Muqaddas Kitob


NAXIMIYO

KITOBI

Kirish

Mazkur kitob Fors shohi saroyida xizmat qilgan yahudiy amaldori Naximiyo nomi bilan atalgan. Bu kitobda bayon qilingan voqealar Ezra kitobidagi voqealarning davomidir. Naximiyo Quddusga Ezradan 13 yil keyin, Fors shohi Artaxshas* hukmronligi davrida, miloddan oldingi 445 yilda qaytib keladi.

Naximiyo shohning Shushandagi qal’asida yashab yurgan paytda, Quddus devori vayron bo‘lganini, darvozalari yondirilganini eshitib, qattiq qayg‘uradi. U ibodat qilib, Xudodan: “Quddusga borishimga, shahar devorlarini qayta tiklashimga imkoniyat ber”, deb so‘raydi. Shoh Artaxshas Naximiyoni Quddusga jo‘natadi, hatto shahar devorlarini ta’mirlash uchun kerakli ashyolarni ham beradi.

Naximiyo Quddusga yetib kelgandan keyin, shahar devorlarini ko‘zdan ko‘rib chiqadi. So‘ng barcha yahudiylarni yig‘ib, ta’mirlash ishlarini boshlab yuboradi. Lekin atrofdagi qo‘shni xalqlar yahudiylarni haqorat qilishadi, Fors shohiga qarshi chiqqan isyonchilar deb ularga ayb qo‘yishadi. Dushmanlar hatto Quddusga hujum qilib, Naximiyoni o‘ldirishni ham rejalashtirishadi. Shuncha qiyinchiliklarga qaramay, Naximiyo va yahudiylar Quddus devori va darvozalarini qurib bitirib, Xudoga bag‘ishlaydilar. Bularning hammasi Xudo O‘z xalqiga ko‘rsatgan marhamatining ifodasi bo‘ladi.

Naximiyo kitobi Eski Ahdning tarixiy qismiga yakun yasaydi. Ezra va Naximiyo boshchiligida Isroil xalqi Xudo bilan tuzilgan ahdni yangilab, Unga sodiq qolishga va’da beradi. Mazkur kitob Xudoning sodiqligidan dalolat beradi. Fors shohining yordami bilan ta’mirlangan Quddus shahri asrlar davomida yahudiylarning sajda markazi bo‘lib qolaveradi.


1–BOB

1 Quyidagilar Xaxaliyo o‘g‘li Naximiyoning xotiranomasidir*.

Naximiyo Quddus uchun qayg‘uradi

Shoh Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yilida*, Xislav oyida* men Shushandagi* qal’ada edim. 2 Shunda ukam* Xonin boshqa ba’zi odamlar bilan Yahudo yurtidan keldi. Men ulardan asirlikka olib ketilmagan va surgundan qaytib borgan yahudiylarning holini, shuningdek, Quddus shahrining ahvolini so‘radim. 3 Ular shunday javob berdilar: “Viloyatdagi* asirlikka olib ketilmagan va surgundan qaytib borgan yahudiylar og‘ir qayg‘u, sharmandali ahvolda qolganlar: Quddusning devori vayron bo‘lib ketgan, darvozalari yondirilgan.”

4 Bu so‘zlarni eshitganimda, o‘tirib yig‘ladim. Bir necha kun qayg‘urib yurdim. Ro‘za

tutdim, Samoviy Xudoga iltijo qilib yurdim. Unga shunday deb yolvordim:


5 “Ey Samoviy Xudo — Egam! Sen buyuk va haybatli Xudosan. Seni sevib, amrlaringga rioya qilgan bandalaringga ahdingni sodiq saqlaysan. 6 Men,


qulingning ibodatlarini eshit, ahvolimga boq. Isroil xalqi uchun kechayu kunduz qilgan iltijolarimni eshit. Axir, ular Sening qullaring–ku. Men xalqim qilgan hamma gunohlarni e’tirof etaman. Men o‘zim ham, xonadonim ham gunoh qildik. 7 Quling Muso orqali bergan amrlaringga, farmonlaringga, qonun–qoidalaringga biz rioya qilmadik, Seni qattiq xafa qildik.

8 Yolvoraman, quling Musoga bergan va’dangni* yodingda tut. Axir, Sen shunday degansan: «Agar sizlar Menga sodiq bo‘lmasangizlar, Men sizlarni xalqlar orasiga tarqatib yuboraman. 9 Lekin Menga yuz bursangizlar, amrlarimga rioya qilib, ularni bajarsangizlar, Men sizlarni yig‘ib olaman. Yerning eng chetiga surgun qilingan bo‘lsangiz ham, sizlarni o‘sha joylardan yig‘ib kelaman, Men ulug‘lanishim uchun tanlangan joyga sizlarni qaytarib olib kelaman.»

10 Biz Sening qullaringmiz, buyuk qudrating va ajoyibotlaring bilan O‘zing qutqargan xalqingmiz. 11 Yo Rabbiy! Bu qulingning iltijolarini eshit. Seni izzat– hurmat qilishni xush ko‘radigan hamma qullaringning iltijolariga quloq tut. Men, qulingga bugun muvaffaqiyat ber, shoh Artaxshasda menga nisbatan shafqat uyg‘otgin.”


O‘sha paytlarda men shohning soqiysi* edim.


2–BOB

Naximiyo Quddusga boradi

1 Shoh Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yili*, Nison oyi* edi. Bir kuni shohga sharob keltirildi. Men sharobni olib kirib, unga uzatdim. Shoh qarshisida men hech qachon g‘amgin ahvolda bo‘lmagandim. 2 Shuning uchun shoh mendan so‘radi:

yog‘och bilan u meni ta’minlasin.

Men nima so‘ragan bo‘lsam, shoh hammasiga ijozat berdi, chunki Xudoyimning

marhamati menga yor edi.

9 Shoh bir necha lashkarboshisini va otliq sipohlarini menga hamroh qilib jo‘natdi. Men Furot daryosining g‘arbidagi viloyat hokimlari huzuriga borib, ularga shohning maktublarini berdim. 10 Bayt–Xo‘ronlik Sanballat* va Ommonlik malay To‘viyo: “Isroil xalqining manfaati uchun jon kuydiradigan bittasi kelibdi” degan gapni eshitib, g‘oyat g‘azablandilar.

Naximiyo Quddus devorini ko‘zdan kechiradi

11 Shunday qilib, men Quddusga yetib keldim. Oradan uch kun o‘tgach, 12 tunda o‘rnimdan turdim, yonimga bir nechta sheriklarimni olib, tashqariga chiqdim. Lekin Quddus haqidagi Xudo ko‘nglimga solgan rejamni hech kimga aytmadim. Men mingan eshakdan bo‘lak boshqa birorta hayvonni o‘zimiz bilan olmadik. 13 Men tunda Soylik darvozasi orqali shahardan chiqib, Ajdar bulog‘iga*, u yerdan Go‘ng darvozasiga bordim. Vayron bo‘lib yotgan Quddus devorini, yonib ketgan darvozalarini ko‘zdan kechirdim.

14 So‘ngra Buloq darvozasiga va Shoh hovuziga bordim. Lekin minib borayotgan eshagim

vayronalar orasidan yo‘l topa olmadi. 15 Shu sababdan men Qidron soyligiga* tushdim.

Soylik bo‘ylab chiqib borib, o‘sha yerdan devorni ko‘zdan kechirishda davom etdim. So‘ng ortimga qaytib, Soylik darvozasi orqali shaharga kirdim.

16 Qayerga borganimni, nima qilayotganimni shahar amaldorlari bilmasdilar. Men yahudiylarga, ruhoniylarga, yo‘lboshchilarga, amaldorlarga va ishda qatnashadigan boshqa odamlarga hali hech gap aytmagandim. 17 Nihoyat, endi ularga shunday dedim: “Qanchalar kulfatda qolganimizni o‘zlaringiz ko‘rib turibsizlar! Quddus vayron bo‘lib yotibdi, shaharning darvozalari yonib ketgan. Kelinglar, shahar devorini qaytadan quraylik, sharmandali ahvolimizdan qutulaylik.” 18 Xudoyimning marhamati menga yor bo‘lganini va shohning menga aytgan gaplarini ularga aytib berdim. Ular: “Qurilishni boshlaylik”, deyishdi. Shunday qilib, ular ishni boshlashga tayyor bo‘ldilar.

19 Bayt–Xo‘ronlik Sanballat, Ommonlik malay To‘viyo va Arabistonlik Gashim buni eshitib, bizning ustimizdan kuldilar, nafrat bilan shunday dedilar:


3–BOB

Quddus devori ta’mirlanadi*

Qo‘y darvozasi

1 Oliy ruhoniy Eliashab qo‘li ostidagi ruhoniylar bilan ishga kirishib, Qo‘y darvozasini qaytadan qurdilar. So‘ngra darvozani Xudoga bag‘ishlab, darvozaning qanotlarini o‘rnatdilar. Miyo* minorasidan Xanonil minorasigacha bo‘lgan devorni ham Xudoga bag‘ishladilar.

2 Yerixo shahridan bo‘lgan erkaklar devorning keyingi qismini qurdilar. Ulardan

keyingi qismini esa Imri o‘g‘li Zakkur qurdi.

Baliq darvozasi

3 Xassano urug‘i Baliq darvozasini qurdi. Ular darvozaning yondorlarini tiklab, darvoza qanotlarini, zulfinlarini, tambalarini o‘rnatdilar.

4 Devorning undan keyingi qismida Xakko‘zning nabirasi, Uriyoning o‘g‘li Miromo‘t ta’mirlash ishlarini olib bordi.

Keyingi qismida Mashazavilning nabirasi, Barxiyoning o‘g‘li Mashullom, undan keyingi qismida Bano o‘g‘li Zodo‘x ta’mirlash ishlarini olib bordilar.

5 Keyingi qismida Taxuva shahridan bo‘lgan erkaklar ta’mirlash ishlarini olib bordilar. Lekin shahar zodagonlari qurilish nazoratchilari buyurgan ishlardan* bosh tortdilar.

Yashono darvozasi

6 Posiyox o‘g‘li Yo‘xadax va Besodayax o‘g‘li Mashullom Yashono darvozasini* ta’mirladilar. Ular darvozaning yondorlarini tiklab, darvoza qanotlarini, zulfinlarini, tambalarini o‘rnatdilar.

7 Devorning navbatdagi qismida Givonlik Malatiyo, Mirono‘tlik Yodo‘n, shuningdek, Givon va Mispax aholisining erkaklari ta’mirlash ishlarini olib bordilar. Mispax shahri Furot daryosining g‘arbidagi viloyatning* ma’muriy markazi edi.

8 Devorning keyingi qismida zargarlardan biri Xarhiyo o‘g‘li Uziyol ta’mirlash ishlarini olib bordi. Uning yonida attorlardan biri Xanoniyo ta’mirlash ishlarini olib bordi. Ular Quddus devorining Keng devorgacha bo‘lgan qismini ta’mirladilar.

9 Devorning keyingi qismida Xur o‘g‘li Rafiyo ta’mirlash ishlarini olib bordi. Rafiyo

Quddus hududining yarmini boshqaruvchi hokim edi.

10 Undan keyin Xarumaf o‘g‘li Yodiyo o‘z uyining ro‘parasidagi devorni ta’mirladi. Devorning keyingi qismida Xashavniyo o‘g‘li Xattush ta’mirlash ishlarini olib bordi. 11 Xarim o‘g‘li Malkiyo va Paxatmo‘ab o‘g‘li Xashshub devorning keyingi qismini va

Tandir minorasini ta’mirladilar.

12 Devorning keyingi qismida Xalloxesh o‘g‘li Shallum o‘z qizlari bilan ta’mirlash ishlarini olib bordi. Shallum Quddus hududining ikkinchi yarmini boshqaruvchi hokim edi.

Soylik darvozasi

13 Xanun boshchiligida Zono‘vax aholisi Soylik darvozasini ta’mirladi. Ular darvozani qurib, darvozaning qanotlarini, zulfinlarini, tambalarini o‘rnatishdi, devorning ming tirsak* uzunligidagi Go‘ng darvozasigacha bo‘lgan qismini ham ta’mirlashdi.

Go‘ng darvozasi

14 Bayt–Xakerem hududining hokimi Raxav o‘g‘li Malkiyo Go‘ng darvozasini ta’mirladi. U darvozani qurib, darvozaning qanotlarini, zulfinlarini, tambalarini o‘rnatdi.

Buloq darvozasi

15 Mispax hududining hokimi Xolxozi o‘g‘li Shallum Buloq darvozasini ta’mirladi. U darvozani qurib, ustini yopdi va darvozaning qanotlarini, zulfinlarini, tambalarini o‘rnatdi. Shuningdek, Siloam* hovuzi yonidagi devorni ham qaytadan qurdi. Devorning bu qismi shohning bog‘idan to Dovud qal’asidan pastga ketgan zinapoyagacha cho‘zilgan edi.

16 Undan keyin Ozbuk o‘g‘li Naximiyo ta’mirlash ishlarini olib bordi. Naximiyo Bayt– Zur hududining yarmini boshqaruvchi hokim edi. U devorni Dovud qabristonining ro‘parasigacha — sun’iy hovuz va Jangchilar uyigacha bo‘lgan qismini ta’mirladi.

17 Quyidagi levilar devorning keyingi bir necha qismlarini qaytadan qurdilar: Banix

o‘g‘li Raxum devorning keyingi qismini qurdi.

Keylax hududining yarmini boshqaruvchi hokim Xashaviyo o‘z hududi nomidan

devorning navbatdagi qismini qurdi.

18 Devorning undan keyingi qismini ularning birodarlari Xanadod o‘g‘li Binnuy* boshchiligida qurishdi. Binnuy Keylax hududining ikkinchi yarmini boshqaruvchi hokim edi.

19 Keyingi qismida Mispax shahri hokimi Yeshuva o‘g‘li Eyzar ta’mirlash ishlarini olib bordi. U aslahaxonaga chiqadigan yo‘lning ro‘parasidagi devorni g‘isht tirgovuchigacha* bo‘lgan qismini ta’mirladi.

20 Zabbay o‘g‘li Borux devorning keyingi qismini — g‘isht tirgovuchidan oliy ruhoniy Eliashabning uyi eshigigacha bo‘lgan qismini ta’mirladi.

21 Xakko‘zning nabirasi, Uriyo o‘g‘li Miromo‘t* devorning keyingi qismini — Eliashab

uyining eshigi ro‘parasidan to uyning oxirigacha bo‘lgan qismini ta’mirladi.

22 Quddus atrofida istiqomat qiladigan ruhoniylar devorning navbatdagi qismini

ta’mirladilar.

23 Ulardan keyin Benyamin va Xashshub devorning o‘z uylari ro‘parasidagi qismini ta’mir qildilar.

Ulardan keyin Ononiyohning nabirasi, Masiyoning o‘g‘li Ozariyo o‘z uyining ro‘parasidagi qismini ta’mirladi.

24 Xanadod o‘g‘li Binnuy* devorning keyingi qismini — Ozariyoning uyidan to

devorning burchagidagi g‘isht tirgovuchigacha bo‘lgan qismini ta’mirladi.

25 Uzay o‘g‘li Polol devorning g‘isht tirgovuchidan boshlangan qismini ta’mirladi.

Devorning bu qismi soqchilar hovlisi yonidagi shohning yuqori saroy minorasi

ro‘parasida joylashgan edi.

Paro‘sh o‘g‘li Podiyo 26 va Ofel tepaligida* istiqomat qiluvchi Ma’bad xizmatkorlari devorning keyingi qismini ta’mirladilar. Ular devorning sharq tomonidagi Suv darvozasigacha va baland minoragacha bo‘lgan qismini ta’mirladilar.

27 Taxuvalik erkaklar* devorning keyingi qismini ta’mirladilar. Ular baland minoraning ro‘parasini to Ofel devorigacha ta’mir qildilar.

Ot darvozasi

28 Ruhoniylar guruhi devorning Ot darvozasidan tepalikka tomon ketgan qismini

ta’mirladilar. Har biri o‘z uyining ro‘parasini ta’mir qildi.

29 Immar o‘g‘li Zodo‘x o‘z uyining ro‘parasini ta’mirladi.

Shaxaniyo o‘g‘li Shamayo devorning keyingi qismini ta’mirladi. Shaxaniyo Ma’badning Sharqiy darvozasi darvozaboni edi.

30 Shalamiyo o‘g‘li Xanoniyo va Zalafning oltinchi o‘g‘li Xanun devorning keyingi qismini ta’mirladi.

Barxiyo o‘g‘li Mashullom o‘zining uyi ro‘parasini ta’mirladi.

31 Zargarlardan biri Malkiyo devorning burchagidagi yuqori xonagacha bo‘lgan qismini ta’mirladi. Ma’bad xizmatkorlarining va savdogarlarning uyi shu yerda —

Nazorat* darvozasi yonida joylashgan edi.

32 Devorning burchakdagi yuqori xonadan Qo‘y darvozasigacha bo‘lgan qismini zargarlar va savdogarlar ta’mirladilar.


4–BOB

Dushmanlarning niyatini Xudo puchga chiqaradi

1 Sanballat devorni qurayotganimizni eshitdi–yu, jahli chiqib, qattiq g‘azablandi.

So‘ng yahudiylarni masxaralay boshladi. 2 U sheriklarining va Samariya lashkarboshilarining oldida shunday dedi: “Bu ojiz yahudiylar nima qilyaptilar o‘zi?! O‘zlaricha devorni ta’mirlamoqchilarmi?! Bu ishni bir kunda bitirib, qurbonlik kuydirishni ham o‘ylayaptilar, shekilli–a?! Yonib bitgan vayronalardan toshlarga jon ato qilmoqchilarmi?!” 3 Ommonlik To‘viyo Sanballatning yonida edi. U ham shunday dedi: “Ular qurayotgan bu devor ustiga hatto tulki chiqsa ham, devor qulab tushadi.”


4 Shunda men ibodat qilib dedim: “Ey Xudoyimiz! Bizlarni qanchalik xor qilishayotganini eshitib qo‘y! Ularning masxaralashlarini o‘zlarining boshiga sol. Ular surgun bo‘lishsin, dushmanlariga o‘lja bo‘lishsin. 5 Ularning ayblaridan o‘tma, gunohlarini unutma! Axir, ular binokorlar oldida Seni haqorat qildilar*.”


6 Biz devorni quraverdik, xalq chin dildan ishlagani uchun tez orada devorni

yarmigacha ko‘tarib bo‘ldik.

7 Devorni ta’mirlash ishlari yaxshi ketib, devorning o‘pirilgan joylari tiklana boshlagan edi. Sanballat, To‘viyo, Arabistonliklar, Ommonliklar va Ashdodliklar* bu haqda eshitib, qattiq g‘azablandilar. 8 Hammalari birgalikda til biriktirib, Quddusga hujum qilishga va shaharni sarosimaga solishga qasd qildilar. 9 Lekin biz Xudoyimizga iltijo qildik, shaharni va o‘zimizni kechayu kunduz ulardan himoya qilish uchun qo‘riqchilar tayinladik.

10 Yahudo xalqi esa shunday deb nola qilar edi:


Og‘ir yuk tashuvchilarning holi qolmadi,

Axlatning–chi oxiri ko‘rinmaydi!

Bu devorni bitirishga hech ko‘zimiz yetmaydi.


11 Dushmanlarimiz esa quyidagicha reja qilishardi: “Biz bildirmasdan, ko‘rinmay

ularning ustiga bostirib boramiz–da, hammalarini o‘ldiramiz, ishlarini to‘xtatamiz.”

12 Ularga qo‘shni bo‘lgan yahudiylar ham har tomondan o‘n martacha oldimizga kelishdi va bizni shunday deb ogohlantirishdi: “Xavf ostida qoldingizlar. Yaxshisi, bu joydan chiqib ketinglar, borib, biz bilan yashanglar.”* 13 Shuning uchun men devorning eng past joylari orqasiga, ochiq joylariga qilich, nayza va yoy bilan qurollangan odamlarni urug‘lari bo‘yicha joylashtirdim. 14 Keyin ahvolni ko‘rib, yo‘lboshchilarga, amaldorlarga va qolgan xalqqa aytdim: “Dushmanlardan qo‘rqmanglar. Rabbiyni yodingizda tutinglar. U qudratli va haybatli Xudodir. Qarindosh–urug‘laringizni, o‘g‘il–qizlaringizni, xotinlaringizni, uy–joylaringizni himoya qilish uchun jang qilinglar!”

15 Dushmanlarimizning bizga qarshi o‘ylagan fitnalaridan xabardor ekanimizni ularning o‘zlari ham eshitishdi. Ularning niyatini Xudo puchga chiqargan edi. Shunday

qilib, hammamiz yana devorni ta’mirlash ishlariga qaytdik. Har kim o‘z ishiga bordi. 16- 17 O‘sha kundan boshlab odamlarimning* yarmi qurilishda ishladi, yarmi esa sovut kiyib, nayza, qalqon va yoy ushlab, soqchilik qildi. Yo‘lboshchilar devorni qurayotgan Yahudo odamlarining yonida o‘z joylarini egallashdi. Og‘ir yuk tashuvchilar bir qo‘li bilan

mehnat qilib, bir qo‘lida qurol ushlab, o‘z vazifalarini bajarardilar. 18 Devor qurayotganlarning har biri yoniga qilich bog‘lagan holda ish qilar edi. Burg‘u chaladigan odam ham doim yonimda edi. 19 Men yo‘lboshchilarga, amaldorlarga va qolgan xalqqa aytdim: “Ishimiz katta, oramizdagi masofa uzoq, shuning uchun devor bo‘ylab bir– birimizdan yiroqlashib, ajralib qolganmiz. 20 Burg‘u ovozini eshitishingiz bilanoq, bizga qo‘shilinglar. Xudoyimiz biz uchun jang qiladi!”

21 Biz shu yo‘sinda mehnat qilardik. Odamlarning yarmi erta tongdan osmonda yulduzlar ko‘ringuncha nayza ushlab soqchilik qilardi. 22 Men o‘sha paytda odamlarga shunday deb aytdim: “Sizlar o‘z yordamchilaringiz bilan tunni Quddusning ichkarisida o‘tkazinglar. Tunda soqchilik qilinglar, kunduzi esa ishlanglar.” 23 Shunday qilib, hech birimiz — men ham, qarindosh–urug‘larim ham, odamlarim ham, yonimdagi qo‘riqchilar ham, shu vaqt davomida, hatto kechasi ham kiyimlarimizni yechmadik.

Qurollarimiz doimo yonimizda edi.


5–BOB

Naximiyo kambag‘allarga yordam beradi

1 Oradan bir oz vaqt o‘tgach, ba’zi erkagu ayollar o‘z yahudiy birodarlaridan qattiq noliy boshlashdi. 2 Ulardan ba’zilari shunday deb aytishardi: “Biz ko‘pchilikmiz, bola– chaqamiz ko‘p. Bizga bug‘doy kerak, bo‘lmasa ochlikdan o‘lib qolamiz.” 3 Boshqa ba’zi birlari esa shunday deb aytishardi: “Ocharchilik paytida donimiz bo‘lsin deb, dalalarimizni, uzumzorlarimizni, uylarimizni garovga beryapmiz.” 4 Yana birovlari shunday deb nolishardi: “Dalalarimiz va uzumzorlarimiz solig‘ini shohga to‘lash uchun pulni qarzga olyapmiz. 5 Yahudiy birodarlarimizdan bizning kam joyimiz yo‘q! Ularning bolalari bizning bolalarimizdan ortiq emas. Lekin o‘g‘il–qizlarimizni qul, cho‘ri qilib sotishga majbur bo‘lyapmiz. Ha, qizlarimizdan ba’zilari cho‘ri qilib sotildi ham. Bu xususda biror narsa qilishga ojizmiz. Axir, dalalarimiz, uzumzorlarimiz endi boshqalarning qo‘lida.”

6 Ularning dod–faryodlarini, shikoyatlarini eshitib, qattiq g‘azablandim. 7 Bu to‘g‘rida mulohaza qilib, yo‘lboshchilar bilan amaldorlarni koyidim: “Sizlar hali birodarlaringizning garovga qo‘ygan mulklarini tortib olyapsizlarmi?!” So‘ngra katta bir yig‘in chaqirtirib, yo‘lboshchilarga tanbeh berdim: 8 “Butparast xalqlarga qul va cho‘ri qilib sotilgan yahudiy birodarlarimizni imkonimiz boricha qaytarib sotib oldik. Endi esa birodarlaringizning qullikka sotilishiga o‘zlaringiz sababchi bo‘lyapsizlar. Ularni biz yana qaytarib sotib olishimiz kerakmi?!” Yo‘lboshchilar va amaldorlar sukut saqlab, miq etmay turaverdilar.

9 Men gapimni davom ettirdim: “Bu ishingiz yaxshi emas. Dushmanlik qilayotgan xalqlarga masxara bo‘lmasligingiz uchun Xudoyimizdan qo‘rqib yurishlaringiz kerak emasmi?! 10 Mana, mening yaqinlarim, odamlarim, hatto o‘zim ham yahudiy birodarlarimizga qarzga pul va bug‘doy berib turibmiz. Kelinglar, endi ularning garovga qo‘yilgan narsalarini tortib olmaylik! 11 Sizlar ulardan tortib olgan dalalarni,

uzumzorlarni, zaytunzorlarni, uylarni, foiz qilib olgan pullarni, donni, sharobni, zaytun

moyini hoziroq o‘zlariga qaytarib beringlar.”

12 Yo‘lboshchilar va amaldorlar shunday dedilar: “Aytganlaringizni qilamiz. Biz ularning hamma narsasini qaytarib beramiz, ulardan endi hech narsa talab qilmaymiz.”

Men ruhoniylarni chaqirdim, bergan va’dalarini bajarishlari uchun yo‘lboshchilar va amaldorlarga qasam ichirdim. 13 So‘ng belbog‘imni yechib qoqdim–u* shunday dedim: “Shu va’dani bajarmaganni Xudo xuddi shunday qilib qoqib yuborsin. Uni uyidan va mol–mulkidan mahrum qilsin. Xudo o‘sha odamlarni qup–quruq qoldirsin.” Butun jamoa “Omin” deb, Egamizga hamdu sanolar aytdi. Yo‘lboshchilar va amaldorlar bergan va’dalarida turdilar.

Naximiyoning fidoyiligi

14 Men Yahudo yurti hokimi etib tayinlanganim uchun xalqdan oziq–ovqat talab qilish huquqiga ega edim. Lekin hokimligimning o‘n ikki yili davomida — Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yilidan to o‘ttiz ikkinchi yiligacha* men xalqdan o‘zim uchun ham, qarindosh–urug‘larim uchun ham hech qanday oziq–ovqat talab qilmadim. 15 Mendan oldingi hokimlar xalqdan kuniga qirq kumush tanga* bilan birga oziq–ovqat va sharob ham olib, xalqning yelkasiga minib olgan ekan. Hatto hokimlarning odamlari ham xalqqa hukmini o‘tkazardilar. Men esa Xudodan qo‘rqqanim uchun shunday qilmadim. 16 Buning o‘rniga men butun kuchimni devorni qayta qurishga bag‘ishladim. Odamlarimning hammasi* ta’mirlash ishlariga bel bog‘lagan edi. Yer sotib olishga vaqtimizni sarflab o‘tirmadik.

17 Mening dasturxonimdan har kuni 150 yahudiy va ularning amaldorlari taom yerdilar. Bulardan tashqari, atrofdagi xalqlardan kelgan mehmonlarning oyog‘i menikidan uzilmas edi. 18 Har kungi dasturxonimga bitta buqa, oltita semiz qo‘y va bir qancha tovuqlar talab qilinardi. Har o‘n kunda mesh–mesh turli xil sharob kerak bo‘lardi. Lekin xalq shusiz ham og‘ir soliqlar* ostida qolib ketganini bilar edim. Shu bois men hokim sifatida talab qilishga haqim bo‘lgan oziq–ovqatdan voz kechdim.


19 Ey Xudoyim! Bu xalq uchun qilgan hamma ishlarimni yodingda tut, mendan

marhamatingni darig‘ tutmagin.


6–BOB

Naximiyoga qarshi fitna

1 Sanballat, To‘viyo, Arabistonlik Gashim va boshqa dushmanlarimiz devorni qurib bo‘lganimni, devorda bironta ham o‘pirilgan joy qolmaganini eshitishdi. Lekin darvozalarning qanotlarini hali o‘rnashtirib bo‘lmagan edim. 2 Shunda Sanballat va Gashim menga: “Kel, Ono‘ tekisligidagi* qishloqlardan birida* uchrashaylik”, deb xabar jo‘natishdi. Lekin ular menga shikast yetkazishga qasd qilayotgan edilar. 3 Shuning uchun ularga xabarchilar orqali shunday javob berdim: “Men muhim ish bilan bandman, bora olmayman. Sizlarning oldingizga ketsam, ish to‘xtab qoladi!” 4 Ular menga to‘rt marta shunday xabar jo‘natishdi, men bir xil javob beraverdim. 5 Beshinchi marta Sanballatning odami qo‘lida ochiq maktub bilan keldi. 6 Maktub shunday yozilgan edi:


“Boshqa xalqlar orasida shunday mish–mishlar yuribdi, Gashim* ham o‘sha

gapni aytyapti: sen va yahudiylar isyon qilmoqchi bo‘lib, devorni qurayotgan ekansizlar. Xabarlarga qaraganda, sen yahudiylarning shohi bo‘lishni mo‘ljallayotgan ekansan. 7 Sen Quddusda payg‘ambarlar tayinlabsan.

Payg‘ambarlar: «Yahudoning shohi bor», deb sen to‘g‘ringda bashorat qilishayotgan ekan. Bu gap–so‘zlar albatta shohning qulog‘iga yetib boradi. Taklifim shuki, kelgin, bu haqda maslahatlashib olaylik.”


8 Men unga shunday javob jo‘natdim: “Aytganlaringning hammasi yolg‘on.

Hammasini o‘zing to‘qib chiqargansan.” 9 Ular bizni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan, “Shunday qilsak, ularning qo‘llari ishdan soviydi, ishlari oxiriga yetmay, qolib ketadi”, deb o‘ylagan edilar. Shuning uchun men: “Ey Xudo, menga kuch ber!” deb yolvordim.

10 Bir kuni men Maxitavalning nabirasi, Daloyoning o‘g‘li Shamayonikiga bordim. U

uyiga berkinib olgan ekan. Shamayo menga shunday dedi*:


Kel, Xudoning uyida uchrashaylik, Muqaddas xonasiga kirib olaylik*, Eshiklarini berkitib qo‘yaylik.

Axir, dushmanlaring seni o‘ldirgani kelyaptilar, Shu kecha joningga qasd qilmoqchi bo‘lyaptilar.


11 — Lekin men shunday javob berdim:

— Mening martabamdagi odam bunday vaziyatda qocharmidi?! Muqaddas xonada yashirinib olsam, jonimni haqiqatan ham qutqara olaman, deb o‘ylayapsizmi?!

Muqaddas xonaga hecham kirmayman!

12 Shamayoning so‘zlari Xudodan emasligini men aniq bildim. To‘viyo va Sanballat Shamayoni yollaganlari uchun, u menga shu xabarni bergan edi. 13 Ularning bundan maqsadi meni qo‘rqitish, aytganlarini qildirib, meni gunohga botirish edi. Shunda obro‘yim to‘kilib, ularga mazax bo‘lib qolardim.


14 Ey Xudoyim! To‘viyo bilan Sanballatning qilmishlarini yodingda tut. Meni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan payg‘ambar ayol Novadiyoning va boshqa payg‘ambarlarning qilmishlarini unutma, ularning jazosini ber.

Devorni ta’mirlash ishlari tugaydi

15 Shunday qilib, devor Elul oyining* yigirma beshinchi kuni — ellik ikki kunda bitkazildi. 16 Atrofdagi xalqlardan bo‘lgan dushmanlarimiz buni eshitib, qo‘rqdilar, xijolatda qoldilar. Chunki bu ish Xudoyimizning madadi bilan qilinganini ular bildilar.

17 Ellik ikki kun davomida Yahudo yo‘lboshchilari va To‘viyo bir–birlari bilan maktub yozishib turdi. 18 Chunki Yahudo yurtidagi ko‘p odam To‘viyoga sodiq edi, bunga ikki sabab bor edi: To‘viyoning qaynatasi Orax o‘g‘li Shaxaniyo edi, To‘viyoning o‘g‘li Yohuxanon esa Barxiyo o‘g‘li Mashullomning* qiziga uylangan edi. 19 O‘sha odamlar mening oldimda To‘viyoning savob ishlaridan gapirishar, o‘z navbatida mening gaplarimni unga yetkazishar edi. To‘viyo esa meni qo‘rqitish niyatida maktub jo‘natardi.


7–BOB

1 Devor qurilib, men darvozalarning qanotlarini o‘rnattirib bo‘lganimdan keyin,

Ma’bad darvozabonlari*, qo‘shiqchilar va levilar tayinlandi. 2 Men ukam* Xoninni va qal’a qo‘mondoni Xanoniyoni Quddus ustidan hokimlar qilib tayinladim. Xanoniyo sodiq odam bo‘lib, boshqalarga qaraganda Xudodan qo‘rqardi. 3 Men ularga shunday deb aytdim: “Kun issiq paytida Quddus darvozalarini ochiq qoldirmanglar*. O‘sha paytda navbatchilikda turgan soqchilar darvozalarni berkitib, qulflab qo‘ysinlar. Quddus aholisi orasidan ham qo‘riqchilarni tayinlanglar. Ularning ba’zilari maxsus joylarni, boshqalari esa o‘zlarining uylari atrofini qo‘riqlashsin.”

Surgundan qaytib kelganlarning ro‘yxati

4 Quddus keng, katta shahar edi. Lekin shaharda ko‘p odam yashamas, hali uylar ko‘p qurilmagan edi. 5 Shunda yo‘lboshchilarni, amaldorlarni va xalqni to‘plab, urug‘lari bo‘yicha ro‘yxat tuzishni Xudoyim ko‘nglimga soldi. Men Yahudoga surgundan birinchi bo‘lib qaytib kelganlarning* nasabnomasi ro‘yxatini topdim. Nasabnoma kitobida quyidagilar yozilgan edi:


6-7 “Bobil shohi Navuxadnazar asir qilib olib ketgan yahudiylarning* bir qismi Quddusga va Yahudo yurtidagi o‘z shaharlariga qaytib kelib, o‘rnashdilar. Ular Zarubabel, Yoshua, Naximiyo, Ozariyo*, Ramiyo, Naxamonax, Mardoxay, Bilshon, Mispar, Big‘vay, Nixum va Banax boshchiligida qaytib kelgan edilar.

Isroil urug‘lari ota–bobolari bo‘yicha ro‘yxat qilinadi

Surgundan qaytib kelgan Isroil erkaklarining soni quyidagicha edi:


8 Paro‘sh urug‘idan — 2172 nafar erkak. 9 Shafatiyo urug‘idan — 372 nafar erkak. 10 Orax urug‘idan — 652 nafar erkak.

11 Paxatmo‘ab, ya’ni Yeshuva hamda Yo‘ab urug‘laridan — 2818 nafar erkak.

12 Elam urug‘idan — 1254 nafar erkak. 13 Zattu urug‘idan — 845 nafar erkak. 14 Zakkay urug‘idan — 760 nafar erkak. 15 Binnuy urug‘idan — 648 nafar erkak. 16 Bo‘vay urug‘idan — 628 nafar erkak. 17 Ozgad urug‘idan — 2322 nafar erkak.

18 Odonixam urug‘idan — 667 nafar erkak. 19 Big‘vay urug‘idan — 2067 nafar erkak. 20 Adin urug‘idan — 655 nafar erkak.

21 Oter, ya’ni Yoxizqiyo urug‘idan — 98 nafar erkak.

22 Xashum urug‘idan — 328 nafar erkak.

23 Bezay urug‘idan — 324 nafar erkak. 24 Xorif urug‘idan — 112 nafar erkak. 25 Givon urug‘idan — 95 nafar erkak.

Isroil urug‘lari ota–bobolarining shaharlari bo‘yicha ro‘yxat qilinadi

26 Tagi Baytlahmlik va Natufolik — 188 nafar erkak.

27 Tagi Onoto‘tlik — 128 nafar erkak.

28 Tagi Bayt–Ozmobitlik — 42 nafar erkak.

29 Tagi Xirat–Yo‘rimlik, Xafiralik va Baro‘tlik — 743 nafar erkak.

30 Tagi Ramalik va Gebolik — 621 nafar erkak.

31 Tagi Mixmashlik — 122 nafar erkak.

32 Tagi Baytillik va Aylik — 223 nafar erkak.

33 Tagi Navolik — 52 nafar erkak.

34 Tagi Elamlik — 1254 nafar erkak. 35 Tagi Xarimlik — 320 nafar erkak. 36 Tagi Yerixolik — 345 nafar erkak.

37 Tagi Lo‘dlik, Hodidlik va Ono‘lik — 721 nafar erkak.

38 Tagi Sanolik — 3930 nafar erkak.

Ruhoniylar urug‘lari

39 Surgundan qaytib kelgan ruhoniylarning soni quyidagicha edi:


Yoshua naslidan, aniqrog‘i Yodiyo urug‘idan — 973 nafar erkak.

40 Immar urug‘idan — 1052 nafar erkak. 41 Pashxur urug‘idan — 1247 nafar erkak. 42 Xarim urug‘idan — 1017 nafar erkak.

Levilar urug‘lari

43 Surgundan qaytib kelgan levilar urug‘larining soni quyidagicha edi:


Xo‘davo naslidan bo‘lgan Yeshuva, aniqrog‘i Kadmil urug‘laridan — 74 nafar erkak.

44 Osif urug‘idan bo‘lgan qo‘shiqchilar — 148 nafar erkak.

45 Shallum, Oter, Talmo‘n, Oqquv, Xatita va Sho‘vay urug‘laridan bo‘lgan Ma’bad

darvozabonlari — 138 nafar erkak.

Ma’bad xizmatkorlari urug‘lari

46 Surgundan qaytib kelgan Ma’bad xizmatkorlarining urug‘lari quyidagilar

edi:


Zixo, Xasufa, Tabbayo‘t,

47 Kerosh, Siyo, Pado‘n,

48 Lavon, Xagava, Shalmay,

49 Xanon, Giddol, Gaxar,

50 Rayo, Ratan, Nakudo,

51 G‘azzom, Uzzo, Posiyox, 52 Besay, Munim, Nafusim, 53 Bobuh, Xakufa, Xorxur, 54 Bazulat, Maxido, Xarsha, 55 Borkis, Sisaro, Tamax,

56 Naziyo, Xatifa.

Sulaymonning qarollari urug‘lari

57 Sulaymon qarollarining* surgundan qaytib kelgan urug‘lari quyidagilar edi:


So‘tay, So‘farat, Paridax,

58 Yalox, Darxun, Giddol,

59 Shafatiyo, Xattil, Paxarathazzavoyim, Omon.

60 Ma’bad xizmatkorlari va Sulaymonning qarollari urug‘laridan bo‘lganlarning jami 392 kishi edi.

Nasl–nasabi noma’lum urug‘lar

61-62 Quyidagilar Tel–Malax, Tel–Xarsha, Xarub, Ado‘n va Immar shaharlaridan

kelgan edilar:


Daloyo, To‘viyo va Nakudo urug‘lari — 642 kishi.


Lekin bular o‘zlarining urug‘boshisi Isroil nasliga mansubligini isbotlay

olmasdilar.

63-64 Quyidagi ruhoniylar urug‘lari ham o‘z nasabnomasini topa olmadilar: Xavayo, Xakko‘z va Borzulay urug‘lari. (Borzulayning bobosi Giladlik Borzulay degan odamning qiziga uylangan bo‘lib, bu urug‘ o‘sha ayolning urug‘i nomi bilan yuritilar edi.) Shu sababdan ular xizmat qilishga nopok hisoblanib, ruhoniylikka qabul qilinmadilar. 65 Yahudo hokimi* ularga shunday dedi: «Birorta ruhoniy Xudodan Urim va Tummim* orqali ruhoniy ekanligingizni so‘rab, tasdiqlamaguncha, sizlar nazrlarning ruhoniylarga tegishli ulushidan tanovul qilmaysizlar.»

Surgundan qaytib kelgan jamoaning jami

66 Bu jamoa jami 42.360* kishidan iborat edi. 67 Bulardan tashqari, qul va cho‘rilari — 7337 kishi, qul va cho‘ri qo‘shiqchilar 245 kishi edi. 68 Jamoaning 736 ta oti, 245 ta xachiri, 69 435 ta tuyasi, 6720 ta eshagi bor edi.

70 Ba’zi urug‘boshilar qurilish ishlari uchun in’omlar berdilar. Hokim ham xazinaga 1000 oltin tanga*, 50 ta tog‘oracha va ruhoniylar uchun 530 ta ko‘ylak berdi. 71 Ba’zi urug‘boshilar inshoot qurilishi uchun xazinaga 20.000 oltin tanga*, 80 pud* kumush berdilar. 72 Qolgan xalq jami 20.000 oltin tanga, 75 pud* kumush va ruhoniylar uchun 67 ta ko‘ylak berdilar. 73 (73a) Shunday qilib, ruhoniylar, levilar, Ma’bad darvozabonlari, qo‘shiqchilar, Ma’bad xizmatkorlari va xalqning qolganlari o‘z shaharlariga borib joylashdilar.”


8–BOB

Ezra xalqqa Tavrotni o‘qib beradi

(7:73b) Yettinchi oyda* Isroil xalqi o‘z shaharlarida o‘rnashib olgandan keyin, 1 butun xalq Suv darvozasi oldidagi maydonda to‘plandi. Ular tafsirchi Ezraga: “Isroil xalqiga Muso orqali Egamiz bergan Tavrotni olib keling”, deb aytdilar. 2 Shunday qilib, yettinchi oyning* birinchi kunida ruhoniy Ezra Tavrotni jamoa oldiga olib keldi. Erkagu ayol, esini tanigan hamma odam shu yerda edi. 3 Ezra Suv darvozasining oldidagi maydonda sahardan peshingacha jamoaga Tavrotni o‘qib berdi. Jamiki xalq diqqat bilan quloq solib tingladi. 4 Tafsirchi Ezra yig‘in uchun tayyorlangan baland yog‘och supa ustida turardi.

Uning o‘ng tomonida Mattitiyo, Shama, Onoyoh, Uriyo, Xilqiyo, Masiyo va chap tomonida Podiyo, Mishail, Malkiyo, Xashum, Xashbaddanax, Zakariyo, Mashullom turar edilar.

5 Ezra baland supa ustida turgani uchun jamiki xalq uni ko‘rib turar edi. U butun xalqning ko‘zi oldida Tavrot kitobini ochdi. Ezra kitobni ochganda, butun xalq o‘rnidan

turdi. 6 So‘ngra Ezra ulug‘vor Xudo — Egamizni olqishladi, jamiki xalq qo‘llarini ko‘tarib, “Omin, Omin”, dedi. So‘ng xalq ikki bukilib, Egamizga ta’zim qildi.

7 Xalq joyida turar ekan, levilar — Yeshuva, Banix, Sharaviyo, Yomin, Oqquv, Shabbatay, Xo‘diyo, Masiyo, Kilit, Ozariyo, Yo‘zabad, Xanon va Paliyo xalqqa Tavrotni tushuntirar edilar. 8 Ular Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib, o‘qiganlarini tarjima qilib berardilar*, Tavrotning mazmunini tushuntirardilar, shuning uchun xalq o‘qilganlarni tushundi.

9 Butun xalq Tavrot so‘zlarini eshitganlarida yig‘ladi. Lekin hokim Naximiyo*, ruhoniy va tafsirchi bo‘lgan Ezra, shuningdek, xalqqa Tavrotni tushuntirgan levilar butun jamoaga aytdilar: “Bugungi kun Egangiz Xudoga bag‘ishlangan muqaddas kundir, shuning uchun qayg‘urmanglar, yig‘lamanglar.” 10 Keyin Ezra* xalqqa dedi: “Endi uylaringizga qaytib boringlar, yog‘li taomlar yeb, shirin sharob ichinglar. Hech narsa tayyorlamaganlarga taomlaringizdan beringlar. Bugungi kun Rabbimizga bag‘ishlangan muqaddas kundir. Bugun qayg‘urmanglar, axir, Egamiz tufayli topgan sevinchingiz najot qo‘rg‘oningizdir.” 11 Levilar ham jamiki xalqqa: “Xotirjam bo‘linglar, qayg‘uga botmanglar, chunki bu kun muqaddasdir”, deb tasalli berdilar. 12 Jamiki xalq Tavrotdan eshitgan so‘zlarini anglab tushunganlari uchun yeb–ichgani, taom ulashib, katta xursandchilik qilgani uylariga ketishdi.

Chayla bayrami

13 Ertasi kuni jamiki xalqning urug‘boshilari, ruhoniylar va levilar Tavrot so‘zlarini o‘rganish uchun tafsirchi Ezraning huzuriga kelishdi. 14 Ular Tavrotni o‘rganib, Muso orqali Egamiz bergan Chayla bayrami haqidagi amrni topdilar. Bu amrga ko‘ra*, Isroil xalqi yettinchi oyda* nishonlanadigan Chayla bayrami kunlarida chaylalarda yashashlari kerakligini bildilar. 15 Bundan tashqari, Quddusda va Isroil xalqining hamma shaharlarida quyidagilar e’lon qilinishi kerakligini ham bilib oldilar: “Tavrotda yozilgan ko‘rsatmalarga muvofiq, qirlarga chiqinglar, chaylalar yasash uchun zaytun daraxti, mirta butasi*, palma daraxtining va boshqa daraxtlarning shox–shabbalaridan olib kelinglar.” 16 Shunday qilib, xalq borib, shox–shabbalar olib keldi va o‘zlari uchun chaylalar yasashdi. Ular chaylalarni uylarining tomlarida*, hovlilarida, Xudoning uyi hovlisida, Suv darvozasi yonidagi maydonda, Efrayim darvozasi yonidagi maydonda yasadilar. 17 Surgundan qaytgan hamma odamlar chaylalar yasab, o‘sha chaylalarda yashadilar. Nun o‘g‘li Yoshua davridan beri Isroil xalqi bunday bayramni nishonlamagan edi. Hamma g‘oyat xursand edi. 18 Ezra har kuni — bayramning birinchi kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi. Tavrotda talab qilinganiday, ular yetti kun bayramni nishonladilar, sakkizinchi kuni muqaddas yig‘in bo‘ldi.


9–BOB

Xalq gunohlari uchun tavba qiladi

1 Yettinchi oyning* yigirma to‘rtinchi kuni Isroil xalqi yana yig‘in qildi. Ular qayg‘udan qanorga o‘ranib, boshlaridan tuproq sochib, ro‘za tutdilar. 2 Isroil nasli o‘zlarini hamma begonalardan ayirib oldilar, so‘ng o‘zlarining va ota–bobolarining gunohlari uchun tavba qildilar. 3 Ular taxminan uch soat davomida tik turib, Egasi Xudoning Tavrot kitobidan o‘qilgan so‘zlarni eshitdilar. Keyingi uch soat davomida esa tavba qilib, Egasi Xudoga sajda qildilar. 4 O‘sha yerda levilar turadigan bir zina bor edi.

Yeshuva, Banix, Kadmil, Shabaniyo, Bo‘nax, Sharaviyo, Banix va Xanonax o‘sha zinaga

chiqib, Egasi Xudoga qattiq ovozda iltijo qildilar.

Levilar tavba–tazarru bilan ibodat qiladilar

5 So‘ngra levilardan bo‘lgan Yeshuva, Kadmil, Banix, Xashavniyo, Sharaviyo, Xo‘diyo, Shabaniyo va Patixiyo xalqqa da’vat qilib dedilar: “Endi turinglar, Egangiz Xudoni olqishlanglar!” Levilar hamdu sano o‘qidilar:


“Ey Egamiz Xudo! Senga abadulabad hamdu sanolar bo‘lsin. Senga munosib hamdu sano aytishga tilimiz ojiz bo‘lsa–da, hamma Sening ulug‘vor nomingni olqishlasin.

6 Yolg‘iz Sen Egamizdirsan! Sen osmonni, beqiyos falakni, undagi hamma samoviy jismlarni, zaminni, zamindagi hamma narsani, dengizlarni, dengizlardagi hamma narsani yaratgansan. Ularning hammasiga jon ato qilgan Sensan. Samodagi farishtalar Senga sajda qiladi.

7 Sen Parvardigor Egamizsan. Sen Ibromni tanlab olding, uni Xaldeydagi Ur shahridan olib chiqding, unga Ibrohim deb ism berding. 8 Uning sodiqligiga amin bo‘lding. Shuning uchun u bilan ahd qilib, deding: «Sening nasllaringga Kan’on, Xet, Amor, Pariz, Yobus va Girgosh xalqlarining yurtlarini beraman.» Sen ahdingda turding, chunki Sen sodiq Xudosan.

9 Ota–bobolarimizning Misrdagi azob–uqubatlarini O‘zing ko‘rding, ularning Qizil dengizda* qilgan dod–faryodlarini eshitding. 10 Sen fir’avnga, uning barcha a’yonlariga, Misr yurtining xalqiga qarshi alomatu mo‘jizalar ko‘rsatding. Chunki ular ota–bobolarimizga nisbatan surbetlarcha ish tutganlarini bilarding.

O‘shanda qozongan dovrug‘ing shu kungacha saqlanib qolgan. 11 Sen ota– bobolarimizning ko‘z o‘ngida dengizni ikkiga bo‘lding, shu bois ular dengiz orqali quruq yerdan o‘tdilar. Ularni ta’qib qilayotgan Misrliklarni esa Sen dengiz qa’riga uloqtirding. Ular bahaybat suvlarga toshday g‘arq bo‘ldilar. 12 Sen kunduzi ota– bobolarimizni ustun shaklidagi bulut bilan boshlab bording, kechalari ustun shaklidagi alanga bilan ularning yo‘llarini yoritding.

13 Sen Sinay tog‘i uzra kelib turding, samodan turib ularga gapirding, ularga adolatli qoidalar, to‘g‘ri qonunlar, yaxshi farmonlaru amrlar berding. 14 Senga bag‘ishlangan Shabbat kuniga rioya qilish to‘g‘risida ularga ko‘rsatmalar berding. Quling Muso orqali ularga amrlar, farmonlar, qonunlar berding.

15 Ular och qolganlarida, samodan non berding, chanqaganlarida qoyadan ularga suv chiqarib berding. Sen Kan’on yurtini ularga beraman, deya ont ichgan eding. So‘ng ularga, boringlar, o‘sha yerni mulk qilib olinglar, deb aytding.

16 Lekin ota–bobolarimiz o‘zlariga bino qo‘yib, o‘jarlik qildilar, Sening amrlaringga itoat etmadilar. 17-18 Ular Senga itoat etishdan bosh tortdilar, ularning orasida ko‘rsatgan mo‘jizalaringni esga olmadilar. Shu qadar o‘jarlik qildilarki, Misrdagi qullikka qaytib borish uchun o‘zlariga yo‘lboshchi tayinladilar. Lekin Sen kechiradigan, inoyatli, rahmdil, jahli tez chiqmaydigan, sodiq sevgisi mo‘l Xudosan. Bizning ota–bobolarimiz o‘zlariga buqaning tasvirini yasab: «Mana bizlarni Misrdan olib chiqqan xudoyimiz», degan edilar. Shu tariqa o‘ta shakkoklik qilgan edilar. Hatto o‘shanda ham Sen ota–bobolarimizni tark etmading.

19 Sen g‘oyat rahmdil bo‘lganing uchun ota–bobolarimizni sahroda tashlab ketmading. Ularni kunduzlari doim bulut ustuni bilan yo‘lda boshlab bording, kechalari yura olsin deb, doim alanga ustuni bilan yo‘llarini yoritding. 20 Ularga o‘git bersin deb, ezgu Ruhingni baxsh etding, ularning og‘zidan mannani* uzmading, chanqoqlari bosilsin deb, suv berding. 21 Sen qirq yil sahroda ularga g‘amxo‘rlik qilding, ular hech narsaga muhtojlik sezmadilar, kiyimlari to‘zmadi, oyoqlari shishib ketmadi.

22 Sen ularga shohliklar va xalqlar ustidan g‘alaba ato qilding, qo‘lga kiritgan yerning har bir parchasini taqsimlab berding. Ular Xashbon shohi Sixo‘nning yurtini*, Bashan shohi O‘gning yurtini mulk qilib oldilar. 23 Sen ularning nasllarini samodagi yulduzlar singari ko‘paytirding. Ota–bobolariga va’da qilgan yurtga ularni olib kirding. 24 Ular borib, Kan’on yurtini mulk qilib oldilar. Sen ularga Kan’on yurti aholisini bo‘ysundirib berding, bu yurtni shohlariyu mahalliy xalqlari bilan birga ularning qo‘llariga berib: «Bularga istaganingizni qilinglar», deding. 25 Ota–bobolarimiz mustahkam shaharlarni, hosildor yerlarni qo‘lga kiritdilar, ajoyib buyumlar bilan to‘la uylarga, qazilgan sardobalarga, uzumzorlarga, zaytunzorlarga, ko‘plab mevali daraxtlarga ega bo‘ldilar. Yeb to‘ydilar, semirdilar, Sening ulug‘ marhamatingdan ko‘ngillarini chog‘ qildilar.

26 Lekin shunga qaramay, ular yana itoatsizlik qilib, Senga qarshi bosh ko‘tardilar. Qonunlaringni mensimadilar, «Egamizga qaytinglar», deb da’vat qilgan payg‘ambarlaringni o‘ldirdilar. O‘taketgan shakkokliklar qildilar.

27 Shuning uchun Sen ularni dushmanlari qo‘liga berding, dushmanlari ularga zulm o‘tkazdilar. Ular azob tortganlarida Senga iltijo qilishdi, Sen ularning iltijolarini samodan turib eshitding. Buyuk rahm–shafqating tufayli ularga qutqaruvchilarni yubording. Qutqaruvchilar ularni dushmanlari qo‘lidan xalos qildilar. 28 Lekin hammasi yaxshi bo‘lgandan keyin, ular Sening oldingda yana qabihlik qilishdi. Sen ularni yana dushmanlari qo‘liga berib, tark etding.

Dushmanlari ular ustidan hukmronlik qilishdi. Ota–bobolarimiz yana Senga yuz burib, iltijo qilganlarida, samodan turib ularning iltijolarini eshitding. Sen rahmdil bo‘lganing uchun ko‘p martalab ularga najot berding.

29 Qonunlarim bo‘yicha oldingiday yashanglar, deb ularni ogohlantirding.

Lekin ular o‘zlariga bino qo‘yib, Sening amrlaringga itoat etmadilar. Garchi qonun–qoidalaringga amal qilish hayot bersa–da, ular bu qonun–qoidalaringga qarshi gunoh qildilar, o‘jarlik bilan qonun–qoidalaringdan yuz o‘girdilar, itoat etishdan bosh tortdilar. 30 Uzoq yillar Sen ularga sabr–toqat qilib kelding, Ruhing ila payg‘ambarlar orqali xalqingni ogohlantirib kelding. Lekin ular Senga quloq solmadilar. Shu sababdan Sen ularni taslim qilib, begona xalqlarning qo‘liga berding. 31 Ammo shunday bo‘lsa ham, buyuk rahm–shafqating tufayli Sen ularni qirib tashlamading, ularni tark etmading, chunki Sen inoyatli, rahmdil Xudosan!

32 Ey Xudoyimiz! Sen buyuk, qudratli va haybatli Xudosan! Sen ahdingda turasan, sodiq sevgingni saqlaysan. Chekkan azob–uqubatlarimizdan ko‘z yumma. Axir, Ossuriya shohlari davridan bugungacha shohlarimiz, yo‘lboshchilarimiz, ruhoniylarimiz, payg‘ambarlarimiz, ota–bobolarimiz, butun xalqimiz boshiga og‘ir azob–uqubatlar tushdi. 33 Sen bizni jazolab to‘g‘ri qilding. Sen sadoqat bilan ish tutding, biz esa qabihlik qildik. 34 Shohlarimiz,

yo‘lboshchilarimiz, ruhoniylarimiz, ota–bobolarimiz Sening qonunlaringga rioya qilmadilar, Sen bergan amrlaringga, ogohlantirishlaringga ular quloq solmadilar. 35 Hatto o‘z shohligiga ega bo‘lgan paytlarida, Sen ularga buyuk marhamat ko‘rsatgan bo‘lsang ham, ular Senga xizmat qilmadilar. Sen ularga keng, serhosil bir yurt berding, lekin ular qabih ishlaridan qaytmadilar.

36 Mana, bugun biz qulmiz! Sen ota–bobolarimizga bergan yurtda biz qul bo‘lib yashayapmiz. Sen esa bu yurtni ota–bobolarimizga mevalaridan, mo‘l– ko‘lchiligidan bahramand bo‘lsin deb bergansan. 37 Ammo gunohlarimiz oqibatida Sen bizni shohlarga tobe qilib qo‘yding. Yurtimizning mo‘l hosili o‘shalarga ketadi. Ular bizga va chorvamizga xohlagan ishini qiladi. Evoh, og‘ir kulfatda qoldik!”

Xalq Xudoga itoat etishga qaror qiladi

38 Xalq quyidagicha qaror qildi:


“Bo‘lib o‘tgan voqealar tufayli biz yozma ravishda qat’iy qaror qilyapmiz.

Yo‘lboshchilarimiz, levilarimiz va ruhoniylarimiz bu qarorga muhrlarini bosdilar.


10–BOB

1 Xaxaliyo o‘g‘li, hokim Naximiyo qarorni tasdiqlab, muhrladi. Zidqiyo ham qarorga muhrini bosdi. Bulardan tashqari, qarorni muhrlaganlarning ismlari quyidagichadir:


2 Sarayo, Ozariyo, Yeremiyo, 3 Pashxur, Emoriyo, Malkiyo, 4 Xattush, Shabaniyo, Mallux, 5 Xarim, Miromo‘t, Obodiyo,

6 Doniyor, Ginatoy, Borux,

7 Mashullom, Abiyo, Miyomin,

8 Maziyo, Bilgi, Shamayo. Ular ruhoniylar edilar.


9 Levilar:


Ozaniyo o‘g‘li Yeshuva, Xanadod urug‘idan Binnuy, Kadmil,

10 ularning sheriklari: Shabaniyo, Xo‘diyo, Kilit, Paliyo, Xanon,

11 Mixa, Rexob, Xashaviyo,

12 Zakkur, Sharaviyo, Shabaniyo,

13 Xo‘diyo, Banix, Baninu.


14 Xalq yo‘lboshchilari:

Paro‘sh, Paxatmo‘ab,

Elam, Zattu, Banix,

15 Bo‘nax, Ozgad, Bo‘vay, 16 Odoniyo, Big‘vay, Adin, 17 Oter, Yoxizqiyo, Azzur,

18 Xo‘diyo, Xashum, Bezay,

19 Xorif, Onoto‘t, Nabay,

20 Maxpiyosh, Mashullom, Xazir, 21 Mashazavil, Zodo‘x, Yodduva, 22 Pilatiyo, Xanon, Onoyoh,

23 Xo‘sheya, Xanoniyo, Xashshub,

24 Xalloxesh, Pilxo, Sho‘vex, 25 Raxum, Xashavno, Masiyo, 26 Oxiyo, Xanon, Onon,

27 Mallux, Xarim, Banax.

Qaror mazmuni

28 Biz, jamiki Isroil xalqi — ruhoniylar, levilar, Ma’bad darvozabonlari, qo‘shiqchilar, Ma’bad xizmatchilari va Xudoning qonuniga muvofiq o‘zlarini mahalliy xalqlardan ayirgan hamma yahudiylar xotinlari va esini tanigan o‘g‘il– qizlari bilan birga, 29 yo‘lboshchilarimiz qatorida ont ichamiz. Agar ontimizni buzsak, la’nati bo‘laylik. Xudo O‘z quli Muso orqali bergan qonunga biz amal qilib yashaymiz. Egamiz — Rabbimizning amrlariga, qonun–qoidalariga va farmonlariga rioya qilamiz.

30 Biz mahalliy xalqlar bilan quda–andachilik qilmaymiz.

31 Agar mahalliy odamlar Shabbat kuni yoki boshqa biror muqaddas kunda sotish uchun don yoki har xil mol olib kelishsa, ulardan hech narsa sotib olmaymiz.

Biz har yettinchi yili yerga ishlov bermaslikka va bergan hamma qarzlarimizdan voz kechib yuborishga va’da qilamiz.

32 Bundan tashqari, shuni va’da qilamizki, Xudoyimizning uyidagi sajda marosimlari ehtiyojlari uchun har yili bir misqol kumushni* topshiramiz. 33 Bu pullar quyidagi narsalar uchun sarf qilinadi: muqaddas nonlar uchun, kundalik don nazrlari uchun, kundalik kuydiriladigan qurbonliklar uchun, Shabbat kunida, yangi oy shodiyonasida, har yili o‘tkaziladigan bayramlarda keltiriladigan qurbonliklar, nazrlar va boshqa ehsonlar uchun, Isroil xalqini poklaganda qilinadigan gunoh qurbonliklari uchun, Xudoyimizning uyida qilinadigan boshqa sarf–xarajatlar uchun.

34 Biz qur’a tashlab*, ruhoniylar, levilar va xalqning har bir xonadoni qay vaqtda Xudoning uyi uchun o‘tin olib kelishlari kerakligini aniqlab oldik. So‘ng shunday va’da berdik: biz har yili belgilangan paytda o‘tin olib kelamiz. Shu yo‘l bilan Tavrotda, Egamiz Xudoning qurbongohida doimo olov yonib tursin, deb yozilgan amrni bajaramiz.

35 Biz har yili yerimizning birinchi hosilini va hamma mevali daraxtlarimizning birinchi hosilini Egamizning uyiga olib kelamiz, deb va’da

qilamiz. 36 Shuningdek, Tavrotda yozilganiga muvofiq, to‘ng‘ich o‘g‘illarimizni, mol–qo‘ylarimizning birinchi tug‘ilganlarini Xudoyimizga bag‘ishlaymiz, deb va’da qilamiz. Biz ularni Xudoyimizning uyida o‘z vazifasini o‘tayotgan ruhoniylarga olib kelamiz. 37 Ruhoniylarga atalgan mahsulotlarni Xudoyimizning uyidagi omborxonalarga olib kelamiz. Unimizning va boshqa don mahsulotlarimizning a’losini, mevalarimizning a’losini, yangi sharob va zaytun moyimizning a’losini omborxonalarga olib kelamiz.

Biz yerimizning hosilidan levilarga ushr* berishga va’da qilamiz.

Dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan hamma shaharlarimizdan levilar ushr yig‘adilar. 38 Levilar ushrni olayotganlarida, Horun naslidan bo‘lgan ruhoniy ularning yonida bo‘ladi. Levilar ushrning o‘ndan birini Xudoyimizning uyiga olib kelib, omborxonalarga joylashtiradilar.

39 Xullas, Isroil xalqi va levilar ehson qilgan don, sharob va zaytun moylarini Ma’baddagi omborlarga olib kelishadi. Bu omborxonalar o‘z vazifasini o‘tayotgan ruhoniylar, darvozabonlar va qo‘shiqchilarning xonalari yonida joylashgan bo‘lib, u yerda Ma’bad buyumlari ham saqlanadi.

Biz Xudoyimizning uyini qarovsiz qoldirmaymiz, deb va’da beramiz.”


11–BOB

Quddusda joylashgan xalq

1 Xalq yo‘lboshchilari Quddusda o‘rnashib oldilar. Qolgan xalq esa qur’a tashladi*, chunki har o‘nta xonadondan bittasi muqaddas Quddus shahriga ko‘chib borishi, qolgan to‘qqiztasi boshqa shaharlarda qolishlari kerak edi. 2 O‘z xohishi bilan Quddusga ko‘chib bormoqchi bo‘lganlarning hammasini xalq duo qildi.

3-4 Shunday qilib, Isroil xalqining ko‘pchiligi, ruhoniylar, levilar, Ma’bad xizmatchilari, Sulaymon qarollarining avlodlari Yahudo yurtidagi boshqa shaharlarda, o‘zlarining mulkida yashab qoldilar. Yahudo va Benyamin qabilalaridan ba’zilari esa Quddusda qaytadan uy–joy qildilar.


Quddusda o‘rnashib olgan viloyat* yo‘lboshchilarining ro‘yxati quyidagichadir:


Yahudo qabilasidan:


Quddusda Uzziyo o‘g‘li Otayox o‘rnashdi. Otayoxning nasabnomasi quyidagicha edi: Uzziyo — Zakariyoning o‘g‘li, Zakariyo — Emoriyoning o‘g‘li, Emoriyo — Shafatiyoning o‘g‘li, Shafatiyo — Maxaliyolning o‘g‘li, Maxaliyol Paraz naslidan edi.

5 Borux o‘g‘li Masiyo ham Quddusda o‘rnashdi. Masiyoning nasabnomasi

quyidagicha edi: Borux — Xolxozining o‘g‘li, Xolxozi — Xaziyoning o‘g‘li, Xaziyo

— Odayoning o‘g‘li, Odayo — Yo‘xarivning o‘g‘li, Yo‘xariv — Zakariyoning o‘g‘li,

Zakariyo Shelo naslidan edi.

6 Paraz naslidan Quddusda hammasi bo‘lib 468 nafar bahodir jangchi yashar

edi.


7 Benyamin qabilasidan:

Quddusda Mashullom o‘g‘li Sallu o‘rnashdi. Salluning nasabnomasi

quyidagicha edi: Mashullom — Yo‘adning o‘g‘li, Yo‘ad — Podiyoning o‘g‘li, Podiyo

— Xulayoning o‘g‘li, Xulayo — Masiyoning o‘g‘li, Masiyo — Ixtiyolning o‘g‘li,

Ixtiyol — Yeshayoning o‘g‘li.

8 Salluning izdoshlari Gabboy va Salloy ham Quddusda o‘rnashdilar. Benyamin naslidan Quddusda hammasi bo‘lib 928 nafar odam yashar edi.

9 Ularning lashkarboshisi Zixri o‘g‘li Yo‘el edi, Xassinuva o‘g‘li Yahudo esa Yo‘elning o‘ng qo‘l yordamchisi edi.


10 Ruhoniylardan:


Quddusda Yo‘xariv o‘g‘li Yodayo, Yoxin 11 va oliy ruhoniy Sarayo o‘rnashdilar. Sarayoning nasabnomasi quyidagicha edi: Sarayo — Xilqiyoning o‘g‘li, Xilqiyo — Mashullomning o‘g‘li, Mashullom — Zodo‘xning o‘g‘li, Zodo‘x — Maroyo‘tning o‘g‘li, Maroyo‘t Oxitobning o‘g‘li edi. 12 Yodayo, Yoxin va Sarayoning Xudo uyida xizmat qiladigan qarindosh–urug‘lari hammasi bo‘lib 822 nafar odam edi.

Yeroxam o‘g‘li Odayo ham Quddusda o‘rnashib oldi. Uning nasabnomasi

quyidagicha edi: Yeroxam — Palaliyoning o‘g‘li, Palaliyo — Omzining o‘g‘li, Omzi

— Zakariyoning o‘g‘li, Zakariyo — Peshxurning o‘g‘li, Peshxur — Malkiyoning o‘g‘li. 13 Odayoning qarindosh–urug‘lari orasida hammasi bo‘lib 242 nafar urug‘boshi bor edi.

Ozariyol o‘g‘li Emashay ham Quddusda o‘rnashib oldi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi: Ozariyol — Oxzayning o‘g‘li, Oxzay — Mashillamo‘tning o‘g‘li, Mashillamo‘t — Immarning o‘g‘li. 14 Emashayning qarindosh–urug‘lari orasida hammasi bo‘lib 128 nafar botir jangchi bor edi.

Ruhoniylarning lashkarboshisi Xagdolim o‘g‘li Zabdiyol edi.


15 Levilardan:


Quddusda Xashshub o‘g‘li Shamayo o‘rnashdi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi: Xashshub — Ozrikomning o‘g‘li, Ozrikom — Xashaviyoning o‘g‘li, Xashaviyo — Bo‘naxning o‘g‘li.

16 Levilarning yo‘lboshchilaridan bo‘lgan Shabbatay va Yo‘zabad ham Quddusda o‘rnashib oldilar. Ularning vazifasi Xudoning uyiga qarash va ta’minotini nazorat qilish edi.

17 Mixa o‘g‘li Mattaniyo ham Quddusda o‘rnashib oldi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi: Mixa — Zabdining o‘g‘li, Zabdi — Osifning o‘g‘li. Mattaniyo Ma’bad qo‘shiqchilarini hamdu sano aytishda boshqarar edi.

Mattaniyoning yordamchisi Bobuhyo va Shammuva o‘g‘li Abdax Quddusda o‘rnashib oldilar. Shammuva o‘g‘li Abdaxning nasabnomasi quyidagicha edi: Shammuva — Galolning o‘g‘li, Galol — Yodutunning o‘g‘li.

18 Muqaddas shahar Quddusda hammasi bo‘lib 284 nafar levi yashagan edi.


19 Ma’bad darvozabonlaridan:

Oqquv, Talmo‘n va ularning qarindoshlari Quddusda o‘rnashib oldilar. Ular hammasi bo‘lib 172 kishi edi.


20 Isroil xalqining, ruhoniylarning va levilarning qolganlari Yahudo yurtidagi shaharlarda, o‘zlarining mulkida istiqomat qilishardi. 21 Ma’bad xizmatkorlari esa Quddusdagi Ofel tepaligida* istiqomat qilishardi. Zixo va Gishpo ularning ustidan nazoratchi edilar.

22 Quddusdagi levilarning nazoratchisi Banix o‘g‘li Uzzi edi. Uning nasabnomasi quyidagicha edi: Banix — Xashaviyoning o‘g‘li, Xashaviyo — Mattaniyoning o‘g‘li, Mattaniyo — Mixaning o‘g‘li, Mixa Osif naslidan edi. Osif nasli Xudo uyidagi xizmatda qo‘shiqchilar uchun mas’ul edi. 23 Shoh Dovudning qo‘shiqchilar to‘g‘risida chiqargan farmoniga ko‘ra, qo‘shiqchilar har kuni moddiy tomondan ta’minlanar edi.

24 Mashazavil o‘g‘li Patixiyo Fors shohining Yahudodagi vakili bo‘lib, Isroil xalqiga oid hamma ishlarga mas’ul edi. Patixiyo Yahudo o‘g‘li Zerax naslidan edi.

Quddusdan tashqarida yashagan xalq

25 Xalqning ko‘pchiligi boshqa shaharlarda va o‘sha shaharlar atrofida yashar edilar.

Yahudo qabilasidan bo‘lganlar quyidagi joylarda istiqomat qilar edilar:


Xirat–Arba shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda, Dibon shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda, Yoxavzol shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda,

26 Yeshuva, Mo‘lodax, Bayt–Palat va 27 Xazor–Shuvol shaharlarida, Bersheba shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda,

28 Zixlax shahrida,

Maxuno shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda,

29 En–Rimmon, Zorox, Yarmut, 30 Zono‘vax, Adullam shaharlarida va ularning

atrofidagi qishloqlarda,

Laxish shahrida va uning atrofidagi dalalarda, Ozikah shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda.


Yahudo qabilasi yashagan bu yerlar janubdagi Bershebadan to shimoldagi Xinnum soyligigacha* cho‘zilgan edi.

31 Benyamin qabilasidan bo‘lganlar quyidagi joylarda istiqomat qilar edilar:


Gebo, Mixmash va Oya shaharlarida,

Baytil shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda,

32 Onoto‘t, Nav, Ononiyoh, 33 Xazor, Rama, Gitayim, 34 Hodid, Zavo‘m, Navallot,

35 Lo‘d, Ono‘ shaharlarida va

Hunarmandlar* vodiysida.


36 Yahudo qabilasining hududida yashagan ba’zi levi guruhlari ham Benyamin qabilasi

orasida istiqomat qilish uchun yuborilgan edi.

12–BOB

Ruhoniylar va levilar ro‘yxati

1 Shaltiyol o‘g‘li Zarubabel* va Yoshua bilan birga surgundan qaytib kelgan ruhoniylar hamda levilar quyidagilardir:


Ruhoniylar:


Sarayo, Yeremiyo, Ezra,

2 Emoriyo, Mallux, Xattush,

3 Shaxaniyo, Raxum, Miromo‘t,

4 Iddo, Ginaton*, Abiyo,

5 Minyomin, Mo‘vadiyo*, Bildax,

6 Shamayo, Yo‘xariv, Yodayo,

7 Sallu, Omoq, Xilqiyo, Yodayo.


Bular Yoshua davridagi ruhoniylarning va ruhoniy hamkorlarining yetakchilari edilar.


8 Levilar:


Yeshuva, Binnuy, Kadmil, Sharaviyo, Yahudo va Mattaniyo.


Mattaniyo va uning hamkorlari shukrona madhiyasini kuylaydiganlar uchun mas’ul edilar. 9 Bobuhyo, Unno va ularning hamkorlari madhiyaning jo‘r bo‘lib aytilishi uchun mas’ul edilar.

Oliy ruhoniy Yoshuaning avlodlari

10 Yoshua — Yo‘yiqimning otasi, Yo‘yiqim — Eliashabning otasi, Eliashab — Yo‘xadaxning otasi, 11 Yo‘xadax — Yo‘xanonning* otasi, Yo‘xanon Yodduvaning otasi edi.

Ruhoniy urug‘boshilari

12 Oliy ruhoniy Yo‘yiqim davrida quyidagi ruhoniylar urug‘boshilar edilar:


Sarayo urug‘idan — Moriyo. Yeremiyo urug‘idan — Xanoniyo. 13 Ezra urug‘idan — Mashullom. Emoriyo urug‘idan — Yohuxanon. 14 Mallux* urug‘idan — Yo‘natan. Shaxaniyo* urug‘idan — Yusuf.

15 Xarim urug‘idan — Adna. Miromo‘t* urug‘idan — Xalkay. 16 Iddo urug‘idan — Zakariyo. Ginaton urug‘idan — Mashullom. 17 Abiyo urug‘idan — Zikri.

Minyomin urug‘idan ham bir urug‘boshi bor edi. Mo‘vadiyo urug‘idan — Piltay.

18 Bildax urug‘idan — Shammuva.

Shamayo urug‘idan — Yo‘natan.

19 Yo‘xariv urug‘idan — Mattanay.

Yodayo urug‘idan — Uzzi.

20 Sallu* urug‘idan — Kalloy.

Omoq urug‘idan — Ibir.

21 Xilqiyo urug‘idan — Xashaviyo.

Yodayo urug‘idan — Natanil.

Levilar urug‘boshilari

22 Oliy ruhoniylar Eliashab, Yo‘xadax, Yo‘xanon va Yodduva davrlarida levilar ro‘yxatda o‘z urug‘boshilari nomi bilan qayd etilganlar. Fors shohi Doro* hukmronligi davrida esa ro‘yxatga olishning bunday usuli ruhoniylarga nisbatan qo‘llanilgan edi.

23 Oliy ruhoniy Eliashab nevarasi* Yo‘xanon davrigacha “Tarix kitobi”dagi ro‘yxatlarda levilar o‘z urug‘boshilari nomlari bo‘yicha yozilganlar.

24-25 Quyidagilar levilarning urug‘boshilari edilar:


Xashaviyo, Sharaviyo, Yeshuva, Binnuy, Kadmil* va ularning hamkorlari Mattaniyo, Bobuhyo va Obodiyo. Xudoning odami Dovud bergan farmonga ko‘ra, ular Xudoga hamdu sano va shukrona aytayotganlarida, ikki guruhga bo‘linib, bir–birlariga ro‘parama–ro‘para turib, kuylar edilar.

Mashullom, Talmo‘n va Oqquv Ma’bad darvozabonlari edilar. Ular Egamizning uyi darvozalari yonidagi omborxonalarni qo‘riqlar edilar.


26 Bu odamlar oliy ruhoniy Yo‘yiqim, hokim Naximiyo, ruhoniy hamda tafsirchi Ezraning zamondoshlari edilar. Oliy ruhoniy Yo‘yiqim — Yoshuaning o‘g‘li, Yohuzadaxning* nabirasi edi.

Naximiyo shahar devorini Xudoga bag‘ishlaydi

27 Quddusning yangi devori Xudoga bag‘ishlanayotganda Yahudo yurtidagi hamma levilar chaqirildi. Ular xursandchilik paytida shukrona qo‘shiqlar kuylab, zil, arfa, chang chalib, marosimda ishtirok etishlari kerak edilar. 28-29 Levi qo‘shiqchilari Quddus atrofidagi qishloqlardan yig‘ilib keldilar. Quddus atrofidagi o‘sha qishloqlarni levilar o‘zlari uchun qurgan edilar. Natufo, Bayt–Gilgal, Gebo va Ozmobit shaharlarining atrofidagi qishloqlarda yashaydigan levilar ham yig‘ilib keldilar. 30 Ruhoniylar va levilar o‘zlarini pokladilar, so‘ngra xalqni, Quddus darvozalarini va devorini pokladilar.

31 Keyin men* Yahudo yo‘lboshchilarini devor ustiga chiqardim. Xudoga shukrona aytadigan ikkita katta guruh qo‘shiqchilarni tayinladim. Qo‘shiqchilarning bir guruhi devor ustida janubga — Go‘ng darvozasi tomonga* tantana bilan yurdi. 32 Ho‘shayyo Yahudo yo‘lboshchilarining yarmini ergashtirib, birinchi guruh qo‘shiqchilarning orqasidan bordi. 33-35 Ularning orqasidan esa quyidagi ruhoniylar karnaylar chalib bordilar: Ozariyo, Ezra, Mashullom, Yahudo, Benyamin, Shamayo va Yeremiyo. Ularning ketidan Yo‘natan o‘g‘li Zakariyo bordi. Zakariyoning nasabnomasi quyidagicha edi: Yo‘natan — Shamayoning o‘g‘li, Shamayo — Mattaniyoning o‘g‘li, Mattaniyo — Mixiyoning o‘g‘li, Mixiyo — Zakkurning o‘g‘li, Zakkur Osaf naslidan edi. 36 Zakariyoning yonida uning hamkorlari — Shamayo, Ozariyol, Milalay, Jilalay, May, Natanil, Yahudo, Xoninni bor edilar. Ular Xudoning odami shoh Dovudning ko‘rsatmasiga binoan musiqa asboblarini ko‘tarib borardilar. Tafsirchi Ezra birinchi guruh qo‘shiqchilarining

orqasidan borayotganlarni boshlab bordi. 37 Ular Buloq darvozasidan Dovud qal’asiga olib boradigan zinapoya orqali to‘g‘riga yurdilar. Dovudning saroyidan o‘tib, sharq tomondagi Suv darvozasiga ketdilar.

38 Xudoga shukrona aytayotgan ikkinchi guruh qo‘shiqchilar devorning ustida shimol tomonga ketdilar. Men Yahudo yo‘lboshchilarining yarmini boshlab, ikkinchi guruh qo‘shiqchilarning ortidan ketdim. Biz Tandir darvozasidan, Keng devoridan, 39 Efrayim darvozasidan, Yashono darvozasidan*, Baliq darvozasidan, Xanonil minorasidan, Yuz minorasidan va Qo‘y darvozasidan o‘tdik. Nihoyat, Qo‘riqchi darvozasi yonidagi manzilga yetib bordik. 40 Shunday qilib, Xudoga shukrona aytgan ikkala guruh Xudoning uyi oldida to‘xtadi.

Yonimdagi yo‘lboshchilar bilan birga, 41 quyidagi ruhoniylar ham karnay chalib, ikkinchi guruh qo‘shiqchilar ortidan yurdilar: Eliyaqim, Masiyo, Minyomin, Mixiyo, Eliyo‘nay, Zakariyo va Xanoniyo. 42 Ularning ketidan Masiyo, Shamayo, Elazar, Uzzi, Yohuxanon, Malkiyo, Elam va Eyzar borgandilar. Qo‘shiqchilar o‘zlarining yo‘lboshchisi Yizraxiyo boshchiligida kuylagandilar.

43 O‘sha kuni xalq ko‘p qurbonliklar keltirib, xursandchilik qilishdi, chunki Xudo

ularga ko‘p shod–xurramlik ato qilgan edi. Ayollar va bolalar ham xursand edilar. Quddusdagi shodlik sadolari uzoqlardan eshitilib turardi.

Ma’baddagi xizmatchilar uchun nazr va ushrlar

44 O‘sha kuni Ma’baddagi omborxonalar ustidan odamlar tayinlandi.

Omborxonalarda hadyalar, birinchi hosildan keltirilgan nazrlar va ushrlar* saqlanar edi. Tayinlangan odamlar, qonunga ko‘ra, shaharlar atrofidagi dalalardan ruhoniylar va levilar uchun ushrlarni yig‘ib, omborxonalarga olib kelishlari kerak edi. Chunki Yahudo xalqi ruhoniylar va levilarning xizmatini qadrlar edi. 45 Ruhoniylar, levilar poklash marosimlarini va Xudo tayin etgan boshqa marosimlarni bajarar edilar. Qo‘shiqchilar va darvozabonlar ham, ular qatorida, shoh Dovud va uning o‘g‘li Sulaymondan qolgan farmonga muvofiq, Ma’badda xizmat qilar edilar. 46 Darvoqe, qo‘shiqchilarga boshlovchi tayinlab, Xudoga hamdu sano va shukronalar aytish odati azaldan — Dovud va Osif davridan boshlangan edi. 47 Zarubabel davrida ham, Naximiyo* davrida ham butun Isroil xalqi qo‘shiqchilar va Ma’bad darvozabonlari uchun kundalik ulushlarni berardi. Ular levilar uchun ham ulush ajratishardi, levilar esa ruhoniylarning ulushini ajratib berishar edi.


13–BOB

Isroil xalqi begona nasllardan ajraladi

1 O‘sha kuni xalqqa Musoning kitobidan o‘qib berildi. U yerda shunday yozilgan ekan*: “Ommonliklar va Mo‘abliklar Xudoning jamoasiga kirolmaydi, 2 chunki Isroil xalqi Misrdan chiqqanda, Ommonliklar va Mo‘abliklar ularni non va suv bilan kutib olmadilar. Aksincha, Isroil xalqini la’natlash uchun Balomni yolladilar*. Lekin Xudoyimiz la’natni duoga aylantirdi.” 3 Isroil xalqi Tavrot so‘zlarini eshitgach, Isroil jamoasidan hamma begona nasllarni chiqarib yubordi.

Naximiyoning islohotlari

Naximiyo Ma’bad xizmatkorlarining ta’minoti to‘g‘risida qoidalar joriy qiladi

4 Bu voqea Quddus devori bag‘ishlanishidan ancha oldin sodir bo‘lgan edi. O‘sha vaqtda To‘viyoning* qarindoshi Eliashab Xudoyimizning uyidagi omborxonalar uchun mas’ul edi. 5 Eliashab To‘viyo uchun Ma’badga qarashli katta bir xonani bo‘shatib beribdi. Ilgari bu xonada nazr qilingan don, xushbo‘y tutatqilar va Ma’bad buyumlari saqlanardi. Egamiz bergan amrga muvofiq, levilarga, qo‘shiqchilarga, Ma’bad darvozabonlariga atalgan don, sharob, zaytun moyi ushrlari* va ruhoniylarga atalgan nazrlar ham o‘sha xonada saqlanardi.

6 Bu ishlar sodir bo‘lganda, men* Quddusda emasdim. Bobil shohi Artaxshas hukmronligining o‘ttiz ikkinchi yilida* men shoh huzuriga ketgan edim. Ma’lum vaqt o‘tgach, shohdan ijozat so‘rab, 7 Quddusga qaytib keldim. Shundagina Eliashabning qilgan bu rasvo ishidan xabardor bo‘ldim. U To‘viyoga Xudoning uyidagi bir xonani ajratib beribdi–ya! 8 Men qattiq g‘azablanib, To‘viyoning barcha uy jihozlarini xonadan uloqtirib tashladim. 9 So‘ng, omborxonalar poklansin, deb buyruq berdim.

Omborxonalar poklangach, Xudoning uyi buyumlarini, don nazrlarini va xushbo‘y tutatqilarni o‘z joyiga qaytarib qo‘ydirdim.

10 Shuningdek, levilarga hosilning o‘zlariga tegishli ulushlari berilmaganini ham bilib qoldim. Shu sababdan Ma’badda xizmat qilib yurgan levilar va qo‘shiqchilar o‘zlarining dalalariga qaytib ketishgan ekan. 11 Yo‘lboshchilarga: “Nima uchun Xudoning uyini o‘z holiga tashlab qo‘ydingizlar?!” deb tanbeh berdim. Levilar va qo‘shiqchilarni to‘plab, hammalarini o‘z vazifalariga qo‘ydim. 12 Shundan keyin jamiki Yahudo xalqi don, sharob, zaytun moyi ushrlarini Ma’bad omborxonalariga olib kelishdi. 13 Ruhoniy Shalamiyoni, kotib Zodo‘xni va levilardan Podiyoni omborxonalarga mas’ul qilib tayinladim.

Mattaniyoning nabirasi Zakkur o‘g‘li Xanonni ularning yordamchisi qilib tayinladim.

Ular ishonchli odamlar bo‘lib, vazifalari birodarlariga ulushni taqsimlashdan iborat edi.


14 Ey Xudoyim! Qilgan bu ishlarimni yodingda tut, mendan marhamatingni darig‘ tutmagin. Sening uying uchun va uyingda o‘tkaziladigan sajda marosimlari uchun sadoqat bilan qilgan savob ishlarimni unutma.

Naximiyo Shabbat qoidalarini joriy qiladi

15 O‘sha vaqtda men Shabbat kunlari uzum ezayotgan yahudiylarni* ko‘rardim.

Uyum–uyum don, sharob, uzum, anjir va har xil yuklarni olib kelayotganlarni kuzatar edim. Ular bu narsalarni eshaklarga yuklab, Shabbat kuni Quddusga olib kelishar edi. Ular o‘z mahsulotlarini sotayotganlarida, men ularni ogohlantirib, bunday ishlarni Shabbat kuni qilmanglar, deb aytardim. 16 Quddusda yashayotgan Tirliklar* ham baliq va har xil mahsulotlarni olib kelib, o‘shalarni Shabbat kuni Yahudo xalqiga Quddusda sotayotgan edilar. 17 Men Yahudo yo‘lboshchilariga tanbeh berdim: “Bu qilayotganlaringiz qabihlik–ku! Axir, Shabbat kunini bulg‘ayapsizlar! 18 Xudo bizni va bu shaharni ota–bobolarimizning xuddi shunday qabihligi uchun jazolagan edi–ku! Endi esa sizlar Shabbat kunini bulg‘ab, xalqimizning boshiga Xudoning qahr–g‘azabini yanada ko‘proq olib kelyapsizlar.”

19 Shunda men buyruq berdim: “Shabbatdan oldin oqshom tushishi bilanoq* Quddus

darvozalari yopilsin, Shabbat tugamaguncha ochilmasin.” Shabbat kuni birortasi yuk

olib chiqmasligi uchun darvoza oldiga odamlarimdan* ba’zilarini o‘tqazib qo‘ydim.

20 Shunda savdogarlar va har xil mahsulotlarni sotuvchilar tunni bir–ikki marta Quddusdan tashqarida o‘tkazdilar. 21 Men ularni ogohlantirib, shunday dedim: “Nega sizlar tunni devor ortida o‘tkazasizlar?! Agar yana shunday qilsangiz, sizlarni qamayman.” O‘shandan keyin ular Shabbat kuni kelmay qo‘ydilar. 22 So‘ngra men levilarga, o‘zlaringizni poklab kelib, Shabbat kunini muqaddas saqlash uchun shahar darvozalarini qo‘riqlanglar, deb buyruq berdim.


Ey Xudoyim! Qilgan bu ishlarimni ham yodingda tut, mendan marhamatingni

darig‘ tutmagin. Buyuk sodiq sevging haqi menga shafqat qil.

Naximiyo begona xalqlar bilan quda–andachilik qilishni man etadi

23 O‘sha kunlarda Ashdodlik*, Ommonlik va Mo‘ablik ayollarga uylangan yahudiylar haqida xabar topgan edim. 24 Bolalarining yarmi ibroniy tilida gaplashishni bilmasdilar, Ashdod tilida yoki boshqa tilda so‘zlashardilar. 25-27 Shuning uchun men ularga tanbeh berdim, ularni la’natladim, ba’zilarini urdim, sochlarini yuldim. Ularga shunday dedim: “Hatto Isroil shohi Sulaymon bunday ayollarga uylanib, gunoh qilgan edi! Bir o‘ylab ko‘ringlar! Xalqlar orasida Sulaymonga o‘xshagan shoh yo‘q edi. Xudo uni yaxshi ko‘rib, uni butun Isroil ustidan shoh qilgan edi. Shunga qaramay, butparast ayollar uni gunohga boshladilar. Mana endi sizlar ham xuddi shunday gunohga qo‘l urganingizni eshitib turibman! Sizlar Xudoga qarshi o‘taketgan qabihlik qilyapsizlar! Butparast ayollarga uylanib, Xudoga xiyonat qilyapsizlar!” Men Xudoning nomini o‘rtaga qo‘yib: “Biz bu yerdagi begona xalqlar bilan quda–andachilik qilmaymiz”, deb ularga qasam ichdirdim.

28 Yo‘xadax oliy ruhoniy Eliashabning o‘g‘li edi. Yo‘xadaxning o‘g‘illaridan biri Bayt– Xo‘ronlik Sanballatning* qiziga uylangan edi. Yo‘xadaxning o‘sha o‘g‘lini oldimdan haydab yubordim.


29 Ey Xudoyim! Bu uchala odamning qilmishini yodingda tut, ularning jazosini ber. Axir, ular ruhoniylikni bulg‘adilar*, Sen ruhoniylar va levilar bilan tuzgan ahdni* buzdilar.

Naximiyoning so‘nggi islohotlari

30 Shunday qilib, men xalqni begonalarning ta’siridan pokladim. Ruhoniylar va levilarning burchlarini, har birining vazifasini belgilab berdim. 31 Qurbonliklarni kuydirish uchun o‘tinlarni o‘z vaqtida olib kelishni va birinchi hosildan ruhoniylar uchun nazrlarni olib kelishni yo‘lga qo‘ydim.


Ey Xudoyim! Qilgan ishlarimni yodingda tut, mendan marhamatingni darig‘

tutmagin.

IZOHLAR

Fors shohi Artaxshas — Artakserks ismi bilan ham tanilgan bo‘lib, miloddan oldingi 465- 424 yillarda hukmronlik qilgan.

1:1 Quyidagilar…Naximiyoning xotiranomasidir — kitobning aksariyat qismi Naximiyo tomonidan, ya’ni birinchi shaxs tilidan hikoya qilingan (1:1-7:73, 12:27-43, 13:1-31), kitobda uchinchi shaxsdan bayon qilingan ayrim parchalarnigina uchratishimiz mumkin (8:1-12:26, 12:44-47).

1:1 Shoh Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yili — miloddan oldingi 445 yil. Artakserks ismi bilan ham tanilgan bo‘lib, miloddan oldingi 465-424 yillarda Fors shohligida hukmronlik qilgan.

1:1 Xislav oyi — ibroniy kalendarining to‘qqizinchi oyi. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy

taxminan noyabrning o‘rtasidan boshlanadi.

1:1 Shushan — Elam viloyatining poytaxti bo‘lib, Bobildan sharqda joylashgan edi. Shushan qal’asi Fors shohlarining qishki qarorgohi edi.

1:2 ukam — yoki akam.

1:3 Viloyat — Furot daryosining g‘arbidagi viloyat nazarda tutilgan. 2:7 ga va o‘sha

oyatning izohiga qarang.

1:8 quling Musoga bergan va’dang — Qonunlar 30:1-4 ga qarang. Shu bobning 8-9– oyatlaridagi Naximiyoning iltijosi Qonunlar kitobida Xudo bergan va’daning aynan ko‘chirmasi emas, balki o‘zgartirilgan ifodasidir.

1:11 shohning soqiysi — shohga o‘z qo‘li bilan sharob quyadigan, saroyda yuqori martabaga ega bo‘lgan, ishonchga loyiq a’yon. Shuningdek, u shoh uchun sharob tanlashi va uni tatib ko‘rib, zaharli emasligiga ishonch hosil qilishi kerak edi.

2:1 Shoh Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yili — 1:1 ning ikkinchi izohiga qarang.

2:1 Nison oyi — ibroniy kalendarining birinchi oyi (Nison oyi Abib oyi deb ham ataladi).

Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan martning o‘rtasidan boshlanadi.

2:7 Furot daryosining g‘arbidagi viloyat — Fors shohligiga qarashli bo‘lgan katta bir viloyat. Bu viloyat Furot daryosi bilan O‘rta yer dengizi oralig‘ida joylashgan bo‘lib, Yahudo yurtini ham o‘z ichiga olgan edi.

2:10 Bayt–Xo‘ronlik Sanballat — Fors shohligiga qarashli bo‘lgan Samariya viloyatining hokimi. Quddusdan qariyb 20 kilometr shimoli–sharqda joylashgan Bayt–Xo‘ron shahri, Quddusga olib boradigan asosiy yo‘lni dushmanlardan muhofaza qilar edi.

2:13 Ajdar bulog‘i — yoki Chiyabo‘ri bulog‘i.

2:15 Qidron soyligi — Quddus shahridan sharqda joylashgan. Soylik — ikki adir oralig‘idagi pastlik. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SOYLIK so‘ziga qarang.

3 Quddus devori ta’mirlanadi — Naximiyo bu bobda bergan hisobotiga ko‘ra, devorni ta’mirlash ishlari shaharning shimol tomonidan, devor o‘rtasidan boshlanib, soat strelkasiga teskari yo‘nalishda davom etgan.

3:1 Miyo — ibroniychada yuz sonini bildiradi. Ehtimol, bu minora yuzboshining qarorgohi bo‘lgandir. Minoraning nomi u yerdagi zinalarning soniga asoslangan bo‘lishi ham mumkin.

3:5 …qurilish nazoratchilari buyurgan ishlardan… — yoki …hokimi (ya’ni Naximiyo) buyurgan ishlardan… yoxud …o‘zlarining Rabbiysi uchun bo‘lgan ishdan….

3:6 Yashono darvozasi — Yashono shahriga ketadigan yo‘l boshida bo‘lgani uchun shu nom bilan atalgan bo‘lishi mumkin. Yashono shahri Quddusdan 25 kilometr shimolda joylashgan. Ibroniychada yashono so‘zi Eski shahar darvozasi degan ma’noni anglatadi. Ehtimol, darvozaning nomi aynan shu ma’noga asoslangandir.

3:7 Furot daryosining g‘arbidagi viloyat — 2:7 izohiga qarang.

3:13 ming tirsak — taxminan 450 metrga to‘g‘ri keladi.

3:15 Siloam — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Shilax.

3:18 Binnuy — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Bovay. Uning Binnuy degan shakli shu bobning 24–oyatidan olingan (yana 10:9 ga qarang).

3:19 g‘isht tirgovuchi — yoki devor burchagi. Shu bobning 20, 24, 25–oyatlarida ham bor.

3:21 Miromo‘t — shu bobning 4–oyatida ham aytib o‘tilgan. U devorning bir qismini

ta’mirlab bo‘lgach, boshqa qismini ta’mirladi.

3:24 Binnuy — shu bobning 18–oyatida ham aytib o‘tilgan. U devorning bir qismini ta’mirlab bo‘lgach, boshqa qismini ta’mirladi.

3:26 Ofel tepaligi — ko‘hna Quddus shahri aynan shu tepalik ustida joylashgan bo‘lishi mumkin. Shaharning bu qismi yana “Dovud qal’asi” deb atalar edi.

3:27 Taxuvalik erkaklar — shu bobning 5–oyatida ham aytib o‘tilgan. Ular devorning bir qismini ta’mirlab bo‘lgach, boshqa qismini ta’mirladilar.

3:31 Nazorat — ibroniycha matnda Hamifad, ma’nosi nazorat.

4:5 …binokorlar oldida Seni haqorat qildilar — yoki …binokorlarni haqorat qildilar.

4:7 Ashdod — bu shahar Filistiyada, O‘rta yer dengizi yaqinida joylashgan edi. Filistlar Isroil xalqining dushmani bo‘lib, Ommonliklar bilan ittifoq tuzishgan edi.

4:12 …har tomondan…bizni shunday deb ogohlantirishdi: “Xavf ostida qoldingizlar…biz bilan yashanglar” — yoki …bizni shunday deb ogohlantirishdi: “Xavf ostida qoldingizlar. Ular hamma tomondan ustingizga bostirib kelishmoqchi.”

4:16-17 odamlarim — hokim Naximiyoning shaxsiy soqchilari.

5:13 …belbog‘imni yechib qoqdim… — qimmatbaho shaxsiy buyumlar ko‘pincha belboqqa qistirib qo‘yilardi. Belbog‘ni yechib qoqish la’nat belgisi bo‘lib, hamma narsadan mahrum bo‘lishni bildirardi.

5:14 …Artaxshas hukmronligining yigirmanchi yilidan to o‘ttiz ikkinchi yiligacha…

taxminan miloddan oldingi 445-433 yillar. 1:1 ning ikkinchi izohiga qarang.

5:15 qirq kumush tanga — ibroniycha matnda qirq shaqal kumush, taxminan yarim

kiloga to‘g‘ri keladi.

5:16 Odamlarim — 4:16-17 ga va o‘sha oyatlarning izohiga qarang.

5:18 og‘ir soliqlar — Fors shohiga to‘lanadigan o‘lponga ishora (shu bobning 4–oyatiga qarang).

6:2 Ono‘ tekisligi — Sanballatning ona shahri Bayt–Xo‘ron yaqinida, Quddusdan qariyb

30 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan (2:10 ga qarang).

6:2 qishloqlardan biri — ibroniycha matnda kafirim, tarjimasi qishloqlardan biri. Kafirim

qishloqning nomi bo‘lishi ham mumkin.

6:6 Gashim — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Gashmu.

6:10 …shunday dedi… — Shamayo o‘z nutqida yuqori adabiy uslubdan foydalanib, payg‘ambar kabi gapirgan.

6:10 …Muqaddas xonasiga kirib olaylik… — Shamayo Naximiyoni aldab, sha’niga dog‘ tushiradigan ishga undamoqchi edi va shu orqali uning jonini xavf ostiga qo‘ymoqchi edi. Chunki Muqaddas xonaga faqatgina ruhoniylar kirishga haqli edilar, u yerga kirishga jur’at etgan har qanday boshqa odam o‘limga mahkum etilardi.

6:15 Elul oyi — ibroniy kalendarining oltinchi oyi. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan avgustning o‘rtasidan boshlanadi. Naximiyo shoh Artaxshas bilan gaplashganiga olti oy bo‘lgandi (2:1 ga va o‘sha oyatning izohlariga qarang).

6:18 …Shaxaniyo…Mashullom… — To‘viyoning qaynatasi bilan qudasi yahudiy edilar. Ehtimol, ular jamiyatning nufuzli oilalaridan bo‘lgan (3:4, 29, 30 da ular devorni ta’mirlashga yordam berganlari haqida yozilgan).

7:1 Ma’bad darvozabonlari — ularning vazifalari tafsiloti 1 Solnomalar 9:22-29 da berilgan.

7:2 ukam — yoki akam.

7:3 Kun issiq paytida Quddus darvozalarini ochiq qoldirmanglar — yoki Quddus

darvozalarini quyosh tepaga ko‘tarilgandan keyingina ochinglar.

7:5 Yahudoga surgundan birinchi bo‘lib qaytib kelganlar — bu odamlar Yahudo yurtiga miloddan oldingi 539 yilda qaytib kelgan bo‘lishlari mumkin. O‘sha yili Midiya va Fors lashkarlari shoh Kurush boshchiligida Bobil shahrini bosib olgan edilar. Shoh Kurush yana Kir ismi bilan tanilgan.

7:6-7 Bobil shohi Navuxadnazar asir qilib olib ketgan yahudiylar — Navuxadnazar miloddan oldingi 605-562 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan. Miloddan oldingi 586 yilda u Quddusni vayron qilib, aholining asosiy qismini Bobilga surgun qilgan edi

(4 Shohlar 25:1-21 ga qarang).

7:6-7 Ozariyo — Ezra 2:1-2 ning ibroniycha matnida bu ismning boshqa varianti Sarayo. Shu bobning 6-62–oyatlarida keltirilgan ro‘yxatdagi ba’zi ismlar Ezra kitobining 2:1-60 ro‘yxatidagi ismlardan bir oz farq qiladi.

7:57 Sulaymon qarollari — 3 Shohlar 9:20-21 va 2 Solnomalar 8:7-8 ga qarang.

7:65 Yahudo hokimi — bu o‘rinda qaysi Yahudo hokimi haqida gap ketayotgani aniq emas. Bu paytda Zarubabel hokimlik qilgan, deb taxmin qilish mumkin (Ezra 2:1-2, 3:2, 4:2 va Xaggey 2:2, 21 ga qarang).

7:65 Urim va Tummim — ayrim hollarda ruhoniylar Xudoning xohishini bilish uchun

foydalanadigan ikkita muqaddas narsa. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Chiqish

28:15 ning ikkinchi izohiga qarang.

7:66 42.360 — shu bobning 8-62–oyatlarida ro‘yxati berilgan odamlarning jami

42.360 ta emas, balki 29.818 ta. Oyatda qaytib kelgan odamlarning umumiy soni berilgan, ro‘yxatga esa Yahudo yurtiga qaytib kelgan ba’zi odamlargina kiritilgan bo‘lishi mumkin.

7:70 1000 oltin tanga — ibroniycha matnda 1000 oltin darik. Darik oltin tanga bo‘lib, taxminan 8 grammga to‘g‘ri keladi, demak, berilgan oltinning umumiy og‘irligi taxminan 8 kiloga to‘g‘ri keladi.

7:71 20.000 oltin tanga — ibroniycha matnda 20.000 oltin darik. Darik oltin tanga bo‘lib, taxminan 8 grammga to‘g‘ri keladi, demak, berilgan oltinning umumiy og‘irligi taxminan 160 kiloga to‘g‘ri keladi. Shu bobning 72–oyatida ham bor.

7:71 80 pud — ibroniycha matnda 2200 mina, taxminan 1,3 tonnaga to‘g‘ri keladi.

7:72 75 pud — ibroniycha matnda 2000 mina, taxminan 1,2 tonnaga to‘g‘ri keladi.

7:73 Yettinchi oy — 8:2 izohiga qarang.

8:2 yettinchi oy — ibroniy kalendarining Tishri oyi nazarda tutilgan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan sentabrning o‘rtasidan boshlanadi. Naximiyo shoh Artaxshas bilan gaplashganiga yetti oy bo‘lgandi (2:1 ga va o‘sha oyatning izohlariga qarang).

8:8 …tarjima qilib berardilar… — Tavrot kitobi ibroniy tilida yozilgan edi, ammo Bobilga surgun qilingan yahudiylarning aksariyati ona tilini unutib, oramiy tilida so‘zlashardilar. Oramiy tili Bobil yurtining tili edi.

8:9 Naximiyo — 1:1 ning birinchi izohiga qarang. 8:10 Ezra — yoki Naximiyo. Ibroniycha matnda u. 8:14 Bu amrga ko‘ra… — Levilar 23:33-43 ga qarang. 8:14 yettinchi oy — 8:2 izohiga qarang.

8:15 mirta butasi — doim yashil, xushbo‘y o‘simlik.

8:16 …uylarining tomlarida… — u zamonlarda uylarning tomi tekis bo‘lib, odamlar

tomga chiqib dam olishardi.

9:1 Yettinchi oy — ibroniycha matnda O‘sha oy. 8:2 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

9:9 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, ma’nosi Qamish dengizi. Bu oyatdagi mana shu nom ostida hozirgi Suets qo‘ltig‘i (ya’ni Qizil dengizning shimoli–g‘arbidagi qo‘ltiq) yoki Suets qo‘ltig‘i va O‘rta yer dengizi oralig‘ida joylashgan ko‘llardan biri nazarda tutilgan. Chiqish 14:10-31 dagi hodisalarning tafsilotiga ko‘ra, bu dengiz kattaligidan Isroil xalqiga to‘siq bo‘lgan, chuqurligidan Misr lashkari cho‘kib ketgan.

9:20 manna — Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin to Kan’on yurtiga kirguncha, Xudo ularga yetkazib turgan maxsus yegulik. Manna, Shabbat kunidan tashqari, har kuni kechasi yerga yog‘ilardi, odamlar saharda turib, uni yig‘ib olishardi (Chiqish 16:13-35, Yoshua 5:12 ga qarang).

9:22 …Xashbon shohi Sixo‘nning yurtini… — bitta ibroniy qo‘lyozmasidan, qadimiy

yunoncha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda …Sixo‘nning yurtini, Xashbon

shohining yurtini….

10:32 bir misqol kumush — ibroniycha matnda bir shaqalning uchdan bir qismi,

taxminan 4 grammga to‘g‘ri keladi.

10:34 …qur’a tashlab… — qur’a tashlashda yog‘och bo‘laklari yoki toshlar ishlatilgan bo‘lib, shu orqali Xudoning xohish–irodasi aniqlangan. Ba’zan odamlar qur’a tashlab, Xudodan biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligini so‘rashgan.

10:37 ushr — har qanday daromadning o‘ndan bir qismi. Levilar 27:30-33, Qonunlar 14:22-29, 26:12-13 ga qarang.

11:1 …qur’a tashladi… — 10:34 izohiga qarang.

11:3-4 viloyat — Furot daryosining g‘arbidagi viloyat nazarda tutilgan. 2:7 ga va o‘sha

oyatning izohiga qarang.

11:21 Ofel tepaligi — 3:26 izohiga qarang.

11:30 Xinnum soyligi — Quddus shahridan janubda joylashgan.

11:35 Hunarmandlar — ibroniycha matnda Xarashim, ma’nosi hunarmandlar.

12:1 Shaltiyol o‘g‘li Zarubabel — Ezra 3:2 ning ikkinchi izohiga qarang.

12:4 Ginaton — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ginatoy. Uning Ginaton degan shakli shu bobning 16–oyatidan olingan.

12:5 …Minyomin, Mo‘vadiyo… — ibroniycha matnda bu ismlarning boshqa variantlari Miyomin, Madiyo. Ularning Minyomin va Mo‘vadiyo degan shakllari shu bobning 17– oyatidan olingan.

12:11 Yo‘xanon — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yo‘natan. Uning

Yo‘xanon degan shakli shu bobning 22–oyatidan olingan.

12:14 Mallux — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Malixi. Uning Mallux degan shakli shu bobning 2–oyatidan olingan.

12:14 Shaxaniyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shabaniyo. Uning Shaxaniyo degan shakli shu bobning 3–oyatidan olingan.

12:15 Miromo‘t — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Maroyo‘t. Uning

Miromo‘t degan shakli shu bobning 3–oyatidan olingan.

12:20 Sallu — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Salloy. Uning Sallu degan shakli shu bobning 7–oyatidan olingan.

12:22 Fors shohi Doro — miloddan oldingi 522-486 yillarda hukmronlik qilgan. Ammo bu yerda miloddan oldingi 423-404 yillarda hukmronlik qilgan Doro II yoki miloddan oldingi 335-331 yillarda hukmronlik qilgan Doro III nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

12:23 nevarasi — ibroniycha matnda o‘g‘li. Aslida Yo‘xanon Eliashabning nevarasi edi (shu bobning 10-11–oyatlariga qarang). Ibroniychada o‘g‘il so‘zi nasl ma’nosida ham ishlatiladi.

12:24-25 …Yeshuva, Binnuy, Kadmil… — ibroniycha matnda …Kadmil o‘g‘li Yeshuva… (ammo shu bobning 8–oyatiga qarang). Ibroniychada Kadmil o‘g‘li Yeshuva iborasi va Yeshuva, Binnuy, Kadmil iborasi o‘zaro ohangdosh.

12:26 Yohuzadax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yo‘zadax.

12:31 men — ya’ni Naximiyo (1:1 ning birinchi izohiga qarang).

12:31 Qo‘shiqchilarning bir guruhi…Go‘ng darvozasi tomonga… — bu guruh va mazkur bobning 38–oyatida aytib o‘tilgan ikkinchi guruh tantanali yurishini Soylik

darvozasidan boshlagan bo‘lishlari mumkin. Soylik darvozasi shahar devorining janubi– g‘arb tomonida joylashgan. Ikkala guruh shahar devori ustidan ikki tomonga yurib, Ma’bad qarshisida, ya’ni shahar devorining shimoli–sharq tomonida uchrashishgan (shu bobning 39-40–oyatlariga qarang).

12:39 Yashono darvozasi — 3:6 izohiga qarang.

12:44 ushrlar — 10:37 izohiga qarang.

12:47 Naximiyo — 1:1 ning birinchi izohiga qarang.

13:1 U yerda shunday yozilgan ekan… — Qonunlar 23:3-5 ga qarang.

13:2 …Isroil xalqini la’natlash uchun Balomni yolladilar — Sahroda 22:1-24:25 ga qarang.

13:4 To‘viyo — u Ommonlik edi (2:10 ga qarang).

13:5 ushrlar — 10:37 izohiga qarang.

13:6 men — ya’ni Naximiyo (1:1 ning birinchi izohiga qarang).

13:6 Bobil shohi Artaxshas hukmronligining o‘ttiz ikkinchi yili — taxminan miloddan oldingi 433 yil (1:1 ning ikkinchi izohiga qarang). Bobil shohligini forslar bosib olganlari uchun, Fors shohi Artaxshasni Bobil shohi Artaxshas deb ham atashardi.

13:15 uzum ezayotgan yahudiylar — qadimgi paytlarda odamlar uzumni qoyatoshga o‘yilgan chuqurga yoki tuproqdan qazilgan, tubiga va atrofiga zich qilib tosh terilgan chuqurga solib, sharbatini siqib olish uchun oyoqlari bilan ezardilar. Sharbat o‘sha chuqurdan yana boshqa bir chuqurga oqib tushardi.

13:16 Tir — Finikiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shahar. Bu shahar Isroildan shimolda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi.

13:19 …oqshom tushishi bilanoq… — yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, yangi kun

quyosh botgandan keyin boshlanar edi.

13:19 odamlarim — 4:16-17 izohiga qarang.

13:23 Ashdod — 4:7 izohiga qarang.

13:28 Bayt–Xo‘ronlik Sanballat — 2:10 izohiga qarang. Sanballat yahudiylarning, jumladan, Naximiyoning dushmani edi (2:10, 19, 4:1, 7 ga qarang).

13:29 …ular ruhoniylikni bulg‘adilar… — oliy ruhoniyning nabirasi begona xalqdan

bo‘lgan qizga uylangani nazarda tutilgan (Levilar 21:13-15 ga qarang).

13:29 Sen ruhoniylar va levilar bilan tuzgan ahd — Xudo Levi qabilasidan bir oilani, ya’ni Horunning avlodini Isroil xalqining ruhoniylari qilib tanladi (Chiqish 28:1, 29:1- 9 ga qarang). To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi LEVI, LEVILAR so‘ziga qarang.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru