Bu lug‘atda Muqaddas Kitobda ko‘p uchraydigan muhim yoki notanish so‘zlar va iboralar berilgan.
Ko‘pincha lug‘atda biron so‘z yoki iboraning ma’nosi bilan bir qatorda, o‘sha davrga xos tarixiy va madaniy jarayonga oid ma’lumotlar ham berilgan. Bu so‘zlar va iboralarga berilgan sharhlardan keyin keladigan izohlarda Muqaddas Kitobdagi oyatlarning manzili ko‘rsatilgan. Bu oyatlar kitobxonga Muqaddas Kitobda bayon etilgan ta’limotlarni chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. Kitobxon ayrim buyumlarning tuzilishi va shaklini ko‘z oldiga keltirib, tasavvur qila olishi uchun, lug‘atda o‘sha buyumlarning rasmlari keltirilgan.
Ayrim hollarda umumiy bir so‘z ostida bir nechta so‘zlar va ularning sharhlari berilgan. Masalan, BAYRAMLAR, XUDONING NOMLARI, QURBONLIK. Bu umumiy so‘zlar ostidagi so‘zlar lug‘atdagi ro‘yxatda ham topiladi. Ammo bu so‘zning sharhini topish uchun kitobxon umumiy so‘z ostida berilgan so‘zning sharhiga qarashi kerak. Masalan, lug‘atdagi AYB QURBONLIGI iborasi uchun “QURBONLIK so‘ziga qarang” deb yozilgan.
Lug‘atda yana sinonim so‘zlar ham uchraydi. Bunday holda bir so‘zning ma’nosi ikkinchi so‘zning sharhida berilib, lug‘atda kitobxonga o‘sha ikkinchi sinonim so‘zning shahriga qarashga ko‘rsatma berilgan. Masalan, lug‘atdagi MALAK so‘zi uchun “FARISHTA so‘ziga qarang”, lug‘atdagi SANDIQ so‘zi uchun “AHD SANDIG‘I iborasiga qarang” deb yozilgan.
Muqaddas Kitobda abadiy hayot nafaqat vaqtning davomiyligini, balki hayotning mazmunini, ya’ni Xudo bilan uyg‘unlikda yashashni, Uning marhamati va barakalaridan bahramand bo‘lishni bildiradi. Eski Ahdning ba’zi parchalarida solihlar Xudo bilan abadiy yashashlari haqida yozilgan, ayrim hollardagina o‘liklarning tirilishi haqida aytib o‘tilgan1. Yangi Ahdda abadiy hayot nima ekanligi kengroq ochib berilgan. Insonning tanasi o‘lsa ham, ruhi o‘lmaydi2. Iso Masihga va Uni yuborgan Xudoga ishongan inson abadiy hayotga ega bo‘ladi3.
Bunday inson uchun abadiy hayot shu dunyoda yashayotganidaYoq boshlanadi4. U o‘lsa ham oxiratda tiriladi va undan keyin hech qachon o‘lmaydi5. Qiyomat kuni Xudo solihlarga abadiy hayotni mukofot qilib beradi6, ular jannatda yashab, bu dunyodagi barcha yovuzligu qabihliklardan ozod bo‘ladilar7. Fosiqlarga esa abadiy jazo beriladi, ular to abad Xudodan ajraladilar8.
Ishayo 26:19, Doniyor 12:2, Luqo 20:37-38 2 Luqo
16:22-23, 23:42-43, 2 Korinfliklar 4:16-18, 5:1-2,
6-8, Filippiliklar 1:21-23 3 Yuhanno 3:15-16, 36,
5:24, 6:40, 10:27-28, 1 Yuhanno 5:13 4 Efesliklar
2:4-6 5 1 Korinfliklar 15:42-44, 50-54 6 Matto 5:12,
25:34, 46, 1 Butrus 1:4, Filippiliklar 3:13-14,
Ibroniylar 12:22-24 7 Vahiy 21:1-4, 22:1-5 8 Matto
25:41, 46, Yuhanno 5:28-29, Vahiy 20:11-15
Ikki kishi yoki ikki guruh orasida tuzilgan
bitim yoki kelishuv. Qadimgi paytlarda odatda ahd tuzilganda, uni tasdiqlash uchun ikkala tomon ont ichardi, so‘ngra qurbonlik qilinardi. Muqaddas Kitobda bayon qilinishicha, Xudo bir necha marta ahd tuzgan. Har bir ahdda berilgan va’dalarni va qo‘yilgan shartlarni Xudoning O‘zi belgilagan. Jumladan, Xudo Ibrohim bilan ahd tuzib, Ibrohimga va uning avlodiga abadiy baraka berishni va’da qilgan1. Mana shu ahd belgisi sifatida Ibrohim va uning avlodi sunnat qilinishi kerak bo‘lgan2. Xudo keyinchalik Muso payg‘ambar orqali Ibrohimning avlodi, ya’ni Isroil xalqi bilan ahd tuzadi3. O‘sha ahdda Xudoning amrlari va qonunlari batafsil berilgan. Bu amrlarga va qonunlarga rioya qilgan insonlarga Xudo: “Men sizlarni O‘zimning xalqim qilaman, sizlarning Xudoyingiz bo‘laman”, deb maxsus va’da bergan. Ammo bu amrlarni va qonunlarni buzgan odamlarni Xudo jazolagan. Xudoning O‘z xalqi Isroil bilan bo‘lgan munosabati mana shu ahdga asoslangani bois, Eski Ahdda bayon qilingan aksariyat voqealar va Isroil xalqining tarixi shu munosabatlar haqida hikoya qiladi.
Isroil xalqi Xudoga qayta–qayta bevafolik qilgani uchun, Uning amrlariga bo‘ysunmagani uchun o‘z vatanidan surgun qilingan4. Biroq Xudo: “Shunday kunlar keladiki, Men Isroil xalqi bilan yangi ahd tuzaman”, deb O‘z payg‘ambarlari orqali va’da bergan5.
Xudo yangi ahdni butun insoniyat bilan Iso Masih orqali tuzdi. Iso Masih butun odamzodning gunohini O‘z bo‘yniga olib, xochdagi o‘limi orqali yangi ahdni kuchga kiritdi6. Iso O‘zini qurbon
qilgani va dunyoni Xudo bilan yarashtirgani Yangi Ahdning asosiy mavzusidir. Endi har bir inson, millatidan qat’iy nazar, Iso Masihga ishonsa va gunohlaridan tavba qilsa, uning gunohlari kechiriladi, bu inson Xudoning xalqiga tegishli bo‘ladi.
19:1-20:21, 24:1-18 4 4 Shohlar 17:5-23,
2 Solnomalar 36:13-21, Doniyor 9:3-14 5 Yeremiyo
31:31-34, 32:39-40, Hizqiyol 11:19-20, 36:26-27
Usti va ichi oltin bilan qoplangan yog‘och sandiq1. Ahd sandig‘ida ikkita tosh lavha saqlanardi. Xudo bu tosh lavhalarni Sinay tog‘ida Musoga Isroil xalqi uchun bergan edi. Tosh lavhalarga o‘nta amr yozilgan bo‘lib, bu amrlar Xudo bilan Uning xalqi o‘rtasida tuzilgan ahd edi. Shu sababdan bu sandiq ko‘pincha Ahd sandig‘i deb aytilgan. Ahd sandig‘ining qopqog‘i ustida karub degan mavjudotning ikkita haykali bor edi. Karublar bir–biriga yuzma–yuz turgan bo‘lib, ularning qanotlari qopqoqning ustini berkitib turardi. Ahd sandig‘i — Xudo O‘z xalqi orasida ekanligining ramzi edi. Isroil xalqi sahroda kezib yurganda Ahd sandig‘i Muqaddas chodirning Eng muqaddas xonasida saqlanar edi. Keyinchalik Ahd sandig‘i Quddusdagi Ma’badning Eng muqaddas xonasiga qo‘yilgan.
Ahd sandig‘ining qopqog‘i toza oltindan yasalgan edi. Qopqoq ustida karub degan mavjudotning ikkita haykali bor edi. Karublar bir–biriga yuzma–yuz turgan bo‘lib, ularning qanotlari qopqoqning ustini berkitib turardi1. Oliy ruhoniy bir yilda bir marta — Poklanish kunida maxsus qurbonliklar keltirib, qopqoq ustidagi ikki karub orasiga qurbonlik qonidan sachratar edi. Bundan maqsad Eng muqaddas
xonani Isroil xalqining nopokliklaridan, itoatsizliklaridan va gunohlaridan poklash edi2.
Eski Ahdda “ahmoq” va “nodon” so‘zlari axloqsiz odamlarga ishora qiladi. Bunday odamlar Xudoni sevmaydilar va Unga ishonmaydilar1. Ularda solih yashashga undaydigan donolik yo‘q, shuning uchun ular halokatu o‘limga yetaklaydigan qarorlar chiqaradi2.
33, 19:3, Voiz 7:17
Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin o‘sha yerda yashagan xalqlarning orasidagi eng katta va kuchli xalqlardan biri. O‘sha paytda Kan’on yurtida yashagan xalqlarning hammasiga nisbatan ham “Amor xalqi” degan ibora qo‘llanilgan. Shuning uchun ushbu tarjimaning ba’zi joylarida “Amor xalqlari” deb ham yuritilgan1. Yana KAN’ON XALQI, KAN’ON XALQLARI, KAN’ONDAGI XALQLAR iboralariga
qarang.
21:2 ga qarang.
BRONZADAN YASALGAN ARAVALAR yoki
JANG ARAVASI iboralariga qarang.
Torli musiqa asbobi.
SURGUN so‘ziga qarang.
QURBONLIK so‘ziga qarang.
Ashera Kan’ondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik xudosi bo‘lib, ayol qiyofasida tasavvur
qilingan. Asheraning tasvirlari baland ustun shaklida bo‘lib, yog‘ochdan yasalgan edi. Uning erkak jufti Baal edi.
Ashtaret Kan’ondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik va urush xudosi bo‘lib, ayol qiyofasida tasavvur qilingan.
Baal Kan’ondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik xudosi bo‘lib, erkak qiyofasida tasavvur qilingan. Uning ayol jufti Ashera bo‘lgan. Kan’onliklar, Baal eng kuchli xudo, deb ishonganlar. Baal so‘zi xo‘jayin degan ma’noni bildirib, ba’zan erkaklar ismiga qo‘shib ishlatilgan. Ayrim hollarda shahar yoki joy nomlariga ham qo‘shilgan. Ehtimol, Baal so‘zi qo‘shib nomlangan o‘sha yerlarda Baalning tasviri bo‘lgan yoki Baalga alohida usul bilan sajda qilingan.
Kemalar to‘xtaydigan, kemalarga yuk ortiladigan va ulardan yuk tushiriladigan joy, ya’ni port. Port shaharlardagi savdogarlar kemalarga ham, karvonlarga ham tijorat mollarini yetkazib berardilar. Muqaddas Kitobda Finikiyaning bir nechta port shaharlari, jumladan, Tir va Sidon haqida aytib o‘tilgan. O‘rta Osiyodan o‘tgan Buyuk ipak yo‘lining ba’zi tarmoqlari g‘arbda o‘sha Finikiya shaharlarigacha borardi.
Kemasozlik va baliqchilik port shaharlarning iqtisodida muhim o‘rin tutgan. Dengiz bo‘yida joylashgan bu port shaharlar aholisi farovon yashagan.
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
Muqaddas Kitobda Isroil xalqi nishonlagan bir
nechta muhim bayramlar aytib o‘tilgan. Quyida bu bayramlarning har biri haqida ma’lumot beriladi:
FISIH ZIYOFATI
Bu ziyofat ibroniy kalendarining birinchi oyi
— Abib oyining o‘n to‘rtinchi kuni kechqurun nishonlangan (Abib oyi Nison oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy martning o‘rtasidan boshlanadi. Xudo Isroil xalqini Misrdagi qullikdan qanday qilib ozod qilganini ular Fisih ziyofatida xotirlaganlar. Har bir xonadon bir qo‘zi yoki uloqchani qurbonlik qilib, Fisih ziyofati munosabati bilan taom tayyorlagan.
Xonadon a’zolari qurbonlik taomini birga tanovul qilishgan. Bu taomga qo‘shib taxir o‘tlar va xamirturushsiz non ham yeyilgan. Fisih ziyofatining ibroniycha nomi — Pesax.
Ziyofatning “Fisih” degan o‘zbekcha nomi
Pesaxdan olingan. Chiqish 12:1-13, 21-51, Levilar
23:5, Sahroda 9:1-14, Qonunlar 16:1-7 ga qarang.
XAMIRTURUSHSIZ NON BAYRAMI
Bu bayram ibroniy kalendarining birinchi oyi
— Abib oyining 15-21 kunlarida, yetti kun davomida nishonlangan (Abib oyi Nison oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy martning o‘rtasidan boshlanadi. Isroil xalqi o‘sha yetti kun davomida Xudo ularni Misrdan shoshilinch olib chiqqanini xotirlaganlar.
Odamlar uylaridagi bor xamirturushni olib chiqib tashlaganlar. Yetti kun davomida xamirturushli non yeyilmagan. Odamlar bayramning birinchi va yettinchi kunlarida muqaddas yig‘in o‘tkazganlar, Tavrotda buyurilgan qurbonliklarni keltirganlar. Xamirturushsiz non bayramining ibroniycha nomi — Matsot. Bu bayram Fisih ziyofatidan bir kun keyin boshlangan. Shuning uchun Yangi Ahddagi ba’zi parchalarda Fisih ziyofati va Xamirturushsiz non bayrami “Fisih bayrami” deb nomlangan1. Chiqish 12:14-20, 13:3-10, 23:15,
34:18, Levilar 23:6-8, Sahroda 28:17-25,
Qonunlar 16:3-4, 8 ga qarang.
HOSIL BAYRAMI
Bu bayram ibroniy kalendarining uchinchi oyi
— Shavon oyining oltinchi kunida nishonlangan. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy mayning o‘rtasidan boshlanadi. Bu bayram bug‘doy o‘rimi boshlanganda nishonlanardi. Bu kun Fisih ziyofatidan keyin sakkizinchi haftaning birinchi kuniga — Fisih ziyofatidan keyingi elliginchi kunga to‘g‘ri keladi. Isroil xalqi bu kunda Xudo hosilni barakali qilganini nishonlagan. Ular har xil nazr va qurbonliklar keltirganlar, jumladan, yangi bug‘doy hosilining donini nazr qilganlar. Bu bayramning ibroniycha nomi “Shavuot”, ya’ni “haftalar” deganidir. Shuning uchun bu bayram “Haftalar bayrami” deb ham atalgan. Yangi Ahdda bu bayramning yunoncha nomi “Pentekost”, ya’ni elliginchi, deb atalgan. Chiqish 23:16, 34:22,
Levilar 23:15-21, Sahroda 28:26-31, Qonunlar
16:9-12 ga qarang.
KARNAY BAYRAMI
Bu bayram ibroniy kalendarining yettinchi oyi
Tishri oyining birinchi kunida nishonlangan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy sentabrning o‘rtasidan boshlanadi. Karnay bayrami kuni Isroil xalqi dam olib, muqaddas yig‘in o‘tkazgan. Bu yig‘inda burg‘ular chalingan, Tavrotda buyurilgan qurbonliklar keltirilgan. Levilar 23:23-25, Sahroda 29:1-6 ga qarang.
POKLANISH KUNI
Bu bayram ibroniy kalendarining yettinchi oyi
Tishri oyining o‘ninchi kunida nishonlangan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy sentabrning o‘rtasidan boshlanadi. Poklanish kuni Isroil xalqi dam olib, ro‘za tutgan. Ruhoniylar o‘zlarini, xalqni, Muqaddas chodirni, keyinchalik Ma’badni va qurbongohni poklash uchun Tavrotda buyurilgan qurbonliklarni keltirganlar. Oliy ruhoniy esa Eng muqaddas xonaga kirib, tutatqi tutatardi, Ahd sandig‘ining qopqog‘iga va Sandiqning oldiga qurbonlik qonini sachratardi. “Poklanish kuni” bayramining ibroniycha nomi — Yom Kippur.
Levilar 16–bob, 23:26-32, Sahroda 29:7-11 va RUHONIY so‘zi ostida berilgan OLIY RUHONIY iborasiga qarang.
CHAYLA BAYRAMI
Bu bayram ibroniy kalendarining yettinchi oyi
— Tishri oyining 15-21 kunlarida nishonlangan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy sentabrning o‘rtasidan boshlanadi. Bu paytda, kuz yomg‘iri boshlanmasdan oldin, hosil yig‘ib olingan bo‘lardi. Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin sahro kezib, chaylalarda yashaganini yetti kun davomida xotirlagan. Shuningdek, ular Kan’on yurtidagi hosilni Xudo barakali qilganini ham nishonlashganlar, Tavrotda buyurilgan qurbonliklarni keltirganlar. Ular yetti kun davomida dalalardagi chaylaga o‘xshash chaylalarda yashaganlar. Chayla bayramining ibroniycha nomi — Sukkot. Bu bayram “Yig‘im– terim bayrami” deb ham atalgan. Chiqish 23:16, 34:22, Levilar 23:33-36, 39-43, Sahroda 29:12-
39, Qonunlar 16:13-15, Zakariyo 14:16-19 ga qarang.
PURIM BAYRAMI
Bu bayram ibroniy kalendarining o‘n ikkinchi oyi — Adar oyining 14-15 kunlarida nishonlangan. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy fevralning o‘rtasidan boshlanadi. Purim bayramini Fors shohi Axashverash hukmronligi
davrida malika Ester va uning amakisi Mardoxay joriy qilganlar. Ikki kun nishonlanadigan bu bayram davomida yahudiylar qanday qilib Xudo Isroil xalqini qirilib ketishdan saqlaganini xotirlaganlar. Bu bayramda odamlar xursandchilik qilganlar, ziyofatlar uyushtirganlar va bir–birlariga sovg‘alar berganlar. Bu bayramning nomi akkad–bobil tilidagi pur, ya’ni “qur’a” so‘zidan olingan. Ester 9:20-32 ga qarang.
YANGI OY SHODIYONASI
Har oyning boshida nishonlanadigan bayram.
Bu bayram Isroil xalqi amal qilgan qamariya hisobi bo‘yicha belgilangan. Ruhoniylar har oyning birinchi kunida mana shu bayram uchun Tavrotda buyurilgan qurbonliklarni keltirardilar1. Shuningdek, bu bayramda odamlar maxsus taomni tanovul qilardilar. Udumga muvofiq bu taomni faqatgina poklangan odamlar tanovul qilishlari mumkin edi2. Oyning birinchi kuni tabarruk hisoblanib, odamlar dam olishardi3.
8:5
Yassi tepaliklardan va o‘rmon bilan qoplangan qirlardan iborat o‘lka. Bu o‘lka Jalila dengizi va Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan. Bashan Gilad o‘lkasining shimol tomonida bo‘lib, semiz mol–qo‘ylariyu a’lo sifatli donlari bilan mashhur edi.
Muqaddas Kitobda odatda bu so‘z o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lgan odamlar orasida qo‘llanilgan, ayrim hollardagina tug‘ishgan aka– ukalarga nisbatan ishlatilgan. Eski Ahdda ham, Yangi Ahdda ham bu so‘z bir qabilaga yoki bir xalqqa mansub bo‘lgan odamlar o‘rtasida ko‘p ishlatilgan1. Yangi Ahdda, ayniqsa maktublarda bu so‘z Iso Masihga ishongan barcha millatdagi odamlarga nisbatan ishlatilgan2. Iso Masihning O‘zi ham shogirdlarini, birodarlarim, deb atagan3.
Bu so‘z yana qo‘shnilarga, do‘stlarga, qardosh xalq vakillariga, hatto begona odamlarga nisbatan ham qo‘llanilgan4. Shuningdek, erkak va ayollardan iborat bo‘lgan guruhlarga ham “birodarlar”, deb murojaat qilinardi. Muqaddas Kitobda aytib o‘tilgan xalqlarning madaniyatida erkaklar asosiy o‘rin egallagan. Madaniyatning bu jihati Muqaddas Kitob yozilgan qadimiy ibroniy va yunon tillari grammatikasida ham aniq
ko‘rinib turadi. Mazkur tarjimada ibroniycha va yunoncha matndagi ma’noni saqlab qolish uchun “birodar, birodarlar” so‘zi ishlatilgan.
20:7, Naximiyo 5:1-10, Zabur 21:23, Hizqiyol
11:25, Havoriylar 2:29, 22:1 2 Matto 25:40, 45,
Havoriylar 1:15-17, 15:23, Yoqub 1:2, Filippiliklar
3:1, Filimo‘n 1:1, 7, 16, Ibroniylar 2:11, Vahiy 12:10
Qonunlar 2:8, 1 Shohlar 30:23, Matto 7:3-5
Qadimgi qudratli shohlik. Uning poytaxti Bobil hozirgi janubiy Iroqda joylashgan edi. Miloddan oldingi 586 yilda Bobil lashkari Yahudoni, ya’ni janubiy shohlikni bosib olgan1 va juda ko‘p odamlarni Bobilga asir qilib olib ketgan edi2. Keyinchalik Bobil yurti Fors imperiyasi hukmronligi ostida bo‘lganda, ayrim yahudiylar Yahudo yurtiga qaytib kelganlar. Qolgan yahudiylar esa Bobilda yashab qolaverganlar.
Bobil shahri ko‘p yillar davomida yahudiylarning diniy ta’lim markazi bo‘lgan edi.
Yangi Ahd davrida bosh ruhoniylar guruhi oliy ruhoniydan, sobiq oliy ruhoniylardan va Horun avlodidan kelib chiqqan nufuzli oilalar a’zolaridan tashkil topgan edi. Bosh ruhoniylar, oliy ruhoniy singari, bu nufuzli oilalar orasidan tanlanardi. Bosh ruhoniylar jamiyatning boshqa e’tiborli odamlari qatorida Oliy kengash1 a’zolari edilar. Oliy kengash yahudiylarning siyosiy va diniy uyushmasi edi.
QURBONGOH so‘ziga qarang.
Shoh Sulaymon qurdirgan Ma’bad hovlisidagi o‘nta katta arava. Har bir aravaning ustida katta tog‘ora bo‘lib, bu tog‘oralarda suv saqlanardi1.
Qurbonlik qilinadigan hayvonlarning ichak– chovoqlari, kalla–pochasi va boshqa qismlari kuydirilishdan oldin mana shu tog‘oralardagi suv bilan yuvilardi2. Zarurat bo‘lganda aravalar Ma’bad hovlisida u yerdan–bu yerga ko‘chirilardi.
Bu hovuz katta qozon shaklida bo‘lib, bronzadan qilingan o‘n ikkita ho‘kiz ustiga o‘rnashtirilgan edi. Hovuz shoh Sulaymon qurdirgan Ma’bad hovlisidagi bronzadan
yasalgan qurbongoh yonida turar edi. Bu hovuzga taxminan 44.000 litr suv sig‘ardi1. Hovuzdagi suvni ruhoniylar yuvinish uchun ishlatardilar2.
Qo‘chqor shoxidan yasalgan cholg‘u asbobi.
Qadimda bu asbob dushman bostirib kelayotganidan xabar berish uchun, jangga da’vat qilish uchun1, shuningdek, Xudoni ulug‘lash uchun chalingan2.
97:6, 150:3
Tik qilib o‘rnatilgan uzunchoq tosh. Kan’on
xalqlari bu toshlarni o‘z xudolari, jumladan, xudo Baal deb bilib, ularga topinar edilar1. Bunday toshlar tepaliklar ustiga, yashil daraxtlar ostiga2 va sajdagohlarning ichkarisiga o‘rnatilardi3. Xudo Isroil xalqiga, butsimon toshlarni o‘rnatmang, ularga sajda qilmang, deb amr bergan4.
Shuningdek, butsimon toshlarni sindirib tashlashni buyurgan5.
Qadimda Isroil xalqi va boshqa ba’zi xalqlarning udumi bo‘yicha, marhum qat’iy qoidalarga rioya qilingan holda dafn etilardi. Marhumning dafn etilmasligi u uchun nihoyatda og‘ir isnod hisoblanib, o‘ta sharmandalik edi1.
Odatda jasad dafn etilishidan oldin yuvilib, unga xushbo‘y hidli moylar surtilardi2. Shundan keyin marhumni xushbo‘y hidli ziravorlar bilan birga zig‘ir matoga kafanlab, dafnga tayyorlashardi3. Azadorlar va yollangan yig‘ichilar quyosh botmasdan oldin marhumni qabristonga olib borib, uni oilasiga qarashli qabrga qo‘yishardi4. Qabr odatda qoyaga o‘yib yasalardi5. Qabr og‘zi diametri taxminan bir metr bo‘lgan dumaloq tosh bilan yopib qo‘yilardi. Bu tosh juda og‘ir bo‘lgani uchun, bir nechta odam o‘sha toshni yumalatib, qabr og‘zini yopishardi6. Dafn marosimidan keyin bir yil o‘tgach, qabr og‘zini ochishardi va
marhumning suyaklarini toshdan yasalgan qutiga solishardi. So‘ngra bu qutini qabrning ichida o‘yilgan tokchaga qo‘yishardi. Xochda o‘lgan jinoyatchilarning jasadi odatda ommaviy qabrga tashlanardi va ular uchun oshkora aza tutish man etilgan edi.
Ishayo 14:18-20 2 Mark 14:3, 8, 16:1, Havoriylar
9:37 3 Matto 27:59, Yuhanno 11:44 4 Ibtido 47:30,
Amos 5:16, Luqo 7:12 5 Matto 27:60 6 Mark 16:3-4,
Yuhanno 11:38
NAZR so‘ziga qarang.
Bu qal’a Quddusning qadimgi qismi bo‘lib, Sion tepaligida joylashgan edi. Yobus xalqi shu joyning tub aholisi edi. Dovud qal’ani ulardan tortib olib, u yerda yashay boshladi. Shu bois bu qal’a “Dovud qal’asi” deb nom oldi1.
Bu xalq Yoqubning akasi Esovdan1 kelib chiqqan2. Edom xalqi O‘lik dengizning janubi va janubi–sharqidagi taqir Seir3 tog‘larida yashagan. Bu xalq Isroil xalqining dushmani bo‘lib kelgan4. Dovud hukmronligi davrida Isroil xalqi Edomliklarni bosib oldi5. Ammo Dovud hukmronligidan keyin Edom xalqi ahyon– ahyonda Isroilga qarshi isyon ko‘tarib turgan va nihoyat, o‘z mustaqilligiga erishgan edi6.
izohiga qarang. 2 Ibtido 36:8-9 3 Ibtido 25:25 ga va o‘sha oyatning ikkinchi izohiga qarang. 4 Sahroda 20:14-21 5 2 Shohlar 8:13-14 6 3 Shohlar 11:14-22,
4 Shohlar 8:20-22
Ibroniycha so‘z bo‘lib, oliy ruhoniy kiyadigan maxsus kiyimga nisbatan ishlatilgan1. Efodga taqilgan ko‘krakpech xaltasida Urim va Tummim degan muqaddas narsalar saqlangan. Ayrim hollarda ruhoniylar Xudoning xohishini bilish uchun Urim va Tummimdan foydalanishgan2.
Eski Ahdning ba’zi oyatlarida efod so‘zi ruhoniylar kiyadigan libosga nisbatan ishlatilgan bo‘lib, bu libos zig‘ir matodan tikilardi3. Hakamlar kitobida bu so‘z butni yoki odamlar fol ochishda foydalangan buyumni bildirgan4.
berilgan OLIY RUHONIY iborasiga qarang.
22:18, 2 Shohlar 6:14 ga va o‘sha oyatlarning izohlariga qarang. 4 Hakamlar 8:27 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.
Yoqub o‘g‘li Yusuf Misrda ikki o‘g‘il ko‘rgan bo‘lib, kattasi Manashe, kenjasi Efrayim edi.
Efrayim va Manashe qabilalari Yusufning shu ikki o‘g‘lidan kelib chiqqan. Efrayim kenja o‘g‘il bo‘lsa ham, Yoqub uni Manashedan yuqori qo‘yib, duo qilgan1.
Shoh Sulaymon vafotidan keyin shimoldagi o‘nta qabila janubdagi Yahudo va Benyamin qabilalaridan ajralib chiqdi2. Bu o‘nta qabila alohida davlatni tashkil qilib, Isroil shohligi3 deb nom oldi. Bu davlatning poytaxti Samariya bo‘ldi. Shimoldagi qabilalar orasida Efrayim eng katta va nufuzli qabila bo‘lgani bois, Eski Ahdning ba’zi o‘rinlarida Efrayim degan nom o‘nta qabilaga va ular tashkil qilgan Isroil shohligiga nisbatan ishlatilgan.
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
XUDODAN QO‘RQISH iborasiga qarang.
Sodir bo‘ladigan muhim bir voqea–hodisa to‘g‘risida odamlarga xabar berish uchun, ularni himoya qilish uchun yoki maxsus bir topshiriqni bajarish uchun Egamiz tomonidan yuborilgan farishta1. Muqaddas Kitobda bayon qilinishicha, ba’zan Xudoning O‘zi Egamizning farishtasi qiyofasida zohir bo‘lgan2.
XUDONING RUHI iborasiga qarang.
Bu iboralar Muqaddas chodirga, keyinchalik esa Ma’badga ishora qilgan. MUQADDAS CHODIR iborasiga va MA’BAD so‘ziga qarang.
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
Muqaddas Kitobning birinchi qismi bo‘lib, o‘ttiz to‘qqizta kitobdan iborat. Odatda yahudiylar, Eski Ahd to‘plami uch qismdan iborat, deb aytadilar. Bu uch qism quyidagilardir: Tavrot (Musoning qonuni degan nom bilan ham yuritiladi), Payg‘ambarlar bitiklari (uning tarkibiga ba’zi tarixiy kitoblar ham kirgan) va Bitiklar (Zabur bu qismning birinchi kitobidir).
Eski Ahd qadimgi ibroniy tilida, ba’zi qismlari esa oramiy tilida bo‘lib, miloddan oldingi o‘n beshinchi asrning ikkinchi yarmidan boshlab, taxminan ming yil davomida yozilgan. Eski Ahdning asosiy mavzusi Xudoning Isroil xalqi bilan bo‘lgan munosabatidir. Bu munosabat Xudoning Muso orqali Isroil xalqi bilan tuzgan ahdiga asoslangan.
Keyinchalik Xudo O‘z xalqi bilan Iso Masih orqali yangi ahd tuzdi1. Shu sababga ko‘ra, avvalgi, ya’ni Muso orqali tuzilgan ahd “eski ahd” deb hisoblanadi2. Milodiy uchinchi asrdan boshlab, masihiylar ibroniycha Muqaddas bitiklarni “Eski Ahd” deb ataydigan bo‘ldilar. Iso Masih Muqaddas bitiklarni mukammal bilgan va O‘z ta’limotida ulardan ko‘p iqtiboslar keltirgan.
Eshik o‘rnatilgan chorcho‘p.
Muqaddas chodirning, keyinchalik esa Ma’badning ichkari kichikroq xonasi1. Bu xonada Ahd sandig‘i turar edi. Sulaymon qurdirgan Ma’badning Eng muqaddas xonasida ikkita karubning katta haykali ham bor edi. Eng muqaddas xonani Muqaddas xonadan katta parda ajratib turardi2. Tavrotga ko‘ra, faqat oliy
ruhoniy bir yilda bir marta — Poklanish kuni Eng muqaddas xonaga kirishi mumkin edi3.
Ibroniylarga maktubda va Vahiy kitobida samoviy Chodirning Eng muqaddas xonasi haqida aytib o‘tilgan. Iso Masih inson qo‘li bilan qurilmagan bu mukammal Chodirda oliy ruhoniy bo‘lib xizmat qilyapti4.
Falastin degan nom Filist xalqining1 nomidan kelib chiqqan. Miloddan oldingi beshinchi asrdan boshlab, “Falastin” nomi yunon va lotin tillarida Filist xalqining yeridan ancha katta bo‘lgan hududga nisbatan ishlatilgan. Bu hudud O‘rta yer dengizidan boshlab to Jalila ko‘lining, Iordan daryosining va O‘lik dengizning sharqidagi qirli yerlargacha cho‘zilgan. Bu hududning shimol tomonida Lubnon tog‘lari, janub tomonida esa Nagav cho‘li bor edi. Muqaddas Kitobda bu yerlarning aksariyat qismiga nisbatan Kan’on nomi ishlatilgan. Bu yerlar Isroil xalqi tomonidan bosib olingandan keyin “Isroil yurti” degan nom bilan tanilgan.
Tarix davomida Falastinning chegaralari aniq belgilanmagan. Miloddan oldingi 332 yilda bu hudud Iskandar Zulqarnayn tomonidan bosib olingan. Miloddan oldingi 63 yilda esa Rim imperiyasining tarkibiga kirgan. Milodiy 135 yilda yahudiylarning Rimga qarshi ko‘targan isyoni bostirilgan va Rim hukumati Yahudiya va Suriya viloyatlarini birlashtirib, u yerga “Suriya– Falastina” deb nom bergan. Keyinchalik Suriya bir nechta qismga bo‘linib ketgan va Suriya–
Falastinaning hududi kichrayib, bu nom faqatgina oldingi Yahudiya viloyatining hududini bildiradigan bo‘ldi. Yettinchi asrda arablar bu hududni bosib olganlaridan keyin ham, shu hudud rasman “Falastin” nomi bilan atalavergan. Zamonaviy davrlarda Falastinning chegaralari bir necha marta o‘zgargan.
Xudo yaratgan1 va Uning xizmatida bo‘lgan samoviy mavjudotlar2. Ular Xudo bilan samoda istiqomat qiladi3. Farishtalar inson bo‘lmasalar– da, inson qiyofasida ham zohir bo‘lganlar4.
Muqaddas Kitobga ko‘ra, farishtalar Xudoning xabarlarini insonlarga yetkazganlar, yuz beradigan voqealarni va vahiylarni tushuntirib berganlar. Isroil xalqiga Muso orqali qonun berilganda ham farishtalar ishtirok etishgan5. Ayrim hollarda farishtalar odamlarni xavf– xatardan asraganlar6. Muqaddas Kitobda ikkita farishtaning ismi aytib o‘tilgan. Bular — Mikoyil7 va Jabroil8.
Muqaddas Kitobdagi bir qator oyatlarda bayon qilinishicha, farishtalarning ba’zilari to‘g‘ri yo‘ldan ozib, yovuz bo‘lib qolganlar, ular shayton boshchiligida Xudoga va Uning xalqiga qarshilik qilganlar9. Muqaddas Kitobda aytib o‘tilgan yovuz ruhlar va jinlar mana shu gunohkor farishtalarga ishora qilsa kerak.
1:7, 14 3 Matto 18:10-11, Ibroniylar 12:22 4 Ibtido
18:1-2, Ibroniylar 13:2 5 Qonunlar 33:2, Havoriylar
7:53 6 Ibtido 19:1-23, Havoriylar 12:6-11, 27:23-24
8:16, 9:21, Luqo 1:19, 26-27 9 Ayub 1:6-7, Matto
12:22-25, 25:41, 2 Butrus 2:4, Yahudo 6, Efesliklar
2:2, Vahiy 12:7-9
Iso Masih davrida yahudiylarning muhim bir diniy mazhabi. Bu nom ibroniychada “alohida ajratilgan” degan ma’noni bildiradigan so‘zdan kelib chiqqan. Farziylar Tavrot qonunlariga qat’iy rioya qilardilar, ayni paytda og‘zaki ravishda tarqalgan urf–odatlarga hamda poklanish udumlariga ham izchil amal qilardilar. Farziylar mazhabiga faqatgina bir necha ming kishi kirgan bo‘lib, umumiy aholining kichkina bir guruhini tashkil qilardi. Farziylar xalq orasida obro‘– e’tiborga ega edilar. Ulardan ba’zilari Oliy kengash a’zolari edilar. Ayrim farziylar Iso Masihga ishondilar, ko‘plari esa Isoga va Uning ta’limotiga qarshi chiqdilar.
Qadimgi davrlarda Filistiyaning aholisi Filist xalqi deb yuritilardi. Filistiyaning hududi Sinay yarim orolidan shimoli–sharqda, O‘rta yer dengizi qirg‘og‘i bo‘yida joylashgan edi.
Filistlarning ajdodlari Krit orolidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Filistlar Kan’on yurtidagi xalqlardan ajralib turar, Isroil xalqi ba’zan ularni “sunnatsizlar”, deb aytardi. Chunki aksariyat mahalliy xalqlar orasida keng tarqalgan sunnat qilish odati Filistlar orasida yo‘q edi. Filist xalqi quyidagi beshta shahar–davlatni — G‘azo,
Ashqalon, Ashdod, Gat va Exronni barpo qilgan edi. Miloddan oldingi o‘n ikkinchi asrda Filistlar o‘z yerlarini kengaytirish niyatida Kan’on yurtini g‘arb tomondan bosib olishni boshladilar. Ayni paytda Isroil xalqi Kan’on yurtiga sharq tomondan bostirib kelgan, buning oqibatida ikkala xalq o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi.
Shunday qilib, shoh Dovud Filist xalqini mag‘lub qilgunga qadar, ular Isroil xalqining ashaddiy dushmani bo‘lib qoldi1.
Isroildan shimolda O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan hudud. Bu hudud Tir, Sidon, Arvod va Gabol1 shahar–davlatlari tomonidan nazorat qilingan. Hozirgi Livan mamlakatining O‘rta yer dengizi bo‘yidagi hududi qadimgi Finikiya hududiga to‘g‘ri keladi.
Qadimgi Misr shohlarining unvoni.
Yangi Ahdda “Fisih bayrami” nomi ostida Fisih ziyofati va undan keyin yetti kun davomida nishonlanadigan “Xamirturushsiz non bayrami” nazarda tutilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun BAYRAMLAR so‘zi ostida berilgan FISIH ZIYOFATI va XAMIRTURUSHSIZ NON
BAYRAMI iboralariga qarang.
BAYRAMLAR so‘zi ostida berilgan FISIH
ZIYOFATI iborasiga qarang.
BAYRAMLAR so‘ziga qarang.
Qadimgi qudratli shohlik. Fors shohligining poytaxti Bobil hozirgi janubiy Iroqda joylashgan edi. Bu shohlik “Midiya va Fors shohligi” deb ham ataladi, chunki Midiya bu shohlikning muhim viloyatlaridan biri edi. Fors qonunlari “Midiya va Fors qonunlari” deb atalgan1. Doniyor payg‘ambar Fors hukumatida yuqori lavozimni egallagan edi2. Ester kitobida tasvirlangan voqealar Shushan qal’asida — Fors shohlarining qishki qarorgohida yuz bergan. Hozirgi O‘zbekistonning aksariyat qismi va umuman O‘rta Osiyoning asosiy hududi miloddan oldingi oltinchi asrda Fors shohligi tarkibida bo‘lgan.
Tarixshunoslar o‘sha davrdagi Fors shohligini
Ahamoniylar davlati deb atashadi.
Iordan daryosining sharqidagi bir o‘lka.
Giladning janub tomonida Mo‘ab yurti, shimol tomonida esa Bashan o‘lkasi joylashgan edi.
Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin o‘sha yerda yashagan xalqlardan biri. Girgosh xalqi Kan’on yurtining aniq qaysi joyida yashagani ma’lum emas. Yana KAN’ON XALQI, KAN’ON XALQLARI, KAN’ONDAGI XALQLAR
iboralariga qarang.
Gunoh Xudoning amrlarini buzish, yomon ish qilish yoki yaxshilik qilishdan bosh tortish demakdir. Muqaddas Kitobga ko‘ra, gunoh tushunchasi nafaqat insonning xatti– harakatlarini, balki uning Xudoga yoki insonlarga qarshi o‘y–xayollarini ham qamrab oladi.
Xudoning talabiga ko‘ra, har bir inson Xudoni butun qalbi bilan, jonu dili bilan, butun ongi bilan, kuchi boricha sevishi kerak1. Iso Masih, inson hatto o‘y–xayolida gunoh qilsa ham hukm qilinadi, deb ta’lim bergan2. Jumladan, g‘azab, mag‘rurlik, shahvat, rashk, xasislik kabi gunohlar ko‘zga ko‘rinmasa ham, Xudodan yashirin qolmaydi. Xudo ezgu, adolatli, muqaddas bo‘lgani uchun, qilingan har qanday gunoh Xudoga qarshidir3.
Odam Ato va Momo Havo Xudoga itoatsizlik qilib, U bilan munosabatini buzganlar4. Buning oqibatida Odam Ato va Momo Havoning o‘zaro munosabati ham buzildi, dunyoda nomutanosiblik paydo bo‘ldi, butun dunyo la’natga giriftor bo‘ldi. Ularning hayoti tashvish, qayg‘u–azoblarga to‘ldi5. Gunoh tufayli dunyoga o‘lim kirib keldi va butun odamzod ustidan hukmron bo‘lib qoldi6. Gunoh har bir insonning tabiatida mavjud bo‘lgani uchun, uning niyatlarini, o‘y–fikrlarini, his–tuyg‘ularini va istaklarini buzadi7. Gunoh oqibatida odamzod Muqaddas Xudodan uzoqlashgan, ajralgan, Uning g‘azabi ostida qolgan va qiyomatda hukm qilinadi8. Faqatgina Iso Masihning to‘kilgan qoni tufayli inson gunohlaridan poklana oladi, Xudo bilan yarashadi va hukm qilinmaydi9.
Ishayo 5:16 4 Ibtido 3:5-8 5 Ibtido 3:16-19
17:9, Rimliklar 3:10-12, 7:14-20 8 Ishayo 59:2,
Rimliklar 1:18-21, Efesliklar 5:5-6, Kolosaliklar
3:5-6 9 1 Yuhanno 2:1-2, Rimliklar 5:6-11, 6:22-23,
1 Salonikaliklar 5:9
QURBONLIK so‘ziga qarang.
Ma’lum bir xabarni yetkazish uchun yuborilgan elchi. Yangi Ahdda bu so‘z asosan Iso Masihning o‘n ikki shogirdiga nisbatan ishlatilgan. Rabbimiz Iso havoriylarni odamlarga Xushxabar yetkazish uchun tanlagan edi1. Iso Masih tirilgandan keyin Uni ko‘rgan jamoat yo‘lboshchilariga nisbatan ham havoriy so‘zi ishlatilgan. Havoriy Pavlus ham ular qatorida edi2. Iso Masih Pavlusga3 zohir bo‘lib, unga Xushxabarni yoyish vazifasini topshirgan4.
Havoriylar barcha masihiylar orasida, ayniqsa o‘zlari asos solgan jamoatlarda katta obro‘– e’tiborga ega bo‘lib, qarorlar chiqarish huquqiga ega edilar5. “Havoriy” so‘zi Xushxabarni e’lon qilish uchun yuborilgan odamlarga nisbatan ham ishlatilgan.
15:1-2, 22-29, 1 Korinfliklar 9:1-2, 12:28, Efesliklar
4:11-12
BAYRAMLAR so‘ziga qarang.
BRONZADAN YASALGAN HOVUZ iborasiga
qarang.
SHAYTON so‘ziga qarang.
Ehtimol, ibroniy so‘zi Ibir ismidan hosil bo‘lgandir1. Ibroniy so‘zi millat ma’nosida dastlab Ibrohimga va uning nasliga nisbatan qo‘llangan2. Keyinchalik bu nom Isroil xalqiga va yahudiylarga nisbatan ishlatilgan3. Yana YAHUDIY so‘ziga qarang.
41:12, 43:32 3 Misol uchun, Chiqish 1:15-19,
Shohlar 4:6, 2 Korinfliklar 11:22, Filippiliklar
3:5 ga qarang.
IBRONIYCHA MATN iborasiga qarang.
Isroil xalqining ona tili. Isroil xalqi miloddan oldingi 586 yilda Bobilga1 asir qilib olib ketilmasdan oldin ibroniy tilida so‘zlashardi.
Isroil xalqi surgundan qaytgandan keyin asosan oramiy tilida2 so‘zlashadigan bo‘ldi. Eski Ahdning aksariyat qismi ibroniy tilida, ayrim qismlarigina oramiy tilida yozilgan3.
qarang. 3 jumladan, Ezra 4:8-6:18, 7:12-26,
Doniyor 2:4-7:28
Eski Ahdning eng qadimiy to‘liq ibroniycha qo‘lyozmasi Leningrad Kodeksidir. Bu qo‘lyozma taxminan milodiy 1000 yillarda ko‘chirilgan.
Mazkur qo‘lyozmaning nashr qilingan nusxasi
Bibliya Xebraika Stutgartensiya deb ataladi. Olimlarning aksariyati Leningrad Kodeksini qadimda yahudiy kotiblari yozib qoldirgan qo‘lyozmalarning eng yaxshi nusxalaridan biri deb hisoblaydi. Bu kotiblar Mazoretlar deb atalgan bo‘lib, milodiy 500-1000 yillarda faoliyat ko‘rsatganlar. Leningrad Kodeksining asl nusxasi Sankt Peterburgdagi Rossiya Milliy Kutubxonasida saqlanadi1.
Eski Ahdning o‘zbekcha tarjimasi, dunyodagi ko‘p zamonaviy tarjimalar singari, Leningrad Kodeksining matniga asoslangan. Eski Ahdning ayrim ibroniy qo‘lyozmalaridagi va uning yunon, lotin, suryoniy kabi tillarga qilingan tarjimalaridagi ba’zi so‘zlar Leningrad Kodeksidan bir oz farq qiladi. O‘zbekcha tarjimaga berilgan izohlarda mana shu farqlarning ba’zilari ko‘rsatib o‘tilgan. Shu orqali kitobxon ma’lum bir oyat
nima uchun ayrim farqlar bilan tarjima qilinganini tushunib oladi. Boshqa ibroniy qo‘lyozmalari va qadimgi tarjimalar haqida to‘liqroq ma’lumot quyida keltirilgan.
IBRONIY QO‘LYOZMALARI
Leningrad Kodeksidan boshqa ibroniy qo‘lyozmalari. Bu qo‘lyozmalarni ham Mazoretlar deb atalgan kotiblar ko‘chirgan. Olimlar asl matnning mazmunini yaxshiroq tushunish uchun shu qo‘lyozmalardan foydalanadilar.
QUMRON QO‘LYOZMALARI
Qumron qo‘lyozmalari “O‘lik dengiz qo‘lyozmalari” degan nom bilan ham ma’lum bo‘lib, 1946-1956 yillar davomida O‘lik dengiz bo‘yidagi g‘orlardan topilgan. Eski Ahdning ba’zi qismlarini o‘z ichiga olgan bu qadimgi ibroniy qo‘lyozmalari yaxshi saqlanib qolgan. Olimlar asl matnning mazmunini yaxshiroq tushunish uchun mana shu qo‘lyozmalardan foydalanadilar.
Qumron qo‘lyozmalari Eski Ahdning eng qadimiy nusxalari hisoblanib, aksariyati taxminan miloddan oldingi 100 yillarda yozilgan. Mazkur qo‘lyozmalar qadimda yahudiy kotiblari bo‘lgan Mazoretlar faoliyat ko‘rsatmaslaridan bir necha asrlar ilgari ko‘chirilgan.
Qumron qo‘lyozmalari to‘plamida Eski Ahddagi barcha kitoblarning parchalari bor. Bu qo‘lyozmalar orasida faqatgina Ester kitobi yo‘q. Ularning orasidagi eng diqqatga sazovori Ishayo kitobining to‘liq qo‘lyozmasidir1. Ishayo kitobining bu qo‘lyozmasi Leningrad Kodeksidan 1000 yillarcha avval ko‘chirilgan bo‘lib, aksariyat hollarda faqat imlo va grammatik jihatdan bir oz farq qiladi. Bundan boshqa farqlari juda kam.
Eski Ahdning bugungi kungacha saqlanib qolgan eng qadimgi qo‘lyozmasi miloddan oldingi 600 yilda ko‘chirilgan bo‘lib, “kumush qo‘lyozmalari” deb ataladi. Bu qo‘lyozma ikki bo‘lak kumushga yozilgan bo‘lib, Sahroda 6:24-26 oyatlardagi duodan iborat. Kumush qo‘lyozmalari Quddus yaqinidagi g‘orga o‘yilgan qabrdan topilgan. Bu qo‘lyozmalardagi oyatlar Leningrad Kodeksidan 1600 yil oldin yozilgan bo‘lsa ham, Leningrad Kodeksidagi oyatlar bilan bir xildir.
Qumron va kumush qo‘lyozmalaridan ko‘rinib turibdiki, yahudiy kotiblari asrlar davomida Eski Ahdning ibroniycha matnini yuksak diqqat– e’tibor bilan ko‘chirib, saqlab kelganlar.
QADIMIY TARJIMALAR
Eski Ahdning asl matni mazmunini yaxshiroq tushunish maqsadida olimlar uning qadimiy tarjimalaridan foydalanadilar. Bu tarjimalar qadimda yahudiy kotiblari bo‘lgan Mazoretlar faoliyat ko‘rsatmaslaridan oldin qilingan.
Qadimiy tarjimalar orasida eng muhimi —
QADIMIY YUNONCHA TARJIMA. Bu tarjima
Septuaginta deb ham ataladi1. Septuaginta
miloddan oldingi 300-200 yillarda Eski Ahdning ibroniychadan qilingan birinchi tarjimasi bo‘lib, ilk jamoat masihiylari Septuagintadan keng foydalanganlar. Yangi Ahdda bu tarjimadan ko‘p iqtiboslar keltirilgan2. Muhim tarjimalardan yana biri QADIMIY SURYONIYCHA TARJIMA. Bu
tarjima haqida ma’lumot kam, olimlar uni milodiy ikkinchi asrda tarjima qilingan, deb taxmin qiladilar. E’tiborga molik tarjimalardan yana biri QADIMIY LOTINCHA TARJIMA bo‘lib, Vulgata deb ham ataladi. Bu tarjima taxminan milodiy 400 yillarda qilingan. Bu qadimiy tarjimalar Qumron qo‘lyozmalari singari shundan dalolat beradiki, yahudiy kotiblari Eski Ahd matnini asrlar davomida yuksak diqqat–e’tibor bilan ko‘chirib, saqlab kelganlar.
Muqaddas Kitobda “inoyat” va “inoyatli” so‘zlari odatda Xudoga va Uning qilgan ishlariga nisbatan ishlatilgan. Inoyat so‘zining tub ma’nosi shuki, Xudo buyuk va shartsiz sevgisi tufayli O‘z xohishi bilan insonlarga baraka beradi1. Bu dunyo yaratilgandan beri Xudoning inoyati odamzod va butun mavjudotning hayotida namoyon. Xudo ularga hayot ato etadi va yashash uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib turadi2. Xudo insonlarga va barcha xalqlarga inoyat ko‘rsatadi3. Eski Ahdda Xudoning Isroil xalqiga bo‘lgan cheksiz inoyatini biz Isroil tarixining turli davrlarida ko‘rishimiz mumkin. Isroil xalqining mo‘jizaviy tarzda Misrdagi qullikdan ozod bo‘lgani buning yaqqol misolidir4.
Yangi Ahdda Iso Masihning bu dunyoga kelib, Unga ishonganlarga najot bergani Xudoning odamzodga ko‘rsatgan inoyatining eng yorqin namunasidir5. Iso Masih orqali Xudo insonlarni gunohdan ozod qilib, oqlaydi va ularga abadiy hayot ato etadi6. Bu inoyatga hech kim loyiq emas va inoyat insonning qilgan savob ishlariga bog‘liq emas7. Xudoning ko‘rsatgan inoyatiga munosib javob gunohdan yuz o‘girib, Xudoga itoatkor bo‘lishdir8. Xudo O‘z inoyati tufayli imonlilarga Muqaddas Ruhini ato etadi. Ular Muqaddas Ruh orqali bu dunyoda Xudoga xizmat qiladilar9.
2:4-5 2 Ibtido 1:28-29, Zabur 146:7-9, Ayub 5:9-10,
Havoriylar 14:16-17 3 Yunus 4:2, Luqo 1:30
Efesliklar 1:7-8, Titus 3:4-7 7 Rimliklar 11:5-6,
Efesliklar 2:8-9, 2 Timo‘tiy 1:9-10 8 Rimliklar 6:1-2,
15-19, Titus 2:11-14 9 Havoriylar 1:8, 2:1-4,
Rimliklar 12:6-8, 1 Korinfliklar 12:4-11,
Salonikaliklar 1:11-12
“Xushxabar” kitoblarida Iso Masih O‘ziga nisbatan ishlatgan unvon. Iso yashagan davrda yahudiylar bu unvon ostida dunyoga hukm va najot keltiradigan Xudoning vakilini tushunganlar. Doniyor payg‘ambarga berilgan vahiyda inson qiyofasidagi bu zot to‘g‘risida bashorat qilingan1. Yahudiylar ko‘pincha Xudoning vakilini “Masih” deb ataganlar2.
“Inson O‘g‘li” unvoni Eski Ahdning ibroniycha matnida ham bir necha marta uchraydi3. Bu o‘rinlarda payg‘ambar ham inson zotidan bo‘lib, abadiy yashamasligi, u ham Xudoning kuchiga muhtoj ekani ko‘rsatilgan. Bu ibora umuman bandalarga nisbatan ham ishlatilgan.
uchun, Zabur 8:5, Hizqiyol 2:1, Doniyor 8:17 ga va
o‘sha oyatlarning izohlariga qarang.
Yoqub Paniyolda Xudo bilan kurash tushgandan keyin, Xudo unga “Isroil” deb ism bergan1. Yoqub Ibrohimning nabirasi va Is’hoqning o‘g‘li edi. Yoqubning o‘n ikkita o‘g‘li bo‘lib, ulardan Isroilning o‘n ikki qabilasi kelib chiqqan. Eski Ahdda mana shu o‘n ikki qabila Isroil xalqi deb atalgan. Keyinchalik Isroil xalqi bosib olgan yerlar ham Isroil yurti deb nom olgan.
Shoh Sulaymon vafotidan keyin shimoldagi o‘nta qabila janubdagi Yahudo va Benyamin qabilalaridan ajralib chiqdi2. Bu o‘nta qabila alohida davlatni tashkil qilib, Isroil shohligi3 deb nom oldi. Bu davlatning poytaxti Samariya bo‘ldi. Eski Ahdning ba’zi o‘rinlarida shimoldagi o‘nta qabilaga Isroil xalqi degan nom, bu qabilalar tashkil qilgan davlatga nisbatan Isroil yurti degan nom qo‘llangan. Miloddan oldingi 722 yilda Ossuriya shohligi Isroilni bosib olgach4, shimoliy shohlik barham topdi.
Yangi Ahdda “Isroil” nomi siyosiy mustaqillikka ega davlatni emas, balki Yoqub naslini, ya’ni yahudiylarni bildirgan.
Muqaddas chodirning Eng muqaddas xonasini Muqaddas xonasidan ajratib turgan parda. Bu parda mayin zig‘ir matosidan tikilgan bo‘lib, ustiga rangli iplardan karublar tasviri solingan edi1. Keyinchalik shunday parda Quddusdagi Ma’badning Eng muqaddas xonasini Muqaddas xonasidan ajratib turgan2. Iso Masih xochda jon berganda shoh Hirod qurdirgan Ma’baddagi parda yirtilib ketdi3. Ibroniylarga maktubning muallifi samoviy Ma’badda ham shu kabi parda borligini aytib o‘tadi4.
27:50-51 4 Ibroniylar 6:19-20
Muqaddas Kitobda ikkita farishtaning nomi aytib o‘tilgan, birinchisi — Jabroil, ikkinchisi — Mikoyil1. Jabroil Xudoning maxsus xabarini yetkazish uchun bir necha marta odamlarga zohir bo‘lgan. U Doniyor payg‘ambarga zohir bo‘lib, berilgan vahiylar va bashoratlarning ma’nosini tushuntirib bergan2. Yahyo payg‘ambarning otasi Zakariyoga ham zohir bo‘lib, Yahyoning tug‘ilishi haqida3, Maryamga ham zohir bo‘lib, Iso Masihning tug‘ilishi haqida xabar bergan4.
Jalila ko‘lining va Iordan daryosining g‘arb tomonida, Samariya hududidan shimolda joylashgan qirli yer. Qadimgi Falastin qatori, Jalila ham miloddan oldingi 63 yili Rim imperiyasi tomonidan bosib olingan. Ko‘p asrlar davomida bu hudud ajnabiy xalqlar hukmronligi ostida bo‘lgan, shuning uchun tub aholining orasida ko‘plab g‘ayriyahudiylar yashagan1. Shu sababga ko‘ra, boshqa yahudiylar Jalilaliklarga past nazar bilan qarar edilar. Isoning bolalik va o‘smirlik davri Jaliladagi Nosira shahrida o‘tgan. Iso O‘z xizmatini asosan Jalilada olib borgan.
Yangi Ahdda bu so‘z ma’lum bir joydagi masihiylar guruhiga nisbatan ishlatilgan. Ilk
jamoat Quddusda paydo bo‘lgan. U yerdagi imonlilar Xudoga sajda qilish uchun tez–tez yig‘ilib turar edilar. Iso Masih haqidagi Xushxabar keng tarqalgach, boshqa joylarda ham jamoatlarga asos solindi1. Jamoatdagi imonlilar bir–birlariga har jihatdan yordam berardilar2.
Imonlilar uylarda yig‘ilganlarida ibodat qilardilar, Xudoga hamdu sanolar aytardilar va Isoning o‘limini xotirlab, birga taom tanovul qilar edilar3. Ular birgalikda Muqaddas bitiklarni o‘qib, saboq olardilar va imonda mahkam turish uchun bir– birlariga dalda berardilar4. Jamoatlarning yo‘lboshchilari bor edi, ularni yetakchi, oqsoqol yoki cho‘pon deb atashardi5. Jamoatda imonlilarga yordam beradigan odamlarni esa xizmatchilar deb atashgan6.
Yangi Ahdda jamoat so‘zi yana Iso Masihga ishongan jamiki odamlarni bildirgan7. Jamoat so‘zining shu ma’nosini ifodalash uchun Yangi Ahdda bir necha timsollar berilgan. Ularning ba’zilari quyidagilardir: Iso Masihning tanasi8, Ma’bad9, Xudoning xonadoni10.
Galatiyaliklar 1:1-2, Vahiy 1:11 2 Havoriylar 2:44-
45, 4:32, 34-35 3 Havoriylar 2:42, 46, Rimliklar
16:4, 1 Korinfliklar 11:17-34, Efesliklar 5:19,
Kolosaliklar 3:16, 4:15 4 1 Korinfliklar 14:26,
1 Timo‘tiy 4:13 5 Havoriylar 14:23, Yoqub 5:14,
1 Butrus 5:1-4, Efesliklar 4:11, 1 Timo‘tiy 3:1-7,
Titus 1:5-9 6 Filippiliklar 1:1, 1 Timo‘tiy 3:8-13
Galatiyaliklar 1:13, Efesliklar 1:22, 3:10, 21, 5:23-
32, Filippiliklar 3:6 8 1 Korinfliklar 12:12-13, 27,
Efesliklar 5:23, 29-30, Kolosaliklar 1:24
Efesliklar 2:21-22 10 Efesliklar 2:19, 1 Timo‘tiy
3:14-15, Titus 1:7, Ibroniylar 3:6
Jannat deb tarjima qilingan yunoncha so‘zning ma’nosi “go‘zal bog‘” demakdir. Yangi Ahdda jannat so‘zi solihlar o‘lgandan keyin boradigan joyga ishora qiladi1. O‘sha bog‘da solihlar Hayot daraxti mevasidan yeyishga musharraf bo‘ladilar2. Jannat so‘zi yana arshi a’loga nisbatan ham ishlatilgan3.
va OSMON, SAMO so‘zlariga qarang.
Otlarga qo‘shiladigan, orqasi ochiq arava.
Jangda ishlatilgan bo‘lib, harbiy kuch–qudrat va
ustunlik belgisi edi.
Muqaddas Kitobda jin ba’zan yovuz ruh deb atalgan. Jinlarning hukmdori shaytondir. Jinlar insonlarga zarar yetkazishni istaydi. Ular ba’zan insonning ichiga kirib olib, uning xatti– harakatlarini boshqaradi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun SHAYTON va FARISHTA so‘zlariga qarang.
Kan’on Nuhning nabirasi va Xomning o‘g‘li edi. Qadimgi paytlarda O‘rta yer dengizi, Iordan daryosi va O‘lik dengiz oralig‘idagi yerlar ham Kan’on degan nom bilan yuritilgan. Kan’on yurtidan shimolda Lubnon tog‘lari, janubda esa Nagav cho‘li bor edi. Ibtido kitobida bayon qilinishicha, Xomning o‘g‘li Kan’ondan bir nechta xalq kelib chiqqan va o‘sha yerlarda yashagan1. Isroil xalqi bu yerlarni bosib olgandan keyin, Kan’on degan nom asta–sekin yo‘qolib ketdi.
Uning o‘rniga bu yerlar “Isroil yurti” deb atala boshlagan, ancha vaqt o‘tgandan keyin esa “Falastin” nomi bilan tanilgan2.
Muqaddas Kitobda Kan’on juda hosildor, “sut va asal oqib yotgan yurt” deb tasvirlangan3.
Kan’on geografik jihatdan juda qulay va unumdor yer hisoblangan. Kan’on yurtidan janubi–g‘arbda joylashgan Sinay yarim oroli Osiyo va Afrika qit’alarini birlashtirib turadi. Shuning uchun muhim tijorat yo‘llari Kan’on orqali, O‘rta yer dengizi bo‘ylab o‘tgan. Qadimda Yaqin Sharqdagi qudratli shohliklar Kan’onni qo‘lga kiritishga harakat qilganlar.
qarang. 2 FALASTIN so‘ziga qarang. 3 Chiqish 3:8 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.
Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin o‘sha yerda yashagan xalqlar. Bu xalqlar
quyidagilar edi: Amor xalqi, Girgosh xalqi, Xet xalqi, Xiv xalqi, Yobus xalqi, Kadmon xalqi, Xanaz xalqi, Xayin xalqi, Pariz xalqi, Rafa xalqi. Bu xalqlardan ba’zilari Kan’on yurtining aynan qaysi joyida yashagani ma’lum emas. Isroil xalqi Kan’onni bosib olgandan keyin ham, bu xalqlardan bir qanchasi o‘sha yurtda yashayverganlar. Yana KAN’ON so‘ziga qarang.
BAYRAMLAR so‘ziga qarang.
Qanotli samoviy mavjudotlar. Bu mavjudotlar haqida so‘z yuritilganda, ular odatda Xudoning taxti yonida tasvirlanadi. Eski Ahdning ba’zi o‘rinlarida esa karublar Xudoning taxtini ko‘tarib yurgani haqida bayon qilinadi1.
Mana shu samoviy mavjudotlarning haykallari va o‘yma, naqsh solingan tasvirlari Xudoning ulug‘vorligi va Uning O‘z xalqi orasida ekanligining ramzidir. Ahd sandig‘i qopqog‘i ustida ikki karub haykali bor edi2. Muqaddas chodirning Eng muqaddas xonasini Muqaddas xonasidan ajratib turgan ichki pardaga karublar tasviri solingan edi. Keyinchalik shoh Sulaymon balandligi 4,5 metr bo‘lgan karublarning ikkita haykalini yasattirib, Ma’badning Eng muqaddas xonasiga qo‘ydirgan3. Shoh Sulaymon qurdirgan Ma’badning ichki pardasi, devorlari va eshiklari ham karublar tasviri bilan bezatilgan edi4.
6:29-35
QURBONLIK so‘ziga qarang.
Oliy ruhoniy ko‘ksiga taqadigan, qimmatbaho
toshlar bilan bezatilgan maxsus xalta. Ko‘krakpech xaltasiga Urim va Tummim degan muqaddas narsalar solingan edi. Oliy ruhoniy Xudoning irodasini bilish uchun Urim va Tummimdan foydalangan1.
Yoqubning o‘g‘li Levi qabilasidan bo‘lgan erkaklar. Xudo Levi qabilasidan bo‘lgan Horun naslini Isroil xalqining ruhoniylari qilib tanlagan edi1. Levi qabilasining qolgan erkaklari diniy marosimlarni bajarishda yordam berganlar.
Bundan tashqari, ular Muqaddas chodirga, keyinchalik esa Ma’badga, uning ashyolari va buyumlariga ham mas’ul edilar2. Xudo Isroil xalqining to‘ng‘ich o‘g‘illari o‘rniga levilarni O‘z xizmatiga olgandi. Zotan, Isroilning to‘ng‘ich o‘g‘illari Xudoga tegishli edi3. Keyinchalik shoh Dovud levilarning ba’zilarini Xudoga sajda qilish paytida ashula aytishga va musiqa chalishga tayinlagan4.
1 Solnomalar 23:25-29, 32 3 Sahroda 3:11-13, 40-
51 4 1 Solnomalar 6:31-32, 23:30-31
Torli musiqa asbobi.
Lubnon tog‘ tizmasi bo‘lib, hozirgi Livan mamlakatida joylashgan. Lubnon tog‘lari sadr daraxtlari bilan mashhur edi. Shoh Sulaymon Quddusdagi Ma’badni va o‘z saroyini Lubnonning sadr yog‘ochlaridan qurdirgan1.
Biron xudoga sajda qilish uchun qurilgan bino. Odatda xudolarga atab ma’badlar qurilardi, sajda qiluvchilar, xudo o‘z ma’badida zohir bo‘ladi, deb ishonardilar. Shu sababdan ular ma’badni xudoning uyi deb ham atardilar.
Mazkur tarjimada ma’bad so‘zi katta harf bilan yozilgan bo‘lsa, Quddusdagi Egamizning Ma’badi nazarda tutilgan. Shoh Sulaymon davridan boshlab butun Isroil xalqi Egamizga Quddusdagi Ma’badda sajda qilardi. Ular Ma’badda qurbonliklar keltirardilar va muhim bayramlarni shu yerda nishonlar edilar.
Isroil tarixida Quddusda bir necha marta Ma’bad qurilgan, ammo bosqinchilar tomonidan vayron qilingan1. Birinchi Ma’badni shoh Sulaymon qurdirgan. Bu Ma’bad 3 Shohlar 6:1- 38, 7:13-51, 2 Solnomalar 2:1-4:22 da batafsil tasvirlangan. Miloddan oldingi 586 yilda Bobilliklar bu Ma’badni vayron qilib, undagi barcha qimmatbaho ashyolarni Bobilga olib ketganlar2. Yahudo xalqi Bobilga surgun qilindi. Ular Bobilda surgunda yashar ekanlar, Xudo Hizqiyol payg‘ambarga yangi Ma’bad haqida vahiy yuborgan edi3.
Miloddan oldingi 538 yilda Fors shohi Kurushning farmoniga ko‘ra, ba’zi yahudiylar Quddusga qaytib kelib, Ma’badni qayta qurishni boshladilar. Ammo ular Ma’bad poydevorini yotqizganlaridan keyin ko‘p qarshiliklarga duch keldilar va qurilish ishlarini to‘xtatishga majbur bo‘ldilar. Bu hol Fors shohi Doro taxtga chiqqunga qadar davom etdi. Miloddan oldingi 520 yildagina ular Ma’bad qurilishini davom ettirdilar. Xaggey va Zakariyo payg‘ambarlar Xudodan olgan bashoratlari bilan Ma’badni qurayotganlarni ruhlantirib turdilar. Nihoyat, miloddan oldingi 515 yilga kelib, Ma’bad qurib bitkazildi4. Ammo miloddan oldingi 175-164 yillarda Suriyada hukmronlik qilgan Antiox IV5 boshchiligida yunonlar Quddusga bostirib kelib, ikkinchi marta qurilgan bu Ma’badni talon–taroj qilganlar, uni bulg‘aganlar6. Keyinchalik, miloddan oldingi 37-4 yillarda qadimgi Falastinda7 hukmronlik qilgan Buyuk Hirod miloddan oldingi 19 yilda Ma’badni qayta qurishni boshlagan. Qurilish ishlari Iso Masih davrida ham davom etayotgan edi. Qayta qurilgan o‘sha Ma’bad milodiy 70 yilda Rimliklar tomonidan vayron qilindi. Shundan keyin Ma’bad qayta qurilmadi.
“Ma’bad” so‘zi asosiy binoga yoki butun
Ma’bad majmuasiga nisbatan ishlatilgan. Ma’badning asosiy binosi Muqaddas xona va Eng muqaddas xonadan iborat edi. Bu xonalarga ma’lum bir marosimlarni bajarish uchun faqatgina ruhoniylar kirishga haqli edilar8. Xalq Ma’bad hovlisida Xudoga sajda qilgan. Hirod qurdirgan Ma’badning asosiy binosiga yaqin hovli yahudiy erkaklari uchun, uning yonidagi hovli esa yahudiy ayollari uchun ajratilgan edi. Ma’bad majmuasining ichki hovlisi Isroil xalqi uchun, tashqi hovli esa g‘ayriyahudiylar uchun edi. Iso Masih Ma’baddagi savdogarlarni haydagani to‘g‘risidagi voqea tashqi hovlida yuz bergan bo‘lishi mumkin9.
Muqaddas Kitobda Ma’bad ba’zan “muqaddas maskan” yoki “muqaddas makon” deb aytilgan.
Vahiy kitobida samodagi Ma’bad bir necha marta
tilga olingan10.
40-46–boblar 4 Ezra 1:1-11, 3:7-4:5, 5:1-2, 6:14-15
iboralariga qarang. 9 Yuhanno 2:13-22 10 Misol
uchun, Vahiy 11:1, 19, 15:5-8 ga qarang.
FARISHTA so‘ziga qarang.
Masih ibroniychadagi “Mashiax” so‘zidan olingan bo‘lib, yunon tiliga “Xristos” deb tarjima qilingan. Ibroniy tilida bu so‘z “moy surtilgan” degan ma’noni bildiradi. Qadimgi Isroilda biron odamni ruhoniy, payg‘ambar yoki shoh qilib tayinlashda boshiga zaytun moyi surtilardi1. Bu harakat o‘sha odamning Xudo tomonidan tanlanganini va Xudoning xizmatiga bag‘ishlanganini bildirardi. Shu sababdan Masih so‘zi “Xudo tomonidan tanlangan” degan ma’noni ham anglatadi.
Eski Ahddagi bashoratlarga ko‘ra, bir kun kelib, shoh Dovudning zurriyotidan bo‘lgan bir zot Isroil xalqini dushmanlaridan qutqaradi va yer yuzida abadiy adolat o‘rnatib, barcha xalqlar ustidan hukmronlik qiladi2. Keyinchalik yahudiylar va’da qilingan o‘sha qutqaruvchini “Masih” deb ataydigan bo‘ldilar. Yahudiylarning yurti Rim imperiyasi istibdodida qolganda ko‘p yahudiylar, Masih kelib, bizni ajnabiylar qo‘lidan qutqaradi hamda Isroil shohligining
ulug‘vorligini qayta tiklaydi, deb umid qilganlar3. Yangi Ahdga ko‘ra, Rabbimiz Iso Eski Ahddagi bashoratlarda aytib o‘tilgan Masihdir4. Iso Masih
O‘z va’zlari orqali Xudoning Shohligi kelishini e’lon qilgan, ammo bu Shohlik zaminiy shohlik emas edi5. Iso Masih xochdagi o‘limi orqali iblisning qudratini yo‘q qildi, gunohga va o‘lim qo‘rquviga qul bo‘lgan butun odamzodga ozod bo‘lish imkonini berdi6. Shuning uchun Isoga ishonganlar Uni “Masih” deb atashadi.
Yeremiyo 23:5-6 ga qarang. 3 Havoriylar 1:6
Havoriylar 2:36 5 Yuhanno 18:36 6 Matto 1:20-23,
Luqo 4:16-21, 24:44-48, Ibroniylar 2:14-15
Qudratli shohlik bo‘lib, hozirgi Eron mamlakatining shimoli–g‘arbida joylashgan edi. Miloddan oldingi 550 yilga kelib, Midiya Fors shohligining eng muhim viloyatiga aylandi, shu bois Fors qonunlari “Midiya va Fors qonunlari” deb ataladigan bo‘ldi1.
FORS SHOHLIGI iborasiga qarang.
Ibrohim Soraning vafotidan keyin Xaturo ismli bir ayolga uylandi. Xaturo Ibrohimga oltita o‘g‘il tug‘ib berdi. O‘g‘illardan birining ismi Midiyon edi1. Midiyondan tarqalgan avlod Midiyon xalqi degan nom bilan tanildi. Ular ko‘chmanchi xalq bo‘lib, asosan hozirgi Aqaba qo‘ltig‘ining sharq tomonidagi sahroda yashardilar. Shu sababdan u yerlar Midiyon yurti, o‘sha joyda yashagan xalq Midiyonliklar deb atalgan. Midiyonning avlodi Ibrohimning o‘g‘li Ismoildan kelib chiqqan ko‘chmanchi xalqqa qarindosh bo‘lgani uchun, ular ba’zan Ismoiliylar deb ham yuritilgan. Shuning uchun “Midiyon” va “Ismoil” degan nomlar ba’zan bir–birining o‘rnida ishlatilavergan.
Muqaddas Kitobda ikkita farishtaning nomi aytib o‘tilgan, birinchisi — Mikoyil, ikkinchisi — Jabroil1. Mikoyil bosh farishtalardan biri bo‘lib, Isroil xalqining himoyachisi deb atalgan2. Mikoyil va uning qo‘li ostidagi farishtalar shayton va
uning yovuz farishtalari bilan jang qilib, ularni samodan haydaganlar3.
21, 12:1, Yahudo 9 3 Vahiy 12:7-9
Qadimgi Misr Eski Ahdda ko‘p tilga olingan va dunyo tarixida muhim iz qoldirgan. Misr hukmdorlari “Fir’avn” deb atalardi. Misr sivilizatsiyasi juda rivojlangan bo‘lib, xalqaro tijoratda ham asosiy o‘rin tutgan. Nil daryosining suvlari va hosildor yerlar Misr aholisining oziq– ovqat bilan doimo ta’minlanishiga muhim omil edi. Shuning uchun Ibrom, ya’ni Ibrohim payg‘ambar va uning oilasi Kan’on yurtida qurg‘oqchilik bo‘lgan paytda Misrda ma’lum vaqt yashagan1. Ibrohim o‘g‘li Is’hoqning Yusuf degan nevarasi bor edi. Yusufni o‘z aka–ukalari Ismoiliy savdogarlarga qul qilib sotib yuborishadi2. Lekin vaqti kelib, Yusuf fir’avnning farovonlik va qahatchilik haqidagi karomatli tushini ta’bir qilib bergani uchun Misr hokimi etib tayinlanadi3.
Qahatchilik davrida Yusuf Misr xalqini va otasi Yoqubning butun xonadonini qutqarib qoladi4. Yusufning otasi Yoqub va uning xonadoni Kan’ondan Misrga ko‘chib keladi5. Bir necha nasl o‘tgandan keyin Yoqubning avlodi Misrda qul bo‘lib qoladi6. Muso payg‘ambar Xudoning amri bilan mo‘jizalar ko‘rsatib, Isroil xalqini qullikdan ozod qiladi va Misrdan olib chiqadi7.
Misr hukmdorlari ko‘pincha o‘z yurtidan tashqarida, ayniqsa Kan’on yurtiga katta siyosiy ta’sir o‘tkazardi va ba’zan atrofdagi yerlarga harbiy yurishlar qilardi. Kan’on Misrdan shimoli– sharqda joylashgan bo‘lib, Isroil xalqi u yerlarda yashar edi. Isroil shohi Sulaymon Misr fir’avnining qizlaridan biriga uylanib, fir’avn bilan aloqasini mustahkamladi8. Payg‘ambarlar ko‘pincha Yahudoni, ya’ni janubiy shohlik aholisini, Misrning harbiy kuchiga ishonmanglar, deb ogohlantirganlar9. Eski Ahdda Misrning qismati haqida bashoratlar bor10. Yahudo shohligi Bobil shohligiga mag‘lub bo‘lgandan keyin Yahudo aholisidan ba’zilari Misrga qochib ketganlar. Yeremiyo payg‘ambar ularni Misrda kutib turgan falokatlar haqida ogohlantirsa ham, ular Misrga ketganlar11.
Miloddan oldingi 525 yilda Fors shohligi Misrni bosib oldi. Ikki yuz yildan keyin esa Iskandar Zulqarnayn Misrni hech qanday
qarshiliksiz qo‘lga kiritdi. U O‘rta yer dengizi bo‘yida shahar qurdirib, unga Iskandariya deb nom berdi va o‘sha shaharni Misrning yangi poytaxti qildi. Ko‘p yahudiylar Iskandariya shahriga borib o‘rnashdilar, bu shahar uzoq asrlar davomida yahudiylarning diniy ta’lim markazi bo‘lib kelgan. Aynan shu shaharda miloddan oldingi uchinchi asrda Eski Ahd ibroniychadan ilk bor yunon tiliga tarjima qilingan. Miloddan oldingi 198 yilda Suriya Yahudiya o‘lkasini bosib oldi. Shunga qadar Yahudiyani Misrda hukmronlik qilgan yunon shohlari boshqarganlar12. Buyuk Hirod chaqaloq Isoni o‘ldirmoqchi bo‘lganda, Uni ota–onasi Misrga olib qochgan13.
3:1, 9:16 9 Ishayo 20:1-6, 30:1-7, 31:1-3, Yeremiyo
2:36-37, 37:5-8 10 Misol uchun, Ishayo 19:1-25,
Yeremiyo 46:1-26, Hizqiyol 29:1-32:32, Doniyor
11:2-45 ga qarang. 11 Yeremiyo 42:1-44:30
Muqaddas Kitobda moy so‘zi ostida zaytun
mevasidan olingan moy nazarda tutiladi1. Qadimgi Isroilda zaytun moyidan keng foydalanilgan. Jumladan, moychiroqlar uchun, teridagi yara va jarohatlarni davolash uchun zaytun moyi ishlatilgan. Shuningdek, boy odamlar badanlarini parvarish qilish uchun a’lo sifatli zaytun moyidan foydalanganlar. Ba’zan zaytun moyi atir bilan aralashtirilib, Yoqimli hid taralishi uchun sochga, teriga surtilgan. Biron odamni ruhoniy, payg‘ambar yoki shoh qilib tayinlashda boshiga a’lo sifatli zaytun moyi surtilgan. Muqaddas chodirdagi va Ma’baddagi buyumlarni muqaddas qilish uchun ham zaytun moyi ishlatilgan. Xullas, moy birdamlik, farovonlik, poklik va Xudo Ruhining qudrati ramzi bo‘lgan.
Eski ahd davrida Xudo biror kishini ruhoniy, payg‘ambar yoki shoh qilib tanlaganda uning boshiga zaytun moyi surtishga amr berar edi1. Zaytun moyi Xudo Ruhining ramzi bo‘lib, moy surtilgan odamning poklanganini va unga qudrat ato qilinganini bildirar edi. Shu yo‘l bilan tanlangan odam, ayniqsa shoh ibroniy tilida
“mashiax”, ya’ni “moy surtib tanlangan” deb atalardi. “Mashiax” so‘zi keyinchalik unvon sifatida ishlatiladigan bo‘ldi2. Muqaddas chodirdagi va Ma’baddagi buyumlar ham zaytun moyi surtish orqali muqaddas qilingan.
Qadimgi paytlarda moychiroqdan keng foydalanilgan. Bu chiroq kichik bir sopol idish bo‘lib, unga zaytun moyi quyilgan. Chiroqning piligi bo‘lgan. Metalldan yasalgan chiroqlar qimmat hisoblangan.
Ip bilan bo‘yinga osiladigan silindr shaklidagi buyum yoki muhr uzugi. Qadimda birorta xatni yoki hujjatni rasmiylashtirish uchun, unga mum, qo‘rg‘oshin yoki biror yumshoq modda surtilib surg‘uchlangan, ustidan muhr bosilgan. Bu muhr xat yoki hujjat yuborayotgan odamning hokimiyatini bildirib, xat yoki hujjatning rasmiyligini ko‘rsatar edi.
Muqaddas Kitobda muqaddas so‘zi asosan Xudoga nisbatan ishlatilgan. Bu so‘z Xudoning butun borliqdan ustunligini va tengsizligini bildiradi. U tanho, haqiqiy Xudodir. Xudo tamomila pok, gunohsiz va nuqsonsizdir.
Muqaddas so‘zi narsalarga va odamlarga nisbatan ham ishlatilgan. Bu holda muqaddas so‘zi “pok, tabarruk, ajratilgan, ajratib olingan, bag‘ishlangan” ma’nolarini ifodalaydi. Bu so‘z Muqaddas chodirdagi, keyinchalik esa Ma’baddagi buyumlarga va jihozlarga nisbatan ishlatilgan. Muqaddas joy yoki buyum Xudoga bag‘ishlangan bo‘lib, ularga nisbatan ehtiyotkorlik va e’tibor bilan munosabatda bo‘lish talab qilingan. Muqaddas chodirda, keyinchalik esa Ma’badda xizmat qilgan ruhoniylar ham muqaddas hisoblangan.
Ruhoniyga nisbatan qo‘llangan muqaddas so‘zi uning Xudoga xizmat qilishga bag‘ishlanganini va maxsus vazifasi bo‘lganini ko‘rsatadi. Odamlar va buyumlar Tavrotda buyurilgan qurbonliklar va diniy marosimlar orqali poklanib, muqaddas qilinganlar. Xudo O‘z xalqiga: “Muqaddas bo‘linglar”, deb amr bergan. Buning mazmuni shundan iboratki, Isroil xalqi boshqa xalqlardan ajralib turishi, o‘zlarini Xudoga bag‘ishlab, Uning qonunlarini bajarishlari kerak edi.
Muqaddas chodirdagi xontaxtaga, keyinchalik Ma’baddagi xontaxtaga qo‘yilgan o‘n ikkita xamirturushsiz non. Bu nonlar Egamizning huzuridagi xontaxtaga qo‘yilgan, shuning uchun ibroniychada “huzuridagi non” deb atalgan.
Nonlar xontaxtada bir hafta turgach, yangi yopilgan o‘n ikkita non bilan almashtirilgan. Xontaxtadan olingan nonlarni faqat ruhoniylar yeyishgan1. Muqaddas nonlar Egamizning huzurini bildiruvchi ramz bo‘lib, Xudo Isroil xalqining qudrati va ta’minlovchisi ekanligidan ham darak berib turgan.
XUDONING RUHI iborasiga qarang.
Muqaddas chodirning, keyinchalik esa Ma’badning kiraverishidagi katta xonasi1. Muqaddas xonada oltindan yasalgan tutatqi qurbongohi, oltin chiroqpoya va muqaddas nonlar turadigan xontaxta bor edi. Muqaddas xonani Eng muqaddas xonadan katta parda ajratib turardi. Tavrotga ko‘ra, ruhoniy bir kunda ikki marta — ertalab va kechqurun Muqaddas xonaga kirib, oltin qurbongohda tutatqi tutatardi. Muqaddas xonaga faqat ruhoniylar kirishga haqli edilar. Yana ENG MUQADDAS XONA iborasiga
qarang.
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
Isroil xalqi Xudoga sajda qilishda ishlatgan chodir1. Isroil xalqi Sinay tog‘ida turganda, Xudo Musoga Muqaddas chodirni va uning hamma jihozlarini yasashni buyurib, ularning aniq namunasini ko‘rsatgan2. Bu chodirni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish mumkin edi. Muqaddas chodir termini chodirning o‘ziga nisbatan ham, uning atrofidagi maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan yerga nisbatan ham ishlatiladi. Muqaddas chodirning Eng muqaddas xonasida Ahd sandig‘i saqlangan. Bu chodir Uchrashuv chodiri deb ham atalgan. Isroil xalqi qurbonliklar keltirganda Xudo O‘z xalqi bilan uchrashish uchun shu chodirda zohir bo‘lar edi3. Keyinchalik shoh Sulaymon Xudoga atab, Quddusda Ma’bad qurdirdi.
Muqaddas Kitobda Muqaddas chodir ba’zan “muqaddas maskan” yoki “muqaddas makon” deb aytilgan. Ibroniylarga maktubda samodagi Chodir bir necha marta tilga olingan. Iso Masih mana shu samoviy Chodirning Eng muqaddas xonasida oliy ruhoniy bo‘lib xizmat qilyapti4.
43 4 Ibroniylar 8:1-2, 9:11-12, 24
Bu xalq Ibrohimning jiyani Lut naslidan edi. Lutga qizlari sharob berib, mast qilib qo‘ygach, katta qizi otasi yoniga kirib, otasidan homilador bo‘lgan va o‘g‘li Mo‘abni tuqqan edi1. Mo‘ab xalqi Mo‘ab yurtida yashardi. Bu yurt O‘lik dengizning sharqidagi yassi tepalikda joylashgan bo‘lib, yeri hosildor edi. Mo‘ab xalqi xudo Xamo‘shga sajda qilardi. Mo‘ab tili ibroniy tiliga yaqin edi. Ammo ular Isroil xalqining dushmani edilar. Isroil payg‘ambarlari Mo‘ab xalqining ayanchli qismati haqida ko‘p bashorat qilganlar2. Bobilliklar ularni qirib tashlagandan keyin, bu xalq nom–nishonsiz yo‘q bo‘lib ketdi.
48–bob, Zafaniyo 2:8-11
Ommon xalqining xudosi1. Odamlar o‘z farzandlarini qurbonlik qilish orqali Mo‘laxga sajda qilar edilar. Xudoning qonunlarida bunday odat qat’iyan man etilgan. Ammo Quddusga yaqin joydagi Xinnum soyligida hatto Isroil xalqi ham Mo‘laxga sajda qilib, farzandlarini qurbonlik qilgani kuzatilgan2.
32:35
Ibroniy va yunon matnlarida “najot” tushunchasini ifodalaydigan bir nechta so‘z ishlatilgan bo‘lib, ular mazkur tarjimada “najot, qutqarmoq, xalos qilmoq, ozod qilmoq” kabi so‘zlar bilan berilgan. Bu so‘zlar odamlarning va butun bir xalqning dushmanlardan yoki ularning hayotiga xavf solayotgan boshqa narsalardan xalos bo‘lishini ifodalaydi.
Eski Ahdda birorta odam ma’lum bir vaziyatda boshqalarni xavf–xatardan qutqarganda “qutqaruvchi” deb atalgan1. Aksariyat hollarda esa “Qutqaruvchi, Xaloskor va Najotkor” degan nom Xudoning O‘ziga nisbatan ishlatilgan2. Isroil xalqi tarixidagi eng buyuk voqealardan biri ularning Misrdagi qullikdan ozod bo‘lganidir. Xudo Muso orqali mo‘jiza ko‘rsatib, O‘zining Qutqaruvchi ekanligini namoyon qilgan3. Xudo Isroil xalqini ko‘p marotaba qutqargani uchun, ular, kelajakda Egamiz bizni barcha dushmanlardan va yovuzlikdan xalos qiladi, degan umidda o‘sha vaqtni intizorlik bilan kutganlar. Yana Eski Ahdda payg‘ambarlar bashorat qilib, Xudo O‘zining solih qulini yuboradi va insonlarni gunohlardan xalos qiladi, deb aytganlar. Bashoratlarga ko‘ra Xudoning bu sodiq quli payg‘ambar Dovudning avlodidan kelib chiqardi4.
Yangi Ahdda bayon qilinishicha, odamlar Iso Masihning o‘limi va tirilishiga ishonish orqali gunohdan xalos bo‘ladilar5. Demak, har bir inson millati, irqi va madaniyatidan qat’iy nazar, najotga erishishi mumkin6. Bu najot odamning qilgan savob ishlariga bog‘liq emas. Odam faqatgina Xudoning marhamati va inoyati tufayli
gunohlaridan forig‘ bo‘lib, Iso Masih orqali abadiy hayotga ega bo‘ladi7. Iso Masihga imon keltirib, tavba qilgan har bir insonni Xudo kechiradi8.
Shuning uchun Xudoning O‘zi ham, Iso Masih ham
“Najotkor” deb ataladi9.
Iso Masihga imon keltirgan odam Xudo bilan
yarashgani uchun bu dunyodaYoq najotga erishgan deb hisoblanadi10. Najotga erishgan har bir insonning hayotida Muqaddas Ruh amal qiladi11. Najot uzluksiz bir jarayon bo‘lib, unga erishgan har bir insonning fikrlashi va xulq– atvori o‘zgaradi va bunday inson o‘z hayotini Xudoni mamnun qilish niyatida yashaydi12.
Masihiylar qiyomat kuni ham hukm qilinmaydilar13. Masihning xochdagi o‘limi va tirilishi tufayli ular bu dunyoda ham, narigi dunyoda ham najotga egadirlar14. Shu sababdan imonlilar o‘lgandan keyin Xudo bilan birga jannatda bo‘lishlariga qat’iy ishonadilar15.
22:2-3, 1 Solnomalar 16:35, Zabur 33:5-8, 18-20,
39:18, 77:35, Ishayo 43:3, 11, 49:26, Doniyor 6:27
53:12, Hizqiyol 37:23-25, Zakariyo 3:8-9 ga va
MASIH so‘ziga qarang. 5 Matto 1:21, Luqo 2:10-11,
30-31, Havoriylar 4:11-12, Rimliklar 5:9-10
2:38-39, 10:43, 16:30-31, Rimliklar 10:9-10 9 Luqo
1:47, 69-70, 2:11, Havoriylar 5:31, Filippiliklar
3:20, 1 Timo‘tiy 1:1, 2:3, 2 Timo‘tiy 1:10, Titus 1:3-
4 10 Rimliklar 8:24, 29-30, Efesliklar 2:4-6,
2 Timo‘tiy 1:9 11 Rimliklar 8:15-16, 2 Korinfliklar
1:21-22, Efesliklar 1:13-14 12 1 Butrus 2:1-3,
1 Korinfliklar 1:18 13 Yuhanno 3:15-16, 36, 5:24,
6:40, 1 Yuhanno 4:15-17, 5:13, Rimliklar 8:1-2,
Filippiliklar 1:28, Ibroniylar 9:27-28 14 1 Butrus
1:3-5, 2 Butrus 1:3-8, Titus 3:4-7 15 Luqo 23:42-43,
2 Korinfliklar 5:1-2, 6-8, Filippiliklar 1:21-23,
1 Salonikaliklar 4:16-17, 5:9-10, Vahiy 22:3-5
Odamlar Xudoga sajda qilib, o‘z ishonchini va hurmat–ehtiromini bildirish uchun beradigan narsa. Tavrot qonuni bo‘yicha ikkita nazr turi bo‘lib, bular quyidagilardir:
DON NAZRI
Don nazri a’lo sifatli bug‘doy unidan yoki turli tarzda tayyorlangan xamirturushsiz nondan iborat edi1. Bu nazrning bir qismi yoki hammasi qurbongohda kuydirilgan, kuydirilmagan qismi esa ruhoniylarga berilgan. Don nazri odatda boshqa biror qurbonlikka, misol uchun, kuydiriladigan yoki tinchlik qurbonligiga qo‘shib keltirilgan2.
qarang.
SHAROB NAZRI
Odatda sharob nazri kuydiriladigan yoki tinchlik qurbonligiga qo‘shib keltirilardi. Sharob nazri qurbongohga quyilganda va qurbonlik kuydirilganda, Xudoga Yoqimli hid borardi1.
qarang.
AHMOQ, NODON so‘zlariga qarang.
Yangi Ahd davrida yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi. Bu kengash bosh ruhoniylardan, Tavrot tafsirchilari hamda obro‘li odamlardan iborat edi. Oliy kengashning 70 ga yaqin a’zosi bor edi. Oliy ruhoniy kengashning boshlig‘i edi. Kengash a’zolari yahudiylarning ijtimoiy, siyosiy va dinga oid masalalarini hal qilish huquqiga ega edilar, ammo Oliy kengash chiqargan muhim qarorlar Rim hukumati tomonidan tasdiqlanishi kerak edi. Masalan, Oliy kengash birortasini o‘limga hukm qilishi mumkin edi, ammo faqatgina Rim hukumati mana shu hukmni ijro qila olardi. Yurtda tinchlikni saqlab turish uchun Oliy kengash yahudiylarning ham, Rim hukumatining ham manfaatini ko‘zlar edi.
RUHONIY so‘ziga qarang.
QURBONGOH so‘ziga qarang.
Akas yog‘ochidan yasalgan, usti oltin bilan qoplangan xontaxta. Bu xontaxta Muqaddas chodirning, keyinchalik esa Quddusdagi Ma’badning Muqaddas xonasida turar edi.
Muqaddas nonlar mana shu xontaxtaning ustiga
qo‘yilar edi1.
Bu xalq Ibrohimning jiyani Lut naslidan edi.
Lutga qizlari sharob berib, mast qilib qo‘ygach, kenja qizi otasi yoniga kirib, otasidan homilador bo‘lgan va o‘g‘li Banommini tuqqan edi1.
Banommidan Ommon xalqi kelib chiqdi. Ommon xalqi xudo Mo‘laxga sajda qilgan. Ular Iordan daryosining sharqida yashaganlar. Ommon xalqi Isroil xalqining dushmani bo‘lib, Filist xalqi bilan ittifoq tuzgan. Ommon yurtining poytaxti o‘sha davrda Ommon shahri bo‘lib, hozirda Iordaniya mamlakatining poytaxtidir.
Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin o‘sha yerda yashagan xalqlardan biri. Omolek xalqi ko‘chmanchi xalq bo‘lib, asosan O‘lik dengizning janub va sharq tomonida yashagan.
Isroil xalqi Misrdan chiqib kelayotganda, Omolek xalqi ularga hujum qilgan edi. O‘shandan boshlab Omolek xalqi Isroil xalqining dushmani bo‘lib qoldi1. Xudo Isroil xalqiga: “Omolek xalqini halok qilib, ularning nomini yer yuzidan o‘chiringlar”, deb amr bergan edi. Yahudo shohi Hizqiyo davridagina Isroil xalqi Xudoning bu amrini bajarib, Omolek xalqini qirib tashladi2.
15:2, 30:1-5 2 1 Solnomalar 4:43
Bu nom Eski Ahdda oramiychada so‘zlashuvchi xalqlar yashaydigan bir nechta hududga nisbatan ishlatilgan. Bu hududlarning biri Furot daryosi bo‘yida, hozirgi Suriya mamlakatining shimolida va hozirgi Turkiyaning janubi–sharqida edi. Ibrohim payg‘ambar birmuncha vaqt aynan o‘sha hududda istiqomat qilgan, uning qarindoshlaridan ba’zilari o‘sha yerda yashab qolganlar. Furot daryosidan g‘arbga va janubga cho‘zilgan, Kan’on hududiga yaqin bo‘lgan yerlarga nisbatan ham Oram nomi ishlatilib, Damashq shahri bu yerlarning markazi hisoblangan. Bu hududlarning hammasi Iskandar Zulqarnayn tomonidan bosib olingandan keyin Suriya nomi bilan tanilgan. Yana SURIYA so‘ziga qarang.
Ibroniychaga yaqin bo‘lgan til. Davrlar o‘tgan sari bu til xalqaro tilga aylanib, hozirgi Yaqin Sharq deb ataladigan yerlarda savdo–sotiq, tijorat va ijtimoiy–siyosiy doiralarda ishlatiladigan til bo‘lib qoldi. Ossuriyaning tub aholisi oramiy tilida so‘zlashardi. Shu sababdan,
oramiy tili Ossuriya tomonidan bosib olingan yerlardagi xalqlarning, Ossuriya yurtida, keyinchalik esa Bobil va Fors yurtlarida yashagan ajnabiy asirlarning so‘zlashuv tiliga aylandi.
Shuning uchun Eski Ahdning ba’zi bir qismlari oramiy tilida yozilgan1. Iso Masih davrida qadimgi Falastinda yashagan yahudiylar odatda oramiy tilida so‘zlashganlar. Yangi Ahdda oramiycha so‘zlar, iboralar va nomlar ko‘p uchraydi, ammo ular asl matnda yunoncha harflar bilan yozilgan.
7:28
Eski Ahdning eng qadimiy to‘liq ibroniycha qo‘lyozmasi Leningrad Kodeksidir. Bu qo‘lyozma taxminan milodiy 1000 yillarda ko‘chirilgan.
Mazkur qo‘lyozmaning nashr qilingan nusxasi Bibliya Xebraika Stutgartensiya deb ataladi1. Eski Ahdning bu qo‘lyozmasidagi bir nechta parcha oramiy tilida yozilgan2.
Xudoning insonlar hayotidagi hukmronligiga va har bir yaratilgan mavjudotning oxiratda yangilanishiga ishora. Bu ibora faqatgina Matto kitobida ishlatilgan bo‘lib, “Xudoning Shohligi” ma’nosini bildiradi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun XUDONING SHOHLIGI iborasiga qarang.
Muqaddas Kitobda bu so‘zlar ostida Xudo yaratgan osmon nazarda tutilgan1. Ammo osmon va samo so‘zlari ko‘pincha Xudoning va farishtalarning maskanini ham bildiradi2. Yangi Ahdda bayon qilinishicha, Iso Masih osmondan tushgan va o‘lib tirilgandan keyin yana osmonga ko‘tarilgan3. Oxiratda Iso osmondan kelib, o‘liklarni tiriltiradi4. Shu kuni Xudo solihlarga abadiy hayotni mukofot qilib beradi, ular Xudo bilan birga jannatda yashaydilar5. Bu dunyoda yashayotgan Isoning izdoshlari samoni haqiqiy vatan deb bilishlari6, o‘sha vatanga ko‘z tikib yashashlari kerak7.
24:50-51 4 1 Salonikaliklar 4:16-17 5 Matto 5:12,
Matto 25:34, 46, 1 Butrus 1:4, 2 Korinfliklar 5:1-2,
Filippiliklar 3:13-14, Ibroniylar 12:22-24, Vahiy
21:1-4, 22:1-5 6 Filippiliklar 3:20 7 Matto 6:20-21,
Kolosaliklar 3:1-2, Ibroniylar 11:13-16
Qadimgi qudratli shohlik. Uning poytaxti Naynavo1 hozirgi shimoliy Iroqda joylashgan edi. Miloddan oldingi 722 yilda Ossuriyaliklar Isroilni, ya’ni shimoliy shohlikni bosib oldilar2. Ular Isroil xalqining aksariyat qismini asir qilib olib ketdilar3. Ossuriya shohi boshqa xalqlarni Isroil yurtiga majburlab ko‘chirdi4. Isroil yurtida qolgan odamlar esa o‘sha ajnabiylar bilan quda– andachilik qildilar. Ularning avlodlari Yangi Ahdda aytib o‘tilgan Samariyaliklardir5. Miloddan oldingi 612 yilda ittifoqdosh dushman lashkarlari Bobil va Midiya boshchiligida Naynavoni vayron qildilar. Ko‘p o‘tmay Ossuriya shohligi o‘z mustaqilligini yo‘qotdi.
qarang. 3 4 Shohlar 17:1-6 4 4 Shohlar 17:24
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin o‘sha yerda yashagan xalqlardan biri. Pariz xalqi Kan’onning o‘rta qismidagi qirli joylarda yashagan. Yana KAN’ON XALQI, KAN’ON XALQLARI, KAN’ONDAGI XALQLAR iboralariga
qarang.
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
Xudoning xabarini odamlarga yetkazadigan inson. Eski ahd davrida Isroil xalqining payg‘ambarlari xalqni gunohdan tavba qilishga va Xudoga yuz burishga da’vat qilganlar. Ba’zan ular hatto hukmdorlarning va ajnabiy xalqlarning gunohlarini fosh qilib, ularni ham to‘g‘ri yo‘ldan yurishga chaqirganlar. Payg‘ambarlar o‘z xabarlari orqali kelajakda sodir bo‘ladigan voqealar haqida bashorat qilganlar, odamlarga dalda berganlar va yuz beradigan falokatlardan xalqni ogohlantirganlar. Odatda ular xabarlarida turli ramziy obrazlardan foydalanganlar. Ba’zi payg‘ambarlarning yozib qoldirilgan bashoratlari, vahiylari va xabarlari keyinchalik Eski Ahd tarkibiga kiritilib, bu bitiklar o‘sha
payg‘ambarlarning nomlari bilan atalgan. Yangi Ahd davrida Xudo ba’zi masihiylarni payg‘ambarlik xizmatiga tayinlagan1. Bu payg‘ambarlar imonlilarga Xudoning so‘zini yetkazganlar2. Ba’zan ular Muqaddas Ruh ilhomi bilan bashorat ham qilganlar3. Muqaddas Kitobda soxta payg‘ambarlar haqida ham aytib o‘tilgan.
Ular Xudodan xabar keltiryapmiz, deb odamlarni
aldab, yo‘ldan urganlar.
28, 21:10-11
BAYRAMLAR so‘ziga qarang.
BAYRAMLAR so‘ziga qarang.
IBRONIYCHA MATN iborasiga qarang.
IBRONIYCHA MATN iborasiga qarang.
IBRONIYCHA MATN iborasiga qarang.
Xizmatkorning bir turi bo‘lib, shoh tomonidan majburiy xizmatga olingan, iqtisodiy jihatdan shohga qaram bo‘lgan shaxs.
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
Ushbu tarjimada “qonun” yoki “qonunlar” so‘zlari ko‘pincha Xudoning Muso orqali Isroil xalqiga bergan qonun–qoidalariga ishora qiladi. Bu qonun–qoidalar Tavrotda yozilgan.
Qonunlarda Xudoning Isroil xalqi bilan tuzgan ahd shartlari va qoidalari qayd etilgan.
Qonunlar o‘nta amr bilan boshlangan1. Bu amrlarni Xudo O‘z qo‘li bilan ikki tosh lavhaga yozgan. Bu lavhalar Ahd sandig‘ida saqlangan2. Qonunlarning to‘liq majmuasi Isroil xalqining diniy va ijtimoiy hayotiga oid ko‘plab batafsil qoidalarni o‘z ichiga olgan. Xudoga sajda qilish, qurbonliklar va nazrlar keltirish, poklik, Shabbat kuniga rioya qilish, bayramlarni nishonlash, vorislik, yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan narsalar, halol va harom jonivorlar, axloqiy hayotga oid yo‘l–yo‘riqlar va qoidalar shular jumlasidandir.
Isroil xalqi qonunlarni bajarish orqali Xudoga
bo‘lgan sadoqatini yaqqol ko‘rsatardi3. Iso Masih,
barcha qonunlar “Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun ongingiz bilan seving” va “O‘zgani o‘zingizni sevganday seving” degan amrlarda mujassamdir, deb aytgan4.
Qonunlar Xudoning ezgulik va solihlik mezoni bo‘lib xizmat qiladi, insonning gunohkor ekanligini ochiq–oydin ko‘rsatadi5.
10:25-37 5 Rimliklar 7:7-13
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
Quddus O‘rta yer dengizidan qariyb 50 kilometr sharqda, tog‘ tizmasida joylashgan. Ilgari bu shahar tog‘dagi qal’a bo‘lgan, keyinchalik esa kengayib, atrofdagi qirlar va vodiylarni o‘z ichiga olgan. Miloddan oldingi 1000 yilda shoh Dovud Quddusni bosib olgandan keyin shahar Isroil xalqi uchun siyosiy va diniy markazga aylangan.
Qadimda Quddus shahrining nomi Salim edi. Salim shohi va ruhoniysi Maliksidiq Ibrohim bilan uchrashib, uni duo qilgan1. Keyinroq Xudo Ibrohimga o‘g‘li Is’hoqni shu shaharga yaqin
joyda qurbonlik qilishni buyurgan2. Isroil xalqi Kan’on yurtini bosib olgandan keyin Quddusni qo‘lga kiritgan, ammo shaharning tub aholisi — Yobus xalqi u yerda yashab qolavergan3. Dovud barcha Isroil qabilalarining shohi bo‘lgandan keyin Yobuslarning qal’asini, ya’ni Quddusni4 qo‘lga kiritgan va uni o‘z shohligining poytaxti qilgan5. Dovud Ahd sandig‘ini Quddusga keltirgan va Quddus Ahd sandig‘ining doimiy maskani bo‘lib qolgan6. Dovud Quddusda Xudoga atab Ma’bad qurmoqchi bo‘lgan, ammo Ma’badni Dovud emas, balki uning o‘g‘li shoh Sulaymon qurgan7.
Miloddan oldingi 586 yilda Quddusni Bobil qo‘shini bosib olgan. Shahardagi binolar va Ma’bad talon–taroj qilinib, ularga o‘t qo‘yilgan, shahar devorlari buzilgan, aholisi esa asirlikka olib ketilgan8. Miloddan oldingi 538 yilda, Fors imperiyasi hukmronligi davrida yahudiylarga o‘z vataniga qaytishga va Ma’badni qayta qurishga ijozat berilgan9. Miloddan oldingi 445 yilda Fors shohi amaldori Naximiyo Quddusga borib, shahar devorlarining qurilishiga boshchilik qilgan.
Miloddan oldingi 332 yilda Quddus shahri hech bir qarshiliksiz Iskandar Zulqarnaynga taslim bo‘lgan. Miloddan oldingi 63 yilga qadar,
taxminan 100 yil davomida Quddus shahri mustaqil yahudiy davlatining poytaxti bo‘lgan. Miloddan oldingi 63 yilda esa bu yurt Rim imperiyasi tomonidan bosib olingan va unga qaram bo‘lib qolgan.
Iso Masih, yahudiy urf–odatlariga ko‘ra, belgilangan diniy bayramlar paytida Quddusni ziyorat qilgani borardi10. U Quddusda Fisih bayrami ayyomida qo‘lga olingan va o‘limga hukm qilinib, xochga mixlangan. Iso Masih o‘likdan tirilgandan keyin Quddusda shogirdlariga zohir bo‘lgan. Iso ularga, Xudo sizlarni Muqaddas Ruhga cho‘mdirmaguncha Quddusda qolinglar, deb buyurgan11. Isoning izdoshlari birinchi marta Quddusda quvg‘in qilinganlar12. Milodiy 66 yilda Yahudiya viloyatining aholisi Rim hukumatiga qarshi isyon ko‘targan. Milodiy 70 yilda Rimliklar Titus boshchiligida Quddusni yana qo‘lga kiritib, shaharni va Ma’badni yer bilan yakson qilganlar. Shunday qilib, Isoning bashorati amalga oshgan13.
Samoviy Quddus deganda Xudoning samodagi maskani nazarda tutiladi, kelajakda esa bu maskan yer yuzida bo‘ladi14.
2 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang. 3 Hakamlar 1:21 4 SION so‘ziga qarang. 5 2 Shohlar 5:6-7
5:1-6:38 8 4 Shohlar 25:8-17, 2 Solnomalar 36:13-
21 9 Ezra 1:1-11 10 Luqo 2:41-42, Yuhanno 4:45,
7:2-4, 10, 10:22-23 11 Havoriylar 1:3-5, 2:1-13
IBRONIYCHA MATN iborasiga qarang.
Qur’a tashlashda yog‘och bo‘laklari yoki toshlar ishlatilgan bo‘lib, shu orqali Xudoning xohish–irodasi aniqlangan. Ba’zan odamlar qur’a tashlab, Xudodan biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligini so‘rashgan.
Xudoga sajda qilish uchun buqa, qo‘zi, echki, kaptar yoki musicha kabi jonivorlar qurbonlik qilinardi. Jonivor so‘yilgandan keyin, uning bir qismi Xudoga Yoqimli hid bo‘lishi uchun nazr sifatida qurbongohda kuydirilgan. Qolgan qismi esa ruhoniylarga berilgan yoki sajda qiluvchilar tomonidan yeyilgan. Isroil xalqi Xudoga shukrona
aytish, Xudodan marhamat va baraka tilash, gunohlari uchun kechirim so‘rash maqsadida qurbonliklar keltirgan. Eski Ahdda aytib o‘tilgan beshta qurbonlik turi quyidagicha:
KUYDIRILADIGAN QURBONLIK, KUYDIRILADIGAN NAZR
Bu turdagi qurbonlikning hamma a’zolari qurbongohda batamom kuydirilgan. Bunday qurbonlikni keltirishdan asosiy maqsad — qurbonlikni kuydirganda chiqayotgan hid bilan Xudoni mamnun qilish edi. Levilar 1:1-17, 6:8- 13 ga qarang.
TINCHLIK QURBONLIGI, TINCHLIK NAZRI
Bu turdagi qurbonlikning bir qismi qurbongohda kuydirilgan, qolgani esa ruhoniylarga berilgan yoki sajda qiluvchilar tomonidan yeyilgan. Xudoga shukrona tariqasida yoki Undan yordam, marhamat va baraka so‘rab keltirilgan bu qurbonlik turi boshqa qurbonliklarga qaraganda ko‘p qilingan.
Ko‘pincha Eski Ahdning ibroniycha matnida “tinchlik qurbonligi” iborasi “qurbonlik” so‘zi bilan ifodalangan. Levilar 3:1-17, 7:11-21 ga qarang.
SHUKRONA QURBONLIGI, SHUKRONA NAZRI
Tinchlik qurbonligi va tinchlik nazri shu nomlar bilan ham atalgan. Levilar 7:11-15 ga qarang.
GUNOH QURBONLIGI
Bu turdagi qurbonlikni birortasi bilmay qilgan gunohi uchun Xudodan kechirim so‘rab keltirgan. Bulg‘angan odamni poklash uchun keltiriladigan bu qurbonlik poklanish marosimining bir qismi edi. Qurbonlikning qoni bir necha usul bilan poklanish marosimida ishlatilgan. Qurbonlikning bir qismi qurbongohda kuydirilgan, qolgani esa yo ruhoniylarga berilgan yoki qarorgoh tashqarisida halol joyda kuydirib yuborilgan. Levilar 4:1-5:13, 6:24-30 ga qarang.
AYB QURBONLIGI
Gunoh qurbonligining maxsus turi. Biror odam boshqasini aldaganda, o‘g‘rilik qilganda yoki boshqa birovga moddiy zarar yetkazganda ayb qurbonligini keltirgan. Birortasi Xudoga bag‘ishlangan narsani o‘zlashtirib olganda ham ayb qurbonligini keltirishi kerak edi. Aybdor odam bu qurbonlikni keltirish bilan birga, o‘g‘irlagan yoki zarar yetkazgan narsaning to‘liq narxini, buning ustiga o‘sha narsa qiymatining 20 foizini jarima sifatida to‘lagan. Levilar 5:14-6:7,
7:1-10 ga qarang.
QURBONGOH so‘ziga qarang.
Toshdan yoki loydan qurilgan maxsus joy. Qadimda odamlar qurbongohlarda nazrlar va qurbonliklar kuydirganlar, tutatqi tutatganlar. Qurbongoh muqaddas hisoblangan.
Muqaddas Kitobning ko‘p o‘rinlarida “qurbongoh” so‘zi Muqaddas chodirning hovlisidagi, keyinchalik esa Ma’badning hovlisidagi bronza qurbongohga nisbatan ishlatilgan. Ruhoniylar Isroil xalqi uchun har xil qurbonliklar va nazrlar kuydirishda bronza qurbongohdan foydalanganlar.
BRONZA QURBONGOH, QURBONLIK KUYDIRILADIGAN QURBONGOH
Bronzadan yasalgan bu qurbongoh Muqaddas chodirning hovlisida, keyinchalik esa Ma’bad hovlisida o‘rnashtirilgan edi.
TUTATQI QURBONGOHI, OLTIN TUTATQI QURBONGOHI
Akas yog‘ochidan yasalgan, usti toza oltin
bilan qoplangan qurbongoh. Bu qurbongoh Muqaddas chodirning, keyinchalik esa Ma’badning Eng muqaddas xonasi oldida o‘rnashtirilgan edi. Ruhoniylar bu qurbongoh ustida Isroil xalqi uchun tutatqi tutatardilar.
Qadimda lashkarboshining qurollarini
ko‘tarib yuruvchi jangchi.
Iso Masih O‘z o‘limidan oldin shogirdlari bilan birga Fisih taomini tanovul qilgan1. O‘sha kecha Iso shogirdlariga, sizlar birga taom tanovul qilganingizda, Meni xotirlanglar, deb buyurgan.
Iso Masihning izdoshlari Uning bu amriga itoat etib, tez–tez yig‘ilib turardilar va birgalikda taom tanovul qilardilar. Ular taomni tanovul qilganlarida, Iso buyurganday non sindirib yerdilar va sharobdan ichardilar2. Shu tarzda ular Iso Masihga o‘z ehtiromini ko‘rsatib, Iso ularning gunohlari uchun qurbon bo‘lganiga ishonganlarini tasdiqlar edilar3, Iso O‘z sevgisini qanday namoyon qilganini xotirlar edilar. Iso ularni qanday sevgan bo‘lsa, shogirdlar ham bir– birlarini shunday sevishlari kerak edi4.
15:9-17
Ikkita yassi tosh. Bu toshlar yordamida don yanchilib, un qilinar edi. Ustki tosh odatda dumaloq bo‘lib, o‘rtasida teshigi bor edi. Shu teshikdan don solinardi. Ustki toshning dastasi bo‘lgan. Shu dastadan ushlab, ustki toshni ostki tosh ustida yurg‘izganlar.
Qadimda qo‘zi va boshqa halol hayvonlar Xudoga qurbonlik qilingan1. Tavrotga ko‘ra, Isroil xalqi Muqaddas chodirda, keyinchalik esa Ma’badda qurbonliklar keltirishi kerak edi. Ular har kuni ertalab va kechqurun, yangi oy chiqqanda va belgilangan bayramlarda qo‘zilarni qurbonlik qilardilar2. Har yili nishonlanadigan Fisih bayramida hamma o‘z uyida olovda pishirilgan qo‘zi go‘shtini iste’mol qilardi3.
Shunday qilib, ular Xudo Isroil xalqining to‘ng‘ich o‘g‘illarini Misrdagi oxirgi falokatdan Fisih qurbonligi orqali qutqarganini eslashardi4.
Odamlar har qanday nopoklikdan tozalanish uchun o‘tkaziladigan poklanish marosimlarida ham qo‘zilarni qurbonlik qilishardi5.
Ishayo payg‘ambar odamzodning gunohini o‘z bo‘yniga oladigan Xudoning quli haqida bashorat qilgan. Xudoning bu quli bo‘g‘izlanishga olib ketilayotgan qurbonlik qo‘zisiga o‘xshatilgan6.
Yahyo payg‘ambar Iso Masihni butun dunyoni gunohlardan poklaydigan Xudoning Qo‘zisi deb ataydi7. Iso Masih Fisih bayrami ayyomida xochga mixlangan. Bir necha yillar o‘tib Pavlus, Iso Masih bizning Fisih qurbonligimiz bo‘ldi, deb ta’lim bergan8. Vahiy kitobida Iso Masih bo‘g‘izlangan Qo‘zi kabi tasvirlangan9. O‘sha Qo‘zi Xudoning dushmanlari ustidan g‘olib chiqadi va Xudo bilan birga abadiy hukmronlik qiladi10.
12:26-27 5 Levilar 12:6-7, 14:10-14, 19-20 6 Ishayo
53:6-7 7 Yuhanno 1:29, 36 8 1 Korinfliklar 5:7
22:1-5
QUTLUG‘ KECHA iborasiga qarang.
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
Muqaddas chodirning maxsus yasalgan qismlari. Kumush tagliklarga o‘rnatilgan romlar tik qilib, yonma–yon qo‘yilardi. Chodirning ikki yon devori va orqa devori shu romlardan iborat bo‘lgan.
Diniy xizmat va marosimlarni o‘tkazish uchun maxsus tayyorlangan kishi. Qadimgi Isroilda Tavrotga ko‘ra, ruhoniy Levi qabilasidan, Musoning akasi Horun avlodidan bo‘lishi shart edi. Ruhoniylar Muqaddas chodirda, keyinchalik Quddusdagi Ma’badda xizmat qilganlar. Ular sajda qilishda bosh bo‘lardilar, qurbonliklar keltirardilar, diniy rasm–rusum va marosimlar o‘tkazardilar. Ruhoniylarga xizmatda levilar yordam berardilar1. Muqaddas chodirning Muqaddas xonasiga, keyinchalik esa Ma’badning Muqaddas xonasiga faqatgina ruhoniylar kirishga haqli edilar. Ruhoniylarga Isroilda yer ulush qilib berilmagan edi. Tavrotga ko‘ra, ular keltirilgan qurbonliklardan ulush olib, kundalik ehtiyojlarini qondirishardi2. Ruhoniylarga odamlar orasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish va Xudoning
qonun–qoidalarini xalqqa o‘rgatish vazifasi
topshirilgan edi.
20
OLIY RUHONIY
Isroil xalqining eng muhim va eng yuqori lavozimdagi ruhoniysi. Oliy ruhoniy o‘z vazifasini ado etish uchun maxsus liboslar kiygan. Bu liboslar efod, rido, naqshli ko‘ylak, salla, belbog‘ va o‘n ikkita qimmatbaho tosh qadalgan ko‘krakpechdan iborat edi1. Oliy ruhoniy bir yilda bir marta — Poklanish kunida o‘zining eng muhim vazifasini bajargan. O‘sha kuni oliy ruhoniy Muqaddas chodirning, keyinchalik Ma’badning Eng muqaddas xonasiga kirgan. Bu xonada u o‘zini va Isroil xalqini gunohdan
poklash marosimini o‘tkazgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun BAYRAMLAR so‘zi ostida berilgan POKLANISH KUNI iborasiga qarang.
Muqaddas Kitobda ro‘za muhim ahamiyatga
egadir. Inson ilojsiz vaziyatlarga tushib qolganda, savob uchun emas, balki toat–ibodatga berilib, Xudoning madadiga muhtojligini ko‘rsatish maqsadida ro‘za tutadi. Insonning hayotida jiddiy muammolar paydo bo‘lganda ovqat yeyish kabi jismoniy ehtiyojlar ahamiyatsiz bo‘lib ko‘rinadi.
Tavrotga ko‘ra, Isroil xalqi gunohlaridan tavba qilganini ko‘rsatish uchun Poklanish kuni ro‘za tutishi kerak edi1. Shuningdek, Isroil xalqi Bobilda surgunda bo‘lganda ham, surgundan keyingi davrlarda ham qayg‘uli voqealarni xotirlash maqsadida har yili ro‘za tutgan.
Ma’badning vayron qilinganini xotirlab ro‘za
tutganlari buning bir misolidir2.
Belgilangan ro‘zalardan tashqari, Isroil xalqi boshqa holatlarda ham ro‘za tutgan. Masalan, birortasi yaqin odamining o‘limidan keyin o‘z qayg‘usini ifoda etish3, mushkul vaziyatda Xudodan yordam so‘rash4, o‘z gunohidan tavba qilganini yoki boshqalarga hamdardligini ko‘rsatish maqsadida ro‘za tutgan5. Ro‘za odatda ibodat bilan bog‘liq bo‘lib, Xudodan yo‘l–yo‘riq olish va madad tilash uchun6, birovning mushkulini oson qilish uchun tutilardi7. Isroil xalqi orasida, ro‘za tutgan odam Xudodan albatta javob oladi, degan qarash keng tarqala boshlagan edi8. Ammo Eski Ahd davridagi payg‘ambarlar bu qarashning mutlaqo noto‘g‘ri ekanini aytganlar. Ularning ta’kidlashicha, odam ro‘zani xudbin niyatda tutishi kerak emas, aksincha ro‘za paytida insonning o‘y–xayoli va xatti–harakatlari Xudoga manzur bo‘lishi shart9.
Yangi Ahd davrida yahudiy din arboblari va ularning shogirdlari haftada ikki martadan ro‘za tutishgan. Ammo Iso Masihning shogirdlari Uning yer yuzidagi xizmati paytida ro‘za tutmaganlar, Iso osmonga ko‘tarilgandan keyin esa ro‘za tutadigan bo‘ldilar10. Iso Masihning ta’limoti bo‘yicha, odam boshqalarning e’tiborini o‘ziga jalb qilmasdan ro‘za tutishi kerak11.
oyatlarga va Zakariyo 8:19 izohiga qarang.
9:3-4, Yunus 3:5-8 6 2 Shohlar 12:15-23,
2 Solnomalar 20:3-4, Ezra 8:21-23 7 Ester 4:15-17,
Zabur 34:13 8 Ishayo 58:3 9 Ishayo 58:3-12,
Yeremiyo 14:10-12 10 Mark 2:18-20, Havoriylar
13:2-3, 14:23 11 Matto 6:16-18
Iso Masih davrida yahudiylarning muhim bir
diniy mazhabi. Bu mazhab asosan ruhoniylardan va zodagonlardan iborat edi. Sadduqiylar katta siyosiy kuchga ega bo‘lib, Ma’bad ma’muriyatiga ham hukmini o‘tkazardilar. Oliy kengash a’zolarining ko‘pchiligi Sadduqiylardan edi.
Farziylardan farqli ravishda, ular og‘zaki tarqalgan urf–odatlarni qabul qilmasdilar, faqat Tavrotda yozilgan qonun–qoidalarga rioya qilardilar, o‘liklarning tirilishiga ham ishonmas edilar. Iso bilan Sadduqiylar orasida ko‘p kelishmovchiliklar bo‘lgan.
Miloddan oldingi 885-874 yillarda hukmronlik qilgan shoh Omri davridan boshlab, Samariya Isroilning, ya’ni shimoliy shohlikning1 poytaxti bo‘ldi2. Eski Ahdda ba’zan Samariya degan nom Isroil shohligi o‘rnida ham ishlatilgan3. Yangi Ahdda esa bu nom ostida Iordan daryosining g‘arbidagi, Jaliladan janubdagi yerlar nazarda tutilgan. Samariya Rim imperiyasining Yahudiya viloyati hududida edi.
Yangi Ahd davrida Samariyada tug‘ilgan odam1. Miloddan oldingi 722 yilda Ossuriyaliklar Isroilni, ya’ni shimoliy shohlikni bosib olgandan keyin aholisining aksariyat qismini asir qilib olib ketdilar. Samariya hududiga esa ajnabiy xalqlar majburan ko‘chirildi2. Bir necha asrlardan keyin yunonlar ham bu joylarga o‘rnashib olganlar.
Shuning uchun Rim imperiyasi davrida Samariya
aholisining etnik tarkibi aralash bo‘lgan. Samariyaliklar va yahudiylar orasida adovat bor edi. Samariyaliklar faqatgina o‘zlarining Tavrotini Xudo yuborgan muqaddas bitik deb bilardilar.
Ularning Tavrot nusxasi yahudiylarning Tavrotidan farq qilar edi. Samariyaliklar Xudoga Quddusda emas, balki Garizim tog‘ida sajda qilganlar3. Ular taxminan miloddan oldingi 400 yilda Garizim tog‘ida ma’bad qurganlar. Bu ma’bad taxminan miloddan oldingi 128 yilda yahudiylar tomonidan vayron qilingan. Buning oqibatida yahudiylar va Samariyaliklar orasidagi adovat yanada kuchaygan.
41 3 Yuhanno 4:20 ga va o‘sha oyatning izohiga
qarang.
OSMON, SAMO so‘zlariga qarang.
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
AHD SANDIG‘I iborasiga qarang.
AHD SANDIG‘INING QOPQOG‘I iborasiga
qarang.
Yomg‘ir suvini to‘plash va saqlash uchun barpo qilingan sun’iy hovuz. Chuqur qazilgandan keyin chuqurning hamma yog‘iga toshlar zich qilib terib chiqilardi, toshlar usti suvalib, shu tariqa sardobalar yasalardi. Bundan tashqari, sardobalar katta qoyalarni o‘yib ham yasalardi.
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
Ibroniy va yunon matnlarida “sevgi” tushunchasini ifodalaydigan bir nechta so‘z ishlatilgan bo‘lib, ular mazkur tarjimada “sevgi, muhabbat, sevmoq, yaxshi ko‘rmoq” kabi so‘zlar bilan berilgan. Muqaddas Kitobda bu so‘zlar nafaqat odamlarning o‘zaro munosabatini, balki ularning Xudo bilan bo‘lgan yaqin munosabatini ko‘rsatish uchun ham ishlatilgan. Odatda o‘zaro munosabat o‘rnatib, ahd1 tuzgan ikki tomon bir– biriga nisbatan sadoqatli va iltifotli bo‘lishi talab etiladi.
Eski Ahdda buning eng yorqin misoli Xudoning Isroil xalqi bilan bo‘lgan munosabatidir. Isroil xalqi Xudoning sevgisini qozonmagan bo‘lsa ham, Xudo ularni qanchalik sevishini ko‘rsatish uchun ular bilan ahd tuzishga qaror qilgan2. Bu ahdning shartiga ko‘ra, Isroil
xalqi Egasi Xudoni butun qalbi bilan, jonu dili bilan, butun vujudi bilan sevishi va Uning amrlarini bajarishi kerak edi3. O‘sha amrlardan birida aytilishi bo‘yicha inson o‘zgani o‘zini sevganday sevishi kerak4.
Iso Masih Xudoni va boshqalarni sevish haqidagi amrlarni Tavrotning eng muhim amrlari deb hisoblagan5. U O‘z shogirdlariga, bir– biringizni sevinglar, amrlarimga amal qilinglar, deb buyurgan6. Isoning O‘zi ham samoviy Otasini qanchalik sevishini ko‘rsatish uchun Uning amrlarini to‘liq bajargan7.
Xudo butun odamzodga bo‘lgan sevgisini ko‘rsatish maqsadida bu dunyoga O‘zining yagona O‘g‘li Iso Masihni yuborgan edi. Iso Masih odamzodning gunohi uchun qurbon bo‘ldi. Isoga ishongan har bir inson gunohlaridan butunlay poklanadi va abadiy hayotga ega bo‘ladi8. Xudo sevgi manbayi bo‘lgani uchun Unga ishonganlar ham Xudodan namuna olib, bir–birlarini yaxshi ko‘rishlari kerak9.
6:5, 11:1 4 Levilar 19:18 5 Mark 12:28-34
Rimliklar 5:8, 1 Yuhanno 4:9-10 9 1 Yuhanno 4:7-8,
11-12, 16, 19-21
FINIKIYA so‘ziga qarang.
Yahudiylar toat–ibodat qilishlari, Muqaddas bitiklarni o‘qib–o‘rganishlari va diniy ta’lim olishlari uchun yig‘iladigan joy, ibodatxona.
Sinagogalarda qurbonliklar keltirilmagan, qurbonliklar faqat Quddusdagi Ma’badda keltirilar edi.
Shoh Dovud Yobus xalqidan tortib olgan Quddusning bir qismi Sion qal’asi deb atalardi1. Bu joy Dovud qal’asi deb nom oldi. Keyinchalik esa Ma’bad qurilgan tepalik Sion tog‘i deb ataladigan bo‘ldi. Eski Ahddagi she’riy parchalarda va payg‘ambarlar bitiklarida Sion so‘zi ko‘pincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan.
Qadimda shohning lashkari safida xizmat qilgan jangchi.
Tanani nayza, qilich yoki o‘q zarbidan saqlash uchun kiyiladigan zirhli harbiy kiyim. Sovutlar odatda hayvon terisidan qilingan, ammo ba’zan temir va bronzadan ishlangan. Temir va bronza sovutlar juda qimmat bo‘lgan. Kamonkashlar va aravakashlar jang paytida himoyalanish maqsadida sovut kiyganlar, chunki ularning qo‘llari band bo‘lgani uchun qalqon ko‘tara olmasdilar. Ba’zan jang otlariga ham sovut kiydirilgan.
Ikki adir oralig‘idagi pastlik. Yaqin Sharqda ba’zi soyliklar vodiy kabi keng, ba’zilari esa jar kabi chuqur va tor bo‘ladi. Yog‘ingarchilik mavsumida soylikda suv oqadi, boshqa paytlarda esa suvi qurib qoladi.
Bu so‘z ostida odatda Isroil va Yahudo shohliklari dushmanlar tomonidan bosib olinib, aholisining aksariyat qismi boshqa yurtga surgun qilingan davr nazarda tutiladi. Muqaddas Kitobda bayon qilinishicha, Isroil va Yahudo xalqlari Xudoning hukmi oqibatida surgun qilinganlar, chunki ular Xudoning Muso orqali tuzgan ahdiga sodiq bo‘lmagan edilar1.
Miloddan oldingi 722 yilda Ossuriya Isroilni, ya’ni shimoliy shohlikni bosib oldi. Ossuriyaliklar Isroil poytaxti Samariyani qo‘lga kiritgandan keyin yurt aholisining aksariyatini Ossuriyaning turli hududlariga asir qilib olib ketdilar2. Isroil yurtiga esa ajnabiy xalqlarni majburlab ko‘chirdilar3.
Miloddan oldingi 605 yildan boshlab, Bobilliklar Yahudoga, ya’ni janubiy shohlikka qayta–qayta hujum qildilar. Bu hujumlar oqibatida ular ba’zi yahudiylarni Bobilga
asirlikka olib ketdilar. Doniyor payg‘ambar deb tanilgan yosh yigit ham mana shu asirlar orasida edi4. Nihoyat, miloddan oldingi 586 yilda Bobilliklar Yahudo poytaxti Quddusni qo‘lga kiritib, uni vayron qildilar5. Yurt aholisining aksariyatini asir qilib olib ketdilar6. Asirga olinmagan yahudiylar Misrga qochib bordilar7.
Yahudiylar Bobil surgunida bo‘lganlarida ham o‘zlariga uy qurganlar, tijorat va dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Ular o‘z diniy urf– odatlariga rioya qilgan holda, milliy o‘zligini saqlab qolganlar. Doniyor va Hizqiyol payg‘ambarlar mana shu surgun davrida faoliyat ko‘rsatganlar. Keyinchalik Yahudo yurti Forslar hukmronligi ostida bo‘lganda, yahudiylardan ba’zilari Zarubabel va Ezra boshchiligida Yahudoga qaytib borganlar va Quddusda Ma’badni qayta qurishni boshlaganlar8. Oradan yillar o‘tib, Fors shohi xizmatidagi yahudiy amaldori Naximiyo ham Yahudoga qaytgan va Quddus devorlarini qayta qurish ishlariga boshchilik qilgan9.
Ko‘p yahudiylar ona yurtlaridan uzoqda yashashda davom etaverganlar. Jumladan, Ester kitobida Fors shohligida yashagan yahudiylar to‘g‘risida hikoya qilingan. Bu voqealar miloddan oldingi beshinchi asrda Fors shohligining poytaxti Shushanda bo‘lib o‘tgan. Bobil va Misrdagi Iskandariya shaharlari uzoq yillar davomida yahudiylarning diniy ta’lim markazlari bo‘lib xizmat qilgan.
21, Yeremiyo 25:1-11 2 4 Shohlar 17:5-6
24:20-25:17, Yeremiyo 52:1-16 6 4 Shohlar 24:13-
16, 25:11-12, 2 Solnomalar 36:20, Yeremiyo 52:15,
28-30 7 4 Shohlar 25:25-26, Yeremiyo 43:1-7
Muqaddas Kitobda Furot daryosining g‘arb tomonidagi hududga nisbatan ishlatilgan nom. Bu yerlar hozirgi Suriya mamlakatining bir qismini, Turkiyaning janubi–sharq tomonini va Livanni o‘z ichiga olgan. Miloddan oldingi 332 yilda Iskandar Zulqarnayn bu yerlarni bosib olgan edi. Iskandarning o‘limidan keyin Suriyada yunonlar sulolasi hukmronlik qilgan. Miloddan oldingi 64 yilda Suriya Rim imperiyasi tomonidan bosib olingan. Yunon va Rim hukmronliklari davrida Suriyaning poytaxti Antioxiya shahri bo‘lgan. Bu shahar hozirgi Turkiya mamlakatining Antakiya
shahriga yaqin edi. Suriyaning yunonlar istilosidan oldingi tarixi haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun ORAM so‘ziga qarang.
Muhim diniy marosimlardan biri bo‘lib, bu marosim orqali inson o‘zini Xudoga bag‘ishlaganini ko‘rsatardi. Tavrot qonunlari bo‘yicha, inson nopoklikdan tozalanish uchun suv bilan yuvinib, poklanish marosimini o‘tkazar edi1. Keyinchalik, Iso Masih davrida Yahyo payg‘ambar odamlarni suvga cho‘mdirilishga da’vat etgan. Bu suvga cho‘mdirilish marosimi, insonning gunohdan yuz o‘girganini va hayotini Xudoga bag‘ishlab, Unga itoatkorlik bilan yashashga
qaror qilganini bildiradi. Iso Xudoning irodasini to‘la bajarish uchun Yahyo tomonidan suvga cho‘mdirilgan2. Iso butun yurt bo‘ylab ta’lim berib yurganda, uning shogirdlari ham Yahyoga o‘xshab odamlarni suvga cho‘mdirar edilar3.
Iso Masih osmonga ko‘tarilib ketishidan oldin shogirdlariga: “Boringlar, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho‘mdiringlar”, deb amr bergan4. O‘sha paytdan beri suvga cho‘mdirilish marosimi Isoning o‘limi va tirilishining timsoli bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Suvga cho‘mgan inson eski hayoti uchun o‘lib, yangi hayot uchun tirilgan hisoblanadi5. Suvga cho‘mdirilish yana imonlilar Isoning qoni orqali gunohdan poklanganining ham timsolidir6.
14:8-9, Sahroda 8:7 ga qarang, yana Zabur 50:4,
Hizqiyol 36:25 ga qarang. 2 Matto 3:13-15
10:10, 22
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
“Tavrot” so‘zi ibroniycha “to‘rah” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, ma’nosi “qonun” demakdir. Ba’zan ibroniycha “to‘rah” so‘zi tor ma’noda Muqaddas Kitobning dastlabki beshta kitobiga — Ibtido, Chiqish, Levilar, Sahroda, Qonunlarga nisbatan ishlatiladi. Ushbu tarjimada ham “Tavrot” so‘zi odatda Muqaddas Kitobning dastlabki beshta kitobiga ishora qiladi. Bu
kitoblarda dunyoning yaratilishi, Isroil xalqining Muso boshchiligida Misrdan chiqishi, Xudo Muso orqali Isroil xalqiga bergan qonunlar va ko‘plab voqealar bayon etilgan. Tavrot kitoblarining muallifi Muso payg‘ambardir. Shu sababdan ba’zan Tavrot “Musoning Tavrot kitobi”, “Musoning kitobi” yoki “Musoning qonuni” deb ataladi.
Musoning qonunlarini mukammal bilgan ziyoli odam. Tavrot tafsirchilari Xudoning qonunlaridan xalqqa ta’lim berganlar. Ularning ba’zilari ibroniycha Muqaddas bitiklardan nusxa ko‘chirish bilan shug‘ullanganlar. Tavrot tafsirchilari Isroil xalqi orasida obro‘–e’tiborga ega bo‘lib, jamiyatga kuchli ta’sir ko‘rsatganlar. Muqaddas Kitobda tilga olingan tafsirchilar orasida eng ko‘zga tashlanadigani ruhoniy Ezradir. Yangi Ahd davrida ba’zi tafsirchilar Oliy kengash a’zolari bo‘lganlar.
QURBONLIK so‘ziga qarang.
FINIKIYA so‘ziga qarang.
QURBONGOH so‘ziga qarang.
Qadimda to‘ng‘ich o‘g‘il yuqori maqomga ega edi. Odatda to‘ng‘ich o‘g‘il duo qilinganda, unga alohida baraka tilanardi1. To‘ng‘ich o‘g‘il ukalariga qaraganda ikki hissa ko‘proq meros olardi2. Otasining vafotidan keyin to‘ng‘ich o‘g‘il oila boshlig‘i hisoblanardi.
Tavrotga ko‘ra, Isroil xalqining har bir oilasidagi to‘ng‘ich o‘g‘il Xudoga tegishli bo‘lib, Unga bag‘ishlanishi kerak edi3. Barcha to‘ng‘ich o‘g‘illarning o‘rniga levilar Muqaddas chodirda, keyinchalik esa Ma’badda xizmat qilganlar4.
To‘ng‘ich o‘g‘ilni qaytarib sotib olishning ramzi sifatida ruhoniylarga pul nazr qilib berilardi5. Xudo Isroil xalqining to‘ng‘ich o‘g‘illarini Misrdagi oxirgi falokatdan Fisih qurbonligi orqali qutqarganini o‘sha nazr eslatib turardi6.
Qonunlar 21:15-17 3 Chiqish 13:1-2, 11-16
Muqaddas chodirning yana bir nomi1. Ammo Chiqish 33:7-11 da “Uchrashuv chodiri” iborasi Muqaddas chodirni emas, balki Muso payg‘ambar Isroil qarorgohidan tashqarida qurdirgan boshqa bir chodirni bildiradi. O‘sha paytda Muqaddas chodir hali yasalmagan edi2. Odamlar Muso orqali Egamizdan maslahat so‘rash niyatida qarorgoh tashqarisidagi chodirga kelganlar. Egamiz o‘sha chodirda Musoga gapirgan.
Ibroniychadan so‘zma–so‘z tarjimasi ko‘radigan odam. Odatda payg‘ambarni valiy deb atashardi1. Valiylar Xudodan keladigan vahiyni ko‘rish va eshitish laYoqatiga ega edilar.
BAYRAMLAR so‘ziga qarang.
Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin o‘sha yerda yashagan xalqlardan biri. Yana KAN’ON XALQI, KAN’ON XALQLARI, KAN’ONDAGI
XALQLAR iboralariga qarang.
Eski Ahd davrining boshida bu nom Kan’on naslidan bo‘lgan Xetning avlodiga nisbatan ishlatilgan1. Ibrohim payg‘ambar yashagan zamonda Kan’on yurtida bir nechta xalqlar istiqomat qilar edi2. Ulardan biri Xet xalqi edi. Xet xalqidan bo‘lgan Efro‘n ismli bir odam Ibrohimga Sorani dafn etish uchun yer sotgan edi3.
Keyinchalik Isroil xalqi Kan’onni bosib olganda, Xet xalqini ham mag‘lub qilgandi. Shoh Sulaymon
Xet avlodlarini qarol qilib ishlatgan4.
Qadimda hozirgi Suriyaning shimolida yashagan boshqa bir xalq ham “Xet xalqi” deb atalgan5. Miloddan oldingi o‘n yettinchi asrdan o‘n ikkinchi asrgacha bu Xet xalqining shohligi buyuk bir shohlik bo‘lib, katta hududni egallagan. Bu hudud hozirgi Turkiyadan janub tomonga, Suriyagacha cho‘zilgan edi. Keyinchalik Ossuriya Xet xalqini mag‘lub qilib, ularning yerlarini bosib olgan.
KAN’ONDAGI XALQLAR iboralariga qarang.
10:29, 4 Shohlar 7:6
Qabriston hududidagi joy. Yillar, hatto asrlar davomida xilxonaga bir urug‘–aymoqqa qarashli marhumlar dafn etiladi1.
Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin o‘sha yerda yashagan xalqlardan biri. Xiv xalqi Kan’on yurtining markaziy qismida yashagan.
Yana KAN’ON XALQI, KAN’ON XALQLARI,
KAN’ONDAGI XALQLAR iboralariga qarang.
OLTIN XONTAXTA iborasiga qarang.
Rim imperiyasida o‘lim jazosining bir turi jazoga mahkum bo‘lgan odamni xochga mixlash edi. Uzun xodaga boshqa bir yog‘ochni ko‘ndalangiga mixlab yoki arqon bilan bog‘lab xoch yasalardi. Odatda jinoyatchi o‘zi mixlanadigan xochning ko‘ndalang yog‘ochini hukm ijro etiladigan joyga ko‘tarib olib borar edi1. Jinoyatchining qo‘llari va oYoqlari xochga mixlanardi, keyin xoch tik qilib, maxsus kovlangan chuqurga o‘rnatilardi. Xochga mixlangan odam nafas olishga nihoyatda qiynalardi. U juda qattiq azob chekib, qiynalib jon berardi. Bu jarayon bir necha soat, hattoki bir necha kun davom etardi. Ba’zan xochdagi odamning o‘limini tezlatish uchun sipohlar uning oYoqlarini urib sindirishar edi2.
Xochga mixlash eng dahshatli va sharmandali jazo hisoblanar edi. Faqatgina qotillar, vahshiy jinoyatchilar va Rim imperiyasi dushmanlari shunday jazoga tortilar edi. Jinoyatchi ochiq joyda olomonning ko‘zi oldida yalang‘och holda jazolanardi3. Bundan maqsad jinoyatchini
sharmanda qilish va jinoyatlarning oldini olish edi. Yahudiylar yog‘ochga qoqilgan odamni Xudo la’natlagan deb hisoblashardi4. Yangi Ahdda ba’zan “yog‘och” deyilganda “xoch” nazarda tutilgan5.
qarang. 2 Yuhanno 19:31-33 3 Yuhanno 19:23
5:30, 1 Butrus 2:24
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
Har bir insonning muqaddas Xudoga munosabatini bildiradigan ibora. Insonning ishlarini, yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat’iy nazar, hukm qiladigan — Xudo1. Xudodan qo‘rqadigan odam har doim Uning ulug‘vorligidan hayratlanadi. Bunday odam Xudodan qo‘rqish bilan birga Uni sevadi, natijada Xudoga sidqidildan ishonadi va Uning amrlariga bo‘ysunadi. Muqaddas Kitobga ko‘ra, Xudodan qo‘rqish donolikning va ilmu ma’rifatning boshidir, kamtarlik va hayot manbaidir2.
Egamizdan qo‘rqqan inson yovuzlikdan yuz o‘giradi, to‘g‘ri yashaydi va Xudoning nomini ulug‘laydi3. Ishayo payg‘ambar bashorat qilgan solih hukmdorning yuksak fazilatlaridan biri Egamizdan qo‘rqishdir4. Bu solih hukmdor Iso Masih ekanligi keyinchalik ayon bo‘ldi.
1:7, 9:10, 14:26-27, 15:33, 22:4, Ayub 28:28
11:2-3
Muqaddas Kitobda, odatda bu so‘z butparast xalqlar sig‘inadigan xudolarni bildiradi.
Muqaddas Kitobda bayon qilinishicha, Egamiz Xudo barcha xudolardan ustun1. Bu “xudolar” behuda butlar deb ham ataladi2, ba’zi bir oyatlarda esa jinlar deb tasvirlanadi3.
20 3 Qonunlar 32:16-17, Zabur 105:36-38,
Korinfliklar 10:19-20, yana JIN va FARISHTA
so‘zlariga qarang.
Bu iboralarning so‘zma–so‘z tarjimasi “muqaddaslar” bo‘lib, Xudoga bag‘ishlangan, Uning xizmati uchun ajratilgan odamlar degan
ma’noni ifodalaydi. Bu iboralar Xudoga tegishli odamlarni bildirib, Eski Ahdda bir necha marta Isroil xalqiga nisbatan1, Yangi Ahdda esa Iso Masihning izdoshlariga nisbatan ishlatiladi2.
9:13, 1 Korinfliklar 6:1, 2 Korinfliklar 1:1,
Efesliklar 1:15, Filippiliklar 4:22, Vahiy 11:18
Muqaddas Kitobda Xudoga nisbatan bir necha ibroniycha va yunoncha nomlar, iboralar ishlatilgan. Eski Ahdda ibroniycha nomlar, Yangi Ahdda yunoncha nomlar qo‘llangan. Quyidagi ro‘yxatda Xudo nomlarining o‘zbekcha ekvivalenti keltirilgan, kerakli o‘rinlarda ibroniycha va yunoncha nomlar berilgan bo‘lib, ma’nolari izohlangan. Ba’zan quyidagi sabablarga ko‘ra, bu nomlar va iboralar boshqacha tarjima qilingan bo‘lishi mumkin: 1) Asl matnning ma’nosini to‘g‘ri tushunish uchun1. 2) O‘zbek tilidagi mavjud tabiiy iboralarni qo‘llash uchun2.
3) O‘zbekcha tarjima ravon chiqishi uchun3.
XUDO
Ibroniychada El yoki Elohim, yunonchada Teos. Bu nomlar butun koinotning yaratuvchisi Xudoga nisbatan ishlatilgan asosiy nomlardir.
EGAM, EGAMIZ…
Ibroniychada YHVH1, yunonchada Kurios. Eski Ahdda YHVH Xudoning ismidir. Aslida ibroniycha so‘zlar unli harflarsiz yozilgan. Qadimgi ibroniy tilining qonuniyatiga muvofiq, ibroniycha so‘zlarning faqat undosh harflari yozilgan.
Ibroniycha yozuvlarni o‘qiganlar qaysi o‘rinda qanday unli tovush talaffuz etilishi kerakligini bilardilar. Ammo hozirda YHVH undoshlari bilan qaysi unli tovushlar ishlatilgani ma’lum emas.
Yahudiylar Xudoning ismini juda ham muqaddas deb bilganlari uchun, Eski Ahd davrining oxirlariga kelib2, bu ismni aytmay qo‘ygan edilar.
Ular Eski Ahdni o‘qiganlarida matndagi YHVH so‘zining o‘rniga “Egam, Xo‘jayinim” ma’nosini beradigan Adonay3 so‘zini ishlata boshladilar. Yahudiy olimlari birinchi marta Eski Ahdni qadimgi yunon tiliga o‘girganlarida, YHVH so‘zini “Ega, Xo‘jayin” ma’nosini beradigan yunoncha Kurios so‘zi bilan tarjima qilganlar. O‘shandan beri Eski Ahdning ko‘p tarjimalarida YHVH so‘zi o‘rniga “Ega, Xo‘jayin” ma’nosini beradigan so‘z ishlatiladi. Mazkur tarjimada ham bu so‘z “Egam, Egamiz…” deb berilgan. Ko‘pchilik olimlar YHVH so‘zini ibroniychadagi bor bo‘lmoq fe’lining ilk shakli bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlaydilar. Shu fikrga ko‘ra, YHVH so‘zi “U bordir”, ya’ni U abadiydir, hech qachon o‘zgarmaydi yoki “U bor bo‘lishga sababdir”, ya’ni har bir narsaning kelib chiqishiga sababchi Udir, degan ma’noni bildiradi.
Yangi Ahdda Kurios so‘zi aksariyat hollarda Iso Masihning unvoni sifatida ishlatilgan bo‘lib, mazkur tarjimada Rabbiy, Rabbim, Rabbimiz… deb berilgan4. Ba’zi hollarda Kurios so‘zi Yangi Ahdda Xudoga nisbatan ishlatilgan bo‘lib, Uning Eski Ahddagi ayrim fazilatlarini ifodalaydi.
Bunday hollarda mazkur tarjimada Kurios so‘zi “Egamiz” deb berilgan. Yangi Ahdda kam ishlatilgan “Oliy hukmdor, xo‘jayin” ma’nosini bildiruvchi yunoncha Despotes so‘zi ham “Egamiz” deb tarjima qilingan.
2 taxminan miloddan oldingi 400 yillar 3 Adonay ibroniychadagi Adon so‘zining maxsus ko‘plik shakli bo‘lib, faqat Xudoga nisbatan qo‘llaniladi.
RABBIY, RABBIM, RABBIMIZ…
Ibroniychada Adon, yunonchada Kurios. Eski Ahdda Adon1 so‘zi ko‘pincha Xudoga nisbatan ishlatilgan ilohiy unvon bo‘lib, Xudo Isroil xalqining samoviy Shohi ekanligini bildiradi.
Yangi Ahdda Kurios so‘zi Iso Masihga nisbatan ishlatilgan bo‘lib, Uning ilohiyligini va shoh sulolasiga mansubligini bildiradi. Shuning uchun mazkur tarjimada bu so‘z “Rabbiy”, “Rabbim Iso” yoki “Rabbimiz Iso” deb berilgan. Adon va Kurios so‘zlari unvon sifatida shohlarga, obro‘li muallimlar va payg‘ambarlarga izzat–hurmatni ifodalash uchun ham ishlatilgan. Bunday holatlarda bu unvonlar matnga to‘g‘ri keladigan so‘zlar2 bilan tarjima qilingan. Yangi Ahdda biror kishi Iso Masihga Kurios deb murojaat qilganda mazkur tarjimada vaziyatga va matn mazmuniga
to‘g‘ri keladigan so‘z tanlangan.
1 Adonay ibroniychadagi Adon so‘zining maxsus ko‘plik shakli bo‘lib, faqat Xudoga nisbatan qo‘llaniladi. Bu so‘zning birlik shakllari Adon va Adoniy odatda odamga nisbatan ishlatiladi, ammo ayrim hollarda Xudoning unvoni ma’nosida
kelgan. 2 masalan, janobi oliylari, hazrat
EGAM XUDO, EGAMIZ XUDO…
Ibroniychada YHVH El-1. Buning so‘zma–so‘z tarjimasi YHVH mening Xudoyim, YHVH bizning Xudoyimiz…. Yangi Ahdning yunoncha matnida bu nom Kurios ho Teos deb berilgan. Yana EGAM va XUDO so‘zlariga qarang.
1 Ibroniychada El so‘zi qo‘shimchalar bilan
ishlatiladi.
PARVARDIGOR EGAM, PARVARDIGOR EGAMIZ
Ibroniychada YHVH Elohim. Yana EGAM va
XUDO so‘zlariga qarang.
EGAM RABBIY, EGAMIZ RABBIY
Ibroniychada Adonay YHVH. Yahudiylar Eski Ahd bitiklarini o‘qiganlarida ibroniycha matndagi YHVHni Elohim deb o‘qiganlar. Yana RABBIY, EGAM va XUDO so‘zlariga qarang.
RABBIY XUDO, RABBIM XUDO, RABBIMIZ XUDO
Ibroniychada Adonay Elohim yoki Adonay El-1.
Yana RABBIY va XUDO so‘zlariga qarang.
1 Ibroniychada El so‘zi qo‘shimchalar bilan
ishlatiladi.
SARVARI OLAM
Ibroniychada YHVH Sabaot. Sabaot so‘zi qo‘shinlar ma’nosini beradi. YHVH Sabaot degan nom Egamiz yeru osmondagi qudratli qo‘shinning buyuk lashkarboshisi ekanligini bildiradi. Yangi Ahdning yunoncha matnida bu nom — Kurios Sabaot. Yana EGAM so‘ziga qarang.
PARVARDIGORI OLAM
Ibroniychada Elohim Sabaot, so‘zma–so‘z tarjimasi qo‘shinlar Xudosi. Ma’no jihatdan YHVH Sabaot iborasiga o‘xshaydi1. Elohim Sabaot degan nom Xudo yeru osmondagi qudratli qo‘shinning buyuk lashkarboshisi ekanligini bildiradi. Yana XUDO so‘ziga qarang.
QODIR XUDO
Ibroniychada El Shadday yoki Shadday.
Shadday so‘zining ma’nosi aniq emas, lekin ko‘p olimlar bu so‘zni “tog‘ning Xudosi” deb
izohlaydilar. Tog‘lar kuch–qudrat ramzi bo‘lgani uchun, ko‘p tarjimalarda bu so‘z Xudoning qudratini ifodalaydigan nom sifatida berilgan.
Yangi Ahdda yunoncha Pantokrator so‘zi “Qodir Xudo” deb tarjima qilingan. Bu yunoncha so‘z “har narsaga qodir” degan ma’noni bildirib, ba’zan Teos, ya’ni Xudo so‘zi bilan birga qo‘llangan. Yunoncha matnda dunamis, ya’ni qudrat so‘zi ba’zan Xudoga nisbatan ishlatilgan. Bunday hollarda ham bu so‘z “Qodir Xudo” deb tarjima qilingan. Yana XUDO so‘ziga qarang.
XUDOYI TAOLO
Ibroniychada El Elyon yoki Elohim Elyon,
so‘zma–so‘z tarjimasi Eng yuksak Xudo. Shuningdek, Elyon so‘zi alohida ham ishlatiladi, uning so‘zma–so‘z tarjimasi eng yuksak Zot. Bu so‘z Xudo eng buyuk, eng qudratli, butun koinot Hukmdori ekanligini bildiradi. Elyon aybsizlarni oqlaydi, fosiq va yovuzlarni jazolaydi. Yangi Ahdning yunoncha matnidagi Hupsistos so‘zi “Xudoyi Taolo” deb tarjima qilingan. Hupsistos so‘zi “eng yuksak Zot” degan ma’noni bildirib, ba’zan Teos, ya’ni Xudo so‘zi bilan birga qo‘llangan. Yana XUDO so‘ziga qarang.
SAMOVIY XUDO
Ibroniychadan va yunonchadan so‘zma–so‘z tarjimasi osmon Xudosi, osmon va yer Xudosi yoki osmon Egasi.
BARHAYOT XUDO
Ibroniychadan va yunonchadan so‘zma–so‘z tarjimasi tirik Xudo. Bu nom Xudo doimo harakatda ekanini, U O‘z xalqiga g‘amxo‘rlik qilayotganini bildiradi.
MUQADDAS XUDO
Ibroniychadan va yunonchadan so‘zma–so‘z tarjimasi muqaddas Zot. Xudoning bu nomini payg‘ambarlar, ayniqsa Ishayo payg‘ambar ko‘p ishlatgan. “Muqaddas Xudo” degan nom Isroil xalqining Xudosi butun borliqdan ustun va tengsiz ekanligini bildiradi. U tanho, haqiqiy Xudodir.
QOYA, SUYANGAN QOYA
Ibroniychadan so‘zma–so‘z tarjimasi qoya. Bu so‘z Xudoga umid bog‘laganlarni Uning O‘zi himoya qilishini, sog‘–omon saqlashini, Xudoning o‘zgarmasligini va tamomila ishonchliligini bildiradi.
OTA, OTAM XUDO, OTAMIZ XUDO…
Eski Ahdning ba’zi parchalarida Xudo Isroil
xalqining Otasi, deb ta’riflangan1. Yangi Ahdda
esa Xudo O‘z xalqining Otasi ekanligi haqidagi tushuncha yanada yorqin ifodalangan. Iso Masih Xudoni Ota deb chaqirgan. Shu tariqa Iso O‘zini Xudoning yagona O‘g‘li ekanini, Otasi Xudo tomonidan bu dunyoga yuborilganini va U bilan yaqin munosabatda ekanini ta’kidlagan2.
Shuningdek, Iso O‘z shogirdlariga ham Xudoni samodagi haqiqiy Ota deb bilishni o‘rgatgan. Isoga ishonib, Unga ergashganlar Xudo bilan yaqin munosabat o‘rnatib, Xudoning komil sevgisidan bahramand bo‘ladilar. Xudo mehribon otaday ularga g‘amxo‘rlik qiladi3.
“Ruh” deb tarjima qilingan ibroniycha va yunoncha so‘zlar yana “nafas”, “shamol” ma’nolarini ifodalaydi. Xudoning Ruhi dunyo yaratilishida bevosita ishtirok etgan1. Eski Ahdda bayon qilinishicha, Xudoning Ruhi insonlarni qamrab olgan, ularga turli vazifalarni bajarish uchun kuch bergan2. Xudoning Ruhi ba’zi odamlarni Xudoning so‘zlarini gapirishga undagan3. Xudo O‘z Ruhini bir kun kelib butun odamzod ustiga yog‘dirishini Yo‘el payg‘ambar orqali va’da qilgan4.
Yangi Ahdda Xudoning Ruhi Muqaddas Ruh deb ataladi. Muqaddas Ruh orqali odamlar Xudoning so‘zlarini aytadilar, ba’zan mo‘jizalar ko‘rsatadilar. Yahyo payg‘ambar bashorat qilib, Iso Masih insonlarni Muqaddas Ruhga cho‘mdiradi, deb aytgan5. Yahyo payg‘ambar Isoni suvga cho‘mdirganda, Muqaddas Ruh Isoning ustiga kaptar shaklida tushgan6 va U Muqaddas Ruhga to‘lgan7. Iso Masih Muqaddas Ruh boshchiligida yashagan.
Iso o‘z shogirdlariga, Otam sizlarga yo‘l–yo‘riq ko‘rsatish va kuch–qudrat ato qilish uchun Muqaddas Ruhni yuboradi, deb va’da bergan8. Iso osmonga ko‘tarilgandan keyin mana shu va’da amalga oshdi9. Shunday qilib, Yo‘el payg‘ambarning bir necha asrlar oldin aytgan bashorati bajo bo‘ldi10. Isoning shogirdlari odamlarni tavba qilishga, suvga cho‘mishga va Muqaddas Ruhni qabul qilishga da’vat etganlar11. Iso Masihga ishongan har bir insonning yuragida Muqaddas Ruh yashaydi. Muqaddas Ruh ularning Xudoga tegishli ekanligini va najot kafili O‘zi ekanligini tasdiqlaydi12. Muqaddas Ruh
imonlilarga har xil in’omlar beradi, ular bu in’omlari bilan Xudoga va boshqalarga xizmat qiladilar13. Imonlilar Muqaddas Ruh boshchiligida hayot kechiradilar va Muqaddas Ruh tufayli ulardagi xislatu fazilatlar Xudoga manzur bo‘ladi14.
1 Shohlar 11:6-7, 16:13 3 1 Solnomalar 12:18,
Solnomalar 15:1-7, 20:14-15, Hizqiyol 11:5, Mixo
3:8 4 Yo‘el 2:28-29 5 Matto 3:11 6 Luqo 3:22 7 Luqo
4:1, 10:21, Yuhanno 3:34 8 Luqo 24:49, Yuhanno
14:16-17, 26, 16:7-15, 20:22, Havoriylar 1:4-5, 8
2 Korinfliklar 1:21-22, Efesliklar 1:13-14
Bu ibora Muqaddas chodirga, keyinchalik esa Ma’badga ishora qilgan. MUQADDAS CHODIR iborasiga va MA’BAD so‘ziga qarang.
Bu ibora unvon bo‘lib, yahudiylar intizorlik
bilan kutgan xaloskorga nisbatan ishlatilgan. Yahudiylarning tasavvuri bo‘yicha, bu xaloskor ularni dushmanlari qo‘lidan qutqaradi va butun odamzod ustidan abadiy hukmronlik qiladi. Bu xaloskorga nisbatan odatda “Masih” unvoni ham ishlatilgan1. “Xudoning O‘g‘li” yoki “O‘g‘il” unvonlari Isoga nisbatan ishlatilganda, Iso intizorlik bilan kutilgan Masih ekanligini bildiradi. Bu unvonlar Isoning Xudo bilan yaqin munosabatini, Iso Xudoning nomidan ish qilishini ko‘rsatadi. Iso Masih O‘zining samoviy Otasiga butunlay itoat etib, sadoqat bilan xizmat qilgan.
Shu tariqa Iso samoviy Otasiga izzat–hurmat ko‘rsatgan, Uning fazilatlarini O‘zida to‘liq mujassam etib, namoyon qilgan. Yuhanno 14:6- 13, Kolosaliklar 1:15, 19, Ibroniylar 1:2-3 ga qarang.
Afsuski, ba’zilar “Xudoning O‘g‘li” degan unvonni noto‘g‘ri tushunib, Iso jismonan Xudodan tug‘ilgan ekan, deb o‘ylaydilar. Ammo bu aql bovar qilmaydigan mutlaqo noto‘g‘ri fikr! Bunday fikr Muqaddas Kitobda bayon qilingan ta’limotlarga butunlay ziddir. Yangi Ahdda bayon qilinishicha, Maryam mo‘jizaviy ravishda,
Muqaddas Ruhning qudrati bilan Isoga homilador bo‘lgan2.
Eski Ahdda Xudo Isroil xalqini “to‘ng‘ich o‘g‘lim” deb atab, ular bilan qanchalik yaqin munosabat o‘rnatganini ko‘rsatgan3. Shuningdek,
Xudo Isroil shohini ham “Mening o‘g‘lim” deb atagan, chunki Isroil shohi Xudoning vakili sifatida xalq ustidan hukmronlik qilgan4.
izohiga qarang.
Xudoning insonlar hayotidagi hukmronligiga va har bir yaratilgan mavjudotning oxiratda yangilanishiga ishora. Iso Masih: “Xudoning Shohligi yaqinlashdi”, deb va’z qilardi, U O‘z mo‘jizalari orqali bu Shohlik haqiqatan ham mavjud ekanligini ko‘rsatardi. Iso Masih odamlarga: “Xudoning Shohligi sizlarning orangizda”, deb ta’lim bergan1. Insonlarning gunohlari Iso Masih orqali kechirilganda, ular Xudoning Shohligiga kiradilar2. Xudoning Shohligiga mansub bo‘lgan odamlar Xudoni o‘zlarining Shohi deb tan oladilar va o‘zaro munosabatlarida Xudoning fazilatlarini namoyon qiladilar. Shu orqali Xudoning Shohligi insonlar orasida ekanligi ko‘rinib turadi. Kelajakda esa Iso Masih butun dunyoni yovuzlik va qabihlikdan poklagandan keyin Xudoning Shohligi to‘liq o‘rnatiladi3. Matto kitobida Xudoning Shohligi “Osmon Shohligi” deb ham atalgan.
25:31-46, 1 Korinfliklar 15:24-25, Vahiy 11:15,
12:10
XUDONING NOMLARI iborasiga qarang.
Eski Ahd payg‘ambarlari Masih haqida ko‘p bashorat qilganlar. Intizorlik bilan kutilgan Masihning kelgani haqidagi xabar Yangi Ahdda Xushxabar deb ataladi1. Mazkur Xushxabarning mohiyati quyidagilardan iborat: kelishi bashorat qilingan Masih Isodir. Iso odamzodni gunoh va o‘lim qudratidan xalos qilish uchun kelgan, Iso Masihga ishongan har bir inson, millatidan qat’iy nazar, Xudoning Shohligiga kira oladi2.
Iso Masih yer yuzidagi faoliyati davomida O‘z shogirdlari bilan birga: “Xudoning Shohligi yaqinlashdi!” deb e’lon qilib, odamlarni tavba qilishga va Xushxabarga ishonishga da’vat etgan3. Iso O‘z ta’limoti va qilgan ishlari orqali4, shuningdek, xochda jon berib, insoniyatni gunohlardan xalos qilgani va uchinchi kuni o‘likdan tirilgani orqali O‘zining Masih ekanligini
isbotladi5. Iso o‘likdan tirilgandan keyin, odamlar Xushxabarni yanada to‘liqroq tushuna boshladilar. Iso osmonga ko‘tarilib ketishidan oldin shogirdlariga Xushxabarni butun dunyo bo‘ylab tarqatish vazifasini topshirdi6. Shogirdlar Isoning Masih, ya’ni Xudo tomonidan yuborilgan Najotkor ekani haqidagi Xushxabarni yoya boshladilar7.
Xushxabar so‘zi yana Yangi Ahd tarkibidagi dastlabki to‘rtta kitobga nisbatan ham ishlatilgan. Bu Xushxabarlarda Iso Masihning hayoti, faoliyati va ta’limoti bayon qilingan.
1 Korinfliklar 15:1-4 6 Matto 28:18-20, Havoriylar
1:8 7 Havoriylar 4:12, 5:42
Don yanchishda ishlatilgan, ostiga uchli tosh
yoki temir mahkamlangan og‘ir taxta.
“Yahudiy” so‘zi Yoqub o‘g‘li Yahudoning ismidan kelib chiqqan1. Miloddan oldingi 586 yilda Bobilliklar Yahudo yurtini, ya’ni janubiy shohlikni bosib olib, aholisining aksariyatini Bobilga asir qilib olib ketganlar2. Bobildagi yetmish yillik asirlik davrida va undan keyin “yahudiy” so‘zi Yahudo xalqiga va jamiki Isroil qabilalarining avlodlariga nisbatan ishlatilib, millat ma’nosini bildiruvchi so‘zga aylangan.
Bu nom faqat Yangi Ahd kitoblarida ishlatilgan bo‘lib, odatda O‘lik dengizning g‘arb tomonidagi qirli yerlarni bildirardi. Eski Ahd davrida bu yerlar Yahudo qabilasining hududi bo‘lgan. Quddus shahri va Iso Masih tug‘ilgan Baytlahm shahri mana shu qirli yerlarda joylashgan edi. Shuningdek, Yangi Ahd davrida “Yahudiya” Rim imperiyasi tarkibiga kirgan viloyat bo‘lgan. Bu viloyatning hududi nafaqat
O‘lik dengizning g‘arb tomonidagi yerlarni, balki shimoldagi Samariya hududini va g‘arbdagi O‘rta yer dengizi bo‘yidagi yerlarni o‘z ichiga olardi.
Ba’zan esa, jumladan, Luqo Xushxabarida Yahudiya nomi butun qadimgi Falastinga1 nisbatan ishlatilgan.
Yoqubning o‘n ikkita o‘g‘lidan biri bo‘lib, Yahudo qabilasining bobokaloni edi. Yahudo qabilasi Isroil yurtining janubiy qismidagi eng katta qabila bo‘lgan. Shoh Sulaymon vafotidan keyin shimoldagi o‘nta qabila janubdagi Yahudo va Benyamin qabilalaridan ajralib chiqdi1.
Yahudo va Benyamin qabilalari alohida davlatni tashkil qilib, Yahudo shohligi2 deb nom oldi. Bu davlatning poytaxti Quddus bo‘ldi. Eski Ahdning ba’zi o‘rinlarida janubdagi bu ikkala qabilaga Yahudo xalqi degan nom, bu qabilalar tashkil qilgan davlatga nisbatan Yahudo yurti degan nom qo‘llangan.
Miloddan oldingi 586 yilda Bobilliklar Yahudo yurtini bosib olib, aholisining aksariyatini Bobilga asir qilib olib ketganlar3. Yetmish yildan keyin, Fors imperiyasi hukmronligi davrida surgundagi yahudiylarning ba’zilari Yahudoga qayta
boshladi. Ular Quddusdagi Ma’badni va shahar devorlarini qayta qurdilar4. Quddus shahri atrofida yashayotgan yahudiylarning hududi sobiq Yahudo shohligidan kichik edi. Bu hudud Iskandar Zulqarnayn tomonidan bosib olingandan keyin “Yahudiya” degan nom bilan ma’lum bo‘lgan.
bilan ham ma’lum 3 4 Shohlar 25:1-21 4 Ezra 1:1-
11, Naximiyo 1:1-2:8
Muqaddas Kitobning ikkinchi qismi bo‘lib, yigirma yettita kitobdan iborat. O‘zbek tilida Yangi Ahd yana Injil nomi bilan ham ma’lum. Yangi Ahd kitoblari milodiy birinchi asrda, Iso Masih osmonga ko‘tarilgandan keyin yozilgan. Bu kitoblar qadimiy yunon tilida yozilgan bo‘lib, ularning asosiy mavzusi Iso Masihning hayoti, faoliyati, ta’limoti va masihiylarga berilgan yo‘l– yo‘riqlaridan iborat.
Qadimda Xudo Muso orqali Isroil xalqi bilan ahd tuzgan edi, keyinchalik esa U Iso Masih orqali O‘z xalqi bilan ulug‘roq va a’loroq va’dalarga asoslangan yangi ahd tuzdi1. Shuning uchun bu
kitoblar majmuasi “Yangi Ahd” deb ataladigan bo‘ldi.
BAYRAMLAR so‘ziga qarang.
XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan
EGAM, EGAMIZ… so‘zlariga qarang.
Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin o‘sha yerda yashagan xalqlardan biri. Dovud Quddusni bosib olishidan oldin Yobus xalqi Quddusda va uning atrofida yashagan1. Yana KAN’ON XALQI, KAN’ON XALQLARI, KAN’ONDAGI
XALQLAR iboralariga qarang.
Tik qilib o‘rnatilgan uzunchoq tosh. Bu toshlar birortasining qabrini belgilab qo‘yish, muhim bir voqeani yoki inson xotirasini abadiylashtirish uchun o‘rnatilardi1.
18:18
Yoqub Ibrohimning nabirasi va Is’hoqning o‘g‘li edi. Yoqub Paniyolda Xudo bilan kurash tushgandan keyin, Xudo unga “Isroil” deb ism bergan1. Shu bois Eski Ahdda Yoqubning avlodlari “Isroil xalqi” deb atalgan. Ko‘pincha Eski Ahddagi payg‘ambarlar bitiklarida va she’riy parchalarda Isroil xalqi Yoqub yoki Yoqub nasli degan nom bilan yuritiladi. Eski Ahdning ayrim o‘rinlarida Yoqub so‘zi tor ma’noda ishlatilgan bo‘lib, poytaxti Samariya bo‘lgan Isroilni, ya’ni shimoliy shohlikni2 yoki poytaxti Quddus bo‘lgan Yahudoni, ya’ni janubiy shohlikni bildiradi3.
Yangi Ahdda Isoning o‘n ikki havoriysi orasida Yoqub ismli ikkita shogirdi bor edi. Isoning Yoqub degan ukasi ham bo‘lib, u Quddusdagi jamoatning obro‘li yo‘lboshchisi va Yangi Ahd tarkibidagi “Yoqubning maktubi” muallifi edi.
Muqaddas Kitobda yovuz ruh ba’zan jin deb atalgan. Yovuz ruhlarning hukmdori shaytondir. Yovuz ruhlar insonlarga zarar yetkazishni istaydi.
Ular ba’zan insonning ichiga kirib olib, uning xatti–harakatlarini boshqaradi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun SHAYTON va FARISHTA so‘zlariga qarang.
YUNONCHA MATN iborasiga qarang.
Eski Ahd davridan keyin yunon tili va madaniyati qadimgi dunyoga katta ta’sir ko‘rsatgan. Miloddan oldingi 334 yilda Makedoniya shohi Iskandar Zulqarnayn g‘arbiy Osiyoga yunon lashkarini tortib bordi. Iskandar 11 yillik hukmronligi davrida, vafotiga qadar, butun Fors shohligini mag‘lub etib, o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Sobiq Fors shohligiga hozirgi Turkiya, Misr va O‘rta Osiyoning aksariyat qismi kirgan edi. Quddus shahri hech bir qarshiliksiz Iskandarga taslim bo‘lgan. Iskandar bosib olgan joylarda mahalliy xalqlarning dinini o‘zgartirishga harakat qilmagan, hatto ba’zi hollarda ularning odatlarini o‘zlashtirib olgan.
Iskandar hukmronligi davrida ham, undan keyingi yunon hukmdorlari davrida ham qo‘lga kiritilgan yerlarda yangi shaharlar barpo qilingan, bu yerlarga yunonlar joylashib olganlar. Bu, o‘z navbatida, yunon tili, madaniyati va urf– odatlarining yoyilishiga sabab bo‘lgan.
Shunday qilib, yunon tili xalqaro tilga aylandi va ba’zi bir xalqlarning ona tili o‘rnini egalladi.
Eski Ahd ibroniychadan ilk bor yunon tiliga miloddan oldingi 300-200 yillarda tarjima qilindi. Bu tarjima keyinchalik Septuaginta deb nom oldi. Shu tarjima tufayli g‘ayriyahudiylar va ona tilini bilmagan yahudiylar Muqaddas Bitiklarni o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ilk jamoat masihiylari Septuagintadan keng foydalanganlar. Yangi Ahdda bu tarjimadan ko‘p iqtiboslar keltirilgan.
Miloddan oldingi 175-164 yillarda Suriyada Yunon shohi Antiox IV hukmronlik qilgan davrda Yahudiyada din erkinligi barham topdi1.
Yahudiya aholisi Antioxga qarshi isyon ko‘tarib, mustaqillikka erishdi. Ular yana Ma’badda Xudoga sajda qiladigan bo‘ldilar2. Miloddan oldingi birinchi asrda Yahudiya o‘lkasi Rim imperiyasi tomonidan bosib olingandan keyin ham davlat, tijorat ishlarida, ta’lim sohasida yunon tili ishlatilaverdi. Buni Yangi Ahdda yozib qoldirilgan ba’zi voqealarda ko‘rsa bo‘ladi3. Ko‘p yahudiylarning ham yunoncha, ham oramiycha ismlari bo‘lgan4. Yangi Ahd tarkibiga kirgan barcha kitoblar keng ommaga tushunarli bo‘lishi
uchun yunon tilida yozilgan.
1:42, 11:16, Havoriylar 9:36
Birlashgan Muqaddas Kitob Jamiyatlari tomonidan nashr qilingan yunoncha Yangi Ahdning 4–nashri (“UBS4” deb ataladi). Olimlar Yangi Ahdning bu matnini hozirgacha saqlanib kelgan hamma yunon qo‘lyozmalarini1 sinchiklab o‘rganib chiqqanlaridan keyin nashrga tayyorlaganlar. Bu qo‘lyozmalarning ba’zilarida Yangi Ahd to‘liq holda, ba’zilarida esa parchalar holida saqlanib qolgan. Olimlarning aksariyati bu matnni Yangi Ahdning eng aniq, puxta va bugungi kunning talablariga javob beradigan nusxasi, deb hisoblaydilar. Yangi Ahdning o‘zbekcha tarjimasi, ko‘p zamonaviy tarjimalar singari, mana shu yunoncha matnga asoslangan.
qarang.
YUNON QO‘LYOZMALARI
Hozirgi davrda Yangi Ahdning to‘liq matnidan yoki ba’zi bir parchalaridan iborat yunoncha qo‘lyozmalarning soni 5800 dan ortiqroqdir. Bu qo‘lyozmalardagi ba’zi bir oyatlar UBS41 deb atalgan yunoncha matndan bir oz farq qiladi. Bu farqlar Yangi Ahdda berilgan ta’limotlarni to‘g‘ri tushunishimizga qiyinchilik tug‘dirmaydi.
O‘zbekcha tarjimaga berilgan izohlarda mana shu farqlarning ba’zilari ko‘rsatib o‘tilgan. Shu orqali kitobxon ma’lum bir oyat nima uchun ayrim farqlar bilan tarjima qilinganini tushunib oladi.
Yangi Ahdning saqlanib qolgan qo‘lyozmalari boshqa qadimiy kitoblarga qaraganda ancha ko‘p. Bu qo‘lyozmalar asl matndan qisqa davr ichida ko‘chirilgan. Boshqa qadimiy kitoblar haqida shunday deb aytish qiyin. Masalan, Yuhanno Xushxabarining bir parchasi milodiy 125 yillarda ko‘chirilgan deb taxmin qilinadi2. Yuhanno Xushxabarining asl matni esa faqatgina undan taxminan 40 yillar oldin, ya’ni milodiy 85 yillarda yozilgan. Yangi Ahdning bir nechta parchalari ikkinchi asrlarda, ko‘plab nusxalari esa uchinchi va to‘rtinchi asrlarda ko‘chirilgan. Yangi Ahdning eng qadimgi to‘liq nusxasi to‘rtinchi asrda ko‘chirilgan bo‘lib, Kodeks Sinaytikus deb ataladi. Bu qo‘lyozma Londondagi Britaniya Kutubxonasining ko‘rgazmalar zalida saqlanadi3.
Olimlar ko‘p qo‘lyozmalarni taqqoslash orqali matn ko‘chirilganda yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlaydilar. Shu yo‘sinda Yangi Ahd mualliflari yozgan asl matn qaysi biri ekanligini mutlaq ishonch bilan ayta oladilar. Yangi Ahd matnining ishonchliligini tasdiqlaydigan dalillar qolgan barcha qadimiy kitoblarnikidan ancha ko‘p.
Doim yashil subtropik daraxt va shu daraxtning mevasi1. Zaytun daraxtining olxo‘ri shaklidagi yashil yoki qora mevasi nordon bo‘ladi. Bu daraxt Yaqin Sharqda juda keng tarqalgan bo‘lib, mevasidan moy olinadi.
Bir–biriga urib chalinadigan metall tarelka shaklidagi musiqa asbobi.
Ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi yuqoriga chiqish qo‘shig‘i, ya’ni Quddusga va Ma’bad turgan tepalikka chiqilayotganda aytilgan qo‘shiq. 119-133–sanolarning hammasi “ziyorat qo‘shiqlari” deb atalgan, 83–sano ham shu usulda yozilgan. Ziyoratchilar diniy bayramlarni nishonlash uchun Quddusga borayotganlarida ham, bayramlarni Ma’badda nishonlaganlarida ham shu qo‘shiqlarni kuylagan bo‘lishlari mumkin.
Qadimgi paytlarda keng tarqalgan o‘simlik. Odamlar bu o‘simlikning poyalarini o‘rib olib, suvda ivitardilar. Quritganlaridan keyin esa tolalarini ajratib, ulardan ip yigirishardi. Zig‘ir ipidan mato to‘qishgan. Qadimgi zamonda mayin to‘qilgan zig‘ir matosi1 qimmatbaho gazlama hisoblangan. Bu matodan tikilgan kiyim yengil va havo o‘tkazuvchan bo‘lgani uchun, iqlimi issiq o‘lkalarda yuksak darajada qadrlangan va unga ehtiyoj katta edi.
Papirus yoki oshlangan teridan qilingan uzun o‘ralgan qog‘oz. Qadimgi paytlarda kitoblar odatda o‘rama qog‘oz shaklida bo‘lgan.
Yahudiycha haftaning yettinchi kuni bo‘lib, bizning hafta bo‘yicha shanba kunidir. Bu kun muqaddas hisoblanib, dam olish kuni bo‘lgan. Xudoning Muso orqali bergan qonuniga ko‘ra, Shabbat kuni ish qilish man etilgan edi1. Isroil xalqi Shabbat kunini Xudoga shukronalar aytishga bag‘ishlagan. Bu kunda ruhoniylar maxsus qurbonlik keltirganlar2. Yangi Ahd davriga kelib, din rahnamolari Shabbat kuniga oid murakkab qoidalar tizimini yaratganlar. Iso O‘z ta’limoti va qilgan ishlari bilan bu tizimga qarshi chiqib, odamlarga dam olish kunining asl mohiyatini tushuntirgan, inson Shabbat kuni uchun emas, balki Shabbat kuni inson uchun yaratilganini ta’kidlagan3.
5:12-15 2 Sahroda 28:9-10 3 Matto 12:1-14
NAZR so‘ziga qarang.
Samoviy mavjudot, gunohkor farishtalarning1 boshlig‘i. Bu farishtalar yovuz ruhlar, jinlar deb ham atalgan. Shayton Xudoga va Xudoning xalqiga qarshi chiqadi. U har doim yovuzlik payida bo‘lib, insonlarni aldaydi va ularni Xudoning yo‘lidan ozdiradi2. Iso Masih kuchli irodasi va mo‘jizalari orqali shaytondan ustun ekanligini ko‘rsatdi3. Yangi Ahdda, bir kun kelib shayton butunlay mag‘lub bo‘ladi, deb yozilgan4.
“Shayton” degan nom ibroniy tilidagi “dushman, ayblovchi” ma’nosini bildiradigan so‘zdan kelib chiqqan5. Yangi Ahdda shayton yana iblis ham deyiladi. Iblis so‘zi yunon tilidagi “tuhmatchi” ma’nosini beradigan so‘zdan kelib chiqqan. Yangi Ahdda bayon qilinishicha, shayton
odamlarni vasvasaga soladi6. U “bu dunyoning yovuz hukmdori”, “bu dunyoning xudosi” deb ham atalgan7.
8:44, Vahiy 12:9 3 Matto 4:1-11, Havoriylar 10:38,
1 Yuhanno 3:8 4 Matto 25:41, Vahiy 20:10
Salonikaliklar 3:5 7 Yuhanno 12:31,
Korinfliklar 4:4
SOVURISH so‘ziga qarang.
Binokorlikda devor, ustun va shu kabilarning vertikal holatini aniqlash uchun ishlatiladigan, bir uchiga og‘irlik bog‘langan ipdan iborat asbob.
QURBONLIK so‘ziga qarang.
BAYRAMLAR so‘ziga qarang.
Muqaddas chodirning Muqaddas xonasida turadigan chiroqpoya1. Bu chiroqpoya Xudo ko‘rsatgan namuna bo‘yicha sof oltindan zarb urib yasalgan edi. Chiroqpoya yettita moychiroqni2 ushlab turar edi3. Keyinchalik Quddusdagi Ma’badning Muqaddas xonasida o‘nta chiroqpoya bo‘lgan4. Ma’baddagi bu chiroqpoyalarning shakli Muso Muqaddas chodir uchun yasattirgan oltin chiroqpoyaga o‘xshash bo‘lganmi yoki yo‘qmi, ma’lum emas. Ehtimol, bu chiroqpoyalar Zakariyo 4:2 da tasvirlangan chiroqpoyaga o‘xshash bo‘lgandir5.
01_Ibtido_MK | 02_Chiqish_MK | 03_Levilar_MK | 04_Sahroda_MK | 05_Qonunlar_MK | 06_Yoshua_MK | 07_Hakamlar_MK | 08_Rut_MK | 09_1-Shohlar_MK | 10_2-Shohlar_MK | 11_3-Shohlar_MK | 12_4-Shohlar_MK | 13_1-Solnomalar_MK | 14_2-Solnomalar_MK | 15_Ezra_MK | 16_Naximiyo_MK | 17_Ester_MK | 18_Ayub_MK | 19_Zabur_MK | 20_Hikmatlar_MK | 21_Voiz_MK | 22_Gozal-Qoshiqi_MK | 23_Ishayo_MK | 24_Eremiyo_MK | 25_Marsiyasi_MK | 26_Hizqiyol_MK | 27_Doniyor_MK | 28_Xosheya_MK | 29_Yoel_MK | 30_Amos_MK | 31_Obodiyo_MK | 32_Yunus_MK | 33_Mixo_MK | 33_Noxum_MK | 34_Xabaqquq_MK | 36_Zafaniyo_MK | 37_Xaggey_MK | 38_Zakariyo_MK | 39_Malaki_MK |
Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK | 41_Mark_MK | 42_Luqo_MK | 43_Yuhanno_MK | 44_Havoriylar_MK | 45_Yoqubning_MK | 46_1-Butrus_MK | 47_2-Butrus_MK | 48_1-Yuhannoning_MK | 49_2-Yuhannoning_MK | 50_3-Yuhannoning_MK | 51_Yahudoning_MK | 52_Rimliklarga_MK | 53_1-Korinfliklarga_MK | 54_2-Korinfliklarga_MK | 55_Galatiyaliklarga_MK | 56_Efesliklarga_MK | 57_Filippiliklarga_MK | 58_Kolosaliklarga_MK | 59_1-Salonikaliklarga_MK | 60_2-Salonikaliklarga_MK | 61_1-Timotiyga_MK | 62_2-Timotiyga_MK | 63_Titusga_MK | 64_Filimonga_MK | 65_Ibroniylarga_MK | 66_Vahiy_MK |
67-Sozboshi_MK | 68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK | 69-Izohlarning-tuzilishi_MK | 70-Lugat_MK | 71-Rasmlar-va-loyihalar_MK | 72-Jadvallar_MK | 73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK | 74-Xaritalar_MK
KITOBOOK | AudioKitoblar | Simfoniya | Guvohliklar | Musiqa mp3 |
VIDEO | UzLatin
| Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz
![]() (skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb) |
![]() (skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb) |
Китоблар Ўзбек тилидаги:
Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru