Muqaddas Kitob


SHOHLAR

(IKKINCHI KITOB)

Kirish

“Shohlar (ikkinchi kitob)”ning ko‘p qismi shoh Dovudning hukmronligi davrida yuz bergan voqealarning tarixidir. Mazkur kitobda shoh Dovudning qozongan zafarlari, amalga oshirgan ezgu ishlari, qilgan gunohlari va o‘sha gunohlarning oqibatlari haqida bayon qilinadi. Xudoga bo‘lgan itoatkorlik baraka keltirishini, itoatsizlik esa jazo va kulfat keltirishini shoh Dovud hayotida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

“Shohlar (birinchi kitob)” va “Shohlar (ikkinchi kitob)”ning asl nusxasi bitta ibroniycha kitob bo‘lib, ikkala qismini bitta o‘ramga joylash uzunlik qilgani uchun, kitob ikki qismga — “Shohlar (birinchi kitob)” va “Shohlar (ikkinchi kitob)”ga bo‘lingan.

Shoh Shoulning o‘limidan keyin Yahudo qabilasi Dovudni o‘zlariga shoh qilib tanlaydi. Qolgan barcha Isroil qabilalari esa Shoul o‘g‘li Ishbositni o‘zlariga shoh qiladilar. Dovud bilan Ishbosit o‘rtasida yetti yil urush bo‘ladi. Oxiri, Dovud jamiki Isroil va Yahudo yurtlarining shohi bo‘ladi.

Dovud Quddus shahrini Yobus xalqidan tortib olib, o‘z shohligining yangi poytaxti qiladi va Ahd sandig‘ini bu yerga olib keladi. U Xudoga atab Ma’bad qurishni niyat qiladi, u yerni Ahd sandig‘i saqlanadigan bir joy qilmoqchi bo‘ladi. Lekin Xudo Dovudga bundan–da yuqori izzat–ikrom ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. U Dovudga, Men sen uchun bir xonadon yarataman, nomingni mashhur qilaman, sen qudratli hukmdor bo‘lasan, sening nasling to abad shoh bo‘ladi, deb va’da beradi. Keyinchalik, Dovudning pushti

kamaridan bino bo‘lgan o‘g‘li Sulaymon Xudoga atab, Ma’bad quradi.

Dovud Isroilning dushmanlarini mag‘lub qiladi va kuchli shohlikning hukmdori bo‘ladi. Shunga qaramay, u gunohga qo‘l uradi. Bu gunoh oqibatida Xudo Dovudga og‘ir kulfat keltiradi. Bu kulfatlarning aksariyati o‘z oilasi ichida yuz beradi.

Dovud benuqson inson emas edi–yu, lekin Xudoga sodiq bo‘lib, yolg‘iz Unga sajda qilardi. Shuning uchun Xudo Dovudga iltifot ko‘rsatadi, shohlik taxtingni to abad mustahkam qilaman, deya va’da berib, uning sulolasini barqaror qiladi.


1–BOB

Dovud Shoulning o‘limidan xabar topadi

1 Shoul halok bo‘lgandan keyin, Dovud Omolek xalqini yengib, Zixlax shahriga qaytib keldi va u yerda ikki kun qoldi. 2 Uchinchi kuni Shoulning qarorgohidan Dovudning oldiga bir odam keldi. U qayg‘udan kiyimlarini yirtgan, boshiga tuproq sochgan*, ayanchli ahvolda edi. O‘sha odam Dovudning oldiga kelgach, muk tushib, unga ta’zim qildi.

3 — Qayerdan kelyapsan? — deb so‘radi Dovud.

Dovud unga qarata:

16 — Tiling o‘zingning boshingga yetdi. Egam moy surtib tanlagan shohni men o‘ldirdim, deb o‘z og‘zing bilan guvohlik berding, — dedi.

Dovudning marsiyasi

17 Shoul bilan uning o‘g‘li Yo‘natan uchun Dovud marsiya kuyladi. 18 So‘ng, ushbu marsiya* Yahudo xalqiga o‘rgatilsin, deb farmon berdi. Bu marsiya “Yoshur” kitobida* yozilgan.


19 “Ey Isroil, yo‘q bo‘ldi

G‘ururing sening tepaliklaringda,

Qanday qulagan ekan dovyuraklar!

20 Bu xabarni Gatliklarga eshittirmang, Ashqalon* ko‘chalarida yoyib yurmang. Toki Filist qizlari sevinmasin, Sunnatsizlarning qizlari shod bo‘lmasin.


21 Ey Gilbova tog‘lari*,

Tepangizga shudring, yomg‘ir tushmasin,

Hosildor yerlaringiz hosilsiz qolsin! O‘sha yerlarda yo‘qotdi shuhratini Bahodirlarning qalqoni,

Shoulning qalqoniga moy surtilmas endi*.


22 Bir dam tinmadi Yo‘natanning yoyi

Yer tishlaganlar qonidan Va yigitlarning tanasidan.

Shoulning qilichi behuda ko‘tarilmasdi.


23 Shoul bilan Yo‘natan aziz va dilkash edilar, Hayotda ham, o‘lganda ham birga bo‘ldilar. Burgutdan chaqqon,

Sherdan kuchli edi ular.


24 Shoul uchun aza tuting, ey Isroil qizlari! U sizlarga shohona liboslar kiydirgandi,

Libosingizni oltin taqinchoqlar ila bezagandi.


25 Urushda qanday qulagan ekan dovyuraklar!

Ey Isroil, sening tepaliklaringda Yo‘natan jonsiz yotar. 26 Qayg‘uraman sen uchun, birodarim Yo‘natan, Menga ko‘p azizu qadrdon eding sen,

Naqadar ajoyib edi menga bo‘lgan muhabbating,

Ayollarning sevgisidan ham ortiq edi.


27 Qanday qulagan ekan dovyuraklar!

Qanday yo‘q bo‘ldi jang qurollari.”


2–BOB

Dovud Yahudo shohi bo‘ladi

1 Shundan keyin Dovud Egamizdan:

2 Dovud ikkala xotini — Yizrillik Oxinavam va Karmillik Navolning bevasi Obigayl bilan o‘sha yoqqa jo‘nadi. 3 Odamlarini ham oilalari bilan birga olib ketdi. Hammalari Xevron atrofidagi shaharlarga joylashdilar. 4 Yahudo xalqi Xevronga borib, Dovudning boshiga moy surtib, uni Yahudo ustidan shoh qilib tayinlashdi.

Shunda ular Dovudga: “Giladdagi Yobosh shahri aholisi Shoulni dafn qilibdi”, deb xabar yetkazishdi. 5 Dovud xabarchilar orqali Yobosh aholisiga shunday xabar jo‘natdi: “Shoul shoh janoblariga sadoqatingizni ko‘rsatib, uni dafn qilibsizlar. Buning uchun sizlarni Xudo yorlaqasin. 6 Egam sizlardan marhamatini va sadoqatini darig‘ tutmasin. Qilgan xayrli ishingizga yarasha sizlarga yaxshilik qilay. 7 Endi dadil, mard bo‘linglar.

Shoh janoblari Shoul olamdan o‘tdilar. Yahudo xalqi esa menga moy surtib o‘zlariga shoh qildi.”

Ishbosit Isroilga shoh bo‘ladi

8 Nar degan odamning o‘g‘li Abnur* Shoulning lashkarboshisi bo‘lgan edi. Abnur Shoulning o‘g‘li Ishbositni Moxanayim shahriga* olib keldi. 9 Uni Gilad, Osher*, Yizril, Efrayim, Benyamin hududlariga — butun Isroilga* shoh qildi. 10 Ishbosit qirq yoshida

shoh bo‘lib, u Isroilda ikki yil shohlik qildi.

Lekin Yahudo xalqi Dovudga ergashdi. 11 Dovud Xevronda Yahudo xalqiga yetti yilu olti oy shohlik qildi.

Isroil va Yahudo orasidagi urush

12 Nar o‘g‘li Abnur Ishbositning odamlarini boshlab Moxanayimdan chiqdi va Givon shahriga* qarab yurdi. 13 Dovudning odamlariga Zeruya* o‘g‘li Yo‘ab bosh bo‘lib u yerga borganda, Givon hovuzi* yonida Ishbositning odamlariga duch kelib qoldi.

Tomonlarning biri hovuzning bir tarafida, ikkinchisi boshqa tarafida to‘xtadi. 14 Abnur

Yo‘abga:

28 Yo‘ab burg‘u chaldirdi, hamma to‘xtadi. Shundan so‘ng ular Isroil lashkarini ta’qib qilmadilar, ular bilan jang qilmadilar. 29 Abnur esa tun bo‘yi odamlari bilan Iordan vodiysi* bo‘ylab yurib, Iordan daryosini kechib o‘tdi, ular jarlikni yoqalab*,

Moxanayimga yetib kelishdi.

30 Yo‘ab Abnurni quvlashdan to‘xtab, orqasiga qaytdi va hamma odamlarini to‘pladi.

Osoyildan tashqari, Dovudning odamlaridan yana o‘n to‘qqiz kishi halok bo‘lgan edi. 31 Lekin Dovudning odamlari Abnurning qo‘li ostidagi Benyamin qabilasidan uch yuz oltmish kishini o‘ldirgan edilar. 32 Yo‘ab odamlari bilan Osoyilning jasadini olib kelib,

ota–bobolarining Baytlahmdagi xilxonasiga dafn qilishdi. Yo‘ab va uning odamlari tuni bilan yo‘l yurib, Xevronga yetib kelishganda, tong otgan edi.


3–BOB

Dovudning Xevronda tug‘ilgan bolalari

1 Shoul xonadoni bilan Dovud xonadoni o‘rtasidagi urush uzoq davom etdi.

Shoulning xonadoni zaiflashgan sari, Dovudning xonadoni kuchayib boraverdi.

2 Dovudning Xevronda tug‘ilgan o‘g‘illari quyidagilardir:


to‘ng‘ichi — Omno‘n. Omno‘nning onasi Yizrillik Oxinavam edi.

3 Ikkinchisi — Doniyor*. Doniyorning onasi Karmillik Navolning bevasi Obigayl edi.

Uchinchisi — Absalom. Absalomning onasi Gashur shohi Talmayning qizi Maxo edi.

4 To‘rtinchisi — Odoniyo. Odoniyoning onasi Xaggit edi. Beshinchisi — Shafatiyo. Shafatiyoning onasi Obida edi. 5 Oltinchisi — Yitrom. Yitromning onasi Eglax edi.


Dovudning bu o‘g‘illari Xevronda tug‘ilgan edilar.

Abnur Dovudga qo‘shiladi

6 Shoul xonadoni bilan Dovud xonadoni o‘rtasida urush bo‘lganda, Shoulning xonadonidan lashkarboshi Abnur tobora kuchayib boraverdi. 7 Shoulning Rizpa degan kanizagi* bo‘lardi. U Oyo degan odamning qizi edi. Bir kuni Ishbosit Abnurga:

Dovud Abnurga ijozat berdi. Abnur sog‘–salomat o‘z yo‘liga ketdi.

Yo‘ab Abnurni o‘ldiradi

22 Xuddi shu paytda Dovudning Yo‘ab boshchiligidagi odamlari dushman shahrini talon–taroj qilib qaytishdi. Ular bir qancha mol–mulkni o‘lja qilib olib kelishdi. Ammo Abnur Xevronda — Dovudning huzurida emas edi. Dovud Abnurga ijozat bergandan keyin, u sog‘–salomat ketgan edi. 23 Yo‘ab hamma jangchilari bilan Xevronga yetib kelganda, unga: “Abnur shoh huzuriga kelgan edi, shoh unga qaytib ketishga ijozat berdi, Abnur eson–omon ketdi”, deb aytib berishdi.

24 — Nima qilib qo‘ydingiz? — dedi Yo‘ab shohning huzuriga borib. — Bu qanaqasi, sizning huzuringizga Abnur o‘z oyog‘i bilan kelsa–yu, siz esa uni qo‘yib yuborsangiz?! Abnur ketib qolibdi–ku. 25 Abnurni bilasizmi o‘zi?! U sizni aldagan, qayerga borishingizni, kelishingizni, nima qilayotganingizni bilish uchun kelgan.

26 Yo‘ab Dovudning huzuridan chiqiboq, Abnurning orqasidan choparlar jo‘natdi.

Choparlar Abnurni Siro sardobasi bo‘yidan qaytarib kelishdi. Dovud bu voqeadan bexabar edi. 27 Abnurni Xevronga qaytarib kelishgach, Yo‘ab: “Xoli gaplashib olaylik”, deb uni darvoza yo‘lagiga olib o‘tdi. Ukam Osoyilning o‘limi uchun qasos olay deb, Abnurning qorniga pichoq urib, o‘ldirdi.

28 Dovud bu voqeani eshitgach, dedi:

o‘raninglar*.

Shoh Dovudning o‘zi tobutning orqasida bordi. 32 Abnurni Xevronda dafn qilishdi. Shoh Dovud Abnurning qabri ustida yig‘ladi. O‘sha yerda hamma ho‘ng–ho‘ng yig‘ladi. 33 Shoh Dovud Abnur uchun yig‘layotib, shunday marsiya aytdi:


“Ey Abnur, ahmoqlarday o‘lishing kerakmidi?!

34 Jinoyatchilarday qo‘llaring bog‘liq emasdi, Jinoyatchilarday oyoqlaringga kishan urilmagandi. Insofsizlar qo‘liga tushib qolding sen,

Vijdonsizlar dastidan nobud bo‘lding sen.”


Hamma Abnurning tepasida yana yig‘ladi.

35 Quyosh botmasdan oldin xalq Dovudning yoniga borib:


4–BOB

Ishbosit o‘ldiriladi

1 Ishbosit Abnurning Xevronda o‘ldirilganini eshitdi–yu, bo‘shashib qoldi. Butun Isroil xalqi vahimaga tushdi. 2 Ishbositning xizmatida Banax va Raxav degan ikkita odam bor edi, ular bosqinchi to‘dalar sardori edilar. O‘zlari Baro‘t shahridan bo‘lib, Benyamin qabilasidan Rimmon deganning o‘g‘illari edi. Baro‘t shahri u vaqtda Benyamin hududiga kirardi. 3 Baro‘t aholisi Gitayim shahriga qochib ketgan edi. O‘shandan buyon ular kelgindi bo‘lib o‘sha yerda yashaydilar.

4 Shoulning naslidan Mefibosit degan ikkala oyog‘i ham nogiron bola bor edi. U Yo‘natanning o‘g‘li edi. “Shoul bilan Yo‘natan halok bo‘ldi”, deb Yizril shahridan xabar kelganda, Mefibosit besh yoshda edi. Enagasi, bolani olib qochaman deb, shosha–pisha ketayotganda, bolani qo‘lidan tushirib yuborgan, bola esa nogiron bo‘lib qolgan edi.

5 Bir kuni Raxav bilan Banax kun rosa qizigan paytda Ishbositning uyiga kelishdi.

Tush payti, Ishbosit o‘zining xonasida uxlayotgan ekan. 6-7 Ikkala aka–uka bug‘doy olish bahonasida uyga kirishdi. Uyga kirganlari zahoti, Ishbositning qorniga xanjar urib, uni o‘ldirdilar. So‘ng uning boshini kesib olib ketdilar.

Raxav bilan Banax tun bo‘yi Iordan vodiysi* bo‘ylab yurishdi.

8 Ular Ishbositning boshini Xevronga — shoh Dovudga olib kelishib, unga shunday deyishdi:

Shu sababdan: “Ko‘rlar bilan cho‘loqlar Xudo uyiga kirmaydi” degan gap paydo bo‘lgan.

9 Shunday qilib, Dovud qal’ani egallab, bu yerni “Dovud qal’asi” deb atadi. U Quddusning sharq tomonidagi Millodan* boshlab, butun shahar atrofini devor bilan o‘rab mustahkamladi. 10 Dovud tobora kuchayib borardi, chunki Parvardigori Olam — Egamiz unga yor edi.

11 Tir* shohi Xiram Dovudga elchilar jo‘natib, sadr yog‘ochlarini, duradgorlar va tosh teruvchilarni ham yo‘lladi. Ular Dovudga bir saroy qurib berishdi. 12 Dovud endi bildiki, Egamiz uni Isroil ustidan shoh qilib tayinlagan ekan, Egamiz O‘z xalqining haqi–hurmati uchun uning shohligini yuksaltirgan ekan.

13 Dovud Xevrondan Quddusga kelgandan keyin, bu yerda yana kanizaklar*, xotinlar oldi, ular Dovudga yanada ko‘p o‘g‘il–qizlar tug‘ib berishdi. 14 Dovudning Quddusda tug‘ilgan farzandlari quyidagilar edi: Shammuva, Sho‘vav, Natan, Sulaymon, 15 Yibxar,

Elishuva, Nafax, Yofiya, 16 Elishama, Elyodax va Elifalet.

Dovud Filistlarni mag‘lub qiladi

17 Filistlar: “Isroil xalqi Dovudga moy surtib shoh qilishibdi” degan xabarni eshitishdi. Shundan keyin barcha Filist lashkari Dovudni qidirib jangga otlandilar. Dovud bu xabarni eshitib, muhofaza qo‘rg‘oniga chiqdi. 18 Filistlar kelib, Rafa vodiysida* yoyildilar. 19 Dovud Egamizdan:

oldimdan uloqtirib yubordi.

Shu sababdan bu yerga “Baal–Perazim”* degan nom berildi. 21 Filistlar o‘sha yerda butlarini tashlab qochgan edilar, Dovud odamlari bilan o‘sha butlarni olib ketdi.

22 Ko‘p o‘tmay Filistlar yana Rafa vodiysiga kelib, jangga shay bo‘lib turishdi.

23 Dovud tag‘in Egamizning xohish–irodasini so‘radi. Egamiz esa shunday javob berdi: “Old tomonidan hujum qilma. Ularning orqasiga aylanib o‘tgin–da, mumiyo daraxtlari tomondan yaqinlashib bor. 24 Mumiyo daraxtlari tepasida Mening qadamim tovushlarini eshitganing zahoti ularga hujum qil. O‘shanda Men Filist lashkarini yo‘q qilish uchun sening qarshingdan chiqqan bo‘laman.”

25 Dovud, Egamiz amr berganiday qilib, Gebodan Gezer shahrigacha bo‘lgan joylarda

Filistlarni tor–mor qildi.


6–BOB

Dovud Ahd sandig‘ini Quddusga olib keladi

1 Dovud Isroil lashkaridan yana o‘ttiz ming saralangan odamlarini to‘pladi. 2 Dovud o‘z odamlari bilan Yahudodagi Baalax shahriga* jo‘nadi. Uning maqsadi ikki karub* orasida taxt qurgan Sarvari Olam — Xudoning Sandig‘ini olib kelish edi. 3-4 Xudoning Sandig‘i Abunadavning tepalikdagi uyida* edi. Sandiqni yangi arava ustiga ortishdi.

Abunadavning o‘g‘illari Uzzox bilan Oxyo Sandiq ortilgan aravani haydab ketishdi. Oxyo Sandiqning oldida borayotgan edi. 5 Dovud va jamiki Isroil xalqi Egamizning huzurida berilib*, o‘yin–kulgi qilayotgan edilar. Ular lira, arfa, childirma, shaqildoq va zillar chalib, qo‘shiqlar bilan bu voqeani bayram qilayotgan edilar.

6 Noxun degan odamning xirmoniga yetib borganlarida, ho‘kizlar qoqilib ketdi.

Uzzox qo‘lini uzatib Xudoning Sandig‘ini ushlab qoldi. 7 Lekin Uzzox hurmatsizlik qilgani uchun*, Egamiz undan g‘azablanib, o‘sha yerdayoq Uzzoxni urib, jonini oldi. Uzzox Xudoning Sandig‘i yonginasida jon berdi. 8 Egamiz Uzzoxni nobud qilgani uchun, Dovud qattiq g‘azablandi. O‘sha kundan buyon shu joy “Paraz–Uzzox”* deb aytiladi.

9 Dovud o‘sha kuni Egamizdan qo‘rqib: “Qanday qilib Egamning Sandig‘ini o‘zim bilan olib kela olar ekanman?” deb o‘yladi. 10 Egamizning Sandig‘ini o‘zi bilan Dovud qal’asiga olib borishni xohlamay, uni Gatlik* Obidadomning uyiga tashlab ketdi.

11 Egamizning Sandig‘i u yerda uch oy turdi. Egamiz Obidadomga va uning butun xonadoniga baraka berdi.

12 “Egamiz O‘zining Sandig‘i uchun Obidadomning butun xonadoniga, unga qarashli hamma narsaga marhamat qildi”, deb shoh Dovudga xabar yetkazishdi. Shunday qilib, Dovud borib, Obidadomning uyidan Xudoning Sandig‘ini o‘z qal’asiga katta tantana bilan olib keldi. 13 Egamizning Sandig‘ini olib borayotganlar olti qadam yurishganda, Dovud bir buqa bilan bir bo‘rdoqi buzoqni qurbonlik qildi. 14 Dovud Egamizning huzurida butun vujudi bilan o‘yinga tushardi. U o‘shanda ruhoniylarning muqaddas libosini* kiyib olgan edi. 15 Dovud bilan butun Isroil xalqi sevinchli xitoblar, karnay sadolari ostida Egamizning Sandig‘ini olib kelishardi.

16 Ular Egamizning Sandig‘ini Dovud qal’asiga olib kirishayotganda, Shoulning qizi Mixal derazadan qarab turgan edi. U Egamizning oldida sakrab o‘ynayotgan shoh Dovudni ko‘rdi–yu, o‘z ko‘nglida uni past ko‘rdi.

17 Dovud Egamizning Sandig‘i uchun bir chodir o‘rnatgan edi. Odamlar Sandiqni o‘sha chodirning ichkarisiga olib kirib, maxsus tayyorlangan joyga qo‘yishdi. Keyin Dovud Egamizga kuydiriladigan qurbonliklarni va tinchlik qurbonliklarini keltirdi. 18 U qurbonliklar qilib bo‘lgandan keyin, Sarvari Olam nomidan xalqni duo qildi. 19 So‘ng hammaga — erkagu ayolga, jamiki Isroil jamoasiga bir donadan gardish non, bir hovuchdan xurmo* va bir hovuchdan mayiz* tarqatdi. Shundan keyin xalq uy–uyiga tarqaldi.

20 Dovud o‘z oilasini duo qilgani uyiga kelganda, Shoulning qizi — Dovudning xotini Mixal peshvoz chiqib, Dovudga shunday dedi:

— Bugun Isroil shohi qanday ajoyib shuhratga erishdi–ya! Xuddi bema’ni odamlarday, sen yarim yalang‘och bo‘lib, a’yonlaringning cho‘rilari oldida o‘zingni ko‘rsatding!

21 — Men Egam oldida o‘ynadim! — dedi Dovud. — U otang va uning butun xonadonidan meni ortiq ko‘rgan, O‘z xalqi Isroilga meni rahnamo qilib tanlagan. Ha, Egam oldida albatta o‘ynayman, 22 bundan buyon o‘zimni yana ham pastroq tutaman, ularning oldida o‘zimni yanada ham kichik tutaman. Lekin bilib qo‘y, sen aytgan o‘sha cho‘rilardan men sharaf topaman.

23 Shoulning qizi Mixal umrining oxirigacha befarzand o‘tdi.


7–BOB

Xudo Dovudga so‘z beradi

1 Shoh Dovud o‘z saroyida yashar edi, Egamiz esa uni to‘rt tarafdagi g‘animlaridan

omon saqlardi.

2 Shoh bir kuni Natan payg‘ambarga dedi:

— Qarang, men sadr yog‘ochidan qurilgan uyda yashayapman, Xudoning Sandig‘i esa

chodirda turibdi.

3 — Ko‘nglingda nima bo‘lsa, shuni qilaver, Egam sen bilan, — dedi Natan.

4 O‘sha kuni kechasi Natanga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi:


5 “Qulim Dovudning oldiga borgin–da, unga shu gaplarni yetkaz: «Egam shunday aytmoqda: istiqomat qilishim uchun uyni Menga sen qurmaysan. 6 Isroil xalqini Misrdan olib chiqqanimdan to shu kungacha biror uyda yashagan emasman. U yerdan–bu yerga ko‘chib yurdim, chodirda maskan qildim. 7 Men

hech qachon Isroil xalqining rahnamolariga shikoyat qilmadim. Ularning zimmasiga xalqimga cho‘ponlik qilish vazifasini yuklagan bo‘lsam–da, hech qachon ularning birortasiga: ‘Nima uchun Menga sadr daraxti yog‘ochidan uy qurib bermadingizlar?’ deb aytmadim.»

8 Endi qulim Dovudga ayt: «Sarvari Olam shunday demoqda: Men seni yaylovlardagi qo‘y suruvi orasidan tanlab olib, xalqim Isroilga hukmdor qildim. 9 Qayerga borsang, sen bilan bo‘ldim, hujum qilganingda, hamma g‘animlaringni yo‘q qildim. Endi sening nomingni olamdagi ulug‘ odamlarning nomi singari mashhur qilaman. 10-11 Xalqim Isroilga ilk hakamlarni tayinlaganimdan buyon vijdonsiz odamlar bu xalqimni ezib keldilar. Endi xalqim Isroil uchun bir yurt tayin etib, ularni o‘sha yerga o‘tqazaman. Ular o‘z yurtida istiqomat qilishadi, boshqa behalovat bo‘lishmaydi. Seni hamma g‘animlaringdan tinch–omon saqlayman. Men, Egang, sen uchun bir xonadon* yarataman, deb aytmoqdaman.

12 Sen olamdan o‘tib, ota–bobolaring yoniga dafn qilinganingdan keyin ham, Men o‘g‘illaringdan birini, pushti kamaringdan bino bo‘lgan farzandingni shoh qilib, uning shohligini mustahkamlayman. 13 Menga atab uyni u quradi. Men esa uning shohlik taxtini to abad mustahkam qilaman. 14 Men unga ota bo‘laman, u esa Menga o‘g‘il bo‘ladi. Agar gunoh qilsa, ota o‘g‘lini jazolaganday, Men ham uni jazolayman. 15 Seni shoh bo‘lsin deb, Shoulni marhamatimdan mahrum qilgan edim. Lekin o‘g‘lingdan hech qachon marhamatimni darig‘ tutmayman.

16 Xonadoning va shohliging Mening oldimda abadiy turadi, taxting to abad

mustahkam bo‘ladi.»”


17 Xudo ayon qilganlarning hammasini Natan Dovudga aytdi.

Dovudning shukrona ibodati

18 Shundan keyin shoh Dovud Egamizning huzurida o‘tirib*, shunday ibodat qildi:


“Ey Egam Rabbiy! Men kim bo‘libman, xonadonim nima bo‘libdiki, Sen meni bu qadar ulug‘lading?! 19 Buning ustiga, ey Egam Rabbiy, Sen kelajak zamonda yuz beradigan voqealardan xabar berib, bu qulingning xonadoni uchun ko‘p va’da berding. Sening bu va’dalaring jamiki insonlarga tegishli bo‘lsin*, ey Egam Rabbiy! 20 Men Senga ortiq nima deya olardim, Egam Rabbiy! Axir, bu qulingni bilasan–ku. 21 Bergan va’dangga, O‘z xohishingga muvofiq, shunday ulug‘vor ish qilding va bu qulingga ayon etding.

22 Naqadar ulug‘vorsan, ey Egam Rabbiy! Senga o‘xshagan boshqa xudo haqida hech qachon eshitmaganmiz. Sening aslo o‘xshashing yo‘q, Sendan o‘zga Xudo yo‘q! 23 Xalqing Isroilga o‘xshashi yo‘q! Ey Xudoyim, boshqa qaysi xalqni Sen qullikdan xalos qilib, O‘zingning xalqing qilding?! Sen O‘z xalqingni Misrdan olib chiqib, butun olamga shuhratingni yoyding. Buyuk va ajoyib ishlaring orqali xalqing oldidan begona xalqlaru xudolarni quvding*. 24 Xalqing Isroilni to abad O‘zingning xalqing qilding. Ey Egam, Sen ularning Xudosi bo‘lding.

25 Ey Parvardigor Egam! Bu qulingga va uning xonadoniga qarata aytgan so‘zingda to abad tur, bergan va’dangni bajar, 26 toki odamlar, Sarvari Olam — Isroil xalqining Xudosi ekan, deb nomingni to abad maqtab yursinlar. Ha, quling Dovudning xonadonini O‘zing har doim mustahkam qilgin. 27 Ey Isroil xalqining

Xudosi — Sarvari Olam! Bu qulingga, sening xonadoningni barpo etaman, deb ayon etgansan! Shu sababdan bu quling Senga shunday deb ibodat qilishga jur’at etdi.

28 Ey Egam Rabbiy! Sen Xudosan, so‘zlaring — haq. Sen bu qulingga ana shunday ezgu narsalarni va’da qilgansan. 29 Agar O‘zing ma’qul ko‘rsang, bu qulingning xonadoniga marhamat qilgin, toki Sening huzuringda to abad tursin. Sen so‘z bergansan, ey Egam Rabbiy! Sening marhamating tufayli bu qulingning xonadoni to abad marhamatga sazovor bo‘lg‘ay.”


8–BOB

Dovudning zafarlari

1 Birmuncha vaqt o‘tgach, Dovud yana Filistlarga hujum qilib, ularni mag‘lub qildi, shu tariqa yurtni ularning hukmronligidan ozod etdi*. 2 So‘ng Mo‘ab xalqini ham mag‘lub qildi. Asirlarni yerga qator qilib yotqizib, qatorni arqon bilan o‘lchay boshladi. Bir o‘lchab, tirik qoldirdi, ikki o‘lchab o‘ldirdi. Shunday qilib, Mo‘ab xalqining tirik qolganlari Dovudga qul bo‘lib, o‘lpon to‘laydigan bo‘lishdi.

3 Zo‘vo* shohi Hadadzar o‘z shohligini boshqatdan o‘rnatmoqchi bo‘lib, Furot daryosi bo‘ylariga yurish qilgan edi. Dovud uni ham tor–mor qildi. Hadadzar Rexob deganning o‘g‘li edi. 4 Dovud Hadadzarning 1700 nafar otliq, 20.000 nafar piyoda sipohini asirga oldi. O‘zining 100 ta jang aravasi uchun kerakli otlarni qoldirib, boshqa hamma otlarni mayib qildi.

5 Damashqdagi Oram xalqi Zo‘vo shohi Hadadzarga yordamga kelgan edi, Dovud ulardan 22.000 kishini o‘ldirdi. 6 So‘ng Damashqdagi Oram xalqining shaharlariga o‘zining qo‘nolg‘alarini joylashtirdi. Oram xalqi ham Dovudga qaram bo‘lib, o‘lpon to‘laydigan bo‘ldi. Shunday qilib, Dovud qayerga bormasin, Egamiz uni zafarga erishtirdi. 7 Dovud Hadadzarning a’yonlari ko‘tarib yuradigan oltin qalqonlarni qo‘lga kiritib, Quddusga keltirdi. 8 Yana Hadadzarning qo‘li ostidagi Tivxat* va Baro‘tay shaharlaridan ko‘p bronza olib keldi.

9 Xomat* shohi To‘ax “Dovud Hadadzarning butun lashkarini mag‘lub qilibdi”, deb eshitib qoldi. 10 To‘ax shoh Dovudning huzuriga o‘g‘li Yoramni yuborib, uni qutladi, jangda Hadadzardan g‘olib kelgani uchun Dovudni olqishladi. To‘ax Hadadzar bilan uzoq vaqtdan beri urishib kelardi. Yoram Dovudga oltin, kumush, bronza idishlarni hadya qilib olib keldi. 11 Shoh Dovud bu in’omlarni bosib olgan yurtlardan keltirgan oltinu kumushlar bilan birga Egamizga nazr qildi. 12 Bular Edom, Mo‘ab, Ommon yurtlaridan, Filist va Omolek xalqlaridan olib kelingan, Zo‘vo shohi Hadadzardan olingan o‘ljalar edi.

13 Dovud Tuz vodiysida* Edom* xalqidan 18.000 kishini halok qilib qaytgandan

so‘ng, yanada dong taratdi.

14 Edom yurtining hamma yeriga o‘z qo‘nolg‘alarini joylashtirdi. Edom xalqi Dovudga qaram bo‘ldi. Dovud qayerga bormasin, Egamiz uni zafarga erishtirdi.

15 Dovud butun Isroilda shohlik qilar ekan, xalqini odillik bilan boshqarardi. 16 Zeruya o‘g‘li Yo‘ab — lashkarboshi, Oxilud o‘g‘li Yohushafat — mushovir* edi. 17 Oxitob o‘g‘li Zodo‘x bilan Abuatar o‘g‘li Oximalek — ruhoniy, Sarayo mirza edi.

18 Yohayido o‘g‘li Binayo Xaretlik va Palatlik qo‘riqchilarning* boshlig‘i edi. Dovudning

o‘g‘illari esa ruhoniy* edilar.

9–BOB



1 Bir kuni Dovud:

Dovud Mefibositga yaxshilik qiladi

Xo‘jayiningning nabirasi Mefibosit har doim mening dasturxonimdan taom yeydi.

Zibaxning o‘n besh o‘g‘li va yigirmata quli bor edi.

Shunda Zibax shohga:

11 — Janobi oliylari bu quliga nima buyurgan bo‘lsalar, hammasini ijro etarman, —

dedi.

Mefibosit, xuddi shoh farzandlarining biriday, shoh dasturxonidan* taom yeydigan

bo‘ldi.

12 Mefibositning Mixa degan yoshgina o‘g‘li ham bor edi. Zibax xonadonida yashaganlarning hammasi Mefibositning xizmatkori bo‘ldi. 13 Mefibosit Quddusda istiqomat qilib qoldi va doim shoh dasturxonidan taom yedi. Uning ikkala oyog‘i ham cho‘loq edi.

10–BOB

Dovud Ommon va Oram xalqlarini bo‘ysundiradi

1 Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, Ommon* shohi Naxosh olamdan o‘tib, o‘rniga o‘g‘li Xanun shoh bo‘ldi. 2 Dovud: “Naxosh menga sodiq edi, men ham uning o‘g‘li Xanunga sodiq bo‘layin”, deb ko‘nglidan o‘tkazdi. Shunday qilib, Dovud Xanunga otasining vafoti munosabati bilan tasalli berish uchun o‘z elchilarini jo‘natdi.

Dovudning elchilari Ommon yurtiga borgach, 3 Ommon beklari o‘zlarining shohi Xanunga shunday deb o‘rgatishdi: “Dovud bu odamlarini otangiz hurmati uchun jo‘natgan, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, Dovud elchilarini sizning huzuringizga yomon niyat bilan yuborgan, u shaharni kuzatib, tekshirib, keyin qo‘lga kiritmoqchi.”

4 Shu gapdan so‘ng Xanun Dovudning elchilarini ushladi, ularning soqollarining yarmini qirqib, kiyimlarini sonlarigacha kestirib, orqaga qaytarib yubordi. 5 Dovud bu voqeani eshitdi–yu, elchilarini kutib olish uchun odamlar jo‘natdi. Elchilar juda sharmandali ahvolda qolgan edilar. Shoh o‘sha elchilariga: “Soqolingiz o‘sguncha Yerixoda qolinglar, keyin mening oldimga qaytib kelinglar”, deb ayttirib yubordi.

6 Ommon xalqi “Endi Dovudning g‘azabiga duchor bo‘ldik”, deb o‘yladi. Ular har tomonga xabar jo‘natib, Bayt–Rexob va Zo‘vo shaharlaridan Oram xalqining 20.000 sipohini, Maxo shahri shohidan 1000 nafar sipohni va Tov xalqidan 12.000 sipohni yolladilar. 7 Dovud bu xabarni eshitdi–yu, lashkarboshi Yo‘ab boshchiligida qo‘riqchilarining hammasini urushga safarbar qildi. 8 Ommon lashkari shahar darvozasi oldida Dovudga qarshi saf tortdi. Rexob va Zo‘vodan kelgan Oram sipohlari, Tov va Maxodan kelgan sipohlar esa yalanglikda saf tortdilar.

9 Yo‘ab g‘anim to‘dalari orqayu oldindan hujum qilayotganini ko‘rdi. U Isroilning

saralangan sipohlaridan tanlab oldi–da, Oram lashkariga qarshi saf torttirdi.

10 Qolganlariga esa ukasi Abushayni bosh qilib, Ommonlarga qarshi shay qilib qo‘ydi.

11 Yo‘ab Abushayga:

— Oram lashkari mendan ustun kelsa, sen yordamga kelasan, — dedi. — Bordi–yu, Ommonlar sendan baland kelsa, men yordamga boraman. 12 Bardam bo‘l! Xalqimiz va Xudoyimizning shaharlari uchun mardlarcha kurash olib boraylik. Egamizning xohish– irodasi bajo bo‘lsin.

13 Yo‘ab boshchiligidagi sipohlar Oram lashkariga qarshi tashlandilar. Oram lashkari esa ularning oldiga tushib qochib qoldi. 14 Ularning qochganini ko‘rgan Ommonlar ham Abushaydan qochib, shaharga berkindilar. Shundan keyin Yo‘ab ular bilan jang qilmay, Quddusga qaytib ketdi.

15 Oram lashkari Isroil lashkaridan yengilganini anglab yetganidan so‘ng, yana bir joyga to‘planishdi. 16 Shoh Hadadzar Furot daryosining narigi tomonidagi o‘z lashkariga xabar berib, ularni chaqirtirdi. Oram lashkari Hadadzarning lashkarboshisi Sho‘vax boshchiligida Xelam shahriga keldi. 17 Dovud bu voqeani eshitib, jamiki Isroil lashkarini yig‘di, Iordan daryosini kechib o‘tib, Xelamga yetib bordi. Oram lashkari saf tortib, Dovud lashkari bilan jang qildi. 18 Ammo Oram lashkari yana Isroil lashkarining oldiga tushib qochib qoldi. Dovud Oram lashkarining 700 ta jang aravasi aravakashini va

40.000 nafar otliq sipohini o‘ldirdi. U Hadadzarning lashkarboshisi Sho‘vaxni ham yaralagan edi, Sho‘vax jang maydonidayoq jon berdi.

19 Shunday qilib, Hadadzarning qo‘li ostidagi hamma shohlar mag‘lubiyatga uchrab,

Isroil xalqi bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi. Ular Isroil xalqiga qaram bo‘lib qoldi.

Shundan keyin Oram xalqi Ommon xalqiga yordam berishdan qo‘rqib qoldi.


11–BOB

Dovud bilan Botsheva

1 Bahor boshlanib, shohlar urushga ketadigan payt ham bo‘ldi. Dovud lashkarboshilariga va butun Isroil qo‘shiniga Yo‘abni bosh qilib, urushga yubordi. Ular Ommon lashkarini yakson qilib, Rabba shahrini* qamal qilishdi. Dovudning o‘zi Quddusda qolgan edi.

2 Bir kuni oqshom payti Dovud yotog‘idan chiqdi–da, saroy tomiga ko‘tarilib* shaharni tomosha qila boshladi. Birdan cho‘milayotgan bir ayolni ko‘rib qoldi. Ayol juda go‘zal edi. 3 Dovud bittasiga:

22 So‘ng ayol butun shahar ahliga o‘zining dono gaplarini yetkazdi. Shahar ahli Shebaning boshini kesib, devordan oshirib Yo‘abga tashladi. Yo‘ab burg‘usini chaldi. Yo‘abning odamlari shahardan chiqib, uylariga qaytib ketishdi. Yo‘ab ham Quddusga — shohning yoniga jo‘nadi.

Dovudning a’yonlari

23 Yo‘ab butun Isroil qo‘shinining lashkarboshisi edi. Yohayido o‘g‘li Binayo esa Xaretlik va Palatlik qo‘riqchilarning sardori edi. 24 Odoniram* qarollar ustidan mas’ul, Oxilud o‘g‘li Yohushafat mushovir* edi. 25 Shavo — kotib, Zodo‘x bilan Abuatar — ruhoniy, 26 Yovirlik Ero ham Dovudning ruhoniysi edilar.


21–BOB

Givonliklar Shoul xonadonidan o‘ch oladi

1 Dovud shohligi paytida uch yil muttasil ocharchilik hukm surdi. Dovud Egamizdan shu haqda so‘ragan edi*, Egamiz shunday javob berdi: “Qon to‘kkan Shoul va uning xonadoni bu ocharchilikka sababchi, chunki Shoul Givonliklarni qirgan edi.”

2 Shundan so‘ng shoh Givonliklarni chaqirtirib keldi va ular bilan gaplashdi. Givonliklar Isroil qavmlaridan bo‘lmay, Amor xalqlarining* qolgan–qutgani edi.

Isroil xalqi Givonliklarga, sizlarni tirik qoldiramiz, deb ont ichishgan edi*. Shunga

qaramay, Shoul ularni qirib tashlashga harakat qilgan, chunki u butun yurtni Isroil va Yahudo xalqi nazorat qilishini istagandi.

3 Xullas, Dovud:

7 Dovud Shoulning nabirasi — Yo‘natanning o‘g‘li Mefibositga rahm qilib, uni Givonliklarga bermadi. Dovud bilan Yo‘natan Egamizning nomini o‘rtaga qo‘yib bir– biriga qasamyod qilishgan edi. 8 Shoulga Oyo qizi Rizpa Ormanax va Mofibaset degan ikki o‘g‘il tug‘ib bergan edi. Dovud Shoulning o‘sha ikkala o‘g‘lini oldi. Shoulning qizi Merav* Maxlalik Borzulay o‘g‘li Odriyoldan beshta o‘g‘il ko‘rgan edi. Dovud o‘sha o‘g‘illarning 9 hammasini Givonliklarning qo‘liga berdi. Givonliklar yettovini tog‘da — Egamizning oldida o‘ldirib, jasadlarini tik o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqishdi. Yettovi ham birga jon bergan edi. Ular o‘ldirilganda, o‘rim–yig‘im endi boshlangan, arpa o‘rimining ilk kunlari* edi.

10 Oyo qizi Rizpa qanor* oldi va jasadlar yonidagi bir qirning tepasiga borib, qanorni yoydi. O‘rim payti boshlangandan to jasadlar ustiga osmondan yomg‘ir yoqqunga qadar*, Rizpa o‘sha yerda qoldi. Jasadlarni kunduzi osmonda uchadigan qushlardan, kechalari yovvoyi hayvonlardan qo‘riqladi.

11 Shoulning kanizagi* Oyo qizi Rizpa qilgan ishni Dovudga yetkazishdi. 12 Dovud Giladdagi Yobosh xalqining oldiga borib, Shoul va uning o‘g‘li Yo‘natanning suyaklarini ulardan oldi. Filistlar Gilbova tog‘ida Shoulni o‘ldirgan kuni uning va o‘g‘lining jasadlarini Bayt–Shan shahri maydonida devorga qoqib qo‘ygan edilar. Giladdagi Yobosh xalqi esa ikkovining jasadini yashirincha u yerdan olib ketishgan edi*. 13 Dovud Shoul bilan o‘g‘li Yo‘natanning suyaklarini u yerdan olib kelgandan so‘ng, o‘ldirilgan yetti kishining jasadlarini ham olishdi. 14 Shoul bilan o‘g‘li Yo‘natanning suyaklarini Benyamin hududidagi Zilaga — otasi Kishning xilxonasiga dafn qilishdi. Shunday qilib, shohning hamma farmonlarini ijro etishdi.

Shundan keyin Xudo yurt uchun qilingan iltijolarga javob berdi.

Filistlarga qarshi urush

15 Filistlar bilan Isroil lashkari o‘rtasida yana urush boshlandi. Dovud odamlari bilan

Filistlarga qarshi urushga otlandi. Ammo janglar davomida Dovud juda toliqib qoldi. 16 Filist jangchilaridan biri Yishbibanuv Dovudni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Yishbibanuv Rafa xalqidan* edi. U qo‘lida uchi 750 misqol* keladigan bronza nayza ko‘targan, beliga esa yangi qilich bog‘lab olgandi. 17 Zeruya o‘g‘li Abushay* Dovudni himoya qilib, o‘sha

Filistni mag‘lub qilib o‘ldirdi. Shundan keyin Dovudning odamlari unga: “Endi siz biz bilan birga urushga bormaysiz, toki Isroilning chirog‘i o‘chib qolmasin”, deb aytishdi.

18 Shundan so‘ng Gov shahrida Filistlar bilan yangidan urush boshlandi. Xushalik

Sibaxay bu urushda Sof degan odamni o‘ldirdi. Sof Rafa xalqidan edi.

19 Ko‘p o‘tmay Isroil lashkari bilan Filistlar o‘rtasida Govda yana urush bo‘ldi. Yovir* o‘g‘li Elxanon Gatlik* Go‘liyotning ukasini* o‘ldirdi. Elxanon Baytlahmlik edi. Go‘liyot nayzasining sopi to‘quvchining dastgohi xodasiday kelardi.

20 So‘ngra yana Gat shahrida urush bo‘ldi. U yerda ham Rafa xalqidan devday bir odam bor edi. Uning qo‘l–oyoqlari olti barmoqli edi, hammasi bo‘lib yigirma to‘rtta barmog‘i bor edi. 21 O‘sha odam Isroil lashkarini haqorat qilgan edi, Yo‘natan uni o‘ldirdi. Yo‘natan Dovudning akasi Shimoning o‘g‘li edi.

22 Dovud va uning odamlari tomonidan o‘ldirilgan o‘sha to‘rtalasi ham Gatlik bo‘lib,

Rafa xalqidan edi.


22–BOB

Dovudning zafar qo‘shig‘i

1 Egamiz Dovudni jamiki dushmanlari va Shoulning qo‘lidan ozod qilgan kuni Dovud Egamizga atab shu qo‘shiqni aytdi:


2 “Egam suyangan qoyamdir*, mening qal’am, qutqaruvchimdir.

3 Ha, Xudodir mening qoyam, Unda panoh topaman. Udir mening qalqonim, qudratli najotkorim*, Qo‘rg‘onimu boshpanam.

Xaloskorim, zulmdan meni Sen qutqarasan!

4 Egamga iltijo qilaman, G‘animlarimdan U meni xalos qiladi. Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


5 O‘lim to‘lqinlari meni qurshab olgandi,

Balo–qazo sellari dahshat ila bosgandi,

6 Ha, o‘liklar diyorining* to‘rlari meni o‘rab olgandi, O‘lim o‘z tuzog‘iga meni asir qilgandi.


7 Kulfatda qolganimda Egamga iltijo qildim, Ha, Xudoyimga iltijo qildim.

Ma’badidan turib U ovozimni eshitdi, Ohu nolam qulog‘iga yetib bordi.


8 O‘sha zamon yer yuzi titrab, tebrandi,

Osmon poydevori* larzaga keldi,

Egam g‘oyat g‘azabga mingan edi.

9 Burnidan tutun buruqsab chiqardi,

Og‘zidan otash pishqirardi, Oldidan qip–qizil cho‘g‘ yog‘ilardi. 10 U ko‘klarni yorib, pastga tushdi,

Oyoqlari ostida — qora bulut.

11 Egam bir karubga* minib uchib keldi,

Yel qanotlari uzra ko‘ringan edi.

12 Atrofini zulmat bilan o‘radi,

Atrofidagi qora bulutlarni O‘ziga chayla qildi. 13 Ulkan nur Egamning oldidan chiqdi, Qip–qizil cho‘g‘ yog‘ilib turdi.

14 Egamning ovozi ko‘klardan guldiradi,

Xudoyi Taoloning sadosi eshitildi.

15 O‘qlar otdi, chaqmoq chaqtirib, yovlarini tirqiratdi,

Ularni sarosimaga soldi.

16 Egamning tahdidlaridan, Uning qahrli nafasidan Dengizning tubi ko‘rinib qoldi,

Zamin poydevori* yalang‘och bo‘lib qoldi.


17 Egam yuqoridan qo‘l uzatib, meni tutdi, Bahaybat suvlardan* meni chiqarib oldi. 18 Meni kuchli g‘animlarim qo‘lidan,

Mendan nafratlangan yovlarimdan qutqardi, Ular mendan kuchli edilar.

19 Qora kunimda ular menga hamla qildilar,

Ammo Egam menga tayanch bo‘ldi.

20 Meni bexavotir joyga chiqarib qo‘ydi, Mendan mamnun bo‘lib, najot berdi.


21 Egam solihligim uchun meni mukofotlaydi, Aybsizligim uchun meni taqdirlaydi.

22 Zero, men Egamning yo‘lidan yurdim,

Axloqsizlik qilmadim,

Xudoyimdan yuz o‘girmadim.

23 Uning hamma qonun–qoidalariga rioya qildim,

Farmonlaridan bo‘yin tovlamadim. 24 Uning oldida benuqson bo‘ldim, Gunoh qilishdan o‘zimni saqladim.

25 Shu sababli Egam meni pok deb bildi, Solihligimga yarasha mukofot berdi.


26 Ey Egam! Senga sodiq bo‘lganga Sen sodiq bo‘lasan,

Yaxshi insondan yaxshiligingni ayamaysan. 27 Pok kishiga pokligingni ko‘rsatasan, Egrining ayyorligini o‘z boshiga solasan.

28 Ahli kamtarga esa najot berasan,

Dimog‘dorni kuzatib, yerga urasan.


29 Ey Egam! Sen O‘zing chirog‘imsan,

Zulmatni men uchun yorug‘likka aylantirasan.

30 Ey Xudoyim! Senga suyanib lashkarni yo‘q qilaman, Senga suyanib devorlardan oshib o‘taman.


31 Xudoning yo‘li komildir, Egamizning kalomi chin haqiqatdir, Panoh izlab borganga U qalqondir.

32 Egamizdan boshqa Xudo kim ekan?! Xudoyimizdan bo‘lak suyanchiq Qoya bormikan?! 33 Mening mustahkam qal’am Xudodir,

Yo‘limni O‘zi bexatar qiladi.

34 U oyoqlarimni kiyik oyog‘iday qiladi, Cho‘qqilar uzra meni bexatar yurgizadi. 35 Qo‘llarimni jang qilishga o‘rgatadi, Barmoqlarim bronza yoyni buka oladi.

36 Ey Egam, Sen menga zafar qalqoningni bergansan, Madading esa meni yuksaltiradi.

37 Oyoqlarim uchun yo‘limni keng qilgansan, Oyoqlarim sira og‘ib ketmaydi.


38 G‘animlarimni quvlab, halok qildim, Ularni yo‘q qilmay ortga qaytmadim.

39 Ularni shunday ezdimki, hech ham tura olmadilar.

Oyoqlarim ostida cho‘zilib qoldilar.

40 Sen menga quvvat berib, jangga yubording,

Menga qarshi otlangan yovni oldimda bosh egdirding.

41 G‘animlarimni mendan qochirding, Mendan nafratlanganlarni men yo‘q qildim. 42 Ular madad so‘rab faryod qildilar, Najotkorni esa topolmadilar,

Ey Egam, g‘animlarim Senga yolvordilar,

Ammo Sen javob bermading.

43 Yerdagi tuproq singari ularni ezdim,

Yo‘ldagi loydek tepkilab bosdim.


44 Sen meni xalqim g‘iybatidan xalos qilding, Meni ellarga yo‘lboshchi qilish uchun saqlading. O‘zim tanimagan elat menga qaram bo‘ldi.

45 Yot ellar menga bo‘yin egdilar, Ovozimni eshitiboq quloq tutdilar. 46 Yot ellar holsizlanib yiqildilar,

Qaltirab manzilidan chiqib qochdilar.


47 Egam barhayotdir! Suyangan Qoyamga olqishlar bo‘lsin!

Najotim qoyasi — Xudoyim yuksalsin!

48 Qasdimni olgan Xudodir,

Xalqlarni menga U tobe qilgan.

49 Meni g‘animlarimdan U qutqargan, Bosqinchilardan meni ustun qilgan, Meni zo‘ravonlar qo‘lidan xalos etgan.


50 Shu bois, ey Egam, xalqlar ichra Senga hamdlar aytaman!

Seni kuylab sano aytaman!


51 Egamiz O‘z shohini ulug‘ zafarlarga erishtiradi, O‘zi tanlagan shoh Dovud va uning nasliga

To abad sodiq sevgisini ko‘rsatadi.”


23–BOB

Dovudning vasiyati

1 Essay o‘g‘li Dovudning so‘zlari.


Dovudni Xudo yuksaltirgan,

Yoqubning Xudosi moy surtib, shoh qilgan uni, Dovud Isroilning suyukli qo‘shiqchisi bo‘lgan. Dovudning oxirgi so‘zlari quyidagilardir:


2 “Egamning Ruhi men orqali gapirdi, Tilimdan Uning kalomi to‘kildi.

3 Isroil xalqining Xudosi men orqali so‘zladi,

Isroilning ishongan Qoyasi* menga shunday deb aytdi:

«Insonlarni adolat bilan boshqarayotgan, Xudodan qo‘rqib shohlik qilayotgan inson 4 Bamisoli tong shafag‘idir,

Musaffo tongda nur sochayotgan quyosh kabidir,

Nurlari yomg‘irdan so‘ng tuproqda maysa undirar.»


5 Xonadonim Xudo oldida shunday emasmi?! Chunki U men bilan abadiy bir ahd tuzgan,

Bu ahd har tomonlama ishonchli, mustahkamdir.

Albatta g‘olib bo‘lishim uchun, har qanday tilagimga yetishim uchun, U shak–shubhasiz menga madad beradi.

6 Shakkoklar uloqtirilajak tikan kabidir, Chunki ularni qo‘l bilan ushlab bo‘lmas. 7 Tikan yig‘moqchi bo‘lgan kishi

Temir asbob yoki nayzaning sopidan foydalanar.

Tikanlarga o‘t qo‘yib, kulini ko‘kka sovurar.”

Dovudning “Uch qahramon” va “O‘ttiz qahramon” degan guruhlaridagi bahodir

jangchilar

8 Dovudga xizmat qilgan bahodir jangchilarning ismlari quyidagicha: birinchisi —

Xaxmo‘n urug‘idan Yoshuvam*. U “Uch qahramon”ning* sardori edi. U nayzasi bilan

sakkiz yuz kishiga hujum qilib, hammasini bir jangda o‘ldirgan edi*.

9 “Uch qahramon”dan ikkinchisi Oxo‘va urug‘idan Do‘do‘ o‘g‘li Elazar edi. U jang qilish uchun to‘plangan Filistlarni Dovud bilan birga mag‘lub qilgan edi. Isroil lashkari u paytda chekingan edi. 10 Lekin Elazar joyida turaverdi, chekinmadi. Qo‘li toliqib, uvushib qolguncha Filistlarni o‘ldirdi. O‘sha kuni Egamiz uni ulug‘ zafarga erishtirdi. So‘ngra Isroil lashkari faqat halok bo‘lganlarni talon–taroj qilish uchun Elazarning orqasidan bordi.

11 “Uch qahramon”dan uchinchisi Xarorlik Agey o‘g‘li Shammox edi. Filistlar Lexidagi bir yasmiqzor* yoniga yig‘ilib kelganda, Isroil lashkari ularning oldiga tushib qochishgan edi. 12 Lekin Shammox yasmiqzorning o‘rtasida turib olib, o‘sha yerni himoya qildi va Filistlarni tor–mor qildi. Shu tariqa, Egamiz uni ham ulug‘ zafarga erishtirdi.

13 O‘rim–yig‘im paytida o‘sha uchalasi (ular “O‘ttiz qahramon”* guruhi tarkibiga kirar edilar)* Dovudning yoniga — Adullam g‘origa ketdilar*. Rafa vodiysida* Filistlar lashkari qarorgoh qurgan edi. 14 Bu paytda Dovud o‘zining adirdagi qarorgohida edi.

Bitta Filist qo‘nolg‘asi esa Baytlahmda joylashgan edi. 15 Dovud hasrat bilan:

— Qaniydi birortasi Baytlahm darvozasining yonidagi quduqdan menga suv olib kelib bersa! — dedi.

16 O‘sha uchta qahramon Filistlar qarorgohini yorib o‘tishdi–da, Baytlahmdagi darvozaning yonidagi quduqdan suv tortib, Dovudga olib kelishdi. Lekin Dovud suvni ichmay, yerga to‘kib, Egamizga bag‘ishladi.

17 — Ey Egam! — deb xitob qildi. — Bunday qilishdan meni O‘zing asra! Shu yigitlarning qonini ichaymi? Axir, ular jonini xavf–xatarga qo‘yib, suv olib kelgani borishdi–ku!

Shuning uchun ham Dovud suvni ichishni istamadi. “Uch qahramon” ana shunday jasurlik ko‘rsatishgan edi.

18 Yo‘abning akasi Abushay “O‘ttiz* qahramon”ning sardori edi. Abushay nayzasi bilan uch yuz kishini o‘ldirdi. Shu tariqa u “Uch qahramon” singari dong taratdi. 19 U “O‘ttiz qahramon”dan ham mashhur edi, ularning yo‘lboshchisi bo‘ldi. Lekin “Uch qahramon”dan biri hisoblanmasdi.

20 Yana Kabzil shahridan Yohayido o‘g‘li Binayo degan jasur bir jangchi bor edi. U ajoyib ishlar qildi, Mo‘ablik ikki dovyurak odamni* o‘ldirdi. Qor yoqqan kunda bir xandaqqa tushib, sherni o‘ldirdi. 21 Yana devday bir Misrlikni ham o‘ldirdi. Misrlikning qo‘lida nayzasi bor edi. Binayo uning ustiga tayoq bilan bostirib bordi. Nayzani Misrlikning qo‘lidan tortib oldi–da, o‘sha nayza bilan uni o‘ldirdi. 22 Binayoning qilgan ishlari ana shulardir. Shu tariqa, Binayo “Uch qahramon” kabi dong taratdi. 23 U “O‘ttiz qahramon” orasida shuhrat topdi, lekin “Uch qahramon”dan biri hisoblanmasdi. Dovud uni qo‘riqchilar sardori qilib tayinladi.

24 Quyidagilar ham “O‘ttiz qahramon”dan edilar:


Yo‘abning ukasi Osoyil,

Baytlahm shahridan Do‘do‘ o‘g‘li Elxanon,

25 Xaro‘d shahridan Shammox va Elixo,

26 Palat shahridan Xalez,

Taxuva shahridan Ixesh o‘g‘li Ero, 27 Onoto‘t shahridan Abuazar, Xusha shahridan Sibaxay*,

28 Oxo‘va urug‘idan Zalmon,

Natufo shahridan Maxray,

29 Natufo shahridan Banax o‘g‘li Xaled*, Benyamin naslidan Givolik Ribay o‘g‘li Etxay, 30 Piraton shahridan Binayo,

Gash soyliklaridan Xuray*,

31 Bayt–Araba shahridan Abualvon, Boxurim shahridan Ozmobit,

32-33 Shalbim shahridan Eliyaxba,

Yoshonning o‘g‘illari,

Xaror shahridan Shaxey o‘g‘li Yo‘natan*, Xarorlik Shoror o‘g‘li Oxiyom,

34 Maxo shahridan Axazbay o‘g‘li Elifalet, Gilox shahridan Oxitofel o‘g‘li Eliyom,

35 Karmil shahridan Xazro, Orov shahridan Paray,

36 Zo‘vo shahridan Natan o‘g‘li Yixal,

Gad qabilasidan Banix,

37 Ommon xalqidan Zilax,

Baro‘t shahridan Zeruya o‘g‘li Yo‘abning qurolbardori Naxray,

38 Yitar urug‘idan Ero va Goriv,

39 Xet xalqidan Uriyo.


Hammasi bo‘lib o‘ttiz yetti kishi edi.


24–BOB


Dovud aholini ro‘yxat qiladi

1 Isroil xalqiga Egamiz yana g‘azabini sochdi. Egamiz xalqqa zarar yetkazmoqchi bo‘lib, aholini ro‘yxat qilishga Dovudni majbur etdi: “Qani, Isroil va Yahudo xalqini sanab chiq”, dedi.

2 Shoh yonida turgan lashkarboshisi Yo‘abga shunday buyruq berdi:

24 — Bo‘lmaydi! — dedi shoh. — Sendan bu narsalarni o‘z bahosida sotib olaman.

Tekin tushgan qurbonliklarni Egam Xudoga kuydirib nazr qilmayman.

Shundan so‘ng Dovud xirmonni va ho‘kizlarni ellik kumush tangaga* sotib oldi.

25 Dovud o‘sha yerda Egamizga atab qurbongoh qurib, kuydiriladigan qurbonliklar va tinchlik qurbonliklarini atadi. Egamiz esa Isroil yurti uchun Dovudning iltijolariga javob berdi. Shunday qilib, Isroildan o‘lat daf qilindi.

IZOHLAR

1:2 U qayg‘udan kiyimlarini yirtgan, boshiga tuproq sochgan… — kiyimlarni yirtish va boshga tuproq sochish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi.

1:6 Gilbova tog‘i — Jalila ko‘lidan qariyb 32 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan.

1:10 …uni o‘ldirdim — Shoulning o‘limi haqida bu yigit aytgan hikoya 1 Shohlar 31:3- 5 da yozilgan voqeaga to‘g‘ri kelmaydi. Bu yigit Isroil xalqining dushmani bo‘lgan Omolek xalqidan edi (1 Shohlar 15:1-3 ga qarang). Shoul o‘lgan paytda o‘sha yigit nima

uchun Gilbova tog‘ida bo‘lgani aniq emas. U o‘lgan sipohlarning qimmatbaho narsalarini o‘marish uchun o‘sha yerga borgan bo‘lishi mumkin. Yigit Dovudga yoqish va undan mukofot olish ilinjida shu voqeani ichidan to‘qib aytgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas (4:10 ga qarang).

1:18 ushbu marsiya — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi yoy, bu marsiyaning

nomi bo‘lishi mumkin.

1:18 “Yoshur” kitobi — ibroniychadagi ma’nosi “Solihlar” kitobi. Ehtimol, bu kitob jangnoma bo‘lib, qadimiy dostonlar va qo‘shiqlar majmuasidan iborat edi. Bu kitob hozirgi kungacha saqlanib qolmagan. Yoshua 10:13 da ham o‘sha kitobga ishora qilingan.

1:20 Gat…Ashqalon — Filistlarning beshta shaharlaridan ikkitasi edi (1 Shohlar 6:17 ga qarang).

1:21 Gilbova tog‘lari — Shoul o‘ldirilgan joyga ishora. Shu bobning 6–oyatiga va o‘sha

oyatning izohiga qarang (yana 1 Shohlar 31:1-10 ga qarang).

1:21 …qalqoniga moy surtilmas endi — ba’zi qalqonlar qattiq charmdan qilinib, bular

yaxshi saqlanishi uchun zaytun moyi surtilgan.

2:1 …Egamizdan…deb so‘radi — shoh biror muhim qaror chiqarishdan oldin, Xudoning xohishini bilish uchun ruhoniylarga murojaat qilardi. Bunday hollarda ruhoniylar Urim va Tummim degan muqaddas narsalardan foydalanishardi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Chiqish 28:15 ning ikkinchi izohiga qarang. Xudo O‘z xohish–irodasini odamlarga ba’zan payg‘ambarlar yoki tushlar orqali bildirgan (1 Shohlar 14:36, 28:6 ga qarang).

2:8 Abnur — Shoulning amakivachchasi (1 Shohlar 14:50-51 ga qarang).

2:8 Moxanayim shahri — Giladda, Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan.

2:9 Osher — ibroniycha matnda Oshur. Bu ism Osherning boshqa shakli bo‘lishi

mumkin. Osher Isroil qabilalaridan biri edi.

2:9 Isroil — shimoliy qabilalardan tashkil topgan xalq nazarda tutilgan.

2:12 Givon shahri — Quddusdan qariyb 6 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan.

2:13 Zeruya — Zeruya Dovudning opasi, Yo‘ab esa Dovudning jiyani edi (1 Solnomalar 2:16 ga qarang).

2:13 Givon hovuzi — bu hovuz shaharga yaqin joyda bo‘lib, undan suv saqlash uchun

foydalanilgan.

2:16 “Tig‘lar maydoni” — ibroniycha matnda “Xelkat–Xazurim”, ma’nosi tig‘lar maydoni, yoki xusumat maydoni.

2:29 Iordan vodiysi — ibroniycha matnda Araba. Araba umumiy geografik nom bo‘lib, bu oyatda Iordan vodiysining bir qismiga, aynan O‘lik dengizning shimolidagi yerlarga nisbatan ishlatilgan.

2:29 …jarlikni yoqalab… — yoki …Bitron bo‘ylab davom etdi….

3:3 Doniyor — Qumron qo‘lyozmalaridan (yana 1 Solnomalar 3:1 ga qarang).

Ibroniycha matnda Xilov. Doniyor ismining ma’nosi “Xudo menga qozi”, Xudo Navolga — Obigaylning sobiq eriga jazo berganini eslatish maqsadida bolaga aynan shu ism berilgan bo‘lishi mumkin (1 Shohlar 25:39 ga qarang).

3:7 kanizak — ibroniycha matnda bu so‘zning ma’nosi quyidagicha: cho‘ri bo‘lgan bu ayollar qonuniy xotin bo‘lmasalar–da, xo‘jayinlari ular bilan jinsiy aloqada bo‘lishgan. Qadimgi paytlarda bu ayollarning jiddiy qonuniy huquqlari bo‘lib, xo‘jayinlari ularning erlari sifatida bo‘lgan. Rizpa Shoulning kanizagi bo‘lgani sababli, bo‘lajak shohning qonuniy mulki bo‘lib o‘tardi.

3:9-10 …Dandan Bershebagacha… — Isroil xalqining jamiki yerlarini tasvirlashning bir

yo‘li, ya’ni shimoldan janubgacha degan ma’noda kelgan.

3:14 Men uni…evaziga olgan edim — 1 Shohlar 18:20-27 ga qarang.

3:15 Palti — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Paltiyol. Uning Palti degan shakli 1 Shohlar 25:44 dan olingan.

3:19 Benyamin odamlari — Shoul ham shu qabiladan edi.

3:29 teri kasalligi — bu ibora ibroniychada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan so‘zning tarjimasidir. Odatda bu ibora moxov kasalligiga ishora deb tushuniladi. Teri kasalliklaridan birortasiga yo‘liqqan kishi harom hisoblanar edi. Xasta odam kasalligini boshqalarga yuqtirmasligi va ularni harom qilmasligi uchun, boshqalardan ajratib qo‘yilar edi (Levilar 13:45-46 ga qarang).

3:31 Kiyimlaringizni yirtib, qanorga o‘raninglar — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Kiyimlarni yirtish va qanorga o‘ranib olish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi.

4:6-7 Iordan vodiysi — ibroniycha matnda Araba. Araba umumiy geografik nom bo‘lib,

bu oyatda Iordan vodiysiga nisbatan ishlatilgan.

5:7 Sion qal’asi — aslida Yobus xalqining qal’asi, bu qal’a Quddusdagi Sion tepaligida

joylashgan edi.

5:9 Quddusning sharq tomonidagi Millo — Quddus shahri tepalik ustida edi. Bu tepalikning sharq tomoni o‘pirilib ketgani uchun uni tuzatish shart bo‘lgan. Tepalikning o‘pirilib ketgan joyi tuproq bilan to‘ldirilgan, kengaytirilgan va mustahkamlangan edi. Tepalikning bu qismi Millo deb atalardi.

5:11 Tir — Finikiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shahar. Bu shahar Isroildan shimolda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi.

5:13 kanizaklar — ibroniycha matnda bu so‘zning ma’nosi quyidagicha: cho‘ri bo‘lgan

bu ayollar qonuniy xotin bo‘lmasalar–da, xo‘jayinlari ular bilan jinsiy aloqada bo‘lishgan. Qadimgi paytlarda bu ayollarning jiddiy qonuniy huquqlari bo‘lib, xo‘jayinlari ularning erlari sifatida bo‘lgan.

5:18 Rafa vodiysi — Quddusdan bir necha kilometr janubi–g‘arbda joylashgan.

5:19 …Egamizdan…deb so‘radi — 2:1 izohiga qarang.

5:20 “Baal–Perazim” — ibroniychadagi ma’nosi toshqinday bosib yo‘q qiluvchi xudo.

6:2 Baalax shahri — Xirat–Yo‘rim shahrining yana bir nomi (1 Solnomalar 13:6 ga qarang).

6:2 ikki karub — Ahd sandig‘ining qopqog‘i ustidagi qanotli samoviy mavjudotlar haykallari. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi KARUB, KARUBLAR so‘ziga qarang.

6:3-4 …Abunadavning tepalikdagi uyida… — 1 Shohlar 7:1-2 ga qarang.

6:5 …berilib… — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana 1 Solnomalar 13:8 ga qarang). Ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …barcha qarag‘ay daraxtlari bilan…, ba’zi tarjimalarda Qarag‘ay yog‘ochidan yasalgan hamma asbob turlari bilan.

6:7 …Uzzox hurmatsizlik qilgani uchun… — Ahd sandig‘i muqaddas bo‘lib, Xudo O‘z xalqi orasida ekanining ramzi edi. Ahd sandig‘iga qo‘l tekkizish qat’iyan man etilgandi (Sahroda 4:5-6, 15 ga qarang). Dovud Xudoning ko‘rsatmalariga rioya qilmay (Chiqish 25:12-15 ga qarang), Ahd sandig‘ini aravaga orttirgandi.

6:8 “Paraz–Uzzox” — ibroniychadagi ma’nosi Uzzoxning jazosi, ya’ni Xudo Uzzoxni urdi.

6:10 Gat — O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan bu shahar Filistlarning beshta asosiy

shahridan biri edi.

6:14 ruhoniylarning muqaddas libosi — ibroniycha matnda zig‘ir matosidan tikilgan

efod, ya’ni ruhoniylar kiyib yuradigan libos.

6:19 xurmo — yoki bir parchadan go‘sht.

6:19 …bir hovuchdan xurmo va bir hovuchdan mayiz… — qadimgi paytlarda odamlar xurmo va uzumlarni quritgandan keyin, qoqilarni hovuchlarida qattiq siqib, dumaloq shakl berganlar. Shu tariqa qoqilar uzoq vaqt saqlangan va kundalik iste’mol qilinadigan yegulik bo‘lgan.

7:10-11 xonadon — ibroniycha matnda uy, bu o‘rinda abadiy davom etadigan shoh sulolasiga ishora qiladi. Shu bobning 5–oyatidagi ibroniycha uy so‘zi Xudoning uyiga, ya’ni shoh Dovud Xudoga atab qurmoqchi bo‘lgan Ma’badga ishora qiladi. Dovudning mana shu istagiga javoban Xudo uy so‘zining ma’nosiga so‘z o‘yin qilib, unga xonadon barpo qilishga, ya’ni sulola ato etishga va’da beradi.

7:18 …Egamizning huzurida o‘tirib… — Dovud Quddusda Ahd sandig‘ini qo‘ygan maxsus chodirda o‘tirgan bo‘lishi mumkin (6:16-17 ga qarang). Ahd sandig‘i Xudo O‘z xalqi orasida ekanligining ramzi edi.

7:19 Sening bu va’dalaring jamiki insonlarga tegishli bo‘lsin… — ibroniycha matndan

so‘zma–so‘z tarjimasi Bu jamiki insoniyat uchun qonundir….

7:23 Sen…begona xalqlaru xudolarni quvding — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana

1 Solnomalar 17:21 ga qarang). Ibroniycha matnda Sen O‘z xalqingni Misrdan, xalqlar va ularning xudolari orasidan olib chiqib, butun olamga shuhratingni yoyding. O‘z yurtingni deb xalqingning oldida buyuk va ajoyib ishlar ko‘rsatding.

8:1 …ularni mag‘lub qildi, shu tariqa yurtni ularning hukmronligidan ozod etdi — yoki

…ularni mag‘lub qildi va Matex–Ommoh shahrini Filistlardan tortib oldi.

8:3 Zo‘vo — bu yurt Damashqdan shimolda joylashgan edi.

8:8 Tivxat — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Betax. Uning Tivxat degan shakli 1 Solnomalar 18:8 dan olingan.

8:9 Xomat — bu yurt Zo‘vo yurtidan shimolda joylashgan edi.

8:13 Tuz vodiysi — O‘lik dengizning janubidagi o‘lka.

8:12-13 Edom…13…Edom — ba’zi ibroniy qo‘lyozmalaridan, qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan (yana 1 Solnomalar 18:11-12 ga qarang). Ibroniycha matnda Oram…13…Oram. Edom yurti O‘lik dengizning janubida joylashgan edi.

8:16 mushovir — lug‘aviy ma’nosi maslahatchi. Bu o‘rinda xabarchi. U shohlik ichidagi va xalq orasidagi xabarni shohga, shohning farmonlarini xalqqa yetkazib turgan.

8:18 Xaretlik va Palatlik qo‘riqchilar — Dovud yollagan bu muhojir sipohlar shohning

shaxsiy qo‘riqchilari bo‘lib xizmat qilgan.

8:18 ruhoniy — yoki a’yonlar (1 Solnomalar 8:17 ga qarang).

9:3 …uning ikkala oyog‘i ham mayib… — 4:4 ga qarang.

9:11 …shoh dasturxonidan… — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana shu bobning 13– oyatiga qarang). Ibroniycha matnda …mening dasturxonimdan….

10:1 Ommon — bu yurt Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan edi.

11:1 Rabba shahri — Ommon yurtining poytaxti.

11:2 …saroy tomiga ko‘tarilib… — u zamonlarda uylarning tomi tekis bo‘lib, odamlar

tomga chiqib dam olishardi.

11:4 …tozalanish rasm–rusumlarini endi tugatgan ekan — ayollar har safar oy ko‘rgandan keyin, oxirida qonun–qoidaga binoan tozalanish rasm–rusumlarini ado etishlari talab qilinar edi. Bu o‘rinda o‘sha odatga ishora qilinyapti (Levilar 15:19-30 ga qarang).

11:21 Gido‘n — ibroniycha matnda Yerubbosit. Yerubbosit — Gido‘nning yana bir ismi

Yerubbaalning bir variantidir (Hakamlar 6:32, 7:1 ga qarang).

12:14 …Egamizni mensimaganing uchun… — yoki …Xudoning dushmanlari Undan nafratlanishiga sen sabab bo‘lganing uchun….

12:25 Yodidayo — ibroniychadagi ma’nosi Egamning suygani.

12:30 Ommon shohining boshidagi toj — yoki Milkomning haykali ustidagi toj. Milkom

— Ommon xalqining xudosi Mo‘laxning yana bir nomi.

12:30 ikki pud — ibroniycha matnda bir talant, taxminan 34 kiloga to‘g‘ri keladi.

13:1 Omno‘n — Dovudning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, taxt vorisi edi.

13:3 Shimo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shimox (shu bobning 32–

oyatida ham bor). Uning Shimo degan shakli 1 Solnomalar 2:13 dan olingan.

13:18 chiroyli gulli libos — yoki yengi uzun libos.

13:19 …boshiga kul sochib, ustidagi uzun libosini yirtib tashladi — boshga kul sochish va

kiyimlarni yirtish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi.

13:23 …qo‘ylarining junini qirqtirayotgan edi — qo‘ylarning junini qirqish bayram

sifatida nishonlanar edi.

13:34 …g‘arb tomondan… — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimada

…Xo‘ronayimga boradigan yo‘ldan….

13:37-38 Talmay — Absalomning ona tomondan bobosi (3:3 ga qarang).

13:39 …Absalomni sog‘ina boshladi — yoki …u o‘z lashkari bilan Absalomning orqasidan borishni boshqa istamadi.

14:2 Taxuva shahri — Quddusdan qariyb 16 kilometr janubda joylashgan.

14:26 besh yuz misqol — ibroniycha matnda ikki yuz shaqal, taxminan 2,3 kiloga to‘g‘ri

keladi.

15:7 to‘rt yil — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda

qirq yil.

15:12 Gilox — Xevronga yaqin shahar.

15:16 kanizak — 5:13 izohiga qarang.

15:18 Xaretlik va Palatlik hamma qo‘riqchilar — Dovud yollagan bu muhojir sipohlar

shohning shaxsiy qo‘riqchilari bo‘lib xizmat qilgan.

15:18 Gat shahri — O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan bu shahar Filistlarning beshta

asosiy shahridan biri edi.

15:23 Qidron soyligi — Quddusning sharqiy chegarasi hisoblangan.

15:27 Axir, sen valiysan–ku! — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimada Menga qara! Qadimda payg‘ambarni valiy deb chaqirish keng tarqalgan edi (1 Shohlar 9:9 ga qarang). Bu o‘rindagi ibroniycha terminning so‘zma–so‘z tarjimasi ko‘radigan odam. Bu o‘rinda shoh Dovud, chamasi, g‘ayrirasmiy taklif beradigan termindan foydalanyapti: Dovudning rejasi bo‘yicha, Zodo‘x Quddusga qaytib, unga josus sifatida xizmat qilishi va shaharda nimalar yuz berayotgani to‘g‘risida uni xabardor qilib turishi kerak edi (shu bobning 28, 35, 36–oyatlariga qarang).

15:30 Zaytun tog‘i — Quddusdan sharqda, Qidron soyligining narigi tomonidagi tepalik.

15:32 Orux urug‘i — Benyamin qabilasining bir urug‘i.

15:32 …qayg‘udan kiyimlarini yirtgan, boshiga tuproq sochgan edi — 1:2 izohiga qarang.

16:1 …hovuch mayiz… — 6:19 ning ikkinchi izohiga qarang.

16:21 kanizaklar — 5:13 izohiga qarang.

16:22 …otasining kanizaklari oldiga kirdi — Natan payg‘ambar bu voqea to‘g‘risida bashorat qilgan edi (12:11-12 ga qarang). Absalom bu qilmishi bilan o‘zini shoh deb e’lon qilayotgan edi, chunki odatga ko‘ra shohning kanizaklari navbatdagi shohning mulki bo‘lib o‘tardi.

17:16 …narigi qirg‘oqqa o‘taversin — ya’ni Iordan daryosining sharq tomoniga. 17:17 …Abuatar o‘g‘li Yo‘natan bilan Zodo‘x o‘g‘li Oximas… — 15:27 ga qarang. 17:17 En–Ro‘g‘ol bulog‘i — Quddusdan janubi–sharqda, Qidron soyligida joylashgan. 17:18 Boxurim shahri — Quddusdan qariyb 2 kilometr shimoli–sharqda joylashgan. 17:23 …o‘z shahri… — Oxitofel Gilox shahridan edi (15:12 ga qarang).

17:25 Ismoil qavmi — qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan (yana

1 Solnomalar 2:17 ga qarang). Ibroniycha matnda Isroil qavmi. 17:25 Eter — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yitro. 17:27-29 yasmiq doni — dukkaklilar oilasiga mansub o‘simlik doni.

18:2 Gat — O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan bu shahar Filistlarning beshta asosiy

shahridan biri edi.

18:11 o‘n kumush tanga — taxminan 110 grammga to‘g‘ri keladi.

18:12 ming kumush tanga — taxminan 11 kiloga to‘g‘ri keladi.

18:18 …bitta ham o‘g‘lim yo‘q… — bir vaqtlar Absalomning uchta o‘g‘li bo‘lgan edi (14:27 ga qarang). Lekin ular yo yoshligida vafot etganlar yoki Absalom Omno‘nni o‘ldirgani uchun qatl qilinganlar.

18:18 Shoh soyligi — Qidron soyligining bir qismi bo‘lib, Quddus shahridan janubi– sharqda joylashgan. Soylik — ikki adir oralig‘idagi pastlik. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SOYLIK so‘ziga qarang.

18:18 …shu kungacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

18:21 Habashistonlik bir odam — ibroniycha matnda Kushlik bir odam (shu bobning 22, 23, 31, 32–oyatlarida ham bor). Kush degan joy Misrdan janubda bo‘lib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini o‘z ichiga olgan edi.

18:24 …shahar darvozasi oldida… — qadimgi paytlarda shahar darvozasi odatda bir inshoot bo‘lib, tashqi va ichki darvozalardan iborat edi. Bitta darvoza devorning tashqarisida, ikkinchi darvoza devorning ichkarisida joylashgan edi. Dovud mana shu ikki darvozaning o‘rtasida o‘tirgan edi.

19:5 kanizaklar — 5:13 izohiga qarang.

19:15 Gilgal — bu joy Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idan qariyb 8 kilometr masofada bo‘lgan. Shoh Dovud bilan uning lashkari esa daryoning sharq tomonida edilar.

19:19 …men qilgan gunoh… — 16:5-14 ga qarang.

19:29 yerlar — Shoulga qarashli bo‘lgan joylar (9:7-9, 16:4 ga qarang).

19:39 …Iordan daryosini kechib o‘tdilar — ya’ni daryoning g‘arb tomoniga o‘tdilar.

19:40 Isroil — 2:9 ning ikkinchi izohiga qarang. 20:1 Isroil — 2:9 ning ikkinchi izohiga qarang. 20:3 kanizak — 5:13 izohiga qarang.

20:3 …birortasi bilan birga bo‘lmadi — chunki Absalom otasi Dovudning kanizaklari

oldiga kirgan edi (16:21, 22 ga qarang).

20:7 Xaretlik va Palatlik qo‘riqchilar — Dovud yollagan bu muhojir sipohlar shohning

shaxsiy qo‘riqchilari bo‘lib xizmat qilgan.

20:8 Givon — Quddusdan qariyb 6 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan.

20:14 Ovil–Bayt–Maxo shahri — Isroil yurtining eng shimoliy chekkasida joylashgan, Dan shahridan uncha uzoq emas.

20:14 Bixri — qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Berim.

20:15 …shahar devoriga qiyalatib tuproq uydilar… — qadimgi davrlarda dushmanlar devor bilan o‘ralgan shaharga hujum qilayotganlarida, ko‘pincha devorga qiyalatib tuproq uyganlar. Shu yo‘l bilan ular shaharni himoya qilayotgan xalqqa hujum qilish uchun devorni buzishga yoki oshib o‘tishga qulay imkoniyat yaratganlar.

20:24 Odoniram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Odoram.

20:24 mushovir — lug‘aviy ma’nosi maslahatchi. Bu o‘rinda xabarchi. U shohlik ichidagi va xalq orasidagi xabarni shohga, shohning farmonlarini xalqqa yetkazib turgan.

21:1 …Egamizdan shu haqda so‘ragan edi… — 2:1 izohiga qarang.

21:2 Amor xalqlari — bu o‘rinda umumiy nom bo‘lib, bu nom ostida Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin o‘sha yerda yashagan jamiki xalqlar nazarda tutilgan.

21:2 ont ichishgan edi — Yoshua 9:3-27 ga qarang.

21:8 Merav — ba’zi ibroniy qo‘lyozmalaridan, qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan va qadimiy suryoniycha tarjimadan. Ibroniycha matnda Mixal, ammo 1 Shohlar 18:19 ga ko‘ra, Shoulning katta qizi Merav Maxlalik Odriyolga turmushga chiqqan edi. Shoulning qizi Mixal farzand ko‘rmagan.

21:9 arpa o‘rimining ilk kunlari — aprelning oxiri yoki mayning boshi.

21:10 qanor — dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan.

21:10 …yomg‘ir yoqqunga qadar… — odatda o‘sha yerlarda may oyidan sentabrgacha yomg‘ir yog‘magan.

21:11 kanizak — 5:13 izohiga qarang.

21:12 Giladdagi Yobosh xalqi…u yerdan olib ketishgan edi — 1 Shohlar 31:8-13 ga qarang.

21:16 Rafa xalqi — Isroil xalqidan avval Kan’onda yashagan, gavdasi ulkan, kuchli

jangchilari bilan mashhur bo‘lgan xalq (Qonunlar 2:10-11, 20-21, 3:11 ga qarang). 21:16 750 misqol — ibroniycha matnda 300 shaqal, taxminan 3,4 kiloga to‘g‘ri keladi. 21:17 Abushay — Dovudning jiyani, Yo‘abning akasi.

21:19 Yovir — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yaro‘ragim. Uning Yovir degan shakli 2 Shohlar 21:18 dan olingan.

21:19 Gat — O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan bu shahar Filistlarning beshta asosiy

shahridan biri edi.

21:19 Go‘liyotning ukasi — 1 Solnomalar 20:5 dan olingan (yana 1 Shohlar 17:4-11, 40- 54 ga qarang). Ibroniycha matnda Go‘liyot.

22:2 qoya — bu obraz ba’zan ibroniy she’riyatida ko‘chma ma’noda qo‘llangan bo‘lib, Egamizni toqqa o‘xshatadi. Egamizning xalqi o‘z dushmanlaridan qutulish uchun, qochib Egamizda panoh topadi. Bu obraz Egamizning barqarorligini va qoyaday mustahkam ekanligini ko‘rsatadi.

22:3 qudratli najotkorim — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi najotimning shoxi yoki meni qutqaradigan shox. Ho‘kizning shoxi kuch–qudrat ramzi edi, chunki ho‘kiz qadimiy Yaqin Sharqdagi eng kuchli hayvonlardan biri edi.

22:6 o‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. Qadimda Isroil xalqi Sheo‘lni yer

ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorong‘i joy deb tushunardi.

22:8 Osmon poydevori — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga ko‘ra, osmon gumbazga o‘xshaydi va yer ostidagi tubsizlikning poydevoriga o‘rnatilgan ulkan ustunlarga tayanadi (yana shu bobning 16–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

22:11 karub — qanotli samoviy mavjudot. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi KARUB, KARUBLAR so‘ziga qarang.

22:16 Zamin poydevori — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga ko‘ra, yer tep–tekis bo‘lib, yer ostida buyuk dengiz bor edi, dengiz tubida o‘rnatilgan ulkan ustunlar yerni ushlab turardi. Bu ustunlar dengiz tubidagi poydevorga tayanardi.

22:17 Bahaybat suvlardan… haddan ortiq xavf–xatardan degan ma’nodagi majoziy

tasvir.

23:3 Qoya — 22:2 izohiga qarang.

23:8 Xaxmo‘n…Yoshuvam — ibroniycha matnda bu ismlarning boshqa variantlari

Taxkamon…Yo‘shabashat. Bu ismlarning Xaxmo‘n va Yoshuvam degan shakllari

1 Solnomalar 11:11 dan olingan.

23:8 “Uch qahramon” — bular eng dongdor jangchilar guruhi edi. Ular mashhur “O‘ttiz qahramon” guruhining maxsus bir qismi bo‘lgan.

23:8 U nayzasi bilan sakkiz yuz kishiga hujum qilib, hammasini bir jangda o‘ldirgan edi — qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan (yana 1 Solnomalar 11:1 ga qarang). Ibroniycha matnda U Ezlik Adino bo‘lib, bir paytning o‘zida sakkiz yuz kishini o‘ldirgan edi.

23:11 yasmiq — dukkaklilar oilasiga mansub o‘simlik doni.

23:13 “O‘ttiz qahramon” — mashhurlikda ikkinchi o‘rinda turgan jangchilar guruhi.

23:13 …o‘sha uchalasi (ular “O‘ttiz qahramon” guruhi tarkibiga kirar edilar)… — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …o‘ttiztadan uchtasi…. Ba’zilar, matnda “Uch qahramon”dan boshqa uchta jangchiga ishora qilinadi, deb tushunadilar. Lekin shu bobdagi 17–oyatning ikkinchi qismida berilgan xulosada, 8-17–oyatlarda o‘sha uchta jangchi to‘g‘risida so‘z ketyapti, degan fikr aytiladi.

23:13 …Adullam g‘origa ketdilar — Dovud Shoulning ta’qibidan qochib yurgan paytda bu voqea yuz bergan bo‘lishi mumkin (1 Shohlar 22:1-6 ga qarang).

23:13 Rafa vodiysi — Quddusdan bir necha kilometr janubi–g‘arbda joylashgan.

23:18 O‘ttiz — ba’zi ibroniy qo‘lyozmalaridan va qadimiy suryoniycha tarjimadan.

Ibroniycha matnda Uch. “Uch” va “o‘ttiz” so‘zlari ibroniychada deyarli bir xil yoziladi.

Shu bobning 19–oyatida ham bor.

23:20 Mo‘ablik ikki dovyurak odam — yoki Mo‘abdagi ikkita ulkan sher yoxud Mo‘ablik Oriyolning ikki o‘g‘li.

23:27 Sibaxay — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Mavunnay. Uning Sibaxay degan shakli 1 Solnomalar 11:29 dan olingan.

23:29 Xaled — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xalev. Uning Xaled degan shakli 1 Solnomalar 11:30 dan olingan.

23:30 Xuray — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xidoy. Uning Xuray degan shakli 1 Solnomalar 11:32 dan olingan.

23:32-33 …Xaror shahridan Shaxey o‘g‘li Yo‘natan… — ibroniycha matnda …Yo‘natan,

Xaror shahridan Shammox…. “Xaror shahridan Shaxey o‘g‘li Yo‘natan” degan ibora

1 Solnomalar 11:34 dan olingan. Qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalarida

Xaror shahridan Shammox o‘g‘li Yo‘natan.

24:13 uch — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana 1 Solnomalar 21:12 ga qarang). Ibroniycha matnda yetti.

24:16 …Yobus xalqidan bo‘lgan Aravno degan odamning xirmonida… — bu joy qadimgi Quddusning tashqarisidagi tepalikda joylashgan. Keyinroq Sulaymon Ma’badni shu yerda qurgan (1 Solnomalar 22:1, 2 Solnomalar 3:1 ga qarang).

24:22 xo‘ptir — ostiga uchli tosh yoki temir mahkamlangan og‘ir taxta. Donni boshoqdan ajratib olish uchun o‘rilib xirmonga yoyilgan bug‘doy ustidan xo‘ptir yurgizilardi.

24:24 ellik kumush tanga — ibroniycha matnda ellik shaqal kumush, taxminan 550

grammga to‘g‘ri keladi.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru