Muqaddas Kitob


YUHANNO

BAYON ETGAN MUQADDAS XUSHXABAR

Kirish

Mazkur kitob Yangi Ahd tarkibidagi to‘rtta Xushxabarning to‘rtinchisidir. Kitobning muallifi Zabadiyoning o‘g‘li baliqchi Yuhannodir. Yuhanno, Butrus va Yuhannoning akasi Yoqub Iso Masihning eng yaqin shogirdlari hisoblanadi. Yuhanno bu kitobda o‘z ismini ishlatmay, o‘zini Iso Masihning sevikli shogirdi deb tilga oladi (masalan, 13:23 ga qarang).

Mazkur kitob zamirida Iso Masihning shaxsiyati, ilohiy Kalom inson bo‘lib kelgani, Masihning O‘z samoviy Otasi — Xudo bilan bo‘lgan munosabati va Iso Masihga e’tiqod qilish kabi mavzular yotadi. Iso Masih odamlarga O‘zining kimligini tushuntirmoqchi bo‘lib, turli obrazlardan foydalanadi. U O‘zini “hayot noni”, “hayotbaxsh suv manbayi”, “olamning nuri”, “yaxshi cho‘pon”, “yo‘l, haqiqat va hayot”, “haqiqiy tok” va “odamlarni oxiratda tiriltiruvchi, ularga hayot beruvchi Zot” deb ataydi.

Bu Xushxabar nima maqsadda yozilgani 20:31 da aytib o‘tilgan: “Toki sizlar Isoning Masih, Xudoning O‘g‘li* ekanligiga ishonib, bu imoningiz tufayli hayotga ega bo‘linglar.” Muallif Isoning ta’limotini qiziqarli mantiqiy mulohazalar orqali taqdim etadi, u nur va zulmat, imon va imonsizlik, sevgi va nafrat, osmon va bu dunyo borasida so‘z yuritadi.

Ushbu kitob azaldan mavjud bo‘lgan Kalom haqidagi ma’lumot bilan boshlanadi.

Ilohiy Kalom dunyo yaratilishidan oldin mavjud bo‘lgan. Nimaiki yaratilgan bo‘lsa, o‘sha Kalom orqali vujudga kelgan. Xudoning Kalomi inson bo‘lib tug‘ildi, U Iso Masih edi. Iso Masih zulmatga g‘arq bo‘lgan bu dunyoga hayot nurini olib keldi. Masihga ishongan har bir kishi samoviy Otani tanib oladi va abadiy hayotdan bahramand bo‘ladi.

Kitobning birinchi qismidan (1-12–boblar) Isoning qilgan mo‘jizalari o‘rin olgan, muallif Isoni Xudoning O‘g‘li, Xudo va’da qilgan Najotkor ekanligini e’tirof etadi. Ko‘p odamlar Isoga ishonib, Unga ergashadilar. Ba’zilar esa Unga qarshi bo‘ladilar.

Kitobning 13-17–boblarida Isoning O‘z shogirdlariga qilgan g‘amxo‘rligiga, Ustoz va shogirdlari orasidagi munosabatga e’tibor beriladi. Iso xochdagi o‘limidan oldin, Qutlug‘ ziyofatda shogirdlarini ogohlantirib, yaqinlashayotgan fojiadan qo‘rqmasliklarini aytadi va ularga dalda beradi.

Isoning hibsga olinishi, kaltaklanishi, o‘ldirilishi va tirilishi haqidagi hodisalar kitobning so‘nggi qismidan o‘rin olgan (18-21–boblar). Iso tirilgandan keyin bir necha marta shogirdlariga zohir bo‘lgani haqidagi voqealar kitobga yakun yasaydi.


1–BOB



1 Azalda Kalom* bor edi. Kalom Xudo bilan birga edi, Kalom Xudo edi.

Kalom va Nur

2 Azalda U Xudo bilan birga edi.


3 Butun borliq Kalom orqali yaratilgan*, Usiz yaratilgan biron narsa mavjud emas.


4 Kalom hayot manbayi edi,

Bu hayot insonlarning Nuri edi.

5 Nur zulmatda porlaydi,

Axir, zulmat Nurni yengolmadi.


6 Xudo Yahyo ismli bir odamni yubordi. 7 Yahyo Nur haqida shahodat qilgani kelgan edi, toki hamma uning shahodati orqali imon keltirsin. 8 Yahyoning o‘zi Nur emas edi, u faqat Nur haqida shahodat qilgani kelgandi. 9 Har bir odamni yoritadigan haqiqiy Nur dunyoga kelayotgan edi*.


10 Ha, Kalom dunyoda edi, Dunyo U orqali yaratilgandi, Biroq dunyo Uni tanimadi. 11 U O‘z yurtiga keldi,

Lekin O‘z xalqi Uni qabul qilmadi.

12 Ammo Uni qabul qilganlarning hammasiga, Unga imon keltirganlarga,

U Xudoning farzandi bo‘lish huquqini berdi.

13 Ular tana xohishidan emas, Er xohishidan ham emas, Tabiiy yo‘l bilan emas*,

Balki Xudodan tug‘ilgan farzandlardir.


14 Kalom inson bo‘ldi,

Oramizda yashadi*.

U inoyat va haqiqatga to‘lgandi.

Biz esa Uning ulug‘vorligini ko‘rdik.

Bu ulug‘vorlik Otadan* kelgan yagona O‘g‘ilga* mansub edi.


15 Yahyo U haqda guvohlik berib, baland ovozda dedi: “Mening ketimdan kelayotgan Zot mendan ulug‘dir, chunki U mendan oldin mavjud bo‘lgan, deb mana shu Kishi haqida aytgan edim.”


16 Uning cheksiz inoyati tufayli

Biz hammamiz baraka ustiga baraka oldik.

17 Xudo qonunni Muso orqali berdi, Inoyat va haqiqatni esa

U Iso Masih orqali ko‘rsatdi.

18 Hech kim hech qachon Xudoni ko‘rgan emas, Samoviy Otaning bag‘ridagi,

Aslida Xudo bo‘lgan yagona O‘g‘il* Uni bizga tanitdi.

Yahyo cho‘mdiruvchining guvohligi

19-20 Quddusdagi yahudiylar Yahyoning oldiga ruhoniylarni* va levilarni* yubordilar.

Ular kelib, Yahyodan:

O‘g‘li* oldiga tushib–chiqayotganini ko‘rasizlar*.


2–BOB

Isoning dastlabki mo‘jizasi

1 Ikki kundan keyin Jaliladagi Ka’na qishlog‘ida nikoh to‘yi bo‘ldi. Isoning onasi o‘sha

yerda edi. 2 Iso bilan shogirdlari ham to‘yga taklif qilingan edilar.

3 Sharob tugay deb qolganda, onasi Isoga:

21 Holbuki, Iso Ma’bad deb O‘zining badanini nazarda tutgan edi. 22 Iso o‘lib tirilgandan keyin, shogirdlari Uning bu gapini esladilar. Shunda Muqaddas bitiklarga va Isoning so‘zlariga ishondilar.

23 Iso Quddusda Fisih bayramida bo‘lganda, ko‘p odamlar Uning qilayotgan mo‘jizali alomatlarini ko‘rib, Unga imon keltirdilar. 24 Ammo Iso odamlarning qanaqaligini bilgani uchun O‘zini ularga ishonmas edi. 25 Inson haqida Unga biron gap aytishning hojati yo‘q edi. Chunki inson dilida nima borligini U bilar edi.


3–BOB

Iso va Nikodim

1 Yahudiy yo‘lboshchilaridan Nikodim ismli bir odam bor edi, u farziylar mazhabida

edi. 2 Bu odam bir kuni kechasi Isoning oldiga kelib, Unga dedi:

16 Zero*, Xudo olamni shunchalik sevdiki, O‘zining yagona O‘g‘lini berdi. Toki Unga ishonganlardan birontasi halok bo‘lmasin, balki abadiy hayotga ega bo‘lsin. 17 Xudo dunyoni hukm qilish uchun emas, balki O‘g‘li orqali qutqarish uchun Uni dunyoga yubordi. 18 Unga ishongan odam hukm qilinmaydi. Unga ishonmagan odam esa allaqachon mahkum bo‘lgan, chunki u Xudoning yagona O‘g‘liga ishonmadi.

19 Hukm shunday dalilga asoslangan: dunyoga nur keldi, ammo odamlar nurdan ko‘ra, zulmatni yaxshi ko‘rdilar, chunki ularning qilmishlari yovuz edi. 20 Qabihlik qilgan odam nurdan nafratlanadi. Qilmishlari fosh bo‘lmasligi uchun u nurdan qochadi.

21 Haqiqat yo‘lini tutgan odam esa nurga keladi. Bunday odamning ishlari Xudo orqali

qilinganligini nur hammaga ayon qiladi.

Yahyo cho‘mdiruvchi Iso Masih haqida guvohlik beradi

22 Shundan keyin Iso shogirdlari bilan Yahudiya o‘lkasiga bordi. Iso ular bilan bir qancha vaqt u yerda qolib, odamlarni suvga cho‘mdirdi. 23 Yahyo ham Saleym degan joyning yaqinidagi Eynon yerida* xalqni suvga cho‘mdirardi. U yer nihoyatda sersuv edi. Odamlar doim Yahyoning oldiga kelib, suvga cho‘mdirilardi. 24 Bu hodisalar Yahyo zindonga tashlanishdan* oldin yuz bergan edi.

25 Shu mahal Yahyoning shogirdlari bilan bir yahudiy kishi orasida tahorat haqida

bahs bo‘ldi. 26 Ular Yahyoning oldiga borib dedilar:

guvohsizlar. 29 Kelin kuyovga tegishlidir. Kuyov jo‘ra esa kuyov yonida turib, uning ovozini eshitganidan sevinib xursand bo‘ladi. Xuddi shunday men ham bugun benihoyat shodman. 30 Masih yuksalishi, men esa pasayishim kerak.

31 Yuqoridan* kelgan Zot hammadan ustundir. Yerdan bo‘lgan odam yerga mansubdir va yerga xos masalalar to‘g‘risida gapiradi. Osmondan Kelgan esa hammadan ustundir. 32 U ko‘rgani va eshitgani haqida guvohlik beradi, ammo hech kim Uning guvohligini qabul qilmaydi. 33 Uning guvohligini qabul qilgan kishi esa Xudoning haqligini tasdiqlaydi. 34 Xudo yuborgan Zot Xudoning so‘zlarini gapiradi. Zero, Xudo O‘z Ruhini Unga cheksiz–o‘lchovsiz beradi. 35 Ota O‘g‘lini yaxshi ko‘radi, U hamma narsani O‘g‘lining qo‘liga topshirgan. 36 Xudoning O‘g‘liga* ishongan har bir odam abadiy hayotga ega bo‘ladi. O‘g‘ilni rad etgan odam esa hayot ko‘rmay, Xudoning g‘azabi ostida qoladi.


4–BOB

Iso va Samariyalik ayol

1-3 Iso Yahyodan ko‘ra, ko‘proq shogird orttirib, suvga cho‘mdiryapti degan xabar farziylarning qulog‘iga yetib bordi. Vaholanki, xalqni Isoning O‘zi emas, shogirdlari suvga cho‘mdirayotgan edilar. Bu xabar farziylarning qulog‘iga yetib borganini Iso eshitgach, Yahudiyani tark etib, yana Jalilaga yo‘l oldi. 4 Yo‘lda U Samariyadan o‘tishi kerak edi. 5 Shunday qilib, U Samariyaning Sixar degan shahriga keldi. Bu shahar Yoqub* o‘z o‘g‘li Yusufga bergan yerga yaqin edi. 6 Yoqubning qudug‘i ham o‘sha yerda edi.

Yo‘l yurib charchagan Iso quduqning yoniga o‘tirdi. Taxminan tush payti* edi. 7 Shu vaqt Samariyalik bir ayol suv olgani kelib qoldi. Iso unga:

qilyapman, — dedi.

18 Ana shu so‘zi uchun yahudiylar Isoni o‘ldirishga yanada ko‘proq harakat qilishdi.

Chunki U nafaqat Shabbat qoidalarini buzdi, balki Xudoni Otam deb, O‘zini Xudoga

tenglashtirgan edi.

O‘g‘ilning hokimiyati

19 Iso yahudiylarga shunday dedi: “Sizlarga chinini aytay: O‘g‘il O‘zidan–O‘zi hech narsa qila olmaydi. Faqat Otasidan ko‘rgan ishlarni qiladi. Osmondagi Ota nimalarni qilsa, O‘g‘il ham xuddi shularni qiladi. 20 Axir, Ota O‘g‘lini yaxshi ko‘radi, O‘zi qilgan hamma ishlarni O‘g‘liga ko‘rsatadi. U O‘g‘liga bundan ham buyukroq ishlarni ko‘rsatadi, shunda hammangiz hayron qolasizlar. 21 Ota o‘liklarni tiriltirib, ularga hayot baxshida etganday, O‘g‘il ham istagan odamiga hayot baxsh etadi. 22 Shuningdek, Ota hech kimni hukm qilmaydi, balki hukm qilish huquqini O‘g‘liga bergan, 23 toki hamma osmondagi Otani hurmat qilganday, O‘g‘lini ham hurmat qilsinlar. Kim O‘g‘ilni hurmat qilmasa, Uni yuborgan Otani ham hurmat qilmagan bo‘ladi.

24 Sizlarga chinini aytay: Mening so‘zlarimni tinglagan va Meni Yuborganga ishongan

kishi abadiy hayotga egadir. U hukm qilinmaydi. Zotan, u o‘limdan hayotga o‘tgan.

25 Sizlarga chinini aytay: o‘liklar Xudo O‘g‘lining* ovozini eshitadigan vaqt keladi, kelib qoldi ham. O‘g‘ilning ovoziga quloq solganlar tiriladi. 26 Zero, Otaning O‘zi hayot manbayi bo‘lgani kabi, O‘g‘liga ham hayot manbayi bo‘lish qudratini ato qildi. 27 Bundan tashqari, samoviy Ota insonlarni hukm qilish hokimiyatini O‘g‘liga berdi, chunki U Inson O‘g‘lidir. 28 Bunga hayron qolmanglar! Qabrda yotgan marhumlarning hammasi Inson O‘g‘lining ovozini eshitadigan vaqt keladi. 29 Shunda o‘liklar qabrlaridan chiqadilar:

yaxshilik qilganlar yashash uchun tiriladi, yomonlik qilganlar esa mahkum bo‘lish uchun

tiriladi.

Iso haqida Xudoning bergan guvohligi

30 Men O‘zimdan O‘zim hech narsa qilolmayman. Osmondagi Otam Menga qanday aytsa, shunday hukm qilaman, shuning uchun hukmim to‘g‘ridir. Zotan, Men O‘z irodamni emas, balki Meni yuborgan Otamning irodasini bajo keltirishni istayman.

31 Agar Men O‘zim haqimda O‘zim guvohlik bersam, Mening guvohligim haqiqiy bo‘lmaydi. 32 Ammo Men haqimda guvohlik beruvchi boshqasi bor. Uning bergan guvohligi haqiqat ekanligini bilaman.

33 Sizlar Yahyoning oldiga odam yubordingizlar, u haqiqat to‘g‘risida guvohlik berdi.

34 Garchi Men insonning guvohligiga muhtoj bo‘lmasam–da, lekin bularni sizlar najot topishingiz uchun aytyapman. 35 Yahyo go‘yo yonib turib, nur sochgan bir chiroqday edi. Sizlar esa uning nurida birpas quvonmoqchi bo‘ldingizlar. 36 Biroq Men Yahyodan ko‘ra, kattaroq guvohlikka egaman. Guvohlik deb, Men tugatishim uchun osmondagi Otam bergan ishlarni nazarda tutyapman. Bularning hammasi Meni Otam yuborganidan dalolat beradi.

37 Meni yuborgan Otamning O‘zi ham Men haqimda guvohlik berib turibdi. Sizlar esa hech qachon Uning ovozini eshitmagansiz, qiyofasini ham ko‘rmagansiz. 38 Uning kalomi ham ko‘nglingizdan joy olmadi, chunki sizlar U yuborgan Zotga ishonmayapsizlar.

39 Sizlar Muqaddas bitiklarni* tekshirasizlar, chunki ular orqali abadiy hayotga ega

bo‘lamiz, deb o‘ylaysizlar. Ammo o‘sha Yozuvlar Men to‘g‘rimda guvohlik beradi–ku!

40 Sizlar esa hayotga ega bo‘lish uchun oldimga kelishni istamaysizlar.

41 Men insonlardan tahsin kutmayman. 42 Lekin sizlarni bilaman, qalbingizda Xudoning sevgisi yo‘q. 43 Men Otamning nomidan keldim, ammo sizlar Meni qabul qilmayapsizlar. Agar kimdir o‘z nomidan kelsa, uni qabul qilaverasizlar. 44 Sizlar bir– biringizdan tahsinlar olishni yaxshi ko‘rasizlar, lekin yagona Xudoning tahsiniga sazovor bo‘lishga harakat qilmaysizlar. Qanday qilib ham Menga ishona olardingiz?! 45 Men sizlarni Ota oldida ayblayman, deb o‘ylamanglar. Sizlar Musoga umid bog‘lagansizlar.

Musoning o‘zi sizlarni ayblaydi. 46 Agar Musoga ishonganingizda edi, Menga ham ishongan bo‘lar edingizlar. Axir, u Men haqimda yozgan edi. 47 Musoning yozuvlariga ishonmagan bo‘lsangiz, Mening so‘zlarimga qanday ishonasizlar?!”


6–BOB

Iso 5000 kishini to‘ydiradi

1 Shundan keyin Iso qayiqda Jalila ko‘lining narigi qirg‘og‘iga suzib o‘tdi* (Jalila ko‘lini Tiberiyas ko‘li deb ham atashardi). 2 Bir talay xaloyiq Isoning orqasidan ergashib borardi. Chunki Iso mo‘jizali alomatlar orqali xastalarni sog‘aytirganini ular ko‘rgan edilar. 3 U shogirdlari bilan toqqa chiqib o‘tirdi. 4 Yahudiylarning Fisih bayrami yaqinlashayotgan edi.

5 Iso qarasa, bir talay xaloyiq U tomonga kelayotgan ekan. Iso Filipdan:

40 — Uni emas, Barabbasni ozod qiling! — deb baqirdi ular. Barabbas esa isyonda ishtirok etgandi.


19–BOB

Iso o‘limga hukm qilinadi

1 Shundan keyin Pilat* Isoni olib ketishni va qamchilatishni buyurdi. 2 Rim askarlari

tikanlardan toj o‘rib, Isoning boshiga qo‘ydilar, ustiga safsar to‘n kiydirdilar. 3 Isoning

oldiga qayta–qayta kelib:

deyishdi.

Shu tariqa Muqaddas bitiklardagi quyidagi so‘zlar bajo bo‘ldi:


“Kiyimlarimni ular o‘zaro bo‘lishgan, Libosim uchun qur’a tashlashgan.”*


Askarlar xuddi shunday qildilar.

25 Isoning xochi yonida Uning onasi va xolasi, Klopasning xotini Maryam hamda Magdalalik* Maryam turar edilar. 26 Iso onasini va onasi yonida turgan sevikli shogirdini* ko‘rdi. Iso onasiga:

31 O‘sha kuni Shabbat arafasi edi. Ertangi Shabbat kuni nihoyatda tabarruk kun* hisoblangani uchun, yahudiylar jasadlarni xochda qoldirishni istamadilar. Ular Pilatning oldiga borib, xochga mixlangan odamlarning boldirlarini sindirib tashlab*, xochdan tushirishni so‘radilar. 32 Shunda askarlar borib, Iso bilan birga xochga mixlangan birinchi, so‘ngra ikkinchi odamning boldirlarini sindirib tashladilar. 33 Isoning oldiga kelib, Uning o‘lib bo‘lganini ko‘rdilar. Shuning uchun boldirlarini sindirmadilar. 34 Lekin askarlardan biri Isoning biqinini nayza bilan teshdi, shu zahoti Uning biqinidan qon bilan suv oqib chiqdi. 35 Bu hodisani ko‘rgan kishi*, sizlar ham ishoninglar deb, guvohlik berib kelmoqda. Uning guvohligi haqiqatdir, u haqiqat aytayotganini biladi. 36 Bu hodisa Muqaddas bitiklardagi: “Bironta ham suyagi sindirilmaydi”* degan so‘zlar amalga oshishi uchun ro‘y berdi. 37 Muqaddas bitiklarning boshqa bir joyida shunday deyilgan: “Ular o‘zlari nayza sanchgan Odamga qaraydilar.”*

Iso dafn qilinadi

38 Arimateyalik* Yusuf Isoning shogirdi edi, lekin yahudiylardan qo‘rqqani uchun buni yashirib yurar edi. Iso o‘lgandan keyin Yusuf Pilatdan Isoning jasadini xochdan tushirib olishni iltimos qildi. Pilat ijozat berdi. Shunda Yusuf borib, Isoning jasadini xochdan tushirib oldi. 39 Ilgari Isoning oldiga kechasi borgan Nikodim* ham Yusuf bilan

birga edi. Nikodim ikki pud* mirra* va aloe moylarining qorishmasini olib kelgandi. 40 Ular ikkovi Isoning jasadini olib, yahudiylarning dafn odatlariga ko‘ra, bu muattar moddalarni surtib, Uni kafanladilar. 41 Iso xochga mixlangan joyning yaqinida bir bog‘ bor edi. U bog‘da hali hech kim qo‘yilmagan yangi bir qabr bor edi. 42 O‘sha kun yahudiylarning Shabbat arafasi bo‘lgani uchun ular, bu joy yaqinroq, deb Isoning jasadini o‘sha qabrga qo‘ydilar.


20–BOB

Iso tiriladi

1 Yakshanba kuni erta saharda, kun yorishmasdan, Magdalalik* Maryam qabrning oldiga kelib, qabr og‘zidagi toshning ag‘darilganini ko‘rdi. 2 So‘ng u yugurib, Butrus* va Isoning sevikli shogirdi* oldiga borib dedi:

— Hazratimizning jasadini qabrdan olib ketishibdi. Uni qayerga qo‘yishganini

bilmaymiz.

3 Butrus va boshqa shogird qabr tomon jo‘nashdi. 4 Ikkovi birga yugurib ketishdi.

Ammo u shogird Butrusdan tezroq yugurib, qabrga birinchi bo‘lib yetib keldi. 5 U engashib ichkariga qaradi–da, u yerda yotgan kafanni ko‘rdi. Lekin qabrga kirmadi.

6 Uning orqasidan Butrus yetib kelib, qabrga kirdi. U yerda yotgan kafanni 7 va Isoning boshiga o‘ralgan ro‘molni ko‘rdi. Ammo ro‘mol kafan bilan birga emas, alohida joyga yig‘ishtirib qo‘yilgan edi. 8 Shunda avval kelgan shogird ham qabrga kirdi. Ko‘rgandan keyingina ishonch hosil qildi. 9 Chunki ular Muqaddas bitiklardagi, Iso o‘likdan tirilishi kerak degan so‘zlarni shu paytgacha tushunmagan edilar.

Iso Maryamga zohir bo‘ladi

10 Shundan so‘ng shogirdlar yana o‘z uylariga qaytib ketdilar. 11 Maryam esa

qabrning tashqarisida turganicha, yig‘lar edi. Yig‘layotib, bir egilib qabr ichiga qaradi.

12 Shunda oq kiyim kiygan ikki farishtani ko‘rib qoldi. Biri Isoning jasadi yotgan joyning

bosh tomonida, ikkinchisi esa oyoq tomonida o‘tirgan edi. 13 Ular Maryamga:

baxtlidir!

Kitobning mohiyati

30 Isoning bu kitob tarkibiga kiritilmagan yana ko‘p mo‘jizali alomatlariga shogirdlar guvoh bo‘lganlar. 31 Kitobga kiritilgan mo‘jizalar esa sizlar uchun yozilgan. Toki sizlar Isoning Masih, Xudoning O‘g‘li* ekanligiga ishonib, bu imoningiz tufayli hayotga ega bo‘linglar.


21–BOB

Iso ko‘l bo‘yida zohir bo‘ladi

1 Bu hodisalardan keyin Iso Jalila ko‘li* bo‘yida yana shogirdlariga zohir bo‘ldi. Bu shunday ro‘y berdi: 2 Butrus*, To‘ma, ya’ni Didimus*, Jaliladagi Ka’na qishlog‘idan bo‘lgan Natanil, Zabadiyoning o‘g‘illari* va boshqa ikki shogird — hammalari birga yig‘ilgan edilar. 3 Butrus yonidagilarga:

23 Shunday qilib, imonlilar orasida bu shogird o‘lmaydi degan gap–so‘z tarqalib ketdi.

Holbuki, Iso uni o‘lmaydi, demagandi. U faqat: “Agar Men kelgunimgacha uning tirik qolishini istasam, bundan senga nima?!” — deb aytgan edi.

Xotima

24 Ana shu shogird bu hodisalarning hammasiga guvoh bo‘lib, ularni yozib olgan.

Uning guvohligi haqiqat ekanligini bilamiz. 25 Iso yana ko‘p boshqa ishlar qilgan. Bular birma–bir yozib chiqilganda edi, yozilgan kitoblar olamga ham sig‘mas edi, deb o‘ylayman*.

IZOHLAR

Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

1:1 Kalom — yunoncha matnda logos. Bu yunoncha so‘z yahudiylar uchun ham, yunonlar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Yunon faylasuflari bu so‘zni ishlatganlarida nafaqat og‘izdan chiqqan so‘zni, balki hali tilga olinmagan, xayoldagi fikrni ham nazarda tutganlar. Ular bu so‘zni koinotga nisbatan ishlatganlarida, butun koinotni boshqarib turgan, borliq asosidagi ilohiy ongni nazarda tutganlar. Ba’zi yunonlar logos so‘zini koinot manbayi va ijodkori bo‘lgan bosh Xudoga nisbatan ishlatganlar. Ko‘p yunonzabon yahudiylar logos so‘zini Xudoning donoligiga yoki Xudoning kalomiga nisbatan ishlatganlar, ba’zan esa Xudoning bu dunyodagi ishlarini amalga oshiradigan ilohiy zot timsolida tasavvur qilganlar. Shulardan ko‘rinib turibdiki, Yuhanno bu o‘rinda yahudiylarga ham, yunonlarga ham tushunarli bo‘lgan so‘zni ishlatgan.

1:3 Butun borliq Kalom orqali yaratilgan — Zabur 32:6, 9, Kolosaliklar 1:15-17, Ibroniylar 1:2-3 ga qarang.

1:9 Har bir odamni yoritadigan haqiqiy Nur dunyoga kelayotgan edi — yoki Bu Nur haqiqiy Nur edi, U dunyoga kelgan har bir odamni yoritardi. Bu o‘rindagi yunoncha gapni yuqoridagiday ikki xil ma’noda tushunish mumkin, ammo kitobning keyingi oyatlaridan ko‘rish mumkinki, muallif dunyoga kelayotgan iborasi ostida, haqiqiy Nurga, ya’ni Iso Masihga ishora qilgan (12:46 ga qarang, yana 6:14, 9:39, 11:27, 16:28 ga qarang).

1:13 …Tabiiy yo‘l bilan emas… — yunoncha matnda …Qondan emas…. Ota–onadan

tug‘ilishga ishora.

1:14 yashadi — bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha so‘z chodir o‘rnatish ma’nosini ifodalab, Eski Ahddagi Muqaddas chodirni, Xudo O‘z xalqi orasida yashaydigan joyni eslatadi (Chiqish 25:8 ga qarang).

1:14 Ota — Xudoga ishora. Bu unvon Muqaddas Kitobdagi boshqa hamma kitoblarga qaraganda Yuhanno kitobida ko‘p ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan OTA so‘ziga qarang.

1:14 O‘g‘il — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

1:18 Samoviy Otaning bag‘ridagi, Aslida Xudo bo‘lgan yagona O‘g‘il — yunoncha

matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida samoviy Otaning bag‘ridagi yagona O‘g‘il.

1:19-20 ruhoniy — Quddusdagi Ma’badda xizmat qiladigan e’tiborli din rahnamosi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi RUHONIY so‘ziga qarang.

1:19-20 levi — Quddusdagi Ma’badda ruhoniyga xizmat qilishda yordam beradigan odam. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi LEVI, LEVILAR so‘ziga qarang.

1:19-20 Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar

yozilgan. Yangi Ahdga ko‘ra Rabbimiz Iso o‘sha Masihdir. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi MASIH so‘ziga qarang.

1:21 Ilyos — Eski Ahd davrida yashagan eng buyuk payg‘ambarlardan biri. Yahudiylar

Ilyosning qaytib kelishini intizorlik bilan kutishardi (Malaki 4:5-6 ga qarang).

1:21 Biz kutayotgan payg‘ambarmisan? — Muso Isroil xalqiga, Xudo sizlar uchun menga

o‘xshagan payg‘ambar yuboradi, bu payg‘ambar o‘z orangizdan kelib chiqadi, deb aytgan edi (Qonunlar 18:15-19 ga qarang). Ko‘p yahudiylar bu payg‘ambar dunyoning so‘nggi damlarida kelib, ularni zolimlardan qutqarishiga ishonardilar. Musoning bashorati Iso Masihda ro‘yobga chiqdi (Havoriylar 3:17-26 ga qarang).

1:23 Ishayo payg‘ambar aytganiday… — muallif bu o‘rinda Ishayo 40:3 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.

1:24 Farziylar — yahudiylarning muhim bir diniy mazhabi. Farziylar Tavrot qonunlariga qat’iy rioya qilardilar, og‘zaki ravishda tarqalgan urf–odatlarga hamda poklanish udumlariga izchil amal qilardilar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi FARZIY so‘ziga qarang.

1:24 Farziylar tomonidan yuborilgan bu odamlar… — yoki Ba’zi farziylar ham yuborilgan edilar. Ular….

1:27 U mening ortimdan kelyapti… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida

U mening ortimdan kelyapti, lekin mendan ilgari bor bo‘lgan.

1:28 Baytaniya — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Baytavara. Bu oyatdagi Baytaniya qishlog‘i Maryam va Martaning akasi Lazar yashagan, Quddus yonidagi Baytaniya emas (11:1 ga qarang).

1:34 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

1:38 Ravviy — oramiycha so‘z. Ba’zi kitobxonlar oramiy tilini bilmaganlari uchun, muallif mana shu so‘zning ma’nosini tushuntirib o‘tgan. Kitobning boshqa joylarida oramiycha Ravviy so‘zi Ustoz deb tarjima qilingan.

1:39 soat to‘rt — yunoncha matnda o‘ninchi soat, yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, kunning bu payti o‘sha soat bilan belgilanar edi.

1:40 Shimo‘n — yunoncha matnda Shimo‘n Butrus. Butrus ismini unga Iso Masih bergan edi (shu bobning 42–oyatiga qarang). Ba’zan u haqda so‘z yuritilganda, ikkala ism ham birgalikda ishlatiladi.

1:42 Yuhanno — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida bu ismning boshqa

varianti Yunus.

1:42 Kifas — oramiycha ism.

1:45 Natanil — an’anaga ko‘ra, Bartolomeyning yana bir ismi. Bartolomey o‘n ikki havoriydan biri edi (Matto 10:3, Mark 3:18, Luqo 6:14 ga qarang). Bu oramiycha ismning ma’nosi Tolomey o‘g‘li deganidir.

1:45 …Tavrot kitobida…payg‘ambarlar…o‘zlarining bitiklarida… — odatda yahudiylar, Eski Ahd to‘plami uch qismdan iborat, deb aytadilar. Bu uch qism quyidagilardir: Tavrot (Musoning qonuni degan nom bilan ham yuritiladi), Payg‘ambarlar bitiklari (uning

tarkibiga ba’zi tarixiy kitoblar ham kirgan) va Bitiklar (Zabur bu qismning birinchi kitobidir). Yahudiylar ba’zan dastlabki ikki qism “Tavrot va Payg‘ambarlar bitiklari” deganda butun Eski Ahd to‘plamini nazarda tutadilar.

1:47 …Isroilning haqiqiy avlodi…hiyla degan narsani bilmaydi — bu o‘rinda Yoqub va hiyla so‘zlariga so‘z o‘yini ishlatilgan bo‘lishi mumkin, chunki Yoqub ismi “hiyla, yolg‘on” ma’nosi bildiradigan so‘zdan kelib chiqqan (Ibtido 25:26 izohiga qarang). Tarjimada aytib o‘tilgan Isroil Yoqubning ikkinchi ismi edi. Xudo Yoqubga Isroil deb ism berishdan oldin, Yoqub akasi Esovni va o‘z otasi Is’hoqni aldagan edi.

1:51 Inson O‘g‘li — Iso Masih ko‘pincha O‘ziga nisbatan ishlatgan unvon. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi INSON O‘G‘LI iborasiga qarang.

1:51 …sizlar…ko‘rasizlar — yahudiylarning bobokaloni Yoqub akasi Esovdan qochayotgan paytda shunga o‘xshagan tush ko‘rgan edi (Ibtido 28:10-15 ga qarang). Bu oyatda Iso O‘zining hokimiyati osmondan berilganini, U orqali Xudo O‘zini yer yuzida tanitishini va Yoqubga tushida bergan va’dasini bajarishini nazarda tutadi.

2:6 o‘n–o‘n ikki chelak — yunoncha matnda ikki–uch o‘lchov, taxminan 80-120 litrga

to‘g‘ri keladi.

2:13 Fisih bayrami — Fisih ziyofatiga va undan keyin yetti kun davomida nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayramiga ishora. Bu bayramlar Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod bo‘lishi munosabati bilan nishonlanar edi (Chiqish 12:1-42, 13:3-10 ga qarang).

2:14 sarroflar — pul ayirboshlovchilar. Ular Rim va Yunon tangalarini yahudiylarning shaqaliga almashtirganlar. Ma’bad solig‘ini to‘lash va qurbonlik qilinadigan hayvonlarni sotib olish uchun shaqal ishlatilgan.

2:17 Zabur 68:10 ga qarang.

2:20 Bu Ma’bad qirq olti yildan beri qurilyapti… — Buyuk Hirod (miloddan oldingi 37-4 yillarda hukmronlik qilgan) Ma’badni miloddan oldingi 19 yilda qayta qurishni boshlagan va qurilish ishlari Iso Masih davrida ham davom etayotgan edi.

3:3 qaytadan — bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha so‘z qaytadan yoki yuqoridan degan ma’nolarni bildiradi. Muallif bu ikkala ma’noni ham nazarda tutgan bo‘lishi mumkin. Bu yunoncha so‘z shu bobning 7, 31–oyatlarida ham ishlatilgan.

3:3 Xudoning Shohligi — Xudoning hozirgi paytda insonlar hayotidagi hukmronligi va oxiratda har bir yaratilgan mavjudotning yangilanishiga ishora. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING SHOHLIGI iborasiga qarang.

3:13 Osmondan tushgan… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida osmonda istiqomat qiladigan va osmondan tushgan.

3:14 bronza ilon — Sahroda 21:4-9 ga qarang.

3:14 Inson O‘g‘li ham xuddi shunday yuqoriga ko‘tarilishi kerak… — Isoning xochdagi

o‘limiga ishora (12:31-33 ga qarang).

3:15 …imonga kelgan har bir kishi U orqali abadiy hayotga ega bo‘ladi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Unga ishongan hech bir kishi halok bo‘lmaydi, balki abadiy hayotga ega bo‘ladi.

3:16 Zero… — shu bobning 16-21–oyatlari Isoning gaplari bo‘lishi mumkin yoki Yuhanno Isoning so‘zlaridan xulosa chiqarib yozayotgan bo‘lishi mumkin.

3:23 …Saleym…Eynon yeri… — ularning qayerda joylashgani bahsli.

3:24 …Yahyo zindonga tashlanishdan oldin… — Mark 6:17-18 ga qarang.

3:31 Yuqoridan… — shu bobning 31-36–oyatlari Yahyoning gaplari bo‘lishi mumkin yoki Yuhanno Yahyoning so‘zlaridan xulosa chiqarib yozayotgan bo‘lishi ham mumkin.

3:36 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

4:5 Sixar…Yoqub — Sixar shahri Shakam yaqinida bo‘lgan. Ibrohimning nabirasi Yoqub Shakamga yaqin joydan yer sotib olgan edi (Ibtido 33:18-19 ga qarang). Keyinchalik bu yer Yusufning avlodlariga ulush qilib berilgan (Yoshua 24:32 ga qarang).

4:6 tush payti — yunoncha matnda oltinchi soat, yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, kunning bu payti o‘sha soat bilan belgilanar edi.

4:9 …Samariyalik ayol bo‘lsam, qanday qilib mendan suv so‘rashga jur’at etdingiz?! — yahudiylar Samariyaliklardan hazar qilishar edi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SAMARIYALIK so‘ziga qarang. Erkak kishining begona ayol bilan gaplashishi ham odatiy hol emas edi (shu bobning 27–oyatiga qarang).

4:19 Hazrat — yunoncha matnda kurios. Bu o‘rinda obro‘–e’tiborli insonga nisbatan ishlatiladigan so‘z sifatida qo‘llangan (shu bobning 11, 15–oyatlarida taqsir so‘zi bilan tarjima qilingan). To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan RABBIY, RABBIM, RABBIMIZ… so‘ziga qarang.

4:20 bu tog‘ — Garizim tog‘i nazarda tutilgan. Xudoga sajda qilishga eng munosib joy qayerda ekanligi haqida yahudiylar va Samariyaliklar o‘rtasida anchadan beri qizg‘in bahs borardi. Samariyaliklarning aytishi bo‘yicha, Xudoga sajda qilish uchun eng munosib bo‘lgan joy Quddusdagi Sion tog‘i emas, balki ular tabarruk hisoblagan Garizim tog‘idir. Ayol “ota–bobolarimiz” deganda o‘sha yerda qurbongoh qurgan va Xudoga sajda qilgan Ibrohim va Yoqubni nazarda tutgan (Ibtido 12:6-7, 33:18-20 ga qarang).

Samariyaliklarning Tavrotiga ko‘ra, Muso xalqqa Ebal tog‘ida emas, balki Garizim tog‘ida qurbongoh qurishni buyurgandi (Qonunlar 27:2-7 ga qarang). Samariyaliklar o‘zlarining bu qarashlarini mana shu oyatlar bilan asoslamoqchi bo‘lardilar. Ular taxminan miloddan oldingi 400 yilda Garizim tog‘ida ma’bad qurganlar. Bu ma’badni yahudiylar taxminan miloddan oldingi 128 yilda buzib tashlaganlar. Buning oqibatida yahudiylar va Samariyaliklar orasidagi dushmanlik yanada kuchaygan.

4:22 Sizlar…kimga sajda qilayotganingizni bilmaysizlar… — Samariyaliklarning Xudo haqidagi tushunchasi cheklangandi, chunki ular Eski Ahdni to‘lig‘icha qabul qilmasdilar. Ularning Muqaddas bitiklari faqatgina Tavrotdan iborat edi.

4:42 …olamning Najotkori ekanligiga amin bo‘ldik — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida olamning Najotkori — Masih ekanligiga amin bo‘ldik.

4:46 saroy amaldori — Hirod Antipasning amaldorlaridan biri bo‘lishi mumkin. Hirod

Antipas Jalila va Pereya hududlarida hukmronlik qilgan.

4:52 soat birlarda — yunoncha matnda yettinchi soat, yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra,

kunning bu payti o‘sha soat bilan belgilanar edi.

5:2 oramiycha — bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha so‘z ibroniy tilini yoki oramiy tilini bildirishi mumkin. O‘sha paytda qadimgi Falastinda yashagan yahudiylar odatda oramiy tilida gaplashar edilar.

5:2 Baytzada — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Baythasda.

5:3-4 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar 3–oyatning oxiri va 4–oyatni tashkil etib, qo‘shimcha qilingan: Ular suvning qimirlashini intizor bo‘lib kutar edi. 4 Chunki Egamizning bir farishtasi goh–goh hovuzga tushib, suvni harakatga keltirar edi. Suv qimirlashi bilan hovuzga birinchi bo‘lib kim tushsa, har qanday xastalikdan xalos bo‘lar edi.

5:10 Shu kuni to‘shakni ko‘tarib yurish qonunda man etilgan! — farziylar Tavrotdagi qonunni (Chiqish 34:21, Yeremiyo 17:21-22, Naximiyo 13:15 ga qarang) o‘zlaricha jiddiy sharhlab, hatto inson hayotiga oid ikir–chikirlarni ham qonun darajasiga ko‘targanlar. Shuning uchun ular sog‘ayib ketgan odam qilgan ishni Shabbat kuniga xilof ish deb hisoblaganlar. Yana Matto 12:9-12 ga qarang.

5:16 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: va Uni o‘ldirish yo‘lini izlay boshladilar.

5:25 Xudo O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

5:39 Muqaddas bitiklar — odatda Eski Ahd kitoblari to‘plami shu nom bilan ataladi.

6:1 …Jalila ko‘lining narigi qirg‘og‘iga… — bu ibora ko‘lning o‘sha qirg‘og‘idagi boshqa bir joyga qayiq bilan suzib borishni ham bildirishi mumkin. Iso aynan qayerda olomonga taom yetkazib bergani aniq emas. An’anaga ko‘ra, Iso bir necha ming kishini to‘ydirgan bu joy ko‘lning shimoli–g‘arb tomonida, Jaliladagi Baytsaydaga yaqin edi.

6:7 ikki yuz kumush tanga — yunoncha matnda ikki yuz dinor. Dinor Rim kumush tangasi bo‘lib, mardikorning bir kunlik ish haqi edi.

6:8 Butrus — yunoncha matnda Shimo‘n Butrus (shu bobning 68–oyatida ham bor). 1:40 izohiga qarang.

6:11 …o‘tirganlarning hammasiga tarqatdi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida shogirdlariga, shogirdlar esa o‘tirganlarning hammasiga tarqatdi.

6:14 dunyoga kelishi kerak bo‘lgan payg‘ambar — 1:21 ning ikkinchi izohiga qarang.

6:17 ko‘lning narigi tomoni — shu bobning 1–oyati izohiga qarang.

6:19 besh chaqirimcha — yunoncha matnda 25-30 stadion, taxminan 5-6 kilometrga

to‘g‘ri keladi.

6:23 Tiberiyas — Jalila ko‘lining g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan shahar.

6:25 ko‘lning narigi bo‘yi — shu bobning 1–oyati izohiga qarang.

6:31 manna — Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin to Kan’on yurtiga kirguncha, Xudo ularga yetkazib turgan maxsus yegulik. Manna, Shabbat kunidan tashqari, har kuni kechasi yerga yog‘ilardi, odamlar saharda turib, uni yig‘ib olishardi (Chiqish 16:13-35, Yoshua 5:12 ga qarang).

6:31 Zabur 77:24 ga qarang.

6:45 Ishayo 54:13 ga qarang.

6:69 Xudoning Azizi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Masih — barhayot Xudoning O‘g‘li.

7:2 Chayla bayrami — bu bayram kuzda yig‘im–terim tugagan paytga to‘g‘ri keladi.

7:21 Men Shabbat kuni bitta mo‘jiza qilganim… — 5:1-18 ga qarang.

7:22 sunnat odati — sunnat Xudoning Ibrohim va uning avlodi bilan qilgan ahd belgisi edi (Ibtido 17:9-14 ga qarang). Sunnat yahudiylarning Xudoga sodiqligini va Uning tanlagan xalqiga tegishli ekanini ko‘rsatadi.

7:32 bosh ruhoniylar — jamiyatning boshqa e’tiborli odamlari qatorida Oliy kengash a’zolari edilar. Oliy kengash yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi edi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi BOSH RUHONIYLAR iborasiga qarang.

7:32 Ma’bad mirshablari — Ma’badni qo‘riqlash va u yerda tartib saqlash uchun mas’ul bo‘lgan yahudiy harbiylari.

7:35 …boshqa yurtlarda…G‘ayriyahudiylarga… — yunoncha matnda …yunonlar orasida…Yunonlarga…. O‘sha davrda yunonlar so‘zi nafaqat millati yunon bo‘lgan, balki yunon tilida so‘zlashuvchi, yunon urf–odatlariga rioya qiluvchi odamlarga nisbatan ham ishlatilgan. Bu o‘rinda yahudiylarning Xudosiga sajda qilgan g‘ayriyahudiylar nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin (12:20 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

7:40 biz kutgan payg‘ambar — 1:21 ning ikkinchi izohiga qarang. 7:42 Muqaddas bitiklarda…deb aytilmaganmi?! — Mixo 5:2 ga qarang. 7:50 Nikodim — 3:1-15 ga qarang.

7:52 Yuhanno kitobining eng qadimgi yunon qo‘lyozmalari va tarjimalari 7:53-8:11 ni

o‘z ichiga olmagan.

8:1 Zaytun tog‘i — Quddus shahrining sharqiy devori bo‘ylab o‘tgan Qidron soyligining

narigi tomonidagi tepalik.

8:3 Tavrot tafsirchilari — Musoning qonunini juda yaxshi bilgan ziyoli odamlar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi TAVROT TAFSIRCHISI iborasiga qarang.

8:5 Muso qonunda…buyurgan — Qonunlar 22:22-24 ga qarang.

8:9 …bu gapni eshitib… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida bu gapni

eshitib, vijdonan fosh bo‘lishdi.

8:17 Qonunlar 19:15 ga qarang.

8:28 Inson O‘g‘lini yuqoriga ko‘targaningizda… — Isoning xochdagi o‘limiga ishora

(3:14, 12:31-33 ga qarang).

8:48 Samariyalik — yahudiylar Samariyaliklardan hazar qilishar edi. Bu o‘rinda kamsitish niyatida ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SAMARIYALIK so‘ziga qarang.

8:58 …Ibrohim tug‘ilmasdan oldin Men bor bo‘lganman — Isoning bu gapini yahudiylar

kufrlik deb hisoblab, Uni toshbo‘ron qilmoqchi bo‘ldilar, chunki faqatgina Xudo O‘zi

haqida shunday deb ayta olardi (Chiqish 3:14, Ishayo 41:4 ga qarang).

8:59 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: U ularning orasidan o‘tib ketdi, hech kim buni sezmadi.

9:16 …U Shabbat kuniga rioya qilmayapti… — farziylar Tavrotdagi qonunni (Chiqish 34:21 ga qarang) o‘zlaricha jiddiy sharhlab, hatto inson hayotiga oid ikir–chikirlarni ham qonun darajasiga ko‘targanlar. Shuning uchun ular Iso qilgan ishni Shabbat kuniga xilof ish deb hisoblaganlar.

9:35 Inson O‘g‘li — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Xudoning O‘g‘li.

10:22 Ma’badni bag‘ishlash bayrami — bu bayramning yana bir nomi Xanuka. Xanuka bayrami Xislav oyida — ibroniy kalendarining to‘qqizinchi oyi, 25 kunida boshlanib, 8 kun nishonlanardi. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan noyabrning o‘rtasidan boshlanadi. Ma’bad Antiox IV tomonidan harom qilingandan keyin (Doniyor 9:27 ning oxirgi izohiga qarang), yahudiy vatanparvari Yahudo Makkavey tomonidan miloddan oldingi 165 yilda o‘z holiga keltirilib, Xudoga bag‘ishlangan. Ma’badning tiklanishi va Xudoga bag‘ishlanishi Xanuka bayrami davomida nishonlanardi.

10:23 Sulaymon ayvoni — oldi ochiq, keng joy. Bu ayvon Ma’bad hovlisining sharqiy devori bo‘ylab qurilgan bo‘lishi mumkin. Uning qator baland ustunlari bo‘lgan. Shoh Hirod qurdirgan bu Ma’badning loyihasi va rasmi lug‘atdan keyin ilova qilingan “Rasmlar va loyihalar” bo‘limida berilgan.

10:34 Muqaddas bitiklar — yunoncha matnda qonun. Ba’zan Eski Ahd kitoblari to‘plamiga nisbatan qonun so‘zi ishlatilgan.

10:34 Zabur 81:6 oyatga va Zabur 81:1 ning ikkinchi izohiga qarang.

10:36 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

11:1 Baytaniya qishlog‘i — Quddus shahrining sharqiy devori bo‘ylab o‘tgan Qidron

soyligining narigi tomonida joylashgan edi.

11:2 …o‘sha Maryam edi — 12:1-8 ga qarang.

11:4 Xudo O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

11:16 To‘ma, ya’ni Didimus — uning oramiycha ismi To‘ma, yunonchasi Didimus edi. Ikkala tilda ham bu ismlarning ma’nosi — egizak.

11:18 uch chaqirimcha — yunoncha matnda o‘n besh stadion, taxminan 3 kilometrga

to‘g‘ri keladi.

11:47 Oliy kengash — yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi OLIY KENGASH iborasiga qarang.

11:49 Kayafas — 18:13 izohiga qarang.

11:52 Xudoning tarqoq bo‘lgan hamma farzandlari — Iso Masihga imon keltiradiganlarning hammasiga ishora (1:11-12 ga qarang).

11:54 Efrayim shahri — O‘fra nomi bilan ham mashhur bo‘lgan, Quddusdan qariyb 24

kilometr shimoli–sharqda joylashgan shahar nazarda tutilgan bo‘lsa kerak.

12:1 Baytaniya — 11:1 izohiga qarang.

12:3 bir shisha — yunoncha matnda litra, taxminan yarim litrga to‘g‘ri keladi.

12:3 sunbul moyi — yana bir nomi nard. Bu moy quyuq, och jigar rang, juda ham qimmat, juda xushbo‘y bo‘lgan.

12:5 uch yuz kumush tanga — yunoncha matnda uch yuz dinor. Dinor Rim kumush

tangasi bo‘lib, mardikorning bir kunlik ish haqi edi.

12:7 …u Meni dafn kunimga tayyorladi — yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, jasad dafn qilinishidan oldin unga xushbo‘y hidli ziravorlar va moylar surtilar edi (Luqo 23:55-56, Yuhanno 19:38-40 ga qarang). Maryam qilgan ishining ma’nosini o‘zi tushunganmi yoki yo‘qmi, aniq emas, ammo uning bu harakati Isoning o‘limi yaqinlashib qolganini bildirardi.

12:13 palma daraxti shoxlari — hayot va najot ramzi bo‘lib, g‘olib lashkarboshiga yoki

shohga hurmat–ehtirom ko‘rsatishda foydalanilgan.

12:13 Egamiz nomidan kelayotgan Inson baraka topsin! — Zabur 117:26 ga qarang.

12:15 Quddus xalqi — yunoncha matnda qiz Sion, Quddus ahliga nisbatan qo‘llangan she’riy usul. Quddusdagi Ma’bad qurilgan tepalik Sion tog‘i deb atalgan. Eski Ahddagi she’riy parchalarda va payg‘ambarlar bitiklarida Sion so‘zi ko‘pincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SION so‘ziga qarang.

12:15 Zakariyo 9:9 ga qarang.

12:20 g‘ayriyahudiylar — yunoncha matnda yunonlar (7:35 izohiga qarang). Bu o‘rinda yahudiylarning Xudosiga sajda qiladigan, ammo yahudiylarning madaniyati va urf– odatlarini to‘liq qabul qilmagan odamlar nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

12:31 bu dunyoning yovuz hukmdori — ya’ni shayton.

12:38 Ishayo 53:1 ga qarang.

12:40 Ishayo 6:10 ga qarang.

12:47 …rioya qilmasa… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida ishonmasa.

13:6 Butrus — yunoncha matnda Shimo‘n Butrus (shu bobning 9, 24, 36–oyatlarida ham bor). 1:40 izohiga qarang.

13:18 Zabur 40:10 ga qarang.

13:19 Masih Men ekanligim — yoki Men o‘sha ekanligim, ya’ni Xudo tomonidan yuborilgan, Muqaddas bitiklarda bashorat qilinganiday, xiyonat qurboni bo‘ladigan Masih.

13:23 Isoning sevikli shogirdi — ya’ni Yuhanno.

14:7 …tanib–bilasizlar — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida tanib–bilgan

bo‘lardingiz.

14:16 Homiy — Muqaddas Ruhning unvoni. Bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha so‘z birortasiga yordam berish uchun doim uning yonida bo‘ladigan insonni yoki Zotni bildiradi. Bu so‘zni shafoat qiluvchi, nasihatgo‘y, madadkor, yupatuvchi deb tarjima qilsa ham bo‘ladi. Bu yunoncha so‘z yuqoridagi so‘zlarga qaraganda kengroq ma’noga ega

bo‘lgani uchun, o‘zbek tiliga Homiy deb tarjima qilingan. 14:26 Homiy — shu bobning 16–oyati izohiga qarang. 14:30 bu dunyoning yovuz hukmdori — ya’ni shayton.

15:20 degan so‘zim — 13:12-17 ga qarang.

15:25 Zabur 34:19, 68:5 ga qarang.

15:26 Homiy — 14:16 izohiga qarang.

16:7 Homiy — 14:16 izohiga qarang.

16:11 bu dunyoning yovuz hukmdori — ya’ni shayton.

16:16 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar Isoning gapiga qo‘shimcha qilingan: chunki Men Otamning oldiga ketyapman.

17:11 Menga bergan O‘z noming qudrati ila ularni omon saqla — yunoncha matndan.

Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida O‘z noming qudrati ila Menga berganlaringni omon saqla.

17:12 …Menga bergan noming qudrati ila ularni omon saqladim. Ularni asradim… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida …noming qudrati ila ularni omon saqladim. Sen Menga berganlarni asradim….

17:12 Muqaddas bitiklarda aytilganlar — 13:18-19 ga va Havoriylar 1:15-20 ga qarang.

17:12 halokatga mahkum bo‘lgan odam — Isoga xiyonat qilgan Yahudo nazarda tutilgan.

18:1 Qidron soyligi — Quddus shahridan sharqda, shahar bilan Zaytun tog‘i oralig‘idan o‘tgan.

18:3 Ma’bad mirshablari — 7:32 ning ikkinchi izohiga qarang.

18:9 Sen Menga bergan odamlardan hech birining yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymadim — 6:39, 17:12 ga qarang.

18:10 Butrus — yunoncha matnda Shimo‘n Butrus (shu bobning 15, 25–oyatlarida ham bor). 1:40 izohiga qarang.

18:11 azob kosasi — yunoncha matnda kosa, Isoning azoblari va xochdagi o‘limiga ishora. “Kosadan ichmoq” iborasi azob–uqubat tortib, jazo olish ma’nosini bildiradi (misol uchun, Zabur 74:9, Ishayo 51:17, Yeremiyo 25:15 ga qarang).

18:13 Xanan…Kayafasning qaynatasi edi — Xanan milodiy 6-15 yillarda oliy ruhoniy bo‘lib xizmat qilgan. Rim hukumati uni bu lavozimdan chetlatgandan keyin, uning o‘rnini kuyovi Kayafas egallab, milodiy 18-37 yillarda oliy ruhoniy bo‘lib xizmat qildi. Xanan o‘z vazifasidan chetlatilganiga qaramay, xalq uni hamon oliy ruhoniy deb bilardi, u yahudiylar jamiyatida yuksak e’tibor va nufuzga ega edi (Luqo 3:2 ga qarang).

18:14 o‘sha Kayafas — 11:49-50 ga qarang.

18:15 oliy ruhoniy Xanan — shu bobning 13–oyati izohiga qarang.

18:24 oliy ruhoniy Kayafas — shu bobning 13–oyati izohiga qarang.

18:28 hokim Pilat — Rim hukumati tomonidan Yahudiya viloyatiga tayinlangan hokim.

18:28 …bulg‘anishni istamay hukumat saroyiga kirmadilar — yahudiylarning ta’limotiga ko‘ra, g‘ayriyahudiylarning uyiga kirish ularni harom qilib qo‘yardi.

18:28 Fisih taomi — bir kun oldin, ya’ni Nison oyining o‘n to‘rtinchi kuni Fisih ziyofatida yeyiladigan taom emas. Yangi Ahdda “Fisih” nomi ostida Fisih ziyofati va undan keyin yetti kun davomida nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayrami nazarda tutilgan. Xamirturushsiz non bayrami davomida boshqa taomlar ham tanovul qilinardi, mazkur oyatda o‘sha taomlarga ishora qilingan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun

BAYRAMLAR so‘zi ostida berilgan FISIH ZIYOFATI va XAMIRTURUSHSIZ NON BAYRAMI

iboralariga qarang.

18:32 Iso…aytgan so‘zlari amalga oshishi uchun… — Iso, yuqoriga ko‘tarilaman, deganda, O‘zining xochga mixlanishini nazarda tutgan edi (3:14, 8:28, 12:31-33 ga qarang). Rim qonunlariga ko‘ra, faqatgina Rim hukmdori jinoyatchini o‘limga hukm qila olar edi. Odatda, jamiyatdagi past tabaqa yoki hukumat dushmani hisoblangan odamlar xochga mixlanish yo‘li bilan jazolanar edi.

19:1 Pilat — 18:28 ning birinchi izohiga qarang.

19:6 Ma’bad mirshablari — 7:32 ning ikkinchi izohiga qarang.

19:7 …qonunimizga ko‘ra… — Levilar 24:16 ga qarang.

19:7 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

19:12 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon. Bu o‘rinda Qaysar

Tiberiyga ishora qilingan. U milodiy 14-37 yillarda hukmronlik qilgan.

19:13 oramiycha — 5:2 ning birinchi izohiga qarang.

19:14 Fisih bayrami — Nison oyining o‘n beshinchi kunida boshlanadigan “Xamirturushsiz non bayrami”ga ishora. Yangi Ahdda “Fisih bayrami” nomi ostida Fisih ziyofati va undan keyin yetti kun davomida nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayrami nazarda tutilgan. Yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, yangi kun quyosh botgandan keyin boshlanar edi. Shuning uchun bu oyatda Yuhanno Xamirturushsiz non bayramidan oldingi kunni, ya’ni Nison oyining o‘n to‘rtinchi kuni quyosh botmasdan oldingi paytni nazarda tutgan. Zamonaviy kun hisobiga ko‘ra, bu payt juma kunining quyosh botmasdan oldingi vaqtiga to‘g‘ri keladi. Fisih ziyofati Nison oyining o‘n to‘rtinchi kuni boshlanganda, ya’ni payshanba kuni quyosh botgandan keyin, kechqurun yeyilardi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun BAYRAMLAR so‘zi ostida berilgan FISIH ZIYOFATI va XAMIRTURUSHSIZ NON BAYRAMI iboralariga qarang.

19:14 tush mahali — yunoncha matnda oltinchi soat, yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, kunning bu payti o‘sha soat bilan belgilanar edi.

19:17 xoch — bu o‘rinda xochning ko‘ndalang yog‘ochiga ishora qilingan. O‘limga mahkum qilingan inson bu yog‘ochni hukm ijro qilinadigan joygacha o‘zi ko‘tarib borishi kerak edi.

19:24 Zabur 21:19 ga qarang.

19:25 Magdala — Jalila ko‘lining g‘arbiy qirg‘og‘idagi qishloq.

19:26 sevikli shogird — ya’ni Yuhanno.

19:28 Muqaddas bitiklar — Zabur 21:16, 68:22 ga qarang.

19:29 arzon sharob — bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha so‘z avom xalq kunda ichadigan

nordon sharobga ishora qiladi. Bu sharob Rim askarlari uchun o‘sha yerga olib kelingan bo‘lishi mumkin.

19:29 tayoq — yunoncha matnda issop. Issop buta bo‘lib, uning novdasi nazarda

tutilgan.

19:31 nihoyatda tabarruk kun — har bir Shabbat kuni muqaddas hisoblanardi. Bu yil Xamirturushsiz non bayramining birinchi kuni Shabbat kuniga to‘g‘ri kelgani uchun bu kun nihoyatda tabarruk hisoblangan.

19:31 …boldirlarini sindirib tashlab… — xochga mixlangan odamlar nafas olish uchun oyoqlarini tirab tik turardilar. Ular tezroq jon berishi uchun, boldirlari sindirilgan.

19:35 Bu hodisani ko‘rgan kishi — bu yerda muallif o‘ziga ishora qilyapti. Shu bobning

26–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

19:36 Zabur 33:21 ga qarang. Yana Sahroda 9:12 ga qarang.

19:37 Zakariyo 12:10 ga qarang.

19:38 Arimateya — Quddusdan 35 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan shahar.

19:39 Nikodim — 3:1-15 ga qarang.

19:39 ikki pud — yunoncha matnda yuz litra, taxminan 34 kiloga to‘g‘ri keladi.

19:39 mirra — ma’lum bir daraxtlar yelimidan tayyorlangan xushbo‘y moy.

20:1 Magdala — Jalila ko‘lining g‘arbiy qirg‘og‘idagi qishloq.

20:2 Butrus — yunoncha matnda Shimo‘n Butrus (shu bobning 6–oyatida ham bor). 1:40 izohiga qarang.

20:2 Isoning sevikli shogirdi — ya’ni Yuhanno.

20:16 oramiycha — 5:2 ning birinchi izohiga qarang.

20:20 qo‘llari — yunoncha matndan. Qadimiy slavancha tarjimada qo‘l–oyoqlari.

20:24 To‘ma, ya’ni Didimus — 11:16 izohiga qarang.

20:31 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

21:1 Jalila ko‘li — yunoncha matnda Tiberiyas ko‘li, Jalila ko‘lining yana bir nomi.

21:2 Butrus — yunoncha matnda Shimo‘n Butrus (shu bobning 3, 7, 11–oyatlarida ham bor). 1:40 izohiga qarang.

21:2 To‘ma, ya’ni Didimus — 11:16 izohiga qarang. 21:2 Zabadiyoning o‘g‘illari — ya’ni Yoqub va Yuhanno. 21:7 Isoning sevikli shogirdi — ya’ni Yuhanno.

21:8 ikki yuz tirsak — taxminan 90 metrga to‘g‘ri keladi.

21:15 Shimo‘n Butrus — Iso Masih Shimo‘nga Butrus ismini bergan edi (Mark 3:16, Luqo 6:14 ga qarang). Ba’zan u haqda so‘z yuritilganda, ikkala ism ham birgalikda ishlatiladi.

21:15 Yuhanno — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida bu ismning boshqa

varianti Yunus. Shu bobning 16, 17–oyatlarida ham bor.

21:19 …Butrusning qay yo‘l bilan o‘lib, Xudoni ulug‘lashini bildirdi — bu gap Butrus o‘z imoni uchun qatl qilinishini anglatadi. Shu bobning 18–oyatidagi “qo‘llaringni uzatasan” so‘zlari xochga mixlanishga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin. An’anaga ko‘ra, Butrus oyog‘i osmondan qilib xochga mixlangan.

21:20 Isoning sevikli shogirdi — ya’ni Yuhanno.

21:25 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘z oyatga qo‘shimcha

qilingan: omin.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru