Muqaddas Kitob


SAHRODA

(TAVROTNING TO‘RTINCHI KITOBI)

Kirish

Sahroda kitobi Tavrotning to‘rtinchi kitobidir. Mazkur kitobda Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod bo‘lib chiqqandan keyingi tarixi bayon etiladi. Kitobda Isroil xalqining Sinay tog‘idan Kan’on yurtiga qilgan qirq yillik safari davomida sahroda yuz bergan voqealar hikoya qilinadi. Shu sababdan kitob “Sahroda” deb nomlangan. Sinay sahrosi hozirgi Misrning shimoli–sharqidadir.

Kitobni uch qismga bo‘lish mumkin. Birinchi qismda (1:1-10:10) Xudo Musoga: “Urushga yaroqli hamma erkaklarni sanab chiq!” deb amr beradi. So‘ng Isroil xalqining qarorgohda joylashish tartibi va Levi qabilasining Uchrashuv chodiri atrofida qay tarzda o‘rnashishi to‘g‘risida Musoga batafsil ko‘rsatmalar beradi. Shu yo‘l bilan Xudo Isroil xalqini janglarga shay holatga keltiradi.

Ikkinchi qismda (10:11-21:20) Isroil xalqining sahroda tortgan mashaqqatlari haqida hikoya qilinadi. Isroil xalqi sahrodagi hayotdan ko‘p noliydi, hatto Xudoga va Musoga qarshi isyon ko‘taradi. Ular Kan’on yurtida istiqomat qilayotgan qudratli xalqlar to‘g‘risida eshitgandan keyin, Xudoga itoat etmay, Kan’on yurtiga hujum qilishdan bosh tortadi. Shuning uchun Xudo Isroil xalqini jazolaydi. Oqibatda, ular qirq yil sahroda darbadar kezishadi, shu vaqt mobaynida xalqning ro‘yxatga kirgan, urushga yaroqli butun avlodi o‘lib ketadi. Xudo Isroil xalqining yangi avlodini O‘zi va’da qilgan yurtga boshlaydi. Nihoyat, xalq Muso boshchiligida Edom yurtidan Mo‘ab yurti tomon yo‘l

oladi.

Sahroda kitobining uchinchi qismi (21:21-36:13) Isroil xalqining Iordan daryosi sharqidagi yerlarni egallashi to‘g‘risidagi voqealar bilan boshlanadi. Mo‘ab shohi Isroil xalqini la’natlash uchun begona xalqdan bo‘lgan Balom payg‘ambarni yollaydi. Lekin Balom Isroil xalqini qayta–qayta duo qiladi. Shu orqali Xudo O‘z xalqiga bo‘lgan sadoqatini namoyon qiladi, ularning itoatsizligiga qaramay, ezgu niyatlarini amalga oshirmoqchi ekanini ko‘rsatadi.

So‘ng Isroil xalqi Iordan daryosidan o‘tishga va g‘arbdagi Kan’on yurtini zabt etishga tayyorgarlik ko‘radi. Isroil xalqining ba’zi qabilalari Iordan daryosining sharqiga o‘rnashishga qaror qilishadi. Isroil xalqining urushga yaroqli yangi avlodi ro‘yxatga olinadi, so‘ng Xudo Yoshuani Musoning o‘rniga Isroilning navbatdagi yo‘lboshchisi qilib tayinlaydi.

Sahroda kitobida isyonkor, ruhan tushkun, Xudodan umidini uzgan xalq to‘g‘risida hikoya qilinadi. Shuningdek, kitobda Xudoning O‘z xalqiga ko‘rsatgan mehribonligi, ularni janglarda himoya qilgani, qaqragan sahroda ularga yegulik va suv ato etgani to‘g‘risidagi voqealar ham bayon qilinadi.


1–BOB

Isroil xalqi ilk bor ro‘yxatga olinadi

1 Isroil xalqi Misr yurtini tark etib*, Sinay sahrosiga kelganiga ikki yilu ikki oy bo‘ldi.


Ikkinchi oyning* birinchi kunida Egamiz Uchrashuv chodirida Musoga shunday dedi: 2- 3 “Sen va Horun jamiki Isroil xalqini urug‘i, xonadoni bo‘yicha sanab chiqinglar. Urushga yaroqli bo‘lgan yigirma va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarni guruhlarga bo‘lib, nomma–nom ro‘yxatini tuzinglar. 4 Har bir qabiladan bittadan urug‘boshi sizlarga yordam bersin. 5 Sizlarga yordam beradigan urug‘boshilarning ismi quyidagichadir:


Ruben qabilasidan — Shaduvor o‘g‘li Elizur.

6 Shimo‘n qabilasidan — Zurishaday o‘g‘li Shalumiyol.

7 Yahudo qabilasidan — Ominadav o‘g‘li Naxsho‘n.

8 Issaxor qabilasidan — Zuvor o‘g‘li Natanil.

9 Zabulun qabilasidan — Xalon o‘g‘li Eliyob.

10 Yusuf o‘g‘li Efrayim qabilasidan — Omihud o‘g‘li Elishama. Yusuf o‘g‘li Manashe qabilasidan — Padozur o‘g‘li Gamaliyol. 11 Benyamin qabilasidan — Gido‘nax o‘g‘li Avidon.

12 Dan qabilasidan — Omishaday o‘g‘li Oxazar.

13 Osher qabilasidan — Oxron o‘g‘li Paxiyol.

14 Gad qabilasidan — Duvel o‘g‘li Eliasaf.

15 Naftali qabilasidan — Enan o‘g‘li Oxir.”


16 Jamoa orasidan tanlangan ana shu urug‘boshilar Isroil qabilalarining yo‘lboshchilari

edi.

17-19 Muso va Horun urug‘boshilar bilan birgalikda ikkinchi oyning* birinchi kunida butun jamoani yig‘ishdi. Ular Isroil xalqining barcha urug‘larini va xonadonlarini aniqlab chiqishdi. So‘ng Musoga Egamiz amr etganday, jamoaning yigirma va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarini nomma–nom alohida ro‘yxatga olishdi. Shu tariqa Muso Sinay sahrosida Isroil xalqini sanab chiqdi.

20-21 Urug‘i va xonadoni bo‘yicha nomma–nom ro‘yxatga olingan, yigirma va undan

yuqori yoshdagi urushga yaroqli erkaklarning soni* quyidagicha edi:


Isroilning* to‘ng‘ich o‘g‘li Ruben qabilasidan — 46.500 nafar odam,

22-23 Shimo‘n qabilasidan — 59.300 nafar odam,

24-25 Gad qabilasidan — 45.650 nafar odam,

26-27 Yahudo qabilasidan — 74.600 nafar odam, 28-29 Issaxor qabilasidan — 54.400 nafar odam, 30-31 Zabulun qabilasidan — 57.400 nafar odam,

32-33 Yusuf o‘g‘li Efrayim qabilasidan — 40.500 nafar odam, 34-35 Yusuf o‘g‘li Manashe qabilasidan — 32.200 nafar odam, 36-37 Benyamin qabilasidan — 35.400 nafar odam,

38-39 Dan qabilasidan — 62.700 nafar odam,

40-41 Osher qabilasidan — 41.500 nafar odam,

42-43 Naftali qabilasidan — 53.400 nafar odam.


44 Muso, Horun va Isroil xalqining o‘n ikki urug‘boshisi sanab chiqqan odamlar ana

shular edilar. Ularning hammasi ota–bobolarining nasli bo‘yicha ro‘yxatga olindi.

45 Xullas, Isroil xalqining yigirma va undan yuqori yoshdagi urushga yaroqli hamma

erkaklari xonadonlari bo‘yicha sanalganda, 46 603.550 ta chiqdi.

47 Levi qabilasi esa bu ro‘yxatga kiritilmagan edi, 48 chunki Musoga Egamiz shunday degandi: 49 “Levi qabilasini ro‘yxatga kiritma, ularni Isroil xalqi bilan birga sanama.

50 Levilarga Muqaddas ahd chodirini*, uning hamma ashyolarini va Chodirga tegishli bo‘lgan barcha narsalarni topshir. Yo‘lga chiqqanlaringizda, levilar Chodirni va undagi hamma ashyolarni ko‘tarib yursinlar. Chodirni asrab–avaylab, uning yoniga o‘z chodirlarini tiksinlar. 51 Har safar Muqaddas chodir ko‘chirilganda, levilar Chodirni yig‘ishsin. Qarorgoh qurganingizda esa Chodirni yana o‘rnatishsin. Chodirning yaqiniga borgan boshqa har qanday odam uchun jazo o‘limdir. 52 Qolgan Isroil qabilalari o‘z qarorgohlarida guruh–guruh bo‘lib joylashsin. 53 Isroil xalqi Mening qahr–g‘azabimga uchramasligi uchun, levilar o‘z chodirlarini Muqaddas ahd chodiri atrofida o‘rnatib, o‘sha yerda Chodirni qo‘riqlashsin.”

54 Musoga Egamiz qanday amr etgan bo‘lsa, Isroil xalqi shuni qildi.


2–BOB

Isroil qabilalarining qarorgohdagi joylashuv tartibi

1 Egamiz Muso bilan Horunga yana dedi: 2 “Isroil xalqining har bir qabilasi chodirlarini o‘z qarorgohida, o‘z xonadoni bayroqlari ostida joylashtirsin. Ular chodirlarini Uchrashuv chodirining aylanasiga, undan ma’lum bir masofada tikishsin.

Sharqiy qarorgoh

3 Uchrashuv chodirining sharq tomonida chodir tikadigan qabilalar Yahudo qarorgohida guruh–guruh bo‘lib joylashsin. Yahudo qabilasining yo‘lboshchisi Ominadav o‘g‘li Naxsho‘ndir. 4 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 74.600 tadir.

5 Undan keyin Issaxor qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Issaxor qabilasining

yo‘lboshchisi Zuvor o‘g‘li Natanildir. 6 Uning sanoqqa kirgan sipohi 54.400 tadir.

7 Undan keyin esa Zabulun qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Zabulun

qabilasining yo‘lboshchisi Xalon o‘g‘li Eliyobdir. 8 Uning sanoqqa kirgan sipohi

57.400 tadir.

9 Yahudo qarorgohidagi sanoqqa kirgan sipohlarning hammasi 186.400 tadir.

Birinchi bo‘lib ular yo‘lga chiqishsin.

Janubiy qarorgoh

10 Uchrashuv chodirining janub tomonida chodir tikadigan qabilalar Ruben qarorgohida guruh–guruh bo‘lib joylashsinlar. Ruben qabilasining yo‘lboshchisi Shaduvor o‘g‘li Elizurdir. 11 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 46.500 tadir.

12 Uning yonida Shimo‘n qabilasi chodirlarini o‘rnashtirsin. Shimo‘n qabilasining yo‘lboshchisi Zurishaday o‘g‘li Shalumiyoldir. 13 Uning sanoqqa kirgan sipohi 59.300 tadir.

14 Keyin Gad qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Gad qabilasining yo‘lboshchisi

Duvel* o‘g‘li Eliasafdir. 15 Uning sanoqqa kirgan sipohi 45.650 tadir.

16 Ruben qarorgohidagi hisobga kirgan sipohlarning hammasi 151.450 tadir.

Ikkinchi bo‘lib ular yo‘lga chiqishsin.

Qarorgohlarning markazi

17 Dastlabki ikkita qarorgoh va keyingi ikkita qarorgoh o‘rtasida levilar

Uchrashuv chodiri bilan birga yo‘lga chiqishsin. Qabilalar qay tartibda

qarorgohda joylashgan bo‘lsa, yana o‘sha tartibda yo‘lga chiqishlari lozim. Har biri o‘z o‘rnida, o‘z qarorgohi safida borsin.

G‘arbiy qarorgoh

18 Uchrashuv chodirining g‘arb tomonida chodir tikadigan qabilalar Efrayim qarorgohida guruh–guruh bo‘lib joylashsinlar. Efrayim qabilasining yo‘lboshchisi Omihud o‘g‘li Elishamadir. 19 Uning sanoqqa kirgan sipohi 40.500 tadir.

20 Undan keyin Manashe qabilasi chodirlarini o‘rnashtirsin. Manashe qabilasining yo‘lboshchisi Padozur o‘g‘li Gamaliyoldir. 21 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 32.200 tadir.

22 So‘ngra Benyamin qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Benyamin qabilasining yo‘lboshchisi Gido‘nax o‘g‘li Avidondir. 23 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 35.400 tadir.

24 Efrayim qarorgohidagi sanoqqa kirgan hamma sipohlar 108.100 tadir.

Uchinchi bo‘lib ular yo‘lga chiqishsin.

Shimoliy qarorgoh

25 Uchrashuv chodirining shimol tomonida chodir tikadigan qabilalar Dan qarorgohida guruh–guruh bo‘lib joylashsinlar. Dan qabilasining yo‘lboshchisi Omishaday o‘g‘li Oxazardir. 26 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 62.700 tadir.

27 Uning yonida Osher qabilasi chodirlarini o‘rnashtirsin. Osher qabilasining yo‘lboshchisi Oxron o‘g‘li Paxiyoldir. 28 Uning sanoqqa kirgan sipohlari

41.500 tadir.

29 So‘ngra Naftali qabilasi chodirlarini o‘rnashtirsin. Naftali qabilasining yo‘lboshchisi Enan o‘g‘li Oxirdir. 30 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 53.400 tadir.

31 Dan qarorgohidagi sanoqqa kirgan hamma sipohlar 157.600 tadir. Ular guruh–guruh bo‘lib oxirida yo‘lga chiqishsin.”


32 Shunday qilib, butun Isroil xalqi xonadonlari bo‘yicha sanoqdan o‘tdi.

Qarorgohlarda guruh–guruh bo‘lib joylashgan lashkarning umumiy soni 603.550 ta chiqdi. 33 Musoga Egamiz amr etganday, Levi qabilasi Isroil xalqiga qo‘shib hisoblanmadi.

34 Xullas, Musoga Egamiz nima amr etgan bo‘lsa, Isroil xalqi shuni qildi. Ular qarorgohi bo‘yicha joylashgan, har biri o‘z urug‘i, xonadoni bo‘yicha yo‘lga chiqqan edi.


3–BOB

Ruhoniy Horunning o‘g‘illari

1 Egamiz Sinay tog‘ida Muso bilan so‘zlashganda, Muso va Horunning nasli quyidagilardan iborat edi: 2 Horunning to‘rtta o‘g‘li bor edi: Nadov, Abihu, Elazar va Itamar. Nadov to‘ng‘ich o‘g‘il edi. 3 Muso Horunning bu o‘g‘illariga moy surtib, ularni ruhoniylikka tayinlagan edi. 4 Lekin Nadov bilan Abihu Sinay sahrosida Egamiz amr etmagan olovni Uning huzuriga olib kelganlari uchun o‘sha yerda nobud bo‘lgan edilar*. Ikkovi ham befarzand edi. Shuning uchun faqat Elazar bilan Itamar otalari Horun hayotligida ruhoniy bo‘lib xizmat qilgan edilar.

Levi qabilasi ruhoniylik xizmatiga tayinlanadi

5 Musoga Egamiz shunday amr berdi: 6 “Levi qabilasini ruhoniy Horun huzuriga boshlab kel. Ular Horunga yordam berishsin. 7 Levilar Uchrashuv chodirida Horunga va butun Isroil jamoasiga xizmat qilib, Chodirga oid bo‘lgan barcha yumushlarni bajarishsin. 8 Ular Muqaddas chodirda Isroil xalqi uchun xizmat qilishar ekan, Chodirdagi hamma ashyolar uchun mas’ul bo‘lishsin. 9 Levilarni Horun va uning o‘g‘illari ixtiyoriga ber. Isroil xalqining bu qabilasi to‘liq ularning ixtiyorida bo‘lishi shart.

10 Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniylik xizmatiga tayinla. Ruhoniylik vazifasini bajargan har qanday boshqa odamning jazosi o‘limdir.”

11 Musoga Egamiz yana dedi: 12 “Men levilarni Isroil xalqining onadan tug‘ilgan barcha to‘ng‘ich o‘g‘illari o‘rnida qabul qilganman. Levilar Menikidir. 13 Zotan, hamma to‘ng‘ich o‘g‘illar Menga tegishli. Men Misrliklarning hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarini nobud qilgan kunim Isroil xalqining barcha to‘ng‘ichlarini — odamidan tortib hayvoniga qadar O‘zim uchun ajratib olganman*. Ularning hammasi Meniki bo‘lishi shart. Zotan, Men Egangizman.”

Levi qabilasi ro‘yxatga olinadi

14 Musoga Egamiz Sinay sahrosida yana aytdi: 15 “Levi qabilasini urug‘i va xonadonlari bo‘yicha sanab chiq. Bir oylik o‘g‘il bolalardan tortib, katta yoshdagi erkaklargacha sanab chiq.” 16 Egamizning amri bo‘yicha Muso ularni sanab chiqdi.


17 Levining uchta o‘g‘li bo‘lib, ismlari Gershon, Qohot va Marori edi.

18 Gershonning Lubnax va Shimax degan o‘g‘illari bo‘lib, har qaysisidan bittadan urug‘ kelib chiqdi.

19 Qohotning Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol degan o‘g‘illari bo‘lib, ularning har biridan ham bittadan urug‘ kelib chiqdi.

20 Marorining Maxli va Mushi degan o‘g‘illari bo‘lib, ularning har biridan ham bittadan urug‘ kelib chiqdi.


Levi urug‘larining ota xonadoni bo‘yicha ro‘yxatga olinganlari ana shular edi.

21 Gershondan Lubnax va Shimax urug‘lari kelib chiqdi. 22 Gershon urug‘iga qarashli bir oylik o‘g‘il bolalardan tortib, katta yoshdagi erkaklargacha sanalganda, 7500 ta chiqdi. 23 Gershon urug‘i chodirlarini Muqaddas chodirning orqa tomonida, g‘arbda o‘rnashtirishlari kerak edi. 24 Gershon urug‘ining oqsoqoli Loyol o‘g‘li Eliasaf edi.

25 Gershon urug‘i Chodirning quyidagi ashyolari uchun mas’ul edi: Chodirning ichki qavati va qoplamalari, Chodirga kiraverishdagi parda, 26 Chodir bilan qurbongoh atrofini to‘sib turadigan pardalar, hovliga kiraverishdagi parda va uning arqonlari. Chodirning bu ashyolari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmat Gershon urug‘i zimmasida edi.

27 Qohotdan Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol urug‘lari kelib chiqdi. 28 Ularga qarashli bir oylik o‘g‘il bolalardan tortib, katta yoshdagi erkaklargacha sanalganda, 8600* ta chiqdi. Qohot urug‘i Muqaddas chodir* uchun mas’ul edi. 29 Qohot urug‘i Muqaddas chodirning janub tomonida Chodir qurishi kerak edi. 30 Qohot urug‘i oqsoqoli Uziyol o‘g‘li Elizofon edi. 31 Ular Chodirdagi quyidagi ashyolar uchun mas’ul edilar: Sandiq, xontaxta, chiroqpoya, qurbongohlar, xizmat paytida ishlatiladigan Muqaddas chodir buyumlari va ichki pardasi. Chodirdagi bu ashyolar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmat Qohot urug‘i zimmasida edi. 32 Levi oqsoqollari ustidan ruhoniy Horun o‘g‘li Elazar

boshchilik qilardi. Muqaddas chodir uchun mas’ul bo‘lganlar Elazarning nazorati ostida

edilar.

33 Maroridan Maxli va Mushi urug‘lari kelib chiqdi. 34 Marori urug‘ining bir oylik o‘g‘il bolalaridan tortib, katta yoshdagi erkaklarigacha sanalganda, 6200 ta chiqdi. 35 Marori urug‘i oqsoqoli Abuhayil o‘g‘li Zuriyol edi. Ular Muqaddas chodirning shimol tomoniga chodirlarini o‘rnatishlari kerak edi. 36-37 Ular Chodirdagi quyidagi ashyolar uchun mas’ul edilar: Chodirning romlari, tambalari, ustunlar va ustun tagliklari, ularga oid barcha buyumlar, hovlining atrofidagi ustunlar va ustun tagliklari, qoziq va arqonlari, ularga tegishli hamma buyumlar. Chodirdagi bu ashyolar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmat Marori urug‘i zimmasida edi.

38 Muso, Horun va uning o‘g‘illari o‘z chodirlarini sharq tomonda — Muqaddas chodirning oldida* o‘rnatishlari kerak edi. Ular Isroil xalqining vakillari sifatida Muqaddas chodirdagi xizmat uchun mas’ul edilar. Ulardan boshqa birontasi Chodirga yaqin kelsa, o‘sha odamning jazosi o‘lim edi.

39 Muso va Horun, Egamizning amriga ko‘ra, Levi qabilasining bir oylik o‘g‘il bolalaridan tortib, katta yoshdagi erkaklarigacha hammani urug‘lari bo‘yicha sanab chiqqanlarida, ularning umumiy soni 22.000 ta chiqdi.

Levi qabilasi to‘ng‘ich o‘g‘illarning o‘rnini bosadi

40 Egamiz shundan keyin Musoga yana aytdi: “Isroil xalqining bir oylik va undan yuqori yoshdagi hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarini sanab chiq. Ularning ismlarini ro‘yxat qilib yoz. 41 Isroil xalqining hamma to‘ng‘ich o‘g‘illari o‘rniga Men Levi qabilasini qabul qilaman. Isroil xalqining chorvasida birinchi tug‘ilgan hayvonlari o‘rniga esa levilarning chorvasini olaman. Men Egangizman.”

42 Muso Egamizning amrini bajardi. Isroil xalqining hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarini sanab chiqdi. 43 Bir oylik va undan yuqori yoshdagi hamma to‘ng‘ich o‘g‘il birma–bir sanalganda, 22.273 ta chiqdi.

44 Musoga Egamiz aytdi: 45 “Isroil xalqining hamma to‘ng‘ich o‘g‘illari o‘rniga levilarni Menga bag‘ishla, Isroil xalqining chorvasi o‘rniga esa levilarning chorvasini Menga bag‘ishla. Levilar Meniki bo‘ladi. Men Egangizman. 46 Isroilning to‘ng‘ich o‘g‘illari levilardan 273 ta ortiq. Isroil xalqi ana shu ortiqchasi evaziga tovon to‘lashi kerak. 47 Har bir ortiqcha odam evaziga besh bo‘lakdan kumush ol. Har bir kumush bo‘lakning

og‘irligi ikki yarim misqol bo‘lsin*. 48 O‘sha kumushni Horun va uning o‘g‘illariga ber.”

49-50 Muso ortiq chiqqan Isroil to‘ng‘ich o‘g‘illaridan 1365 ta kumush bo‘lakni yig‘ib oldi*. 51 Muso Egamizning amriga ko‘ra, yig‘ib olgan tovon pulini Horun va uning o‘g‘illariga berdi.


4–BOB

Levi qabilasidan bo‘lgan Qohot urug‘ining burchlari

1 Muso bilan Horunga Egamiz yana dedi: 2 “Endi Levi qabilasidan bo‘lgan Qohot avlodini urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiq. 3 Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli, o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lganlarni sana. 4 Qohot urug‘ining xizmati Uchrashuv chodirining eng muqaddas ashyolari bilan bog‘liq bo‘ladi.

5 Yo‘lga chiqqaningizda, Horun va uning o‘g‘illari Chodirga kirib, Ahd sandig‘ini to‘sib turadigan ichki pardani yechishsin. O‘sha parda bilan Sandiqni* yopishsin. 6 So‘ng uning

ustidan yumshoq teridan* qilingan yopinchiq tashlashsin. Yopinchiq ustidan esa sidirg‘a ko‘k choyshab tashlashsin. So‘ng xodalarni joy–joyiga o‘rnatishsin. 7 Keyin muqaddas nonlar* qo‘yiladigan xontaxtaga ko‘k choyshab to‘shashsin. Xontaxtaga lagan, piyola, sharob nazr qilish uchun kosa va ko‘zalar qo‘yishsin. Xontaxta ustida muqaddas nonlar doimo tursin. 8 Bu narsalarning ustidan qirmizi choyshab tashlashsin. Keyin yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopib, xodalarni joy–joyiga o‘rnatishsin. 9 So‘ng ko‘k choyshab bilan chiroqpoyani, uning moychiroqlarini, qisqichlarini, patnislarini va zaytun moyi solingan hamma idishlarini yopib qo‘yishsin. 10 So‘ng bularning ustidan yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopib, zambilga solishsin. 11 Oltin qurbongoh ustiga ko‘k choyshab tashlab, uning ustini yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopishsin va xodalarni joy–joyiga o‘rnatishsin. 12 Keyin Muqaddas xonada ishlatiladigan buyumlarni olib, ko‘k choyshab ustiga qo‘yishsin. So‘ng ustini yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopib, zambilga solishsin. 13 Bronza qurbongohni kuldan tozalab, uni safsar rangdagi choyshab bilan yopishsin. 14 So‘ng qurbongohda ishlatilgan hamma buyumlarni — olovkurak, sanchqi, kurak, tog‘orachalarni qurbongoh ustiga qo‘yishsin. Yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan qurbongohni yopib, xodalarni joy–joyiga o‘rnatishsin. 15 Horun va uning o‘g‘illari Muqaddas chodirdagi jihozlarni va buyumlarni yopib bo‘lganlaridan keyin, yo‘lga chiqish vaqti bo‘lganda, Qohot urug‘i bu ashyolarni ko‘tarib borsin. Lekin ular bu muqaddas ashyolarga qo‘l tekkizmasin, aks holda, ular o‘ladilar. Demak, Qohot urug‘i Uchrashuv chodiridagi ashyolarni ko‘tarib boradi.

16 Ruhoniy Horun o‘g‘li Elazar chiroqpoya uchun zaytun moyi, xushbo‘y tutatqi, kundalik don nazri va muqaddas qiladigan moyga* mas’ul bo‘ladi. Xullas, butun Muqaddas chodir va u yerdagi hamma narsalar, muqaddas jihozlar va buyumlar Elazar nazorati ostida bo‘ladi.”

17 Egamiz Muso bilan Horunga yana dedi: 18 “Levi qabilasi orasidan Qohot urug‘ining qirilib ketishiga yo‘l qo‘ymanglar. 19-20 Qohot urug‘idan bo‘lgan har bir odamga xizmat vaqtida nima qilishini va nimani ko‘tarib borishini Horun va uning o‘g‘illari aytishsin.

Muqaddas ashyolarga bir lahza bo‘lsa ham qaragani Qohot urug‘i Chodirga kirmasligi kerak. Shunda Qohot urug‘idagi erkaklar eng muqaddas ashyolarga yaqin kelganlarida, o‘lmay tirik qolishadi.”

Levi qabilasidan bo‘lgan Gershon urug‘ining burchlari

21 So‘ng Musoga Egamiz shunday dedi: 22 “Gershon avlodini ham urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiq. 23 Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli, o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lganlarini sana. 24 Gershon urug‘ining xizmati va ko‘taradigan yuklari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

25 Ular Muqaddas chodirning ichki qavatini, Chodirning qoplamasi va yumshoq teridan qilingan tashqi qoplamani, Chodirga kiraverishdagi pardani, 26 Chodir bilan qurbongoh atrofini to‘sib turadigan pardalarni, hovliga kiraverishdagi pardani va unga tegishli arqonlar va hamma buyumlarni ko‘tarib borishlari lozim.

Bu ashyolar bilan aloqador ishlarning hammasini Gershon urug‘i bajarsin. 27 Horun va uning o‘g‘illari Gershon urug‘ining xizmatini, tashiydigan yuklarini va bajaradigan vazifalarini to‘liq nazorat qilib turishsin. Gershon urug‘i ularning aytganlarini qilib, aytgan yuklarni ko‘tarishsin.

28 Gershon urug‘ining Uchrashuv chodirida qiladigan xizmati mana shulardan

iboratdir. Ular ruhoniy Horun o‘g‘li Itamarning nazorati ostida xizmat qilishadi.

Levi qabilasidan bo‘lgan Marori urug‘ining burchlari

29 Endi Marori avlodini urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiq. 30 Uchrashuv

chodirida xizmat qilishga yaroqli o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lganlarini sana.

31 Ularning Uchrashuv chodiridagi vazifasi quyidagi ashyolarni ko‘tarib yurishdan iborat bo‘ladi: Chodirning romlarini, tambalarini, ustunlar va ustun tagliklarini, 32 hovlining atrofidagi ustunlar va ustun tagliklarini, qoziq va arqonlarini, ularga tegishli hamma buyumlarni. Qaysi odam qaysi narsani ko‘tarib borishini aniq belgilanglar. 33 Marori urug‘ining Uchrashuv chodirida qiladigan ishlari mana shulardan iboratdir. Ular

ruhoniy Horun o‘g‘li Itamarning nazorati ostida xizmat qilishadi.”

Levi qabilasi sanab chiqiladi

34 Muso, Horun va jamoaning yo‘lboshchilari Qohot avlodini urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiqishdi. 35 Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli, o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lgan erkaklarning soni 36 2750 ta chiqdi. 37 Qohot urug‘ining Uchrashuv chodirida xizmat qiladiganlari ana shular edi. Muso orqali Egamiz bergan amrga ko‘ra, Muso bilan Horun ularni sanadi.

38 Gershon avlodi ham urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiqildi. 39 Uchrashuv

chodirida xizmat qilishga yaroqli o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha erkaklarning soni

40 2630 ta chiqdi. 41 Gershon urug‘ining Uchrashuv chodirida xizmat qiladiganlari ana shular edi. Egamizning amriga ko‘ra, Muso bilan Horun ularni sanadi.

42 Marori avlodi ham urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiqildi. 43 Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha erkaklarning soni 44 3200 ta chiqdi. 45 Marori urug‘i ana shular edi. Muso orqali Egamiz bergan amrga ko‘ra, Muso bilan Horun ularni sanadi.

46 Shunday qilib, Muso, Horun va Isroil yo‘lboshchilari Levi qabilasini urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiqishdi. 47 Uchrashuv chodirida xizmat qilishga va Chodir ashyolarini ko‘tarishga yaroqli, o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lgan erkaklarning

48 umumiy soni 8580 ta chiqdi. 49 Ular Muso orqali Egamiz bergan amrga ko‘ra, har bir

odamga qiladigan ishlarini va ko‘tarib boradigan buyumlarini taqsimlab berishdi. Musoga Egamiz amr etganday, hamma odam ro‘yxatga olindi.


5–BOB

Qarorgohni bulg‘aydigan odamlar

1 Musoga Egamiz aytdi: 2 “Isroil xalqiga buyur. Ular teri kasalligiga* chalinganlarni, jinsiy a’zosidan ajralma chiqqanlarni, murdalarga tegib harom bo‘lganlarni qarorgohdan chiqarib yuborishsin. 3 Erkagini ham, ayolini ham qarorgohdan tashqariga chiqarib yuborishsin. Ularning dastidan qarorgoh harom bo‘lmasin. Axir, Men xalqim orasida yashayman.”

4 Isroil xalqi Egamizning Musoga bergan amrini ado etib, o‘shanaqa odamlarni

qarorgohdan chiqarib yubordi.

Tovon to‘lash haqida qonun

5-6 Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi: Egamizga xiyonat qilgan, birodariga firib bergan har qanday erkak yoki ayol aybdor hisoblansin. 7 Bunday

odam qilgan gunohini tan olsin. Jabr chekkan tomonga keltirgan zarari uchun tovon to‘lasin, buning ustiga, tovonning beshdan bir qismini ham qo‘shib bersin. 8 Bordi–yu, jabr chekkan odam vafot etgan bo‘lsa va uning yaqin qarindoshi bo‘lmasa, zararni qoplash uchun to‘lanadigan tovon Egamizga bag‘ishlanib, ruhoniyga berilsin. Aybdor tomon tovon bilan birga bir qo‘chqorni olib kelsin. Ruhoniy qo‘chqorni qurbonlik qilib, aybdor tomonni gunohdan poklasin.

9 Isroil xalqi Egamizga atab, ruhoniyga olib kelgan har qanday ehson ruhoniyniki hisoblansin. 10 Ruhoniy qabul qilib olgan hamma ehsonlar ruhoniyning o‘ziga tegishli bo‘lsin.

Rashk qilgan erlar masalasi

11-12 Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi: agar birontasining xotini yomon yo‘lga kirib, eriga xiyonat qilsa, 13 begona erkak bilan yotib o‘zini bulg‘asa– yu, uni hech kim tutib olmasa, bunga biror guvoh bo‘lmagani uchun erining bundan xabari bo‘lmasa, 14 keyinchalik eri xotinidan shubhalana boshlasa, xotini o‘zini bulg‘amagan taqdirda ham, eri undan shubhalanib, rashk qilsa, 15 er xotinini ruhoniy huzuriga yetaklab borsin. Xotini uchun to‘rt kosa* arpa unini nazr qilib olib borsin. Arpa uniga zaytun moyi yoki xushbo‘y tutatqi qo‘shilmasin. Bu nazr ayol aybdor yoki aybdor emasligini bilish uchun keltirilayotgan rashk nazridir.

16 Ruhoniy ayolni yetaklab, Egamiz huzuriga olib kirsin. 17 So‘ng muqaddas suvni sopol idishga quysin–da, Muqaddas chodirning ichidagi yerdan tuproq olib, suvga qo‘shsin. 18 Ayolni ruhoniy Egamiz huzuriga olib kirgandan so‘ng, ayolning sochini yoysin. Uning qo‘liga rashk uchun keltiriladigan don nazrini tutqizib qo‘ysin.

Ruhoniyning o‘zi esa qo‘lida la’nat keltiradigan achchiq suvni ushlab tursin. 19 Ruhoniy ayolga qasam ichtirib, unga shunday so‘zlarni aytsin: “Agar sen begona erkak bilan yotmagan bo‘lsang, bulg‘anmagan, eringga xiyonat qilmagan bo‘lsang, mana shu la’nat keltiradigan achchiq suv senga hech qanday zarar yetkazmasin. 20 Agar eringga xiyonat qilib, bulg‘angan bo‘lsang, eringdan boshqa odam bilan yotgan bo‘lsang, 21 odamlar kimnidir la’natlaganda, Egam sening nomingni la’natga qo‘shib aytadigan qilsin. Egam seni bola tug‘a olmaydigan qilib qo‘ysin*. 22 O‘sha la’nat keltiradigan suv ichingga kirganda, seni tug‘a olmaydigan qilib qo‘ysin.”

Shunda ayol: “Omin, omin”, deb aytsin.

23 So‘ng ruhoniy la’nat so‘zlarini qog‘ozga yozib, uni achchiq suvda yuvsin. 24 Toki ayol o‘sha suvni ichganda, la’nat uning tanasiga kirib azob bersin. 25 Ruhoniy ayolning qo‘lidan rashk uchun keltirilgan don nazrini olib, bu nazrni Egamizga bag‘ishlaganini ko‘rsatish uchun yuqoriga ko‘tarsin, so‘ng qurbongohga olib borsin. 26 Don nazrining bir hovuchini qurbongoh ustida kuydirsin. U bunday qilganda hamma un Xudoga tegishli ekanini bildiradi. Keyin ayolga achchiq suvdan ichirsin. 27 Agar ayol eriga xiyonat qilib bulg‘angan bo‘lsa, la’nat keltiruvchi achchiq suv uning ichiga kirgach, qattiq azob beradi. Ayol bola tug‘a olmaydigan bo‘lib qoladi. O‘sha ayol o‘z xalqi orasida la’nati bo‘ladi.

28 Agar ayol bulg‘anmagan, pok bo‘lsa, hech qanday zarar ko‘rmaydi, bundan keyin ham farzand ko‘rishga qodir bo‘ladi. 29 Rashk haqidagi qonun ana shulardan iboratdir.

Xullas, xotin eriga vafo qilmay, yomon yo‘lga kirib bulg‘anganda 30 yoki eri xotinini rashk qilib, undan shubhalana boshlaganda, er xotinini Egamizning huzuriga boshlab kelsin. Ruhoniy esa yuqoridagi qonunga binoan ish tutsin. 31 O‘shanda er gunohdan

forig‘ bo‘ladi, ayol esa qilgan gunohi uchun jazosini tortadi.


6–BOB

O‘zini Egamizga nazr qilganlar uchun qoida

1-2 Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi: agar erkak yoki ayol ont ichib, o‘zini ma’lum bir muddatga Egamizga nazr sifatida bag‘ishlashga* qaror qilgan bo‘lsa, 3 u sharob va o‘tkir ichimliklardan o‘zini tiysin. Uzum sirkasini ham, boshqa o‘tkir ichimliklarni ham iste’mol qilmasin. Uzumdan tayyorlangan biror ichimlikni zinhor ichmasin. Mayizni va uzumni hech og‘ziga olmasin. 4 U o‘zini nazr qilgan davr

mobaynida uzumdan tayyorlangan biror narsani iste’mol qilmasin, hatto uzumning doni va po‘stlog‘ini ham og‘ziga olmasin. 5 O‘zi ont ichib, belgilagan davr mobaynida sochiga ham, soqoliga ham ustara tekkizmasin. U Egamizga bag‘ishlanganligi uchun nazr qilingan kunlari tugagunga qadar sochlarini o‘stirib yursin. 6-7 Soch o‘sha odamning Xudoga bag‘ishlanganligi belgisidir. Shuning uchun o‘sha odam Egamizga nazr qilingan kunlari davomida murdaga yaqinlashmasin. Otasi, onasi, aka–ukasi yoki opa– singillaridan birortasi vafot etib qolganda ham, u murda yoniga borib o‘zini bulg‘amasin. 8 Nazr qilingan kunlari davomida u Egamizga bag‘ishlangandir. 9 Bordi–yu, uning oldida kimdir to‘satdan vafot etib qolsa, nazr qilingan odamning boshi harom bo‘lgan hisoblanadi. Shuning uchun nazr qilingan odam yetti kundan keyin sochini oldirsin.

Shunda u yana pok bo‘ladi. 10 Sakkizinchi kuni esa Uchrashuv chodiri kiraverishiga ikkita kaptar yoki ikkita musichani olib kelib ruhoniyga bersin. 11 Ruhoniy bu qushlardan bittasini gunoh qurbonligi qiladi, ikkinchisini esa kuydiriladigan qurbonlik qiladi. Shunday qilib, murda tufayli harom bo‘lgan o‘sha odamni gunohidan poklaydi. Nazr qilingan odam o‘sha kuniyoq o‘zini qaytadan Egamizga bag‘ishlashi kerak.

12 U bulg‘anganligi uchun oldingi kunlar hisobga kirmaydi. U Egamizga bag‘ishlangan nazr kunlarini boshqatdan boshlashi lozim. Buning uchun u bir yoshli qo‘chqor qo‘zini ayb qurbonligi* qilsin.

13 Nazr qilinganlar uchun qonun quyidagichadir: nazr qilingan odam Egamizga bag‘ishlagan kunlari tugaganda, Uchrashuv chodiri kiraverishiga kelsin. 14 U Egamizga atab quyidagi qurbonligu nazrlarni keltirsin: kuydiriladigan qurbonlik uchun bir yoshli nuqsonsiz qo‘chqor qo‘zini, gunoh qurbonligi uchun bir yoshli nuqsonsiz sovliq qo‘zini, tinchlik qurbonligi uchun nuqsonsiz qo‘chqorni, 15 ularga qo‘shib qilinadigan don bilan sharob nazrini, bir savat xamirturushsiz nonni — zaytun moyi aralashtirilgan sifatli undan tayyorlangan nonlar va zaytun moyi surtilgan chalpaklarni. 16 Ruhoniy bularning hammasini Egamizga taqdim qilib, gunoh qurbonligi va kuydiriladigan qurbonlik qilsin. 17 So‘ng qo‘chqorni don va sharob nazri bilan birga Egamizga tinchlik qurbonligi qilsin. Shuningdek, savatdagi xamirturushsiz nonni ham keltirsin. 18 Nazr qilgan odam Uchrashuv chodiriga kiraverishda nazr qilingan sochini oldirsin. Keyin sochlarini yig‘ishtirib olib, tinchlik qurbonligi kuydirilayotgan olovga tashlasin. 19 U sochini oldirib bo‘lgandan so‘ng, ruhoniy qo‘chqorning pishirilgan yelkasini, savatdan bir dona xamirturushsiz nonni, bitta chalpakni olib, nazr qilingan odamning qo‘liga tutqizsin.

20 Keyin ruhoniy o‘sha narsalarni Egamizga bag‘ishlaganini ko‘rsatib, yuqoriga ko‘tarsin. Bu narsalar ruhoniyning muqaddas ulushi bo‘ladi. Bular — ruhoniy yuqoriga ko‘tarishi uchun beriladigan qo‘chqor to‘shi va nazr qilingan qo‘chqor sonidan tashqari beriladi.

Shundan so‘ng nazr qilingan odam sharob ichishi mumkin. 21 Nazr qilinganlar uchun qonun shundan iboratdir. Agar nazr qilingan odam Egamizga bulardan tashqari yana biron narsani va’da qilgan bo‘lsa, bergan va’dasi ustidan chiqsin.

Ruhoniylarning duosi

22 Egamiz Musoga dedi:

23 — Horun va uning o‘g‘illari Isroil xalqini duo qilganlarida, shunday deb aytishlari

kerak:


24 “Egam senga baraka bersin,

Seni O‘z panohida asrasin!

25 Egam senga ochiq yuz bilan boqsin, Senga iltifot qilsin.

26 Egam senga nazarini solsin,

Senga tinchlik ato etsin!”


27 Horun va uning o‘g‘illari Isroil xalqini Mening nomim bilan duo qilishsin*. Shunda Men Isroil xalqiga baraka beraman.


7–BOB

Yo‘lboshchilarning nazrlari

1 Muso Muqaddas chodirni o‘rnatib bo‘lgan kuni* Chodirga moy surtib, uni muqaddas qildi. So‘ng Chodirning barcha ashyolariga, qurbongohga va uning barcha buyumlariga moy surtib chiqib, muqaddas qildi.

2 Shundan keyin xalqni ro‘yxatga olish uchun mas’ul bo‘lgan yo‘lboshchilar* — Isroil qabilalarining urug‘boshilari o‘z nazrlarini keltirishdi. 3 Ularning Egamizga keltirgan nazrlari oltita soyabonli arava va o‘n ikkita ho‘kizdan iborat edi. Har bir yo‘lboshchi bittadan ho‘kiz va har ikkita yo‘lboshchi bittadan arava olib kelgan edi. Yo‘lboshchilar bu nazrlarini Egamizga Muqaddas chodir oldida taqdim qilishdi. 4 Shunda Egamiz Musoga aytdi: 5 “Ular olib kelgan narsalarni qabul qilib ol. Bu narsalardan Uchrashuv chodirida xizmat qilishda foydalaninglar. Levilar nima ish qilishlariga qarab, bu narsalarni ularga taqsimlab ber.”

6 Shunday qilib, Muso aravalarni va ho‘kizlarni levilarga taqsimlab berdi. 7 Gershon urug‘ining qiladigan xizmati evaziga ikkita arava va to‘rtta ho‘kizni berdi. 8 Marori urug‘ining qiladigan xizmati evaziga esa to‘rtta arava va sakkizta ho‘kizni berdi. Marori va Gershon urug‘lari ruhoniy Horunning o‘g‘li Itamar nazorati ostida Chodirda xizmat qilishardi. 9 Qohot urug‘iga esa Muso hech narsa bermadi, chunki ular Chodirning muqaddas ashyolari uchun mas’ul edilar va bu ashyolarni yelkada ko‘tarib borishlari lozim edi.

10 Muso qurbongohga moy surtib, uni muqaddas qilgandan keyin Isroil yo‘lboshchilari qurbongohning bag‘ishlanishiga ham o‘z nazrlarini olib kelishdi. Ular nazrlarini qurbongoh oldiga qo‘yishdi. 11 Egamiz Musoga shunday degan edi: “Yo‘lboshchilar qurbongohni bag‘ishlash marosimiga olib kelgan bu nazrlarni har kuni bittadan taqdim qilishsin.”

12 Birinchi kuni Yahudo qabilasidan Ominadavning o‘g‘li Naxsho‘n nazrlarini taqdim

qildi.


13 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha*. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 14 Bulardan tashqari, Naxsho‘n tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol* keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 15 U bitta buqani, bitta qo‘chqorni, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 16 bitta takani gunoh qurbonligi* qildi,

17 ikkita ho‘kizni, beshta qo‘chqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Ominadav o‘g‘li Naxsho‘nning nazrlari ana shulardan iborat edi.


18 Ikkinchi kuni Issaxor qabilasining yo‘lboshchisi Zuvor o‘g‘li Natanil nazrlarini taqdim

qildi.


19 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 20 Bulardan tashqari, Natanil tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 21 U bitta buqani, bitta qo‘chqorni, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 22 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,

23 ikkita ho‘kizni, beshta qo‘chqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Zuvor o‘g‘li Natanilning nazrlari ana shulardan iborat edi.


24 Uchinchi kuni Zabulun qabilasining yo‘lboshchisi Xalon o‘g‘li Eliyob nazrlarini taqdim

qildi.


25 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 26 Bulardan tashqari, Eliyob tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 27 U bitta buqani, bitta qo‘chqorni, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 28 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,

29 ikkita ho‘kizni, beshta qo‘chqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Xalon o‘g‘li Eliyobning nazrlari ana shulardan iborat edi.


30 To‘rtinchi kuni Ruben qabilasining yo‘lboshchisi Shaduvor o‘g‘li Elizur nazrlarini

taqdim qildi.


31 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 32 Bulardan tashqari, Elizur tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin

piyolani ham berdi. 33 U bitta buqani, bitta qo‘chqorni, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 34 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,

35 ikkita ho‘kizni, beshta qo‘chqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Shaduvor o‘g‘li Elizurning nazrlari ana shulardan iborat edi.


36 Beshinchi kuni Shimo‘n qabilasining yo‘lboshchisi Zurishaday o‘g‘li Shalumiyol

nazrlarini taqdim qildi.


37 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 38 Bulardan tashqari, Shalumiyol tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 39 U bitta buqani, bitta qo‘chqorni, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 40 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,

41 ikkita ho‘kizni, beshta qo‘chqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Zurishaday o‘g‘li Shalumiyolning nazrlari ana shulardan iborat edi.


42 Oltinchi kuni Gad qabilasining yo‘lboshchisi Duvel o‘g‘li Eliasaf nazrlarini taqdim qildi.


43 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 44 Bulardan tashqari, Eliasaf tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 45 U bitta buqani, bitta qo‘chqorni, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 46 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,

47 ikkita ho‘kizni, beshta qo‘chqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Duvel o‘g‘li Eliasafning nazrlari ana shulardan iborat edi.


48 Yettinchi kuni Efrayim qabilasining yo‘lboshchisi Omihud o‘g‘li Elishama nazrlarini

taqdim qildi.


49 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 50 Bulardan tashqari, Elishama tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 51 U bitta buqani, bitta qo‘chqorni, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 52 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,

53 ikkita ho‘kizni, beshta qo‘chqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Omihud o‘g‘li Elishamaning nazrlari ana shulardan iborat edi.


54 Sakkizinchi kuni Manashe qabilasining yo‘lboshchisi Padozur o‘g‘li Gamaliyol

nazrlarini taqdim qildi.

55 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 56 Bulardan tashqari, Gamaliyol tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 57 U bitta buqani, bitta qo‘chqorni, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 58 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,

59 ikkita ho‘kizni, beshta qo‘chqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Padozur o‘g‘li Gamaliyolning nazrlari ana shulardan iborat edi.


60 To‘qqizinchi kuni Benyamin qabilasining yo‘lboshchisi Gido‘nax o‘g‘li Avidon

nazrlarini taqdim qildi.


61 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 62 Bulardan tashqari, Avidon tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 63 U bitta buqani, bitta qo‘chqorni, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 64 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,

65 ikkita ho‘kizni, beshta qo‘chqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Gido‘nax o‘g‘li Avidonning nazrlari ana shulardan iborat edi.


66 O‘ninchi kuni Dan qabilasining yo‘lboshchisi Omishadayning o‘g‘li Oxazar nazrlarini

taqdim qildi.


67 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 68 Bulardan tashqari, Oxazar tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 69 U bitta buqani, bitta qo‘chqorni, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 70 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,

71 ikkita ho‘kizni, beshta qo‘chqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Omishaday o‘g‘li Oxazarning nazrlari ana shulardan iborat edi.


72 O‘n birinchi kuni Osher qabilasining yo‘lboshchisi Oxron o‘g‘li Paxiyol nazrlarini

taqdim qildi.


73 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 74 Bulardan tashqari, Paxiyol tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 75 U bitta buqani, bitta qo‘chqorni, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 76 bitta takani gunoh qurbonligi qildi,

77 ikkita ho‘kizni, beshta qo‘chqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qo‘chqor

qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Oxron o‘g‘li Paxiyolning nazrlari ana shulardan

iborat edi.


78 O‘n ikkinchi kuni Naftali qabilasining yo‘lboshchisi Enan o‘g‘li Oxir nazrlarini taqdim

qildi.


79 U quyidagi nazrlarni berdi: og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan to‘ldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 80 Bulardan tashqari, Oxir tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 81 U bitta buqani, bitta qo‘chqorni, bitta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 82 bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 83 ikkita ho‘kizni, beshta qo‘chqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qo‘chqor qo‘zini tinchlik qurbonligi qildi. Enan o‘g‘li Oxirning nazrlari ana shulardan iborat edi.


84 Shunday qilib, Muso qurbongohga moy surtib, uni muqaddas qilgandan keyin, Isroil yo‘lboshchilari qurbongohning bag‘ishlanishiga olib kelgan nazrlarning jami quyidagicha bo‘ldi: o‘n ikkita kumush lagan, o‘n ikkita kumush tog‘oracha, o‘n ikkita oltin piyola. 85 Har bir kumush laganning og‘irligi 330 misqol, har bir kumush tog‘oracha 180 misqol edi*. Hammasi bo‘lib taqdim qilingan kumush buyumlarning og‘irligi ikki pudga yaqin edi*. 86 Tutatqi to‘ldirilgan har bir oltin piyolaning og‘irligi 25 misqol* edi. Bu o‘n ikkita oltin buyumning umumiy og‘irligi 300 misqol* chiqdi. 87 O‘n ikkita buqa, o‘n ikkita qo‘chqor, o‘n ikkita bir yoshli qo‘chqor qo‘zi kuydiriladigan qurbonlik qilindi, qurbonlikka qo‘shib qilinadigan don nazri ham keltirildi. O‘n ikkita taka gunoh qurbonligi qilindi. 88 Yigirma to‘rtta ho‘kiz, oltmishta qo‘chqor, oltmishta taka, oltmishta bir yoshli qo‘chqor qo‘zi tinchlik qurbonligi qilindi. Muso qurbongohga moy surtib, uni muqaddas qilgandan keyin, qurbongohning bag‘ishlanishiga ana shu nazrlar taqdim qilingan edi.

89 Muso Egamiz bilan gaplashish uchun Uchrashuv chodiriga kirganda, Egamizning ovozini eshitdi. Ovoz Ahd sandig‘ining* qopqog‘i ustidagi ikki karub* orasidan kelayotgan edi.


8–BOB

Horun moychiroqlarni o‘rnatadi

1 Egamiz yana Musoga dedi: 2 “Horunga ayt, u yettala moychiroqni chiroqpoyaga o‘rnatganda, moychiroqlarning nuri chiroqpoyaning old tomonini yoritadigan qilib o‘rnatsin.”

3 Egamizning Muso orqali bergan bu amrini Horun bajardi. U yettita moychiroqni chiroqpoyaning old tomonini yoritadigan qilib o‘rnatdi. 4 Chiroqpoya, Egamiz Musoga ko‘rsatgan namuna bo‘yicha*, tagligidan tortib, gullarigacha oltindan zarb urib yasalgan edi.

Levilar poklanib Xudoga bag‘ishlanadi

5 Egamiz Musoga yana aytdi: 6 “Isroil xalqi orasidan levilarni ajratib olib, quyidagi yo‘l bilan ularni pokla*: 7 levilarga gunohdan poklaydigan suvni sep. Ular ustara bilan

butun badanlarini qirib tozalashsin, kiyimlarini yuvishsin. Shundan so‘ng ular pok bo‘lishadi. 8 So‘ngra ular buqani va buqaga qo‘shib nazr qilinadigan zaytun moyi aralashtirilgan sifatli unni olib kelishsin. Bundan tashqari, boshqa bir buqani gunoh qurbonligi qilish uchun olib kelishsin. 9 So‘ng butun jamoani to‘pla, levilarni Uchrashuv chodiri oldiga olib kel. 10 Levilarni Men, Egangizning huzuriga olib kelganingda, Isroil xalqi levilarga qo‘llarini qo‘ysin. 11 Horun levilarni Isroil xalqidan maxsus nazr sifatida Men, Egangizga bag‘ishlasin, toki levilar Menga xizmat qilishsin. 12 Levilar qo‘llarini buqalarning boshiga qo‘yishsin. Horun bir buqani gunoh qurbonligi, ikkinchi buqani esa kuydiriladigan qurbonlik qilib, levilarni gunohlardan poklasin. 13 Keyin levilarni Horun va uning o‘g‘illari ro‘parasiga turg‘izib qo‘y. Levilarni maxsus nazr sifatida Men, Egangizga bag‘ishla.

14 Shunday qilib, levilarni Isroil xalqi orasidan ajratib ol. Levilar Meniki bo‘ladi.

15 Levilarni poklab, maxsus nazr sifatida Menga bag‘ishlaganingdan so‘ng, ular xizmat qilish uchun Uchrashuv chodiriga kira oladilar. 16 Men levilarni Isroil xalqi orasidan O‘zim uchun olganman. Ularni O‘zim uchun Isroil ayollaridan tug‘ilgan barcha to‘ng‘ich o‘g‘illari o‘rniga olganman. 17 Chunki Isroil xalqining hamma to‘ng‘ichlari — odamning to‘ng‘ich o‘g‘lidan tortib, mollarning birinchi erkak bolasigacha Menikidir. Misrda hamma to‘ng‘ichlarni nobud qilgan kunim Men Isroil xalqining to‘ng‘ich o‘g‘illarini O‘zim uchun ajratib olganman. 18 Isroil xalqi orasidagi hamma to‘ng‘ich o‘g‘illar o‘rniga esa levilarni olganman. 19 Levilarni Isroil xalqi orasidan ajratib olib, Horun va uning o‘g‘illari ixtiyoriga topshirganman. Levilar Isroil xalqi nomidan Uchrashuv chodirida xizmat qiladilar. Isroil xalqi Chodirga yaqin kelib qolganda, yuz beradigan kulfatdan levilar ularni himoya qiladi*.”

20 Muso, Horun va butun Isroil jamoasi levilarni Egamizga bag‘ishladilar. Xullas, Egamizning levilar haqida Musoga bergan amrlarini bajardilar. 21 Levilar poklanishdi, kiyimlarini yuvishdi. Horun ularni maxsus nazr sifatida Egamizga bag‘ishlab, poklash marosimini o‘tkazdi. 22 Shundan keyin levilar Horun va uning o‘g‘illari nazorati ostida Uchrashuv chodirida xizmat ado etish uchun u yerga kirdilar. Shunday qilib, Egamiz levilar haqida Musoga qanday amr etgan bo‘lsa, Isroil xalqi uning amrlarini ado etdi.

23 Egamiz yana Musoga aytdi: 24 “Levilar quyidagi qoidaga rioya qilishsin: yigirma besh va undan yuqori yoshdagi levilar Uchrashuv chodiridagi xizmatini boshlashsin. 25 Ellik yoshda esa xizmatidan bo‘shab, boshqa xizmat qilishmasin. 26 Xizmatidan bo‘shagan levilar Uchrashuv chodirida xizmat qilayotgan birodarlariga yordam berishlari mumkin. Lekin biror ish uchun mas’uliyatni o‘z bo‘yinlariga olishmasin.

Levilarning majburiyatlarini shu tariqa ko‘rsatib ber.”


9–BOB

Fisih ziyofati

1 Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin, ikkinchi yilning birinchi oyida* Egamiz Sinay sahrosida Musoga dedi: 2 “Isroil xalqiga ayt, ular Fisih ziyofatini belgilangan vaqtda,

3 shu oyning o‘n to‘rtinchi kuni kechqurun nishonlashsin. Bayramning hamma qonun– qoidalariga rioya qilishsin.”

4 Shunday qilib, Muso Isroil xalqiga: “Fisih ziyofatini nishonlanglar”, deb buyruq

berdi. 5 Isroil xalqi birinchi oyning o‘n to‘rtinchi kuni kechqurun Sinay sahrosida Fisih

ziyofatini nishonladi. Ular hamma narsani Egamizning Musoga bergan amri bo‘yicha qilishdi. 6 Biroq odam murdasiga tegib harom bo‘lganlar o‘sha kuni Fisih ziyofatida ishtirok etisha olmadi. Ular o‘sha kuniyoq Muso bilan Horunning huzuriga kelib shunday deyishdi:

7 — Biz murdaga tekkanimiz uchun harommiz. Lekin nima uchun biz chetda qolishimiz kerak? Biz ham, Isroil xalqi qatori, belgilangan vaqtda Egamizga qurbonlik keltirmoqchimiz!

8 Muso ularga:

— Kutib turinglar–chi, Egamiz sizlar to‘g‘ringizda qanday amr berar ekan, eshitay, —

dedi.

9 Musoga Egamiz shunday dedi:

10 — Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Birortangiz yoki avlodlaringizdan kimdir murdaga tegib harom bo‘lsa yoki safarga ketgan bo‘lsa, Egamizga bag‘ishlangan Fisih ziyofatini nishonlayversin. 11 Bunday odamlar bayramni ikkinchi oyning* o‘n to‘rtinchi kuni kechqurun nishonlab, qurbonlik* go‘shtini xamirturushsiz non va taxir o‘tlar bilan birga yeyishsin. 12 Ertalabgacha taomdan qoldirishmasin. Qurbonlikning birorta suyagini sindirishmasin. Fisih ziyofatini hamma qonunlarga muvofiq nishonlashsin. 13 Lekin bironta odam pok bo‘lib, safarda bo‘lmasa va shunga qaramay, Fisih ziyofatini nishonlashdan bosh tortsa, belgilangan vaqtda Egamizga bag‘ishlab qurbonlik qilmagani uchun Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinsin. Shunday qilib, u o‘z gunohi uchun jazosini tortadi. 14 Orangizda yashayotgan musofir Egamizga bag‘ishlangan Fisih ziyofatini nishonlamoqchi bo‘lganda, o‘sha qonun–qoidalarga rioya qilishi shart.

Hammangiz uchun — sizlar va musofirlar uchun qonun bitta bo‘lsin.”

Alangali bulut

15 Muqaddas chodir o‘rnatilgan kuni* Chodirni* bulut qoplab oldi. Oqshomdan ertalabgacha Muqaddas chodir tepasidagi o‘sha bulutning ko‘rinishi alangaga o‘xshar edi. 16 Har doim shu ahvol yuz berardi: Chodirni kunduzi bulut qoplab olar, tunda esa bulut alangaga o‘xshab turardi. 17 Bulut Chodir tepasidan ko‘tarilgach, Isroil xalqi yo‘lga chiqardi. Bulut to‘xtagan joyda esa Isroil xalqi chodir tikardi. 18 Isroil xalqi Egamizning amri bilan yo‘lga chiqar va Egamizning amri bilan chodir tikardi. Bulut Muqaddas chodir tepasida turgan vaqt mobaynida, ular ham joylaridan siljimas edilar. 19 Bulut Chodir tepasida uzoq kunlar turib qolganda ham, Isroil xalqi Egamizning talabiga rioya qilib, yo‘lga chiqmasdi. 20 Ba’zan esa bulut Chodir tepasida ozroq kun turardi. Bunday paytda ham Isroil xalqi Egamizning amriga muvofiq to‘xtardi, Uning amri bilan yo‘lga chiqardi. 21 Ayrim vaqtlarda esa bulut Chodir tepasida bor–yo‘g‘i bir kechagina turib, ertalab ko‘tarilar edi. Shunda Isroil xalqi ham yo‘lga chiqardi. Bulut ko‘tarilgan payti, kechasi bo‘ladimi, kunduzi bo‘ladimi, Isroil xalqi ham yo‘lga chiqardi. 22 Ba’zan bulut ikki kun,

bir oy yoki uzoqroq vaqt mobaynida Chodir tepasida turib qolardi. Shunda Isroil xalqi ham qarorgohda qolib, yo‘lga chiqmasdi. Bulut ko‘tarilgandan so‘ng Isroil xalqi yo‘lga chiqardi. 23 Ular Egamizning amri bilan to‘xtab, Uning amri bilan yo‘lga chiqishardi.

Muso orqali Egamiz bergan amrlariga muvofiq hamma talablarni bajarishar edi.

10–BOB

Kumush karnaylar

1 Egamiz Musoga aytdi: 2 “Sen ikkita kumush karnay yasattir, karnaylar zarb urib yasalgan bo‘lsin. Bu karnaylar jamoani yig‘ish hamda yo‘lga chiqish vaqtini e’lon qilish uchun kerak bo‘ladi. 3 Karnaylarning ikkalasi chalinganda, butun jamoa sening oldingga

Shunda pok bo‘lasizlar. Keyin qarorgohga kirsangiz bo‘ladi.

O‘ljalarning taqsimlanishi

25 Egamiz yana Musoga aytdi:

26 — Sen, ruhoniy Elazar va jamoaning urug‘boshilari asir olingan odamlarni, o‘lja qilingan hayvonlarni hisoblab chiqinglar. 27 Asiru o‘ljalarni teng ikki qismga bo‘lib, bir qismini urushga borgan sipohlarga, ikkinchi qismini butun jamoaga beringlar.

28 Urushga borgan sipohlar ulushidan Men — Egangiz uchun ulush ajratinglar. Asirlar, mol, eshak, qo‘y va echkilarning har besh yuztasidan bittasini Menga ulush qilib beringlar. 29 Sipohlardan olingan bu ulushni Menga qilingan nazr sifatida ruhoniy Elazarga beringlar. 30 Xalqqa tegishli bo‘lgan o‘ljaning ikkinchi qismidan Muqaddas chodirim uchun mas’ul bo‘lgan levilarga ulush beringlar. Asirlar, mol, eshak, qo‘y va echkilarning har elliktasidan bittasi levilarga berilsin.

31 Muso bilan ruhoniy Elazar Egamizning Musoga bergan amrini ado etishdi.

32 Sipohlar qo‘lga kiritgan narsalardan tashqari o‘lja qilib olgan mol–hol va ayollarning umumiy soni quyidagicha edi:


qo‘y–echkilar — 675.000 ta,

33 mollar — 72.000 ta,

34 eshaklar — 61.000 ta,

35 er ko‘rmagan qizlar — 32.000 ta.

36 O‘ljaning urushga borgan sipohlarga tegishli qismi quyidagicha edi: qo‘y–echkilar — 337.500 ta, 37 shulardan 675 ta qo‘y–echki Egamizning

ulushidir,

38 mollar — 36.000 ta, shulardan 72 tasi Egamizning ulushidir,

39 eshaklar — 30.500 ta, shulardan 61 tasi Egamizning ulushidir,

40 er ko‘rmagan qizlar — 16.000 ta, shulardan 32 nafari Egamizning ulushidir.


41 Egamiz Musoga amr qilganday, Muso Egamizga ajratilgan ulushni nazr sifatida ruhoniy Elazarga berdi.

42 Muso Isroil xalqi uchun sipohlarning o‘ljasidan ajratib olgan qism quyidagilardan

iborat edi:


43 qo‘y–echkilar — 337.500 ta,

44 mollar — 36.000 ta,

45 eshaklar — 30.500 ta,

46 er ko‘rmagan qizlar — 16.000 ta.


47 Isroil xalqi ulush qilib olgan odamu hayvonlarning har elliktasidan bittasini Muso Egamizning Muqaddas chodiri uchun mas’ul bo‘lgan levilarga berdi. Egamiz Musoga nimani amr qilgan bo‘lsa, Muso shuni qildi.

48 Shundan so‘ng mingboshi va yuzboshilar Musoning huzuriga kelishdi. 49 Ular Musoga:

— Biz, qullaringiz, qo‘limiz ostidagi sipohlarni sanab chiqdik, — deyishdi, — bironta

odamimizni yo‘qotmabmiz. 50 O‘zimizni Egamiz hukmidan himoya qilish uchun*, biz

topgan oltin buyumlarimizni — bilaguzuklar, muhr uzuklar, sirg‘alar va

zebigardonlarimizni Egamizga nazr qilib olib keldik.

51 Muso bilan ruhoniy Elazar ular olib kelgan hamma oltin zeb–ziynatlarni olishdi. 52 Mingboshi va yuzboshilar Egamizga nazr qilgan oltinning umumiy og‘irligi o‘n ikki pudga yaqin* chiqdi. 53 Oddiy sipohlar esa qo‘lga kiritgan o‘ljalarni o‘zlariga qoldirgan edilar. 54 Isroil xalqini Egamiz doim esida tutishi uchun Muso bilan ruhoniy Elazar

mingboshi va yuzboshilardan olgan oltin buyumlarni Uchrashuv chodiriga olib kelishdi.


32–BOB

Iordan daryosining sharqiga o‘rnashgan qabilalar

1 Ruben va Gad qabilalarining chorvasi nihoyatda ko‘p edi. Ular Yazir va Gilad yerlarining* chorvabop ekanligini ko‘rib, 2 Muso, ruhoniy Elazar va jamoa yo‘lboshchilarining oldiga borib shunday deyishdi:

3 — Otaro‘t, Dibon, Yazir, Nimro, Xashbon, Elaley, Savom, Navo, Bayo‘n shaharlari 4 joylashgan butun o‘lkani Egamiz Isroil xalqiga mag‘lub qilib berdi. Bular nihoyatda chorvabop yerlar ekan. Biz, qullaringizda esa chorva bor. 5 Agar biz sizlarning

iltifotingizga sazovor bo‘lgan bo‘lsak, o‘sha yerlarni bizga mulk qilib bersangizlar, bizni

Iordan daryosining narigi tomoniga* olib o‘tmasangizlar.

6 Shunda Muso Gad bilan Ruben qabilalariga shu gapni aytdi:

33 Shundan keyin Muso Gad bilan Ruben qabilalariga hamda Yusuf o‘g‘li Manashe qabilasining yarmiga* Amor xalqining shohi Sixo‘nning yurti bilan Bashan shohi O‘gning yurtini — ularning jamiki yerlariyu shaharlarini, shahar atrofidagi o‘lkalarni berdi.

34-36 Gad qabilasi Dibon, Otaro‘t, Aror, Otro‘t–Shifan, Yazir, Yohboxo, Bayt–Nimro va Bayt–Xoron degan mustahkam shaharlarni qaytadan barpo qilib, qo‘y qo‘ralarini qurdi. 37-38 Ruben qabilasi ham Xashbon, Elaley, Xiratayim, Navo, Baal–Miyon va Sivmo shaharlarini qayta qurdi. Ular tiklagan shaharlariga yangi nom berishdi.

39 Manashe o‘g‘li Moxirning avlodlari Gilad o‘lkasiga borishdi. Ular Giladni bosib olib, Amor xalqini u yerdan quvib chiqarishdi. 40 Shundan keyin Muso Giladni Moxir avlodiga berdi. Moxir avlodi u yerda joylashdi. 41 Manashe o‘g‘li Yovir esa Amor xalqining shaharlarini egalladi. U o‘sha yerlarga Yovir shaharlari* deb nom berdi. 42 Navah Qanot shahrini va uning atrofidagi qishloqlarni egalladi, u yerlarga Navah deb o‘zining ismini berdi.


33–BOB

Misrdan Mo‘abga bo‘lgan safar

1-2 Muso Egamizning amriga ko‘ra, safar davomida qarorgoh qurilgan joylarning nomlarini birma–bir ro‘yxat qilib yozgan edi. Muso va Horun boshchiligida Misrdan qabila–qabila bo‘lib chiqqan Isroil xalqining to‘xtagan joylari quyidagilardir:

3 Birinchi oyning* o‘n beshinchi kunida, Fisih ziyofatining ertasiga Isroil xalqi Ramzes shahrini tark etdi. Ular jamiki Misr xalqining ko‘zi oldida shaxdam qadam bilan Misrdan chiqib ketishdi. 4 Shu vaqtda Misrliklar Egamiz nobud qilgan hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarini dafn qilayotgan edilar. Egamiz shu yo‘sinda Misr xudolarini mahkum etgan edi.

5 Shunday qilib, Isroil xalqi Ramzesni tark etib, Suxotda qarorgoh qurdi.

6 So‘ng Suxotdan ketib, sahroning chetidagi Etxamda qarorgoh qurdi.

7 Ular Etxamdan chiqib, orqaga — Baal–Zafo‘nning sharqidagi Piy–Xaxiro‘tga yo‘l olib, Migdol yonida qarorgoh qurishdi.

8 Piy–Xaxiro‘tdan ham chiqib, Qizil dengizdan* o‘tishdi–da, sahro tomon yo‘l olishdi. Etxam sahrosini uch kun kezganlaridan keyin, Maroda qarorgoh qurishdi.

9 Keyin Marodan ketib, Ilimda qarorgoh qurishdi. Ilimda o‘n ikkita buloq va

yetmishta xurmo daraxti bor edi.

10 Ular Ilimdan keyin, Qizil dengiz* bo‘yida qarorgoh qurishdi.

11 Keyin Qizil dengiz bo‘yidan ketib, Sin sahrosida* qarorgoh qurishdi.

12 Sin sahrosidan ketib, Dofkaxda qarorgoh qurishdi.

13 Dofkaxdan ketib, Elishda qarorgoh qurishdi.

14 Elishdan ketib, Rafidimda qarorgoh qurishdi. Lekin u yerda ichimlik suvi

yo‘q edi*.

15 Rafidimdan ketib, Sinay sahrosida qarorgoh qurishdi.

16 Sinay sahrosidan ketib, Xivrut–Xattavoda qarorgoh qurishdi.

17 Xivrut–Xattavodan ketib, Xazero‘tda qarorgoh qurishdi.

18 Xazero‘tdan ketib, Ritmada qarorgoh qurishdi.

19 Ritmadan ketib, Rimmon–Parazda qarorgoh qurishdi. 20 Rimmon–Parazdan ketib, Libnada qarorgoh qurishdi. 21 Libnadan ketib, Rissada qarorgoh qurishdi.

22 Rissadan ketib, Kaxeletaxda qarorgoh qurishdi.

23 Kaxeletaxdan ketib, Shafer tog‘ida qarorgoh qurishdi. 24 Shafer tog‘idan ketib, Xaradaxda qarorgoh qurishdi. 25 Xaradaxdan ketib, Makxilo‘tda qarorgoh qurishdi.

26 Makxilo‘tdan ketib, Taxatda qarorgoh qurishdi.

27 Taxatdan ketib, Terahda qarorgoh qurishdi.

28 Terahdan ketib, Mitkada qarorgoh qurishdi.

29 Mitkadan ketib, Xashmonaxda qarorgoh qurishdi.

30 Xashmonaxdan ketib, Mosaro‘tda qarorgoh qurishdi.

31 Mosaro‘tdan ketib, Baniyaqonda qarorgoh qurishdi.

32 Baniyaqondan ketib, Xor–Xagigadda qarorgoh qurishdi.

33 Xor–Xagigaddan ketib, Yotbotoda qarorgoh qurishdi.

34 Yotbotodan ketib, Avro‘nda qarorgoh qurishdi.

35 Avro‘ndan ketib, Ezyo‘n–Geberda qarorgoh qurishdi.

36 Ezyo‘n–Geberdan ketib, Zin cho‘lidagi Kadeshda qarorgoh qurishdi.

37 Kadeshdan ketib, Edom yurtining chegarasidagi Xo‘r tog‘ida qarorgoh qurishdi. 38 Ruhoniy Horun Egamizning amri bilan Xo‘r tog‘iga chiqib, o‘sha yerda vafot etdi. Bu voqea Isroil xalqi Misrdan chiqqaniga qirq yil bo‘lganda, beshinchi

oyning* birinchi kunida sodir bo‘ldi. 39 Horun Xo‘r tog‘ida vafot etganda 123

yoshda edi.

40 Kan’onlik Arod shohi shu paytda: “Isroil xalqi kelyapti” degan xabarni eshitdi. U Kan’ondagi Nagav cho‘lida* yashardi.

41 Isroil xalqi Xo‘r tog‘idan ketib, Zalmo‘noda qarorgoh qurdi.

42 Ular Zalmo‘nodan ketib, Punonda qarorgoh qurishdi.

43 Punondan ketib, Obo‘tda qarorgoh qurishdi.

44 Obo‘tdan ketib, Mo‘ab hududidagi Ivay–Aborimda qarorgoh qurishdi.

45 Ivay–Aborimdan* ketib, Dibon–Gadda qarorgoh qurishdi.

46 Dibon–Gaddan ketib, Elmon–Diblatayimda qarorgoh qurishdi.

47 Elmon–Diblatayimdan ketib, Navo tog‘ining yonidagi Aborim tog‘larida* qarorgoh qurishdi.

48 Aborim tog‘laridan ketib, Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahrining ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida qarorgoh qurishdi. 49 Ular Mo‘ab tekisligida Iordan bo‘ylab, Bayt–Yashimo‘tdan tortib, Ovil–Shitimgacha qarorgoh qurishdi.

Iordan daryosidan o‘tishdan oldin berilgan ko‘rsatmalar

50 Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahrining ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida Egamiz

Musoga shunday dedi:

51 — Isroil xalqiga ayt: “Sizlar Iordan daryosining narigi tomoniga o‘tib, Kan’on yurtiga borganlaringizdan keyin 52 u yerning aholisini haydab chiqaringlar. Ularning hamma tosh va quyma butlarini yo‘q qilinglar, jamiki sajdagohlarini buzib tashlanglar. 53 O‘sha yurtga egalik qilinglar, u yerda o‘rnashib olinglar, chunki Men o‘sha yurtni sizlarga berganman. 54 Yerlarni urug‘laringiz orasida qur’a bo‘yicha* bo‘lib beringlar. Katta uruqqa kattaroq ulush, kichik uruqqa kichikroq ulush beringlar. Qur’a bo‘yicha kimga qayer chiqsa, o‘sha yer o‘sha urug‘ning ulushi bo‘lib qoladi. Shu yo‘sinda yerlarni qabilalar orasida bo‘lib beringlar. 55 Agar sizlar o‘sha yurtning aholisini haydab chiqarmasangiz, ularning qolgan–qutganlari sizlar uchun ko‘zga kirgan zirapchaday, biqinga sanchilgan tikanday bo‘ladi. Ular sizlarni yashab turgan yurtingizda siqadi.

56 Shunda Men ularning boshiga nima solmoqchi bo‘lgan bo‘lsam, sizning boshingizga

solaman.”


34–BOB



1 Egamiz Musoga dedi:

Kan’on yurtining chegaralari

2 — Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Kan’on yurtiga kirib borganingizdan

keyin, sizlarga mulk qilib beriladigan bu yurt quyidagicha chegaralanadi:


3 Yurtingizning janubiy qismi Zin cho‘lidan Edom yurti bo‘ylab cho‘ziladi. Janubiy chegarangiz sharq tomonda O‘lik dengizning* janubiy qirg‘og‘idan boshlanib, 4 Chayonlar dovonidan* o‘tadi va janubga — Zin cho‘li tomonga cho‘ziladi. Chegarangizning eng janubiy nuqtasi Kadesh–Barna bo‘ladi. U yerdan chegara Xazor–Adargacha borib, Ozmon orqali o‘tadi. 5 So‘ng burilib, Misr chegarasidagi irmoq* bo‘ylab O‘rta yer dengiziga borib taqaladi.

6 O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i g‘arbiy chegarangizni tashkil qiladi.

7 Shimoliy chegarangiz esa O‘rta yer dengizidan sharqqa, Xo‘r tog‘iga* tomon

cho‘ziladi. 8 Xo‘r tog‘idan Levo–Xomatgacha* boradi, so‘ng Zadoddan o‘tib, 9 Zifro‘nga cho‘zilib boradi va Xazor–Enanda to‘xtaydi. Bu sizning shimoliy chegarangiz bo‘ladi.

10 Sharqiy chegarangiz shimoldagi Xazor–Enandan boshlanib, janub tomon Shafomga boradi, 11 so‘ng yana janubga cho‘zilib, Oyinning sharq tomonidagi Rivlodan o‘tadi va Jalila ko‘lining* sharq tomonidagi qirlar bo‘ylab boradi.

12 So‘ng chegara Iordan daryosi bo‘ylab janubga cho‘zilib, O‘lik dengizga borib to‘xtaydi.


Har tomondan chegaralangan mana shu yerlar sizlarning yurtingiz bo‘ladi.”

13 Shundan so‘ng Muso Isroil xalqiga buyurdi:

— Bu yurtni qur’a tashlab*, bo‘lib olinglar. Egamiz bu yurtni to‘qqizta qabilaga va bir qabilaning yarmiga bo‘lib berishni amr etgan. 14-15 Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi xonadonlari bo‘yicha Yerixo shahrining ro‘parasidagi Iordanning sharq tomonidan o‘zlariga tegishli mulkni olganlar.

Yurtning taqsimlanishiga javobgar yo‘lboshchilar

16 Egamiz Musoga yana aytdi: 17 “Ruhoniy Elazar va Nun o‘g‘li Yoshua yurtni Isroil xalqiga bo‘lib berishsin. 18 Har bir qabiladan bittadan yo‘lboshchini ularga yordamchi qilib tayinlanglar. 19 O‘sha odamlarning ismlari quyidagichadir:


Yahudo qabilasidan — Yafunax o‘g‘li Xolib.

20 Shimo‘n qabilasidan — Omihud o‘g‘li Shomuil. 21 Benyamin qabilasidan — Xislon o‘g‘li Elidod. 22 Dan qabilasidan — Yoxli o‘g‘li Bukki.

23 Yusuf o‘g‘li Manashe qabilasidan — Efo‘d o‘g‘li Xanniyol.

24 Efrayim qabilasidan — Shifton o‘g‘li Kamuvol. 25 Zabulun qabilasidan — Parno‘x o‘g‘li Elizofon. 26 Issaxor qabilasidan — Ozzon o‘g‘li Paltiyol.

27 Osher qabilasidan — Shalumi o‘g‘li Oxixud.

28 Naftali qabilasidan — Omihud o‘g‘li Padahiyol.”


29 Egamiz ana shu odamlarga, Isroil xalqiga Kan’on yurtini mulk qilib bo‘lib

beringlar, deb amr bergan edi.


35–BOB

Levilarga berilgan shaharlar

1 Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahrining ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida Egamiz Musoga dedi: 2 “Isroil xalqiga buyur, ular mulk qilib oladigan yeridan levilarga yashash uchun shaharlar berishsin. Shuningdek, shaharlarning atrofidagi yaylovlarni ham berishsin. 3 Shaharlar levilarga vatan bo‘ladi, yaylovlar esa mol–holi uchun yaraydi.

4 Levilarga beriladigan yaylovlar shahar devoridan 1000 tirsak* masofada bo‘lgan tevarakdagi hamma yaylovlarni o‘z ichiga olsin. 5 Shahar tashqarisidan sharq, janub, g‘arb, shimol tomonga 2000 tirsakdan* o‘lchanglar, shahar o‘rtada bo‘lsin. Shahar atrofi

esa levilarning yaylovlari bo‘ladi.

6 Sizlar levilarga beradigan shaharlaringizning oltitasi panoh shaharlar bo‘lsin. Birortangiz bexosdan odam o‘ldirib qo‘ysangiz, o‘sha shaharlarning biriga qochib borishingiz mumkin. Bu oltita shahardan tashqari, levilarga yana qirq ikkita shahar beringlar. 7 Hammasi bo‘lib levilarga qirq sakkizta shahar va ular atrofidagi yaylovlar berilsin.

8 Isroil xalqi mulkidan har bir qabila olgan ulushining hajmiga ko‘ra, levilarga shaharlar ajratib beringlar. Kattaroq ulush olgan qabila ko‘proq, kichikroq ulush olgan qabila esa kamroq shahar bersin.”

Panoh shaharlar

9-10 Isroil xalqiga quyidagi amr va qonunlarni yetkaz, deb Musoga Egamiz shunday amr berdi: “Sizlar Iordan daryosining narigi tomoniga* o‘tib, Kan’on yurtiga kirganlaringizdan keyin, 11 o‘zlaringiz uchun panoh shaharlarni tanlanglar. Birortasi bexosdan odam o‘ldirib qo‘ysa, o‘sha shaharlarning biriga qochib bora oladigan bo‘lsin. 12 Qotil jamoa oldida hukm qilinishdan oldin o‘ldirilib qo‘yilmasligi uchun bu shaharlar qotilga qasoskordan panoh bo‘ladi.

13 Oltita panoh shahringiz bo‘lsin. 14 Uchta shaharni Iordan daryosining sharq tomonidan, qolgan uchtasini Kan’on yurtidan tanlanglar. 15 Ana shu oltita shahar sizlar uchun ham, orangizda vaqtincha yoki doimiy ravishda istiqomat qilayotgan musofirlar uchun ham panoh bo‘ladi. Birortasini bexosdan o‘ldirib qo‘ygan odam o‘sha yoqqa qochib borsin.

16 Agar birorta odam boshqasini temir asbob bilan urib o‘ldirib qo‘ysa, urgan odam qotil hisoblanadi va o‘sha odamning jazosi o‘limdir. 17 Odamni tosh bilan urib o‘ldirgan kishi ham qotildir. Qotilning jazosi o‘limdir. 18 Odamni yog‘och qurol bilan urib o‘ldirgan kishi ham qotildir. Qotilning jazosi o‘limdir. 19 Marhumning xunini oladigan odam qotilni o‘ldirsin. Qotilni uchratib qolganda uning jonini olsin. 20 Shuningdek, agar birortasi boshqasini yomon ko‘rgani uchun itarib yoki qasddan unga biror narsani otib o‘ldirib qo‘ysa, 21 yoxud adovatdan unga musht tushirib o‘ldirsa, urgan odamning jazosi o‘limdir. U qotildir. Marhumning xunini oladigan odam qotilni uchratganda o‘ldirsin.

22 Bordi–yu, biri boshqasini bexosdan, xusumat qilmay, turtib yuborsa yoki qasd qilmay biror narsa otsa 23-24 yo ko‘rmay turib ustiga tosh tushirib yuborsa va o‘sha odam o‘lsa, jamoa qasoskor bilan odam o‘ldirgan kishining orasidagi mojaroni hal qilsin.

Chunki odam o‘ldirganning va marhumning orasida hech qanday adovat bo‘lmagan edi. 25 Jamoa qotilni qasoskorning qo‘lidan xalos qilib, uni qaytarib panoh shaharga jo‘natsin. Moy surtib tanlangan oliy ruhoniy vafot etguncha, qotil o‘sha yerda qolsin.

26 Lekin qotil panoh shahar chegarasidan chiqsa 27 va qasoskor uni panoh shahardan tashqarida tutib olib o‘ldirsa, qasoskor qotillikda ayblanmaydi. 28 Chunki oliy ruhoniy vafot etguncha, qotil panoh shaharda qolishi lozim edi. Oliy ruhoniyning vafotidan so‘nggina u o‘z uyiga qaytib borishi mumkin edi. 29 Mana shular sizlar uchun avlodlaringiz osha, qayerda yashasangiz ham, qonun bo‘lib qolsin.

30 Odam o‘ldirgan kishi faqat guvohlarning ko‘rsatmalari asosidagina qotillikda ayblanib, o‘lim jazosiga tortilsin. Bitta odamning guvohligi asosida hech kim o‘ldirilmasin.

31 O‘limga hukm qilingan qotilning joni evaziga pul olmanglar. Qotilni albatta

o‘ldiringlar.

32 Panoh shaharga qochib ketgan odamdan ham pul olmanglar, u oliy ruhoniyning vafotidan oldin o‘z yeriga qaytib kelib yashashi uchun yo‘l qo‘ymanglar. 33 O‘zingiz yashab yurgan yerni bulg‘amanglar. Yer to‘kilgan qon tufayli bulg‘anadi. Qotillik tufayli bulg‘angan yerni faqat qotilning qoni bilan tozalab bo‘ladi. 34 O‘zlaringiz yashaydigan va Men istiqomat qiladigan yerni bulg‘amanglar, zotan, Men, Egangiz, Isroil xalqi orasida istiqomat qilaman.”


36–BOB

Turmushga chiqqan ayollarning merosi

1 Bir kuni Gilad urug‘ining urug‘boshilari Muso bilan Isroil yo‘lboshchilari oldiga kelishdi. Gilad Moxirning o‘g‘li, Manashening nevarasi, Yusufning evarasi edi.

2 — Ey Muso hazratlari, — deya murojaat qilishdi ular. — Egamiz sizga, Isroil xalqiga qur’a bo‘yicha* yerni mulk qilib ber, deb amr qilganda, inimiz Zalofxodning mulkini qizlariga berishingizni aytgan edi*. 3 Bordi–yu, Zalofxodning qizlari Isroilning boshqa qabilasidagi yigitlarga turmushga chiqsalar, ularning mulki turmushga chiqqan urug‘ning mulkiga qo‘shiladi. Shunda qabilamiz ulush qilib olgan yerning bir qismidan ayrilib qoladi. 4 Qutlug‘ yil* kelganda esa Zalofxod qizlarining mulki o‘zlari turmushga chiqqan urug‘ning mulkiga qo‘shilib, qabilamizning mulkidan ayirib olinadi va biz qabilamizga tegishli bo‘lgan bir qism yerdan mahrum bo‘lib qolamiz.

5 Muso, Egamizning amriga binoan, Isroil xalqiga aytdi:

— Yusuf avlodining gapi to‘g‘ri. 6 Egamiz Zalofxodning qizlari haqida shunday amr berdi: Zalofxodning qizlari o‘zlari xohlagan odamlarga turmushga chiqishsin. Lekin ular turmushga chiqadigan yigitlar Zalofxodning qabilasidan bo‘lishlari shart. 7 Isroil xalqining mulki bir qabiladan boshqasiga o‘tib ketmasin. Har bir Isroil odami otalaridan meros qilib olgan yerni saqlasin. 8 Isroilning hamma qabilasida mulkka merosxo‘rlik qiladigan har qanday qiz, o‘zining qabilasidan birortasiga turmushga chiqsin, toki Isroilning hamma odamlari mulk qilib olgan yerlariga o‘zlari egalik qilsin. 9 Ana shunda mulk bir qabiladan boshqa qabilaga o‘tib ketmaydi. Isroil xalqining har bir qabilasi o‘z mulkini saqlab qolsin.

10 Egamiz Musoga nima amr etgan bo‘lsa, Zalofxodning qizlari shuni qildilar.

11 Zalofxodning Maxlo, Tirza, Xo‘glax, Milxo va Nuvah ismli qizlari o‘z amakilarining o‘g‘illariga turmushga chiqdilar. 12 Ular turmushga chiqqan yigitlar Yusuf o‘g‘li Manashe urug‘laridan edilar. Shunday qilib, u qizlarning merosi otalari qabilasida qoldi.


13 Muso orqali Isroil xalqiga Egamiz bergan amr va qonunlar ana shulardan iboratdir.

Bu qonunlar Mo‘ab tekisligida, Yerixo shahrining ro‘parasidagi Iordan daryosi bo‘yida

berilgan edi.

IZOHLAR

1:1 Isroil xalqi Misr yurtini tark etib… — Chiqish 12:40-42 ga qarang.

1:1 Ikkinchi oy — ibroniy kalendarining Ziv oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga

ko‘ra, bu oy taxminan aprelning o‘rtasidan boshlanadi.

1:17-19 ikkinchi oy — shu bobning 1–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang.

1:20-21 Urug‘i va xonadoni bo‘yicha…urushga yaroqli erkaklarning soni… — ibroniycha matndagi bu jumla shu bobning 22-43–oyatlarida ro‘yxat qilingan har bir qabila nomiga qo‘shib takrorlangan. Ravon o‘qilishi uchun mazkur tarjimada bu jumla har bir oyatda qaytarilmadi.

1:20-21 Isroil — Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang).

1:50 Muqaddas ahd chodiri — ibroniycha matnda Guvohlik chodiri (shu bobning 53– oyatida ham bor), Muqaddas chodirning yana bir nomi. Ibroniycha matndagi iboraning guvohlik so‘zi o‘nta amr yozilgan ikkita tosh lavhaga ishora qiladi. Bu tosh lavhalar Xudo va Uning xalqi o‘rtasida tuzilgan ahdning dalili, ya’ni toshga bitilgan guvohlik bo‘lib xizmat qilardi. Bu ikki tosh lavha Muqaddas chodirdagi Ahd sandig‘ining ichida saqlanardi (Chiqish 40:20 ga qarang).

2:14 Duvel — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ruvel. Uning Duvel degan shakli 1:14 dan olingan (yana 7:42, 47, 10:20 ga qarang).

3:4 …Nadov bilan Abihu…nobud bo‘lgan edilar — Levilar 10:1-2 ga qarang.

3:13 …Isroil xalqining barcha to‘ng‘ichlarini…O‘zim uchun ajratib olganman — Chiqish 13:1-2, 11-16 ga qarang.

3:28 8600 — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalarida 8300 (ibroniychada 8600 va 8300 ning yozilishi nihoyatda o‘xshashdir). 8300 ga shu bobning 22–oyatidagi va 34–oyatidagi sonlarni qo‘shganda, 39–oyatdagi son, ya’ni

22.000 soni kelib chiqadi. 39–oyatdagi son aniq son bo‘lmay, balki taxminiy son bo‘lishi

ham mumkin.

3:28 Muqaddas chodir — bu oyatda aynan Muqaddas xona va Eng muqaddas xona nazarda tutilgan (shu bobning 32–oyatida ham bor).

3:38 …Muqaddas chodirning oldida… — ibroniycha matnda …Muqaddas chodir, Uchrashuv chodirining oldida…. Muqaddas chodir yana Uchrashuv chodiri deb ham aytiladi.

3:47 …besh bo‘lakdan kumush ol. Har bir kumush bo‘lakning og‘irligi ikki yarim misqol bo‘lsin — ibroniycha matnda …besh shaqaldan ol. Har bir shaqalning og‘irligi Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalning og‘irligiga teng kelib, 20 gera bo‘lsin. 20 gera taxminan 11 grammga to‘g‘ri keladi, demak, har bir ortiq odam evaziga berilgan kumush taxminan 55 grammga to‘g‘ri keladi.

3:49-50 …1365 ta kumush bo‘lakni yig‘ib oldi — ibroniycha matnda …1365 ta kumush shaqalni yig‘ib oldi. Har bir shaqalning og‘irligi Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalning og‘irligiga teng edi. Muqaddas chodirda ishlatilgan standart shaqal taxminan 11 grammga to‘g‘ri keladi, demak, yig‘ib olingan kumushning umumiy og‘irligi taxminan

15 kiloga to‘g‘ri keladi.

4:5 Sandiq — ibroniycha matnda Guvohlik sandig‘i, Ahd sandig‘ining yana bir nomi. Ibroniycha matndagi iboraning guvohlik so‘zi o‘nta amr yozilgan ikkita tosh lavhaga ishora qiladi. Ikkala tosh lavha Sandiqning ichida saqlanib, Xudo va Uning xalqi o‘rtasida tuzilgan ahdning dalili, ya’ni toshga bitilgan guvohlik bo‘lib xizmat qilardi.

4:6 yumshoq teri — yuqori sifatli, oshlangan teri nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

4:7 muqaddas nonlar — bu nonlar Egamizning Muqaddas chodirda zohir bo‘lishini aks ettiruvchi timsol bo‘lib, Xudo Isroil xalqining qudrati va ta’minlovchisi ekanligidan darak berib turgan. Nonlar Chodirdagi maxsus xontaxtaga qo‘yilib, har Shabbat kuni yangi pishirilgan nonlar bilan almashtirib turilgan (Levilar 24:5-9 ga qarang).

4:16 muqaddas qiladigan moy — zaytun moyi va ziravorlarning maxsus aralashmasidan tayyorlanib, faqat ruhoniylar tomonidan diniy marosimlarni ado etish uchun ishlatilgan (Chiqish 30:22-33 ga qarang).

5:2 teri kasalligi — bu ibora ibroniychada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan so‘zning tarjimasidir. Odatda bu ibora moxov kasalligiga ishora deb tushuniladi. Teri kasalliklaridan birortasiga yo‘liqqan kishi harom hisoblanar edi. Xasta odam kasalligini boshqalarga yuqtirmasligi va ularni harom qilmasligi uchun, boshqalardan ajratib qo‘yilar edi (Levilar 13:45-46 ga qarang).

5:15 to‘rt kosa — ibroniycha matnda efaning o‘ndan bir qismi, taxminan 2 litrga to‘g‘ri

keladi.

5:21 …seni bola tug‘a olmaydigan qilib qo‘ysin — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …sonlaringni quritsin, qorningni shishirsin. Ko‘p olimlarning sharhlashicha, bu ibroniycha iboraning ma’nosi — bolang tushib qolsin yoki bolang o‘lik tug‘ilsin degani (shu bobning 22, 27–oyatlarida ham bor).

6:1-2 o‘zini ma’lum bir muddatga Egamizga nazr sifatida bag‘ishlash — ibroniycha matndagi shu bobning 2-21–oyatlarida bu iboraning o‘rniga alohida bir so‘z ishlatilgan bo‘lib, bu so‘z Xudoga xizmat qilish uchun maxsus va’da bergan odamni bildiradi. Ba’zi insonlar maxsus va’da berib, o‘zlarini birmuncha vaqt Xudoning xizmatiga bag‘ishlar edilar. Ba’zi birovlar esa tug‘ilgan paytlaridanoq shu va’da orqali Xudoga bag‘ishlanganlar.

6:12 ayb qurbonligi — Levilar 5:14-19 ga qarang. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi QURBONLIK so‘zi ostida berilgan AYB QURBONLIGI iborasiga qarang.

6:27 …Isroil xalqini Mening nomim bilan duo qilishsin — ibroniycha matndan so‘zma– so‘z tarjimasi …Mening nomimni Isroil xalqi ustiga qo‘yishsin. Isroil xalqini shu bobning 24-26–oyatlaridagi so‘zlar bilan duo qilishgan.

7:1 Muso Muqaddas chodirni o‘rnatib bo‘lgan kuni… — Chiqish 40:17-18 ga va o‘sha

oyatlarning izohiga qarang.

7:2 …xalqni ro‘yxatga olish uchun mas’ul bo‘lgan yo‘lboshchilar… — 1:1-19 ga qarang.

7:13 …og‘irligi 330 misqol bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 180 misqol bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha — ibroniycha matnda …og‘irligi 130 shaqal bo‘lgan bitta kumush lagan, og‘irligi 70 shaqal bo‘lgan bitta kumush tog‘oracha. Lagan va tog‘oracha

Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga ko‘ra o‘lchangan (shu bobning 19, 25, 31, 37,

43, 49, 55, 61, 67, 73, 79–oyatlarida ham bor). Muqaddas chodirda ishlatilgan standart shaqal taxminan 11 grammga to‘g‘ri keladi, demak, kumush laganning og‘irligi taxminan 1,5 kiloga, kumush tog‘orachaning og‘irligi taxminan 800 grammga to‘g‘ri keladi.

7:14 25 misqol — ibroniycha matnda 10 shaqal, taxminan 110 grammga to‘g‘ri keladi

(shu bobning 20, 26, 32, 38, 44, 50, 56, 62, 68, 74, 80–oyatlarida ham bor).

7:16 gunoh qurbonligi — birortasi bilmay qilgan gunohi uchun Xudodan kechirim so‘rab keltirgan qurbonligi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi QURBONLIK so‘zi ostida berilgan GUNOH QURBONLIGI iborasiga qarang.

7:85 …330 misqol…180 misqol… — ibroniycha matnda …130 shaqal…70 shaqal…. Kumush laganning og‘irligi taxminan 1,5 kiloga, kumush tog‘orachaning og‘irligi taxminan 800 grammga to‘g‘ri keladi.

7:85 …og‘irligi ikki pudga yaqin edi — ibroniycha matnda …Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga ko‘ra og‘irligi 2400 shaqal edi. Muqaddas chodirda ishlatilgan standart shaqal taxminan 11 grammga to‘g‘ri keladi, demak, kumush laganlar va tog‘orachalarning umumiy og‘irligi taxminan 27 kilo edi.

7:86 …og‘irligi 25 misqol edi — ibroniycha matnda …Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga ko‘ra og‘irligi 10 shaqal edi. Muqaddas chodirda ishlatilgan standart shaqal taxminan 11 grammga to‘g‘ri keladi, demak, har bir oltin piyolaning og‘irligi taxminan 110 grammga to‘g‘ri keladi.

7:86 300 misqol — ibroniycha matnda 120 shaqal, taxminan 1,4 kiloga to‘g‘ri keladi.

7:89 Ahd sandig‘i — ibroniycha matnda Guvohlik sandig‘i. 4:5 izohiga qarang.

7:89 ikki karub — qanotli samoviy mavjudotlarning haykallari. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi KARUB, KARUBLAR so‘ziga qarang.

8:4 …Egamiz Musoga ko‘rsatgan namuna bo‘yicha… — Chiqish 25:31-40 ga qarang.

8:6 …ularni pokla… — diniy xizmatni lozim darajada bajarishga monelik qiladigan nopoklikdan tozalanish marosimi.

8:19 Isroil xalqi Chodirga yaqin kelib qolganda, yuz beradigan kulfatdan levilar ularni himoya qiladi — 1:53 ga qarang. Bu jumladagi chodir so‘zi Muqaddas xona va Eng muqaddas xonaga ishora qiladi.

9:1 …Misrdan chiqqandan keyin, ikkinchi yilning birinchi oyida… — ibroniy kalendarining Abib oyi nazarda tutilgan (Abib oyi Nison oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan martning o‘rtasidan boshlanadi. Sahroda kitobidagi voqealar ikkinchi yilning ikkinchi oyidan boshlangani uchun (1:1 ga qarang), shu bobning 1-5–oyatlarida ikkinchi Fisih ziyofatining nishonlanishi bayon etilgan. Bu Fisih ziyofati 1–bobdagi xalq ro‘yxatga olinishidan bir oy oldin nishonlangan. Birinchi Fisih ziyofati Xudo Isroil xalqini Misrdagi qullikdan ozod qilgan kechasi nishonlangan edi (Chiqish 12:1-42 ga qarang).

9:11 ikkinchi oy — 1:1 ning ikkinchi izohiga qarang.

9:11 qurbonlik — qo‘zi yoki uloqcha (Chiqish 12:3-5 ga qarang).

9:15 Muqaddas chodir o‘rnatilgan kuni… — Chiqish 40:17-18 ga ko‘ra, bu hodisa Isroil

xalqi sahroda turgan paytda, anig‘i, ikkinchi yilning birinchi oyida, oyning birinchi kunida sodir bo‘lgan edi.

9:15 Chodir — ibroniycha matnda Chodir — Guvohlik chodiri. 1:50 izohiga qarang.

10:6 Karnayning qisqa sadosi yo‘lga chiqish kerakligini bildiradi — g‘arb va shimoldagi qarorgohlarda turgan qabilalar sharq va janubdagi qabilalar singari, karnayning qisqa sadosini eshitgach, yo‘lga chiqishlari kerak edi.

10:11 ikkinchi oy — 1:1 ning ikkinchi izohiga qarang.

10:11 Muqaddas ahd chodiri — ibroniycha matnda Guvohlik chodiri. 1:50 izohiga qarang.

10:12 …Isroil xalqi Sinay sahrosidan yo‘lga chiqdi — Isroil xalqi Sinay tog‘ida o‘n bir oy

davomida turgan edi (shu bobning 11–oyatiga va Chiqish 19:1-2 ga qarang).

10:12 Poron cho‘li — Sinay yarim orolining shimoli–sharqiy qismi nazarda tutilgan

bo‘lishi mumkin.

10:29 Yatro — ibroniycha matnda Ruvel, Yatroning yana bir ismi (Chiqish 3:1 ga qarang).

10:32 Agar biz bilan birga borsangiz… — Xo‘vovning Muso bilan borgan yoki bormagani ma’lum emas, ammo Hakamlar 1:16 da berilgan ma’lumotga ko‘ra u Muso bilan borgan, degan xulosa chiqarish mumkin.

10:33 Egamizning muqaddas tog‘i — Sinay tog‘iga ishora.

11:3 Tavera — bu nom ibroniychadagi yonayotgan so‘ziga ohangdosh.

11:4 Isroil xalqi orasidagi qalang‘i–qasang‘ilar — Chiqish 12:38 da tilga olingan begona

xalqlar nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin (yana Qonunlar 29:11, Yoshua 8:35 ga qarang).

11:6 manna — Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin to Kan’on yurtiga kirguncha, Xudo ularga yetkazib turgan maxsus yegulik. Manna, Shabbat kunidan tashqari, har kuni kechasi yerga yog‘ilardi, odamlar saharda turib, uni yig‘ib olishardi (Chiqish 16:13-35, Yoshua 5:12 ga qarang).

11:18 …tayyorlanib poklaninglar… — 8:6 izohiga qarang.

11:28 Musoga yoshligidan xizmat qilib kelgan… — yoki Musoning tanlangan

odamlaridan biri bo‘lgan….

11:31 dengiz — Aqaba qo‘ltig‘i nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

11:31 …ikki tirsak balandlikda uchib yurgan edi — yoki …ikki tirsak qalinlikda uyib

tashlangan edi. Ikki tirsak taxminan bir metrga to‘g‘ri keladi.

11:32 oltmish savat — ibroniycha matnda o‘n ho‘mr, taxminan 2200 litrga to‘g‘ri keladi.

11:34 Xivrut–Xattavo — ibroniychadagi ma’nosi nafsi buzuq odamlarning qabrlari.

12:1 Habashistonlik — ibroniycha matnda Kushlik. Kush degan joy Misrdan janubda

bo‘lib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini o‘z ichiga olgan edi.

12:7 Mening butun xalqim orasida ishonchlisi Musodir — yoki Xalqimni boshqarish uchun ishonib topshirgan odamim Musodir.

12:10 teri kasalligi — bu ibora ibroniychada har xil teri kasalliklariga nisbatan

ishlatilgan so‘zning tarjimasidir. 5:2 izohiga qarang. 13:1 Poron cho‘li — 10:12 ning ikkinchi izohiga qarang. 13:9 Xo‘sheya — shu bobning 17–oyatiga qarang.

13:17 …Xo‘sheyaning ismini o‘zgartirib, uni Yoshua deb atadi — ibroniychadagi Xo‘sheya ismining ma’nosi u qutqaradi, Yoshua ismining ma’nosi esa Egamiz qutqaradi.

13:18 Nagav cho‘li — hozirgi Isroilning janubida, O‘lik dengizning janubi–g‘arbida

joylashgan yerlar.

13:22 Levo–Xomat — yoki Xomat dovoni.

13:23 Xevron shahri — Quddusdan qariyb 32 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan.

13:23 …Onoq avlodidan kelib chiqqan… — Onoq avlodi Isroil xalqidan avval Kan’onda yashagan, ular gavdasi ulkan, kuchli jangchilari bilan mashhur bo‘lgan xalq edi (shu bobning 33-34–oyatlariga va Qonunlar 1:28, 2:10-11, 20-21, 9:1-2 ga qarang).

13:25 Eshko‘l — ibroniychadagi ma’nosi bir bosh uzum.

13:27 Kadesh — Kadesh–Barna nomi bilan ham ma’lum bo‘lib, hozirgi Aqaba qo‘ltig‘ining shimoliy qirg‘og‘idan qariyb 145 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan voha.

13:28 …sut va asal oqib yotibdi — nihoyatda hosildor yerni bildiruvchi ibora. Mo‘l–ko‘l sut — mol uchun ko‘m–ko‘k yaylovlarning ko‘pligini bildiradi. Asal — xurmodan olinadigan quyuq, shirin murabboga ishora bo‘lishi mumkin. Murabboning mo‘lligi yaxshi hosil beradigan yerni bildiradi.

13:29 Onoq avlodi — shu bobning 23–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang.

13:34 ulkan pahlavonlar — ibroniycha matnda nefilim. Bu so‘z haybatli va kuchli

odamlarga nisbatan ishlatilgan (Ibtido 6:4 ga va o‘sha oyatning birinchi izohiga qarang).

14:8 sut va asal oqib yotgan o‘sha yurt — 13:28 izohiga qarang.

14:17 Sen O‘zing aytgansan… — Chiqish 34:6-7 ga qarang.

14:25 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, ma’nosi Qamish dengizi. Bu oyatdagi mana shu nom hozirgi Aqaba qo‘ltig‘iga (ya’ni Qizil dengizning shimoli–sharqidagi qo‘ltig‘iga) ishora qiladi.

14:28 …ming‘irlab noliganlaringizni… — shu bobning 2–oyatiga qarang.

14:34 Menga qarshi chiqqanlarning holi ne kechishini… — yoki Sizlarga qarshi chiqsam

holingiz ne kechishini….

14:45 Xo‘rmax — Kan’on yurtining janubiy qismida, Kadeshdan qariyb 80 kilometr

shimoli–sharqda joylashgan shahar.

15:4-5 ikki kosa — ibroniycha matnda chorak xin, taxminan 1 litrga to‘g‘ri keladi (shu

oyatda ikki marta ishlatilgan).

15:4-5 to‘rt kosa — ibroniycha matnda efaning o‘ndan bir qismi, taxminan 2 litrga to‘g‘ri

keladi.

15:6 uch kosa — ibroniycha matnda xinning uchdan bir qismi, taxminan 1,3 litrga to‘g‘ri

keladi (shu bobning 7–oyatida ham bor).

15:6 sakkiz kosa — ibroniycha matnda efaning o‘ndan ikki qismi, taxminan 4 litrga

to‘g‘ri keladi.

15:9 to‘rt kosa — ibroniycha matnda yarim xin, taxminan 2 litrga to‘g‘ri keladi (shu

bobning 10–oyatida ham bor).

15:9 o‘n ikki kosa — ibroniycha matnda efaning o‘ndan uch qismi, taxminan 6 litrga

to‘g‘ri keladi.

15:32 …Shabbat kuni o‘tin terib yurgan bir odamni ushlab olishdi — Xudoning qonuniga

ko‘ra, Shabbat kuni ishlash taqiqlangan edi (Chiqish 31:12-17 ga qarang).

16:4 …muk tushdi — bu holat Muso Xudoga jon–jahdi bilan ibodat qilib, madad

so‘rayotganini bildiradi.

16:7 O‘shanda Egamiz kimni tanlab olganini, kim Unga tegishli ekanligini ko‘ramiz

faqat ruhoniylar Muqaddas chodirda xushbo‘y tutatqi nazr qilishlari mumkin edi. Tutatqi nazr qilgan boshqa odam o‘lar edi. Tutatqi nazr qilib tirik qolgan odam Xudoning tanlagani edi.

16:13 sut va asal oqib yotgan yurt — 13:28 izohiga qarang.

16:30 o‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. Qadimda Isroil xalqi Sheo‘lni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorong‘i joy deb tushunardi (shu bobning 33–oyatida ham bor).

17:2 …qabila…tayoq… — bu oyatda so‘z o‘yini ishlatilgan. Ibroniychadagi qabila so‘zi

tayoq ma’nosida ham ishlatiladi.

17:4 Ahd sandig‘i — ibroniycha matnda Guvohlik (shu bobning 10–oyatida ham bor),

Ahd sandig‘ining yana bir nomi. 4:5 izohiga qarang.

17:7 Muqaddas ahd chodiri — ibroniycha matnda Guvohlik chodiri (shu bobning 8– oyatida ham bor). 1:50 izohiga qarang.

18:2 Muqaddas ahd chodiri — ibroniycha matnda Guvohlik chodiri. 1:50 izohiga qarang.

18:15 harom hayvon — Xudoga qurbonlik qilishga yaramaydigan hayvon. Halol va harom hayvonlar haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Levilar 11:1-47 ga qarang.

18:16 …besh bo‘lakdan kumush olinglar. Har bir kumush bo‘lakning og‘irligi 2,5 misqol bo‘lsin — ibroniycha matnda …besh shaqaldan ol. Har bir shaqalning og‘irligi Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalning og‘irligiga teng kelib, 20 gera bo‘lsin. 20 gera taxminan 11 grammga to‘g‘ri keladi, demak, har bir to‘ng‘ich o‘g‘il evaziga berilgan kumush taxminan 55 grammga to‘g‘ri keladi.

18:21 ushr — har qanday daromadning o‘ndan bir qismi. Levilar 27:30-33, Qonunlar 14:22-29, 26:12-13 ga qarang.

19:6 issop o‘ti — bu o‘rindagi ibroniycha so‘z mayda ko‘k gulli, barglari muattar hidli o‘simlikni bildiradi.

20:1 Birinchi oy — ibroniy kalendarining Abib oyi nazarda tutilgan (Abib oyi Nison oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan martning o‘rtasidan boshlanadi.

20:1 Zin cho‘li — O‘lik dengizning janubi–g‘arbida joylashgan.

20:1 Kadesh — 13:27 izohiga qarang.

20:3 Biz ham…qirilib ketsak bo‘lmasmidi–ya! — 16:41-49 ga qarang.

20:13 Mariva — ibroniychadagi ma’nosi nolimoq.

20:14 Edom — bu yurt O‘lik dengizning janubida joylashgan edi.

20:14 Biz…sizning jigaringizmiz — Isroil xalqi Yoqubdan, Edom xalqi esa Yoqubning akasi Esovdan kelib chiqqan edi.

20:17 Shoh yo‘li — bu yo‘l qadimgi paytlarda muhim savdo yo‘li edi. U O‘lik dengizning sharqida joylashgan bo‘lib, hozirgi Iordaniyaning hududini kesib o‘tar edi. Bu yo‘l Oramdagi Damashq shahrini Aqaba qo‘ltig‘ining shimoliy qirg‘og‘i bilan bog‘lar edi.

21:1 Nagav cho‘li — 13:18 izohiga qarang.

21:3 Xo‘rmax — ibroniychadagi ma’nosi vayron qilish.

21:4 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, ma’nosi Qamish dengizi. Bu oyatdagi mana shu nom hozirgi Aqaba qo‘ltig‘iga (ya’ni Qizil dengizning shimoli–sharqidagi qo‘ltig‘iga) ishora qiladi.

21:9 Muso bronzadan ilonni yasab… — ibroniychada bronza va ilon so‘zlari o‘zaro

ohangdosh.

21:13 Arnon soyligi — Arnondagi soy g‘arb tomonga oqib, O‘lik dengizga quyiladi.

21:14 “Egamizning jangnomasi” kitobi — jang haqidagi qadimiy jangnoma dostonlaru

qo‘shiqlar majmuasi bo‘lishi mumkin. Bu kitob hozirgi kungacha saqlanib qolmagan.

21:16 Ber — ibroniychadagi ma’nosi quduq.

21:18 Saltanat hassalari — bu maxsus hassa bo‘lib, shoh va hukmdorlarning

hokimiyatini bildiruvchi ramz edi.

21:20 Fisgax tog‘ tizmasi — O‘lik dengizning shimoliy qirg‘og‘idan qariyb 15 kilometr sharqda joylashgan. Fisgax deb, Mo‘ab tekisligidan to g‘arbdagi Aborim tog‘larigacha cho‘zilgan tog‘ tizmasiga nisbatan aytilgan bo‘lishi mumkin. Bu tizmaning eng baland nuqtasi Navo tog‘ining cho‘qqisi edi (Qonunlar 34:1 ga qarang).

21:22 Shoh yo‘li — 20:17 izohiga qarang.

21:24 Yavoq daryosi — Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan bu daryo O‘lik

dengizdan qariyb 50 kilometr shimolda Iordan daryosiga quyiladi.

21:25 Xashbon shahri — Fisgax tog‘ tizmasidan qariyb 10 kilometr sharqda joylashgan.

21:29 Xamo‘sh — Mo‘ab xalqining xudosi.

21:33 Bashan o‘lkasi — Jalila ko‘lining shimoli–sharqida joylashgan.

22:36 Ir shahri — yoki Mo‘ab yurtidagi shahar.

22:41 Bomo‘t–Baal — ibroniychadagi ma’nosi Baal sajdagohlari.

23:7 Oram — bu yer Furot daryosi bo‘yida joylashgan bo‘lib, hozirgi Suriya mamlakatining shimoliy qismini va hozirgi Turkiyaning janubi–sharqiy qismini qamrab olardi (22:5 ga qarang).

23:14 Fisgax tog‘ tizmasi — 21:20 izohiga qarang.

23:23 Yoqub nasliga…Isroilga qarshi folbinlik aslo o‘tmaydi — yoki Yoqub nasli orasida sehr–jodu yo‘q, Isroilda folbinlik yo‘q.

23:28 Piyor tog‘i — Fisgax tog‘ tizmasidan qariyb 5 kilometr shimoli–g‘arbda

joylashgan.

24:6 palmazor — yoki vodiy.

24:7 O‘gax — Omolek xalqining shohi bo‘lib, Omoleklar Isroil xalqining dushmani edilar

(Chiqish 17:8-16, Qonunlar 25:17-19 ga qarang).

24:17 Saltanat hassasi — bu maxsus hassa bo‘lib, shoh va hukmdorlarning hokimiyatini

bildiruvchi ramz edi.

24:17 chegaralar — yoki peshanalar. Qadimiy yunoncha tarjimada shahzodalar.

24:17 Shet xalqi — Isroil xalqi Kan’on yurtini qo‘lga kiritishdan oldin o‘sha yurtning cho‘llarida istiqomat qilgan xalq nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

24:17 yerlar — yoki bosh suyaklar.

24:18 Seir — Edom yurtiga qarashli bo‘lgan tog‘li yerlar.

24:19 Ir — yoki shahar.

24:20 Omolek xalqi — shu bobning 7–oyati izohiga qarang.

24:22 Oshur xalqi — Ossuriya xalqining ajdodi (shu bobning 24–oyatida ham bor).

24:24 Kipr — ibroniycha matnda Kittim, Kiprning qadimgi nomi.

25:1 Shitim — O‘lik dengizning shimoli–sharqida, Mo‘ab tekisligida joylashgan.

25:5 hakamlar — maxsus yo‘lboshchilar. Ehtimol, ular butun qabilaga yoki qabilaning bir qismiga javobgar bo‘lgan.

25:6 Midiyonlik — mazkur oyatda bu nom Iordan daryosining sharq tomonida yashaydigan, Mo‘ab xalqi bilan aralashib ketgan bir xalqqa ishora qiladi. Ularning ustidan Mo‘ab shohi hukmronlik qilgan bo‘lishi mumkin (22:1-7 ga qarang).

26:5 Isroil — Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang).

26:9 Ko‘raxning izdoshlari Egamizga qarshi isyon ko‘tarishganda… — 16:1-35 ga qarang.

26:19-20 …G‘ur va O‘nan Kan’on yurtida olamdan o‘tgan edilar — Ibtido 38:1-10 ga qarang.

26:42 …Xushimdan Xushim… — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shuxom. Uning Xushim degan shakli Ibtido 46:23 dan olingan.

26:55 …qur’a tashlanglar — qur’a tashlashda yog‘och bo‘laklari yoki toshlar ishlatilgan bo‘lib, shu orqali Xudoning xohish–irodasi aniqlangan. Ba’zan odamlar qur’a tashlab, Xudodan biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligini so‘rashgan.

26:61 Nadov va Abihu…nobud bo‘lgan edilar — 3:1-4 ga va Levilar 10:1-2 ga qarang.

26:65 …Egamiz…aytgandi — 14:26-35 ga qarang.

27:12 Aborim tizmasi — O‘lik dengizning shimoliy qirg‘og‘idan sharqda joylashgan. 27:13 O‘sha yurtni ko‘rganingdan keyin…olamdan o‘tasan — Qonunlar 34:1-8 ga qarang. 27:14 Mariva suvlari bo‘yida…muqaddasligimni namoyon qilmadingizlar — 20:1-13 ga

qarang.

27:14 O‘sha Mariva suvlari — Rafidim yonidagi Mariva emas, balki boshqa joydir (Chiqish 17:1-7 ga qarang).

27:18 Unda Mening Ruhim bor — ibroniycha matnda Unda bir ruh bor. Bu o‘rinda ruh so‘zi Xudoning Ruhiga ishora qilgan bo‘lishi mumkin. Eski Ahdda Xudoning Ruhi maxsus vazifani bajargan insonlarga, jumladan, yo‘lboshchilarga berilgan edi. Biroq ruh so‘zi yo‘lboshchilik vazifasi uchun zarur bo‘lgan layoqat va qobiliyatni bildirgan bo‘lishi ham mumkin. Qobiliyatlar Xudodan berilgan in’om bo‘lgani uchun ikkala variantning ham ma’nosi bir–biriga yaqin.

27:18 Yoshuaga qo‘lingni qo‘y — bu harakat Musoning yo‘lboshchilik vazifasi Yoshuaga

topshirilishining ramzi edi.

27:21 Elazar Urim orqali…irodamni bilib bersin — ayrim hollarda ruhoniylar Xudoning xohishini bilish uchun Urim va Tummim degan muqaddas narsalardan foydalanishardi. Bu oyatda faqat Urim tilga olingan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Chiqish 28:15 ning ikkinchi izohiga qarang.

28:5 ikki kosa — ibroniycha matnda chorak xin, taxminan 1 litrga to‘g‘ri keladi (shu

bobning 7–oyatida ham bor).

28:5 to‘rt kosa — ibroniycha matnda efaning o‘ndan bir qismi, taxminan 2 litrga to‘g‘ri

keladi.

28:9 sakkiz kosa — ibroniycha matnda efaning o‘ndan ikki qismi, taxminan 4 litrga

to‘g‘ri keladi (shu bobning 12, 20, 28–oyatlarida ham bor).

28:12 o‘n ikki kosa — ibroniycha matnda efaning o‘ndan uch qismi, taxminan 6 litrga

to‘g‘ri keladi (shu bobning 20, 28–oyatlarida ham bor).

28:14 to‘rt kosa — ibroniycha matnda yarim xin, taxminan 2 litrga to‘g‘ri keladi.

28:14 uch kosa — ibroniycha matnda xinning uchdan bir qismi, taxminan 1,3 litrga

to‘g‘ri keladi.

28:14 ikki kosa — ibroniycha matnda chorak xin, taxminan 1 litrga to‘g‘ri keladi. 28:15 kunda kuydiriladigan qurbonliklar — shu bobning 1-8–oyatlariga qarang. 28:16 Birinchi oy — 20:1 ning birinchi izohiga qarang.

28:16 Fisih ziyofati — Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod bo‘lishi munosabati bilan

nishonlangan ziyofat (Chiqish 12:1-42 ga qarang).

28:23-24 kunda ertalab kuydiriladigan qurbonlik — shu bobning 1-8–oyatlariga qarang.

28:26 Hosil bayrami — ibroniycha matnda Haftalar bayrami, Hosil bayramining yana bir nomi. Bu bayram Fisih ziyofatidan keyin, 50 kun o‘tgach nishonlanadi (Levilar 23:15-16 ga qarang).

28:31 kunda kuydiriladigan qurbonliklar — shu bobning 1-8–oyatlariga qarang.

29:1 Yettinchi oy — ibroniy kalendarining Tishri oyi nazarda tutilgan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan sentabrning o‘rtasidan boshlanadi.

29:3 o‘n ikki kosa — ibroniycha matnda efaning o‘ndan uch qismi, taxminan 6 litrga

to‘g‘ri keladi (shu bobning 9, 14–oyatlarida ham bor).

29:3 sakkiz kosa — ibroniycha matnda efaning o‘ndan ikki qismi, taxminan 4 litrga

to‘g‘ri keladi (shu bobning 9, 14–oyatlarida ham bor).

29:4 to‘rt kosa — ibroniycha matnda efaning o‘ndan bir qismi, taxminan 2 litrga to‘g‘ri

keladi (shu bobning 10, 15–oyatlarida ham bor).

29:6 har oyning boshida va kunda kuydiriladigan qurbonliklar — 28:1-15 ga qarang.

29:7 Yettinchi oy — shu bobning 1–oyati izohiga qarang. 29:11 kunda kuydiriladigan qurbonliklar — 28:1-8 ga qarang. 29:12 Yettinchi oy — shu bobning 1–oyati izohiga qarang.

29:16 kunda kuydiriladigan qurbonlik — 28:1-8 ga qarang. 29:38 kunda kuydiriladigan qurbonlik — 28:1-8 ga qarang. 30:15 bir kun ichida — yoki bir necha kun ichida.

31:2 Isroil xalqi uchun Midiyonlardan qasos ol — 25:1-18 oyatlarga va 25:6 izohiga qarang.

31:6 muqaddas ashyolar — Urim va Tummim, ruhoniyning liboslari va Ahd sandig‘i nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin (Chiqish 28:15 ning ikkinchi izohiga qarang). Finxaz jang paytida shu ashyolardan foydalanib, Xudodan yo‘l–yo‘riq va madad so‘ragan bo‘lishi mumkin.

31:8 …Balomni ham qilichdan o‘tkazishdi — Mo‘ab va Midiyon xalqlari bilan qilgan hamkorligi uchun Balom Isroil xalqining dushmani hisoblangan edi (25:1-5, 16-18, 31:16 ga va Qonunlar 23:4-5 ga qarang).

31:16 …Piyor tog‘ida… — 25:1-9 ga qarang.

31:23 poklanish suvi — 19:9 ga qarang.

31:50 O‘zimizni Egamiz hukmidan himoya qilish uchun… — qadimgi Isroilda odamlarni sanash xavfli hisoblanar edi (1 Shohlar 24–bobga qarang), chunki butun odamzod Xudoga tegishli, deb hisoblangan hamda sanash egalik ma’nosini bildirgan. Bundan tashqari, odamlarni sanash Xudoga ishonmaslikni ham bildirishi mumkin. Odamlarni sanash lashkarning soniga inonish va soxta xavfsizlik hissini vujudga keltirishi mumkin edi. Odamlarni sanash hukmga olib kelishi mumkin bo‘lgani uchun, mana shu parchada yo‘lboshchilar Xudoga nazrlar keltirib, o‘zlarining Xudoga bo‘lgan qo‘rquvlarini namoyon etganlar. Shu yo‘l bilan ular o‘zlarini himoya qilganlar.

31:52 o‘n ikki pudga yaqin — ibroniycha matnda 16.750 shaqal, taxminan 190 kiloga

to‘g‘ri keladi.

32:1 Yazir va Gilad yerlari — Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan.

32:5 …Iordan daryosining narigi tomoniga… — ya’ni Iordan daryosining g‘arb tomoniga.

32:8 Men otalaringizni…jo‘natganimda… — 13:1-25 ga qarang.

32:17 …qurollanib… — qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda

…shoshilib….

32:33 Manashe qabilasining yarmi — Iordan daryosining sharq tomonida o‘rnashgan

qabilaning yarmi nazarda tutilgan (Yoshua 13:8, 29-31 ga qarang). Qabilaning ikkinchi yarmi Iordan daryosining g‘arb tomonidagi Kan’on yurtida o‘rnashgan edi (Yoshua 22:7 ga qarang).

32:41 Yovir shaharlari — ibroniycha matnda Xavot–Yovir, ma’nosi Yovir shaharlari.

33:3 Birinchi oy — 20:1 ning birinchi izohiga qarang.

33:8 Qizil dengiz — ibroniycha matnda dengiz. Bu oyatdagi mana shu nom ostida hozirgi Suets qo‘ltig‘i (ya’ni Qizil dengizning shimoli–g‘arbidagi qo‘ltiq) yoki Suets qo‘ltig‘i va O‘rta yer dengizi oralig‘ida joylashgan ko‘llardan biri nazarda tutilgan. Chiqish 14:10-31 dagi hodisalarning tafsilotiga ko‘ra, bu dengiz kattaligidan Isroil xalqiga to‘siq bo‘lgan, chuqurligidan Misr lashkari cho‘kib ketgan.

33:10 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, ma’nosi Qamish dengizi. Bu oyatdagi mana shu nom hozirgi Suets qo‘ltig‘iga (ya’ni Qizil dengizning shimoli–g‘arbidagi qo‘ltiqqa) ishora qiladi (shu bobning 11–oyatida ham bor).

33:11 Sin sahrosi — Sinay yarim orolidagi bu sahroning aynan qayerda joylashgani

ma’lum emas.

33:14 …Rafidimda…ichimlik suvi yo‘q edi — Chiqish 17:1-7 ga qarang.

33:38 beshinchi oy — ibroniy kalendarining Av oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga

ko‘ra, bu oy taxminan iyulning o‘rtasidan boshlanadi.

33:40 Nagav cho‘li — 13:18 izohiga qarang.

33:45 Ivay–Aborim — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Iyim.

33:47 Aborim tog‘lari — 27:12 izohiga qarang.

33:54 …qur’a bo‘yicha… — 26:55 izohiga qarang.

34:3 O‘lik dengiz — ibroniycha matnda Tuz dengizi (shu bobning 12–oyatida ham bor). 34:4 Chayonlar dovoni — ibroniycha matnda Akrabim dovoni, ma’nosi chayonlar dovoni. 34:5 Misr chegarasidagi irmoq — Sinay yarim orolining shimoli–sharqidagi Arish soyligi

yoki Nil daryosining sharqiy irmog‘i nazarda tutilgan (yana Ibtido 15:18 va Yoshua 13:3,

15:4, 47 ga qarang).

34:7 Xo‘r tog‘i — shimolda joylashgan bu tog‘ 20:22 va 33:37-39 da tilga olingan Horun

vafot etgan Xo‘r tog‘i emas.

34:8 Levo–Xomat — yoki Xomat dovoni.

34:11 Jalila ko‘li — ibroniycha matnda Keneret ko‘li, o‘sha vaqtda Jalila ko‘li va uning

atrofidagi yerlar shu nom bilan ham atalardi.

34:13 …qur’a tashlab… — 26:55 izohiga qarang.

35:4 1000 tirsak — taxminan 450 metrga to‘g‘ri keladi.

35:5 2000 tirsak — taxminan 900 metrga to‘g‘ri keladi.

35:9-10 …Iordan daryosining narigi tomoniga… — ya’ni Iordan daryosining g‘arb

tomoniga.

36:2 …qur’a bo‘yicha… — 26:55 izohiga qarang.

36:2 Egamiz sizga…inimiz Zalofxodning mulkini qizlariga berishingizni aytgan edi

27:1-11 ga qarang.

36:4 Qutlug‘ yil — Isroil xalqi tabarruk deb bilgan yil. Shu yil davomida hamma sotib olingan mulk o‘zining asl egalariga qaytarib berilishi kerak edi (Levilar 25:8-55, 27:17- 24 ga qarang). Ammo Qutlug‘ yilga oid bo‘lgan bu qonun–qoidalarni Zalofxodning qizlari vaziyatida qo‘llab bo‘lmas edi, chunki qizlar o‘z yerini sotgani sababli emas, balki turmushga chiqqanlari sababli ularning yeri o‘z qabilasidan ayirib olingan bo‘lardi.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru