Muqaddas Kitob


PAVLUSNING

TITUSGA

MAKTUBI

Kirish

Mazkur maktub muallifi havoriy Pavlusdir. Pavlus bu maktubini Krit orolidagi yosh, sadoqatli hamkori Titusga yozgan. Titus, Timo‘tiy singari, Pavlusning eng yaqin hamkorlaridan biri edi. Galatiyaliklarga yozgan maktubida Pavlus Titusning yunon ekanligini aytib o‘tadi*.

Titus Pavlus bilan birgalikda Krit orolida Masih haqidagi Xushxabarni e’lon qilib, dastlabki imonlilar jamoatlariga asos solgan edi. Pavlus Kritdan ketishidan oldin, jamoatlarda tartib–qoida o‘rnatish vazifasini Titusning zimmasiga yuklagan edi.

Maktubning boshida muallif jamoat yetakchilari haqida so‘z yuritadi. Ular Kritdagi badfe’l odamlardan ajralib turishi, ibratli va bir qator xislatlarga ega bo‘lishlari kerakligi haqida yozadi. Pavlus Titusni soxta ustozlardan uzoqroq yurish haqida ogohlantiradi.

Maktubning davomida esa, jamoatdagi yoshu qarilarga, qullarga qay tarzda ta’lim berish kerakligi haqida nasihat qiladi. So‘ng masihiylarning fe’l–atvori qanday bo‘lishi kerakligiga e’tiborini qaratib, jamoatdagilarga muloyim va mehribon bo‘linglar, xayrli ishlarga bel bog‘langlar, deb yozadi.

Pavlus bu maktubida Xudoning inoyatiga urg‘u beradi. Xudo O‘z inoyati tufayli bizga Iso Masih orqali yangi hayot ato qilganini, ustimizga O‘z Ruhidan mo‘l qilib yog‘dirganini eslatib, endi abadiy hayotga umid bog‘lab yashashimiz kerakligini ta’kidlaydi.


1–BOB

Duoyi salom

1 Xudoning quli va Iso Masihning havoriysi bo‘lgan men — Pavlusdan salom! Xudoning tanlangan odamlari imonda sobit bo‘lsinlar va xudojo‘ylikka chorlovchi haqiqatni bilib olsinlar deb, Xudo meni bu xizmatga tayinladi. 2 Havoriy sifatida men ularni abadiy hayotdan umidvor bo‘lishga da’vat etaman. Zero, Xudo abadiy hayotni azaldanoq va’da qilgan. U hech qachon yolg‘on va’dalar bermaydi. 3 Belgilangan paytda Xudo abadiy hayotga chorlovchi Xushxabarni bizning voizligimiz orqali ayon etdi.

Najotkorimiz Xudo bu Xushxabarni menga topshirib, uni e’lon qilishimni buyurdi.

4 Qadrdonim Titus*, bizning e’tiqodimiz bir, sen menga o‘z o‘g‘limday bo‘lib qolgansan.

Otamiz Xudo va najotkorimiz Iso Masih senga inoyat va tinchlik ato qilsin.

Titusning Krit orolidagi vazifalari

5 Qolgan ishlarni bitirishing uchun men seni Krit orolida qoldirgan edim. Senga buyurganimdek, orolning har bir shahridagi imonlilar jamoati ustidan oqsoqollar tayinlagin. 6 Jamoat oqsoqoli yaxshi nom chiqargan bo‘lishi shart. U o‘z xotiniga vafodor* bo‘lsin. Uning farzandlari imonli bo‘lib, shaloqlik va itoatsizlik aybidan xoli bo‘lishsin.

7 Zero, jamoat yetakchisi Xudoning xonadonini boshqaruvchi sifatida kamchiliksiz

bo‘lishi lozim, ya’ni u takabbur, jahldor, mayxo‘r, zo‘ravon yoki pulparast emas, 8 balki



mehmondo‘st, yaxshilikni sevadigan, vazmin, odil, oq ko‘ngil va nafsini tiygan odam bo‘lsin. 9 Haqiqatga o‘rgatilgan, Xushxabar aqidalariga qat’iy rioya qiladigan inson bo‘lsin. Shunda u boshqalarga ham sog‘lom ta’limot bilan nasihat qila oladi, qarshilik qiluvchilarni esa fosh eta oladi.

10 Axir, hech kimga itoat qilmaydigan, quruq gap sotadigan yolg‘onchi birodarlar bor,

ayniqsa sunnatlilar* orasida bundaylar ko‘p. 11 Ularning safsatalarini to‘xtatish kerak. Zero, ular pul ishlash niyatida soxta ta’limotlar o‘rgatib, butun oilalarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirmoqdalar. 12 Mana, ulardan chiqqan bir mutafakkir o‘z yurtdoshlari haqida shunday degan:


“Kritliklar doimo yolg‘on gapirishadi, Ular yebto‘ymas dangasalardir, Go‘yoki yirtqich hayvonlardir.”


13 Bu gapda jon bor. Shuning uchun beboshlarga qattiq tanbeh ber, toki ular haq imonga qaytsinlar. 14 Yahudiylarning afsonalariga va haqiqatdan yuz o‘girgan odamlarning ko‘rsatmalariga quloq solmasinlar. 15 Qalbi pok odamlar uchun hamma narsa haloldir. Buzuq va imonsizlarning nazarida esa hamma narsa haromdir. Bundaylarning aqli ham, vijdoni ham bulg‘angan. 16 Ular, Xudoni bilamiz, deydilar–u, o‘z qilmishlari bilan Uni inkor etadilar. Bunday qabih, o‘zboshimcha odamlar hech bir xayrli ishga yaramaydilar.


2–BOB

Jamoatdagi yoshu qarilarga va qullarga nasihatlar

1 Titus, sen sog‘lom ta’limot asosida nasihat qil. 2 Yoshi katta erkaklarga ayt: ular mayxo‘rlikka berilmagan, hurmatga sazovor, vazmin, imonda mustahkam, mehribon va sabr–toqatli bo‘lsinlar.

3 Yoshi katta ayollarga ham tayinla, ular sharafli hayot kechirsinlar. G‘iybat qilmasinlar, mayxo‘rlikka ruju qo‘ymasinlar. Har qanday xayrli ishda ibrat ko‘rsatib,

4 kelinlarga pand–nasihat qilsinlar, ularga o‘z erlari va farzandlarini sevishni, 5 vazmin,

iffatli, ro‘zg‘orga jonkuyar, mehribon, erlariga bo‘ysunadigan bo‘lishni o‘rgatsinlar.

Shunda hech kim Xudoning kalomini yomonlamaydi.

6 Yigitlarni ham bosiq bo‘lishga undagin. 7 Har bir ishda yurish–turishing bilan o‘zing ularga o‘rnak bo‘lgin. Ta’lim berganingda samimiy va jiddiy bo‘l. 8 To‘g‘ri ta’lim bergin, shunda tanqidning oldini olgan bo‘lasan va raqiblarimiz biz haqimizda yomon so‘z aytolmay, uyatga qoladilar.

9 Qullarga o‘rgat, ular doim o‘z xo‘jayinlariga itoat etib, ularni mamnun qilsinlar. Gap qaytarmasinlar, 10 o‘g‘rilik qilmasinlar, har qanday vaziyatda to‘g‘ri yo‘l tutib, ishonchga sazovor bo‘lsinlar. Shunda qullar xulq–atvori bilan najotkorimiz Xudo haqidagi ta’limotning tengi yo‘q go‘zalligini namoyon etadilar.

11 Zero, Xudo butun insoniyatga najot yo‘lini ochib berib, O‘z inoyatini ko‘rsatdi. 12-

13 Bu inoyat orqali Xudo bizga shuni o‘rgatadiki, biz xudosiz hayotdan va dunyoviy orzu– ehtiroslardan voz kechishimiz kerak. Axir, bizning ajoyib umidimiz bor: biz najotkorimiz Iso Masihning kelishiga va buyuk Xudoning ulug‘vorligini ko‘rishga umid bog‘laganmiz. Masihning kelishini kutar ekanmiz, bu o‘tkinchi hayotimizda nafsni

tiyishimiz, to‘g‘ri va taqvodor hayot kechirishimiz lozim. 14 Axir, Iso Masih bizni barcha illatlarimizdan xalos qilish uchun O‘z jonini fido qildi. U bizni poklab, O‘ziga tegishli bo‘lgan, yaxshilik qilishga bag‘ishlangan aziz bir xalq qildi.

15 Aytganlarimning hammasini sen jamoatdagilarga o‘rgat. Xudo bergan hokimiyat bilan ularga nasihat qil, tanbeh ber. Seni birontasi kamsitishiga yo‘l qo‘yma.


3–BOB

Xayrli ishlarga bel bog‘lang

1 Sen jamoatdagilarga eslatib tur: ular davlat boshliqlariyu hokimlarga bo‘ysunsinlar, itoat etib, har qanday xayrli ishga tayyor bo‘lsinlar. 2 Hech kimni yomonlamasinlar, janjallashmasinlar, boshqalarga nisbatan doim muloyim va mehribon bo‘lsinlar.

3 Bir vaqtlar bizlar ham fahmsiz, itoatsiz, adashgan odamlar edik, har xil zavqu ehtiroslarning quli bo‘lib, gina–kudurat va hasadgo‘ylik bilan kun kechirardik, bir– birimizdan nafratlanadigan razil odamlar edik. 4 Ammo najotkorimiz Xudo bizga bo‘lgan ezguligi va mehr–muhabbatini ko‘rsatdi. 5 Savob ishlarimiz tufayli emas, balki O‘zining rahm–shafqati tufayli U bizni qutqardi. Muqaddas Ruh orqali gunohlarimizni yuvdi, bizni yangidan tug‘dirib, yangi hayot ato etdi. 6 Najotkorimiz Iso Masih orqali Xudo bizning ustimizga Muqaddas Ruhini mo‘l–ko‘l qilib yog‘dirdi. 7 Biz Isoning inoyati bilan oqlandik, endi abadiy hayotga umid bog‘lab, Xudo va’da qilgan barakalardan bahramand bo‘la olamiz. 8 Bu gaplarning hammasi to‘g‘ri va asoslidir.

Ushbu ta’limotning foydasi katta. Jamoatdagilarga yaxshilab uqtir, ular o‘rgatganlarimning hammasiga rioya qilsinlar. Xudoga ishonganlar xayrli ishlarga astoydil bel bog‘lasinlar.

9 Sen esa ahmoqona bahslardan, shajaralar* hamda Tavrot qonunlari borasidagi munozarayu janjallardan o‘zingni olib qoch*. Bular foydasiz va behudadir. 10 Orangizga nizo urug‘ini sepayotgan odamni bir–ikki marta ogohlantir, agar gapingga kirmasa, u bilan aloqani uz. 11 O‘zing bilasan–ku, bunday odamning fikri buzuq. Uning qilayotgan gunohlari o‘zini mahkum etadi.

So‘nggi ko‘rsatmalar va salomlar

12 Artemas yoki Tixikusni sening yoningga yuborganimdan keyin, Nikopolis shahriga*, mening oldimga tezroq kelishga harakat qil. Chunki men qishni shu yerda o‘tkazishga qaror qildim. 13 Qo‘lingizdan kelgancha qonunshunos Zinas va Apollosga* yordam qilinglar, safarga chiqishlari uchun kerakli hamma narsani ularga bekamu ko‘st qilib yetkazib beringlar. 14 Toki jamoatdagilar ham xayrli ishlarga astoydil bel bog‘lashga odatlansinlar, boshqalarning zaruriy ehtiyojlarini qondirsinlar, shunda hayotlari samarasiz bo‘lmaydi.

15 Yonimdagilarning hammasi senga salom yo‘llayaptilar. Bizni yaxshi ko‘radigan

imondagi birodarlarimizga salom aytgin.

Xudoning inoyati hammangizga yor bo‘lsin*.

IZOHLAR

…Pavlus Titusning yunon ekanligini aytib o‘tadi — Galatiyaliklar 2:3 ga qarang.

1:4 Titus — Pavlusning hamkori va yordamchisi (2 Korinfliklar 8:23, Galatiyaliklar 2:1 ga qarang).

1:6 …o‘z xotiniga vafodor… — yunoncha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …bir ayolning eri…. 1 Timo‘tiy 3:2 izohiga qarang.

1:10 sunnatlilar — Pavlus bu o‘rinda Xudoga manzur bo‘lish uchun sunnat qilinish kerak, deb o‘ylagan odamlarga ishora qiladi. Pavlusning o‘zi sunnatga qarshi bo‘lmagan, ammo najot topish uchun sunnat qilinish kerak, degan ta’limotga qat’iyan qarshi edi (Havoriylar 15:1-2 ga qarang).

3:9 shajaralar — 1 Timo‘tiy 1:4 izohiga qarang.

3:9 …ahmoqona bahslardan…o‘zingni olib qoch — 1 Timo‘tiy 1:3-7, 4:7 ga qarang.

3:12 Nikopolis shahri — Rim imperiyasiga qarashli Axaya viloyatining g‘arbida, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan.

3:13 Apollos — Havoriylar 18:24-19:1, 1 Korinfliklar 3:1-9 ga qarang.

3:15 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘z oyatga qo‘shimcha

qilingan: omin.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru