Muqaddas Kitob


SHOHLAR

(UCHINCHI KITOB)

Kirish

“Shohlar (uchinchi kitob)”da Isroil tarixining davomi bayon qilinadi. Mazkur kitobdagi voqealar tafsiloti Dovud va Sulaymonning birlashgan shohlikka hukmronlik qilish davri bilan boshlanadi. Kitobning davomida shohlikning bo‘linib ketishi, mustaqil Yahudo va Isroil shohliklarining yuzaga kelishi va o‘sha shohliklarning ilk davri bayon qilinadi. O‘sha davrda hukmronlik qilgan shohlarning muvaffaqiyati ularning siyosiy yoki iqtisodiy yutuqlari bilan emas, balki Xudoga bo‘lgan sadoqati bilan baholanar edi. Bu kitobda “Shohlar (to‘rtinchi kitob)” bilan birga Yahudo va Isroil tarixining faqat e’tiborga sazovor bo‘lgan muayyan voqealari va shaxslari haqida so‘z yuritiladi. Bundan maqsad — tarixda tanazzulga yuz tutgan ikkala shohlikning qismati to‘g‘risida hikoya qilish orqali kitobxonga axloq borasida saboq berishdir. Bu ikkala shohlikning aholisi payg‘ambarlarga quloq solmay, Xudodan yuz o‘girganlari uchun dushmanlarga mag‘lub bo‘lib, o‘z yurtlaridan surgun qilinadi.

“Shohlar (uchinchi kitob)” va “Shohlar (to‘rtinchi kitob)”ning asl nusxasi bitta ibroniycha kitob bo‘lib, ikkala qismini bitta o‘ramga joylash uzunlik qilgani uchun, kitob ikki qismga — “Shohlar (uchinchi kitob)” va “Shohlar (to‘rtinchi kitob)”ga bo‘lingan.

“Shohlar (uchinchi kitob)” uch qismdan iborat. Birinchi qismda (1-2–boblar) shoh Dovud hayotining so‘nggi yillari va uning o‘g‘li Sulaymon Isroil shohi bo‘lgani to‘g‘risida hikoya qilinadi. Ikkinchi qism (3-11–boblar) Sulaymon hukmronligi davridagi voqealarni o‘z ichiga olib, bu qismda u qanchalik shuhrat taratgani va boyigani to‘g‘risida hikoya qilinadi. Ikkinchi qismda, asosan, Sulaymon qanday qilib Xudoning Quddusdagi uyini qurgani va uni Xudoga bag‘ishlagani to‘g‘risida bayon qilinadi.

Kitobning qolgan qismi (12-22–boblar) Sulaymonning vafotidan keyin yuz bergan voqealardan — shimoldagi qabilalarning Sulaymon o‘g‘li Raxabomga qarshi isyon ko‘targani, Isroil xalqining ikkita alohida shohlikka bo‘linib ketgani to‘g‘risidagi voqealardan iborat. Janubdagi shohlik — Yahudo, shimoldagisi — Isroil deb ataladigan bo‘ladi. Kitobning bu qismi ikkala shohlikning hukmdorlari tarixini o‘z ichiga oladi. Har bir shoh Xudoga bo‘lgan sodiqligiga qarab hukm qilinadi. Agar shoh Xudoning qonuniga sodiq bo‘lib, Unga itoat etsa, yaxshi deb maqtaladi. Agar Xudoga itoatsizlik qilib, to‘g‘ri yo‘ldan ozsa, qabih deb hukm qilinadi. Hamma Isroil shohlari Xudodan yuz o‘girib, begona xudolarga sajda qilganlari uchun, qabih shohlar deb hukm qilinadi. Yahudo shohlarining ko‘pchiligi o‘z bobolari shoh Dovuddan namuna olib, uning yo‘lidan yurganlari va Xudoga sajda qilganlari uchun yaxshi shohlar deb e’tirof etiladi.

“Shohlar (uchinchi kitob)” yana Isroilning, ya’ni shimoliy shohlikning qabih hukmdori Axab va malika Izabelga qarshi turgan Ilyos payg‘ambar to‘g‘risidagi mashhur voqealarni ham qamrab olgan. Ilyos payg‘ambar Isroil xalqini Xudoga itoat etishga va begona xudolarga sajda qilmaslikka da’vat etadi. Ushbu kitob Yahudo shohi Yohushafat va Isroil shohi Oxoziyo hukmronligi davridagi voqealar bilan tugaydi.


1–BOB

Shoh Dovud keksayadi

1 Shoh Dovud ancha qarib qoldi*. Uni ko‘rpa–to‘shaklar bilan o‘rab tashlashsa ham,

hech isimas edi. 2 Shunda a’yonlari Dovudga aytishdi:

— Hazrati oliylari uchun yosh, bokira qiz qidirib topsak. O‘sha qiz shohimiz oldida bo‘lsin, parvarish qilsin, shohimizning quchog‘ida yotsin. Ana shunda shoh hazratlari isiydilar.

3 Shunday qilib, butun Isroil hududi bo‘ylab chiroyli, bo‘yi yetgan qizni qidirdilar.

Nihoyat, Shunamlik* Obisha ismli qizni topib, shoh huzuriga olib kelishdi. 4 Qiz g‘oyatda go‘zal edi. U shohni parvarish qilib, uning xizmatida bo‘ldi. Lekin shoh qizga yaqinlashmadi.

Odoniyo taxtga da’vogar bo‘ladi

5 Absalom vafot etgandan keyin, Xaggitning Dovuddan ko‘rgan o‘g‘li Odoniyo “Men shoh bo‘laman”*, deb o‘zini juda katta tutadigan bo‘lib qoldi. U o‘ziga jang aravalari, chavandozlar va ellikta qo‘riqchi oldi. 6 Otasi esa “Nima uchun sen bunday qilyapsan?” deb hech qachon uni tergamadi. Odoniyo Absalomdan keyingisi bo‘lib, juda chiroyli yigit edi. 7 U Zeruya o‘g‘li Yo‘ab va ruhoniy Abuatarga maslahat soldi. Ikkovi ham Odoniyo tarafiga o‘tdilar. 8 Lekin ruhoniy Zodo‘x, Yohayido o‘g‘li Binayo, Natan payg‘ambar, Shimax, Rey va Dovudning qo‘riqchilari Odoniyo tomonga o‘tmadilar. 9 Odoniyo En– Ro‘g‘ol bulog‘i* bo‘yidagi Zo‘xalat toshi yonida qo‘y, buqa va boqilgan buzoqlarni qurbonlik qilib, hamma aka–ukalarini — shoh o‘g‘illarini, shohga qarashli barcha Yahudo a’yonlarini taklif qildi*. 10 Natan payg‘ambarni, Binayoni, shohning qo‘riqchilarini, ukasi Sulaymonni esa taklif qilmadi.

Sulaymon taxtga o‘tiradi

11 Shundan so‘ng Natan Sulaymonning onasi Botshevaga dedi:

qadalgan, o‘zingizdan keyin taxtga kim o‘tirishini siz e’lon qilishingizni kutishyapti.

21 Aks holda, shoh hazratlari olamdan o‘tib, ota–bobolari yoniga ketganlarida, men va

o‘g‘lim Sulaymon xiyonatkorday bo‘lib qolamiz.

22 Botsheva shoh bilan gaplashayotganda, Natan payg‘ambar yetib keldi. 23 Shunda

shohga: “Natan payg‘ambar shu yerdalar, sizni ko‘rmoqchilar”, deb xabar berishdi. Natan shoh huzuriga kirdi–yu, yer o‘pib unga ta’zim qildi. Botsheva esa chiqib ketdi. 24 Keyin Natan shohga dedi:

— dedi. 37 — Egamiz doimo shoh hazratlari bilan bo‘lgan edi. Bundan keyin U Sulaymonga yor bo‘lsin, Sulaymonning taxtini shohimiz Dovud hazratlari taxtidan ham yuksak qilsin.

38 Ruhoniy Zodo‘x, Natan payg‘ambar, Yohayido o‘g‘li Binayo, shohning Xaretlik va

Palatlik qo‘riqchilari* Sulaymonni shoh Dovudning xachiriga o‘tqazib jo‘nadilar.

Nihoyat, uni Gixo‘n bulog‘iga olib keldilar. 39 Ruhoniy Zodo‘x chodirdan* olib kelgan moy solingan qo‘chqor shoxini* olib chiqdi va Sulaymonning boshiga moy surtdi. Keyin burg‘u chaldilar. Shunda butun xalq: “Yashasin shoh Sulaymon!” deb qichqirdi. 40 Xalq Sulaymonga ergashib, nay chalib, o‘yin–kulgi qilib ketdi. Xalqning qiyqirig‘idan go‘yo yer titrab ketdi.

41 Odoniyo va hamma taklif qilinganlar taomni yeb bo‘lar–bo‘lmas, shovqin–suronni

eshitib qoldilar. Yo‘ab burg‘u ovozini eshitib: “Nimaga bunchalik shovqin? Shaharni larzaga keltiradi–ya”, — dedi. 42 U gapini tugatmagan ham ediki, ruhoniy Abuatarning o‘g‘li Yo‘natan kirib keldi.

— Kel, — dedi Odoniyo unga, — sen ulug‘ odamsan, yaxshi xabar olib kelyapsan–ov. 43 — Yo‘q, shohimiz Dovud hazratlari Sulaymonni shoh qilib ko‘tardilar, — deb javob berdi Yo‘natan. 44 — Shoh Dovud u bilan birga ruhoniy Zodo‘xni va Natan payg‘ambarni,

Binayoni, o‘zining Xaretlik va Palatlik qo‘riqchilarini jo‘natdi. Ular Sulaymonni shohning xachiriga o‘tqazishdi. 45 Ruhoniy Zodo‘x va Natan payg‘ambar Gixo‘n bulog‘ida Sulaymonning boshiga moy surtib, uni shoh qildilar. U yerdan shod–xurram bo‘lib qaytib kelishdi. Shuning uchun shahar ola–g‘ovur bo‘lib qoldi. Sizlar eshitayotgan shovqin–suronning boisi shudir. 46 Sulaymon shohlik taxtiga o‘tiribdi. 47 Shohning a’yonlari Dovud hazratlarini tabriklash uchun kelib shunday deyishdi: “Sulaymonning nomini Xudoyingiz sizning nomingizdan ham ko‘proq ulug‘lasin, uning taxtini sizning taxtingizdan ham yuksaltirsin.” Shoh esa to‘shagida yotganicha Xudoga sajda qilib,

48 shunday dedi: “Isroil xalqining Xudosi — Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! U bugun ko‘zlarim ochiqligida zurriyotimdan bittasini taxtga o‘tqazdi.”

49 Odoniyoning mehmonlari qo‘rquv ichida o‘rinlaridan turib, hammasi har yoqqa tarqalib ketdilar. 50 Odoniyo ham Sulaymondan qo‘rqqanidan o‘rnidan turdi–yu, qochib borib, qurbongohning burchagidan mahkam ushlab oldi*.

51 Sulaymonga shu xabarni olib keldilar: “Odoniyo shoh Sulaymondan qo‘rqyapti, u qurbongohning burchagini mahkam ushlab olib, Sulaymon, bu qulimni o‘ldirmayman, deb oldin menga so‘z bersin, deyapti.”

52 — Agar u menga sodiq bo‘lsa, — dedi Sulaymon, — boshidagi bir tola sochiga ham zarar yetmaydi. Bordi–yu, ko‘nglida yomonlik bo‘lsa, boshini olaman.

53 Shoh Sulaymon odam yuborib, Odoniyoni qurbongohdan oldirib keldi. Odoniyo kelib, shoh Sulaymonga ta’zim qildi. Shundan so‘ng Sulaymon: “Bor, uyingga jo‘na!” — dedi unga.


2–BOB

Dovudning Sulaymonga vasiyati

1 Dovudning umri oxirlab borayotgan edi. U o‘g‘li Sulaymonga shunday deb vasiyat

qildi:

2 — Endi mening ham umrim oxirlab boryapti. Sen qat’iy irodali, mardonavor bo‘l. 3 Egang Xudo qo‘ygan talablarni bajar. Musoning Tavrot kitobida yozilganiday, Uning yo‘lidan yurib, farmon va amrlariga, qonun–qoidalari va shartlariga rioya qil. Shunda nima qilsang ham, qayerga borsang ham, har doim baraka topasan. 4 Egamiz men haqimda aytgan mana bu va’dasini ado etadi: “Agar o‘g‘illaring Mening oldimda o‘z yo‘llaridan adashmay, butun qalbi bilan, jonu dili bilan sodiq bo‘lib yursalar, sening naslingdan bo‘lgan erkak zoti to abad Isroil taxtida o‘tiradi.” 5 Yana Zeruya o‘g‘li Yo‘ab menga nima qilganini sen bilasan. U Isroilning ikkita lashkarboshisini — Nar o‘g‘li

Abnur bilan Eter o‘g‘li Emosani o‘ldirib, tinchlik paytida urush davridagiday qon to‘kdi*. Chorig‘idan tortib, beligacha urushdagiday qonga bulg‘andi. 6 Yo‘ab ajalidan besh kun burun o‘lsin, o‘liklar diyoriga* tinchgina kirmasin. Shunga aqlingni ishlat. 7 Giladlik Borzulayning o‘g‘illariga sadoqatli bo‘l. Ular sening dasturxoningdan taom yeydiganlar

orasida bo‘lsin. Chunki men akang Absalomdan qochib yurganimda, ular mening oldimda hoziru nozir bo‘lishdi*. 8 Esingda bo‘lsin: yoningda Benyamin qabilasidan Boxurimlik Gera o‘g‘li Shimax ham bor. Moxanayimga qochib o‘tayotganimda, u meni yomon qarg‘agan edi*. Lekin keyinroq u meni kutib olish uchun Iordan daryosi bo‘yiga chiqdi. Men Egamiz nomi bilan ont ichib, unga: “Seni o‘ldirmayman”, degan edim*.

9 Lekin sen uni aybsiz deb bilma. Sen aqlli odamsan, nima qilishni o‘zing bilasan. U qarib qolgan bo‘lsa ham, o‘ldirilishi kerak.

Dovudning o‘limi

10 Nihoyat, Dovud olamdan o‘tib, Dovud qal’asida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi.

11 Dovud Isroilda qirq yil shohlik qildi: shundan yetti yili Xevronda, o‘ttiz uch yili Quddusda o‘tdi. 12 Shunday qilib, Sulaymon otasi Dovud o‘rniga taxtga o‘tirdi. Uning shohligi mustahkam bo‘ldi.

Odoniyoning o‘limi

13 Xaggitning o‘g‘li Odoniyo Sulaymonning onasi Botsheva huzuriga keldi.

qolgan. Qilgan yomonliklaring uchun senga Egamizdan qaytsin! 45 Shoh Sulaymon esa Egamizning marhamatidan bahramand bo‘lsin, Dovudning toj–taxti Egamizning oldida to abad mustahkam tursin!

46 So‘ng shoh Sulaymon Binayoga amr berdi, u chiqiboq, Shimaxni o‘ldirdi. Shunday

qilib, Sulaymonning shohligi xavf–xatardan xoli bo‘lib, mustahkamlandi.


3–BOB

Sulaymon Egamizdan donolik so‘raydi

1 Sulaymon Misr shohi — fir’avnning qizlaridan biriga uylanib, fir’avn bilan aloqasini mustahkamladi, xotinini esa Quddusdagi Dovud qal’asiga olib keldi. U o‘z saroyini, Egamizning uyini va Quddus atrofidagi devorni bitirgunga qadar, xotini o‘sha yerda yashadi. 2 Xalq hali ham turli joylardagi sajdagohlarda* qurbonlik qilib yurardi, chunki o‘sha kunlargacha Egamizga atab bir uy qurilmagan edi.

3 Sulaymon Egamizni sevardi, shuning uchun otasi Dovudning ko‘rsatmalari bo‘yicha

yurardi. Lekin u ham sajdagohlarda qurbonlik qilar va tutatqi tutatardi.

4 Shoh qurbonlik qilish uchun Givonga* ketdi. Chunki eng asosiy sajdagoh o‘sha yerda edi. Sulaymon ilgari ham o‘sha qurbongohda minglab kuydiriladigan qurbonliklar keltirgan edi.

5 Sulaymon Givonda kechasi tush ko‘rdi. Tushida Egamiz zohir bo‘ldi. Xudo unga:

onasi o‘shadir.

28 Shoh chiqargan bu hukmni butun Isroil xalqi eshitdi. Shundan keyin shohdan hayiqadigan bo‘ldilar, chunki e’tibor bersalar, adolatli hukm qilish uchun Xudo unga donishmandlik ato qilgan ekan.


4–BOB

Sulaymonning a’yonlari

1 Sulaymon butun Isroilning shohi edi. 2 Uning qo‘li ostidagi a’yonlar quyidagilar edi:


Zodo‘x o‘g‘li Ozariyo — ruhoniy,

3 Shishoning o‘g‘illari Elixorut va Oxiyo — kotib,

Oxilud o‘g‘li Yohushafat — tarixnavis,

4 Yohayido o‘g‘li Binayo — lashkarboshi,

Zodo‘x bilan Abuatar — ruhoniy,

5 Natan o‘g‘li Ozariyo — hokimlarning nazoratchisi,

Natan o‘g‘li Zabud — ruhoniy va shohning maslahatchisi,

6 Oxisar — saroy boshqaruvchisi,

Abdax o‘g‘li Odoniram — qarollarning boshlig‘i edi.


7 Sulaymonning o‘n ikkita hokimi bo‘lib, ular Isroil hududlarini boshqarar, shohni va shoh xonadonini oziq–ovqat bilan ta’minlardilar. Har bittasi yiliga bir oy davomida shoh xonadoniga oziq–ovqat yetkazib berishi shart edi. 8 Ularning ismlari quyidagicha edi:


Efrayim qirlarida — Banxur,

9 Moxaz, Shalbim, Bayt–Shamash, Elo‘n–Bayt–Xanon degan shaharlarda —

Bandaxor,

10 Arbo‘t va So‘xu shaharlarida, butun Xafer o‘lkasida — Banxesed,

11 Butun Nafo‘t–Do‘r* degan joyda — Banabunadav (Sulaymonning qizi To‘fat

Banabunadavning xotini edi),

12 Tanax va Magido‘ shaharlarida, butun Bayt–Shan hududida — Oxilud o‘g‘li Bano (bu joy Yizril etagidagi Zoraton shahridan Ovil–Maxla shahrigacha va Yoxmayom shahrining narigi tomoniga qadar bo‘lgan yerlardir),

13 Giladdagi Ramo‘t shahrida — Bangeber, shuningdek, Manashe o‘g‘li Yovir urug‘iga qarashli Gilad o‘lkasidagi qishloqlar, Bashan o‘lkasidagi Argob hududi, devor bilan o‘ralgan va darvozasi bronza tamba bilan mustahkamlangan oltmishta katta shahar ham unga qarashli edi.

14 Moxanayim yerlarida — Iddo o‘g‘li Oxinadav,

15 Naftali hududida — Oximas (u Sulaymonning qizi Bosimatga uylangan edi),

16 Osher hududida va Bolo‘t shahrida — Xushay o‘g‘li Bano,

17 Issaxor yerlarida — Paruvax o‘g‘li Yohushafat,

18 Benyamin yerlarida — Ela o‘g‘li Shimax,

19 Gilad o‘lkasida — Uri o‘g‘li Geber. Ilgari Gilad o‘lkasida Amor shohi Sixo‘n va Bashan shohi O‘g hukmronlik qilishgan.


Yahudo yurtining o‘z hukmdori bor edi*.

Sulaymon hukmronligining ravnaq topishi

20 Yahudo va Isroil xalqi shu qadar ko‘p ediki, go‘yo dengiz qirg‘og‘idagi qumni eslatardi. Ular yeb–ichib, xursandchilik bilan yashardi. 21 Sulaymon Furot daryosidan Filistlar yeriga va Misr chegaralariga qadar bo‘lgan hamma o‘lkalarda shohlik qilardi. Bu o‘lkalardagi xalqlar Sulaymonga o‘lpon to‘lab, umr bo‘yi unga tobe bo‘ldilar.

22 Sulaymon xonadonining bir kunlik ozig‘i quyidagicha edi: 300 tog‘ora* sifatli un va 600 tog‘ora* kepakli un, 23 og‘ilxonada boqilgan 10 ta semiz mol va yaylovda boqilgan 20 ta buqa, 100 ta qo‘y, bulardan tashqari, bug‘ular, kiyiklar, ohular, semiz parrandalar.

24 Furot daryosining g‘arbidagi Tifsaxdan G‘azo shahriga qadar bo‘lgan o‘lkalarda, daryoning g‘arb tomonidagi hamma shohlar ustidan Sulaymon hukmron edi. Atrofdagi hamma yurtlar bilan aloqasi yaxshi edi. 25 Sulaymon hayotligida Dandan Bershebagacha bo‘lgan Yahudo va Isroil yurtidagi har bir odam o‘z uzumzorida, o‘z anjir daraxti ostida tinchgina umr kechirardi.

26 Sulaymonning otxonalarida jang aravalari uchun 4000* oti va 12.000 uchqur otlari bor edi. 27 O‘sha o‘n ikki hokimning har biri shoh Sulaymonni, shoh Sulaymonning dasturxonidan taom yeydiganlarning hammasini belgilangan oyda oziq–ovqat bilan

ta’minlardi, birorta ham kamchilikka yo‘l qo‘yishmasdi. 28 Har biri o‘zining navbati kelganda shoh tayinlagan yerga* jang aravalarining otlari va boshqa otlar uchun arpa, somon ham olib kelishardi.

29 Shunday qilib, Xudo Sulaymonga dengiz qirg‘og‘idagi qum kabi cheksiz–chegarasiz donolik, idrok, tengsiz aql berdi. 30 Sulaymonning donoligi butun sharq xalqlarining donoligidan, butun Misr xalqining donoligidan ham ortiq edi. 31 U hamma insonlardan, Zerax urug‘idan bo‘lgan Etxandan, Moxul o‘g‘illari Xaman, Qolko‘l, Dardaxdan ham dono edi. Atrofdagi hamma xalqlar orasida uning dong‘i ketgan edi. 32 U 3000 matal, 1005 ta qo‘shiqlar ijro etdi. 33 U Lubnondagi sadr daraxtidan tortib, devorda o‘sgan issopgacha, qo‘yingki, jamiki dov–daraxtlar, hayvonlar, qushlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar haqida so‘z yuritardi. 34 Sulaymonning donoligi haqida eshitgan dunyodagi hamma shohlar uning oldiga odamlarini yuborardi. Barcha xalqlardan kelgan bu odamlar Sulaymonning donoligidan bahramand bo‘lardi.


5–BOB

Sulaymon Egamizning uyini qurishga tayyorgarlik ko‘radi

1 Tir* shohi Xiram: “Sulaymonni otasining o‘rniga moy surtib shoh qilib ko‘tarishibdi” degan xabarni eshitgach, a’yonlarini uning huzuriga jo‘natdi. Xiram Dovudni doimo o‘ziga do‘st deb bilardi*. 2 Sulaymon ham Xiram huzuriga a’yonlarini jo‘natib, shu gaplarni aytib yubordi:


3 “Siz bilasizki, otam doimo dushmanlariga qarshi jang qilish bilan band bo‘lib, o‘zining Egasi Xudoga atab bir uy bunyod eta olmadi. Nihoyat, Egam otam Dovudning dushmanlarini uning oyoqlari ostiga tashladi. 4 Egam Xudo endi menga har tarafdan osoyishtalik ato etdi: hozirda na g‘animim bor, na hujum xavfi bor. 5 Egam otam Dovudga: «Sendan keyin taxtga o‘g‘lingni o‘tqazganimda,

Menga atab uyni u barpo qiladi», degan edi. Shuning uchun Egam Xudoga atab bir uy qurmoqqa qaror qildim. 6 Endi siz amr bering, Lubnonda menga sadr daraxtlari kesib bersinlar. Mening odamlarim sizning odamlaringiz bilan birga ishlaydilar. Odamlaringizga siz so‘ragan haqni beraman. O‘zingiz bilasiz, daraxt kesishda Sidonlik odamlaringizga teng keladigan ustasi bizning oramizda yo‘q.”


7 Xiram Sulaymon yuborgan xabarni eshitgach, juda xursand bo‘lib, shunday dedi: “O‘sha buyuk xalqni boshqarish uchun Egamiz Dovudga dono bir o‘g‘il ato qilibdi, Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin.” 8 Keyin u Sulaymonga shunday xabar jo‘natdi:


“Menga aytib yuborgan gaplaringni eshitdim. Sadr va sarv daraxti kesishni so‘ragan ekansan, ehtiyojingni qondiraman. 9 Qarollarim yog‘ochlarni Lubnondan dengizga sudrab keladilar. Qayerni tayin etsang, yog‘ochlardan sol* qilib, dengiz sohili bo‘ylab o‘sha yerga keltirib beraman. U yerda sollarni yechdiraman, sen esa olib ketaverasan. Mening ehtiyojimni qondirib, odamlarim uchun oziq–ovqat berasan.”


10 Shunday qilib, Xiram, Sulaymonning ehtiyojiga ko‘ra, sadr va sarv yog‘ochlari

berdi. 11 Sulaymon esa, Xiramning odamlari iste’mol qilsin deb, 200.000 tog‘ora*

bug‘doy va 40.000 ko‘za* toza moy berdi. U har yili Xiramga shuncha miqdorda bug‘doy

va moy berib turdi. 12 Egamiz esa va’dasiga ko‘ra, Sulaymonga donishmandlik berdi. Xiram bilan Sulaymon o‘rtasida totuvlik paydo bo‘lib, ular o‘zaro sulh tuzdilar.

13 Shoh Sulaymon butun Isroildan 30.000 qarolni majburlab oldi. 14 Navbati bilan oyiga 10.000 nafar qarolni Lubnonga jo‘natib turdi. Ular bir oy Lubnonda, ikki oy uyda bo‘lishardi. Bu qarollarga Odoniram boshchilik qilardi. 15 Yana Sulaymonning og‘ir yuk tashuvchi 70.000, qirlarda tosh kesadigan 80.000 odami bor edi. 16 Bulardan tashqari, qarollarni nazorat qiladigan, ishning boshida turadigan 3300 nafar nazoratchi ham bor edi. 17 Sulaymon amr bergach, ular Egamizning uyi poydevorini taroshlangan toshdan barpo qilish uchun yirik marmar toshlarni kesdilar. 18 Sulaymonning odamlari, Xiramning odamlari, Gabolliklar* toshlarni yo‘ndilar, nihoyat, Egamizning uyini qurish uchun daraxt va toshlarni hozirlab bo‘ldilar.


6–BOB

Sulaymon Egamizning uyini quradi

1 Isroil xalqi Misr yurtidan chiqqaniga 480 yil bo‘lganda, Sulaymon Isroil taxtiga o‘tirganiga to‘rt yil bo‘lgan edi*. U o‘sha yilning ikkinchi oyida — Ziv oyida* Egamizning uyini barpo qilishni boshladi. 2 Shoh Sulaymon Egamiz uchun qurayotgan uyning uzunligi 60 tirsak*, eni 20 tirsak, balandligi 30 tirsak edi. 3 Egamiz uyining asosiy xonasi* oldida ayvon bo‘lib, ayvonning uzunligi asosiy xonaning eni bilan bir o‘lchovda

29 Bir–biri bilan dushmanlashgan ikkala tomon yetti kun qarorgohda kutib yotdilar.

Nihoyat, yettinchi kuni jang boshlandi. Isroil lashkari bir kunda Oram lashkaridan

    1. kishini qirib tashladi. 30 Qolganlari Ofoqqa — shahar ichkarisiga qochib kirgan edilar, 27.000 tasini devor bosib qoldi. Banhadad ham shaharga qochib borib, bir uyning eng ichkari xonasiga kirib oldi. 31 A’yonlari unga:

      • Isroil shohlari rahmdil shohlardir, deb eshitgan edik, — dedilar. — Qani, endi egnimizga qanor kiyib, bo‘ynimizga arqon bog‘laylik–da*, keyin Isroil shohi huzuriga boraylik. Shoyad u sizning bir qoshiq qoningizdan kechsa.

        32 Hamma a’yonlar egnilariga qanor kiyib, bo‘yinlariga arqon bog‘lab, Isroil shohi

        huzuriga keldilar.

      • Qulingiz Banhadad: “O‘tinaman, shoh meni o‘ldirmasin”, deb iltijo qilyapti, —

        dedilar.

      • U hozir tirikmi? Axir, u mening akam–ku! — dedi Axab.

        33 Bu odamlar bir alomat kutayotgan edilar. Uning gapini darrov og‘zidan ilib olib:

      • Ha, Banhadad — akangiz, — dedilar.

      • Boringlar, uni olib kelinglar, — deb buyurdi Axab.

        Banhadad Axabning yoniga keldi. Axab uni aravaga o‘tqazdi.

        34 — Mening otam sening otangdan tortib olgan shaharlarni qaytarib beraman, — dedi Banhadad Axabga. — Otam Samariyada bozorlar barpo qilgan edi, xuddi shu singari, sen ham Damashqda o‘zing uchun bozorlar barpo qilasan.

      • Sulh tuzganimizdan keyin men seni ozod qilaman, — dedi Axab ham o‘z

        navbatida. U Banhadad bilan sulh tuzgach, Banhadadni ozod qildi.

        Bir payg‘ambar Axabga qarshi gapiradi

        35 Payg‘ambarlar guruhidan bittasi boshqasiga:

      • Meni ur! — dedi. Payg‘ambar Egamizning amri bo‘yicha ish tutayotgan edi. Lekin sherigi payg‘ambarni urishni istamadi. 36 Payg‘ambar sherigiga shunday dedi:

      • Modomiki, sen Egamizning amriga quloq solmadingmi, endi ko‘rasan, yonimdan

        ketishing bilanoq, seni sher g‘ajib tashlaydi.

        U odam payg‘ambarning yonidan ketib, sherga duch kelib qoldi. Sher uni tilka–pora qilib tashladi.

        37 Payg‘ambar boshqa bir odamni uchratib qolib, unga ham:

      • Meni ur! — dedi. U odam payg‘ambarni urib, jarohat yetkazdi. 38 Payg‘ambar nariroq borib ko‘zlarini yopinchiq bilan to‘sib, qiyofasini o‘zgartirdi va yo‘l bo‘yida

        shohni kuta boshladi. 39 Shoh o‘tib ketayotgan edi, payg‘ambar unga qarab baqirdi:

      • Ey shohim, men, qulingiz, jangga borgan edim. Qarangki, orqadan bir odam mening yonimga boshqa odamni boshlab kelib: “Bu asirni mahkam ushla, qochib ketmasin, boshing bilan javob berasan yoki evaziga ikki pud* kumush berasan”, dedi. 40 Men, qulingiz, u–bu ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib turganimda, asir g‘oyib bo‘ldi.

      • Sen o‘zingga o‘zing hukm chiqarib qo‘yibsan–ku, — dedi Isroil shohi

        payg‘ambarga.

        41 Payg‘ambar shu zahoti ko‘zidan yopinchiqni oldi. Shoh bildiki, u payg‘ambarlardan

        biri ekan. 42 Payg‘ambar shohga dedi:

      • Egamiz shunday aytmoqda: “Modomiki, Men o‘limga mahkum etgan odamni sen qo‘lingdan chiqarib yuborgan ekansan, uning joni evaziga sening joningni olaman, uning xalqi o‘rniga sening xalqingni jazolayman.”

43 G‘azablangan Isroil shohi xafahol uyiga jo‘nab, Samariyaga yetib keldi.


21–BOB

Navo‘tning uzumzori

1 Voqealar ketidan voqealar yuz beraverdi.

Yizril shahrida, Samariya shohi Axabning saroyi yonida shu yerlik Navo‘t degan

odamning uzumzori bor edi.

2 — Uzumzoringni menga ber, men u yerni poliz qilaman, — dedi Axab Navo‘tga. — Uzumzoring mening uyimga yaqin. O‘sha joyning o‘rniga men senga undan ham yaxshiroq uzumzor beraman. Istasang, bahosini ayt, kumush berayin.

3 — Otalarimdan qolgan merosni* sizga beramanmi?! Xudo saqlasin, — deb javob

qaytardi Navo‘t Axabga.

4 Yizrillik Navo‘tning: “Otalarimdan qolgan merosni sizga beramanmi?!” degan gapidan Axab g‘azablandi, xafahol uyiga keldi. Non ham yemay o‘ringa kirib, teskari qarab yotaverdi. 5 Xotini Izabel Axabning yoniga kelib, undan: “Nega ruhingiz tushkun, non ham yemadingiz?” deb so‘radi. 6 Axab bo‘lib o‘tgan voqeani aytib berdi:

— Yizrillik Navo‘tga: “Uzumzoringni menga sot, kumush beraman, yoki istasang uning o‘rniga senga boshqa uzumzor beray”, desam, u: “Uzumzorimni sizga bermayman”, deb javob qildi.

7 — Siz Isroil shohimisiz o‘zi?! — dedi Izabel Axabga. — Turing o‘rningizdan, non– pon yeb oling. Ko‘nglingizni chog‘ qilavering. Yizrillik Navo‘tning uzumzorini sizga men olib beraman.

8 Izabel Axab nomidan maktublar yozdi, Axabning muhri bilan tasdiqladi.

Maktublarni Navo‘t yashayotgan shaharning oqsoqollariga, aslzodalariga yubordi.

9 Maktub quyidagi mazmunda bitilgan edi:


“Ro‘za e’lon qilinglar. Xalqni to‘plab, Navo‘tni to‘rga — hammaga ko‘rinadigan joyga o‘tqazib qo‘yinglar. 10 Uning ro‘parasiga esa ikkita yaramas odam o‘tirsin.

Ular: «Ey Navo‘t, sen Xudoni va shohni haqorat qilding», deb Navo‘tni ayblasinlar. Keyin uni tashqariga olib chiqib, toshbo‘ron qilib o‘ldiringlar.”


11 Navo‘t istiqomat qiladigan shahardagi odamlar, aslzodalar va oqsoqollar

hammasini Izabel buyurganiday qildilar. 12 Avval ro‘za e’lon qildilar. Keyin xalqni to‘plab, Navo‘tga to‘rdan joy berdilar. 13 Ikkita* yaramas odam kelib, Navo‘tning ro‘parasiga o‘tirdi. Ular xalqning oldida: “Navo‘t Xudoni va shohni haqorat qildi*”, deb Navo‘tga ayb qo‘yishdi. Shundan so‘ng Navo‘tni shahar tashqarisiga olib chiqib, toshbo‘ron qilib o‘ldirdilar.

14 Oqsoqollar va aslzodalar: “Navo‘t toshbo‘ron qilib o‘ldirildi”, deb Izabelga xabar

berdilar.

15 Izabel Navo‘tning toshbo‘ron qilib o‘ldirilganini eshitgan zamon Axabga dedi:

25 Shu paytgacha hech kim Axab singari, Egamiz oldida qabihliklarga mukkasidan ketmagan edi. Xotini Izabel esa uni gijgijlab turar edi. 26 Axab, Amor xalqi singari, butlarga ergashib, ko‘p qabihliklar qilgan edi. Amor xalqini esa gunoh ishlari uchun Egamiz u yurtdan haydab, yurtni Isroil xalqiga bergan edi.

27 Axab Ilyosning aytganlarini eshitib, qayg‘udan kiyimlarini yirtdi, qanor kiyib oldi va ro‘za tutdi*. Hatto uxlaganda ham qanorni yechmadi, doimo g‘amgin yurdi.

28 Shundan keyin Ilyosga Egamiz shu so‘zlarni ayon qildi: 29 “Ko‘rdingmi, Axab tavba qilib, Mening oldimda qanday mo‘min bo‘lib qoldi! U Menga itoat qilgani uchun hayoti davomida boshiga balo keltirmayman. O‘g‘li shoh bo‘lgandan so‘ng, uning xonadoniga balo–qazo yog‘diraman.”


22–BOB

Mixiyo Axabni ogohlantiradi

1 Oradan uch yil o‘tdi. Shu vaqt oralig‘ida Oram bilan Isroil o‘rtasida urush bo‘lmadi.

2 Uchinchi yili Yahudo shohi Yohushafat Isroil shohi huzuriga keldi. 3 Isroil shohi

a’yonlariga dedi:

Ayt–chi, u qaysi yo‘ldan ketdi? — so‘radi Zidqiyo.

25 — Qarab tur, sichqonning ini ming tanga bo‘lib, yashiringani ichkari xonaga yugurganingda ko‘rasan, — dedi Mixiyo Zidqiyoga.

26 — Mixiyoni ushlanglar! — buyurdi Isroil shohi. — Uni shahar hokimi Omonning va

shahzoda Yo‘shning huzuriga olib boringlar. 27 Ularga mening amrimni yetkazinglar. Ular Mixiyoni zindonga tashlashsin. Men sog‘–salomat qaytib kelgunimcha, oz–moz non–suv berib tursin, xolos.

28 — Ey xaloyiq! Hammangiz eshitib qo‘ying! Agar shoh hazratlari sog‘–salomat qaytib kelsalar, Egamiz men orqali gapirmagan bo‘ladi, — dedi Mixiyo.

Axabning o‘limi

29 Isroil shohi Axab bilan Yahudo shohi Yohushafat Giladdagi Ramo‘t shahriga

ketishdi.

30 — Men qiyofamni o‘zgartirib, jangga kiraman, sen esa shohlik liboslaringni kiyib

ol, — dedi Axab Yohushafatga.

Axab qiyofasini o‘zgartirib, jangga kirdi. 31 Oram shohi o‘ttiz ikkita jang aravalari qo‘mondoniga: “Kattasi bilan ham, kichigi bilan ham jang qilib o‘tirmanglar, asosiy hujumni Isroil shohining o‘ziga qaratinglar”, deb amr bergan edi. 32 Jang aravalari qo‘mondonlari Yohushafatni ko‘rgach: “Isroil shohi ana shu!” deb o‘ylab unga hujum boshladilar. Lekin Yohushafat jangga da’vat qilib baqirganda, 33 aravalarning qo‘mondonlari bildilarki, u Isroil shohi emas ekan. Qo‘mondonlar orqaga qaytdilar.

34 Bir odam bexosdan yoyini tortib qo‘yib yuborgan edi, o‘q to‘ppa–to‘g‘ri Isroil shohiga kelib tegdi. Shohning ustidagi sovuti ulangan joydan o‘q kirib ketgan ekan. Shoh og‘ir jarohatlandi.

— Otni orqaga bur, men jarohatlandim, lashkar orasidan meni olib chiqib ket! —

dedi shoh izvoshchisiga.

35 O‘sha kuni g‘oyatda shiddatli jang bo‘ldi. Shoh esa aravasi ustida suyanib Oram lashkarini kuzatib turdi. O‘q tekkan joydan aravaning ichiga qon oqardi. Kechga tomon borib shoh qazo qildi. 36 Kunbotar paytida lashkar orasida: “Har kim o‘z shahriga, o‘z yurtiga ketaversin!” degan ovoza tarqaldi.

37 Shohning jasadini Samariyaga olib kelib, o‘sha yerda dafn qildilar. 38 Aravani esa Samariyadagi hovuzda yuvdilar. Fohishalar ham shu yerda yuvinishardi. Egamizning aytgani* bo‘ldi: ko‘ppaklar uning qonini yaladi.

39 Axabning boshqa ishlari, butun faoliyati, fil suyagidan qurgan saroyi, hamma mustahkam qilgan shaharlari haqida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 40 Axab olamdan o‘tdi. Uning o‘rniga o‘g‘li Oxoziyo shoh bo‘ldi.

Yahudo shohi Yohushafat

41 Isroil shohi Axab shohlik qilayotganiga to‘rt yil bo‘lganda, Yohushafat Yahudoga shoh bo‘lgan edi. Yohushafat Osoning o‘g‘li edi. 42 O‘shanda Yohushafat o‘ttiz besh yoshda edi. U Quddusda yigirma besh yil shohlik qildi. Onasi Oziba Shilxining qizi edi.

43 Yohushafat otasi Osoning yo‘lidan yurdi. Yo‘ldan ozmay, Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi. Lekin sajdagohlarni yo‘q qilib tashlamadi. Xalq hamon o‘sha joylarda qurbonlik qilib, tutatqi tutatardi. 44 Yohushafat Isroil shohi bilan sulh tuzdi.

45 Yohushafatning boshqa ishlari, ko‘rsatgan qahramonliklari, qanday jang qilgani “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 46 Otasi Oso davridan qolgan–qutgan sajdagohlardagi fohishlarni* Yohushafat yurtdan quvib chiqardi.

47 Bu paytda Edomda shoh yo‘q edi, shohning noibi yurtni boshqarardi.

Yohushafatning kemalari

48 Yohushafat: “Ofirdan oltin olib kelaman” deb, dengizda savdo kemalari yasadi, lekin Ezyo‘n–Geberga* borganda, kemalar parchalanib, Ofirga yeta olmadi. 49 O‘shanda Isroil shohi Oxoziyo Yohushafatga: “Mening odamlarim sening odamlaring bilan birga kemada ketsin”, degan, lekin u rozi bo‘lmagan edi.

50 Yohushafat olamdan o‘tdi. U ham bobosi Dovud qal’asida, ota–bobolari yoniga

dafn qilindi. Uning o‘rniga o‘g‘li Yohuram shoh bo‘ldi.

Isroil shohi Oxoziyo

51 Yohushafat Yahudoda shohlik qilayotganiga o‘n yetti yil bo‘lganda, Oxoziyo Isroilga shoh bo‘ldi. Oxoziyo Axabning o‘g‘li edi. U Samariyada istiqomat qilardi. U ikki

yil Isroil shohi bo‘ldi. 52 Oxoziyo Egamiz oldida qabih ishlar qildi. Ota–onasining yo‘lidan, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribomning yo‘lidan ketdi. 53 Oxoziyo Baalga xizmat qilib, unga topindi. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz uning qilmishlaridan qattiq g‘azablandi. Binobarin, otasi ham Egamizning qahrini keltirgan edi.

IZOHLAR

1:1 …ancha qarib qoldi — taxminan 70 yoshlarda edi.

1:3 Shunam — Jalila ko‘lining janubiy qirg‘og‘idan qariyb 26 kilometr janubi–sharqda joylashgan shahar.

1:5 “Men shoh bo‘laman” — Absalomning o‘limidan keyin Dovudning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib qolgan Odoniyo taxtga da’vogar edi. O‘sha davr odatiga ko‘ra to‘ng‘ich o‘g‘illar taxt vorisi bo‘lishardi.

1:9 En–Ro‘g‘ol bulog‘i — Quddusdan janubi–sharqda, Qidron soyligida joylashgan.

1:9 …qurbonlik qilib…taklif qildi — Odoniyo taxtga da’vogarligini bayram qilib

nishonlagan.

1:33 Gixo‘n bulog‘i — En–Ro‘g‘ol bulog‘ining yaqinida, buloqning shimolida joylashgan

(shu bobning 9, 41–oyatlariga qarang). Bu buloq Quddusning asosiy suv manbayi edi.

1:35 Isroil va Yahudo — bu oyatda “Isroil” degan nom shimoliy qabilalardan tashkil topgan xalqqa nisbatan ishlatilgan, “Yahudo” nomi esa janubiy qabilalardan tashkil topgan xalqqa nisbatan ishlatilgan. Dovudning o‘g‘li Sulaymon ham, Dovud singari, barcha qabilalar ustidan hukmronlik qilgan.

1:38 Xaretlik va Palatlik qo‘riqchilar — Dovud yollagan bu muhojir sipohlar shohning

shaxsiy qo‘riqchilari bo‘lib xizmat qilgan.

1:39 chodir — Quddusda Ahd sandig‘ini vaqtincha qoldirish uchun Dovud o‘rnashtirgan chodir (2 Solnomalar 1:2-6 ga qarang). Bu paytda Quddusdagi Ma’bad hali qurilmagan, Muqaddas chodir Givondagi sajdagohda edi.

1:39 qo‘chqor shoxi — hayvonning ishlov berilgan shoxlaridan ba’zan idish sifatida

foydalanilgan.

1:50 …qurbongohning burchagidan mahkam ushlab oldi — qurbongohning to‘rtala burchagining uchi hayvon shoxi shaklida yasalgan edi. Qurbongoh muqaddas hisoblangani uchun, uning shoxini ushlab turgan odamni o‘ldirib bo‘lmas edi.

2:5 U Isroilning ikkita lashkarboshisini…qon to‘kdi — 2 Shohlar 3:22-27, 20:7-10 ga qarang.

2:6 o‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. Qadimda Isroil xalqi Sheo‘lni yer ostidagi

tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorong‘i joy deb tushunardi.

2:7 Chunki…ular mening oldimda hoziru nozir bo‘lishdi — 2 Shohlar 17:27-29 ga qarang.

2:8 Moxanayimga qochib o‘tayotganimda, u meni yomon qarg‘agan edi — 2 Shohlar 16:5-13 ga qarang.

2:8 Lekin keyinroq…ont ichib, unga: “Seni o‘ldirmayman”, degan edim — 2 Shohlar 19:16- 23 ga qarang.

2:15 …men shoh bo‘lishim kerak edi — Odoniyo Sulaymondan katta edi (shu bobning 22–oyatiga qarang).

2:19 shohning o‘ng tomoni — o‘ng tomon muruvvat va baraka o‘rni deb hisoblangan.

2:26 Onoto‘t — Quddusdan qariyb 5 kilometr shimoli–sharqda joylashgan levilarga

qarashli shahar (Yoshua 21:1-3, 18 ga qarang).

2:27 Shunday qilib, Egamizning…aytgan so‘zlari bajo bo‘ldi — 1 Shohlar 2:27-36 ga

qarang. Abuatar Elaxning kichik o‘g‘li Finxazning evarasi edi.

2:28 …qurbongohning burchagidan ushlab oldi — 1:50 izohiga qarang.

2:32 Abnur…Emosa — 2 Shohlar 3:22-27, 20:7-10 ga qarang.

2:37 Qidron soyligi — Quddus shahridan sharqda joylashgan.

2:39 Gat — O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan bu shahar Filistlarning beshta asosiy

shahridan biri edi.

3:2 sajdagoh — ibroniycha matnda bamax, ya’ni “tepalik”. Kan’on xudolariga topinadigan joylar bamax deb atalardi. Odatda bu sajdagohlar tepaliklarda joylashgan bo‘lib, u yerda Kan’on xudolarining tasvirlari va qurbonliklar keltirish uchun qurbongoh bo‘lardi. Ba’zi bir paytlarda odamlar mana shu mahalliy sajdagohlarda Egamizga sajda qilardilar.

3:4 Givon — Quddusdan qariyb 6 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan shahar. O‘sha

davrda Muqaddas chodir Quddusda joylashgan edi (2 Solnomalar 1:2-6 ga qarang).

3:15 Egamizning Ahd sandig‘i — o‘sha davrda Ahd sandig‘i Quddus shahrida, Dovud tomonidan o‘rnatilgan maxsus chodirda saqlanar edi (2 Shohlar 6:12-17 ga qarang).

4:11 Nafo‘t–Do‘r — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Nafat–Do‘r.

4:19 Yahudo yurtining o‘z hukmdori bor edi — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda Yahudo so‘zi yo‘q.

4:22 300 tog‘ora — ibroniycha matnda 30 kor, taxminan 6,6 tonnaga to‘g‘ri keladi.

4:22 600 tog‘ora — ibroniycha matnda 60 kor, taxminan 13 tonnaga to‘g‘ri keladi.

4:26 4000 — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana 2 Solnomalar 9:25 ga qarang).

Ibroniycha matnda 40.000.

4:28 …shoh tayinlagan yerga… — yoki …shoh Sulaymon turgan joyga….

5:1 Tir — Finikiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shahar. Bu shahar Isroildan shimolda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy hududini tashkil qiladi.

5:1 Xiram Dovudni doimo o‘ziga do‘st deb bilardi — 2 Shohlar 5:11-12 ga qarang.

5:9 sol — bir–biriga bog‘lanib, daryoda oqiziladigan yog‘ochlar. Yog‘ochni uzoq masofaga olib borish uchun eng qulay usul sol oqizish bo‘lgan.

5:11 200.000 tog‘ora — ibroniycha matnda 20.000 kor, taxminan 4400 tonnaga to‘g‘ri

keladi.

5:11 40.000 ko‘za — qadimiy yunoncha tarjimadan. O‘sha tarjimada 20.000 bat deb yozilgan, taxminan 440.000 litrga to‘g‘ri keladi (yana 2 Solnomalar 2:10 ga va o‘sha oyatning ikkinchi izohiga qarang). Ibroniycha matnda 20 kor, taxminan 4400 litrga to‘g‘ri keladi.

5:18 Gabol — O‘rta yer dengizi bo‘yidagi Finikiyaga qarashli shahar bo‘lib, Sidon

shahridan shimolda joylashgan edi.

6:1 …Sulaymon Isroil taxtiga o‘tirganiga to‘rt yil bo‘lgan edi — taxminan miloddan oldingi 960 yil.

6:1 Ziv oyi — ibroniy kalendarining ikkinchi oyi. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan aprelning o‘rtasidan boshlanadi.

6:2 tirsak — bir tirsak taxminan 45 santimetrga to‘g‘ri keladi. Shoh Sulaymon qurdirgan Ma’badning rasmi lug‘atdan keyin ilova qilingan “Rasmlar va loyihalar” bo‘limida berilgan.

6:3 asosiy xona — ya’ni Muqaddas xona.

6:20 Sadr yog‘ochidan yasalgan tutatqi qurbongohini ham oltin bilan qoplatdi — yoki

Tutatqi qurbongohini sadr yog‘ochi bilan qoplatdi.

6:23 ikkita karub — qanotli samoviy mavjudotlarning haykallari. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi KARUB, KARUBLAR so‘ziga qarang.

6:31 kesaki — eshik o‘rnatilgan chorcho‘p.

6:37 Ziv oyi — shu bobning 1–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang.

6:38 Bul oyi — ibroniy kalendarining sakkizinchi oyi. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan oktabrning o‘rtasidan boshlanadi.

7:2 “Lubnon o‘rmoni” degan uy — saroydagi tantanalar o‘tkaziladigan katta zal. Zal Lubnon tog‘laridagi o‘rmondan keltirilgan sadr taxtalari bilan qoplangani uchun shunday deb nomlangan bo‘lishi mumkin.

7:2 tirsak — bir tirsak taxminan 45 santimetrga to‘g‘ri keladi.

7:5 kesaki — eshik o‘rnatilgan chorcho‘p.

7:18 anor — qadimgi paytlarda hayot ramzi edi.

7:21 Yoxin — bu nom ibroniychadagi U (ya’ni Xudo) asos solgan iborasiga ohangdosh.

7:21 Bo‘az — bu nom ibroniychadagi Uning (ya’ni Xudoning) kuchi vositasida iborasiga ohangdosh.

7:26 4000 ko‘za — ibroniycha matnda 2000 bat, taxminan 44.000 litrga to‘g‘ri keladi.

7:34 kashak — imorat va boshqa qurilish ishlarida tik yoki yotqizib qo‘yilgan yog‘ochni qimirlamaydigan qilib mustahkamlash uchun qoqib qo‘yiladigan yog‘och, tirgovuch.

7:38 80 ko‘za — ibroniycha matnda 40 bat, taxminan 880 litrga to‘g‘ri keladi.

7:48 muqaddas nonlar — bu nonlar Ma’badda Egamizning huzurini aks ettiruvchi timsol bo‘lib, Xudo Isroil xalqining qudrati va ta’minlovchisi ekanligidan darak berib turgan. Nonlar Ma’baddagi maxsus xontaxtaga qo‘yilib, har Shabbat kuni yangi pishirilgan nonlar bilan almashtirib turilgan (Levilar 24:5-9 ga qarang).

8:1 …Dovud qal’asidan… — 2 Shohlar 6:12-17 ga qarang.

8:2 Yetanim oyi — ibroniy kalendarining yettinchi oyi. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan sentabrning o‘rtasidan boshlanadi.

8:2 Chayla bayrami — bu bayram kuzda yig‘im–terim tugagan paytga to‘g‘ri keladi.

8:4 Uchrashuv chodiri — Muqaddas chodirning yana bir nomi. O‘sha davrda Uchrashuv

chodiri Quddusdan qariyb 6 kilometr shimoli–g‘arbda — Givonda joylashgan edi

(2 Solnomalar 1:2-6 ga qarang). Ahd sandig‘i esa Quddus shahrida, Dovud tomonidan o‘rnatilgan maxsus chodirda saqlanar edi (2 Shohlar 6:12-17 ga qarang).

8:8 …bugungacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

8:9 Sinay tog‘i — ibroniycha matnda Xorev tog‘i, Sinay tog‘ining yana bir nomi.

8:16 Egamiz otamga shunday degan edi… — 2 Shohlar 7:1-16 ga qarang.

8:37 garmsel — hosilga katta ziyon keltiradigan issiq shamol.

8:37 chigirtka — ba’zan to‘da–to‘da bo‘lib kelib, dalalardagi hosilga katta zarar

yetkazadigan hasharot.

8:65 Levo–Xomat — yoki Xomat dovoni.

8:65 Misr chegarasidagi irmoq — Sinay yarim orolining shimoli–sharqidagi Arish soyligi yoki Nil daryosining sharqiy irmog‘i nazarda tutilgan (yana Ibtido 15:18, Sahroda 34:5 va Yoshua 13:3, 15:4, 47 ga qarang).

8:65 Chayla bayrami — shu bobning 2–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang.

8:66 Chayla bayramidan keyin… — ibroniycha matnda Sakkizinchi kunida…, Chayla bayramining yettinchi kunidan keyingi birinchi kun.

9:2 …ilgari Givonda zohir bo‘lganiday… — 3:5-6 ga qarang.

9:5 Otang Dovudga…va’da bergan edim — 2 Shohlar 7:12-16 ga qarang.

9:13 Kavul — bu so‘z ibroniychadagi kebal, ya’ni qadrsiz so‘zi kabi talaffuz qilingan.

9:14 250 pud — ibroniycha matnda 120 talant, taxminan 4 tonnaga to‘g‘ri keladi.

9:15 Quddusning sharq tomonidagi Millo — Quddus shahri tepalik ustida edi. Bu tepalikning sharq tomoni o‘pirilib ketgani uchun uni tuzatish shart bo‘lgan. Tepalikning o‘pirilib ketgan joyi tuproq bilan to‘ldirilgan, kengaytirilgan va mustahkamlangan edi. Tepalikning bu qismi Millo deb atalardi.

9:18 Tamar — ibroniycha matndan. Ba’zi ibroniy qo‘lyozmalarida Tadmo‘r.

9:21 …bugungacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

9:22 akobir — shoh saroyidagi yuqori martabali odam, amaldor.

9:24 Quddusning sharq tomonidagi Millo — shu bobning 15–oyati izohiga qarang.

9:26 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, ma’nosi Qamish dengizi. Bu oyatdagi mana shu nom hozirgi Aqaba qo‘ltig‘iga (ya’ni Qizil dengizning shimoli–sharqidagi qo‘ltig‘iga) ishora qiladi.

9:28 Ofir yurti — Arabiston yarim orolining janubida joylashgan bo‘lishi mumkin. Ofir

oltini eng sifatli oltin hisoblangan.

9:28 900 pud — ibroniycha matnda 420 talant, taxminan 14 tonnaga to‘g‘ri keladi.

10:1 Shava — bu yurt Arabiston yarim orolining janubi–g‘arb tomonida bo‘lgani

ehtimoldan holi emas.

10:5 soqiy — shohga o‘z qo‘li bilan sharob quyadigan, saroyda yuqori martabaga ega bo‘lgan, ishonchga loyiq a’yon. Shuningdek, u shoh uchun sharob tanlashi va uni tatib ko‘rib, zaharli emasligiga ishonch hosil qilishi kerak edi.

10:5 bakovul — saroyda shoh uchun tayyorlanadigan maxsus taomni tatib ko‘ruvchi va

ovqat tayyorlash ishlarini nazorat qiluvchi mansabdor shaxs.

10:10 250 pud — ibroniycha matnda 120 talant, taxminan 4 tonnaga to‘g‘ri keladi.

10:14 1425 pud — ibroniycha matnda 666 talant, taxminan 23 tonnaga to‘g‘ri keladi. 10:16 yarim pud — ibroniycha matnda olti yuz shaqal, taxminan 8,5 kiloga to‘g‘ri keladi. 10:17 400 misqol — ibroniycha matnda 3 mina, taxminan 1,7 kiloga to‘g‘ri keladi.

10:17 “Lubnon o‘rmoni” degan uyi — 7:2 ning birinchi izohiga qarang.

10:22 turli–tuman maymunlar — yoki maymunlar va tovuslar.

10:27 shikamora–anjir daraxti — anjirning qadimgi Yaqin Sharqda keng tarqalgan bir turi. Kattaligi yong‘oq daraxtiday, barglari esa tut barglariga o‘xshash bo‘lib, yil davomida bir necha bor hosil beradigan sersoya daraxt.

10:28 Misr — yoki Muzur, Quvega yondosh bo‘lgan hudud (shu bobning 29–oyatida ham bor). Bu ikkala hudud hozirgi Turkiyaning janubi–g‘arbida joylashgan bo‘lib, shoh Sulaymon davrida yilqichilikning markazi edi.

10:29 600 kumush tanga — ibroniycha matnda 600 shaqal kumush, taxminan 7 kiloga

to‘g‘ri keladi.

10:29 150 kumush tanga — ibroniycha matnda 150 shaqal kumush, taxminan 1,7 kiloga

to‘g‘ri keladi.

11:3 kanizak — ibroniycha matnda bu so‘zning ma’nosi quyidagicha: cho‘ri bo‘lgan bu ayollar qonuniy xotin bo‘lmasalar–da, xo‘jayinlari ular bilan jinsiy aloqada bo‘lishgan. Qadimgi paytlarda bu ayollarning jiddiy qonuniy huquqlari bo‘lib, xo‘jayinlari ularning erlari sifatida bo‘lgan.

11:5 Mo‘lax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Milkom (shu bobning 33– oyatida ham bor).

11:13 bitta qabila — shu bobning 32–oyati izohiga qarang.

11:24 Dovud Zo‘voliklarni qirgach… — 2 Shohlar 8:3-6 ga qarang.

11:26 Zarido shahri — Quddusdan qariyb 45 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan.

11:27 Quddusning sharq tomonidagi Millo — 9:15 izohiga qarang.

11:28 Yusuf qabilasi — bu yerda Efrayim va Manashe qabilalari haqida aytilgan. Ular

Yusufning ikkala o‘g‘lining avlodlari edi.

11:31 o‘nta qabila — quyidagi qabilalarga ishora: Ruben, Shimo‘n, Dan, Naftali, Gad, Osher, Issaxor, Zabulun, Efrayim va Manashe. Yusufning ikki o‘g‘lidan kelib chiqqan Efrayim va Manashe qabilalari alohida–alohida qabilalar hisoblangan, ularning o‘ziga qarashli yerlari bo‘lgan (Yoshua 17:14-18 ga qarang). Levi qabilasiga esa yer ulush qilib berilmagan (Yoshua 13:14, 33, 14:3-4 ga qarang). Shimo‘n qabilasiga berilgan yer Yahudo qabilasi hududida joylashgan edi (Yoshua 19:1-9 ga qarang). Shohlar davriga kelib, Shimo‘n qabilasiga qarashli yerlar Yahudo qabilasining yerlariga qo‘shilib ketgan edi. Shimo‘n qabilasi u yerlarda yashamasdi.

11:32 bitta qabila — Yahudo qabilasiga ishora. Yahudo qabilasi Dovudning nabirasi

bo‘lgan Raxabomga sodiq qolgan edi, vaqti kelib, Benyamin qabilasi ham ularga

qo‘shilib, Raxabomga sodiqlik ko‘rsatdilar (12:20-24 ga qarang).

11:33 Sulaymon — qadimiy yunoncha, suryoniycha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Ular.

11:37 Isroil — shimoliy qabilalardan tashkil topgan xalq nazarda tutilgan.

12:1 Shakam shahri — shimoldagi qabilalarga qarashli asosiy shahar (Yoshua 24:1 ga qarang). Bu shahar Quddusdan qariyb 50 kilometr shimolda, Isroil tepaliklarida joylashgan.

12:1 Isroil — 11:37 izohiga qarang.

12:2 …Misrdan qaytdi — qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalardan (yana 2 Solnomalar 10:2 ga qarang). Ibroniycha matnda …Misrda yashadi.

12:15 …Shilo‘lik Oxiyo orqali…Yeribomga bergan so‘zi… — 11:29-39 ga qarang.

12:18 Odoniram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Odoram. Uning Odoniram degan shakli 4:6, 5:14 dan olingan.

12:20 Isroil — shu kitobning davomida shimoliy shohlik Isroil degan nom bilan, janubiy shohlik esa Yahudo degan nom bilan yuritilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi ISROIL va YAHUDO so‘zlariga qarang.

12:25 Paniyol — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Panuval bo‘lib,

Giladda, Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan.

12:28 xudolaringiz — yoki xudoyingiz. Chiqish 32:2-4 ga qarang.

12:29 Baytil shahri…Dan shahri — Isroilning, ya’ni shimoliy shohlikning janubiy va shimoliy chegarasidagi shaharlar.

12:30 …Baytilga va Danga borardi — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda

…Danga borardi.

12:31 sajdagohlar — 3:2 izohiga qarang.

12:32-33 Yahudoda nishonlanadigan bayram — yettinchi oyning o‘n beshinchi kuni Yahudoda bo‘ladigan mashhur Chayla bayrami (8:2 ning ikkinchi izohiga qarang).

12:32-33 sakkizinchi oy — ibroniy kalendarining Bul oyi nazarda tutilgan. Hozirgi

kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan oktabrning o‘rtasidan boshlanadi.

13:2 Yo‘shiyo — Yahudo shohi Yo‘shiyo, miloddan oldingi 640-609 yillarda hukmronlik qilgan (4 Shohlar 22:1-23:30 ga qarang).

13:32 Samariya — bu voqeadan keyin taxminan 50 yil o‘tgach, Samariya shahri qurilgan (16:23-24 ga qarang). Ancha vaqt o‘tgandan keyingina Isroilga, ya’ni shimoliy shohlikka Samariya nomi berilgan (4 Shohlar 17:24 ga qarang).

14:2 …Isroil xalqining shohi bo‘lishim haqida u bashorat qilgan edi — 11:29-39 ga qarang.

14:15 Ashera — Kan’ondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik xudosi bo‘lib, ayol qiyofasida tasavvur qilingan. Uning erkak jufti Baal edi. Asheraning tasvirlari baland ustun shaklida bo‘lib, yog‘ochdan yasalgan edi.

14:17 Tirza — Shakamdan qariyb 10 kilometr shimoli–sharqda joylashgan (12:1 ning birinchi izohiga qarang). Samariya qurilgunga qadar bu shahar Isroilning, ya’ni shimoliy

shohlikning poytaxti edi (16:24 ga qarang).

14:23 sajdagohlar — 3:2 izohiga qarang.

14:24 fohishlar — o‘sha paytlarda Kan’ondagi butparast xalqlar o‘z sajdagohlarida diniy vazifalardan birini fahsh orqali bajarardilar. Butparast xalqlarning udumlariga ko‘ra, odamlar fohishalar va fohishlar bilan jinsiy aloqa qilish orqali o‘z xudolariga topinardilar, xudolaridan farovonlik ato qilishni so‘rardilar. Lekin Egamiz Isroil xalqiga bu yo‘l bilan sajda qilishni qat’iyan man etgan (Qonunlar 23:17-18 ga qarang).

14:25 Raxabom hukmronligining beshinchi yili — taxminan miloddan oldingi 926 yil.

14:31 Abiyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Abuyom (15:1, 7, 8 da ham bor).

15:2 Absalom — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Abisalom (shu bobning 10–oyatida ham bor). Uning Absalom degan shakli 2 Solnomalar 11:20 dan olingan.

15:2 Absalomning qizi — Maxo Absalomning nevarasi bo‘lgan. 2 Shohlar 14:27 ga ko‘ra, Absalomning yolg‘iz qizi Tamara edi. 2 Solnomalar 13:2 da Maxo Uriyolning qizi deb berilgan.

15:5 Uriyo — Dovudning sipohi edi. Shoh Dovud uning xotini Botshevaga uylanish

niyatida Uriyoni o‘ldirtirgan (2 Shohlar 11:1-27 ga qarang).

15:12 fohishlar — 14:24 izohiga qarang.

15:13 Buvisi — ibroniycha matnda Onasi, biroq bu so‘z buvisiga yoki boshqa uzoq ona ajdodiga ham ishora qilishi mumkin. Shu bobning 2–oyatiga ko‘ra, Maxo Osoning buvisi, ya’ni Osoning otasi Abiyoni tuqqan onasi edi.

15:13 Ashera — 14:15 izohiga qarang.

15:13 malikalik martabasi — qadimgi Isroilda yuksak martaba hisoblangan (2:19 ga qarang).

15:13 Qidron soyligi — Quddus shahridan sharqda joylashgan. Soylik — ikki adir oralig‘idagi pastlik. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SOYLIK so‘ziga qarang.

15:17 Rama shahri — Quddusdan qariyb 8 kilometr shimolda, Efrayim qirlarida joylashgan.

15:20 Jalila ko‘li — ibroniycha matnda Keneret, o‘sha vaqtda Jalila ko‘li va uning

atrofidagi yerlar shu nom bilan ham atalardi.

15:29 Oxiyo — u shu bobning 27–oyatidagi Oxiyodan boshqa odam.

15:29 …Egamizning O‘z quli, Shilo‘lik Oxiyo orqali aytgan so‘zlari… — 14:7-11 ga qarang.

16:24 to‘rt pud — ibroniycha matnda ikki talant, taxminan 68 kiloga to‘g‘ri keladi.

16:31 Sidon — Finikiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shahar. Bu shahar Isroildan shimolda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan edi. Bugungi kunda bu shahar Livan mamlakatining janubiy hududini tashkil qiladi.

16:33 Ashera — 14:15 izohiga qarang.

16:34 Egamizning…Yoshua orqali qilgan bashorati… — Yoshua 6:25 ga qarang.

16:34 …joni evaziga…joni evaziga… — bu ibora Xiyolning o‘g‘illari Yoshuaning aytgan la’nati tufayli o‘lganligiga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin. Yoki shaharni qayta qurayotgan paytda mahalliy xudolardan madad so‘rab, ularning himoyasi ostida bo‘lish uchun Xiyol o‘z o‘g‘illarini o‘sha xudolarga qurbonlik qilganiga ham ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin.

17:1 Gilad — Iordan daryosining sharq tomonidagi o‘lka.

17:1 …na shudring tushadi, na yomg‘ir yog‘adi — ob–havoni nazorat qiluvchi Baal emas (16:31-32 ga qarang), balki Isroil xalqining Xudosi — Egamiz ekanligini isbotlash uchun aytilgan.

17:9 Zorafat shahri — Sidondan (16:31 izohiga qarang) qariyb 15 kilometr janubda joylashgan.

17:18 Xudoning odami — Egamiz payg‘ambarining yana bir nomi.

17:18 Siz gunohlarimni Xudoga eslatgani…kelibsiz–da?! — qadimda odamlar, agar gunoh qilsak, boshimizga kulfat keladi, deb ishonishgan.

18:19 Ashera — 14:15 izohiga qarang.

18:20 Karmil tog‘i — Isroilning shimolida, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan.

18:29 Kechki qurbonlik payti — taxminan kunduzi soat 3 ga to‘g‘ri keladi (shu bobning

36–oyatida ham bor).

18:31 Yoqubga Egamiz…ayon qilgan edi — Ibtido 32:28, 35:10 ga qarang.

18:32 bir tog‘ora — ibroniycha matnda ikki sexa, taxminan 15 kiloga to‘g‘ri keladi.

18:36 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang).

18:45 Yizril — Karmil tog‘idan qariyb 27 kilometr janubi–sharqda joylashgan shahar.

19:3 Bersheba shahri — Yahudoning eng janubidagi shahar, Yizrildan qariyb 210 kilometr janubda joylashgan.

19:8 Sinay — ibroniycha matnda Xorev, Sinay tog‘ining yana bir nomi.

19:16 Nimshi o‘g‘li Yohu — aslida Yohu Nimshining nabirasi edi (4 Shohlar 9:2 ga qarang). Ibroniychada o‘g‘il so‘zi nasl ma’nosida ham ishlatiladi.

19:19 …chakmonini uning ustiga tashladi — bu harakat Ilyos Elishayni o‘ziga ergashtirib, payg‘ambar bo‘lishga chorlayotganining belgisi edi.

20:1 Banhadad — 15:18-20 da aytib o‘tilgan Banhadad bo‘lmay, uning vorisi bo‘lishi

mumkin.

20:26 Ofoq shahri — Jalila ko‘lining sharq tomonida joylashgan bo‘lishi mumkin.

20:31 …egnimizga qanor kiyib, bo‘ynimizga arqon bog‘laylik–da… — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Qanor kiyib olish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi. Bo‘yinga arqon bog‘lash esa qullarcha bosh egishning ramzi edi. Bu bilan ular Axabga asir bo‘lishga ham rozilik bildirayotgan edilar.

20:39 ikki pud — ibroniycha matnda bir talant, taxminan 34 kiloga to‘g‘ri keladi.

21:3 Otalarimdan qolgan meros… — Musoning qonuniga ko‘ra, yer dastlabki egasining

avlodlariga mulk bo‘lib qolar edi.

21:13 Ikkita — qonunga ko‘ra aybni tasdiqlash uchun kamida ikkita guvoh talab

qilinardi (Qonunlar 17:6-7 ga qarang).

21:13 …Xudoni…haqorat qildi — Xudoni haqorat qilish og‘ir jinoyat bo‘lib, jazosi o‘lim

edi (Chiqish 22:28, Levilar 24:10-16 ga qarang).

21:27 …qayg‘udan kiyimlarini yirtdi, qanor kiyib oldi va ro‘za tutdi — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Kiyimlarni yirtish, qanor kiyib olish va ro‘za tutish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi. Ko‘pincha bu harakat Xudodan kechirim so‘rab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.

22:3 Gilad — Iordan daryosining sharq tomonidagi o‘lka.

22:38 …Egamizning aytgani… — 21:19 ga qarang.

22:46 fohishlar — 14:24 izohiga qarang.

22:48 Ezyo‘n–Geber — Sinay yarim orolining sharqida, Qizil dengizning shimoliy qirg‘og‘idagi bandargoh (9:26 ga qarang). To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi BANDARGOH so‘ziga qarang.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru