi. 11 Giladdagi Yobosh* aholisi Filistlarning Shoulni nimalar qilganini eshitishdi. 12 Shunda hamma jasur yigitlar Shoul bilan o‘g‘illarining jasadlarini olib, Yobosh shahriga keltirishdi. Suyaklarini Yoboshdagi eman daraxti tagiga dafn qilgach, yetti kun ro‘za tutishdi*.

13 Shunday qilib, Shoul Egamizga qilgan sadoqatsizligi uchun halok bo‘lgan edi. U Egamizning so‘ziga itoat etmadi. Buning ustiga, arvoh chaqiruvchiga maslahat solgan edi*. 14 Egamizning xohish–irodasini esa so‘ramadi. Shuning uchun Egamiz uni o‘ldirib, shohlikni Essay o‘g‘li Dovudga berdi.


11–BOB

Dovud Isroil shohi bo‘ladi

1 Jamiki Isroil xalqi Xevronga* — Dovudning huzuriga yig‘ilib shunday dedi:

— Biz sizning jigaringizmiz. 2 Ilgari Shoul shoh bo‘lganda ham, urushlarda Isroil lashkariga o‘zingiz bosh bo‘lar edingiz. Egangiz Xudo sizga: “Sen xalqim Isroilning cho‘poni bo‘lib, ularni boqasan, xalqim Isroilga sen rahnamolik qilasan”, deb aytgan edi.

3 Shunday qilib, Dovud Xevronda Isroil oqsoqollari bilan Egamiz oldida ahd qildi.

Isroil oqsoqollari, Egamizning Shomuil orqali bergan so‘ziga muvofiq, Dovudning boshiga moy surtib, uni Isroil ustidan shoh qilib ko‘tarishdi.

Dovud Quddusni bosib oladi

4 Shoh Dovud bilan hamma Isroil sipohlari Quddusga yurish qildilar. O‘sha davrda Quddus shahri Yobus deb atalgan bo‘lib, u yerning o‘troq xalqi Yobus xalqi deb atalar edi. 5 Yobus aholisi Dovudga: “Sen bu yerga kira olmaysan”, dedi. Ammo Dovud Sion qal’asiga* bostirib kirib, qal’ani egalladi. Keyinchalik bu qal’aga “Dovud qal’asi” deb nom berildi. 6 Dovud: “Kimki Yobuslarga birinchi bo‘lib hujum qilsa, u lashkarboshi bo‘ladi”, deb aytgan edi. Zeruya o‘g‘li Yo‘ab birinchi bo‘lib hujum qildi va lashkarboshi bo‘ldi.

7 Dovud qal’ada yashay boshladi. Shuning uchun bu joy “Dovud qal’asi” deb nom oldi.

8 Dovud Quddusning sharq tomonidagi Millodan* boshlab, butun shahar atrofini devor

bilan o‘rab mustahkamladi. Yo‘ab esa shaharning qolgan joylarini tuzatdi. 9 Dovud tobora kuchayib borardi, chunki Sarvari Olam unga yor edi.

Dovudning “Uch qahramon” va “O‘ttiz qahramon” degan guruhlaridagi bahodir

jangchilar

10 Quyida shoh Dovudning bahodir jangchilari ro‘yxati berilgan. Ular qolgan Isroil xalqi bilan birgalikda Egamizning va’dasiga muvofiq, Dovudni shoh deb e’lon qilganlar hamda uning shohligi uchun kuchli tayanch bo‘lganlar.

11 Dovudga xizmat qilgan bahodir jangchilar quyidagilar: birinchisi — Xaxmo‘n urug‘idan Yoshuvam. U “Uch* qahramon”ning* sardori edi. U nayzasi bilan uch yuz kishiga hujum qilib, hammasini bir jangda o‘ldirgan edi.

12 “Uch qahramon”dan ikkinchisi Oxo‘va urug‘idan Do‘do‘ o‘g‘li Elazar edi. 13 Filistlar jang qilish uchun Pas–Dammimda to‘planganda, Elazar Dovud bilan birga edi. U yerdagi dalaning bir qismiga arpa ekilgan edi. Isroil lashkari qocha boshlagach, 14 Elazar bilan Dovud dalaning o‘rtasida turib olib, u yerni himoya qilishdi. Filistlarni qirib tashlashdi. Shu tariqa, Egamiz ularni katta g‘alabaga erishtirdi.

15 “O‘ttiz qahramon”* guruhi tarkibiga kirgan o‘sha uchta qahramon* Dovudning yoniga — Adullam g‘ori oldidagi qoyaga ketishdi*. Rafa vodiysida* Filistlar lashkari qarorgoh qurgan edi. 16 Bu paytda Dovud o‘zining adirdagi qarorgohida edi. Bitta Filist qo‘nolg‘asi esa Baytlahmda joylashgan edi. 17 Dovud hasrat bilan:

— Qaniydi birortasi Baytlahm darvozasining yonidagi quduqdan menga suv olib kelib bersa! — dedi. 18 O‘sha uchta qahramon Filistlar qarorgohini yorib o‘tishdi–da, Baytlahmdagi darvozaning yonidagi quduqdan suv tortib, Dovudga olib kelishdi. Lekin Dovud suvni ichmay, yerga to‘kib, Egamizga bag‘ishladi.

19 — Bunday qilishdan meni Xudoyimning O‘zi asrasin! — deb xitob qildi u. — Shu yigitlarning qonini ichaymi? Axir, ular jonini xavf–xatarga qo‘yib, suv olib kelishdi–ku!

Shuning uchun ham Dovud suvni ichishni istamadi. “Uch qahramon” ana shunday jasurlik ko‘rsatishgan edi.

20 Yo‘abning akasi Abushay “O‘ttiz* qahramon”ning sardori edi. Abushay nayzasi bilan uch yuz kishini o‘ldirdi. Shu tariqa u “Uch qahramon” singari dong taratdi. 21 U “O‘ttiz qahramon”dan ham mashhur edi, ularning yo‘lboshchisi bo‘ldi. Lekin “Uch qahramon”dan biri hisoblanmasdi.

22 Kabzil shahridan Yohayido o‘g‘li Binayo degan jasur bir jangchi bor edi. U ajoyib ishlar qildi, Mo‘ablik ikki dovyurak odamni* o‘ldirdi. Qor yoqqan kunda bir xandaqqa tushib, sherni o‘ldirdi. 23 Yana bo‘yi besh tirsak* keladigan devday bir Misrlikni ham o‘ldirdi. Misrlikning qo‘lidagi nayzasi to‘quvchining dastgohi xodasiday kelardi. Binayo uning ustiga tayoq bilan bostirib bordi. Nayzani Misrlikning qo‘lidan tortib oldi–da, o‘sha nayza bilan uni o‘ldirdi. 24 Binayoning qilgan ishlari ana shulardir. Shu tariqa, Binayo “Uch qahramon” kabi dong taratdi. 25 U “O‘ttiz qahramon” orasida shuhrat topdi, lekin “Uch qahramon”dan biri hisoblanmasdi. Dovud uni qo‘riqchilar sardori qilib tayinladi.

26 Boshqa bahodir jangchilar quyidagilardir:


Yo‘abning ukasi Osoyil,

Baytlahm shahridan Do‘do‘ o‘g‘li Elxanon,

27 Xaro‘d shahridan Shammox*,

Palonlik Xalez,

28 Taxuva shahridan Ixesh o‘g‘li Ero, Onoto‘t shahridan Abuazar,

29 Xusha shahridan Sibaxay,

Oxo‘va urug‘idan Zalmon*,

30 Natufo shahridan Maxray va Banax o‘g‘li Xaled, 31 Benyamin naslidan Givolik Ribay o‘g‘li Etxay, Piraton shahridan Binayo,

32 Gash soyliklaridan Xuray, Bayt–Araba shahridan Abualvon*, 33 Boxurim* shahridan Ozmobit, Shalbim shahridan Eliyaxba,

34 Gizonlik Yoshon* o‘g‘illari,

Xaror shahridan Shaxey o‘g‘li Yo‘natan,

35 Xarorlik Shoror* o‘g‘li Oxiyom, Ur o‘g‘li Elifal,

36 Maxirotlik Xafer, Palonlik Oxiyo,

37 Karmil shahridan Xazro,

Ezbay o‘g‘li Paray*,

38 Natanning ukasi Yo‘el, Xagri o‘g‘li Mivxor,

39 Ommon xalqidan Zilax,

Baro‘t shahridan Zeruya o‘g‘li Yo‘abning qurolbardori Naxray,

40 Yitar urug‘idan Ero va Goriv,

41 Xet xalqidan Uriyo,

Oxlay o‘g‘li Zabad,

42 Ruben qabilasining yo‘lboshchisi Shizo o‘g‘li Adinax va uning o‘ttiz jangchisi,

43 Maxo o‘g‘li Xanon,

Mitanlik Yoshafat,

44 Ashtarutlik Uzziya,

Arorlik Xo‘tamning o‘g‘illari Shomo va Yaviyol,

45 Shimri o‘g‘li Yodiyol va uning ukasi Tizlik Yo‘xo,

46 Maxavlik Eliyol,

Elnamning o‘g‘illari Yarivay va Yo‘shaviyo, Mo‘ab yurtidan Yitmo,

47 Eliyol, Obid va Zo‘volik Yasiyol.


12–BOB

Dovudning Benyamin qabilasidan ilk izdoshlari

1 Birmuncha vaqt oldin* Dovud shoh Shouldan qochib, Zixlax shahrida yashab yurgan paytda* ba’zi bahodir jangchilar unga qo‘shilgan edilar. Urushlarda Dovud tomonida jang qilgan bu jangchilar 2 Benyamin qabilasidan, Shoulning qarindosh– urug‘laridan edilar. Ular mohir kamonkashlar bo‘lib, ham o‘ng, ham chap qo‘li bilan o‘q

va toshlarni otar edilar. 3 Ularning bosh sardori Givolik Shamoning o‘g‘li Oxazar edi. Oxazarning o‘ng qo‘l yordamchisi ukasi Yo‘sh edi. Quyidagilar esa jangchilar edi:


Ozmobitning o‘g‘illari — Yiziyol va Palat,

Baraka va Onoto‘tlik Yohu,

4 “O‘ttiz qahramonning” sardori va mohir jangchisi — Givonlik Yishmayo,

Yeremiyo, Yaxaziyol, Yo‘xanon, Gaderalik Yo‘zabad,

5 Eluzay, Yarimo‘t, Boliyo, Shamariyo va Xaruflik Shafatiyo,

6 Ko‘rax naslidan — Elqana, Ishshiyo, Ozariyol, Yo‘azar va Yoshuvam,

7 Gado‘rlik Yeroxamning o‘g‘illari — Yo‘lax va Zabadiyo.

Dovudning Gad qabilasidan izdoshlari

8 Gad qabilasidan ba’zilari Dovudga qo‘shilmoqchi bo‘lib, adirlardagi pana joylarga bordilar. Ular tajribali bahodir jangchilar bo‘lib, qalqon va nayzani ustalik bilan ishlatardilar. Sherday jasur, tog‘ kiyiklariday chaqqon edilar.

9 Eyzar ularning bosh sardori bo‘lib, ikkinchisi — Obodiyo, uchinchisi — Eliyob,

10 to‘rtinchisi — Mishmanax, beshinchisi — Yeremiyo, 11 oltinchisi — Attay, yettinchisi

— Eliyol, 12 sakkizinchisi — Yo‘xanon, to‘qqizinchisi — Elzabad, 13 o‘ninchisi — Yeremiyo, o‘n birinchisi Maxbanay edi.

14 Gad qabilasidan bo‘lgan bu jangchilar sardorlar bo‘lib, orasidagi eng zaifi yuz kishiga, eng kuchlisi esa ming kishiga bas kela olar edi. 15 Ular Iordan daryosining toshqin mavsumida — yilning birinchi oyida daryodan kechib o‘tib, sharqiy va g‘arbiy qirg‘oqlardagi vodiylarda yashaydigan xalqni quvib chiqargan edilar.

Dovudning Benyamin va Yahudo qabilasidan izdoshlari

16 Bir kuni Benyamin va Yahudo qabilasidan ba’zilar adirlardagi pana joylarga, Dovudning yoniga keldilar. 17 Dovud ularni kutib olgani chiqib, ularga dedi: “Agar bu yerga tinchlik bilan, menga yordam bergani kelgan bo‘lsangizlar, qatorimizga marhamat qilinglar. Bordi–yu, meni dushmanlarim qo‘liga topshirmoqchi bo‘lib kelgan bo‘lsangizlar, ota–bobolarimizning Xudosi buni ko‘rib jazoingizni bersin. Men sizlarga hech qanday yomonlik qilganim yo‘q.”

18 Shunda “O‘ttiz qahramon”ning sardori Emosayni Xudoning Ruhi qamrab oldi va

Emosay gapira boshladi:


“Biz siznikimiz, ey Dovud!

Siz tomondamiz, ey Essay o‘g‘li! Omon bo‘ling, iloyim omon bo‘ling!

Sizga yordam berganlar ham omon bo‘lsin! Sizni qo‘llagan Xudoyingizning O‘zidir.”


Dovud ularni jangchilari qatoriga qo‘shib, lashkarining sardorlari qilib tayinladi.

Dovudning Manashe qabilasidan izdoshlari

19 Dovud Filistlarga qo‘shilib, Shoulga qarshi urushga otlanganda*, Manashe qabilasidan ba’zilari Dovud tomonga o‘tib olgan edilar. Biroq natijada Dovud Filistlar tomonida jang qila olmagan edi, chunki Filist beklari maslahatlashib: “Agar Dovud o‘z xo‘jayini Shoul tomonga o‘tib olsa, boshimiz ketadi”, deb uni orqaga qaytarib yuborgan

edilar. 20 Dovud Zixlaxga qaytib ketayotganda, uning tomoniga Manashe qabilasidan quyidagilar o‘tib olgan edilar: Adnax, Yo‘zabad, Yodiyol, Mikoyil, Yo‘zabad, Elixu, Zillatay. Ular Manashe qabilasining mingboshilari hamda 21 bahodir jangchilari bo‘lganlari uchun Dovud ularni o‘z lashkari ustidan lashkarboshilar qilib tayinladi. Ular bosqinchi to‘dalarni yo‘q qilishda Dovudga yordam bergan edilar. 22 Kundan–kunga Dovudga qo‘shilgan odamlarning soni ko‘payib borar edi. Natijada Xudoning lashkari singari buyuk bir lashkar hosil bo‘ldi.

Dovud lashkarining ro‘yxati

23 Dovud Xevronda* turgan paytda ko‘p mohir jangchilar kelib, uning lashkari qatoriga qo‘shilgan edilar. Egamizning so‘ziga binoan, Shoulning o‘rniga Dovudni taxtga o‘tqizmoqchi bo‘lgan o‘sha jangchilarning soni quyidagicha edi:


24 Yahudo qabilasidan qalqon va nayza bilan qurollangan 6800 kishi.

25 Shimo‘n qabilasidan — 7100 nafar bahodir jangchi.

26 Levi qabilasidan — 4600 kishi. 27 Bularning qatoriga Horun xonadonining yo‘lboshchisi Yohayido va uning 3700 odami, 28 yosh jangchi Zodo‘x va uning urug‘idan 22 nafar sardor ham kirgan edi.

29 Benyamin qabilasidan — Shoulga qarindosh bo‘lgan 3000 kishi. Benyamin qabilasining ko‘pchiligi shu paytgacha Shoul xonadoniga sadoqatini saqlab kelgan edi.

30 Efrayim qabilasidan — o‘z urug‘ida dong taratgan 20.800 bahodir jangchi.

31 Iordan daryosining g‘arb tomonidagi Manashe qabilasining yarmidan —

18.000 kishi. Ular maxsus tanlab olingan bo‘lib, Dovudni shoh qilish maqsadi

bilan Xevronga kelgan edilar.

32 Issaxor qabilasidan — 200 nafar lashkarboshi va ularning qo‘l ostidagi odamlari. Bu lashkarboshilar Isroil xalqining nima qilishini va qachon qilishini yaxshi bilishar edi.

33 Zabulun qabilasidan — 50.000 mohir jangchi. Ular Dovudga cheksiz sadoqati bilan xizmat qilish uchun tish–tirnog‘igacha qurollanib, jangga tayyor bo‘lib kelgan edilar.

34 Naftali qabilasidan — 1000 nafar sardor hamda qalqon va nayza bilan qurollangan 37.000 kishi.

35 Dan qabilasidan — jangga tayyor 28.600 kishi.

36 Osher qabilasidan — jangga tayyor 40.000 mohir jangchi.

37 Iordan daryosining sharq tomonidagi Ruben, Gad qabilalaridan va Manashe qabilasining yarmidan — 120.000 kishi. Ular barcha jang aslahalari bilan qurollangan edilar.


38 Bu jangchilarning hammasi jangovar holatda bo‘lib, Dovudni butun Isroil ustidan shoh qilish maqsadida Xevronga kelgan edilar. Isroilning qolgan xalqi ham Dovudni shoh qilish maqsadiga qo‘shilgan edi. 39 Jangchilar Dovudning huzurida uch kun qolib, qarindoshlari tayyorlagan taomlardan yeb, ichimliklardan ichib, ziyofat qilishdi.

40 Shimoldagi Issaxor, Zabulun va Naftali qabilalarining olis hududlaridan ham odamlar kelishgan edi. Ular eshak, tuya, xachir, ho‘kizlarga bir talay un, anjir qoqi, mayiz*, sharob, zaytun moyi kabi yeguliklar ortib, olib kelishgan edi. Bulardan tashqari, ko‘plab

mol va qo‘ylarni yetaklab kelishgandi. Ha, butun Isroilda xursandchilik hukmron edi.


13–BOB

Ahd sandig‘i Xirat–Yo‘rimdan keltiriladi

1 Dovud har bir lashkarboshisi — mingboshi va yuzboshilari bilan maslahatlashdi. 2- 3 So‘ng butun Isroil jamoasiga dedi: “Shoh Shoul davrida biz Xudoyimizning Ahd sandig‘iga e’tiborsiz bo‘lib keldik*. Kelinglar, Ahd sandig‘ini qaytarib olib kelaylik. Butun Isroil bo‘ylab xabar jo‘natib yurtdagi jamiki qarindosh–urug‘larimizni shu yerga yig‘aylik, o‘z shaharlarida yashaydigan ruhoniylaru levilar ham oldimizga yig‘ilib kelishsin. Agar siz bunga rozi bo‘lsangiz va bu Egamiz Xudoning irodasi bo‘lsa, shuni qilaylik.” 4 Butun jamoaga bu taklif ma’qul tushib, hamma taklifga rozi bo‘ldi.

5 Shunday qilib, Dovud Xudoning Sandig‘ini Xirat–Yo‘rimdan* Quddusga olib kelish uchun butun yurtdagi — Misrdagi Shixor daryosidan tortib, to shimoldagi Levo–Xomat shahriga* qadar bo‘lgan joylardagi jamiki Isroil xalqini to‘pladi. 6 Ular birgalikda Xudoning Ahd sandig‘ini olib kelish uchun Yahudodagi Baalax, ya’ni Xirat–Yo‘rim shahriga yo‘l olishdi. Ahd sandig‘i ikki karub* orasida taxt qurgan Egamizning nomi bilan atalgan edi. 7 Xudoning Sandig‘i Abunadavning uyida edi. Sandiq yangi arava ustiga ortilgach, Uzzox bilan Oxyo* aravani haydab ketishdi. 8 Dovud va jamiki Isroil xalqi Xudoning huzurida berilib, o‘yin–kulgi qilayotgan edilar. Ular lira, arfa, childirma, zil va karnaylar chalib, qo‘shiqlar bilan bu voqeani bayram qilayotgan edilar.

9 Ular Noxun* degan odamning xirmoniga yetganlarida, ho‘kizlar qoqilib ketdi. Uzzox Sandiqni ushlab qolmoqchi bo‘lib qo‘lini uzatdi. 10 Lekin Uzzox Ahd sandig‘iga qo‘l uzatgani uchun*, Egamiz undan g‘azablandi. Uzzoxni urib, jonini oldi. Uzzox o‘sha yerda

— Xudoning oldida jon berdi. 11 Egamiz Uzzoxni nobud qilgani uchun Dovud qattiq

g‘azablandi. O‘sha kundan buyon shu joy “Paraz–Uzzox”* deb aytiladi.

12 Dovud o‘sha kuni Xudodan qo‘rqib: “Qanday qilib Xudoning Sandig‘ini o‘zim bilan olib kela olar ekanman?” deb o‘yladi. 13 U Sandiqni o‘zi bilan Dovud qal’asiga olib bormay, uni Gatlik* Obidadomning uyiga tashlab ketdi. 14 Xudoning Sandig‘i u yerda uch oy turdi. Obidadomning xonadoniga va jamiki mol–mulkiga Egamiz baraka berdi.


14–BOB

Dovudning Quddusdagi faoliyati

1 Tir* shohi Xiram Dovud huzuriga elchilar yubordi. Ular bilan Dovudga saroyining

qurilishi uchun sadr yog‘ochlarini jo‘natdi, tosh teruvchilar va duradgorlarni yo‘lladi.

2 Dovud endi bildiki, Egamiz uni Isroil ustidan shoh qilib tayinlagan ekan, O‘z xalqining

haqi–hurmati uchun uning shohligini nihoyatda yuksaltirgan ekan.

3 Dovud Quddusda yana xotinlar oldi, ular Dovudga yanada ko‘p o‘g‘il–qizlar tug‘ib berishdi. 4 Dovudning Quddusda tug‘ilgan farzandlari quyidagilar edi: Shammuva, Sho‘vav, Natan, Sulaymon, 5 Yibxar, Elishuva, Elfalat, 6 No‘gax, Nafax, Yofiya, 7 Elishama, Elyodax* va Elifalet.

Filist xalqi ustidan g‘alaba

8 Filistlar: “Dovudga moy surtilibdi. U butun Isroil xalqi ustidan shoh bo‘libdi” degan

xabarni eshitishdi. Shundan keyin barcha Filist lashkari Dovudni qidirib jangga

otlandilar. Bundan xabar topgan Dovud ham o‘z lashkari bilan ularga qarshi jangga

otlandi. 9 Filistlar kelib, Rafa vodiysini* talon–taroj qila boshladilar. 10 Dovud Xudodan:

16 Dovud Xudo amr berganiday qilib, Givondan Gezer shahrigacha bo‘lgan joylarda Filistlar lashkarini tor–mor qildi. 17 Dovudning dong‘i hamma yurtlarga taraldi. Egamiz hamma xalqlarni undan qo‘rqadigan qilib qo‘ydi.


15–BOB

Ahd sandig‘ini olib kelishga tayyorgarlik

1 Dovud o‘zi uchun Dovud qal’asida uylar barpo qildi. Xudoning Sandig‘i uchun ham joy tayyorlab, chodir qurdi. 2 Keyin u shunday amr berdi: “Xudoning Sandig‘ini faqat levilar ko‘tarib yursin. Zero, Egamiz O‘z Sandig‘ini ko‘tarib yurish uchun levilarni tanlagandir. Ularni O‘ziga abadiy xizmat qilish uchun tanlab olgandir.”

3 Dovud o‘zi tayyorlagan joyga Egamizning Sandig‘ini olib kelish uchun jamiki Isroil xalqini Quddusda to‘pladi. 4 So‘ngra quyidagi Horun naslini va levilarni yig‘di:


5 Qohot naslidan — urug‘boshi Uriyol va u bilan birga uning 120 nafar

qarindoshi,

6 Marori naslidan — urug‘boshi Osoyoh va u bilan birga 220 nafar qarindoshi,

7 Gershon naslidan — urug‘boshi Yo‘el va u bilan birga 130 nafar qarindoshi,

8 Elizofon naslidan — urug‘boshi Shamayo va u bilan birga 200 nafar qarindoshi,

9 Xevron naslidan — urug‘boshi Eliyol va u bilan birga 80 nafar qarindoshi,

10 Uziyol naslidan — urug‘boshi Ominadav va u bilan birga 112 nafar qarindoshi.


11 Dovud ikkala ruhoniyni — Zodo‘x bilan Abuatarni, levilardan Uriyol, Osoyoh, Yo‘el, Shamayo, Eliyol va Ominadavni chaqirib, 12 ularga dedi: “Sizlar Levi qabilasining urug‘boshilarisiz. Shunday ekan, Isroil xalqining Xudosi — Egamizning Sandig‘ini men tayyorlagan joyga olib kela olishingiz uchun o‘zlaringizni va levi birodarlaringizni poklanglar*. 13 Oldingi safar Sandiqni levilar olib kelmagani uchun Egamiz Xudo bizdan

qattiq g‘azablangan edi*. Ha, biz Undan Sandiqni qanday olib kelishimiz kerakligini

so‘ramagan edik.”

14 Ruhoniylar va levilar Isroil xalqining Xudosi — Egamizning Sandig‘ini olib kelish uchun o‘zlarini pokladilar. 15 Ular Egamizning Muso orqali bergan amriga muvofiq*, Xudoning Sandig‘ini xodalar bilan yelkalariga ortib, ko‘tarib ketdilar.

16 Bulardan tashqari, Dovud Levi qabilasining urug‘boshilariga, qarindoshlaringiz orasidan sozandalarni tayinlang, deb buyurgan edi. Ular arfa, lira va zillarni chalib, bu musiqa asboblarining jo‘rligida shodiyona qo‘shiqlar aytishlari kerak edi. 17 Levilar Marori urug‘idan quyidagi sozandalarni tayinlagan edilar: Yo‘el o‘g‘li Xaman, Barxiyo o‘g‘li Osif va Qushayo o‘g‘li Etxan. 18 Ularning yordamchilari qilib quyidagilar tayinlangan edi: Zakariyo, Yaziyol*, Shamiromo‘t, Yoxiyol, Unno, Eliyob, Binayo, Masiyo, Mattitiyo, Elifaleh, Mixniyo hamda darvozabonlar Obidadom va Yaviyol.

19 Sozandalardan Xaman, Osif va Etxan bronza zillar chalishlari kerak edi. 20 Zakariyo, Aziyol, Shamiromo‘t, Yoxiyol, Unno, Eliyob, Masiyo va Binayo arfalarni chalishlari kerak edi*. 21 Mattitiyo, Elifaleh, Mixniyo, Obidadom, Yaviyol va Ozaziyo esa sakkiz torli liralarni chalib, kuy ijrosida yetakchilik qilishlari kerak edi.

22 Levilarning boshlig‘i Xonaniyo mohir sozanda bo‘lgani uchun uni qo‘shiqchilar rahbari qilib tayinlagan edilar. 23-24 Ahd sandig‘ini qo‘riqlash uchun Barxiyo, Elqana, Obidadom va Yoxiyo tayinlangan edilar. Ruhoniylar Shabaniyo, Yoshafat, Natanil, Emosay, Zakariyo, Binayo va Eliazar Xudoning Sandig‘i oldida karnaylar chalib borishlari kerak edi.

Ahd sandig‘i Quddusga keltiriladi

25 Dovud, Isroil oqsoqollari va mingboshilar Egamizning Ahd sandig‘ini Obidadomning uyidan olib kelish uchun katta tantana bilan ketdilar. 26 Ahd sandig‘ini ko‘tarib kelayotgan levilarga Xudoning O‘zi yordam berdi. Shu sababdan ular yettita buqa va yettita qo‘yni qurbonlik qildilar. 27 Sandiqni ko‘tarib kelayotgan barcha levilar, qo‘shiqchilar va qo‘shiqchilar rahbari Xonaniyo singari, Dovud ham mayin zig‘irdan to‘qilgan rido kiyib olgan edi. Dovud ridodan tashqari ruhoniylarning muqaddas libosini* ham kiygan edi. 28 Shunday qilib, butun Isroil xalqi sevinchli xitoblar bilan, arfa va lira kuylari hamda burg‘u, karnay, zillar sadolari ostida Egamizning Ahd sandig‘ini olib keldi.

29 Ular Egamizning Sandig‘ini Dovud qal’asiga olib kirishayotganda, Shoulning qizi Mixal* derazadan qarab turgan edi. U sakrab o‘ynayotgan shoh Dovudni ko‘rdi–yu, o‘z ko‘nglida uni past ko‘rdi.


16–BOB

1 Levilar Xudoning Sandig‘ini Dovud maxsus tayyorlagan chodirning ichkarisiga olib kirib qo‘ydilar. Keyin Xudoga kuydiriladigan qurbonliklarni va tinchlik qurbonliklarini keltirdilar. 2 Dovud qurbonliklar qilib bo‘lgandan keyin, Egamizning nomidan xalqni duo qildi. 3 So‘ng Isroil jamoasidagi har bir odamga — erkagu ayolga, bir donadan gardish non, bir hovuchdan xurmo* va bir hovuchdan mayiz* tarqatdi.

4 U levilardan ba’zilarini Egamizning Sandig‘i oldida xizmat qilish uchun tayinladi.

Ular Isroil xalqining Xudosi — Egamizni ulug‘lab, Unga shukronalar aytishlari va

madhiyalar kuylashlari kerak edi. 5 Osif ularning rahnamosi edi, uning yordamchilari esa

Zakariyo, Yaviyol, Shamiromo‘t, Yoxiyol, Mattitiyo, Eliyob, Binayo, Obidadom va Yaviyol edilar. Ular arfa va lira cholg‘uvchilari, Osifning o‘zi zil cholg‘uvchisi, 6 ruhoniylar Binayo bilan Yaxaziyol esa karnay cholg‘uvchilari bo‘lib, ular har kuni Xudoning Ahd sandig‘i oldida musiqa asboblarini chalishlari kerak edi.

Dovudning shukrona qo‘shig‘i

7 O‘sha kuni Dovud birinchi marta Osif bilan uning qarindoshlari zimmasiga Egamizga hamdu sanolar aytish mas’uliyatini yuklagan edi.


8 Egamizga shukur ayting, Unga sajda qiling, Boshqa xalqlar orasida Uning ishlarini bildiring.

9 Tarannum qilib Uni, hamdu sano ila qo‘shiq ayting, Uning jamiki ajoyib ishlarini so‘zlab bering.

10 Egamizning muqaddas nomi ila faxrlaning, Egamizga yuz burganlarning qalbi shodlikka to‘lsin. 11 Qudratli Egamizga yuz buring!

Uning huzurida bo‘lishga intiling.

12-13 Ey sizlar, Egamizning quli Isroil* nasli,

Ey Yoqub o‘g‘illari — Egamizning tanlaganlari, Egamiz qilgan ajoyibotlarini esda tuting,

Uning mo‘jizalarini, chiqargan hukmlarini unutmang.


14 U Egamiz Xudodir,

U butun yer yuzini adolatli hukm qiladi.

15 Shunday ekan, Uning ahdini doimo yodda tuting,

Minglab nasllar osha va’dasini unutmang.

16 Egamizning Ibrohim bilan qilgan ahdiga rioya qiling,

Is’hoqqa qasam ichib bergan va’dasiga sodiq qoling.

17 Egamiz bu ahdni Yoqubga berdi,

Ha, Isroil bilan abadiy ahd qilib shunday dedi*:

18 “Kan’on yurtini senga beraman,

Uni o‘zingga abadiy mulk qilib olasan.”


19 O‘sha vaqtda ularning soni kam edi,

Ha, juda kamchilik edilar. Ular bu yurtga kelgindi edi.

20 Kezardi bir xalq orasidan boshqasiga, Bir shohlikdan boshqa yurtga.

21 Egamiz hech kimga ularni ezishlariga yo‘l qo‘ymadi,

Ularni deb shohlarga tanbeh berdi.

22 Aytdiki: “Men tanlaganlarga tegmanglar, Payg‘ambarlarimga* zarar keltirmanglar.”


23 Ey olam, Egamizni tarannum eting!

Har kuni Uning najotidan so‘ylang.

24 E’lon qiling elatlar orasida Uning shuhratini,

Jamiki xalqlar orasida Uning ajoyibotlarini. 25 Egamiz buyukdir, ko‘p maqtovga loyiqdir, Jamiki xudolardan U izzatlidir.

26 Zotan, xalqlarning hamma xudolari butlardir, Egamiz esa samolarni yaratgandir.

27 Shuhratu ulug‘vorlik Uning huzuridadir,

Qudratu shodlik Uning maskanidadir.

28 Egamizga hamdlar ayting, ey zamin xalqlari! Egamizning qudratiyu shuhratiga hamdlar o‘qing! 29 Egamizning sharafiga hamdlar o‘qing!

Nazrlar keltirib, Uning huzuriga kiring!

Muqaddas ulug‘vorlikka burkangan Egamizga sajda qiling!*

30 Ey zamin ahli, Uning oldida titrab turing!

Olam mustahkam o‘rnashgan, hech qachon tebranmaydi.

31 Samolar shod bo‘lsin, zamin quvonsin, Elatlar orasida aytishsin: “Egamiz Shohdir!” 32 Dengizu undagi hamma jonzot guvullasin.

Dalalaru undagi har narsa sevinch ila jo‘shsin,

33 O‘rmondagi daraxtlar shodlikdan qo‘shiq aytsin. Egamiz oldida ular qo‘shiq aytar,

Ana, Zaminni boshqarmoq uchun U kelayotir.


34 Egamizga shukrona ayting, U yaxshidir! Uning sodiq sevgisi abadiydir.

35 Yana shunday deb aytinglar:

“Ey najotkorimiz Xudo, bizlarni qutqar,

Bizni xalqlardan xalos qil,

Ularning orasidan to‘plab ol.

O‘zing muqaddassan, Senga shukur aytaylik, Madhga loyiq ishlaring bilan faxrlanaylik.

36 Isroil xalqining Xudosi — Egamizga

To abad olqishlar bo‘lsin.”


Shundan keyin jamiki xalq: “Omin!” deb Egamizga hamdu sanolar aytdi.

Dovud Quddus va Givonda sajda qilishni yo‘lga qo‘yadi

37 Dovud Osifni va uning qarindoshlarini Egamizning Ahd sandig‘i oldidagi doimiy xizmatga tayinladi. Ular har kuni o‘sha yerda o‘z vazifalarini bajarar edilar. 38 Ularga bu xizmatda Obidadom va uning oltmish sakkizta qarindoshi yordam berishlari kerak edi. Yodutun o‘g‘li Obidadom va Xo‘sax darvozabon edilar. 39 Dovud ruhoniy Zodo‘xni va uning ruhoniy qarindoshlarini Givondagi sajdagohda*, Egamizning Muqaddas chodirida xizmat qilishga tayinladi. 40 Ular, Egamizning Isroil xalqiga bergan qonuniga muvofiq, har kuni ertalab va kechqurun qurbongoh ustida qurbonliklar kuydirishlari lozim edi.

41 Ularning yonida Xaman, Yodutun va nomma–nom aytib tanlangan boshqa odamlar ham xizmat qilib, Egamizga: “Uning sodiq sevgisi abadiydir”, deya hamdu sano aytishlari kerak edi. 42 Xaman bilan Yodutun hamdu sanoning kuyi uchun mas’ul bo‘lib, karnay, zil

va boshqa musiqa asboblarini chalishlari kerak edi. Yodutunning o‘g‘illari darvozabon

qilib tayinlangan edi.

43 Shundan keyin hamma odamlar uylariga qaytib ketdilar, Dovud ham o‘z oilasini

duo qilgani uyiga qaytdi.


17–BOB

Natan payg‘ambar shoh Dovudga xabar beradi

1 Dovud o‘z saroyiga o‘rnashib olgach, Natan payg‘ambarga dedi:

— Qarang, men sadr yog‘ochidan qurilgan uyda yashayapman, Egamizning Ahd sandig‘i esa chodirda turibdi.

2 — Ko‘nglingda nima bo‘lsa, shuni qilaver, Xudo sen bilan, — dedi Natan.

3 O‘sha kuni kechasi Natanga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi:


4 “Qulim Dovudning oldiga borgin–da, unga shu gaplarni yetkaz: «Egam shunday demoqda: istiqomat qilishim uchun uyni Menga sen qurmaysan. 5 Isroil xalqini Misrdan olib chiqqanimdan to shu kungacha biror uyda yashagan emasman. U yerdan–bu yerga ko‘chib yurdim, chodirda maskan qildim. 6 Men hech qachon Isroil xalqining hakamlariga* shikoyat qilmadim. Xalqimga cho‘ponlik qilish vazifasini ularning zimmasiga yuklagan bo‘lsam–da, hech qachon ularning birortasiga: ‘Nima uchun Menga sadr daraxti yog‘ochidan uy qurib bermadingizlar?’ deb aytmadim.»

7 Endi qulim Dovudga ayt: «Sarvari Olam shunday demoqda: Men seni yaylovlardagi qo‘y suruvi orasidan tanlab olib, xalqim Isroilga hukmdor qildim. 8 Qayerga borsang, sen bilan bo‘ldim, hujum qilganingda, hamma g‘animlaringni yo‘q qildim. Endi sening nomingni olamdagi ulug‘ odamlarning nomi singari mashhur qilaman. 9-10 Xalqim Isroilga ilk hakamlarni tayinlaganimdan buyon vijdonsiz odamlar xalqimni ezib keldilar. Endi xalqim Isroil uchun bir yurt tayin etib, ularni o‘sha yerga o‘tqazaman. Ular o‘z yurtida istiqomat qilishadi, boshqa behalovat bo‘lishmaydi. Hamma g‘animlaringni senga bo‘ysundiraman. Men,

Egang, sen uchun bir xonadon barpo etaman, deb aytmoqdaman. 11 Sen olamdan o‘tib, ota–bobolaring yoniga dafn qilinganingdan keyin ham, Men o‘g‘illaringdan birini, pushti kamaringdan bino bo‘lgan farzandingni shoh qilib, uning shohligini mustahkamlayman. 12 Menga atab uyni u quradi. Men esa uning taxtini to abad mustahkam qilaman. 13 Men unga ota bo‘laman, u esa Menga o‘g‘il bo‘ladi. Men sendan oldingi shohni marhamatimdan mahrum qilgan edim. Lekin o‘g‘lingdan hech qachon marhamatimni darig‘ tutmayman. 14 Men uni O‘z xonadonim va shohligim ustiga abadiy o‘tqazaman, uning taxti to abad mustahkam bo‘ladi.»”


15 Xudo ayon qilganlarning hammasini Natan Dovudga aytdi.

Dovud shukrona aytib ibodat qiladi

16 Shundan keyin shoh Dovud Egamizning huzurida o‘tirib*, shunday ibodat qildi:


“Ey Parvardigor Egam! Men kim bo‘libman, xonadonim nima bo‘libdiki, Sen meni bu qadar ulug‘lading?! 17 Buning ustiga, ey Xudo, Sen kelajak zamonda yuz

beradigan voqealarni xabar qilding. Bu qulingning xonadoni uchun ko‘p va’da berding. Nazaringda meni ulug‘ odamday bilding*, ey Parvardigor Egam! 18 Sen bu qulingni shuhratga erishtirding, Senga bundan ortiq nima ham deya olardim?! Axir, bu qulingni bilasan–ku. 19 Ey Egam, Sen bu qulingning haqi–hurmati uchun O‘z xohishingga muvofiq, shunday ulug‘vor ish qilding. Bu buyuk va’dalaringni bizga ayon qilding.

20 Senga o‘xshagan boshqa xudo haqida hech qachon eshitmaganmiz. Sening aslo o‘xshashing yo‘q. Ey Egam, Sendan o‘zga Xudo yo‘q! 21 Xalqing Isroilga o‘xshashi yo‘q! Ey Xudoyim, boshqa qaysi xalqni Sen qullikdan xalos qilib, O‘zingning xalqing qilding?! Sen O‘z xalqingni Misrdan olib chiqib, butun olamga shuhratingni yoyding. Buyuk va ajoyib ishlaring orqali xalqing oldidan begona xalqlarni quvding. 22 Xalqing Isroilni to abad O‘zingning xalqing qilding. Ey Egam, Sen ularning Xudosi bo‘lding.

23 Ey Egam! Bu qulingga va uning xonadoniga qarata aytgan so‘zingda to abad tur, bergan va’dangni bajar, 24 toki odamlar, Sarvari Olam — Isroil xalqining Xudosi ekan, deb nomingni to abad maqtab yursinlar. Ha, quling Dovudning xonadonini O‘zing har doim mustahkam qilgin. 25 Zotan, Sen, ey Xudoyim, bu qulingga, sening xonadoningni barpo etaman, deb ayon etgansan! Shu sababdan bu quling Senga ibodat qilishga jur’at etdi. 26 Ey Egam! Sen Xudosan. Sen bu qulingga ana shunday ezgu narsalarni va’da qilgansan. 27 Agar O‘zing ma’qul ko‘rsang, bu qulingning xonadoniga marhamat qilgin, toki Sening huzuringda to abad tursin. Zotan, Sen marhamat qilgan xonadon, ey Egam, to abad marhamatga sazovor bo‘lg‘ay.”


18–BOB

Dovudning jangdagi g‘alabalari

1 Birmuncha vaqt o‘tgach, Dovud yana Filistlarga hujum qilib, ularni mag‘lub qildi.

Gat shahri* va uning atrofidagi qishloqlarni Filistlardan tortib oldi.

2 So‘ng Mo‘ab xalqini ham mag‘lub qildi. Mo‘ab xalqi Dovudga qaram bo‘lib, o‘lpon to‘laydigan bo‘lishdi.

3 Zo‘vo* shohi Hadadzar Furot daryosi bo‘ylariga yurish qilib, o‘sha yerlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatmoqchi bo‘lgan bir paytda Dovud unga hujum qildi. Dovud Hadadzarni Xomat shahri yonida tor–mor etdi. 4 Hadadzarning 1000 ta jang aravasini, 7000 otliq va 20.000 piyoda sipohini asirga oldi. O‘zining 100 ta jang aravasi uchun kerakli otlarni qoldirib, boshqa hamma otlarni mayib qildi.

5 Damashqdagi Oram xalqi Zo‘vo shohi Hadadzarga yordamga kelgan edi, Dovud ulardan 22.000 kishini o‘ldirdi. 6 So‘ng Damashqdagi Oram xalqining shaharlariga o‘zining qo‘nolg‘alarini joylashtirdi. Oram xalqi ham Dovudga qaram bo‘lib, o‘lpon to‘laydigan bo‘ldi. Shunday qilib, Dovud qayerga bormasin, Egamiz uni zafarga erishtirdi.

7 Dovud Hadadzarning a’yonlari ko‘tarib yuradigan oltin qalqonlarni qo‘lga kiritib, Quddusga keltirdi. 8 Yana Hadadzarning qo‘li ostidagi shaharlari bo‘lgan Tivxat va Xundan ko‘p bronza olib keldi. Keyinchalik Sulaymon bu bronzadan hovuz, ustunlar va har xil ashyolar yasattirdi*.

9 Xomat* shohi To‘ax*: “Dovud Hadadzarning butun lashkarini mag‘lub qilibdi” degan xabarni eshitib qoldi. 10 To‘ax shoh Dovudning huzuriga o‘g‘li Yoramni* yuborib, qutladi, jangda Hadadzardan g‘olib kelgani uchun Dovudni olqishladi. To‘ax Hadadzar bilan uzoq vaqtdan beri urishib kelardi. U Dovudga oltin, kumush, bronza idishlarni tortiq qilib yubordi. 11 Shoh Dovud bu in’omlarni boshqa yurtlardan — Edom, Mo‘ab, Ommon, Filist va Omolekdan tortib olib kelgan oltinu kumushlar bilan birga Egamizga nazr qildi.

12 Zeruya o‘g‘li Abushay Tuz vodiysida* Edom xalqidan 18.000 kishini halok qildi. 13 U Edom yurtiga* o‘z qo‘nolg‘alarini joylashtirdi. Edom xalqi Dovudga qaram bo‘ldi. Dovud qayerga bormasin, Egamiz uni zafarga erishtirdi.

14 Dovud butun Isroilda shohlik qilar ekan, xalqini odillik bilan boshqarardi.

15 Zeruya o‘g‘li Yo‘ab — lashkarboshi, Oxilud o‘g‘li Yohushafat mushovir* edi. 16 Oxitob o‘g‘li Zodo‘x bilan Abuatar o‘g‘li Oximalek* — ruhoniy, Sarayo* mirza edi. 17 Yohayido o‘g‘li Binayo Xaretlik va Palatlik qo‘riqchilarning* boshlig‘i edi. Dovudning o‘g‘illari saroyda yuksak lavozimdagi a’yonlar edilar.


19–BOB

Dovud Ommon va Oram xalqlarini mag‘lub qiladi

1 Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, Ommon* shohi Naxosh olamdan o‘tib, o‘rniga o‘g‘li Xanun shoh bo‘ldi. 2 Dovud: “Naxosh menga sodiq edi, men ham uning o‘g‘li Xanunga sodiq bo‘layin”, deb ko‘nglidan o‘tkazdi. Shunday qilib, Dovud Xanunga otasining vafoti munosabati bilan tasalli berish uchun o‘z elchilarini jo‘natdi.

Dovudning elchilari Xanunga tasalli bergani Ommon yurtiga borishgach, 3 Ommon beklari Xanunga shunday deb o‘rgatishdi: “Dovud bu odamlarini otangiz hurmati uchun jo‘natgan, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, bu elchilar sizning huzuringizga yomon niyat bilan kelishgan, ular yurtni kuzatib, tekshirib, keyin qo‘lga kiritishmoqchi.” 4 Shu gapdan so‘ng Xanun Dovudning elchilarini ushladi, ularning soqollarini qirdirib, kiyimlarini sonlarigacha kestirib, orqaga qaytarib yubordi. 5 Elchilar qaytib ketishdi. Dovud bu voqeani eshitdi–yu, elchilarini kutib olish uchun odamlar jo‘natdi. Elchilar juda sharmandali ahvolda qolgan edilar. Shoh o‘sha elchilariga: “Soqolingiz o‘sguncha Yerixoda qolinglar, keyin mening oldimga qaytib kelinglar”, deb ayttirib yubordi.

6 Ommon xalqi: “Endi Dovudning g‘azabiga duchor bo‘ldik”, deb o‘yladilar. Shuning uchun Xanun va Ommon xalqi Oram–Naxrayimdan, Oram–Maxodan va Zo‘vo shohliklaridan* jang aravalari va otliqlar yollash uchun 2000 pud* kumush yubordilar. 7 Xanun 32.000 ta jang aravasini va Maxo shahri shohini lashkari bilan yolladi. Maxo shohi kelib, Midavo shahri* yonida qarorgoh qurdi. Ommon xalqi ham o‘z shaharlaridan chiqib, jangga otlandi.

8 Dovud bu xabarni eshitdi–yu, lashkarboshi Yo‘ab boshchiligida qo‘riqchilarining hammasini urushga safarbar qildi. 9 Ommon lashkari shahar* darvozasi oldida Dovudga qarshi saf tortdi. Yordamga kelgan shohlar ham yalanglikda alohida saf tortdilar.

10 Yo‘ab g‘anim to‘dalari orqayu oldindan hujum qilayotganini ko‘rdi. U Isroilning

saralangan sipohlaridan tanlab oldi–da, Oram lashkariga qarshi saf torttirdi.

11 Qolganlariga esa ukasi Abushayni bosh qilib, Ommonlarga qarshi shay qilib qo‘ydi.

12 Yo‘ab Abushayga:

— Oram lashkari mendan ustun kelsa, sen yordamga kelasan, — dedi. — Bordi–yu, Ommonlar sendan baland kelsa, men yordamga boraman. 13 Bardam bo‘l! Xalqimiz va Xudoyimizning shaharlari uchun mardlarcha kurash olib boraylik. Egamizning xohish– irodasi bajo bo‘lsin.

14 Yo‘ab boshchiligidagi sipohlar Oram lashkariga qarshi tashlandilar. Oram lashkari esa ularning oldiga tushib qochib qoldi. 15 Ularning qochganini ko‘rgan Ommonlar ham Yo‘abning ukasi Abushaydan qochib, shaharga berkindilar. Shundan keyin Yo‘ab Quddusga qaytib ketdi.

16 Oram lashkari Isroil lashkaridan yengilganini anglab yetgach, xabarchilar yuborib, Furot daryosining narigi tomonida turgan o‘z lashkarini chaqirtirib keldilar. Ularga lashkarboshi qilib, shoh Hadadzar lashkarining qo‘mondoni Sho‘vaxni* tayinladilar.

17 Dovud bu voqeani eshitib, jamiki Isroil lashkarini yig‘di. Iordan daryosini kechib o‘tib, Oram lashkariga qarshi saf tortdi. Oram lashkari hujumga o‘tdi. 18 Ammo ular bu safar ham Isroil lashkarining oldiga tushib qochib qolishdi. Dovud Oram lashkarining 7000 nafar jang aravasi aravakashini va 40.000 nafar sipohini o‘ldirdi. Hadadzarning lashkarboshisi Sho‘vax ham Dovudning qo‘lida halok bo‘ldi.

19 Shunday qilib, Hadadzarning qo‘li ostidagi shohlar Isroildan mag‘lub bo‘lib, Dovud bilan sulh tuzishga majbur bo‘lishdi. Ular Dovudga qaram bo‘lib qolishdi. Shundan keyin Oram xalqi Ommon xalqiga yordam berishdan bosh tortadigan bo‘ldi.


20–BOB

Dovud Rabba shahrini bosib oladi

1 Bahor boshlanib, shohlar urushga ketadigan payt ham bo‘ldi. Yo‘ab lashkarni jangga boshladi. Ular Ommon yurtini yakson qilib, Rabba shahrini* qamal qilishdi. Dovudning o‘zi Quddusda qolgan edi. Yo‘ab Rabbaga hujum qilib, shaharni qo‘lga kiritdi. 2 Dovud Rabbaga yetib borgach, Ommon shohining boshidagi tojini* oldi. Qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan, og‘irligi ikki pud* keladigan bu oltin toj Dovudning boshiga kiydirildi. Dovud shahardan katta miqdorda o‘lja ham yig‘di. 3 U shahar aholisini arra, cho‘kich va bolta bilan bajariladigan ishlarga majbur qildi. Dovud Ommon shaharlarining hammasida shu usulni qo‘lladi. Shundan keyin u jamiki lashkarini boshlab, Quddusga qaytib ketdi.

Filist pahlavonlariga qarshi jang

4 Shundan so‘ng Gezer shahrida Filistlar bilan yana urush chiqdi. Xushalik Sibaxay bu urushda Sof* degan odamni o‘ldirdi. Sof Rafa xalqidan* edi. Filistlar Isroil xalqiga bo‘yin egdilar.

5 Ko‘p o‘tmay Isroil lashkari bilan Filistlar o‘rtasida yana urush bo‘ldi. Yovir o‘g‘li Elxanon Gatlik* Go‘liyotning* ukasi Laxmini o‘ldirdi. Go‘liyot nayzasining sopi to‘quvchining dastgohi xodasiday kelardi.

6 So‘ngra yana Gat shahrida urush bo‘ldi. U yerda ham Rafa xalqidan devday bir odam bor edi. Uning qo‘l–oyoqlari olti barmoqli edi, hammasi bo‘lib yigirma to‘rtta barmog‘i bor edi. 7 O‘sha odam Isroil lashkarini haqorat qilgan edi, Yo‘natan uni o‘ldirdi. Yo‘natan Dovudning akasi Shimoning o‘g‘li edi.

8 Dovud va uning odamlari tomonidan o‘ldirilgan o‘sha Filistlar Gatlik bo‘lib, Rafa

xalqidan edilar.

21–BOB

Dovud xalqni ro‘yxat qiladi

1 Shayton Isroilga qarshi qo‘zg‘alib, Dovudni Isroil xalqini sanab chiqishga undadi.

2 Dovud Yo‘abga va lashkarboshilarga shunday buyruq berdi:

qurmoqchiman, toki o‘lat xalqdan daf bo‘lsin.

23 — Xirmonimni olavering, — deya javob berdi Aravno. — Shoh hazratlari nimani ma’qul ko‘rsalar, shuni qilsinlar. Mana, kuydirib qurbonlik qilishlari uchun ho‘kizlarimni beraman, o‘tin uchun xo‘ptirim* bor, don nazri uchun bug‘doyim ham tayyor.

Hammasini olavering.

24 — Bo‘lmaydi! — dedi shoh Dovud. — Sendan bu narsalarni to‘liq narxiga sotib olaman. Sening mulkingni Egamga bag‘ishlamayman. Tekin tushgan qurbonliklarni Egamga kuydirib nazr qilmayman.

25 Dovud Aravnoga o‘sha yer uchun olti yuz oltin tanga* berdi. 26 Dovud u yerda Egamizga atab qurbongoh qurib, kuydiriladigan qurbonliklar va tinchlik qurbonliklarini atadi. So‘ngra Egamizga iltijo qildi. Egamiz uning iltijosiga javob berib, qurbongoh ustiga osmondan olov tushirdi.

27 Shundan so‘ng Egamiz farishtaga: “Qilichingni* qiniga qaytarib solib qo‘y!” deb amr bergan edi, farishta itoat etdi. 28 Dovud qilgan iltijosiga Egamizdan javob olganini ko‘rgach, Aravnoning xirmonida yana qurbonliklar keltirdi. 29 Muso sahroda yasagan Egamizning chodiri va qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh o‘sha paytda Givondagi* sajdagohda joylashgan edi. 30 Ammo Dovud Xudoga iltijo qilgani u yerga bormagandi. Chunki u Egamizning farishtasi qilichidan qo‘rqqan edi.


22–BOB

1 Dovud shunday dedi: “Egamiz Xudoning uyi ham, Isroil xalqi qurbonliklar kuydiradigan qurbongoh ham shu yerda bo‘ladi.”

Ma’badni qurishga tayyorgarlik

2 Dovud Isroil yurtidagi barcha musofirlarni bir joyga yig‘dirdi. Ulardan ba’zilarini

Xudoning uyini qurish uchun tosh kesib yo‘nadigan sangtaroshlar qilib tayinladi.

3 Dovud yog‘och darvozalar uchun oshiq–moshiq va mixlar yasagani ko‘p miqdorda temir saqlab qo‘ydi. Bronza ham shunchalik ko‘p ediki, hech kim uning hisobiga yeta olmasdi. 4 U behisob sadr yog‘ochini ham saqlab qo‘ydi. Sidonliklar va Tirliklar* ko‘p miqdorda sadr yog‘ochlari olib kelgan edilar. 5 Dovud ichida shunday deb aytar edi: “O‘g‘lim Sulaymon yosh, tajribasiz. Egamiz uchun quriladigan uy esa shu qadar salobatli bo‘lishi kerakki, uning dong‘i butun dunyoga yoyilib, barcha xalqlar orasida shuhrat topishi kerak. Shunday ekan, qurilish uchun hamma tayyorgarlikni o‘zim ko‘rib qo‘yaveray.” Shuning uchun Dovud o‘limidan oldin ko‘p miqdordagi ashyolarni

tayyorlab qo‘ygan edi.

6 So‘ngra Dovud o‘g‘li Sulaymonni chaqirtirib, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz uchun uy qurishni unga topshirdi.

7 — O‘g‘lim! — deb gapini boshladi Dovud, — Men Egam Xudoga atab bir uy qurish niyatida edim. 8 Lekin Egam menga shunday so‘zini yuborgan edi: “Sen ko‘p jang qilib, ko‘p qon to‘kding. Yer yuzida, Mening oldimda shu qadar ko‘p qon to‘kkaning uchun Menga atab uyni sen qurmaysan. 9 Ammo sendan bir o‘g‘il tug‘iladi. O‘g‘ling tinchliksevar odam bo‘ladi. Men uni atrofdagi hamma g‘animlardan xalos qilib, tinchlikka erishtiraman. Uning ismi Sulaymon* bo‘ladi. Uning hukmronligi davrida Isroilga tinchlik, osoyishtalik ato qilaman. 10 Menga atab uyni o‘sha o‘g‘ling quradi. U Menga o‘g‘il bo‘ladi, Men unga ota bo‘laman. Uning Isroildagi shohlik taxtini to abad mustahkam qilaman.” 11 Endi, o‘g‘lim, Xudo senga yor bo‘lsin. Uning uyini qurayotganingda, Egang Xudo O‘z va’dasiga muvofiq, seni muvaffaqiyatga erishtirsin. 12 Egam senga idrok bilan fahm–farosat bersin, toki U Isroil hukmronligini senga topshirganda, sen Egang Xudoning qonuniga rioya qila olgin. 13 Agar sen Egamizning Isroil uchun Musoga amr etgan qonun–qoidalarini bitta qoldirmay bajarsang, muvaffaqiyatga erishasan. Dadil va botir bo‘l. Qo‘rqma, vahimaga tushma. 14 Men Egamizning uyi uchun ko‘p mashaqqatlar bilan 200.000 pud* oltin, 2.000.000 pud* kumush, behisob miqdorda bronza va temir tayyorladim. Yana yog‘och va tosh ham tayyorlab qo‘ydim. Sen bularga yana qo‘shishing lozim. 15 Sening ko‘p ishchilaring bor.

Ularning orasida turli hunarmandlar — tosh yo‘nuvchilar, tosh teruvchilar, duradgorlar, 16 oltin, kumush, bronza va temirga ishlov beradigan, behisob mohir ustalar bor. Qani, ishga bel bog‘la. Xudo senga yor bo‘lsin.

17 Dovud Isroilning barcha yo‘lboshchilariga, Sulaymonga yordam beringlar, deb amr qilib, shunday dedi: 18 “Egangiz Xudo sizlar bilan birga bo‘lib, sizlarga har tomondan tinchlik ato etdi. Bizdan oldin bu yurtda yashagan xalqni U mening qo‘limga berdi. Ular endi Egamizga va Uning xalqiga qaram bo‘lib qoldi. 19 Endi butun qalbingiz va yuragingiz bilan Egangiz Xudoga intiling. Boringlar, Parvardigor Egamizga atab uy qurishni boshlanglar, toki Ahd sandig‘i va muqaddas ashyolar o‘sha yerda saqlanadigan bo‘lsin.”


23–BOB

1 Dovud rosa keksayib, umri oxirlab qolgach, o‘g‘li Sulaymonni Isroil ustidan shoh

qildi.

Levilar va ularning vazifalari

2 Dovud Isroilning hamma yo‘lboshchilarini, ruhoniylarini va levilarni to‘pladi. 3 U

o‘ttiz va undan yuqori yoshdagi levilarni hisobladi. Ularning jami 38.000 erkak chiqdi.

4 Shunda Dovud aytdi: “Bulardan 24.000 nafari Egamizning uyidagi ishlar uchun mas’ul bo‘ladi, 6000 nafari amaldorlar va hakamlar bo‘lib xizmat qiladi, 5 4000 nafari darvozabon bo‘ladi, qolgan 4000 nafari esa men yasattirgan musiqa asboblarini chalib, Egamizni madh qiladi.”

6 Dovud levilarni urug‘lariga ko‘ra, Gershon, Qohot va Marori guruhlariga bo‘ldi.

Gershon nasli

7 Gershonning Lubnax* va Shimax degan ikki o‘g‘li bor edi.

8 Lubnaxning uchta o‘g‘li bo‘lib, to‘ng‘ichi Yoxiyol, o‘rtanchasi Zatom va

kenjasi Yo‘el edi.

9 Ular Lubnax naslining urug‘boshilari edilar. Shimaxning Shalumo‘t, Xaziyol va Xaron ismli uch o‘g‘li bor edi.

10-11 Keyinchalik Shimax yana to‘rt o‘g‘il ko‘rdi, ularning tartibi quyidagicha edi: Yaxat, Zizo, Yoush va Bariyo. Yoush bilan Bariyoning o‘g‘illari kam bo‘lgani uchun ular bitta xonadon hisoblanardilar.

Qohot nasli

12 Qohotning to‘rtta o‘g‘li bo‘lib, ularning ismlari Imrom, Izxor, Xevron va

Uziyol edi.

13 Imromning o‘g‘illari Horun va Muso edi. Horun Xudoga bag‘ishlangan bo‘lib, eng muqaddas ashyolar uchun mas’uliyat to abad uning va uning nasli zimmasiga yuklangan edi. Ular Egamizning huzurida qurbonliklar keltirishlari, Unga xizmat qilishlari va to abad Uning nomidan xalqni duo qilishlari kerak edi. 14 Xudoning odami Musoga kelsak, uning o‘g‘illari Levi qabilasining bir qismi hisoblanardi.

15 Musoning Gershom va Eliazar degan ikki o‘g‘li bor edi.

16 Gershomning o‘g‘illari orasida Shavuvol to‘ng‘ichi edi.

17 Eliazarning to‘ng‘ich farzandi Raxaviyo edi. Eliazarning undan bo‘lak o‘g‘illari bo‘lmasa–da, Raxaviyoning o‘g‘illari nihoyatda ko‘p edi.

18 Qohotning ikkinchi o‘g‘li Izxor ham o‘g‘illar ko‘rgan edi. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li Shalumit edi.

19 Qohotning uchinchi o‘g‘li Xevron to‘rt o‘g‘il ko‘rgan edi. To‘ng‘ich o‘g‘lining

ismi Yoriyo, keyingilariniki Emoriyo, Yaxaziyol va Yoxamom edi.

20 Qohotning kenja o‘g‘li Uziyolning ikki o‘g‘li bor edi: to‘ng‘ichi Mixo va

kenjasi Ishshiyo.

Marori nasli

21 Marorining Maxli va Mushi degan ikkita o‘g‘li bor edi.

Maxlining Elazar va Kish ismli ikkita o‘g‘li bor edi. 22 Elazar o‘g‘il ko‘rmay o‘tib ketdi. Undan faqat qizlar tug‘ildi. Uning qizlari o‘zlarining amakivachchalari — Kishning o‘g‘illariga turmushga chiqdilar.

23 Mushining Maxli, Eder va Yorimo‘t ismli uch o‘g‘li bor edi.


24 Xullas, levilarning nomma–nom ro‘yxatga kiritilgan avlodlari, ularning urug‘ va xonadonlari shulardan iborat edi. Yigirma va undan yuqori yoshdagi levilar Egamizning uyidagi xizmatga tayinlangan edilar.

25 Dovud shunday degan edi: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz O‘z xalqiga tinchlik ato qildi. Endi U Quddusda abadiy istiqomat qiladi. 26 Shunday ekan, bundan buyon levilar Muqaddas chodirni yoki unda ishlatiladigan ashyolarni ko‘tarib yurishlari shart emas.” 27 Dovudning oxirgi farmoniga ko‘ra, yigirma va undan yuqori yoshdagi levilar ro‘yxatga olingan edilar.

28 Levilarning vazifasi Egamizning uyidagi xizmatda Horun nasliga yordam berish edi. Bunga: hovli va yon xonalarga mas’ul bo‘lish, muqaddas ashyolarni poklash va Egamizning uyidagi har qanday boshqa yumushlarni bajarish vazifalari kirar edi.

29 Shuningdek, levilar Egamiz huzuridagi xontaxta ustiga qo‘yiladigan nonlar, don nazri

uchun sifatli un, xamirturushsiz chalpaklar, pishirib tayyorlanadigan nazrlar, zaytun moyi aralashtirilgan nazrlar, nazrlarning og‘irligi, soni va hajmi uchun mas’ul edilar. 30 Har kuni ertalab va kechqurun ular Ma’badda Egamizga shukronalar aytib, hamdu sanolar kuylashlari kerak edi. 31 Shabbat kunlari, yangi oy va boshqa belgilangan

bayramlarda qurbonliklar kuydirilganda ham shukronalar aytib, hamdu sanolar kuylash ularning zimmasida edi. Egamizning huzurida doimo xizmat qilayotgan levilarning soni qoidaga muvofiq bo‘lishi shart edi.

32 Demak, levilar Uchrashuv chodiri* va Ma’bad uchun mas’ul bo‘lib, Egamizning uyida xizmat qilgan o‘z qarindoshlari — Horun nasliga yordam berishlari kerak edi.


24–BOB

Ruhoniylar va ularning vazifalari

1 Horun nasli xizmat uchun guruh–guruhlarga bo‘lindi. Horunning Nadov, Abihu, Elazar va Itamar ismli to‘rt o‘g‘li bor edi. 2 Lekin Nadov bilan Abihu otalaridan oldin, o‘g‘il ko‘rmasdan vafot etganlari uchun, Elazar bilan Itamar ruhoniy bo‘ldilar. 3 Shoh Dovud Horun naslini, bajaradigan vazifalariga ko‘ra, guruhlarga bo‘ldi. Unga bu ishda Elazar naslidan bo‘lgan Zodo‘x va Itamar naslidan bo‘lgan Oximalek yordam berdilar.

4 Elazar naslidagi urug‘boshilarning soni Itamar naslinikiga qaraganda ko‘proq bo‘lgani uchun, Elazar nasli 16 guruhga, Itamar nasli esa 8 guruhga bo‘lindi. 5 Ma’badda Xudoga xizmat qiladigan malakali rahnamolarning ba’zilari Elazar naslidan, boshqalari esa Itamar naslidan edilar. Shu sababdan tarafkashlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun bajaradigan vazifalari ularga qur’a bo‘yicha* bo‘lib berildi.

6 Elazar va Itamar nasllari uchun navbatma–navbat qur’a tashlandi. Levilardan bo‘lgan kotib Natanil o‘g‘li Shamayo qur’a natijalarini qayd etib turdi. Shoh, uning a’yonlari, ruhoniy Zodo‘x, Abuatar o‘g‘li Oximalek hamda ruhoniy va levi xonadonlarining urug‘boshilari bunga shohid bo‘ldilar.


7 Birinchi qur’a Yohayirivga tushdi. Ikkinchi qur’a Yodayoga tushdi.

8 Uchinchi qur’a Xarimga tushdi. To‘rtinchi qur’a Sayo‘rimga tushdi. 9 Beshinchi qur’a Malkiyoga tushdi. Oltinchi qur’a Miyominga tushdi.

10 Yettinchi qur’a Xakko‘zga tushdi.

Sakkizinchi qur’a Abiyoga tushdi.

11 To‘qqizinchi qur’a Yeshuvaga tushdi. O‘ninchi qur’a Shaxaniyoga tushdi.

12 O‘n birinchi qur’a Eliashabga tushdi. O‘n ikkinchi qur’a Yaximga tushdi.

13 O‘n uchinchi qur’a Xuppaga tushdi. O‘n to‘rtinchi qur’a Eshebovga tushdi. 14 O‘n beshinchi qur’a Bildaxga tushdi. O‘n oltinchi qur’a Immarga tushdi.

15 O‘n yettinchi qur’a Xazirga tushdi.

O‘n sakkizinchi qur’a Xapizezga tushdi.

16 O‘n to‘qqizinchi qur’a Patixiyoga tushdi. Yigirmanchi qur’a Yoxizqiyolga tushdi.

17 Yigirma birinchi qur’a Yoxinga tushdi.

Yigirma ikkinchi qur’a Gamulga tushdi.

18 Yigirma uchinchi qur’a Daloyoga tushdi. Yigirma to‘rtinchi qur’a Maziyoga tushdi.


19 Har bir guruh Egamiz uyidagi o‘z vazifasini ularning bobokaloni Horun tomonidan belgilangan ko‘rsatmalar asosida bajarishi lozim edi. Bu ko‘rsatmalarni Horunga Isroil xalqining Xudosi — Egamiz bergan edi.

Levi urug‘boshilarining ro‘yxati

20 Levidan bino bo‘lgan boshqa urug‘boshilar quyidagilar edi:


Imrom naslidan — Shavuvol*, Shavuvol naslidan — Yoxidayo,

21 Raxaviyo naslidan — yo‘lboshchi Ishshiyo,

22 Izxor naslidan — Shalumit*, Shalumit naslidan — Yaxat,

23 Xevron naslidan — to‘ng‘ichi Yoriyo, ikkinchisi — Emoriyo*, uchinchisi — Yaxaziyol va to‘rtinchisi — Yoxamom,

24 Uziyol naslidan — Mixo, Mixo naslidan — Shomir,

25 Mixoning ukasi — Ishshiyo, Ishshiyo naslidan — Zakariyo,

26-27 Marori naslidan — Maxli, Mushi va Yaziyo, Yaziyo naslidan — Sho‘ham, Zakkur va Ibri,

28-29 Maxli naslidan — Elazar va Kish. Elazarning o‘g‘illari yo‘q edi.

Kish naslidan — Yaraxmal*,

30 Mushi naslidan — Maxli, Eder va Yarimo‘t.


Levi nasli, urug‘lari bo‘yicha, ana shulardan iborat edi.

31 Ular ham Horun nasli singari, qur’a tashlab, bajaradigan vazifalarini aniqlab olgan edilar. Shoh Dovud, Zodo‘x, Oximalek, ruhoniy va levi xonadonlarining urug‘boshilari bunga shohid edilar. Katta o‘g‘il xonadoni, kichik o‘g‘il xonadoni qatori, qur’a tashladi.


25–BOB

Ma’bad sozandalari va ularning vazifalari

1 Dovud bilan levi yo‘lboshchilari levilarning Osif, Xaman va Yodutun urug‘larini sozandalar qilib tayinladilar. Ularning vazifasi lira, arfa va zillar chalib, bashorat qilish edi. Sozandalarning ro‘yxati va ularning bajaradigan vazifasi quyidagicha edi:


2 Osifning to‘rt o‘g‘li Zakkur, Yusuf, Nataniyo va Osorilax otasining rahbarligi ostida bo‘lib, shohning buyrug‘i bilan bashorat qilishar edi.

3 Yodutunning olti o‘g‘li Gadaliyo, Zari, Yeshayo, Shimax*, Xashaviyo va

Mattitiyo otasining rahbarligi ostida bo‘lib, ular lira jo‘rligida bashorat qilishar,

Egamizga shukronalar va hamdu sanolar aytishar edi.

4 Xamanning Bukkiyox, Mattaniyo, Uziyol, Shavuvol, Yarimo‘t, Xanoniyo, Xonin, Eliota, Gidalti, Romamtizer, Yoshbaxasha, Malo‘ti, Xo‘tir va Maxaziyo‘t ismli o‘n to‘rtta o‘g‘li bor edi. 5 Bularning hammasi shoh xizmatida bo‘lgan valiy Xamanning o‘g‘illari edilar. Xudo O‘z va’dasiga binoan, Xamanni siylab, unga o‘n to‘rtta o‘g‘il bergan edi. Uning uch qizi ham bor edi. 6 O‘g‘illarning hammasi otasining rahbarligi ostida zil, arfa va liralarni chalib, Egamizning uyida sozanda bo‘lib xizmat qilishar edi. Osif, Yodutun va Xaman bevosita shohning buyruqlariga bo‘ysunishardi.


7-9 Bu sozandalar qarindoshlari bilan birga 288 kishini tashkil qilib, Egamizning huzurida yuksak mahorat bilan musiqa chalishar edi. Ular xonadonlariga ko‘ra, 24 guruhga bo‘lindi. Har bir guruh 12 kishidan tashkil topgan bo‘lib, bir rahbarga ega edi. Ularning hammasi — yoshu qari, ustozu shogird o‘z vazifalarini bilib olish uchun qur’a tashlashdi*.


Birinchi qur’a Osif xonadonidagi Yusuf va uning guruhiga tushdi. Ikkinchi qur’a Gadaliyo va uning guruhiga tushdi.

10 Uchinchi qur’a Zakkur va uning guruhiga tushdi.

11 To‘rtinchi qur’a Zari* va uning guruhiga tushdi.

12 Beshinchi qur’a Nataniyo va uning guruhiga tushdi. 13 Oltinchi qur’a Bukkiyox va uning guruhiga tushdi. 14 Yettinchi qur’a Osorilax* va uning guruhiga tushdi.

15 Sakkizinchi qur’a Yeshayo va uning guruhiga tushdi.

16 To‘qqizinchi qur’a Mattaniyo va uning guruhiga tushdi.

17 O‘ninchi qur’a Shimax va uning guruhiga tushdi.

18 O‘n birinchi qur’a Uziyol* va uning guruhiga tushdi.

19 O‘n ikkinchi qur’a Xashaviyo va uning guruhiga tushdi. 20 O‘n uchinchi qur’a Shavuvol* va uning guruhiga tushdi. 21 O‘n to‘rtinchi qur’a Mattitiyo va uning guruhiga tushdi. 22 O‘n beshinchi qur’a Yarimo‘t va uning guruhiga tushdi. 23 O‘n oltinchi qur’a Xanoniyo va uning guruhiga tushdi.

24 O‘n yettinchi qur’a Yoshbaxasha va uning guruhiga tushdi.

25 O‘n sakkizinchi qur’a Xonin va uning guruhiga tushdi. 26 O‘n to‘qqizinchi qur’a Malo‘ti va uning guruhiga tushdi. 27 Yigirmanchi qur’a Eliota va uning guruhiga tushdi.

28 Yigirma birinchi qur’a Xo‘tir va uning guruhiga tushdi.

29 Yigirma ikkinchi qur’a Gidalti va uning guruhiga tushdi.

30 Yigirma uchinchi qur’a Maxaziyo‘t va uning guruhiga tushdi.

31 Yigirma to‘rtinchi qur’a Romamtizer va uning guruhiga tushdi.

26–BOB

Ma’bad darvozabonlari va ularning vazifalari

1 Ma’bad darvozasida xizmat qilish uchun quyidagi levilar tayinlangan edi:


Ko‘rax naslidagi Osif xonadonidan — Kori o‘g‘li Mashalmiyo.

2 Mashalmiyoning yetti o‘g‘li bor edi: to‘ng‘ichi — Zakariyo, ikkinchisi — Yodiyol, uchinchisi — Zabadiyo, to‘rtinchisi — Yatniyol, 3 beshinchisi — Elam, oltinchisi — Yohuxanon va yettinchisi — Elixo‘nay.

4-5 Xudo Obidadomni barakalab, unga sakkiz o‘g‘il bergan edi: to‘ng‘ich o‘g‘li

— Shamayo, ikkinchisi — Yohuzabad, uchinchisi — Yo‘x, to‘rtinchisi — Soxor, beshinchisi — Natanil, oltinchisi — Omiyol, yettinchisi — Issaxor va sakkizinchisi — Fullatay.

6 Obidadomning to‘ng‘ichi Shamayoning ham o‘g‘illari bor edi. Ular nihoyatda qobiliyatli bo‘lganlari uchun o‘zlarining ota xonadonida urug‘boshilar edilar.

7 Ularning ismlari O‘tnax, Rafail, Obid va Elzabad edi. Shamayoning qarindoshlari Elixu bilan Samaxiyo ham nihoyatda qobiliyatli edilar. 8 Obidadomning bu avlodi jami oltmish ikki kishini tashkil qilib, hammasi qobiliyatli, o‘z xizmatiga layoqatli edilar.

9 Mashalmiyoning o‘g‘illari va aka–ukalari o‘n sakkiz kishini tashkil qilib,

hammasi qobiliyatli edilar.

10 Marori naslidan bo‘lgan Xo‘saxning to‘rt o‘g‘li bor edi. Uning Shimri degan o‘g‘li yo‘lboshchi edi. Shimri to‘ng‘ich o‘g‘il bo‘lmasa ham, otasi uni yo‘lboshchi qilgan edi. 11 Xo‘saxning ikkinchi o‘g‘li — Xilqiyo, uchinchisi — Tavaliyo va to‘rtinchisi Zakariyo edi. Xo‘sax xonadonining o‘n uch a’zosi Ma’bad darvozabonlari bo‘lib xizmat qilar edilar.


12 Darvozabonlar xonadonlari bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan edilar. Ular Egamizning uyida xizmat qilayotgan boshqa levilar singari o‘z vazifalariga ega edilar. 13 Har bir xonadon katta–kichikligiga qaramay qur’a tashlab*, qo‘riqlaydigan darvozasini aniqlab oldi.

14 Sharq tomondagi darvoza uchun qur’a tashlanganda, qur’a Mashalmiyoga* tushdi.

So‘ngra o‘g‘li Zakariyo uchun qur’a tashlandi, unga shimol tomondagi darvoza tushdi. Zakariyo dono maslahatchi edi. 15 Obidadom uchun qur’a tashlanganda, unga janub tomondagi darvoza tushdi. O‘g‘illari uchun qur’a tashlanganda, ularga omborxonani qo‘riqlash tushdi. 16 G‘arb tomondagi darvoza va yuqori yo‘l ustidagi Shallexet darvozasi uchun qur’a tashlanganda, qur’a Shupim bilan Xo‘saxga tushdi. Darvozabonlar o‘z xizmatini belgilangan vaqtda, ketma–ketlikda uzluksiz ravishda bajarishlari lozim edi.

17 Sharq tomondagi darvozada kuniga oltita darvozabon, shimol tomondagi darvozada to‘rtta, janub tomondagi darvozada ham to‘rtta darvozabon turardi. Shuningdek, ikkita omborxonada ikkitadan darvozabon turardi. 18 G‘arb tomondagi hovliga kelsak, yo‘lakda to‘rtta darvozabon, hovlining ichida esa ikkita darvozabon turardi.

19 Ko‘rax va Marori naslidan bo‘lgan darvozabonlarga mana shu qo‘riqchilik vazifasi

topshirilgan edi.

Boshqa levilar va ularning vazifalari

20 Oxiyo boshchiligidagi boshqa levilar* Xudoning uyidagi xazinalar va nazr qilingan hadyalar xazinalari uchun mas’ul edilar. 21 Gershon urug‘idan bo‘lgan Lubnax* Yoxiyolning otasi edi. Lubnaxning naslidan bir necha urug‘boshilar chiqdi.

22 Yoxiyolning o‘g‘illari Zatom bilan Yo‘el Egamizning uyidagi xazinalar uchun mas’ul

edilar.

23 Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol urug‘lariga ham vazifalar taqsimlanib berildi.

24 Muso o‘g‘li Gershomning urug‘idan Shavuvol Ma’badning bosh xazinaboni edi.

25 Gershomning ukasi Eliazarning nasli quyidagilar edi: Eliazarning o‘g‘li — Raxaviyo, Raxaviyoning o‘g‘li — Yeshayo, Yeshayoning o‘g‘li — Yoram, Yoramning o‘g‘li — Zixri va Zixrining o‘g‘li — Shalumo‘t. 26 Shalumo‘t va uning xonadoni Egamizga nazr qilingan hadyalar xazinasi uchun mas’ul edi. Bu xazinada shoh Dovud, urug‘boshilar, mingboshilar, yuzboshilar va lashkarboshilar Xudoga nazr qilgan hadyalar saqlanar edi. 27 Ular jangda qo‘lga kiritgan o‘ljaning bir qismini Egamizning uyini ta’minlash uchun nazr qilardilar. 28 Shalumo‘t va uning xonadoni barcha hadyalar uchun mas’ul edilar.

Valiy Shomuil, Kish o‘g‘li Shoul, Nar o‘g‘li Abnur va Zeruya o‘g‘li Yo‘ab nazr qilgan

hadyalar ham ularning nazorati ostida edi.

29 Izxor naslidan Xonaniyo va uning o‘g‘illari Isroil xalqi uchun ma’murlar va hakamlar qilib tayinlandilar. Ular Ma’baddan tashqarida xizmat qilishardi.

30 Xevron naslidan Xashaviyo va uning 1700 nafar qobiliyatli qarindoshi ham ma’murlar qilib tayinlandilar. Ular Iordan daryosining g‘arb tomonidagi qabilalar uchun mas’ul bo‘lib, Egamizning va shohning xizmatiga oid masalalarni yechishar edi.

31 Xevron naslidagi Yoriyo, nasabnoma ma’lumotiga ko‘ra, Xevron naslining yo‘lboshchisi edi. Dovud hukmronligining qirqinchi yilida nasabnomalarga oid barcha yozma ma’lumotlar ko‘rib chiqilgan edi. Shunda Giladdagi Yazir shahrida Xevron nasli orasida qobiliyatli odamlar borligi aniqlandi. 32 Shoh Dovud Yoriyoni va uning 2700 nafar qobiliyatli qarindoshini ma’murlar qilib tayinladi. Ular Iordan daryosining sharq tomonidagi Ruben, Gad va Manashe qabilasining yarmi uchun mas’ul bo‘lib, Xudoning va shohning xizmatiga oid barcha masalalarni hal qilishlari kerak edi.


27–BOB

Isroildagi harbiy tuzum

1 Quyida Isroil xalqining urug‘boshilari, mingboshilari va yuzboshilarining, shuningdek, ularning sardorlari ro‘yxati berilgan. Bu sardorlar shohning xizmatida bo‘lib, har yili bir oy davomida vazifasini o‘tayotgan harbiy qismlar uchun mas’ul edilar. Har bir qism 24.000 odamdan tashkil topgan edi.


2 Birinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Zabdiyol o‘g‘li Yoshuvam edi.

3 Yoshuvam Paraz naslidan edi.

4 Ikkinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Oxo‘va urug‘idan bo‘lgan Do‘do‘ edi. Do‘do‘ning o‘ng qo‘l yordamchisi Mixlo‘t edi.

5 Uchinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Binayo edi. U ruhoniy Yohayidoning o‘g‘li bo‘lib, 6 “O‘ttiz qahramon” orasidagi bahodir jangchilardan biri edi. “O‘ttiz qahramon”ning sardori ham ana shu Binayo*

edi. Binayoning o‘g‘li Omizabod qismning bosh qo‘mondoni edi.

7 To‘rtinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Yo‘abning ukasi Osoyil edi.

Osoyildan keyin o‘g‘li Zabadiyo otasining o‘rnini egalladi.

8 Beshinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Shamhut edi. U Yizro

urug‘idan edi.

9 Oltinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Taxuvalik Ixesh o‘g‘li Ero edi.

10 Yettinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Palonlik Xalez edi. U Efrayim qabilasidan edi.

11 Sakkizinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Xushalik Sibaxay edi.

Sibaxay Zerax urug‘idan edi.

12 To‘qqizinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Onoto‘tlik Abuazar edi.

Abuazar Benyamin qabilasidan edi.

13 O‘ninchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Natufolik Maxray edi. Maxray Zerax urug‘idan edi.

14 O‘n birinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Piratonlik Binayo edi.

Binayo Efrayim qabilasidan edi.

15 O‘n ikkinchi oyda xizmat qiladigan qismning sardori Natufolik Xaled* edi. Xaled

O‘tniyol urug‘idan edi.

Isroil qabilalarining yo‘lboshchilari

16 Isroil qabilalarining yo‘lboshchilari quyidagilar edi:


Ruben qabilasining yo‘lboshchisi — Zixri o‘g‘li Eliazar, Shimo‘n qabilasining yo‘lboshchisi — Maxo o‘g‘li Shafatiyo,

17 Levi qabilasining yo‘lboshchisi — Kamuvol o‘g‘li Xashaviyo, Horun naslining yo‘lboshchisi — Zodo‘x,

18 Yahudo qabilasining yo‘lboshchisi — Dovudning akasi Elixu,

Issaxor qabilasining yo‘lboshchisi — Mikoyil o‘g‘li Omri,

19 Zabulun qabilasining yo‘lboshchisi — Obodiyo o‘g‘li Yishmayo, Naftali qabilasining yo‘lboshchisi — Ozriyol o‘g‘li Yarimo‘t,

20 Efrayim qabilasining yo‘lboshchisi — Ozaziyo o‘g‘li Xo‘sheya,

G‘arbdagi Manashe qabilasining yarmiga yo‘lboshchi — Podiyo o‘g‘li Yo‘el,

21 Giladdagi Manashe qabilasining yarmiga* yo‘lboshchi — Zakariyo o‘g‘li Eddo, Benyamin qabilasining yo‘lboshchisi — Abnur o‘g‘li Yasiyol,

22 Dan qabilasining yo‘lboshchisi — Yeroxam o‘g‘li Ozariyol.


Isroil qabilalarining yo‘lboshchilari ana shulardan iborat edi.

23 Dovud Isroil xalqini sanab chiqqanda, yigirma yoshdan pastini ro‘yxatga kiritmagan edi, chunki Egamiz: “Isroil xalqini osmondagi yulduzlar kabi ko‘paytiraman”, deb va’da bergan edi. 24 Zeruya o‘g‘li Yo‘ab xalqni sanashni boshlagandi–yu, lekin oxiriga yetkazmagandi*. Xalq sanalgani uchun Egamiz Isroilga g‘azabini sochgandi*. Shu sababdan bu sanoqning natijasi shoh Dovudning yilnomasiga kiritilmadi.

Shoh mulkini boshqaruvchilar

25 Odil o‘g‘li Ozmobit saroy xazinaboni edi.

Uzziyo o‘g‘li Yo‘natan esa qolgan hamma yerdagi — shaharlardagi, qishloqlardagi

va qal’alardagi xazinalar uchun mas’ul edi.

26 Xalub o‘g‘li Ezri yerga ishlov beradigan dehqonlar uchun mas’ul edi.

27 Ramalik Shimax uzumzorlar uchun mas’ul edi. Shafomlik Zabdi sharob omborlari uchun mas’ul edi.

28 Gederlik Baalxanon Yahudo qir etaklaridagi zaytunzorlar va shikamora– anjirzorlar* uchun mas’ul edi.

Yo‘sh zaytun moyi omborlari uchun mas’ul edi.

29 Sharonlik Shitray Sharon tekisligida boqiladigan podalar uchun mas’ul edi. Adlay o‘g‘li Shofot vodiylarda boqiladigan podalar uchun mas’ul edi.

30 Ismoil urug‘idan Obil tuya podalari uchun mas’ul edi. Mirono‘tlik Yoxidayo eshak podalari uchun mas’ul edi.

31 Hojar urug‘idan Yoziz qo‘y suruvlari uchun mas’ul edi.


Ana shularning hammasi shoh Dovud mulkini nazorat qilar edilar.

Dovudning shaxsiy maslahatchilari

32 Dovudning amakisi Yo‘natan donishmand odam bo‘lib, maslahatchi va tafsirchi edi. Xaxmo‘n o‘g‘li Yoxiyol shoh o‘g‘illarining murabbiysi edi. 33 Oxitofel shohning maslahatchisi edi. Orux urug‘idan Xushay shohning do‘sti edi. 34 Oxitofeldan keyin uning o‘rniga Binayo o‘g‘li Yohayido va Abuatar maslahatchi bo‘ldi. Yo‘ab shoh qo‘shinining lashkarboshisi edi.


28–BOB

Dovud Ma’badni qurish uchun ko‘rsatma beradi

1 Dovud Isroildagi hamma a’yonlarni — qabila yo‘lboshchilarini, shohga xizmat qiladigan harbiy qismlar sardorlarini, mingboshilarni, yuzboshilarni, shoh va shahzodalar mulkini va podalarini boshqaruvchilarni, saroy a’yonlarini, bahodir pahlavonlarni va boshqa hamma jangchilarni Quddusda to‘pladi.

2 Shoh Dovud ularning oldida turib, gapirdi:


“Birodarlarim, xalqim, gapimni eshitinglar! Men Xudoning oyoq kursisi bo‘lmish Egamizning Ahd sandig‘i* uchun bir oromgoh qurmoqchi edim. Qurilish uchun hamma tayyorgarlikni ham ko‘rib qo‘ygan edim. 3 Lekin Xudo: «Menga atab uyni sen qurmaysan, sen jang qilib, ko‘p qon to‘kding», — dedi.

4 Vaholanki, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz butun otam xonadonidan meni tanlab oldi. Meni to abad Isroilning shohi qildi. U Yahudo qabilasini yetakchi qilib tanladi, Yahudo qabilasidan esa otamning xonadonini ravo ko‘rdi, otamning o‘g‘illari orasidan esa meni mamnuniyat ila butun Isroil ustidan shoh qildi.

5 Egamiz menga ko‘p o‘g‘illar berdi, hamma o‘g‘illarim orasidan Isroil shohi qilib Sulaymonni tanladi. Ha, Egamizning shohligi taxtiga u o‘tiradi. 6 Egamiz menga aytdi: «Men uchun uyni va hovlilarni quradigan o‘g‘ling Sulaymondir. Men uni O‘zimga o‘g‘il qilib tanladim, Men unga ota bo‘laman. 7 Agar u bugungiday, Mening amrlarimu qonunlarimga qat’iyat bilan rioya qilib yursa, uning taxtini to abad mustahkam qilaman.»

8 Shuning uchun endi Egamizning jamoasi Isroil xalqining ko‘zi o‘ngida va

Xudoyimizning guvohligida sizlarga aytayin: Egangiz Xudoning amrlarini bitta qoldirmay bajaring. Ana shunda sizlar mana shu hosildor yurtga egalik qilasizlar, bolalaringizga ham uni abadiy meros qilib qoldirasizlar.

9 Endi Sulaymon o‘g‘lim, otangning Xudosini tan olgin, butun onging bilan sidqidildan Unga xizmat qilgin. Zotan, Egamiz har bir insonning yuragini sinaydi, niyatu fikrlarimizni U biladi. Agar Uni izlasang, topasan. Agar Uni tark etsang, U ham seni abadiy tashlab ketadi. 10 Gapimga quloq sol! Ma’bad qurish uchun Egamiz seni tanlagan ekan, qani, dadil bo‘lib, ishga bel bog‘la!”


11 Dovud Ma’bad binolarining, omborxonalarining, boshqa xonalarining va Eng muqaddas xonaning, ya’ni gunohdan poklash joyining chizma loyihalarini o‘g‘li Sulaymonga berdi. 12 Shuningdek, Dovud Egamiz uyining hovlilari va atrofidagi xonalari, Xudo uyining xazinalari va nazr qilingan hadyalar saqlanadigan xonalari uchun ko‘nglidagi niyatlarini* aytdi. 13 Ruhoniylar va levilarning tuzumiga, ularning Egamizning uyida qilinadigan barcha xizmatlariga va xizmat paytida foydalaniladigan barcha ashyolarga oid ko‘rsatmalar berdi. 14 Xizmatda ishlatiladigan quyidagi idish va jihozlarni yasash uchun oltin va kumush vaznini belgilab berdi: 15 moychiroqlar va chiroqpoyalar, 16 muqaddas nonlar qo‘yiladigan oltin xontaxta, kumush xontaxtalar,

17 sanchqilar, tog‘orachalar, ko‘zalar, jomlar va 18 tutatqi qurbongohi. Bundan tashqari, oltin aravaning, ya’ni qanotlarini yoyib, Egamizning Ahd sandig‘ini qoplab turgan oltin karublarning loyihasini* ham Sulaymonga berdi.

19-20 So‘ngra Dovud o‘g‘li Sulaymonga shunday dedi:

— Bularning hammasini men Egamning boshchiligida yozdim, loyihaning ikir– chikirlarini Uning O‘zi menga ayon qildi. Dadil va botir bo‘l! Ishni boshla! Qo‘rqma, vahimaga tushma! Parvardigor Egamiz — mening Xudoyim sen bilan birgadir.

Egamizning uyidagi ishlar bitmaguncha, U seni tashlab qo‘ymaydi, tark etmaydi.

21 Mana, ruhoniylar va levilar guruhlari Xudoning uyidagi har qanday xizmatni qilishga tayyor bo‘lib turibdilar. Mohir hunarmandlar senga bajonidil yordam beradilar. Butun xalq va ularning yo‘lboshchilari amringga muntazirdirlar.


29–BOB

Ma’bad qurilishi uchun hadyalar

1 Shoh Dovud butun jamoaga shunday dedi:


“Xudo tanlagan o‘g‘lim Sulaymon hali yosh, tajribasiz, qiladigan ishi esa ulkandir, chunki bu Muqaddas koshona* inson uchun emas, balki Parvardigor Egamiz uchundir. 2 Xudoyimning uyini qurish uchun men qo‘limdan kelganicha oltin, kumush, bronza, temir, yog‘och, aqiq toshlar, bezak uchun firuza toshlar, rango–rang toshlar, har xil qimmatbaho toshlar va marmar yig‘dim. 3 Endi esa, Xudoyimning uyiga bo‘lgan sadoqatimni ko‘rsatib, bularga qo‘shimcha qilgan holda shaxsiy xazinamdagi oltin va kumushni beraman. 4 Men berayotgan mana bu 6000 pud* Ofir* oltinini va 14.000 pud* toza kumushni binolarning devorlarini qoplash uchun 5 hamda hunarmandlar yasaydigan ashyolar uchun ishlatinglar. Qani, yana kim bugun Egamizga o‘z sadoqatini ko‘rsatmoqchi? Kim

Ma’badning qurilishiga nazrlar bermoqchi?”


6 Shunda urug‘boshilar, qabila yo‘lboshchilari, mingboshilar, yuzboshilar va shohning a’yonlari ko‘ngildan chiqarib nazrlar berdilar. 7 Ular Xudo uyining qurilishi uchun 10.000 pud* oltin, 10.000 oltin tanga*, 20.000 pud* kumush, 36.000 pud* bronza va 200.000 pud* temir nazr qildilar. 8 Kimda qimmatbaho toshlar bo‘lsa, ularni Egamizning uyi xazinasiga berdilar. Xazinaga Gershon naslidan bo‘lgan Yoxiyol mas’ul edi. 9 Odamlar yo‘lboshchilarning bergan bu hadyalari uchun sevindilar, chunki hammalari ko‘ngildan chiqarib bergan bu nazrlarini yakdillik bilan Egamizga keltirgan edilar. Shoh Dovud ham juda xursand bo‘ldi.

Dovud Xudoni madh qiladi

10 Dovud butun jamoaning ko‘zi oldida Egamizga hamdu sano o‘qidi:


“Ey bobomiz Yoqubning* Xudosi — Egamiz! Senga to abad hamdu sanolar bo‘lsin! 11 Ey Egamiz! Sen buyuk, qudratli, shuhratli, salobatli va ulug‘dirsan. Zotan, yeru osmondagi barcha narsa Senikidir. Ey Egamiz! Sen Shohsan. Sen har narsadan yuksaksan. 12 Boylik va shon–sharafning manbayi Sensan. Ha, Sen hamma narsa ustidan hukmronsan. Kuch–qudrat egasi O‘zingsan. Odamlarni yuksaltiradigan, ularga kuch beradigan Sensan. 13 Endi, ey Xudoyimiz, biz Senga shukurlar aytamiz, Sening ulug‘ nomingni madh qilamiz.

14 Lekin men kim bo‘libman, mening xalqim nima bo‘libdiki, biz ko‘ngildan chiqarib Senga nazr bera oladigan bo‘lsak? Axir, hamma narsa Sendan kelgan! Biz bugun bor–yo‘g‘i Sening narsangni O‘zingga qaytarib berdik, xolos. 15 Biz Sening oldingda, ota–bobolarimiz singari musofiru mehmonmiz. Bizning umrimiz soyaday izsiz o‘tib ketadi. 16 Ey Egamiz Xudo! Biz Sening muqaddas ismingga atab uy barpo qilish uchun yiqqan mana shu boyliklarning hammasi Sendan kelgan.

Ha, hammasi O‘zingnikidir. 17 Ey Xudoyim! Bilaman, Sen yurakni sinaysan, solih odamdan xushnud bo‘lasan. Mana shu nazrlarni men Senga chin dildan, ko‘nglimdan chiqarib berdim. Hozir esa shu yerda turgan xalqing ham nazrlarini Senga xursandchilik bilan ataganini ko‘rdim. 18 Ey ota–bobolarimiz Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosi — Egamiz! Xalqingning yuragidagi bu niyatu maqsadlarini to abad saqla, ularning yuragini O‘zingga bur. 19 O‘g‘lim Sulaymon Sening amrlaringga, shartlaringga va qonunlaringga rioya qila olishi uchun va men hozirligini ko‘rib qo‘ygan Muqaddas koshonani qura olishi uchun unga kuchli istak ato qilgin.”


20 Shundan keyin Dovud butun jamoaga: “Egangiz Xudoni olqishlang!” dedi. Ular ota– bobolarining Xudosi — Egamizni olqishladilar. Unga ta’zim qilib, Egamiz va shohning oldida muk tushdilar.

21 Ertasi kuni ular mingta buqa, mingta qo‘chqor va mingta qo‘zini Egamizga kuydiriladigan qurbonlik qildilar. Bular bilan birga sharob nazrlarini va butun Isroil xalqi uchun bir talay boshqa qurbonliklarni keltirdilar. 22 O‘sha kuni jamiki Isroil xalqi katta xursandchilik bilan Egamiz huzurida yeb–ichdi.

Ular Dovud o‘g‘li Sulaymonni ikkinchi marta* shoh deb e’lon qildilar. So‘ng Sulaymon va Zodo‘xning boshlariga moy surtib, Sulaymonni Egamizning shahzodasi,

Zodo‘xni esa ruhoniy qilib tayinladilar. 23 Sulaymon Egamizning taxtiga o‘tirib, otasi Dovudning o‘rniga shoh bo‘ldi. U katta muvaffaqiyatga erishdi, butun Isroil xalqi unga itoat qilar edi. 24 Barcha yo‘lboshchilar, bahodir jangchilar va shoh Dovudning hamma o‘g‘illari shoh Sulaymonga sodiq bo‘lishga so‘z berdilar. 25 Egamiz Sulaymonni shu qadar yuksaltirdiki, butun Isroil xalqi uni nihoyatda izzat qiladigan bo‘ldi. Darhaqiqat, Sulaymondan oldin hech qanday shoh Isroilda bunday dabdabali shuhratga erishmagan edi.

Dovud hukmronligining so‘nggi paytlari

26 Essay o‘g‘li Dovud butun Isroil ustidan shoh bo‘lgandi. 27 U Isroilda qirq yil shohlik qildi: shundan yetti yili Xevronda, o‘ttiz uch yili Quddusda o‘tdi. 28 Dovud davlatu shuhrat orttirdi. Yoshini yashab, oshini oshab, olamdan o‘tdi. O‘rniga o‘g‘li Sulaymon shoh bo‘ldi.

29 Shoh Dovudning butun faoliyati boshdan oxirigacha valiy Shomuilning, Natan payg‘ambarning va valiy Gadning qo‘lyozmalarida bayon etilgan. 30 Dovudning hukmronligi davrida ko‘rsatgan qahramonliklari, Isroil xalqining va o‘zining boshidan kechirgan voqealar hamda atrofdagi shohliklarda yuz bergan hodisalar o‘sha kitoblarga kiritilgan.

IZOHLAR

1:3 Xano‘x — sharq yozma adabiyotida Idris payg‘ambar deb e’tirof etilgan.

1:4 …va Nuh. Nuhning Som, Xom va Yofas degan uch o‘g‘li bor edi — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana Ibtido 6:10 ga qarang). Ibroniycha matnda …Nuh, Som, Xom va Yofas.

1:6 Rifat — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Difat. Uning Rifat degan shakli Ibtido 10:3 dan olingan.

1:8 Kush — Misrdan janubda o‘rnashgan xalqning bobokaloni edi. Ibroniycha matndagi bu so‘z odatda Habashiston deb tarjima qilinadi. Qadimgi Habashiston hududi hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining ba’zi qismlarini o‘z ichiga olgan.

1:8 Mizra — Misr xalqining bobokaloni edi. Ibroniycha matndagi bu so‘z odatda Misr

deb tarjima qilinadi.

1:12 Kasluvdan Filist xalqi kelib chiqdi — ibroniycha matndan. Eski Ahdning ba’zi joylarida, Filist xalqi Xafto‘rdan kelib chiqqan, deb yozilgan (Yeremiyo 47:4, Amos 9:7 ga qarang). Shu bois, ba’zi tarjimalarda Kasluv o‘rniga Xafto‘r so‘zi ishlatilib Xafto‘rdan

Filist xalqi kelib chiqdi deb aytilgan. Oyatdan ko‘rinib turibdiki, Kasluv va Xafto‘r qondosh xalqlar bo‘lgan. Filistlar Kasluv xalqi istiqomat qilgan yerlardan kelib chiqib, keyinchalik Xafto‘rda, ya’ni hozirgi Krit orolida o‘rnashgan bo‘lishlari mumkin. Kasluv xalqi haqida deyarli hech qanday ma’lumot saqlanib qolmagan.

1:17 …Oram va ulardan kelib chiqqan xalqlar. Oram nasli: Uz, Xul, Geter, Meshex… — bitta ibroniy qo‘lyozmasidan va qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan (yana Ibtido 10:23 ga qarang). Ibroniycha matnda …Oram, Uz, Xul, Geter, Meshex….

1:18 Ibir — ehtimol, ibroniy so‘zi shu so‘zdan hosil bo‘lgan. Ibroniy so‘zi millat

ma’nosida dastlab Ibrohimga va uning nasliga nisbatan qo‘llanilgan (Ibtido 10:21, 14:13,

39:14,17, 40:15, 41:12 va 43:32 ga qarang).

1:19 …Palax…davrida dunyo bo‘linib ketdi — ibroniychada Palax ismining ma’nosi — bo‘linib ketdi. Bu gapda Xudo insoniyatni turli millat va tillarga bo‘lgani, ularni butun yer yuzi bo‘ylab tarqatib yuborgani nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin (Ibtido 11:1-9 ga qarang). Palax so‘zining o‘zagi bo‘lgan ibroniycha fe’l Zabur 54:10 da ishlatilgan. O‘sha oyatda sano ijodkori Xudodan dushmanlarning gapini chalkashtirishni (ya’ni bo‘lib tashlashni) so‘ragan.

1:22 Obal — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ebal. Uning Obal degan shakli Ibtido 10:28 dan olingan.

1:32 cho‘ri — ibroniycha matnda bu so‘zning ma’nosi quyidagicha: cho‘ri bo‘lgan ayollar qonuniy xotin bo‘lmasalar–da, xo‘jayinlari ular bilan jinsiy aloqada bo‘lishgan. Qadimgi paytlarda bu ayollarning jiddiy qonuniy huquqlari bo‘lib, xo‘jayinlari ularning erlari sifatida bo‘lgan.

1:34 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang).

1:36 Zafo‘ — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Zafi. Uning Zafo‘ degan

shakli Ibtido 36:11 dan olingan.

1:36 …va Timna ismli cho‘risi tuqqan o‘g‘li Omolek — qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan (yana Ibtido 36:12 ga qarang). Ibroniycha matnda …Timno va Omolek.

1:38 Seir — Edom xalqining bobokaloni (Ibtido 36:20-21 ga qarang). Bu xalq O‘lik dengizning janubida o‘rnashgan. Edom yurtining yana bir nomi Seir edi.

1:40 Shafo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shafi. Uning Shafo degan shakli Ibtido 36:23 dan olingan.

1:41 Xamdon — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xamron. Uning Xamdon degan shakli Ibtido 36:26 dan olingan.

1:42 Oqon — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yaqon. Uning Oqon degan shakli Ibtido 36:27 dan olingan.

1:48 Furot daryosi — ibroniycha matnda daryo, Furot daryosi nazarda tutilgan bo‘lishi

mumkin.

1:50 Pog‘u — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Pog‘iy. Uning Pog‘u degan

shakli Ibtido 36:39 dan olingan.

1:51 Elvo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Eliyo. Uning Elvo degan shakli Ibtido 36:40 dan olingan.

2:1 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang).

2:3 Botshuva — yoki Shuvaning qizi.

2:6 Dardax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Daro. Uning Dardax degan shakli 3 Shohlar 4:31 dan olingan.

2:7 Oxun — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Oxor. Uning Oxun degan shakli Yoshua 7:1 dan olingan. Ibroniychada Oxor ismining ma’nosi — kulfat (Yoshua 7:1-26 ga qarang).

2:9 Xolib — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xalubay. Uning Xolib degan shakli shu bobning 18–oyatidan olingan.

2:15 …yettinchisi Dovud edi — 1 Shohlar 16:10-13 da yozilishicha, Dovud Essayning sakkizinchi o‘g‘li bo‘lib, Shomuil payg‘ambar Xudoning amriga ko‘ra, unga moy surtgan edi. Bu ro‘yxatda esa Essayning faqat yettita o‘g‘li qayd etilgan. Yetti raqami yahudiylar madaniyatida hurmat–ehtirom ramzi bo‘lgani uchun, bu ro‘yxatda Dovud yettinchi o‘g‘il deb tilga olingan bo‘lishi mumkin.

2:23 Yovir shaharlari — ibroniycha matnda Xavot–Yovir, ma’nosi Yovir shaharlari.

2:24 Xazron vafot etgandan keyin…Ular Ashxur ismli o‘g‘il ko‘rdilar — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda Xazron Xolib–Efrata shahrida vafot etgandan keyin, uning xotini Abiyo Ashxur ismli bir o‘g‘ilni tug‘di. Yana shu bobning 19 va 50–oyatlariga qarang, bu oyatlarda Efrata degan ism Xolibning xotiniga nisbatan ishlatilgan.

2:24 Ashxur Taxuva shahriga asos soldi — ibroniycha matnda Ashxur Taxuvaning otasi bo‘ldi. Ibroniycha matnda shu bobning bir nechta joyida “otasi bo‘ldi” degan ibroniycha iborani shaharga asos soldi deb tarjima qilsa ham bo‘ladi.

2:31 Oxlay — Shashonning qizi (shu bobning 34–oyatiga qarang).

2:46 cho‘ri — 1:32 izohiga qarang.

2:48 cho‘ri — 1:32 izohiga qarang.

2:49 asos soldi — shu bobning 24–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang. Asos soldi va

asoschisi degan so‘zlar shu bobning 50, 51, 52, 54–oyatlarida ham bor.

2:55 kotiblarning urug‘lari — yoki So‘farim urug‘lari.

2:55 Xammat Raxav urug‘ining bobokaloni edi — yoki Xammat Baytraxavning otasi edi.

3:5 Shammuva — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shimo. Uning Shammuva degan shakli 14:4 dan olingan (yana 2 Shohlar 5:14 ga qarang).

3:5 Botsheva — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Botshuva.

3:6 Elishuva — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Elishama. Uning Elishuva degan shakli 14:5 dan va 2 Shohlar 5:15 dan olingan.

3:6 Elfalat — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Elifalet. Uning Elfalat degan shakli 14:5 dan olingan.

3:9 kanizaklar — ibroniycha matnda bu so‘zning ma’nosi quyidagicha: kanizaklar qonuniy xotin bo‘lmasalar–da, xo‘jayinlari ular bilan jinsiy aloqada bo‘lishgan. Qadimgi paytlarda bu ayollarning jiddiy qonuniy huquqlari bo‘lib, xo‘jayinlari ularning erlari sifatida bo‘lgan.

3:11 Yohuram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoram.

3:12 Uzziyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ozariyo.

3:15 Yohuxoz — ibroniycha matnda Shallum, Yohuxozning yana bir ismi (4 Shohlar 23:30 ga qarang).

3:16 Yohayixin — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoxoniyo (shu bobning 17–oyatida ham bor).

3:17 Bobilga asir qilib olib ketilgan Yohayixin — 4 Shohlar 24:10-15 ga qarang.

4:3-4 Xurning avlodlari Baytlahm shahriga asos soldilar — ibroniycha matnda Xur Baytlahmning otasi bo‘ldi. Ibroniycha matnda shu bobning bir nechta joyida “otasi bo‘ldi” degan ibroniycha iborani shaharga asos soldi deb tarjima qilsa ham bo‘ladi.

4:5 asos solgan — shu bobning 3-4–oyatlari izohiga qarang.

4:9 Yabiz — bu ism ibroniychadagi dard so‘ziga ohangdosh.

4:12 asos soldi — shu bobning 3-4–oyatlari izohiga qarang. Shu bobning 14, 17-18– oyatlarida ham bor.

4:13 …bilan Miyono‘tay… — qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan,

qadimiy lotincha tarjimadan. Ibroniycha matnda bu so‘zlar yo‘q.

4:14 Gay–Xaroshim — ibroniychadagi ma’nosi hunarmandlar vodiysi.

4:19 Ulardan…kelib chiqdi — yoki Keylax va Eshtamo‘va Xo‘diyoning avlodlari bo‘lib, Keylax Xarm urug‘idan, Eshtamo‘va esa Maxo urug‘idan edi.

4:22 Ular…Baytlahm shahriga o‘rnashib olgan edilar — yoki Ular Mo‘ab va

Yoshuvlahmda hukmronlik qilar edilar.

4:24 Yamuvol — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Namuvol. Uning Yamuvol degan shakli Ibtido 46:10, Chiqish 6:15 dan olingan.

4:24 Zo‘xar — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Zerax. Uning Zo‘xar degan

shakli Ibtido 46:10, Chiqish 6:15 dan olingan.

4:33 Baalat — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Baal.

4:42 Seir tog‘lari — Edom yurtiga qarashli bo‘lgan tog‘li yerlar.

4:43 bugunga qadar — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

5:1 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang).

5:1 …u otasining to‘shagini bulg‘agani uchun… — Ibtido 35:22, 49:3-4 ga qarang.

5:1 to‘ng‘ichlik huquqi — qadimgi Isroilda to‘ng‘ich o‘g‘ilga merosning katta qismi va otasining butun xonadonini boshqarish huquqi berilar edi.

5:2 …yo‘lboshchi uning qabilasidan chiqdi — shoh Dovud nazarda tutilgan.

5:6 Tig‘latpilasar — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Tig‘latpilnasar (shu bobning 26–oyatida ham bor). Tig‘latpilasar miloddan oldingi 745-727 yillarda Ossuriyada hukmronlik qilgan. Shu bobning 26–oyatiga va 4 Shohlar 15:29 ga qarang.

5:18 Manashe qabilasi yarmi — Iordan daryosining sharq tomonida o‘rnashgan qabilaning yarmi nazarda tutilgan (Yoshua 13:8, 29-31 ga qarang). Qabilaning ikkinchi yarmi Iordan daryosining g‘arb tomonidagi Kan’on yurtida o‘rnashgan edi (Yoshua 22:7 ga qarang).

5:22 surgun — shu bobning 26–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

5:26 Shoh Tig‘latpilasar ularni…surgun qildi — bu hodisalar taxminan miloddan oldingi 733 yilda ro‘y bergan. Tig‘latpilasar miloddan oldingi 745-727 yillarda Ossuriyada hukmronlik qilgan.

6:10 Ma’bad — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi uy.

6:15 Egamiz shoh Navuxadnazar orqali Yahudo va Quddus xalqini surgun qilganda…

4 Shohlar 24:8-17, 25:1-21 ga qarang.

6:23 Abuasaf — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ebuasaf (shu bobning 37–oyatida ham bor). Uning Abuasaf degan shakli Chiqish 6:24 dan olingan.

6:27 …Elqanadan Shomuil tug‘ildi — qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan (yana shu bobning 28, 33-34–oyatlariga va 1 Shohlar 1:19-20 ga qarang). Ibroniycha matnda bu so‘zlar yo‘q.

6:32 …Muqaddas chodirning oldida… — ibroniycha matnda …Muqaddas chodir, Uchrashuv chodirining oldida…. Muqaddas chodir yana Uchrashuv chodiri deb ham aytiladi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi MUQADDAS CHODIR iborasiga qarang.

6:38 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang).

6:54 …qur’a bo‘yicha… — qur’a tashlashda yog‘och bo‘laklari yoki toshlar ishlatilgan bo‘lib, shu orqali Xudoning xohish–irodasi aniqlangan. Ba’zan odamlar qur’a tashlab,

Xudodan biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligini so‘rashgan.

6:57 panoh shahar — Sahroda 35:9-15, Qonunlar 19:1-13, Yoshua 20:1-9 ga qarang.

6:58 Xo‘lun — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Xilen. Uning Xo‘lun degan

shakli Yoshua 21:15 dan olingan.

6:59 Oyin — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Oshon. Uning Oyin degan shakli Yoshua 21:16 dan olingan.

6:59 Yutto — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan (yana Yoshua 21:16 ga

qarang). Ibroniycha matnda bu nom yo‘q.

6:60 Givon — Yoshua 21:17 dan olingan. Ibroniycha matnda bu nom yo‘q.

6:77 Yoxnayom, Kartax — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana Yoshua 21:34 ga

qarang). Ibroniycha matnda bu nomlar yo‘q.

6:78-79 Yaxaz — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Yaxzo.

7:13 Shillem — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shallum. Uning Shillem degan shakli Ibtido 46:24 dan olingan (yana Sahroda 26:49 ga qarang).

7:13 Bilxax — Yoqubning xotini Rohilaning cho‘risi (Ibtido 30:1-7, 46:23-25 ga qarang).

7:14-15 cho‘ri — 1:32 izohiga qarang.

7:23 Bariyo — bu ism ibroniychadagi baxtsizlik so‘ziga ohangdosh.

7:29 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang).

7:34 Sho‘mer — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shamer. Uning Sho‘mer

degan shakli shu bobning 32–oyatidan olingan.

7:35 Xo‘tam — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xalem. Uning Xo‘tam

degan shakli shu bobning 32–oyatidan olingan.

8:29 Yaviyol — qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan (yana 9:35 ga

qarang). Ibroniycha matnda bu ism yo‘q.

8:29 Yaviyol Givon shahriga asos solib, o‘sha shaharda o‘rnashdi — ibroniycha matnda Yaviyol Givonning otasi bo‘ldi va Givon shahrida o‘rnashdi. “Otasi bo‘ldi” degan ibroniycha iborani shaharga asos soldi deb tarjima qilsa ham bo‘ladi.

8:30 Nar — qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan (yana 9:36 ga

qarang). Ibroniycha matnda bu ism yo‘q.

8:31 Zakariyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Zakar. Uning Zakariyo degan shakli 9:37 dan olingan.

8:32 Shimom — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shimox. Uning Shimom degan shakli 9:38 dan olingan.

8:33 Ishbosit — ibroniycha matnda Ishbaal, Ishbositning yana bir ismi (2 Shohlar 2:8- 10 ga qarang).

8:34 Mefibosit — ibroniycha matnda Maribaal, Mefibositning yana bir ismi (2 Shohlar 4:4 ga qarang).

8:37 Rafiyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Rafax. Uning Rafiyo degan

shakli 9:43 dan olingan.

9:17-18 …bugungacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

9:19 Abuasaf — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ebuasaf. Uning Abuasaf degan shakli Chiqish 6:24 dan olingan.

9:19 Ma’bad — ibroniycha matnda chodir, bu o‘rinda Ma’bad nazarda tutilgan.

9:20 Finxaz — Sahroda 25:1-13 ga qarang.

9:21 Ma’bad — ibroniycha matnda Uchrashuv chodiri, bu o‘rinda Ma’bad nazarda

tutilgan.

9:31 nazr nonlari — Levilar 2:4-7, 7:9 ga qarang.

9:32 muqaddas nonlar — bu nonlar Ma’badda Egamizning huzurini aks ettiruvchi timsol bo‘lib, Xudo Isroil xalqining qudrati va ta’minlovchisi ekanligidan darak berib turgan. Nonlar Ma’baddagi maxsus xontaxtaga qo‘yilib, har Shabbat kuni yangi pishirilgan nonlar bilan almashtirib turilgan (Levilar 24:5-9 ga qarang).

9:35 Yaviyol Givon shahriga asos solib, o‘sha shaharda o‘rnashdi — ibroniycha matnda Yaviyol Givonning otasi bo‘ldi va Givon shahrida o‘rnashdi. “Otasi bo‘ldi” degan ibroniycha iborani shaharga asos soldi deb tarjima qilsa ham bo‘ladi.

9:39 Ishbosit — ibroniycha matnda Ishbaal, Ishbositning yana bir ismi (2 Shohlar 2:8- 10 ga qarang).

9:40 Mefibosit — ibroniycha matnda Maribaal, Mefibositning yana bir ismi (2 Shohlar 4:4 ga qarang).

9:41 Oxoz — qadimiy suryoniycha va lotincha tarjimalardan (yana 8:35 ga qarang).

Ibroniycha matnda bu ism yo‘q.

9:42 Yohuvaddo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yorox. Uning Yohuvaddo degan shakli 8:36 dan olingan.

10:1 Gilbova tog‘i — Jalila ko‘lidan qariyb 32 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan.

10:7 Yizril vodiysi — Gilbova tog‘idan shimoli–sharqda joylashgan.

10:10 xudo Do‘g‘on — Filist xalqining bosh xudosi (1 Shohlar 5:2 ga qarang).

10:11 Yobosh — 1 Shohlar 11:1-11 ga qarang.

10:12 …yetti kun ro‘za tutishdi — o‘sha davrdagi urf–odatlarga ko‘ra, yetti kunlik ro‘za

azadorlikni bildirardi.

10:13 …arvoh chaqiruvchiga maslahat solgan edi — 1 Shohlar 28:3-25 ga qarang. 11:1 Xevron — Quddusdan qariyb 32 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan shahar. 11:5 Sion qal’asi — aslida Yobus xalqining qal’asi, bu qal’a Quddusdagi Sion tepaligida

joylashgan edi.

11:8 Quddusning sharq tomonidagi Millo — Quddus shahri tepalik ustida edi. Bu tepalikning sharq tomoni o‘pirilib ketgani uchun uni tuzatish shart bo‘lgan. Tepalikning o‘pirilib ketgan joyi tuproq bilan to‘ldirilgan, kengaytirilgan va mustahkamlangan edi. Tepalikning bu qismi Millo deb atalardi.

11:11 Uch — qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan (yana 2 Shohlar

23:8 ga qarang). Ibroniycha matnda O‘ttiz. “Uch” va “o‘ttiz” so‘zlari ibroniychada deyarli

bir xil yoziladi.

11:11 “Uch qahramon” — bular eng dongdor jangchilar guruhi edi. Ular mashhur “O‘ttiz qahramon” guruhining maxsus bir qismi bo‘lgan.

11:15 “O‘ttiz qahramon” — mashhurlikda ikkinchi o‘rinda turgan jangchilar guruhi.

11:15 “O‘ttiz qahramon” guruhi tarkibiga kirgan o‘sha uchta qahramon… — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi O‘ttiztadan uchtasi…. Ba’zilar, matnda “Uch qahramon”dan boshqa uchta jangchiga ishora qilinadi, deb tushunadilar. Lekin shu bobdagi 19–oyatning ikkinchi qismida berilgan xulosada, 11-19–oyatlarda o‘sha uchta jangchi to‘g‘risida so‘z ketyapti, degan fikr aytiladi.

11:15 …Adullam g‘ori oldidagi qoyaga ketishdi — Dovud Shoulning ta’qibidan qochib

yurgan paytda bu voqea yuz bergan bo‘lishi mumkin (1 Shohlar 22:1-6 ga qarang).

11:15 Rafa vodiysi — Quddusdan bir necha kilometr janubi–g‘arbda joylashgan.

11:20 O‘ttiz — qadimiy suryoniycha tarjimadan. Ibroniycha matnda Uch. “Uch” va “o‘ttiz” so‘zlari ibroniychada deyarli bir xil yoziladi. Shu bobning 21–oyatida ham bor.

11:22 Mo‘ablik ikki dovyurak odam — yoki Mo‘abdagi ikkita ulkan sher yoki Mo‘ablik Oriyolning ikki o‘g‘li.

11:23 besh tirsak — taxminan 2,3 metrga to‘g‘ri keladi.

11:27 Shammox — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shammo‘t. Uning Shammox degan shakli 2 Shohlar 23:25 dan olingan.

11:29 Zalmon — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ilay. Uning Zalmon degan shakli 2 Shohlar 23:28 dan olingan.

11:32 Abualvon — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Abil. Uning Abualvon degan shakli 2 Shohlar 23:31 dan olingan.

11:33 Boxurim — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Baxarum. Uning Boxurim degan shakli 2 Shohlar 23:31 dan olingan.

11:34 Yoshon — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xoshim. Uning Yoshon degan shakli 2 Shohlar 23:32-33 dan olingan.

11:35 Shoror — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Soxor. Uning Shoror degan shakli 2 Shohlar 23:32-33 dan olingan.

11:37 Paray — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Naray. Uning Paray degan shakli 2 Shohlar 23:35 dan olingan.

12:1 Birmuncha vaqt oldin — bu bobda bayon qilingan voqealar Dovud Isroil taxtiga

o‘tirishidan oldin (11:1-9 ga qarang), Shouldan qochib yurgan davrga taalluqli.

12:1 …Dovud shoh Shouldan qochib, Zixlax shahrida yashab yurgan paytda… — 1 Shohlar 27:1-6 ga qarang.

12:19 Dovud Filistlarga qo‘shilib, Shoulga qarshi urushga otlanganda… — 1 Shohlar 29:1-11 ga qarang.

12:23 Xevron — 11:1 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

12:40 …anjir qoqi, mayiz… — qadimgi paytlarda odamlar anjir va uzumlarni

quritgandan keyin, qoqilarni hovuchlarida qattiq siqib, dumaloq shakl berganlar. Shu

tariqa qoqilar uzoq vaqt saqlangan va kundalik iste’mol qilinadigan yegulik bo‘lgan.

13:2-3 …biz Xudoyimizning Ahd sandig‘iga e’tiborsiz bo‘lib keldik… — yoki …biz Xudoning irodasini bilishga intilmadik….

13:5 Xirat–Yo‘rim — Quddusdan 15 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan shahar. Filistlar jangda Ahd sandig‘ini o‘lja qilib olgan edilar. Ular Ahd sandig‘ini Isroil xalqiga qaytarib yuborgandan keyin, Sandiq Xirat–Yo‘rimga olib kelingandi (1 Shohlar 6:13- 7:2 ga qarang).

13:5 Levo–Xomat shahri — yoki Xomat dovoni.

13:6 ikki karub — Ahd sandig‘ining qopqog‘i ustidagi qanotli samoviy mavjudotlar haykallari. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi KARUB, KARUBLAR so‘ziga qarang.

13:7 Uzzox bilan Oxyo — Abunadavning o‘g‘illari (2 Shohlar 6:3-4 ga qarang).

13:9 Noxun — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xidon. Uning Noxun degan shakli 2 Shohlar 6:6 dan olingan.

13:10 …Uzzox Ahd sandig‘iga qo‘l uzatgani uchun… — Ahd sandig‘i muqaddas bo‘lib, Xudo O‘z xalqi orasida ekanining ramzi edi. Ahd sandig‘iga qo‘l tekkizish qat’iyan man etilgandi (Sahroda 4:5-6, 15 ga qarang). Dovud Xudoning ko‘rsatmalariga rioya qilmay (Chiqish 25:12-15 ga qarang), Ahd sandig‘ini aravaga orttirgandi.

13:11 “Paraz–Uzzox” — ibroniychadagi ma’nosi Uzzoxning jazosi, ya’ni Xudo Uzzoxni urdi.

13:13 Gat — O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan bu shahar Filistlarning beshta asosiy shahridan biri edi.

14:1 Tir — Finikiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shahar. Bu shahar Isroildan shimolda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi.

14:7 Elyodax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Balyodo. Uning Elyodax degan shakli 3:8 dan va 2 Shohlar 5:16 dan olingan.

14:9 Rafa vodiysi — Quddusdan bir necha kilometr janubi–g‘arbda joylashgan.

14:10 …Xudodan…deb so‘radi — shoh biror muhim qaror chiqarishdan oldin, Xudoning xohishini bilish uchun ruhoniylarga murojaat qilardi. Bunday hollarda ruhoniylar Urim va Tummim degan muqaddas narsalardan foydalanishardi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Chiqish 28:15 ning ikkinchi izohiga qarang. Xudo O‘z xohish–irodasini odamlarga ba’zan payg‘ambarlar yoki tushlar orqali bildirgan (1 Shohlar 14:36, 28:6 ga qarang).

14:11 “Baal–Perazim” — ibroniychadagi ma’nosi toshqinday bosib yo‘q qiluvchi xudo.

15:12 …o‘zlaringizni va levi birodarlaringizni poklanglar — diniy xizmatni lozim darajada bajarishga monelik qiladigan nopoklikdan tozalanish marosimi nazarda tutilgan.

15:13 Oldingi safar…Egamiz Xudo bizdan qattiq g‘azablangan edi — 13:7-10 oyatlarga va 13:10 izohiga qarang.

15:15 …Egamizning Muso orqali bergan amriga muvofiq… — Chiqish 25:12-15, Sahroda 4:5-6, 15 ga qarang.

15:18 …Zakariyo, Yaziyol… — ba’zi ibroniy qo‘lyozmalaridan va qadimiy yunoncha tarjimadan (yana shu bobning 20–oyatiga qarang). Ibroniycha matnda …Zakariyo, Ban, Yaziyol….

15:20 …arfalarni chalishlari kerak edi — ibroniycha matnda …alamo‘tga muvofiq arfalarni chalishlari kerak edi. Ibroniychada “alamo‘t” so‘zi musiqiy termin bo‘lishi mumkin.

15:27 ruhoniylarning muqaddas libosi — ibroniycha matnda zig‘ir matosidan tikilgan

efod, ya’ni ruhoniylar kiyib yuradigan libos.

15:29 Mixal — Dovudning xotinlaridan biri (1 Shohlar 18:20-27 ga qarang).

16:3 xurmo — yoki bir parcha go‘sht.

16:3 …bir hovuchdan xurmo va bir hovuchdan mayiz… — qadimgi paytlarda odamlar xurmo va uzumlarni quritgandan keyin, qoqilarni hovuchlarida qattiq siqib, dumaloq shakl berganlar. Shu tariqa qoqilar uzoq vaqt saqlangan va kundalik iste’mol qilinadigan yegulik bo‘lgan.

16:12-13 Isroil — Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang).

16:17 …shunday dedi… — Ibtido 12:7, 17:8, 26:3, 28:13 ga qarang.

16:22 Payg‘ambarlarim — Ibrohim, Is’hoq, Yoqubga ishora (Ibtido 20:7 ga qarang).

16:29 Muqaddas ulug‘vorlikka burkangan Egamizga sajda qiling! — yoki Muqaddas maskanining ulug‘vorligida Egamizga sajda qiling! yoxud Muqaddas liboslarda Egamizga sajda qiling!

16:39 Givondagi sajdagoh — Quddusdan qariyb 6 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan. O‘sha davrda Ahd sandig‘i Quddus shahrida, Dovud tomonidan o‘rnatilgan maxsus chodirda saqlanar edi (15:1 ga va shu bobning 1–oyatiga qarang). Muqaddas chodir va qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh esa Givonda joylashgan edi.

17:6 hakamlar — Isroil yo‘lboshchilari ba’zan hakamlar deb atalgan. Isroil xalqi dushmanlariga qarshi urush ochganda, hakamlar lashkarboshi sifatida xizmat qilardi. Shuningdek, hakamlar qozi vazifasini, ayrim hollarda diniy vazifalarni ham bajarar edilar.

17:16 …Egamizning huzurida o‘tirib… — Dovud Quddusda Ahd sandig‘ini qo‘ygan maxsus chodirda o‘tirgan bo‘lishi mumkin (15:1, 16:1 ga qarang). Ahd sandig‘i Xudo O‘z xalqi orasida ekanligining ramzi edi.

17:17 Nazaringda meni ulug‘ odamday bilding… — yoki Inson bilishni istagan narsani

Sen menga ayon etding….

18:1 Gat shahri — 13:13 izohiga qarang.

18:3 Zo‘vo — bu yurt Damashqdan shimolda joylashgan edi. 18:8 Sulaymon…yasattirdi — 3 Shohlar 7:13-26, 40-45 ga qarang. 18:9 Xomat — bu yurt Zo‘vo yurtidan shimolda joylashgan edi.

18:9 To‘ax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti To‘vu (shu bobning 10–

oyatida ham bor). Uning To‘ax degan shakli 2 Shohlar 8:9 dan olingan.

18:10 Yoram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Hadoram. Uning Yoram degan shakli 2 Shohlar 8:10 dan olingan.

18:12 Tuz vodiysi — O‘lik dengizning janubidagi o‘lka.

18:13 Edom yurti — O‘lik dengizning janubida joylashgan edi.

18:15 mushovir — lug‘aviy ma’nosi maslahatchi. Bu o‘rinda xabarchi. U shohlik ichidagi va xalq orasidagi xabarni shohga, shohning farmonlarini xalqqa yetkazib turgan.

18:16 Oximalek — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Abumalek. Uning Oximalek degan shakli 2 Shohlar 8:17 dan olingan.

18:16 Sarayo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shavsho. Uning Sarayo degan shakli 2 Shohlar 8:17 dan olingan.

18:17 Xaretlik va Palatlik qo‘riqchilar — Dovud yollagan bu muhojir sipohlar shohning shaxsiy qo‘riqchilari bo‘lib xizmat qilgan.

19:1 Ommon — bu yurt Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan edi.

19:6 …Oram–Naxrayimdan, Oram–Maxodan va Zo‘vo shohliklaridan… — Isroildan shimolda va shimoli–sharqda joylashgan ittifoqdosh shohliklar.

19:6 2000 pud — ibroniycha matnda 1000 talant, taxminan 34 tonnaga to‘g‘ri keladi.

19:7 Midavo shahri — O‘lik dengizning shimoliy qirg‘og‘idan qariyb 20 kilometr

sharqda joylashgan.

19:9 shahar — Ommon yurtining poytaxti Rabba nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin (shu

bobning 15–oyatiga va 20:1 ga qarang).

19:16 Sho‘vax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Sho‘fax. Uning Sho‘vax

degan shakli 2 Shohlar 10:16 dan olingan.

20:1 Rabba shahri — Ommon yurtining poytaxti.

20:2 Ommon shohining boshidagi toj — yoki Milkomning haykali ustidagi toj. Milkom — Ommon xalqining xudosi Mo‘laxning yana bir nomi.

20:2 ikki pud — ibroniycha matnda bir talant, taxminan 34 kiloga to‘g‘ri keladi.

20:4 Sof — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Sippay. Uning Sof degan shakli 2 Shohlar 21:18 dan olingan.

20:4 Rafa xalqi — Isroil xalqidan avval Kan’onda yashagan, gavdasi ulkan, kuchli jangchilari bilan mashhur bo‘lgan xalq (Qonunlar 2:10-11, 20-21, 3:11 ga qarang).

20:5 Gat — O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan bu shahar Filistlarning beshta asosiy shahridan biri edi.

20:5 Go‘liyot — 1 Shohlar 17:4-11, 40-54 ga qarang.

21:15 Aravno — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti O‘rnan (shu bobning 18-28–oyatlarida ham bor). Uning Aravno degan shakli 2 Shohlar 24:16 dan olingan.

21:15 …Yobus xalqidan bo‘lgan Aravno ismli odamning xirmonida… — bu joy qadimgi Quddusning tashqarisidagi tepalikda joylashgan. Keyinroq Sulaymon Ma’badni shu yerda qurgan (22:1 ga va 2 Solnomalar 3:1 ga qarang).

21:16 …qanor kiygan… — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Qanor kiyib olish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi. Ko‘pincha bu harakat Xudodan kechirim so‘rab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.

21:23 xo‘ptir — ostiga uchli tosh yoki temir mahkamlangan og‘ir taxta. Donni boshoqdan ajratib olish uchun o‘rilib xirmonga yoyilgan bug‘doy ustidan xo‘ptir yurgizilardi.

21:25 olti yuz oltin tanga — ibroniycha matnda olti yuz shaqal oltin, taxminan 7 kiloga

to‘g‘ri keladi.

21:27 Qiliching — shu bobning 16–oyatiga qarang.

21:29 Givon — 16:39 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

22:4 Sidon…Tir… — Finikiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shaharlar. Bu shaharlar Isroildan shimolda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi.

22:9 Sulaymon — bu ism ibroniychadagi tinchlik so‘ziga ohangdosh.

22:14 200.000 pud — ibroniycha matnda 100.000 talant, taxminan 3400 tonnaga to‘g‘ri

keladi.

22:14 2.000.000 pud — ibroniycha matnda 1.000.000 talant, taxminan 34.000 tonnaga

to‘g‘ri keladi.

23:7 Lubnax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Laden (shu bobning 8, 9–oyatlarida ham bor). Uning Lubnax degan shakli 6:17 dan olingan (yana Chiqish 6:17, Sahroda 3:18 ga qarang).

23:32 Uchrashuv chodiri — Muqaddas chodirning yana bir nomi.

24:5 …qur’a bo‘yicha… — 6:54 izohiga qarang.

24:20 Shavuvol — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shuvavol. Uning Shavuvol degan shakli 23:16 dan olingan (yana 26:24 ga qarang).

24:22 Shalumit — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shalumo‘t. Uning Shalumit degan shakli 23:18 dan olingan.

24:23 Xevron naslidan — to‘ng‘ichi Yoriyo, ikkinchisi — Emoriyo… — ikkita ibroniy qo‘lyozmasidan va qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan (yana 23:19 ga qarang). Ibroniycha matnda Yoriyo naslidan — ikkinchisi Emoriyo….

24:28-29 …Maxli naslidan…Yaraxmal… — yoki …Marori naslidan — Elazar. Elazarning

o‘g‘illari yo‘q edi. Kish naslidan — Yaraxmal….

25:3 Shimax — bitta ibroniy qo‘lyozmasidan va qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan (yana 25:17 ga qarang). Ibroniycha matnda bu ism yo‘q.

25:7-9 …qur’a tashlashdi — 6:54 izohiga qarang.

25:11 Zari — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yizri. Uning Zari degan shakli shu bobning 3–oyatidan olingan.

25:14 Osorilax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yasarelax. Uning Osorilax degan shakli shu bobning 2–oyatidan olingan.

25:18 Uziyol — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ozariyol. Uning Uziyol degan shakli shu bobning 4–oyatidan olingan.

25:20 Shavuvol — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shuvavol. Uning Shavuvol degan shakli shu bobning 4–oyatidan olingan.

26:13 …qur’a tashlab… — 6:54 izohiga qarang.

26:14 Mashalmiyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shalamiyo. Uning Mashalmiyo degan shakli shu bobning 2–oyatidan olingan.

26:20 Oxiyo boshchiligidagi boshqa levilar… — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimada Ularning levi birodarlari….

26:21 Lubnax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Laden. Uning Lubnax degan shakli 6:17 dan olingan (yana Chiqish 6:17, Sahroda 3:18 ga qarang).

27:6 Binayo — 11:22-25 ga qarang.

27:15 Xaled — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xalday. Uning Xaled degan shakli 11:30 dan olingan.

27:21 Giladdagi Manashe qabilasining yarmi — Gilad o‘lkasi Iordan daryosining sharq tomonida bo‘lib, Manashe qabilasining yarmi shu yerda o‘rnashgan edi (Yoshua 13:8, 29-31 ga qarang). Qabilaning ikkinchi yarmi Iordan daryosining g‘arb tomonidagi Kan’on yurtida o‘rnashgan edi (Yoshua 22:7 ga qarang).

27:24 …Yo‘ab xalqni sanashni boshlagandi–yu, lekin oxiriga yetkazmagandi — 21:1-6 ga qarang.

27:24 …Egamiz Isroilga g‘azabini sochgandi — 21:7-15 ga qarang.

27:28 shikamora–anjir — anjirning qadimgi Yaqin Sharqda keng tarqalgan bir turi. Kattaligi yong‘oq daraxtiday, barglari esa tut barglariga o‘xshash bo‘lib, yil davomida bir necha bor hosil beradigan sersoya daraxt.

28:2 Xudoning oyoq kursisi bo‘lmish Egamizning Ahd sandig‘i — Ahd sandig‘i ustidagi ikki karub orasidagi joy Xudoning yer yuzidagi taxti deb hisoblanardi (2 Shohlar 6:2 ga qarang).

28:12 ko‘nglidagi niyatlari — yoki Xudoning Ruhi unga ayon qilgan rejalar.

28:18 …oltin aravaning, ya’ni…oltin karublarning loyihasi… — Eski Ahdning ba’zi oyatlarida karublar Xudoning taxtini ko‘tarib yuradigan vosita sifatida tasvirlanadi (Hizqiyol 1, 10–boblarga qarang). Karublar haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi KARUB, KARUBLAR so‘ziga qarang.

29:1 Muqaddas koshona — ibroniycha matnda koshona, Ma’bad nazarda tutilgan (shu

bobning 19–oyatida ham bor).

29:4 6000 pud — ibroniycha matnda 3000 talant, taxminan 102 tonnaga to‘g‘ri keladi.

29:4 Ofir — bu yurt Arabiston yarim orolining janubida joylashgan bo‘lishi mumkin.

Ofir oltini eng sifatli oltin hisoblangan.

29:4 14.000 pud — ibroniycha matnda 7000 talant, taxminan 238 tonnaga to‘g‘ri keladi.

29:7 10.000 pud — ibroniycha matnda 5000 talant, taxminan 170 tonnaga to‘g‘ri keladi.

29:7 10.000 oltin tanga — ibroniycha matnda 10.000 oltin darik. Darik oltin tanga bo‘lib,

taxminan 8 grammga to‘g‘ri keladi, demak, berilgan oltinning umumiy og‘irligi taxminan 80 kiloga to‘g‘ri keladi.

29:7 20.000 pud — ibroniycha matnda 10.000 talant, taxminan 340 tonnaga to‘g‘ri

keladi.

29:7 36.000 pud — ibroniycha matnda 18.000 talant, taxminan 612 tonnaga to‘g‘ri

keladi.

29:7 200.000 pud — ibroniycha matnda 100.000 talant, taxminan 3400 tonnaga to‘g‘ri

keladi.

29:10 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (shu bobning 18– oyatida ham bor). Ibtido 32:27-28 ga qarang.

29:22 ikkinchi marta — Sulaymon birinchi marta shoh deb e’lon qilingani haqida 23:1 yoki 3 Shohlar 1:32-36 da so‘z yuritilgan bo‘lishi mumkin. Qadimiy yunoncha tarjimada ikkinchi marta iborasi yo‘q.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru