Muqaddas Kitob


SHOHLAR

(BIRINCHI KITOB)

Kirish

“Shohlar (birinchi kitob)”da Isroil yurtida tuzumning o‘zgarishi, ya’ni xalqqa endi oldingidek hakamlar emas, balki shoh hukmronlik qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar bayon qilinadi. Xalqning so‘nggi hakami Shomuil payg‘ambar, Isroilning birinchi shohi Shoul va Xudo tanlagan navbatdagi shoh Dovud kitobning bosh qahramonlaridir.

“Shohlar (birinchi kitob)” va “Shohlar (ikkinchi kitob)”ning asl nusxasi bitta ibroniycha kitob bo‘lib, ikkala qismini bitta o‘ramga joylash uzunlik qilgani uchun, kitob ikki qismga — “Shohlar (birinchi kitob)” va “Shohlar (ikkinchi kitob)”ga bo‘lingan.

“Shohlar (birinchi kitob)”ning ilk qismida (1-7–boblar) Shomuil payg‘ambarning hayoti to‘g‘risida hikoya qilinadi. Shomuil Isroilga hujum qilayotgan g‘animlarga qarshi jangda Isroil lashkariga yordam beradi. Lekin Shomuil keksaygach, lashkarga shoh yo‘lboshchilik qilsin deb, xalq Xudodan bir shoh so‘rashga qaror qilib, Xudoni ranjitadi. Chunki shu paytgacha Xudoning O‘zi Isroil xalqining Shohi edi. Xalq Xudodan bir shoh so‘raganda esa, Isroil taxtiga inson o‘tiradi. Shunga qaramay, Xudo taxtga o‘tqazgan insonni vositachi sifatida ishlatib, O‘zi xalqning haqiqiy Shohi bo‘lib qolaveradi.

Kitobning ikkinchi qismida (8-15–boblar) Xudo Shomuilga Shoulni Isroilning birinchi shohi qilib tayinlash to‘g‘risida amr beradi. Shoul va uning to‘ng‘ich o‘g‘li Yo‘natan Ommon hamda Filist xalqlariga qarshi olib borgan ko‘p janglarda g‘olib chiqadilar, lekin Shoul Xudoga chin dildan itoat etmaydi. Shoulning itoatsizligi oqibatida Xudo uni shoh sifatida rad etib, uning naslini Isroil taxtidan mahrum qiladi.

Kitobning uchinchi qismida (16-31–boblar) Xudo Shomuilga Dovud ismli yosh yigitni navbatdagi shoh qilib tayinlash to‘g‘risida amr beradi. Kitobda yana Dovud bahaybat Filist jangchisi Go‘liyotni o‘ldirgandan keyin tez orada milliy qahramon bo‘lib ketgani to‘g‘risida ham hikoya qilinadi. Dovud tobora obro‘–e’tibor orttirib boraveradi. Shoul esa Dovuddan shubhalanadi. Garchi Dovud Shoulning qizi Mixalga uylangan va Shoulning to‘ng‘ich o‘g‘li Yo‘natan bilan qadrdon do‘st bo‘lsa ham, Shoul Dovudni o‘ldirish payiga tushadi. “Shohlar (birinchi kitob)”ning qolgan qismida Dovudning Shouldan qochib qutulgani va sahroda o‘zining kichik lashkariga yo‘lboshchi bo‘lgani to‘g‘risida hikoya qilinadi.

Kitob Shoul va uning uch o‘g‘li Filist lashkari bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgani to‘g‘risidagi ayanchli voqealar bilan tugaydi. Tanlangan shohning muvaffaqiyati yoki mag‘lubiyati Xudoga bo‘lgan itoatkorligiga bevosita bog‘liq, degan g‘oya kitobda yaqqol sezilib turadi.


1–BOB

Elqana va uning Shilo‘dagi oilasi

1 Efrayim qirlarida joylashgan Rama* shahrida bir odam yashardi. Uning ismi Elqana

bo‘lib, Efrayim qabilasining Zuf urug‘idan bo‘lgan Yeroxam deganning o‘g‘li edi.

Yeroxam — Elixuning o‘g‘li, Elixu — To‘xuning o‘g‘li, To‘xu — Efrayim qabilasiga


mansub bo‘lgan Zufning o‘g‘li edi. 2 Elqananing Xanna va Paninna ismli ikki xotini bo‘lib,

Paninnaning bolalari bor edi–yu, Xanna befarzand edi.

3 Elqana har yili Sarvari Olamga sajda qilib, qurbonlik keltirmoq uchun o‘z shahridan Shilo‘ga* borardi. Shilo‘da Elax degan odamning Xo‘fnax va Finxaz degan ikki o‘g‘li bo‘lib, ular Egamizning ruhoniylari edilar.

4 Elqana qurbonlik qilgan kuni xotini Paninnaga, o‘g‘illari bilan qizlariga bir ulushdan* bersa, 5 Xannaga esa yaxshi joyidan bir ulush berardi*. Chunki Egamiz Xannani bepusht qilib qo‘ygan bo‘lsa ham, Elqana uni yaxshi ko‘rardi. 6 Xannani Egamiz befarzand qilib qo‘ygani uchun, kundoshi Paninna Xannaga qattiq ozor berib xafa qilardi. 7 Har yili Xanna Egamizning uyiga* borganda ham shu voqea yuz berardi: Xannani kundoshi xafa qilar, u esa yig‘lab hech narsa yemasdi. 8 Eri Elqana esa:

bo‘lib, Unga xizmat qiladi, umr bo‘yi o‘sha yerda qoladi, — dedi.

23 — Senga nima ma’qul bo‘lsa, shunday qilaver, — dedi Elqana. — Go‘dak ko‘krakdan chiqquncha shu yerda bo‘l. Egamiz O‘z va’dasini bajo qilsin*.

Xanna uyda qolib, o‘g‘li ko‘krakdan chiqquncha, uni emizdi. 24 Kichkintoy ko‘krakdan chiqdi. So‘ng Xanna uch yoshli buqa*, bir tog‘ora* un va bir mesh sharob olib, o‘g‘lini

Egamizning Shilo‘dagi uyiga olib keldi. Bola hali yosh edi. 25 Buqani so‘yishgandan keyin,

bolani Elaxning oldiga olib kelishdi.

26 — Ey hazrat, meni eslaysizmi? — dedi Xanna. — Shu yerda, huzuringizda turib Egamga ibodat qilgan o‘sha ayol menman. 27 Men mana shu bola uchun Egamga iltijo qilgan edim, Egam tilagimni bajo qildi. 28 Shuning uchun uni Egamga bag‘ishladim, umr bo‘yi Unga atalgan bo‘lsin, dedim.

Ular* shu yerda Egamizga sajda qildilar.


2–BOB



1 Xanna shunday ibodat qildi:

Xannaning ibodati


“Egam tufayli ko‘nglim tog‘day ko‘tarildi, Quvvatimni oshirgan O‘shadir.

Dushmanlarim oldida maqtanarman, Najot berganing uchun sevinarman.


2 Egam — tanho va Muqaddas Xudo, Ha, Sendan boshqasi yo‘q, ey Egam. Xudoyimizday qoya yo‘qdir.


3 Ortiq manmanlikka berilmang og‘iz ko‘pirtirib, Og‘zingizdan kibrli so‘zlar chiqmasin.

U hammasini biladigan Xudodir,

U odamlarning xatti–harakatini hukm qiladi.


4 Kuchlilarning yoylari sinib ketadi,

Ojizlar quvvat kamarini bog‘laydi.

5 To‘q bo‘lganlar luqma non uchun mardikordirlar, Och bo‘lganlar esa endi to‘qdirlar.

Befarzand ayol yetti bola tug‘ar, Serfarzand ayol esa kimsasiz qolar. 6 Jonni oladigan ham Egamizdir, Jonni ato qiladigan ham Egamizdir. O‘liklar diyoriga* U tushirar va Yana qayta olib ham chiqar.

7 U kimnidir yo‘qsil, kimnidir boy qilar, Kimnidir yerga urar, kimnidir yuksaltirar. 8 Bechorahollarni U tuproqdan ko‘tarar, Faqirlarni axlatdan olib chiqib yuksaltirar. Ularga shahzodalar yonidan joy berar, Shuhrat taxtini meros qilib berar.

Chunki Egamnikidir zamin ustunlari*, Ustunlarning ustiga qo‘ygandir U olamni. 9 Sodiq bandalarini U himoya qilar,

Fosiqlar esa zulmatda so‘nib qolar.

Zero, kuch ila zafarga yetishmas inson.


10 Egamizga qarshi turganlar parcha–parcha bo‘lajak, Xudoyi Taolo ularga qarshi osmonni gumburlatajak. Butun olamni Egamiz hukm qilajak,

O‘zi moy surtib tanlagan shohiga kuch ato etib,

Uning quvvatini oshirajak.”


11 Shundan keyin Elqana oilasi bilan Ramaga — uyiga jo‘nadi. Kichkina Shomuil esa

ruhoniy Elaxning huzurida qoldi va Egamizga xizmat qila boshladi.

Elaxning yaramas o‘g‘illari

12 Elaxning o‘g‘illari yaramas yigitlar edi. Ular Egamizni hurmat qilmas, 13 xalq oldidagi o‘z ruhoniylik burchlarini mensimasdilar. Birortasi kelib qurbonlik so‘yib, go‘shtini qaynatayotganda, Elax o‘g‘illarining xizmatkori uch tishli sanchqi bilan kelardi. 14 Xizmatkor sanchqini qozonga yoki tovaga tiqardi. Sanchqiga ilinganini Elaxning o‘g‘illariga olib borardi. Ular Shilo‘ga kelgan Isroil xalqining hammasiga shunday munosabatda bo‘lishardi. 15 Hatto qurbonlikning yog‘ini kuydirmasdan oldin*, ruhoniyning xizmatkori kelib, qurbonlik qilayotgan odamga shunday derdi:

17 Elax o‘g‘illarining bu gunohi Egamiz oldida juda og‘ir edi, chunki ular Egamizga

atalgan nazr–niyozlarga shunday hurmatsizlik qilishardi.

Yosh Shomuil Shilo‘da

18 Yosh Shomuil esa shu paytda ruhoniylarning muqaddas libosini* kiyib, Egamiz huzurida xizmat qilib yurardi. 19 Har yilgi qurbonlikni ado etish uchun onasi bilan otasi bu yerga kelishar, onasi o‘zi tikkan kiyimni* o‘g‘liga olib kelardi. 20 Ruhoniy Elax esa Elqana bilan uning xotinini duo qilib, Elqanaga: “Xudodan tilab olib, Unga bag‘ishlagan farzandingning o‘rniga Egamiz senga shu xotindan yana farzandlar bersin”, deb aytardi. Shundan keyin ular uylariga ketishardi.

21 Egamiz Xannaga g‘amxo‘rlik qildi. U homilador bo‘lib, yana uch o‘g‘il, ikki qiz tug‘di. Yosh Shomuil esa Egamizning huzurida o‘sib–ulg‘aydi.

Elax va uning o‘g‘illari

22 Elax juda keksayib qolgan edi. U o‘g‘illarining jamiki Isroil xalqiga yomon munosabatda bo‘lishayotganini, Uchrashuv chodiriga* kiraverishda xizmat qiladigan ayollar* bilan zino qilishayotganini eshitib turardi. 23 Elax o‘g‘illariga derdi:

— Nimaga bunday qilyapsizlar? Qilayotgan qabih ishlaringiz hammaning og‘zida.

24 Bunday qilmanglar, o‘g‘illarim! Egamizning xalqi orasida yoyilgan gap–so‘zlar yaxshi emas. 25 Odam odamga qarshi gunoh qilsa, Xudo vositachilik qiladi. Ammo odam Egamizga qarshi gunoh qilsa, o‘rtada kim vositachilik qila oladi?!

Biroq o‘g‘illari otalarining gapini quloqlariga olmasdilar. Shuning uchun Egamiz ularni o‘ldirishga qaror qilib qo‘ygan edi.

26 Yosh Shomuil esa ulg‘ayib, Egamizning va xalqning olqishiga sazovor bo‘layotgan

edi.

Elax xonadoni haqida bashorat

27 Bir kuni Elaxning oldiga bir payg‘ambar kelib, shunday dedi:

— Egamiz senga aytmoqda: “Isroil xalqi Misr yurtida fir’avnga qul bo‘lib yurganda, O‘zimni ota–bobolaringga zohir qildim–ku! 28 Bobong Horun Mening qurbongohimga chiqsin, qurbonlik kuydirib, oldimda efodni kiyib yursin deb, jamiki Isroil qabilalari orasidan Men uni O‘zimga ruhoniy qilib tanlab olgan edim. Buning ustiga, Horun avlodining ulushi bo‘lsin deb, hamma kuydiriladigan qurbonliklardan ham berdim.

29 Shunday bo‘lgach, Men buyurgan qurbonlik va nazrlarni nimaga pisand qilmayapsizlar?! Nimaga xalqim Isroil bergan hamma nazrlardan eng yaxshi ulushlarni olib o‘zingiz yeb semiryapsizlar?! Nimaga o‘g‘illaringni Mendan ortiq ko‘ryapsan?!

30 Shuning uchun Men, Isroil xalqining Xudosi — Egangiz, aytamanki, avloding va otangning avlodi Menga abadiy xizmat qiladilar, deb aytgan bo‘lsam ham, endi bunday bo‘lmaydi! Meni izzat qilganni Men ham izzat qilaman, Meni xor qilgan esa sharmanda bo‘lar. 31 Shunday kunlar yaqinlashmoqda: Men sening va otangning xonadonini yo‘qotaman. Natijada xonadoningdagi hamma kimsa ajalidan besh kun burun o‘ladi.

32 Men Isroil xalqi ustiga yog‘diradigan rohat–farog‘atni sen ko‘rib, kulfat ichra ularga hasad qilasan. Sening xonadoningdan hech kim uzoq umr ko‘rmaydi. 33 Xonadoningdan faqat bittasini yo‘q qilmasdan asrab qolaman. Lekin uning ko‘zlari yoshga, yuragi g‘am– g‘ussaga to‘ladi. Butun xonadoning ahli juvonmarg ketadi. 34 Ikkala o‘g‘ling — Xo‘fnax bilan Finxazning boshiga tushadigan ko‘rgilik senga bir alomat bo‘lsin: ikkovi ham bir kunda nobud bo‘ladi.

35 Mening xohish–irodamni amalga oshiradigan sadoqatli bir ruhoniyni O‘zim uchun tayin etaman, u ko‘nglimdagiday xizmat qiladi. Uning avlodini boqiy qilaman, Men moy surtib tanlagan shoh oldida u umr bo‘yi xizmat qiladi. 36 Xonadoningda tirik qolgan har bir odam qora chaqaga va bir burda nonga zor bo‘lib uning oldiga keladi, o‘tinaman, menga biror ruhoniylik vazifasini ber, tirikchiligimni o‘tkazib turay, deb yolvorib ta’zim qiladi.”


3–BOB

Xudo Shomuilga sado beradi

1 O‘spirin Shomuil Elaxning qo‘li ostida Egamizga xizmat qilib yurardi. O‘sha paytlari

Egamizning kalomi kam kelar, vahiy ham ahyon–ahyonda bo‘lardi.

2 Elaxning ko‘zlari xiralashib, ko‘rmaydigan bo‘lib qolgan edi. Bir kuni kech kirganda Elax yotog‘ida yotardi. 3 Shomuil esa Egamizning Ma’badida* yotgan edi, Xudoning Sandig‘i ham o‘sha yerda edi. Xudoning chirog‘i* hali ham yonib turardi. 4 Shu payt Egamiz Shomuilni chaqirib qoldi. Shomuil:

19 Shomuil ulg‘ayaverdi, Egamiz doimo u bilan birga bo‘ldi, Shomuil bashorat qilgan hamma narsani Egamiz ro‘yobga chiqardi. 20 Dandan Bershebagacha bo‘lgan jamiki Isroil xalqi Shomuil haqiqatan ham Egamizning payg‘ambari ekanligini bildi. 21 Egamiz Shilo‘da yana takror–takror zohir bo‘lib, o‘sha yerda O‘z kalomi orqali Shomuilga ayon bo‘lardi.


4–BOB

1 Butun Isroilda Shomuilning so‘zi vojib edi.

Muqaddas Ahd sandig‘i qo‘ldan ketadi

Shu orada* Filistlar urush boshlagan edi, Isroil lashkari ularga qarshi otlandi. Isroil lashkari Evanzor degan joyda, Filistlar esa Ofoq shahrida* qarorgoh qurdilar. 2 Filistlar Isroil lashkariga qarshi saf tortdilar. Jang boshlandi, Filistlar Isroil lashkarini mag‘lub qildilar. Jang maydonida to‘rt mingga yaqin Isroil sipohlari nobud bo‘ldi. 3 Lashkar qarorgohga qaytgach, Isroil oqsoqollari shunday dedilar:

Ikkala o‘g‘lingiz — Xo‘fnax bilan Finxaz ham halok bo‘ldi. Xudoning Sandig‘i esa qo‘ldan

ketdi.

18 Elax hali ham darvoza yonidagi kursida o‘tirgan edi. Xabarchi, Xudoning Sandig‘ini Filistlar tortib oldi, deb aytishi bilan Elax kursidan orqasi bilan yiqildi. Keksaligi va semizligidan bo‘yni sinib, o‘sha zahoti jon berdi. U Isroilda qirq yil hakamlik qilgan edi.

Finxazning xotini vafot etadi

19 Elaxning kelini — Finxazning xotini homilador bo‘lib, yaqin orada ko‘zi yorishi kerak edi. “Xudoning Sandig‘i qo‘ldan ketdi, qaynatang va ering o‘ldi” degan xabarni eshitishi bilanoq uni to‘lg‘oq tutib qoldi. U yerga cho‘nqayib o‘tirib, tug‘ib qo‘ydi. 20 Doya

xotinlar unga o‘limi oldidan:


5–BOB

Ahd sandig‘i Ashdod va Exronga suriladi

1 Filistlar Xudoning Sandig‘ini qo‘lga kiritganlaridan keyin, uni Evanzordan Ashdod shahriga* olib ketishdi. 2 Uni Filistlarning xudosi Do‘g‘on uyiga olib borib, Do‘g‘on haykali yoniga joylashtirishdi. 3 Ashdodliklar ertasiga saharda turib qarashsa, Do‘g‘on Egamizning Sandig‘i oldida yuzi bilan yerga ag‘darilib yotgan ekan. Shunda Do‘g‘onni ko‘tarib, joyiga turg‘izib qo‘yishdi.

4 Ertasiga yana saharda turib qarashsa, Do‘g‘on Egamizning Sandig‘i oldida yuzi bilan yerga ag‘nab yotgan ekan. Bu safar Do‘g‘onning boshi bilan ikkala qo‘li sinib, ostonada yotgan, faqat gavdasi butun qolgan ekan, xolos. 5 Shuning uchun Do‘g‘on ruhoniylari va Do‘g‘on uyiga kelib sajda qiluvchilarning birortasi bugungacha* Ashdoddagi bu joyning ostonasini bosmaydi, ular ostonani hatlab, ichkariga kirishadi.

6 Egamiz Ashdod aholisini va uning atrofidagi qishloqlar aholisini qattiq jazoladi.

Ularni chipqonga giriftor qilib, katta kulfat keltirdi. 7 Ashdodliklar bo‘lib turgan voqealarni ko‘rgach:

ham, xalqimiz ham qirilib ketmaylik.

Shaharning har tarafida o‘lim vahimasi hukm surardi. Xudo ularga og‘ir jazo yuborgan edi. 12 Omon qolganlarning hammasiga esa chipqon chiqdi. Shahar ahlining ohu fig‘oni ko‘klarni o‘rladi.

6–BOB

Ahd sandig‘i Isroilga qaytib keladi

1 Egamizning Sandig‘i Filistlar hududida yetti oy qolib ketdi. 2 Filistlar o‘zlarining

ruhoniylari va folbinlarini chaqirib:

10 Odamlar aytilganday qilishdi. Ikki sog‘in sigir keltirib, aravaga qo‘shishdi, buzoqlarni esa og‘ilxonaga qamab qo‘yishdi. 11 Egamizning Sandig‘ini, shuningdek, ichiga oltin sichqonlar va chipqonlarning haykalchalari solingan qutini aravaga yuklashdi. 12 Sigirlar to‘ppa–to‘g‘ri Bayt–Shamash yo‘lidan ketdi. O‘ngga ham, chapga ham burilmay, bo‘kirganicha, katta yo‘l bo‘ylab ilgarilab ketaverdi. Filist beklari aravani Bayt–Shamash chegarasigacha kuzatib borishdi.

13 O‘sha paytda Bayt–Shamash aholisi vodiyda bug‘doy o‘rayotgan edi*. Ular Sandiqni ko‘rib, sevinib ketishdi. 14-15 Arava Bayt–Shamashlik Yoshuaning dalasiga yetib kelib, to‘xtab qoldi. O‘sha yerda katta bir tosh bor edi. Levilar Egamizning Sandig‘ini va yonidagi oltin haykalchalar joylangan qutini aravadan tushirib, o‘sha katta toshning ustiga qo‘yishdi. Bayt–Shamash aholisi aravaning yog‘ochlarini o‘tin qilib yordi.

Sigirlarni esa Egamizga kuydiriladigan qurbonlik qilishdi. O‘sha kuni Bayt–Shamash aholisi Egamizga kuydiriladigan qurbonliklar va boshqa qurbonliklar keltirdi.

16 Beshala Filist beklari bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, shu kuni Exronga qaytib ketdilar. 17 Filistlar ayblari uchun Egamizga nazr qilib beshta oltin chipqon haykalchasini jo‘natgan edilar. Hadyalar Ashdod, G‘azo, Ashqalon, Gat va Exron

shaharlarining hokimlaridan edi. 18 Beshta oltin sichqon beshta hukmdor boshqargan Filistlar shaharlarining va ularning atrofidagi qishloqlarning ramzi edi. Bayt– Shamashlik Yoshuaning dalasidagi Egamizning Sandig‘i qo‘yilgan katta tosh shu kungacha* bunga guvoh bo‘lib turibdi.

19 Bayt–Shamashlik yetmish kishi* Egamizning Sandig‘i ichiga qaragan edi, Xudo ularni yo‘q qildi. Egamiz xalqning boshiga og‘ir kulfat keltirgani uchun, Bayt– Shamashliklar motam tutdilar.

Ahd sandig‘i Xirat–Yo‘rimda

20 Bayt–Shamash aholisi shunday dedi:

— Egamiz oldida — bu Muqaddas Xudo oldida kim bardosh berishga qodir ekan?!

Uning Sandig‘ini o‘zimizning oldimizdan qayoqqa jo‘natsak ekan?

21 Nihoyat, ular Xirat–Yo‘rim* aholisiga xabarchi jo‘natib: “Filistlar Egamizning Sandig‘ini qaytarishdi, kelinglar, uni o‘z shahringizga olib ketinglar” degan gapni yetkazishdi.


7–BOB

1 Shundan keyin Xirat–Yo‘rim aholisi borib, Egamizning Sandig‘ini oldi. Uni Abunadavning tepalikdagi uyiga olib kelishdi. Egamizning Sandig‘ini avaylab saqlasin deb, Abunadavning o‘g‘li Elazarni poklab, shu vazifaga tayinlashdi.

Shomuil Isroilga yo‘lboshchilik qiladi

2 Sandiq uzoq vaqt — yigirma yilcha Xirat–Yo‘rimda qolib ketdi. Bu orada butun Isroil xalqi Egamizga talpindi.

3 Shomuil jamiki Isroil xalqiga dedi:

10 Shomuil kuydiriladigan qurbonlikni ado etayotgan edi, Filistlar Isroil lashkariga hujum qilmoqchi bo‘lib yaqin keldilar. Ammo o‘sha zahoti Egamiz vahimali ovoz chiqarib, Filistlarni shunday sarosimaga soldiki, oqibatda ular Isroil lashkariga mag‘lub

bo‘ldi. 11 Isroil lashkari Mispaxdan chiqib, Filistlarni Bayt–Kor degan yerning etagigacha

quvib borib o‘ldirdilar.

12 Shomuil bir toshni olib, Mispax bilan Yashono orasiga o‘rnatdi. “Egamiz bizga yo‘l bo‘yi yordam berdi”, deya toshga Evanzor* deb nom berdi. 13 Mag‘lub bo‘lgan Filistlar Isroil hududiga qaytib hujum qilishmadi. Shomuil hayotligida Isroil xalqi Filistlarga hujum qilganda, Egamiz madad berib turdi. 14 Exrondan Gatga qadar Filistlar qo‘lga kiritgan shaharlarning hammasini Isroil xalqi yana qaytarib oldi. Shunday qilib, Isroil xalqining hamma yerlari Filistlardan ozod bo‘ldi. Isroil xalqi bilan Amor xalqlari* orasida sulh tuzildi.

15 Shomuil umr bo‘yi Isroilga hakamlik qildi. 16 U har yili Baytil, Gilgal, Mispaxni aylanar, bu shaharlarda turib, Isroilni boshqarardi. 17 Keyin Rama shahridagi uyiga qaytar va o‘sha yerda turib Isroilga hakamlik qilardi. Shomuil Ramada Egamizga atab bir qurbongoh qurdirdi.


8–BOB

Isroil xalqi bir shoh talab qiladi

1 Shomuil keksaygach, o‘g‘illarini Isroilga hakam qilib tayinlagan edi. 2 To‘ng‘ich o‘g‘lining oti Yo‘el, ikkinchi o‘g‘lining oti Abiyo edi. Bersheba shahrida* shu o‘g‘illari hakam edilar. 3 Ammo o‘g‘illari Shomuilning yo‘lidan yurishmadi. Ular tama qilar, pora olar, bir yoqlama hukm chiqarardilar.

4 Bir kuni Isroilning hamma oqsoqollari to‘planishib, Ramaga — Shomuilning huzuriga borishdi 5 va unga shunday deyishdi:

muomalasini ochiqchasiga ayt.

10 O‘zlari uchun shoh talab qilayotgan xalqqa Shomuil Egamizning hamma

aytganlarini yetkazdi:

11 — Sizlarga hukmronlik qiladigan shohning huquqi va muomalasi quyidagicha bo‘ladi: shoh o‘g‘illaringizni majburlab jang aravalarida va suvori lashkari safida xizmat qilishga oladi. Ba’zilarini o‘ziga qo‘riqchi qilib tayinlaydi, ular shohning jang aravalari oldida yugurishadi. 12 Shoh ba’zilarini mingboshi, ba’zilarini ellikboshi etib tayinlaydi.

Qay birini shoh o‘z dalasini ekish–o‘rishga, yana boshqasini esa jang qurollarini va jang aravalarining asbob–uskunalarini yasashga majbur etadi. 13 Qizlaringizni pardozchi, oshpaz, novvoy qilib oladi. 14 Eng yaxshi dalalaringizni, uzumzorlaringizni, zaytunzorlaringizni olib, o‘zining a’yonlariga beradi. 15 Doningizning, uzumlaringizning o‘ndan birini olib, saroy amaldorlari bilan boshqa a’yonlariga taqsimlab beradi. 16 Qul va

cho‘rilaringizni, eng sara ho‘kizlaringizni*, eng sara eshaklaringizni olib, o‘zining ishi uchun foydalanadi. 17 Qo‘y va echki suruvlaringizning ham o‘ndan birini tortib oladi. O‘zlaringiz ham unga qul bo‘lib qolasizlar. 18 Vaqti kelib, o‘zlaringiz istagan shoh dastidan faryod qilasizlar. Lekin o‘sha paytda Egamiz sizlarga javob bermaydi.

19 Baribir xalq Shomuilning gapini eshitishni istamadi:

6 Oxish o‘sha kuni Dovudga Zixlax shahrini berdi. O‘shandan buyon Zixlax Yahudo

shohlariga qarashli shahardir. 7 Dovud Filistlar yurtida bir yilu to‘rt oy istiqomat qildi.

8 Dovud odamlari bilan Geshir, Gezer va Omolek xalqlarining yeriga bostirib borardi.

Bu elatlar uzoq zamonlardan beri Shurga va Misr chegarasigacha cho‘zilgan yerlarda yashab kelishardi. 9 Dovud biror yurtni bosib olsa, erkak, ayol demas, tirik jonni sog‘ qo‘ymasdi. Faqat qo‘y, mol, eshak, tuya va kiyim–kechaklarni o‘lja olib, shoh Oxishning huzuriga qaytib kelardi. 10 Oxish: “Bugun biron yerga bostirib bordingizlarmi?” deb so‘rasa, Dovud: “Yahudoning Nagav cho‘lidagi hududlarini bosib oldik”, yoki “Nagav cho‘lidagi Yaraxmal urug‘i yerlarini bosib oldik”, yoki “Nagav cho‘lidagi Xayin xalqi yerlarini* qo‘lga oldik”, deb javob berardi. 11 Dovud biror kimsani Gatga olib kelmas, “Dovud unday qildi, bunday qildi, deb aytmasin” deya, erkagu ayolni tirik qoldirmasdi. Dovud Filistlar yurtida yashagan paytda shunday qilardi. 12 Oxish Dovudga ishonardi. “Dovud o‘z xalqi — Isroil xalqiga o‘zini dushman qilib qo‘ydi, bundan keyin to abad mening xizmatimda qoladi”, deb o‘ylardi.


28–BOB

1 O‘sha kunlarda Filistlar Isroil lashkari bilan urush qilmoqchi bo‘lib, lashkarlarini to‘plashdi. Oxish Dovudga:

23 — Yemayman! — deb rad etdi Shoul.

Lekin a’yonlari ham, ayol ham uni ko‘ndirishga ko‘p harakat qilishdi. Oxiri, Shoul ularning aytganini qilishga rozi bo‘ldi. Yotgan yeridan turib, to‘shakka o‘tirdi.

24 Ayolning uyida boquvdagi bir buzog‘i bor edi. Ayol uni tezda so‘ydi. Un oldi–da, xamir qorib, xamirturushsiz non yopdi. 25 Taomlarni Shoul bilan a’yonlari oldiga qo‘ydi. Ular yeb–ichib, o‘sha kuni tunda turib jo‘nab ketishdi.


29–BOB

Filistlar Dovudga ishonmaydi

1 Filistlar hamma sipohlarini Ofoqqa* yig‘di. Isroil lashkari esa Yizrildagi buloq yonida qarorgoh qurib, joylashib olgan edilar. 2 Filist beklari yuz va ming kishilik guruhlardan iborat bo‘lgan qo‘shin bilan borishardi. Dovud va uning odamlari esa shoh Oxish bilan birga orqada kelayotgan edilar. 3 Filist lashkarboshilari:

8 — Axir, men nima qildim?! — dedi Dovud. — Huzuringizga kelganimdan beri mendan biror ayb topmadingiz–ku! Endi shoh hazratlarining g‘animlariga qarshi urushga nima uchun bormasligim kerak ekan?!

9 — Bilaman, — dedi Oxish, — sen mening nazarimda Xudoning farishtasiday poksan. Lekin Filist lashkarboshilari, biz bilan urushga bormasin, deyishyapti. 10 Endi sen odamlaring bilan ertalab turinglar–da, tong otar–otmas jo‘nanglar.

11 Shunday qilib, Dovud odamlari bilan erta tongda turib, Filistlar hududiga qarab

yo‘l oldi. Filistlar esa Yizrilga* jo‘nashdi.


30–BOB

Dovud Omolek xalqini mag‘lub qiladi

1 Dovud odamlari bilan yo‘l yurib, uchinchi kuni o‘z shahri Zixlaxga yetib keldi. Bu orada Omolek xalqi Nagav cho‘liga*, xususan, Zixlax shahriga ham bostirib kirgan, Zixlaxga o‘t qo‘yib, shaharni talon–taroj qilgan ekan. 2 Ular biror kimsani o‘ldirmay, u yerdagi ayollaru yosh–qarini asir olishib, oldilariga solib haydagancha, yo‘llariga qaytib ketishgan edi.

3 Dovud odamlari bilan u yerga yetib borgach, shaharning alanga ichida qolganini, xotinlari, o‘g‘il–qizlarini asir olib ketishganini bildi. 4 Ular holdan toyguncha dod–voy solib yig‘lashdi. 5 Dovudning ikkala xotini — Yizrillik Oxinavam va Karmillik Navolning bevasi Obigayl ham asir olingan edi. 6 Dovud yomon ahvolda qoldi, chunki har bir odam o‘g‘illari, qizlari uchun qayg‘urar, “Dovudni toshbo‘ron qilamiz”, deyishardi. Lekin Dovud o‘z Egasi Xudodan madad oldi. 7 U Oximalekning o‘g‘li ruhoniy Abuatarga*:

23 — Yo‘q, birodarlarim, — dedi Dovud, — bu narsalarni bizga Egamiz berdi, endi unday qilmanglar. Egamizning O‘zi bizni saqladi, ustimizga bostirib kelgan bosqinchilarni qo‘limizga berdi. 24 Sizlarning bu gapingizga kim rozi bo‘ladi? Urushga borganlar bilan anjomlar yonida qolganlarning ulushi birdir, har bir narsa teng

bo‘linadi.

25 O‘sha kundan boshlab Dovud bu usulni Isroilda qonun–qoida holiga keltirdi, ushbu qonun bugungacha* davom etib kelyapti.

26 Nihoyat, Dovud Zixlaxga qaytdi. U o‘zining o‘rtoqlari — Yahudo oqsoqollariga tortib olingan o‘ljalardan jo‘natib: “Mana Egamizning g‘animlaridan tortib olingan o‘ljalardan sizlarga in’omlar”, deb aytib yubordi. 27 In’omlar quyidagi shaharlarning oqsoqollariga jo‘natildi: Baytil, Nagav cho‘lidagi Ramo‘t shahri, Yatir, 28 Aror, Sifmo‘t, Eshtamo‘va, 29 Raxol, Yaraxmal urug‘i va Xayin xalqining shaharlari, 30 shuningdek, Xo‘rmax, Bo‘r–Oshon, Otax 31 va Xevron shaharlari. Dovud odamlari bilan kezgan yerlarning hammasiga o‘ljalardan jo‘natdi.

31–BOB

Shoul bilan o‘g‘illari halok bo‘ladilar

1 Filistlar esa shu paytda Isroil lashkari bilan jang qilishayotgan edi. Isroil lashkari Filistlarning oldiga tushib qochdi, ko‘plari Gilbova tog‘ida* halok bo‘ldi. 2 Endi Filistlar Shoul bilan uning o‘g‘illari ortidan tushdilar. Natijada Shoulning o‘g‘illari Yo‘natan, Abunadav va Malkishuva o‘ldirildi. 3 Shoulning atrofida jang tobora avjiga chiqdi. Shu payt Filist kamonkashlari Shoulga qarata o‘q otdilar. Shoul og‘ir yaralandi. 4 U qurolbardoriga:

— Qilichingni sug‘urgin–da, menga sanch, toki anavi sunnatsizlar kelib, menga qilich solib, xo‘rlamasinlar, — dedi. Lekin qurolbardori qo‘rqdi, Shoulning aytganini qilmadi. Shunda Shoul qilichini qinidan sug‘urib, o‘zini qilich ustiga tashladi. 5 Qurolbardori ham Shoulning halok bo‘lganini ko‘rib, o‘zini qilichi ustiga tashlab, Shoul bilan birga o‘ldi.

6 Shunday qilib, Shoul, uning uchala o‘g‘li, qurolbardori va hamma sipohlari bir kundayoq halok bo‘lishdi.

7 Yizril vodiysining* naryog‘ida va Iordan daryosining sharq tomonida yashaydigan Isroil xalqi o‘z sipohlarining qochganini, Shoul bilan o‘g‘illari o‘lganini ko‘rishdi–yu, shaharlarini tashlab qochishdi. Filistlar bu shaharlarga kelib o‘rnashib olishdi.

8 Ertasi kuni Filistlar halok bo‘lganlarni talon–taroj qilgani jang maydoniga kelishdi. Birdan ular Gilbova tog‘ida Shoul bilan uchala o‘g‘lining jasadi yotganini ko‘rib qolishdi. 9 Ular Shoulning boshini kesib, qurollarini olishdi. Filist yurti bo‘ylab xabarchilar jo‘natib, bu xushxabarni o‘z butxonalarida e’lon qilib, xalqqa eshittirishdi. 10 Shoulning qurol–aslahasini Ashtaret* uyiga qo‘yishdi, jasadini esa Bayt–Shan shahrining devoriga qoqib qo‘yishdi.

11 Filistlar Shoulni qanday ahvolga solganini Giladdagi Yobosh* aholisi eshitib qoldi.

12 Shunda hamma jasur yigitlar tun bo‘yi yurib, Bayt–Shanga borishdi. Shoul bilan o‘g‘illarining jasadlarini Bayt–Shan devoridan olib, Yobosh shahriga keltirishdi va u yerda kuydirishdi. 13 Suyaklarini yig‘ishtirib, Yoboshdagi yulg‘un daraxti* tagiga dafn qilgach, yetti kun ro‘za tutishdi*

IZOHLAR

1:1 Rama — ibroniycha matnda Ramatayim. Rama Ramatayimning qisqa shakli (shu bobning 19–oyatiga qarang).

1:3 Shilo‘ — Quddusdan qariyb 32 kilometr shimolda joylashgan bu shahar Isroil xalqi

sajda qiladigan asosiy joy bo‘lib qolgan edi.

1:4 bir ulush — ba’zi qurbonliklar olovda butunlay kuydirilmasdan, ma’lum bir qismi kuydirilar, bir qismi esa ruhoniylarga berilar edi. Qolganini qurbonlik keltirgan odamning oila a’zolari va mehmonlari tanovul qilishardi (Levilar 3:1-17, 7:11-18 ga qarang).

1:5 …yaxshi joyidan bir ulush berardi — yoki …ikki ulush berardi.

1:7 Egamizning uyi — Isroil xalqi Egamizga sajda qiladigan asosiy joy Shilo‘dagi Muqaddas chodir edi. Bu paytda Quddusdagi Ma’bad hali qurilmagan edi.

1:11 …o‘sha o‘g‘limni umrbod Senga nazr qilgan bo‘lardim — ibroniycha matnda alohida bir so‘z ishlatilgan bo‘lib, bu so‘z Xudoga xizmat qilish uchun maxsus va’da bergan odamni bildiradi. Ba’zi insonlar maxsus va’da berib, o‘zlarini birmuncha vaqt Xudoning xizmatiga bag‘ishlar edilar. Ba’zi birovlar esa tug‘ilgan paytlaridanoq shu va’da orqali Xudoga bag‘ishlanganlar. Tavrot qonuniga ko‘ra, o‘zini Xudoga butunlay bag‘ishlab, nazr qilgan odam sharob yoki may ichmasligi, sochini qirqmasligi, murdaga tegmasligi kerak edi (Sahroda 6:1-8, 21 ga qarang).

1:20 Shomuil — ibroniychadagi ma’nosi Xudodan tilab oldim yoki Xudo eshitdi.

1:22 Go‘dak ko‘krakdan chiqqandan keyin… — u vaqtda bolalar odatda ikki yoshlarda

ko‘krakdan chiqarilar edi.

1:23 Egamiz O‘z va’dasini bajo qilsin — ibroniycha matndan. Qumron qo‘lyozmalarida, qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalarda Egamiz sening og‘zingdan chiqqan so‘zni barqaror qilsin.

1:24 uch yoshli buqa — Qumron qo‘lyozmalaridan, qadimiy yunoncha va suryoniycha

tarjimalardan. Ibroniycha matnda uchta buqa.

1:24 bir tog‘ora — ibroniycha matnda bir efa, taxminan 22 litrga to‘g‘ri keladi.

1:28 ular — qadimiy suryoniycha tarjimadan. Ibroniycha matnda u.

2:6 O‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. Qadimda Isroil xalqi Sheo‘lni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorong‘i joy deb tushunardi.

2:8 zamin ustunlari — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga ko‘ra, yer tep–tekis bo‘lib, yer ostida buyuk dengiz bor edi, dengiz tubidan chiqqan ulkan ustunlar yerni ushlab turardi. Ular, bu ustunlarning ostidagi poydevor sirli, faqat Yaratganga ayondir, deb tushunganlar.

2:15 …qurbonlikning yog‘ini kuydirmasdan oldin… — qurbonliklarning yog‘i Egamizga tegishli edi, shuning uchun qurbonlikning go‘shtini pishirib tanovul qilishdan oldin, uning yog‘i nazr sifatida kuydirilishi lozim edi (Levilar 3:3-4, 9-10, 14-15 ga qarang).

2:18 ruhoniylarning muqaddas libosi — ibroniycha matnda zig‘ir matosidan tikilgan

efod, ya’ni ruhoniylar kiyib yuradigan libos.

2:19 kiyim — ibroniycha matndagi bu so‘z to‘nni yoki ruhoniylar kiyadigan ridoni bildiradi. Shomuil yosh bola bo‘lganiga qaramay, onasi unga ruhoniylar kiyadigan kiyimlarni tikib bergan edi.

2:22 Uchrashuv chodiri — Muqaddas chodirning yana bir nomi (1:7 izohiga qarang).

2:22 Uchrashuv chodiriga kiraverishda xizmat qiladigan ayollar… — bu ayollar guruhi haqida hech qanday ma’lumot saqlanib qolmagan. Ular Muqaddas Kitobning yana bir joyida — Chiqish 38:8 da tilga olingan. Ehtimol, bu ayollar alohida bir va’da bo‘yicha o‘zlarini Xudoga nazr sifatida bag‘ishlab, Unga xizmat qilganlar (Sahroda 6:1-2 ga qarang).

3:3 Egamizning Ma’badi — Isroil xalqi Egamizga sajda qiladigan asosiy joy Shilo‘dagi Muqaddas chodir edi (1:3 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang). Bu paytda Quddusdagi Ma’bad hali qurilmagan edi.

3:3 Xudoning chirog‘i — Muqaddas chodirning Muqaddas xonasida turgan bu oltin chiroqpoyadagi shamchiroqlar, Tavrotdagi qonunga ko‘ra, tun bo‘yi yonib turishi kerak edi (Chiqish 27:20-21 ga qarang).

3:15 Egamizning uyi — Isroil xalqi Egamizga sajda qiladigan asosiy joy Shilo‘dagi Muqaddas chodir edi (1:3 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang). Bu paytda Quddusdagi Ma’bad hali qurilmagan edi.

4:1 Shu orada — taxminan miloddan oldingi 1050 yil.

4:1 …Evanzor degan joyda…Ofoq shahrida… — Isroilning shimoli–sharqiy chegarasiga

tutash bo‘lgan, Filistlar nazorat qilib turgan yerlarga qarashli ikkita joy.

4:4 ikki karub — Ahd sandig‘ining qopqog‘i ustidagi qanotli samoviy mavjudotlar haykallari. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi KARUB, KARUBLAR so‘ziga qarang.

4:8 qudratli xudolar — Filistlarning noto‘g‘ri tasavvuriga ko‘ra, yahudiylar ham ko‘p

xudolarga topinar edilar.

4:12 …jang maydonidan…Shilo‘ga… — Shilo‘gacha bo‘lgan masofa qariyb 37 kilometrni

tashkil qilgan.

4:21 Ixabod — ibroniychadagi ma’nosi ulug‘vorlik yo‘q.

5:1 Ashdod shahri — Filistlarning beshta shahridan bittasi (6:17 ga qarang).

5:5 bugungacha — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

6:9 Bayt–Shamash shahri — Filistlar hududidan qariyb 20 kilometr sharqda joylashgan, Isroil xalqiga qarashli shahar.

6:13 …bug‘doy o‘rayotgan edi — bug‘doy may va iyun oylarida o‘rilardi.

6:18 …shu kungacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

6:19 yetmish kishi — ba’zi ibroniy qo‘lyozmalaridan. Ibroniy qo‘lyozmalarining

aksariyatida va qadimgi yunoncha tarjimada ellik ming yetmish kishi.

6:21 Xirat–Yo‘rim — Bayt–Shamashdan qariyb 11 kilometr masofada, Quddusdan esa 15 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan shahar.

7:5 Mispax — Quddusdan qariyb 8 kilometr shimolda joylashgan shahar.

7:12 Evanzor — ibroniychadagi ma’nosi yordam toshi.

7:14 Amor xalqlari — bu o‘rinda umumiy nom bo‘lib, bu nom ostida o‘sha vaqtlarda Kan’onda istiqomat qilgan Isroil xalqidan boshqa jamiki xalqlar nazarda tutilgan.

8:2 Bersheba shahri — Isroilning janubiy qismida, Shimo‘n qabilasi hududida

joylashgan.

8:16 ho‘kizlaringiz — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda yigitlaringiz.

9:8 bir kumush tanga — ibroniycha matnda chorak shaqal kumush, taxminan 3

grammga to‘g‘ri keladi.

9:26 …tom ustida yotgan… — u vaqtlarda uylarning tomi tekis bo‘lgani uchun, odamlar ko‘pincha tomga chiqib yotishardi.

10:5 Xudoning tepaligi deb atalgan Givo — ibroniycha matnda Givot–Eloxim.

10:12 Qo‘shnilaridan biri e’tiroz bildirdi…Har kim ham payg‘ambar bo‘lishi mumkin

ibroniycha matnda Qo‘shnilaridan biri shunday dedi: “Ularning otasi esa kim?!”

10:17 Mispax — Quddusdan qariyb 8 kilometr shimolda joylashgan shahar.

10:20 Qur’a tashlab… — qur’a tashlashda yog‘och bo‘laklari yoki toshlar ishlatilgan bo‘lib, shu orqali Xudoning xohish–irodasi aniqlangan. Ba’zan odamlar qur’a tashlab, Xudodan biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligini so‘rashgan.

10:25 …Egamizning uyiga… — ibroniycha matnda …Egamizning oldiga…, ya’ni Shilo‘dagi sajdagohga (3:15 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang). Shomuil bu kitobni Ahd sandig‘i yonidagi joyga qo‘ygan bo‘lsa kerak (Qonunlar 31:26 ga qarang).

11:1 Ommon — bu yurt Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan edi.

11:1 Yobosh shahri — Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan Isroil xalqiga qarashli shahar.

11:8 Bazax shahri — Iordan daryosining g‘arb tomonida joylashgan.

12:11 Gido‘n — Hakamlar 6:1-8:35 ga qarang. Ibroniycha matnda Yerubbaal, Gido‘nning

yana bir ismi (Hakamlar 6:32, 7:1 ga qarang).

12:11 Baraq — Hakamlar 4:1-24 ga qarang. Ibroniycha matnda Badon, Baraqning yana bir ismi.

12:11 Yiftox — Hakamlar 11:1-12:7 ga qarang.

12:11 Shimsho‘n — Hakamlar 13:1-16:31 ga qarang.

12:11 hakamlar — Isroilda shohlik joriy bo‘lmasdan oldin Isroilning yo‘lboshchilari hakamlar deb atalgan. Isroil xalqi dushmanlariga qarshi urush ochganda, hakamlar lashkarboshi sifatida xizmat qilardi. Shuningdek, hakamlar qozi vazifasini, ayrim hollarda diniy vazifalarni ham bajarar edilar. Hakamlar 2:16-19 ga qarang.

13:1 o‘ttiz — qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan. Ibroniycha matnda raqam yozilmagan.

13:1 …Isroilda qirq ikki yil shohlik qildi — qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan (yana Havoriylar 13:21 ga qarang). Ibroniycha matnda …Isroilda…ikki

yil shohlik qildi. Ibroniycha matndagi bu raqam to‘liq emas.

13:2 Yo‘natan — shoh Shoulning o‘g‘li (shu bobning 16–oyatiga qarang).

13:3 Gebo shahri — Givo va Mixmash orasida joylashgan.

13:5 uch mingta — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda o‘ttiz mingta.

13:8 Shomuil Shoulga…aytgani uchun… — 10:8 ga qarang.

13:17 ilg‘orlar — lashkarning eng oldingi safda, jangga birinchi bo‘lib kiradigan qismi.

13:20 o‘roqlar — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda cho‘kichlar.

13:21 ikki misqol kumush — ibroniycha matnda bir pim, taxminan 8 grammga to‘g‘ri

keladi.

13:21 govron — yo‘g‘on novdadan qilingan, uchi o‘tkirlangan podachilar tayog‘i.

Podachilar govron bilan mollarni niqtab, yurishga undaydi.

13:21 bir misqol kumush — ibroniycha matnda bir shaqalning uchdan bir qismi,

taxminan 4 grammga to‘g‘ri keladi.

14:14 kichkina maydon — ibroniycha matnda yarim bo‘yinturuq, ya’ni bir juft ho‘kiz bir kunda shudgor qiladigan dalaning yarmiga to‘g‘ri keladigan yer bo‘lagi (taxminan 0,2 gektar).

14:15 ilg‘orlar — 13:17 izohiga qarang.

14:18 Xudoning Sandig‘ini olib kel…Isroil xalqi bilan edi — ibroniycha matndan. Qadimgi yunoncha tarjimada Efodni olib kel, — dedi. O‘sha paytda u efodni Isroil xalqi oldida ko‘tarib yurardi.

14:31 Oyjavlon — Mixmashdan qariyb 32 kilometr g‘arbda joylashgan.

14:33 …go‘shtni qoni bilan yeb…gunoh ish qilyapti — Tavrot qonuni bo‘yicha, Isroil xalqi so‘yilgan molning qonini chiqargandan so‘nggina, go‘shtini pishirib tanovul qilishlari lozim edi (Ibtido 9:4, Levilar 17:11, Qonunlar 12:23 ga qarang).

14:34 …shu yerda… — Shoul keltirgan katta toshning ustida (shu bobning 33–oyatiga qarang). Mol–qo‘ylarni tosh ustida so‘yib, qonini yerga oqizish uchun shunday qilingan edi.

14:36 …Xudoning xohish–irodasini bilaylik… — shoh biror muhim qaror chiqarishdan oldin, Xudoning xohishini bilish uchun ruhoniylarga murojaat qilardi. Bunday hollarda ruhoniylar Urim va Tummim degan muqaddas narsalardan foydalanishardi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Chiqish 28:15 ning ikkinchi izohiga qarang. Xudo O‘z xohish–irodasini odamlarga ba’zan payg‘ambarlar yoki tushlar orqali bildirgan (28:6 va 2 Shohlar 2:1 ga qarang).

14:41 …qur’a tashlandi… — 10:20 izohiga qarang.

14:49 Ishbosit — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yishvi.

15:2 Omolek xalqi — Isroildan janubi–g‘arbda, Sinay yarim orolida yashagan xalq.

15:2 …ularning yo‘lini to‘sib qo‘ygan edi — Chiqish 17:8-14, Qonunlar 25:17-19 ga qarang.

15:5 soylik — ikki adir oralig‘idagi pastlik. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SOYLIK so‘ziga qarang.

15:12 Karmil shahri — Xevrondan qariyb 11 kilometr janubda joylashgan.

16:1 qo‘chqor shoxi — hayvonning ishlov berilgan shoxlaridan ba’zan idish sifatida

foydalanilgan.

16:5 O‘zlaringizni poklanglar… — diniy xizmatni lozim darajada bajarishga monelik qiladigan nopoklikdan tozalanish marosimi nazarda tutilgan.

17:1 So‘xu bilan Ozikah shaharlari — So‘xu Isroil xalqiga qarashli, Ozikah esa Filistlarning qo‘li ostida edi.

17:4 olti tirsagu bir qarich — ibroniycha matndan, taxminan 3 metrga to‘g‘ri keladi. Qumron qo‘lyozmalarida va qadimiy yunoncha tarjimada to‘rt tirsagu bir qarich, taxminan 2 metrga to‘g‘ri keladi. Ba’zi qadimgi qo‘lyozmalarda 4 va 6 sonlarini tasvirlaydigan ibroniycha harflar bir–biriga juda o‘xshaydi.

17:5 uch yarim pud — ibroniycha matnda besh ming shaqal, taxminan 57 kiloga to‘g‘ri

keladi.

17:7 yarim pud — ibroniycha matnda olti yuz shaqal, taxminan 8,5 kiloga to‘g‘ri keladi.

17:12 Efrat — Baytlahm shahri atrofidagi yerlar.

17:17 bir tog‘ora — ibroniycha matnda bir efa, taxminan 22 litrga to‘g‘ri keladi.

18:1 Yo‘natan — Shoulning to‘ng‘ich o‘g‘li (14–bobga qarang).

18:25 Filistning sunnat terisi — Filistlar, Isroil xalqidan farqli ravishda, xatna qilinmasdilar. Qadimgi vaqtlarda jangchilar g‘animlarning nechtasini o‘ldirganini ko‘rsatish uchun dalil sifatida ularning tanasidan birorta a’zosini kesib olishardi.

19:13 but — ibroniycha matnda terafim (shu bobning 16–oyatida ham bor). Terafim xonaki sanam bo‘lib, fol ochish uchun ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Chamasi, bu oyatlarda inson qiyofasidagi but to‘g‘risida so‘z ketmoqda. Mixal befarzand bo‘lgani uchun shunga o‘xshash butni uyida yashirincha saqlagan bo‘lishi mumkin.

19:24 “Nahotki Shoul ham payg‘ambar bo‘lsa?!” — 10:11-12 da ham bu matalning kelib chiqishi haqida yozilgan.

20:5 Shoh bilan…o‘tirishim kerak — yangi oy shodiyonasida har bir odam o‘z oilasi bilan

muqaddas taom marosimini nishonlashi shart edi.

20:25 …Shoulning ro‘parasidan… — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda

…Yo‘natan o‘rnidan turdi…, Yo‘natan Abnurga joy berib, o‘zi boshqa joyga borib o‘tirgan bo‘lishi mumkin.

20:26 …harom bo‘lgan–u, yuvinmagandir… — yangi oy shodiyonasida dasturxonga muqaddas taomlar tortilgan, shuning uchun dasturxon atrofida faqatgina poklangan odamlargina o‘tirishi mumkin edi.

21:1 Nav shahri — Quddusdan qariyb 4 kilometr sharqda joylashgan.

21:4 …ayollardan o‘zlarini tiygan bo‘lishsa… — ayol kishi bilan jinsiy aloqada bo‘lgan odam bulg‘angan hisoblanib, ma’lum bir vaqt mobaynida hech qanday diniy marosimda ishtirok eta olmasdi (Levilar 15:16-18 ga qarang).

21:4 nazr qilingan non — Xudoga nazr qilingan nonlar (shu bobning 6–oyatiga va Levilar 24:5-9 ga qarang). Odatda bunday nonlarni faqatgina ruhoniylar tanovul qilishlari mumkin edi.

21:7 Edom — bu yurt Isroildan janubda joylashgan edi.

21:10 Gat — O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan bu shahar Filistlarning beshta asosiy

shahridan biri edi.

22:1 Adullam shahri — Quddusdan qariyb 24 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan edi.

22:3 Mo‘ab — bu yurt O‘lik dengizning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan edi.

22:6 Givo — Quddusdan qariyb 8 kilometr shimolda joylashgan.

22:6 yulg‘un daraxti — tez o‘sadigan mayda bargli daraxt. Bu daraxtlar issiq va quruq joylarda o‘sadi.

22:7 Essayning o‘g‘li — Dovud.

22:7 Ey Benyamin odamlari…qilib o‘tiradimi?! — Shoul Benyamin qabilasidan, Dovud esa Yahudo qabilasidan edi. Dovud yuqori lavozimlarni Benyamin avlodlariga emas, o‘z qabiladoshlariga bermoqchi ekanligini Shoul oldindan aytyapti.

22:9 Edom — 21:7 izohiga qarang.

22:10 …Egamizning xohish–irodasini so‘radi — 14:36 izohiga qarang.

22:18 muqaddas libos — ibroniycha matnda zig‘ir matosidan tikilgan efod, ya’ni

ruhoniylar kiyib yuradigan libos.

23:1 Keylax shahri — Quddusdan qariyb 25 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan.

23:2 …Egamizdan so‘radi — 14:36 izohiga qarang.

23:3 Keylax — bu shahar Filistlar hukmronlik qilgan hududga yaqin joylashgan edi.

23:14 Zif cho‘li — Xevrondan qariyb 16 kilometr janubi–sharqda, Zif shahrining yonida joylashgan.

23:19 Yishmon — Yahudoning janubiy chegarasiga yaqin bo‘lgan sahrodagi joy.

23:24 Moyun cho‘li — Zif shahridan janubdagi yondosh cho‘l (shu bobning 14–oyatiga qarang).

23:28 “Qutulish qoyasi” — ibroniycha matnda “Sela–Xammaxleko‘t”, ma’nosi silliq qoya.

24:1 En–Gedidagi pana joylar — Zifdan qariyb 25 kilometr sharqda, O‘lik dengizning

g‘arbiy qirg‘og‘iga yaqin bo‘lgan joy.

25:2 Karmil shahri — Xevrondan qariyb 11 kilometr janubda joylashgan.

25:8 ziyofat kuni — qo‘ylarning junini qirqish bayram sifatida nishonlanar edi.

25:18 ikki tog‘ora — ibroniycha matnda besh sexa, taxminan 37 kiloga to‘g‘ri keladi.

25:18 …hovuch mayiz…hovuch anjir qoqi… — qadimgi paytlarda odamlar uzum va anjirlarni quritgandan keyin, qoqilarni hovuchlarida qattiq siqib, dumaloq shakl berganlar. Shu tariqa qoqilar uzoq vaqt saqlangan va kundalik iste’mol qilinadigan yegulik bo‘lgan.

25:22 …Xudo mening jazoimni bersin… — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha

matnda …Xudo dushmanlarimning jazosini bersin….

25:44 Mixal — 18:20-27 ga qarang.

26:1 Yishmon — Yahudoning janubiy chegarasiga yaqin bo‘lgan sahrodagi joy.

26:6 Zeruya — Dovudning opasi, Abushay bilan Yo‘ab esa Dovudning jiyanlari edi

(1 Solnomalar 2:16 ga qarang).

26:19 …begona xudolarga xizmat qil… — qadimda odamlar, har bir yurtning o‘z xudosi bor va u xudolarga faqatgina o‘sha yurtlarda sajda qilish mumkin, deb ishonishgan.

Hatto Isroil xalqining Xudosi haqida ham shunday tasavvurda bo‘lishgan.

26:20 kaklik — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi baqiradigan, bu so‘z kaklikka ishora qilib, shu bobning 14–oyatidagi …chaqirib…baqirib… deb tarjima qilingan fe’lga o‘zakdosh. Dovud bu o‘rinda so‘z o‘yinidan foydalanib, o‘zini shoh tomonidan ovlanayotgan kaklikka o‘xshatadi.

27:2 Gat — O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan bu shahar Filistlarning beshta asosiy

shahridan biri edi.

27:10 …Yahudoning Nagav cho‘lidagi hududlari…Yaraxmal urug‘i yerlari…Xayin xalqi yerlari… — Yaraxmal urug‘i Yahudo qabilasiga mansub, Xayin xalqi Yahudoning ittifoqdoshi edi. Oxish “Dovud o‘z qabilasi Yahudoga va Yahudo qabilasining ittifoqdoshiga hujum qilgan”, deb o‘ylashini Dovud istagan edi.

28:4 Gilbova tog‘i — Jalila ko‘lidan qariyb 32 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan.

28:6 ruhoniylar — ibroniycha matnda Urim, ruhoniylarga ishora. Shoh biror muhim qaror chiqarishdan oldin, Xudoning xohishini bilish uchun ruhoniylarga murojaat qilardi. Bunday hollarda ruhoniylar Urim va Tummim degan muqaddas narsalardan foydalanishardi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Chiqish 28:15 ning ikkinchi izohiga qarang. Xudo O‘z xohish–irodasini odamlarga ba’zan payg‘ambarlar yoki tushlar orqali bildirgan (14:36 va 2 Shohlar 2:1 ga qarang).

28:7 En–Do‘r — Gilbova tog‘idan qariyb 16 kilometr shimolda joylashgan shahar.

28:13 Yer ostidan… — bu yerda Sheo‘l, ya’ni o‘liklar diyori nazarda tutilgan. 2:6 izohiga

qarang.

28:19 …mening yonimda bo‘lasizlar — halok bo‘lib, o‘liklar diyoriga — Sheo‘lga kelasizlar, demoqchi.

29:1 Ofoq — Isroilning shimoli–sharqiy chegarasiga tutash bo‘lgan, Filistlar nazorat

qilib turgan yerlarga qarashli shahar.

29:11 Yizril — Ofoqdan qariyb 120 kilometr masofada joylashgan shahar.

30:1 Nagav cho‘li — hozirgi Isroilning janubida, O‘lik dengizning janubi–g‘arbida

joylashgan yerlar.

30:7 Abuatar — 23:6 ga qarang.

30:8 …Egamizdan…deb so‘radi — 14:36 izohiga qarang.

30:12 …hovuch anjir qoqi…hovuch mayiz… — 25:18 ning ikkinchi izohiga qarang.

30:14 Nagav cho‘lidagi Xaret xalqi hududi…Zixlax shahri… — bu joylar Yahudo hududining janubidagi sahroda edi. Ehtimol, Xaret xalqi Filistlarga qondosh xalq

bo‘lgan.

30:25 bugungacha — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

31:1 Gilbova tog‘i — Jalila ko‘lidan qariyb 32 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan.

31:7 Yizril vodiysi — Gilbova tog‘idan shimoli–sharqda joylashgan.

31:10 Ashtaret — Kan’ondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik va urush xudosi bo‘lib,

ayol qiyofasida tasavvur qilingan.

31:11 Yobosh — 11:1-11 ga qarang.

31:13 yulg‘un daraxti — 22:6 ning ikkinchi izohiga qarang.

31:13 …yetti kun ro‘za tutishdi — o‘sha davrdagi urf–odatlarga ko‘ra, azadorlar ro‘za

tutishardi.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru