Muqaddas Kitob


YUHANNONING

IKKINCHI MAKTUBI

Kirish

Mazkur maktub muallifi Iso Masihning shogirdi Yuhannodir. Yuhanno bu maktubini “Xudo tanlagan aziz xonim bilan uning bolalariga” deb yo‘llagan bo‘lsa–da, bu yerda u imonlilar jamoatini va jamoat a’zolarini nazarda tutgan bo‘lsa kerak.

Muallif bu maktubi orqali imonlilarni bir–biriga mehr–oqibatli bo‘lishga, Iso Masihga bo‘lgan imonini mahkam tutishga va soxta payg‘ambarlardan ehtiyot bo‘lishga

chaqiradi. Chunki bunday “payg‘ambarlar” Masih*, ya’ni Xudoning O‘g‘li inson bo‘lib kelmagan*, deb aytishgan. Muallif imonli birodarlarini tez orada ko‘rish istagi borligini izhor etib, maktubini yakunlaydi.

Yuhannoning ikkinchi maktubi juda qisqa bo‘lgani uchun boblarga bo‘linmagan.


1–BOB

Duoyi salom

1 Xudo tanlab olgan aziz xonim va uning bolalariga* men — oqsoqoldan* salom! Men sizlarni chin dildan yaxshi ko‘raman, mengina emas, haqiqatni bilib olganlarning hammasi sizlarni yaxshi ko‘radi. 2 Bu sevgiga dilimizdan joy olgan va to abad biz bilan bo‘ladigan haqiqat asos bo‘ldi.

3 Biz haqiqat va sevgi bo‘yicha yashar ekanmiz, Otamiz Xudo va Otamizning O‘g‘li Iso

Masih beradigan inoyat, marhamat va tinchlik bizga* doim yor bo‘ladi.

Haqiqat va mehr–muhabbat

4 Hurmatli xonim, farzandlaringizning bir nechtasi Otamiz Xudoning bizga bergan amrini* bajarib, haqiqat yo‘lida yurayotgan ekanlar. Men bundan g‘oyat xursand bo‘ldim.

5 Sizdan bir iltimosim bor, bir–birimizni yaxshi ko‘raylik. Sizga yangi amrni yozayotganim yo‘q, bu amr bizga boshidan berilgan. 6 Sevgi — biz Xudoning amrlariga amal qilishimizdan iborat. Sizlar bu amrni boshidan eshitgansizlar va unga amal qilib yashashingiz kerak.

7 Bularni yodingizda tutinglar, chunki dunyoda yolg‘onchilar ko‘payib ketgan. Iso Masih inson bo‘lib kelganini ular tan olmaydilar*. Ularning har biri yolg‘onchi va Masihning dushmanidir!* 8 Shunday ekan, ogoh bo‘linglar! Mukofotingizni to‘liq olish uchun Masihga bo‘lgan haqiqiy imoningizni* mahkam tutinglar. 9 Masih ta’limotini ortda qoldirib, o‘zicha “jadallab ketgan” odamda Xudo yo‘q. Masih ta’limoti bo‘yicha yashagan odamda esa Ota ham, O‘g‘il ham bor. 10 Agar biror kishi oldingizga kelib, sizlarga boshqacha ta’limotni o‘rgatsa, uni uyingizga kiritmanglar, taklif ham qilmanglar. 11 Agar uni taklif qiladigan bo‘lsangiz, uning yomon ishlariga sherik bo‘lgan hisoblanasiz.

Xayrlashuv

12 Sizlarga aytadigan gapim ko‘p, ammo bularni siyoh bilan qog‘ozga yozishni istamadim. Undan ko‘ra, oldingizga borib, sizlar bilan yuzma–yuz gaplashaman, deb umid qilaman. Shunda shodligimiz* tugal bo‘ladi.

13 Xudo tanlab olgan aziz singlingizning bolalari* sizlarga salom yo‘llashyapti*.

IZOHLAR

Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar yozilgan. Yangi Ahdga ko‘ra Rabbimiz Iso o‘sha Masihdir. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi MASIH so‘ziga va XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

…Xudoning O‘g‘li inson bo‘lib kelmagan… — 1 Yuhanno 5:6 ning birinchi izohiga qarang.

1:1 Xudo tanlab olgan aziz xonim va uning bolalari — ma’lum bir imonlilar jamoati va jamoat a’zolari nazarda tutilgan bo‘lsa kerak.

1:1 oqsoqol — ya’ni havoriy Yuhanno.

1:3 Biz…biz — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Sizlar…sizlar.

1:4 Otamiz Xudoning bizga bergan amri — 1 Yuhanno 3:23 ga qarang.

1:7 Iso Masih inson bo‘lib kelganini ular tan olmaydilar — 1 Yuhanno 2:22, 4:1-3 ga va 1 Yuhanno 5:6 ning birinchi izohiga qarang. Yana 1 Yuhanno 4:10, 5:5 ga qarang.

1:7 Masihning dushmani — 1 Yuhanno 2:18, 4:3 ga qarang.

1:8 Masihga bo‘lgan haqiqiy imoningiz — yunoncha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi biz bajargan ish, bu o‘rinda ularning Iso Masihga bo‘lgan imoni nazarda tutilgan.

1:12 shodligimiz — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida shodligingiz.

1:13 Xudo tanlab olgan aziz singlingizning bolalari — bu o‘rinda imonlilar jamoati nazarda tutilgan bo‘lsa kerak. Ayniqsa, muallif qaysi jamoatda bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha jamoatga ishora bo‘lishi mumkin.

1:13 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘z oyatga qo‘shimcha

qilingan: omin.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru