Muqaddas Kitob


XAGGEY

PAYG‘AMBARNING

KITOBI

Kirish

Mazkur kitob miloddan oldingi 520 yilda Xudo Xaggey payg‘ambar orqali yuborgan xabarlardan tashkil topgan to‘plamdir. Miloddan oldingi 538 yilda Fors shohi Kurush bergan farmonga ko‘ra, yahudiylar Bobildan Quddusga qaytib, Ma’badni qayta qurishga kirishadilar*. Biroq ko‘p qarshiliklar sababli qayta qurish ishlari to‘xtab qoladi*.

Miloddan oldingi 520 yilgacha yahudiylarning aksariyat qismi Bobildagi surgundan qaytib keladi. Biroq odamlar Xudoning uyiga e’tiborsiz bo‘lib, faqat o‘z uylarini qurish, shinam qilish bilan ovora bo‘lishadi. Xalqning Xudoga bo‘lgan bunday hurmatsizligi va itoatsizligi ko‘p kulfatlarga sabab bo‘ladi: osmondan shudring tushmaydi, yer hosil bermaydi, yurtda qahatchilik hukm suradi, xalq qashshoqlashadi, qilgan mehnatlari samarasiz bo‘ladi.

Xaggey payg‘ambar beparvo bo‘lgan Yahudo xalqini Ma’badni tiklashga chaqiradi.

Zero, shu orqaligina xalq Xudoga o‘zining chin hurmati va e’tiborini namoyon qila olardi. Xalq Ma’badni qurishni boshlagandan keyin, Xudo ularga baraka berishni va yurtiga farovonlik ato etishni va’da qiladi.


1–BOB

Ma’badni qaytadan qurish to‘g‘risida Egamizning amri

1 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili* oltinchi oyining* birinchi kuni edi.

Egamiz Xaggey payg‘ambar orqali Yahudo* hokimi Shaltiyol o‘g‘li Zarubabelga* va oliy

ruhoniy Yohuzadax o‘g‘li Yoshuaga quyidagi so‘zlarini ayon qildi:


2-3 Sarvari Olam shunday demoqda: “Bu xalq: «Egamizning uyini qurish vaqti hali kelgani yo‘q», deb aytadi. 4 Ey Isroil xalqi, Mening uyim vayron bo‘lib yotganda*, sizlar hashamatli uylarda yashashingizning vaqtimi?!” 5 Mana endi Sarvari Olam demoqda: “O‘z ahvolingizga qarab, yaxshilab o‘ylab ko‘ringlar–chi! 6 Ko‘p ekib, kam o‘rasiz. Ovqat yeysiz–u, to‘ymaysiz. Ichasiz, ammo chanqog‘ingiz qonmaydi, ustingizga kiyasiz–u, isinolmaysiz. Kim pul ishlasa, uning puli yirtiq hamyonga tushadi.”

7 Sarvari Olamning kalomi shudir: “O‘z ahvolingizga qarab, yaxshilab o‘ylab ko‘ring, axir! 8 Tog‘larga chiqib, yog‘och olib tushinglar–da, Mening uyimni quringlar. Men uni ko‘rib zavqlanaman, u yerda ulug‘lanaman, — deydi Egamiz.

9 Ko‘p hosil olishni umid qilgan edingiz, mana kam oldingiz. Uyga olib kelganingizni sochib yubordim. Nima uchun?” Sarvari Olam shunday demoqda: “Mening uyim vayron bo‘lib yotgan paytda, sizlar faqat o‘z uyingiz haqida o‘ylaganingiz uchun shunday qildim. 10 Sizlarning dastingizdan osmondan shudring tushmadi, yer ham hosil bermadi. 11 Men dalalarga, qirli joylarga qurg‘oqchilik* keltirib, don, uzum sharbati va zaytun moyini quritdim. Yerdan


chiqqan barcha hosilni yo‘q qildim, odamlar va hayvonlarni qiyinchiliklarga duchor qildim. Insonlarning o‘z qo‘llari bilan qilgan mehnatlarini puchga chiqardim.”

Xalq Xudoning buyrug‘iga bo‘ysunadi

12 Shundan keyin Zarubabel, oliy ruhoniy Yoshua* va surgundan qaytib kelgan barcha xalq o‘zlarining Egasi Xudoga itoat qilishdi. O‘zlarining Egasi Xudo yuborgan Xaggey payg‘ambarning so‘zlariga quloq solishdi, chunki ular Egamizdan qo‘rqardi.

13 Egamizning elchisi Xaggey Uning quyidagi so‘zlarini xalqqa yetkazdi:

seni tanlaganman.» Sarvari Olamning kalomi shudir.”

IZOHLAR

…yahudiylar Bobildan Quddusga qaytib, Ma’badni qayta qurishga kirishadilar — Ezra 1:1-11, 3:7-13 ga qarang.

…qayta qurish ishlari to‘xtab qoladi — Ezra 4:1-5 ga qarang.

1:1 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili — miloddan oldingi 520 yil. Doro miloddan oldingi 522-486 yillarda Fors shohligida hukmronlik qilgan.

1:1 oltinchi oy — ibroniy kalendarining Elul oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga

ko‘ra, bu oy taxminan avgustning o‘rtasidan boshlanadi.

1:1 Yahudo — o‘sha davrda Yahudo yurti Fors shohligining hukmronligi ostida bo‘lgan. Yahudo yurti hududiga faqat Quddus va uning atrofidagi yerlar kirardi. Yahudo shohlari hukmronlik qilgan davrda esa bu yurtning hududi ancha katta edi.

1:1 Shaltiyol o‘g‘li Zarubabel — 1 Solnomalar 3:17-19 ga ko‘ra, Zarubabel Shaltiyolning ukasi Podiyoning o‘g‘li edi. Shaltiyol va Podiyo surgun qilingan Yahudo shohi Yohayxinning o‘g‘illari bo‘lib, Shaltiyol to‘ng‘ich farzand edi (4 Shohlar 24:8-17 ga qarang). Shaltiyolning o‘g‘li bo‘lmaganiga ikki taxmin mavjud: u befarzand edi yoki farzandlari bo‘lgan–u, ammo hammasi halok bo‘lgan. Sababi nima bo‘lishidan qat’iy nazar, shoh sulolasi Podiyo orqali davom etgan. Matndagi “Shaltiyol o‘g‘li” iborasi Zarubabel shoh Yohayxinning haqqoniy taxt vorisi ekanligini ko‘rsatadi.

1:4 …Mening uyim vayron bo‘lib yotganda… — Ma’bad Bobilliklar tomonidan miloddan oldingi 586 yilda vayron qilingan edi (4 Shohlar 25:1-21 ga qarang). Bobilda surgunda bo‘lgan yahudiylarning birinchi guruhi miloddan oldingi 538 yilda Quddusga qaytib, Ma’badni qayta qurishni boshlagan edi (Ezra 1:1-11 ga qarang). Miloddan oldingi 536 yilda Ma’badning poydevori bitgan edi. Ammo Ma’badning qayta qurilishi ko‘p qarshiliklar tufayli miloddan oldingi 520 yilgacha to‘xtab qolgan edi (Ezra 3:7-4:5 ga qarang).

1:11 qurg‘oqchilik — ibroniychada qurg‘oqchilik va vayron so‘zlari o‘zaro ohangdosh. Bu

so‘z Ma’badning ahvolini tasvirlaydi (shu bobning 4, 9–oyatlariga qarang).

1:12 …Zarubabel, oliy ruhoniy Yoshua… — ibroniycha matnda …Shaltiyol o‘g‘li Zarubabel, oliy ruhoniy Yohuzadax o‘g‘li Yoshua….

1:15 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili oltinchi oyi — shu bobning 1–oyatiga va

o‘sha oyatning birinchi va ikkinchi izohlariga qarang.

2:1 O‘sha yil — 1:1 ga va o‘sha oyatning birinchi izohiga qarang.

2:1 yettinchi oy — ibroniy kalendarining Tishri oyi nazarda tutilgan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan sentabrning o‘rtasidan boshlanadi.

2:2 Yahudo — 1:1 ning uchinchi izohiga qarang.

2:2 Shaltiyol o‘g‘li Zarubabel — 1:1 ning oxirgi izohiga qarang.

2:3 oldingi Ma’bad — 1:4 izohiga qarang.

2:10 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili — miloddan oldingi 520 yil (1:1 ga va o‘sha

oyatning birinchi izohiga qarang).

2:10 to‘qqizinchi oy — ibroniy kalendarining Xislav oyi nazarda tutilgan. Hozirgi

kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan noyabrning o‘rtasidan boshlanadi.

2:12 Yo‘q — Tavrotga ko‘ra, muqaddas go‘shtga tekkan kiyim ham muqaddas bo‘lardi (Levilar 6:27 ga qarang). Ammo bunday kiyimga tekkan narsa muqaddas bo‘lib qolmasdi, chunki muqaddaslik birin–ketin boshqa narsalarga o‘tib ketmaydi.

2:13 Ha — Tavrotda ko‘ra, harom narsaga tekkan odam harom bo‘lardi. O‘sha odam tekkan har qanday boshqa narsa ham harom hisoblanadi (Sahroda 19:11-13, 22 ga qarang). Muqaddaslikdan farqli ravishda (shu bobning 12–oyati izohiga qarang), haromlik birin–ketin boshqa narsalarga o‘tib ketaverardi.

2:14 …Mana bu odamlar ham, bu xalq ham oldimda xuddi shundaydir — shu bobdagi 12- 14–oyatlarning ma’nosi quyidagicha: xalq o‘zlarini o‘sha muqaddas kiyimday hisoblardilar (shu bobning 12–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang). Chunki ular Egamiz bilan bo‘lgan munosabatlari orqali muqaddas qilingan edilar (Chiqish 19:3-6 ga qarang). Ular, biz Xudoning aziz xalqi bo‘lganimiz uchun, Xudo bizning yurtimizga alohida baraka beradi, deb o‘ylardilar. Ammo Xaggey xalqqa aslida vaziyat qanday ekanligini tushuntiradi. Xaggeyning ta’kidlashicha, Ma’badning vayronalari harom murdaday edi (shu bobning 13–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang). Xalq Quddusdagi qurbongohda qurbonliklar keltirsa ham (Ezra 3:1-6 ga qarang), ular Ma’badga e’tiborsizliklari oqibatida harom bo‘lgan edilar. Xudo yurtni la’natlashiga ana shular sabab bo‘lgan edi (1:3-11 ga qarang). Xaggey xalqqa tanbeh berib, ularni Ma’badni qayta qurishga da’vat qiladi.

2:15 Mening Ma’badimni qayta qurishni boshlamasingizdan oldin… — miloddan oldingi 536-520 yillar nazarda tutilgan. Shu yillarda Ma’badni qayta qurish bo‘yicha hech qanday ish qilinmagan edi (1:4 izohiga qarang).

2:17 garmsel — hosilga katta ziyon keltiradigan issiq shamol.

2:18-19 bugun — shu bobning 10–oyatiga qarang.

2:18-19 Ma’badimning poydevori yotqizilganiga ancha bo‘ldi — o‘n olti yil oldin, ya’ni

miloddan oldingi 536 yil nazarda tutilgan (1:4 izohiga qarang).

2:20 O‘sha kuni — shu bobning 10–oyatiga qarang.

2:23 …seni O‘z muhr uzugimday qilaman… — muhr uzugi Xudo tomonidan shohga berilgan hokimiyat timsoli edi (to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi MUHR so‘ziga qarang). Xudo Dovudga, sening nasling to abad Isroil taxtida o‘tiradi, deb va’da bergan edi (2 Shohlar 7:16 ga qarang). Ammo Dovud naslidan bo‘lgan shoh Yohayixin qilgan gunohlari uchun Xudo tomonidan rad etilib, jazolangan (4 Shohlar 24:8-17 ga qarang). Shu bois Yohayixin Xudo ishlatmaydigan muhr uzugiday bo‘lib qolgan edi (Yeremiyo 22:24-30 ga qarang). Shunga qaramay, Xudo Dovudga bergan va’dasiga sodiq qolib, bu oyatda, Dovud naslidan bo‘lgan Zarubabelga, seni muhr uzugimday qilaman, deb aytgan. Dovud sulolasi Yohayxinning haqqoniy taxt vorisi bo‘lgan Zarubabel orqali davom etgan (1:1 ning oxirgi izohiga qarang).


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru