Muqaddas Kitob


MALAKI

PAYG‘AMBARNING

KITOBI

Kirish

Malaki payg‘ambar Naximiyoning zamondoshi bo‘lib, taxminan miloddan oldingi 430 yillarda* faoliyat ko‘rsatgan. O‘sha vaqtda Quddusdagi Ma’bad qayta qurilib bo‘lgan va Bobil asirligidagi yahudiylarning asosiy qismi o‘z yurtiga qaytib kelgandi. Ularning vatani Fors imperiyasiga qaram edi.

Yahudiylar uchun bu nihoyatda mashaqqatli damlar edi. Kichkinagina Yahudo yurti buyuk Fors imperiyasining arzimas bir qismi bo‘lgani bois, odamlar o‘zlarining porloq kelajagiga umidini yo‘qotgan edilar. Qurilgan yangi Ma’badda Xudo O‘z ulug‘vorligi va qudratini hamon zohir qilmagani uchun, xalq Uning sodiq sevgisiga va odilligiga shubha qilardi. Shu sababdan ular Xudoga lozim bo‘lgan darajada izzat–ikrom ko‘rsatmasdilar, Ma’badga e’tiborsiz bo‘lardilar, Xudoga ma’qul bo‘lmagan qurbonliklar keltirar edilar.

Ular Xudoning qonunlariga rioya qilmasdilar, kambag‘al va yetim–yesirlarga yomon muomalada bo‘lib, xotinlari bilan ajrashar edilar. Ushr* va ehsonlarni Ma’badga olib kelmas edilar, bu esa Xudoning nazarida o‘g‘rilik edi.

Malaki payg‘ambar xalqni ogohlantiradi, Egamizning kelishi haqida xabar berib, Xudo O‘z xalqini hukm qilishini, ularni poklashini e’lon qiladi. Egamiz kelishidan oldin yo‘l hozirlaydigan elchisini yuboradi. Xudoning O‘z xalqiga baraka berishi va xalqning yorqin kelajagi haqidagi bashoratlar ham kitobdan o‘rin olgan.


1–BOB

1 Bashorat. Malaki payg‘ambar orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi so‘zlarni ayon

qildi.

Xudoning Isroil xalqiga bo‘lgan sevgisi

2 Egamiz shunday deydi:

— deydi Egamiz. 14 — La’natisizlar! Podangizdagi bir qo‘chqorni Men, Rabbiyga atab qo‘ygansizlar–u, lekin o‘rniga nuqsonli jonivorni qurbonlik qilyapsizlar. Men buyuk Shohman, — deydi Sarvari Olam. — Mening nomim xalqlar orasida izzat–ikrom bilan tilga olinar.


2–BOB

1-2 Sarvari Olam shunday deydi: “Ey ruhoniylar, endi sizlarga amrim shudir: Menga quloq soling. Chin yurakdan nomimni ulug‘lang. Aks holda, ustingizga la’natlar yog‘diraman, barakalaringizni la’nati qilaman. Darvoqe, barakalaringizni la’natlab bo‘ldim ham, chunki birontangiz ogohimga e’tibor bermadingiz. 3 Men farzandlaringizni jazolayman. Qurbonliklaringizning ichaklaridan chiqqan axlatni betlaringizga sochaman, o‘sha axlatga qo‘shib, o‘zlaringizni ham axlat uyumiga tashlab yuboraman.

4 Shunda bu amrni sizlarga Men berganimni bilib olasizlar. Men bu amr orqali ota– bobongiz Levi va uning nasllari bilan tuzgan ahdimni* mustahkam qilmoqchi edim, — deydi Sarvari Olam. 5 — Levi qabilasi bilan qilgan o‘sha ahdim farovon hayot ahdi edi. Men levilarning qalbiga qo‘rquvni solib qo‘ydim, ular Mendan qo‘rqishardi, nomimni benihoya izzat etishardi. 6 Ular ko‘rsatmalarimni xalqqa buzmasdan yetkazishardi, adolatli hukm chiqarishardi. Sofdillik va to‘g‘rilik yo‘llarida Menga hamroh edilar, ko‘plarni gunohdan qaytardilar.

7 Ruhoniyning vazifasi odamlarga to‘g‘ri ta’lim berishdir. Odamlar uning oldiga maslahat so‘rab borishlari kerak, axir, Men Sarvari Olamman, u Mening elchimdir. 8 Ammo, ey ruhoniylar, sizlar yo‘limdan og‘dingizlar, o‘z ko‘rsatmalaringiz bilan

ko‘plarni yo‘ldan urdingizlar. Levi qavmi bilan tuzgan ahdimni barbod qildingizlar, — deydi Sarvari Olam. 9 — Men esa sizlarni xo‘rladim, barcha xalqlardan pastroq qildim. Sizlar Mening yo‘limdan yurmayapsiz, qonun masalasida tarafkashlik qilyapsiz.”

Yahudo xalqining Xudoga bo‘lgan sadoqatsizligi

10 Hammamizning Otamiz* bir emasmi?! Hammamizni bir Xudo yaratgan emasmi?! Nega endi biz bir–birimizga sadoqatsiz bo‘lishimiz kerak?! Nega Xudo ota–bobolarimiz bilan tuzgan ahdni bulg‘ashimiz kerak?! 11 Ey Yahudo xalqi*, sizlar sadoqatsizlik qildingiz. Quddusda hamda butun yurtda jirkanchli ishlarga qo‘l urdingiz. Ha, Egamiz yaxshi ko‘radigan Ma’badni bulg‘ab, begona xudolarga topinadigan qizlarga uylandingiz. 12 Egamiz bunday ishlarga qo‘l urgan har bir odamni xalqimiz* orasidan yo‘q qilsin.

Unday odamlar Sarvari Olamga nazrlar keltirmasin.

13 Sizlar yana shunday qilyapsiz: Egamizning qurbongohini ko‘z yoshlar bilan yuvyapsiz, faryod qilib fig‘on chekyapsiz, chunki Xudo nazrlaringizni qabul qilmayapti,

U bulardan mamnun emas. 14 “Nima uchun?” deb so‘raysiz. Chunki sizlar yoshlik chog‘ingizda uylangan xotiningizga bevafolik qildingiz. Axir, u sizning umr yo‘ldoshingiz, nikoh ahdingizdagi xotiningiz–ku! Egamizning O‘zi sizlarning orangizda guvohdir.

15 Ehtiyot bo‘ling, orangizda hech kim o‘z xotiniga xiyonat qilmasin. Xudo sizlarni bir tanu bir jon qilgan–ku!* Endi Xudo sizlardan nimani kutyapti? Haqiqiy xudojo‘y farzandlarni kutyapti*.

16 “Xotinidan nafratlanib, undan ajrashgan erkak* o‘z himoyasi ostida bo‘lgan xotiniga shafqatsizlik qilgan bo‘ladi*”, — deydi Isroil xalqining Xudosi — Egamiz. “Shu bois hushyor bo‘linglar, xiyonat qilmanglar”, — deydi Sarvari Olam.

Egamiz adolat o‘rnatadigan kun

17 Sizlar gaplaringiz bilan Egamizni charchatib yubordingizlar–ku, yana: “Qanday qilib Uni charchatibmiz?” deb so‘raysizlar. Sizlar: “Yomonlik qilgan hammani Egamiz yaxshi ko‘radi, ulardan mamnun bo‘ladi. Qani, adolat Xudosi bormi o‘zi?!” deb aytasizlar. Bu gaplaringiz bilan Egamizni charchatyapsizlar.


3–BOB

1 Sarvari Olam shunday deydi: “Mana, Men O‘z elchimni yuboryapman. U Men uchun

yo‘lni hozirlaydi. U to‘satdan O‘z Ma’badiga keladi. Sizlar izlayotgan Rabbiy O‘shadir. Ahd elchisi Uning O‘zidir. Sizlar Undan g‘oyat mamnun bo‘lasiz.”

2 Ammo U kelganda kim bardosh bera oladi?! Paydo bo‘lganda kimning joni saqlanib qoladi?! Ha, U o‘yadigan ishqor, tozalaydigan olov kabidir. 3 U o‘tirib, Levi avlodini* tozalaydi, kumush va oltinni olovda soflaganday ularni soflaydi. Shunda ular Egamizga manzur keladigan nazrlar taqdim qilishadi. 4 Keyin Yahudo xalqi va Quddus aholisi keltirgan nazrlar Egamizga oldingiday ma’qul bo‘ladi.

5 Sarvari Olam shunday deydi: “Shundagina Men hukm qilgani oldingizga boraman.

Mendan qo‘rqmaydigan hammaga — sehrgar, zinokor, yolg‘on qasam ichganlar, mardikorlarning ish haqini ushlab qoladiganlar, yetim va bevalarni ezuvchilarga va musofirlarni turtkilaganlarga qarshi tezda guvohlik beraman.”

Tavbaga undov

6-7 Sarvari Olam shunday deydi:

16 Egamizdan qo‘rqqanlar shular haqida gaplashdilar. Egamiz esa ularning gaplariga e’tibor berib quloq soldi. Uning huzurida Egamizdan qo‘rqqan, Uning nomini e’zozlaganlar haqida Xotira kitobi yozildi. 17 Sarvari Olam shunday deydi: “Ular Meniki bo‘ladilar. Men belgilagan kunda xazinamning gavharlari bo‘ladilar. Mehribon ota–ona o‘z itoatkor bolasini xalos etganday, Men ham ularni xalos etaman. 18 Shunda, ey xalqim, sizlar solihu fosiqning farqini yana ko‘rasiz. Ha, Menga xizmat qiladiganu Menga xizmat qilmaydiganning holini bilasiz.”


4–BOB

Egamizning kuni yaqinlashib qoldi

1 Sarvari Olam shunday deydi: “Ana, Egangizning kuni* yaqinlashib qoldi. O‘sha kun lovullagan tandirday bo‘ladi. Takabburlar bilan yovuzlarning hammasi go‘yo xas– cho‘pdir. Kelayotgan o‘sha kuni hammasi yondirib tashlanadi. Ulardan na shoxlar, na ildizlar qoladi.

2 Sizlar uchun esa, ey nomimni eshitib qo‘rqadiganlar, najot quyosh kabi ko‘tariladi, sizlarga shifo nurlarini sochadi. Ha, sizlar shodlanasizlar. Og‘ilxonadan qo‘yib yuborilgan buzoqlarday sakraysizlar. 3 Yovuzlarni bosib ezasizlar. Ha, Men belgilagan

o‘sha kunda ular oyog‘ingiz ostidagi tuproqday bo‘ladi, — deydi Sarvari Olam. — 4 Qulim Musoning ko‘rsatmalarini eslang. Unga Sinay tog‘ida* butun Isroil xalqi uchun bergan odil qonun–qoidalarimni esga oling. 5 Mana, Men, Egangizning ulug‘ va dahshatli kuni kelishidan oldin, oldingizga Ilyos payg‘ambarni yuboryapman. 6 Ilyos otalarning yuraklarini farzandlariga, farzandlarning yuraklarini esa otalariga moyil qiladi. Toki Men yurtni la’natlab yo‘q qilmayin.”

IZOHLAR

…taxminan miloddan oldingi 430 yillar… — Naximiyo 13:6-31 ga qarang, bu oyatlarda

o‘sha davrda Quddusdagi muammolar haqida bayon qilingan.

Ushr — har qanday daromadning o‘ndan bir qismi. Levilar 27:30-33, Qonunlar 14:22- 29, 26:12-13 ga qarang.

1:4 Edom xalqi — Isroil xalqi Yoqubdan, Edom xalqi esa Yoqubning akasi Esovdan kelib chiqqan edi. Edom O‘lik dengizning janubida joylashgan yurt edi. Edom xalqi azaldan Isroil xalqining dushmani bo‘lib kelgan edi.

1:7 Egamizning dasturxoni — Ma’baddagi qurbongohga va Ma’badda Xudoga chin qalbdan sajda qilishga ishora.

1:12 Mening dasturxonim — shu bobning 7–oyati izohiga qarang.

2:4 Levi va uning nasllari bilan tuzgan ahdim — Xudo Levi qabilasidan bitta xonadonni, ya’ni Horunning avlodini Isroil xalqining ruhoniylari qilib tanladi (Chiqish 28:1, 29:1- 9 ga qarang).

2:10 Otamiz — Xudo nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin (1:6 ga qarang). Ehtimol, Malaki xalqning bobokalonlari Ibrohimga yoki Yoqubga ishora qilgan.

2:11 Yahudo xalqi — Bobildagi surgundan qaytib kelgan odamlar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi YAHUDO so‘ziga qarang.

2:12 xalqimiz — ibroniycha matnda Yoqub chodirlari. Bu ibora she’riy usulda qo‘llanilgan bo‘lib, Yahudo xalqiga ishora qiladi.

2:15 Xudo sizlarni bir tanu bir jon qilgan–ku! — Ibtido 2:24 ga qarang.

2:15 Endi Xudo…kutyapti — yoki Axir xushxulq odam bunday qilmaydi. Aksincha, u

Xudoga tegishli farzandlar o‘stirish niyatida to‘g‘ri yo‘lda yuradi.

2:16 Xotinidan nafratlanib, undan ajrashgan erkak… — yoki Men er–xotinning ajralishidan nafratlanaman, chunki xotinidan ajrashgan erkak….

2:16 …o‘z himoyasi ostida bo‘lgan xotiniga shafqatsizlik qilgan bo‘ladi… — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …o‘z kiyimini zo‘ravonlik bilan qoplaydi…. Ba’zan ibroniy tilida kiyim so‘zi ramziy ma’noni ifodalab, ijobiy ma’noda qo‘llaniladi va er xotinini sevishiga, unga g‘amxo‘rlik qilish haqida bergan va’dasiga ishora qiladi (Hizqiyol 16:8 ga qarang, yana Rut 3:9 ga va o‘sha oyatning birinchi izohiga qarang).

3:3 Levi avlodi — 2:3-9 oyatlarga va 2:4 izohiga qarang.

3:8 Ushr — har qanday daromadning o‘ndan bir qismi. Levilar 27:30-33, Qonunlar 14:22-29, 26:12-13 ga qarang.

4:1 Egangizning kuni — Eski Ahddagi payg‘ambarlar bitiklarida bir necha marta uchraydigan ibora. Ko‘pincha bu ibora Xudo beradigan jazoga ishora qiladi. Bu ibora yana qiyomat kunidagi Xudoning hukmiga nisbatan ham ishlatiladi. O‘sha kuni Xudo O‘z dushmanlari ustidan g‘alaba qozonadi va ularni jazolaydi, O‘ziga sodiq qolganlarga esa orom bag‘ishlaydi, ularga tinchlik va qut–barakalar ato qiladi.

4:4 Sinay tog‘i — ibroniycha matnda Xorev tog‘i, Sinay tog‘ining yana bir nomi.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru