Muqaddas Kitob


ISHAYO

PAYG‘AMBARNING

KITOBI

Kirish

Ishayo payg‘ambar taxminan qirq yil davomida faoliyat ko‘rsatgan. Mana shu davrda Yahudo shohlaridan to‘rttasi birin–ketin hukmronlik qilgan edi (1:1 ga va o‘sha

oyatning ikkinchi izohiga qarang). Ishayo Quddusda yashab, Xudoning kalomini Yahudoga, ya’ni janubiy shohlikka yetkazgandi. U yashagan davrda Isroil, ya’ni shimoliy shohlik quladi, aholisi esa Ossuriyaga asirlikka olib ketildi. Xo‘sheya va Mixo payg‘ambarlar Ishayo payg‘ambarning zamondoshlari edi.

Mazkur kitobni uch qismga bo‘lish mumkin. Kitobning birinchi qismida (1-35– boblar) Ishayo payg‘ambar Yahudo xalqining gunohlarini fosh qiladi. Yurtdagi buzg‘unchilik va hukm surgan adolatsizliklarni tilga oladi. Yahudo xalqining gunohlari Xudoning g‘azabini keltiradi. Kitobning bu qismida muallif Xudoning muqaddasligiga alohida urg‘u beradi, Uni butun olam Shohi, cheksiz qudrat Sohibi sifatida tasvirlaydi.

Kitobning ikkinchi qismida (36-39–boblar) tarixda yuz bergan hodisalar, chunonchi, Ossuriyaning Yahudo yurtiga bostirib kelgani va Quddusni qamal qilgani haqida bayon qilinadi. O‘shanda Ossuriya muvaffaqiyatga erishmagan edi. Lekin Ishayo payg‘ambar xalqni ogohlantirib, Bobil shohligining kuchayishi va kelajakda Yahudo yurtini bosib olishi haqida bashorat qiladi.

Kitobning uchinchi qismi (40-66–boblar) uzoq kelajakka oid bashoratlardan iborat bo‘lib, xalqqa umid bag‘ishlaydi. Bobil shohligi Yahudo yurtini vayron qilib, xalqini asirlikka olib ketgandan keyin, Xudo O‘zi belgilagan vaqtda ularni o‘z yurtiga qaytarib olib keladi. Ularni yupatib, ro‘shnolikka olib chiqadi. Mazkur boblarning mohiyati shundan iboratki, Xudo dunyoda yuz berayotgan hodisalarni boshqaradi, U nafaqat O‘z xalqiga, balki boshqa millatlarga ham yaxshilikni ravo ko‘radi. Xudo dunyodagi barcha xalqlarga Yahudo xalqi tufayli baraka ulashadi.


1–BOB

1 Omiz o‘g‘li Ishayoning Yahudo* hamda Quddusga oid bashorati. Bu davrlarda

Yahudoda Uzziyo, Yo‘tom, Oxoz va Hizqiyo kabi shohlar hukmronlik qilardi*.

Xudo O‘z xalqiga ta’na qiladi

2 Eshiting, ey samolar, tingla, ey zamin, Shudir Egamizning kalomi:

“Bino qildim bolalarni*, ulg‘aytirdim ularni,

Ammo ular isyon qildilar Menga.

3 Ho‘kiz biladi o‘z egasini,

Hatto eshak bilar kim uni boqishini, Ammo xalqim Isroil bilmaydi,

Ular tushunmaydi Men, o‘z Egasini.”


4 Eh, gunohkor elat, aybi muqarrar xalq, Eh, qabih nasllar!

Nomussizlarcha ish qilar bu bolalar, Eh, Egamizni tark etgan ular,

Isroil xalqining Muqaddas Xudosiga Shakkoklik qilgan,

Egamizga orqa o‘girgan ular!


5 Egam aytar: “Nega yana muncha kaltak istaysiz?! Ne uchun isyonni davom ettirasiz?!

Yaralangan butun bosh, Madordan ketgan butun yurak. 6 Boshdan–oyoq sog‘ joyi yo‘q,

Yiring ila qoplangan, ko‘karib ketgan,

Yaralaridan qon oqib yotar,

Tozalanmagan, bog‘lanmagan, moy surtilmagan*.

7 Vayronalar ichra yotar yurtingiz, Olovda yonib ketgan shaharlaringiz! Oldingizda yeringizni

Yeb bitirar kelgindilar,

Begonalar yurtingizni vayron qilar*.

8 Ammo aziz Quddus* Qamal qilinganday bo‘lar, U o‘xshab qolar

Uzumzordagi yolg‘iz chaylaga,

Polizda tikkaygan kapaga.”


9 Agarda Sarvari Olam Qoldirmaganda edi besh–oltitamizni, Sado‘m shahrining holiga tushar edik,

G‘amo‘ra shahriday* xonavayron bo‘lardik.


10 Egamizning kalomini eshiting, Sado‘m yo‘lboshchilarining izdoshlari! Xudoyimizning o‘gitiga quloq soling, G‘amo‘ra xalqining sheriklari!

11 “Nima keragi bor Menga?! Ko‘plab qurbonligingiz?!

To‘yib ketdim endi

Kuydirilgan qo‘chqorlar nazridan, Bo‘rdoqi yog‘laridan,

— deb aytmoqda Egamiz. — Menga xush kelmadi buqalarning, Qo‘zilar va echkilarning qoni.

12 Huzurimda hozir bo‘lganingizda,

Muqaddas Hovlimni bulg‘asin, deb kim aytdi? Bularni sizlardan kim so‘radi?!

13 Endi soxta nazrlar qilmanglar Menga, Tutatqingiz ham Menga jirkanchdir!

Toqat qilmasman endi

Chorlovlaringizga, fosiq yig‘iningizga,

Yangi oy shodiyonasiyu Shabbat kuningizga. 14 Nafratlandim yangi oy shodiyonangizdan Hamda «muqaddas» kunlaringizdan.

Bular Menga og‘ir yuk bo‘ldi, Toliqqanman bularni ko‘tarishdan.

15 Hatto ko‘p ibodat qilganingizda ham,

Eshitmasman Men sizlarni.

Menga ochganingizda qo‘llaringizni, Sizlardan yashiraman Men ko‘zlarimni. Qo‘llaringiz qonga botgandir.

16 Poklang, tozalang o‘zingizni, Ko‘z oldimdan yo‘qoting!

Qabih qilmishlaringizni, Qabihlikni endi bas qiling! 17 O‘rganing ezgulik qilishni, Adolatni izlang,

Yo‘lga soling zolimni*, Himoya qiling yetimni,

Beva haqi uchun kurashing.”


18 Egamizning kalomi shudir:

“Qani, endi birgalashib o‘ylaylik: Gunohlaringiz qizil rangga o‘xshasa ham, Sizlar qorday oppoq bo‘lasiz.

Gunohlaringiz qirmizi rangga o‘xshasa ham,

Sizlar momiqday oppoq bo‘lasiz.

19 Agar Menga itoat etsangiz chin ko‘ngildan,

Yeysiz, albatta zaminning sara hosilidan.

20 Ammo rad etib, Menga bo‘ysunmasangiz, Qilichning damiga ro‘para bo‘lgaysiz.” Egamizning O‘zi shunday deb aytdi.

Quddus xalqining sadoqatsizligi 21 Ey Quddus! Qayerga g‘oyib bo‘ldi sening sadoqating?! Qanday qilib fohishaga sen aylanding?!

Axir, oldinlari xalqing solihlikka, adolatga tashna edi! Endi esa shahringda faqat qotillar qoldi!

22 Sening kumushing toshqol* bo‘ldi,

Sharobing suv bilan aralashdi.

23 Ha, isyonkordir yo‘lboshchilaring,

O‘g‘rilarga sherikdir ular. Har biri porani sevar, Hadyaning ortidan quvar. Yetimni ular himoya qilmas,

Bevaning arzi ularga yetib bormas.


24 Endi Isroil xalqining qudratli Xudosi, Sarvari Olam — Rabbiy aytadi:

“Ha, dushmanlarimga g‘azabimni socharman, G‘animlarimdan o‘ch olib, tasalli toparman.

25 Yana sizlarga qarshi qo‘l ko‘taraman.

Ishqor bilan tozalaganday, Jamiki qorishmani yo‘q qilib, Toshqollarni ajrataman.

26 Azalda bo‘lganiday

Odil hakamu maslahatchilarni beraman.

Shundan so‘ng senga nom qo‘yilar:

«Solihlik shahri, Sadoqat shahri», deya.”


27 Shunda Quddus adolat orqali qutqariladi, Tavba qilganlar solihlik tufayli najot topadi. 28 Isyonkoru gunohkorlar birga qiriladi, Egamizdan voz kechganlar halok bo‘ladi.


29 Sizlar sharmanda bo‘lasiz

O‘zingiz xush ko‘rgan emanlar sababli.

Mana, uyalib qolasiz

O‘zingiz tanlagan sajdagoh bog‘lar* tufayli.

30 Ha, sizlar o‘xshab qolasiz Yaprog‘i qovjiragan emanga, Hamda suvsiz qaqragan boqqa.

31 Kuchlilar ham cho‘pga o‘xshab qoladi. Ishlari lov etgan olovga o‘xshaydi.

O‘zlariyu ishlari birga yonib ketadi, Hech kim bu olovni o‘chirolmaydi.


2–BOB

Abadiy tinchlik

1 Omiz o‘g‘li Ishayoga vahiyda Yahudo va Quddus haqida ayon bo‘lgan bashorat.


2 Shunday kunlar keladiki, Egamizning uyi turgan tog‘

Tog‘larning eng yuksagi bo‘lib, qaror topadi. Bu tog‘ hammasidan ham baland bo‘ladi, Hamma xalqlar u yerga daryoday oqib keladi.

3 Ko‘plab ellar keladi, Ular shunday deb aytadi: “Qani, yuringlar!

Chiqaylik Egamizning tog‘iga!* Qani, yuringlar!

Boraylik Yoqubning Xudosi uyiga!

Toki U bizga o‘rgatsin O‘zining yo‘llarini, Toki yuraylik bizlar Uning so‘qmoqlaridan.”

Axir, Egamizning kalomi kelib chiqar Quddusdan,

Ha, Xudoning ta’limoti kelib chiqar Siondan. 4 Egamiz hukm qiladi xalqlarning orasida, Ajrim qiladi ko‘p millatlar orasida.

Qilichlarini aylantirishadi omochga, Nayzalarini esa tok qaychilariga.

Qilich ko‘tarmaydi bir–biriga xalqlar, Hech qachon jang qilmaydi ular.

Ishayoning Isroil xalqiga murojaati

5 Ey Yoqub nasli! Kelinglar, Egamizning nurida yuraylik. 6 Ey Yoqub xonadoni!

Xalqingizning yo‘llarini siz tark etdingiz!* Bu yurt sharqdan kelgan bashoratgo‘ylarga*, Filistlar yurtiga* o‘xshab folbinlarga to‘la. Ular begona xalqlar bilan hamtovoq bo‘ldilar.


7 Qarang, Yoqub xonadoni to‘la kumush, oltinga,

Chek–chegarasi yo‘q xazinalarining, Ularning yurti to‘ladir otlarga, Chek–chegarasi yo‘q jang aravalarining. 8 Ularning yurti to‘la behuda butlarga! Ular ta’zim etarlar

Qo‘llarining ijodiga,

O‘zlari yasab, yaratganlarga.

9 Evoh, mana inson past bo‘ldi,

Shu tariqa odamzod tiz cho‘ktirildi, Ularning qaddini ko‘tarma, ey Egam!


10 Egamdan qo‘rqib qochinglar, Qoyaning ichiga kirib olinglar, Tuproq ostiga yashirininglar, Egamning ulug‘vorligi buyukdir!

11 Ha, insonning mag‘rurligi yerga uriladi, Odamzodning manmanligi yo‘q qilinadi, Yolg‘iz Xudo o‘sha kuni yuksaladi.


12 Zotan, Sarvari Olamning bir kuni bor, Qarshi chiqar U jamiki kibor, kekkayganlarga. O‘sha mag‘rurlarga qarshi bo‘lar,

Ularning har birini yerga urar.

13 Qarshi bo‘lar U barcha yuksak, mag‘rurlarga! Ha, o‘sha Lubnon sadrlariyu

Bashan* emanlarining hammasiga.

14 Qarshi bo‘lar U hamma baland tog‘larga,

Hamma yuksak tepaliklarga.

15 Qarshi bo‘lar U har bir baland minoraga, Har bir mustahkam qal’aga.

16 Qarshi bo‘lar o‘sha mashhur Tarshish* kemalariyu Inson yaratgan barcha ajoyibotlarga.

17 Ha, yerga uriladi o‘sha odamzod faxri, Past bo‘ladi insonning yuksakligi!

Yolg‘iz Xudo o‘sha kuni yuksaladi!

18 Behuda butlar tamomila yo‘q bo‘lib ketadi.

19 Egamiz, yerni larzaga solay, deya qo‘zg‘alganda, Inson Egamizdan qo‘rqqanidan

Kirib ketar qoyalardagi g‘orlarga. Uning buyuk ulug‘vorligidan Yashirinar yerdagi chuqurlarga.


20 Odam, o‘zim sajda qilay, deb yasagan

Oltinu kumush butlarini

Berar o‘sha kuni yumronqoziq Hamda ko‘rshapalaklarga.

21 Ha, Egamiz, yerni larzaga solay, deya qo‘zg‘alganda, Inson Egamizdan qo‘rqqanidan

Qoyalardagi g‘orlarga kirib ketar. Uning buyuk ulug‘vorligidan Cho‘qqilarning yoriqlariga yashirinar.


22 Endi uzoqda yuring Tuproqdan yaratilganlardan. Bormi ularning biron qiymati?!


3–BOB


Quddusdagi betartiblik

1 Sarvari Olam — Rabbiy endi Quddus va Yahudo xalqiga har turli ta’minot hamda madad bermay qo‘yadi. Ularni non va suvdan bebahra qilyapti. 2 Jangchilar va askarlardan, hakamlar va payg‘ambarlardan, folbinlar va oqsoqollardan mahrum qilyapti. 3 Ellikboshi va amaldorlardan, maslahatchilardan, mohir ustalar va “dono” afsungarlardan judo qilyapti.


4 Egam aytar: “Bolalar hukmron bo‘lar bu xalq ustidan, Aqlsizlar hukmronlik qilar ular tepasidan.”


5 Xalq bir–biriga zulm qiladi,

Har kim do‘stiga dushman bo‘ladi. Haqorat qilar yosh yigit oqsoqolni, Sharmanda odam esa obro‘li odamni.


6 Odamlar o‘z yaqinini ushlab olib, O‘sha qarindoshiga shunday deydilar: “Ustingda kiyiming bor ekan,

Bizga bosh bo‘la qol.

Mana bu vayronalar uyumi

Sening qo‘l ostingda bo‘ladi.”

7 U esa o‘sha kuni qasam ichib aytar: “Axir, men shifo bera olmayman, Meni qilmang xalqqa boshliq, Uyimda bor na non, na kiyim.”

Hukmning natijasi

8 Ha, Quddus ham, Yahudo ham quladi. Xalqining tillari, ishlari Egamizga qarshidir. Egamning shuhratini ular yerga bulg‘adi.

9 Yuzlari guvohlik berib turar,

Ular Sado‘m* kabi gunohlarini oshkor qilar. Ha, gunohlarini ular yashirmas.

Eh, o‘zlari boshlariga keltirar kulfat! Ularning holiga voy!


10 Solihlarga esa yaxshilik ko‘rasan, deb ayting, Ular o‘z ishlarining samarasidan lazzat topadi.

11 Ammo fosiqlarning holiga voy! Boshlarida kulfat,

Axir, qilmishlariga yarasha qaytadi o‘zlariga.


12 Yosh bolalar ezadi xalqimni,

Ayollar hukmronlik qiladi ular ustidan.

Ey xalqim, yo‘lboshchilaring seni chalkashtiradi, So‘qmoqlaringdan seni adashtiradi.

Egamizning da’vosi

13 Egamiz O‘z da’vosini isbot qilmoqqa kirishayotir, Ha, xalqlarni hukm qilmoqqa U qo‘zg‘alayotir.

14 O‘z taxtiga o‘tirib Egamiz O‘z xalqining oqsoqollariyu

Shahzodalari bilan hukmga kirishar:

“Sizlar Mening uzumzorimni* xarob qilgansiz.

Kambag‘aldan olgan o‘lja bilan to‘la uyingiz.

15 Nimasi bu?! Xalqimni ezaverasiz! Kambag‘alni iskanjaga olaverasiz!” Sarvari Olam — Rabbiyning so‘zidir bu.

Egamiz Quddus ayollarini ogohlantiradi

16 Egam aytar: “Mag‘rurdir Quddus* ayollari, Bo‘yinlarini likillatib, ko‘zlarini suzib yurar, Mayda qadam tashlab yurib,

To‘pig‘idagi halqalarni jiringlatar.” 17 Shu bois Rabbiy yara qilar Quddus ayollarining boshlarini,

Sharmanda qilar ochib uyatli joylarini. 18 O‘sha kuni Rabbiy tortib olar ularning Go‘zalligi — to‘pig‘idagi bezaklarini, Tillaqoshlariyu zeb–ziynatlarini,

19 Sirg‘alari, bilaguzuk va harir ro‘mollarini, Tortib olar boshidagi tojini,

Bilaguzuk, marjon, xushbo‘y moy, tumorlarini,

20 Muhr uzuklarini, burundagi sirg‘alarini,

21 Tortib olar shohona libosini,

Nafis ko‘ylaklari, nimchalari, karmonlarini, 22 Ko‘zgulari, zig‘ir liboslarini, Tillaqoshlariyu harir ro‘mollarini.

23 Xushbo‘y hid o‘rniga ulardan sassiq hid keladi, Kamarlar o‘rniga arqon bog‘lab yuradi, Turmaklangan soch o‘rniga kal bosh bo‘ladi, Bashang kiyim o‘rniga qanor kiyadi,

Ha, go‘zallik o‘rniga asirlik tamg‘asi bo‘ladi. 24 Mana, yigitlari qilichdan yiqilib qoladi, Botir erkaklari jangda qirilib ketadi.

25 Quddus darvozalari yig‘lab, aza tutadi. Sion bo‘m–bo‘sh bo‘lib, yerda o‘tiribdi.


4–BOB

1 O‘sha kuni yetti ayol bir erkakni tutib olib, shunday deydi: “O‘z nonimizni yeymiz,

O‘z kiyimimizni kiyamiz. Sharmandaligimizdan bizni qutqaring, Bizni sizniki deb bilishsa bo‘ldi.”


2 O‘sha kuni Isroildagi omon qolganlarga Yurtning hosili iftixor, ulug‘vorlik bo‘ladi.

Ha, Egamning novdasi ko‘rkam, ulug‘vor bo‘ladi.

3 Quddusda omon qolganlar, O‘sha Sion shahrida qolganlar “Muqaddas” deb ataladi.

Ular Quddusda hayot kitobiga yozilgan.

4 Adolat ruhi, otash ruhi ila Rabbiy yuvib tashlaydi

Quddus xalqining harom–xarishini,

Poklaydi Sionning qon dog‘larini. 5 Jamoa uzra kunduzi bulutni, Tunlari tutunni, yorug‘ alangani*

Egam barpo qiladi butun Sion tog‘ida*. Ha, o‘sha hashamatli shahar uzra Egam O‘zi soyabon bo‘ladi.

6 U soya, ko‘lanka bo‘ladi kunduzi issiqdan, Panoh, boshpana bo‘ladi bo‘ronu yomg‘irdan.


5–BOB

Uzumzor qo‘shig‘i

1 Qo‘shiq aytay suyukligimga, Aytay muhabbat qo‘shig‘imni Uning uzumzori haqida.

Suyganimning uzumzori bor edi

Tuprog‘i unumli tepalikda.

2 Yerni ag‘darib, toshlardan tozaladi, O‘tqazdi eng sara uzum tokini, Qorovul minorasini o‘rtaga qurdi.

Uzum siqish chuqurini* tayyorladi, Uzumlarning pishishini U kutdi, Ammo hosil ituzum bo‘ldi.


3 Endi, ey Quddus ahli, Yahudo xalqi,

Hakam bo‘ling Men bilan uzumzorim o‘rtasida. 4 Yana nima qilishim kerak edi uzumzor uchun? Unga qilmaganim yana ne qoldi?!

Uzumlarning pishishini kutganimda, Nega hosil ituzum bo‘ldi?!


5 Endi Men sizlarga aytaman Nima qilishimni uzumzorimni. Chetan devorini olib tashlayman, Hamma bor narsasi yeb bitirilsin. Uning devorini buzib tashlayman, Uzumzorim payhon qilinsin.

6 Men uni xarobazor qilaman, Endi toklarim butalmaydi, Yeri hech yumshatilmaydi.

Tikanlar, changalzor bilan qoplansin, Bulutlarga ham amr beraman, Uzumzorimga yomg‘ir yog‘dirmasin.


7 Sarvari Olamning uzumzori — Isroil xalqi,

Egamning xush ko‘rgan ko‘chati — Yahudo odamlari.

Ulardan to‘g‘rilik kutgandi, qotillik ko‘rdi,

Ulardan adolat kutgandi, faryod eshitdi.

Ishayo adolatsizlikni qoralaydi

8 Ey ko‘plab uy sotib oladiganlar!

Holingizga voy!

Ey dalasiga yana dala qo‘shib oladiganlar!

Holingizga voy,

Ha, boshqalarga joy qoldirmaysiz,

Endi bu yurtda yolg‘iz o‘zingiz qolib ketasiz.


9 Sarvari Olamning so‘zi ayon bo‘ldi menga: “Ko‘plab uylar, shubhasiz, xarob bo‘ladi, Katta, chiroyli uylar kimsasiz qoladi.

10 Yigirma tanob* uzumzor ikki ko‘za* sharob beradi,

O‘n savat* urug‘ arang bir savat* hosil beradi.”


11 Holingizga voy, ey erta tongda turib, O‘tkir ichimlik ortidan quvadiganlar! Holingizga voy, ey tunda allamahalgacha Sharob ichib qiziydiganlar!

12 Ziyofatlaringizda lira, arfa, Childirma, nay chalinar, sharob ichilar!

Biroq Egamning ishlarini anglamaysizlar,

Uning qo‘llari ijodini ko‘rmaysizlar!

13 Shu bois, xalqim Meni bilmagani tufayli surgunga ketdi.

Amaldorlari ochlikdan o‘lib ketdi, Ko‘plari tashnalikdan o‘rtanib yondi. 14 Ha, behad ochilib ketdi

O‘liklar diyorining* ishtahasi, Cheksiz ochilib ketdi uning og‘zi,

Tushib ketdi u yerga Quddusning obro‘si, O‘liklar diyoriga ketdi ko‘p odami, Shovqin–suroni, yuksalgani ham.

15 Shunday qilib, inson sharmanda bo‘ldi, Odamzod tiz cho‘ktirildi,

Kiborlarning ko‘zlari yerga qaradi.

16 Biroq Sarvari Olam adolati ila yuksaladi. Mana, Muqaddas Xudo odilligi ila Muqaddasligini ko‘rsatdi.

17 Qo‘zilar o‘tlaydi endi o‘zlarining Yaylovida o‘tlaganday,

Sarson bo‘lib yurgan bo‘rdoqilar Yeb to‘yadi vayronalarda*.

18 Holingizga voy! Ey yolg‘onni arqon qilib

Ayblarini tortib keladiganlar! Ey aravaning arqoni bilan

Gunohlarini sudrab keladiganlar! 19 Sizlar aytasiz: “Qani, tez bo‘lsin, Qiladiganini darrov qilsin,

Toki biz buni ko‘raylik.

Isroil xalqining Muqaddas Xudosining maqsadi Zudlik bilan amalga oshsin,

Toki biz buni bilib olaylik.”


20 Holingizga voy, ey yomonni yaxshi, Yaxshini yomon deb aytadiganlar, Zulmatni nur bilan,

Nurni esa zulmat bilan almashtiradiganlar! Ey achchiqni shirin,

Shirinni achchiq deydiganlar!


21 Holingizga voy, ey o‘zini dono deb bilganlar, O‘zlarini idrokli deb hisoblaganlar!


22 Holingizga voy, ey sharob ichishda

Qahramon bo‘lganlar,

Ichkilikni aralash–quralash ichishda

Bahodirlik ko‘rsatganlar.

23 Pora evaziga aybdorni haq deb topganlar,

Solihlarning to‘g‘riligini inkor qiladi ular!

24 Shu bois alanganing tili somonni yutganday, Ularning ildizi chirib ketadi,

Quruq xashak olovda kuyib bitganday, Ularning g‘unchasi changday uchib ketadi. Sarvari Olamning ta’limotini ular rad qildi,

Isroil xalqining Muqaddas Xudosining so‘zidan nafratlandi.

25 Ha, Egamning g‘azabi O‘z xalqiga qarshi alangalandi, U xalqqa qarshi qo‘l ko‘tarib, ularni urdi.

Shunda tog‘lar larzaga keldi, Ko‘chalarda jasadlar axlat bo‘ldi.

Shunda ham Egam g‘azabidan tushmadi, Uning qo‘li hamon

Isroilga qarshi ko‘tarilgancha turardi.

Xudo, Isroilga hujum qilsin deb, begona xalqlarni olib keladi

26 Uzoqdagi xalqlarga* Egam belgi beradi, Yerning chetidagi xalqlarga ishora yuboradi. Ana, ular kelayotir bu yerga tez, shiddat ila! 27 Ular na charchaydi, na yiqiladi,

Na mudraydi, yo na uxlaydi,

Na kamari bo‘shaladi,

Na chorig‘ining iplari uziladi.

28 Ularning o‘qlari o‘tkirlangan, Hamma yoylari tortib bog‘langan,

Otlarining tuyoqlari chaqmoqtoshga o‘xshar, Aravalarining g‘ildiraklari quyun kabidir.

29 Ular sherga o‘xshab bo‘kiradi, Yirtqich sher kabi o‘kiradi,

O‘kirib, o‘ljasini ushlaydi, olib ketadi,

Hech kim uni qutqarib ololmaydi.

30 O‘sha kuni guvullagan dengizga o‘xshab Yurt uzra o‘kirish eshitiladi.

Ana yurtga qarang! Zulmat va kulfat,

Bulutlar tufayli nur xira bo‘ldi.


6–BOB

Xudo Ishayoni payg‘ambarlikka chaqiradi

1 Shoh Uzziyo vafot etgan yili* men yuqoriga yuksalgan Rabbiyning taxtda o‘tirganini ko‘rdim. Uning libosi etaklari Ma’badni to‘ldirgan edi. 2 Uning tepasida seraflar* shay turardi, har birining oltita qanoti bor edi. Ular ikki qanoti ila yuzlarini to‘sgandi, ikki qanoti ila oyoqlarini to‘sgandi, qolgan ikki qanoti bilan uchayotgan edi. 3 Ular bir–biriga hayqirishardi:


“Muqaddasdir, muqaddasdir, Muqaddasdir Sarvari Olam! Uning ulug‘vorligi

Butun olamni to‘ldirgan!”


4 Ularning hayqirgan ovozlari Ma’badni poydevorigacha titratib yubordi, Ma’bad tutun bilan to‘lib borardi. 5 Men shunday dedim: “Sho‘rim qursin! O‘ldim endi! O‘z ko‘zlarim bilan o‘sha Shohni, Sarvari Olamni ko‘rdim. Axir, men og‘zi nopok bir odamman, og‘zi nopok xalq orasida yashayman!”

6 Seraflardan biri men tomon uchdi, qo‘lida ko‘mir cho‘g‘i bor edi. U o‘sha cho‘g‘ni otashkurak bilan qurbongoh ustidan olgan edi. 7 Ko‘mir cho‘g‘ini og‘zimga tekkizib, shunday dedi: “Qara, bu cho‘g‘ lablaringga tegdi, endi ayblaring yuvildi, gunohlaringdan forig‘ bo‘lding.”

8 Shunda men Rabbiyning ovozini eshitdim: “Kimni yuboraman? Biz uchun kim boradi?” Men aytdim: “Men shu yerdaman, mana, yuborgin meni.” 9 U shunday dedi:


“Bor, mana shu xalqqa ayt:

«Xo‘p, tinglayveringlar, baribir, tushunmaysiz, Qarayveringlar, baribir, anglab yetmaysiz.»

10 Ey Ishayo, bu xalqqa gapir.

So‘zlaring ularning aqlini o‘tmas qiladi, Gaplaring dastidan quloqlari garang bo‘ladi, Ularning ko‘zlari yumilib qoladi.

Shunda ko‘rmay qoladi ko‘zlari, Eshitmay qoladi quloqlari, Anglamay qoladi aqllari,

Ular Menga qaytmaydilar,

Ular shifo topmaydilar.”

11 So‘radim: “Ey Rabbiy, qachongacha?” U aytdi: “Shaharlar vayron bo‘lib,

Kimsasiz qolgunlaricha, Xonadonlarda biron jon qolmay, Yurt tamom vayron bo‘lguncha.

12 Oxiri, Men, Egangiz, hammani uzoqqa jo‘nataman, Yurtda esa ko‘plab tashlandiq joylar bo‘ladi.

13 Xalqning o‘ndan biri qolsa ham

Yondirib yuboriladi.

Ammo qayrag‘och, eman daraxtlar kesilganda To‘nkalari qolgani kabi,

Undan ham to‘nka qoladi.

Uning to‘nkasi Muqaddas urug‘dir.”


7–BOB

Shoh Oxozga xabar beriladi

1 Uzziyoning nabirasi, Yo‘tomning o‘g‘li Oxoz* hukmronligi davrida Oram shohi Ratan va Isroil shohi Ramaliyo o‘g‘li Pekax Quddusga kelib, saf tortdilar. Ammo uni bosib ololmadilar. 2 Dovud xonadoniga*: “Oram lashkari Efrayim* xalqi bilan ittifoq tuzibdi” degan xabar yetib keldi. Shoh Oxoz hamda xalq shunchalik vahimaga tushdilarki, hammalari shamolda tebrangan daraxtday titradilar.

3 Shunda Egamiz Ishayoga dedi: “Sen o‘g‘ling Sheryosub* bilan katta yo‘lga chiqqin. U yo‘l kir yuvuvchining dalasi tomon ketgan. Yuqori hovuz arig‘ining oxiri bo‘lgan o‘sha joyda Oxozni kutib olib, 4 unga shunday deb aytinglar: «O‘zingni bos, tinchlan, qo‘rqma! Oram shohi Ratan va Ramaliyo o‘g‘li g‘azabga mingan, ammo ularni deb qo‘rquvdan titramagin. Ikkovi ham yonib bitayotgan g‘o‘laday. 5 Efrayim va Ramaliyo o‘g‘li bilan birga, Oram senga qarshi fitna qilib, shunday dedi: 6 ‘Yahudoga bostirib boramiz. Xalqini vahimaga solib, qo‘lga olamiz. So‘ng To‘val o‘g‘lini* Yahudo shohi qilib tayinlaymiz.’

7 Ammo Egamiz Rabbiy aytmoqda:


Bu fitna amalga oshmas,

Bu hech qachon yuz bermas.

8 Oramning boshi Damashqdir, Damashqning boshi Ratandir, Oltmish besh yildan so‘ng Efrayim

Qirilib bitar, aslo xalq bo‘lmas.

9 Efrayimning boshi Samariyadir, Samariyaning boshi Ramaliyo o‘g‘lidir. Agarda so‘zimga ishonmasangiz, Mustahkam tura olmaysiz.»”

Immanuil to‘g‘risida bashorat

10 Egamiz yana Ishayo orqali Oxozga shunday dedi:

11 — Aytganlarimni amalga oshirishimga ishonch hosil qilishing uchun, Men, Egang Xudodan o‘zingga biror alomat so‘ra, o‘sha alomat o‘liklar diyoridan* chuqur yoki falak toqidan baland bo‘lsin.

12 Shunda Oxoz Ishayoga:

5 Egamiz yana menga gapirib:

6 — Bu xalq tinch oqadigan Shilo‘vax suvlaridan* voz kechdi, Ratan va Ramaliyo o‘g‘li Pekaxdan ko‘ngillari shod bo‘ldi, — dedi. 7 — Shuning uchun Men, Rabbiy, xalqimga qarshi Ossuriya shohini va uning shonli lashkarini boshlab kelmoqdaman. Ular Furot daryosining bahaybat to‘lqinlari kabidir. Hamma irmoqlardan oshib, hamma qirg‘oqlardan toshib ketadi. 8 Sel kabi Yahudoni bosadi, uning bo‘g‘ziga yetib keladi.


Shunga qaramay, Xudo biz bilandir!*

U yoyilgan qanotlari panohida yurtimizni omon saqlaydi!

9 Ey xalqlar, safarbar bo‘lavering, halokatga yo‘liqasiz!

Ey uzoq yurtlardagi jamiki ellar, eshiting!

Jangga bel bog‘layvering, ammo halokatga yo‘liqasiz! Ha, bel bog‘layvering, ammo halok bo‘lasiz!

10 Puxta reja qilavering, ammo rejangiz puchga chiqadi,

So‘z beravering, ammo amalga oshmaydi,

Chunki Xudo biz bilandir!


11 Egam qudrati bilan meni O‘ziga jalb qilib, shunday ko‘rsatma berdi:

— Bu xalqning yo‘lidan bormanglar. 12 Bu xalq isyon deb aytadigan hamma narsani sizlar isyon deb bilmanglar. Ularni qo‘rquvga soladigan narsalardan sizlar qo‘rqmanglar, vahimaga tushmanglar. 13 Sizlar Men, Sarvari Olamni muqaddas deb izzat qilinglar.

Faqat Mendan qo‘rqing, faqatgina Men sizni vahimaga solay. 14 O‘shanda Men O‘zim sizlarga panoh bo‘laman. Ammo Isroilning ikkala xonadoni uchun Men qoqiltiradigan tosh, to‘sqinlik qiladigan qoya, Quddus aholisi uchun tuzoq va to‘r bo‘laman. 15 Ulardan ko‘plari qoqiladi, yiqilib, burda–burda bo‘ladi. Ular tuzoqqa tushib, asir bo‘ladi.

16 Ey shogirdlarim, Egam menga bergan bu so‘zlarni avaylab asrang. 17-18 Sarvari Olam Sion tog‘ida maskan qilgan. U Yoqub naslidan yuzini yashiryapti, ammo men Uni kutaman, umidim Undadir. Mana, qarang, Egam bergan farzandlarim bilan birga men shu yerdaman! Isroilda biz belgi va alomatmiz*.

19 Xalqlar sizlarga: “Arvoh chaqiruvchilarga boringlar, g‘alati tovush chiqarib, tushunarsiz so‘zlarni pichirlab aytadigan folbinlarga maslahat solinglar”, deb aytsalar, sizlar o‘z Xudoyingizga bormaysizmi?! Axir, tiriklar o‘liklardan nasihat izlab boradimi?! 20 Arvoh chaqiruvchilarga borishni maslahat berganlarga ro‘shnolik bo‘lmaydi. Sizlar ularga emas, Xudoning yo‘l–yo‘riqlari va ta’limotiga maslahat soling*. 21 Sizlarni noto‘g‘ri yo‘lga boshlagan o‘sha xalqlar bu yurt bo‘ylab o‘tadi, ular och, iztirobda. Och qolib, g‘azablanib, shohini va xudolarini la’natlaydi. Yuqoriga qaraydi, 22 yerga qaraydi. Ana, kulfat va zulmat, g‘am va ofat. Ular yo‘q bo‘lib ketadi.


9–BOB

Ishayo bo‘lajak shoh haqida bashorat qiladi

1 Kulfat qamragan bu yurtda endi azob bo‘lmaydi. Oldin Zabulun va Naftali yurti*

sharmanda bo‘lgan edi. Ammo kelajakda dengiz bo‘yidagi yerlar, Iordanning narigi tomonidagi o‘lka* va g‘ayriyahudiylar Jalilasi* ulug‘lanadi.


2 Zulmatda yurgan xalq yorqin ziyoni ko‘rdi, O‘lim soya solgan yurt aholisi ustiga nur sochildi. 3 Bu xalqni Sen ko‘paytirgansan,

Ularga ko‘p shodlik ato qilgansan. Hosil vaqtidagi mamnunlik kabi, O‘ljalarin bo‘lishib olgan paytdagi kabi, Ular huzuringda quvonchga to‘lgan.

4 Bu xalqning og‘ir bo‘yinturug‘ini, Yelkasidagi tayog‘ini

Sen sindirib tashlagansan. Zolimlarning kaltagini Midiyon xalqi kabi, Mag‘lub qilgansan*.

5 Jangda kiyilgan etiklar, Qonga belangan hamma kiyim Olovga tashlanib, yoqilajak.


6 Mana biz uchun bola tug‘ildi, O‘g‘il bizga berildi.

Hukmronlik Uning zimmasidadir,

Nomi Ajoyib Maslahatchi*, qudratli Xudo, Abadiy Ota, Tinchlik Shahzodasidir.

7 Dovudning taxtida

Uning hukmronligi ortib boradi. Tinchlik to abad hukm suradi.

Hozirdan boshlab, to abad U adolat va haqiqat ila

Shohligini mustahkamlab, barqaror qiladi. Sarvari Olam jon kuydirib,

Buni bajo aylaydi.

Xudoning Isroilga bo‘lgan g‘azabi

8 Yoqub nasliga qarshi Rabbiy bir so‘z yubordi, Uning so‘zi Isroil xalqiga yetib keldi.

9 Efrayimda*, Samariyada yashaydiganlar,

Jamiki xalq bundan xabardor bo‘ldi.

Ular dimog‘dorlik, kiborlik ila aytmoqda: 10 “G‘ishtin imoratlar vayron bo‘lsa, Yo‘nilgan toshlar bilan quramiz.

Shikamora–anjir daraxtlari* kesilgan bo‘lsa, Ularning o‘rniga sadr daraxtlarini* ekamiz.” 11 Ana, Oram shohi Ratanga qarshi

Egam uning dushmanlarini qo‘zg‘atdi,

G‘animlarini da’vat qildi.

12 Sharqdan Oramlar, g‘arbdan Filistlar Og‘izlarin katta ochib, Isroilni yutib yubordi.


Ammo shunday bo‘lsa ham, Egam tushmas g‘azabidan, Uning qo‘li hamon

Isroilga qarshi ko‘tarilgan.


13 Bu xalq Sarvari Olamga yuz burmadi, Jazo bergan Zotga ular qaytmadi.

14 Shunda Egam bir kunda Isroilning boshini va quyrug‘ini, Xurmosini va qamishini kesib oldi*. 15 Oqsoqollar, amaldorlar boshdir, Soxta payg‘ambarlar quyruqdir.

16 Ular bu xalqni yo‘ldan adashtirgan,

Ularga ergashganlar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

17 Hammasi shakkok, qabihlik qilar, Barcha og‘izlardan ahmoqona so‘z chiqar. Rabbiy yoshlardan mamnun bo‘lmadi, Yetim va bevalarga shafqat ko‘rsatmadi.


Ammo shunday bo‘lsa ham, Egam tushmas g‘azabidan, Uning qo‘li hamon

Isroilga qarshi ko‘tarilgan.


18 Fosiqlik olovga o‘xshab yonar,

Yeb bitirar butazoru tikanzorlarni. O‘rmondagi changalzorlarni yondirib, Balandlarga tutunini o‘rlatadi.

19 Sarvari Olamning qahridan Yurt yonib bitar,

Xalq olovga yonilg‘i bo‘lar.

Odamlar o‘z yaqiniga shafqat qilmas, 20 Ular o‘ng tarafga hamla qiladilar, Ammo och qoladilar.

Yutaman deb chap tomonga hujum qiladilar,

Ammo to‘ymaydilar.

O‘z qo‘lining go‘shtini yeydi insonlar.

21 Manashe qabilasi yeydi Efrayim qabilasini, Efrayim esa Manasheni,

Ikkovi birlashib Yahudoga* hujum qiladi.


Ammo shunday bo‘lsa ham,

Egam tushmas g‘azabidan, Uning qo‘li hamon

Isroilga qarshi ko‘tarilgan.


10–BOB

1 Ey siz, yovuz farmonlar chiqaradiganlar, Qonunlar yozib, jabr keltiradiganlar.

2 Kambag‘alni adolatdan mahrum qilyapsiz,

Mazlum xalqimni talayapsiz, Ovingiz bo‘layotir bevalar, O‘ljangiz bo‘layotir yetimlar.

3 Qiyomat kuni kelganda, siz nima qilasiz? Uzoqdan balo kelganda, nima qilasiz?

Yordam so‘rab kimga qochib borasiz?!

Boyligingizni qayerga olib ketasiz?!

4 Yo‘q, asir bo‘lib yiqilib qolasiz,

Yo jasadlar tagida qolib ketasiz.


Ammo shunday bo‘lsa ham, Egam tushmas g‘azabidan, Uning qo‘li hamon

Isroilga qarshi ko‘tarilgan.

Xudo takabbur Ossuriyani hukm qiladi

5 Egam aytar: “Mana Ossuriya!* G‘azabimning hassasi! Uning qo‘lidadir qahrimning tayog‘i!

6 Men uni shakkok elga qarshi yuboraman, G‘azabimni o‘sha xalqqa qarshi sochaman, Ovlab, o‘lja qil, deb unga amr qilaman.

Xalqlarni loyday oyoq osti qiladi u.

7 Ammo Ossuriya Mening qurolim ekanini Xayoliga ham keltirmas,

Bular haqida u o‘ylamas ham.

Uning fikri–yodi:

Xalqlarni qirib tashlashdir,

Bitta qo‘ymay ularni yo‘q qilishdir.

8 Ossuriya shohi shunday o‘ylaydi:

«Lashkarboshilarim shohlar emasmi?!

9 Xalno shahrini Karxamish shahriday vayron qilmadikmi?! Xomat ham Arpadday* quladi–ku!

Samariya Damashq* kabi emasmi?!

10 Olganimday behuda butlar shohliklarini, Olaman Quddusu Samariyaning sanamlarini.

11 Ne qilgan bo‘lsam Samariya va uning sanamlarini, Shunday qilaman Quddusu uning butlarini.»”

12 Ammo Rabbiy tuzgan rejalarini Sion tog‘ida va Quddusda amalga oshirgandan keyin, shunday deydi: “Endi takabbur, kibor Ossuriya shohi bilan hisob–kitob qilaman. 13 Axir, Ossuriya shohi shunday degan edi:


«O‘z kuchim bilan bularni amalga oshirdim,

Donoligim bilan qildim, axir, idrokliman. Xalqlarning chegarasini yo‘q qildim, Ularning xazinalarini o‘lja qilib oldim.

Qudratli shohlarini taxtdan uloqtirdim.

14 Qush iniga qo‘l suqib tuxum yiqqani kabi, Xalqlarning boyliklarini to‘pladim.

Tashlab ketilgan tuxumlarni qanday to‘plasalar, Jamiki yurtlarni men shunday yig‘ib oldim.

Yo qanot qoqqan, og‘zin ochgan,

Yo ovozin chiqargan birov bo‘lmadi.»”

Ishayoning Ossuriya shohiga javobi

15 Bolta maqtanarmi uni ishlatganga?!

Arra o‘zini maqtaydimi uni qo‘lga olganga?! Kaltak ushlaganni kaltakning o‘zi ko‘taradimi?! Hassa o‘zini ushlaganni ko‘taradimi?!

16 Ey Ossuriya,

Shu bois Sarvari Olam — Rabbiy

Og‘ir xastalikni yuborar pahlavonlaringiz orasiga.

Kasalliklarining qizg‘in pallasida Ularning badanlaridan o‘t chiqadi, Ular go‘yo lov–lov etib yonadi.

17 Isroilning Nuri yolqin bo‘ladi,

Isroil xalqining Muqaddas Xudosi olov bo‘ladi.

Olov yondirib, tikanzoru changalzorlarini Bir kunda yamlab yutadi.

18 Ossuriyaning muhtasham o‘rmonlari

Va unumdor dalalari

Og‘ir xastalikka yo‘liqqan insonday, Tamomila xarob bo‘ladi.

19 O‘rmondagi daraxtlar shunchalik oz qolarki,

Hattoki yosh bola ham ularni sanay oladi.

Xudo O‘z xalqini tinchlantiradi

20 O‘sha kuni Isroilning qolgan–qutgani, Yoqub naslining qutulganlari

Boshqa suyanmaydi o‘z zulmkorlariga*, Ular sadoqat bilan tayanadi

Isroil xalqining Muqaddas Xudosi — Egamga.

21 Yoqub naslining qutulganlari, omon qolganlari

Qaytadi* qudratli Xudoga.

22 Ey Isroil, sening xalqing

Dengiz qumiday ko‘p bo‘lsa ham,

Endi ulardan faqatgina sanoqli odamlar qaytadi.

Zero, “Qirg‘in bo‘lsin”, deya qaror qilingan, Xudo odil hukmini O‘z xalqining boshiga soladi.


23 Shubhasiz, butun yer yuzida qiyomat bo‘ladi, zotan, Sarvari Olam — Rabbiy shunday qaror qilgan.

24-25 Shu bois Sarvari Olam — Rabbiy shunday aytmoqda: “Ey xalqim, Quddus* ahli! Misrliklar kabi, Ossuriyaliklar sizlarga tayoq ko‘taradilar, sizlarni qamchi bilan uradilar. Ammo hademay g‘azabimni bosaman, ulardan qo‘rqmanglar. Endi Ossuriyaliklarga qahrimni sochib, ularni qiraman. 26 Ha, Midiyonlarni Oriv qoyasida shunday qirgan edim*. Hassamni ko‘tarib, Misr lashkarini dengizda g‘arq qildim*. Endi xuddi shunday qilib, Men, Sarvari Olam, ularga qarshi qamchimni ko‘taraman. 27 O‘sha kuni Ossuriyaning yukini yelkangizdan uloqtiraman. Uning bo‘yinturug‘i bo‘yningizdan olib tashlanadi. Ha, bo‘yinturuq yo‘q qilinadi, chunki sizlar kuchga to‘ldingiz*.”


28 Ossuriya lashkari Oyaz shahriga* keldi,

Migron bo‘ylab o‘tdi,

Qurol–aslahasini Mixmashda shay qildi. 29 Ular Gebo so‘qmog‘ini kesib o‘tdilar–u, Rama xalqi vahimaga tushib qoldi,

Ular Shoulning shahri Givoda omonat to‘xtadi–yu, Shahar ahli qochib ketdi.

30 Faryod qiling, ey Galim ahli! Eshit, ey Laysho!

Ey sho‘rlik Onoto‘t!

31 Madmenax ahli qochib ketdi,

Gebim ahli, panoh topay deb, uchib ketdi.

32 O‘sha kuni Ossuriya lashkari Nav shahrida turadi. Quddus shahri joylashgan tepalikka —

Aziz Sion tog‘iga qarab mushtini ko‘taradi.


33 Qara, Sarvari Olam — Rabbiy

Qudratli kuchi ila daraxt shoxlarini kesib tashlaydi, Baland daraxtlarni qirqib tashlaydi, Yuksalganlarini yerga uradi.

34 U bolta bilan kesib tashlaydi o‘rmondagi changalzorni,

Qudratli Xudo qulatib yuboradi Lubnon daraxtlarini.


11–BOB

Tinchliksevar shohlik haqida bashorat

1 Essayning* tomiridan novda o‘sib chiqadi, Ha, uning ildizidan ko‘chat yoyiladi.

2 Uning ustida bo‘ladi Egamizning Ruhi. Bu donolik hamda aql–idrok,

Nasihat va kuch–qudrat Ruhidir,

Egamizni bilish va Undan qo‘rqish Ruhidir.

3 O‘sha Essay farzandi

Egamizdan qo‘rqishdan zavq olar, Hukm qilmas ko‘zlari ko‘rgani ila, Ajrim qilmas eshitganlari ila.

4 U adolat ila bechorani hukm qiladi,

To‘g‘rilik ila yer yuzi mazlumlarini ajrim qiladi. Bir og‘iz so‘zi bilan zolimni jazolaydi,

Nafasi ila fosiqni o‘ldiradi.

5 Adolat uning belidagi kamar bo‘ladi, Haqqoniyat uning belidagi belbog‘ bo‘ladi.


6 Shunda bo‘ri qo‘zi bilan yashar, Sirtlon bilan uloqcha birga yotar, Buzoq, sher, bo‘rdoqi birgadir, Yosh bola ularni yetaklab yurar. 7 Sigir bilan ayiq birga o‘tlaydi, Bolalari ham birga yotadi,

Sher ho‘kizga o‘xshab somon yeydi.

8 Go‘dak qora ilon uyasi ustida o‘ynar,

Yosh bola qo‘lini ilon iniga suqar.

9 Muqaddas tog‘imning* gir atrofida Ular zarar keltirmas yo chaqmas.

Ha, suvlar to‘ldirganiday dengizni, Yer yuzi to‘liq bilib oladi Egamizni.


10 Mana, Essayning tomiridan chiqqan* shoh o‘sha kuni xalqlar uchun baland ko‘tarilgan bayroq kabi bo‘ladi. Elatlar maslahat so‘ragani uning huzuriga keladi, Uning maskani ulug‘vorlikka to‘ladi.

11 O‘sha kuni Rabbiy qo‘lini ikkinchi marta uzatadi. U O‘z xalqidan qolganlarini qutqaradi. Ularni Ossuriyadan, Misrning shimoliy va janubiy hududlaridan*, Habashistondan* yig‘ib keladi. Elamdan*, Bobildan*, Xomatdan* va dengiz sohillaridan olib keladi.


12 Elatlarga U belgisini ko‘rsatib, Isroilning quvilganlarini to‘playdi.

Yer yuzining to‘rt burchagidan yig‘adi

Yahudoning tarqalib ketganlarini.

13 Efrayimning* hasadgo‘yligini qirqadi, Yahudoning xusumatini to‘xtatadi, Efrayim Yahudoga hasad qilmas, Yahudo Efrayimga xusumat qilmas.

14 G‘arbda ular Filistlarga changal soladi,

Birgalikda Sharq xalqini talaydi, Edom, Mo‘ab* ularga bo‘yin egadi, Ommon xalqi* tiz cho‘kadi.

15 Egamiz tamomila qirib yuborar

Qizil dengizning qo‘ltig‘ini*.

Furot daryosiga qarshi qo‘l ko‘taradi.

Garmsel* keltirib, jizg‘anak qilib,

Daryoni yetti sayoz irmoqqa bo‘lib tashlaydi,

Irmoqlardan bir–bir hatlab o‘tsa bo‘ladi.

16 Ha, Isroil Misrdan chiqqanda, Ularga yo‘l ochilganiday Egamizning xalqidan qolganlarga Ossuriyadan katta yo‘l ochiladi.


12–BOB



1 O‘sha kuni sen aytasan:

Shukrona qo‘shig‘i

“Senga shukur aytaman, ey Egam, Mendan g‘azablangan eding, G‘azabing bosildi, ey Egam, Menga Sen tasalli berasan!”

2 Sen yana aytasan: “Ha, Xudo najotimdir, Qo‘rqmasman, U mening umidimdir.

Egamning O‘zi* mening kuch–qudratimdir*,

U mening qutqaruvchimdir.”


3 Shod bo‘lib, najot chashmasidan suv olasiz.

4 O‘sha kuni aytasiz: “Shukronalar aytaylik Egamizga. Sajda qilaylik Unga!

Qilgan buyuk ishlarini

Xalqlar orasida ovoza qilaylik,

Nomi yuksalganini yodga solaylik!”


5 Hamdlar ayting Egamizga! Butun yer yuzida bo‘lgan ovoza Uning qilgan ajoyib ishlari!

6 Xitob qiling, hayqiring shodlikdan, ey Quddus* ahli, Buyukdir orangizdagi Isroil xalqining Muqaddas Xudosi.


13–BOB

Xudo Bobilni jazolaydi

1 Omiz o‘g‘li Ishayoga vahiyda Bobil to‘g‘risida ayon bo‘lgan bashorat.

2 Yalang tepalik uzra bayroq ko‘taring, Bobilga qarshi jangchilarni safarbar qiling. Hammasini jangga da’vat eting,

Ular aslzodalar darvozalarini ishg‘ol qilsin.

3 Egam aytar: “Men O‘zim tanlaganlarga amr berib, Qahrimni ko‘rsatsin deb, jangchilarimni yig‘dim, G‘alabamdan sevinadiganlarni to‘pladim.”


4 Qirlardagi olomonning tovushi O‘xshaydi buyuk xalqning ovoziga. Ana, shohliklarning shovqin–suroni! Elatlar yig‘ilmoqda.

Jang qilmoqqa lashkarini Sarvari Olam tayyorlamoqda.

5 Kelayotir ular uzoq yerlardan,

Ha, osmon gumbazining bir burchidan.

Egam va Uning g‘azab qurollari

Vayron qiladi butun yer yuzini.


6 Faryod qil, Egamizning kuni* yaqin! Ha, Qodir Xudo kulfat yuboradi!

7 Hamma qo‘llardan darmon ketadi,

Har bir inson vahimaga tushadi. 8 Ular dahshatga tusharlar, Dardu iztirob ularni chulg‘ar,

To‘lg‘oq tutgan ayolday bukchayib qolar. Bir–biriga qo‘rquv ichra qarar,

Ularning yuzlari lovullab yonar.


9 Mana, kelayotir Egamizning kuni! Alanga olayotir g‘azabu qahr, dahshat. Vayronaga aylantirar yer yuzini,

Yer yuzidan qirib tashlar gunohkorlarni. 10 Ha, samodagi yulduzlar, burjlar Taratmaydi o‘z yorug‘ligini.

Quyosh chiqsa ham, zulmat bo‘ladi, Oy o‘z nurini sochmaydi.


11 Egam aytar:

“Olam bilan hisob–kitob qilaman qabihligi uchun, Fosiqlar bilan ularning gunohi uchun, Manmanlarning kiborligiga chek qo‘yaman, Takabburlarni dimog‘dorligi uchun yerga uraman. 12 Insonni kamyob qilarman sof oltindan ham, Odamni Ofir oltinidan ham.

13 G‘azabim alangalangan kun

Samoni titratib yuborarman.

Men, Sarvari Olamning g‘azabidan Zamin qo‘zg‘aladi o‘z o‘rnidan.


14 Shunda inson ovdagi jayronday bo‘lar, Cho‘ponsiz qolgan suruvday bo‘lar,

Har biri o‘z xalqiga qaytib ketadi, Har biri o‘z yurtiga qochib boradi.

15 Topilganlarning har biri nayzaga ilinadi, Qo‘lga tushgan har kim qilichdan o‘tkaziladi. 16 O‘zlarining ko‘z o‘ngida

Chaqaloqlari tilka–pora bo‘ladi. Uylari talon–taroj bo‘ladi, Xotinlariga tajovuz qilinadi.


17 Mana, Midiyaliklarni* ularga qarshi qo‘yaman, Midiyaliklarga kumushning hech keragi yo‘q, Ular oltinni ham istamaslar.

18 Ularning o‘qlari yoshlarni qiradi, Shafqat ko‘rsatmaydi ular bolalarga, Rahm qilmaydi ona qornidagilarga. 19 Bobil shahri shohliklarning go‘zali,

Bobildir — Bobilliklarning* ulug‘vor durdonasi. Ammo Men, Xudo, yer bilan yakson qilaman Xuddi Sado‘m, G‘amo‘ra* kabi uni.

20 Endi u yerda hech kim yashamas, To abad hech kim uni maskan qilmas. U yerda hatto chodir qurilmas, Cho‘ponlar suruvlarini o‘tlatmas.

21 Ammo yovvoyi hayvonlar bu yerda yotar,

Uylar yirtqichlar bilan to‘lar,

U yerda boyqushlar joylashar, Echkilar u yerda shataloq otar.

22 Uvullashar sirtlonlar qal’alarda, Chiyabo‘rilar go‘zal saroylarda.


O‘sha vaqt yaqin orada keladi, O‘sha kun kelmasdan qolmaydi.”


14–BOB

Isroil xalqi surgundan qaytadi

1 Ammo Yoqub nasliga Egam shafqat qiladi, U yana Isroil xalqini tanlab oladi.

Yoqub nasliga o‘z yerida orom beradi,

Birlashadi musofirlar ular bilan,

Qo‘shiladi Yoqub xonadoni bilan.

2 Xalqlar o‘z yurtlariga Isroilni boshlab boradi, Ular Isroil xalqining mulki bo‘ladi.

Isroil Egamning yerida xalqlarni qul, cho‘ri qiladi. O‘zini asir qilganlarni Isroil xalqi asir qiladi, Zolimlar ustidan u hukmronlik qiladi.

Bobil shohi mazax bo‘ladi

3 Egam sizni qayg‘u, dard–alamdan qutqarganda, sizga azob bergan og‘ir ishdan

xalos qilganda, 4 Bobil shohini masxaralab bu so‘zlarni aytasiz:


“Mana, zolimning kuni bitdi–ya! Zo‘ravon* tamom bo‘ldi–ya!

5 Egam sindirdi fosiqlarning tayog‘ini,

Hukmdorlarning hassasini!

6 Bu hassa xalqlarni rosa urardi,

To‘xtovsiz kaltaklardi,

Xalqlarga g‘azab ila hukmronlik qilardi, Shafqat qilmay ta’qib qilardi.

7 Jamiki zamin tinch, osuda,

Ular sevinch ila qo‘shiq aytmoqda.

8 Hatto sarv daraxtlari halokatingdan mamnun, Lubnon sadrlari ham aytar:

«Endi sen chuqurda yotibsan, Hech kim bizni kesgani kelmas.»


9 O‘liklar diyori* jonlanib qoldi: Ana, keldi, kutib olaylik, deya. Qara, uyg‘ondi seni deb

Yer yuzi yo‘lboshchilarining ruhlari.

Taxtlaridan oyoqqa qalqidi Jamiki xalqlarning shohlari. 10 Ey Bobil shohi!

Hammalari senga qarab aytadi:

«Hatto sen ham bizday nochor bo‘lding–a, Bizning kunimiz tushdi sening boshingga.» 11 Ulug‘vorliging, kayfu safolar tovushi Uloqtirildi o‘liklar diyoriga!

Ostingdagi qurtlar ko‘rpachangdir, Chuvalchanglar sening to‘shagingdir.


12 Qanday qilib tushib ketding samodan,

Ey Zuhra yulduz, Tong o‘g‘li?! Xalqlarni yerga uloqtirgan eding! Yerga qulab tushding–ku o‘zing!

13 Ha, o‘zingcha aytgan eding:

«Men chiqib boraman samolarga,

Taxtimni ko‘taraman

Xudoning yulduzlari tepasiga. O‘tiraman xudolar yig‘iladigan tog‘da, Shimolning eng chekkasida.

14 Bulutlar tepasiga chiqib boraman,

Xudoyi Taoloday bo‘laman.»

15 Ammo sen uloqtirilgansan o‘liklar diyoriga,

Chuqurlikning tub–tubiga.

16 Ko‘rganlar senga tikilib qoladi, Ko‘ngillarida shunday o‘y kechadi:

«O‘sha odammi bu zaminni titratgan,

Shohliklarni larzaga solgan?!

17 Shumi olamni sahroga aylantirgan?! Shaharlarni yer bilan yakson qilgan, Asirlarni qo‘yib yubormagan?!»

18 Xalqlarning shohi bo‘lganlarning hammasi

Muhtasham qabrlarida yotibdi.

19 Ammo sen uloqtirilgansan

Jirkanch chirik novdaday qabringdan. Tosh chuqurga tushadigan jasadlar, Qilichdan qulagan jasadlar

Bo‘lar sening kafaning.

20 Axir, o‘z yurtingni vayron qilgansan, Xalqingni o‘zing o‘ldirgansan.

Endi ular qatori dafn qilinmassan. Ey fosiq, sening nasling

To abad tilga olinmas!


21 Otasining* gunohlari uchun O‘g‘illarini jallodga topshiring. Ular aslo ko‘tarilmas.

Endi yerga egalik qilmas,

Yer yuzida shaharlar barpo qilmas.”

Xudo Bobilni vayron qiladi

22 Quyidagilar Sarvari Olamning so‘zidir. “Men Bobilga qarshi qo‘zg‘alaman. Bobildagilarning nomini ham, qolgan–qutganini ham, urug‘–aymog‘ini ham yo‘q qilaman”, — deb aytmoqda Egamiz. 23 “Men Bobilni tipratikanlarga mulk qilib beraman. Uni botqoqqa aylantiraman. Xarobazor qilib, supurib tashlayman”, — deb aytmoqda Sarvari Olam.

Xudo Ossuriyani vayron qiladi

24 Sarvari Olam ont ichib aytdi:

“Ha, Mening belgilaganim bajo bo‘ladi, Mening rejalashtirganim amalga oshadi.

25 Ossuriya xalqini O‘z yerimda yakson etaman, Tog‘larimda uni oyoq osti qilaman.

Uning bo‘yinturug‘i yurtimdan olinadi, Yuki Isroilning yelkalaridan uloqtiriladi. 26 Butun olam uchun shu rejani tuzdim,

Butun xalqlarga qarshi qo‘limni ko‘tardim.”


27 Sarvari Olam reja qilgan! Qani, buni kim bekor qila oladi?! U xalqlarga qarshi qo‘l ko‘tardi! Qani, Uni kim to‘xtata oladi?!

Xudo Filistlarni xonavayron qiladi

28 Shoh Oxoz vafot etgan yili* bu bashorat ayon qilindi:


29 “Bizni urgan tayoq* sindi”, deb

Sevinmangiz, ey Filistlar!

Axir, ilonning tuxumidan qora ilon chiqadi!

Uning bolasi vahimali ajdar bo‘ladi!

30 Mana, qashshoqlarning to‘ng‘ichi to‘yyapti,

Muhtojlar eson–omon yotibdi.

Ammo sizning ildizingizni ochlikdan quritaman, Qolgan–qutganlaringiz esa qirilib ketasiz.

31 Ey Filistlar, hammangiz

Azadan adoyi tamom bo‘lasiz.

Faryod qil, ey darvoza! Yig‘la, ey shahar!* Shimoldan* urush hidi chiqayotir,

O‘sha lashkar safdan chiqmay kelayotir.


32 Xalqlarning elchilariga qanday javob berilar?

“Egamiz Quddusni* barqaror qildi.

O‘z xalqi orasida muhtoj bo‘lganlar

U yerda panoh topadi”, javobi shudir.


15–BOB



1 Mo‘ab* haqida bashorat:

Xudo Mo‘abni vayron qiladi


Vayrona bo‘ldi tunda,

Mo‘abdagi Or shahri nidosiz yotar.

Vayrona bo‘ldi tunda,

Mo‘abdagi Xir shahri* nidosiz yotar.

2 Mo‘ab xalqi o‘z xudosining uyiga chiqdi faryod qilgani,

Ha, Dibonliklar sajdagohiga chiqdi nola qilgani.

Har birining sochlari qirilgan, Har birining soqoli olingan,

Navo va Midavo shaharlari uchun Mo‘ab nola chekar.

3 Ko‘chalarda xalq qanorga o‘rangan*. Tomlarda, xiyobonlarda faryod qilib, Hammasi ko‘z yoshlarini to‘kar.

4 Xashbon, Elaley ahli faryod chekar, Ularning ovozi Yaxazgacha eshitilar. Mo‘abning qurollanganlari faryod etar, Ular qo‘rquvdan qaltirar.


5 Yuragim Mo‘ab uchun faryod qiladi, Qochoqlar qochib borar Zo‘varga, Eglat–Shalishiyo shahriga.

Luxit tepaligiga ham ular yig‘lab boradi. Hatto Xo‘ronayim yo‘lida

Ular halokat tufayli fig‘on chekadi. 6 Ha, o‘tlar qurib ado bo‘ldi, Maysalar tamom bo‘ldi.

Yashillikdan asar qolmadi,

Nimrim suvi xarob bo‘ldi.

7 Endi ular o‘zlari erishgan boyliklarni, O‘zlarining hamma mol–mulklarini Arabim soyligi orqali olib ketadi.

8 Faryod yetib borgan Exlayim shahrigacha, Yig‘i yetib borgan Ber–Ilim shahrigacha, Mo‘ab yurti ohu nolaga to‘ldi!

9 Ana, Dibondagi suvlar* qon bilan to‘la! Ammo endi Xudo Dibonga* battarini qiladi. Mo‘abning qochib qutulganlariga,

Yurtdagi qolgan–qutganlarining boshiga Sherlarni olib kelaman.


16–BOB

Mo‘ab umidsiz ahvolda qoladi

1 Qo‘zilar yuborgin yurtning hukmdoriga,

Ularni yubor sahro yo‘li orqali Sela shahridan* aziz Sion tog‘iga. 2 Xuddi darbadar qushlarday Bo‘lib qolar axir, Mo‘ab ahli.

Uyasidan quvilgan qushlarday

Ular Arnon soyligi* kechuvini g‘urbatda kezadi.

3 Ular shunday deydi:

“Maslahat ber bizga, qaror chiqar!

Kunning o‘rtasida soyangni tun kabi tushir.

Yashirgin quvilganlarni, Oshkor qilma qochoqlarni!

4 Qochoqlarimiz orangizda yashasin, Qirg‘in keltiruvchi zo‘ravonlardan Mo‘abga boshpana bo‘lgin.”


Zolimlar yo‘q bo‘lganda, Zo‘ravonlik barham topadi. Talonchilar yurtdan g‘oyib bo‘ladi. 5 Taxt o‘rnatilar sadoqat ila.

Taxtda o‘tirar haqiqatgo‘y bir hukmdor.

Bu hukmdor Dovud xonadonidan kelib chiqar. U adolatparvar, odillik bilan hukm chiqarar.


6 Ha, eshitganmiz Mo‘abning mag‘rurligini,

Uning chiroyi, kiborligi, boyligini!

Naqadar mag‘rurdir u!

Ammo bularning hammasi yolg‘on! 7 Endi Mo‘ab faryod cheksin, Hamma Mo‘ab uchun nola qilsin.

Ha, o‘sha Xir–Xarasot* mayizlarini

Hamma qo‘msab, aza tutsin.

8 Mana, holdan toydi Xashbon dalalari, Sivmo uzumzorlari ham.

Xalqlarning hukmdorlari ezgan Sivmoning uzum boshlarini.

Ular Yazirgacha yetib bordilar, Ular sahroda kezib yurdilar.

Novdalari bir vaqtlar o‘sib ketib, Dengizdan ham oshib o‘tdi.

9 Shu bois Yazir yig‘laganda, men ham yig‘layman,

Ey Sivmo uzumzorlari!

Ko‘z yoshlarim ila sizlarni shalabbo qilaman,

Ey Xashbon, Elaley shaharlari! Axir, yozgi hosilingiz barham topdi,

Don hosili paytidagi o‘yin–kulgilar to‘xtadi.

10 Bog‘larda shodlik, Xursandchilik endi bo‘lmas, Uzumzorlarda qo‘shiq aytilmas, Shodlik qiyqiriqlari ko‘tarilmas. Uzum siqish chuqurlarida* Ishlaydigan hech kim qolmas.

Shodlik qiyqiriqlarini Xudo bostirdi.

11 Shu bois yuragim Mo‘ab uchun

Arfa kabi nola qilar.

Xir–Xarasot* uchun vujudim faryod chekar.


12 Mo‘ab xalqi kelib, o‘zini toliqtirsa ham, Sajdagohiga kelib, iltijolar qilsa* ham, Hech narsaga erishmas.


13 Egamiz bu so‘zlarni Mo‘ab haqida oldindan aytgan edi. 14 Endi Egamiz aytar: “Hozir juda ko‘p bo‘lganiga qaramay, yollangan ishchining muddati kabi, uch yildan keyin Mo‘abning obro‘si to‘kilar. Xalqidan qolganlari esa juda oz, zaif bo‘lar.”


17–BOB

Xudo Damashq va Isroilni jazolaydi

1 Damashq* haqida bashorat:


“Ana, Damashq endi shahar bo‘lmaydi!

U vayronalar uyumiga aylanadi! 2 Aror shaharlari tark etiladi, Suruvlar maskaniga aylanadi, Hech kim ularni hurkitmaydi.

3 Efrayim yurtining* qal’asi yo‘q bo‘ladi,

Damashqning shohligi ketadi.

Oram xalqining omon qolganlari g‘oyib bo‘ladi,

Bularning hammasi Isroil xalqining Shuhrati singari barham topadi,

— deb aytmoqda Sarvari Olam. —


4 O‘sha kuni Yoqub naslining shuhrati yo‘qoladi,

Tanasi ozib–to‘zib ketadi.

5 Mana, o‘roqchilar boshoqlarni o‘rib oladi,

O‘z qo‘llari bilan don hosilini yig‘ishtirib oladi. O‘sha dalalarda terilgan bug‘doy boshoqlariday

Rafa vodiysida* Yoqub naslidan ham ozchilik qoladi.

6 Ha, zaytun daraxti qoqilganda

Daraxt uchida ikki–uch meva qolganday,

Hosildor shoxchalarda to‘rt–besh meva qolganday

O‘sha boshoqlarda bir–ikki don qoladi”,

— deb bashorat qilar Isroil xalqining Xudosi — Egamiz.


7 O‘sha kuni har bir odam Yaratuvchiga qaraydi, ularning ko‘zlari Isroil xalqining Muqaddas Xudosini ko‘radi. 8 Inson qurbongohlarga, qo‘llarining ijodiga qaramaydi, o‘z qo‘li bilan yasagan narsalar — Asheraga* atalgan ustunlarni, tutatqi qurbongohlarini ko‘rmaydi.

9 O‘sha kuni mustahkam shaharlari o‘rmonlardagi tashlandiq joylarga o‘xshab qoladi.

Odamlar tashlab ketgan qir tepaliklar kabi bo‘ladi. Isroil xalqi dastidan bu shaharlar

xarobazorga aylanadi.


10 Axir, sen najotkoring Xudoni unutding, Panoh bo‘ladigan Qoyangni eslamading. Mana, sen yoqimli o‘simliklar ekasan, Begona ko‘chatlarni o‘tqazasan.

11 Ularni avaylab–asrab o‘stirasan, Tongda urug‘dan kurtak chiqartirasan, Ammo barcha hosiling yo‘q bo‘ladi.

Faqat dard va alam senga nasib etadi.


12 Qarang, xalqlarning ko‘pligini!

Ular dengiz kabi guvullaydi! Lashkarlarning hayqirig‘i To‘lqinlar tovushiday balanddir.

13 Ammo Egam ularga tanbeh beradi, Xalqlar ham to‘lqinlar kabi yo‘qolib ketadi. Ular uzoqlarga qochib qoladi.

Tog‘lardagi shamolda uchgan xas–cho‘p kabi quviladi,

Quyun oldidagi girdob kabi haydaladi.

14 Oqshom payti! Qaranglar, kulfat!

Tong otmasdan ular yo‘q bo‘lib ketadi.

Bizni talaydiganlarning qismati shunday bo‘ladi,

Bizdan tortib olganlarga mana shu nasib qiladi.


18–BOB

Xudo Habashistonni jazolaydi 1 Holingga voy! Ey Habashiston* daryolari ortidagi, Qanotlar guvullashiga to‘lgan yurt!*

2 Nil daryosi orqali xabarchilarini jo‘natadigan, Dengiz orqali papirus kemalarini yuboradigan yurt! Sening holingga voy!

Boringlar, ey chaqqon xabarchilar,

Baland bo‘yli, terisi tiniq xalqqa,

Uzoqdan ham, yaqindan ham qo‘rqinchli bo‘lgan elatga,

Kuchli, zabt etuvchi millatga, Yurtida daryolari bor xalqqa.


3 Ey olam ahli, yurt xalqi!

Tog‘larda bayroq ko‘tarilganda, ko‘rasiz, Burg‘u chalinganda, eshitasiz.


4 Mana, Egam menga shunday demoqda:

“Qoq tushda kuydiray degan yorqin quyosh nuri kabi,

Hosil mavsumida osmonni bosay degan qora bulut kabi,

Endi jim bo‘lib, O‘z maskanimdan kuzatib turaman.”

5 Hosil yig‘ilmasdan oldin, g‘uncha ochilganda,

Uzum pishib yetilay deganda

Egam novdalarni tok qaychi ila kesadi, Kurtaklarni esa uzib tashlaydi.

6 Ularning hammasi qolib ketadi Tog‘lardagi yirtqich qushlarga, Dashtdagi yovvoyi hayvonlarga.

Ular yem bo‘ladi yozda yirtqich qushlarga,

Qishda yovvoyi hayvonlarga.


7 O‘sha paytda hadyalar keltirar Sarvari Olamga Baland bo‘yli, terisi tiniq Habash xalqi,

Uzoqdagilar ham, yaqindagilar ham qo‘rqadigan xalq,

Kuchli, zabt etuvchi xalq,

Yurtida daryolari bo‘lgan xalq.

Ha, bu xalq hadyalar keltirar Sion tog‘iga Sarvari Olamga atalgan joyga.


19–BOB



1 Misr haqida bashorat:

Xudo Misrni jazolaydi


Ana, Egam minib olgan uchqur bulutga, U keladi Misrga.

Misrning behuda butlari Uning oldida titrar,

Misrning yuragi esa orqaga tortar.


2 “Misr xalqini bir–biriga sapchitaman. Aka–ukalaru do‘stlar,

Shaharlaru shohliklar Bir–biriga qarshi chiqar.

3 Misrliklar tushkunlikka tushadi.

Men ularning rejayu niyatlarini puchga chiqaraman. Ular qidirib qolar

Behuda butlarniyu sehrgarlarni, Folbinlaru otalari ruhlarini.

4 Men Misrni berahm xo‘jayinlarga topshiraman, Ha, kuchli shoh ularni boshqaradi”,

— demoqda Sarvari Olam — Rabbiy.


5 Nil suvi qurib qoladi, Daryo qurib boraveradi, U jizg‘anak yer bo‘ladi.

6 Oqar suvlar badbo‘y hid chiqaradi,

Misrdagi Nil pasayib, quriydi. Poyalaru qamishlar chiriydi.

7 Nil qirg‘og‘idagi, daryo bo‘yidagi qamishlar, Nil bo‘yiga ekilgan hamma ekinlar

Qurib ketadi, sovuriladi, Ulardan hech narsa qolmaydi. 8 Baliqchilar aza tutar,

Nilga qarmoq tashlaganlar yig‘lar, Suvga to‘r yoyganlar umidsiz bo‘lar. 9 Zig‘ir tolasiga ishlov beradiganlar Sharmanda bo‘ladilar,

Oq mato to‘qiydiganlar* Uyatga qolib ketadilar.

10 Ularning dastgohlari ishdan chiqadi, Barcha ishchilari tushkunlikka tushadi.


11 Ey Zo‘van* shahzodalari, g‘irt ahmoqsiz axir,

Ey fir’avn maslahatchilari, sizning donoligingiz ham shunday.

Maslahatlaringiz daf bo‘ladi. Qanday qilib siz fir’avnga: “Biz donolarning o‘g‘limiz,

Qadim shohlar naslidanmiz”, deya ayta olasiz?!

12 Ey fir’avn, qani o‘sha dono odamlaringiz?! Sarvari Olam Misrga nima reja qilganini Ular sizga bildirsin, aytsin.

13 Mana, Zo‘van shahzodalari ahmoq bo‘ldilar,

Nuf* shahzodalari aldandilar.

Misrni o‘z qabila boshliqlari yo‘ldan urdilar, 14 Ularning aqlini Egam chalkashtirdi, Qusug‘iga dumalaydigan mast qanday bo‘lsa, Misrni ular shunday yo‘ldan ozdirar.

15 Misrga hech kim yordam bera olmas,

Na boshi, na quyrug‘i, na xurmosi, na qamishi*.

Misr Egamizga sajda qiladi

16 O‘sha kuni Misr xotin kishiga o‘xshab qoladi. Sarvari Olam unga qarshi qo‘lini ko‘taradi, shunda Misr titrab dahshatga tushadi. 17 Yahudo Misrliklarni dahshatga soladi. Sarvari Olam ularni vahimaga solganini eslagan har bir odam dahshatga tushadi.

18 O‘sha kunga kelib, Misrdagi beshta shahar ibroniy tilida* gapiradigan bo‘ladi. Ular

Sarvari Olam oldida ont ichadilar. Bu shaharlardan biri “Quyosh shahri”* deb ataladi.

19 O‘sha kuni Misrning o‘rtasida Egamiz uchun bir qurbongoh quriladi, chegarada Egamizga atalgan bir muqaddas tosh o‘rnatiladi. 20 Bular Sarvari Olam uchun Misrda bir belgi va guvoh bo‘ladi. Xalq zolimlar dastidan yolvorganda, Egamiz ularni qutqaradigan bir himoyachi yuboradi. U xalqni qutqaradi. 21 Egamiz O‘zini Misrliklarga zohir qiladi.

Misrliklar ham o‘sha kuni Uni tan oladilar. Egamizga qurbonliklar keltiradilar, nazrlar

atab, sajda qiladilar. Unga va’da berib, va’dalarini ado etadilar. 22 Egamiz Misrliklarni xastalik keltirish bilan jazolaydi, keyin shifo beradi. Ular Egamizga yolvoradilar, Egamiz ularga shifo beradi. 23 O‘sha kuni Misr bilan Ossuriya o‘rtasida bir yo‘l bo‘ladi.

Ossuriyalik Misrga, Misrlik Ossuriyaga borib kelaveradi. Ossuriyaliklar bilan Misrliklar birgalikda sajda qiladilar.

24 O‘sha kuni Misr bilan Ossuriya qatorida Isroil uchinchi xalq bo‘ladi. Uchalovi yer yuziga baraka bo‘ladi. 25 Ha, Sarvari Olam ularga marhamat qilib, shunday degan: “Ey xalqim Misr, qo‘llarimning ijodi Ossuriya, O‘zimning mulkim Isroil, baraka topinglar!”


20–BOB

Yalang‘och Ishayo xalq uchun alomatdir

1 Ossuriya shohi Sargon o‘z lashkarboshisini Ashdod shahriga yubordi. Lashkarboshi

kelib, Ashdodni qo‘lga oldi*. 2 O‘sha paytda Omiz o‘g‘li Ishayoga Egamiz shunday dedi:


21–BOB

Bobilning qulashi haqida bashorat

1 Dengiz bo‘yidagi sahro* haqida bashorat:


Nagav uzra ketma–ket esayotgan bo‘ronlar kabi, Cho‘ldan — qo‘rqinchli yurtdan kelayotir bosqinchi.


2 Men mudhish bir vahiy ko‘rdim:

Xoin xoinlik qilayotir, Bosqinchi talon–taroj qilayotir. Egamning so‘zlarini eshitdim: “Ey Elam xalqi, hujum qil,

Ey Midiya* xalqi, qamal qil!

Jamiki nolalarga barham beraman!”


3 Evoh, ko‘rganlarimdan ichimda og‘riq turdi, Tug‘ayotgan ayol kabi azoblar meni qamradi. Ikki bukildim eshitganlarimdan,

Dahshatga tushdim ko‘rganlarimdan.

4 Yuragim uvushib ketdi,

Qo‘rquvdan titrab ketdim. Oqshomni kutgandim, Oqshom esa qo‘rquvga to‘la.


5 Bobilliklar gilamlar to‘shab, Dasturxon hozirlamoqdalar, Ular yeb–ichmoqdalar.

Birdaniga shunday ovoz eshitilmoqda:

“Qo‘zg‘aling, ey rahnamolar, qalqonlarni yog‘lang!”


6 Rabbiy menga shunday dedi: “Qani, bir qorovul qo‘y, Ko‘rganini yetkazsin.

7 Jang aravalarining, otliqlarning, Eshaklarga, tuyalarga minganlarning Juft–juft bo‘lib kelganini ko‘radi.

Yaxshilab e’tibor bersin.”

8 Shu lahzada qorovul sherday o‘kirib qoldi*: “Ey to‘ram, men kunduzi har doim

Qorovul minorasida turaman, Har tun ham joyimdaman.

9 Ana, jang aravalari, otliqlar Juft–juft bo‘lib kelayotir!”

Shu on u baqirib xabar berdi:

“Quladi, Bobil quladi!*

Butlari sinib, yer bilan bitta bo‘ldi!”


10 Eh, xalqim!

Xirmonda bug‘doy kabi yanchilgan* xalqim! Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olamdan Eshitganlarimni sizga bildirdim.

Edom haqida bashorat

11 Dumax* haqida bashorat:


Seirdan* meni chaqirishar: “Ey posbon, qachon tong otar? Qachon tong otar?”

12 Javobim shudir: “Tong otayotir,

Ammo yana kech kiradi. Ko‘proq bilmoqchi bo‘lsangiz, Yana qaytib keling.”

Arabiston haqida bashorat

13 Arabiston haqida bashorat:


G‘arb o‘rmonlarida tunaysiz,

Ey Dedon* karvonlari!

14 Ey Temo* aholisi!

Suv keltiring, tashnalarga peshvoz chiqing! Qutulib omon qolganlarga non bering!

15 Axir, ular qochayotirlar qilichdan, Dushmanning ko‘tarilgan qilichidan, Tarang tortilgan yoylardan, Shafqatsiz urushlardan.


16 Rabbiy menga shunday dedi: “Yana bir yildan keyin, yollangan ishchining muddati kabi, Kedarning* ulug‘vorligi barham topadi. 17 Kedarning jasur kamonkashlaridan ozginasi qoladi.” Ha, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday dedi.


22–BOB

Quddus haqida bashorat

1 Vahiy vodiysi* haqida bashorat:


Ey Quddus ahli, nima qilyapsiz?!

Nega tomlarga chiqib*, shod–xurram bo‘lyapsiz?!

2 Nima uchun butun shahar quvonch sadolariga to‘la?! Orangizda o‘lganlar urushda nobud bo‘lmadi,

Shuni unutdingizmi?!

3 Yo‘lboshchilaringiz jang maydonidan qochdi,

Shuni esdan chiqardingizmi?!

Uzoqqa qochgan bo‘lsa–da,

Ularning hammasi dushman qo‘liga tushdi, Jangsiz, o‘qsiz dushmanga taslim bo‘ldi.

4 Shunda men dedim: “Yolg‘iz qoldiring meni, Achchiq–achchiq yig‘layin.

Tasalli berishga urinmang menga,

Axir, uchradi xalqim qirg‘inga!”


5 Zotan, Sarvari Olam — Rabbiy bir kunni belgiladi, U kuni Vahiy vodiysida qiy–chuv bo‘ladi,

Zulm va sarosima hukm suradi. Devorlar qulayotir,

Odamlar tog‘larga qarab faryod qilayotir. 6 Elam* lashkari o‘qdonlarini tayyorladi, Jang aravalari, otliqlari bilan keldi,

Xir lashkari qalqonlarini qo‘lga oldi.

7 Mana, go‘zal vodiylaringiz jang aravalari bilan to‘ldi, Otliqlar shahar darvozalari oldiga yig‘ildi.

8 Evoh, Yahudo himoyasiz qoldi!

O‘sha kuni sizlar “Lubnon o‘rmoni” degan uydagi* qurollarga ishondingiz. 9 Dovud qal’asi devorlarining yoriqlari juda ko‘p. Buni ko‘rib sizlar Quyi hovuzdan suv to‘pladingiz. 10 Quddusdagi uylarni sanab chiqdingiz. Shahar devorlarini mustahkamlash uchun uylarni buzdingiz. 11 Eski hovuz suvlarini to‘plash uchun ikki devor o‘rtasida* sardoba qurdingiz. Ammo buni ilgaridan reja qilgan Xudoni yodga olmadingiz. Amalga oshiradigan Xudoni xayolingizga ham keltirmadingiz.


12 O‘sha kuni Sarvari Olam — Rabbiy:

“Yig‘lang, aza tuting”, deb aytdi.

“Sochlaringizni qirib, qanorga o‘raning*”, dedi U.

13 Ammo buni qarang! Shodligu kayfu safo! “Erta–indin o‘lib ketamiz,

Kelinglar, yeb–ichib qolaylik”, deb Sizlar buqa, qo‘ylar so‘ydingiz, Go‘sht yeb, mayxo‘rlik qildingiz.

14 Shunda Sarvari Olamning O‘zi menga shunday dedi: “Bu gunohlaringiz kechirilmas o‘lguningizgacha.”

Ha, buni Sarvari Olam — Rabbiy aytmoqda.

Shavna ogohlantiriladi

15 Sarvari Olam — Rabbiy shunday demoqda: “Qani, shohning o‘ng qo‘l vaziri, saroy a’yoni Shavnaning* oldiga borib, shunday deb ayt: 16 «Bu yerda nima ishing bor?! Bu yerda sening kiming borki, o‘zingga qabr qazibsan?! Yuksakda o‘zingga qabr qazibsan, qoyada o‘zingga maskan qilibsan?! 17 Mana, Men, Egang, seni uloqtiraman. Ey kuchli inson! Men seni chirpirak qilib shiddat bilan uloqtiraman. 18 Men seni aylantirib– aylantirib, to‘p kabi, keng bir yurtga uchirib yuboraman. Sen o‘sha yurtda o‘lib ketasan. Ulug‘vor jang aravalaring o‘sha yerda qolib ketadi. Xo‘jayining xonadoniga sen sharmandalik keltirasan! 19 Men seni o‘z joyingdan qo‘zg‘ataman. Sen o‘z lavozimingdan olinasan.

20 O‘sha kuni Xilqiyoning o‘g‘li qulim Eliyaqimni* chaqiraman. 21 Sening liboslaringni unga kiydiraman. Kamaringni unga bog‘lab, sening butun hukmronligingni unga beraman. U Quddus aholisiga, Yahudo xalqiga ota bo‘ladi. 22 Dovud xonadonining kalitini* unga beraman. U ochganda, hech kim berkitolmaydi. U berkitganda, hech kim ocholmaydi. 23 Men uni devorga mustahkam qoqilgan qoziqday qilaman, u o‘z urug‘iga shuhratu sharaf keltiradi. 24 Hamma urug‘–aymoqlarini qo‘llab–quvvatlaydi, ularning og‘irini yengil qiladi. Ular qoziqqa osilgan idishlar kabi Eliyaqimga osilib oladi. 25 Ammo bir kun kelib, mustahkam qoqilgan bu qoziq joyidan chiqib, yerga tushadi, — demoqda Sarvari Olam. — Unga osilgan yuk chilparchin bo‘ladi.»” Egamiz shunday deb aytdi.


23–BOB



1 Tir* haqida bashorat:

Tir shahrini Xudo jazolaydi


Ey Tarshish* kemalari, faryod qiling!

Siz Kipr* sohilida eshitgan xabarlar to‘g‘ri, Boshpanangiz bo‘lgan Tir vayron bo‘ldi.


2 Sukut saqlang, ey orol xalqi! Ey Sidon* savdogarlari!

Bir paytlar kemalarga to‘la edingiz. 3 Shixor* doni, Nilning hosili Tirning daromadi bo‘lgan edi,

U elatlardan foyda qilardi.

4 Uyat senga, ey Sidon!

Axir, Tir, dengiz bo‘yidagi qal’a shunday demoqda: “Na to‘lg‘oq azobin chekdim, na tug‘dim,

Na o‘g‘illar, na qizlar ulg‘aytirdim.”

5 Tir to‘g‘risida eshitganda,

Misrning yuragi qinidan chiqay deydi.


6 Tarshishga jo‘nang, ey qirg‘oq aholisi,

Faryod qiling!

7 Qadimda barpo bo‘lgan,

Takabbur shahringizning holi ne bo‘ldi? Endi darbadar bo‘lasiz,

Uzoq, begona yurtni vatan qilasiz.

8 Tirga qarshi kim bunday qaror chiqardi? Bu shahar shohlarga toj kiydirgandi, Savdogarlari hukmdor edi,

Butun dunyo ularni izzat qilardi.

9 Sarvari Olam qabul qildi bu qarorni: “Takabburligi, ulug‘vorligi yo‘q bo‘lsin, Butun olam izzat qilganlar yerga urilsin.”


10 Ey Tarshish ahli!

Nil bo‘yidagi dehqonlar kabi,

Yerlaringga ishlov ber*.

Axir, bandargohing yo‘q endi*.

11 “Kan’on qal’alari vayron bo‘lsin”, deb

Egamiz amr berdi.

Ha, U dengizga qarshi qo‘l ko‘tardi,

Shohliklarni titratdi.

12 Egamiz shunday dedi:

“Zulm chekkan, ey Sidon ahli,

Endi xursandchilik bilmay o‘tasan. Qani, Kiprga jo‘na,

U yerda rohat nimaligin bilmay o‘tasan.”


13 Ana Bobil* yurtiga boq, endi uning xalqi yo‘q. Ossuriyaliklar qurshov minoralari

qurdilar, Bobilliklarning saroylarini yakson qildilar. Yurtni vayronaga aylantirdilar,

yovvoyi hayvonlarga berdilar.


14 Faryod qiling, ey Tarshish kemalari,

Endi yo‘q boshpanangiz!*


15 Shundan keyin Tir shahri bir shohning umricha — yetmish yilga unutiladi.

Yetmish yil o‘tgandan keyin, Tir ham quyidagi qo‘shiqda aytilgan fohishaday bo‘ladi.


16 Arfangni ol, shahar bo‘ylab kez,

Ey hamma unutgan fohisha!

Qani, go‘zal qilib chal–chi!

Qo‘shiq ketidan qo‘shiq kuyla–chi! Balki seni eslab qolarlar.


17 Yetmish yil o‘tgach, Egamiz Tir bilan yana aloqada bo‘ladi. Ammo Tir pul uchun

yana fohishalik qila boshlaydi. Dunyoning hamma shohliklariga fohisha bo‘ladi.

18 Shahar tijoratdan va fahshdan olgan daromadlarini Egamizga ataydi. Daromadlar yig‘ilmaydi ham, saqlanmaydi ham. Tijoratdan olganlarini to‘yguncha yesinlar, chiroyli kiyinsinlar deb, daromad Egamizning huzurida yashayotganlarga beriladi.


24–BOB

Egamiz yer yuzini jazolaydi

1 Ana, Egamiz xarob etadi yer yuzini, Vayronaga aylantiradi uni, Ostin–ustin qiladi yer yuzini, Tarqatib yuboradi zamin ahlini.

2 Bir taqdir kutmoqda Xalq va ruhoniyni, Qul va uning egasini,

Cho‘riyu uning bekasini, Xaridoru sotuvchini, Qarzdoru qarz beruvchini, Sudxo‘ru qarz olganni.

3 Dunyo tamom vayron bo‘ladi, Yer yuzi o‘ljaga aylanadi.

Ha, Egamizning kalomi shudir.


4 Dunyo qurib, vayron bo‘ladi,

Yer yuzi qayg‘urib, tamom bo‘ladi, Dunyoning mag‘rur xalqi kuchdan qoladi. 5 Zamin bulg‘andi,

Axir, uning ahli qonunlarni buzdi, Xudoning ko‘rsatmalarini oyoq osti qildi. Ha, abadiy ahd buzildi.

6 Shu bois la’nat olamni yeb bitiradi,

Olam ahli gunohining jazosini tortadi, Shu sababdan ular yo‘qolib bormoqda, Juda oz odamlar qutulib qoldi.

7 Yangi sharobing tugadi, toklaring quridi, Ilgari shod bo‘lganlar og‘ir nafas olmoqda. 8 Doiraning jo‘shqin sadosi kesildi,

Shodon ovozlar endi eshitilmaydi,

Arfaning sho‘x sadosi sukutga toldi.

9 Endi sharob ichib, qo‘shiq aytmaslar, Ichganga sharobning ta’mi achchiq tuyular. 10 Vayrona shahar tashlandiq bo‘ldi, Hamma uy berkilgan, kirib bo‘lmaydi.

11 Sharob yo‘qligidan ko‘chalarda shovqin–suron. Evoh, shodlikdan asar ham qolmadi,

Dunyoni sevinch tark etdi.

12 Shahar xarobazor, Darvozalari esa parcha–parcha. 13 Ha, hosil mavsumidan keyin,

Zaytun daraxti yoki uzumzor qanday bo‘lsa,

Dunyodagi xalqlar ham shunday yalang‘och bo‘lib qoladi.


14 Mana, g‘arbdagilar

Egamizning buyukligini ovoza qiladilar. Ular ovozlarini yuksaltirib,

Sevinchdan hayqiradilar.

15 Shu bois, ey sharq ahli, Egamizga hamdu sano ayting, Ey dengiz orollarida yashovchilar,

Isroil xalqining Xudosi — Egamizni ulug‘lang.

16 Dunyoning eng chetidan qo‘shiqlar eshitarmiz: “Odil Xudoga sharaflar bo‘lsin!”


Ammo men: “Tamom bo‘ldim! Tamom bo‘ldim!

Endi holimga voy! — dedim. —

Xoinlar sotmoqdalar,

Ha, ular xoinlik qilmoqdalar!” 17 Ey olam ahli, sizni vahima, Tuzoq va choh kutmoqda.

18 Vahimali ovozni eshitib qochgan chuqurga tushar, Chuqurdan chiqqan esa tuzoqqa ilinar,

Osmonning qopqasi ochiladi, Yerning poydevori titrab ketadi.


19 Yer parcha–parcha bo‘lib,

Maydalanib ketadi. Yer qattiq tebranadi.

20 Zamin mast odamday gandiraklaydi, Daladagi chayladay tebranadi.

Gunohlarning og‘irligidan bukchayib qoladi, Yiqiladi–yu, qaytib tura olmaydi.


21 O‘sha kuni Egamiz yuqoridagi samoviy kuchlarga,

Pastdagi zamin shohlariga jazo beradi.

22 Ular chohdagi asirlar kabi, Bir joyga yig‘ib olinadi, Zindonga qamab qo‘yiladi, Keyinroq ular jazolanadi.


23 Oy xijolat bo‘lar, quyosh sharmanda bo‘lar,

Sarvari Olam Quddusdagi Sion tog‘ida hukmron bo‘lar. Xalq oqsoqollariga U O‘z ulug‘vorligini namoyon qilar.


25–BOB

Shukrona qo‘shig‘i

1 Ey Egam, Sen mening Xudoyimsan.

Men Seni ulug‘layman,

Senga hamdu sanolar aytaman. Sen ajoyib ishlar qilgansan, Qadimdan tuzgan rejalaringni, Sadoqat bilan amalga oshirgansan.

2 Yakson qilding dushmanlarimiz qal’alarini, Vayronaga aylantirding mustahkam shaharlarini, Yo‘q qilding uzoq yurtdagi ajoyib saroylarini, Ular hech qachon qayta tiklanmas.

3 Endi kuchli xalqlar Seni izzat qiladi, Shafqatsiz xalqlar Senga sajda qiladi.

4 Kambag‘al, bechoralar kulfatda qolganda, Sen ularga boshpana bo‘lding.

Peshindagi jaziramadan soya,

Jaladan panoh bo‘lding.

Vahshiy g‘animlarning hujumi bo‘ronday bo‘ldi. Sen esa bizning panohimiz bo‘lding.

5 Dushman shovqin–suroni Sahro issig‘i kabi bo‘lganda, Jazirama issiqni Sen Bulutlar soyasi ila bosding.

Dushmanning sevinch qo‘shig‘i Sadolarini o‘chirding.

Xudo ziyofat tayyorlaydi

6 Bu tog‘da* Sarvari Olam

Jamiki xalqlar uchun Ajoyib ziyofat tayyorlar.

Boy dasturxon, sara sharoblar,

Yog‘li go‘shtlar, tiniq sharob tortiladi.

7 O‘sha kuni Egam jamiki xalqlar ustidan

Kafanlarini yechib tashlaydi.

Mana shu tog‘da Egam

Xalqlarni o‘ragan, elatlar ustidagi

Yopinchiqni olib tashlaydi.

8 Ha, U o‘limni butunlay yutib yuboradi.

Egam Xudo hammaning ko‘z yoshlarini artib qo‘yadi, Butun yer yuzida O‘z xalqining uyatini olib tashlaydi. Ha, Egam shunday deb aytgan!


9 O‘sha kuni ular shunday deydilar: “Mana, bizning Xudoyimiz, Qutqarsin deb, Uni kutgandik,

U bizga najot berdi.

Kelinglar, quvonaylik, sevinaylik! Umid qilib kutgandik,

Mana, bizning Egamiz.”

Xudo Mo‘abni jazolaydi

10 Egamning O‘zi bu tog‘ni himoya qilar. Mo‘ab* xalqi yanchilgan somonday ezilar, Chiritish uchun go‘ng chuqurga uloqtirilar. 11 Ha, ular bor kuchi bilan

Suzuvchiga o‘xshab chuqurdan chiqishga intilar. Ammo Xudo ularning g‘ururini yakson qilar, Qo‘llarining mohirligi foyda bermas.

12 Mo‘abning qal’a devorlari buzib tashlanar,

Vayronaga aylanar, yer bilan yakson bo‘lar.


26–BOB

Xudo O‘z xalqiga g‘alaba ato qiladi

1 O‘sha kuni Yahudo yurtida ushbu qo‘shiq kuylanar:


“Mana, shahrimiz qudratlidir! Egamiz bizning qal’amizdir, Uning O‘zi bizga najot beradi.

2 Oching shahar darvozalarini! Sadoqatli solih xalq ichkari kirsin! 3 Ey Egamiz, Senga ishonib, Fikri–zikri Sendan uzilmaydiganga O‘zing komil tinchlik ato qilasan.

4 Egamizga to abad ishon, Uning O‘zi* abadiy Qoyamizdir. 5 Yuksalganlarni U yiqitdi,

Takabbur shaharni vayron qilib, Yer bilan bitta qildi.

6 O‘sha shaharni mazlumlar oyoq osti qildi, U bechoralarning qadamlari ostida ezildi.”


7 Solihning yo‘li tekisdir,

To‘g‘ri yo‘lni Sen unga tayyorlaysan. 8 Ey Egamiz, yo‘l–yo‘riqlaring ila Senga umid qilamiz.

Sening nomingni sharaflash

Ko‘nglimiz istagidir.

9 Tun bo‘yi yuragim Seni qo‘msaydi,

Ha, men Senga intilaman.

Yer yuzida Sening hukming bo‘lganda,

Olam ahli adolatni biladi.

10 Fosiqlar marhamat ko‘rganda Ular aslo solihlikni o‘rganmas.

Haqqoniylik o‘rniga ular egrilik qilaveradi,

Sening ulug‘vorligingni ular ko‘rmaydi. 11 Ey Egamiz, qo‘ling ko‘tarilgan, Jazolashga tayyor,

Ammo ular buni ko‘rmaydi.

Xalqingni deb jon kuydirganingni ko‘rib, Ular sharmanda bo‘lsin.

G‘animlaringga atalgan olov ularni yutsin.


12 Ey Egamiz, bizga Sen tinchlik ato etasan, Qilgan ishlarimizning barchasiga Yetishganmiz Sening qudrating ila.

13 Ey Egamiz Xudo, Sendan boshqalar Ustimizdan hukmronlik qildilar,

Ammo biz yolg‘iz Sening nomingni tilga olamiz.

14 O‘liklar yashamas,

Ular aslo qaytib kelmas.

Ularni Sen jazolab, qirib tashlading,

Ularni tamomila xotiradan o‘chirding.

15 Ey Egamiz, xalqimizni Sen ko‘paytirding, Xalqni ko‘paytirib, O‘zing yuksalding, Yurtning barcha chegaralarini kengaytirding.


16 Ey Egamiz, kulfatda qolganlarida Ular Senga yuz burdilar,

Sening tanqidlaring ostida egildilar.

17 To‘lg‘oq tutayotgan ayol og‘riqdan qichqirganday, To‘lg‘onib, dod–faryod qilganday,

Biz ham Sening oldingda shunday bo‘ldik, ey Egamiz!

18 Homilador bo‘lib, dard chekdik,

Ammo shamoldan boshqa hech narsa ko‘rmadik. Na yer yuzida biz g‘olib bo‘ldik,

Na avlodlar dunyoga keltirdik.


19 Ammo Sening o‘lik xalqing tiriladi, Tanalari o‘rnidan turadi.

Ey tuproq ostida yotganlar, qo‘zg‘aling,

Shodlikdan hayqiring!

Ey Egamiz, shabnaming tonggi shabnamga o‘xshaydi,

Zamin murdalariga hayot bag‘ishlaydi.

Hukm va qayta tiklanish

20 Keling, ey xalqim, bir oz yashirinib turing!

Egamizning g‘azabi bosilguncha,

Kiring ichkariga,

Ortingizdan eshiklarni yopib qo‘ying!

21 Ana, Egamiz kelayotir maskanidan Zamin ahlini gunohlari uchun jazolagani. Yer to‘kilgan qonlarni fosh etadi,

Qotillikning qurbonlarini endi yashirmaydi.


27–BOB

1 Oʻsha kuni Egamiz qilichi bilan Levitanni* jazolar. Ha, shafqatsiz, bahaybat, qudratli qilichi bilan jazolar Oʻsha qochayotgan, gʻimirlayotgan ilon — Levitanni. Oʻldirar dengizdagi oʻsha ajdarhoni.


2 Egam aytar: “O‘sha kuni ajoyib uzumzor* to‘g‘risida kuylang!

3 Men, Egangiz, uzumzor qo‘riqchisiman, Doimo uni sug‘oraman.

Kechayu kunduz uzumzorni qo‘riqlayman,

Hech kim unga zarar keltirolmaydi.

4 Men g‘azabda emasman!

Lekin tikanlaru butalar Menga qarshi chiqsa, Ular bilan jang qilaman.

Ularni yondirib tashlayman.

5 Ular Mendan panoh izlab kelsin! Ha, Men bilan tinchlik o‘rnatsin, Ular Men bilan tinchlik o‘rnatsin.”


6 Vaqti kelib, Yoqub nasli ildiz otadi,

Isroil kurtak otib, gullaydi,

Yer yuzini mevalari bilan to‘ldiradi.


7 Isroilning dushmanlarini Egamiz qattiq jazolaydi! Isroilning ko‘p g‘animlarini Egamiz o‘ldiradi, Isroilni esa u qadar jazolamaydi,

8 Egamiz O‘z xalqini jazolaganda Ularni yurtidan haydab, surgun qiladi. Sharqdan esgan bo‘ron kabi,

Ularni uzoqqa olib ketadi.

9 Shunday qilib, Egamiz Yoqub naslini gunohdan poklaydi. U butlarga atalgan qurbongohlarni parchalab tashlaydi.

Asheraga* atalgan ustunu tutatqi qurbongohlardan asar ham qolmaydi.

10 Mana, Isroilning mustahkam shaharlari tashlandiq bo‘ladi, Tark etilgan sahroday, huvullagan yurt bo‘ladi.

Vayronalar orasida chorva o‘tlab yuradi, Daraxtlarning bargini yeb, ship–shiydam qiladi. 11 Shoxlari qurib, sinib yotadi,

Ayollar kelib, ularni yoqadi. Bu xalq aql–hushidan ayrilgan,

Yaratuvchi ham ularga achinmaydi,

Xudo ularga marhamat ko‘rsatmaydi.


12 O‘sha kuni, ey Isroil xalqi, Egamiz sizlarni Furot daryosidan Misr chegarasidagi irmoqqacha* bo‘lgan yerda yanchadi*. Hammangizni bitta–bitta yig‘ib keladi. 13 O‘sha kuni katta karnay chalinadi. Ossuriya yurtida yo‘qolganlar, Misr yurtiga quvilganlar kelib, Quddusdagi muqaddas tog‘da* Egamizga sajda qiladi.


28–BOB

Xudo Samariyani jazolaydi

1 Ey ulug‘vorlik toji bo‘lgan shahar! Holingga voy!

Sen Efrayimdagi* mast–alastlarning ulugʻvorligi eding!

Eh, ajoyib, go‘zal shahar eding! Shuhrating gulday so‘lmoqda!

Serhosil vodiydagi unumdor shahar eding. Tubanlashding sharobdan!

2 Mana, Rabbiyning kuchli bir bahodiri bor*.

U selga, vayron keltiradigan quyunga o‘xshaydi. Yuvib ketadigan, toshqin jalalarga o‘xshaydi.

O‘z qo‘llari bilan u Efrayimni yakson qiladi.

3 Eh, Efrayimdagi mast–alastlarning ulug‘vorlik toji!

Ana endi oyoq ostida toptaladi!

4 Serhosil vodiydagi unumdor shahar edi! Endi ularning shuhrati gullar kabi so‘nadi. Ular ilk pishgan anjirlarga o‘xshaydi,

Pishgan zahoti yulinib, yutib yuboriladi.


5 O‘sha kuni Sarvari Olam

O‘zining xalqidan qolganlari uchun Shuhrat tojiyu ajoyib gulchambar bo‘ladi. 6 Hukm kursisida o‘tirganlarga

U adolat ruhini beradi.

Darvozadan dushmanga zarba beradiganga

U jasorat manbayi bo‘ladi.

Xudo buzuq yo‘lboshchilarni jazolaydi

7 Ruhoniy, payg‘ambarlar sharob tufayli, O‘tkir ichimliklardan gandiraklab yuradi.

Ha, sharob, bo‘zalardan ularning boshi aylanadi,

May dastidan ular yo‘llaridan adashadi, O‘tkir ichimlikdan gandiraklab yuradi. Ular vahiy ko‘rganlarida xato qiladi, Qiladigan hukmlarida adashadi.

8 Ularning dasturxoni qusuqqa to‘la, Birorta ham toza joy yo‘q.


9 Ular menga ta’na qilib aytadi:

“Sen kimga ta’lim berayotganingni bilasanmi o‘zi?!

Bizni endi ko‘krakdan ajratilgan go‘dak deb o‘ylayapsanmi?!

10 Qachon qarama, bidir–bidir qilasan,

Go‘dakday guvranasan*.”

11 Shunday ekan, Xudo ularga,

O‘zga tilda, tushunarsiz shevada* gapiradi.

12 Xudo ularga qayerda orom topishlarini aytgan, Tinchlikka qanday erishish kerakligini o‘rgatgan, Ammo ular quloq solishni istamadilar.

13 Shu sababdan Egamizning so‘zi

Ular uchun mazmunsiz so‘zlarday bo‘ladi. Go‘dakning guvranishiday* eshitiladi.

Ular yurmoqchi bo‘lganlarida Orqaga yiqilib, yaralanadilar, Tuzoqqa tushib, olib ketiladilar.

Quddus hukmdorlariga murojaat

14 Shu bois Egamdan kelgan bu xabarni eshiting, Ey Quddusdagi masxaraboz hukmdorlar!

15 Sizlar shunday dedingiz: “Biz O‘lim bilan ahd qilganmiz,

O‘liklar diyori* ila bitim tuzganmiz. Dahshatli ofat kelib boshimizga tushmaydi. Axir, yolg‘onni panoh qilib olganmiz,

Soxtalikni chodir qilib olganmiz.”

16 Shu bois Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Mana, Men joylashtiryapman Quddusda* Sinalgan bir toshni, poydevor toshini.

Bu qadrli tamal toshi* ishonchli poydevordir.

Ha, unga tayangan hech bir inson umidsiz bo‘lmaydi.

17 Men adolat bilan hukm qilaman,

To‘g‘rilik o‘lchovim bo‘ladi.

Soxta panohingizni do‘l yuvib ketadi,

Chodiringizni sellar yuvib ketadi.

18 O‘lim bilan tuzgan ahdingiz bekor bo‘ladi, O‘liklar diyori ila qilgan bitimingiz barbod bo‘ladi. Dahshatli ofat yurtdan o‘tayotganda,

Sizlar yer bilan yakson bo‘lasiz. 19 Ha, har tongda, tunu kun O‘sha to‘fon sizni yuvib ketadi.”


Eshitganingizni anglab yetganingizda,

Bu xabar g‘oyat katta xavfdan darak beradi: 20 Yotgani to‘shagingiz kaltalik qiladi, Yopingani ko‘rpangiz ensizlik qiladi*.

21 Perazim tog‘idagiday*

O‘z ishimni qilay, deb Egam qo‘zg‘aladi. Givon vodiysidagiday* U g‘azabga minadi. Ha, U O‘zining ajoyib ishini qiladi.

Uning ishlari hayratda qoldiradi.

22 Masxaralashni bas qiling endi, Bo‘lmasa zanjirlaringiz yana og‘irlashadi. Sarvari Olam — Rabbiy menga:

“Butun yurtni vayron qilaman”, deb aytdi.

Barcha donolik Egamizdandir

23 Tinglang, ovozimga quloq soling, Diqqat qiling, gaplarimni eshiting!

24 Dehqonlar ekish uchun yerga ishlov beraveradimi?! Tuproq kovlayveradi–yu, hech qachon ekmaydimi?! 25 Yo‘q, ular yerni tekislaydi,

Keyin ukrop, zira urug‘ini sepadi.

Belgilangan joylariga

Har turli bug‘doy, arpa urug‘ini ekadi. 26 Ha, dehqonlar nima qilishni biladi, Xudo ularga aql–idrok bergan!


27 Axir, ukropni bolg‘a bilan yanchmaydi, Zirani arava g‘ildiragi bilan ezmaydi.

Mana, ukropni kaltak bilan yanchib oladi,

Zirani tayoq bilan ezib oladi.

28 Bug‘doydan un qilinadi, Ammo u to abad yanchilmaydi*. Arava g‘ildiragi bug‘doy ustidan

Chang bo‘lguncha yurgizilmaydi.

29 Bu donolik kelar Sarvari Olamdan,

Uning maslahatlari ajoyib, donoligi buyukdir.


29–BOB



1 Egam aytar:

Quddus qamal qilinadi

“Holingga voy, ey Dovud yashagan shahar! Ey Oriyol*, Oriyol!

Yillar ortidan yillar o‘taveradi,

Bayramlar nishonlanadi.

2 Ammo Men boshingga kulfat keltiraman, Faryod qilib, nola chekasan,

Seni qurbongoh* qilaman.

3 Atrofingda senga qarshi lashkar to‘playman,

Qamal inshootlarini* o‘rnataman. Minoralar qurib, seni o‘rab olaman. 4 Yerning ostidan sen gapirasan, Tuproq ostidan so‘zlaring keladi,

Ovozing sharpa ovoziday yer ostidan chiqadi, Gaplaring tuproq ostidan shivirlab keladi.


5 Ammo shunda shafqatsiz dushmanlaring Birdaniga chang kabi uchib ketadi, To‘satdan bo‘rondagi xas–cho‘pday

Ular to‘zib ketadi.

6 Kelaman Men, Sarvari Olam, gumbur–gumbur, Zilzila, shovqin–suron, dovul,

Bo‘ronu yutib yuboruvchi alanga bilan.

7 Ey Quddus*, sizga qarshi chiqqan xalqlar yo‘q bo‘lib ketadi.

Sizning qal’angizga hujum qilgan vahshiy elatlar Tundagi tush kabi o‘tib ketadi.

8 Ha, och odam tushida ovqat yesa ham,

Uyg‘onganda, ochligicha qolaveradi. Chanqagan odam tushida suv ichadi–yu, Chanqog‘i qonmasdan uyg‘onadi.

Ey Sion tog‘i, sizga qarshi chiqqan

Jamiki elatlar ham shu ahvolga tushadi.”


9 Qulog‘ingizni kar qiling, dong qotib qoling,

Ko‘zingizni ko‘r qiling, ko‘rmas bo‘ling, Mast bo‘ling, ammo sharobdan emas, Gandiraklab yuring, ammo bo‘zadan emas. 10 Egam sizni qattiq uxlatib qo‘ydi,

Ey payg‘ambarlar, Egam ko‘zlaringizni uyquga bostirdi. Ey valiylar, Egam boshu ko‘zlaringizni o‘rab qo‘ydi.


11 Mana, bu vahiyning hammasi sizlar uchun muhrlangan o‘rama qog‘ozday* bo‘lib qoldi. Bu o‘rama qog‘oz o‘qiy oladiganlarga berilib: “Buni o‘qing!” deb buyurilsa, ular: “Yo‘q, muhrlangan ekan”, deydilar. 12 U o‘qiy olmaydiganlarga berilib: “Buni o‘qing”, deb aytilgan bo‘lsa, ular: “Biz o‘qishni bilmaymiz”, deb javob beradilar.


13 Ha, Rabbiy aytdi:

“Bu xalq faqat so‘zdagina Menga yaqinlashadi,

Tilidagina Meni izzat qiladi, Yuraklari esa Mendan uzoqdir.

Ular inson yaratgan qoidalari orqali Menga sajda qilishadi.

14 Mana, Men shunday bir ish qilamanki, Bu xalq hayratda qoladi,

Lol bo‘lib, dong qotadi.

Donolari donoligidan mahrum bo‘ladi, Idroklilari idrokidan ayriladi.”


15 Holingizga voy!

Egamizdan rejalaringizni yashiryapsiz,

Ishlaringizni qorong‘ilikda qilyapsiz.

“Kim bizni ko‘rardi, kim bizni bilardi?” deysiz.

16 Hammasini ag‘dar–to‘ntar qilyapsiz,

Axir, kulolni loyga tenglashtirib bo‘ladimi?! Nahotki buyum o‘zini yaratganga:

“Meni yaratganing yo‘q”, deb aytsa?!

Nahotki idish kulolga:

“Sen tushunmaysan”, deb aytsa?!

Kelajakka umid

17 Mana, qisqa vaqt ichida Lubnon o‘rmoni* dalaga aylanadi. Dala esa qalin o‘rmon bo‘ladi.

18 O‘sha kuni kitobdagi so‘zlarni karlar eshitar,

Ko‘rlarning ko‘zlari zulmatda nur ko‘rar.

19 Bechoralarga Egam yangi quvonch ato etadi, Isroil xalqining Muqaddas Xudosi tufayli Muhtojlar shod bo‘ladi.

20 Zolimlar to abad yo‘q bo‘ladi, Mazaxchilar halok bo‘ladi,

Yomonlik istovchilar qirib tashlanadi. 21 Ular odamlarga tuhmat yog‘dirar, Hakamlarga tuzoq qo‘yar,

Solihlarni adolatdan mahrum qilar.


22 Shu bois Ibrohimni qutqargan Egam

Yoqub xonadoni to‘g‘risida shunday deb aytmoqda: “Yoqub nasli endi hech qachon sharmanda bo‘lmaydi, Qo‘rquvdan uning rangi oqarmaydi.

23 Isroil xalqi Men bunyod etgan farzandlarini ko‘rganda

Ular Mening nomimni muqaddas deb biladi,

Meni — Yoqub naslining Xudosini muqaddas deb tan oladi. Ha, Men, Isroil Xudosining huzurida hayratda turadi.

24 Yo‘lidan adashganlar o‘shanda tushunib yetadi, Noliganlar yo‘l–yo‘riqlarimni o‘rganadi.”


30–BOB

Misrdan yordam kutish befoyda

1 Egam aytar: “Eh, itoatsiz xalqim!

Ularning holiga voy!

Mensiz maslahatlar qilishadi.

Sulhlar tuzadi, lekin Mening Ruhim yo‘q–ku ularda! Ha, xalqim gunoh ustiga gunoh orttiraveradi.

2 Axir, Mendan so‘ramasdan Misrga boryaptilar, Fir’avndan panoh so‘rayaptilar,

Misrdan boshpana istayaptilar.

3 Ammo fir’avnning himoyasi ularga sharmandalik bo‘ladi,

Misrning boshpanasi ularni uyatga qoldiradi.

4 Mana, xalqimning a’yonlari Zo‘vanga yetib keldilar,

Elchilar Xanesga* kirib keldilar.

5 Lekin ularning hammasi sharmanda bo‘ladi, Axir, Misr ularning xalqiga yordam bermaydi. Hech qanday madad, foyda yo‘q,

Ular sharmanda bo‘lib, ta’na tagida qoladi.”


6 Nagav cho‘lidagi hayvonlar haqida bashorat:


Elchilari eshagu tuyalarga xazinalarini ortib, Misrga olib ketmoqda.

Vahimali sahro bo‘ylab sekin

Misr tomon bormoqda.

Ular bormoqda sherlaru zaharli ilonlar

Yashaydigan sahro bo‘ylab.

Ammo Misr ularga yordam bermaydi.

7 Misr bergan madad bekor, foydasiz,

Shu bois Men Misrni

“Jim o‘tirgan Rahob*” deb atayman.

Isroil itoat etishdan bosh tortadi 8 Egamiz aytar: “Endi bor, so‘zlarimni bir lavhaga yozib, Bu xalq uchun kitob qilib ber.

Bu kelgusi vaqtlar uchun bo‘lsin,

Yozilganlar to abad bo‘lsin.”

9 Ular isyonkor xalq, yolg‘onchi bolalar! Egasining yo‘l–yo‘riqlariga

Quloq solishni rad etgan bolalar ular.

10 Ular valiylarga aytar: “Endi vahiy ko‘rmanglar.” Ular payg‘ambarlarga aytar:

“Bizlarga haqiqiy bashoratlarni aytmanglar. Bizga shirin so‘zlaru soxta vahiylar ayting.

11 Bu yo‘ldan yurmang endi! Qayting bu yo‘ldan. Isroil xalqining Muqaddas Xudosi haqida endi Eshitmaylik hech bir narsa!”


12 Shu bois Isroil xalqining Muqaddas Xudosi aytar:

“Sizlar Mening so‘zlarimni rad qildingiz, Zulmga, yolg‘onga umid bog‘ladingiz, Ularga ishondingiz.

13 Shu bois sizlar uchun bu gunohingiz Yorilgan, shishib ketgan devor kabi bo‘ladi. Birdan, bir lahzada qulab tushadi.

14 Sopol idish kabi, u parcha–parcha bo‘lib ketadi.

Shunchalik ezilib ketadiki,

O‘choqdan cho‘g‘ yoki hovuzdan suv olgani Biron parchasini ham topib bo‘lmaydi.”


15 Egamiz Rabbiy, Isroil xalqining Muqaddas Xudosi shunday demoqda:

“Menga qaytsangiz najot topasiz, Halovatli bo‘lsangiz qutqarilasiz.

Sokinligu ishonchingiz sizning kuchingiz bo‘ladi.

Ammo sizlar buni xohlamadingiz.

16 Aytdingizki: «Yo‘q, otlarga minib uchib ketamiz»,

Mana endi otlarga minib uchib ketasiz! Aytdingizki: «Uchqur otlarga minib ketamiz», Endi esa sizni ta’qib qiladiganlar uchqur bo‘ladi!

17 Qaranglar, xalqingizdan besh–oltitasi qolmaguncha Bir kishining tahdidi mingtangizni qochiradi.

Besh kishining tahdidi hammangizni qochiradi.

Ammo qolganlar tepalikdagi bayroq dastasiday bo‘ladi. Ular tog‘ cho‘qqisidagi bayroq kabi ishora bo‘ladi.”

18 Shuning uchun Egam kutmoqda,

Sizlarga shafqat ko‘rsatay deb. Mana U qo‘zg‘almoqda,

O‘z mehrini ko‘rsatay deb.

Axir, Egam adolatli Xudodir.

Unga umid bog‘laganlar baxtiyordir.


19 Ey Quddusda makon qilgan Sion xalqi! Sizlar endi yig‘lamaysizlar. Faryodingizni eshitib, Egam albatta marhamat ko‘rsatadi. Ovozingizni eshitib, javob beradi. 20 Rabbiy sizlarga kulfatni non qilib, qayg‘uni suv qilib bersa ham, endi O‘sha Ustozingiz O‘zini yashirmaydi. Sizlar o‘z ko‘zlaringiz bilan Uni ko‘rasizlar. 21 Sizlar o‘ngga yoki chapga burilganingizda, shunday ovozni eshitasizlar: “Mana yo‘l, shu yo‘ldan yuringlar.” 22 Keyin hamma kumush butlar, oltin tasvirlaringizni yo‘q qilib tashlaysiz. Siz o‘sha narsalarni iflos latta–puttaday uloqtirib tashlaysiz. “Ey daf bo‘l ko‘zimdan!” deysiz o‘sha narsalarga.

23 Egam yerga ekkan urug‘ingizga yomg‘ir beradi. Yerdan keladigan oziq–ovqat mo‘l, barakali bo‘ladi. O‘sha kuni chorvangiz keng yaylovlarda o‘tlaydi. 24 Tuproqqa ishlov bergan ho‘kiz, eshaklar eng yaxshi yemni yeydilar. 25 O‘sha kuni, dushmanlaringiz o‘ldirilgan, minoralar qulagan kuni har bir tog‘dan, har bir tepalikdan irmoq oqib tushadi. 26 Oy quyoshga o‘xshab nur sochadi. Quyosh esa yetti barobar ko‘proq nur beradi, yetti kunlik yorug‘ligini sochadi. Egam O‘z xalqining yaralarini bog‘lab, O‘zi keltirgan jarohatlarga shifo bergan kun shunday bo‘ladi.

Egamiz Ossuriyani jazolaydi

27 Ana, Egamizning O‘zi uzoqdan kelmoqda, Qalin bulut ichida*, g‘azabga minib kelmoqda. Lablari g‘azabga to‘la,

Tili — yamlamay yutadigan olovday. 28 Uning nafasi bo‘yingacha keladigan Toshqin daryoga o‘xshar,

U xalqlarni halokat elagida elaydi.

U elatlarning og‘ziga suvluq soladi–da, Ularni yo‘ldan adashtiradi.


29 Sizlar esa muqaddas bayram* oqshomidagiday qo‘shiqlar kuylaysiz. Egamizning tog‘iga*, Isroil xalqining Qoyasiga nay sadolari ostida borayotganlarday yuraklaringiz shodlikka to‘ladi. 30 Egamiz O‘z ulug‘vor ovozini eshittiradi. Ha, qo‘lining zarbasi og‘irdir. Uning kuchli g‘azabi, yamlamay yutay degan olovga o‘xshaydi. Ha, Uning g‘azabi bo‘ronu dovul, momaqaldiroq kabidir. 31 Egamiz hassasi bilan Ossuriyani uradi. O‘z ovozi bilan uni dahshatga tushiradi. 32 Egamiz qayta–qayta Ossuriyani doira va arfa sadolari ostida hassasi bilan jazolaydi. Egamiz O‘z qo‘lining zarbi bilan jang qilib, ular bilan urishadi.

33 Tofat* allaqachon tayyorlangan. Ha, u hatto Ossuriya shohi uchun ham tayyor turibdi. Bu keng chuqurda alangayu o‘tin mo‘l–ko‘l. U yerda Egamizning nafasi vulqondan chiqqan olov kabi yondiradi.

31–BOB

Misrning kuchiga ishonma 1 Misrdan yordam so‘rab borganlarning holiga voy! Ular chopqir otlariga ishonadilar,

Jang aravalarining ko‘pligiyu

Kuchli otliqlarga umid bog‘laydilar. Isroil xalqining Muqaddas Xudosiga esa Nazar ham tashlamaydilar,

Egamizga yuz burmaydilar.

2 Dono Egamizning gapiga ular kirmaydilar. Egamiz fosiqlarning xonadoniga qarshi qo‘zg‘aladi, Badkirdorlarga yordam berganlarga qarshi turadi. Ularning boshiga kulfat keltiradi,

Aytgan so‘zlarini U qaytib olmaydi. 3 Misrliklar Xudo emas, insonlardir, Ularning otlari ruh emas, tanadir.

Egamiz ularga qarshi qo‘l ko‘targanda,

Madadkor qoqiladi, Madadga zor yiqiladi.

Ikkovi birgalikda halok bo‘ladi.


4 Ha, Egam menga aytmoqda:

“Kuchli sher qo‘yni bo‘g‘izlaganda, Cho‘ponlar shovqin–suroniga e’tibor bermas, Ularga hatto nazar ham tashlamas.

Shu singari, Men, Sarvari Olam, Sion tog‘ida — o‘sha tepalikda Jang qilishga kelaman.

5 O‘z ini ustida uchayotgan qush kabi,

Men, Sarvari Olam, Quddusni qo‘riqlayman. Men Quddusni qo‘riqlab, ozod qilaman, Himoya qilib, najot beraman.”


6 Ey Isroil xalqi! Garchi sizlar shu qadar fosiq isyonchi bo‘lsangiz ham, endi Egamizga qayting! 7 Ha, o‘sha kuni har biringiz oltin butlar va kumush tasvirlarni rad etasiz. Ularni gunohkor qo‘llaringiz bilan yasagan edingiz.


8 Ossuriya vayron bo‘ladi, ammo insonning qilichidan emas. Xudoning qilichi Ossuriyaliklarni uradi.

Ossuriyaliklar vahimaga tushib qochadilar. Kuchli, yosh yigitlarini qul qilib olib ketadilar.

9 Ossuriyaning suyangan qoyasi* vahima ichida qochadi, Lashkarboshilari jangovar bayroqdan qo‘rqib, qochib ketadi. Ha, Egamizning alangasi Quddusda,

Uning o‘chog‘i Siondadir.

Egamizning kalomi shudir.


32–BOB


Solihlik hukmronlik qiladi 1 Ana, shoh solihlik bilan hukmronlik qiladi, Hukmdorlar adolat bilan boshqaradi.

2 Har bir odam shamoldan asraydigan panohday bo‘ladi, Bo‘rondan saqlaydigan boshpana kabi bo‘ladi.

Ular sahrodagi suv o‘zaniga o‘xshaydi,

Tashna yerdagi ulkan qoyaning soyasiday bo‘ladi. 3 Ko‘rib turganlar endi ko‘z yumib yurmaydi, Qulog‘i borlar endi quloq soladi.

4 Idroksizning aqli anglaydigan bo‘ladi, Duduq odamning tili ravon bo‘ladi.

5 Ahmoqni endi aslzoda deb chaqirmaydilar, Yaramasni, hurmatga sazovor, deb aytmaydilar. 6 Mana, ahmoq kaltafahmlik bilan gapiradi, Fikri–zikri esa yovuzlik bilan band.

Qilganlari — nopoklik, Egam haqida xato gapiradi.

Och odamni u ochligicha qoldiradi, Chanqaganga suv bermaydi.

7 Battolning usullari yovuzdir, U yomonliklar rejalashtiradi, Yolg‘on gap–so‘zlari bilan

Faqirning haq da’vosini yo‘qqa chiqarib,

Bechorani nobud qiladi.

8 Olijanob odamlar esa yaxshi rejalar tuzadi,

Yaxshi niyat qilib, o‘z so‘zida turadi.

Quddus ayollari to‘g‘risida bashorat

9 Ey siz, beg‘am ayollar,

Turinglar, Menga quloq solinglar! Ey siz, o‘ziga ishongan qizlar, Mening gaplarimni eshitinglar!

10 Ey sizlar, beparvo yurganlar,

Bir yil o‘tar–o‘tmas titray boshlaysiz. Uzum hosili yaxshi bo‘lmaydi,

Meva hosil bermaydi.

11 Qo‘rqing, ey siz, beg‘am ayollar, Qaltirang, ey o‘ziga ishongan qizlar! Tavba qilib, kiyimingizni yechib tashlang. Qanorga o‘ranib, belingizni bog‘lang!

12 Ko‘kragingizga urib yig‘lang

Ajoyib dalalaringiz,

Serhosil uzumzorlaringiz uchun!

13 Xalqimning yeri uchun yig‘lang!

U yerni tikan, yantoq butalari bosib ketadi. Ha, shodlikka to‘la bo‘lgan uylar uchun, Quvnoq shahar uchun aza tuting!

14 Mana, saroy tashlandiq bo‘lib qoldi, Gavjum shahar sahroga aylandi.

Qal’ayu minora to abad

Yovvoyi eshaklar yayraydigan joy,

Chorva uchun yaylov bo‘ldi.

15 Toki yuqoridan ustimizga

Ruh yog‘ilmaguncha shunday bo‘ladi.

Undan keyin sahrolar serhosil dalaga aylanadi,

Serhosil dala o‘rmon sifat bo‘ladi.

16 Shunda odillik sahroda makon qiladi, Solihlik serhosil dalada maskan qiladi. 17 Solihlik mevasi tinchlik bo‘ladi,

Solihlik samarasi to abad xotirjamlik, ishonch bo‘ladi.

18 Xalqim yashaydi sokin joylarda, Bexavotir uylarda, xotirjam maskanlarda. 19 O‘sha o‘rmonni do‘l yakson qiladi,

U shahar esa tamomila yo‘q bo‘ladi.

20 Shunday bo‘lsa ham, naqadar baxtlisiz! Irmoqlar bo‘yida ekin ekasiz.

Chorvayu podangiz yaylovlarni kezib yuradi.


33–BOB

Najot va umid haqida bashorat

1 Ey talanmagan talonchi! Holingga voy!

Ey xiyonatni tatimagan xiyonatkor! Holingga voy!

Rosa talab bo‘lganingdan so‘ng, O‘zingni talon–taroj qiladilar.

Xiyonatni bas qilganingda, Senga xiyonat qiladilar.


2 Ey Egamiz, bizga marhamat qil,

Biz Senga umid bog‘laymiz. Bizga har kuni kuch ato qil, Kulfat chog‘i esa bizga najot ber.

3 Gumburlagan ovozingdan xalqlar tarqab ketar,

Sen qo‘zg‘alganingda elatlar qochib ketar.

4 Chigirtkalar* yig‘ilganday o‘ljalaring yig‘ilar, Chigirtkalar uyumi kabi, o‘ljalaringni talon–taroj qilishar.

5 Egamiz yuksalgandir. Ha, Uning maskani yuksakda.

To‘ldirgandir U Quddusni* adolatu solihlik ila.

6 Ey Quddus, U kunlaringiz tinchligini mahkam tutadi, Uning O‘zi najot, ilm–ma’rifat, donolikning boy manbaidir. Egamizdan qo‘rqish sizlarning xazinangizdir.


7 Ana qarang! Yahudoning jasur yigitlari

Ko‘chalarda faryod qiladi,

Tinchlik elchilari* achchiq–achchiq yig‘laydi.

8 Katta yo‘llar huvullab qolgan,

Bu yo‘llardan yurmaydi hech kimsa, Ahdlar buzildi, shaharlar vayron bo‘ldi*, Inson o‘z qadrini yo‘qotdi.

9 Yurt aza tutdi, azob chekdi.

Lubnon o‘rmonlari isnodga qolib, qurib qoldi.

Sharon tekisligi* sahroga o‘xshab qoldi,

Bashan*, Karmil tog‘idagi daraxtlarning yaproqlari qolmadi.


10 “Endi qo‘zg‘alaman,

— demoqda Egamiz. —

Endi Men yuksalaman,

Ha, O‘zimni baland ko‘taraman.

11 Sizlar esa somonga homilador bo‘lganday, Foydasiz poyalar tuqqanday bo‘lasiz.

Ruhingiz sizlarni olov kabi yeb bitiradi.

12 Xalqlar yonib, kul bo‘ladi,

Kesilib, olovga tashlangan tikanday bo‘ladi.

13 Ey uzoqdagilar, Mening qilganlarimni eshiting,

Ey yaqindagilar, qudratimni bilib oling!”


14 “Oramizda kim yamlamay yutadigan olov bilan tura oladi? Oramizdagi kim yonib bitmas alanga yonida qola oladi?” deya Quddusda gunohkorlar vahimaga tushdi,

Nopoklarni qo‘rquv egallab oldi.

15 Mana, qarang solih yashayotganlarga!

Ular to‘g‘ri gapni gapiradi, Tamagirlik foydasidan yuz o‘giradi, Pora olishdan qo‘llarini tiyadi.

Qotillarning fitnalariga qo‘shilmaydi, Ko‘zlarini yovuzlik jalb qila olmaydi.

16 Ha, shundaylarning maskani yuksaklarda bo‘ladi, Tog‘lardagi qoyalar boshpanasi bo‘ladi.

Nonu suvi hech qachon yetmay qolmaydi.


17 Mana, ko‘zlaringiz ulug‘vor shohni,

Keng yoyilgan yurtni ko‘radi.

18 Shunda o‘tmishdagi qo‘rquvni eslab, deysiz: “Qani ekan o‘sha bosh lashkarboshi?

Qani o‘sha o‘ljalarni o‘lchagan odam? Qani endi minoralarni sanaganlar?” 19 Sizlar tillarini tushunmaydigan, Gaplarini anglamaydigan,

O‘sha takabbur xalqni endi ko‘rmaysiz!


20 Mana, qarang Quddusga! Bayramlarimiz shahriga boqing. O‘z ko‘zlaringiz bilan Sionni, O‘sha osuda maskanni ko‘rasiz.

Bu chodir hech qachon ko‘chmaydi,

Uning qoziqlari surilmaydi, Bironta arqoni uzilmaydi.

21 Ha, u yerda qudratli Egamiz bizning Shohimiz bo‘ladi, U yerda keng daryolaru irmoqlar bo‘ladi.

Eshkakli urush kemalari kechib o‘ta olmaydi, Yelkanli jang kemalari ham u yerda suza olmaydi. 22 Axir, Egamiz hukmronlik qiladi,

Uning O‘zi qonun–qoidani o‘rnatadi.

Egamiz bizning Shohimizdir,

Uning O‘zi bizga najot beradi.


23 Kemangizning machtasi mustahkam emas, Uning arqonlari zaiflashgan,

Uning yelkani yoyilmaydi*.

So‘ng mo‘l–ko‘l o‘lja bo‘linadi,

Hatto cho‘loq ham o‘ljaga sherik bo‘ladi.

24 Orangizda hech kimsa, “Men xastaman”, demaydi,

Quddusdagilarning gunohlari kechiriladi.


34–BOB

Egamiz elatlarni jazolaydi

1 Ey elatlar, yaqinroq keling, quloq soling! Ey xalqlar, diqqat qiling!

Eshiting, ey zamin, zamindagi bor jonzot! Olamu uning mahsuli, eshiting!

2 Ha, Egamiz butun elatlardan g‘azabda,

Ularning lashkarlariga qahri keldi. Egamiz ularni tamomila qirib tashlaydi. Ularni bo‘g‘izlashga hukm etgan.

3 Murdalari ko‘milmay qolib ketadi,

Jasadlaridan qo‘lansa hid anqiydi, Ularning qoni qirlarda daryo bo‘lib oqadi.

4 Samodagi hamma yulduzlar chirib ketadi,

Osmon o‘rama qog‘ozday* eshilib ketadi. Tokdan qurib tushgan barglar singari, Daraxtidan to‘kilgan anjir singari, Samoviy jismlar to‘kilib ketadi.


5 Egam aytar: “Ha, samolarda Mening qilichim paydo bo‘ldi*. Mana, u Edomga*,

Men halokatga hukm qilgan xalqning boshiga tushadi.”


6 Egamizning qilichi qonga bulg‘angan. Qo‘zilar, echkilar yog‘iga, qoniga, Qo‘chqor buyragining yog‘iga to‘ygan.

Ha, Bozrax shahrida* Egamizga qurbonlik bor,

Edom yurtida katta qirg‘in boshlanadi.

7 Yovvoyi buqalar, novvoslar, katta ho‘kizlar ham

Ular bilan birga qirilib ketadi. Ularning yeri qon bilan sug‘oriladi, Tuprog‘i yog‘ni shimib oladi.


8 Ha, bu kun Egamizning qasos kunidir.

Quddus* uchun Egamiz qasos oladigan yildir bu.

9 Edom irmoqlari qatronga aylanadi, Tuprog‘i oltingugurtga aylanadi, Butun yurt esa alanga ichida qoladi. 10 Alanga kechayu kunduz o‘chmaydi, Tutun abadiy ko‘tarilaveradi.

Bu yurt avlodlar osha

Vayrona bo‘lib qolaveradi.

Hech kim uni to abad bosib o‘tmaydi.

11 U yer boyqushlaru kirpilarning mulki bo‘ladi,

Ukkiyu* qarg‘alar u yerda makon qiladi. Ha, Egamiz bu yurtni o‘lchab, Vayronayu xarobaga loyiq topdi.

12 Bu yurtda aslzodalar yo‘q endi,

U yerdan birorta shoh chiqmaydi, Barcha shahzodalari yo‘q bo‘lib ketadi. 13 Qal’alarida tikanlar o‘sadi,

Saroylarida yantoqlar, qushqo‘nmas butalar bitadi. U yer chiyabo‘rilarga maskan bo‘ladi, Tuyaqushlarning boshpanasi bo‘ladi.

14 Yovvoyi mushuklaru sirtlonlar Bir–biriga duch keladi,

Yovvoyi echkilar bir–birini chaqirib ma’raydi,

U yerda tun sharpalari dam oladi,

O‘sha yer ularga oromgoh bo‘ladi.

15 Ilonlar* u yerda in qurib, tuxum qo‘yadi,

Soya joylarda bolalarini yig‘adi. Quzg‘unlar u yerda juftlanib to‘planadi.

16 Mana, Egamizning kitobidan* topib, o‘qing: Hayvonlaru qushlardan birontasi yo‘q bo‘lmaydi, Ularning hammasi juft–juft bo‘ladi,

Egamizning O‘zi shunday amr etgan, Uning Ruhi hammasini to‘pladi.

17 Egamiz qur’a tashlab, har birining ulushini berdi, Arqon bilan o‘lchab, yurtni ularga bo‘lib berdi.

Bu yurt to abad ularning mulki bo‘ladi,

Avlodlar osha ular bu yerda yashaydi.


35–BOB

Najot topishga umid

1 Cho‘lu biyobon shod bo‘ladi,

Sahro quvonib, atirgulday gullaydi.

2 Hamma yoqda gul–chechaklar ochiladi, Cho‘l shodlanib, quvonchdan hayqiradi. Lubnonning chiroyi, Karmil tog‘ining,

Sharon tekisligining* ulug‘vorligi Unga beriladi.

Ular Egamizning shuhratini,

Xudoyimizning ulug‘vorligini ko‘radi.


3 Qo‘llari charchaganlarga dalda bergin,

Tizzalari bukilganlarga madad bergin.

4 Qo‘rqoq yuraklarga shunday deb aytgin: “Dadil bo‘ling, qo‘rqmang!

Mana, Xudoyingiz!

Qasos kelmoqda ilohiy intiqom ila,

Uning O‘zi sizlarga najot beradi.”


5 O‘sha paytda ko‘rlarning ko‘zlari ochiladi,

Karlarning quloqlari esa eshitadi. 6 Cho‘loq ham ohuday sakraydi, Soqov shodlikdan hayqiradi.

Mana, axir, sahroda suv sharillab oqmoqda,

Cho‘l joylar esa irmoqlarga to‘la.

7 Qizib yotgan qum hovuzga aylanadi, Qaqragan yer qaynayotgan buloq bo‘ladi. Oldin chiyabo‘rilar yashagan maskanlarda

Endi maysa, qamish, papiruslar o‘sadi.


8 O‘sha yerdan katta yo‘l o‘tadi, Muqaddas Yo‘l deb atalgan yo‘l bo‘ladi. Nopoklar u yo‘lga qadam bosmaydi,

Bu yo‘l mana shu yo‘ldan yuradiganlarga qarashlidir. Bu yo‘ldan yuradiganlar,

Hatto idroksizlar ham adashmaydi*.

9 U yerda sher bo‘lmaydi. Yirtqich hayvon yurmaydi. Ular bu yerda topilmaydi.

Ha, faqat najot topganlar o‘sha yerda yuradi.

10 Egamiz qutqarganlar qaytib keladi, Ular qo‘shiq aytib, Quddusga* kiradi. Boshlarida abadiy shodlik toji bo‘ladi, Shod–xurramlik ularni qamrab oladi, Qayg‘u, g‘amlar yo‘q bo‘lib ketadi.


36–BOB

Ossuriya qo‘shini Quddusga tahdid soladi

1 Hizqiyo hukmronligining o‘n to‘rtinchi yilida* Ossuriya shohi Sanxariv* Yahudo yurtiga hujum qildi. Uning hamma mustahkam shaharlarini bosib oldi. 2 Laxish shahridan* Ossuriya shohi o‘z mulozimini katta lashkar bilan Quddusga, shoh Hizqiyo huzuriga yubordi. U Yuqori hovuz arig‘i yonida to‘xtadi. Bu ariq kir yuvuvchining dalasiga boradigan yo‘lda edi. 3 Shunda Xilqiyo o‘g‘li Eliyaqim, Shavna va Osif o‘g‘li Yo‘x Quddusdan chiqib, mulozimning yoniga bordilar. Shoh Hizqiyoning saroyida Eliyaqim bosh vazir bo‘lib, Shavna kotib, Yo‘x esa mushovir bo‘lib xizmat qilar edilar.

4 Mulozim ularga shunday dedi:


“Ulug‘ Ossuriya shohining shu gaplarini Hizqiyoga yetkazing: «Nimangga ishonyapsan o‘zi? 5 Harbiy mahoratingdan va kuch–qudratingdan gapiryapsan, lekin bular quruq gaplar–ku! Kimingga ishonib menga itoat etmayapsan? 6 Ha, sen Misrga ishonyapsan. Lekin Misr yoriq qamishdan qilingan hassaga o‘xshaydi–ku! Unga suyansang, qo‘lingga sanchiladi. Misr fir’avniga ishonganlarning hammasi shu ahvolga tushadi. 7 Balki sizlar: ‘Biz Egamiz Xudoga ishonamiz’, deb aytarsizlar menga. Axir, Hizqiyo o‘sha Egangizning sajdagohu* qurbongohlarini buzib tashlab, Yahudo xalqiga va Quddusliklarga: ‘Faqatgina Quddusdagi qurbongohning oldida sajda qilinglar’, deb aytgan ekan–ku!*»

8 Kelinglar, endi Ossuriya shohi janobi oliylari nomidan sizlar bilan bir garov o‘ynaylik. Biz sizlarga ikki mingta ot beramiz, qani, ularni minishga odam topinglar–chi! 9 Qani, ko‘raylik–chi, shohimning qullari orasidagi eng kichik bir lashkarboshisini mag‘lub qila olasizmi?! Axir, o‘zingiz Misrning jang aravalariyu otliqlariga* umid bog‘lab o‘tiribsiz. 10 Qolaversa, bizni Egangizning xohishisiz bu yurtni vayron qilishga kelgan, deb o‘ylaysizlarmi? Egangizning O‘zi bizga: «O‘sha

yurtga borib, u yerni vayron qilinglar», deb amr bergan–ku!”


11 Eliyaqim, Shavna va Yo‘x Ossuriyalik mulozimga:

Mulozimning so‘zlarini koshkiydi Egangiz Xudo eshitsa–yu, o‘sha so‘zlari uchun ularni

jazolasa. Endi shahardagi tirik qolganlar uchun iltijo qiling.”

5 Shohning aytib yuborgan bu xabarini Ishayo eshitgach, 6 Hizqiyoning a’yonlariga

shunday dedi:

— Shohingizga shu gaplarni yetkazinglar: “Egamiz shunday aytmoqda: Ossuriya

shohining qullari Meni haqoratlab aytgan so‘zlaridan qo‘rqma. 7 Men Ossuriya shohining

yuragiga g‘ulg‘ula solaman, u bir mish–mishni eshitib, o‘z yurtiga qaytib ketadi. Unga o‘z yurtida ajal keltiraman.”

Ossuriya shohining Hizqiyoga maktubi

8 Ossuriya shohi Sanxarivning Laxish shahridan* qaytib ketganini eshitib, shohning mulozimi ham orqasiga qaytdi. Shohni Libna shahriga qarshi urishayotgan yerida topdi. 9-10 Sanxariv: “Habashiston* shohi Tirxoqo sen bilan urush qilgani otlandi” degan xabarni eshitdi. U Habashistonga qarshi jang boshlashdan oldin Yahudo shohi Hizqiyoga yana odamlari orqali shu gapni yetkazdi:


“Umid qilgan xudoying seni aldamasin: «Quddus Ossuriya shohiga taslim bo‘lmaydi», deb seni laqillatmasin. 11 Axir, o‘zing eshitgansan–ku! Ossuriya shohlari hamma yurtlarni yer bilan yakson qilgan. Endi sen qutulaman, deb o‘ylayapsanmi?! 12 Otalarim qancha xalqlarni xonavayron qildi. Ularni xudolari qutqarmadi–ku! Gozan, Xoron, Razaf aholisi, Talassarda yashagan Eden xalqlari qutula oldimi?! 13 Qani, ayt–chi, Xomat shahrining shohi qani endi?! Arpad, Sefarvayim, Xana, Ivvax shaharlarining shohlari qayerda?!”


14 Hizqiyo xabarchilarning qo‘lidan maktubni olib o‘qigach, Egamizning uyiga kirdi. Maktubni Egamizning oldida ochib, yerga yoydi va 15 yolvorib ibodat qildi: 16 “Ey ikki karub* orasida taxt qurgan Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam! Butun yer yuzidagi shohliklarning tanho Xudosi Sensan. Osmonni va yerni Sen yaratgansan. 17 Ey Egamiz! Quloq solib, eshit. Ey Egamiz, ko‘zlaringni ochib, qara. Sanxarivning hamma aytganlarini, u barhayot Xudoni qanday haqoratlaganini bilib qo‘y. 18 Ey Egamiz! Biz bilamizki, Ossuriya shohlari hamma xalqlarni va ularning yurtlarini vayron qilganlar. 19 O‘sha xalqlarning xudolarini olovda yoqib, yo‘q qilganlar. Chunki o‘sha narsalar xudolar emas, balki inson qo‘li bilan yog‘ochdan, toshdan yasalgan narsalar edi. 20 Ey Egamiz Xudo! Endi Sen bizni Sanxarivning qo‘lidan qutqargin, toki butun yer yuzidagi shohliklar Sening tanho Egamiz ekaningni bilishsin!*”

Ishayo shoh Hizqiyoga Xudoning so‘zini yetkazadi

21 Omiz o‘g‘li Ishayo Hizqiyoga shunday xabar yubordi:


“Isroil xalqining Xudosi — Egamiz aytmoqda: «Ossuriya shohi Sanxariv haqida qilgan iltijolaringni eshitdim.» 22 Egamiz unga qarshi shu so‘zlarni menga ayon qildi:


«Bokira qiz* Quddus sendan nafratlanadi, Ustingdan kuladi.

Go‘zal Sion* orqangdan masxara qiladi, Boshini chayqaydi.


23 Kimni haqorat qilding o‘zi?

Kimni tahqirlading? Kimga qo‘rs gapirding? Kiborlarcha boqding, hey?

Isroil xalqining Muqaddas Xudosiga!

24 Xabarchilaring orqali Men, Rabbiyni haqorat qilding.

O‘zing haqingda aytdingki:

‘Ko‘plab jang aravalarim bilan tog‘ cho‘qqilarini zabt etdim. Lubnondagi inson qadami yetmagan joylarga yetib bordim. Eng baland sadr daraxtlarini,

Eng a’lo sarv daraxtlarini qo‘pordim.

Lubnonning eng uzoq tepaliklariga,

Hatto eng qalin o‘rmonlariga yetib bordim.

25 Men quduqlar qazib, Suvlaridan ichdim.

Misrning hamma daryolarini

Oyog‘im kafti bilan quritdim.’


26 Eshitmaganmisan, ey Sanxariv, Ancha oldin mo‘ljallab qo‘ygan edim, Buni azaldan reja qilgan edim.

Endi amalga oshirdim.

Qal’alarni vayronaga aylantirsin deb,

Men senga kuch berdim.

27 Qo‘lu qanoti qirqildi shahar ahlining,

Vahimaga tushib, uyatga qoldilar.

Ular dalada o‘sgan o‘t, yangi maysalar kabidir. Tomlarda o‘sgan maysalarga* o‘xshab, Yetilmasdan oldin qurib qoldilar*.


28 Seni har tomondan bilaman, ey Sanxariv! Qachon urushga chiqib,

Uyingga qachon qaytishingni ham bilaman.

Bilaman: Mendan g‘azabdasan.

29 Mendan qattiq g‘azabdasan. Manmanliging qulog‘imga yetib keldi. Endi Men burningdan halqamni, Og‘zingdan suvlig‘imni o‘tkazaman*.

Kelgan yo‘lingdan seni qaytarib olib ketaman.»


30 Ey Hizqiyo, mana bular sen uchun nishona bo‘ladi: bu yil o‘z–o‘zidan yerdan o‘sib chiqqanlarni tanovul qilasiz. Ikkinchi yili ham o‘rnidan o‘sib chiqqanini yeysiz. Uchinchi yil esa urug‘ ekib, hosil o‘rasiz. Uzumzorlar barpo qilib, mevasin tanovul qilasiz. 31 Yahudo xalqining qutulib qolganlari yana ildiz otib, meva beradi. 32 Xalqning qolgani Quddusdan, qutulganlari Sion tog‘idan keladi. Sarvari Olam O‘z g‘ayrati bilan buni amalga oshiradi.

33 Ossuriya shohi to‘g‘risida Egamiz shunday aytmoqda: Sanxariv bu shaharga kirolmaydi, o‘qlar otolmaydi. Qalqoni bilan shaharga yaqinlashmaydi, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydirmaydi*. 34 Kelgan yo‘lidan qaytib ketadi, shaharga kirmaydi, — deb aytmoqda Egamiz. 35 — O‘zimning haqi–hurmatim, qulim

Dovudning haqi–hurmati bu shaharni himoya qilib, saqlayman.”


36 Egamizning farishtasi Ossuriyaliklarning qarorgohiga borib, 185.000 kishini o‘ldirdi. Ertasiga uyg‘onib qarasalar, qarorgoh jasadga to‘lib ketibdi! 37 Ossuriya shohi Sanxariv qarorgohni tashlab, orqaga qaytdi. O‘z uyi Naynavoga* qaytib, o‘sha yerda yashadi. 38 Sanxariv o‘z xudosi Nisroxning uyida sajda qilayotgan edi, o‘g‘illari Odrammalek bilan Sarizar unga qilich urib o‘ldirdi. Ikkovi ham Ararat yurtiga* qochib ketdi. Sanxarivning o‘rniga o‘g‘li Isarxaddo‘n shoh bo‘ldi*.


38–BOB

Hizqiyo kasal bo‘lib qoladi

1 O‘sha kunlari Hizqiyo tuzalmas xastalikka yo‘liqib, o‘lim to‘shagiga yotib qoldi. Omiz o‘g‘li Ishayo payg‘ambar uning huzuriga kelib, shunday dedi: “Egamiz shunday aytmoqda: tayyorgarligingni ko‘rib qo‘yaver, endi tuzalmaysan, o‘lasan.”

2 Hizqiyo yuzini devorga burib, Egamizga yolvordi: 3 “Ey Egam! Chin qalbimdan Senga sodiq bo‘lib, yo‘llaringdan yurganimni va oldingda to‘g‘ri ishlar qilganimni esla.” Shunday deb achchiq–achchiq yig‘ladi.

4 Shundan keyin Ishayoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi: 5 “Borib, Hizqiyoga shunday deb ayt: «Bobong Dovudning Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: iltijolaringni eshitdim, ko‘z yoshlaringni ko‘rdim. Umringni yana o‘n besh yilga uzaytiraman. 6 Seni va bu shaharni Ossuriya shohining qo‘lidan xalos qilaman. Ha, bu shaharni himoya qilaman. 7 Ey Hizqiyo! Men, Egang, bergan va’damni bajaraman. Mana senga Mendan alomat: 8 ana qara! Botayotgan quyosh Oxozning zinapoyasiga* soya tushirib turibdi. O‘sha soyani o‘n qadam orqaga surdiraman.»”

Shunday qilib, soya o‘n qadam orqaga ketdi.


9 Shoh Hizqiyo sog‘aygandan keyin quyidagi she’rni yozdi:


10 “Men aytdim:

Nahotki hayotim cho‘qqisida O‘liklar diyoriga* borsam?! Umrimning qolgani xazon bo‘lsa?! 11 Nahot, Egamni endi ko‘rmasam?!

Ha, Uni ko‘rmasman bu yorug‘ dunyoda. Tirik zotlarni endi ko‘rmayman.

Bu dunyodagilar bilan bo‘lmayman. 12 Cho‘ponning chodiri yig‘ilganiday Mening umrim uzildi,

Mendan tortib olindi.

Umrim to‘quvchining matosi kabi bitdi.

Uning dastgohidagi ipday Mening umrim ham qirqildi.

Ey Rabbiy, tunu kun meni qiynaysan.

13 Tonggacha faryod qildim,

Sherday hamma suyaklarimni sindirasan.

Ey Rabbiy, tunu kun meni qiynaysan. 14 Qaldirg‘ochu turnaday nola chekdim, Musichaday oh–voh qildim.

Yuqoriga qarayverib, ko‘zlarim toldi,

Ey Rabbiy, ezildim, yordam ber menga!


15 Endi men nima desam ekan?! Egam menga nima aytgan bo‘lsa, Uning O‘zi o‘shani qildi.

Jonim tortgan bu azoblar tufayli

Umrim bo‘yi itoat etib yuraman*.

16 Ey Rabbiy, Sening tarbiyang yaxshidir,

Chunki u hayotu sog‘likka yetaklaydi. Sen menga sog‘ligimni qaytarding, Menga qayta hayot baxsh etding.

17 Mana, hamma qiyinchiligim Yaxshilikka aylandi.

Qabrdan meni saqlading*, Hamma gunohlarimni kechirding.

18 Axir, o‘liklar diyori* Senga shukur qilmaydi,

O‘lim Senga hamdu sano aytmaydi.

Qabrga boradiganlar

Sening sadoqatingdan umid qilmaydi.

19 Mana, men Senga shukur aytmoqdaman. Axir, tiriklar, faqatgina tiriklar

Senga shukur aytadilar–ku! Otalar o‘zlarining farzandlariga Sening sadoqatingni bildiradilar.


20 Egam meni qutqaradi.

Butun umrimiz bo‘yi torli asboblar ila Egamning uyida kuylaymiz.”


21 Ishayo shunday degan edi: “Anjir shirasini olib, yaraning ustiga qo‘yinglar. Shunda Hizqiyo sog‘ayadi.” 22 Buni eshitgan Hizqiyo: “Egamizning uyiga borishimni qanday bilaman? Buni nima isbotlaydi?” deb so‘ragandi*.


39–BOB

Bobildan kelgan elchilar

1 O‘sha paytlarda Bobil shohi Baladon o‘g‘li Marduxbaladon* shoh Hizqiyoga maktublaru hadyalar jo‘natdi. U Hizqiyoning xastalanib, keyin sog‘ayganini eshitgandi. 2 Hizqiyo elchilarni ko‘rib xursand bo‘ldi. Xazinasidagi bor narsa — omborlardagi hamma qimmatbaho ashyolarini, oltinni, kumushni, xushbo‘y ziravorlarni va moylarni, butun qurol–yarog‘ omborini ularga ko‘rsatdi. Hizqiyoning saroyidayu o‘z shohligida ularga ko‘rsatmagan hech narsasi qolmadi.

3 Ishayo payg‘ambar shoh Hizqiyoning huzuriga kelib:

oxirigacha tinch, xotirjam yashar ekanman–ku”, deb o‘yladi.


40–BOB

Xudoning xalqiga tasalli so‘zlari

1 “Yupating, xalqimni yupating,

— demoqda Xudoyingiz. —

2 Quddusning ruhini ko‘tarib,

Unga shunday deb ayting:

«Azob kosang to‘lib bo‘ldi, Ayblaring uchun jazo olib bo‘lding. Hamma gunohlaring evaziga

Men, Egangdan ikki karra jazo olding.»”


3 Bir ovoz yangramoqda:

“Cho‘lda* Egamizga yo‘l hozirlang, Sahroda Xudoyimizga to‘g‘ri yo‘l oching. 4 Har bir jarlik yuksaladi,

Har bir tog‘u tepalik pasayadi. O‘nqir–cho‘nqir joylar tekis bo‘ladi, O‘ydim–chuqur yer tekislik bo‘ladi.

5 O‘shanda Egamizning ulug‘vorligi zohir bo‘ladi, Butun jonzot birgalikda buni ko‘radi.

Ha, Egamiz O‘z og‘zi bilan shuni aytdi.”


6 Bir ovoz: “E’lon qil!” deb aytdi,

Ikkinchisi: “Nimani e’lon qilaman?” deb so‘radi*. Birinchi ovoz shunday dedi:

“Inson zotining hammasi maysaday,

Ularning barcha sodiqligi dala guli kabidir.

7 Ularning ustidan Egamizning nafasi esganda

O‘tlar quriydi, gullar so‘lib qoladi. Mana, bu xalq maysaning o‘zi.

8 O‘tlar quriydi, gullar so‘lib qoladi, Xudoyimizning kalomi esa abadiy turadi.”


9 Ey xushxabar keltirgan Quddus, Baland toqqa chiq!

Ey xushxabar keltirgan Sion*,

Baland ovozda e’lon qil! Qo‘rqmagin, jar solgin! Yahudo shaharlariga:

“Mana sizning Xudoyingiz”, deb aytgin.

10 Mana, Egamiz Rabbiy qudrat ila keladi, Qudrati ila hukmronlik qiladi.

Uning O‘zi taqdirlaydi,

Mukofotini O‘zi bilan olib kelmoqda.

11 Cho‘pon kabi, U O‘z suruvini boqadi, Qo‘zilarni qo‘llarida ko‘taradi.

Ularni ko‘tarib, bag‘riga bosadi, Qo‘zilari bilan birga ona qo‘yni Ehtiyotlab haydab boradi.

Isroilning tengi yo‘q Xudosi

12 Kim hovuchi ila suvlarni o‘lchagan?! Kim qarichlab osmonni o‘lchagan?!

Zamin tuprog‘ini o‘lchagan bormi?! Kim tog‘larni tarozida tortib ko‘rgan?! Tepaliklarni tarozi pallasida tortgan?!

13 Kim Egamizning Ruhiga* yo‘l ko‘rsata oladi?!

Kim Unga maslahat bera oladi?!

14 U kimga maslahat solgan?! Kim Unga nasihat bergan?!

Kim Unga adolat yo‘lini o‘rgatgan?!

Unga bilim bergan bormi?!

Idrok yo‘llarini Unga ko‘rsatgan bormi?!


15 Axir, elatlar chelakdagi bir tomchi suvdaydir, Ular tarozi pallasidagi chang kabidir.

Mana, orollarni ham Egamiz changday ko‘taradi.

16 Lubnon yurtidagi hayvonlar qurbonlikka ozlik qiladi,

O‘rmonlarining daraxtlari esa yetarli o‘tin bo‘lmaydi. 17 Jamiki elatlar Egamiz oldida hech nima emas, Egamiz nazarida ular arzimas, bo‘shliqdir.


18 Xo‘sh, Xudoni kimga o‘xshatasiz?!

Unga qanday qiyofani berarkansiz?!

19 Hunarmand yasagan butning qiyofasinimi?! Axir, usta butni oltin bilan qoplagan.

Unga kumush zanjirlar yasab bergan. 20 Unday qilishga qurbi yetmagan esa Chirimaydigan yog‘och topadi.

Mohir ustani yollab,

Yiqilib tushmaydigan but yasattiradi.


21 Bilmaysizmi?! Eshitmaganmisiz?! Boshidan sizga aytilmaganmi?!

Dunyo poydevoriga qarab ham tushunib yetmaysizmi?!

22 Xudo osmon gumbazi uzra o‘tiradi,

Zamin ahli chigirtka kabidir. Xudo osmonni parda kabi yoygan,

Odamzod makon qilsin deya, chodir kabi qurgan.

23 Shahzodalarni U pastga uradi,

Zamin hukmdorlarini yo‘qqa chiqaradi.

24 Evoh, ular ekilishi bilanoq qurib qoladi.

Yerga o‘tqazilishi bilanoq so‘lib qoladi.

Ildiz otishi bilanoq qurib qoladi.

Ha, Egamizning nafasi ularni quritadi.

Bo‘ron ularni somonday uchirib ketadi.


25 “Meni kimga qiyoslaysiz? Kim Menga teng kela olar?”

— deb aytadi Muqaddas Xudo.

26 Ko‘zlaringizni osmonga tiking, qarang:

Axir, bularni kim yaratgan?

Xudo osmonga yulduzlarni terib qo‘ygan–ku! Uning O‘zi har biriga nom bergan–ku!

O‘zining buyuk kuchi, ulug‘ qudrati bilan Har birini o‘z joyiga chiqarmay qo‘ymaydi.


27 Ey Yoqub nasli, nima uchun sen:

“Boshimga tushganni Egamiz ko‘rmaydi”, deysan?

Ey Isroil xalqi, nima uchun sen:

“Mashaqqatlarimni Xudoyim unutgan”, deb aytasan?

28 Nahotki bilmaysan? Nahotki eshitmagansan?

Egamizning O‘zi abadiy Xudo–ku! Butun olamni U yaratgan–ku!

U charchamaydi, holdan toymaydi,

Uning donoligini bilib bo‘lmaydi. 29 U toliqqanga kuch beradi, Zaifning kuchiga kuch qo‘shadi.

30 Hatto yoshlar charchaydi, holdan toyadi,

Yigitlar qoqilib, yiqiladi.

31 Egamizdan umid qilganlar esa Yangidan kuch oladi,

Burgut singari parvoz qiladi. Ular yugurib, charchamaydi, Yurib ham hech toliqmaydi.


41–BOB

Xudoning Isroil xalqiga bergan va’dasi

1 Egam aytar: “Mening oldimda sukut saqlang,

Ey dengiz ortidagi yurtlar! Xalqlarning kuchi qayta tiklansin. Ular yaqinroq kelib, gapirsinlar. Hukm qilishga birga yig‘ilaylik.


2 Kim sharqdan g‘olib shohni* chaqirdi?!

Kim uni O‘z xizmatiga chaqirdi?! Kim unga elatlarni bo‘ysundiradi?! Kim shohlarni oyog‘i ostida ezadi?! G‘olib shoh o‘z qilichi bilan

Ularni chopib tashlaydi,

Yoyi bilan ularni somonday uchiradi.

3 Ularni ta’qib qiladi,

Oyoq bosmagan yo‘ldan yuradi, O‘sha joylardan eson–omon o‘tadi. 4 Bu voqealar ortida turgan kim?!

Boshidan avlodlarni dunyoga keltirgan kim?! Men emasmi?!

Azaldan Men sizning Egangizman, Oxirgacha ham Egangiz bo‘laman.


5 Dengiz ortidagi yurtlar

Buni ko‘rib, qo‘rqadi.

Yer yuzining to‘rt burchidan titrab,

Ular yaqinlashib keladi.

6 «Qo‘rqmagin», deya hamma

Bir–biriga dalda beradi.

7 Mana, hunarmand odam Tilla ustasiga dalda beradi.

Misgar: «Ha, yaxshi chiqdi», deb Temirchiga dalda beradi.

Yiqilib tushmasin deb, butni mixlab qo‘yadi.


8 Ammo sen–chi, ey qulim Isroil,

Ey O‘zim tanlagan Yoqub nasli,

Do‘stim Ibrohimning avlodi!

9 Seni yerning to‘rt burchidan olib keldim,

Yerning olis burchaklaridan chaqirdim. Aytdimki: «Sen Mening qulimsan,

Seni tanladim, rad etmadim.»

10 Qo‘rqma, Men sen bilan birgaman,

Vahimaga tushma, Men sening Xudoyingman. Senga kuch beraman, O‘zim yordamga kelaman, G‘olib o‘ng qo‘lim bilan seni qo‘llayman.

11 Ha, senga qarshi bo‘lganlarning hammasi Sharmandayu sharmisor bo‘lib qoladi, Dushmanlaring yo‘q bo‘ladi, nobud bo‘ladi.

12 Urush qiladiganlarni izlab ham topa olmaysan, Sen bilan jang qilganlar tamomila tugab bitadi.

13 Men O‘zim, Egang Xudo, o‘ng qo‘lingni kuchaytiraman, Senga: «Qo‘rqma, O‘zim yordamga kelaman» degan Menman.”


14 Egamiz shunday aytmoqda: “Qo‘rqma, ey Isroil xalqi, Yoqub nasli! Sen kichkina bir chuvalchangdaysan. Ammo O‘zim senga yordam beraman. Men, Isroil xalqining Muqaddas Xudosi, Sening qutqaruvchingman.

15 Sendan bug‘doy yanchadigan xo‘ptir* yasayman,

Yangi, o‘tkir, tishli xo‘ptir qilaman, Sen tog‘larni yanchasan, ezasan, Tepaliklarni* somon qilasan.

16 Sen ularni sovurib tashlaysan, Ularni shamol uchirib ketadi.

Bo‘ron ularni to‘zg‘itadi,

Sen esa Men — Egang tufayli sevinch topasan, Isroil xalqining Muqaddas Xudosi ila maqtanasan.


17 Qashshoqlaru muhtojlar suv izlar,

Ammo suv yo‘q.

Og‘izlari chanqoqdan qurib ketgan.

Men, Egangiz, ularga javob beraman,

Men, Isroil xalqining Xudosi, ularni tark etmayman. 18 Yalang‘och tepaliklardan daryolar o‘tkazaman, Vodiylar o‘rtasida buloqlar ochaman.

Sahrolarni suv to‘la hovuzlarga aylantiraman,

Qaqragan yerda buloqlar ochaman.

19 Cho‘lda sadr, akas, zaytun daraxtlarini,

Hamda mirta butalarini* o‘stiraman,

Sahroda sarv, archa, qarag‘ay daraxtlarini o‘stiraman.

20 Mana, hamma ko‘rib bilsin,

Bularni Men, Egangiz,

O‘z qo‘lim bilan qilganimni ular tushunsin. Men, Isroil xalqining Muqaddas Xudosi, Bularni yaratganimni ular anglab yetsin.”

Butlar foydasizdir

21 Yoqub naslining Shohi — Egamiz, shunday deydi:

“Da’volaringizni ayting,

Isbotingizni keltiring.

22 Qani, butlaringizni olib keling, Kelajakda nima bo‘lishini Butlaringiz aytib bersin.

O‘tmishda bo‘lganlarni tushuntirsin–chi! O‘shalar haqida o‘ylab ko‘raylik.

Oxiri nima bo‘lishini bilaylik.

Ha, bo‘ladiganlarni bizga aytsin.

23 Ey butlar! Kelajakni bizga bildiring, Shunda xudo ekanligingizni bilamiz.

Biron yaxshilik yoki yomonlik qilib ko‘ring–chi, Ko‘rib, birgalikda vahimaga tushaylik.

24 Axir, sizlar hech nima emassiz, Ishlaringiz esa undan ham battar. Sizni tanlaganning o‘zi jirkanchdir.


25 Men shimoldan bir yetakchi* chaqirdim. Ana, u keladi.

Sharqdan kelib, Mening nomimga shuhrat keltiradi. Hukmdorlarni u tuproqday oyoq osti qiladi, Kulolning loyiday qilib tepkilaydi.

26 Kim buni oldindan aytibdiki, biz bilibmiz?!

Kim buni ilgari bildiribdiki, «U haq edi», deb aytsak?! Butlar bu haqda gapirmadi, xabar bermadi,

Hech kim ularning ovozini eshitmadi.

27 Men, Egangiz, birinchi bo‘lib bu xushxabarni Quddusga yetkazdim, Sionga elchi jo‘natib, shunday deb aytishni buyurdim:

Xalqing kelyapti! Ular uylariga qaytib kelishyapti!

28 Men butlarga qaradim,

Lekin ular Menga hech narsa aytmadi. Savolimga ular javob bermadi.

29 Qarang, butlarning hammasi soxta, Qilgan ishlari hech nima emas, Hamma butlar shamolday behuda.”

42–BOB

Egamiz tanlagan qul

1 Egam aytar: “Mana Mening qulim, O‘zim uni qo‘llab–quvvatlayman.

Men O‘zim uni tanlaganman.

Undan juda mamnunman.

Men unga O‘z Ruhimni berdim,

U elatlarga adolat keltiradi.

2 U baqirmaydi, qattiq gapirmaydi, Ko‘chalarda ovozini baland ko‘tarmaydi. 3 Ezilgan qamishni sindirmaydi, Tutayotgan pilikni o‘chirmaydi,

Sodiq bo‘lib, adolat keltiradi.

4 Yer yuzida adolat o‘rnatmaguncha

U holdan toymaydi, Uning jasorati so‘nmaydi. Dengiz ortidagi yurtlar

Uning yo‘l–yo‘riqlarini kutadi.”


5 Xudo, bizning Egamiz shunday aytmoqda: “Men osmonni yaratib, uni yoyganman*, Yerni yaratib, uni to‘ldirganman,

Yer yuzidagi insonlarga jon ato qilganman, Jamiki odamzodga hayot berganman.

6 Men, Egang, najot olib kelish uchun seni chaqirdim.

Men sening qo‘lingni kuchaytiraman, O‘zim seni himoya qilaman.

Xalqim bilan tuzgan ahdimni Sen orqali amalga oshiraman,

Jamiki elatlarga sen orqali nur sochaman. 7 Sen ko‘rlarning ko‘zlarini ochasan, Mahbuslarni zindondan ozod qilasan, Zulmatda o‘tirganlarni qutqarasan.

8 Men Egangizman! Mening nomim shudir!

Men shuhratimni birovga bermayman, O‘zimga munosib bo‘lgan hamdu sanoni Butlar bilan baham ko‘rmayman.

9 Men sizlarga kelajakdagi voqealarni Yuz bermasdan oldin aytyapman.

Oldin ayon qilganlarimga qarang,

Ana, o‘shalar bajo bo‘ldi–ku!”

Hamdu sano madhiyasi

10 Egamizga yangi bir qo‘shiq ayting!

Yer yuzining har bir chetidan Egamizni tarannum eting!

Ey kemalarda suzib keladiganlar, Dengizdagi barcha jonzotlar, Egamizga qo‘shiq ayting!

Ey dengiz ortidagi yurtlaru Bu yurtlarni to‘ldirganlar, Egamizga qo‘shiq ayting!

11 Sahrolar, u yerdagi shaharlar xitob qilsin, Kedar* qishloqlarining ahli shod bo‘lsin!

Sela* ahli shodlikdan kuylasin, Tog‘ cho‘qqilaridan hayqirsin! 12 Ular Egamizni ulug‘lasin, Dengiz ortidagi yurtlarda ham Unga hamdu sanolar aytsin!

13 Egamiz bahodir yigitday olg‘a bosadi,

U g‘ayratli jangchiday keladi, xitob qiladi. Hayqirib, dushmanlaridan ustunligini ko‘rsatadi.

Xudoning madadkor so‘zi

14 Egam aytar: “Uzoq vaqt sukut saqladim, Jim turdim, O‘zimni tutdim.

Endi esa tug‘ayotgan ayolday

Og‘ir nafas olaman, faryod qilaman. 15 Tog‘u tepaliklarni vayron qilaman, Jamiki o‘t–o‘lanni quritaman,

Irmoqlarni quruq yerga* aylantiraman, Hatto botqoqliklarni quritaman.

16 Ko‘zi ojizlarni bilmagan yo‘llaridan boshlab boraman, Ularni notanish so‘qmoqlardan olib boraman.

Ko‘zlaridagi zulmatni nurga aylantiraman, O‘nqir–cho‘nqir yo‘llarni tekislayman.

Mana shu aytganlarimni qilaman, Ularni tark etmayman.

17 Butlarga ishonganlar uyatga qoladi. Ha, butlarni «xudolarimiz» deydiganlar Sharmandayu sharmisor bo‘ladi.

Noshud Isroil xalqi

18 Eshiting, ey karlar,

Qarang, ko‘rib qo‘ying, ey ko‘rlar!

19 Mening qulimday ko‘r bo‘lgan bormi?!

Men yuborgan xabarchiday kar bo‘lgan bormi?! Men tanlaganlarimday ko‘r bo‘lgan bormi?!

Men, Egangizning quliday ko‘r bo‘lgan bormi?!

20 Ey xalqim! Ko‘p narsalarni ko‘rasiz–u, e’tibor bermaysiz,

Quloqlaringiz ochig‘u eshitmaysiz.”


21 O‘z adolati haqi, Egamiz O‘z qonunlarini

Ulug‘ va sharafli qilmoqni istadi*.

22 Ammo bu xalq talon–taroj qilingan*,

Hammasi zindonda tutqun, qamoqqa tashlangan.

Ular qo‘lga tushdi, qutqaradigani yo‘q.

Ular o‘lja bo‘ldi, “Qaytarib ber” deydigani yo‘q.

23 Qaysi biringiz bularni eshitasiz, E’tibor berib, o‘tmishga quloq solasiz?! 24 Yoqub naslini o‘lja qilib qo‘ygan kim? Isroil xalqini talonchilarga bergan–chi? Egamiz emasmi?!

Axir, biz Unga qarshi gunoh qildik–ku! Uning yo‘lidan yurishni istamadik, Uning yo‘l–yo‘riqlariga quloq solmadik.

25 Shu bois Egamiz qaqshatqich g‘azabini, Shafqatsiz urushni boshingizga keltirdi. Alanga sizni o‘rab olsa ham tushunmadingiz, Sizlarni kuydirsa ham, anglab yetmadingiz.


43–BOB

Isroil xalqining qutqaruvchisi Egamizdir 1 Endi, ey Yoqub nasli, seni yaratgan Egamiz gapirmoqda! Ey Isroil xalqi, seni barpo qilgan

Egamiz shunday aytmoqda:

“Men seni qutqardim,

Sening ismingni aytib chaqirdim,

Sen Menikisan, qo‘rqma!

2 Suvlardan o‘tganingda

Men sen bilan birga bo‘laman. Daryolardan o‘tganingda Suvlar seni ko‘mmaydi.

Olovdan o‘tganingda

Alanga seni yondirmaydi, Olov tafti seni kuydirmaydi.

3 Ha, Men Egang Xudodirman,

Isroil xalqining Muqaddas Xudosi — qutqaruvchingman.

Sen uchun to‘lov qilib Misrni berdim,

Habashiston*, Savo* yurtlarini sening o‘rningga berdim.

4 Ko‘z oldimda azizsan, qadrlisan,

Men seni sevaman.

Shu bois sening evazingga odamni,

Joning evaziga xalqlarni beraman.

5 Qo‘rqma, Men sen bilan birgaman, Naslingni sharqdan olib kelaman, Sizlarni g‘arbdan yig‘ib kelaman.

6 Shimolga: «Ularni ber», deyman.

Janubga: «Ularni ushlab qolma», deb aytaman.

O‘g‘illarim uzoqlardan,

Qizlarim yerning chetlaridan kelsin.

7 Menga tegishli bo‘lganlarni O‘z shuhratim haqi yaratdim,

O‘zim ijod qilib, ularni bino qildim.”


8 Egamiz shunday demoqda:

“Xalqimni yig‘inglar.

Ko‘zi bor, ammo ko‘r bo‘lgan,

Qulog‘i bor, ammo kar bo‘lgan xalqimni to‘planglar.

9 Jamiki elatlar birga yig‘ilsin. Qani, xalqlar kelib qo‘shilsin.

Ularning orasidan kim buni aytib beradi?! O‘tib ketgan narsalarni kim bizga bildiradi?! Guvohlarini chaqirib, haqligini isbotlasin, Boshqalar eshitib: «Bu to‘g‘ri», deb aytsin.” 10 Egamiz shunday aytmoqda:

“Sizlar Mening shohidimsizlar,

Sizlar Mening qulimsizlar.

Meni bilsin, Menga ishonsin, deb

Tanho Xudo Men ekanligimni bilsin, deb Sizlarni tanladim.

Mendan oldin biron xudo bo‘lmagan, Mendan keyin ham bo‘lmaydi.


11 Men Egangizman!

Yolg‘iz Men Egangizman,

Mendan boshqa qutqaruvchi yo‘q.

12 Men O‘zim aytdim, qutqardim, bildirdim, Orangizda boshqa biron xudo yo‘q.” Egamizning kalomi shudir:

“Men Xudoman, sizlar Mening shohidlarimsiz.

13 Ha, azaldan buyon Men O‘shaman,

Hech kim Mening qo‘limdan qutula olmaydi. Men qilganimni kim bekor qila oladi?!”

Egamiz Isroilni Bobilliklardan qutqaradi 14 Isroil xalqining Muqaddas Xudosi, qutqaruvchingiz — Egamiz shunday demoqda:

“Sizlarni deb Bobil ustiga lashkar yuboraman,

O‘zlari faxrlangan kemalarda

Bobilliklar* qochishga majbur bo‘ladilar.

15 Men Muqaddas Xudoyingiz — Egangizman,

Isroil xalqining Yaratuvchisi — Shohingiz Menman.”


16 Egamiz shunday demoqda:

“Men dengizni bo‘lib, yo‘l ochdim, Bahaybat suvlar ichra so‘qmoq qildim*. 17 Jang aravalariyu otlarni,

Lashkaru jangchilarni olib chiqdim. Ana ular yotibdilar, turmaydilar.

Pilikday miltirab, o‘chib qolganlar.


18 O‘tmishdagilarni yodga olmang, Qadimgilarni o‘ylayvermang.

19 Mana, Men yangi bir ish qilyapman.

Shu paytning o‘zidayoq sodir bo‘lyapti! Ko‘rmayapsizmi?! Men sahroda yo‘llar ochaman,

Ha, cho‘lda daryolar yarataman.

20 Hatto yovvoyi hayvonlar Meni ulug‘laydi, Chiyabo‘ri, tuyaqushlar ham Meni sharaflaydi. Zotan, tanlagan xalqimga suv beray deya, Sahroga suvlar yubordim,

Cho‘lda daryolar yaratdim.

21 Bu xalqni O‘zim uchun yaratganman.

Ular Menga hamdu sano aytsinlar.

Isroil xalqining gunohlari 22 Sen esa, ey Yoqub nasli, Menga sajda qilmading! Ey Isroil xalqi, sen Mendan bezor bo‘lding!

23 Sen Menga qo‘ylaringni atamading,

Ularni kuydiriladigan qurbonlik qilmading. Meni ulug‘lash uchun qurbonliklar keltirmading. Men nazr–qurbonliklarni sendan

Me’yoridan ko‘p talab qilmadim–ku! Xushbo‘y tutatqilarni sendan

Ortig‘i bilan so‘ramadim–ku!

24 Sen Menga xushbo‘y qamish sotib olmading. Qurbonliklar yog‘ini keltirmading,

Meni rozi qilmading.

Evoh, gunohlaring bilan Menga yuk bo‘lding,

Ayblaring bilan Meni charchatding.


25 O‘zimning haqi–hurmatim Ayblaringni kechiradigan Menman. Gunohlaringni yodga olmayman.

26 Qani, birga da’volashaylik. Gapir! Aybsizligingni isbotla–chi! Yodimga sol–chi!

27 Axir, eng katta bobong* gunoh qilgandi. Payg‘ambaru ruhoniylaring Menga qarshi chiqqandi. 28 Shu bois muqaddas maskanning

Boshliqlarini harom qilaman. Ha, Yoqub naslini halokatga,

Isroil naslini haqoratga hukm etaman.”


44–BOB

Xudo Isroil xalqini marhamatlaydi

1 Egam aytar: “Endi eshit, ey qulim Isroil!

Ey Yoqub nasli! Men seni tanlaganman.

2 Men, Egang, seni yaratganman, onang qornida senga shakl berganman. Sening madadkoring, Men, shunday aytmoqdaman:

«Qo‘rqma, ey aziz Isroil!*

Ey Yoqub nasli, Men seni tanlaganman. 3 Chanqoq yerga Men suv beraman, Qaqragan tuproqda irmoqlar oqizaman. Naslingga Ruhimni beraman,

Zurriyoting ustiga O‘z barakamni yog‘diraman. 4 Ular oqar suv bo‘yidagi tol daraxti kabi, Maysalar orasidan o‘sib chiqadi.

5 Biri: ‘Men Egamnikiman’, deb aytadi, Boshqasi Isroil xalqiga* qo‘shilay deb keladi. Yana biri qo‘liga ‘Egamniki’ deb yozadi–da, Isroil xalqining biriman, deb aytadi.»”

Butparastlar ahmoqdir 6 Isroil xalqining Shohi, ularning qutqaruvchisi, Sarvari Olam — Egamiz shunday aytmoqda: “Birinchiyu oxirgi Men O‘zimman,

Mendan boshqa Xudo yo‘q!

7 Kim Menga o‘xshaydi? Qani, gapirsin–chi! Qadimiy xalqni yaratganimdan beri

Nima bo‘lganlarini boshdan aytib bersin!

Kelajakda nima bo‘lishini bildirsin. 8 Vahimaga tushmang, qo‘rqmang! Men sizlarga nima bo‘lishini Oldindan e’lon qildim–ku!

Sizlar Mening guvohlarimsiz! Mendan boshqa Xudo bormi?! Yo‘q, boshqa Qoya yo‘q.

Men boshqa hech birini bilmayman!

9 But yasaydiganlarning hammasi hech narsadaydir. Xush ko‘rgan butlari hech foyda keltirmaydi. O‘sha butlarning guvohlari ko‘r, johildir. Shuning uchun ular sharmanda bo‘lib qoladi! 10 Axir, kim foydasiz xudolarning tasvirlarini yasaydi?! 11 Hali o‘sha butparast do‘stlarning hammasi sharmanda bo‘ladi. But tayyorlovchilarga qarang. Ular ham oddiy odamlar–ku! Qani, hammasi to‘plansin! Ular qo‘rquvga tushib, birgalikda sharmandayu sharmisor bo‘ladi.

12 But yasaydigan temirchi asbobini oladi. Buyumni ko‘mir cho‘g‘i ustida qizdiradi.

Bolg‘asi bilan uni yasaydi. Qo‘lining kuchi bilan ishlaydi. Qorni ochib, holdan toyadi. Tashnalikdan sillasi quriydi. 13 Duradgor ip bilan yog‘ochni o‘lchaydi. Xohlagan shaklini chizib olib, randa bilan ishlov beradi. Uni inson shaklida yasaydi. Unga inson chiroyini beradi–da, sajdagohga o‘rnatadi. 14 O‘rmonda sarv, eman daraxtlarini tanlaydi. U o‘zi uchun sadr daraxtlaridan kesib oladi. Yoki qarag‘ay daraxtini o‘tqazadi. Yomg‘ir esa o‘sha daraxtni o‘stiradi. 15 Keyin bular odamga o‘tin bo‘ladi. Odam yog‘ochning ba’zilarini olib isinadi. Ba’zilarini esa yoqib, non yopadi. Yana o‘ziga xudo ham yasab, unga sajda qiladi. But yasab, unga muk tushib, ta’zim qiladi! 16 U o‘tinlarning yarmini yoqadi. Olovda go‘sht pishirib, qornini to‘ydiradi. Isinib bo‘lgach: «Oh, oh, isinib oldim, olovning taftidan jonim orom olyapti», deydi. 17 Yog‘ochning qolganidan esa xudosini, o‘zining butini yasaydi. «Meni o‘zing qutqar, axir, sen mening xudoyimsan!» deb butga ibodat qiladi, muk tushib sajda etadi.

18 Ular hech narsani bilmaydilar, tushunmaydilar. Ko‘zlariyu yuraklarida to‘siq bor, ular ko‘rmaydi, tushunmaydi. 19 Birortasi ham o‘ylab ko‘rmaydi. «O‘tinning bir qismini yoqdim. Olovida non yopdim, go‘sht pishirib yedim. Endi qolganidan jirkanch narsa yasaymanmi?! Yog‘och g‘o‘lasiga ta’zim qilamanmi?!» deb aytishga aql–idrok yo‘q. 20 Eh, kul yeydiganlar! Aldangan qalbi uni adashtiradi. U o‘z jonini qutqara olmaydi.

«Qo‘limdagi shu narsa soxta–ku!» deb o‘ziga aytmaydi.


21 Ey Yoqub nasli! Ey Isroil xalqi! Bularni yodda tut!

Sizlar Mening qulimsiz. Men sizlarni yaratdim,

Ha, sizlar Mening qulimsiz!

Ey Isroil, Men sizlarni unutmayman!

22 Gunohlaringizni bulutday haydadim, Ayblaringizni tumanday tarqatdim, Sizlarni qutqarganman,

Menga qayting.”

Quddus qayta tiklanadi

23 Ey samolar, shodlikdan hayqiring! Mana, Egamiz ajoyib bir ish qildi!

Hayqiring, ey zaminning tubsiz joylari!

Shodlikdan hayqiring, ey tog‘lar,

Ey o‘rmon, o‘rmondagi har bir daraxt!

Ha, Egamiz Yoqub naslini qutqarib, O‘ziga oldi.

U Isroil xalqi orasida ulug‘lanmoqda.

24 Qutqaruvchingiz, onangiz qornida sizga shakl bergan Egamiz shunday aytmoqda:

“Hammasini yaratgan Men Egangizman, Yolg‘iz O‘zim samolarni yoyganman!* Bir O‘zim zaminni yaratganman!

25 Folbinlarning alomatlarini behudaga chiqaraman,

Bashoratgo‘ylarni laqillataman,

Donishmandlarga zarba berib,

Bilgan narsalarini nodonlikka chiqaraman. 26 O‘z qulimning bashoratini ijro etaman, Elchilarimning aytganlarini qilaman.

Men Quddus haqida:

«Bu yerda yana inson yashaydi», deb aytmoqdaman. Yahudo shaharlari haqida:

«Ular qaytadan quriladi,

Vayronalarini tiklayman», deb aytmoqdaman.

27 Chuqur suvlarga shunday deyman:

«Qurib bit! Daryolaringni quritaman.»

28 Shoh Kurush* haqida shunday deyman:

«U Mening cho‘ponim.

Mening barcha xohishimni u bajaradi.» Kurush shunday deydi:

«Quddus qayta qurilsin,

Ma’bad yana tiklansin.»”


45–BOB

Shoh Kurush — Egamizning tanlagani

1 Egam aytar: “Men shoh Kurushni* o‘ng qo‘lidan tutib turibman.

Xalqlarni unga itoat ettiray deya, Shohlarni qurolsizlantiraman.

Uning oldida eshiklar ochiq turadi,

Darvozalar yopilmaydi.”

Egamiz O‘zining tanlagani — Kurushga shunday aytmoqda:

2 “Men O‘zim Sening oldingda boraman, Tog‘larni* tekislikka aylantiraman, Bronza eshiklarni parchalayman, Temir tambalarni sindiraman.

3 Men Egang ekanligimni bilib olgin, Sening ismingni aytib chaqirayotgan Men

Isroil xalqining Xudosi ekanligimni anglagin deb,

Yashirib qo‘yilgan boyliklarni, Zulmatdagi xazinani senga beraman. 4 Qulim Yoqub haqi,

O‘zim tanlagan Isroil haqi,

Sening ismingni aytib chaqirdim. Senga nom ato qildim,

Ammo sen Meni bilmaysan.

5 Men Egangman, boshqasi yo‘q, Mendan o‘zga xudo yo‘q!

Senga madad beraman, Ammo Meni bilmaysan.

6 Mendan boshqasi yo‘qligini

Sharqu g‘arbda hamma bilsin, dedim.

Men Egangman, boshqasi yo‘q!

7 Men yorug‘lik yarataman, zulmat bino qilaman, Farovonlik yuboraman, kulfat yog‘diraman.

Men Egangman!

Bularning hammasini Men qilaman!


8 Ey samolar, yuqoridan solihlik yog‘diring,

Ha, solihlik bulutlardan quyilsin. Yerdan najot unib chiqsin, Solihlik bilan birga yashnasin.

Men Egangizman! Men uni yaratganman.”


9 Holingizga voy!

Ey Yaratuvchi bilan bahslashadiganlar!

Tuproqdan yasalgan ko‘zayu xumlar!

Axir, loy kulolga: “Nima qilyapsan?” deydimi?! “Qo‘lingdan ish kelmas ekan!” deb aytadimi?! 10 Tug‘ilmagan homila otasiga:

“Nima tug‘diryapsiz o‘zi?” deb aytadimi?!

Onasiga: “Nimaga meni tug‘yapsiz o‘zi?” deydimi?!

Sizlarning holingizga voy!

11 Isroil xalqining Muqaddas Xudosi,

Uning Yaratuvchisi — Egamiz shunday aytmoqda:

“Xo‘sh, endi O‘z farzandlarimning Taqdiri haqida Meni so‘roqqa tutasizmi?! O‘z qo‘llarim ijodi to‘g‘risida

Menga ko‘rsatmalar berasizmi?!

12 Zaminni barpo qilgan,

Yer yuzida insonni yaratgan Menman.

Men O‘z qo‘lim bilan osmonni yoydim,

Barcha samoviy jismlarga Men buyruq berdim.

13 Men O‘zim Kurushni qo‘zg‘atib, Unga g‘alaba beraman.

Uning barcha yo‘llarini tekislayman.

U Mening shahrimni quradi.

Porayu mukofot olmasdan

Mening asirlarimni qo‘yib yuboradi.”

Sarvari Olam shunday dedi.

Egamiz tanho Xudo va najotkordir 14 Egamiz aytmoqda: “Misrning boyliklari, Habashistonning* xazinalari seniki bo‘ladi!

Savo yurtining* baland bo‘yli odamlari senga keladi.

Ular senga ergashadi.

Zanjirband bo‘lib, senga ta’zim qiladi. Yolvorib: «Ha, Xudo sizning orangizda! Undan boshqa Xudo yo‘q!» deydi.”


15 Ey Isroil xalqining Xudosi — qutqaruvchi! Haqiqatan ham, Sen O‘zini yashiradigan Xudosan. 16 But yasaydiganlar birgalikda uyatga qoldi.

Hammasi sharmandayu sharmisor bo‘ldi.

17 Isroilni esa Egamiz qutqardi, To abad najot berdi!

Ey Isroil xalqi, sizlar sharmanda bo‘lmaysiz,

To abad uyatga qolmaysiz!


18 Egamiz Samolarni yaratgan, U Xudodir!

U yerni barpo qilgan, mustahkamlagan.

Yerni bo‘sh qilib emas, Yashashga loyiq qilib yaratgan. U shunday deb aytmoqda:

“Men Egangizman, boshqasi yo‘q. 19 Men sizlarga yashirin joyda, Zimziyo yurtda gapirmadim.

Men Yoqub nasliga: «Bo‘sh joylardan

Meni qidiring!» deb aytmadim. Men Egangizman.

Haqiqatni aytaman,

To‘g‘risini e’lon qilaman.


20 Ey xalqlarning omon qolganlari, Yig‘ilinglar, yaqinlashib, birga kelinglar! Yog‘och butlarini olib yuradiganlar, Qutqarmaydigan xudoga ibodat qiladiganlar Hech narsani anglab yetmaydilar.

21 Gapiring, isbot keltiring.

O‘zaro maslahatlashing.

Bu to‘g‘rida kim qadimdan xabar berdi?

Azaldan kim aytib bergan edi?

Men Egangiz emasmi?!

Mendan boshqa Xudo yo‘q!

Men odil Xudoman, qutqaruvchiman!

Mendan boshqasi yo‘q.

22 Menga yuz buring, najot topasiz, Ey zaminning barcha chetlari!

Ha, Men Xudoman, boshqasi yo‘q.

23 O‘zim haqim ont ichdim*,

Og‘zimdan to‘g‘ri so‘z chiqdi, behuda ketmas: Mening oldimda har bir odam tiz cho‘kadi, Har bir til Menga sadoqat qasamini ichadi.

24 Men haqimda: «Faqatgina Egamizda adolat, qudrat bor», deb aytadilar.

Mendan g‘azablanganlarning hammasi Menga keladilar, ular uyalib qoladilar. 25 Ammo butun Isroil nasli

Men — Egasi tufayli najot topadi.

Ular maqtovga sazovor bo‘ladi.”


46–BOB

1 Egam aytar: “Xudo Bel tiz cho‘kdi, xudo Navo* bukildi.

Ularning butlari molu hayvonga yuk bo‘ldi. Oldin ko‘tarib yurganlaringiz

Endi toliqqanga yuk bo‘ldi.

2 Ular egildi, birga tiz cho‘kdi, Ular endi yukni qutqara olmaydi, O‘zlari esa asir bo‘lib ketadi.


3 Ey Yoqub nasli! Menga quloq soling! Ey Isroil naslining omon qolganlari!

Ey xalqim! Tug‘ilganingdan beri seni onaday ko‘tarib yurdim,

Ha, dunyoga kelmasingdan oldin Men tayanching bo‘ldim.

4 Keksayguningcha ham Men O‘shaman, Soching oqarganda ham seni ko‘tarib yuraman. Men seni yaratganman, O‘zim seni ko‘taraman. O‘zim seni ko‘tarib, qutqaraman.


5 Meni kimga o‘xshatasan?!

Kimga tenglashtirasan?! Meni kimga taqqoslaysan?!

Nima, Men o‘shalar bilan teng bo‘lib qoldimmi?! 6 Mana, odamlar hamyondan tilla chiqaradilar. Kumushni tarozilarda tortadilar.

Usta yollab, xudo yasattiradilar. Ular o‘sha xudosiga ta’zim qiladilar. Ha, unga sajda qiladilar.

7 O‘sha xudosini opichlab olib ketadilar, Uni joyiga o‘rnatib, turg‘izib qo‘yadilar. U joyidan qimirlamay turaveradi.

Kimdir unga yolvorganda, javob bermaydi, Mashaqqatidan xalos qila olmaydi.


8 Buni yodda tuting, mahkam bo‘ling! Ey isyonkorlar, buni esga olib turing! 9 Azaldan bo‘lganlarni yodda tuting! Axir, Men Xudoman, boshqasi yo‘q!

Men Xudoman, Menga o‘xshagani yo‘q!

10 Oxirida nima bo‘lishini boshidayoq aytaman. Sodir bo‘lmaganlarni oldindan bildiraman.

«Niyatlarim bajo bo‘ladi,

Barcha istaklarimni ijro etaman», deb aytmoqdaman.

11 Sharqdan yirtqich qushni chaqiryapman. Ha, xohishimni bajaradiganni

Uzoq yurtdan chaqiryapman*.

Men O‘z aytganimni bajo qilaman! Ha, o‘ylaganimni amalga oshiraman!


12 Menga quloq soling, ey o‘jarlar! G‘alaba uzoq, deb o‘ylaganlar!

13 Mana, Men g‘alaba keltiraman, u uzoqda emas.

Kechiktirmay najot beraman.

Ha, Quddusga* najot ato qilaman,

Isroilga O‘z ulug‘vorligimni beraman.”


47–BOB

Go‘zal ayolga o‘xshagan Bobil hukm qilinadi

1 Egam aytar: “Pastga tush, tuproqqa o‘tir,

Ey bokira qiz* Bobil!

Yerga o‘tir, endi taxting yo‘q,

Ey qiz Bobil!*

Mana endi sen to‘g‘ringda:

«Naqadar nozik, mayindir», deb aytmaslar. 2 Qani, tegirmon toshini ol, don yanchgin. Yopinchig‘ingni yech, etagingni yig‘ishtir, Boldiringni och, daryolardan kechib o‘t*.

3 Yalang‘och joylaring ochiladi, Sharmandaliging ko‘rinib qoladi. Men qasos olaman,

Hech kimga shafqat qilmayman.”


4 Qutqaruvchimiz Isroil xalqining Muqaddas Xudosidir.

Uning nomi Sarvari Olamdir.


5 Egam aytar: “Jim o‘tir, qiz Bobil!* Zulmatga jo‘na! Endi seni «Yurtlarning malikasi» deb aytmaydilar. 6 Men xalqimdan g‘azablandim,

O‘z mulkimni harom qildim. Ularni sening qo‘lingga berdim. Sen esa ularga shafqat qilmading, Hatto keksalarning yelkasiga ham G‘oyat og‘ir bo‘yinturuq solding.

7 Shunda: «Men to abad olamning malikasi bo‘laman», deb aytding.

Ammo bularning nima bilan tugashini

O‘ylab ko‘rmading, aqlingga keltirmading.


8 Endi bunga quloq sol! Ey hashamatni sevuvchi!

Bexatar o‘tirib, o‘zingcha aytasan:

«Mendan boshqa malika yo‘q,

Tul qolmasman, farzand dog‘ini ko‘rmasman.»

9 Ko‘p sehr–jodularingga qaramay, Kuchli afsunlaringga qaramay, Mana shu ikkalasi ham

Bir kunda boshingga tushadi:

Sen hamma bolalaringdan ayrilasan,

Tul bo‘lib qolasan.


10 O‘z yovuzligingga ishonding,

«Meni hech kim ko‘rmaydi», deding. Donoliging, biliming seni yo‘ldan adashtirdi, O‘zingga: «Mana, men!

Mendan boshqasi yo‘q», deding.

11 Mana, boshingga kulfat tushadi, Uni sehr–jodu bilan daf qilolmaysan. Boshingga baxtsizlik yog‘iladi,

Sen uni qaytara olmaysan. Halokat senga birdaniga keladi, Bu tushingga ham kirmagan.


12 Qani, sehr–joduingni ishga sol,

Ko‘proq afsungarlik qil,

Axir, sen yoshligingdan

Bunday ishlarga odatlangansan. Balki biron narsaga erisharsan, Balki birontasini qo‘rqitarsan.

13 Olgan maslahatlaring ko‘pligidan

Sen charchab qolding.

Qani, endi o‘sha munajjimlaring, ta’birchilaring?

Har yangi oy chiqqanda taqdiringdan bashorat qiladiganlar qani? Ular kelsin–chi!

Endi o‘shalar seni qutqarsin.


14 Ana, hammalari somonga o‘xshab qoldi–ku! Olov ularni yamlamay yutadi!

Jonlarini olovdan qutqarolmaydi.

Isinish uchun ko‘mirlari bo‘lmaydi.

Taftidan bahra olish uchun gulxani bo‘lmaydi*.

15 Yoshligingdan sen bilan oldi–berdi qilgan har bir odam,

Sen bilan birga ishlaganlarning hammasi shunday bo‘lib qoladi. Ular o‘z yo‘liga qarab ketadi!

Seni qutqaradigan biror kimsa bo‘lmaydi.”


48–BOB

Xudoning isyonkor xalqi

1 Eshiting buni! Ey Yoqub nasli! Ey Isroil nomi bilan ataladiganlar, Yahudo urug‘idan chiqqanlar!

Sizlar Egamizning nomi bilan qasam ichasizlar, Isroil xalqining Xudosini tilga olasizlar,

Ammo haqiqat va solihlik bilan emas.

2 Ha, sizlar o‘zingizni muqaddas shahar* nomi ila atadingiz, Isroil xalqining Xudosiga tayandingiz,

Axir, Uning nomi Sarvari Olamdir.


3 Egamiz sizlarga shunday dedi:

“Bo‘lib o‘tganlarni oldindan Men aytdim, Og‘zimdan chiqishi bilan bularni bildirdim, Birdaniga harakat qildim va ular sodir bo‘ldi. 4 Axir, qaysarligingni Men bilaman–ku!

Bo‘yning temirday, peshanang bronzaday qattiq!

5 «Bularni mening sanamim qildi, Quyma, o‘yma butlarim amr qildi», deb Aytmagin, deya Men oldindan aytdim,

Bajo bo‘lmasdan oldin, bo‘lib o‘tganlarni bildirdim.

6 Bularning hammasini eshitding, Nahotki endi e’tirof etmasang?! Hozirdan boshlab yangilarini, O‘zing bilmagan yashirin narsalarni Senga eshittirdim.

7 Bular hozir yaratildi, qadimda emas, Bu to‘g‘rida sen ilgari eshitmagansan. Yo‘q! Sen: «Men bularni bilaman–ku!»

— deb ayta olmaysan.

8 Ha, eshitmagansan, bilmaysan ham,

Hatto azaldan ham quloqlaring ochilmagandi. Men bilaman–ku xiyonatkor ekanligingni, Tug‘ilganingdanoq sen isyonkor deb atalgansan. 9 O‘zimning ismim haqi g‘azabimni bosyapman, Sharafim haqi O‘zimni tutyapman,

Bo‘lmasa, seni yo‘q qilgan bo‘lardim.

10 Mana, Men seni pokladim, Ammo kumushday qilib emas. Seni kulfat o‘chog‘ida sinadim.

11 O‘z haqim, ha, O‘z haqim uchun shunday qilaman!

Axir, nimaga Men badnom bo‘lishim kerak?! Shuhratimni birovga berib qo‘ymayman.

Isroil Bobil zulmidan xalos bo‘ladi

12 Menga quloq tut, ey Yoqub nasli! O‘zim chaqirgan Isroil xalqi, eshit! Men O‘shaman!

Boshi ham, oxiri ham Men O‘zimman.

13 Ha, Mening qo‘lim zaminning poydevorini* qo‘ygan, Samolarni yoygan Mening qo‘limdir.

Men ularni chaqirganimda Ular birgalikda turadi.

14 Hammangiz to‘planib, eshiting! Butlarning qaysisi bularni bildirdi?! Kurushni* Men, Egangiz, yaxshi ko‘raman. U Bobilda Mening niyatimni bajo keltiradi. Mening qo‘lim Bobilliklarga* qarshi bo‘ladi. 15 Men aytdim! Ha, Men O‘zim aytdim!

Uni Men chaqirganman! Uni Men olib keldim,

U g‘alabaga erishadi.

16 Menga yaqinlashing! Bunga quloq soling! Azaldan hech narsani yashirmay aytdim, Boshidanoq Men o‘sha yerdaman.”


Mana endi Egamiz Rabbiy meni

Hamda O‘z Ruhini yubormoqda*.

17 Qutqaruvchingiz, Isroil xalqining Muqaddas Xudosi —

Egamiz shunday aytmoqda:

“Men Egangiz Xudoman!

Yaxshi bo‘ling deb, sizlarga yo‘l–yo‘riq ko‘rsataman, Yuradigan yo‘llaringizdan yetaklayman.

18 Qaniydi amrlarimga quloq solganingizda!

O‘shanda farovonligingiz daryoday bo‘lardi,

Zafaringiz dengiz to‘lqinlariday bo‘lardi.

19 Urug‘ingiz qum kabi bo‘lardi,

Naslingiz qum zarralariday son–sanoqsiz bo‘lardi. Ularning nomi o‘chib ketmagan bo‘lardi,

Mening oldimdan yo‘qotilmagan bo‘lardi.”


20 Endi Bobildan chiqib keting, Bobilliklardan qoching.

Shodlik hayqiriqlari ila e’lon qiling! Dunyoning to‘rt chetiga bu xabarni yetkazing!

“Egamiz O‘z qullari, Yoqub naslini qutqardi”, deb ayting!

21 Egamiz ularni sahrodan olib borganda, Ular tashnalikdan qiynalmadilar.

Xudo ular uchun qoyadan suv chiqardi*. U qoyani yordi, suvlar pishqirib chiqdi.


22 “Yovuzlarga omonlik yo‘q”, deydi Egamiz.


49–BOB

Isroil boshqa xalqlarga chiroq bo‘ladi

1 Quloq soling, ey dengiz ortidagi yurtlar!

E’tibor bering, ey uzoqdagi xalqlar! Tug‘ilmasimdan oldin Egam meni chaqirdi, Ona qornida bo‘lganimdayoq

U ismimni aytib chaqirdi.

2 U tilimni o‘tkir qilichday qildi, Qo‘lining soyasida U meni yashirdi. U meni uchli o‘qday qildi, O‘qdoniga meni yashirdi.

3 U menga shunday dedi:

“Sen Mening qulimsan,

Ey Isroil, Men sen tufayli shuhrat topaman.”

4 Men shunday dedim:

“Men bekorga mehnat qildim, Kuchimni behuda, befoyda sarf etdim.” Ammo Egam meni hukm qiladi–ku, Mukofotlash Xudoyimning qo‘lidadir.


5 Endi Egam gapirdi.

Yoqub naslini Unga qaytarsin deb,

Isroilni Uning oldiga to‘plasin deb,

Onam qornidayoq meni O‘z quli qilib yaratdi. Egamning ko‘zi oldida men shuhrat topaman, Xudoyim mening kuch–qudratim bo‘ldi.

6 U shunday dedi:

“Ha, sen Yoqub qabilalarini qayta tiklaysan,

Isroilning omon qolganlarini

O‘z yurtiga qaytarib olib kelasan.

Biroq seni faqat shuning uchungina qulim qilmadim. Men seni boshqa xalqlarga nur qilaman,

Toki Men beradigan najot yerning chetigacha yetib borsin.”


7 Isroil xalqining qutqaruvchisi, Ularning Muqaddas Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda:

“Ey xoru zor bo‘lgan bechora qulim,

Sen xalqlarning* nafratiga uchragansan, Hukmdorlarning quliga aylangansan.

Biroq senga aytamanki,

Seni ko‘rib, shohlar o‘rnidan turadi, Hukmdorlar tiz cho‘kib ta’zim qiladi. Isroil xalqining Muqaddas Xudosi —

Sodiq Egangiz haqi–hurmati shunday qiladi. Axir, U seni tanlagan–ku!”

Isroil qayta tiklanadi

8 Egamiz shunday aytmoqda: “Muruvvat payti kelganda, Men senga javob berdim, Najot kuni kelganda,

Men senga yordam berdim. O‘zim seni himoya qilaman, Xalqim bilan tuzgan ahdimni Sen orqali amalga oshiraman. Toki yurt qayta tiklansin,

Tashlandiq mulklar taqsimlansin.

9 Mahbuslarga: «Chiqinglar!» demoqdaman. Zulmatdagilarga: «Ko‘rininglar!» deb aytmoqdaman. Yo‘l bo‘yida ular o‘tloqlar topadi,

Tap–taqir qirlar ularning yaylovi bo‘ladi.

10 Ular na ochlikni, na tashnalikni biladi,

Na garmsel*, na jazirama quyoshdan azob chekadi. Mehr–shafqat ko‘rsatib, ularni yetaklayman,

Ularni buloqlarga boshlab boraman.

11 Hamma tepaliklarimni tekis yo‘l qilaman, Jarliklarni to‘ldirib, yo‘llar barpo etaman.

12 Mana, ular uzoqlardan keladi. Qarang, ular shimoldan, g‘arbdan, Sinim yurtidan* ham keladi.”


13 Shodlikdan kuylang, ey samolar,

Xursand bo‘l, ey zamin! Qo‘shiqqa jo‘r bo‘ling, ey tog‘lar! Egamiz xalqiga tasalli berdi, Ezilgan xalqiga rahm qildi!


14 Ammo Quddus* shunday dedi:

“Egam meni tark etdi, Rabbim meni unutib qo‘ydi.”

15 Egam aytar: “Axir, ayol kishi emizikli bolasini unutadimi?! O‘zi tuqqan bolasiga rahm qilmaydimi?!

Agar xotinlar bolasini unutsalar ham, Men seni aslo unutmayman!

16 Qara, sening nomingni kaftimga yozib qo‘ydim, Ey Quddus, doimo ko‘z o‘ngimdasan!

17 Hademay, farzandlaring qaytib keladi, Seni vayron qilib, yo‘qotmoqchi bo‘lganlar Sendan chiqib ketadi.

18 Boshingni ko‘tarib, atrofga qara,

Hamma farzandlaring to‘planib, oldingga kelishdi.”

Egamiz shunday demoqda:

“Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi aytamanki, Hammasi zebu ziynatday seni bezatib turadi, Kelinchakday ularni taqinchoq qilib taqasan.

19 Ha, yering kimsasiz, huvullab qolgandi, Yurting vayronaga aylangandi.

Endi esa odam ko‘pligidan tor bo‘lib qoladi, Buzg‘unchilar sendan uzoqda yuradi.

20 Asirlikda tug‘ilgan farzandlaring

Hali senga shunday deydi:

«Bu joy bizga torlik qilyapti, Joy bering, biz ham yashaylik.»

21 Shunda o‘zingga o‘zing deysan:

«Ularni menga kim tug‘ib berdi?

Farzandsiz edim, tug‘mas bo‘lib qolgandim. Surgunda edim, xor bo‘lgandim.

Ularni kim menga katta qilib berdi?

Yolg‘iz o‘zim qolgandim–ku,

Endi ular qayerdan kelib qoldi?»”


22 Egamiz Rabbiy shunday aytmoqda:

“Mana, Men xalqlarga qo‘l ko‘tarib, ishora beraman, Elatlarga bayrog‘imni ko‘taraman.

Bolalaringni ular qo‘llarida ko‘tarib keladi, Qizlaringni ular opichlab keladi.

23 Shohlar senga xizmat qilib, boqadi,

Malikalar senga enagalik qiladi. Boshlari yerga tekkuday bo‘lib, Ular senga ta’zim qiladi,

Oyoqlaring changini yalab–yulqaydi. O‘shanda Men Egang ekanligimni bilasan. Menga umid bog‘lagan sharmanda bo‘lmaydi.”


24 Biror kimsa kuchli jangchidan

O‘ljani olib qo‘ya oladimi?!

Nahotki zolimning* qo‘liga asir tushgan qutula olsa?!

25 Egamiz esa shunday aytmoqda:

“Mana, kuchli jangchidan asirlar tortib olinadi, Zolimga o‘lja bo‘lganlar qutqariladi!

Senga qarshi chiqqanlarga Men qarshi chiqaman,

Sening bolalaringni Men O‘zim qutqaraman!

26 Senga zulm qilganlarga o‘z tanasini yediraman,

Ular sharob ichganday bo‘lib, o‘z qonidan mast bo‘ladi.

Shunda jamiki odamzod

Men, Egang, najotkoring va qutqaruvching ekanligimni,

Yoqub naslining qudratli Xudosi ekanligimni bilib oladi.”


50–BOB

Isroil xalqining gunohi

1 Egamiz shunday aytmoqda:

“Men onangizni haydab yuborgan edim,

Uning taloq xati qani?

Xo‘sh, sizni qaysi qarz beruvchimga sotibman? Mana, gunohlaringiz tufayli sotildingiz, Itoatsizligingiz dastidan onangiz haydaldi.

2 Kelganimda nega biron kimsa yo‘q edi? Chaqirganimda nega hech kim javob bermadi? Sizni qutqarishga Mening qo‘lim qisqami?

Yoki sizni ozod qilishga kuchim yetmasmi? Bir tahdid qilsam dengiz quriydi, Daryolarni cho‘lga aylantiraman.

Suvlar qurib, baliqlari sasiydi,

Suv yo‘qligidan baliqlar o‘lib ketadi.

3 Samolarga qora kiydiraman,

Qanorni ularning yopinchig‘i qilaman.”

Egamizning itoatkor quli

4 Toliqqanlarga so‘z bilan madad bersin deb, Egam Rabbiy menga dono til berdi.

Har tong U meni uyg‘otadi,

Donolarday tinglasin deb, qulog‘imni ochadi.

5 Egam Rabbiy qulog‘imni ochdi,

Men itoatsizlik qilmadim,

Men Undan yuz o‘girib ketmadim.

6 Meni urganlarga kiftimni ochdim, Soqolimni yulganlarga yuzimni tutdim,

Haqorat, tupurishlardan yuzimni yashirmadim.

7 Egam Rabbiy menga madad beradi,

Shu bois men hech sharmanda bo‘lmadim. Azoblarga bardosh berishga qaror qildim, Bilaman, sharmanda bo‘lmayman.

8 Meni oqlaydigan yaqinimdadir,

Men bilan da’volashadigan kim, yuzlashaylik–chi! Qani raqiblarim? Menga qarshi chiqsin!

9 Mana, Egam Rabbiy menga madad beradi, Qani, kim meni aybdor deb ayta oladi?!

Qarang, ularning hammasi kiyim kabi eskiradi, Ularni kuya yeb tamom qiladi.


10 Orangizdan kim Egamizdan qo‘rqadi?

Kim qulining ovoziga quloq soladi?

Zulmatda yurganlar, nurdan mahrum bo‘lganlar Egamizning nomiga umid bog‘lasin,

Ha, o‘zining Xudosiga tayansin!

11 Axir, hammangiz alanga yoqyapsiz,

Mash’allar yoqyapsiz.

Alangangiz yorug‘ida yuravering,

O‘zingiz yoqqan mash’ala yorug‘ida yuravering. Qarang, Xudo sizlarni ne ko‘yga soladi:

U boshingizga azob–uqubat keltiradi.


51–BOB

Xudo O‘z xalqiga tasalli beradi

1 Egam aytar: “Ey najotga umid bog‘laganlar,

Men, Egangizga intilayotganlar, Menga quloq soling!

Qayerdan kelib chiqqaningizga e’tibor bering: Qoyangizga qarang, siz undan kesib olingansiz, Koningizga qarang, siz undan qazib olingansiz. 2 Ha, otangiz Ibrohimga boqing,

Sizni tuqqan Soraga qarang.

Ibrohimni chaqirganimda, u yolg‘iz edi,

Men unga baraka berib, ko‘paytirdim.


3 Mana, Men, Egangiz, Quddusga* tasalli beraman,

Uning barcha vayronalariga tasalli beraman. Uning sahrosini Adan bog‘iga aylantiraman, Uning cho‘lini Mening bog‘imday qilaman.

U yerda shodlik, sevinch bo‘ladi,

Shukronalik va qo‘shiq sadolari yangraydi.


4 Ey xalqim! Menga quloq soling! Quloq tuting Menga, ey elatim!

Mana, ta’limot Mendan chiqib boradi, Adolatim xalqlarga nur bo‘ladi.

5 Men beradigan najot o‘z yo‘liga chiqdi, Men g‘alaba qozonadigan vaqt yaqinlashdi.

Xalqlar orasida qo‘lim ila adolat o‘rnataman, Dengiz ortidagi yurtlar Menga umid bog‘laydi, Bilagimning kuchidan ular umid qiladi.

6 Ko‘zlaringizni samolarga qarating,

Pastga, yer yuziga nazar soling. Samolar tutun kabi yo‘qoladi, Zamin kiyim kabi to‘zib bitadi. Zamin ahli chivinday o‘lib ketadi,

Men beradigan najot esa to abad bo‘ladi, Mening g‘alabam bekor qilinmaydi.


7 Ey ta’limotimni qalbiga jo qilganlar, Sizlar nima to‘g‘ri ekanligini bilasizlar. Menga quloq soling!

Inson haqoratlaridan qo‘rqmanglar, Ularning tahqirlaridan xafa bo‘lmanglar.

8 Kuya kiyimni, qurt junni yeb bitirganday,

Ular ham yo‘q bo‘lib ketadi.

Mening g‘alabam esa abadiy bo‘ladi, Najotim nasllar bo‘yi davom etadi.”


9 Uyg‘on, uyg‘on, ey Egam! Kuch–qudratingga burkangin! Uyg‘on qadimgi paytlardagiday, Azaliy nasllar davridagiday.

Maxluq Rahobni* parchalagan Sen emasmiding?!

Ajdarga tig‘ sanchgan Sen emasmiding?! 10 Sen emasmiding dengizni quritgan, G‘oyat tubsizlikdagi suvlarni quritgan?! O‘zingga tegishli bo‘lganlar o‘tsin deb,

Dengiz tubini yo‘l qilgan Sen emasmiding?! 11 Egamiz qutqarganlar qaytib keladi, Qo‘shiq aytib Quddusga keladi.

Abadiy shodlik ularning boshida toj bo‘ladi.

Ular shodlik, sevinchga yetishadi,

Qayg‘u, nadomat ulardan uzoqqa qochadi.


12 Egam aytar: “Men O‘zim sizlarni yupataman!

Kimdan qo‘rqasiz? O‘ladigan bandadanmi? Maysaga o‘xshab so‘liydigan inson zotidanmi?!

13 Samolarni yoygan*, zamin poydevorini* o‘rnatgan, Sizlarni yaratgan Men, Egangizni unutib qo‘ydingiz. Sizni qirmoqchi bo‘lgan zolimning g‘azabidan

Har doim titrab–qaqshab turasiz. Ammo qani endi zolimning g‘azabi?! 14 Mazlumlar tez orada ozod bo‘ladi, Ular o‘lmaydi, qabrga tushmaydi, Nonga zor bo‘lmaydi.

15 Men Egangiz Xudoman.

Dengizni qo‘zg‘atadigan,

To‘lqinlarni guvullatadigan Menman.

Mening nomim Sarvari Olamdir!

16 Og‘zingizga so‘zlarimni soldim, Sizlarni qo‘lim soyasida yashirdim. Samolarni o‘rnatganman,

Zamin poydevorini qo‘yganman.

Quddusga: «Sen Mening xalqimsan», deganman.”

Quddusning azoblari tugaydi

17 Uyg‘on, uyg‘on ey Quddus, oyoqqa tur!

Sen Egangning qo‘lidagi g‘azab kosasidan* ichding! Tagidagi quyqumigacha ichib,

Gandiraklab qolding.

18 O‘zing tuqqan shuncha o‘g‘illar orasidan Seni yetaklaydigan birontasi ham yo‘q.

O‘zing o‘stirgan shuncha o‘g‘illar orasidan Qo‘lingdan tutadigan birontasi yo‘q.

19 Boshingga qo‘sh falokat keldi,

Kim senga tasalli beradi?!

Atrofingda talonchiligu halokat, ochligu qilich, Kim seni yupata oladi?!*

20 Har bir ko‘cha boshida O‘g‘illaring sulayib yotibdi.

Ular to‘rga tushgan kiyiklar kabidir.

Egangiz bor qahr–g‘azabiyu O‘z tanbehi bilan

Ularni shu ahvolga soldi.


21 Shu bois endi bunga quloq soling, Ey azob chekkanlar!

Sizlar mastsiz, ammo sharobdan emas!

22 O‘z xalqini himoya qiladigan Xudoyingiz, Egangiz Rabbiy shunday aytmoqda: “Mana, sening qo‘lingdan Gandiraklatadigan kosani oldim.

Endi g‘azabim kosasidan boshqa ichmaysan.

23 Uni senga azob berganlarning qo‘liga beraman.

Ular senga: «Yerga yot, ustingdan

Bosib o‘taylik», degan edi. Yelkalaring ularga yer kabi bo‘ldi. Sen o‘zing yo‘lday bo‘lding,

Ular ustingdan bosib o‘tdi.”


52–BOB

Xudo Quddusni qutqaradi

1 Uyg‘on, uyg‘on, ey Quddus,

Kuch–qudratga to‘lgin. Ajoyib kiyimlaringni kiygin, Ey Sion, muqaddas shahar!

Mana endi sunnatsizlar, nopoklar Darvozalaringdan ichkari kirmaydi! 2 Qani, tur, tuproqni qoqib tashla!

Ey Quddus, o‘z taxtingga o‘tir! Bo‘yningdagi zanjirni uzib tashla, Ey asira qiz* Sion!


3 Mana Egamiz shunday demoqda: “Sizlar bepul sotilgan edingiz, endi pulsiz qutqarilasiz.” 4 Ha, Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Oldin xalqim Misrga bordi. U yerda musofir bo‘ldi. Keyin Ossuriyaliklar sababsiz ularga zulm o‘tkazdi. 5 Bu nimasi? — demoqda Egamiz. — Xalqim behudaga bosib olindi. Hukmdorlari faryod qilmoqda, — demoqda Egamiz. — Mening nomim doimo, kun bo‘yi haqorat qilinmoqda. 6 Shu bois xalqim nomimni bilib oladi. Ha, Men gapirayotganimni o‘sha kuni ular bilib oladi. Mana, Men O‘shaman.”


7 Tog‘lar osha tinchlikni e’lon qilgan Xabarchining qadamlari naqadar go‘zal! U xushxabar olib kelmoqda,

U najotni e’lon qilmoqda,

U Quddusga*: “Xudoying hukmrondir”, demoqda.

8 Quloq soling! Soqchilaringiz ovozini ko‘tarmoqda,

Birgalikda ular shodlikdan kuylamoqda! Axir, Egamizning Quddusga qaytib kelishini Ular o‘z ko‘zlari bilan ko‘radi.

9 Ey Quddus vayronalari!

Birgalikda sevinch ila hayqiring. Egamiz O‘z xalqiga tasalli berdi, Quddusni qutqarib, O‘ziga oldi!

10 Hamma xalqlarning ko‘z o‘ngida Egamiz muqaddas qo‘lini ko‘rsatdi. Xudoyimizning najotini

Yerning to‘rt burchi ko‘radi.


11 Keting, u yerdan chiqib keting!

Harom bo‘lganlarga tegib ketmang!

Ey Egamizning muqaddas ashyolarini ko‘taradiganlar*, U yerdan chiqinglar, poklaninglar!

12 Mana, siz shoshilmay yo‘lga chiqasiz,

Qochishingizga aslo hojat qolmaydi. Axir, Egamiz oldingizda bormoqda, Isroil xalqining Xudosi ortingizdan Sizni qo‘riqlamoqda.

Egamizning azoblanayotgan quli

13 Egam aytar: “Mana, Mening qulim yashnaydi, U ko‘tarilib, yuksaladi,

G‘oyat balandga ko‘tariladi.

14 Ilgari uning qiyofasi shunday badbashara ediki,

Inson zotiga o‘xshash joyi qolmagan edi.

Shu bois ko‘plar uning oldida* dahshatga tushdi, 15 Endi esa u ko‘p xalqlarni hayratda qoldiradi, Uni deb shohlar ham lol bo‘lib qoladi.

Axir, ular bilmagan narsalarni ko‘radilar, Eshitmaganlarini anglab yetadilar.”


53–BOB

1 Bizning* xabarimizga kim ishondi? Egamizning qudratli kuchi kimga ayon bo‘ldi?

2 Egamizning quli Egamiz oldida yangi ko‘chatday, Quruq tuproqdagi ildizday o‘sdi.

Bizni o‘ziga jalb qiladigan

Go‘zallik, ulug‘vorlik unda yo‘q edi. Bizni o‘ziga rom etadigan

Hech bir jozibasi yo‘q edi.

3 Odamlar undan nafratlandilar, uni rad etdilar.

U qayg‘u, azob–uqubat nimaligini bilardi. Hamma undan yuz o‘girdi, undan hazar qildi. Biz uni odam qatorida sanamadik.

4 Ha, dardlarimizni u o‘ziga oldi, Og‘riqlarimizni u o‘z zimmasiga oldi.

Biz esa o‘yladik: “Uni Xudo urgan,

Alamdiyda, jabrlangan u!”

5 U esa bizning gunohlarimizni deb yarador bo‘ldi,

Bizning ayblarimiz tufayli ezildi.

Bizga tinchlik keltiradigan jazo unga tushdi, Uning yaralari bizga shifo berdi.

6 Hammamiz qo‘ylarday yo‘ldan adashdik, Hammamiz o‘z yo‘limizdan ketdik.

Hammamizning ayblarimizni Egamiz uning zimmasiga yukladi.


7 U jabr ko‘rdi, o‘zi uqubat chekdi, Ammo miq etmadi, og‘zini ochmadi. Bo‘g‘izlanishga olib borilgan qo‘ziday, Jun qirquvchi oldida jim turgan qo‘yday U miq etmadi, og‘zini ochmadi.

8 Hukm bilan, kuch bilan* olib ketildi. Uning nasli haqida kim o‘ylaydi?* Tiriklar yurtidan u uloqtirildi,

Xalqimizning* gunohi tufayli unga zarba tushdi. 9 Garchi u yovuzlik qilmagan bo‘lsa ham, Og‘zidan yolg‘on so‘z chiqmagan bo‘lsa ham, Unga yovuzlar qatori qabr berilgandi,

Ammo o‘lganda u boylar yoniga qo‘yildi.


10 Egamiz O‘z qulini ezishni, azoblashni ma’qul ko‘rdi. Shunday bo‘lsa ham, Egamizning quli o‘z naslini ko‘radi, Uzoq umr kechiradi,

Chunki u o‘zini gunoh uchun nazr qildi.

U orqali Egamizning xohishi bajo bo‘ladi. 11 Chekkan azoblarining natijasini ko‘rib*, U mamnun bo‘ladi.

Mening solih qulim o‘z bilimi tufayli Ko‘pchilikni oqlab, ularning aybini o‘ziga oladi.

12 Shu bois buyuklar qatorida unga ulush beraman*,

U kuchlilar bilan o‘ljalarni bo‘lishadi. Axir, u o‘zini o‘limga tutib berdi, Gunohkorlar qatorida sanaldi.

Ko‘plarning gunohini u o‘ziga oldi,

Gunohkorlar uchun vasiylik qildi.


54–BOB

Xudoning O‘z xalqiga bo‘lgan sevgisi

1 Egam aytar: “Ey bola ko‘rmagan bepusht ayol!

Shodlikdan hayqir!

Ey to‘lg‘oq og‘rig‘ini bilmagan ayol!

Sevinchdan hayqir!

Axir, tashlab ketilgan ayolning bolalari Eri bor xotinnikidan ham ko‘proq bo‘ladi. 2 Chodiring joyini kengaytirgin, Chodiring pardalarini keng cho‘zdirgin! Hech narsani ayama!

Arqonlaringni uzun tashlagin, Qoziqlaringni mahkam qoqqin!

3 Axir, mulking o‘ngu so‘lga kengayib ketadi.

Avloding xalqlarni mulk qilib oladi, Ular tashlandiq shaharlarni to‘ldiradi. 4 Qo‘rqma, uyatga qolmaysan,

Uyalma, sharmanda bo‘lmaysan!

Axir, sen yoshligingdagi sharmandalikni unutasan, Bevaligingdagi sharmandalikni boshqa eslamaysan. 5 Zotan, Men, Yaratuvching, sening ering bo‘laman. Mening nomim Sarvari Olamdir!

Men, Isroil xalqining Muqaddas Xudosi, qutqaruvchingman, Men butun yer yuzining Xudosi deb atalaman.

6 Ey Isroil! Sen tashlab ketilgan, Ruhi azoblangan ayoldaysan.

Rad etilgan, yosh juvondaysan.

Ammo Men, Egang, seni chaqirib olaman,


9 Ha, Men uchun bu Nuh davri kabidir.

Endi yer yuzini Nuh to‘foni kabi,

Hech qachon suv bosmaydi, deb ont ichganman. Xuddi shunday qilib, yana ont ichaman:

«Hech qachon sendan g‘azablanmayman,

Senga jahl qilmayman!»

10 Tog‘lar o‘rnidan qo‘zg‘alsa ham,

Tepaliklar tebransa ham,

Mening sodiq sevgim sendan ketmaydi, Mening tinchlik ahdim o‘zgarmaydi.” Seni sevuvchi Egamizning kalomi shudir.

Bo‘lajak Quddus

11 Egam aytar: “Ey mazlum shahar!

Bo‘ronlarda qolding, ammo hech kim seni yupatmadi! Mana, Men firuza toshlar ishlatib, seni qayta quraman. Zangori yoqut toshlardan senga poydevor qo‘yaman. 12 Minoralaringni yoqutlardan quraman, Darvozalaringni gavharlardan qilaman,

Barcha devorlaringni qimmatbaho toshlardan quraman. 13 Hamma bolalaringga Men, Egang, ta’lim beraman, Farzandlaringning tinchligi buyuk bo‘ladi.

14 Men seni dushmanlaringdan xalos qilganimda

Sen bexatar bo‘lasan.

Zulm sendan uzoqda bo‘ladi, Halokatdan qo‘rqmaysan, Chunki u senga yaqinlashmaydi. 15 Agar kimdir senga hujum qilsa,

Bilginki, uni Men qilmagan bo‘laman.

Senga hujum qilgan har kim mag‘lub bo‘ladi.

16 Temirchiga qara!

U toshko‘mir cho‘g‘ini puflaydi,

Qotillik uchun qurol yasaydi. Uni Men yaratganman.

Vayron qilsin deb,

Bosqinchini ham Men yaratdim.

17 Senga qarshi yasalgan

Hech qanday qurol senga bas kela olmaydi. Sen bilan da’volashgan har bir odamning Da’volarini sen yo‘qqa chiqarasan.

Mening qullarimga ana shular nasib qiladi, O‘zim ularga g‘alaba ato qilaman.” Egamizning kalomi shudir.


55–BOB



1 Egam aytar:

Xudoning mehr–shafqati

“Ey tashna bo‘lganlar! Hammangiz suvga kelinglar!

Ey pulsizlar, keling, sotib olib, yenglar!

Keling, sharobu sut sotib oling pulsiz, tekinga!

2 Nima uchun pulingizni

Qorin to‘yg‘izmaydigan narsaga sarf qilasiz? Nima uchun ishlab topganingizni Qoniqtirmaydigan narsalarga sarf qilasiz?

Eshiting, Menga quloq soling! Shunda a’lo taomlarni yeysiz, Yog‘li taomlar yeb, maza qilasiz.

3 Quloq soling, Menga keling, Tinglang, shunda yashaysiz.

Dovudga va’da bergan sodiq sevgim haqi

Siz bilan abadiy ahd tuzaman.

4 Mana Men Dovudni xalqlarga guvoh qildim, Uni xalqlarning hukmdori, rahnamosi qildim. 5 O‘zingiz tanimagan xalqlarni chaqirasiz, Sizni tanimagan xalqlar oldingizga keladi.

Meni, Isroil xalqining Muqaddas Xudosi —

Egangiz Xudoni deb Bu xalqlar keladi,

Zotan, Men sizni ulug‘vorlikka burkaganman.”


6 Egangiz yoningizda ekan, Unga intiling, U yaqiningizda ekan, Uni chaqiring!

7 Badkirdor yo‘lidan qaytsin, Gunohkor niyatidan qaytsin, Ular Egamizga qaytsin, Egamiz shafqat ko‘rsatadi, Ular Xudoyimizga qaytsin, Uning yuragi kechirimga boy.


8 Egamiz shunday demoqda: “Sizlarning fikringiz Meniki emas, Mening yo‘llarim sizlarniki emas.

9 Osmon yerdan qanchalik baland bo‘lsa, Mening yo‘llarim ham, o‘ylarim ham, Sizlarning yo‘llaringizdan, o‘ylaringizdan Shunchalik balanddir.


10 Osmondan qor, yomg‘ir yog‘adi.

Ular osmonga qaytmay, yerni sug‘oradi, Toki yer o‘simlik o‘stirsin,

Ekkani don, yegani non bersin.

11 Mening og‘zimdan chiqqan so‘z shunday bo‘ladi, Menga bo‘m–bo‘sh qaytib kelmaydi.

Mening xohish–irodamni o‘sha so‘z bajaradi,

Qaysi niyatda yuborsam,

O‘shani bajo qiladi.


12 Ha, siz xursand bo‘lib borasiz, Sog‘–omon qaytib kelasiz.

Oldingizda tog‘lar, tepaliklar

Sevinch ila hayqiradi,

Daladagi hamma daraxtlar qarsak chaladi.

13 Tikanzorlar o‘rniga sarv daraxtlari o‘sadi,

Gazanda o‘t o‘rniga mirta butalari* o‘sadi. Shunday qilib, bular Men, Egangga sharaf bo‘ladi. Tuganmas, abadiy nishona bo‘lib qoladi.”


56–BOB

Hamma xalqlar Xudoning xalqiga qo‘shiladi

1 Egamiz shunday aytmoqda: “Adolatni himoya qiling, To‘g‘ri ishlarni qiling.

Zotan, yaqinda najot beraman,

Tez orada adolatimni zohir etaman.

2 Shabbat kunini tahqirlamay,

Unga rioya qiladigan inson baxtlidir! Har qanday yovuzlikdan qo‘lini tiyib, Barqaror bo‘lgan inson baxtlidir!”


3 Begona xalqdan bo‘la turib,

O‘zini Egamizga bag‘ishlagan odam:

“Egamiz meni, baribir, O‘z xalqidan ajratadi”, deb aytmasin.

Bichilgan erkak ham:

“Men qurigan daraxtman”, deb aytmasin.

4 Zotan, Egamiz o‘sha erkaklarga shunday aytmoqda: “Shabbat kuniga rioya qiling.

Meni mamnun qiladiganlarni tanlang.

Mening ahdimga sodiq bo‘ling.

5 Shunda sizlarga uyimda

O‘g‘ilu qizlarimnikidan ham ko‘ra,

Yaxshiroq nom, xotira beraman.

Bu nom yo‘qolmaydigan, abadiy bir nom bo‘ladi.”


6 Egamizni sevib, xizmat qiladigan, Shabbat kuniga rioya etadigan, Egamizning ahdiga sodiq bo‘lgan, Begona xalqdan bo‘lib turib,

O‘zini Egamizga bag‘ishlaganlarga

Egamiz shunday demoqda:

7 “Men sizlarni muqaddas tog‘imga* olib kelaman.

Ma’badimda sizlarni mamnun qilaman. Kuydiriladigan qurbonliklaru nazrlaringiz Qurbongohimda qabul bo‘ladi.

Mening uyim barcha xalqlarning ibodat uyi deb ataladi.”

8 Tarqalib ketgan Isroil xalqini yig‘adigan

Egamiz Rabbiy aytmoqda:

“Uyimda yig‘ilganlar yoniga

Men yana boshqalarni yig‘ib kelaman.”

Isroil xalqining yo‘lboshchilari hukm qilinadi

9 Ey dashtdagi hamma hayvonlar, Ey o‘rmondagi barcha hayvonlar! Kelinglar, xalqimni yeb bitiringlar! 10 Isroilning soqchilari ko‘rdir!

Ularning hammasi idroksiz, Vovullamaydigan tilsiz itlar kabidir. Yotib olib, tush ko‘radilar,

Ular uyquni yaxshi ko‘radilar.


11 Ular to‘yganini bilmagan Ochko‘z itlarga o‘xshar,

Bu cho‘ponlar idroksiz! O‘z foydasini ko‘zlab,

Har biri o‘z yo‘lidan ketdi.

12 Ular shunday deydi:

“Qani, kelinglar, sharob ichaylik,

Ichkilikka rosa to‘yaylik.

Erta ham bugun kabi bo‘ladi,

Hatto undan ham yaxshiroq bo‘ladi.”


57–BOB

Butparast Isroil xalqi hukm qilinadi

1 Egam aytar: “Solih odamlar o‘lib ketyapti,

Hech kim bu haqda fikr yuritmaydi. Taqvodorlar yo‘q bo‘lyapti.

Yovuzlikdan qutulsin deb,

Solihlar olamdan o‘tyapti.

Hech kim bu haqda o‘ylab ham ko‘rmaydi.

2 Solih insonlar tinchlikka erishadi,

To‘g‘ri yurganlar o‘limda ham orom topadi. 3 Sizlar esa, ey folbinning o‘g‘illari, Yaqinroq keling!

Bu yoqqa keling, ey zinokor, fohishalar urug‘i!

4 Xo‘sh, sizlar kimning ustidan kulyapsiz? Kimga qarshi og‘iz ochyapsiz?

Kimga qarab tilingizni chiqaryapsiz? Axir, itoatsizlarning bolalarisiz–ku!

Yolg‘onchining urug‘idan kelib chiqqansizlar–ku! Shunday emasmi?!

5 Har bir yam–yashil daraxt ostida* Shahvat bilan gunohga berildingiz!* Daryo bo‘ylarida, qoyalar kovagida

O‘z farzandlaringizni qurbonlik qildingiz!

6 Sizlar sevgan butlar daryoning silliq toshlari orasidadir!

Ha, o‘sha butlarga sizlar ko‘ngil qo‘ygansiz! Ana o‘shalarga ichimlik nazrlari berdingiz, Ularga don nazrlarini atadingiz.

Xo‘sh, bulardan Men xursand bo‘laymi?!

7 Baland, buyuk tog‘da yotoq qurasiz, Qurbonlik keltiray deb, o‘sha yerga chiqasiz. 8 Eshiklaringiz orqasiga,

Eshiklaringizning kesakisi* ortiga Jirkanch tamg‘alaringizni qo‘ydingiz. Ha, Mendan yuz o‘girdingiz,

Yalang‘och bo‘lib yotog‘ingizga kirdingiz, O‘ynashlaringiz bilan ahd tuzdingiz,

Ular bilan yotishni juda yoqtirib qoldingiz.

Ularning yalang‘och badanidan ko‘z uzmadingiz.

9 Zaytun moyi bilan ko‘pgina xushbo‘y atirlar olib, O‘z shohingizga* hadyalar qildingiz.

Uzoqlarga, hatto o‘liklar diyoriga* Elchilaringizni yubordingiz.

10 U yoqdan–bu yoqqa yuraverib, toliqdingiz, Ammo shunda ham umidingizni uzmadingiz. Qaytadan kuch tikladingiz,

Shu bois hech zaiflashmadingiz. 11 Kim sizlarni vahimaga soldi? Kim sizlarni shunchalik qo‘rqitdi?

Yolg‘on gapirdingiz. Meni eslamadingiz! Men haqimda o‘ylab ham ko‘rmadingiz! Uzoq sukut saqlaganim sababli

Mendan qo‘rqmay qo‘ydingiz!


12 Mana endi o‘zingizcha to‘g‘ri deb bilgan O‘sha ishlaringizni ochib tashlayman.

Ular sizga bitta ham foyda keltirmaydi. 13 Yordam so‘rab, faryod qilganingizda Atrofingizdagi butlar sizlarni qutqarsin!

Ularning hammasini shamol supurib ketadi, Shabada ularni uchirib ketadi.

Mendan panoh topganlar esa yurtni mulk qilib oladi,

Ular Mening muqaddas tog‘imga* egalik qiladi.”

14 Egam shunday aytmoqda:

“Tuproq yig‘ib, yo‘lni tayyorlang,

Xalqim yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlang.”

Xudoning madad va shifo haqidagi va’dasi

15 Yuksak, yuqori bo‘lgan, abadiy yashaydigan Egamiz,

Nomi muqaddas Egamiz shunday aytmoqda: “Men yuksakda, muqaddas maskanda yashayman. Kamtarlar ruhini qayta tiklay deb,

Itoatkorlar qalbini jonlantiray deb,

Ruhi kamtar, itoatkor odamlar bilan birgaman.

16 Axir, Men to abad da’volashmayman,

Abadiy qahr–g‘azabda bo‘lmayman. Aks holda, Men yaratgan tirik jonzot, Inson zoti oldimda tura olmasdi.

17 Ularning gunohu hasadgo‘yligi tufayli G‘azablanib, ularni jazoladim.

Qahr bilan ulardan yuz o‘girdim,

Ammo baribir istagan yo‘llaridan ketdilar. 18 Ularning yurgan yo‘llarini ko‘rdim, Mayli, endi shifo berib, yo‘l ko‘rsataman, Ularga ham, aza tutayotganlarga ham O‘zim tasalli beraman.

19 Ularning tillarini madhiyaga to‘ldiraman. Uzog‘u yaqindagilarga tinchlik bo‘lsin!

— demoqda Egamiz. —

Men ularga shifo beraman.

20 Fosiqlar esa to‘lqinlangan dengizdaydir.

Ha, ular tinch tura olmaydigan dengizga o‘xshaydi. O‘sha dengizning suvlari loy, balchiq keltiradi.”

21 Xudoyim shunday deydi:

“Yomonlarga tinchlik yo‘q.”


58–BOB



1 Egam aytar:

Haqiqiy ro‘za

“Ovozingni ayamay, qattiq hayqirgin, Karnayga o‘xshab, barala baqirgin.

Xalqimning itoatsizligini fosh qilgin,

Yoqub xonadonining gunohlarini yuziga solgin. 2 Xuddi to‘g‘ri yo‘ldan yurgan xalqqa o‘xshab, Ular har kuni Menga intilganday bo‘ladi.

Xudosining amrlarini unutmagan xalqday,

Yo‘llarimni bilmoq istaydi. Mendan odil hukm so‘raydi,

Men, Xudoga yaqinlashishni istaganga o‘xshaydi.


3 Ey xalqim, sizlar Menga:

«Ro‘za tutyapmiz–ku, Sen ko‘rmayapsan,

Senga itoat qilyapmiz–ku, nega bilmaysan?!» deb aytasizlar.

Axir, ro‘za tutgan kuningizda xohlagan ishingizni qilyapsiz, Ishchilaringizdan og‘ir mehnat talab etyapsiz.

4 Mana, ro‘za tutsangiz ham Janjal, g‘avg‘o qilaverasiz.

Zo‘ravonlik bilan qo‘l ko‘taraverasiz. Bunday ro‘zangiz bilan

Ovozingizni samolarga yetkaza olmaysiz!

5 Ro‘za tutganingizda o‘zingizni qiynaysiz, Egilgan qamishday boshingizni egib yurasiz, Qanor yoyib, kul sochib ustiga yotasiz*.

Shuni ro‘za deb ataysizmi?!

Mana shular Men, Egangizni mamnun qiladi, deb o‘ylaysizmi?!

6 Men istagan ro‘za quyidagicha: Adolatsizlik kishanlarini parchalang, Bo‘yinturuq arqonlarini uzib tashlang, Mazlumlarni ozodlikka chiqaring,

Har qanday bo‘yinturuqni sindiring!

7 Ovqatingizni ochlar bilan baham ko‘ring,

Uysizlarga uyingizdan joy bering. Yalang‘ochni ko‘rganingizda kiyim bering, Yaqinlaringizdan yordamingizni ayamang.”


8 Shunda nuringiz tong kabi porlaydi,

O‘zingiz tezda shifo topasiz.

Egamiz doim oldingizda yurib, sizlarni asraydi,

Ortingizdan Uning ulug‘vorligi sizni qo‘riqlaydi.

9 Shunda yordam so‘raganingizda, Egamiz javob beradi, Faryod qilganingizda, “Shu yerdaman”, deb aytadi.

Orangizdan zulm bo‘yinturug‘ini yo‘q qilganingizda, Barmoqni bigiz qilib, haqorat aytishni bas qilganingizda, 10 Ochlar uchun jon kuydirganingizda,

Mazlumlarning joniga oro kirganingizda, Nuringiz zulmatda ham porlaydi,

Eng qorong‘i davringiz yop–yorug‘ kunduzday bo‘ladi.

11 Egamiz doimo sizga yo‘l ko‘rsatadi,

Qaqragan yerlarda ham joningizga oziq beradi,

Shunda siz sug‘orilgan bog‘day,

Suvlari qurimas buloqday bo‘lasiz.

12 Qadimgi vayronalaringiz qayta tiklanadi,

Ko‘hna poydevorlarni qayta ko‘tarasiz. Shunda sizlarni “Buzuq devorni tiklovchi”,

“Ko‘chalarni qayta quruvchi” deb chaqirishadi.

Shabbat kuniga rioya qilganning mukofoti

13 Shabbat kunini oyoq osti qilmang, Shu muqaddas kunda

Xohlaganingizni qilishdan o‘zingizni tiying.

Shabbat kunini zavqli deb biling.

Egamizning muqaddas kunini sharafli deb biling. Bu kunda o‘zingiz istagan yo‘ldan yurmang, Xohlaganlaringizni qilavermang,

Istagan gaplaringizni gapiravermang. 14 Shabbat kuniga rioya qilsangiz, Egamiz tufayli shodlik topasiz,

U sizlarni yurtning baland cho‘qqilariga olib chiqadi,

Otangiz Yoqubning mulkidan bahramand qiladi. Egamizning kalomi shudir!


59–BOB

Ishayo xalqning gunohlarini hukm qiladi

1 Nima, Egamizning qo‘li qisqami? Qutqarolmasa! Qulog‘i og‘irmi? Eshitmay qolsa!

2 Axir, o‘z ayblaringiz sizni Xudoyingizdan ayirdi, Gunohlaringiz tufayli U sizdan yuz o‘girdi, Ibodatlaringizga quloq solmaydi.

3 Ana, qo‘llaringiz qonga bulg‘angan, Barmoqlaringiz gunohga botgan, Og‘zingizdan yolg‘on chiqaveradi, Tilingiz haqsizlikni gapiradi.


4 Hech kimsa, adolat bo‘lsin, deb aytmaydi, Hech kimsa haqiqat uchun kurashmaydi. Behuda gaplardan umid qilib, yolg‘onlar aytadi, Buzuqlikka homilador bo‘lib, yovuzlik tug‘adi.

5 Sizlar ilonning tuxumini bosib o‘tirasiz, O‘rgimchak uyasini to‘qiysiz.

Bunday tuxumni yeganlar o‘ladi.

Agar bitta tuxum ezilsa,

Undan zaharli ilon o‘rmalab chiqadi.

6 To‘qigan uyangizdan kiyim chiqmaydi,

Siz to‘qiganlar bilan hech kim ustini yopa olmaydi. Sizlarning ishingiz yaramas ishlardir,

Sizlarning qo‘llaringiz zo‘ravonlikka to‘la.

7 Fosiqlarning oyog‘i yomonlikka shoshiladi, Ular behuda qon to‘kishga juda usta.

Ularning fikri–zikri gunoh bilan band, Qadamidan halokatu vayrona keladi. 8 Ular tinchlik yo‘llarini bilmaydi, Yurgan yo‘lida adolat yo‘q.

O‘zlariga egri yo‘llar qildilar,

Bu yo‘ldan yurganlar tinchlik bilmaydi.

Xalq gunohlarini tan oladi

9 Shu bois adolat bizdan uzoq, Xudo bizni qutqarmaydi.

Nur izlaymiz, ammo faqatgina zulmat bor, Yorug‘lik izlaymiz, ammo zulmatda yuramiz. 10 Ko‘rlarday devorni ushlab yuramiz,

Ko‘zi ko‘rmaydiganlarday paypaslanamiz. Kuppa–kunduzi tundagiday qoqilamiz, Tiriklar orasida o‘liklardaymiz.

11 Hammamiz ayiq kabi bo‘kiryapmiz, Hammamiz musicha kabi nola qilyapmiz. Adolat kutyapmiz, ammo u yo‘qdir,

Najot kutyapmiz, ammo u bizdan uzoqda.

12 Ha, Xudo oldida ko‘p itoatsizlik qildik, Gunohlarimiz bizga qarshi guvohlik berib turibdi. Itoatsizligimiz ko‘z o‘ngimizda,

Ayblarimizni o‘zimiz bilamiz.

13 Itoatsizlik qildik, Egamizni aldadik,

Xudoyimizdan yuz o‘girdik, Zulm qo‘zg‘adik, xiyonat qildik,

Yurakda yolg‘on gaplar to‘qib gapirdik. 14 Adolat chekindi, solihlik uzoqqa ketdi. Axir, haqiqat quvib chiqarildi, Haqqoniylikka aslo o‘rin qolmadi.

15 Hech qayerda haqiqat yo‘q,

O‘zini yomonlikdan olib qochgan odam Halokatga yo‘liqdi.


Egamiz bularni ko‘rib,

Adolat yo‘qligidan ozor chekdi.

16 Mazlumlarga yordam beradigan

Hech kimsa yo‘qligini ko‘rdi,

Hech kim yo‘qligidan U hayratda qoldi.

Shunda Egamiz O‘z qo‘li bilan qutqarishga kirishdi, Xudoning O‘zi ularga najot berdi.

17 U adolatni sovutday kiyib oldi, Najot dubulg‘asini boshiga kiydi, Egamiz qasosni libosday kiyib oldi, Rashkni chopon qilib o‘rab oldi.

18 Har kimga qilganiga yarasha javob beradi, O‘z dushmanlariga g‘azab sochadi, G‘animlaridan qasos oladi,

Dengiz ortidagi yurtlarga

Qilganlariga yarasha to‘liq qaytaradi.

19 G‘arbda Egamizning nomidan qo‘rqadilar, Sharqda Uning shuhratidan qo‘rquvga tushadilar. Mana, Egamiz daryoday keladi.

O‘zining Ruhi da’vat etayotgan

Kuchli daryoday keladi.


20 Egamiz shunday aytmoqda:

“Qutqaruvchi Quddusga* keladi,

Yoqub naslining gunohdan qaytganlariga keladi.”


21 Egamiz shunday deydi: “Siz bilan qiladigan ahdim shudir: sizga bergan Ruhim, og‘zingizga solgan so‘zlarim sizlarni tark etmaydi. Hozirdan boshlab, to abad sizlarni, bolalaringizni va nabiralaringizni hech qachon tark etmaydi.”


60–BOB

Quddusning ulug‘vor kelajagi 1 Ey Quddus xalqi, tur, porlagin! Axir, nuring keldi, Egamizning ulug‘vorligi ustingga yog‘ildi.

2 Mana, yer yuzini zulmat qopladi, Xalqlarni quyuq zulmat bosdi.

Ammo Egamiz sening oldingga keladi, O‘z ulug‘vorligini boshing uzra porlatadi. 3 Xalqlar sening nuringga keladi,

Tonggi yorug‘ligingga shohlar keladi. 4 Boshingni ko‘tarib, atrofingga boq! Hammasi to‘planib, senga kelmoqda.

O‘g‘illaringni uzoqlardan olib keladilar,

Qizlaringni chaqaloqlarday qo‘llarda ko‘tarib keladilar.

5 O‘shanda shularni ko‘rib, nur sochasan, Yuraging hapriqib, qinidan chiqquday bo‘ladi.

Zotan, dengiz orqali keladigan boyliklar senga nasib etadi, Xalqlarning boyligi senga keladi.

6 Yurting tuya suruvlariga to‘lib ketadi, Midiyon, Efaxning* bo‘taloqlari bilan to‘ladi. Ularning hammasi Shava yurtidan* keladi, Oltinu tutatqilar olib keladi.

Ular Egamizga madhlar aytadi.

7 Kedarning hamma qo‘y suruvlari senga keladi, Navayotning* qo‘chqorlari senga xizmat qiladi. Egamizning qurbongohida

Ular qurbonlik deb qabul qilinadi.

Egamiz O‘z uyini yanada ulug‘vor qiladi.


8 Bulutlar kabi, uchayotgan nima u?

Inlariga uchayotgan kaptarlarga o‘xshash nima u?

9 Shubhasiz, dengiz ortidagi yurtlar

Egamizga muntazir bo‘ladi.

Isroil xalqining Muqaddas Xudosi — Egangiz Xudoning sharafiga Tarshish* kemalari boshchiligida Bolalaringizni uzoqdan olib kelishadi,

Oltinu kumushlari bilan birga olib kelishadi.

Zotan, Egamiz seni ulug‘vorlik bilan qoplagan.


10 Egamiz Quddusga shunday deydi: “Begonalar devorlaringni tuzatadi, Shohlari senga xizmat qiladi.

G‘azablanganimda senga jazo bergan bo‘lsam ham,

Endi marhamat qilib, senga shafqat qilaman.

11 Darvozalaring doimo ochiq bo‘ladi,

Ular kechayu kunduz yopilmaydi.

Shunda xalqlar senga boyliklarini olib keladi,

Ularni o‘z shohlari boshlab keladi.

12 Senga xizmat qilmagan elatu shohlik yo‘q bo‘ladi, Ha, u xalqlar batamom nobud bo‘ladi.

13 Lubnonning faxrlangan daraxtlari Senga olib kelinadi.

Sarv, chinor, sadr yog‘ochlari

Muqaddas maskanimni bezatish uchun keltiriladi. Oyog‘im turgan shu joyga Men shuhrat keltiraman. 14 Senga zulm qilganlarning o‘g‘illari kelib,

Senga ta’zim qiladilar.

Sendan nafratlanganlarning hammasi Oyoqlaringga yiqiladi.

Ular seni «Egamizning shahri,

Isroil xalqining Muqaddas Xudosining shahri — Sion» deb atashadi.

15 Ilgari sen tashlab ketilgan, Hamma nafrat etgan,

Biror kimsa o‘tmaydigan joy eding. Endi Men seni abadiy ulug‘vor qilaman, Jamiki nasllarning shodligi qilaman.

16 Elatlar, shohlar seni ona kabi emizadilar,

O‘shanda Men, Egang, sening najotkoring ekanligimni bilib olasan,

Yoqub naslining qudratli Xudosi — Qutqaruvching Men ekanligimni anglaysan. 17 Senga bronza o‘rniga oltin,

Temir o‘rniga kumush, Yog‘och o‘rniga bronza,

Tosh o‘rniga temir keltiraman.

Tinchlik sening hakaming,

Solihlik hukmdoring bo‘ladi.

18 Yurtingda endi zo‘ravonlik tovushi eshitilmaydi, Chegarang ichida vayronagarchilik, halokat bo‘lmaydi. Devorlaringga, Najot deb nom qo‘yasan, Darvozalaringga, Sharaf deya nom berasan.

Xudoning O‘zi Quddusning ulug‘vorligidir

19 Endi kunduzi quyosh senga nur sochmaydi,

Oy ham yorug‘lik manbaing bo‘lmaydi.

Senga Mening O‘zim to abad nur manbayi bo‘laman,

Men, Xudoying, sening ulug‘vorliging bo‘laman.

20 Quyoshing hech qachon botmaydi, Oying endi boshqa yashirinmaydi,

Chunki Men sening quyoshu oying bo‘laman. Ha, Men sening to abad nuring bo‘laman, Qayg‘uli kunlaring tamom bo‘ladi.

21 Xalqingning hammasi solih bo‘ladi, Ular yurtni to abad mulk qilib oladi. O‘zim o‘tqazgan niholdir ular,

Menga shuhrat keltirsin deb, yaratgan

Qo‘llarimning ijodi ular.

22 Eng kichik odamingdan mingta odam chiqadi, Eng zaif odamingdan kuchli xalq paydo bo‘ladi. Men, Egang, buni o‘z vaqtida tez bajo keltiraman.”


61–BOB

Najot haqida xushxabar 1 Egamiz Rabbiyning Ruhi meni qamrab olgan, Chunki U meni tanlagan.

“Yo‘qsillarga xushxabar yetkazsin, Xasta qalblarga shifo bersin, Asirlarga ozodlik e’lon qilsin,

Zindondagilarga erkinlik xabarini bersin” deb,

Egam meni yubordi.

2 “Egamning marhamat yilini,

Xudoning qasos oladigan kunini e’lon qilsin, Azadorlarning hammasini ovutsin” deb, Egam meni yubordi.

3 “Quddusda* nola qilayotganlarga tasalli bersin,

Ularga kul o‘rniga zeb–ziynat, Aza o‘rniga shodlik moyi,

Ma’yus ruh o‘rniga madhiya bersin” deb,

Egam meni yubordi.

Endi ularni “Egamiz O‘z shuhrati uchun ekkan ko‘chatlar, Solihlik emanlari” deb atashadi.

4 Endi ular qadimgi vayronalarni qayta tiklaydi,

Azaliy vayrona yerlarni yana o‘nglaydi,

Nasllar osha vayron yotgan shaharlarni qayta quradi.


5 Ey xalqim, begonalar kelib, mol–qo‘ylaringizni boqadi, Yot xalq o‘g‘illari dehqoningiz, bog‘boningiz bo‘ladi.

6 Sizlarni esa Egamizning ruhoniylari deb atashadi, Xudoyimizning xizmatkorlari degan nom olasizlar. Elatlarning boyliklari sizlarniki bo‘ladi,

O‘zga xalqlardan kelgan mol–mulk bilan faxrlanasiz.

7 Uyat o‘rniga sizlar ikki hissa ulush olasiz.

Sharmanda bo‘lmaysiz, olgan mulkingizdan shodlanasiz. Ha, o‘z yurtingizda ikki hissa ulush olasiz,

Abadiy shodlikka ega bo‘lasiz.


8 Egam aytar: “Men, Egangiz, adolatni sevaman,

Talonchilik, haqsizlikdan nafratlanaman. Sadoqat bilan xalqimga mukofotini beraman. Ular bilan abadiy ahd tuzaman.

9 Ularning nasli xalqlar orasida mashhur bo‘ladi, Ularning zurriyoti ellar orasida dong taratadi, Ko‘rganlarning hammasi ularni

«Egamiz baraka bergan xalq» deb tan oladi.”


10 Egam tufayli men buyuk shodlik topaman,

Xudoyim deb qalbim jo‘sh uradi. Zotan, U meni najot libosi bilan o‘radi, Zafar kiyimini menga kiydirdi.

Men toj kiygan kuyovga o‘xshayman, Zeb–ziynat bilan bezangan kelindayman. 11 Yer o‘simlikni yetishtirgani kabi,

Bog‘ ekilganlarni o‘stirgani singari,

Egamiz Rabbiy barcha xalqlar ko‘z o‘ngida

Solihlik va madhiyalarni yetishtiradi.


62–BOB

Quddusning yangi nomi

1 Quddus haqi, men sukut saqlamayman, Sion haqi, men jim turmayman.

Uning zafari tong kabi nur sochmaguncha, Uning najoti mash’ala kabi yonmaguncha, Men aslo jim turmayman.

2 Ey Quddus xalqi, xalqlar sizning g‘alabangizni,

Har bir shoh shuhratingizni ko‘radi.

Ular sizni yangi nom bilan ataydi,

Bu nomni Egamizning O‘zi sizlarga beradi.

3 Sizlar Egamizning qo‘lida go‘zallik tillaqoshi, Xudoyingizning qo‘lida shohlik toji bo‘lasiz.

4 Endi sizni “Tark etilgan” deb aytmaslar, Sizning yurtingizni “Tashlandiq” deb atamaslar.

Endi sizga “Undan mamnunman” degan nom beriladi, Yurtingizni esa “Oilali” deb aytishadi.

Zotan, Egangiz sizdan mamnun bo‘ladi, Yurtingiz ham oilali bo‘ladi.

5 Yigit qiz bilan turmush qurganday, O‘g‘illaringiz yurtingizga bog‘lanib, Unga egalik qiladi.

Kuyov kelin bilan qanday shod bo‘lsa,

Xudoyingiz siz bilan shunday sevinadi.


6 Ey Quddus, devorlaringga soqchilar qo‘ydim,

Ular kechayu kunduz ibodatni bas qilmaydi. Ey Egamizga ibodat qiladiganlar!

Sizlar ham hech jim turmang.

7 Quddusni barqaror qilgunga qadar,

Uni yer yuzining faxri qilmagunga qadar, Egamizga hech tinchlik bermanglar.


8 Egamiz o‘ng qo‘lini ko‘tarib, O‘z qudrati bilan ont ichdi:

“Hech qachon dushmanlaringizga Doningizni yemish qilib bermayman. Mehnatingiz singgan sharobni Begonalar ichmaydi.

9 Ha, don yiqqanlarning o‘zi don yeydi–da, Men, Egasiga hamdu sano aytadi.

Uzumni yig‘ib–terganlar

Sharobni muqaddas hovlimda ichadi.”


10 Ey Quddus aholisi, darvozalardan chiqing!

Qaytayotgan xalqqa yo‘lni tayyorlang!

Tuproq yig‘ib yo‘l qiling, Toshlarni terib tashlang, Xalqlar uchun bayroq tiking!

11 Mana, Egamiz yerning to‘rt chetiga e’lon qilmoqda: “Go‘zal Quddusga* shunday deb ayting:

«Qara, najotkoring kelmoqda,

Ana, Uning O‘zi taqdirlaydi, Mukofotini O‘zi bilan olib kelmoqda.»”

12 Ey Quddus, sening xalqingni “Muqaddas” deb aytadilar,

“Egamiz qutqargan xalq” deb aytadilar.

Seni “Egamiz izlab topgan, tark etilmagan shahar” deb ataydilar.


63–BOB

Xudoning qasosi va najoti

1 Edomdan kelayotgan kim? Qizil libos kiyib,

Bozrax shahridan* kelayotgan kim? Ko‘zni qamashtiruvchi kiyimlar kiyib, Katta kuch bilan qadam bosgan kim?


Egamiz shunday dedi:

“Bu Men, Egangizman! Qutqarish kuchiga egaman. G‘alabani e’lon qilishga kelmoqdaman.”


2 Ey Egam, nechun kiyimlaring qip–qizil?

Nima uchun chuqurda uzum ezgan odamga* o‘xshaysan?


Egamiz javob berdi:

3 “Uzum siqish chuqurida O‘zim ishladim, Yonimda xalqlardan birontasi yo‘q edi.

G‘azab bilan dushmanlarni ezdim, Qahr bilan ularni oyoq osti qildim. Ularning qoni kiyimlarimga sachradi, Butun ust–boshimni iflos qildi.

4 Ha, Men qasos kunini tayinlab qo‘ygan edim,

Xalqimni qutqaradigan kun yetib keldi.

5 Qaradim, yordam beradigan biror odam yo‘q edi, Qo‘llab–quvvatlaydigan hech kimsa yo‘qligidan hayratda qoldim. Shunda O‘zimning qo‘lim yordamga keldi,

O‘z g‘azabim Menga madad bo‘ldi. 6 G‘azab bilan xalqlarni tepkiladim, Jahl bilan ularni ezib tashladim.

Ularning qonini yerga to‘kdim.”

Xudoning Isroil xalqiga qilgan yaxshiligi

7 Egamizning sodiq sevgisi haqida aytaman, Qilgan ishlari uchun Egamizga hamdlar aytaman. O‘zining mehr–shafqati, buyuk sevgisi bilan

Isroil xalqiga qilgan buyuk ezguliklari haqida aytaman.

8 Egamiz shunday dedi:

“Ha, Isroil xalqi Mening xalqimdir, Xiyonat qilmaydigan farzandlardir.”

Shunday qilib, Xudo ularning najotkori bo‘ldi.

9 Ular qiynalganlarida, U ham azob chekdi,

Egamizning farishtasi ularni qutqardi.

Sevgisi, shafqati tufayli Uning O‘zi ularni qutqardi. Egamiz ularni ko‘tarib, azaldan opichlab yurardi.


10 Ammo ular isyon qildilar,

Egamizning Muqaddas Ruhini ranjitdilar. Shuning uchun Egamiz ularning dushmani bo‘ldi. Egamizning O‘zi ularga qarshi kurashdi.

11 Shunda xalq o‘tgan kunlarni,

Musoning davrini eslab, shunday dedi:

“Ota–bobolarimizni va ularning cho‘ponlarini dengizdan o‘tkazgan qani? O‘z Muqaddas Ruhini ularning orasiga yuborgan qani?

12 Ajoyib qudratli qo‘li bilan Musoning o‘ng qo‘lidan tutgan qani? O‘zining nomini sharaflay deb,

Ularning oldidagi suvni ikkiga bo‘lgan qani?”

13 Egamiz ularni dengiz tubidan olib o‘tdi.

Tekis joyda yurgan otday Ular hech qoqilmasdan o‘tdi.

14 Vodiyga yoyilgan podaga o‘xshatib, Egamizning Ruhi ularga orom berdi. O‘zining buyuk nomi ulug‘lansin deya, Egamiz O‘z xalqiga yo‘l ko‘rsatdi.

Mehr–shafqat va madad uchun ibodat

15 Ey Egamiz, osmondan qara, Muqaddas, ulug‘vorlikka to‘la Maskaningdan boq!

Qani endi g‘ayrating, qudrating? Sen mehribonligingni, shafqatingni Bizdan darig‘ tutding.

16 Axir, Sen bizning otamizsan, ey Egamiz! Ibrohim bizni bilmaydi,

Yoqub* bizni tanimaydi. Sen bizning otamizsan!

Azaldan noming — “Qutqaruvchimiz.”

17 Ey Egamiz, nega bizni yo‘lingdan adashtirasan?

Nega bizga Sendan qo‘rqmaydigan tosh yurak bergansan?

Biz Sening qullaringmiz. Bizning haqi–hurmatimiz,

O‘zingning aziz xalqing haqi–hurmati Bizga yuz burgin!

18 Sening muqaddas maskaningga

Biz, aziz xalqing, faqat oz vaqt egalik qildik. Endi esa dushmanlarimiz

U yerni oyoq osti qilib tashladi*.

19 Senga tegishli bo‘lmagan xalqqa, Sen ustidan hukmron bo‘lmagan elga Biz allaqachon o‘xshab qoldik.


64–BOB

1 Ey Egam, qaniydi samolarni yorib, pastga tushsang,

Tog‘lar oldingda titrasa!

2 Alanga o‘tinni yondirib, suvni qaynatganday,

Sen ham pastga tushib, xalqlarni titrat.

Toki g‘animlaring nomingni bilsin.

3 Biz kutmagan ajoyib ishlar qilding! Pastga tushding, oldingda tog‘lar titradi! 4 Axir, Senga umid bog‘laganlarni deb, Ajoyib ish qiladigan Xudo Sensan.

Senga o‘xshagan xudo haqida Azaldan hech kim eshitmagan, Hech bir quloqqa ham kirmagan.

Senga o‘xshagan xudoni hech bir ko‘z ko‘rmagan. 5 Quvonch bilan to‘g‘ri yo‘ldan yurganlarga, Sening amrlaringni bajarganlarga

Sen peshvoz chiqasan. Mana, Sen g‘azabdasan, Biz esa gunoh qildik.

Biz azaldan gunohga botganmiz, Endi najot topa olamizmi?

6 Hammamiz harom bo‘lib qoldik,

Yaxshi ishlarimizning hammasi hayz lattalari kabidir.

Yaproqlar kabi so‘lib boryapmiz,

Ayblarimiz shamol kabi, bizni uchirib ketyapti.

7 Hech kim Senga sajda qilmaydi,

Hech kim, Egamga o‘zimni bog‘lay, demaydi. Axir, Sen bizdan yuz o‘girding,

Bizni o‘z gunohlarimiz izmiga topshirding!

8 Ammo endi Sen bizning otamizsan, ey Egamiz! Biz loymiz, Sen esa kulolsan,

Hammamiz qo‘llaringning ijodimiz!

9 Ey Egamiz, bizga bunchalik g‘azabingni sochaverma,

Gunohlarimizni to abad yodda tutma. Qara, axir, hammamiz Sening xalqingmiz!

10 Muqaddas shaharlaring* sahroga aylandi,

Quddus vayrona bo‘ldi,

Sion cho‘lu biyobon bo‘lib qoldi.

11 Bizning muqaddas Ma’badimiz, faxrimiz,

Ota–bobolarimiz Senga madhlar kuylagan joy

Endi yonib bitdi.

Bizga qadrli bo‘lganlarning hammasi

Vayronaga aylandi.

12 Ey Egam! Nahot shunda ham O‘zingni tutib turaversang?!

Sukut saqlab, bizni qattiq jazolayversang?!


65–BOB

Xudo hukmining odilligi 1 Egam aytar: “Meni so‘ramaganlarga ko‘rindim, Meni izlamaganlar topdi.

Menga iltijo qilmagan bir xalqqa:

«Mana Men! Shu yerdaman!» deb aytdim.

2 Itoatsiz xalqni

Kun bo‘yi quchoq ochib kutdim.

Ana, ular o‘zlari xohlagan,

To‘g‘ri bo‘lmagan yo‘llardan yuradi. 3 Ular yuzimga qarab turib, Jahlimni chiqaradi.

Sajdagoh bog‘larda* to‘xtovsiz qurbonliklar keltiradi, G‘isht qurbongohlarda* tutatqilar tutatadi.

4 Ular qabrlar orasida o‘tirib,

Yashirin joylarda arvohlarga maslahat soladi*.

Ular cho‘chqa go‘shtini yeydi, Qozonlarida harom go‘sht qaynatadi. 5 Ular boshqalarga shunday deydi:

«Nariroq tur, menga tegma,

Yana muqaddasligim yuqib qolmasin.»

Bularning hammasi kun bo‘yi yonib turgan olov kabidir. Ularning tutuni burnimni achitadi.


6 Mana, hammasi ko‘z o‘ngimda yozib qo‘yilgan.

Men jim turmayman, ularni jazolayman. Qilmishlariga yarasha ularga to‘liq qaytaraman. 7 Ularni o‘zlarining gunohlari uchun

Hamda otalarining gunohlari uchun jazolayman,

— demoqda Egamiz. —

Axir, ular tog‘larda tutatqilar tutatdilar,

Tepaliklarda Meni haqorat qildilar. Shu bois qilmishlariga yarasha Ularga jazosini beraman.”


8 Egamiz shunday aytmoqda:

“Agar bir bosh uzumda hali sharbati bor bo‘lsa,

Odamlar: «Uni tashlab yubormang,

Hali foydasi tegadi», deb aytadi.

Men ham O‘z qullarim haqi shunday qilaman, O‘z xalqimning hammasini yo‘q qilmayman.

9 Tog‘larimni mulk qilib olsin deb,

Isroil* va Yahudo xalqiga avlod beraman. Tanlagan xalqim tog‘larimga egalik qiladi, Mening qullarim u yerda yashaydi.

10 Sharon tekisligi qo‘ylar suruvlari uchun yaylov bo‘ladi,

Oxor soyligi* mol–qo‘ylar uchun o‘tloq bo‘ladi. Ha, bu yerlar Menga intilganlarniki bo‘ladi.


11 Ammo ba’zilaringiz Men, Egangizni tark etdingiz, Muqaddas tog‘imni* unutdingiz!

«Omad» buti uchun dasturxon yozdingiz,

«Qismat» buti uchun qadahlarga sharob quydingiz!

12 Shundaylarni Men qilichning damiga ro‘para qilaman. Hammangiz tiz cho‘kasiz, bo‘g‘izlanasiz.

Axir, Men chaqirganimda javob bermadingiz, Gapirganimda quloq solmadingiz.

Mening oldimda qabihliklar qildingiz,

Men xohlamagan narsalarni tanladingiz.”


13 Shu bois Egamiz Rabbiy aytmoqda:

“Mening qullarim yeydi, sizlar esa och qolasiz, Qullarim ichadi, sizlar tashnalikdan azob chekasiz, Qullarim shod–xurram bo‘ladi,

Sizlar esa sharmandayu sharmisor bo‘lasiz.

14 Qullarimning qalbi shodlikka to‘ladi, Ular qo‘shiqlar kuylaydi.

Sizlar esa yuragingizdagi qayg‘udan dod–voy qilasiz,

Ezilgan ruhingiz tufayli uvullab yig‘laysiz.

15 Men, Egangiz Rabbiy, sizlarni o‘ldiraman, Sizning nomingiz tanlangan xalqim orasida La’nat sifatida ishlatiladi.

O‘z qullarimga esa boshqa nom beraman.

16 Kim o‘ziga bu yurtda baraka tilasa,

Men, sodiq Xudoning nomi bilan duo qiladi.

Yurtda kim ont ichadigan bo‘lsa, Mening nomim bilan ont ichadi. Oldingi qayg‘ular unutiladi, Qayg‘u ko‘z oldimdan yo‘qotiladi.

Yangi ulug‘vor ijod

17 Mana, qarang! Yangi osmon, yangi yer yaratyapman.

Ilgari bo‘lganlar endi eslanmaydi,

Ular hech qachon yodga olinmaydi.

18 Yaratayotgan ishlarim tufayli

To abad shodlaning, xursand bo‘ling.

Men Quddusni shodlik qilib, Xalqini quvonch qilib yaratyapman. 19 Men Quddus tufayli sevinaman, Xalqim Menga quvonch keltiradi.

Endi Quddusda hech qachon

Yig‘i, faryod tovushi eshitilmaydi.

20 U yerda endi go‘daklar o‘lmaydi,

Biror qariya yoshini yashamay o‘tmaydi. Birontasi yuz yoshga kirib olamdan o‘tsa,

U haqda: «Evoh, yosh ketdi», deb aytadilar.

Yuzga yetmay o‘lganni la’nati deb biladilar*.

21 Xalqim uylar qurib, o‘zlari o‘sha yerda yashaydi, Tokzorlar o‘tqazib, hosilini o‘zlari yeydi.

22 Endi ular qurgan uylarda boshqalar yashamaydi, Ekkan daraxtlarining hosili boshqalarga nasib bo‘lmaydi. Xalqimning umri chinor umriday uzoq bo‘ladi,

Tanlagan xalqim o‘z qo‘llarining mahsulidan uzoq vaqt bahramand bo‘ladi.

23 Ularning mehnati behuda ketmaydi, Nasllari baxtsizlikka mubtalo bo‘lmaydi. Ular Men, Egasidan baraka topgan xalqdir,

Ularning avlodiga ham Men baraka beraman. 24 Menga yolvormaslaridan ham oldin Xalqimga javob beraman.

Gapirayotgan paytining o‘zidayoq

Ularga quloq tutaman.

25 Bo‘ri bilan qo‘zichoq birga o‘tlab yuradi, Sher ham ho‘kiz kabi somon yeydi,

Ilon esa tuproq yalaydi.

Muqaddas tog‘imning biron yerida

Hech bir yovuzligu yomonlik qilinmaydi.”

Egamizning kalomi shudir.


66–BOB

Xudo xalqlarni hukm qiladi

1 Egamiz shunday aytmoqda: “Osmon Mening taxtimdir, Yer oyog‘im tagidagi kursidir.

Menga qanday uy qurib bera olasiz?!

Qaysi joy Menga maskan bo‘la oladi?!

2 Axir, hammasini O‘z qo‘llarim bilan yaratganman,

Ha, butun borliq Men tufayli mavjuddir,

— demoqda Egamiz. —

Kamtar, mo‘min bo‘lgan odamga, Kalomim oldida titraydiganga Men e’tibor bilan qarayman.

3 Ammo buqani qurbonlik qiladigan inson

Odam o‘ldirgan qotil kabidir. Qo‘zini qurbonlik qiladigan odam

Itning bo‘ynini sindirgan odam kabidir.

Don nazri qiladigan odam

Cho‘chqa qonini nazr qiladigan odam kabidir.

Tutatqi tutatgan odam

Butga topinadigan odam kabidir*.

O‘shalar o‘z yo‘llarini tanladilar,

Qilgan jirkanch ishlaridan jonlari lazzat olar.

4 Men ham ularga qattiq jazo tanlayman.

Ular nimadan qo‘rqsa, o‘shani boshlariga solaman. Axir, chaqirganimda, hech kim javob bermadi, Gapirganimda, hech kim quloq solmadi.

Ular Mening oldimda qabihlik qildilar,

Menga noma’qul bo‘lgan yo‘lni tanladilar.”


5 Ey Egamizning kalomini eshitib, titraydiganlar, Uning so‘zlariga quloq tutinglar: “Qardoshlaringiz sizdan nafratlanadi,

Mening nomimni deb ular sizni haydagan. Sizlarni mazax qilib, shunday degan edi:

«Qani, Egangiz ulug‘vorligini ko‘rsatib,

Sizlarni qutqarsin.

Xursand bo‘lganingizni ko‘raylik–chi!» Endi o‘shalar sharmanda bo‘ladi.”

6 Shahardan kuchli shovqin–suron kelmoqda!

Ma’baddan bir ovoz eshitilmoqda!

Bu Egamizning ovozidir!

U O‘zining dushmanlariga

Qilmishlariga yarasha qaytaradi.


7 Mana, Quddus to‘lg‘oq tutmasdan oldin tug‘di, To‘lg‘oq tutmay turib, bir o‘g‘il tug‘di.

8 Kim bunday voqeani eshitgan?!

Kim bunday hodisani ko‘rgan?!

Xo‘sh, yurt bir kunda paydo bo‘ladimi?!

Bir onda butun bir xalq dunyoga keladimi?!

Qarang, to‘lg‘og‘i tutar–tutmas Qiz Quddus* o‘g‘illar tug‘di.

9 “Tug‘adigan paytgacha olib kelaman–u,

Tug‘ishga kuch bermaymanmi?!

Hammangiz u bilan birga shodlaning. Ey Quddus uchun aza tutganlar,

U bilan birga xursand bo‘ling!

11 Siz uning ko‘kragidan emganday bo‘lib, To‘yib, tasalli topasiz.

Qonib–qonib ichib,

Uning mo‘l–ko‘l barakasidan zavq olasiz.


12 Ha, Egamiz shunday aytmoqda:

“Men Quddusga tinchlikni daryo kabi,

Elatlarning boyligini toshqin soy kabi oqizib keltiraman. Quddus sizlarni emizikli boladay qo‘llarida ko‘tarib yuradi, Sizlarni tizzalariga o‘tirg‘izib, parvarish qiladi.

13 Bolasini ovutgan bir ona kabi, Men ham sizlarni ovutaman.

Sizlar Quddusda tasalli topasiz.”

14 Bularni ko‘rib, qalbingiz shodlikka to‘ladi, Tanangiz yangi maysa kabi, hayot bilan to‘liq bo‘ladi. Egamiz O‘z qullariga qudratini,

Dushmanlariga esa g‘azabini ko‘rsatadi.

15 Mana, qarang! Egamiz olov bilan kelmoqda, Uning jang aravalari quyunday kelmoqda.

U ayovsiz qasos oladi,

G‘azabi olov kabi yonadi.

16 Ha, Egamiz olovu qilich bilan Jamiki jonzotlarga qarshi kurashadi. Uning qo‘lidan ko‘plari halok bo‘ladi.


17 Egamiz shunday aytmoqda: “O‘zlarini poklab, butlarga bag‘ishlaganlar, sajdagoh bog‘larga* borib, yo‘lboshchilariga ergashganlar yo‘q bo‘ladi. Cho‘chqa va boshqa

harom, makruh hayvonlarning go‘shtini yeydiganlar, ularning hammasi birgalikda halok bo‘ladi. 18 Ularning ishlaridan, o‘ylaridan nafratlanaman*. Hamma xalqlarni, elatlarni yig‘ish vaqti keldi*. Ular kelib, Mening ulug‘vorligimni ko‘radilar. 19 Men ularning orasida alomat ko‘rsataman. Omon qolganlarini quyidagi xalqlar orasiga yuboraman: Tarshish*, Liviya* xalqlariga, kamonkashlari bilan mashhur bo‘lgan Lidiya* xalqiga, Tuval* va Yunon* xalqlariga, dengiz ortidagi Men haqimda eshitmagan, Mening ulug‘vorligimni ko‘rmagan xalqlarga. Ular Mening buyukligimni o‘zga xalqlarga bildiradilar.”

20 Egamiz shunday deydi: “O‘shanda ular barcha xalqlar orasidan qolgan hamma birodarlaringizni olib kelishadi. Ularni nazr sifatida muqaddas tog‘im* — Quddusga keltirishadi. Xuddi Isroil xalqi pok don nazrini Ma’badga olib kelganday, ular birodarlaringizni Quddusga otlarda, jang aravalarida, ot qo‘shilgan aravalarda, xachirlarda va tuyalarda olib kelishadi.” 21 Egamiz shunday deydi: “Ularning orasidan ba’zilarini ruhoniy, ba’zilarini esa levi qilib tayinlayman.”

22 Egamiz shunday aytmoqda: “Men yaratadigan yangi yer va yangi osmon ko‘z oldimda qancha turadigan bo‘lsa, avlodlaringiz ham, nomingiz ham shuncha turadi. 23 Har yangi oy shodiyonasida, har Shabbat kunida jamiki insonlar huzurimga kelib,

Menga sajda qiladilar, — demoqda Egamiz. 24 — Ular tashqariga chiqqanlarida Menga qarshi chiqqanlarning jasadlarini ko‘radilar. O‘sha jasadlarni yeydigan qurtlar o‘lmaydi, ularni yondiradigan olov hech qachon o‘chmaydi. Hammasi barcha inson zotiga jirkanch bo‘ladi.”

IZOHLAR

1:1 Yahudo — Yahudo qabilasi Isroilning janubiy qismidagi eng katta qabila edi. Shoh Sulaymon vafotidan keyin shimoldagi o‘nta qabila janubdagi Yahudo va Benyamin qabilalaridan ajralib chiqdi (3 Shohlar 11:26-12:24 ga qarang). Yahudo va Benyamin qabilalari janubiy shohlik deb ataladigan bo‘ldi. Janubiy shohlikning poytaxti Quddus bo‘lib qolaverdi, ularning o‘z hukmdorlari bor edi. Eski Ahdning ba’zi parchalarida Yahudo so‘zi janubdagi ikkala qabilaga nisbatan ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi YAHUDO so‘ziga qarang.

1:1 Yahudoda…hukmronlik qilardi — Uzziyo miloddan oldingi 781-740 yillarda, Yo‘tom miloddan oldingi 742-735 yillarda, Oxoz miloddan oldingi 735-715 yillarda va Hizqiyo miloddan oldingi 716-687 yillarda hukmronlik qilgan.

1:2 bolalar — Isroil xalqi nazarda tutilgan.

1:6 …moy surtilmagan — zaytun moyi nazarda tutilgan. Qadimgi paytlarda zaytun moyi malham sifatida ishlatilardi. U og‘riq qoldirib, terini qurib ketishdan saqlar edi.

1:7 …vayron qilar — bu yerda qo‘llangan ibroniycha so‘z Eski Ahdning boshqa joylarida Sado‘m va G‘amo‘raning halokatiga nisbatan ishlatilgan (shu bobning 9–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

1:8 Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 27–oyatida ham bor). Eski Ahddagi she’riy parchalarda va payg‘ambarlar bitiklarida Sion so‘zi ko‘pincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SION so‘ziga qarang.

1:9 Sado‘m shahri…G‘amo‘ra shahri — aholisining o‘ta buzuqligi oqibatida Egamiz

vayron qilgan ikkita shahar (Ibtido 18:16-19:28 ga qarang).

1:17 …Yo‘lga soling zolimni… — yoki …Ezilganlarni qutqaring….

1:22 toshqol — metall eritilganda qoladigan qotishma. U chiqindi hisoblanadi va tashlab yuboriladi.

1:29 …O‘zingiz xush ko‘rgan emanlar…O‘zingiz tanlagan sajdagoh bog‘lar… — katta daraxtlar ostida va maxsus barpo qilingan bog‘larda ko‘pincha mahalliy xudolarga qurbonliklar keltirilardi.

2:3 Egamizning tog‘i — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 4:5 ning ikkinchi izohiga qarang.

2:6 Ey Yoqub xonadoni! Xalqingizning yo‘llarini siz tark etdingiz! — yoki Ey Egamiz! Yoqub naslini — xalqingni Sen tark etding!

2:6 bashoratgo‘ylar — ibroniycha matndagi gap sharqdan kelgan odamlar yoki sharqdan keltirilgan ishonch–e’tiqodlarga ishora qilishi mumkin. Bashoratgo‘ylar so‘zi kontekstning mazmuni bo‘yicha mazkur tarjimaga kiritilgan.

2:6 Filistlar yurti — Isroil yurtidan g‘arbda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan.

2:13 Bashan — Jalila ko‘lining shimoli–sharqidagi hudud.

2:16 Tarshish — hozirgi Ispaniyaning hududida joylashgan bu bandargoh shahar

o‘zining katta va haybatli kemalari bilan mashhur edi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish

uchun lug‘atdagi BANDARGOH so‘ziga qarang.

3:9 Sado‘m — 1:9 izohiga qarang.

3:14 Mening uzumzorim — Isroil xalqiga ishora (5:1-7 ga qarang).

3:16 Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 17–oyatida ham bor). 1:8 izohiga qarang.

4:5 …kunduzi bulutni, Tunlari tutunni, yorug‘ alangani… — Xudo Isroil xalqining ajdodlarini qirq yil davomida sahroda boshlab borgan. Bu oyatda ishlatilgan tasvir Isroil xalqiga o‘sha voqealarni eslatadi (Chiqish 13:20-22, 40:36-38 ga qarang).

4:5 Sion tog‘i — Quddusdagi Ma’bad qurilgan tepalik Sion tog‘i deb atalgan. Eski Ahddagi she’riy parchalarda va payg‘ambarlar bitiklarida Sion so‘zi ko‘pincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SION so‘ziga qarang.

5:2 Uzum siqish chuquri — qadimgi paytlarda odamlar uzumni qoyatoshga o‘yilgan chuqurga yoki tuproqdan qazilgan, tubiga va atrofiga zich qilib tosh terilgan chuqurga solib, sharbatini siqib olish uchun oyoqlari bilan ezardilar. Sharbat o‘sha chuqurdan yana boshqa bir chuqurga oqib tushardi.

5:10 Yigirma tanob — ibroniycha matnda O‘nta bo‘yinturuq, ya’ni o‘n juft ho‘kiz bir

kunda shudgor qiladigan dala (taxminan 4 gektar).

5:10 ikki ko‘za — ibroniycha matnda bir bat, taxminan 22 litrga to‘g‘ri keladi. 5:10 O‘n savat — ibroniycha matnda Bir ho‘mr, taxminan 220 litrga to‘g‘ri keladi. 5:10 bir savat — ibroniycha matnda bir efa, taxminan 22 litrga to‘g‘ri keladi.

5:14 O‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. Qadimda Isroil xalqi Sheo‘lni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorong‘i joy deb tushunardi.

5:17 …Sarson bo‘lib yurgan bo‘rdoqilar Yeb to‘yadi vayronalarda — yoki …Begonalar boylarning vayronalari orasida yeb to‘yadilar.

5:26 Uzoqdagi xalqlar — Ossuriya va Bobil xalqlari nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Ossuriya lashkari miloddan oldingi 722 yilda Isroilni, ya’ni shimoliy shohlikni bosib oldi. Miloddan oldingi 701 yilda esa Ossuriyaliklar Yahudoga, ya’ni janubiy shohlikka hujum qilishdi, ammo uni bosib ololmay, ortga chekinishdi. Yahudoni miloddan oldingi 605 yilda Bobil lashkari bosib oldi.

6:1 Shoh Uzziyo vafot etgan yili — Uzziyo Yahudoda, ya’ni janubiy shohlikda hukmronlik qilgan bo‘lib, taxminan miloddan oldingi 740 yili vafot etgan.

6:2 seraflar — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi olovli zotlar. Ehtimol, bu ilohiy

zotlarning ko‘rinishi olov singari bo‘lgan.

7:1 Oxoz — miloddan oldingi 736-716 yillarda Yahudoda, ya’ni janubiy shohlikda

hukmronlik qilgan.

7:2 Dovud xonadoni — shoh Oxoz va uning saroy a’yonlari. Shoh Dovud Yahudo

shohlarining bobokaloni edi.

7:2 Efrayim — Efrayim qabilasi Isroilning shimoliy qismidagi eng katta va nufuzli qabila

bo‘lgani bois, Eski Ahdning ba’zi o‘rinlarida Efrayim degan nom Isroilga, ya’ni shimoliy shohlikka nisbatan ishlatilgan. Bu shohlikning poytaxti Samariya edi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi EFRAYIM so‘ziga qarang.

7:3 Sheryosub — ibroniychadagi ma’nosi omon qolganlar qaytadi.

7:6 To‘val o‘g‘li — To‘valning o‘zi haqida ham, o‘g‘li haqida ham hech qanday ma’lumot yo‘q. Ismiga qaraganda To‘val Oramlik bo‘lishi mumkin.

7:11 o‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. 5:14 izohiga qarang.

7:14 qiz — bu o‘rinda ishlatilgan ibroniycha so‘z bokira qizga ishora qilishi mumkin (misol uchun, Ibtido 24:34 ga qarang), ammo odatda umuman yosh ayolga nisbatan ishlatilgan. Bu o‘rinda Ishayo ishora qilayotgan alomat ma’lum bir yosh ayol homilador bo‘lib, o‘g‘il ko‘rishi haqidagi bashoratdir. Bu bashoratga ko‘ra, o‘sha o‘g‘il aniq bir yoshga yetguncha 15-16–oyatlarda bayon etilgan voqealar sodir bo‘ladi. Ba’zan bashoratlar ikki qirralidir. Bu bashorat nafaqat o‘sha zamonda bo‘ladigan voqealarga, balki uzoq kelajakda bo‘ladigan voqeaga ham taalluqli. Bashoratning yana bir ma’nosi shuki, uzoq kelajakda bokira qiz homilador bo‘lib, shoh Dovudning avlodi bo‘ladigan o‘g‘il ko‘radi. Mana shu o‘g‘il Masih, ya’ni Najotkor bo‘ladi (to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi MASIH so‘ziga qarang).

7:14 Immanuil — ibroniychadagi ma’nosi Xudo biz bilandir.

7:15 qatiq va asal — kunda iste’mol qilinadigan, oddiy taomlar edi. Shu bobning 20-25– oyatlariga ko‘ra, bu gap xalq kelajakda qiyinchilikda, qashshoqlikda yashashga mahkum bo‘lishini bildiradi.

7:17 …Efrayim Yahudodan ajralib chiqqandan beri… — shoh Sulaymon miloddan oldingi 931 yilda vafot etgandan keyin, Isroil shohligi ikkiga bo‘lindi. Shimoldagi shohlik — Isroil yoki Efrayim, janubdagisi esa Yahudo deb ataladigan bo‘ldi (3 Shohlar 11:41- 12:19 ga qarang).

7:20 …soqolingizni butunlay qirib tashlaydi, boshu oyog‘ingizda birorta tuk qolmaydi — bu ko‘chma ma’nodagi gap bo‘lib, Isroil xalqi mag‘lubiyatga uchrashini va sharmandalikka duchor bo‘lishini bildiradi.

7:23 Ming kumush tanga — ibroniycha matnda Ming shaqal kumush, taxminan 11 kiloga

to‘g‘ri keladi.

8:1 Moxirshalolxoshboz — ibroniychadagi ma’nosi to‘satdan hujum qilingan, tez tortib

olingan (shu bobning 3–oyatida ham bor).

8:6 tinch oqadigan Shilo‘vax suvlari — Gixo‘n bulog‘idan Quddusga oqib keladigan ariq nazarda tutilgan. Bu suvlar Xudoning tinchligi va barakasi ramzidir. Ossuriyaning toshqin suvlari esa, bunga zid holda, Xudoning hukmi belgisidir (shu bobning 7-8– oyatlariga qarang).

8:8 Xudo biz bilandir — ibroniycha matnda Immanuil (7:14 ga qarang). Shu bobning 10– oyatida ham bor.

8:17-18 Isroilda biz belgi va alomatmiz — Ishayo bilan uning ikki o‘g‘li — Sheryosub va Moxirshalolxoshboz ismlarining ma’nosiga ishora (7:3 ga va shu bobning 1, 3–oyatiga qarang). Ibroniychada Ishayo ismining ma’nosi — Xudo qutqaradi, Sheryosub ismining

ma’nosi — omon qolganlar qaytadi va Moxirshalolxoshboz ismining ma’nosi —

to‘satdan hujum qilingan, tez tortib olingan.

8:20 Sizlar ularga emas, Xudoning yo‘l–yo‘riqlari va ta’limotiga maslahat soling

Qonunlar 18:9-14 ga qarang.

9:1 Zabulun va Naftali yurti — Zabulun va Naftali qabilalari Isroil xalqining o‘n ikki qabilalariga kirar edi. Ularga mulk qilib berilgan yerlar Isroilning shimolida, Jalila ko‘lining g‘arb tomonida joylashgan.

9:1 Iordanning narigi tomonidagi o‘lka — Iordan daryosining sharq tomonidagi Gilad

o‘lkasi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

9:1 g‘ayriyahudiylar Jalilasi — Jalila hududi Isroil, ya’ni shimoliy shohlikning bir qismi edi. Miloddan oldingi 722 yilda Ossuriyaliklar Isroilni bosib oldilar. Ular Isroil xalqining ko‘pini asir qilib olib ketdilar (4 Shohlar 17:1-6 ga qarang). Ossuriya shohi boshqa xalqlarni — g‘ayriyahudiylarni Isroil yurtiga majburlab ko‘chirdi (4 Shohlar 17:24 ga qarang).

9:4 …Midiyon xalqi kabi, Mag‘lub qilgansan — Xudo Gido‘nga Midiyon xalqi ustidan buyuk g‘alaba bergan payt nazarda tutilgan (Hakamlar 7:1-25 ga qarang).

9:6 Ajoyib Maslahatchi — yoki Ajoyib, Maslahatchi. Yana 11:2 ga qarang.

9:9 Efrayim — 7:2 ning ikkinchi izohiga qarang.

9:10 shikamora–anjir daraxtlari — anjirning qadimgi Yaqin Sharqda keng tarqalgan bir turi. Kattaligi yong‘oq daraxtiday, barglari esa tut barglariga o‘xshash bo‘lib, yil davomida bir necha bor hosil beradigan sersoya daraxt.

9:10 G‘ishtin…Yo‘nilgan toshlar…Shikamora–anjir daraxtlari…sadr daraxtlari… — g‘isht va anjir daraxtlari oddiy qurilish ashyolari, yo‘nilgan toshlar va sadr daraxtlari esa qimmat qurilish ashyolari edi.

9:14 …boshini va quyrug‘ini, Xurmosini va qamishini… — xalqning yo‘lboshchilari va nasihatgo‘ylariga ishora.

9:21 Manashe qabilasi…Efrayim qabilasi…Yahudo… — Manashe va Efrayim Isroilni, ya’ni shimoliy shohlikni tashkil qilgan o‘nta qabiladan ikkitasi, Yahudo esa janubiy shohlikni tashkil qilgan ikkita qabiladan asosiysi edi (1:1 ning birinchi izohiga va 7:2 ning ikkinchi izohiga qarang).

10:5 Ossuriya — miloddan oldingi 701 yilda Isroilni bosib olgan Ossuriya shohi Sanxariv nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

10:9 Xalno…Karxamish…Xomat…Arpad… — bu shaharlar hozirgi Suriyaning shimolida joylashgan edi.

10:9 …Samariya Damashq… — Samariya Isroilning, ya’ni shimoliy shohlikning poytaxti,

Damashq Oram yurtining poytaxti edi.

10:20 o‘z zulmkorlari — Ossuriya xalqi nazarda tutilgan.

10:21 …omon qolganlari Qaytadi… — ibroniycha matnda …sheryosub…. 7:3, 8:17-18 ga

va o‘sha oyatlarning izohlariga qarang.

10:24-25 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang.

10:26 …Midiyonlarni Oriv qoyasida shunday qirgan edim — Hakamlar 7:22-25 ga qarang.

10:26 …Misr lashkarini dengizda g‘arq qildim — Chiqish 14:26-28 ga qarang.

10:27 …bo‘yinturuq yo‘q qilinadi, chunki sizlar kuchga to‘ldingiz — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …semizlik tufayli bo‘yinturuq yo‘q qilinadi. Bu o‘rinda semizlik so‘zi ijobiy ma’noda bo‘lib, Xudo O‘z xalqiga baraka berishiga, ularni yana kuchli qilishiga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin. Ho‘kiz semirganda shunchalik katta bo‘lib ketadiki, bo‘yinturuq uning bo‘ynidan sinib tushadi. Bo‘yinturuq yo‘q qilinadi, degan jumlada shu hodisa nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

10:28 Oyaz shahri — Ay shahrining yana bir nomi bo‘lishi mumkin. Shu bobning 28-32– oyatlarida aytib o‘tilgan joylar Quddus yaqinida edi. Shimoldan kelgan bosqinchilar Quddusga hujum qilish uchun shu yerlarni bosib o‘tardilar.

11:1 Essay — shoh Dovudning otasi.

11:9 Muqaddas tog‘im — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 4:5 ning ikkinchi izohiga qarang.

11:10 …Essayning tomiridan chiqqan… — ya’ni shoh Dovudning naslidan bo‘lgan (shu

bobning 1–oyati izohiga qarang).

11:11 Misrning shimoliy va janubiy hududlaridan… — ibroniycha matnda Misrdan,

Patro‘sdan…. Misrning janubiy hududi qadimda Patro‘s nomi bilan atalar edi.

11:11 Habashiston — ibroniycha matnda Kush. Bu joy Misrdan janubda bo‘lib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini o‘z ichiga olgan edi.

11:11 Elam — bu yurt Bobil yurtidan janubi–sharqda, hozirgi Eron hududida joylashgan edi.

11:11 Bobil — ibroniycha matnda Shinar, Mesopotamiyadagi, ya’ni Dajla va Furot daryolari orasida joylashgan yerlardagi bir hududning qadimgi nomi. Bobil shohligi dastlab shu yerda barpo bo‘lib, keyinchalik ko‘p yerlarni egallagan buyuk shohlik bo‘lgan.

11:11 Xomat — bu shahar hozirgi Suriyada joylashgan edi.

11:13 Efrayim — 7:2 ning ikkinchi izohiga qarang.

11:14 Edom, Mo‘ab — Edom O‘lik dengizning janubida, Mo‘ab O‘lik dengizning sharqida

joylashgan yurtlar edi.

11:14 Ommon xalqi — Iordan daryosining sharq tomonidagi hududlarda yashagan xalq.

11:15 Qizil dengizning qo‘ltig‘i — ibroniycha matnda Misr dengizining tili, hozirgi Suets

qo‘ltig‘i nazarda tutilgan.

11:15 Garmsel — issiq shamol.

12:2 Egamning O‘zi — ibroniycha matnda Yah Yahveh. Ibroniychada Yahveh Xudoning ismidir, Yah Yahvehning qisqa shakli.

12:2 …kuch–qudratimdir — yoki …qudratim, shukrona qo‘shig‘imdir.

12:6 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang.

13:6 Egamizning kuni — Eski Ahddagi payg‘ambarlar bitiklarida bir necha marta

uchraydigan ibora. Ko‘pincha bu ibora Xudo beradigan jazoga ishora qiladi. Bu ibora yana qiyomat kunidagi Xudoning hukmiga nisbatan ham ishlatiladi. O‘sha kuni Xudo O‘z dushmanlari ustidan g‘alaba qozonadi va ularni jazolaydi, O‘ziga sodiq qolganlarga esa orom bag‘ishlaydi, ularga tinchlik va qut–barakalar ato qiladi.

13:17 Midiyaliklar — Midiya hozirgi Eronning shimoli–g‘arbida joylashgan qudratli shohlik edi. Keyinchalik Midiya Fors shohligining eng muhim viloyatlaridan biri bo‘lib qoldi.

13:19 Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, o‘sha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi.

13:19 Sado‘m, G‘amo‘ra — 1:9 izohiga qarang.

14:4 Zo‘ravon — Qumron qo‘lyozmalaridan, qadimiy yunoncha va suryoniycha

tarjimalardan.

14:9 O‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l (shu bobning 11, 15–oyatlarida ham bor). 5:14 izohiga qarang.

14:21 Otasi — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda

Ota–bobolari.

14:28 Shoh Oxoz vafot etgan yili — Oxoz Yahudoda, ya’ni janubiy shohlikda hukmronlik

qilib, taxminan miloddan oldingi 715 yili vafot etgan.

14:29 Bizni urgan tayoq — shoh Oxoz yoki Ossuriya shohlaridan biri nazarda tutilgan

bo‘lishi mumkin.

14:31 Ey Filistlar…ey shahar! — Filist xalqi quyidagi beshta shahar–davlatni barpo qilgan edi: G‘azo, Ashdod, Ashqalon, Exron va Gat. Bu shaharlar Filistiyada, O‘rta yer dengizi yaqinida joylashgan edi.

14:31 Shimoldan — shimol tomondan hujum qiladigan Ossuriya va Bobil xalqlariga ishora.

14:32 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang.

15:1 Mo‘ab — 11:14 ning birinchi izohiga qarang.

15:1 Xir shahri — Xir–Xarasotning yana bir nomi. Bu shahar Mo‘ab yurtining poytaxti

edi.

15:2-3 …sochlari qirilgan…soqoli olingan…3…qanorga o‘rangan — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Sochni qirish, soqolni olish va qanorga o‘ranib olish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi.

15:9 Dibondagi suvlar — Arnon daryosi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

15:9 …Dibon…Dibon… — Qumron qo‘lyozmalaridan, qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan va qadimiy lotincha tarjimadan. Ibroniycha matnda

…Dimon…Dimon….

16:1 Sela shahri — O‘lik dengizdan qariyb 40 kilometr janubda, Edom yurtida

joylashgan.

16:2 Arnon soyligi — Mo‘ab yurtining shimoliy chegarasi. Arnondagi soy g‘arb tomonga oqib, O‘lik dengizga quyiladi.

16:7 Xir–Xarasot — 15:1 da aytib o‘tilgan Xir shahrining yana bir nomi (shu bobning

11–oyatida ham bor).

16:10 Uzum siqish chuqurlari — 5:2 izohiga qarang.

16:11 Xir–Xarasot — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Xir–Xares.

16:12 …Sajdagohiga kelib, iltijolar qilsa… — Mo‘ab xalqi o‘z xudosi Xamo‘shga iltijo

qilardi (Sahroda 21:29 ga qarang).

17:1 Damashq — Oram yurtining poytaxti.

17:3 Efrayim yurti — 7:2 ning ikkinchi izohiga qarang.

17:5 Rafa vodiysi — Quddusdan bir necha kilometr janubi–g‘arbda joylashgan.

17:8 Ashera — Kan’ondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik xudosi bo‘lib, ayol qiyofasida tasavvur qilingan. Uning erkak jufti Baal edi. Asheraning tasvirlari baland ustun shaklida bo‘lib, yog‘ochdan yasalgan edi.

18:1 Habashiston — ibroniycha matnda Kush (11:11 ning ikkinchi izohiga qarang).

18:1 Qanotlar guvullashiga to‘lgan yurt — o‘sha joyda ko‘p uchragan qanotli hasharotlar yoki keyingi oyatda aytib o‘tilgan kemalarning yelkanlari nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

19:9 Zig‘ir tolasiga ishlov beradiganlar…Oq mato to‘qiydiganlar… — zig‘ir va paxta Nil daryosi bo‘ylarida ekilar edi. Mana shu mahsulotlardan ishlab chiqariladigan matolar Misr iqtisodining asosiy qismini tashkil qilar edi.

19:11 Zo‘van — Nil deltasida joylashgan Misrning bir muhim shahri.

19:13 Nuf — Memfis nomi bilan ham ma’lum. Memfis shahri Misr shimoliy hududining markazi bo‘lib, Misr tarixida birmuncha vaqt poytaxt ham bo‘lgan edi.

19:15 Na boshi, na quyrug‘i, na xurmosi, na qamishi — 9:14 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

19:18 ibroniy tili — ibroniycha matnda Kan’on tili. Bu o‘rinda qadimgi ibroniycha

nazarda tutilgan.

19:18 “Quyosh shahri” — Qumron qo‘lyozmalaridan, ba’zi ibroniy qo‘lyozmalaridan va qadimiy lotincha tarjimadan. Ibroniycha matnda “Vayrona shahar”. “Quyosh shahri” nomi ostida Geliopol shahri nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Bu shahar hozirgi Qohiradan qariyb 11 kilometr shimoli–sharqda, Nil daryosi bo‘yida joylashgan.

20:1 Ossuriya shohi Sargon…Ashdodni qo‘lga oldi — Sargon II Filistlarning bu shahrini miloddan oldingi 711 yilda bosib olgan.

20:2 qanor — dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Qanorga o‘ranib olish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi. Ko‘pincha bu harakat Xudodan kechirim so‘rab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.

Payg‘ambarlarning odatdagi kiyimi ana shu matodan tikilgan bo‘lishi ham mumkin

(4 Shohlar 1:8, Zakariyo 13:4 ga qarang).

20:3 Habashiston — ibroniycha matnda Kush (11:11 ning ikkinchi izohiga qarang). Shu bobning 4, 5–oyatlarida ham bor.

20:6 qirg‘oqdagi yurtning aholisi — Filist xalqi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

21:1 Dengiz bo‘yidagi sahro — Bobil yurti nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin (shu bobning 9–oyatiga qarang). Bobil yurtining Fors qo‘ltig‘idagi janubiy qismi ba’zan “dengiz bo‘yidagi yer” deb atalgan. Xudo Bobil yurtiga dahshatli jazo berishi muqarrar edi. Shu bois payg‘ambar bu yurtni sahro deb atagan bo‘lishi mumkin.

21:2 …Elam…Midiya… — 11:11 ning uchinchi izohiga va 13:17 ning izohiga qarang. Mana shu ikki shohlik Fors lashkari bilan birlashib, Bobilga hujum qildilar va uni mag‘lub etdilar (shu bobning 9–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

21:8 …qorovul sherday o‘kirib qoldi — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …sher o‘kirib qoldi. Qumron qo‘lyozmalarida, qadimiy suryoniycha tarjimada …qorovul o‘kirib qoldi.

21:9 …Bobil quladi… — Bobil shahrini miloddan oldingi 539 yilda shoh Kurush boshchiligida Midiya va Fors lashkarlari bosib olgani nazarda tutilgan. Shoh Kurush yana Kir ismi bilan tanilgan.

21:10 yanchilgan — donni boshoqdan ajratish jarayoni yanchish deyiladi. Qadimgi Yaqin Sharqda bu ish don boshoqlarini tayoq bilan urish, ustidan tepkilash yoki xo‘ptir yurgizish orqali bajarilgan (xo‘ptir — ostiga uchli tosh yoki temir mahkamlangan og‘ir taxta). Yanchish so‘zi ko‘pincha Eski Ahdda hukmga yoki urushda halokatga duchor bo‘lishga nisbatan ko‘chma ma’noda ishlatilgan.

21:11 Dumax — Arabiston sahrosining shimolida joylashgan voha yoki Edom yurti

nazarda tutilgan bo‘lsa kerak.

21:11 Seir — Edom yurtiga qarashli bo‘lgan tog‘li yerlar (yana 11:14 ning birinchi izohiga qarang).

21:13 Dedon — Arabiston yarim orolining shimoli–g‘arbida joylashgan shahar va uning

atrofidagi hudud.

21:14 Temo — Arabiston yarim orolining shimolidagi yerlar.

21:16 Kedar — Arabiston sahrosidagi yerlar.

22:1 Vahiy vodiysi — Quddus shahri nazarda tutilgan.

22:1 …tomlarga chiqib… — u zamonlarda uylarning tomi tekis bo‘lib, odamlar tomga

chiqib dam olishardi.

22:6 Elam — 11:11 ning uchinchi izohiga qarang.

22:8 “Lubnon o‘rmoni” degan uy — shoh Sulaymon tomonidan qurilgan bo‘lib, qalqonlar

saqlanadigan ombor edi (3 Shohlar 7:2, 10:16-17 ga qarang).

22:11 …ikki devor o‘rtasida… — ba’zi shaharlarning tashqi va ichki devorlari bo‘lgan. Bu devorlarning oralig‘ida bo‘sh joylar bo‘lgan. Dushman tashqi devorni buzgan taqdirda ham, ichki devor shaharni himoya qilgan.

22:12 Sochlaringizni qirib, qanorga o‘raning… — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Sochni qirish va qanorga o‘ranib olish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi.

22:15 Shavna — Yahudoning, ya’ni janubiy shohlikning shohi Hizqiyo hukmronligi

davrida xizmat qilgan (36:1-37:7 ga qarang).

22:20 Eliyaqim — Yahudoning, ya’ni janubiy shohlikning shohi Hizqiyo hukmronligi davrida xizmat qilgan (36:1-37:7 ga qarang).

22:22 Dovud xonadonining kaliti — ya’ni Dovud avlodidan bo‘lgan shoh Hizqiyo Eliyaqimga bergan yuksak hokimiyat. Bu o‘rinda shohning huzuriga kirishga ruxsat beradigan hokimiyatga ishora qilinayotgan bo‘lishi mumkin.

23:1 Tir — Finikiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shahar. Bu shahar Isroildan shimolda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy hududini tashkil qiladi. Shaharning bir qismi qo‘rg‘on bo‘lib, bu qo‘rg‘on kichkina orolda, dengiz qirg‘og‘idan uzoq bo‘lmagan joyda qurilgan edi.

23:1 Tarshish — 2:16 izohiga qarang.

23:1 Kipr — ibroniycha matnda Kittim, Kiprning qadimgi nomi (shu bobning 12– oyatida ham bor).

23:2 Sidon — Finikiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shahar. Bu shahar Tir shahridan shimolda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan edi. Bugungi kunda bu shahar Livan mamlakatining janubiy hududini tashkil qiladi.

23:3 Shixor — Nil daryosining sharqiy irmog‘i nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

23:10 Nil bo‘yidagi dehqonlar kabi, Yerlaringga ishlov ber — Qumron qo‘lyozmalaridan va qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan. Ibroniycha matnda Nilni kechib o‘tganday, yurtingizni kesib o‘tinglar.

23:10 …Yerlaringga ishlov ber…bandargohing yo‘q endi — Tarshishlik savdogarlar O‘rta yer dengizi bo‘yidagi bandargoh shahar Tirda tijorat qilib, ko‘p foyda olishardi.

Payg‘ambar o‘sha savdogarlarga, endi dehqon bo‘linglar, deb maslahat beradi, chunki Tir vayron bo‘ladi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi BANDARGOH so‘ziga qarang.

23:13 Bobil — ibroniycha matnda Xaldey, o‘sha vaqtda Bobil yurti shu nom bilan ham

atalardi.

23:14 boshpanangiz — Tir shahri nazarda tutilgan (shu bobning 10–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang).

25:6 Bu tog‘ — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 4:5 ning ikkinchi izohiga qarang.

25:10 Mo‘ab — 11:14 ning birinchi izohiga qarang.

26:4 Uning O‘zi — ibroniycha matnda Yah Yahveh. Ibroniychada Yahveh Xudoning ismidir, Yah Yahvehning qisqa shakli.

27:1 Levitan — Kan’on xalqlarining qadimiy afsonalarida uchraydigan maxluq. Levitan halokat keltiruvchi dengiz kuchlarining va o‘rnatilgan barcha tartibga tahdid soladigan buzg‘unchi kuchlarning ramzidir. Muqaddas Kitobda Xudoning Levitan ustidan qozongan g‘alabasi Uning kuch–qudrati ramzidir. Zotan, Xudo butun borliq ustidan, shuningdek, O‘z xalqining dushmanlari ustidan g‘olib bo‘lgan qudratli Hukmdordir.

27:2 uzumzor — 5:1-7 ga qarang.

27:9 Ashera — 17:8 izohiga qarang.

27:12 Misr chegarasidagi irmoq — Sinay yarim orolining shimoli–sharqidagi Arish

soyligi yoki Nil daryosining sharqiy irmog‘i nazarda tutilgan (yana Ibtido 15:18, Sahroda

34:5 va Yoshua 13:3, 15:4, 47 ga qarang).

27:12 yanchadi — 21:10 izohiga qarang. Isroil xalqi boshqa xalqlar orasiga tarqalib ketgandan keyin, Xudo o‘sha xalqlarni hukm qiladi. Dehqon donni boshoqdan ajratib yig‘ib olganday, Xudo ham O‘z xalqini o‘sha xalqlar orasidan ajratib yig‘ib oladi.

27:13 Quddusdagi muqaddas tog‘ — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 4:5 ning ikkinchi izohiga qarang.

28:1 Efrayim — 7:2 ning ikkinchi izohiga qarang.

28:2 …Rabbiyning kuchli bir bahodiri bor — Ossuriya shohiga ishora.

28:10 …bidir–bidir qilasan, Go‘dakday guvranasan — ibroniycha matnda …sav lasav, sav lasav, qav laqav, qav laqav. Bu tovushlar chaqaloqlar og‘zidan chiqadigan ma’nosiz tovushlarga o‘xshaydi. Ossuriya xalqi yurtni bosib olgandan keyin, Ossuriyaliklarning tili xalqning qulog‘iga shu tovushlar kabi eshitiladi (shu bobning 11–oyati izohiga qarang).

28:11 …O‘zga til…tushunarsiz sheva… — Isroil xalqini bosib olgan Ossuriyaliklarning tili nazarda tutilgan. Isroil xalqi ularning tilini tushunmas edi.

28:13 …mazmunsiz so‘zlar…Go‘dakning guvranishi… — ibroniycha matnda …sav lasav, sav lasav, qav laqav, qav laqav… (shu bobning 10–oyati izohiga qarang).

28:15 O‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l (shu bobning 18–oyatida ham bor). 5:14 izohiga qarang.

28:16 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang.

28:16 tamal toshi — qadimgi paytlarda qurilishda poydevor uchun qo‘yilgan birinchi va eng muhim tosh hisoblanardi. Bu tosh poydevorning bir burchagini hosil qilib, binoning qolgan qismi o‘sha toshning joylashuvi bo‘yicha qurilardi.

28:20 Yotgani to‘shagingiz…ensizlik qiladi — bu ibroniycha maqol bo‘lib, odamlarning ishonchli deb bilgan narsalari ularning xotirjam yashashlariga omil bo‘la olmasligini ta’kidlaydi (shu bobning 15, 18–oyatlariga qarang).

28:21 Perazim tog‘idagiday… — 2 Shohlar 5:17-21 ga qarang.

28:21 Givon vodiysidagiday… — Yoshua 10:7-14 ga qarang.

28:28 …yanchilmaydi — 21:10 izohiga qarang.

29:1 Oriyol — Sion tog‘i, ya’ni Quddusning she’riy nomi (4:5 ning ikkinchi izohiga qarang). Oriyol nomi ibroniychadagi qurbongoh so‘ziga ohangdosh.

29:2 qurbongoh — ibroniycha matnda Oriyol. Shu bobning 1–oyati izohiga qarang.

29:3 qamal inshootlari — qadimgi davrlarda dushmanlar devor bilan o‘ralgan shaharga hujum qilayotganlarida, ko‘pincha devor yoniga baland qurilmalar yasaganlar. Shu yo‘l bilan ular shaharni himoya qilayotgan xalqqa hujum qilish uchun devorni buzishga yoki oshib o‘tishga qulay imkoniyat yaratganlar.

29:7 Quddus — ibroniycha matnda Oriyol. Shu bobning 1–oyati izohiga qarang.

29:11 o‘rama qog‘oz — papirus yoki oshlangan teridan qilingan uzun o‘ralgan qog‘oz.

Qadimgi paytlarda kitoblar odatda o‘rama qog‘oz shaklida bo‘lgan.

29:17 Lubnon o‘rmoni — Lubnon tog‘larida o‘sadigan sadr daraxtlari dunyoning o‘sha

hududidagi eng katta daraxt turlaridan edi.

30:4 …Zo‘van…Xanes… — Zo‘van Misrning shimoli–sharqida, Xanes Misrning janubida joylashgan shaharlar edi.

30:7 Rahob — Levitanning yana bir ismi, Kan’on xalqlarining qadimiy afsonalarida uchraydigan maxluq (27:1 izohiga qarang). Bu o‘rinda Rahob Misrning she’riy nomi sifatida kelgan.

30:27 …Qalin bulut ichida… — yoki …Qattiq hukm bilan….

30:29 muqaddas bayram — Fisih ziyofati nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Bu ziyofat Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod bo‘lganini nishonlash uchun o‘tkazilardi (Chiqish 12:1-42 ga qarang).

30:29 Egamizning tog‘i — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 4:5 ning ikkinchi izohiga qarang.

30:33 Tofat — Quddusga yaqin bo‘lgan qabriston (Yeremiyo 7:32, 19:6, 11 ga qarang). Bir vaqtlar u yerda butparastlarning sajdagohi bo‘lgan. O‘sha sajdagohda odamlar o‘z bolalarini Ommon xalqining xudosi Mo‘laxga qurbonlik qilib, olovda kuydirishgan

(4 Shohlar 23:10, Yeremiyo 7:30-31 ga qarang).

31:9 Ossuriyaning suyangan qoyasi — Ossuriya shohi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

33:4 chigirtkalar — ba’zan to‘da–to‘da bo‘lib kelib, dalalardagi hosilga katta zarar

yetkazadigan hasharot.

33:5 Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 14–oyatida ham bor). 1:8 izohiga qarang.

33:7 Tinchlik elchilari — 36:1-3, 22 ga qarang.

33:8 …shaharlar vayron bo‘ldi… — ibroniycha matndan. Qumron qo‘lyozmalarida

ahdlarning guvohlari xor bo‘ldi.

33:9 Sharon tekisligi — O‘rta yer dengizi bo‘yidagi, Karmil tog‘i (shimol tomonda) va

Yaffa shahri (janub tomonda) orasidagi unumdor tekislik.

33:9 Bashan — Jalila ko‘lining shimoli–sharqidagi hudud.

33:23 Kemangizning machtasi mustahkam emas…yelkani yoyilmaydi — ko‘chma ma’nodagi gap bo‘lib, Yahudo xalqi va Quddus aholisining ojizligini, Xudoning yordamiga muhtoj ekanliklarini ko‘rsatadi (shu bobning 22–oyatiga qarang).

34:4 o‘rama qog‘oz — 29:11 izohiga qarang.

34:5 …samolarda Mening qilichim paydo bo‘ldi — Qumron qo‘lyozmalaridan. Ibroniycha matnda …samolarda Mening qilichim to‘yib qon ichdi yoki …samolarda Mening qilichim qonga bo‘kdi.

34:5 Edom — 11:14 ning birinchi izohiga qarang.

34:6 Bozrax shahri — Edom yurtining poytaxti.

34:8 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang.

34:11 …boyqushlaru kirpilar…Ukki… — ibroniycha matnda aytib o‘tilgan bu

hayvonlarning qanday hayvon ekanligi bahsli.

34:15 ilonlar — ibroniycha matnda aytib o‘tilgan bu hayvon qanday hayvon ekanligi

bahsli.

34:16 Egamizning kitobi — Xudo Ishayoga bergan bashoratlar nazarda tutilgan bo‘lishi

mumkin.

35:2 Sharon tekisligi — 33:9 ning birinchi izohiga qarang.

35:8 Bu yo‘ldan…adashmaydi — yoki Idroksizlar hech qachon bu yo‘ldan yura olmaydi.

35:10 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang.

36:1 Hizqiyo hukmronligining o‘n to‘rtinchi yili — miloddan oldingi 701 yil.

36:1 Ossuriya shohi Sanxariv — miloddan oldingi 705-681 yillarda Ossuriyada hukmronlik qilgan.

36:2 Laxish shahri — Quddusdan qariyb 35 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan edi.

36:7 sajdagoh — ibroniycha matnda bamax, ya’ni “tepalik”. Kan’on xudolariga topinadigan joylar bamax deb atalardi. Odatda bu sajdagohlar tepaliklarda joylashgan bo‘lib, u yerda Kan’on xudolarining tasvirlari va qurbonliklar keltirish uchun qurbongoh bo‘lardi. Ba’zi bir paytlarda odamlar mana shu mahalliy sajdagohlarda Egamizga sajda qilardilar.

36:7 Axir, Hizqiyo…aytgan ekan–ku! — Hizqiyoning qilgan ishlaridan Xudo mamnun edi (Qonunlar 12:2-7, 4 Shohlar 18:3-5 ga qarang). Ammo Ossuriya shohi bu so‘zlarni Yahudo xalqini va Quddus aholisini Hizqiyoga qarshi qo‘zg‘atish niyatida, Xudoga itoat qilmaslikka va ishonmaslikka undash maqsadida aytgan edi (shu bobning 15, 18-20– oyatlariga qarang).

36:9 otliqlar — bu o‘rindagi ibroniycha so‘z aravakashlar ma’nosini ham ifodalashi

mumkin.

36:11 oramiycha — oramiy tili o‘sha davrda tijoratda va xalqaro diplomatik doiralarda

ishlatilgan.

36:19 Xomat…Arpad…Sefarvayim… — Xomat va Arpad hozirgi Suriyaning shimolida joylashgan edi. Sefarvayim shahrining qayerda joylashgani bahsli.

36:19 Samariya — Isroilning, ya’ni shimoliy shohlikning poytaxti bo‘lib, Ossuriya

tomonidan bosib olingan.

37:1 …qayg‘udan liboslarini yirtdi. Qanorga o‘ranib… — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Kiyimlarni yirtish va qanorga o‘ranib olish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi. Ko‘pincha bu harakat Xudodan kechirim so‘rab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.

37:8 Laxish shahri — 36:2 izohiga qarang.

37:9-10 Habashiston — ibroniycha matnda Kush (11:11 ning ikkinchi izohiga qarang).

37:16 ikki karub — qanotli samoviy mavjudotlarning haykallari. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi KARUB, KARUBLAR so‘ziga qarang.

37:20 …Sening tanho Egamiz ekaningni bilishsin — ibroniycha matndan. Qumron qo‘lyozmalarida Sening tanho Xudo ekaningni bilishsin, ey Egamiz (yana 4 Shohlar 19:19 ga qarang).

37:22 Bokira qiz — she’riy usul bo‘lib, shahar yoki yurt ahliga ishora qiladi.

37:22 Sion — 1:8 izohiga qarang.

37:27 Tomlarda o‘sgan maysalar — qadimgi Isroilda odatda uylarning tomlari tuproqdan bo‘lib, shibbalangan. Ba’zan tomlarda maysalar o‘sib chiqar, lekin quyosh va garmsel ta’sirida tez qurib qolar edi.

37:27 Tomlarda o‘sgan maysalarga o‘xshab, Yetilmasdan oldin qurib qoldilar — Qumron qo‘lyozmalaridan (yana 4 Shohlar 19:26 ga qarang). Ibroniycha matnda Ular tomlarda o‘sgan maysalarday, hali hosili yetilmagan dala kabidir.

37:29 …Men burningdan halqamni, Og‘zingdan suvlig‘imni o‘tkazaman — Ossuriyaliklar

asirlarga shunday munosabatda bo‘lishar edi.

37:33 …shahar devoriga qiyalatib tuproq uydirmaydi — qadimgi davrlarda dushmanlar devor bilan o‘ralgan shaharga hujum qilayotganlarida, ko‘pincha devorga qiyalatib tuproq uyganlar. Shu yo‘l bilan ular shaharni himoya qilayotgan xalqqa hujum qilish uchun devorni buzishga yoki oshib o‘tishga qulay imkoniyat yaratganlar.

37:37 Naynavo — Nineviya nomi bilan ham ma’lum.

37:38 Ararat yurti — keyinchalik Armaniston tarkibiga kirgan (hozirda Turkiyaning bir qismini tashkil qiladi).

37:38 …Isarxaddo‘n shoh bo‘ldi — miloddan oldingi 681-669 yillarda Ossuriyada hukmronlik qilgan.

38:8 Oxozning zinapoyasi — arxeologik topilmalarga asoslangan holda aytish mumkinki, bu zinapoya vaqtni ko‘rsatadigan maxsus qurilma sifatida xizmat qilar edi.

38:10 O‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. 5:14 izohiga qarang.

38:15 …itoat etib yuraman — yoki …men sekin yuraman.

38:17 …meni saqlading… — qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda …meni sevding….

38:18 o‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l (5:14 izohiga qarang). Qadimda Isroil

xalqining tasavvuriga ko‘ra, Sheo‘lda Xudo bilan muloqot qilishning aslo iloji yo‘q edi.

38:21-22 Ishayo shunday degan edi…22…Hizqiyo…deb so‘ragandi — shu bobning 21-22– oyatlaridagi voqealar 6 va 7–oyatlaridagi voqealar orasida yuz bergan. 4 Shohlar 20:6- 9 ga qarang.

39:1 Marduxbaladon — miloddan oldingi 722-710 va 704-703 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan.

40:3 Bir ovoz yangramoqda: “Cho‘lda… — yoki Cho‘lda bir ovoz shunday hayqirmoqda: “….

40:6 …Ikkinchisi…so‘radi — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …U…so‘radi.

Qumron qo‘lyozmalarida …Men…so‘radim.

40:9 Ey xushxabar keltirgan Quddus…Ey xushxabar keltirgan Sion… — yoki Ey

xushxabarni Quddusga olib kelgan…Ey xushxabarni Sionga olib kelgan….

40:13 Egamizning Ruhi — Ibtido 1:2 ga qarang.

41:2 sharqdan g‘olib shoh — Fors shohi Kurush nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin

(44:28, 45:1, 48:14 ga qarang). U Kir ismi bilan ham tanilgan bo‘lib, miloddan oldingi 559-530 yillarda Fors shohligida hukmronlik qilgan. Miloddan oldingi 539 yilda Bobilni bosib olib, keyingi yili yahudiylarga Bobildan o‘z yurtlariga qaytishlariga ruxsat bergan (Ezra 1:1-4 ga qarang).

41:15 bug‘doy yanchadigan xo‘ptir — ostiga uchli tosh yoki temir mahkamlangan og‘ir taxta. Donni boshoqdan ajratib olish uchun o‘rilib xirmonga yoyilgan bug‘doy ustidan xo‘ptir yurgizilardi. Yana 21:10 izohiga qarang.

41:15 …tog‘lar…Tepaliklar… — Isroil xalqining kuchli va mag‘rur dushmanlariga ishora.

41:19 mirta butalari — doim yashil, xushbo‘y o‘simlik.

41:25 bir yetakchi — Fors shohi Kurush nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin (41:2 ga va

o‘sha oyatning izohiga qarang).

42:5 …uni yoyganman… — 40:22 va Zabur 103:2 ga qarang.

42:11 Kedar — Arabiston sahrosidagi yerlar.

42:11 Sela — Edom yurtidagi bu shahar, O‘lik dengizdan qariyb 40 kilometr janubda, baland yassi tog‘da joylashgan.

42:15 …quruq yerga… — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …orollarga…. Irmoqlar qurib borgani sari, ularning o‘rtasida quruqlik hosil bo‘lib, orollarga o‘xshab ko‘rinardi.

42:21 O‘z adolati haqi, Egamiz…istadi — Chiqish 34:29-32, Qonunlar 4:5-8 ga qarang.

42:22 …bu xalq talon–taroj qilingan… — Ossuriya va Bobil xalqlari Isroil xalqini talon– taroj qilgani nazarda tutilgan (10:5-11, 39:5-7 ga qarang).

43:3 Habashiston — ibroniycha matnda Kush (11:11 ning ikkinchi izohiga qarang).

43:3 Savo — bu yurt Arabiston yarim orolining janubida yoki Afrikada, Qizil dengizning

g‘arbiy bo‘yida joylashgan bo‘lishi mumkin.

43:14 Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, o‘sha vaqtda Bobilliklar shu nom

bilan ham atalardi.

43:16 Men dengizni bo‘lib…so‘qmoq qildim — Chiqish 14:1-31 ga qarang.

43:27 eng katta bobong — Ibrohim yoki Yoqub nazarda tutilgan.

44:2 aziz Isroil — ibroniycha matnda Yoshurun, Isroilni erkalab aytilgan nom.

44:5 Isroil xalqi — ibroniycha matnda Yoqub, Isroil xalqini shu nom bilan ham atashardi.

44:24 …samolarni yoyganman — 40:22 va Zabur 103:2 ga qarang.

44:28 Kurush — 41:2 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

45:1 Kurush — 41:2 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

45:2 Tog‘lar — Qumron qo‘lyozmalaridan va qadimiy yunoncha tarjimadan.

45:14 Habashiston — ibroniycha matnda Kush (11:11 ning ikkinchi izohiga qarang).

45:14 Savo yurti — 43:3 ning ikkinchi izohiga qarang.

45:23 O‘zim haqim ont ichdim… — qadimgi Yaqin Sharqda odamlar aytgan gapini

tasdiqlash uchun, o‘zlaridan buyukroq zot nomini yoki narsani o‘rtaga qo‘yib qasam ichishar edi. Xudo borliqdagi eng buyuk Zot bo‘lgani uchun, U aytgan so‘zining qat’iy ekanligini ko‘rsatish maqsadida O‘z nomini o‘rtaga qo‘yib qasam ichdi.

46:1 Xudo Bel…xudo Navo… — Bel Bobilning bosh xudosi edi (Mardux ismi bilan ham

tanilgan). Navo (Marduxning o‘g‘li) ham Bobil xalqi uchun muhim bir xudo edi.

46:11 Sharqdan…chaqiryapman — Fors shohi Kurush nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin

(41:2 izohiga qarang).

46:13 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang.

47:1 bokira qiz — 37:22 ning birinchi izohiga qarang.

47:1 qiz Bobil — ibroniycha matnda qiz Xaldey, ya’ni Xaldeylar. O‘sha vaqtda Bobilliklar

shu nom bilan ham atalardi.

47:2 …daryolardan kechib o‘t — bu o‘rinda ba’zi Bobilliklarning asirga olinganligiga ishora bo‘lishi mumkin.

47:5 qiz Bobil — ibroniycha matnda qiz Xaldey, ya’ni Xaldeylar. O‘sha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi.

47:14 Isinish uchun…gulxani bo‘lmaydi — 44:15-17 ga qarang.

48:2 muqaddas shahar — ya’ni Quddus.

48:13 zaminning poydevori — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga ko‘ra, yer tep–tekis bo‘lib, yer ostida buyuk dengiz bor edi, dengiz tubida o‘rnatilgan ulkan ustunlar yerni ushlab turardi. Bu ustunlar dengiz tubidagi poydevorga tayanardi.

48:14 Kurush — 41:2 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

48:14 Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, o‘sha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 20–oyatida ham bor).

48:16 Mana endi Egamiz Rabbiy meni Hamda O‘z Ruhini yubormoqda — bu so‘zlarni aytgan odam Ishayo yoki Egamiz tanlagan qul (42:1-9 ga qarang) yoxud shoh Kurush (shu bobning 14-15–oyatlariga qarang) bo‘lishi mumkin.

48:21 Xudo ular uchun qoyadan suv chiqardi — Chiqish 17:1-7 ga qarang.

49:7 xalqlar — yoki xalq.

49:10 garmsel — issiq shamol.

49:12 Sinim yurti — bu yurtning qayerda joylashgani ma’lum emas, ammo bundan oldingi misrada shimol va g‘arb aytib o‘tilgani uchun bu joy uzoqroqda, sharqda yoki janubda joylashgan bo‘lishi mumkin. Qumron qo‘lyozmalarida Savanay, ya’ni hozirgi Misrning Asvon shahri.

49:14 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang.

49:24 zolim — Qumron qo‘lyozmalaridan, qadimiy suryoniycha va lotincha

tarjimalardan (yana shu bobning 25–oyatiga qarang). Ibroniycha matnda solih.

51:3 Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 11, 16–oyatlarida ham bor). 1:8 izohiga qarang.

51:9 Rahob — Levitanning yana bir ismi, Kan’on xalqlarining qadimiy afsonalarida

uchraydigan maxluq (30:7 oyatga va 27:1 izohiga qarang). Bu o‘rinda Rahob Misrning she’riy nomi sifatida kelgan.

51:13 Samolarni yoygan… — 40:22 va Zabur 103:2 ga qarang.

51:13 zamin poydevori — 48:13 izohiga qarang.

51:17 g‘azab kosasi — Xudo g‘azabining ramzi bo‘lgan sharob kosasi. Mana shu sharobdan mast bo‘lish Xudoning hukmiga duchor bo‘lishni bildiradi.

51:19 Kim seni yupata oladi?! — Qumron qo‘lyozmalaridan, qadimiy yunoncha, suryoniycha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Qanday qilib men seni yupata olaman?!

52:2 qiz — 37:22 ning birinchi izohiga qarang.

52:7 Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 8–oyatida ham bor). 1:8 izohiga qarang.

52:11 …Egamizning muqaddas ashyolarini ko‘taradiganlar… — ruhoniylar va levilarga ishora. Bobil xalqi Quddusni bosib olganda, Ma’badning muqaddas ashyolarini o‘z yurtiga olib ketgandi (4 Shohlar 25:13-15 ga qarang). Endi ruhoniylar va levilar muqaddas ashyolarni Quddusga qaytarib olib keladi (Ezra 1:7-11 ga qarang).

52:14 …uning oldida… — ba’zi ibroniy qo‘lyozmalaridan, qadimiy suryoniycha

tarjimadan. Ibroniycha matnda …sizning oldingizda….

53:1 Biz — shu bobda Ishayo payg‘ambar o‘z xalqi nomidan gapirmoqda.

53:8 Hukm bilan, kuch bilan… — yoki Adolatsiz hukm bilan….

53:8 Uning nasli haqida kim o‘ylaydi? — yoki Uning nasli orasidagi odamlardan kim uning taqdiri haqida qayg‘urdi? yoxud Uning nasli orasidagi odamlardan quyidagilarni kim tushundi?

53:8 Xalqimiz — ibroniycha matnda Xalqim, shu bobning 1–oyati izohiga qarang.

53:11 Chekkan azoblarining natijasini ko‘rib… — ibroniycha matndan. Qumron

qo‘lyozmalarida Azoblar chekkandan keyin yorug‘lik ko‘rib (ya’ni u yashaydi).

53:12 …buyuklar qatorida unga ulush beraman… — 49:7, 52:15 ga qarang.

55:13 mirta butalari — doim yashil, xushbo‘y o‘simlik.

56:7 muqaddas tog‘im — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 4:5 ning ikkinchi izohiga qarang.

57:5 Har bir yam–yashil daraxt ostida… — mahalliy xudolarga qurbonlik keltiriladigan joylar nazarda tutilgan (1:29 izohiga qarang).

57:5 …Shahvat bilan gunohga berildingiz! — mahalliy sajdagohlarda fahsh orqali bajariladigan diniy marosimlarga ishora (yana shu bobning 7-8–oyatlariga qarang).

57:8 kesaki — eshik o‘rnatilgan chorcho‘p.

57:9 O‘z shohingiz — yoki Mo‘lax, Ommon xalqining xudosi.

57:9 o‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. 5:14 izohiga qarang.

57:13 Mening muqaddas tog‘im — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 4:5 ning ikkinchi izohiga qarang.

58:5 …Qanor yoyib, kul sochib ustiga yotasiz — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Qanor yoyib, kul sochib ustiga yotish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi. Ko‘pincha bu harakat Xudodan kechirim so‘rab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan. Mazkur oyatda odamlar bu udumni oddiy marosim sifatida bajarganlari, lekin gunohlari uchun chin dildan tavba qilmaganlari, Xudodan yordam so‘ramaganlari ko‘rsatilgan.

59:20 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang.

60:6 Midiyon, Efax — Midiyon ko‘chmanchi bir qabilaning bobokaloni bo‘lgan. Bu qabila hozirgi Aqaba qo‘ltig‘ining sharqidagi Arabiston sahrosida yashagan. Efax Midiyon qabilasining bir urug‘i edi.

60:6 Shava yurti — Arabiston yarim orolining janubi–g‘arb tomonida bo‘lgani ehtimoldan holi emas. Shava malikasi shoh Sulaymonga hadyalar olib kelgan edi (3 Shohlar 10:1-13 ga qarang).

60:7 Kedar…Navayot… — Arabiston yarim orolining shimolidagi yerlar.

60:9 Tarshish — 2:16 izohiga qarang.

61:3 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang. 62:11 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang. 63:1 Bozrax shahri — Edom yurtining poytaxti.

63:2 chuqurda uzum ezgan odam — qadimgi paytlarda odamlar uzumni qoyatoshga o‘yilgan chuqurga yoki tuproqdan qazilgan, tubiga va atrofiga zich qilib tosh terilgan chuqurga solib, sharbatini siqib olish uchun oyoqlari bilan ezardilar. Sharbat o‘sha chuqurdan yana boshqa bir chuqurga oqib tushardi. Uzum ezish Muqaddas Kitobda ko‘pincha Xudoning odamlar ustidan chiqaradigan hukmiga nisbatan ko‘chma ma’noda ishlatilgan.

63:16 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang).

63:18 Sening muqaddas maskaningga…faqat oz vaqt egalik qildik. Endi esa dushmanlarimiz U yerni oyoq osti qilib tashladi — yoki Yurtga…faqat oz vaqt egalik qildik. Endi esa dushmanlarimiz Sening muqaddas maskaningni oyoq osti qilib tashladi.

64:10 Muqaddas shaharlar — Isroil yurti Xudoga tegishli bo‘lgani uchun, undagi barcha shaharlar muqaddas hisoblangan (14:25, Zabur 77:54 ga qarang).

65:3 Sajdagoh bog‘lar — 1:29 izohiga qarang.

65:3 G‘isht qurbongohlar — Tavrot qonuniga ko‘ra, Xudoning xalqi faqatgina loydan yoki yo‘nilmagan toshdan qurbongohlar yasashi kerak edi (Chiqish 20:24-25, Qonunlar 27:5-6, Yoshua 8:31 ga qarang).

65:4 …arvohlarga maslahat soladi — Qonunlar 18:9-14 ga qarang.

65:9 Isroil — ibroniycha matnda Yoqub. Bu oyatda Isroil — shimoliy shohlikni, Yahudo janubiy shohlikni bildiradi.

65:10 Sharon tekisligi…Oxor soyligi… — Sharon tekisligi Isroilning g‘arbida, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan (33:9 ning birinchi izohiga qarang). Oxor soyligi esa

Isroilning sharqida, Yerixo shahri yaqinida joylashgan. Mana shu ikki nom ostida butun Isroil yurti nazarda tutilgan.

65:11 Muqaddas tog‘im — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 4:5 ning ikkinchi izohiga qarang.

65:20 Yuzga yetmay o‘lganni la’nati deb biladilar — yoki Yuzga kirgan gunohkor esa

la’natlanadi.

66:3 …buqani qurbonlik qiladigan inson…Butga topinadigan odam kabidir — mazkur oyatda, shu bobning 2–oyatidan farqli ravishda, Xudoga xo‘ja ko‘rsinga sajda qiladigan odam tasvirlangan. Bunday odam barcha diniy marosimlarni va udumlarni bajaradi–yu, lekin aslida uning yuragida Xudodan qo‘rquv yo‘q, u Xudoga bo‘ysunmaydi (yana shu bobning 5–oyatiga va 1:1-14 ga qarang).

66:8 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang.

66:17 sajdagoh bog‘lar — 1:29 izohiga qarang.

66:18 Ularning ishlaridan, o‘ylaridan nafratlanaman — yoki Ularning ishlarini, o‘ylarini

bilaman yoxud Ularni ishlari, o‘ylari uchun jazolayman.

66:18 Hamma xalqlarni, elatlarni yig‘ish vaqti keldi — yoki Hamma xalqlarni, elatlarni

yig‘ishga Men kelyapman.

66:19 Tarshish — 2:16 izohiga qarang.

66:19 Liviya — qadimiy yunoncha tarjimaning ba’zi qo‘lyozmalaridan. Ibroniycha

matnda Ful.

66:19 Lidiya — ibroniycha matnda bu yurtning qadimgi nomi Lud. Bu yurt hozirgi Turkiyaning sharqida joylashgan edi.

66:19 Tuval — bu yurt hozirgi Turkiyaning sharqida joylashgan edi.

66:19 Yunon — ibroniycha matnda Yovon, o‘sha vaqtda Yunon xalqi shu nom bilan ham

atalardi.

66:20 muqaddas tog‘im — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 4:5 ning ikkinchi izohiga qarang.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru