Muqaddas Kitob


OBODIYO

PAYG‘AMBARNING

KITOBI

Kirish

Mazkur kitob muallifi Obodiyo payg‘ambar Edom yurti haqida bashorat qiladi. Edom xalqi muttasil tarzda Xudoning tanlangan xalqiga dushmanlik qilib kelgani uchun, Obodiyo Edom yurtining batamom vayron bo‘lishini e’lon qiladi. Mazkur kitob Muqaddas Kitob tarkibidagi eng qisqasi bo‘lishiga qaramay, Xudoning ayovsiz

hukmidan xabar beradi.

Bobilliklar miloddan oldingi 605-586 yillar mobaynida Quddusga bir necha marta hujum qilib, shaharni zabt etishadi. Ular Yahudo xalqini Bobilga surgun qilishadi.

Obodiyo payg‘ambar ushbu kitobini o‘sha mudhish davrda, ilk surgun yillarida yozadi. O‘lik dengizning janubidagi tog‘li hududda yashagan Edom xalqi Quddus qulaganidan sevinadi. Yahudo xalqining boshiga tushgan bu falokatdan ular nafaqat xursand bo‘lishadi, balki shaharni talashadi, bosqinchilarga yordam berishadi. Xudo Edom xalqini shu qilmishi uchun jazolaydi, ular qatorida boshqa xalqlarni ham hukm qiladi.

Obodiyo bu xabarni Yahudo xalqining kelajakdagi g‘alabalari bilan yakunlab,

asirlikdan qaytib keladigan Xudoning xalqi Edom yurtiga hukmronlik qilishini aytadi.

Obodiyo kitobi juda qisqa bo‘lgani uchun boblarga bo‘linmagan.


1–BOB

1 Quyidagilar Obodiyoning bashoratidir.

Egamiz Edom xalqini jazolaydi

Egamiz barcha xalqlarga jarchi yubordi, Bizga shunday xabar yetib keldi: “Tayyorlaninglar! Qani, kelinglar, Edomga* qarshi urushga boraylik!”


Edom xalqi haqida Egamiz Rabbiy quyidagilarni aytmoqda:


2 “Ey Edom xalqi, xalqlarning orasida Men eng arzimasi qilib qo‘yaman sizni, Hamma sizlardan nafratlanadi.

3 Takabburligingiz sizlarni aldadi. Qoyadagi* qo‘rg‘ondir poytaxtingiz, Baland tepalikdadir uylaringiz, Shuning uchun aytasiz o‘zingizcha:

«Kim bizlarni tushira olar yerga?!»

4 Burgutday baland parvoz qilsangiz ham, Iningiz yulduzlar orasida bo‘lsa ham, Sizlarni u yerdan tortib tushiraman,


— deb aytmoqda Egamiz. —


5 Uyingizga o‘g‘ri tushsa,

Kechasi bosqinchilar kelsa,

Faqat xohlagan narsasini oladi–ku!

Bog‘ingizda uzum tergan odamlar

Bir–ikki bosh bo‘lsa–da, uzum qoldiradi–ku! Dushmanlaringiz esa sizni tamoman yo‘q qiladi! 6 Ey Esovning avlodi* — Edom,

Yovlar hamma narsangizni talon–taroj qilishar, Qadrli buyumlaringizni topib, tortib olishar.

7 Barcha ittifoqchilaringiz sizga qarshi chiqib,

Sizni o‘z yurtingizdan haydab yuborar. Tinchlik va’da qilib aldaydi ular, Ammo sizlarni mag‘lub qilarlar.

Sizlarga tuzoq qo‘yar noningizni yeganlar. Sizlar esa buni bilmay qolasizlar.”


8 Egamiz shunday aytmoqda:

“Ey Edom xalqi, hukm qilinadigan kunda,

Men donishmandlaringni halok qilarman,

Esov tog‘idagi* aql–idroklilarin yo‘q qilarman.

9 Ey Temon shahri*, jangchilaring dahshatga tushar,

Esov tog‘idagi har bir inson yo‘q qilinar.

Edom xalqining jazolanishi sabablari

10 Sizlar qondoshingiz Yoqub avlodiga* zulm qilib,

Ularni o‘ldirdingiz.

Shu bois to abad sharmanda bo‘lib, Butunlay halok bo‘lasiz.

11 Ularning boyliklarin begonalar olib ketgan kun Sizlar bir chetda qarab turdingiz.

Yot xalqlar Quddus shahriga kirib*,

Shahar uchun qur’a tashlaganlarida,

Sizlar ham ular kabi yovuz ishlar qildingiz.

12 Qondoshlaringizga kelgan baxtsizlikni ko‘rib, Xushnud bo‘lmasligingiz kerak edi.

Yahudo xalqi* xarob bo‘lgan kun

Sevinmasligingiz kerak edi. Boshlariga tushgan kulfatni ko‘rib, Mazax qilmasligingiz kerak edi.

13 Mening xalqimga falokat kelgan kuni

Shahar darvozalaridan kirmasligingiz kerak edi. Yahudo xalqining boshiga falokat tushgan kuni, Xushnud bo‘lganlarga qo‘shilmasligingiz kerak edi. Ularning boshiga falokat tushgan kuni,

Buyumlarini o‘ljaga olmasligingiz kerak edi.

14 Qochib ketayotganlarni kutib chorrahalarda,

Pistirmalar qo‘ymasligingiz kerak edi. O‘sha kulfat kuni tirik qolganlarni Dushman qo‘liga bermasligingiz kerak edi.

Egamiz barcha xalqlarni jazolaydi

15 Men, Egangiz, barcha xalqlarni hukm qiladigan kun* yaqinlashib qoldi. Ey Edom xalqi! Nima qilgan bo‘lsangiz boshqalarga,

O‘zingiz ham tusharsiz o‘sha ko‘yga, Qilmishlaringiz qaytar o‘z boshingizga.


16 Ey Yahudo xalqi*, muqaddas tog‘imda* G‘azab sharobin* ichib bo‘ldingiz.

Shu singari, barcha xalqlar ham

Bu sharobdan to‘xtamasdan icharlar. Hech qachon yer yuziga kelmagan kabi, Ichib–ichib, yo‘q bo‘lib ketarlar.

Isroil g‘alaba qiladi

17 Lekin Sion tog‘ida najot toparlar Isroil xalqining* omon qolganlari. Bu tog‘ muqaddas bo‘lar.

Yoqub nasli haydab chiqarar yovlarini, Uning mulkini tortib olganlarni

Va yana egallar o‘z yerlarini.

18 Yoqub avlodi bo‘lar olovday, Yusufning avlodi* bir alangaday. Esovning avlodi esa

Bo‘lib qolar quruq poyaday. Mening xalqim Isroil Esovning avlodini yondirar, Yondirib, ularni yo‘q qilar.

Esov avlodidan tirik qolmas hech biri.” Zotan, bu so‘zlarni Egamiz aytdi.


19 Isroil xalqining Nagav cho‘lida yashaydiganlari Esov tog‘ini egallab oladilar*, Yahudo qir etaklarida* yashaydiganlari esa Filistlarning yerlariga* egalik qiladilar. Isroil xalqi Efrayim yerlarini va Samariya shahrini qo‘lga kiritadi, Benyamin avlodi esa Giladga* egalik qiladi. 20 Shimoliy Isroildan asirlikka olib ketilganlar* qaytib keladi. Ular shimoldagi Zorafat shahrigacha* bo‘lgan Finikiya yerlarini oladilar. Quddusdan Safaradga* asirlikka olib ketilganlar* esa Nagav cho‘lidagi shaharlarni qo‘lga kiritadilar. 21 G‘oliblar Sion tog‘iga chiqadilar. O‘sha yerda turib, Esov tog‘i ustidan hukmronlik qiladilar. Egamizning O‘zi Shoh bo‘ladi.

IZOHLAR

1:1 Edom — bu yurt O‘lik dengizning janubida joylashgan edi. Edom xalqi azaldan Isroil xalqining dushmani bo‘lib kelgan edi. Bobilliklar Quddusni vayron qilganlarida, ular Bobilliklarga yordam bergan edilar (Zabur 136:7, Hizqiyol 35:5 ga qarang). To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi EDOM so‘ziga qarang.

1:3 Qoya — ibroniycha matnda bu so‘z Edom yurtining poytaxti bo‘lgan Sela nomiga

ohangdosh. Sela shahri baland, yassi tog‘da joylashgan edi.

1:6 Esovning avlodi — shu kitobning 10–oyati izohiga qarang.

1:8 Esov tog‘i — Edom yurtiga nisbatan qo‘llangan she’riy usul. Bu yurt tog‘li yurt edi

(yana shu kitobning 6–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

1:9 Temon shahri — Edom yurtining shimoliy qismidagi muhim shahar.

1:10 qondoshingiz Yoqub avlodi — Isroil xalqi Yoqubdan, Edom xalqi esa Yoqubning akasi Esovdan kelib chiqqan edi.

1:11 Yot xalqlar Quddus shahriga kirib… — miloddan oldingi 586 yilda Bobil shohi Navuxadnazar Quddusni vayron qilib, aholining asosiy qismini Bobilga surgun qilgan edi (4 Shohlar 25:1-21 ga qarang).

1:12 Yahudo xalqi — janubiy shohlik nazarda tutilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi YAHUDO so‘ziga qarang.

1:15 Men…barcha xalqlarni hukm qiladigan kun… — Eski Ahddagi payg‘ambarlar bitiklarida bu kun haqida bir necha marta so‘z yuritilgan. Ko‘pincha bu ibora Xudo beradigan jazoga ishora qiladi. Bu ibora yana qiyomat kunidagi Xudoning hukmiga nisbatan ham ishlatiladi. O‘sha kuni Xudo O‘z dushmanlari ustidan g‘alaba qozonadi va ularni jazolaydi, O‘ziga sodiq qolganlarga esa orom bag‘ishlaydi, ularga tinchlik va qut– barakalar ato qiladi.

1:16 Ey Yahudo xalqi… — ibroniycha matnda Sizlar…. Sharob ichish odatda Xudo hukmining ramzi sifatida ishlatilgani bois, bu o‘rinda Obodiyo Yahudo xalqini nazarda tutgan bo‘lsa kerak (Ishayo 51:17-23 ga qarang). Bordi–yu, muallif Edom xalqini nazarda tutgan bo‘lsa, sharob ichishni ikki ma’noda talqin qilish mumkin. Birinchisi — Edom xalqi Quddusning qulashini bayram qilganini ko‘rsatadi (shu kitobning 11-12– oyatlariga qarang). Ikkinchisi — Xudo Edom xalqini va boshqa xalqlarni hukm qilishini ko‘rsatadi (Yeremiyo 25:17-29 ga qarang).

1:16 muqaddas tog‘im — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. Quddusdagi Ma’bad qurilgan tepalik Sion tog‘i deb atalgan. Eski Ahddagi she’riy parchalarda va payg‘ambarlar bitiklarida Sion so‘zi ko‘pincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SION so‘ziga qarang.

1:16 G‘azab sharobi — Xudo g‘azabining ramzi bo‘lgan sharob kosasiga ishora. Mana shu sharobdan mast bo‘lish Xudoning hukmiga duchor bo‘lishni bildiradi.

1:17 Isroil xalqi — bu o‘rinda Obodiyo Xudoning xalqiga tegishli bo‘lgan, qayta tiklangan va birlashgan janubiy va shimoliy shohliklarga ishora qilyapti (bu oyatda Yoqub nasli iborasi ostida Xudoning xalqi nazarda tutilgan). Hizqiyol 37:15-28 ga qarang.

1:18 Yoqub avlodi…Yusufning avlodi… — Isroil xalqiga ishora. Shu kitobning 17–oyati izohiga qarang.

1:19 …egallab oladilar… — shu kitobning 19-21–oyatlarida Isroil xalqi o‘z yurtini qayta egallashi va uni kengaytirishi haqida so‘z yuritilgan. Qonunlar 30:1-5 ga qarang.

1:19 …Nagav cho‘li…Yahudo qir etaklari… — Nagav cho‘li hozirgi Isroilning janubida, ya’ni O‘lik dengizning janubi–g‘arbida, Yahudo qirlari esa Yahudo yurtining g‘arbida joylashgan edi.

1:19 Filistlarning yerlari — Isroil yurtidan g‘arbda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan.

1:19 Gilad — Iordan daryosining sharq tomonidagi o‘lka.

1:20 Shimoliy Isroildan asirlikka olib ketilganlar… — miloddan oldingi 722 yilda Ossuriya shohi Shalmanasar Isroilga, ya’ni shimoliy shohlikka hujum qilib, poytaxti Samariyani zabt etdi. So‘ng Isroil xalqining aksariyat qismini Ossuriyaga surgun qildi (4 Shohlar 17:1-6 ga qarang).

1:20 Zorafat shahri — Finikiyaga qarashli shahar bo‘lib, O‘rta yer dengizi bo‘yida,

Sidondan qariyb 15 kilometr janubda joylashgan edi.

1:20 Safarad — bu nom Sardisga nisbatan ishlatilayotgan bo‘lishi mumkin. Sardis hozirgi Turkiyaning g‘arbida joylashgan edi.

1:20 Quddusdan…asirlikka olib ketilganlar… — shu kitobning 11–oyati izohiga qarang.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru