Muqaddas Kitob


HAKAMLAR

KITOBI

Kirish

Hakamlar kitobi bizni Isroil xalqining Xudodan yuz o‘girgan va butlarga sig‘ingan davri bilan tanishtiradi. Mazkur kitobda Yoshuaning o‘limidan so‘ng monarxiya tuzumiga asoslangan davlat yuzaga kelguncha ro‘y bergan turli voqealar bayon qilinadi. Kitobda biz turli hikoyalarni o‘qib, ularning mag‘zini chaqqanimizda, Xudo Isroil xalqining yagona Hukmdori ekanini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Isroil xalqi Kan’on yurtini zabt etganda, u yerda yashayotgan xalqlarni haydab yubormaydi, shu tariqa Xudoga itoatsizlik qiladi. Ular Xudodan yuz o‘girib, o‘sha butparast xalqlarning soxta xudolariga ko‘ngil bog‘laydilar. Oqibatda, Xudo Isroil xalqini butparastligi uchun jazolab, jazo sifatida ularni yon–atrofda yashovchi Kan’on xalqlariga tobe qilib qo‘yadi. Jabr–zulm ostida qolgan Isroil xalqi Xudoga iltijo qilib, Undan yordam so‘raydi. Shunda Xudo O‘z xalqini ozod qilish uchun ularga birin–ketin yo‘lboshchilarni yuboradi. Bu yo‘lboshchilar hakamlar deb ataladi. Hakamlar boshchiligida Isroil xalqi

g‘animlari ustidan g‘alaba qozonadi. So‘ng ular uchun farovonlik davri boshlanadi. Isroil xalqi hakamlarning hayotligi davrlarida Xudoga sodiq bo‘ladi. Lekin har bir hakamning vafotidan keyin, ular yana Xudodan yuz o‘girishadi. Bunday hodisalar qayta–qayta takrorlanaveradi.

Odatda hakamlar bir nechta qabilaga yo‘lboshchilik qilishardi, lekin ayrimlari butun xalqni boshqarishardi. O‘sha paytda Isroil xalqi tarqoq qabilalardan iborat bo‘lib, hali yaxlit bir xalq deb hisoblanmasdi. Ularning shohi bo‘lmagani uchun, o‘sha davrda “har bir odam bilganini qilar edi” (21:25 ga qarang). Lekin odamlar yagona Xudoga sajda qilishni o‘rganishlari lozim edi, shuning uchun ular har safar begona xudolarga sig‘inishni boshlaganlarida, Xudo ularni jazolardi.


1–BOB

Yahudo va Shimo‘n qabilalari Odonivazaxni qo‘lga oladilar

1 Yoshuaning o‘limidan* so‘ng, Isroil xalqi Egamizdan: “Kan’on xalqiga qarshi jang qilish uchun oramizdan kim birinchi bo‘lib chiqsin?” deb so‘radi. 2 “Yahudo qabilasi chiqsin, — dedi Egamiz. — Men bu yurtni ularning qo‘liga beryapman.” 3 Shunda Yahudo qabilasi qardoshi bo‘lgan Shimo‘n qabilasiga shunday dedi: “Kelinglar, birgalikda bizga ulush bo‘lib tushgan yerga boraylik. O‘sha yerda birgalashib Kan’on xalqiga qarshi jang qilaylik. Keyin biz ham sizlarga tushgan ulushga ergashib boramiz.” Shunday qilib, Shimo‘n qabilasi ular bilan birga bordi. 4 Yahudo qabilasi jangga chiqdi. Kan’on va Pariz xalqlarini Egamiz ularning qo‘liga bergani uchun, ular Bazax shahrida o‘n mingta dushmanni qirib tashlashdi. 5 O‘sha yerda shoh Odonivazaxga duch kelishdi, unga hujum qilib, Kan’on va Pariz xalqlarini mag‘lub etishdi. 6 Odonivazax qochdi, ammo ular uning ketidan quvib, qo‘lga olishdi va oyoq–qo‘llarining bosh barmoqlarini chopib tashlashdi.

7 Shunda Odonivazax dedi: “Oyoq–qo‘llarining bosh barmoqlari chopib tashlangan

yetmishta shoh dasturxonimdan tushgan ushoqlarni terib yurishar edi*. Men o‘sha


shohlarning boshiga solgan ne–ne kunlarni Xudo qaytarib o‘z boshimga soldi.” Isroil odamlari Odonivazaxni Quddusga olib borishdi, u o‘sha yerda jon berdi.

Yahudo qabilasi Quddus bilan Xevronni qo‘lga kiritadi

8 Keyin Yahudo qabilasi Quddusga hujum qilib, shaharni qo‘lga kiritdi*. Ular u yerdagilarni qilichdan o‘tkazib, shaharga o‘t qo‘yishdi. 9 So‘ng esa qirlarda, g‘arbdagi qir etaklarida va Nagav cho‘lida yashovchi Kan’on xalqiga qarshi jang qilish uchun janubga qarab yurishdi. 10 Yahudo qabilasi Xevron shahrida* istiqomat qilgan Kan’on xalqiga hujum qilib, Sheshay, Oximan va Talmay qo‘shinlarini yakson qildi. Xevronning eski nomi Xirat–Arba edi.

O‘tniyol Davir shahrini qo‘lga kiritadi

11 U yerdan Yahudo odamlari Davir shahriga hujum qilish uchun yo‘lga tushishdi.

Davirning eski nomi Xirat–Safar edi. 12 Shunda Xolib*: “Xirat–Safarga hujum qilib, qo‘lga kiritgan kishiga qizim Axsani beraman”, — dedi. 13 O‘tniyol shaharni qo‘lga kiritdi, Xolib esa unga qizi Axsani uzatdi. O‘tniyol — Xolibning jiyani, aniqrog‘i, Xanaz ismli kenja ukasining o‘g‘li edi. 14 To‘ydan keyin qiz O‘tniyolga: “Keling, otamdan* bir dala so‘rab olaylik”, deb turib oldi. Xolib eshakdan tushayotgan qiziga: “Ha, qizim, biron–bir istaging bormi?” — deb so‘radi. 15 “Menga bir sovg‘a qilsangiz, — dedi Axsa. — Siz menga Nagav cho‘lidagi yerni berdingiz, endi suv buloqlarini ham hadya eting.” Shunday qilib, Xolib unga tepadagi va pastdagi buloqlarni berdi.

Yahudo va Benyamin qabilalarining g‘alabalari

16 Yahudo xalqi palma shahri Yerixoni* tark etdi. Musoning qaynatasi avlodidan bo‘lgan Xayin xalqi Yahudo xalqiga ergashib, Yahudo cho‘liga yo‘l oldi. Ular Arod shahridan janub tomonda joylashib, u yerda mahalliy xalq orasida o‘rnashib oldilar.

17 Yahudo va Shimo‘n qabilalari birgalikda Zafat shahrida yashaydigan Kan’on xalqiga hujum qilib, shaharni yer bilan yakson qilishdi. Shuning uchun bu shahar Xo‘rmax* deb atalgan. 18 Yahudo qabilasi G‘azo, Ashqalon, Exron shaharlarini* va ularning atrofidagi yerlarni qo‘lga kiritdi. 19 Egamizning O‘zi Yahudo qabilasi bilan bo‘lgani uchun, ular qirlarni egallab oldilar. Ammo tekislikda yashaydigan xalqlarni o‘z yeridan quva olmadilar, chunki o‘sha xalqlarning temir jang aravalari* bor edi. 20 Muso aytganidek*, Xevron shahri Xolibga berildi. Xolib u yerdan Onoq avlodidan kelib chiqqan uchta urug‘ni* quvib chiqardi. 21 Benyamin qabilasi esa Quddusda istiqomat qilgan Yobus xalqini haydab chiqarmadi. Shu sababdan Yobus xalqi bugunga qadar* Quddusda, Benyamin avlodlari orasida yashab kelmoqda.

Efrayim va Manashe qabilalari Baytilni bosib olishadi

22 Yusufning ikkala o‘g‘li — Efrayim va Manashedan bino bo‘lgan qabilalar ham Baytil shahriga* hujum qilmoqchi bo‘lib, yo‘lga chiqdilar. Egamiz ular bilan edi. 23 Baytil haqida ko‘proq ma’lumot yig‘ish uchun ular o‘z ayg‘oqchilarini shahar tomon yubordilar. Baytil shahrining eski nomi Luz edi. 24 Ayg‘oqchilar shahardan chiqib kelayotgan bir odamni ko‘rib, unga: “Bizga shaharga olib kiradigan yashirin kirish joyini* ko‘rsat! Buning evaziga joningni saqlab qolamiz!” — dedilar. 25 O‘sha odam ularga yo‘l ko‘rsatdi. Efrayim va Manashe lashkarlari shahar aholisini bitta qo‘ymay qilichdan o‘tkazishdi. Yo‘l ko‘rsatgan odamni esa butun oilasi bilan birga qo‘yib yuborishdi. 26 O‘sha odam Xet xalqining yurtiga* borib bir shahar qurdi, uning nomini

esa Luz deb qo‘ydi. O‘sha shahar bugunga qadar shu nom bilan ataladi.

Isroil xalqi quvib chiqarmagan o‘zga xalqlar

27 Manashe qabilasi Bayt–Shan, Tanax, Do‘r, Yiblayom, Magido‘ shaharlari va ularning qishloqlarida yashagan Kan’on xalqini haydab chiqarmadi, ular o‘sha yerlarda

yashayverdilar. 28 Vaqti kelib, Isroil xalqi kuchini yig‘ib oldi, shunda Kan’on xalqini o‘ziga bo‘ysundirib, qarol bo‘lib xizmat qilishga majbur qildi. Ammo shunda ham o‘z yeridan haydab chiqarmadi.

29 Efrayim qabilasi ham Gezer shahridagi Kan’on xalqini quvib chiqarmadi. Kan’on

xalqi Gezerda ularning orasida yashayverdi.

30 Zabulun qabilasi ham Xitro‘n va Nahalil shaharlarida istiqomat qilgan Kan’on xalqini haydab chiqarmadi. Kan’on xalqi Zabulun qabilasi bilan birga yashab, ularga qarol bo‘lib xizmat qilishga majbur bo‘ldi.

31 Osher qabilasi ham Akko‘, Sidon, Axlob, Axsib, Xelba, Ofiq va Rexob shaharlarida yashaydigan Kan’on xalqini yeridan haydab chiqarmadi. 32 Ular o‘sha yurt aholisini haydab chiqarmaganlari uchun Kan’on xalqi bilan birga yashadilar.

33 Naftali qabilasi ham Bayt–Shamash va Bayt–Onot shaharlarining aholisini haydab chiqarmay, yerli xalq — Kan’on xalqi orasida yashab qoldi. Lekin ular o‘sha shaharlar aholisini o‘ziga bo‘ysundirib, qarol bo‘lib xizmat qilishga majbur qildilar.

34 Biroq Amor xalqlari* Dan qabilasini siqib, qirlarga chiqib ketishga majbur qildilar, vodiyga tushishlariga yo‘l qo‘ymadilar. 35 Amor xalqlari Xar–Xares, Oyjavlon va Shalbim shaharlarida yashayverdilar. Lekin Efrayim va Manashe qabilalari ularga o‘z hukmini o‘tkazib, qarol bo‘lib xizmat qilishga majbur qildilar. 36 Amor xalqlari yashagan hududning chegarasi Chayonlar dovonidan* Selagacha cho‘zilgan va u yerdan shimolga qarab ketgan edi.


2–BOB

Egamizning farishtasi Boximda

1 Egamizning farishtasi Gilgaldan* Boximga kelib shunday dedi:

— Men sizlarni Misrdan olib chiqdim. Ont ichib, ota–bobolaringizga beraman degan yurtga sizlarni olib kirdim. Men: “Sizlar bilan tuzgan ahdimni hech qachon buzmayman”, degan edim. 2 Sizlarga: “Bu yurt xalqlari bilan ahdlashmanglar, ularning qurbongohlarini vayron qilinglar”, deb aytmaganmidim?! Lekin sizlar amrimga itoat qilmay, teskarisini qildingizlar. 3 Bunday qilganingiz uchun yurtingizda yashab yurgan bu xalqlarni Men endi haydab chiqarmayman. Ular sizlarga dushman bo‘lib*, ularning xudolari sizlarga tuzoq bo‘ladi.

4 Egamizning farishtasi bu so‘zlarni aytgach, butun Isroil xalqi faryod ko‘tardi.

5 Shunday qilib, ular o‘sha yerni Boxim* deb atadilar va Egamizga qurbonliklar keltirdilar.

Yoshua vafot etadi

6 Yoshua Isroil xalqini tarqatib yuborgandan so‘ng, har bir odam o‘ziga tushgan yerni mulk qilib olish uchun yo‘lga tushgandi. 7 Yoshua davrida xalq Egamizga xizmat qilar edi. Ular Yoshuaning o‘limidan so‘ng, Egamiz Isroil uchun qilgan buyuk ishlarini ko‘rgan oqsoqollar davrida ham Egamizga itoat qilishar edi. 8 Egamizning quli Nun o‘g‘li Yoshua

110 yoshida olamdan o‘tdi. 9 Uni Gash tog‘ining shimolida joylashgan Efrayim qirlaridagi Timnat–Seraxda*, o‘zi ulush qilib olgan yerda dafn qilishdi. 10 Butun keksa avlod ham olamdan o‘tdi. Isroil xalqining yosh avlodi esa Egamizni tan olmadi, Uning Isroil xalqi uchun qilgan buyuk ishlarini bilmadi.

Isroil xalqi Egamizga sajda qilmay qo‘yadi

11 Isroil xalqi Egamizning oldida qabihliklar qildi, ular Baal degan xudoning tasvirlariga sig‘ina boshlashdi. 12 Egamiz ularni Misrdan olib chiqqan bo‘lsa–da, ular ota–bobolarining Xudosidan yuz o‘girishdi. Boshqa xudolarga — yon–atrofda yashovchi xalqlarning xudolariga ergashishdi. Ularga sajda qilib, Egamizning qahrini keltirishdi.

13 Isroil xalqi Egamizdan yuz o‘girib, Baalga va Ashtaretning tasvirlariga sajda qilayotgan edi. 14 Bundan g‘azablangan Egamiz ularni bosqinchilar qo‘liga berib, talon–taroj qildirdi va yon–atrofdagi g‘animlarga taslim qildi. Bundan buyon Isroil xalqi dushmanlariga qarshilik ko‘rsata olmas edi. 15 Isroil xalqi qayerda jang qilmasin, Egamiz ogohlantirganidek, ularning boshlariga falokat keltirish uchun har safar ularga qarshi O‘zi chiqar edi. Isroil xalqi og‘ir ahvolda qolgan edi.

16 Egamiz ularni bosqinchilar qo‘lidan ozod qilish uchun hakamlarni* yubordi. 17 Lekin ular hatto hakamlariga quloq solmadilar. Egamizga bevafolik qilib, boshqa xudolarga sajda qilaverdilar. Ular Egamizning amrlariga itoat qilgan ota–bobolariga o‘xshamay, tez orada ajdodlari yurgan haq yo‘ldan ozdilar. 18 Egamiz ularga hakam yuborar ekan, har bir hakam bilan O‘zi bo‘lar edi, o‘sha hakam davrida xalqini

dushmanlardan xalos qilardi. Chunki zolim va zo‘ravonlarning dastidan noligan xalqqa Egamizning rahmi kelar edi. 19 Ammo hakam olamdan ko‘z yumgach, ular yana eski qilmishlariga qaytishar edi. Ota–bobolaridan ham battar gunohlar qilib, boshqa xudolarga sajda qilishar, ularga sig‘inishar edi. Bu odatlarining birontasini ham qoldirmay, qilmishlarini o‘jarlik bilan davom ettirishar edi. 20 Isroil xalqidan qattiq g‘azablangan Egamiz shunday dedi: “Bu odamlar gapimga kirmay, Men ota–bobolari bilan tuzgan ahdimni buzdilar! 21 Shuning uchun Men ularning oralarida Yoshuaning o‘limidan keyin qolib ketgan begona xalqlarning birontasini ham ularning huzuridan haydab chiqarmayman.” 22 Isroil xalqi ota–bobolari singari Egamizning yo‘lidan yurish– yurmasligini ko‘rish uchun, 23 Egamiz bu xalqlarni Yoshuaga taslim qilmagan edi.

Ularning hammasini birdaniga haydab chiqarmay, yurtda qolishlariga ijozat bergan edi.


3–BOB

Yurtda qolgan o‘zga xalqlar

1-2 Egamiz, Kan’on yurtida bo‘lib o‘tgan bironta urushda qatnashmagan Isroil xalqini sinay, hech qachon urush ko‘rmagan bu yangi avlodga jangni o‘rgatay deb, quyidagi xalqlarni qoldirgan edi: 3 beshta Filist begini*, barcha Kan’on xalqlarini, Sidonliklar va Baal–Xermon tog‘idan to Levo–Xomatgacha* Lubnon qirlarida yashagan Xiv xalqini.

4 Ular yordamida Egamiz O‘z xalqi Isroilni sinab, Muso orqali ota–bobolariga bergan amrlarga itoat qilish–qilmasligini ko‘rmoqchi edi. 5 Shunday qilib, Isroil xalqi Kan’on, Amor, Pariz, Xiv, Xet va Yobus xalqlarining orasida yashadi. 6 Ular o‘sha xalqlar bilan apoq–chapoq bo‘lib, qiz olib, qiz berishardi, hatto xudolariga ham sig‘inishardi.

O‘tniyol

7 Isroil xalqi Egamizning oldida qabih ishlar qilar edi. Ular o‘zlarining Egasi Xudoni eslaridan chiqarib, Baal va Asheraning* tasvirlariga sig‘inishar edi. 8 Bundan g‘azablangan Egamiz ularni Oram–Naxrayim* shohi Kushonrishtamga tobe qilib qo‘ydi. Ular sakkiz yil davomida Kushonrishtamning xizmatida bo‘lishdi. 9 Ammo Isroil xalqi Egamizga iltijo qilgach, Egamiz ularga qutqaruvchi qilib O‘tniyolni yubordi. O‘tniyol Xolibning jiyani, aniqrog‘i, kenja ukasi Xanazning o‘g‘li edi. 10 Egamizning Ruhi O‘tniyolni qamrab oldi. O‘tniyol Isroil xalqiga hakam* bo‘ldi. O‘tniyol shoh Kushonrishtamga

qarshi jang qilib, uni yengdi, chunki Egamiz shohni uning qo‘liga bergan edi. 11 Shundan keyin yurtda qirq yil tinchlik, osoyishtalik bo‘ldi. So‘ng Xanaz o‘g‘li O‘tniyol olamdan o‘tdi.

Ehud

12 Isroil xalqi Egamizning oldida yana qabihliklar qilgani uchun, Egamiz Mo‘ab yurtining* shohi Eglonni ularga qarshi qo‘zg‘atdi. 13 Shoh Eglon Ommon va Omolek xalqlari bilan birgalikda Isroil xalqini yengib, palma shahri Yerixoni* qo‘lga kiritdi. 14 Shunday qilib, Isroil xalqi o‘n sakkiz yil davomida Mo‘ab yurtining shohi Eglonga qaram bo‘lib yashadi.

15 Ammo Isroil xalqi Egamizga iltijo qilishi bilanoq, Egamiz ularga Ehud ismli bir qutqaruvchini yubordi. Gera o‘g‘li Ehud Benyamin qabilasidan bo‘lib, chapaqay edi. Isroil xalqi Ehud orqali Mo‘ab shohi Eglonga o‘lpon jo‘natdi. 16 Ehud o‘ziga uzunligi bir tirsak* bo‘lgan xanjar yasab, uni o‘ng tomoniga, kiyimining ichidan taqib olgandi. 17 U o‘lponni shoh Eglon huzuriga olib kirdi. Shoh Eglon haddan tashqari semiz bir odam edi. 18 Ehud o‘lponni taqdim qilib bo‘lgach, hadyalarni ko‘tarib kelgan odamlar bilan birga uyga yo‘l oldi. 19 Biroq ular Gilgaldagi* tosh haykallar* o‘rnatilgan joyga yetganlarida, Ehud iziga qaytdi. U Eglonning oldiga kelib: “Ey hazrati oliylari, sizga aytadigan bir sirim bor”, — dedi. Shoh: “Bizni xoli qo‘yinglar!” — deyishi bilanoq, uning huzuridagi xizmatkorlar chiqib ketishdi. 20 Shoh salqin boloxonasida yolg‘iz o‘zi qoldi. Ehud unga yaqinlashib: “Men sizga Xudoning xabarini yetkazmog‘im lozim”, — dedi. Eglon o‘rnidan turdi. 21 Shunda Ehud o‘ng tarafida osilgan xanjarni chap qo‘li bilan sug‘urib olib, Eglonning qorniga sanchdi. 22 Xanjar sopi bilan Eglonning qorniga kirib ketdi, teshigini esa yog‘ qopladi. Ehud xanjarni sug‘urib olmadi, xanjar tig‘i shohning qornini yorib butidan chiqdi*. 23 Ehud ayvonga chiqdi, boloxona eshiklarini yopib, qulfladi. 24 U ketishi bilanoq, Eglonning xizmatkorlari kelishdi. Eshik qulf ekanligini ko‘rishgach: “Shohimiz salqingina xonada hojatini chiqarayotgan bo‘lsalar kerak” degan xayolga borishdi.

25 Ammo boloxonaning eshiklari hadeganda ochilavermagandan so‘ng, xizmatkorlar bezovtalanishdi. Ular tashqarida ancha kutib qolishganidan keyin, kalit olib, eshikni ochishdi. Qarashsa, shoh hazratlari jonsiz yotgan ekan.

26 Ehud esa paytdan foydalanib, qochib qolgan edi. U tosh haykallar oldidan o‘tib, Saviro shahriga bordi. 27 Efrayim qirlariga yetib kelganda burg‘u chalib, Isroil xalqini jangga da’vat qildi. Ehud hammani boshlab qirlardan pastga tushar ekan, 28 Isroil xalqiga: “Orqamdan yuringlar! — dedi. — Dushmanimiz Mo‘ab xalqini Egamiz sizlarning qo‘lingizga berdi–ku!” Isroil xalqi Ehudga ergashdi. Ular Iordan daryosining kechuv joylarini qo‘lga olib, bironta odamni ham u yerdan o‘tkazishmadi. 29 O‘sha kuni ular o‘n mingtacha baquvvat va jasur Mo‘ab sipohlarini o‘ldirishdi. Birontasi ham Isroil xalqining

qo‘lidan qochib qutulmadi. 30 O‘sha kuni Isroil xalqi Mo‘ab lashkarini mag‘lub qildi. Yurtda sakson yil tinchlik, osoyishtalik bo‘ldi.

Shamgar

31 Ehuddan keyin Onot o‘g‘li Shamgar hakam bo‘ldi. U ham Isroil xalqini qutqarib,

govron* bilan olti yuz nafar Filist sipohini o‘ldirdi.


4–BOB

Dobira va Baraq

1 Ehudning o‘limidan so‘ng Isroil xalqi yana Egamizning oldida qabih ishlar qildi. 2 Egamiz esa ularni Xazor shahri taxtida o‘tirgan Kan’on shohi Yobinga qaram qilib qo‘ydi. Uning lashkarboshisi Xaroshet–Xagoyim shahrida yashagan Sisaro edi.

3 Yobinning to‘qqiz yuzta temir jang aravasi* bor edi. Uning yigirma yil davomida

o‘tkazib kelgan zulmiga chiday olmagan Isroil xalqi najot so‘rab, Egamizga iltijo qildi.

4 Ayni zamonda Lappido‘tning xotini bo‘lgan payg‘ambar ayol Dobira Isroil xalqiga hakam* bo‘lib xizmat qilayotgan edi. 5 U Rama va Baytil shaharlari o‘rtasida, Efrayim qirlaridagi ma’lum bir palma daraxti tagida o‘tirar, Isroil xalqi esa janjalli masalalarni yechish uchun uning oldiga borar edi. Keyinchalik xalq o‘sha palma daraxtiga Dobira deb nom qo‘ydi. 6 Bir kuni Dobira Naftali yerlaridagi Kedesh shahriga bir odam jo‘natib, Baraqni chaqirtirib keldi. Baraq Abunavamning o‘g‘li edi. Dobira Baraqqa shunday dedi:

21 Sisaro charchaganidan yotib uxlab qoldi. Xaberning xotini Yovel esa bir qo‘liga chodir qozig‘ini, boshqa qo‘liga bolg‘a olib sekingina uning oldiga bordi. Qoziqni Sisaroning chakkasiga qoqib, boshini yerga qadab qo‘ydi. Sisaro o‘ldi. 22 Yovel Sisaroni quvib kelayotgan Baraqni qarshi olgani chiqib: “Keling, men sizga qidirayotgan odamingizni ko‘rsataman”, — dedi. Baraq chodirga kirdi. Qarasa, Sisaro o‘lib yotibdi, chakkasiga qoziq qoqilgan ekan.

23 O‘sha kuni Xudo Kan’on xalqining shohi Yobinni Isroil xalqiga bo‘ysundirdi.

24 Isroil xalqi kundan–kunga kuchayib, oxiri Kan’on shohi Yobinni butunlay yo‘q qildi.


5–BOB

Dobira va Baraqning qo‘shig‘i

1 Abunavam o‘g‘li Baraq bilan Dobira o‘sha kuni shunday qo‘shiq kuylashdi:


2 “Isroil yo‘lboshchilari yo‘l boshlaganda, Xalq fidoyilik ko‘rsatganda,

Egamizga hamdu sanolar ayting!


3 Eshiting, sizlar, ey shohlar! Quloq soling, ey yo‘lboshchilar! Egamizga men qo‘shiq aytarman,

Isroil xalqining Xudosi — Egamizni Kuylab soz chalarman.


4 Sen, ey Egam, Seirdan* yo‘lga chiqqaningda, Edom bo‘ylab yurish qilganingda,

Yer silkindi, osmon yomg‘irin quydi,

Ha, bulutlar sharros yomg‘irin to‘kdi.

5 Tog‘lar titradi Sinaydagi Egamiz oldida,

Isroil xalqining Xudosi — Egamizning oldida.


6 Onot o‘g‘li Shamgar davrida,

Yovel zamonida yurmay qo‘ygandi karvon. Yo‘lovchilar so‘qmoqdan yurishga bo‘ldi majbur. 7 Isroil qishloqlari huvullab qoldi butkul.

Men, Dobira, kelgunimga qadar, Isroilning volidasi singari, Bo‘m–bo‘sh edi Isroil qishloqlari!

8 Yangi xudolarni Isroil xalqi tanlaganda, Jang qizidi shahar darvozalarida.

Na qalqoni, na nayzasi bor edi Isroilning qirq mingta sipohida.

9 Qalbim moyil Isroil yo‘lboshchilariga,

Xalqning orasidagi fidoyilarga.

Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


10 Eshiting*, ey oq xachir minganlar, Qimmatbaho egarlarda o‘tirganlar! Ey yo‘lda yayov yurganlar!

11 Quduq oldidagi cho‘ponlarning* ovozlarin eshiting. Madh qilayotir ular Egamizning zafarlarini,

Isroildagi qishloqlarning g‘alabalarini.


Shahar darvozalariga hamla qildi Egamiz xalqi:

12 «Olg‘a bos, Dobira, olg‘a bos ildam! Olg‘a bos, kuylagin jangovar qo‘shiq!

Abunavam o‘g‘li Baraq! Qani, bo‘l sen ham! Asirlaringni o‘zing boshlagin!»

13 Xalqning qolgani bo‘ysundirdi bahodirlarni, Egamiz xalqi mag‘lub qildi pahlavonlarni,

14 Omoleklarni yenggan Efrayimdan* chiqqandi. Benyamin ham senga ergashdi,

Moxir naslidan kelishdi lashkarboshilar,

Zabulun qavmidan — hokimlik tayog‘in tutganlar. 15 Dobiraga qo‘shildi Issaxor yo‘lboshchilari, Baraqni qo‘lladi Issaxor o‘g‘lonlari.

Vodiyga shoshildi ular Baraq ortidan. Ammo beqarorlik qildi Rubenning nasli.

16 Nega sizlar qo‘ralarda qoldingiz, ey Ruben? Cho‘ponlarning qurey–qureylarin eshitganimi?! Beqarorlik qildi–ku Rubenning nasli.

17 Gilad Iordan ortida qoldi.

Dan o‘z kemalari yonida qoldi.

Osher dengiz sohilida o‘rnashib oldi, O‘z ko‘rfazlarida joylashib qoldi.

18 O‘limdan qo‘rqmadi Zabulun lashkari, Jonin ayamadi Naftali ham jang maydonida.


19 Tanaxda, Magido‘ suvlari yonida Kan’on shohlari urush ochishdi.

Biroq xazinani ular o‘lja qila olmadi.

20 Jang qildi yulduzlar samoda turib*,

Sisaroga urush qildi o‘z yo‘llarida yurib.

21 Supurib tashladi dushmanni Xishon daryosi,

O‘sha ko‘hna daryo — Xishon daryosi.

Ey jonim! Kuch ila olg‘a bos!


22 Tulporlar keldi dupur–dupur qilib,

Sisaro otlarining tuyoqlari yerni tamg‘alab.


23 «Miroz shahrini la’natla,

— deydi Egamizning farishtasi, —

Aholisini ham qattiq qarg‘agin,

Ular kelmadi Egamizga madad bergani, Pahlavonlarga qarshi Egamizga madad bergani.»


24 Xayin urug‘idan bo‘lgan Xaberning xotini — Yovel Ayollar orasida baraka topsin!

Chodirlarda yashaydigan ayollarning baxtlisi bo‘lsin. 25 Sisaro suv so‘raganda Yovel keltirdi sut, Shohkosada qatiq olib keldi u.

26 Chodir qozig‘ini qo‘liga oldi, O‘ng qo‘lida bolg‘ani tutdi.

Zarba bilan Sisaroning boshini yordi, Chakkasiga bir urib, teshib yubordi. 27 Sisaro sulayib yiqilib tushdi,

Yovelning oyog‘i ostida churq etmay qoldi. Yovelning oyog‘i ostida sulayib qoldi, Yiqilgan joyida jon taslim qildi.


28 Sisaroning onasi derazadan ko‘chaga qarar,

Panjara ortidan u zorlanib aytar:

«Aravalar qolib ketdi namuncha? Tuyoqlar ovozi eshitilmas hanuzgacha?» 29 Javob berar uning dono ayollari,

Javob berar takror–takror o‘ziga o‘zi:

30 «Bo‘lishayotgandir ular o‘ljani, Har qaysi sipohga bir–ikki juvonni, Sisaroga rang–barang liboslarni.

G‘oliblarga olib kelar ikki hissa qilib

Nafis naqshli liboslarni.»


31 Ey Egamiz! Dushmanlaring barchasi

Sisaroga o‘xshab qirilib ketsin! Do‘stlaring–chi, chiqayotgan quyoshday Charaqlab tursin!”

Yurtda qirq yil tinchlik barqaror bo‘ldi.


6–BOB

Gido‘n

1 Isroil xalqi Egamizning oldida qabihliklar qildi. Egamiz ularni yetti yilga Midiyon xalqining* qo‘liga berdi. 2 Midiyonlarning zulmiga chiday olmagan Isroil xalqi tog‘larda, g‘orlarda va adirlardagi pana joylarda yashirinib yurdi. 3 Har safar Isroil xalqi ekin ekkanda, Midiyonlar, Omolek xalqi va sharqdagi ko‘chmanchilar birgalikda ularning yerlariga bostirib kirishardi. 4 Ular Isroil yerida qarorgoh qurib, to G‘azo shahri atroflarigacha bo‘lgan hamma hosillarini nobud qilishardi. Isroil xalqi uchun hech qanday ozuqa qoldirmay, qo‘y, eshak, mollarigacha tortib olishardi. 5 Dushman galalari o‘zlari bilan chorvasini olib, hatto chodirlarini ham ko‘tarib kelishardi. Ular chigirtka* kabi g‘ijillab yotar edi, odamlarning va tuyalarining sanog‘iga yetib bo‘lmasdi. Ular kelib, butun yurtni xarob qilishardi. 6 Midiyonlarning dastidan jabr–jafo ko‘rgan Isroil xalqi Egamizdan najot so‘rab, faryod qildi.

7 Isroil xalqi Egamizga faryod qilganda, 8 Egamiz ularga bir payg‘ambar yuborib,

quyidagilarni xabar qildi:

qurbongohini buzibdi, qurbongoh yonidagi Asheraning ustunini ham kesib tashlabdi.

31 — Sizlar hali Baalning tarafini olyapsizlarmi?! — deya Yo‘sh g‘azablangan olomonga do‘q urdi. — Uni himoya qilyapsizlarmi? Kim uning tarafini olsa, tong otguncha o‘ldiriladi. Agar u xudo bo‘lsa, vayron bo‘lgan qurbongohi uchun o‘zi o‘ch olsin.

32 Gido‘n Baal qurbongohini buzib tashlagani uchun, odamlar o‘sha kundan boshlab Gido‘nni Yerubbaal deb atay boshladilar. Bu: “Baal o‘zi o‘ch olsin” deganidir.

33 Midiyonlar, Omolek xalqi va sharqdagi ko‘chmanchilar birgalikda Iordan daryosidan o‘tib, Yizril vodiysida qarorgoh qurdilar. 34 Egamizning Ruhi Gido‘nni qamrab oldi. Gido‘n burg‘u chalib, Abuazar urug‘idan bo‘lganlarni o‘ziga ergashishga chaqirdi. 35 U butun Manashe hududi bo‘ylab choparlar jo‘natib, u yerdagilarni ham o‘z atrofiga yig‘di. U Osher, Zabulun va Naftali qabilalariga ham o‘z choparlarini yuborgan edi. Ular ham kelib Gido‘nga qo‘shilishdi.

36 Shunda Gido‘n Xudoga dedi: “Isroil xalqini men orqali ozod qilishingni aytgan eding, bunga amin bo‘lmoq uchun, 37 mana men titilgan junni xirmonga qo‘yaman. Agar ertalab shudring faqatgina junning ustida bo‘lib, yer qup–quruq bo‘lsa, Sen Isroil xalqini men orqali ozod qilishingga ishonaman.” 38 Xuddi shunday bo‘ldi. Ertasi kuni Gido‘n barvaqt turib, junni olib siqdi, jundan bir kosa suv chiqdi. 39 Shunda Gido‘n Xudoga dedi: “Menga qahring kelmasin, Senga yana birgina gapim bor. Iltimos, jun bilan yana bir bor sinov o‘tkazay. Bu safar shunaqa qilginki, junning usti qup–quruq, yerning usti esa shudring bilan qoplangan bo‘lsin.” 40 Shu kechada Xudo xuddi shunday qildi. Junning usti qup–quruq bo‘lib, yerning usti esa shudring bilan qoplangan edi.


7–BOB

Gido‘n Midiyonlarni yakson qiladi

1 Yerubbaal, ya’ni Gido‘n, jamiki lashkari bilan barvaqt turib, qarorgohini Xaro‘d bulog‘ining bo‘yida joylashtirdi. Midiyonlarning qarorgohi esa ulardan shimolda, Mo‘re tepaligining* yonidagi vodiyda joylashgan edi.

2 Egamiz Gido‘nga dedi: “Sening lashkaring juda ko‘p bo‘lgani uchun Midiyonlarni qo‘llaringga berolmayman. Aks holda, Isroil xalqi, Meni ulug‘lamay, g‘alabaga o‘z kuchimiz bilan erishdik, deb o‘ziga bino qo‘yadi. 3 Dushmandan qo‘rqqanlarga ijozat ber, Gilad tog‘ini* tark etib, uylariga qaytib ketsinlar.” Shunday qilib, odamlarning yigirma ikki mingtasi qaytib ketib, o‘n mingtasi qoldi.

4 Keyin Egamiz Gido‘nga dedi: “Qolgan lashkar ham ko‘plik qiladi. Ularni suv bo‘yiga olib tush, u yerda senga ularni ajratib beraman. Men senga, bunisi sen bilan boradi deganim sen bilan boradi, bunisi esa sen bilan bormaydi deganim sen bilan bormaydi.”

5 Gido‘n lashkarni suv bo‘yiga olib tushdi. Egamiz unga dedi: “Suvni itga o‘xshab, yalab ichganlarning hammasini bir tarafga, cho‘kkalab ichganlarni esa boshqa tarafga turg‘izib qo‘y.” 6 Suvni hovuchlab yalaganlarning soni uch yuzta edi. Lashkarning qolganlari esa cho‘kkalab suvni ichgandi. 7 Egamiz Gido‘nga dedi: “Suvni yalab ichgan uch yuzta odam bilan sizlarni ozod qilib, Midiyonlarni qo‘llaringga beraman. Qolganlarni qo‘yib yubor, uylariga qaytib ketaverishsin.” 8 Gido‘n uch yuzta odamdan boshqa hammasini uylariga qaytarib yubordi. Ammo ketganlarning oziq–ovqatiyu burg‘ularini olib qoldi.

Midiyonlarning qarorgohi pastda, vodiyda joylashgan edi.

9 O‘sha kuni kechasi Egamiz Gido‘nga dedi: “Tur, qarorgohga hujum qil. Men uni sening qo‘lingga berdim. 10 Agar qo‘rqayotgan bo‘lsang, Purax degan xizmatkoringni olib, qarorgohga tush. 11 Midiyonlarning gapini eshitgach, yurak yutib qarorgohga hujum qilasan.” Gido‘n Purax ismli xizmatkorini olib pastga, yov qarorgohining etagiga tushdi. 12 Midiyonlar, Omolek xalqi va sharqdagi ko‘chmanchilar vodiyda chigirtkaday* g‘ijillab yotardi. Ularning tuyalari esa dengiz qirg‘og‘idagi qumday son–sanoqsiz edi.

13 Gido‘n yov qarorgohiga yetib borganda, bir odam o‘zining birodariga tushini aytib berayotganini eshitib qoldi. O‘sha odam shunday hikoya qilayotgan edi:

19 Yarim tunda, dushman qarorgohida soqchilar endi almashib bo‘lgan paytda, Gido‘n yonidagi yuzta odam bilan qarorgohga yaqinlashdi. Ular burg‘u chalib, qo‘llaridagi ko‘zalarni charsillatib sindirdilar. 20 Lashkarning qolgan ikki qismi ham burg‘u chalib, ko‘zalarni sindirdi. Hammalari o‘ng qo‘llarida burg‘u, chap qo‘llarida mash’ala ushlagancha: “Egamiz va Gido‘n uchun olg‘a!” — deb qichqirdilar. 21 Gido‘n odamlarining har biri qarorgoh atrofidagi o‘z joyida turardi. Qarorgohdagilar esa sarosima ichida, baqirib qochishardi. 22 Gido‘nning uch yuzta odami burg‘u chalganda, dushman qarorgohidagi lashkarlar bir–birini o‘ldira boshladilar. Bu Egamizning qudrati tufayli sodir bo‘ldi. So‘ng Midiyon lashkarlari Zariro tomon yugurib, to Bayt– Shittaxgacha, Tabbot yaqinidagi Ovil–Maxla shahrining* chegarasigacha qochishdi.

23 Shunda Gido‘n Midiyonlarni ta’qib qilish uchun Naftali, Osher va Manashe

qabilalarining odamlarini chaqirtirdi.

24 U butun Efrayim qirlari bo‘ylab choparlar jo‘natib dedi: “Pastga tushib Midiyonlarga qarshi jang qilinglar. Iordan daryosining va Bayt–Borogacha bo‘lgan barcha suv oqimlarining kechuv joylarini qo‘lga olib, Midiyonlarning o‘tishiga yo‘l qo‘ymanglar.” Efrayim odamlarining hammasi to‘planib, Iordan daryosining va Bayt– Borogacha bo‘lgan barcha suv oqimlarining kechuv joylarini egallab oldilar. 25 Ular Midiyonlarning ikkita lashkarboshisi Oriv va Zayovni* Iordanning sharqiy qirg‘og‘igacha ta’qib qilib, qo‘lga olishdi. Orivni bir qoyaning oldida, Zayovni esa uzum siqish chuqurining* oldida o‘ldirishdi. Keyinchalik bu joylar Oriv qoyasi va Zayov chuquri deb ataladigan bo‘ldi. So‘ng Midiyonlarni ta’qib qilishda davom etib, Oriv va Zayovning boshlarini Gido‘nga olib borishdi.


8–BOB

Gido‘n Midiyon shohlarini qo‘lga oladi

1 Efrayim qabilasi Gido‘nga:

U bu gaplarni aytgandan keyin, ular jahldan tushdilar.

4 Gido‘n uch yuzta odami bilan Iordan daryosiga kelib narigi qirg‘oqqa o‘tib oldi*.

Ular holdan toygan bo‘lsalar–da, dushmanning ketidan quvib ketayotgan edilar. 5 Gido‘n

Suxot shahri aholisiga murojaat qilib:

bersangizlar.

Midiyonlar ham, Ismoil avlodi singari*, tilla ziraklar taqib yurishardi.

25 — Jonimiz bilan, — deb javob berdi Isroil xalqi.

So‘ng bir kiyim yoyib, har biri o‘lja qilib olgan tilla zirakdan o‘sha kiyim ustiga tashladi. 26 Tilla ziraklarning o‘lchovi bir puddan ortiq* oltin chiqdi. Midiyon shohlari kiygan safsar liboslar, taqqan yarim oy shaklidagi va shokilali bezaklar hamda tuyalarining bo‘ynidagi tilla zanjirlar hisobga kiritilmagandi. 27 Gido‘n o‘sha oltindan bir haykal* yasab, uni o‘z shahri O‘fraga o‘rnatib qo‘ydi. Butun Isroil xalqi Xudoga bevafolik qilib, o‘sha yerdagi haykalga sig‘ina boshladi. Bu haykal Gido‘n va uning oilasi uchun tuzoq bo‘lib qoldi.

28 Shunday qilib, Midiyonlar mag‘lub bo‘ldilar. Ular Isroil xalqiga qarshi bosh

ko‘tarishga qayta jur’at etmadilar. Gido‘n paytida yurtda qirq yil tinchlik barqaror bo‘ldi.

Gido‘nning o‘limi

29 Yo‘sh o‘g‘li Gido‘n* uyiga qaytib ketdi. 30 Uning yetmishta o‘g‘li bor edi, chunki xotinlari nihoyatda ko‘p edi. 31 Shakam shahridagi cho‘risi* ham Gido‘nga bir o‘g‘il tug‘ib berdi. Gido‘n unga Abumalek deb ism qo‘ydi. 32 Gido‘n ulug‘ yoshga kirib olamdan o‘tdi va O‘fra shahridagi otasi Yo‘shning xilxonasiga dafn etildi. Bu shahar Abuazar urug‘iga qarashli edi.

33 Gido‘n olamdan ko‘z yumishi bilanoq, Isroil xalqi yana Xudoga bevafolik qilib, Baalning tasvirlariga sig‘ina boshladi, ular Baal–Beritni* o‘zlariga xudo qildilar. 34 Ularni atrofdagi dushmanlardan xalos qilgan Egasi Xudoni eslaridan chiqardilar. 35 Yerubbaal, ya’ni Gido‘n, Isroil xalqi uchun qilgan shuncha yaxshiliklariga qaramay, Isroil xalqi uning xonadoniga sodiq qolmadi.


9–BOB

Abumalek

1 Gido‘n* o‘g‘li Abumalek Shakam shahriga — tog‘alarining oldiga borib, barcha urug‘–aymoqlariga shunday dedi:

2 — Shakam beklarining huzuriga boringlar, ularga: “Ustingizdan Gido‘nning yetmishta o‘g‘li hukmronlik qilganidan ko‘ra, bittasi hukmronlik qilgani yaxshi emasmi?” deb aytinglar. Men sizlarning jigaringiz ekanimni ham eslaringdan chiqarmanglar.

3 Tog‘alari Abumalekning manfaatini ko‘zlab, bu so‘zlarni Shakam beklariga yetkazdilar. Shakam beklari esa: “Har qalay Abumalek qarindoshimiz”, deya uning tarafdorlari bo‘ldilar. 4 Shakam beklari unga Baal–Berit* uyidagi yetmish bo‘lak kumushni* berdilar. Abumalek esa bu kumushga yaramas odamlarni yolladi. 5 U O‘fraga

23 — Agar Egamiz bizni o‘ldirmoqchi bo‘lganda, don nazri va qurbonligimizni qabul qilmagan bo‘lardi, — dedi xotini. — Bu mo‘jizalarni bizga ko‘rsatib, bunday narsalarni aytib o‘tirmagan bo‘lardi.

24 Ayol o‘g‘il ko‘rdi, uning ismini Shimsho‘n qo‘ydi. Bola katta bo‘ldi, Xudo esa uni yorlaqadi. 25 Shimsho‘n Zorox bilan Eshtoyo‘l shaharlari* orasidagi Dan qabilasining qarorgohida* bo‘lganda, Egamizning Ruhi uni boshqara boshladi.


14–BOB

Shimsho‘n va Timnaxlik ayol

1 Bir kuni Shimsho‘n Timnax degan shaharga bordi. Timnaxda u bir Filist qizni ko‘rib

qoldi. 2 Uyiga qaytib kelgach, ota–onasiga shunday dedi:

4 Bu Egamizning xohishi edi, ammo Shimsho‘nning ota–onasi bundan bexabar edilar.

Egamiz Filistlarga qarshi jang qilish uchun bironta bahona qidirayotgan edi. O‘sha

zamonda Filistlar Isroilda hukmronlik qilardilar.

5 Shimsho‘n ota–onasi bilan Timnaxga yo‘l oldi. Ular Timnax uzumzorlariga yaqinlashganlarida, birdan Shimsho‘n oldidan bir sher chiqib qolib, o‘kirganicha unga tashlanmoqchi bo‘ldi. 6 O‘sha zahoti Egamizning Ruhi Shimsho‘nni qamrab olib, kuchini oshirdi. Shimsho‘n sherni, xuddi uloqchani parchalaganday, qo‘llari bilan osongina ikkiga bo‘lib tashladi. Ammo bo‘lib o‘tgan voqea haqida ota–onasiga og‘iz ham ochmadi.

7 So‘ng Shimsho‘n qizning oldiga borib, u bilan gaplashdi, qiz Shimsho‘nga nihoyatda

xush keldi. 8 Ko‘p o‘tmay Shimsho‘n qizga uylanmoqchi bo‘lib, Timnaxga qaytib bordi. Yo‘l–yo‘lakay sherning o‘ligini ko‘rib ketay deb, o‘sha tomon yo‘l soldi. Qarasa, sherning murdasida asalarining uyasi bilan asal bor ekan. 9 U bir hovuch asal olib, yo‘l–yo‘lakay yeb ketdi. Ota–onasining oldiga kelganda, ularga ham yeb ko‘rgani berdi, lekin asalni sherning murdasidan olganini aytmadi*.

10 Shimsho‘nning otasi kelinini ko‘rmoqchi bo‘lib, qudasining uyiga kirdi. Shimsho‘n o‘sha yerda to‘y munosabati bilan katta bir ziyofat berdi. O‘sha vaqtdagi urf–odatlar bo‘yicha, kuyovlar katta ziyofatlar berishardi. 11 Shimsho‘n ziyofat berish uchun Timnaxga borganda, Filistlar uning oldiga kuyov navkar qilib, o‘ttizta yigitni yubordilar. 12 Shimsho‘n ularga:

nega senga aytar ekanman?!

17 Ziyofat yetti kun davom etgan bo‘lsa, o‘sha yetti kun davomida kelin unga xiralik qilib yig‘layverdi. Yettinchi kuni Shimsho‘nning yuragini shu qadar ezib yubordiki, u toqat qila olmay topishmoqning javobini aytib berdi. Qiz javobni darhol Filist yigitlariga yetkazdi. 18 O‘sha kuni qosh qoraymasdan oldin yigitlar Shimsho‘nning oldiga kelib, topishmoqning javobini aytdilar:

“Asaldan shirin nima bor?!

Sherdan kuchli nima bor?!”


Shimsho‘n: “Agar g‘unajinimni ishga solmaganlaringda, topishmog‘imni topolmas edilaring”, — dedi.

19 So‘ng Egamizning Ruhi Shimsho‘nni qamrab olib, uning kuchini yanada oshirdi. Shimsho‘n Ashqalon shahriga* ketdi. U yerda o‘ttiz nafar Ashqalonlik odamni o‘ldirib, kiyim–boshlarini yechib oldi. O‘sha kiyim–boshlarni topishmoqning javobini aytganlarga berdi–yu, jahl ustida otasining uyiga qaytib ketdi. 20 Kelinning otasi esa qizini Shimsho‘nning kuyov jo‘rasiga uzatib yubordi.


15–BOB

1 Oradan vaqt o‘tdi. Bug‘doy o‘rimi paytida, Shimsho‘n bir uloqcha olib, xotinining

oldiga bordi. U qaynatasiga:

13 — Biz seni o‘ldirmaymiz, — deb so‘z berdi ular. — Biz seni bog‘lab, ularga topshirsak bo‘ldi.

Yahudo odamlari Shimsho‘nni ikkita yangi arqon bilan bog‘lab, shaharga olib keldilar. 14 Shimsho‘n Lexiga kelganda, Filistlar uni qiy–chuv bilan qarshilab olishdi. Shu zahoti Egamizning Ruhi Shimsho‘nni qamrab olib, yanada kuchini oshirdi. Shimsho‘n qo‘llaridagi arqonlarni kuygan zig‘ir tolalarini uzayotganday osonlikcha uzib tashladi.

15 So‘ng atrofiga bir nazar solib, eshakning jag‘ suyagini ko‘rib qoldi. Jag‘ suyagi oftobda qurib ketmagani uchun qattiq va og‘ir edi. Shimsho‘n suyakni olib, Filistlarni savalay boshladi. O‘sha kuni u ming nafar odamni o‘ldirdi. 16 Shunda Shimsho‘n dedi:


“Eshakning jag‘ suyagi bilan mingta odamni o‘ldirdim. Eshakning jag‘ suyagi bilan ularni uyum–uyum* qildim.”


17 U gapini tugatib bo‘lgach, suyakni uloqtirib yubordi–da, o‘sha joyni Ramat–Lexi* deb atadi.

18 Shimsho‘n rosa chanqab ketdi, so‘ng Egamizga iltijo qilib dedi: “Sen qulingga shunday buyuk bir g‘alabani berding. Hozir esa men tashnalikdan ado bo‘lib, sunnatsizlarning qo‘liga tushamanmi?!” 19 Xudo Lexida yer ostidagi bo‘shliqni yorib, u yerdan suv chiqardi. Shimsho‘n suv ichib o‘ziga keldi. Shuning uchun buloq En–Xaqqor* deb ataldi, u bugunga qadar* Lexidadir.

20 Filistlar hukmronligi davrida Shimsho‘n Isroil xalqiga yigirma yil hakamlik* qildi.


16–BOB

Shimsho‘n G‘azoda

1 Bir kuni Shimsho‘n Filistlarning shahri G‘azoga bordi. U yerda bir fohisha ayolni ko‘rib uning oldiga kirdi. 2 G‘azoliklar Shimsho‘n kelganini bilgach, o‘sha joyni o‘rab olishdi. Ularning ba’zilari shahar darvozasida* yashirinib, kechasi bilan uni poylab turishdi. Ular tun bo‘yi pisib, “Qani, tong yorishguncha kutib turaylik–chi, keyin uni o‘ldiramiz”, deb o‘ylayotgan edilar. 3 Shimsho‘n esa fohishanikida faqatgina yarim kechagacha bo‘ldi. U tun yarmida turib, shahar darvozasini yondorlari bilan sug‘urib oldi–da, barcha tambalari bilan yelkasiga ortib, Xevron* ro‘parasidagi tepalikning ustiga olib chiqdi.

Shimsho‘n va Dalila

4 Ko‘p o‘tmay Shimsho‘n So‘rax vodiysida yashaydigan Dalila ismli bir juvonni yaxshi ko‘rib qoldi. 5 Filist beklari* juvonning oldiga kelib, shunday dedilar: “Shimsho‘n bunday buyuk kuchni qayerdan olarkan? Uni bog‘lab bo‘ysundirish yo‘lini biz uchun bilib bersang, har birimiz senga 1100 bo‘lakdan kumush* beramiz.”

6 Bir kuni Dalila Shimsho‘nga yalinib:

Shimsho‘n uyqudan turib, har safargidek o‘zimni xalos qilaman, deb o‘yladi. Ammo Egamiz uni tark etgan edi, Shimsho‘n esa bundan bexabar edi. 21 Filistlar uni qo‘lga olib, ko‘zlarini o‘yib tashlashdi. So‘ng G‘azoga olib ketib, zanjirband qilishdi. Shimsho‘n zindondagi tegirmon toshini yurgizib, g‘alla yanchar edi. 22 Shimsho‘nning sochlari yana o‘sa boshladi.

Shimsho‘nning o‘limi

23 Bayramga yig‘ilgan Filist beklari: “Xudoyimiz Do‘g‘on dushmanimiz Shimsho‘nning ustidan bizga g‘alaba berdi!” deya shodu xurramlik bilan xudosiga ko‘p qurbonliklar keltirdilar. 24 Xalq Shimsho‘nni ko‘rgach: “Yurtimizni xarob qilgan, talay sipohlarimizni o‘ldirgan dushmanni xudoyimiz qo‘limizga berdi”, deya xudosiga hamdu sanolar ayta boshladi. 25 Mast, vaqti chog‘ bo‘lgan odamlar: “Shimsho‘nni keltiringlar, biz uchun bir o‘ynab bersin!” deb baqira boshladilar. Shimsho‘nni zindondan keltirishdi, odamlar uni tomosha qilsin deb, ustunlar o‘rtasiga turg‘izib qo‘yishdi. 26 Shimsho‘n uni yetaklab kelgan yigitga dedi: “Binoni ko‘tarib turgan ustunlarni paypaslab ko‘ray. Ularga suyanib olmoqchiman.” 27 Uy erkagu ayol bilan to‘lgan, hamma Filist beklari o‘sha yerda edi.

Tomning ustidagi ochiq ayvonda uch mingga yaqin odam Shimsho‘nni tomosha

qilayotgan edi.

28 Shimsho‘n Egamizga iltijo qilib, dedi: “Yo Egam Rabbiy, meni esla. Ey Xudo, yana bir bor menga kuch ber, men Filistlardan ikki ko‘zim uchun yoppasiga o‘ch olay.”

29 Shimsho‘n uyni ko‘tarib turgan o‘rtadagi ikki ustun orasida turgan edi. U o‘ng qo‘lini biriga, chap qo‘lini ikkinchisiga qo‘ydi–da, tirandi. 30 Keyin qichqirib: “O‘lsam, Filistlar bilan o‘lay!” — dedi–yu, kuchi boricha ustunlarni itardi. Uy qulab, u yerdagi beklar bilan odamlarni bosib qoldi. Shunday qilib, o‘sha joyda o‘lgan odamlarning soni Shimsho‘n hayot davrida o‘ldirgan odamlarning sonidan ziyoda edi.

31 Shimsho‘nning aka–ukalari bilan butun oilasi G‘azoga kelib, uning jasadini uyga olib ketishdi. Keyin otasi Monuvaxning Zorox bilan Eshtoyo‘l shaharlari* orasidagi xilxonasiga dafn qilishdi. Shimsho‘n yigirma yil davomida Isroil xalqiga hakam* bo‘lgan edi.


17–BOB

Mixoning butlari

1 Efrayim qirlarida Mixo degan bir odam yashardi. 2 Bir kuni u onasiga shunday dedi:

boshpana qidirib yuribman.

10 — Kel, menikida tura qol, — dedi Mixo. — Mening maslahatchim hamda ruhoniyim bo‘l. Men esa har yili senga o‘n bo‘lakdan kumush* to‘lab, kiyim–kechaging bilan yeguligingni beraman.

11-12 Levi Mixonikida turishga rozi bo‘ldi. Mixo uni ruhoniy qilib tayinladi. Levi Mixonikida yashab yurdi va Mixoga xuddi o‘g‘liday bo‘lib qoldi. 13 Shunda Mixo dedi: “Mana endi Egam menga baraka berishini bilaman, chunki levining o‘zi menga ruhoniy bo‘lib xizmat qilyapti.”


18–BOB

Mixo va Dan qabilasi

1 Bu voqealar sodir bo‘lgan davrda Isroilda shoh yo‘q edi. Dan qabilasi Isroil qabilalari orasida o‘ziga ulush bo‘lib tushgan yerni hanuz qo‘lga kiritmagani sababli istiqomat qilish uchun joy qidirib yurgan edi. 2 Bir kuni ular o‘z qabilasining jamiki urug‘lari orasidan beshta jangchini tanlab: “Boringlar, yurtni sinchiklab tekshirib chiqinglar”, — deya ularni Zorox va Eshtoyo‘l shaharlaridan* jo‘natib yubordilar. Bu odamlar yo‘l yurib, Efrayim qirlaridagi Mixoning uyiga kelib qolishdi va tunni o‘sha yerda o‘tkazishdi. 3 Ular Mixoning uyida bo‘lganlarida yosh levini* shevasidan tanib qolishdi–da, uning oldiga borib:

24 — Sizlar men yasattirgan xudolar bilan ruhoniyimni olib ketib, meni ship–shiydam qildingiz–ku. Yana: “Tinchlikmi?” deganingiz nimasi?! — deya javob berdi Mixo.

25 — Ovozingni o‘chir, — dedi unga Dan odamlari. — Bo‘lmasa, qoni qaynagan birodarlarimiz jag‘ingni ezib, o‘zingni ham, uyingdagilarni ham yo‘q qilib yuborishadi.

26 Dan odamlari yo‘ldan qolmadilar. Mixo esa ularga bas kelolmasligini ko‘rib, uyiga

qaytib ketdi.

27 Dan qabilasi Mixo yasattirgan narsalarni va uning xizmatida bo‘lgan ruhoniyni Layishga olib bordilar. Ular Layishda tinch va xotirjam yashayotgan odamlarni qilichdan o‘tkazib, shaharga o‘t qo‘ydilar. 28 Layish aholisiga najot beradigan hech kim yo‘q edi, chunki Layish Sidondan juda uzoqda bo‘lib, yaqin atrofidagi shaharlar bilan esa hech qanday aloqa o‘rnatmagan edi. Layish Bayt–Rexob shahri bilan bir vodiyda joylashgan edi. Dan qabilasi shaharni tiklab, u yerda o‘rnashib oldi. 29 Shaharni esa ota–bobosi Yoqub* o‘g‘li Danning nomi bilan atadi. Dan shahrining eski nomi Layish edi. 30 Dan qabilasi o‘zi uchun Mixodan tortib olgan, kumush bilan qoplangan butni o‘rnatdi.

Gershom o‘g‘li Yo‘natan esa ularga ruhoniy bo‘ldi. Yo‘natan Musoning* nabirasi edi. Isroil xalqi surgun bo‘lguniga qadar*, Yo‘natanning butun nasli ham Dan qabilasiga ruhoniylik qildi. 31 O‘sha davrda Xudoning uyi Shilo‘ shahrida* joylashgan edi, ammo Dan qabilasi u yerga bormay, Mixo yasattirgan butga sajda qilib keldi.


19–BOB

Givo aholisi og‘ir gunoh qiladi

1 Isroilda shoh bo‘lmagan o‘sha davrlarda Efrayim qirlarining kimsasiz joyida Levi

qabilasidan bir odam yashardi. U Yahudo hududidagi Baytlahm shahridan bir cho‘rini* o‘ziga xotin qilib oldi. 2 Ammo xotini unga bevafolik qilib, otasining uyiga — Yahudodagi Baytlahmga qaytib ketdi. Oradan to‘rt oy o‘tdi. 3 Levi esa u bilan yarashmoqchi bo‘lib, orqasidan bordi. U o‘zi bilan xizmatkori va bir juft eshagini olgan edi. Ular xotinining qizlik uyiga yetganlarida, levining qaynatasi ularni xursand bo‘lib qarshilab oldi. 4 U qo‘ymay, ularni uyida uch kun mehmon qildi. Ular yeb–ichib, u yerda tunadilar.

5 To‘rtinchi kuni levi barvaqt turib yo‘lga shaylandi. Qaynatasi esa unga: “Yo‘lga chiqishdan oldin choy–poy ichib oling, o‘g‘lim, quvvat bo‘ladi, keyin ketarsizlar”, — dedi. 6 Shunda ular o‘tirib, birga yeb–ichishdi. Keyin qizning otasi: “Bugun ham qolib dam olsangizlar bo‘lardi”, — dedi. 7 Levi ketmoqchi bo‘lib o‘rnidan turganda ham uni yana qo‘yarda–qo‘ymay uyida olib qoldi. 8 Beshinchi kuni levi ketmoqchi bo‘lib erta bilan saharda turganda, qizning otasi unga: “Choy–poy ichib oling, kechroq ketarsizlar”, — dedi. Ular o‘tirib yeb–ichishdi.

9 Levi xotini va xizmatkori bilan ketmoqchi bo‘lib dasturxondan turganda, qaynatasi unga shunday dedi: “Qarang, o‘g‘lim, kech bo‘lib qoldi. Shu yerda tunab qolaqolinglar.

Kun ham og‘ib qopti. Bu yerda qolib, damingizni olinglar. Ertaga esa saharda turib

uylaringga ketarsizlar.”

10 Levi ko‘nmay yo‘lga tushdi. Xotini va xurjun ortilgan bir juft eshagi bilan yo‘l yurib Yobus shahriga, ya’ni Quddusga yetib oldi. 11 Ular Yobusga yaqinlashganlarida kech kirib qolgandi. Xizmatkor xo‘jayiniga dedi: “Keling, Yobus xalqining shahriga kirib, u yerda tunab qolaylik.” 12 “Yo‘q, — dedi xo‘jayin. — Isroil xalqiga yot bo‘lgan begonalarning shahriga kirmaymiz, undan ko‘ra, yo‘limizni davom qilib, Givoga boramiz.” 13 Levi gapida davom etib xizmatkoriga dedi: “Kel, ikkovidan biriga — Givoga yoki Ramaga* yetib olishga harakat qilaylik.” 14 Ular yo‘lda davom etib, kunbotar paytida Benyamin qabilasiga qarashli Givo shahriga yaqinlashib qolishdi. 15 So‘ng Givoda tunab qolmoqchi bo‘lib, shahar tomon yo‘l olishdi–da, borib shaharning maydonida o‘tirishdi, ammo hech kim ularni tunash uchun uyiga taklif qilmadi.

16 Oqshom kirganda, bir chol daladagi ishlarini tugatib qaytib kelayotgan edi. Givoda yashayotgan aholining aksariyat qismi Benyamin qabilasidan edi, ammo bu chol Givoga Efrayim qirlaridan kelib, endi shu yerlarda istiqomat qilayotgan edi. 17 Chol shahar maydonida o‘tirgan musofirlarni ko‘rib:

20 — Uyimga marhamat qilinglar, — dedi chol. — Men hamma kamchiliklaringizning

g‘amini yeyman. Faqat ko‘chada qolmasangizlar, bas!

21 Chol ularni uyiga olib borib, eshaklariga yem berdi. So‘ng mezbonu mehmonlar

oyoqlarini yuvib* ovqatlanishdi.

22 Ular dam olib o‘tirganlarida, birdaniga shaharning yaramas odamlari uyni o‘rab

olishdi–da, eshikni tars–turs urib:

25 Lekin odamlar cholning gaplariga quloq solishmadi. Shunda levi xotinini itarib, ularning oldilariga chiqarib yubordi. Ular ayol bilan yotib, ertalabgacha uni zo‘rlashdi. Tong yorishayotganda esa qo‘yib yuborishdi. 26 Saharda ayol kelib, xo‘jayini tunab qolgan cholning eshigi oldida yiqildi va tong otguncha u yerda qoldi.

27 Ertalab xo‘jayini yo‘lga chiqmoqchi bo‘lib, eshiklarni ochdi. Qarasa, eshik tagida xotini qo‘llarini ostonaga uzatib yotgan ekan. 28 “Qani, tura qol, bo‘l, ketyapmiz”, — dedi

u. Lekin javob bo‘lmadi*. Keyin u xotinini eshagiga ortib, uyiga yo‘l oldi. 29 U uyiga yetib kelgach, pichoq bilan xotinining jasadini o‘n ikki qismga bo‘ldi. Bo‘laklarni butun Isroil bo‘ylab Isroilning o‘n ikki qabilasiga yubordi. 30 Buni ko‘rgan har bir odam shunday deb aytardi: “Isroil xalqi Misrdan chiqqanidan beri bunday vahshiy hodisa sodir bo‘lmagan. Endi o‘ylab ko‘raylik, mulohaza qilib hukm chiqaraylik!”


20–BOB

Isroil xalqi urushga tayyorlanadi

1 Dan va Bersheba shaharlarining orasidagi keng hududda va Gilad o‘lkasida yashagan butun Isroil xalqi bir yoqadan bosh chiqarib, Egamiz huzurida Mispaxda* to‘plandi. 2 Xudo ahlining yig‘inida jamiki Isroil qabilalarining yo‘lboshchilari va 400.000 qurollangan piyoda sipoh qatnashdi. 3 Mispaxdagi yig‘in haqidagi xabar tez orada Benyamin qabilasiga ham yetib bordi.

Isroil xalqi shunday dedi:

11 Shunday qilib, butun Isroil xalqi bir yoqadan bosh chiqarib, shaharga hujum qilish

uchun to‘plandi.

12 Isroil qabilalari Benyamin qabilasi bo‘ylab odamlarni yuborib dedilar: “Ey xaloyiq, orangizdagi ayrim odamlar dahshatli bir jinoyatga qo‘l urdi. 13 Givodagi yaramaslarni

hoziroq bu yerga chiqaringlar, biz ularni o‘ldirib, Isroil xalqi orasidan yovuzlikni yo‘q qilamiz.” Ammo Benyamin qabilasi Isroil xalqining gaplariga quloq solmadi. 14 Ular shaharlaridan chiqib, Isroil xalqiga qarshi jang qilish uchun Givoga bordilar. 15 O‘sha kuni Givo shahridan bo‘lgan yetti yuzta saralangan jangchidan tashqari Benyamin qabilasining boshqa shaharlaridan kelgan qurollangan sipohlarning soni yigirma olti ming edi. 16 Bularning orasida yetti yuz nafar chapaqay askar bor edi. Ularning hammasi mohir mergan edi. Ularga bir tola sochni nishon qilib qo‘ygan taqdirda ham palaxmondan tosh otib, mo‘ljalga bexato tekkizishardi. 17 Isroil xalqi esa Benyamin qabilasidan ajralgan holda 400.000 qurollangan mohir jangchini to‘pladi.

Benyamin qabilasiga qarshi jang

18 Isroil lashkari Baytil shahridagi sajdagohga* chiqib: “Oramizdan kim birinchi bo‘lib Benyamin qabilasiga hujum qilishi kerak?” — deya Xudoga iltijo qildi.

“Yahudo qabilasi hujum qilsin”, — deb javob berdi Egamiz.

19 Keyingi kuni ertalab Isroil lashkari borib, Givo shahrining yaqinida qarorgoh qurdi. 20 So‘ng ular Benyamin jangchilariga hujum qilish uchun Givo shahrining ro‘parasida saf tortishdi. 21 Benyamin jangchilari Givodan chiqib, Isroil lashkari bilan jang qilishdi. O‘sha kuni yigirma ikki ming Isroil sipohi halok bo‘ldi. 22-23 Isroil lashkari Egamizning huzuriga borib, kechgacha faryod qildi. Ular Egamizdan: “Benyamin qarindoshimizga qarshi yana jang qilaylikmi?” — deb so‘rashdi. “Ularga hujum qilinglar”, — deb javob berdi Egamiz. Isroil lashkari ko‘tarinki ruhda ilgarigiday avvalgi joyda saf tortdi.

24 Ular ikkinchi kuni ham Benyamin jangchilariga qarshi jang qilishdi. 25 O‘sha kuni Benyamin jangchilari Givodan chiqib, yana o‘n sakkiz ming mohir Isroil sipohini o‘ldirishdi. 26 Shunda Isroil lashkari Baytilga* qaytib, yig‘i–sig‘i qildi. Ular o‘sha kuni kechgacha Egamizning huzurida o‘tirib ro‘za tutishdi. Egamiz huzurida kuydiriladigan qurbonliklar va tinchlik qurbonliklarini keltirishdi.

27-28 Xudoning Ahd sandig‘i o‘sha yerda — Baytilda turgan edi, Elazar o‘g‘li Finxaz esa Ahd sandig‘i yonida o‘z xizmatini ado etardi. Finxaz Horunning nabirasi edi.

Isroil lashkari Egamizdan: “Qarindoshimiz Benyamin qabilasiga qarshi jang qilaylikmi, yo‘qmi?” — deb so‘radi.

“Jang qilinglar, — deb javob berdi ularga Egamiz. — Ertaga Men ularni sizlarning qo‘lingizga beraman.” 29 Isroil lashkari Givoning tevarak–atrofidagi pistirmalarga odamlarni o‘tirg‘izib qo‘ydi. 30 O‘zlari esa uchinchi marta Benyamin jangchilariga qarshi jang qilish uchun Givo ro‘parasida oldingiday saf tortishdi. 31 Benyamin jangchilari urushga chiqishdi. Isroil lashkari ilgarigidek chekina boshladi. Benyamin jangchilari Isroil lashkarini ta’qib qilib, shahardan uzoqlashib qolishdi. Ular Baytil va Givoga ketadigan katta yo‘llarda va ochiq maydonlarda o‘ttiztacha Isroil sipohini o‘ldirishdi.

32 Benyamin jangchilari: “Bular oldingiday tumtaraqay bo‘lishyapti”, deb o‘ylashgan edi. Aslida esa Isroil lashkari ularni shahardan uzoqlashtirish niyatida shunday qilayotgan edi.

33 Isroil lashkarining asosiy qismi jang maydonini orqaga — Baal–Tamar shahri tomon tortdi. Shunda birdaniga Gebo tekisligidagi* pistirmada yotgan sipohlar chiqishdi. 34 Isroil lashkarining o‘n ming saralangan jangchisi Givoga hujum qildi va u yerda qattiq jang boshlandi. Benyamin jangchilari bunday falokat yuz berishini

kutishmagan edi.

35 Egamiz ularni Isroil lashkari oldida mag‘lub qildi. O‘sha kuni Isroil lashkari qurollangan 25.100 Benyamin jangchisini o‘ldirdi. 36 Shunda Benyamin jangchilari mag‘lubiyatga uchraganlarini tushunishdi.

Isroil lashkarining asosiy qismi Benyamin jangchilari oldida chekingan edi. Shu orqali ular Givo atrofidagi pistirmalarda o‘tirgan Isroil sipohlariga shaharga hujum qilish uchun qulay vaziyat yaratib bergan edilar. 37 Pistirmadagi sipohlar Givo tomon otildilar. Ular shahardagi bor odamni qirib tashladilar. 38 Isroil lashkarining asosiy qismi bilan pistirmadagi sipohlar o‘zaro shunday kelishib olgandilar: shahardan quyuq tutun chiqishi bilanoq, 39 Isroil lashkarining asosiy qismi orqaga qaytib jang qilishi kerak edi.

Shu orada Benyamin jangchilari o‘ttiztacha Isroil sipohini o‘ldirgan edilar. Shu sababdan ular: “Isroil lashkari ilgarigiday chekinishi aniq”, deb o‘ylagan edilar. 40 Biroq ortga qaraganlarida shahardan quyuq tutun bulut bo‘lib ko‘tarilganini va butun shahar yong‘in ostida qolganini ko‘rdilar. 41 Shunda Isroil lashkarining asosiy qismi ortiga qaytdi. Benyamin jangchilari esa mag‘lubiyatga uchraganlarini anglab, sarosimaga tushdilar. 42 Ular Isroil lashkaridan qochmoqchi bo‘lib, sahro tomon yugurdilar, ammo qirg‘indan qochib qutula olmadilar. Chunki shahardan chiqib kelayotgan sipohlar bilan Isroil lashkarining asosiy qismi ularni ikki tomondan siqib kelayotgan edi. 43 Isroil lashkari Benyamin jangchilarini qurshovga olib, Givoning sharq tomonigacha ularni to‘xtamay ta’qib qilib, o‘ldirdi. 44 Benyamin qabilasining o‘n sakkiz ming bahodir jangchisi halok bo‘ldi. 45 Boshqalari esa sahrodagi Rimmon qoyasiga qarab qochishdi. Isroil lashkari ulardan besh mingtasini katta yo‘llarda qirib tashladi, qolganlarini esa Gido‘mgacha ta’qib qilib, yana ikki mingtasini o‘ldirdi. 46 O‘sha kuni Benyamin qabilasidan jami yigirma besh ming qurollangan dovyurak jangchi halok bo‘ldi. 47 Ammo olti yuzta sipoh sahrodagi Rimmon qoyasiga qochishga muvaffaq bo‘ldi. Ular to‘rt oy mobaynida u yerda yashab yurdilar. 48 Isroil lashkari Benyamin shaharlariga qaytib, u yerda qolgan–qutgan odamlarni, mollarni, barcha jonzotni qirib tashladi, atrofdagi shaharlarga o‘t qo‘ydi.


21–BOB

Benyamin yigitlari uchun kelinlar

1 Isroil xalqi Mispaxdagi* yig‘inda: “Birontamiz ham Benyamin qabilasiga qiz uzatmaymiz”, — deb ont ichgan edi. 2 Benyamin qabilasi bilan bo‘lgan urushdan keyin Isroil xalqi Baytilga* borib, Xudoning huzurida kechgacha o‘tirdi. Ular faryod ko‘tarib:

3 “Ey Isroil xalqining Xudosi — Egamiz, nega bunday ko‘rgilik boshimizga tushdi?! Nega Isroilning bir qabilasi yo‘q bo‘lib ketdi?!” deya achchiq–achchiq yig‘ladilar.

4 Ertasi kuni odamlar barvaqt turib, u yerda qurbongoh qurdilar. Ular kuydiriladigan qurbonliklar va tinchlik qurbonliklarini keltirdilar. 5 Keyin bir–birlaridan: “Isroil qabilalaridan Egamiz huzurida o‘tkazilgan yig‘inga kelmaganlar bormi?” deb so‘radilar. Chunki ular, Mispaxda — Egamiz huzurida o‘tkazilgan yig‘inda ishtirok etmagan har bir kishining jazosi o‘limdir, deb qat’iy bir qasam ichgan edilar. 6 Isroil xalqi o‘z jigari bo‘lgan Benyamin qabilasiga achinib: “Evoh, bugun Isroilning bir qabilasi yo‘q bo‘ldi”, deya ko‘p o‘kindi. 7 “O‘sha qabiladan faqatgina bir nechta yigit omon qoldi, xolos. Endi ular uchun qayerdan qiz topamiz? Birontamiz ularga qiz uzatmaymiz, deb Egamizning

nomi bilan qasam ichgan edik–ku!”

8 Isroil xalqi: “Mispaxdagi yig‘inda qatnashmaganlar bormi?” deya surishtira boshladi. Shunda Giladdagi Yobosh shahrining aholisi yig‘inda qatnashmaganligi ma’lum bo‘ldi. 9 Chunki yo‘qlama qilinganda o‘sha shahardan hech kim yo‘q edi. 10 Butun jamoa o‘n ikki ming jangchini tanlab, ularga: “Boringlar, Giladdagi Yobosh shahrining butun aholisini qirib tashlanglar, xotinu bola–chaqalarini ham ayamanglar!” dedi. 11 “Har bir erkak va er ko‘rgan har bir ayol o‘ldirilsin.” 12 Jangchilar Yobosh* aholisining orasidan to‘rt yuzta er ko‘rmagan, yosh bokira qizni topib, ularni Kan’on yurtidagi Shilo‘ qarorgohiga olib keldilar.

13 Keyin butun jamoa Rimmon qoyasidagi Benyamin odamlariga xabar yuborib, tinchlik e’lon qildi. 14 Benyamin odamlari o‘z uylariga qaytib borishdi. Isroil xalqi Giladdagi Yobosh aholisining omon qolgan qizlarini ularga turmushga berdi. Ammo qizlarning soni Benyamin odamlariga qaraganda kamroq edi.

15 Isroil xalqi Benyamin qabilasiga nihoyatda achinar edi, chunki Egamiz ularni

deyarli yo‘q qilib yuborgan edi. 16 Shunda jamoa oqsoqollari shunday dedilar:

chiqqanda, uzumzordan chiqib, har biringiz o‘zlaringiz uchun qiz olib qochinglar.

22 Qizlarning otalari yoki aka–ukalari oldimizga shikoyat qilib keladigan bo‘lishsa, biz ularga shunday deymiz: “Qizlaringizni olib qolishimizga ijozat beringlar. Tushuninglar axir, biz Giladdagi Yoboshga hujum qilganimizda Benyamin yigitlari uchun yetarlicha qiz olib kela olmadik. Garchi Benyamin yigitlari qizlaringizni olib qochgan bo‘lsa–da, sizlar qasamni buzgan hisoblanmaysizlar.”

23 Benyamin odamlari Shilo‘ga borib, uzumzorlarda yashirinib oldilar. Qizlar raqsga tushganlarida ular o‘zlari uchun bittadan qiz olib qochdilar. So‘ng olib qochgan qizlari bilan uylariga qaytib ketdilar, shaharlarini tiklab, o‘sha joyda yashadilar. 24 Butun Isroil jamoasi ham uy–uylariga, qabilalari va oilalariga qaytib bordi.

25 O‘sha davrlarda Isroilda shoh yo‘q edi. Har bir odam bilganini qilar edi.

IZOHLAR

1:1 Yoshuaning o‘limi — Yoshua 24:29-30 ga qarang.

1:7 …dasturxonimdan tushgan ushoqlarni terib yurishar edi — bu harakat mag‘lubiyat va

xorlikning bir belgisi edi.

1:8 …Quddusga hujum qilib, shaharni qo‘lga kiritdi — shahar mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa ham, hali Isroil xalqi tomonidan egallanmagan edi (shu bobning 21–oyatiga qarang). Shoh Dovud Quddusni bosib olgandan keyingina, Isroil xalqi bu shaharga egalik qildi

(2 Shohlar 5:6-10 ga qarang).

1:10 Xevron shahri — Quddusdan qariyb 32 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan.

1:12 Xolib — Yahudo qabilasining oqsoqollaridan biri (Yoshua 14:6-14 va Sahroda 13:7, 31, 14:6, 10, 20-24 ga qarang). Shu bobning 12-15–oyatlarida yozilgan hikoya Yoshua 15:13-19 da qayd etilgan.

1:14 …qiz O‘tniyolga: “Keling, otamdan… — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalarda …O‘tniyol qizga: “Kel, otangdan….

1:16 palma shahri Yerixo — ibroniycha matnda Palma shahri. Yerixo shahrini shu nom bilan ham atashardi.

1:17 Xo‘rmax — ibroniychadagi ma’nosi vayrona.

1:18 G‘azo, Ashqalon, Exron shaharlari — Filistlarning beshta shahridan uchtasi (Yoshua 13:3 ga qarang).

1:19 temir jang aravalari — bu aravalarning ba’zi qismlari temirdan yasalgan edi, xolos.

1:20 Muso aytganidek… — Yoshua 15:13-14 ga qarang.

1:20 Onoq avlodidan kelib chiqqan uchta urug‘ni — Onoq avlodi Isroil xalqidan avval Kan’onda yashagan, ular gavdasi ulkan, kuchli jangchilari bilan mashhur bo‘lgan xalq (Sahroda 13:33-34, Qonunlar 1:28, 2:10-11, 20-21, 9:1-2 ga qarang).

1:21 bugunga qadar — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

1:22 Baytil shahri — Quddusdan qariyb 19 kilometr shimolda joylashgan.

1:24 yashirin kirish joyi — qadimda devor bilan o‘ralgan shaharlarda faqat shahar aholisi biladigan bir–ikkita kichkina kirish joylari bo‘lgan. Shaharning asosiy darvozalari qulf bo‘lsa ham, odamlar mana shu joylardan shaharga kira olardilar.

1:26 Xet xalqining yurti — Xet xalqining bir shohligi bo‘lib, markazi hozirgi Turkiya hududida joylashgan edi. Bu shohlik bir vaqtlar janubdan hozirgi Suriyagacha cho‘zilgan edi.

1:34 Amor xalqlari — bu o‘rinda umumiy nom bo‘lib, bu nom ostida o‘sha vaqtlarda Kan’onda istiqomat qilgan Isroil xalqidan boshqa qolgan hamma xalqlar nazarda tutilgan.

1:36 Chayonlar dovoni — ibroniycha matnda Akrabim dovoni, ma’nosi chayonlar dovoni.

2:1 Gilgal — Yerixo shahridan sharqda joylashgan. Isroil xalqi Yoshua boshchiligida yurtga kirganlaridan keyin, birinchi marta mana shu joyda qarorgoh qurganlar (Yoshua 4:19-5:12 ga qarang).

2:3 …sizlarga dushman bo‘lib… — yoki …ular sizlarga tuzoq bo‘lib qoladi…, yoki …ular sizlarning biqiningizdagi tikanday bo‘ladi….

2:5 Boxim — ibroniychadagi ma’nosi yig‘laydiganlar.

2:9 Timnat–Serax — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Timnat–Xares. Uning Timnat–Serax degan shakli Yoshua 24:30 dan olingan (yana Yoshua 19:50 ga qarang).

2:16 hakamlar — o‘sha vaqtda Isroilning yo‘lboshchilari hakamlar deb atalgan. Isroil xalqi dushmanlariga qarshi urush ochganda, hakamlar lashkarboshi sifatida xizmat qilardi. Shuningdek, hakamlar qozi vazifasini, ayrim hollarda diniy vazifalarni ham bajarar edilar.

3:3 beshta Filist begi — bu beklar Filistlarning G‘azo, Ashdod, Ashqalon, Gat va Exron

degan shaharlarida hukmronlik qilardilar (Yoshua 13:3 ga qarang).

3:3 Levo–Xomat — yoki Xomat dovoni.

3:7 Ashera — Kan’ondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik xudosi bo‘lib, ayol qiyofasida tasavvur qilingan. Uning erkak jufti Baal edi. Asheraning tasvirlari baland ustun shaklida bo‘lib, yog‘ochdan yasalgan edi.

3:8 Oram–Naxrayim — ibroniychadagi ma’nosi Ikki daryoning Orami demakdir. Bu yer Furot daryosi bo‘yida joylashgan bo‘lib, hozirgi Suriya mamlakatining shimoliy qismini va hozirgi Turkiyaning janubi–sharqiy qismini qamrab olardi.

3:10 hakam — 2:16 izohiga qarang.

3:12 Mo‘ab yurti — O‘lik dengizning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan edi.

3:13 palma shahri Yerixo — ibroniycha matnda Palma shahri. Yerixo shahrini shu nom bilan ham atashardi.

3:16 bir tirsak — taxminan 45 santimetrga to‘g‘ri keladi.

3:19 Gilgal — bu joy Yerixo shahridan qariyb 2,5 kilometr masofada bo‘lgan. Bu voqea yuz berganda shoh Eglon Yerixo shahridagi saroyida bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

3:19 haykallar — yoki butlar yoxud yodgorliklar (shu bobning 26–oyatida ham bor). 3:22 …xanjar tig‘i shohning qornini yorib butidan chiqdi — yoki …u xonadan chiqib ketdi. 3:31 govron — yo‘g‘on novdadan qilingan, uchi o‘tkirlangan podachilar tayog‘i.

Podachilar govron bilan mollarni niqtab, yurishga undaydi.

4:3 temir jang aravasi — 1:19 izohiga qarang.

4:4 hakam — 2:16 izohiga qarang.

4:6 Tovur tog‘i — Jalilada, Jalila ko‘lining janubiy qirg‘og‘idan qariyb 19 kilometr g‘arbda joylashgan.

5:4 Seir — Edom yurtining yana bir nomi.

5:10 Eshiting… — yoki E’lon qiling… yoxud Shu haqda kuylang….

5:11 cho‘ponlar — yoki qo‘shiqchilar.

5:14 Omoleklarni yenggan Efrayim — Efrayim qabilasi Omolek xalqini yengib, ularning qirli yurtini egallab olgan edi (12:15 ga qarang).

5:20 Jang qildi yulduzlar samoda turib… — samo kuchlari Isroil tarafida turib jang

qilganligi she’riy uslubda ko‘rsatilgan (4:7, 14-16 ga qarang).

6:1 Midiyon xalqi — Kan’ondan janubi–sharqdagi cho‘l joylarda yashagan ko‘chmanchi

xalq.

6:5 chigirtka — ba’zan to‘da–to‘da bo‘lib kelib, dalalardagi hosilga katta zarar yetkazadigan hasharot.

6:10 Amor xalqlari — 1:34 izohiga qarang.

6:11 uzum siqish chuquri — qadimgi paytlarda odamlar uzumni qoyatoshga o‘yilgan chuqurga yoki tuproqdan qazilgan, tubiga va atrofiga zich qilib tosh terilgan chuqurga solib, sharbatini siqib olish uchun oyoqlari bilan ezardilar. Sharbat o‘sha chuqurdan yana boshqa bir chuqurga oqib tushardi.

6:15 to‘ram — yoki Rabbim. Bu o‘rindagi ibroniycha so‘z odatda Xudoga nisbatan ishlatiladi, lekin ba’zi bir holatlarda hurmat ko‘rsatish maqsadida odamlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Gido‘n hali Egamiz bilan gaplashayotganini tushunmagan edi (shu bobning 22-23–oyatlariga qarang).

6:19 bir tog‘ora — ibroniycha matnda bir efa, taxminan 22 kiloga to‘g‘ri keladi.

6:22 Voy…yuzini ko‘rdim — Egamizni ko‘rgani uchun Gido‘n, endi o‘laman, deb juda qo‘rqib ketgan edi. Isroil xalqi, Xudoni ko‘rgan odam o‘ladi, deb ishonardi (13:22, Ibtido 32:30 va Chiqish 33:20 ga qarang).

6:24 bugunga qadar — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

6:25 Otangning yetti yashar ikkinchi buqasi — yoki Otangning buqasi bilan birga yana bir yetti yasharli buqa.

6:25 Ashera — 3:7 izohiga qarang.

6:26 o‘sha buqa — yoki ikkinchi buqa (shu bobning 28–oyatida ham bor).

7:1 Mo‘re tepaligi — Xaro‘d bulog‘idan qariyb 8 kilometr shimolda joylashgan.

7:3 Gilad tog‘i — odatda “Gilad” deb Iordan daryosining sharqida joylashgan o‘lkaga aytiladi, lekin bu oyatda Yizril vodiysi yaqinidagi, Iordan daryosining g‘arbida joylashgan yerlar nazarda tutilgan. Ehtimol, bu o‘rinda “Gilad” Gilbova tog‘ining yana bir nomi sifatida ishlatilgan.

7:12 chigirtka — 6:5 izohiga qarang.

7:22 …Bayt–Shittax…Ovil–Maxla shahri… — bu shaharlar Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan.

7:25 Oriv va Zayov — ibroniychada Oriv ismining ma’nosi — quzg‘un, Zayov ismining ma’nosi — bo‘ri. Midiyon xalqi, ovchilar kabi, Isroil xalqini quvib, ularni talon–taroj qilardi.

7:25 uzum siqish chuquri — 6:11 izohiga qarang.

8:4 …narigi qirg‘oqqa o‘tib oldi — ya’ni daryoning sharq tomoniga.

8:8 Paniyol shahri — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Panuval. Paniyol shahri Giladda — Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan edi (shu bobning 9, 17–oyatlarida ham bor).

8:9 minora — qadimda shaharlar devor bilan o‘ralgan bo‘lib, ma’lum joylarida minoralar devorga tutashtirib qurilgan. Minoralardan mudofaa vositasi sifatida foydalanilgan.

8:24 Midiyonlar ham, Ismoil avlodi singari… — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Ismoil avlodidan bo‘lganlari uchun…. Ismoil va Midiyon xalqlari Ibrohimning ikkita o‘g‘lidan kelib chiqqanlar (Ibtido 25:1-2, 12 ga qarang). Bu xalqlar yaqin qarindosh bo‘lganlari uchun, ularning ikkalovini ham ba’zan Midiyon xalqi, ba’zan esa Ismoil xalqi deb atashardi (yana Ibtido 37:28 ga va o‘sha oyatning birinchi izohiga qarang).

8:26 bir puddan ortiq — ibroniycha matnda bir ming yetti yuz shaqal, taxminan 19,5

kiloga to‘g‘ri keladi.

8:27 haykal — ibroniycha matnda efod, oliy ruhoniylarning sajda marosimlarida kiyadigan ustki kiyimi (Chiqish 28:6-30, Levilar 8:7 ga qarang). Biroq bu o‘rinda oliy ruhoniylarning kiyimi emas, balki sajda qilish va fol ochishda ishlatiladigan buyum nazarda tutilgan. Bu buyum efod shaklida ishlangan oltin haykal bo‘lishi mumkin.

8:29 Gido‘n — ibroniycha matnda Yerubbaal, Gido‘nning yana bir ismi (6:32, 7:1 ga qarang).

8:31 cho‘ri — ibroniycha matnda bu so‘zning ma’nosi quyidagicha: cho‘ri bo‘lgan ayollar qonuniy xotin bo‘lmasalar–da, xo‘jayinlari ular bilan jinsiy aloqada bo‘lishgan. Qadimgi paytlarda bu ayollarning jiddiy qonuniy huquqlari bo‘lib, xo‘jayinlari ularning erlari sifatida bo‘lgan.

8:33 Baal–Berit — ibroniychadagi ma’nosi ahd Baali.

9:1 Gido‘n — ibroniycha matnning shu joyida va mana shu bobning qolgan qismida

Yerubbaal deb ishlatilgan, Gido‘nning yana bir ismi (6:32, 7:1 ga qarang).

9:4 Baal–Berit — 8:33 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

9:4 yetmish bo‘lak kumush — taxminan 770 grammga to‘g‘ri keladi.

9:6 Shakam — Quddusdan qariyb 50 kilometr shimolda, Isroil tepaliklarida joylashgan shahar.

9:15 Lubnondagi sadrlar — Lubnon tog‘larida o‘sadigan bu sadr daraxtlari dunyoning o‘sha hududidagi eng katta daraxt turlaridan edi.

9:31 U bildirmay Abumalekning oldiga chopar jo‘natib… — yoki U Armaxdagi

Abumalekning oldiga chopar jo‘natib….

9:37 folbinlarning daraxti — ibroniycha matnda Elon–Mo‘nanim, ma’nosi folbinlarning eman daraxti.

9:41 Armax — Shakamdan qariyb 8 kilometr masofada joylashgan shahar.

9:45 …ustidan tuz sochib tashladi — bu harakat Abumalekning bu shaharda endi hech narsa o‘smaydi, hech kim yashamaydi, deb la’natlaganining ramzi bo‘lishi mumkin (Qonunlar 29:23, Zabur 106:34, Yeremiyo 17:6 ga qarang).

9:46 Baal–Berit — ibroniycha matnda El–Berit. Ma’nosi ahd xudosi, Baal–Beritning yana bir nomi (8:33 ga va shu bobning 4–oyatiga qarang).

9:48 Zalmon tog‘i — Shakam shahri yaqinida joylashgan Ebal tog‘ining yoki Garizim tog‘ining yana bir nomi.

10:2 hakam — 2:16 izohiga qarang.

10:4 …o‘ttizta eshakni minishar…o‘ttizta shaharga egalik qilishardi — bu ularning boyligi va baland lavozimga ega ekanliklarining belgilaridir.

10:4 bugunga qadar — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

10:4 Yovir shaharlari — ibroniycha matnda Xavot–Yovir, ma’nosi Yovir shaharlari.

10:12 Moyun — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalarida Midiyon. Moyun Mavun xalqining yana bir nomi bo‘lishi mumkin. Mavun xalqi Midiyon xalqi yashaydigan joyda yashardi. Ular Midiyon xalqidan kelib chiqqan bir guruh bo‘lishi ham mumkin.

10:17 Mispax — 10-12–boblarda Mispax so‘zi Giladdagi bir shaharga nisbatan ishlatilgan (11:29 ga qarang), Gilad o‘lkasi Iordan daryosining sharqida, O‘lik dengizning shimolida joylashgan. Keyinroq 20-21–boblarda Mispax deb boshqa shahar haqida aytilgan.

11:11 Mispax — 10:17 izohiga qarang.

11:16 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, ma’nosi Qamish dengizi. Bu oyatdagi mana shu nom hozirgi Aqaba qo‘ltig‘iga (ya’ni Qizil dengizning shimoli–sharqidagi qo‘ltig‘iga) ishora qiladi.

11:16 Kadesh — Kadesh–Barna nomi bilan ham ma’lum bo‘lib, hozirgi Aqaba qo‘ltig‘ining shimoliy qirg‘og‘idan qariyb 145 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan voha (Sahroda 20:1, 14-21 ga qarang).

11:24 …xudoying Xamo‘sh bergan narsalarga egalik qil! — qadimda odamlarning tasavvuriga ko‘ra har bir xalqning o‘z xudosi bo‘lib, bu xudolar o‘sha xalqlarning hududlariga egalik qilishardi. Mo‘ab xalqining xudosi Xamo‘sh, Ommon xalqining xudosi Mo‘lax hisoblanardi (3 Shohlar 11:7 ga qarang). Ommon xalqi Isroil xalqidan tortib olmoqchi bo‘lgan bu yerlar oldin Mo‘ab xalqiga, so‘ng Amor xalqiga qarashli bo‘lgan (Sahroda 21:26 ga qarang). Shu bois, bu oyatda Ommon shohiga “xudoying Xamo‘sh bergan narsalarga egalik qil” deb aytilgan.

11:25 Nima, sening…Boloqdan ortiq joying bormidi?! — Boloq Mo‘abning oldingi shohi edi. U Balom degan odamni, Isroil xalqini la’natlagin, deb yollagan edi, ammo o‘sha odam gapirganda uning og‘zidan faqat duo chiqdi, chunki u orqali Xudo gapirgan edi (Sahroda 22:1-24:25 ga qarang).

12:7 hakam — 2:16 izohiga qarang.

12:8 Baytlahm — bu o‘rinda Quddusdan janubda joylashgan shahar emas, Zabulun qabilasining hududida joylashgan kichkina bir shaharcha haqida gap ketayotgan bo‘lishi mumkin.

12:14 …yetmishta eshakni minib yurishardi — bu badavlat oila ekanini bildirar edi.

13:2 Dan qabilasi — bu paytda Dan qabilasi Filistlar yashaydigan dengiz sohili bo‘yidagi tekisliklar yonida, Isroil yurtining janubi–g‘arbida o‘rnashgan edi. Keyinroq Dan qabilasi shimolga ko‘chdi (18–bobga qarang).

13:5 …Xudoga nazr qilingay… — ibroniycha matnda alohida bir so‘z ishlatilgan bo‘lib,

bu so‘z Xudoga xizmat qilish uchun maxsus va’da bergan odamni bildiradi. Ba’zi insonlar maxsus va’da berib, o‘zlarini birmuncha vaqt Xudoning xizmatiga bag‘ishlar edilar. Ba’zi birovlar esa tug‘ilgan paytlaridanoq shu va’da orqali Xudoga bag‘ishlanganlar. Tavrot qonuniga ko‘ra, o‘zini Xudoga butunlay bag‘ishlab, nazr qilgan odam sharob yoki may ichmasligi, sochini qirqmasligi, murdaga tegmasligi kerak edi (Sahroda 6:1-8, 21 ga qarang). Ibroniycha matnda shu ma’nodagi so‘z mazkur bobning 7–oyatida ham bor.

13:22 Biz o‘lamiz, chunki biz Xudoni ko‘rdik! — 6:22 izohiga qarang.

13:25 Zorox bilan Eshtoyo‘l shaharlari — Isroilning janubi–g‘arbida, Filistlar yashaydigan dengiz sohili bo‘yidagi tekisliklarda joylashgan.

13:25 Dan qabilasining qarorgohi — ibroniycha matnda Maxonex–Dan, ma’nosi Dan qarorgohi.

14:9 …asalni sherning murdasidan olganini aytmadi — Shimsho‘n Xudoga bag‘ishlangan bo‘lgani uchun u o‘lik hayvonning jasadiga tegishi mumkin emas edi (13:5 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang). Tavrot qonuniga ko‘ra, jasad va jasadga tekkan mana shu asal ham harom hisoblanardi, shuning uchun ularga tekkan odam harom bo‘lib qolardi (Levilar 11:27-40 ga qarang).

14:15 yettinchi — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalarda

to‘rtinchi.

14:19 Ashqalon shahri — Filistlarning beshta shahridan bittasi (1:18-19 ga qarang).

15:6 otasining xonadoni — ko‘plab ibroniy qo‘lyozmalaridan, qadimiy yunoncha va

suryoniycha tarjimalardan (yana 14:15 ga qarang). Ibroniycha matnda otasi.

15:8 Etom qoyasi — bu qoya Yahudo qabilasining hududida, Baytlahm shahridan bir necha kilometr janubi–g‘arbda joylashgan.

15:9 Lexi — ibroniychadagi ma’nosi jag‘ suyagi.

15:16 uyum–uyum — ibroniychada uyum va eshak so‘zlari o‘zaro ohangdosh.

15:17 Ramat–Lexi — ibroniychadagi ma’nosi jag‘ suyagi tepaligi. 15:19 En–Xaqqor — ibroniychadagi ma’nosi faryod qilganning bulog‘i. 15:19 bugunga qadar — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

15:20 hakam — 2:16 izohiga qarang.

16:2 …shahar darvozasida… — bu ibora ham shahar darvozasiga, ham darvozaning yonida shahar devorlari orasiga qurilgan xonalarga nisbatan ishlatilgan. Bu xonalardan qo‘riqchilar va boshqa nazoratchilar xizmat paytida foydalanganlar.

16:3 Xevron — G‘azodan qariyb 65 kilometr sharqda joylashgan shahar.

16:5 Filist beklari — 3:3 ning birinchi izohiga qarang.

16:5 1100 bo‘lakdan kumush — taxminan 13 kiloga to‘g‘ri keladi.

16:7 yangi, qurib ulgurmagan kamon ipi — kamon ipi ko‘pincha hayvon ichagidan eshilib qilingan. Bu iplar ichaklar hali ho‘lligida qilingan, ular qurigandan keyin juda ham pishiq bo‘lib qolgan.

16:13-14 …moki yordamida yaxshilab mahkamlab qo‘ysang…14…uning yetti tutam

sochini dastgohdagi matoga qo‘shib to‘qidi–da… — qadimiy yunoncha tarjimadan. Bu

so‘zlar kotibning xatosi tufayli ibroniycha matnda tushib qolgan.

16:17 …onamning qornidayoq Xudoga nazr qilinganman — 13:2-5 oyatlarga va 13:5 izohiga qarang.

16:31 Zorox bilan Eshtoyo‘l shaharlari — 13:25 ning birinchi izohiga qarang.

16:31 hakam — 2:16 izohiga qarang.

17:2 1100 bo‘lak kumush — taxminan 13 kiloga to‘g‘ri keladi.

17:4 kumush bo‘laklarining 200 tasi — taxminan 2,3 kiloga to‘g‘ri keladi.

17:4 …but yasab, uni kumush bilan qopladi — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi

…kumushdan o‘yma but va quyma but yasadi. Ibroniycha matnda keyinroq faqat bitta but haqida so‘z yuritilgan. Shuning uchun bittagina but yasalganining ehtimoli ko‘proq. Bu but o‘yib yasalgandan so‘ng kumush bilan qoplangan edi.

17:5 ruhoniylar kiyadigan maxsus libos — ibroniycha matnda efod. Hoynahoy bu oyatda

efod so‘zi sajdagohda xizmat qiladigan ruhoniy kiyadigan kiyimga ishora qiladi. Musoning akasi oliy ruhoniy Horun kiygan efodga o‘xshatib tikilgan bo‘lishi mumkin (Chiqish 28:6-30, Levilar 8:7 ga qarang). Yoki odamlar sajda qilgan yoki fol ochish uchun ishlatgan narsa haqida aytilgan bo‘lishi ham mumkin (yana 8:27 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

17:5 xonaki sanamlar — ibroniycha matnda terafim. Odamlar bu sanamlardan fol

ochishda foydalangan bo‘lsalar kerak.

17:7 Baytlahm shahri — Quddusdan qariyb 8 kilometr janubda joylashgan.

17:7 levi — Xudo tomonidan Muqaddas chodirda xizmat qilish uchun tanlangan, Levi qabilasiga mansub odam (Sahroda 3:5-10 ga qarang).

17:10 o‘n bo‘lakdan kumush — taxminan 110 grammga to‘g‘ri keladi. 18:2 Zorox va Eshtoyo‘l shaharlari — 13:25 ning birinchi izohiga qarang. 18:3 levi — 17:7 ning ikkinchi izohiga qarang.

18:7 …Layish shahri…Sidon… — Layish shahri Isroilning eng shimoliy qismida joylashgan shahar edi. Sidon esa Finikiyaga qarashli shahar bo‘lib, Isroildan shimolda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan edi.

18:12 bugunga qadar — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

18:12 Dan qarorgohi — 13:25 ning ikkinchi izohiga qarang.

18:14 ruhoniylar libosi — ibroniycha matnda efod (shu bobning 17, 18, 20–oyatlarida ham bor). 17:5 ga va o‘sha oyatning birinchi izohiga qarang.

18:14 xonaki sanamlar — ibroniycha matnda terafim (shu bobning 17, 18, 20– oyatlarida ham bor). Odamlar bu sanamlardan fol ochishda foydalangan bo‘lsalar kerak.

18:29 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang).

18:30 Muso — ibroniycha matnda bu so‘z Manashe deya o‘qilsin deb, maxsus belgilangan. Qadimgi ibroniy kotiblari Musoning nomiga dog‘ tushirmaslik niyatida shunday qilgan bo‘lishlari mumkin, chunki bu o‘rinda aniq Musoning avlodidan bo‘lgan

Yo‘natanning butparastligi haqida gap ketyapti.

18:30 Isroil xalqi surgun bo‘lguniga qadar… — miloddan oldingi 722 yilda Isroil, ya’ni

shimoliy shohlik Ossuriyaga surgun qilingan.

18:31 Shilo‘ shahri — Quddusdan qariyb 32 kilometr shimolda joylashgan bo‘lib, Isroil xalqi sajda qiladigan asosiy joy bo‘lib qolgan edi. Xudoga sajda qilish uchun boriladigan asosiy joy Shilo‘dagi Muqaddas chodir edi. Bu paytda hali Quddusdagi Ma’bad qurilmagan edi.

19:1 cho‘ri — ibroniycha matnda bu so‘zning ma’nosi quyidagicha: cho‘ri bo‘lgan ayollar qonuniy xotin bo‘lmasalar–da, xo‘jayinlari ular bilan jinsiy aloqada bo‘lishgan. Qadimgi paytlarda bu ayollarning jiddiy qonuniy huquqlari bo‘lib, xo‘jayinlari ularning erlari sifatida bo‘lgan. Bu ibroniycha so‘z bu matnning qolgan qismida (19:1-20:6) xotin deb tarjima qilingan.

19:13 …Givo…Rama… — Quddusdan Givogacha bo‘lgan masofa taxminan 5 kilometr, u yerdan Ramagacha bo‘lgan masofa ham taxminan 5 kilometr edi.

19:21 …oyoqlarini yuvib… — odamlar u davrda usti ochiq oyoq kiyim kiyib yurishgan. Uzoq yo‘l yurib yoki dalada ishlab kelganlaridan keyin oyoqlarini yuvishgan. Bu odat tusiga kirgan edi.

19:28 Lekin javob bo‘lmadi — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimada Lekin

javob bo‘lmadi, u o‘lik edi.

20:1 Mispax — Quddusdan qariyb 8 kilometr shimolda joylashgan shahar. 20-21– boblarda tilga olingan bu Mispax shahri 10-12–boblardagi Mispax shahridan boshqa.

20:4 xotinim — 19:1 izohiga qarang.

20:9 …Xudodan so‘rab, qur’a tashlaymiz — qur’a tashlashda yog‘och bo‘laklari yoki toshlar ishlatilgan bo‘lib, shu orqali Xudoning xohish–irodasi aniqlangan. Ba’zan odamlar qur’a tashlab, Xudodan biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligini so‘rashgan.

20:10 Givo — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Gebo.

20:18 …Baytil shahridagi sajdagohga… — yoki …Xudoning uyiga…, chunki ibroniycha matndagi baytil so‘zining ma’nosi Xudoning uyi demakdir. Bu ibroniycha so‘z odatda Quddusdan qariyb 19 kilometr shimolda joylashgan Baytil shahriga nisbatan ishlatiladi, lekin bu o‘rinda Shilo‘dagi sajdagoh nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin (18:31 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

20:26 Baytil — shu bobning 18–oyati izohiga qarang.

20:33 …Gebo tekisligidagi… — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalarda Givodan g‘arbdagi. Gebo shahri Benyamin qabilasiga qarashli hududda, ya’ni Givodan qariyb 4 kilometr shimoli–sharqda joylashgan.

21:1 Mispax — 20:1 izohiga qarang.

21:2 …Baytilga… — yoki …Xudoning uyiga…, chunki ibroniycha matndagi baytil so‘zining ma’nosi Xudoning uyi demakdir. Bu ibroniycha so‘z odatda Quddusdan qariyb 19 kilometr shimolda joylashgan Baytil shahriga nisbatan ishlatiladi, lekin bu o‘rinda Shilo‘dagi sajdagoh nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin (18:31 ga va o‘sha oyatning

izohiga qarang).

21:12 Yobosh — Giladdagi shahar. Gilad — Iordan daryosining sharq tomonidagi o‘lka.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru