Muqaddas Kitob


IZOHLARNING TUZILISHI

VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBI

Izohlar kitobxonga Muqaddas Kitob matnini yaxshiroq tushunishga yordam berish maqsadida tuzilgan. Izohlarda qadimgi Yaqin Sharq va unga qo‘shni davlatlarning tarixiga, madaniyatiga, geografik joylashuviga, sanalarga va vaqt tizimiga oid ma’lumotlar kiritilgan, Muqaddas Kitobning muayyan matni mazmuniga mos keladigan ayrim oyatlar manzili berilgan. Shuningdek, qadimgi o‘lchov birliklarining zamonaviy ekvivalentlari ham izohlangan. Muqaddas Kitobda ko‘p uchraydigan muhim so‘zlar yoki nomlar haqidagi ma’lumot esa kitobning lug‘at qismida o‘z aksini topgan. Ayrim hollarda bunday so‘zlar yoki nomlar uchun izoh qisqa berilgan bo‘lib, to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atga qarang, deb yozilgan.

Muqaddas Kitobning asl matni qadimgi ibroniy va yunon tillarida yozilgani uchun, ba’zan matndagi oyatlarning ma’nosini tushunish murakkablik tug‘diradi. Ma’nosi noaniq bo‘lgan ana shunday oyat uchraganda va olimlar o‘sha oyatni qanday tarjima qilish kerakligi haqida bir to‘xtamga kela olmagan hollarda ham oyatga izoh berilgan. Tarjimonlar guruhi bunday oyatlarni diqqat bilan o‘rganib chiqib, mazmuni kontekstga mos keladigan tarjimadan foydalanganlar. Ayrim hollarda matndagi ma’lum bir so‘zning yoki iboraning qo‘shimcha ma’nolari yoki boshqa varianti izohda ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zbek tilidagi mazkur tarjima uchun asos bo‘lgan Eski va Yangi Ahdning asl matnlari haqida qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi IBRONIYCHA MATN va YUNONCHA MATN iboralariga qarang. O‘sha o‘rinlarda Eski va Yangi Ahd matnining tarixi haqida muhim ma’lumotlar berilgan bo‘lib, olimlar asl matn ma’nosini tushunishlari uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan qaysi qadimiy qo‘lyozmalardan foydalanganlari haqida yozilgan.

Izoh berilgan so‘zlar yoki iboralar matnda yulduzcha (*) bilan belgilangan. Har bir kitob tarkibidagi izohlanayotgan so‘z va iboralar mazkur qismda o‘sha kitob nomi ostida keltirilgan. Izohlarning aksariyati quyidagi namuna asosida berilgan:

7:20 o‘n besh tirsak — taxminan 7 metrga to‘g‘ri keladi.

7:20 — bu raqamlar izohlanayotgan so‘z yoki iboraning manzilini, ya’ni birinchi

raqam bobini, ikkinchi raqam oyatini bildiradi. Masalan, 7–bob, 20–oyat.

o‘n besh tirsak — tiredan oldingi kursiv shaklida berilgan bu singari so‘z yoki

iboralar Muqaddas Kitob matnidan olingan bo‘lib, izohlanadigan qismni tashkil qiladi.

taxminan 7 metrga to‘g‘ri keladi — izohda tiredan keyin kelgan bu singari jumlalar izoh matnini tashkil qiladi.

Muqaddas Kitob tarkibidagi har bir kitobning kirish qismidagi izohlarga bob va oyat raqami qo‘yilmagan. Bunday izohlar o‘sha kitobga berilgan izohlar ro‘yxatining boshida keladi.

Zabur kitobining ayrim sarlavhalari sanolar boshida kelgani uchun, bosh sarlavhalarga berilgan izohlarda faqat sanoning tartib raqami ko‘rsatilgan. Bunday sarlavhalarning oyat raqami yo‘q (misol uchun, 31–sanoga berilgan izohga qarang).

Muqaddas Kitob tarkibiga kirgan quyidagi beshta qisqa kitob: Obodiyo, Filimo‘n,

2 Yuhanno, 3 Yuhanno va Yahudo kitoblari boblarga bo‘linmagani bois, bu kitoblarga


berilgan izohlarda faqat oyat raqami ko‘rsatilgan.

Yangi Ahd muallifi Eski Ahddan iqtibos keltirganda, yulduzcha (*) iqtibosdan keyin qo‘yilgan. Bunday hollarda iqtibos izoh boshida berilmagan, balki iqtibos Eski Ahdning qaysi oyatlaridan olingani ko‘rsatib o‘tilgan. Misol uchun, Matto kitobiga berilgan quyidagi namunaga e’tibor bering:

2:6 Mixo 5:2 ga qarang.

Yangi Ahdda Eski Ahddan keltirilgan iqtiboslar ibroniy tilidagi Eski Ahdning asl matnidan tarjima qilinmagan, balki Yangi Ahd muallifining yunon tilida yozilgan so‘zlaridan olingan. Yangi Ahd mualliflari Eski Ahddan iqtiboslar keltirganlarida, ba’zan ularni so‘zma–so‘z emas, balki faqat kerakli qismlarini olib, matn ma’nosiga mos ravishda ishlatganlar. Shu bois Yangi Ahddagi ba’zi iqtiboslar Eski Ahd matnidagidan biroz farq qiladi.


Quyida izohlardagi raqamlarga hamda ko‘p takrorlanadigan so‘zlar va iboralarga tushuntirishlar berilgan. Izohlarni to‘g‘ri tushunishingiz uchun quyidagi namunalarni diqqat bilan o‘qib chiqing:

6:1 — ma’lum bir kitobning 6–bobini va 1–oyatini bildiradi. Agar raqamlar boshida kitob nomi berilmagan bo‘lsa, izoh bilan ta’minlanayotgan kitob nazarda tutilgan. Agar raqamlar boshida ma’lum bir kitob nomi berilgan bo‘lsa, shu kitobning bobi va oyati nazarda tutilgan. Misol uchun, Hikmatlar 1:7 deganda “Sulaymonning hikmatlari” kitobining 1–bobi, 7–oyati nazarda tutiladi.

6:1 ga qarang — izoh bilan ta’minlanayotgan kitobning 6–bobi 1–oyatiga qarang

degan ma’no anglashiladi.

6:1, 5, 9, 18:4-7 ga va Chiqish 2:9 ga qarang — izoh bilan ta’minlanayotgan kitobning 6–bobi 1, 5 va 9–oyatlariga, 18–bobning 4–oyatidan 7–oyatigacha va Chiqish kitobining 2–bobi 9–oyatiga qarang, degan ma’no anglashiladi. Eslatma: bob raqamidan keyin doimo ikki nuqta (:) qo‘yiladi yoki “–bob” tarzida yoziladi. Shuning uchun yuqoridagi 6:1, 5, 9 misolida 1, 5 va 9 sonlari oyat raqamini bildiradi.

24:7 izohiga qarang — izoh bilan ta’minlanayotgan kitobning 24–bobi 7–oyatiga

berilgan izohga qarang, degan ma’no anglashiladi.

12:8 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang — izoh bilan ta’minlanayotgan kitobning 12–bobi 8–oyatiga va o‘sha oyatga berilgan izohga qarang, degan ma’no anglashiladi.

16:7-14–oyatlarga va 16:14 izohiga qarang — izoh bilan ta’minlanayotgan kitobning 16–bobi 7–oyatidan 14–oyatigacha va shu kitobning 16–bobi 14–oyatiga berilgan izohga qarang, degan ma’no anglashiladi.

to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi ISROIL so‘ziga qarang — bu

kabi izohlarda Muqaddas Kitobga ilova qilingan lug‘at nazarda tutilgan.

ibroniycha matn — Eski Ahdning asl matni bo‘lib, o‘zbek tiliga qilingan mazkur tarjima ushbu ibroniycha matnga asoslangan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi IBRONIYCHA MATN iborasiga qarang.

oramiycha matn — Eski Ahdning ayrim qismlari oramiy tilida yozilgani bois, oramiycha matn o‘sha qismlarning asl matni hisoblanadi. O‘zbek tiliga qilingan mazkur qismlar tarjimasi ushbu oramiycha matnga asoslangan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi ORAMIYCHA so‘ziga va ORAMIYCHA MATN iborasiga qarang.

ibroniy qo‘lyozmalari, qumron qo‘lyozmalari, qadimiy yunoncha tarjima, qadimiy suryoniycha tarjima, qadimiy lotincha tarjima — Eski Ahdning qadimda ko‘chirilgan nusxalari va tarjimalari. Ibroniycha asl matnning ma’nosi noaniq bo‘lgan o‘rinlarda olimlar matn ma’nosini to‘liq tushunishlari uchun ushbu qo‘lyozmalar va tarjimalardan foydalanadilar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi IBRONIYCHA MATN iborasi ostida berilgan IBRONIY QO‘LYOZMALARI, QUMRON QO‘LYOZMALARI va QADIMIY TARJIMALAR iboralariga qarang.

yunoncha matn — Yangi Ahdning asl matni bo‘lib, o‘zbek tiliga qilingan mazkur tarjima ushbu yunoncha matnga asoslangan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi YUNONCHA MATN iborasiga qarang.

yunoncha qo‘lyozmalar — Yangi Ahdning qadimda ko‘chirilgan nusxalari.

To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi YUNONCHA MATN ostida berilgan YUNON QO‘LYOZMALARI iborasiga qarang.

…ming–ming avlodlariga… yoki minginchi avlodiga yoxud minglariga — bunday hollarda “yoki” va “yoxud” so‘zlari asl matn ma’nosini ikki yoki undan ham ko‘proq ma’nolarda tushunish mumkinligini bildiradi. Kitobxon mazkur tarjimani boshqa tarjimalar bilan solishtirganda, ba’zi bir oyatlarning ma’nosi boshqacha ekanligini payqashi mumkin. Tarjimadagi farqlar, odatda, quyidagi sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan:

  1. Asl matndagi so‘z yoki ibora bir necha ma’noga ega, bu holda tarjimada so‘zning yoki iboraning ma’nosi matn kontekstiga ko‘ra tanlanadi.

  2. Asl matnda ba’zi arxaik so‘zlar yoki iboralar kam uchragani bois, olimlar ularning ma’nosini aniq bila olmaydilar.

3) Asl matnda ayrim oyatlarning ma’nosi noaniq, ehtimol, kotiblar matnni ko‘chirganlarida xatoga yo‘l qo‘yganlari bunga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holda olimlar matnni boshqa qo‘lyozmalar bilan solishtirib, uning ma’nosini aniqlashga harakat qiladilar. Shunga qaramay, ayrim hollarda erishilgan natija yana bahsli bo‘lib qolaveradi. Ba’zan bunday ma’lumot izohlarda berilgan bo‘lib, kitobxon muammoni tushunishiga yordam beradi. Ko‘p hollarda esa buning imkoni yo‘q, chunki muammo nihoyatda uzun va batafsil izohni talab qiladi. Kitobxonlarimiz Muqaddas Kitobni chuqur o‘rganmoqchi bo‘lsalar, bunday savollarga qoniqarli javob topishlari uchun Muqaddas Kitob bo‘yicha tuzilgan sharhlarga, ya’ni kommentariylarga murojaat qilishlari mumkin.

“…Bayt–Xagon shahriga qarab qochdi… yoki bog‘dagi uyning yo‘lidan qochdi.” — bu holda “yoki” ayiruvchi bog‘lovchisining vazifasi shundan iboratki, asl matndagi biror so‘z yoki ibora atoqli otni yoki sifatdosh oborotini bildiradi. Matnga yuqoridagiday izoh berilgan bo‘lsa, demak, olimlar bu masalada bitta yechimga kelmaganlar, ya’ni asl matnda atoqli ot ishlatilganmi yoki sifatdosh oboroti nazarda tutilganmi — aniq emas.

…bo‘lishi mumkin, …bo‘lsa kerak, bahsli, chamasi, ehtimol — izohlarda bu kabi so‘zlar bor bo‘lsa, demak, olimlar asl matndagi biror masalada bir to‘xtamga kela olmaganlar. Umid qilamizki, bunday o‘rinlarda kitobxonlar Muqaddas Kitobni diqqat bilan o‘qiydilar va boshqalarning bu boradagi qarashlariga hurmat bilan yondashadilar.

ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoram — bu kabi izohlar asl matndagi ism boshqacha yozilganini bildiradi. Qadimda odamlarning ismlarini va joylar nomlarini turlicha talaffuz qilishgani bois, ular bir xil yozilmagan. Ba’zan ismlarni va nomlarni qisqartirib aytishgan. Tushunmovchilikning oldini olish uchun, mazkur

tarjimada har bir odamning ismi yoki joyning nomi matnning boshqa o‘rinlaridagi ism

yoki nom bilan bir xil qilib berilgan.

ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi — bu kabi izohlar biron odamning yoki joyning asl matnda boshqa nomi ham borligini bildiradi. Ba’zan odamlarning va joylarning ikkita nomi bo‘lgan. Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun, odatda, mazkur tarjimada o‘sha nomlarning bittasi ishlatilgan.

bu o‘rinda Pavlus Ibtido 3:17-19 ni nazarda tutgan — bu kabi izohlar Yangi Ahd matni uchun berilgan bo‘lib, muallif Eski Ahdning qaysi oyatlari yoki parchasiga ishora qilayotganini ko‘rsatadi. Bunday o‘rinlarda muallif iqtibos keltirmagan, u faqat Eski Ahd oyatlaridagi ayrim kalit so‘zlar va iboralardan foydalangan yoki fikrini ta’kidlash uchun Eski Ahddagi oyatlarning umumiy mazmunini aytib o‘tgan, xolos.

Muallif bu o‘rinda Ishayo 40:3 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan — bu kabi izohlar Yangi Ahd matni uchun berilgan bo‘lib, muallif yoki so‘zlovchi iqtibosni Eski Ahdning qadimgi yunon tiliga qilingan tarjimasidan keltirganini bildiradi. Bunday izohlar Eski Ahdning yunon tilidagi tarjimasi ibroniy tilidagi asl matndan biroz farq qilishini ko‘rsatadi. Ilk jamoatdagi masihiylar, asosan, yunon tiliga tarjima qilingan Eski Ahd matnidan foydalanganlar, chunki o‘sha davrda ko‘pchilik ibroniy tilini bilmagan va asl matnni o‘qiy olmagan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi YUNON TILI VA MADANIYATI iborasiga va IBRONIYCHA MATN iborasi ostida berilgan QADIMIY TARJIMALAR iborasiga qarang.


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru