Muqaddas Kitob


YOSHUA

KITOBI

Kirish

Yoshua kitobida Isroil xalqining tarixi bayon etilgan bo‘lib, kitobdan o‘rin olgan voqealar Musoning Tavrot kitobidagi voqealarning uzviy davomidir. Isroil xalqi Xudo Ibrohimga va’da qilgan Kan’on yurtiga kirib, uni zabt eta boshlaydi. Mazkur kitobda nafaqat tarixiy dalillar, balki Xudoning O‘z xalqi bilan bo‘lgan jonli munosabati, va’dalariga sodiqligi, bevafo xalqiga ko‘rsatgan mehr–shafqati bayon qilingan.

Bu kitobning bosh qahramoni Nun o‘g‘li Yoshuadir. Musoning o‘limidan keyin Yoshua Isroil xalqining yo‘lboshchisi qilib tayinlangan edi. Yoshua ismi “Egamiz qutqaradi” degan ma’noni bildiradi. Kitobning shu nom bilan atalishi ham bejiz emas, chunki Xudoning O‘zi xalqini dushmanlaridan qutqarib, sanoqsiz janglarda ularga g‘alaba ato qiladi. G‘alaba harbiy kuch va salohiyat tufayli emas, balki Xudoga bo‘lgan ishonch va Uning so‘ziga itoatkorlik tufayli nasib bo‘lishini Isroil xalqi o‘z tajribasidan bilib oladi.

Kitobning boshida (1-12–boblar) Yoshua Isroil xalqini Kan’on yurtiga olib kirgani va yurtning aksariyat qismini zabt etgani haqida hikoya qilinadi. Kitobning bu qismida ko‘p mo‘jizalar haqida so‘z yuritiladi, masalan, Yerixo shahri uchun bo‘lgan jangda Xudoning qudrati bilan shahar devorlari o‘pirilib tushadi, Givon shahri uchun bo‘lgan jangda Xudo osmondan yirik do‘l yog‘dirib, dushman jangchilarini ezib tashlaydi, quyoshni bir joyda to‘xtatib qo‘yadi.

Kitobning davomida (13-25–boblar) Kan’on yurtining yerlari Isroil qabilalari orasida taqsimlanishi haqida so‘z boradi. Muso davrida Isroil xalqining Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi Iordan daryosining sharqidagi yerlarga o‘rnashib olgan edilar. Endi Yoshua Iordan daryosining g‘arbidagi yerlarni qolgan to‘qqizta qabila va Manashe qabilasining ikkinchi yarmiga taqsimlab beradi. Levi qabilasi Xudoga xizmat qilgani bois, ularga boshqa qabilalar qatori yer ulush qilib berilmaydi. Yurtdan ulush berish o‘rniga, Yoshua levilarga butun yurt bo‘ylab yashashlari uchun shahar va qishloqlarni ajratib beradi. Oradan ancha yillar o‘tgandan keyin, hayotining so‘nggi damlarida Yoshua xalqni Xudoga sadoqatli bo‘lishga, faqat Unga sajda qilishga chaqiradi.


1–BOB

Xudo Yoshuaga Kan’on yurtini bosib olish haqida amr beradi

1 Egamiz O‘zining quli Muso vafotidan keyin Musoning yordamchisi Yoshuaga shunday dedi: 2 “Mening qulim Muso vafot etdi. Endi hammangiz — butun Isroil xalqi Men sizlarga berayotgan yurtga kirish uchun Iordan daryosidan o‘tishga tayyorlaninglar*. 3 Musoga va’da berganimday, oyog‘ingiz tekkan hamma joyni sizlarga beraman. 4 Janubdagi sahrodan shimoldagi Lubnongacha, sharqdagi buyuk Furot daryosidan g‘arbdagi O‘rta yer dengizigacha* bo‘lgan joylar, Xet xalqining hamma yerlari* sizning yurtingiz bo‘ladi. 5 Ey Yoshua, bir umr hech kim senga bas kela olmaydi.


Muso bilan bo‘lganimday, sen bilan ham birga bo‘laman. Seni tark etmayman, hech qachon tashlab ketmayman. 6 Dadil va botir bo‘l, Isroil xalqi bu yurtni qo‘lga kiritib, egalik qilishiga sen bosh bo‘lasan. Chunki ularning ota–bobolariga, bu yurtni sizlarga beraman, deb va’da qilganman. 7 Dadil va botir bo‘lishing kerak, Men qulim Muso orqali buyurgan qonunlarning hammasini bitta qoldirmay bajar, borgan joyingda ishlaring o‘ngidan kelishi uchun bu qonunlardan o‘ngga ham, chapga ham og‘ma. 8 Tavrot kitobida* yozilganlar tilingdan tushmasin, ularni bitta qoldirmay bajarishing uchun kechayu kunduz ular haqida fikr yuritgin. Shunda ishlaring yurishib, o‘ngidan keladi.

9 Amr qilaman: dadil va botir bo‘l, vahimaga tushma, qo‘rqma, qayerga borsang ham, Men, Egang Xudo, sen bilan birga bo‘laman.”

Yoshuaning xalqqa bergan buyruqlari

10 Shundan keyin Yoshua Isroil qabilalarining nazoratchilariga shunday deb buyurdi:

11 — Qarorgoh bo‘ylab yurib, xalqqa quyidagi gaplarni aytinglar: “Oziq– ovqatlaringizni tayyorlanglar, chunki uch kundan keyin Iordan daryosidan o‘tib, Egangiz Xudo sizlarga berayotgan yurtni qo‘lga kirita boshlaysizlar.”

12 Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmiga Yoshua shunday dedi:

13 — Egamizning quli Muso sizlarga amr qilib aytgan so‘zlarini eslang*. U sizlarga: “Egangiz Xudo sizlarga osoyishtalik ato qilib, mana shu yerlarni berdi”, deb aytgan edi. 14 Xotinlaringiz, bolalaringiz, mol–qo‘ylaringiz Muso sizlarga bergan yerda — Iordanning mana shu sharq tomonida qoladi. Orangizdagi barcha qurollangan jasur jangchilar esa birodarlaringizning oldida borib, Iordan daryosidan o‘tadi.

15 Birodarlaringiz ham Egangiz Xudo berayotgan yurtni egallamaguncha, jasur jangchilaringiz ularga yordam beradi. Egamiz sizga osoyishtalik berganday, birodarlaringizga ham osoyishtalik bergandan keyingina Egamizning quli Muso sizlarga bergan Iordanning sharqidagi o‘z yeringizga qaytib kelib, joylashasizlar.

16 Ular Yoshuaga shunday deb javob berishdi:

— Siz buyurgan hamma narsani qilamiz, qayerga yuborsangiz boramiz. 17 Hamma narsada Musoga qanday itoat qilgan bo‘lsak, sizga ham shunday itoat qilamiz. Egangiz Xudo, Muso bilan bo‘lganidek, siz bilan birga bo‘lsin! 18 Sizning aytgan so‘zlaringizga qarshi chiqqanlarning, birorta buyrug‘ingizga bo‘ysunmaganlarning jazosi o‘limdir. Siz faqat dadil va botir bo‘ling.


2–BOB

Yoshua Yerixoga ayg‘oqchilarni yuboradi

1 Yoshua Shitimdagi qarorgohdan* ikki kishini yashirincha ayg‘oqchi qilib yubordi. Yuborishdan oldin ularga: “Borib, Kan’on yurtini, ayniqsa, Yerixo shahrini* yaxshilab ko‘rib kelinglar”, dedi. Ayg‘oqchilar Yerixoga ketishdi. Borib, Rahoba ismli bir fohishaning uyida tunab qolishdi. 2 Yerixo shohiga: “Bugun kechqurun Isroil xalqidan bir nechtasi butun yurtimizni tekshirish uchun kelishibdi” degan xabar yetib bordi.

3 Shunda shoh Rahobaga xabar yuborib: “Yurtimizni tekshirishga kelgan kishilar sening uyingga kiribdi. Endi ularni tashqariga olib chiq”, deb buyurdi. 4 Lekin ayol o‘sha kishilarni yashirib qo‘ygan edi. U shohning odamlariga shunday dedi: “To‘g‘ri, o‘sha kishilar menikiga kelgan edi, lekin ularning qayerdan kelganini bilmagandim. 5 Kech tushib, shahar darvozasi yopilishidan oldin ular chiqib ketishdi. U kishilar qayerga

ketganini bilmayman. Agar tez orqasidan borsangiz, ularni ushlashingiz mumkin.”

6 Aslida Rahoba ularni tomga olib chiqib, quritish uchun yoyib qo‘yilgan zig‘ir bog‘lamlari tagiga yashirib qo‘ygan edi. 7 Shohning odamlari shahardan chiqib ketishi bilanoq, shahar darvozasi yopildi*. Ular ayg‘oqchilarni qidirib, Iordan daryosining kechuv joyigacha borishdi.

8 Ayg‘oqchilar uxlashga yotishdan oldin Rahoba tomga chiqib, 9 ularga shunday dedi: “Egangiz bizning yurtimizni sizlarga berganligini bilaman. Butun xalqimiz bilan sizlardan qo‘rqib qolganmiz. Shu yerda yashaydiganlarning hammasi sizlar haqingizda eshitib vahimaga tushgan. 10 Biz eshitdik, sizlar Misrdan chiqqaningizdan keyin, Egangiz oldingizda Qizil dengiz* suvlarini quritibdi. Iordanning sharq tomonidagi Amor xalqining shohlari O‘g va Sixo‘nni nima qilganingizni, ularning odamlarini butunlay qirib tashlaganingizni ham eshitdik. 11 Bu voqealar haqida eshitishimiz bilanoq yuraklarimiz orqaga tortib ketdi, sizlardan qo‘rqqanimiz uchun jasoratimizdan asar ham qolmadi.

Chunki Egangiz Xudo yeru samodagi Xudodir. 12 Men sizlarga marhamat ko‘rsatdim. Endi shuning uchun Egangiz haqi qasam ichib, sening oilangga ham mehribonlik qilamiz, deb kafolat bering. 13 Mana shu kafolat ota–onam, aka–ukam, opa–singillarim va ularga qarashli bo‘lganlarni saqlab qolishingizni, bizni o‘limdan qutqarishingizni bildirsin.” 14 Ayg‘oqchilar unga shunday deyishdi: “Agar biz haqimizda hech kimga aytmasang, Egamiz bizga shu yerni berganda, sen va sening oilangga marhamat ko‘rsatamiz, deb va’da beramiz. Sizlarga biror narsa bo‘lsa, Xudo jonimizni olsin.”

15 Rahobaning uyi shahar devorlariga taqalib qurilganligi uchun*, derazasi shahardan tashqariga qarab turgan edi. Rahoba mana shu derazadan arqon tushirib, ayg‘oqchilarning qochishiga yordam berdi. 16 Ular ketishidan oldin, Rahoba: “Sizlarni quvayotganlar topib olmasligi uchun qirlarga boringlar. O‘sha yerda uch kun yashirininglar. Ular qaytib kelganlaridan keyin o‘z yo‘lingizga ketaverasiz”, — degan edi. 17-18 Ayg‘oqchilar Rahobaga javoban shunday deyishgan edi: “Biz bu yerga hujum qilganimizda mana shu qizil arqonni biz tushadigan derazangga bog‘lab, osiltirib qo‘ygin. Oilangdagilarning hammasi — ota–onang, aka–ukang, qarindosh–urug‘laring uyingda bo‘lishi kerak, bo‘lmasa, biz senga ichgan qasamimizdan xalos bo‘lamiz.

19 Birortasi eshigingdan tashqariga, ko‘chaga chiqsa, o‘z o‘limiga o‘zi javobgar bo‘ladi, biz gunohkor bo‘lmaymiz. Lekin sen bilan uy ichida bo‘lganlarga birortasi qo‘l tekkizsa, ularning o‘limiga biz javobgar bo‘lamiz. 20 Lekin mabodo biz haqimizda birovga og‘iz ochsang, sen bizga ichtirgan qasamdan xalos bo‘lamiz.” 21 Rahoba: “Sizlar nima desangiz shunday bo‘lsin” degan so‘zlar bilan ayg‘oqchilarni chiqarib yubordi. Ular o‘z yo‘llariga ketishdi. Keyin Rahoba qizil arqonni derazasiga bog‘lab qo‘ydi.

22 O‘sha ayg‘oqchilar borib, qirlarda uch kun, ularni izlab yurganlar qaytguncha turishdi. Ularni quvib ketganlar yo‘l bo‘yidagi hamma joylarni izlab ham hech kimni topa olmadilar. 23 Ayg‘oqchilar qirdan qaytib tushishdi. Ular daryoni kechib o‘tib*, Yoshuaning oldiga kelib, bo‘lgan voqealarning hammasini unga aytib berishdi. 24 Ular Yoshuaga: “Haqiqatan ham Egamiz butun yurtni bizning qo‘limizga bergan. U yerda yashovchilarning hammasi bizlarni deb vahimaga tushgan”, deyishdi.

3–BOB

Isroil xalqi Iordan daryosini kechib o‘tadi

1 Ertasiga tongda Yoshua butun Isroil xalqi bilan birga Shitim qarorgohidan chiqib, Iordanga yetib keldi. Daryoni kechib o‘tishdan oldin ular o‘sha yerda qarorgoh qurishdi. 2 Uch kundan keyin qabila nazoratchilari qarorgoh bo‘ylab yurib, 3 xalqqa shunday deyishdi: “Levi ruhoniylari Egangiz Xudoning Ahd sandig‘ini ko‘tarib ketayotganini ko‘rganingizda yo‘lga chiqinglar. Uning orqasidan boringlar. 4 U sizga yo‘lni ko‘rsatib boradi, chunki sizlar bu yo‘lni bilmaysizlar. Lekin Sandiq bilan sizlarning orangizdagi masofa taxminan ikki ming tirsak* bo‘lishi kerak. Orangizdagi masofa mana shundan kam bo‘lmasin.” 5 Keyin Yoshua xalqqa: “O‘zingizni poklang*, chunki ertaga Egamiz oramizda mo‘jizalar ko‘rsatadi”, — dedi. 6 Ertasiga Yoshua ruhoniylarga shunday dedi: “Ahd sandig‘ini olib, xalqning oldida yuringlar.” Ruhoniylar Ahd sandig‘ini ko‘tarib, xalq oldida borishdi.

7 Egamiz Yoshuaga shunday dedi:

14 Xalq o‘z chodirlarini yig‘ib, Iordandan o‘tish uchun yo‘lga tushganda, Ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar ularning oldida borar edi. 15 Hosil mavsumi* bo‘lgani uchun Iordan suvi qirg‘oqlaridan ham toshib oqardi. Ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar Iordanga yaqinlashdilar. Ularning oyoqlari suvga tegishi bilanoq, 16-

17 daryoning oqimi to‘xtab qoldi. Suv uzoqda joylashgan Zoraton yonidagi Adam shahri* oldida yig‘ilib qoldi, O‘lik dengizga* quyiladigan daryo suvi esa oqib ketdi, daryo o‘zani qurib qoldi. Jamiki Isroil xalqi quruq yerdan yurib, Iordandan o‘tib bo‘lmaguncha, Egamizning Ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar daryoning o‘rtasida, quruq yerda turishdi. Xalq daryodan o‘tib, Yerixo shahrining yonidagi yerlarga bordi.


4–BOB

Isroil xalqi toshlardan yodgorlik o‘rnatadi

1 Butun xalq Iordandan o‘tib bo‘lgandan keyin, Egamiz Yoshuaga shunday dedi:

2 — Xalqning orasidan o‘n ikki kishini tanlagin, har bir qabiladan bittadan bo‘lsin.

3 Ularga: “Iordan daryosining o‘rtasidan, ruhoniylarning oyog‘i turgan joydan o‘n ikkita tosh olib chiqinglar, bugun kechqurun qarorgoh quradigan joyga olib borib qo‘yinglar”, deb buyurgin.

4 Yoshua har bir Isroil qabilasidan tanlagan o‘n ikki kishini chaqirib, 5 ularga shunday dedi: “Egangiz Xudoning Ahd sandig‘i oldiga, Iordanning o‘rtasiga borib, u yerdan har biringiz Isroil qabilalarining har biri uchun bittadan tosh olinglar. Ularni yelkangizda ko‘tarib, qarorgohga olib boringlar. 6 Bu toshlar sizlarga esdalik bo‘lib xizmat qiladi.

Vaqti kelib, farzandlaringiz sizlardan: «Bu toshlar nimani bildiradi?» deb so‘raganda,

7 ularga Egamizning Ahd sandig‘i Iordan daryosidan o‘tayotganda, daryoning suvlari to‘xtab qolganini aytib berasizlar. Bu toshlar sizlarga umrbod yodgorlik bo‘lib qoladi.”

8 Isroil xalqidan tanlangan kishilar Yoshua ularga buyurganday qilishdi. Egamiz Yoshuaga aytganday, ular Iordanning o‘rtasidan har bir Isroil qabilasi uchun bittadan tosh, jami o‘n ikkita tosh olib, o‘zlari bilan o‘sha kuni qarorgoh qurilgan joyga olib borib qo‘yishdi. 9 Shundan keyin Yoshua yana o‘n ikkita tosh olib, Iordanning o‘rtasiga bir yodgorlik qurdi. Bu yodgorlik Ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar turgan joyga qurilgan edi. U toshlar bugungacha* o‘sha yerdadir.

10 Egamiz Yoshuaga, xalqqa aytgin, deb amr qilganlarining hammasi sodir bo‘lmaguncha, Sandiqni ko‘targan ruhoniylar Iordanning o‘rtasida turdilar. Yoshuaga Muso mana shu yo‘l–yo‘riqlarni ko‘rsatgan edi. Xalq tez–tez daryodan o‘tdi. 11 Hamma daryodan o‘tib bo‘lgandan keyin, Iordanning o‘rtasida turgan ruhoniylar Egamizning Ahd sandig‘ini ko‘tarib, daryodan chiqdilar. Butun xalq buni ko‘rib turdi. 12 Muso buyurganday*, Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasi yarmining erkaklari ham qurollanib, daryodan o‘tgan edilar. Ular Isroil xalqining oldingi saflarida edilar. 13 Jangga tayyor o‘sha qirq mingga yaqin kishi Egamiz boshchiligida Yerixo yonidagi tekislikka o‘tdi.

14 O‘sha kuni Egamiz qilgan ishlari orqali Isroil xalqining ko‘zi oldida Yoshuaning nomini yuksaltirdi*. Ular butun umri davomida Musoni qanday hurmat qilgan bo‘lsalar, Yoshuani ham shunday hurmat qildilar.

15-16 O‘sha kuni Egamiz Yoshuaga: “Ahd sandig‘ini* ko‘targan ruhoniylarga, Iordandan chiqinglar, deb buyurgin”, degan edi. 17 Yoshua ruhoniylarga: “Iordandan chiqinglar!” deb buyurganda, 18 Egamizning Ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar Iordanning o‘rtasidan chiqib kelishgandi. Ularning oyoqlari narigi qirg‘oqning quruq yeriga tegishi bilanoq, Iordanning suvlari yana oldingiday qirg‘oqlardan toshib oqa boshlagandi.

19 Shunday qilib, xalq birinchi oyning* o‘ninchi kunida Iordandan o‘tdi. Ular Yerixo shahrining sharqidagi Gilgal* degan joyda qarorgoh qurishdi. 20 Ular Iordandan olgan o‘n ikkita toshni Yoshua Gilgalda o‘rnatib, 21 Isroil xalqiga shunday dedi:

— Vaqti kelib, farzandlaringiz sizlardan: “Bu toshlar nimani bildiradi?” deb so‘rasa, 22 sizlar shunday javob berasizlar: “Isroil xalqi mana shu yerda quruq yerdan yurib Iordandan o‘tgandi. 23 Egamiz Xudo biz o‘tishimiz uchun Qizil dengizni* quritganday, bu yerda ham biz o‘tib bo‘lmagunimizcha Iordanning suvlarini quritgan edi. 24 Yer yuzidagi barcha xalqlar Egamizning qudratli ekanini bilishi hamda sizlar Xudoyingiz — Egamizdan bir umr qo‘rqishingiz uchun shunday qilgan edi.”


5–BOB

1 Isroil xalqi Iordan daryosidan o‘tib bo‘lguncha, Egamiz ular uchun daryoning suvini quritgan edi. Iordanning g‘arbidagi Amor shohlari va O‘rta yer dengizi yonidagi Kan’on

shohlari bu haqda eshitib, yuraklari orqaga tortib ketdi. Isroil xalqidan qo‘rqqanlari

uchun ularning jasoratidan asar ham qolmadi.

Isroil xalqi Gilgalda sunnat qilinadi

2 O‘sha paytda Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Toshdan pichoqlar yasab*, Isroil xalqining bu yangi avlodini sunnat qilinglar*.” 3 Yoshua toshdan pichoqlar yasatib, ularni Givot–Xarilo‘t* degan joyda sunnat qildirdi. 4 Yoshua sunnat qilganining sababi quyidagicha: Misrdan chiqqan, jangga yaroqli erkaklarning hammasi sahrodagi safar davomida o‘lgan edi. 5 Misrdan chiqqanlarning hammasi sunnat qilingan bo‘lsa–da, sahroda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar sunnat qilinmagan edi. 6 Egamizga itoat qilmagan, Misrdan chiqqanda jangga yaroqli bo‘lgan naslning hammasi o‘lmaguncha, Isroil xalqi qirq yil sahroda sargardon bo‘lib yurdi. Egamiz ularga: “Men ota–bobolaringizga va’da qilib, sizlarga beraman degan sut va asal oqib yotgan yurtni* hech qachon ko‘rmaysizlar”, deb qasam ichgan edi. 7 Misrdan chiqqanlarning o‘rniga Egamiz ularning farzandlarini bino qildi. O‘sha yangi avlod yo‘lda sunnat qilinmagan edi. Mana shuning uchun Yoshua ularni sunnat qildi.

8 Hamma erkaklar sunnat qilingandan keyin, tuzalguncha qarorgohda qoldilar.

9 Egamiz Yoshuaga: “Bugun Men sizlardan Misrdagi qullik sharmandaligini olib tashladim”, — dedi. Shuning uchun o‘sha joy bugungacha Gilgal* deb ataladi. 10 Isroil xalqi Gilgalda turgan paytlarida oyning o‘n to‘rtinchi kunida* kechqurun Yerixo yonidagi tekislikda Fisih ziyofatini o‘tkazdilar. 11 Fisih ziyofatining ertasi kuniyoq ular o‘sha yerning hosilidan pishirilgan xamirturushsiz non* va qovurilgan don yedilar. 12 Isroil xalqi o‘sha yurtda yetishtirilgan hosilni yegan kundan boshlab, Xudo ularga manna* yubormay qo‘ydi. O‘sha yil Isroil xalqi Kan’on yerida yetishtirilgan hosildan yedi, ular mannani boshqa ko‘rmadilar.

Yoshua va qilich ushlab turgan kishi

13 Bir kuni Yoshua Yerixo shahri yaqinida bo‘lganda, qarshisida qilich ushlagan bir kishini ko‘rib qoldi. Yoshua uning oldiga borib: “Sen biznikimisan yoki dushman tarafdamisan?” — deb so‘radi. 14 “Hech qaysisi, — deb javob berdi u kishi, — men Egamiz lashkarining lashkarboshisiman. Mana, keldim.” Yoshua muk tushib, unga ta’zim qildi. “Qulingizga nima buyurasiz, hazratim?” — deb so‘radi Yoshua. 15 Egamiz lashkarining lashkarboshisi Yoshuaga shunday dedi: “Oyoq kiyimingni yech, sen turgan yer muqaddasdir.” Yoshua u aytganday qildi.

Yerixo qulaydi

16 Yerixoliklar Isroil xalqidan qo‘rqib, shahar darvozalarini mahkamlab yopib, qo‘riqchilar qo‘yishdi. Endi shaharga hech kim kirolmas, u yerdan hech kim chiqolmas edi.


6–BOB

1 Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Mana, Yerixo shahrini shohiyu sipohlari bilan birga sening qo‘lingga berdim. 2 Shahar atrofini barcha jangchilar bilan bir marta aylan. Olti kun shunday qilasan. 3 Yettita ruhoniy Ahd sandig‘ining oldida yursin. Ularning qo‘lida qo‘chqor shoxidan qilingan bittadan burg‘u bo‘lsin. Yettinchi kuni shahar atrofini yetti marta aylaninglar, ruhoniylar burg‘uni chalib yurishsin. 4 O‘sha kuni burg‘ularning uzoq

chalinganini eshitishi bilanoq, hamma bor ovozi bilan baqirsin. Shunda shaharning devorlari qulaydi, hamma shaharga hujum qilib, to‘g‘ri kirib boraveradi.” 5 Yoshua ruhoniylarni chaqirib, ularga shunday dedi: “Ahd sandig‘ini ko‘taringlar, yettitangiz esa bittadan burg‘u olib, Egamizning Ahd sandig‘i oldida yuring.” 6 Odamlarga esa: “Borib, shaharni aylaninglar, qurollangan jangchilarning hammasi Egamizning Sandig‘i oldida borsin”, — dedi.

7 Yoshua xalqqa buyurganday, Egamiz oldida yettita ruhoniy burg‘ularni chalib borishar, Egamizning Ahd sandig‘i esa ularning orqasidan borardi. 8 Qurollangan kishilar burg‘u chalayotgan ruhoniylar oldidan borishdi, Sandiqning orqasidan esa qorovullar bo‘linmasi bordi. Burg‘ular to‘xtamay chalinib turar edi. 9 Yoshua xalqqa shunday degan edi: “Men aytmagunimcha, sizlar baqirmang, ovozingizni chiqarmang. Men sizlarga, baqiringlar, deb aytgan kundagina baqirasizlar.” 10 Egamizning Sandig‘i shaharni bir marta aylanib keldi. Ular qarorgohga qaytib kelib, tunni o‘sha yerda o‘tkazishdi.

11 Yoshua ertasiga saharda turdi, ruhoniylar yana Egamizning Sandig‘ini ko‘tarishdi.

12 Yettita burg‘uni ko‘targan yetti ruhoniy Egamiz Sandig‘ining oldida borishdi. Ular burg‘ularni to‘xtamay chalishardi. Qurollangan kishilar esa ularning oldida borishardi. Egamizning Sandig‘i orqasida esa qorovullar bo‘linmasi borardi, burg‘ular to‘xtamay chalinayotgan edi. 13 Ikkinchi kuni ham ular shahar atrofini bir marta aylanib, qarorgohga qaytib kelishdi. Ular olti kun shunday qildilar.

14 Yettinchi kuni erta tongda turib, oldingiday shaharning atrofini aylandilar, faqat o‘sha kuni yetti marta aylanishdi. 15 Yettinchi marta aylanayotganda, ruhoniylar burg‘uni chalar ekan, Yoshua odamlarga shunday dedi: “Baqiringlar, chunki Egamiz shaharni bizga bergan. 16 Shahar aholisiyu shahar ichidagi hamma narsa Egamizga bag‘ishlanib, yo‘q qilinsin*. Faqat fohisha Rahoba va uning xonadon ahli tirik qoladi, chunki u biz yuborgan ayg‘oqchilarni yashirgan edi. 17 Sizlar esa Egamizga bag‘ishlangan narsalarning hech biriga yaqinlashmang, tag‘in o‘sha narsalarni olib, o‘zingizni halok qilmang. Isroil xalqining qarorgohiga kulfat keltirmang, qarorgoh vayron bo‘lmasin.

18 Chunki barcha oltin, kumush, hamma bronza va temirdan yasalgan idishlar Egamizga bag‘ishlangandir. Ular Egamizning xazinasiga keltirilsin.” 19 Ruhoniylar burg‘ularni chaldilar. Xalq burg‘u tovushini eshitishi bilanoq baland ovoz bilan baqirgan edi, butun shahar devorlari qulab tushdi. Isroil jangchilari turgan joylaridan to‘g‘ri shaharga kirib, unga hujum qilishdi. Isroil jangchilari shaharni qo‘lga kiritishdi. 20 Ular shahardagi hammani, erkagu ayollarni, yoshu qarilarni, mol–qo‘y, eshaklarni — butun jonzotni qirib tashladilar.

21 Yoshua o‘sha yerni tekshirib kelgan ikki kishiga aytdi: “Fohishaning uyiga boringlar. Ichgan ontingizga amal qilib, u bilan uyidagilarining hammasini olib chiqing.” 22 Ayg‘oqchilik qilgan kishilar borib, Rahobani, uning ota–onasini, aka–ukalarini, hamma qarindoshlarini shahardan olib chiqib, ularni Isroil qarorgohining yoniga, xavfsiz joyga keltirdilar*. 23 Isroil jangchilari shaharni uning ichidagi bor narsasi bilan yondirib tashladilar. Faqat oltin, kumush, bronza va temirdan yasalgan idishlarni Egamizning uyi* xazinasiga keltirdilar. 24 Fohisha Rahoba va uning hamma qarindoshlarini Yoshua saqlab qoldi, chunki Yoshua Yerixoni tekshirib kelish uchun yuborgan ayg‘oqchilarni u yashirgan edi. Uning xonadoni o‘shandan beri Isroilda yashaydi*.

25 Keyin Yoshua qasam ichib, quyidagilarni aytdi:

“Yerixo shahrini qayta qurmoqchi bo‘lgan odam Egamiz oldida la’nati bo‘lsin!*

U o‘z to‘ng‘ich o‘g‘lining joni evaziga shahar poydevorin yotqizar, Kenja o‘g‘lining joni evaziga darvozalar o‘rnatar!”


26 Egamiz Yoshua bilan birga edi. Yoshuaning shuhrati butun yurtga yoyildi.


7–BOB

Oxunning gunohi

1 Ammo Isroil xalqi bag‘ishlangan narsalar* haqida Egamiz bergan amrni buzdi.

Oxun ismli bir kishi bag‘ishlangan narsalarning bir nechtasini olgan ekan. Oxun Yahudo qabilasidan bo‘lib, Zerax urug‘idan bo‘lgan Zimrining* nevarasi, Karmining o‘g‘li edi.

Egamiz Isroil xalqidan qattiq g‘azablandi*.

2 Shu orada Yoshua bir necha kishini tanlab, ularga: “Borib, Ay shahrini* tekshirib kelinglar”, — dedi. Ay shahri Baytilning sharqida, Bayt–Obun yaqinida joylashgan edi. Ular borib, tekshirdilar. 3 Qaytib kelib, Yoshuaga: “Hammamiz borishimiz shart emas, ikki–uch mingta odam chiqib hujum qilsa, bas. Ay aholisining soni kam, shuning uchun butun xalq u yerga borib ovora bo‘lmasin”, dedilar. 4 Shunday qilib, uch mingtacha odam shaharga hujum qildi, lekin ular Ay aholisining oldiga tushib qochdilar. 5 Ayliklar shahardan chiqib, Isroil jangchilarini tosh qaziladigan joygacha* quvib bordilar. Qir yon bag‘rida o‘ttiz oltitacha Isroil odamlarini o‘ldirdilar. Bu hodisadan keyin butun Isroil xalqining yuragi orqaga tortib ketdi.

6 Shunda Yoshua bilan Isroil oqsoqollari qayg‘udan kiyimlarini yirtib, boshlariga tuproq sochdilar. Egamizning Sandig‘i oldida yerga muk tushishdi–da, kechgacha shu holda qolishdi. 7 Yoshua shunday dedi: “Ey Egamiz Rabbiy! Nima uchun bu xalqni Iordan daryosidan olib o‘tding? Nahotki bizlarni Amor xalqining qo‘liga berib, yo‘q qilish uchun shunday qilgan bo‘lsang?! Biz Iordanning narigi tomonida qolaversak bo‘lmasmidi?! 8 Ey Rabbiy, yana nima ham derdim, mana, Isroil xalqi dushmanlarining oldiga tushib qochdi. 9 Endi Kan’on xalqlari va mana shu yerlar aholisining hammasi bu haqda eshitib bizni qurshab oladilar. Nomimizni yer yuzidan o‘chirib yuboradilar. Agar shunday

bo‘lsa, ulug‘vorligingni qanday qilib ko‘rsatasan?”

10 Egamiz Yoshuaga dedi: “O‘rningdan tur! Nima uchun muk tushib yotibsan? 11 Isroil

xalqi gunoh qildi, ular bilan qilgan ahdimni buzdi. Ular Menga bag‘ishlangan narsalardan o‘g‘irlab olishdi. Buning ustiga, aldab, o‘g‘irlangan narsalarni o‘zlarining narsalari orasiga yashirib qo‘ydilar. 12 Shuning uchun Isroil xalqi dushmanlariga bas kela olmayapti. Chunki ularning o‘zi ham yo‘q qilinadigan, Menga bag‘ishlangan narsaday bo‘lib qolgan. Endi ular dushmanlariga mag‘lub bo‘lib qochadilar. Menga bag‘ishlangan narsalarni orangizdan yo‘q qilmasangiz, Men sizlar bilan birga bo‘lmayman.

13 Endi Isroil xalqini pokla. Ularga shunday degin: o‘zingizni ertangi kun uchun tayyorlab, poklang. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: «Ey Isroil, orangizda Menga bag‘ishlangan narsalar bor. Orangizdagi shu narsalarni olib tashlamaguningizcha, dushmanlaringizga bas kela olmaysiz.»

14 Shuning uchun ertalab barcha qabilalar birma–bir Egamizning huzuriga kelishadi.

Egamiz bir qabilani tanlaydi*. Ana shu qabilaning urug‘lari ham birma–bir keladi. Egamiz ular orasidan bir urug‘ni tanlaydi. O‘sha urug‘ning oilalari birma–bir kelishadi. Egamiz bir oilani tanlaydi. O‘sha oilaning a’zolari birma–bir keladi. 15 La’natlangan narsalarni olgan odamni Egamizning O‘zi ko‘rsatadi. O‘sha odam bor narsasi bilan olovda yondiriladi, chunki u Egamiz bilan qilingan ahdni buzib, Isroilda aql bovar qilmaydigan ish qildi.”

16 Shunday qilib, ertasi kuni tongda, Yoshuaning buyrug‘iga ko‘ra, Isroil qabilalari birma–bir Egamizning huzuriga kelishdi. Egamiz Yahudo qabilasini tanladi. 17 Endi Yahudo qabilasining urug‘lari birma–bir keldi, shunda Zerax urug‘i tanlandi. Zerax urug‘ining oilalari birma–bir kelganda, Zimri oilasi tanlandi. 18 Zimri oila a’zolari birma– bir kelishdi, Karmi o‘g‘li Oxun tanlandi. U Yahudo qabilasidan bo‘lib, Zerax urug‘idan bo‘lgan Zimrining nevarasi edi. 19 Yoshua Oxunga shunday dedi: “O‘g‘lim, haqiqatni aytaman, deb Isroil xalqining Xudosi — Egamizning nomi bilan qasam ich, gunohingni tan olgin. Nima qilganingni yashirmay menga aytib ber.” 20 Oxun Yoshuaga shunday javob berdi: “Ha, to‘g‘ri. Isroil xalqining Xudosi — Egamizga qarshi gunoh qilgan menman. 21 O‘sha kuni o‘lja orasida Shinardan* keltirilgan chiroyli to‘nni, 500 misqol* kumush va og‘irligi 125 misqol* keladigan bir bo‘lak tillani ko‘rib qoldim. Ko‘nglim tusab, ularni oldim. Ularni chodirimning ichida yerga ko‘mib qo‘yganman, kumush eng tagida.”

22 Yoshua bir nechta odamni yubordi. Ular chodirga yugurib borib qarashsa, u narsalar rostdan ham o‘sha yerda yashirilgan ekan. Ularning eng tagida kumush bor edi. 23 Ular narsalarni chodirdan olib, Yoshua va butun Isroil xalqiga olib kelishdi. Ular narsalarni Egamiz oldiga yoyib qo‘yishdi. 24 Keyin Yoshua va butun Isroil xalqi Zerax o‘g‘li Oxunni o‘g‘irlangan kumush, to‘n, tilla bo‘lagi hamda o‘g‘il–qizlari, mol–qo‘ylari, eshaklari, chodiriyu bor narsasi bilan birga Oxor soyligiga olib borishdi. 25 Yoshua:

“Boshimizga rosa ham kulfat keltirding–ku. Mana endi bugun Egamiz sening boshingga ham kulfat keltiradi”, — dedi. Butun Isroil xalqi Oxunni va uning oilasini toshbo‘ron qilib o‘ldirdi–da, ularning jasadlarini olovda kuydirdi. 26 Keyin ularning ustiga katta bir tosh uyumini to‘pladi, toshlar bugungacha o‘sha yerdadir. Shuning uchun ushbu yer o‘sha paytdan beri Oxor* soyligi deb ataladi. Shundan keyin Egamiz g‘azabidan tushdi.


8–BOB

Ay shahri mag‘lub bo‘ladi va vayron qilinadi

1 Egamiz Yoshuaga aytdi: “Qo‘rqma, vahimaga tushma, barcha jangga yaroqli erkaklarni boshlab, Ay shahriga borgin. Mana, Ay shohini uning xalqi, shahri va yeri bilan birga senga berganman. 2 Yerixo va uning shohini nima qilgan bo‘lsangiz, Ay va uning shohini ham xuddi shunday qilasizlar. Faqat shahardagi mol–mulklarni va barcha chorvani o‘zingizga o‘lja qilib olsangiz bo‘ladi. Shaharning orqasida pistirma qo‘yinglar.”

3 Yoshua va hamma jangga yaroqli erkaklar Ayga hujum qilishga tayyorlanishdi.

Yoshua o‘z lashkari orasidan o‘ttiz ming jangchini tanlab oldi. Tunda jo‘natayotib,

4 ularga shunday buyruq berdi:

— Borib, shaharning orqasida pistirma qo‘ying, shahardan uzoqqa bormang, hammangiz sergak bo‘lib turing. 5 Men odamlarim bilan shaharga yaqinlashaman. Ular

bizga qarshi chiqqanda, oldingiday biz ulardan qochamiz. 6 Bizni quvib, dushmanlar shahardan ancha uzoqlashib ketadi. Ular o‘zlaricha: “Dushmanlarimiz yana oldingiday bizdan qochyapti”, deb o‘ylashadi. Biz qochayotganimizda esa 7 sizlar pistirmadan chiqib, shaharni olasizlar. Egangiz Xudo uni sizlarning qo‘lingizga beradi. 8 Shaharni olganingizdan keyin, Egamiz buyurganday, uni yondirasizlar. Mana shu buyruqlarni bajaring.

9 Shu so‘zlar bilan Yoshua ularni jo‘natib yubordi. Ular Ayning g‘arbida — Ay va Baytil oralig‘ida pistirma qo‘yib, o‘sha yerda kutib yotdilar. O‘sha tunni Yoshua qarorgohda o‘tkazdi.

10 Ertasi kuni, tong payti Yoshua jangchilarini bir joyga yig‘ib, qabilalarning boshliqlari bilan birga ularni Ayga boshlab bordi. 11 Barcha jangga yaroqli kishilar u bilan ketdi. Ular shaharga yaqinlashib, Ayning shimolida qarorgoh qurishdi. Ay va ularning orasida jarlik bor edi. 12 Yoshua besh mingga yaqin odamni shaharning g‘arbiga, Ay va Baytil oralig‘ida pistirma qo‘yishga yubordi. 13 Shunday qilib, jangchilar jangovar holatga keltirildi. Ularning asosiy qismi shaharning shimolida, qorovullar bo‘linmasi esa shaharning g‘arbida edi. Yoshua esa o‘sha tunni jarlikda o‘tkazdi. 14 Buni ko‘rgan Ay shohi ertasi kuni tongda shoshilib, butun lashkari bilan Iordan vodiysi* ro‘parasidagi bir joyga Isroil xalqiga qarshi jang qilishga bordi. Ammo shoh shaharning orqasida o‘ziga qarshi pistirma qo‘yilganini bilmas edi. 15 Yoshua va butun Isroil lashkari o‘zlarini yengilayotganday ko‘rsatib, sahro tarafga* qochishdi. 16 Yoshua va Isroil qo‘shinini quvish uchun Ay shahridagi barcha erkaklar chaqirildi. Ular Yoshua va Isroil lashkarini quvib, shahardan ancha uzoqlashib ketishdi. 17 Ay va Baytilda Isroil lashkarini quvish uchun chiqmagan birorta ham erkak qolmadi. Shaharni qo‘riqlashga hech kimni qoldirmay, Isroil lashkarini ta’qib qildilar.

18 Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Qo‘lingdagi nayzani Ay tomonga uzat, o‘sha shaharni sening qo‘lingga beraman.” Yoshua qo‘lidagi nayzasini shahar tomonga uzatdi. 19 U qo‘lini uzatishi bilanoq jangchilar pistirmadan otilib chiqib, shaharga hujum qilishdi. Ular shaharni qo‘lga olib, darrov unga o‘t qo‘yishdi. 20-21 Shahardan tutun chiqayotganini ko‘rgan Yoshua va Isroil lashkari, “Pistirmadagilar shaharni oldi” deb, ortiga qaytgan edilar. Ular Ay shahrining odamlariga hujum qila boshlagan edilar. Ay lashkari orqaga qarasa, yonayotgan shaharning tutuni ko‘kka ko‘tarilyapti. Ular na u yoqqa, na bu yoqqa qocha olardilar, chunki sahroga qochgan Isroil lashkari endi orqaga burilib, ularga qarshi chiqqan edi. 22 Isroil lashkarining shahardagi qismi ham Ay odamlariga qarshi chiqqandi. Isroil lashkari ularni orqa tomondan ham, old tomondan ham o‘rab olgan edi. Isroil lashkari ularning hammasini qirib tashladi. Hech kim tirik qolmadi, birortasi ham qochib keta olmadi. 23 Ammo Ay shohini tiriklayin ushlab, Yoshuaning huzuriga olib kelishdi.

24 Isroil lashkari shahar tashqarisida — sahroda butun Ay qo‘shinini qirib tashlashdi.

Ularning hammasi halok bo‘lgandan keyin Isroil lashkari Ayga borib, u yerda qolganlarning hammasini yo‘q qildi. 25 O‘sha kuni butun Ay aholisi, hammasi bo‘lib o‘n ikki mingta erkak va ayol halok bo‘ldi. 26 Ayda yashovchilarning hammasi yo‘q qilinmaguncha, Yoshua nayza ushlagan qo‘lini tushirmadi. 27 Egamiz Yoshuaga buyurganday, Isroil lashkari faqatgina mol–qo‘y va shahar aholisining mol–mulkini o‘zlariga o‘lja qilib oldi. 28 Yoshua Ay shahrini yondirib yubordi. O‘sha shahar bugungacha* vayron bo‘lib yotibdi. 29 Ay shohini esa qatl ettirib, jasadini tik o‘rnatilgan

xodaning uchiga qoqtirdi. Uning jasadi kechgacha* o‘sha yerda osilib turdi. Quyosh botgandan keyin, Isroil jangchilari Yoshuaning buyrug‘iga ko‘ra, jasadni xodadan tushirib, shahar darvozasining ostonasiga tashladilar. Uning ustiga katta tosh uyumi to‘pladilar. Shu tosh uyumi bugungacha o‘sha yerdadir.

Yoshua Ebal tog‘ida Tavrot kitobidan o‘qiydi

30 Keyin Yoshua Isroil xalqining Xudosiga — Egamizga Ebal tog‘ida qurbongoh qurdi*. 31 U qurbongohni Egamizning quli Musoning Tavrot kitobidagi* ko‘rsatmalarga* rioya qilgan holda, temir asbob tegmagan, yo‘nilmagan toshlardan qurgan edi. Xalq

o‘sha qurbongohda Egamizga kuydiriladigan qurbonlik va tinchlik qurbonliklari keltirdi. 32 O‘sha yerda — Isroil xalqining ko‘zi oldida Yoshua toshlarga Muso yozgan qonunlarning nusxasini yozdi.

33 Qabila oqsoqollari, nazoratchilari, hakamlari, butun Isroil xalqi va ularning orasida yashayotgan qondosh bo‘lmagan odamlar Egamizning Ahd sandig‘i qarshisida — uni ko‘tarib turgan levi ruhoniylarining oldida turishdi. Xalqning yarmi Garizim tog‘i etagida, yarmisi Ebal tog‘i* etagida turardi. Egamizning quli Muso, Isroil xalqini duo qilish vaqti kelganda shunday qilinglar, deb buyurgan edi*. 34 Keyin Yoshua Tavrot kitobida yozilganday, qonunlarning har bir so‘zini, baraka va la’natlarga oid parchalarni o‘qidi. 35 Butun Isroil jamoasi oldida, ayollaru bolalar, Isroil xalqi orasida yashayotgan, ularga qondosh bo‘lmaganlar oldida, Muso ularga buyurgan qonunlarni Yoshua bitta qoldirmay o‘qidi.


9–BOB

Givonliklar Yoshuani aldashadi

1 Iordan daryosining g‘arb tomonida turadigan barcha shohlar Yoshuaning g‘alabalari haqida eshitishgan edi. Ular qirlarda, qirlarning etaklarida, butun O‘rta yer dengizi* qirg‘og‘i bo‘ylab, to shimoldagi Lubnongacha bo‘lgan joyda yashaydigan Xet, Amor, Kan’on, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarining shohlari edilar. 2 O‘sha shohlar o‘z qo‘shinlarini birlashtirib, Yoshua va butun Isroil xalqiga qarshi jang qilishga to‘pladilar.

3 Ammo Givon* aholisi Yoshuaning Yerixo va Ay shaharlarini nimalar qilgani haqida eshitib, 4 ayyorlik bilan ish tutdi. Ulardan bir nechtasi yo‘lga tayyorgarlik ko‘rib*, o‘z eshaklariga eski xurjunlarni va yirtilib yamalgan eski meshlarni yukladilar. 5 Oyoqlariga eski, yamalgan oyoq kiyimlar, ustilariga esa juldur kiyimlar kiyishdi. Ular olgan nonlarning suvi qochib, mog‘or bosgan edi. 6 Ular Gilgaldagi qarorgohga* borib, Yoshua va butun Isroil xalqiga:

26 Isroil xalqi Givonliklarni o‘ldirishiga Yoshua yo‘l qo‘ymadi. 27 Ammo o‘sha kuni Yoshua ularni qurbongoh va Isroil jamoasi uchun o‘tin yoruvchi va suv tashuvchi qilib qo‘ydi. Egamizning qurbongohi qayerda qurilishidan qat’iy nazar, ular o‘sha vazifalarni bajaradigan bo‘lishdi. Hatto bugungacha* ularning vazifasi shudir.


10–BOB

Isroil xalqi janubdagi shohlarni mag‘lub qiladi

1 Quddus* shohi Odonisidiq eshitdiki, Yoshua Ay shahrini qo‘lga kiritibdi, uni butunlay vayron qilibdi, Yerixo va uning shohini nimalar qilgan bo‘lsa, Ay shahrini va uning shohini ham shunday qilibdi. Givonliklar ham Isroil xalqi bilan sulh tuzganini, endi ular bilan tinch–totuv yashayotganlarini Odonisidiq eshitib, 2 juda qo‘rqib ketdi. Axir, Givon shahri ulkan shahar bo‘lib, o‘z shohiga ega bo‘lgan shaharlarday katta, Ay shahridan ham kattaroq edi–da. Givon aholisining barcha erkaklari ham juda mohir

jangchi edilar. 3 Xevron shohi Xo‘xam, Yarmut shohi Pirom, Laxish shohi Yofiya va Eglon* shohi Dabir Quddus shohi Odonisidiqdan shunday xabar olishdi: 4 “Kelib, menga yordam bering. Birga Givonga hujum qilaylik, chunki ular Yoshua va butun Isroil xalqi bilan sulh tuzibdi.” 5 Shunda Quddus shohi, Xevron shohi, Yarmut shohi, Laxish shohi va Eglon shohi — Amor xalqlarining beshala shohlari kuchlarini yig‘dilar. Barcha qo‘shinlari bilan Givonni o‘rab olib, hujum qildilar.

6 Givonliklar Yoshuaga — Gilgaldagi qarorgohga shunday xabar yubordilar: “Qirlardagi hamma Amor shohlari o‘z qo‘shinlari bilan bizlarga qarshi chiqishdi. Qullaringizni tark etmang! Tez kelib bizlarni qutqaring, bizga yordam bering.” 7 Yoshua butun lashkari bilan Gilgaldan chiqdi. Ularning orasida eng zo‘r jangchilar ham bor edi.

8 Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Ulardan qo‘rqma, ularni sening qo‘lingga berganman, ularning birortasi ham senga bas kela olmaydi.” 9 Yoshua o‘z lashkari bilan Gilgaldan* chiqqandan keyin tuni bilan yo‘l bosib, Amor qo‘shinlarining ustiga to‘satdan bostirib bordi. 10 Butun Isroil lashkari oldida Egamiz Amor qo‘shinlarini vahimaga soldi. Isroil lashkari Givonda ularning ko‘plarini qilichdan o‘tkazdi. Bayt–Xo‘ronga chiqadigan yo‘l bilan quvib, to Ozikah va Makkedoga yetib* borguncha yo‘lda Amor qo‘shinlarini yo‘q qildi.

11 Ular Isroil lashkaridan qochib, Bayt–Xo‘rondan pastga tushayotganlarida, to Ozikahga yetgunlaricha Egamiz osmondan ularning ustiga yirik–yirik do‘l yog‘dirgan edi. Ularning ko‘plari do‘l ostida halok bo‘ldi. Isroil lashkarining qilichidan halok bo‘lganlardan ko‘ra, do‘l urib o‘lganlar ko‘proq edi.

12 Egamiz Amor xalqlarini Isroil lashkarining qo‘liga bergan kuni Yoshua Egamizga

gapirib, butun Isroil xalqi oldida shunday dedi:


“Ey quyosh, tek turgin Givon shahrida,

Oymomo, sen esa Oyjavlon vodiysida*.”


13 Xalq o‘z dushmanlaridan qasos olmaguncha, quyosh ham, oy ham qimirlamay, osmonda to‘xtab turaverdi. “Yoshur” kitobida* shu haqida yozilgan. Quyosh osmonning o‘rtasida to‘xtab, kun bo‘yi botmay turdi. 14 O‘sha kuni Isroil xalqi uchun Egamizning O‘zi jang qildi. Undan oldin ham, keyin ham Egamiz insonning iltijosiga javob bergan bunday kun bo‘lmagan.

15 Shundan keyin Yoshua va butun lashkar Gilgaldagi qarorgohga qaytib ketishdi.

Yoshua janubdagi beshta shohni o‘ldiradi

16 Beshala shoh qochib, Makkedodagi g‘orga yashirinib olishgan edi. 17 Yoshuaga: “Beshta shoh topildi, ular Makkedodagi g‘orning ichiga yashirinib olishgan ekan”, deb aytishdi. 18 Yoshua shunday dedi: “Katta toshlar olib, g‘orning og‘zini yopinglar. Shohlar chiqib ketmasligi uchun u yerga qo‘riqchilar tayinlanglar, 19 lekin hammangiz ham o‘sha yerda qolib ketmang. Dushman lashkarlarini quvib, ularga orqadan hujum qiling. Ularni o‘z shaharlariga kirishlariga yo‘l qo‘ymang, chunki Egangiz Xudo dushmanlarni sizning qo‘lingizga bergan.” 20 Yoshua va butun Isroil lashkari dushmanlarning deyarli hammasini qilichdan o‘tkazdi. Faqat bir–ikkitasigina o‘z mustahkam shaharlariga qochib borib, tirik qoldi. 21 Butun Isroil lashkari Makkedodagi qarorgohga sog‘–salomat qaytib bordi. Shundan keyin o‘sha yerdagilardan hech kim Isroil xalqiga qarshi gapirishga jur’at eta olmadi.

22 Yoshua: “G‘orning og‘zini ochib, beshta shohni mening oldimga olib kelinglar”, deb buyurdi. 23 Uning aytganini qilib, beshta shohni — Quddus, Xevron, Yarmut, Laxish va Eglon shaharlarining shohlarini g‘ordan olib chiqib, uning oldiga olib kelishdi. 24 Yoshua butun Isroil jangchilarini yig‘ib, o‘sha beshta shohni yerga yotqizdi. Jangchilarning boshliqlariga esa shunday dedi: “Yaqinroq kelib, oyoqlaringizni shohlarning bo‘yinlariga qo‘yinglar.” Ular kelib, oyoqlarini shohlarning bo‘yinlariga qo‘ydilar. 25 Yoshua gapida davom etdi: “Endi qo‘rqmang, vahimaga tushmang, faqatgina dadil va botir bo‘linglar.

Egamiz sizga qarshi chiqadigan hamma dushmanlarni shu ko‘yga soladi.” 26 Shundan keyin Yoshua shohlarni o‘ldirib, ularning jasadlarini tik o‘rnatilgan beshta xodaning uchiga qoqtirdi. Jasadlar kechgacha xodalarda osilib turdi. 27 Quyosh botganda, Yoshuaning buyrug‘iga ko‘ra, shohlarning jasadlarini xodalardan tushirib, ilgari o‘sha shohlar yashiringan g‘orning ichiga tashladilar. G‘orning og‘zini esa katta–katta toshlar bilan yopib qo‘ydilar. O‘sha toshlar bugungacha o‘sha yerdadir.

Yoshua janubdagi shaharlarni vayron qiladi

28 Yoshua o‘sha kuni Makkedo shahrini* bosib oldi, uning aholisini shohi bilan birga qilichdan o‘tkazdi. Shahardagi har bir kishini yo‘q qildi, u yerda birorta ham tirik jon qolmadi. Yerixoning shohini nima qilgan bo‘lsa, Makkedoning shohini ham shunday qildi.

29 Keyin Yoshua butun Isroil lashkari bilan Makkedodan Libna shahriga borib, Libnaga hujum qildi. 30 Egamiz Libna va uning shohini ham Isroil lashkarining qo‘liga berdi. Ular butun shahar aholisini qilichdan o‘tkazib, birorta ham tirik jon

qoldirmadilar. Yerixo shohini nima qilishgan bo‘lsa, Libna shohini ham shunday qilishdi.

31 Yoshua va barcha Isroil jangchilari Libnadan Laxish shahriga bordilar. Shaharni qurshovga olib, hujum qilishdi. 32 Egamiz Laxishni Isroil lashkarining qo‘liga berdi. Ular ikkinchi kuni shaharni bosib olishdi. Xuddi Libnadagiday bu shaharning ham butun aholisini qilichdan o‘tkazishdi.

33 Gezer shahrining shohi Xo‘rom Laxish shahriga yordamga kelgan edi, Yoshua Xo‘romni va uning butun qo‘shinini birorta ham tirik jon qoldirmay yo‘q qildi.

34 Isroil lashkari Yoshua bilan Laxishdan chiqib Eglon shahriga bordi. Uni ham qurshovga olib, hujum qildi. 35 Xuddi Laxishdagiday Eglonni ham bir kun ichida bosib olib, uning barcha aholisini yo‘q qildi.

36 Bundan keyin Yoshua bilan Isroil lashkari Eglondan Xevron shahriga borishdi. O‘sha shaharga hujum qilishdi. 37 Xevronni qo‘lga olib, uning shohini, butun aholisini, hatto atrofidagi qishloqlarning aholisini ham butunlay yo‘q qildilar. Xuddi Eglondagiday bitta ham tirik jon qoldirishmadi.

38 Keyin Yoshua butun Isroil lashkari bilan Davir shahriga borib, unga hujum qildi. 39 Shaharni qo‘lga kiritib, uning shohi, butun aholisi va hatto atrofidagi qishloqlarning aholisini ham butunlay yo‘q qildi. Xevron, Libna shaharlari va ularning shohlariga nima qilgan bo‘lsa, Davir va uning shohini ham xuddi shunday qilib, shaharda birorta ham tirik jonzot qoldirmadi.

40 Yoshua butun yurtni — qirlarniyu Nagav cho‘lini*, g‘arbdagi qir etaklarini, sharqdagi qir yon bag‘irlarini bosib oldi va u yerlarning shohlarini mag‘lub qildi. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz buyurganday, Yoshua hech kimni tirik qoldirmadi, hammani qirib tashladi. 41 Yoshua Kadesh–Barnadan G‘azogacha bo‘lgan shaharlarni, butun

Go‘shen yerlarini*, shimoldagi Givongacha bo‘lgan yerlarni bosib oldi. 42 Yoshua bu shohlar va ularning yerlarini bir yurishdayoq bosib oldi, chunki Isroil xalqining Xudosi

— Egamiz O‘z xalqi uchun jang qildi. 43 Keyin Yoshua Isroil lashkari bilan birga Gilgaldagi qarorgohga qaytib bordi.


11–BOB

Isroil xalqi shimoldagi shohlarni mag‘lub qiladi

1 Xazor shahrining* shohi Yobin Yoshuaning g‘alabalari haqida eshitdi. U quyidagi shohlarga shoshilinch xabar yubordi: Madon shohi Yo‘vovga, Shimron shohiga, Axshof shohiga, 2 shimoldagi qirlarning shohlariga, Jalila ko‘lining* janubidagi Iordan vodiysining* shohlariga, g‘arbdagi qir etaklari va Nafo‘t–Do‘r shohlariga, 3 sharq va g‘arbdagi Kan’on xalqlarining shohlariga, Amor, Xet, Pariz xalqlarining shohlariga, qirlardagi Yobus shohlariga, Mispax yeridagi* Xermon tog‘ining etagida yashaydigan Xiv xalqiga. 4 Ular butun lashkarlari, juda ko‘p otlariyu jang aravalarini to‘plab, Isroil xalqiga qarshi jang qilish uchun yig‘ilishdi. Ularning jangchilari dengiz qirg‘og‘idagi qumday son–sanoqsiz edi. 5 Isroil xalqi bilan jang qilishga mana shu shohlarning hammasi lashkarlarini birlashtirishdi. Ular Mirom* suvlari oldida qarorgoh qurdilar.

6 Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Ulardan qo‘rqmagin! Men O‘zim ularni Isroil xalqining qo‘liga beraman, ertaga shu paytda ularning hammasi o‘lgan bo‘ladi. Ularning otlarini mayib qilinglar, jang aravalarini yondiringlar.” 7 Yoshua o‘zining butun lashkari bilan Miromga borib, dushman qo‘shinlari ustiga to‘satdan hujum qildi. 8 Egamiz Isroil lashkariga dushmanlari ustidan g‘alaba berdi. Isroil lashkari dushmanlarini shimol tomonda Buyuk Sidon va Misrafo‘t–Mayimgacha, sharq tomonda esa Mispax vodiysigacha* quvib borib, ularning hammasini halok qildi. Dushmanlarning birortasi ham tirik qolmadi. 9 Yoshua Egamiz buyurganday ularning otlarini mayib qildi, jang aravalarini yondirib tashladi.

10 O‘shandan keyin Yoshua o‘z lashkari bilan orqaga qaytib, Xazor shahriga bordi.

Uni qo‘lga kiritib, shohini halok qildi. U paytda Xazor o‘sha shohliklar orasida eng qudratlisi edi. 11 Isroil lashkari shahar aholisining hammasini butunlay yo‘q qildi. U yerda birorta ham tirik jon qolmadi. Shaharni esa yondirib tashlashdi. 12 Yoshua bilan Isroil lashkari o‘sha shaharlarning hammasini bosib olib, ularning shohlariyu barcha aholisini qilichdan o‘tkazdi. Egamizning quli Muso buyurganday, ularni butunlay vayron qildi. 13 Isroil lashkari tepaliklarda* qurilgan shaharlardan faqatgina Xazor shahrini yondirib tashladi. 14 Isroil lashkari shaharlardagi mol–mulklarni va barcha chorvani o‘zlariga o‘lja qilib oldilar. Ammo shaharlarning barcha aholisini qilichdan o‘tkazdilar. U yerda birorta ham tirik jon qolmadi. 15 Egamiz O‘z quli Musoga bergan amrlarni Muso Yoshuaga yetkazgan edi. Yoshua Muso aytganday qilib, barcha amrlarni bitta qoldirmay bajardi.

Yoshua qo‘lga kiritgan yerlar

16 Shunday qilib, Yoshua butun yurtni — janubiy qirlaru o‘sha qirlarning etaklarini, butun Nagav cho‘lini*, butun Go‘shen yerlarini*, Iordan vodiysini, shimoliy qirlar va o‘sha qirlarning etaklarini bosib oldi. 17 Isroil xalqi bosib olgan yerning janubiy chegarasi Seir* yonidagi Xalak tog‘i edi, shimoldagi chegarasi esa Xermon tog‘ining etagida joylashgan Lubnon vodiysidagi Baal–Gad shahri edi. Yoshua o‘sha yerlarning

shohlarini mag‘lub qilib, hammasini halok qildi. 18 Bu shohlarni mag‘lub qilguncha, Yoshua uzoq vaqt ular bilan urush qilgan edi. 19 Givondagi Xiv xalqidan tashqari* hech bir shahar aholisi Isroil xalqi bilan sulh tuzmagan edi. Ularning hammasi jangda mag‘lub bo‘lishdi. 20 Egamiz o‘sha xalqlarni o‘jaru takabbur qilib qo‘ygani uchun, ular Isroil xalqiga qarshi jang qilaverdilar. Egamiz Musoga buyurganday, Isroil lashkari ularni butunlay yo‘q qilib, shafqatsizlarcha o‘ldirishlari uchun shunday qilgan edi.

21 O‘sha paytda Yoshua qirlarda yashagan Onoq avlodini* yo‘q qilib tashladi. Ular

Xevron, Davir, Onov shaharlarida, butun janubiy va shimoliy qirlarda yashardilar. Yoshua ularni o‘ldirib, shaharlarini vayron qildi. 22 Isroil xalqining yurtida Onoq avlodidan hech kim qolmadi, faqatgina G‘azo, Gat va Ashdod shaharlarida* bir nechtasi qoldi. 23 Shunday qilib, Musoga Egamiz aytganday, Yoshua butun yurtni qo‘lga kiritdi. Yoshua bu yerlarni Isroil xalqining qabilalariga mulk qilib berdi. Endi yurtda tinchlik barqaror bo‘ldi.


12–BOB

Iordan daryosining sharqida Muso mag‘lub qilgan shohlar

1 Muso boshchiligida Isroil xalqi Iordan daryosining sharqida bo‘lgan shohlarni mag‘lub qilib, ularning yerlarini egallab olgan edi. Bu shohlar janubdagi Arnon soyligidan shimoldagi Xermon tog‘igacha bo‘lgan yerlarda hukmronlik qilgan edi. Ularning yerlari Iordan vodiysining* sharqidagi barcha yerlarni o‘z ichiga olar edi.

2 Isroil xalqi mag‘lub qilgan shohlardan biri Amor xalqining shohi Sixo‘n* edi. U Xashbon shahrida yashagan edi. Uning shohligi Arnon soyligining chetida joylashgan Aror shahrini va o‘sha soylikning o‘rtasidan to Yavoq daryosigacha cho‘zilgan joylarni, ya’ni Giladning yarmini o‘z ichiga olar edi. Yavoq daryosi Ommon xalqi yerining chegarasi edi. 3 Sixo‘n Iordan vodiysining sharq tomonida ham hukmronlik qilgan edi. Bu hudud shimol tomonda Jalila ko‘lining* g‘arbiy qirg‘oqlarigacha, janub tomonda O‘lik dengizgacha*, Bayt–Yashimo‘tdan Fisgax tog‘ tizmasining yon bag‘irlarigacha bo‘lgan joylarni o‘z ichiga olar edi.

4 Mag‘lub bo‘lgan Bashan shohi O‘g* o‘z shaharlari Ashtaro‘t va Edreyda yashardi. U Rafa xalqining* omon qolganlaridan biri edi. 5 Uning shohligi shimoldagi Xermon tog‘igacha, sharqdagi Salko shahrigacha cho‘zilib, g‘arbdagi Gashur va Maxo shohliklarining chegaralarigacha yetib borgan Bashan o‘lkasini ham o‘z ichiga olgan edi. Bu shohlik yana Giladning shimoliy yarmini ham o‘z ichiga olib, Xashbon shohi Sixo‘n hududi chegarasigacha yetib borardi. 6 Egamizning quli Muso va Isroil xalqi mana shu ikki shohni mag‘lub qilib, ularning yerlarini egallab olishgan edi. Muso shu yerlarni Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmiga mulk qilib bergan edi.

Iordan daryosining g‘arbida Yoshua mag‘lub qilgan shohlar

7 Iordanning g‘arbida — shimoldagi Lubnon vodiysida joylashgan Baal–Gaddan tortib, janubdagi Seir* yonida joylashgan Xalak tog‘igacha bo‘lgan joylarda yashagan shohlarni Isroil xalqi Yoshua boshchiligida mag‘lub qildi. O‘sha shohlarning yerlarini Yoshua Isroil qabilalariga mulk qilib bo‘lib berdi. 8 Qirlarni, g‘arbdagi qir etaklarini, Iordan vodiysini, uning g‘arbidagi qir yon bag‘irlarini, Yahudo adirlaridagi va Nagav cho‘lidagi* yerlarni bo‘lib berdi. Bu yerlarda Xet, Amor, Kan’on, Pariz, Xiv va Yobus xalqlari yashashardi. Isroil xalqi mag‘lub qilgan shohlar quyidagilardir:

9 Yerixo shohi,

Baytilning yonidagi Ay shohi,

10 Quddus shohi, Xevron shohi,

11 Yarmut shohi, Laxish shohi,

12 Eglon shohi, Gezer shohi, 13 Davir shohi, Geder shohi,

14 Xo‘rmax shohi,

Arod shohi,

15 Libna shohi, Adullam shohi,

16 Makkedo shohi, Baytil shohi,

17 Tappux shohi, Xafer shohi,

18 Ofoq shohi, Sharon shohi, 19 Madon shohi, Xazor shohi,

20 Shimron–Maron shohi, Axshof shohi,

21 Tanax shohi, Magido‘ shohi, 22 Kedesh shohi,

Karmildagi Yoxnayom shohi, 23 Nafo‘t–Do‘rdagi* Do‘r shohi, Gilgaldagi* Go‘yim shohi,

24 Tirza shohi.


Isroil xalqi hammasi bo‘lib o‘ttiz bitta shohni mag‘lub qildi.


13–BOB

Isroil xalqi hali bosib olmagan yerlar

1 Yillar o‘tib, Yoshua ancha keksayib qolgan paytda, Egamiz unga shunday dedi: “Sen qariding, yoshing ham o‘tib qoldi, lekin Men sizlarga bergan yurtning ko‘p joylari hali bosib olinmagan. 2 Isroil xalqi hali quyidagi yerlarni egallamagan: butun Filist va Geshir xalqining yerlari, 3 ya’ni Misrning sharqiy chegarasidagi Shixor irmog‘idan* shimoldagi Exron chegaralarigacha bo‘lgan yerlar. Hozir bu yerlar Kan’on xalqiga tegishli. U yerlarda Filist xalqining beshta hukmdori yashaydi. Ular quyidagi shaharlarda hukmronlik qiladi: G‘azo, Ashdod, Ashqalon, Gat va Exron. Janubdagi Avim xalqining*

yerlari ham hali bosib olinmagan. 4 Shimolda esa Isroil xalqi hali Kan’on xalqining barcha yerlarini bosib olmagan. Bu yerlar Sidon xalqiga tegishli bo‘lgan Merax shahrini o‘z ichiga olib, shimol tomonga, Amor xalqi yerlarining chegarasidagi Ofoq* degan joygacha cho‘ziladi. 5 Isroil xalqi yana Gabolliklarning* yerlarini, Lubnon tog‘li yerlarining sharq tomonini — Xermon tog‘ining etagidagi Baal–Gaddan Levo– Xomatgacha* bo‘lgan joylarni qo‘lga kiritmagan. 6 Ular Lubnondan Misrafo‘t– Mayimgacha bo‘lgan qirlarning aholisini — barcha Sidonliklarni ham hali mag‘lub qilmagan. Men O‘zim mana shu xalqlarni bu yurtdan, Isroil xalqining oldidan haydayman. Men senga buyurganimday, mana shu yerlarni albatta Isroil xalqiga mulk qilib bergin. 7 Xullas, mana shu yerlarni qolgan to‘qqizta qabilaga va Manashe qabilasining yarmiga* mulk qilib bo‘lib bergin.”

Iordan daryosining sharqidagi yerlar

8 Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining boshqa yarmi Iordan daryosining sharqida o‘z ulushlarini olib bo‘lgan edilar. Ularga bu yerlarni Egamizning quli Muso bergan edi. 9 Ularning hududi janubdagi Arnon soyligining chetida joylashgan Aror shahridan tortib, soylikdagi* shahargacha cho‘zilib, Midavodan Dibongacha bo‘lgan butun yassi tepalikni o‘z ichiga oladi. 10 Bu hudud Xashbon shahrida hukmronlik qilgan Amor xalqining shohi Sixo‘n qo‘li ostida bo‘lgan hamma shaharlarni, Ommon xalqining chegarasigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olardi. 11-12 Bulardan tashqari, Gashur va Maxo xalqlarining yerlari, shuningdek, shoh O‘gning butun shohligi, chunonchi, Gilad o‘lkasi, shimoldagi butun Xermon tog‘i va sharqdagi Salkogacha bo‘lgan butun Bashan o‘sha hududga kirar edi. Shoh O‘g Rafa xalqining* eng oxirgi avlodi bo‘lib, Bashan o‘lkasining Ashtaro‘t va Edrey shaharlarida hukmronlik qilgan edi. Muso o‘sha yerlarni bosib olib, xalqlarini haydab chiqargan edi. 13 Lekin Isroil xalqi Gashur va Maxo xalqlarini haydab chiqarmadi, ular bugungacha Isroil xalqi orasida yashaydilar.

14 Faqatgina Levi qabilasiga Muso ulush qilib yer bermadi. Egamiz aytganday, qurbongohda Isroil xalqining Xudosi — Egamizga atab kuydiriladigan qurbonliklar Levi qabilasining ulushidir*.

Ruben qabilasining hududi

15 Muso Ruben qabilasiga urug‘lari bo‘yicha ulush bergan edi. 16 Ularning hududi janubdagi Arnon soyligining chetida joylashgan Aror shahridan tortib, soylikdagi shahargacha cho‘zilib, Midavo atrofidagi butun yassi tepalikni o‘z ichiga olardi. 17 Mana shu hudud Xashbon shahrini va yassi tepalikda joylashgan quyidagi hamma shaharlarni o‘z ichiga olar edi: Dibon, Bomo‘t–Baal va Bayt–Baal–Miyon, 18 Yaxaz, Kadamo‘t, Mifat,

19 Xiratayim, Sivmo va Iordan vodiysida joylashgan qirning ustidagi Zaret–Xashaxar,

20 Bayt–Piyor, Fisgax tog‘ tizmasining yon bag‘irlari, Bayt–Yashimo‘t shaharlari. 21 Ruben qabilasining yerlari yassi tepalik ustidagi barcha shaharlar, Xashbonda hukmronlik qilgan Amor xalqining shohi Sixo‘nning butun shohligini o‘z ichiga olardi. Muso Sixo‘nni va u bilan ittifoq tuzgan Midiyon hukmdorlarini mag‘lub qilgandi. Ularning ismlari Evi, Rahem, Zur, Xur va Raba edi. 22 Isroil xalqi yana Bavo‘r o‘g‘li Balomni* ham qilichdan o‘tkazgan edi. U folbinlik bilan shug‘ullanar edi. 23 Ruben qabilasi hududining g‘arbiy chegarasi Iordan daryosi va uning qirg‘oqlari edi. Mana shu yerlar Ruben qabilasiga mulk qilib berilgan edi.

Gad qabilasining hududi

24 Muso Gad qabilasiga ham urug‘lari bo‘yicha ulush berdi. 25 Yazir shahri, Gilad o‘lkasidagi hamma shaharlar, Rabba shahrining* sharqidagi Aror shahrigacha* bo‘lgan Ommonlar yerining yarmi ularning hududiga kirar edi. 26 Ularning yeri yana janubdagi Xashbon shahridan shimol tomondagi Ramat–Mispi va Batonim shaharlarigacha, shuningdek, shimoldagi Moxanayimdan Debirgacha cho‘zilgan edi. 27 Gad qabilasining yeri Iordan vodiysida Bayt–Xaram, Bayt–Nimro, Suxot, Zofun shaharlarini hamda Xashbon hukmdori bo‘lgan Sixo‘n shohining qolgan shohligini ham o‘z ichiga olar edi. Bu hududning g‘arbiy chegarasi Iordan daryosi bo‘lib, shimoldagi Jalila ko‘ligacha* cho‘zilgan edi. 28 Mana shu hududdagi shaharlar va atroflaridagi qishloqlar Gad qabilasiga mulk qilib berilgan edi.

Iordan sharqidagi Manashe qabilasining yarmiga berilgan yerlar

29 Muso Manashe qabilasining yarmiga ham urug‘lari bo‘yicha ulush bergan edi.

30 Ularning hududi Moxanayim shahridan shimolga cho‘zilib, butun Bashan o‘lkasini va Yovir bosib olgan oltmishta shaharni o‘z ichiga olar edi. Bashan shohi O‘g mana shu joylarda hukmronlik qilgan edi. 31 Gilad o‘lkasining yarmi, Bashandagi O‘g shohligining poytaxt shaharlari Ashtaro‘t va Edrey ham ularning hududiga kirar edi. Bu yerlar Manashe o‘g‘li Moxirdan kelib chiqqan naslning yarmiga berilgan edi.

32 Iordanning sharqida, Mo‘ab tekisligida, Yerixoning ro‘parasida Muso bo‘lib bergan

ulushlar mana shulardir. 33 Lekin Levi qabilasiga Muso ulush qilib yer bermagan edi. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz ularga: “Men O‘zim sizlarning ulushingiz bo‘laman”, deb va’da bergan edi*.


14–BOB

Iordan daryosining g‘arbidagi yerlar taqsimlanadi

1 Iordan daryosining g‘arbidagi Kan’on yurti yerlaridan Isroil xalqining qolgan qabilalari mulk oldilar. Ruhoniy Elazar*, Nun o‘g‘li Yoshua va Isroil qabilalarining boshliqlari bu yerlarni qabilalarga bo‘lib berishdi. 2 Iordan daryosining g‘arbida mana shu to‘qqiz qabila va bitta qabila yarmining ulushlari, Musoga Egamiz buyurganday, qur’a tashlab belgilandi*. 3-4 Iordanning sharqida esa Muso ikki qabilaga va bitta qabilaning yarmiga ulush berib bo‘lgandi. Yusufning ikkala o‘g‘li — Manashe va Efrayimdan ikki qabila kelib chiqqan edi. Ammo Isroil qabilalari orasida Levi qabilasi hech qanday ulush olmadi*. Ularga faqat o‘zlari yashashi uchun shaharlar va qo‘y– mollarini boqish uchun shaharlar atrofidagi yaylovlar berildi. 5 Shunday qilib, Egamiz Musoga buyurganday, Isroil xalqi yerlarni bo‘lib oldilar.

Xevron Xolibga beriladi

6 Bir kuni Yahudo qabilasidan bir necha kishi Yoshuaning oldiga keldi. Isroil xalqining hammasi hali ham Gilgaldagi qarorgohda edi. Xanaz urug‘idan bo‘lgan Yafunax o‘g‘li Xolib* o‘sha kishilar orasida edi. U Yoshuaga shunday dedi:

— Kadesh–Barna shahrida bo‘lganimizda, Xudoning odami Muso siz va men haqimizda nima deganini bilasiz. Muso Egamiz nomidan gapirgan edi. 7 Egamizning quli Muso meni Kadesh–Barnadan mana shu yerlarni tekshirib kelish uchun yuborganda qirq yoshda edim. Men qaytib kelib, unga bor haqiqatni aytgan edim. 8 Men bilan borib

kelganlar xalqimizni vahimaga solgan bo‘lsa ham, men Egam Xudoga sodiq qoldim.

9 O‘sha kuni Muso qasam ichib menga shunday degan edi*: “Kan’on yurtida qadaming yetgan yerlar senga va avlodingga abadiy mulk qilib beriladi, chunki sen Egam Xudoga sodiq qolding.” 10 Mana ko‘rib turganingizdek, Egamiz Musoga shunday deb gapirganiga qirq besh yil bo‘ldi. O‘sha paytda Isroil xalqi sahroda yurgan edi. Egam O‘zi aytganday o‘shandan beri jonimni saqlab kelyapti. Mana hozir sakson besh yoshdaman. 11 Muso meni yuborgan kunda qanday baquvvat bo‘lgan bo‘lsam, hozir ham shundayman.

Haligacha jangga ham, qolgan barcha ishlarga ham quvvatim yetadi. 12 Endi Egamiz o‘sha kuni va’da qilgan qirlarni* menga bering. O‘sha kuni ayg‘oqchilarning: “Onoq avlodi* u yerda o‘zlarining katta, mustahkam shaharlarida yasharkan” degan gaplarini o‘zingiz eshitdingiz. Ammo Egamiz men bilan birga bo‘lsa, Egamizning O‘zi aytganday, men ularni bu yurtdan haydab chiqaraman.

13 Shundan keyin Yoshua Xolibni duo qilib, Xevron shahrini* unga mulk qilib berdi.

14 Shunday qilib, Xolib Isroil xalqining Xudosiga — Egamizga sodiq qolgani uchun Xevron shahri uning va avlodining mulki bo‘lib qoldi. 15 Xevronning eski nomi Xirat– Arba* edi. Arba Onoq avlodi orasida eng mashhur kishi bo‘lgan edi.

Endi yurtda tinchlik barqaror bo‘ldi.


15–BOB

Yahudo qabilasining hududi

1 Yahudo qabilasining urug‘lariga tushgan ulush yurtning janub tomonida edi.

Ularning janubdagi yerlari Edom yurtining chegarasi bo‘lgan Zin cho‘ligacha yetdi.

2 Ularning janubiy chegarasi O‘lik dengizning* janubiy qirg‘og‘idan boshlanadi.

3 Chegara Chayonlar dovonidan* o‘tib, janub tomonga, Zin cho‘li tomon cho‘ziladi. Kadesh–Barna shahrining janub tomonidan o‘tib, Xazron shahrigacha boradi. Xazrondan o‘tgandan keyin Adar shahrigacha borib, Karxa shahri tomonga buriladi. 4 Bu chegara Ozmon shahrigacha borib, Misr chegarasidagi irmoqdan* ham o‘tadi–da, O‘rta yer dengizining yonida tugaydi. Yahudo qabilasining janubiy chegarasi ana shunday bo‘ladi.

5 Ularning sharqiy chegarasi O‘lik dengizdir. Bu chegara shimoldagi Iordan daryosi O‘lik dengizga quyiladigan joygacha cho‘ziladi. Mana shu joydan shimoliy chegara boshlanadi.

6 Shimoliy chegara O‘lik dengizning g‘arbidagi Bayt–Xo‘glaxgacha cho‘zilib, Bayt– Arabaning shimolidan o‘tadi–da, Ruben o‘g‘li Bo‘xanning nomi bilan atalgan tosh turgan joygacha boradi. 7 Keyin chegara Oxor soyligidan Davirgacha* borib, shimolga — Gilgal* tomonga buriladi. Gilgal soylikning janubida bo‘lgan Adum dovonining ro‘parasida edi. Chegara En–Shamash bulog‘idan o‘tib, En–Ro‘g‘olga boradi. 8 Keyin Xinnum soyligining tepasidan kesib o‘tib, Yobus xalqiga qarashli bo‘lgan tepalikning, ya’ni Quddusning janubiy yon bag‘ridan o‘tadi. Chegara u yerdan Xinnum soyligining g‘arbidagi qirning tepasiga — Rafa vodiysining shimoliy chetigacha boradi. 9 Chegara tog‘ning tepasidan Naftuva buloqlari tomon cho‘zilib, Efro‘n tog‘ining shaharlarigacha boradi, keyin esa Baalax tomonga buriladi. Bu shahar hozirgi paytda* Xirat–Yo‘rim deb ataladi.

10 Shundan keyin bu shimoliy chegara Baalaxning g‘arb tomonini aylanib o‘tib, Seir tog‘larigacha* boradi. Keyin Yo‘rim tog‘ining shimoliy yon bag‘ridan o‘tadi. Xisalon shahri shu yerda joylashgan. U yerdan chegara Bayt–Shamash shahrigacha* boradi va

Timnax shahridan o‘tadi. 11 Keyin chegara Exron shahrining shimolidagi tepalikning yon bag‘ridan o‘tib, Shikkaron shahri tomonga buriladi. Keyin Baalax tog‘ining yonidan o‘tib, Yobnail shahriga boradi. Shimoliy chegara O‘rta yer dengizining oldida tugaydi.

12 O‘rta yer dengizining* qirg‘og‘i g‘arbiy chegarani tashkil qiladi.

Mana shu chegaralar hududida Yahudo qabilasining urug‘lari yashaydi.

Xevron va Davir shaharlarini Xolib mag‘lub qiladi

13 Egamiz buyurganday, Yoshua Yafunax o‘g‘li Xolibga Yahudo qabilasining hududidan ulush berdi. Bu ulush Xirat–Arba* shahri edi. Arba Onoq avlodining* bobokaloni edi. Hozirgi paytda* Xirat–Arba shahri Xevron deb ataladi. 14 Xolib u yerdan Onoq avlodini — Sheshay, Oximan va Talmay urug‘larini quvib chiqardi. 15 Yahudo qabilasining odamlari u yerdan Davir shahriga* hujum qilish uchun yo‘lga tushishdi.

Davirning eski nomi Xirat–Safar edi. 16 Shunda Xolib: “Xirat–Safarga hujum qilib, qo‘lga kiritgan kishiga qizim Axsani beraman”, — dedi. 17 O‘tniyol shaharni qo‘lga kiritdi, Xolib esa unga qizi Axsani uzatdi. O‘tniyol Xolibning Xanaz ismli ukasining o‘g‘li edi. 18 To‘ydan keyin qiz O‘tniyolga: “Keling, otamdan* bir dala so‘rab olaylik”, deb turib oldi. Xolib eshakdan tushayotgan qiziga: “Ha, qizim, biron–bir istaging bormi?” — deb so‘radi.

19 “Menga bir sovg‘a qilsangiz, — dedi Axsa. — Siz menga Nagav cho‘lidagi* yerni berdingiz, endi suv buloqlarini ham hadya eting.” Shunday qilib, Xolib unga tepadagi va pastdagi buloqlarni* berdi.

Yahudo shaharlari

20 Quyida aytib o‘tilgan yerlarni Yahudo qabilasi ulush qilib oldi. 21 Bu hududning eng janubidagi — Edom yurti chegarasidagi shaharlarning nomlari quyidagicha edi: Kabzil, Eder, Yog‘ur, 22 Xino, Dimona, Adad, 23 Kedesh, Xazor, Yitnon, 24 Zif, Talim, Bolo‘t,

25 Xazor–Xadatto, Xariyo‘t–Xazron, ya’ni Xazor, 26 Emom, Shama, Mo‘lodax, 27 Xazor– Gaddax, Xashmon, Bayt–Palat, 28 Xazor–Shuvol, Bersheba, Bizyo‘tayox, 29 Baalax, Iyim, Ezam, 30 Elto‘lad, Xasil, Xo‘rmax, 31 Zixlax, Madmanno, Sansanno, 32 Laboyo‘t, Shilxim, Oyin, Rimmon — hammasi bo‘lib yigirma to‘qqizta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.

33 Qir etaklarining shimolidagi shaharlarning nomi esa quyidagicha edi: Eshtoyo‘l, Zorox, Ashnah, 34 Zono‘vax, En–Xannim, Tappux, Enom, 35 Yarmut, Adullam, So‘xu, Ozikah, 36 Sharayim, Aditayim, Gadera (yoki Gaderatayim) — hammasi bo‘lib o‘n to‘rtta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.

37 Qir etaklarining janubida quyidagi shaharlar bor edi: Zinon, Hadasha, Migdal–Gad, 38 Dilan, Mispax, Yoxtal, 39 Laxish, Bozxat, Eglon, 40 Kabbo‘n, Laxmos, Xitlish, 41 Gadero‘t, Bayt–Do‘g‘on, Namax, Makkedo — hammasi bo‘lib o‘n oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.

42 Qir etaklarining markaziy qismidagi shaharlar quyidagilar edi: Libna, Eter, Oshon, 43 Yiftox, Ashnah, Naziv, 44 Keylax, Axsib, Morisho — hammasi bo‘lib to‘qqizta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.

45 Yahudo qabilasining hududi Exronning barcha shaharlari va ularning atrofidagi qishloqlarni o‘z ichiga olar edi. 46 Chegara Exrondan g‘arbga, O‘rta yer dengizi tomon cho‘zilib, Ashdodning yonida bo‘lgan barcha shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlarni o‘z ichiga olar edi. 47 Ularning hududi Ashdod va uning shaharlariyu qishloqlarini, G‘azo va u yerdan Misr chegarasidagi irmoqqacha* bo‘lgan joylardagi

shaharlar va qishloqlarni, O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i bo‘yidagi shaharlarni o‘z ichiga

olar edi.

48 Yahudo qabilasi qirlarda quyidagi shaharlarni ulush qilib oldi: Shomir, Yatir, So‘xu, 49 Danno, Xirat–Sanno, ya’ni Davir, 50 Onov, Eshtamo‘va*, Onim, 51 Go‘shen, Xo‘lun va Gilox — hammasi bo‘lib o‘n bitta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.

52 Qirlardagi quyidagi shaharlar Yahudo qabilasining hududiga kirar edi: Arab, Dumax, Ishan, 53 Yonum, Bayt–Tappux, Ofoqa, 54 Xumtax, Xirat–Arba, ya’ni Xevron va Zior — hammasi bo‘lib to‘qqizta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.

55 Yana qirlarda quyidagi shaharlar Yahudo qabilasining ulushi bo‘ldi: Moyun, Karmil, Zif, Yutto, 56 Yizril, Yoxdayom, Zono‘vax, 57 Qayin, Givo va Timnax — hammasi bo‘lib o‘nta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.

58 Qirlardagi mana bu shaharlar ham o‘sha hududga kirardi: Xalxul, Bayt–Zur, Gado‘r, 59 Marot, Bayt–Ano‘t va Eltaxo‘n — hammasi bo‘lib oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.

60 Xirat–Baal, ya’ni Xirat–Yo‘rim va Rabba — qirlardagi mana shu ikki shahar va

ularning atrofidagi qishloqlar ham Yahudo qabilasining ulushi bo‘ldi.

61 O‘lik dengiz bo‘yidagi adirlarda joylashgan quyidagi shaharlar ham Yahudo qabilasiga tegishli bo‘ldi: Bayt–Araba, Middin, Saxoxo, 62 Nivshon, Tuz shahri va En–Gedi

— hammasi bo‘lib oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.

63 Ammo Yahudo qabilasi Yobus xalqini Quddusdan haydab chiqara olmadi*.

Bugungacha* Yobus xalqi Yahudo xalqi bilan birga Quddusda yashaydi.


16–BOB

Yusuf avlodining ulushi

1 Yusuf avlodlariga* berilgan ulushning janubiy chegarasi Yerixo shahrining yonidagi Iordan daryosidan, Yerixo bulog‘ining sharqidagi joydan boshlanadi. Keyin chegara Yerixoning oldidan o‘tib, shimoli–g‘arbdagi Yahudo adirlari orqali qirlardagi Baytil shahrigacha cho‘ziladi. 2 Keyin Baytil, ya’ni Luzdan ham o‘tib*, Orux xalqiga tegishli bo‘lgan Otro‘t–Adargacha* boradi. 3 Chegara u yerdan g‘arbdagi Yaflet avlodining yerigacha cho‘zilib, Pastki Bayt–Xo‘rongacha boradi. Keyin chegara Gezer shahrigacha borib, O‘rta yer dengizining oldida tugaydi.

4 Yusuf avlodlari bo‘lgan Manashe va Efrayim qabilalari mana shu yerlarni ulush

qilib oldilar.

Efrayim qabilasiga berilgan yerlar

5 Efrayim qabilasining urug‘lariga quyidagi yerlar berildi: bu yerlarning janubiy chegarasi Otro‘t–Adarda boshlanadi–da, g‘arb tomonga, Tepadagi Bayt–Xo‘rongacha cho‘zilib, 6-7 O‘rta yer dengizining oldida tugaydi. Sharqiy chegarasi Mixmatitdan janub tomonga boradi, Tanat–Shilo‘, Yonox, Otaro‘t, Naro shaharlaridan o‘tib, Iordan daryosining Yerixoga yaqin bo‘lgan joyida tugaydi. 8 Shimoliy chegarasi esa Tappuxdan g‘arbga boradi. Keyin Kanax soyligi bo‘ylab cho‘zilib, O‘rta yer dengizida tugaydi. Mana shu yerlarni Efrayim qabilasi ulush qilib oldi.

9 Efrayim qabilasiga yana Manashe hududida joylashgan bir nechta shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlar ham berildi. 10 Ammo Efrayim qabilasi Gezerda yashayotgan Kan’on xalqini quvib chiqarmadi. Bu xalq bugungi kungacha* Efrayim

qabilasi orasida yashaydi, lekin ular qarol bo‘lib xizmat qilishga majbur qilinganlar.


17–BOB

Iordan g‘arbidagi Manashe qabilasining yarmiga berilgan yerlar

1 Keyin Manashe qabilasiga ulush berildi. Manashe Yusufning to‘ng‘ichi edi. Moxir Manashening to‘ng‘ichi bo‘lib, Giladning otasi edi. Moxir botir jangchi bo‘lgani uchun, Muso unga Iordanning sharqidagi Gilad va Bashan o‘lkalarini bergan edi. 2 Iordanning g‘arbida Manashe qabilasining qolganiga ulush berildi. Manashe o‘g‘illari Abuazar, Xalek, Osriyol, Shakam, Xafer va Shamido urug‘larining hammasiga yerlar berildi.

3 Manashening nabirasi Giladning Xafer degan o‘g‘li bor edi. Xaferning esa Zalofxod degan o‘g‘li bor edi. Zalofxodning o‘g‘illari yo‘q, faqatgina qizlari bor edi. Qizlarining ismlari Maxlo, Nuvah, Xo‘glax, Milxo va Tirza edi. 4 Shu ayollar ruhoniy Elazar*, Yoshua va oqsoqollarning oldiga kelib, shunday deyishdi: “Egamizning O‘zi bizga ham, amakilarimiz qatori, ulush berishni Musoga amr qilgan.”* Yoshua Egamizga itoat etib, qizlarga ham amakilari qatori ulush berdi. 5 Natijada Iordanning sharqidagi Gilad va Bashan o‘lkalaridan tashqari, Manashe qabilasi Iordanning g‘arbida yana o‘n bo‘lak yer oldi. 6 Chunki Manashe avlodining ayollari ham erkaklar qatori ulush olishdi. Gilad yerini esa Yoshua Manashe qabilasining qolganlariga taqsimlab berdi.

7 Iordan daryosining g‘arbidagi Manashe qabilasi yerlarining shimoliy chegarasi Osher qabilasi hududining chegarasi bilan tutashgan edi. Janubiy chegarasi esa Mixmatit shahrigacha borib, Tappux bulog‘i* atrofida yashaydiganlarning yerlarigacha cho‘zilgan edi. Mixmatit shahri Shakam shahrining sharqida edi. 8 Tappux shahri Manashe va Efrayim qabilalarining chegarasida joylashgan edi. Tappuxning atrofidagi yerlar Manashe qabilasiga tegishli bo‘lsa ham, shaharning o‘zi Efrayim qabilasiga tegishli edi.

9 Manashe hududining janubiy chegarasi Tappux shahridan, Kanax soyligi bo‘ylab, O‘rta yer dengizigacha cho‘ziladi. Kanax soyligining qirg‘og‘idagi bir nechta shahar Manashe qabilasining hududida bo‘lishiga qaramay Efrayim qabilasiga tegishli edi. 10 O‘sha soylikning janubidagi yerlar Efrayim qabilasiniki, shimolidagi yerlar esa Manashe qabilasiniki edi. O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i Manashe hududining g‘arbiy chegarasi edi. Bu hudud shimol tomonda Osher qabilasining hududigacha, sharq tomonda esa Issaxor qabilasining hududigacha cho‘zilgan edi.

11 Issaxor va Osher qabilalarining hududlarida joylashgan quyidagi shaharlar va atrofidagi qishloqlar Manashe qabilasiga berilgan edi: Bayt–Shan, Yiblayom, Do‘r, ya’ni Nafo‘t–Do‘r, En–Do‘r, Tanax va Magido‘. 12 Lekin Manashe qabilasi bu shaharlarni qo‘lga kirita olmadi. Kan’on xalqlari o‘sha joylarda yashashda davom etaverdi. 13 Birmuncha vaqt o‘tgandan keyin Isroil xalqi yanada kuchaydi va Kan’on xalqlarini qarol bo‘lib xizmat qilishga majbur qildi. Ammo ularni yurtdan butunlay quvib chiqarmadi.

Efrayim va Manashe qabilalari kattaroq ulushni so‘rab borishadi

14 Bir kun Yusuf avlodlari* kelib, Yoshuadan so‘rashdi:


18–BOB

Yoshua qolgan yerlarni taqsimlaydi

1 Isroil xalqi yurtni bosib olgandan keyin, butun Isroil jamoasi Shilo‘ shahrida* yig‘ildi. Ular o‘sha yerda Uchrashuv chodirini tikdilar.

2 Isroil xalqining orasida hali ulush olmagan yettita qabila qolgan edi. 3 Yoshua Isroil xalqiga shunday dedi: “Ota–bobolaringizning Xudosi — Egamiz sizlarga yurtni bergan, qachongacha u yurtga butunlay joylashishni orqaga surasizlar?! 4 Har bir qabiladan uch kishini tanlanglar. Men ularni butun yurtni kezib chiqish uchun yuboraman. Ular o‘z qabilalarining ulushi bo‘yicha, o‘sha yerni tasvirlab yozib kelishadi. 5 Janubdagi Yahudo qabilasining hududi va shimoldagi Yusuf avlodlarining* hududlaridan tashqari, yurtning qolgan qismini yettiga bo‘lasizlar. 6 Keyin shularni yozib, mening oldimga olib kelinglar. Men Egamiz Xudo oldida sizlar uchun qur’a tashlayman*. 7 Sizlarning orangizda Levi qabilasiga ulush bermayman. Egamizga ruhoniy bo‘lib xizmat qilish ularning ulushidir. Gad, Ruben qabilalari va Manashe qabilasining yarmi Iordanning sharq tomonida o‘z ulushlarini olib bo‘lganlar. Egamizning quli Muso o‘sha yerlarni ularga bergan.”

8 Shunday qilib, Yoshua yerning xaritasini tuzib kelishni buyurgan kishilar yo‘lga tushdilar. Ular ketmasdan oldin, Yoshua ularga shunday deb tayinlagan edi: “Butun yerni kezib, uning xaritasini tuzib kelganingizdan keyin, men Shilo‘da, Egamiz oldida sizlar uchun qur’a tashlayman.” 9 U kishilar borib, yerni yetti qismga bo‘ldilar. Butun yurtning xaritasini tuzib, shaharlarini ro‘yxatga oldilar. Keyin Yoshuaning oldiga,

Shilo‘dagi qarorgohga qaytib keldilar. 10 Yoshua Shilo‘da, Egamiz oldida ular uchun qur’a tashlab, o‘sha yerlarni Isroil xalqiga bo‘lib berdi. Qur’a bo‘yicha har bir qabilaga bir ulushdan yer berdi.

Benyamin qabilasining ulushi

11 Qur’a tashlanganda, Benyamin qabilasiga Yahudo qabilasi va Yusuf avlodlari*

hududlarining orasidagi yerlar ulush bo‘lib tushdi.

12 Benyamin hududining shimoliy chegarasi sharq tomonda Iordan daryosidan boshlanadi, keyin Yerixo qirining yon bag‘ridan shimol tomonga boradi. Qirlar bo‘ylab g‘arb tomonga o‘tib, Bayt–Obun atrofidagi sahroga boradi. 13 U yerdan chegara Luz, ya’ni Baytil tomonga borib, Luzning janubidagi qir bo‘ylab cho‘ziladi. Keyin chegara Otro‘t– Adar shahriga borib, u yerdan Pastki Bayt–Xo‘ron shahrining janubidagi qirgacha boradi.

14 U yerdan g‘arbiy chegara boshlanib, Bayt–Xo‘ron qarshisidagi qirning g‘arb tomoni bo‘ylab janub tomonga cho‘ziladi va Xirat–Baal, ya’ni Xirat–Yo‘rim qishlog‘ida tugaydi.

Bu qishloq Yahudo qabilasiga tegishli. G‘arbiy chegara mana shudir.

15 G‘arbda janubiy chegara Xirat–Yo‘rimning chetidan boshlanib, Naftuva buloqlarigacha boradi. 16 Keyin chegara Rafa vodiysining shimolidagi tog‘ etagiga boradi. Xinnum soyligi mana shu yerdan boshlanadi. Chegara janub tomonga davom etib, Xinnum soyligi bo‘ylab Yobusning* janubidagi qir yon bag‘riga boradi. U yerdan esa En– Ro‘g‘ol tomonga qarab davom etadi. 17 Chegara u yerdan shimolga, En–Shamash tomonga buriladi va Adum dovonining qarshisidagi Gelilo‘tga boradi. Keyin Ruben o‘g‘li Bo‘xan nomi bilan atalgan toshning yonidan o‘tadi. 18 Keyin Iordan vodiysining* yonidagi qir yon bag‘rining shimol tomonidan o‘tib, vodiyni ham kesib o‘tadi. 19 U yerdan chegara Bayt–Xo‘glax qirining shimol tomoniga o‘tib, Iordan daryosi O‘lik dengizga* quyiladigan joyda tugaydi. Bu Benyamin qabilasi hududining janubiy chegarasidir.

20 U yerning sharqiy chegarasi Iordan daryosidir.

Benyamin qabilasiga ulush qilib berilgan yerlarning chegaralari mana shular edi.

21 Quyidagi shaharlar Benyamin qabilasiga berildi: Yerixo, Bayt–Xo‘glax, Emix–Qaziz, 22 Bayt–Araba, Zamorayim, Baytil, 23 Avim, Poro, O‘fra, 24 Xafar–Ommonax, Ofnax va Gebo — hammasi bo‘lib o‘n ikkita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar. 25 Quyidagi shaharlar ham Benyamin qabilasiga berildi: Givon, Rama, Baro‘t, 26 Mispax, Xafira, Mo‘zox, 27 Rahem, Yirpayel, Taralo, 28 Zila, Elef, Yobus, ya’ni Quddus, Givo va Xirat– Yo‘rim* — hammasi bo‘lib o‘n to‘rtta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.

Yoshua mana shu yerlarni Benyamin qabilasiga ulush qilib berdi.


19–BOB

Shimo‘n qabilasining ulushi

1 Qur’a bo‘yicha* ikkinchi bo‘lib Shimo‘n qabilasi ulush oldi. Shimo‘n qabilasiga ulush qilib berilgan yerlarning atrofi Yahudo qabilasining hududi bilan o‘ralgan edi. 2 Shimo‘n qabilasiga: Bersheba (ya’ni Sheba)*, Mo‘lodax, 3 Xazor–Shuvol, Bala, Ezam, 4 Elto‘lad, Batul, Xo‘rmax, 5 Zixlax, Bayt–Markobot, Xazor–Susa, 6 Bayt–Laboyo‘t va Shoruxan — hammasi bo‘lib o‘n uchta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar berildi.

7 Quyidagi shaharlar ham Shimo‘n qabilasiga tegishli edi: Oyin, Rimmon, Eter va Oshon — to‘rtta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar. 8 Shimo‘n qabilasining hududi yana janubdagi Baalat–Berni, ya’ni Nagav cho‘lidagi* Ramagacha bo‘lgan yerlardagi barcha shaharlarni va ularning atrofidagi qishloqlarni o‘z ichiga olar edi. 9 Yoshua Yahudo qabilasiga bergan ulush ular uchun keragidan ham ortiq edi. Shuning uchun ularning hududidan bir bo‘lagini olib, Shimo‘n qabilasiga ulush qilib berdi.

Zabulun qabilasining ulushi

10 Qur’a bo‘yicha uchinchi bo‘lib Zabulun qabilasi ulush oldi. Ularga tekkan hududning chegarasi Sorid shahridan boshlanib, 11 g‘arb tomonga boradi va Maralo shahridan o‘tadi. Keyin Dabbeshet shahrining yonidan o‘tib, Yoxnayom shahrining sharqidagi soylikkacha yetadi. 12 Sorid shahrining sharq tomonidan chegara Xislo‘t– Tovur shahrining chegarasigacha cho‘ziladi. Keyin Dovarat shahrigacha borib, Yofiya shahrigacha davom etadi. 13 Chegara yana sharq tomonga davom etib, Gat–Xafer va Et–

Kozin shaharlarigacha boradi. Keyin chegara Rimmon shahrigacha borib, u yerdan Niyox shahri tomon buriladi*. 14 Hududning shimoliy chegarasi Xannaton shahridan o‘tib, Yiftox–El soyligida tugaydi. 15 Zabulun qabilasining hududida hammasi bo‘lib o‘n ikkita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar bor edi. Kattot, Nahalil, Shimron, Yidalo va Baytlahm* o‘sha shaharlardan ba’zilari edi.

16 Mana shu shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlarning hammasini Zabulun qabilasi ulush qilib oldi.

Issaxor qabilasining ulushi

17 Qur’a bo‘yicha to‘rtinchi bo‘lib Issaxor qabilasi ulush oldi. 18 Bu qabilaga ulush qilib berilgan yerlarda quyidagi shaharlar bor edi: Yizril, Xasullo‘t, Shunam, 19 Xaforayim, Shiyon, Anaxarat, 20 Rabbit, Xishion, Avaz, 21 Remot, En–Xannim, En–Xaddax, Bayt– Pazez. 22 Shimoldagi bu hududning chegarasi Tovur tog‘idan boshlanib, Iordan daryosida tugaydi. Tovur*, Shaxazimo va Bayt–Shamash* shaharlari ham mana shu hududga kirar edi — hammasi bo‘lib o‘n oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.

23 Mana shu shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlarni Issaxor qabilasi ulush qilib oldi.

Osher qabilasining ulushi

24 Qur’a bo‘yicha beshinchi bo‘lib Osher qabilasi ulush oldi. 25 Ularning hududi quyidagi shaharlarni o‘z ichiga olar edi: Xalkat, Xaliy, Beten, Axshof, 26 Alammalek, Emod va Mishol. Hududning janubiy chegarasi O‘rta yer dengizidan boshlanib, Karmil qirlarining etaklaridagi Shixor–Libnat soyligi bo‘ylab cho‘ziladi. 27 U yerdan chegara sharq tomonga burilib, Bayt–Do‘g‘on shahrigacha boradi va Yiftox–El vodiysidagi Zabulun qabilasi hududining chegarasi bilan tutashadi. Keyin sharqiy chegara shimol tomonga burilib, Bayt–Emix va Nabiyol shahrigacha boradi. Hududning chegarasi Kavul, 28 Abdo‘n*, Rexob, Xammon, Kanax shaharlaridan o‘tib, Buyuk Sidon shahrigacha yetadi 29 va bu yerdan g‘arbga buriladi. Shu yerdan shimoliy chegara boshlanib, Ramaga* boradi–da, mustahkam Tir shahrigacha yetadi. Keyin chegara Xo‘sax shahri tomon burilib, O‘rta yer dengizining oldida tugaydi. Osher qabilasining hududi quyidagi shaharlarni ham o‘z ichiga olar edi: Maxalav, Axsib*, 30 Ummo*, Ofoq va Rexob — hammasi bo‘lib yigirma ikkita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.

31 Mana shu yerlarning hammasini Osher qabilasi ulush qilib oldi.

Naftali qabilasining ulushi

32 Qur’a bo‘yicha oltinchi bo‘lib Naftali qabilasi ulush oldi. 33 Naftali qabilasi hududining janubiy chegarasi Xalef shahridan Zananim shahri yonidagi eman daraxti yonigacha boradi. U yerdan chegara Adamiy–Naxab, Yobnail va Laxum shaharlarigacha davom etib, Iordan daryosida tugaydi. 34 Hududning g‘arbiy chegarasi Ozno‘t–Tovur shahridan o‘tib, Huqqoq shahrigacha boradi. Naftali qabilasining hududi janub tomonda Zabulun qabilasining hududi bilan chegaradosh, g‘arb tomonda Osher qabilasining hududi bilan chegaradosh. Sharqiy chegarasi esa Iordan daryosidir*. 35 Naftali qabilasining hududidagi mustahkam shaharlar quyidagilardir: Ziddim, Zer, Xammat, Raxat, Keneret, 36 Adamax, Rama*, Xazor, 37 Kedesh, Edrey, En–Xazor, 38 Iro‘n, Migdal–El, Xorem, Bayt–Onot va Bayt–Shamash* — hammasi bo‘lib o‘n to‘qqizta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.

39 Naftali qabilasi mana shu yerlarni ulush qilib oldi.

Dan qabilasining ulushi

40 Qur’a bo‘yicha yettinchi bo‘lib Dan qabilasi ulush oldi. 41 Ularning hududi quyidagi

shaharlardan iborat edi: Zorox, Eshtoyo‘l, Ir–Shamash, 42 Shalabbin, Oyjavlon, Yitla, 43 Elo‘n, Timnax, Exron, 44 Eltaxa, Gibiton, Baalat, 45 Yohud, Bani–Baraq, Gat–Rimmon, 46 Mejarkon, Raxxo‘n va Yaffaning qarshisidagi joylar.

47-48 Mana shu shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlar Dan qabilasining ulushi edi. Ammo keyinchalik dushmanlar kelib, bu yerlarni bosib oldilar. Shunda Dan qabilasi shimol tomonga borib, Layish* shahriga hujum qildi*. Ular shaharni qo‘lga kiritib, butun shahar aholisini qirib tashladilar. O‘zlari esa shu shaharda joylashib, uni o‘z bobosi Dan sharafiga Dan deb atadilar.

Yoshuaning ulushi

49 Barcha yerlar Isroil qabilalariga bo‘lib berilgandan keyin, Isroil xalqi Yoshuaga ham ulush berdi. 50 Egamiz Isroil xalqiga, Yoshua xohlagan shaharni unga beringlar, deb amr qilgan edi. Yoshua Efrayim qirlaridagi Timnat–Serax shahrini so‘radi. Isroil xalqi o‘sha shaharni Yoshuaga berdi. Yoshua u shaharni qaytadan qurib, o‘sha yerda joylashdi.


51 Mana shu yerlarning hammasini ruhoniy Elazar*, Nun o‘g‘li Yoshua va qabilalar boshliqlari Isroil qabilalariga ulush qilib berdilar. Ular bu ishlarni Shilo‘dagi* Uchrashuv chodiriga kiraverishda, Egamizning huzurida qur’a tashlab* amalga oshirdilar. Xullas, butun yurtni bo‘lib olish ham o‘z nihoyasiga yetdi.


20–BOB

Panoh shaharlar

1 Egamiz bir kuni Yoshuaga shunday deb aytdi:

2 — Isroil xalqiga shu gaplarni yetkazgin: “Muso orqali sizlarga buyurganimday*, panoh shaharlarni tayinlanglar. 3 Mabodo, birortasi bexosdan odam o‘ldirib qo‘ysa, qochib o‘sha shaharlardan biriga borsin. Qotil o‘sha shaharlarning birida panoh topib, marhumning qasos olmoqchi bo‘lgan qarindoshlaridan* omon qoladi. 4 Shaharga yetib borgandan keyin, qotil shahar darvozasi oldida* o‘tirgan shahar oqsoqollariga o‘z vaziyatini tushuntirsin. Shunda uni shaharga olib kirib, uy–joy berishadi. 5 Qasoskor qotilning orqasidan quvib kelsa, qotil qasoskorga berilmasin. Axir, qotil odamni bexosdan o‘ldirib qo‘ygan, ularning orasida hech qanday adovat yo‘q edi. 6 Jamoa yig‘ilib, qotilni hukm qilmaguncha, o‘sha odam panoh shaharda qolishi lozim. Qotil aybsiz deb topilgandan keyin* esa o‘sha paytda xizmat qilayotgan oliy ruhoniyning o‘limiga qadar, panoh shaharda yashashi kerak. Oliy ruhoniyning o‘limidan keyingina u o‘zi qochib kelgan joyga qaytib borishi mumkin.”

7 Iordan daryosining g‘arb tomonida Isroil xalqi panoh shaharlar qilib quyidagi shaharlarni tayinladi: Naftali qabilasiga tegishli qirlarda joylashgan Jaliladagi Kedesh shahri, Efrayim qabilasiga tegishli qirlardagi Shakam shahri, Yahudo qabilasiga tegishli qirlardagi Xirat–Arba, ya’ni Xevron shahri. 8 Iordan daryosining sharqida, Yerixo shahrining qarshi tomonida esa Isroil xalqi quyidagi shaharlarni panoh shaharlar qilib ajratdi: yassi tepalik sahrosida joylashgan, Ruben qabilasiga tegishli bo‘lgan Bazer shahri, Gad qabilasiga tegishli Giladdagi Ramo‘t shahri, Manashe qabilasiga tegishli

Bashandagi Go‘lon shahri. 9 Mana shu shaharlar Isroil xalqi va ularning orasida yashayotgan begonalar uchun ajratildi. Agar birortasi bexosdan odam o‘ldirib qo‘ysa, o‘sha panoh shaharlardan biriga qochib boradi. Shunday qilib, jamoa adolatli hukm chiqarmaguncha, odam o‘ldirgan kishi panoh shaharda xavf–xatarsiz bo‘lib, uni quvib kelgan qasoskor qo‘lida halok bo‘lmaydi.


21–BOB

Levi qabilasiga berilgan shaharlar

1 Levi qabilasi urug‘boshilari kelib, ruhoniy Elazar*, Nun o‘g‘li Yoshua va Isroil qabilalarining boshliqlari bilan gaplashishdi. 2 Isroil xalqi hali ham Kan’on yurtidagi Shilo‘ shahrida* edi. Levi qabilasidan kelganlar shunday deyishdi: “Levi qabilasiga yashash uchun shaharlar, qo‘y–mollarini boqish uchun esa shaharlarning atrofidagi yaylovlarni ber, deb Egamiz Musoga amr qilgan edi*.” 3 Isroil xalqi Egamizning o‘sha amri bo‘yicha, o‘zlarining yerlaridan Levi qabilasiga ba’zi shaharlarni va ularning atrofidagi yaylovlarni berdi.

4 Qur’a* birinchi bo‘lib, Levi qabilasining Qohot* urug‘iga tushdi. Qohot urug‘idan bo‘lgan Horun* nasliga Yahudo, Shimo‘n va Benyamin qabilalariga qarashli o‘n uchta shahar berildi.

5 Yana qur’a bo‘yicha Qohot urug‘ining qolgan oilalariga Iordan daryosining g‘arbidagi Manashe qabilasining yarmiga tegishli hududdan, Efrayim va Dan qabilalari hududidan o‘nta shahar berildi.

6 Qur’a tashlanib, Gershon urug‘idan bo‘lganlarga Iordan daryosining sharqidagi Manashe qabilasining yarmiga tegishli Bashandagi hududdan, Issaxor, Osher va Naftali qabilalari hududidan o‘n uchta shahar berildi.

7 Qur’a bo‘yicha Marori urug‘iga Ruben, Gad va Zabulun qabilalarining hududidan o‘n

ikkita shahar berildi.

8 Isroil xalqi Egamizning Musoga bergan amriga ko‘ra, qur’a tashlab mana shu

shaharlarni va ularning yaylovlarini Levi qabilasiga berdi.

9-10 Quyida aytib o‘tilgan, Yahudo va Shimo‘n qabilalari hududlaridagi shaharlarni Isroil xalqi qur’a bo‘yicha, birinchi bo‘lib Horunning nasli bo‘lgan Qohot urug‘iga berdi. 11 Ularga Yahudo qirlaridagi Xirat–Arba*, ya’ni Xevron shahri va uning atrofidagi yaylovlar berildi. Arba Onoq avlodining* bobokaloni edi. 12 Ammo Xirat–Arba yonidagi dalalar va atrofidagi qishloqlar Yafunax o‘g‘li Xolibga mulk qilib berilgan edi*.

13 Panoh shaharlaridan biri bo‘lgan Xevrondan tashqari ruhoniy Horun nasliga yana quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar ham berildi: Libna, 14 Yatir, Eshtamo‘va, 15 Xo‘lun, Davir, 16 Oyin, Yutto va Bayt–Shamash — hammasi bo‘lib Yahudo va Shimo‘n qabilalarining hududlaridagi mana shu to‘qqizta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar. 17 Benyamin qabilasining hududidan esa quyidagi to‘rtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: Givon, Gebo, 18 Onoto‘t, Elmo‘n. 19 Mana shu o‘n uchta shahar Horun naslidan bo‘lgan ruhoniylarga berildi.

20 Qohot urug‘ining qolgan oilalariga Efrayim qabilasi hududidan quyidagi to‘rtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ajratib berildi: 21 Efrayim qirlaridagi panoh shahri bo‘lgan Shakam, Gezer, 22 Xivzayim, Bayt–Xo‘ron. 23 Dan qabilasining hududidan quyidagi to‘rt shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ham ruhoniylarga berildi: Eltaxa,

Gibiton, 24 Oyjavlon, Gat–Rimmon. 25 Iordanning g‘arb tomonidagi Manashe qabilasining yarmiga berilgan hududdan quyidagi ikkita shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ruhoniylarga berildi: Tanax, Bilom*. 26 Qohot urug‘ining qolgan oilalariga mana shu o‘nta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi.

27 Iordanning sharqidagi Manashe qabilasining yarmiga berilgan hududdan Levi qabilasining Gershon urug‘iga quyidagi ikki shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: Beshtara shahri va Bashandagi panoh shahar Go‘lon. 28 Issaxor qabilasining hududidan ularga yana quyidagi to‘rtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ham berildi: Xishion, Dovarat, 29 Yarmut va En–Xannim. 30 Osher qabilasining hududidagi quyidagi to‘rtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ham Gershon urug‘iga berildi: Mishol, Abdo‘n, 31 Xalkat va Rexob. 32 Ular yana Naftali qabilasi hududidan quyidagi uchta shahar va ularning atrofidagi yaylovlarni ham oldilar: Xammutdo‘r, Kartan va Jaliladagi panoh shahar Kedesh.

33 Gershon urug‘iga mana shu o‘n uchta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar

berildi.

34 Levi qabilasining qolganlariga, ya’ni Marori urug‘iga Zabulun qabilasining hududidan quyidagi to‘rtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: Yoxnayom, Kartax, 35 Dimna, Nahalil. 36 Ruben qabilasining hududidan quyidagi to‘rtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ham Marori urug‘iga berildi: Bazer, Yaxaz*, 37 Kadamo‘t, Mifat. 38 Gad qabilasining hududidan esa quyidagi to‘rtta shahar va o‘sha shaharlarning atrofidagi yaylovlar ularga berildi: Giladdagi panoh shahar Ramo‘t, Moxanayim,

39 Xashbon, Yazir.

40 Levi qabilasining Marori urug‘iga mana shu o‘n ikkita shahar berildi.

41 Isroil xalqining yerlaridan Levi qabilasiga hammasi bo‘lib qirq sakkizta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi. 42 Mana shu shaharlarning har birining atrofida yaylovlar bor edi.

Isroil xalqi yerga egalik qiladi

43 Egamiz Isroil xalqiga butun yurtni berdi. Egamizning O‘zi Isroil xalqining ota– bobolariga, mana shu yerlarni sizlarga beraman, deb va’da qilgan edi. Isroil xalqi u yerlarni egallab, o‘sha yerlarda joylashdi. 44 Egamiz ularning ota–bobolariga va’da qilganday, butun yurt bo‘ylab Isroil xalqiga osoyishtalik berdi. Hech bir dushman ularga bas kela olmadi, chunki Egamizning O‘zi Isroil xalqiga dushmanlarining ustidan g‘alaba bergan edi. 45 Egamiz Isroil xalqiga bergan ezgu va’dalarning hammasi ro‘yobga chiqdi, birortasi ham bajarilmay qolmadi.


22–BOB

Yoshua Iordanning sharqidan ulush olgan qabilalarni uylariga qaytarib yuboradi

1 Yoshua Iordan daryosining sharq tomonida ulush olgan Ruben, Gad qabilalarini va Manashe qabilasining yarmini chaqirib, 2 shunday dedi: “Egamizning quli Muso nima amr qilgan bo‘lsa, hammasini bajardingiz. Men buyurganlarimning hammasiga itoat qildingiz. 3 Yurtni egallashga shuncha uzoq vaqt ketgan bo‘lsa ham, siz o‘z birodarlaringizni tark etmadingiz, Egangiz Xudo qo‘ygan talablarni bitta qoldirmay bajardingiz. 4 Egangiz Xudo O‘zi va’da qilganday, birodarlaringizga tinchlik berdi.

Egamizning quli Muso sizlarga Iordanning sharq tomonidan ulush bergandi. Endi o‘sha

yerlardagi uylaringizga qaytinglar. 5 Egamizning quli Muso sizlarga buyurgan amr va qonunlarni bitta qoldirmay bajaringlar. Egangiz Xudoni sevinglar, Uning yo‘lidan yurib, amrlarini bajarib, Unga sodiq bo‘linglar, Unga butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan xizmat qilinglar.” 6 Yoshua ularni duo qilib, o‘z yerlariga yubordi. Ular o‘z chodirlariga qaytib ketishdi.

7 Manashe qabilasining yarmiga Muso Bashan o‘lkasini ulush qilib bergan edi, ikkinchi yarmiga esa Yoshua qolgan Isroil qabilalari bilan birga Iordanning g‘arbidan yer bergan edi. Yoshua duo qilib, ularni o‘z chodirlariga yuborayotganda, 8 shunday degan edi: “O‘z chodirlaringizga ko‘p boylik bilan, nihoyatda ko‘p mol–qo‘y, kumush, oltin, bronza, temir, ko‘p kiyim–kechaklar bilan qaytib ketyapsizlar.

Dushmanlaringizdan olgan o‘sha o‘ljalarni birodarlaringiz bilan bo‘lishib olinglar.”

9 Shunday qilib, Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi o‘z uylariga qaytib ketishdi. Ularning hududi Iordan daryosining sharqida joylashgan edi. Egamiz O‘z quli Muso orqali ularga amr qilib: “Mana shu yerlarni egallab olib, shu yerda joylashinglar”, degan edi. Isroil xalqining qolgan qabilalari Kan’on yurtidagi Shilo‘da* qoldi.

Iordan daryosi bo‘yidagi qurbongoh

10 Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi hali ham Kan’on yurtida ekanlar, Iordan daryosidan o‘tishdan oldin, daryoning yonidagi Gelilo‘t degan joyda juda katta qurbongoh qurishdi. 11 Qolgan Isroil xalqiga: “Iordanning sharqidan ulush olgan Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi biz tomonda, Kan’on yurtining chegarasida, Gelilo‘tda qurbongoh quribdi” degan xabar keldi. 12 Isroil xalqining jamoasi buni eshitib, Manashe qabilasining yarmi, Ruben va Gad qabilalariga qarshi jang qilish uchun Shilo‘da yig‘ildi.

13 Ammo avval ular Giladga — Manashe qabilasining yarmi va Ruben, Gad qabilalarining oldiga ruhoniy Elazar* o‘g‘li Finxazni yuborishdi. 14 Iordanning g‘arbidagi qabilalarning har biridan bir kishi — o‘z qabilasining boshlig‘i bo‘lgan o‘n kishi ham Finxaz bilan birga bordi. 15 Ular Iordan daryosidan o‘tib, Giladga bordilar. O‘sha yerda Finxaz va u bilan kelganlar Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmiga shunday dedilar:

16 — Biz Egamiz jamoasi nomidan gapiryapmiz. Nima uchun Isroil xalqining Xudosiga xiyonat qildingiz? Qanday qilib Egamizdan yuz o‘girib, Unga qarshi bosh ko‘tarib, o‘zingizga qurbongoh qurdingiz?* 17 Piyor tog‘ida qilgan gunohimiz* yetmasmidi?! O‘sha gunoh tufayli Egamizning butun jamoasi boshiga ofat keldi–ku. Biz hali ham o‘sha gunohdan butunlay poklanganimiz yo‘q. 18 Sizlar esa yana Egamizdan yuz o‘giryapsiz?! Sizlar bugun Egamizga qarshi bosh ko‘targan bo‘lsangiz, ertaga U butun Isroil jamoasidan g‘azablanadi. 19 Yeringiz Egamizga sajda qilishga mos kelmaydigan joy bo‘lsa, daryoning narigi tomoniga — Egamizning Muqaddas chodiri tikilgan joyga o‘tib, bizning oramizda o‘zingizga biror yerni mulk qilib olinglar. Ammo Egamiz Xudoning qurbongohidan tashqari yana boshqa qurbongoh qurib olib, Egamizga yoki bizga qarshi bosh ko‘tarmanglar*. 20 Zerax o‘g‘li Oxun Egamizga xiyonat qilib*, bag‘ishlangan narsalardan* o‘g‘irlagan edi. Shu tufayli butun Isroil xalqining boshiga kulfat tushdi–ku! O‘sha gunoh dastidan yolg‘iz uning o‘zi halok bo‘lmadi–ku!

21 Shunda Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi Isroil qabilalarining boshliqlariga shunday javob berishdi:

22 — Xudolar Xudosi Egamizdir! Xudolar Xudosi Egamizdir! Uning O‘zi guvohimiz bo‘lsin. Egamizning O‘zi biladi. Butun Isroil xalqi ham bilsin. Biz qurbongohni Egamizga qarshi bosh ko‘tarib yoki Unga xiyonat qilib qurganimiz yo‘q. Agar shu niyatda qurbongoh qurgan bo‘lsak, endi bizni ayamanglar. 23 Biz bu qurbongohni Egamizdan yuz o‘girganimiz uchun emas, hatto shu qurbongoh ustida kuydiriladigan qurbonliklaru don nazrlari va tinchlik qurbonliklari keltirish uchun ham qurganimiz yo‘q. Agar shu niyatda qurbongoh qurgan bo‘lsak, Egamizning O‘zi bizni jazolasin. 24 Biz qo‘rqqanimizdan shunday qildik. Vaqti kelib, sizlarning avlodlaringiz bizning avlodimizga shunday deb qolishi mumkin: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz bilan sizlarning nima ishingiz bor?! 25 Egamiz sizlar — Ruben va Gad qabilalari bilan bizning oramizda Iordan daryosini chegara qilib qo‘ydi, Egamizda sizning hech haqingiz yo‘q.” Sizlarning avlodingiz shunday deb bizning avlodlarimizni Egamizga sajda qilishdan to‘xtatib qo‘yishi mumkin. 26 Shuning uchun biz shunday dedik: “Kelinglar, qurbongoh quraylik, bu qurbongoh kuydiriladigan qurbonliklaru boshqa har xil qurbonliklar keltirish uchun ishlatilmaydi.” 27 Biz bu qurbongohni siz bilan bizning oramizda, bizdan keyingi avlodlar orasida guvoh bo‘lsin, deb qurdik. Biz ham, sizlar qatori, Egamizning Muqaddas chodiri oldida Egamizga sajda qilib, o‘sha yerda kuydiriladigan qurbonliklar, don nazrlari va tinchlik qurbonliklari keltirishga haqli ekanimizni mana shu qurbongoh ko‘rsatadi. Shunda sizlarning avlodlaringiz bizning avlodlarimizga hech qachon: “Egamizda sizlarning haqingiz yo‘q”, — demaydi. 28 Bordi–yu, shunday deb aytishsa, biz yoki avlodlarimiz quyidagiday javob bera olamiz: “Mana, Egamiz qurbongohining nusxasiga qaranglar.

Bizning ajdodlarimiz uni kuydiriladigan qurbonliklar va boshqa har xil qurbonliklar keltirish uchun emas, balki siz bilan bizning o‘rtamizda guvoh bo‘lishi uchun qurishgan.” 29 Faqat Egamiz Xudoning Chodiri oldida turgan qurbongohdagina Unga atab kuydiriladigan qurbonliklar, don nazrlari va boshqa qurbonliklar keltirish mumkin.

Egamizga qarshi bosh ko‘tarishdan, Undan yuz o‘girishdan Uning O‘zi bizni saqlasin. Biz

qurbonliklar keltirish uchun qurbongoh qurmaymiz.

30 Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi aytgan bu gaplarni eshitib, ruhoniy Finxaz va u bilan birga kelgan Isroil xalqining boshliqlari juda mamnun bo‘lishdi. 31 Ruben, Gad qabilalariga va Manashe qabilasining yarmiga Elazar shunday dedi:

— Egamiz biz bilan birga ekanligiga bugun amin bo‘ldik. Sizlar Egamizga xiyonat

qilmay, butun Isroil xalqini Uning g‘azabidan saqlab qoldingiz.

32 Keyin Elazar va Isroil xalqi boshliqlari Giladdan Kan’on yurtiga, Isroil xalqining oldiga qaytib kelib nima bo‘lganini aytib berishdi. 33 Ular olib kelgan xabar Isroil xalqini mamnun qildi. Isroil xalqi Xudoga hamdu sano aytib, Ruben va Gad qabilalariga qarshi jang qilish va ularning yerlarini vayron qilish haqida boshqa og‘iz ochmadi. 34 Ruben va Gad qabilalari qurbongohga Guvoh degan nom berishdi*, chunki ular: “Egamiz — Xudo ekanligini bu qurbongoh hammamizga eslatib turadi”, deb aytishgan edi.


23–BOB

Yoshuaning oxirgi nasihatlari

1 Oradan yillar o‘tdi. Egamiz Isroil xalqiga tinchlik ato qildi, atrofdagi dushmanlar ularga xavf solmas edi. Yoshua ham yoshi ancha o‘tib, qarib qolgan edi. 2 U butun Isroil

xalqini, ularning oqsoqollariyu boshliqlarini, hakam va nazoratchilarini chaqirib shunday dedi: “Mening yoshim ham o‘tdi, ancha qarib qoldim. 3 Egangiz Xudo sizlar uchun atrofingizdagi xalqlarni nima qilganini ko‘rdingiz. Egangiz Xudoning O‘zi sizlar uchun jang qildi. 4 Men Isroil xalqining qabilalariga sharqda Iordan daryosidan boshlab g‘arbdagi O‘rta yer dengizigacha* bo‘lgan yerlarni mulk qilib berdim. Men sizlarga mag‘lub bo‘lgan xalqlarning ham, hali mag‘lub qilinmagan xalqlarning ham yerlarini taqsimlab berdim. 5 Egangiz Xudoning O‘zi o‘sha xalqlarni oldingizdan haydab, orqaga chekintiradi. Egangiz Xudoning O‘zi va’da qilganday, sizlar ularning yerlarini egallaysizlar. 6 Musoning Tavrot kitobida* yozilgan barcha qonunlarga amal qilinglar. Ularni bitta qoldirmay bajaringlar. 7 Orangizda qolgan o‘zga xalqlarga qo‘shilmanglar. Ularning xudolarining nomlarini tilga ham olmanglar, o‘sha xudolarning nomi bilan qasam ichmanglar. U xudolarga sajda ham qilmanglar, xizmat ham qilmanglar. 8 Sizlar shu paytgacha Egangiz Xudoga sodiq bo‘lib keldingizlar, bundan keyin ham Unga sodiq bo‘lib qolinglar. 9 Egamiz sizlarning oldingizdan katta va kuchli xalqlarni haydab chiqardi, mana shu kungacha hech kim sizlarga bas kela olgani yo‘q. 10 Egangiz Xudo va’da qilganday, Uning O‘zi sizlar uchun jang qiladi. Dushmanlarning mingtasi bittangizga bas kela olmaydi. 11 Shuning uchun doimo chin dildan Egangiz Xudoni sevinglar. 12 Undan yuz o‘girmanglar, orangizdagi o‘zga xalqlar bilan aralashmanglar, ular bilan quda–andachilik qilmanglar. 13 Agar shunday qilsangiz, bilib qo‘yingki, Egangiz Xudo o‘sha xalqlarni sizlarning oldingizdan boshqa haydab chiqarmaydi. Ular sizlarga qopqon va tuzoqday, yelkalaringizga qamchiday, ko‘zlaringizga esa tikanday bo‘ladi. Oxiri, Egangiz Xudo sizlarga bergan mana shu hosildor yurtda birortangiz ham tirik qolmaysiz.

14 Men ham bir bandaman, umrim oxirlab boryapti. Shubhasiz, hammangiz bilasiz, Egangiz Xudo sizlarga yaxshi va’dalar bergan edi, shu va’dalarning hammasi ro‘yobga chiqdi, ularning birortasi ham bajarilmay qolmadi. 15 Egangiz Xudo sizlarga va’da qilgan barcha yaxshi narsalarni ro‘yobga chiqardi. Agar Egamizga itoat qilmasangiz, U sizlarni ogohlantirib aytgan kulfatlarni boshingizga soladi. Oqibatda U sizlarga bergan mana shu hosildor yurtdan sizlarni butunlay yo‘q qilib tashlaydi. 16 Agar sizlar Egangiz Xudo bilan qilgan ahdni buzib, boshqa xudolarga ergashsangiz, ularga xizmat qilib, sajda qilsangiz, sizlarga qarshi Egamizning g‘azabi qo‘zg‘aydi–da, U sizlarga bergan mana shu hosildor yurtda tez orada qirilib ketasizlar.”


24–BOB

Yoshuaning Shakamda so‘zlagan nutqi

1 Keyin Yoshua barcha Isroil qabilalarini, ularning oqsoqollarini, boshliqlarini, hakamlarini va nazoratchilarini Shakamga* chaqirtirdi. Ular Xudoning huzuriga keldilar. 2 Yoshua butun xalqqa shunday dedi:

— Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Qadimda sizlarning ajdodlaringiz, jumladan, Terah va uning o‘g‘illari Ibrohim hamda Naxo‘r Furot daryosining narigi tomonida yashaganlar. Ular boshqa xudolarga xizmat qilganlar. 3 Men sizlarning ota–bobongiz bo‘lgan Ibrohimni Furotning narigi tomonidagi yerdan olib chiqib, butun Kan’on yurti bo‘ylab boshlab bordim. Ibrohimning naslini ko‘paytirdim.

Ibrohimga Is’hoqni berdim. 4 Is’hoqqa esa Yoqub va Esovni berdim. Esovga yashash

uchun Seir tog‘larini* berdim. Yoqub va uning farzandlari esa Misrga bordilar. 5 Keyin Muso va Horunni Misrga yuborib, Misr xalqining boshiga falokatlar keltirdim.

O‘shandan keyin sizlarni Misrdan olib chiqdim. 6 Ota–bobolaringiz Qizil dengizga yetib keldi. Misrliklar esa aravakashlari va jang aravalari bilan ularni Qizil dengizgacha* quvib bordilar. 7 Ota–bobolaringiz Menga iltijo qilganlarida, Men Misrliklar va ota– bobolaringiz orasiga zulmat tushirdim. Misrliklarning ustiga dengiz suvlarini bostirib, ularni cho‘ktirdim. Misrni qay ahvolga solganimni sizlar o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingiz.

Undan keyin sizlar sahroda uzoq vaqt yashadingiz. 8 Keyin Men sizlarni Iordan daryosining sharq tomonidagi yurtga olib keldim. U yerda Amor xalqi yashar edi. Ular sizlarga qarshi chiqib jang qildi. Men sizlarga ularning ustidan g‘alaba ato qildim. Ularni sizlarning oldingizdan qirib tashladim, sizlar ularning yerlarini egallab oldingiz. 9 Keyin Mo‘ab shohi — Zippur o‘g‘li Boloq sizlarga qarshi jangga chiqdi. Isroil xalqini la’natlasin deb, u Bavo‘r o‘g‘li Balomni chaqirtirdi*. 10 Ammo Men Balomga quloq solmadim, aksincha, u o‘z ixtiyoriga qarshi sizlarni duo qildi. Shunday qilib, Men sizlarni Boloqning qo‘llaridan qutqardim. 11 Sizlar Iordandan o‘tib, Yerixoga kelganingizda, Yerixo aholisi sizlarga qarshi jang qildi. Amor, Pariz, Kan’on, Xet, Girgosh, Xiv va Yobus xalqlari ham sizlarga qarshi urush qildi. Men sizlarga ularning ustidan g‘alaba berdim. 12 Ikki Amor shohini* vahimaga soldim–da, quvib yubordim*. Bu g‘alabaga sizlar o‘z qilichu kamoningiz bilan erishmadingiz. 13 Men sizlarga o‘zingiz ishlov bermagan yerlarni berdim. Endi sizlar o‘zingiz qurmagan shaharlarda yashayapsizlar, o‘zingiz ekmagan uzumzoru zaytun bog‘larining mevasini yeyapsizlar.”

14 Yoshua gapida davom etib, shunday dedi:

uchun agar Egamizga bergan va’damizda turmasak, bu tosh bizga qarshi guvoh bo‘ladi.

28 Shundan keyin Yoshua xalqni ularga ulush qilib bergan yerlarga yubordi.

Yoshua va Elazar vafot etadilar

29 Birmuncha vaqtdan keyin Egamizning quli Yoshua 110 yoshga kirib vafot etdi.

30 Uni Timnat–Serax shahrida dafn qildilar. Bu shahar unga ulush qilib berilgan bo‘lib*, Gash tog‘ining shimolida, Efrayim qirlarida joylashgan edi.

31 Yoshua davrida Isroil xalqi Egamizga xizmat qilar edi. Ular Yoshuaning o‘limidan so‘ng, Egamiz Isroil uchun qilgan hamma ishlarini ko‘rgan oqsoqollar davrida ham Egamizga itoat qilishar edi.

32 Isroil xalqi Misrdan chiqqanda Yusufning suyaklarini o‘zlari bilan olgan edi*. Ular mana shu suyaklarni Shakamda ko‘mishdi. Yoqub bu yerni Shakamning otasi Xamo‘rning o‘g‘illaridan yuz bo‘lak kumushga* sotib olgan edi*. O‘sha yer Yusuf avlodlarining ulushi bo‘lib qoldi.

33 Horun o‘g‘li Elazar ham vafot etdi. Elazarning o‘g‘li Finxazga Efrayim qirlaridagi Givo shahri ulush qilib berilgan edi. Elazar o‘sha joyga dafn qilindi.

IZOHLAR

1:2 …Iordan daryosidan o‘tishga tayyorlaninglar — o‘sha paytda Isroil xalqi Iordan daryosining sharqidagi Mo‘ab tekisligida turar edi (Sahroda 36:13 ga qarang).

1:4 O‘rta yer dengizi — ibroniycha matnda Buyuk dengiz.

1:4 …Xet xalqining hamma yerlari… — bu o‘rinda Suriyaning shimoldagi yerlari nazarda

tutilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XET XALQI iborasiga qarang.

1:8 Tavrot kitobi — Qonunlar kitobida yozilganlarning aksariyat qismi nazarda tutilgan

bo‘lishi mumkin (Qonunlar 29:21, 30:10, 31:24-26 ga qarang).

1:13 …Muso sizlarga amr qilib aytgan so‘zlarini eslang — Sahroda 32:28-33, Qonunlar 3:18-20 ga qarang.

2:1 Shitimdagi qarorgoh — O‘lik dengizning shimoli–sharqida, Mo‘ab tekisligida

joylashgan (Sahroda 33:49 ga qarang).

2:1 Yerixo shahri — o‘sha hududdagi eng muhim shahar. Iordan daryosidan qariyb 10

kilometr g‘arbda joylashgan.

2:7 …shahar darvozasi yopildi — odatda qadimgi paytlarda shaharlar devor bilan o‘ralgan bo‘lib, katta darvozasi ham bor edi. Xavfsizlik maqsadida darvoza kechasi yopib qo‘yilardi.

2:10 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, ma’nosi Qamish dengizi. Bu oyatdagi mana shu nom ostida hozirgi Suets qo‘ltig‘i (ya’ni Qizil dengizning shimoli–g‘arbidagi qo‘ltiq) yoki Suets qo‘ltig‘i va O‘rta yer dengizi oralig‘ida joylashgan ko‘llardan biri nazarda tutilgan. Chiqish 14:10-31 dagi hodisalarning tafsilotiga ko‘ra, bu dengiz kattaligidan Isroil xalqiga to‘siq bo‘lgan, chuqurligidan Misr lashkari cho‘kib ketgan.

2:15 Rahobaning uyi shahar devorlariga taqalib qurilganligi uchun… — qadimgi paytlarda shaharlar baland devorlar bilan o‘ralgan edi. Bu devorlar shaharni bosqinchilar hujumidan himoya qilardi. Arxeologik qazuvlar natijasida Yerixo shahrining devorlari ikki qavat — ichki va tashqi devorlardan iborat bo‘lganligi aniqlangan. Ichki va tashqi devorning oralig‘i taxminan to‘rt metr bo‘lib, bir devordan boshqa devorga taqab o‘rnatilgan yo‘g‘on yog‘ochlar ustiga uylar qurilgandi. Rahoba ayg‘oqchilarni chiqarib yuborgan deraza shaharning tashqi devorida joylashgan edi.

2:23 Ular daryoni kechib o‘tib… — ayg‘oqchilar Isroil xalqi qarorgoh qurgan joyga —

daryoning sharq tomoniga qaytib borgan edilar (1:2 ga qarang).

3:4 ikki ming tirsak — taxminan 900 metrga to‘g‘ri keladi.

3:5 O‘zingizni poklang… — diniy xizmatni lozim darajada bajarishga monelik qiladigan nopoklikdan tozalanish marosimi nazarda tutilgan.

3:10-11 …Ahd sandig‘i oldingizda Iordan daryosidan o‘tadi — Ahd sandig‘ini ko‘tarib borgan ruhoniylar birinchi bo‘lib daryoga kirishlari kerak edi (shu bobning 13-14– oyatlariga qarang). Matnda Xudo O‘z xalqini jangga boshlab borishiga urg‘u berilgan. Ahd sandig‘i Xudo huzurining ramzi bo‘lib xizmat qilardi.

3:15 Hosil mavsumi — kech bahor paytiga ishora.

3:16-17 …Zoraton yonidagi Adam shahri… — Adam Yerixodan qariyb 30 kilometr shimolda, Zoraton shahri esa Adamdan qariyb 20 kilometr shimolda joylashgan.

3:16-17 O‘lik dengiz — ibroniycha matnda Araba dengizi, ya’ni Tuz dengizi. Araba

umumiy geografik nom bo‘lib, bu oyatda O‘lik dengiz joylashgan cho‘l yerlarni bildiradi.

4:9 bugungacha — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

4:12 Muso buyurganday… — 1:12-15 va Sahroda 32:16-33 ga qarang.

4:14 …Isroil xalqining ko‘zi oldida Yoshuaning nomini yuksaltirdi — 3:7 ga qarang.

4:15-16 Ahd sandig‘i — ibroniycha matnda Guvohlik sandig‘i, Ahd sandig‘ining yana bir nomi. Ibroniycha matndagi iboraning guvohlik so‘zi o‘nta amr yozilgan ikkita tosh lavhaga ishora qiladi. Ikkala tosh lavha Sandiqning ichida saqlanib, Xudo va Uning xalqi o‘rtasida tuzilgan ahdning dalili, ya’ni toshga bitilgan guvohlik bo‘lib xizmat qilardi.

4:19 birinchi oy — ibroniy kalendarining Abib oyi nazarda tutilgan (Abib oyi Nison oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan martning o‘rtasidan boshlanadi.

4:19 Gilgal — bu joy Yerixodan qariyb 4 kilometr shimoli–sharqda bo‘lgan.

4:23 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, ma’nosi Qamish dengizi. 2:10 izohiga qarang.

5:2 Toshdan pichoqlar yasab… — bu tosh pichoqlar qoyatoshning uzun, ensiz

parchasidan yasalgan edi. Qoyatoshni yo‘nib, undan o‘tkir tig‘ hosil qilishar edi.

5:2 …Isroil xalqining bu yangi avlodini sunnat qilinglar — sunnat Xudoning Ibrohim va uning avlodi bilan qilgan ahd belgisi edi (Ibtido 17:9-14 ga qarang). Xalq sunnat qilinmay turib Fisih ziyofatini nishonlay olmasdi (Chiqish 12:48-49 ga qarang).

5:3 Givot–Xarilo‘t — ibroniychadagi ma’nosi Sunnat terisi tepaligi.

5:6 sut va asal oqib yotgan yurt — nihoyatda hosildor yerni bildiruvchi ibora. Mo‘l–ko‘l sut — mol uchun ko‘m–ko‘k yaylovlarning ko‘pligini bildiradi. Asal — xurmodan olinadigan quyuq, shirin murabboga ishora bo‘lishi mumkin. Murabboning mo‘lligi yaxshi hosil beradigan yerni bildiradi.

5:9 Gilgal — bu nom ibroniychadagi dumalatib tashlamoq so‘ziga ohangdosh. Bu oyatda o‘sha ibroniycha so‘z olib tashladim deb tarjima qilingan.

5:10 …oyning o‘n to‘rtinchi kunida… — ibroniy kalendarining birinchi oyi nazarda tutilgan (4:19 ning birinchi izohiga qarang).

5:11 xamirturushsiz non — Fisih ziyofatida va undan keyin bir hafta davomida Isroil xalqi faqat xamirturushsiz nonlarni iste’mol qilishlari kerak edi. O‘sha hafta Xamirturushsiz non bayrami deb atalgan (Chiqish 12:14-20, 13:3-10 ga qarang).

5:12 manna — Xudo Isroil xalqiga qirq yil davomida sahroda yetkazib turgan maxsus yegulik. Manna, Shabbat kunidan tashqari, har kuni kechasi yerga yog‘ilardi, odamlar saharda turib, uni yig‘ib olishardi. So‘ng uni yanchib, non yopishardi yoki qaynatib ovqat tayyorlashardi (Chiqish 16:13-35, Sahroda 11:7-9 ga qarang).

6:16 …bag‘ishlanib, yo‘q qilinsin — shu ibora bilan tarjima qilingan ibroniycha so‘zning ma’nosi quyidagicha: butun shahar, u yerdagi odamlaru hayvonlar va buyumlar Xudoga

bag‘ishlanib, tamoman yo‘q qilingan. Ba’zi hollarda buyumlar Xudoga nazr qilingan.

6:22 …ularni Isroil qarorgohining yoniga…keltirdilar — Rahoba va uning oilasi Kan’onlik bo‘lganlari uchun harom hisoblangan edilar. Shu bois ular Isroil qarorgohiga olib kirilmagan edi. Agar ayg‘oqchilar ularni Isroil qarorgohiga olib kirganlarida edi, qarorgoh bulg‘angan bo‘lar edi. Oqibatda, Egamiz Isroil lashkariga jangda yordam bermagan bo‘lardi (Qonunlar 23:9-14 ga qarang). Keyinchalik Rahoba va uning xonadoni Isroil xalqiga qo‘shilib (shu bobning 24–oyatiga qarang), Rahoba Salmo‘nga erga tegadi (Matto 1:5 ga qarang). Shoh Dovud Rahoba naslidan kelib chiqadi (Rut 4:18- 22 ga qarang).

6:23 Egamizning uyi — o‘sha davrda Isroil xalqi Egamizga sajda qilgan joy, ya’ni

Muqaddas chodirga ishora.

6:24 Uning xonadoni o‘shandan beri Isroilda yashaydi — shu kitob yozilgan davrda Rahobaning xonadoni Isroil xalqi orasida yashardi.

6:25 …Egamiz oldida la’nati bo‘lsin! — bu so‘zlar shoh Axab davrida amalga oshgan

(3 Shohlar 16:34 ga qarang).

7:1 bag‘ishlangan narsalar — 6:17-20 oyatlarga va 6:16 izohiga qarang.

7:1 Zimri — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Zabdi (shu bobning 17, 18– oyatlarida ham bor). Uning Zimri degan shakli 1 Solnomalar 2:6 dan olingan.

7:1 Egamiz Isroil xalqidan qattiq g‘azablandi — faqat Oxun itoatsizlik qilgan bo‘lsa–da, Egamizning amri buzilgani uchun butun Isroil xalqi aybdor hisoblangan edi.

7:2 Ay shahri — Yerixo shahridan qariyb 24 kilometr g‘arbda, Baytil shahridan qariyb 3

kilometr janubi–sharqda joylashgan.

7:5 tosh qaziladigan joy — yoki Shebarim.

7:14 Egamiz…tanlaydi — Egamiz O‘z irodasini odamlarning qur’a tashlashi orqali ayon qilgan bo‘lishi mumkin. Qur’a tashlashda yog‘och bo‘laklari yoki toshlar ishlatilgan bo‘lib, shu orqali biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligi aniqlangan. Bu yerda qur’a kim aybdor ekanini ko‘rsatgan (shu bobning 16-18–oyatlariga qarang).

7:21 Shinar — Mesopotamiyadagi, ya’ni Dajla va Furot daryolari orasida joylashgan yerlardagi bir hududning qadimgi nomi. Keyinchalik bu hududda Bobil shohligi barpo bo‘lgan.

7:21 500 misqol — ibroniycha matnda 200 shaqal, taxminan 2,2 kiloga to‘g‘ri keladi.

7:21 125 misqol — ibroniycha matnda 50 shaqal, taxminan 550 grammga to‘g‘ri keladi.

7:26 Oxor — ibroniychadagi ma’nosi kulfat.

8:14 Iordan vodiysi — ibroniycha matnda Araba. Araba umumiy geografik nom bo‘lib, bu oyatda Iordan vodiysining bir qismiga, aynan O‘lik dengizning shimolidagi yerlarga nisbatan ishlatilgan.

8:15 sahro taraf — sahro Ay shahridan sharqda joylashgan.

8:28 bugungacha — shu kitob yozilgan vaqtga ishora (shu bobning 29–oyatida ham bor).

8:29 …kechgacha… — Qonunlar 21:22-23 ga qarang.

8:30 Yoshua…Ebal tog‘ida qurbongoh qurdi — Qonunlar 27:1-8 ga qarang. Ebal tog‘i Ay

shahridan qariyb 32 kilometr shimolda joylashgan.

8:31 Tavrot kitobi — 1:8 izohiga qarang.

8:31 Tavrot kitobidagi ko‘rsatmalar — Chiqish 20:25, Qonunlar 27:5-6 ga qarang.

8:33 …Garizim tog‘i…Ebal tog‘i… — Garizim tog‘i Ebal tog‘idan janubda joylashgan. Bu ikki tog‘ orasidan Shakam vodiysi o‘tgan.

8:33 Muso…buyurgan edi — Qonunlar 27:11-13 ga qarang.

9:1 O‘rta yer dengizi — ibroniycha matnda Buyuk dengiz.

9:3 Givon — Ay shahridan qariyb 10 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan shahar. 9:4 …yo‘lga tayyorgarlik ko‘rib… — yoki …o‘zlarini elchi qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lib…. 9:6 Gilgaldagi qarorgoh — 4:19 ga va o‘sha oyatning ikkinchi izohiga qarang.

9:7 Xiv xalqidan bo‘lgan bu odamlar — Givon shahridan edilar. Egamiz Xiv xalqini boshqa xalqlar qatori Kan’on yurtidan haydab yuborishni Isroil xalqiga amr qilgan edi (3:10 ga qarang).

9:7 Balki sizlar bizga yaqin joyda yasharsizlar, biz qanday qilib sizlar bilan sulh tuzamiz?

— Xudoning Muso orqali bergan amriga ko‘ra, Isroil xalqi faqat olis yurtlarda yashaydigan xalqlar bilan sulh tuzishi mumkin edi (Qonunlar 20:10-15 ga qarang). Kan’on yurtida istiqomat qilayotgan barcha xalqlarni esa bitta qoldirmay qirib tashlashi shart edi (Qonunlar 20:16-18 ga qarang).

9:10 …Sixo‘nni va…O‘gni nimalar qilganini… — Sahroda 21:21-35, Qonunlar 2:24- 3:11 ga qarang.

9:17 Givon, Xafira, Baro‘t va Xirat–Yo‘rim — bu shaharlar Isroil xalqining Gilgaldagi qarorgohidan qariyb 30-50 kilometr g‘arbda joylashgan.

9:23 Xudoyimning uyi — o‘sha davrda Isroil xalqi Xudoga sajda qilgan joy, ya’ni

Muqaddas chodirga ishora.

9:27 bugungacha — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

10:1 Quddus — o‘sha paytda Quddus shahri Isroil xalqiga emas, balki Yobus xalqiga

tegishli edi.

10:3 Xevron…Eglon… — Xevron shahri Quddusdan qariyb 32 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan edi. Yarmut, Laxish va Eglon shaharlari ham Quddusga yaqin joyda, qariyb 25-55 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan edi.

10:9 …Gilgaldan… — Givon va Gilgal orasidagi masofa qariyb 32 kilometrga to‘g‘ri

kelardi.

10:10 …Ozikah va Makkedoga yetib… — qariyb 30 kilometrli masofa.

10:12 Oyjavlon vodiysi — Givon shahridan qariyb 15 kilometr g‘arbda joylashgan.

10:13 “Yoshur” kitobi — ibroniychadagi ma’nosi Solihlar kitobi. Ehtimol, bu kitob jangnoma bo‘lib, qadimiy dostonlar va qo‘shiqlar majmuasidan iborat edi. Bu kitob hozirgi kungacha saqlanib qolmagan. 2 Shohlar 1:18 da ham o‘sha kitobga ishora qilingan.

10:28 Makkedo shahri — bu shahar, shuningdek, shu bobning 28-38–oyatlarida aytib

o‘tilgan hamma shaharlar Kan’onning janubida joylashgan edi.

10:40 Nagav cho‘li — hozirgi Isroilning janubida, O‘lik dengizning janubi–g‘arbida

joylashgan yerlar.

10:41 Go‘shen yerlari — Yahudo qabilasiga berilgan qirlar va janubda joylashgan Nagav cho‘li oralig‘idagi yerlar. Ibtido va Chiqish kitoblarida tilga olingan Misr yurtidagi Go‘shendan boshqa yerlar.

11:1 Xazor shahri — Jalila ko‘lidan qariyb 15 kilometr shimolda joylashgan. Bu shahar va mazkur bobning 1-15–oyatlarida aytib o‘tilgan hamma shaharlar Kan’onning shimolida joylashgan.

11:2 Jalila ko‘li — ibroniycha matnda Keneret, o‘sha vaqtda Jalila ko‘li va uning

atrofidagi yerlar shu nom bilan ham atalardi.

11:2 Iordan vodiysi — ibroniycha matnda Araba. Araba umumiy geografik nom bo‘lib,

bu oyatda Iordan vodiysiga nisbatan ishlatilgan (shu bobning 16–oyatida ham bor).

11:3 Mispax yeri — shu bobning 8–oyatidagi Mispax vodiysi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Mazkur oyatdagi Mispax 15:38 va 18:26 da Mispax deb atalgan ikkala joydan boshqa. Eski Ahdda bir nechta joy Mispax degan nom bilan yuritilgan.

11:5 Mirom — Jalila ko‘lidan qariyb 13 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan shahar nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

11:8 …Buyuk Sidon va Misrafo‘t–Mayimgacha…Mispax vodiysigacha… — bu uchta joy Miromdan qariyb 30-55 kilometr shimolda joylashgan.

11:13 tepalik — asrlar davomida shaharlar qurilib, vayron bo‘lgan, vayronalar ustiga yangi shaharlar barpo qilinavergan, shu tariqa tepaliklar hosil bo‘lib boravergan. Bu o‘rindagi ibroniycha so‘z shunday tepaliklarga ishora qiladi. Isroil xalqi bu tepaliklar ustida qurilgan shaharlarni qo‘lga kiritib, u yerlarda yashagan bo‘lishi mumkin (Qonunlar 6:10-11 ga qarang).

11:16 Nagav cho‘li — 10:40 izohiga qarang.

11:16 Go‘shen yerlari — 10:41 izohiga qarang.

11:17 Seir — Edom yurtiga qarashli bo‘lgan tog‘li yerlar.

11:19 Givondagi Xiv xalqidan tashqari… — 9:3-15 oyatlarga va 9:7 ning izohlariga qarang.

11:21 Onoq avlodi — Isroil xalqidan avval Kan’onda yashagan, gavdasi ulkan, kuchli jangchilari bilan mashhur bo‘lgan xalq (Sahroda 13:33-34, Qonunlar 1:28, 2:10-11, 20-

21, 9:1-2 ga qarang).

11:22 G‘azo, Gat va Ashdod shaharlari — bu shaharlar Filistiyada, O‘rta yer dengizi

yaqinida joylashgan edi.

12:1 Iordan vodiysi — ibroniycha matnda Araba (shu bobning 3, 8–oyatlarida ham bor).

Araba umumiy geografik nom bo‘lib, bu oyatda Iordan vodiysiga nisbatan ishlatilgan.

12:2 Isroil xalqi mag‘lub qilgan shohlardan biri…Sixo‘n edi — Sahroda 21:21-31, Qonunlar 2:26-37 ga qarang.

12:3 Jalila ko‘li — ibroniycha matnda Keneret ko‘li, o‘sha vaqtda Jalila ko‘li va uning

atrofidagi yerlar shu nom bilan ham atalardi.

12:3 O‘lik dengiz — ibroniycha matnda Araba dengizi, ya’ni Tuz dengizi. Araba umumiy

geografik nom bo‘lib, bu oyatda O‘lik dengiz joylashgan cho‘l yerlarni bildiradi.

12:4 Mag‘lub bo‘lgan Bashan shohi O‘g… — Sahroda 21:33-35, Qonunlar 3:1-11 ga qarang.

12:4 Rafa xalqi — Isroil xalqidan avval Kan’onda yashagan, gavdasi ulkan, kuchli jangchilari bilan mashhur bo‘lgan xalq (Qonunlar 2:10-11, 20-21, 3:11 ga qarang).

12:7 Seir — 11:17 izohiga qarang.

12:8 Nagav cho‘li — 10:40 izohiga qarang.

12:23 Nafo‘t–Do‘r — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Nafat–Do‘r.

12:23 Gilgal — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimada Jalila.

13:3 Shixor irmog‘i — Sinay yarim orolining shimoli–sharqidagi Arish soyligi yoki Nil daryosining sharqiy irmog‘i nazarda tutilgan (yana 15:4, 47, Ibtido 15:18 va Sahroda 34:5 ga qarang).

13:3 Avim xalqi — qadimda O‘rta yer dengizi bo‘yida istiqomat qilgan xalq (Qonunlar 2:23 ga qarang). Filist xalqi Avim xalqining yurtini bosib olgandan keyin, ularning omon qolganlari Filistlardan janubda o‘rnashgan edi.

13:4 Ofoq — 12:18 da aytib o‘tilgan Ofoqdan boshqa shahar. Mazkur oyatdagi Ofoq hozirgi Bayrutdan qariyb 40 kilometr shimolda joylashgan bo‘lishi mumkin.

13:5 Gabol — O‘rta yer dengizi bo‘yidagi Finikiyaga qarashli shahar bo‘lib, Sidon

shahridan shimolda joylashgan edi.

13:5 Levo–Xomat — yoki Xomat dovoni.

13:7 Manashe qabilasining yarmi — Iordan daryosining g‘arb tomonidagi Kan’on yurtida o‘rnashgan qabilaning yarmi nazarda tutilgan (22:7 ga qarang). Qabilaning ikkinchi yarmi Iordan daryosining sharq tomonida o‘rnashgan edi (shu bobning 8, 29- 31–oyatlariga va 1:12-14 ga qarang).

13:9 soylik — ikki adir oralig‘idagi pastlik. Ba’zi soyliklar vodiy kabi keng bo‘lardi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SOYLIK so‘ziga qarang.

13:11-12 Rafa xalqi — 12:4 ning ikkinchi izohiga qarang.

13:14 Egamiz aytganday…Levi qabilasining ulushidir — Qonunlar 18:1-2 ga qarang.

13:22 Balom — Sahroda 22:1-24:25 ga qarang.

13:25 Rabba shahri — Ommon yurtining poytaxti.

13:25 Aror shahri — shu bobning 16–oyatida aytib o‘tilgan Arordan boshqa shahar.

13:27 Jalila ko‘li — ibroniycha matnda Keneret ko‘li, o‘sha vaqtda Jalila ko‘li va uning

atrofidagi yerlar shu nom bilan ham atalardi.

13:33 “Men O‘zim sizlarning ulushingiz bo‘laman”, deb va’da bergan edi — Xudo Levi qabilasining muhtojliklarini qondirishga va’da bergan edi. Xudoning amriga ko‘ra, Levi qabilasi Isroil xalqining Egamizga keltirgan qurbonligu nazrlaridan ular yeyish

huquqiga ega edilar (Qonunlar 18:1-2 ga qarang). Xalqdan yig‘ilgan ushr ham bu qabila vakillariga tegishli edi (Qonunlar 14:28-29 ga qarang), shuningdek, ularga ayrim shaharlar va shahar atrofidagi yaylovlar berilgan edi (21:1-3 ga qarang).

14:1 Elazar — Horunning o‘g‘li, oliy ruhoniylik xizmatini davom ettirgan edi (Sahroda

20:22-29 ga qarang).

14:2 …qur’a tashlab belgilandi — qur’a tashlashda yog‘och bo‘laklari yoki toshlar ishlatilgan bo‘lib, shu orqali Xudoning xohish–irodasi aniqlangan. Ba’zan odamlar qur’a tashlab, Xudodan biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligini so‘rashgan.

14:3-4 Yusufning ikkala o‘g‘li…Levi qabilasi hech qanday ulush olmadi — Isroil xalqining 12 qabilasi Yoqubning 12 o‘g‘lidan kelib chiqqan. Bularning orasida Levi qabilasi ulush qilib yer olmagandi (13:14 ga qarang). Biroq Yusufning ikkala o‘g‘li — Efrayim va Manashe ikki ulush yer olganlari uchun, Isroil xalqiga hammasi bo‘lib 12 ulush yer, ya’ni 2,5 ulush yer Iordan daryosining sharqidan va 9,5 ulush yer Iordanning g‘arbidan bo‘lib berilgandi.

14:6 Xolib — Muso Kan’on yurtiga yuborgan o‘n ikki ayg‘oqchidan biri (Sahroda 13–

bobga qarang).

14:9 …Muso qasam ichib menga shunday degan edi… — Qonunlar 1:34-36 ga qarang.

14:12 Egamiz o‘sha kuni va’da qilgan qirlar — Sahroda 14:24, 30 ga qarang.

14:12 Onoq avlodi — 11:21 izohiga qarang.

14:13 Xevron shahri — 10:3 izohiga qarang.

14:15 Xirat–Arba — ibroniychadagi ma’nosi Arba shahri.

15:2 O‘lik dengiz — ibroniycha matnda Tuz dengizi (shu bobning 5–oyatida ham bor). 15:3 Chayonlar dovoni — ibroniycha matnda Akrabim dovoni, ma’nosi chayonlar dovoni. 15:4 Misr chegarasidagi irmoq — 13:3 ga va o‘sha oyatning birinchi izohiga qarang.

15:7 Davir — shu bobning 15–oyatida hamda 10:38-39 da aytib o‘tilgan Davirdan

boshqa shahar.

15:7 Gilgal — 4:19 da aytib o‘tilgan Yerixo yonidagi Gilgal emas.

15:9 hozirgi paytda — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

15:10 Seir tog‘lari — 11:17 izohiga qarang.

15:10 Bayt–Shamash shahri — 19:41 da aytib o‘tilgan Ir–Shamashning yana bir nomi bo‘lishi mumkin. O‘sha davrda Bayt–Shamash nomli yana ikkita shahar bor edi (19:22, 38 ga qarang).

15:12 O‘rta yer dengizi — ibroniycha matnda Buyuk dengiz (shu bobning 47–oyatida ham bor).

15:13 Hozirgi paytda — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. 15:13 Xirat–Arba — ibroniychadagi ma’nosi Arba shahri. 15:13 Onoq avlodi — 11:21 izohiga qarang.

15:15 Davir shahri — Xevron shahridan qariyb 16 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan.

15:18 …qiz O‘tniyolga: “Keling, otamdan… — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha

tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalarida …O‘tniyol qizga: “Kel, otangdan….

15:19 Nagav cho‘li — 10:40 izohiga qarang.

15:19 tepadagi va pastdagi buloqlar — tepadagi buloq — tog‘dagi buloqqa ishora. Echkilarni sug‘orish uchun o‘sha buloq suvidan foydalanilgan. Pastdagi buloq — tekislikdagi buloqqa ishora. Yer ostidan suv chiqib, hovuzni hosil qilgan. Bu buloq suvidan donlarni sug‘orish uchun foydalanilgan.

15:47 Misr chegarasidagi irmoq — 13:3 ga va o‘sha oyatning birinchi izohiga qarang.

15:50 Eshtamo‘va — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Eshtamo‘x. Uning

Eshtamo‘va degan shakli 21:14 dan olingan.

15:63 …Yobus xalqini Quddusdan haydab chiqara olmadi — Isroil xalqi Quddusni shoh Dovud davrida qo‘lga kiritgan (2 Shohlar 5:6-7 ga qarang), lekin shundan keyin ham butun Yobus xalqini shahardan haydab chiqarmagandi (2 Shohlar 24:16 ga qarang).

15:63 Bugungacha — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

16:1 Yusuf avlodlari — Yusufning ikkala o‘g‘li — Efrayim va Manashening avlodlariga ishora (14:3-4 ga qarang).

16:2 …Baytil, ya’ni Luzdan ham o‘tib… — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana 18:13 ga qarang). Ibroniycha matnda …Baytildan Luzga o‘tib….

16:2 Otro‘t–Adar — ibroniycha matnda Otro‘t. Otro‘t Otro‘t–Adarning qisqa shakli.

16:10 bugungi kungacha — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

17:4 Elazar — 14:1 izohiga qarang.

17:4 “Egamizning O‘zi…Musoga amr qilgan” — Sahroda 27:1-11, 36:1-12 ga qarang.

17:7 Tappux bulog‘i — ibroniycha matnda En–Tappux, ma’nosi Tappux bulog‘i.

17:14 Yusuf avlodlari — bu o‘rinda Efrayim qabilasi va Manashe qabilasining yarmi nazarda tutilgan. Ular Iordan daryosining g‘arb tomonida o‘rnashgan edilar. Shu bobning 17–oyatiga va 16:1-4 ga qarang.

17:15 Rafa — 12:4 ning ikkinchi izohiga qarang.

17:16 …temirdan yasalgan jang aravalari… — bu aravalarning ba’zi qismlari temirdan

yasalgan edi, xolos.

18:1 Shilo‘ shahri — Quddusdan qariyb 32 kilometr shimolda joylashgan bo‘lib, Isroil

xalqi sajda qiladigan asosiy joyga aylanib borayotgan edi.

18:5 Yusuf avlodlari — 17:14 izohiga qarang.

18:6 …Egamiz Xudo oldida…qur’a tashlayman — 14:2 izohiga qarang.

18:11 Yusuf avlodlari — 17:14 izohiga qarang.

18:16 Yobus — Quddusning qadimgi nomi (shu bobning 28–oyatiga qarang).

18:18 Iordan vodiysi — ibroniycha matnda Araba. Araba umumiy geografik nom bo‘lib,

bu oyatda Iordan vodiysiga nisbatan ishlatilgan.

18:19 O‘lik dengiz — ibroniycha matnda Tuz dengizi.

18:28 Xirat–Yo‘rim — qadimiy yunoncha, suryoniycha va lotincha tarjimalardan.

Ibroniycha matnda Xirat. Xirat Xirat–Yo‘rimning qisqa shakli bo‘lishi mumkin.

19:1 Qur’a bo‘yicha… — 14:2 izohiga qarang.

19:2 …Bersheba (ya’ni Sheba)… — ibroniycha matnda …Bersheba, Sheba…. Shu bobning 6–oyatida berilgan ma’lumotga ko‘ra, hammasi bo‘lib 13 shahar qayd etilgan (yana

1 Solnomalar 4:28-30 ga qarang). Shunga binoan, Sheba — Bershebaning qisqa shakli

bo‘lishi mumkin.

19:8 Nagav cho‘li — 10:40 izohiga qarang.

19:13 …Rimmon shahrigacha borib, u yerdan Niyox shahri tomon buriladi — yoki

…Rimmon, Mifo‘var va Niyox shaharlarigacha boradi.

19:15 Baytlahm — Quddusdan janubdagi mashhur Baytlahmdan boshqa shahar. Mazkur oyatdagi Baytlahm Isroilning shimolida joylashgan.

19:22 Tovur tog‘idan boshlanib…Tovur — ibroniycha matnda Tovur so‘zi bir marta ishlatilgan. Lekin bu oyatda Tovur so‘zi ham toqqa, ham tog‘ etagidagi shaharga nisbatan ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Tovur tog‘i Issaxor hududining shimoliy chegarasidagi bir joy edi.

19:22 Bayt–Shamash — shu bobning 38–oyatida hamda 15:10 da aytib o‘tilgan Bayt–

Shamashdan boshqa shahar.

19:28 Abdo‘n — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Ebron. Uning Abdo‘n

degan shakli 21:30 dan olingan.

19:29 Rama — mazkur oyatdagi Rama shahri shu bobning 36–oyatida va 18:25 da Rama deb nomlangan ikki shahardan boshqa shahar.

19:29 Maxalav, Axsib — ibroniycha matnda bu so‘zlarning ma’nosi bahsli. Ko‘p olimlarning sharhlashicha, bu so‘zlar ikki shaharning nomlari bo‘lgan.

19:30 Ummo — Hakamlar 1:31 da aytib o‘tilgan Akko‘ shahrining yana bir nomi bo‘lishi

mumkin.

19:34 Iordan daryosi — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda Iordan daryosi bo‘yidagi Yahudo. Biroq Yahudo hududi Isroilning janubida, Naftali hududidan ancha uzoqda joylashgan edi. Ibroniycha matndagi Yahudo so‘zi Isroilning shimolida, Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan shaharni bildirgan bo‘lsa kerak.

19:36 Rama — mazkur oyatdagi Rama shahri shu bobning 29–oyatida va 18:25 da Rama deb nomlangan ikki shahardan boshqa shahar.

19:38 Bayt–Shamash — shu bobning 22–oyatida hamda 15:10 da aytib o‘tilgan Bayt–

Shamashdan boshqa shahar.

19:47-48 Layish — ibroniycha matnda Lashem, Layishning yana bir nomi.

19:47-48 …Layish shahriga hujum qildi — Hakamlar 18–bobga qarang.

19:51 Elazar — 14:1 izohiga qarang.

19:51 Shilo‘ — 18:1 izohiga qarang.

19:51 …Egamizning huzurida qur’a tashlab… — 14:2 izohiga qarang.

20:2 Muso orqali sizlarga buyurganimday… — Sahroda 35:9-34, Qonunlar 19:1-13 ga qarang.

20:3 marhumning qasos olmoqchi bo‘lgan qarindoshlari — Sahroda 35:16-28 ga qarang.

20:4 …shahar darvozasi oldida… — qadimgi paytlarda oqsoqollar va obro‘li odamlar shahar darvozasi oldida yig‘ilib, hakamlik vazifasini bajarardilar. U yerda turli masalalarni ko‘rib chiqib, hal qilardilar.

20:6 Qotil aybsiz deb topilgandan keyin… — agar odam qotillikda aybdor deb topilsa, panoh shaharning aholisi qotilni jabr ko‘rgan qarindoshlarning qo‘liga topshirib, uni o‘ldirib yuborishlariga yo‘l qo‘yib berishlari kerak edi (Qonunlar 19:11-13 ga qarang).

21:1 Elazar — 14:1 izohiga qarang.

21:2 Shilo‘ shahri — 18:1 izohiga qarang.

21:2 …Egamiz Musoga amr qilgan edi — Sahroda 35:1-8 ga qarang.

21:4 Qur’a — 14:2 izohiga qarang.

21:4 Qohot — Qohot, Gershon (shu bobning 6–oyatiga qarang) va Marori (shu bobning 7–oyatiga qarang) Levining o‘g‘illari edi (Chiqish 6:16 ga qarang).

21:4 Horun — Qohotning nevarasi (Chiqish 6:18-20 ga qarang).

21:11 Xirat–Arba — ibroniychadagi ma’nosi Arba shahri.

21:11 Onoq avlodi — 11:21 izohiga qarang.

21:12 …Xolibga mulk qilib berilgan edi — 14:6-14 ga qarang.

21:25 Bilom — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Gat–Rimmon. Uning Bilom degan shakli 1 Solnomalar 6:70 dan olingan.

21:36 Yaxaz — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Yaxzo.

22:9 Shilo‘ — 21:2 oyatga va 18:1 izohiga qarang.

22:13 Elazar — 14:1 izohiga qarang.

22:16 Nima uchun…o‘zingizga qurbongoh qurdingiz? — Xudo Muso orqali Isroil xalqiga qurbongoh va sajdaga oid amrlarni bergan edi. Isroil xalqi Kan’on yurtida o‘rnashgandan so‘ng o‘sha amrlarga rioya qilgan holda, hamma qurbonliklarni faqat Xudo belgilagan joyda keltirishi kerak edi (Qonunlar 12:5-14 ga qarang). O‘sha davrda qurbonliklar keltiriladigan yagona joy Shilo‘da o‘rnatilgan Muqaddas chodir edi (shu bobning 19–oyatiga hamda 18:1 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

22:17 Piyor tog‘ida qilgan gunohimiz… — Sahroda 25:1-9 ga qarang.

22:19 …Egamizga yoki bizga qarshi bosh ko‘tarmanglar — yoki …Egamizga qarshi bosh ko‘tarib, bizni ham isyonkor qilib qo‘ymanglar. Isroil xalqining bir qismi Egamizga qarshi bosh ko‘targanda, butun xalq jazoga tortilardi (shu bobning 18, 20–oyatlariga qarang).

22:20 …Oxun Egamizga xiyonat qilib… — 7:1-26 ga qarang.

22:20 bag‘ishlangan narsalar — 6:17-20 oyatlarga va 6:16 izohiga qarang.

22:34 …qurbongohga Guvoh degan nom berishdi — ba’zi ibroniy qo‘lyozmalaridan va

suryoniycha tarjimadan. Ibroniycha matnda …qurbongohga nom berishdi.

23:4 O‘rta yer dengizi — ibroniycha matnda Buyuk dengiz.

23:6 Tavrot kitobi — 1:8 izohiga qarang.

24:1 Shakam — Quddusdan qariyb 50 kilometr shimolda, Isroil tepaliklarida joylashgan shahar. Shakam Isroil xalqi uchun muhim tarixiy yodgorlik bo‘lib xizmat qilardi (Ibtido 12:6-7, 33:18-20, 35:2-5 ga qarang).

24:4 Seir tog‘lari — Edom yurtining yana bir nomi Seir edi. Isroil xalqi Yoqubdan, Edom xalqi esa Yoqubning akasi Esovdan kelib chiqqan edi.

24:6 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, ma’nosi Qamish dengizi. 2:10 izohiga qarang.

24:9 …Boloq…Balomni chaqirtirdi — Sahroda 22:1-24:25 ga qarang.

24:12 Ikki Amor shohi — ya’ni Sixo‘n va O‘g (Sahroda 21:21-35, Qonunlar 2:24-3:11 ga qarang).

24:12 Ikki Amor shohini…quvib yubordim — yoki Men Ikki Amor shohini quvish uchun sizlardan oldin qovoq arilarni yubordim.

24:26 sajdagoh — Xudoga sajda qilish uchun ajratilgan kichik bir ochiq joy bo‘lsa kerak. Ibrohim shu joyda Egamizga atab qurbongoh qurgan bo‘lishi mumkin (Ibtido 12:6-7 ga qarang), keyinchalik Yoqub o‘z xonadonini butlardan tozalab, ularni xuddi shu eman daraxtining tagiga ko‘mgan bo‘lishi mumkin (Ibtido 35:2-5 ga qarang).

24:30 Bu shahar unga ulush qilib berilgan bo‘lib… — 19:49-50 ga qarang.

24:32 …Yusufning suyaklarini o‘zlari bilan olgan edi — Ibtido 50:24-26 va Chiqish 13:19 ga qarang.

24:32 yuz bo‘lak kumush — ibroniycha matnda yuz kisito. Bu pul birligining qiymati va og‘irligi haqidagi ma’lumot saqlanib qolmagan. Qadimgi paytlarda ma’lum vazndagi kumush bo‘laklari odatda pul birligi sifatida ishlatilgan.

24:32 Yoqub bu yerni…sotib olgan edi — Ibtido 33:19 ga qarang.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru