Muqaddas Kitob


ESTER

KITOBI

Kirish

Ester kitobi bizni yahudiylar tarixining ayrim voqealari bilan tanishtiradi. Kitobdagi voqealar yahudiylar Fors shohligida asirlikda yashagan paytda, Fors shohi Axashverash hukmronligi davrida yuz beradi. Mazkur kitobdagi voqealar tafsirchi Ezra kitobi qamragan davrga tegishlidir. Bu kitobda Xudo O‘z xalqining Xaloskori ekanini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Ester to‘g‘risidagi voqea Fors shohining Shushan qal’asidagi qishki saroyida bo‘lib o‘tadi. Shoh Axashverash* malikani haydab yuboradi. Keyin Ester ismli yosh yahudiy qizni tanlab, uni malika martabasiga ko‘taradi. Ester yetim bo‘lib, amakisi Mardoxayga o‘z farzandiday edi. Mardoxay shoh saroyida xizmat qilardi. U Esterni: “Yahudiy ekaningni hech kimga aytma”, deb ogohlantiradi. Ester Mardoxayning aytganini qiladi.

Shohning Xomon ismli eng katta lavozimdagi amaldori bo‘ladi. U yahudiylardan nafratlanadi. Xomon shohni aldab, hamma yahudiylarni o‘ldirish to‘g‘risida ijozat oladi. Kitobning davomida Ester o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygani va xalqini saqlab qolgani haqida hikoya qilinadi. Keyinchalik Mardoxay va Ester hamma yahudiylarga maktub yozib, Purim bayramini nishonlash to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradilar. Yahudiylar Purim bayramini* har yili nishonlaydigan bo‘ldilar, bayram davomida ularning hayoti qanday qilib saqlab qolinganini xotirlaydilar.

Ester kitobida Xudo tilga olinmaydi, shunga qaramay, kitobdagi har bir voqea ortida

Xudoning buyukligini va O‘z xalqiga bo‘lgan cheksiz inoyatini ko‘rishimiz mumkin.


1–BOB

Axashverashning ziyofati

1 Bu voqea Axashverash* davrida bo‘lib o‘tgan edi. Axashverash Hindistondan

Habashistongacha* bir yuz yigirma yetti viloyat ustidan hukmronlik qilardi.

2 Shoh Axashverash Shushandagi* qal’ada shohlik taxtiga o‘tirgandan keyin,

3 hukmronligining uchinchi yilida* barcha vazirlari va saroy a’yonlari, Fors va Midiya shohliklarining bosh lashkarboshilari va zodagonlari, qo‘li ostidagi viloyatlarning hokimlari uchun ziyofat berdi. 4 Axashverash ancha vaqt — bir yuz sakson kun davomida o‘z shohligining beqiyos boyligini, dabdabali va hashamatli ulug‘vorligini ko‘rsatdi. 5 Bu ziyofatdan keyin Axashverash Shushan qal’asining kattayu kichigiga shoh saroyining bog‘ hovlisida yetti kun ziyofat berdi. 6 Bog‘ning marmar ustunlari tepasidagi kumush halqalarga oliy navli va safsar rangli zig‘ir iplardan to‘qilgan, arqonlarga bog‘langan oq va ko‘k rangli zig‘ir pardalar osilgandi. Arg‘uvon va oq marmar, sadaf va qoramtir toshlar qoplangan joyga oltin va kumush o‘rindiqlar o‘rnatilgan edi.

7 Ichimliklar turli–tuman oltin qadahlarda tortildi. Shohona sharob ham, shohning boyligi kabi, juda serob bo‘ldi. 8 Chunki shoh o‘z xonadoni boshqaruvchilariga: “Har kimga istaganicha berilsin”, deb farmon etdi. Shuning uchun ichimliklar, shohning farmoniga ko‘ra, mehmonlarning xohishiga qarab berildi. 9 Malika Vashti ham shoh


Axashverash saroyida ayollar uchun ziyofat berayotgan edi.

Malika Vashti tojdan mahrum qilinadi

10 Yettinchi kuni shoh sharob ichib vaqti chog‘ bo‘lib, o‘zining Maxumon, Bizta, Xarbona, Bixta, Avag‘ta, Zatar, Karkas ismli yettita mulozimiga* shunday farmon berdi: 11 “Malika Vashtiga shohona toj kiydirib, huzurimga olib kelinglar, xalqqa va a’yonlarga uning go‘zalligini ko‘rsatay.” Haqiqatan ham malika g‘oyat go‘zal edi. 12 Lekin malika Vashti kelmadi, shohning mulozimlar orqali bergan farmonini bajarishdan u bosh tortdi. Shoh bundan qattiq g‘azablandi, malikadan g‘oyatda jahli chiqdi. 13 Shoh o‘z ishlarini qonun–qoidani biladiganlar oldida qilardi. 14 O‘sha paytda shohning yaqinlari Fors va Midiya shohligining yettita begi — Karshana, Shator, Admata, Tarshish, Miros, Marsano, Mamuxon edi. Ularning joyi shohning huzurida bo‘lib, shohlikda eng yuqori mavqeni egallagan edilar. Shoh qonun–qoidalarni yaxshi biladigan o‘sha donishmandlardan so‘radi:

15 — Shoh Axashverash malika Vashtiga mulozimlar orqali farmon bergan edi, u itoat etmadi. Bu qilmishi uchun qonunga binoan uni nima qilish kerak?

16 Shunda Mamuxon shoh va a’yonlar huzurida shunday javob berdi:

— Malika Vashti yolg‘iz shohimiz oldidagina emas, balki shoh Axashverash hukmronligi ostidagi hamma viloyatlarning beklari va xalqi oldida aybdordir. 17 Chunki malikaning qilig‘ini hamma ayollar eshitishgach, ular: “Shoh Axashverash, malika Vashtini huzurimga olib kelinglar, deb farmon bergan ekan, malika bormabdi”, deb gapirib yuradilar va erlarini mensimay qo‘yadilar. 18 Malikaning qilig‘i to‘g‘risida eshitgan Fors va Midiya shohligi begoyimlari shohimizning hamma a’yonlariga ayni o‘sha gapni aytadilar. O‘rtada kiborlik, dilsiyohlik paydo bo‘ladi. 19 Agar shohimiz ma’qul ko‘rsalar, o‘zlari butun shohlik hududi bo‘yicha qaror chiqarsinlar. Fors hamda Midiya shohligi qonunlariga: “Vashti shoh Axashverash huzuriga kirmasin, uning shohlikdagi martabasi boshqa yaxshirog‘iga berilsin” degan qo‘shimcha kiritilsin va bu farmon o‘zgartirilmasin. 20 Shohlik qanchalik katta bo‘lmasin, shohimizning bu farmoni shohlik bo‘ylab tarqalganda, barcha ayollar — boyu kambag‘ali erlarini hurmat qiladigan bo‘ladilar.

21 Bu gap shohga va a’yonlarga ma’qul bo‘ldi. Shoh Mamuxon aytganiday qildi. 22 U qo‘li ostidagi hamma viloyatlarga maktub jo‘natdi. Maktub har bir viloyatning o‘z yozuvida va har bir xalqning o‘z tilida bitilgan bo‘lib, unda: “Har bir erkak o‘z oilasida xo‘jayin bo‘lsin va uning gapi gap bo‘lsin”, deb yozilgan edi.


2–BOB

Ester malika bo‘ladi

1 Axashverash* g‘azabidan tushgandan keyin, Vashti va uning qilmishi, Vashtining ustidan chiqarilgan hukm esiga tushib qoldi. 2 Shohning a’yonlari aytdilar: “Shohimiz uchun yosh, chiroyli qizlar qidirilsin. 3 Buning uchun shohimiz qo‘li ostidagi viloyatlarda nazoratchilar tayin qilinsin, ular chiroyli barno qizlarni shohimizning xizmatkori, haram og‘asi Xegay nazorati ostida Shushan qal’asidagi haramga to‘plasinlar, qizlarga pardoz bersinlar. 4 Shohimizga yoqqan qiz Vashtining o‘rniga malika bo‘lsin.” Bu gap shohga ma’qul keldi va u aytilganlarni qildi.

5 Shushan qal’asida bir yahudiy yashardi. Uning ismi Yovir o‘g‘li Mardoxay bo‘lib,

Benyamin qabilasidan edi. Yovir Shimax va Kish* nasliga borib taqalardi. 6 Bobil shohi Navuxadnazar Yahudo shohi Yohayixinni* asir qilib olib kelganda*, Mardoxay ham Quddusdan keltirilgan edi. 7 Ota–onasidan yetim qolgan Hadassani Mardoxay asrab olib tarbiya qildi. Hadassa Mardoxayning jiyani edi. Uning boshqa ismi Ester bo‘lib, kelishgan, go‘zal qiz edi.

8 Shohning amru farmoni e’lon qilingach, Shushan qal’asiga ko‘p qizlarni to‘plab, Xegay nazoratiga topshirishdi. Ester ham shoh saroyiga keltirilib, haram og‘asi Xegay nazoratiga topshirildi.

9 Xegayga Ester yoqdi, Xegay unga iltifot ko‘rsatdi. Xegay darrov: “Bu qizga pardoz berib, parvarishlanglar, unga ulushini berib turinglar, saroydan yettita kanizak tanlab olinib, unga cho‘ri qilib berilsin”, deb buyurdi. U shoh haramining eng yaxshi bo‘lmasiga qizni va uning kanizlarini joylashtirdi. 10 Lekin Ester o‘z xalqi, urug‘–aymog‘i to‘g‘risida hech narsa aytmadi. Chunki Mardoxay unga bu to‘g‘rida og‘iz ochmasligini buyurgan edi.

11 Mardoxay har kuni Esterning sog‘ligidan xabar olgani, unga qanday muomala qilishyapti ekan, deb bilgani haram hovlisi atrofida yurardi. 12 Har bir yosh qizga, Axashverash huzuriga kirish uchun navbati kelganda, o‘n ikki oy davomida pardoz berilardi. Ayollar uchun chiqarilgan qoida shunaqa edi. Olti oy mirra moyi* bilan, olti oy xushbo‘y narsalar va upa–eliklar bilan pardoz qilardilar. 13 Shundan keyin qiz shoh huzuriga kirardi: qiz saroyga kirayotganda, haramdan nima talab qilsa, hammasi berilardi.

14 Kechqurun shoh huzuriga kirgan qiz, ertasiga ertalab shohning mulozimi*, kanizaklar* soqchisi Shashagaz nazorati ostidagi boshqa haramga* qaytardi. Faqat shohga xush yoqqan, shoh nomini aytib chaqirgan qiz qaytadan uning huzuriga kirardi.

15 Mardoxayning asrandisi, uning amakisi Abuhayilning qizi Ester shoh huzuriga kiradigan payt ham keldi. Ester shohning mulozimi, haram og‘asi Xegay nima taklif qilgan bo‘lsa, shuni oldi va boshqa hech narsa so‘ramadi. Esterni ko‘rganlarning ko‘zlarida quvonch porladi.

16 Shunday qilib, Axashverash hukmronligining yettinchi yili* o‘ninchi oyi — Tabat oyida*, Ester shoh Axashverash saroyiga keltirildi. 17 Shoh Esterni hamma qizlardan ortiq sevib qoldi. Ester shohning muruvvatiga va iltifotiga barcha qizlardan ko‘proq sazovor bo‘ldi: Axashverash malikalik tojini Esterning boshiga kiygizib, uni Vashtining o‘rniga malika qildi. 18 So‘ngra shoh hamma a’yonlari va xizmatkorlari uchun Ester sharafiga ziyofat berdi, hamma viloyatlarda bayram e’lon qildi. Oliyhimmatlik bilan hadyalar ulashdi.

Mardoxay shohning hayotini saqlab qoladi

19 Barno qizlar keyingi safar haramga to‘planishganda, Mardoxay saroyda o‘z vazifasini bajarayotgan edi*. 20 Ester Mardoxayning buyrug‘iga itoat etib, urug‘–aymog‘i va xalqi to‘g‘risida hali gapirmagan edi. Ester Mardoxayning tarbiyasida bo‘lgan paytda unga qanday itoat qilgan bo‘lsa, hozir ham shunday itoat etardi.

21 O‘sha kunlarda — Mardoxay saroyda o‘z vazifasini bajarayotganda, shohning Bixtan va Tarash degan ikkita darvozaboni quturib, shoh Axashverashning joniga suiqasd qilishni rejalashtirdilar. 22 Mardoxay bu fitnani bilib qolib, malika Esterni ogohlantirdi. Ester esa fitna to‘g‘risidagi xabarni Mardoxay nomidan shohga yetkazdi.

23 Bu voqea tekshirilgach, to‘g‘ri deb topildi va ikkala xizmatkor dorga osildi*. Bu

voqea shohning “Kundalik xotiralar kitobi”ga yozib qo‘yildi.


3–BOB

Xomon yahudiylarga qarshi chiqadi

1 Bu hodisalardan keyin shoh Axashverash* O‘gax* naslidan bo‘lgan Xamadoto o‘g‘li Xomonni ko‘klarga ko‘tarib, yuksak martabaga tayinladi. Boshqa hamma a’yonlar ustidan Xomonni nozir etib tayinladi. 2 Shohning saroydagi* boshqa a’yonlari Xomonga tiz cho‘kib ta’zim qilardilar. Chunki shohning amri shunday edi. Mardoxay esa na egilardi, na ta’zim qilardi. 3 Shohning saroydagi a’yonlari Mardoxayga: “Nimaga sen shohning amriga itoat etmayapsan–a?!” deb aytardilar.

4 Ular Mardoxayga bu gapni har kuni aytsalar ham, Mardoxay ularning gapiga quloq solmasdi. A’yonlar, Mardoxayning bu qilig‘iga Xomon toqat qila olarmikan, deb uni bu ahvoldan xabardor qildilar. Chunki Mardoxay ularga: “Men yahudiyman”, deb aytgan edi.

5 Xomon Mardoxayning tiz cho‘kib ta’zim qilmayotganini ko‘rganda, g‘azabdan

tutaqardi. 6 Xomon birgina Mardoxayni o‘ldirishni arzimas ish deb o‘yladi. Mardoxayning qaysi xalqdan ekanini bilgani uchun Xomon Axashverashning butun shohligi hududidagi Mardoxayning xalqini — jamiki yahudiy xalqini qirib tashlashga qasd qilib qo‘ydi.

7 Axashverash hukmronligining o‘n ikkinchi yili* birinchi oyi — Nison oyida* bu fitna amalga oshiriladigan kun va oy uchun Xomon oldida pur* — qur’a tashlandi. Qur’a o‘n ikkinchi oyning — Adar oyining* o‘n uchinchi kuniga* tushdi.

8 Shundan keyin Xomon shoh Axashverashga aytdi:

— Shohligingiz viloyatlaridagi boshqa xalqlarning orasiga sochilib–tarqalib ketgan bir xalq bor. Ularning qonunlari hamma xalqlar qonunidan farq qiladi. Shohimiz qonunlariga ular bo‘ysunmaydilar. Ularga sabr–toqat qilish shohimizning manfaatlariga ziddir. 9 Agar shohimiz ma’qul ko‘rsalar, bu xalqni qirib tashlash uchun farmon

bersinlar. Men o‘n ming talant* kumushimni a’yonlar qo‘liga olib borib beraman. Ular bu

kumushni shohimiz xazinasiga topshiradilar.

10 Shundan keyin shoh barmog‘idagi muhr uzugini yechib, farmonini tasdiqlash uchun yahudiylar dushmani O‘gax naslidan Xamadoto o‘g‘li Xomonga berdi.

11 — Bu pullar o‘zingda qolsin, xalqni ham senga berdim, — dedi shoh Xomonga. — Anavi xalqqa nimani ma’qul ko‘rsang, shuni qil.

12 Birinchi oyning o‘n uchinchi kuni shohning mirzalari chaqirildi. Xomonning hamma buyruqlari har bir viloyat xalqining o‘z yozuvida va o‘z tilida shohning noiblariga, har bir viloyat hokimiga va har bir xalqning begiga yozildi. Maktublar shoh Axashverash nomidan yozilib, shohning muhr uzugi bilan tasdiqlandi*.

13 Maktublar choparlar orqali shohning qo‘li ostidagi hamma viloyatlarga jo‘natildi. “Yahudiylarning hammasi — yoshu qarisi, bolalaru ayollari bir kunda — o‘n ikkinchi oyning, ya’ni Adar oyining o‘n uchinchi kuni yo‘q qilinsin, o‘ldirilsin, qirib tashlansin, mol–mulki talon–taroj qilinsin, 14 hamma o‘sha kunga tayyor bo‘lsin”, deb farmon e’lon qilindi. Shuning uchun har bir viloyatga ular uchun qonun sifatida farmondan ko‘chirma berildi.

15 Choparlar shohning aytganiga muvofiq tezlik bilan yo‘lga chiqdilar. Farmon

Shushan qal’asida ham e’lon qilingach, shahar besaranjom bo‘lib qoldi. Shoh bilan

Xomon esa o‘tirishib kayfu safo qilishardi.


4–BOB

Mardoxay Esterdan yordam so‘raydi

1 Mardoxay yuz bergan voqeadan xabardor bo‘lgach, kiyimlarini yirtdi, qanorga o‘ranib, ustiga kul sochdi*. Keyin qattiq alamli faryod ko‘tarib, shahar bo‘ylab yurdi.

2 O‘sha holatda saroy darvozasiga bordi, lekin qanor kiyib saroy darvozasidan ichkariga kirish mumkin emasdi. 3 Shuningdek, har bir viloyatda — shohning amru farmoni yetib borgan joylarda yahudiylar chuqur qayg‘uga botdilar, ro‘za tutib, yig‘lab nola qildilar.

Ko‘pchilik qanorga o‘ranib va kulga belanib yotdi. 4 Esterning kanizlari va xizmatkorlari kelib, bu haqda xabar berishganda, malika qattiq tashvishga tushdi. “Mardoxay ustidagi qanorni yechib, mana bu kiyimlarni kiyib olsin”, deb malika kiyim berib yuborgan edi, Mardoxay olmadi. 5 Esterning xizmatiga shoh tayinlagan Xatax ismli mulozim* bor edi. Ester Xataxni chaqirib, unga: “Bu nimasi, Mardoxay nimaga bunday qilyapti ekan, bilib kel–chi”, deb buyurdi. 6 Xatax shoh saroyi darvozasi oldidagi shahar maydoniga — Mardoxayning yoniga ketdi.

7 Mardoxay o‘zining boshiga tushgan hamma kulfatni, Xomon yahudiylarga qirg‘in keltirish uchun shoh xazinasiga qancha miqdorda kumush berishga va’da qilganini Xataxga aytib berdi. 8 Keyin Mardoxay Xataxga yahudiylarni qirish to‘g‘risida Shushanda e’lon qilingan farmondan bir nusxasini berib: “Esterga buni ko‘rsat, u hamma narsani tushunib olsin”, dedi. “Ester shoh huzuriga kirib, o‘z xalqiga rahm etishini iltijo qilib so‘rasin”, deb tayinladi.

9 Xatax qaytib kelib, Mardoxayning gaplarini Esterga aytib berdi. 10 Ester “Mardoxayga ushbu gaplarni yetkaz”, deb Xataxni yana jo‘natdi: 11 “Shoh saroyida hamma xizmat qilayotganlar va shohning qo‘li ostidagi viloyatlar xalqi shuni biladilarki, kimki ichki hovliga — shoh huzuriga chaqirilmasdan kirsa, erkakmi, ayolmi, baribir, hukm bitta — uni o‘lim kutadi. Shoh saltanatning oltin hassasini kimga tomon uzatsagina, o‘sha tirik qoladi. Lekin o‘ttiz kundan buyon shoh meni chaqirgani yo‘q.”

12 Esterning bu gaplarini Mardoxayga aytishgach, 13 u Esterga shu javobni yetkazishni so‘radi: “Saroyda yashaganim uchun yahudiylardan yolg‘iz o‘zim omon qolaman, deb o‘ylamagin. 14 Agar shu damlarda sen sukut saqlasang, yahudiylarga boshqa joydan najot keladi, ular ozod bo‘ladilar. Sen va otang xonadoni esa halok bo‘lasizlar. Kim bilsin, balki shunaqa kunlar uchun sen malikalik martabasiga erishgandirsan.”

15 Ester ham Mardoxayga quyidagicha javob jo‘natdi: 16 “Boring, Shushandagi hamma yahudiylarni to‘plab, men uchun ro‘za tutinglar. Uch kechayu uch kunduz hech narsa yemanglar ham, ichmanglar ham. Men ham kanizaklarim bilan ro‘za tutaman, so‘ngra qonunga xilof bo‘lsa ham, shoh huzuriga boraman. Mayli, o‘lsam, o‘lay.”

17 Mardoxay ketdi va Ester nima buyurgan bo‘lsa, hammasini qildi.

5–BOB

Ester tilagini shohga ayon qiladi

1 Uchinchi kuni Ester shohona liboslarini kiyib, saroyning ichki hovlisida — shoh yashaydigan xosxona ro‘parasida paydo bo‘ldi. Shoh xosxonaning to‘ridagi taxtda o‘tirib, 2 hovlida kutib turgan malika Esterni ko‘rdi–yu, unga marhamat qildi va qo‘lidagi saltanatning oltin hassasini Esterga tomon cho‘zdi. Ester yaqinroq kelib hassaning uchiga tegindi.

3 Shoh undan:

bor? Yarim shohlikni so‘rasang ham, xohishing qondiriladi.

Ester shunday javob berdi:

7 — Mening istagim va iltimosim shuki, 8 agar shohimiz mendan mamnun bo‘lsalar, shohimiz mening tilagimni va istagimni qondirishni ma’qul ko‘rsalar, ertaga men tayyorlaydigan ziyofatga yana Xomon bilan birga kelsinlar. O‘shanda shohimizning savoliga javob beraman.

Xomon g‘azablanadi

9 Xomon o‘sha kuni ziyofatdan xursand, kayfiyati chog‘ bo‘lib chiqdi. U shoh saroyi darvozasi oldida Mardoxayni ko‘rdi. Mardoxay Xomonning hurmati uchun o‘rnidan turmadi ham, ta’zim ham qilmadi. Xomon esa g‘azabdan tutaqib ketdi. 10 Biroq u o‘zini bosdi. Uyiga kelib, do‘stlarini va xotini Zareshni chaqirtirdi. 11 Xomon ularga o‘zining cheksiz boyligi va ko‘pdan–ko‘p o‘g‘illari to‘g‘risida gapirdi, shuningdek, shoh uni a’yonlar va xizmatkorlar ustidan yuksak martabaga ko‘targani haqida maqtandi.

12 Keyin u yana aytdi:

Bu gap Xomonga ma’qul tushdi. U dorni* tayyorlatib qo‘ydi.

6–BOB

Mardoxayga hurmat ko‘rsatiladi

1 Shu kecha shohning uyqusi qochdi. Shoh:

14 Ular gaplashib turganlarida, shohning mulozimlari* kelib, Xomonni Ester tayyorlagan ziyofatga apil–tapil olib ketdilar.

7–BOB

Xomon dorga osiladi

1 Shoh va Xomon malika Ester bilan yeb–ichish uchun unikiga kelishdi. 2 Ular ikkinchi

kuni ham sharobxo‘rlik qilishayotganda, shoh Esterga yana aytdi:

10 Mardoxay uchun tayyorlab qo‘yilgan dorga Xomonning o‘zini osdilar*. Shundan

so‘nggina shohning g‘azabi bosildi.


8–BOB

Shoh yahudiylarni himoya qiladi

1 O‘sha kuni shoh Axashverash* yahudiylar dushmani Xomonning mol–mulkini malika Esterga in’om qildi. Mardoxay shoh huzuriga kirib chiqadigan bo‘ldi. Chunki malika Mardoxayning o‘ziga qarindosh ekanini aytgan edi.

2 Shoh Xomondan qaytarib olgan muhr uzugini barmog‘idan chiqarib Mardoxayga berdi. Ester esa Mardoxayni Xomonning mol–mulki ustidan boshqaruvchi qilib tayinladi.

3 Ester shoh bilan yana gaplashdi. Shohning oyog‘iga yiqilib: “O‘gax* naslidan bo‘lgan Xomonning yahudiylarga qarshi o‘ylagan xusumatini va rejasini daf qiling”, deb yig‘lab

yolvordi. 4 Shoh saltanatning oltin hassasini Ester tomon uzatgan edi, Ester o‘rnidan

turib, shohning qarshisiga keldi 5 va aytdi:

9 Shundan so‘ng uchinchi oyda — Shavon oyining* yigirma uchinchi kuni shohning mirzalari chaqirildi. Hindistondan Habashistongacha* bo‘lgan bir yuz yigirma yetti viloyatdagi yahudiylarga, noiblarga, hokimlarga, viloyatlarning beklariga xuddi Mardoxay buyurganiday maktub yozildi. Maktub har bir viloyat xalqining yozuvi va tilida, yahudiylarga ham o‘zlarining yozuvida va tilida yozildi. 10 Mardoxay shoh Axashverash nomidan maktubni yozdirgach, shohning uzugi bilan muhrladi va shohning yilqisidagi uchqur otlarga choparlarni o‘tqazib jo‘natdi.

11 Shoh maktubda yahudiylarga hamma shaharlarda to‘planib, o‘zlarini himoya qilishlariga huquq berdi. Bundan tashqari, yahudiylarga hujum qiladigan har qanday dushman xalqning yoki yurtning qurolli kuchlarini, bolalarini va ayollarini yo‘q qilishga, o‘ldirishga, mol–mulkini talon–taroj qilishga, qirib tashlashga ijozat berdi. 12 Buning uchun shoh Axashverashning qo‘li ostidagi hamma yurtlarda bir kun — o‘n ikkinchi oyning, ya’ni Adar oyining* o‘n uchinchi kuni* belgilandi. 13 Ushbu farmon matni har bir viloyatga, barcha xalqlarga qonun o‘rnida e’lon qilindi. Shunday qilib, yahudiylar o‘sha kuni o‘z dushmanlaridan qasos olishga tayyor turishlari kerak edi.

14 Choparlar shohning uchqur otlariga mindilar–u, uning farmoniga ko‘ra, to‘rt

tomonga yelib ketdilar.

Shushandagi qal’ada ham farmon e’lon qilindi. 15 Mardoxay ko‘k va oq rangli shohona liboslarga burkanib, katta oltin tojni kiyib, safsar rangli zig‘ir ridoga o‘ranib, shoh huzuridan chiqdi. Shushanda xursandchilik, shodu xurramlik hukm surardi.

16 Bundan yahudiylarning qalbi umidga to‘ldi, shodu xurram, vaqti chog‘ bo‘ldi, ular uchun sharafli kunlar boshlangan edi. 17 Hamma viloyatlarda, har bir shaharda, shohning amru farmoni yetib borgan har qanday joyda yahudiylar shodu xurram bo‘lib, o‘ynab–kuldilar, ziyofatlar uyushtirdilar, bayram qildilar. Shohlikdagi ko‘p xalqlar yahudiy bo‘ldi, chunki hammani yahudiylardan qo‘rquv hissi qamrab olgan edi.


9–BOB

Yahudiylarning zafari

1 Shohning amru farmoni ijro qilinadigan o‘n ikkinchi oy — Adar oyining* o‘n uchinchi kuni keldi. Bu kunni yahudiylarning g‘animlari, ularning ustidan hukmronlikni

egallaymiz, deb umid bilan kutgan edilar. Ammo aksincha bo‘lib chiqdi: yahudiylar o‘z g‘animlari ustidan hukmronlikni o‘rnatdilar. 2 Yahudiylar yovuz kimsalarga qarshi kurashish uchun shoh Axashverashga* qarashli hamma viloyatlardagi o‘zlari yashaydigan shaharlarda* bir joyga yig‘ildilar. Hech kim yahudiylarga dosh bera olmadi, chunki yahudiylardan qo‘rquv tuyg‘usi hamma xalqlarni qamrab olgan edi.

3 Viloyatlardagi hamma beklar, noiblar, hokimlar va shohning a’yonlari Mardoxaydan qo‘rqqanlari uchun yahudiylarni qo‘llab–quvvatladilar. 4 Mardoxay

saroyning yuksak martabali odami bo‘lib, u tobora kuchayib borar, uning shuhrati butun

viloyatlarga yoyilardi.

5 Yahudiylar jamiki dushmanlarini qilichdan o‘tkazib, o‘ldirib, qirib tashladilar.

G‘animlariga nisbatan istaganini qildilar. 6 Jumladan, yahudiylar Shushan qal’asida besh yuz kishini qirib tashladilar. 7-10 Yana yahudiylar o‘zlarining dushmani Xamadoto o‘g‘li Xomonning o‘nala o‘g‘lini — Parshandata, Dalfon, Aspata, Po‘rata, Odaliyo, Oridato, Parmashto, Orisay, Oriday va Vayzotoni o‘ldirdilar. Ammo mol–mulkiga qo‘l tekkizmadilar.

11 O‘sha kuni Shushan qal’asida o‘ldirilganlarning hisobini shohga ma’lum qildilar.

12 Shoh esa malika Esterga aytdi:

— Yahudiylar Shushan qal’asida Xomonning o‘nala o‘g‘lini va yana besh yuz kishini qirib, yo‘q qildilar. Kim bilsin, boshqa viloyatlarimda ular nima qildilar ekan? Istaging nima? Ayt, qondirayin. Yana qanday tilaging bor? Bajo qilayin.

13 — Agar shohimizga ma’qul bo‘lsa, Shushandagi yahudiylar ertaga ham bugungi farmoningizni ijro etsinlar, — dedi Ester. — Xomonning o‘nala o‘g‘lining jasadlari ham dorga osilsin*.

14 Shoh ushbu istakni bajarishni buyurdi. Shushanda farmon chiqarildi. Xomonning o‘nala o‘g‘lining jasadi ham dorga osildi. 15 Adar oyining o‘n to‘rtinchi kuni Shushandagi yahudiylar yana to‘planib, qal’ada dushmanlardan uch yuztasini o‘ldirdilar. Lekin mol– mulkiga qo‘l tekkizmadilar.

16 Shohlikning turli viloyatlarida yashaydigan boshqa yahudiylar ham jonini saqlash va dushmanlaridan qutulish uchun bir joyga to‘plandilar. Dushmanlaridan yetmish besh ming kishini o‘ldirdilar, lekin mol–mulkiga qo‘l tekkizmadilar. 17 Bularning hammasi Adar oyining o‘n uchinchi kuni yuz berdi. Yahudiylar o‘n to‘rtinchi kuni tinchib, bu

kunni bayram qildilar.

18 Shushandagi yahudiylar ham o‘zlarini qutqarish uchun o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi kunlari yig‘ildilar. O‘n beshinchi kuni esa tinchib, bu kunni bayram qildilar.

19 Shuning uchun qishloqlardagi aholi Adar oyining o‘n to‘rtinchi kunini bayram sifatida

nishonlab ziyofat uyushtiradilar va bir–birlariga taom ulashadilar.

Purim bayrami

20 Mardoxay bu voqealarni yozib qo‘ydi. So‘ngra shoh Axashverash qo‘li ostidagi

uzoq–yaqindagi hamma yurtlarda yashayotgan yahudiylarga maktublar yubordi.

21 Maktubda har yili Adar oyining o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi kunlarini nishonlash lozimligi ta’kidlangan edi. 22 Chunki bu kunlar yahudiylar o‘z dushmanlaridan qutulgan kunlardir. O‘sha oy g‘am — xursandchilikka, motam bayramga aylangan oydir.

Mardoxay: “Shu kunlari ziyofat berib, xursandchilik qilinsin, taomlar ulashilsin,

kambag‘allarga hadyalar in’om qilinsin”, deb buyurgan edi.

23 Shunday qilib, yahudiylar Mardoxayning buyrug‘ini qabul qildilar va bu bayramlarini har yil nishonlashni davom ettiraverdilar. 24 Darvoqe, butun yahudiylarning dushmani O‘gax* naslidan bo‘lgan Xamadoto o‘g‘li Xomon fitna qo‘zg‘ab yahudiylarni ezib, yo‘q qilish uchun pur* — qur’a tashlagandi. 25 Lekin Ester shohning huzuriga kirganda*, shoh yana boshqa bir maktub orqali farmon bergandi*. Shunday qilib, Xomon yahudiylarga qarshi yovuz reja o‘ylab qo‘ygandi, lekin rejasi o‘zining boshiga yetdi. Xomon va uning o‘g‘illari dorga osildi.

26 Shuning uchun bu bayramga Purim* deb nom berilgandi. Bu nom “pur” so‘zidan olingan. Shunday qilib, yahudiylar Mardoxayning maktubida* yozilganlardan, ko‘rgan– kechirganlaridan va boshlariga tushgan ko‘rgiliklardan keyin, 27 o‘zlari, bolalari va barcha qabiladoshlari o‘sha ikki kunni belgilangan vaqtda, yozilganiday, har yili doimiy ravishda bayram qilishga qaror qilgandilar. 28 “Bu kunlar avlodlar osha hamma oilada, viloyatlarda, har bir shaharda unutilmasdan, bayram qilinsin, Purim kunlarini yahudiylar o‘tkazib yubormasin, bu kunlar avlodlar osha davom etib xotirlansin”, deb qaror chiqardilar.

29 Abuhayil qizi malika Ester, yahudiy Mardoxay bilan birga, o‘z huquqi bo‘yicha, Purim to‘g‘risidagi o‘sha maktubni* yozib, tasdiqlagandi. 30 Mardoxay Axashverashning hukmronligi ostidagi yuz yigirma yettita viloyatda yashaydigan hamma yahudiylarga tinchlik–omonlik tilangan o‘sha maktublarni yubordi. 31 Maktubda malika Ester bilan Mardoxay buyurganlariday, Purim kunlarini belgilangan sanada nishonlashga qat’iy rioya qilishlari aytilgan edi. Yahudiylarning o‘zlari va bolalari ro‘za tutishga va motam odatlariga amal qilganlari singari, bu bayramga ham rioya qilishlari kerakligi ta’kidlangan edi. 32 Shunday qilib, Purimga oid qoidalar, Esterning buyrug‘iga ko‘ra, tasdiqlandi va kitobga yozib qo‘yildi.


10–BOB

Axashverash va Mardoxay sha’niga maqtov

1 Shoh Axashverash* o‘z shohligining bu chetidan tortib, orollargacha bo‘lgan joylarda o‘lpon yig‘ardi. 2 Uning kuch–qudrati, faoliyati va Mardoxayni har jihatdan qanday yuksaltirgani Fors hamda Midiya shohlarining “Kundalik xotiralar kitobi”da yozilgan. 3 Yahudiy Mardoxay, huquqi bo‘yicha, shoh Axashverashdan keyin turardi. U yahudiy qabiladoshlari orasida ulug‘likka erishdi, birodarlari orasida hurmatga sazovor bo‘ldi. Chunki u o‘z xalqi manfaati uchun, hamma qabiladoshlarining tinchligi uchun kurashardi.

IZOHLAR

Shoh Axashverash — Kserks ismi bilan ham tanilgan bo‘lib, miloddan oldingi 486-465 yillarda Fors shohligida hukmronlik qilgan.

Purim bayrami — 9:24-28 oyatlarga va 9:26 ning birinchi izohiga qarang.

1:1 Axashverash — Kserks ismi bilan ham tanilgan bo‘lib, miloddan oldingi 486-465 yillarda Fors shohligida hukmronlik qilgan.

1:1 Habashiston — ibroniycha matnda Kush. Bu joy Misrdan janubda bo‘lib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini o‘z ichiga olgan edi.

1:2 Shushan — Elam viloyatining poytaxti bo‘lib, Bobildan sharqda joylashgan edi.

Shushan qal’asi Fors shohlarining qishki qarorgohi edi.

1:3 hukmronligining uchinchi yili — taxminan miloddan oldingi 483 yil.

1:10 mulozim — qadimda saroy xizmatida bo‘lgan kishi (shu bobning 12, 15–oyatlarida ham bor). Mulozim hukmdorning yoki saroydagi yuqori lavozimdagi amaldorning farmonlarini, topshiriqlarini bajargan va ularning nomidan ish yuritish huquqiga ega bo‘lgan. Bu o‘rindagi ibroniycha so‘z bichilgan erkakka nisbatan ham ishlatilgan.

Hukmdorning xonadonidagi ayollar bilan ko‘p muloqot qilish zarurati bo‘lgani uchun bu mulozimlar ko‘pincha bichib qo‘yilar edi.

2:1 Axashverash — 1:1 ning birinchi izohiga qarang.

2:5 Kish — shoh Shoulning otasi (1 Shohlar 9:1-2 ga qarang).

2:6 Yohayixin — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoxoniyo.

2:6 …asir qilib olib kelganda… — miloddan oldingi 598 yil (4 Shohlar 24:8-16 ga qarang).

2:12 mirra moyi — ma’lum bir daraxtlar yelimidan tayyorlangan xushbo‘y moy.

2:14 mulozim — qadimda saroy xizmatida bo‘lgan kishi (shu bobning 15–oyatida ham bor). 1:10 izohiga qarang.

2:14 kanizaklar — ibroniycha matnda bu so‘zning ma’nosi quyidagicha: kanizaklar qonuniy xotin bo‘lmasalar–da, xo‘jayinlari ular bilan jinsiy aloqada bo‘lishgan. Qadimgi paytlarda bu ayollarning jiddiy qonuniy huquqlari bo‘lib, xo‘jayinlari ularning erlari sifatida bo‘lgan.

2:14 …boshqa haramga… — yoki …haramning boshqa bo‘lmasiga….

2:16 …Axashverash hukmronligining yettinchi yili… — taxminan miloddan oldingi 478 yil (1:1 ning birinchi izohiga qarang).

2:16 Tabat oyi — ibroniy kalendarining o‘ninchi oyi. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan dekabrning o‘rtasidan boshlanadi.

2:19 …Mardoxay saroyda o‘z vazifasini bajarayotgan edi — ibroniycha matndan so‘zma– so‘z tarjimasi …Mardoxay shohning darvozasida o‘tirgan edi (shu bobning 21–oyatida ham bor). Mazkur gapning ibroniycha varianti shundan dalolat beradiki, Mardoxay saroyda ma’muriy vazifada bo‘lgan. Mardoxay shoh xizmatiga Ester saroyga olib kelingandan oldin kirgan bo‘lishi mumkin.

2:23 …ikkala xizmatkor dorga osildi — yoki …ikkala xizmatkorni o‘ldirib, jasadlarini tik o‘rnatilgan xodaga qoqishdi.

3:1 shoh Axashverash — 1:1 ning birinchi izohiga qarang.

3:1 O‘gax — Omolek xalqining shohi bo‘lib, Omoleklar azaldan Isroil xalqining

dushmani edilar (Chiqish 17:8-16, Qonunlar 25:17-19, 1 Shohlar 15:1-33 ga qarang).

3:2 saroydagi — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi shohning darvozasidagi (shu bobning 3–oyatida ham bor).

3:7 Axashverash hukmronligining o‘n ikkinchi yili… — taxminan miloddan oldingi 472 yil (1:1 ning birinchi izohiga qarang).

3:7 Nison oyi — ibroniy kalendarining birinchi oyi (Nison oyi Abib oyi deb ham ataladi).

Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan martning o‘rtasidan boshlanadi.

3:7 pur — akkad–bobil tilidagi so‘z bo‘lib, qur’a degan ma’noni bildiradi.

3:7 Adar oyi — ibroniy kalendarining o‘n ikkinchi oyi. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan fevralning o‘rtasidan boshlanadi.

3:7 …oyining o‘n uchinchi kuni… — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda oyining o‘n uchinchi kuni degan jumla yo‘q. Ammo ibroniycha matndagi shu bobning 13– oyatida ko‘rsatilgan.

3:9 o‘n ming talant — taxminan 340 tonnaga to‘g‘ri keladi.

3:12 …shohning muhr uzugi bilan tasdiqlandi — xatni muhrlash uchun surg‘uchdan foydalanilgan. Yumshoq surg‘uch ustiga shohning uzugi bosilib, xat muhrlangan. Muhr xatning rasmiy ekanini ko‘rsatgan.

4:1 …kiyimlarini yirtdi, qanorga o‘ranib, ustiga kul sochdi — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Kiyimlarni yirtish, qanorga o‘ranib olish va ustiga kul sochish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi. Ko‘pincha bu harakat Xudodan kechirim so‘rab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.

4:5 mulozim — qadimda saroy xizmatida bo‘lgan kishi (1:10 izohiga qarang).

5:14 ellik tirsak — taxminan 23 metrga to‘g‘ri keladi.

5:14 Dor tayyorlashsin…Mardoxayni o‘sha dorga osishsin — yoki Xodani tik

o‘rnatishsin…Mardoxayni o‘ldirib, jasadini o‘sha xodaning uchiga qoqishsin.

5:14 dor — yoki xoda.

6:2 shoh Axashverash — 1:1 ning birinchi izohiga qarang.

6:4 …dorga uni ostirish to‘g‘risida… — yoki …xodaning uchiga uni qoqtirish to‘g‘risida….

6:8 …shohona zeb–ziynatlar… — toj shaklida yasalgan otlarning maxsus bezagi bo‘lishi

mumkin.

6:14 mulozim — qadimda saroy xizmatida bo‘lgan kishi (1:10 izohiga qarang).

7:4 Men va mening xalqim…sotilganmiz — Xomon shohga va’da qilgan pulga ishora

(3:9 ga qarang).

7:5 Shoh Axashverash — 1:1 ning birinchi izohiga qarang.

7:8 …Xomonning yuzini yopdilar — bu harakat uning o‘limga hukm qilinganini bildirgan.

7:9 mulozim — qadimda saroy xizmatida bo‘lgan kishi (1:10 izohiga qarang).

7:9 ellik tirsak — taxminan 23 metrga to‘g‘ri keladi.

7:9 …dor tayyorlab qo‘ygan. Bu dorga Mardoxayni osmoqchi…O‘sha dorga Xomonning o‘zini osinglar! — yoki …xodani tik o‘rnatib qo‘ygan. U Mardoxayni o‘ldirib, jasadini bu xodaning uchiga qoqmoqchi…O‘sha xodaga Xomonning o‘zini qoqinglar!

7:10 …dorga Xomonning o‘zini osdilar — yoki …xodaning uchiga Xomonning o‘zini

qoqdilar.

8:1 shoh Axashverash — 1:1 ning birinchi izohiga qarang.

8:3 O‘gax — 3:1 ning ikkinchi izohiga qarang.

8:7 …uni dorga ostirdim — yoki …uni o‘ldirib, xodaning uchiga qoqtirdim.

8:9 Shavon oyi — ibroniy kalendarining uchinchi oyi. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan mayning o‘rtasidan boshlanadi.

8:9 Habashiston — ibroniycha matnda Kush (1:1 ning ikkinchi izohiga qarang).

8:12 Adar oyi — 3:7 ning to‘rtinchi izohiga qarang.

8:12 …Adar oyining o‘n uchinchi kuni… — 3:13 ga qarang.

9:1 Adar oyi — 3:7 ning to‘rtinchi izohiga qarang.

9:2 shoh Axashverash — 1:1 ning birinchi izohiga qarang.

9:2 …hamma viloyatlardagi o‘zlari yashaydigan shaharlarda… — yoki …har bir shahardagi o‘zlari yashaydigan dahada….

9:13 …dorga osilsin — yoki …xodaning uchiga qoqilsin (shu bobning 14, 25–oyatlarida ham bor).

9:24 O‘gax — 3:1 ning ikkinchi izohiga qarang.

9:24 pur — akkad–bobil tilidagi so‘z bo‘lib, qur’a degan ma’noni bildiradi.

9:25 …Ester shohning huzuriga kirganda… — 5:1-8, 7:1-10, 8:3-4 ga qarang. 9:25 …shoh yana boshqa bir maktub orqali farmon bergandi — 8:5-14 ga qarang. 9:26 Purim — yahudiylarning bu bayrami har yili Adar oyining 14-15–kunlari

nishonlangan. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan fevralning o‘rtasidan

boshlanadi.

9:26 Mardoxayning maktubi — shu bobning 20-22–oyatlariga qarang.

9:29 o‘sha maktub — shu bobning 20-22–oyatlariga qarang.

10:1 Shoh Axashverash — 1:1 ning birinchi izohiga qarang.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru