Muqaddas Kitob


ZAKARIYO

PAYG‘AMBARNING

KITOBI

Kirish

Mazkur kitob Zakariyo payg‘ambarning bashoratlaridan iboratdir. Zakariyo payg‘ambar Bobilda tug‘ilgan. Miloddan oldingi 538 yilda u Bobildagi yahudiy asirlar bilan birga Quddusga qaytgan edi. Zakariyo payg‘ambar Xaggey payg‘ambarning zamondoshi* bo‘lib, undan keyin ham ko‘p yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan.

O‘sha davrda Yahudo yurti* Fors imperiyasiga qaram edi. Yahudoga qaytgan yahudiylar Ma’badni qayta qurishni boshlagandilar. Ammo xalq tushkunlikka tushib, qurilish ishlarini to‘xtatgan edi.

Kitobning birinchi qismida (1-8–boblar) Xudo Zakariyo payg‘ambarga sakkizta vahiy bergani haqida bayon qilinadi. Majoziy obrazlarga boy bo‘lgan bu vahiylar orqali Zakariyo payg‘ambar xalqni ruhlantiradi, Ma’badni oxirigacha qurishlari uchun ularga shijoat baxsh etadi.

Kitobning ikkinchi qismida (9-14–boblar) Zakariyo keladigan shoh haqida va Xudo xalqining porloq kelajagi haqida gapirib, xalqqa umid bag‘ishlaydi. Kitobning bu qismidagi vahiylar uzoq kelajakka oid bo‘lib, boshqa xalqlarning Quddus va Yahudoga hujum qilishi haqida xabar beradi. O‘sha vaqt kelganda Yahudo xalqining ko‘pchiligi o‘ldiriladi, lekin Xudo O‘z xalqining bir qismini qutqaradi. Shunda Yahudo xalqidan omon qolganlar tavba qilib, Xudoga qaytishadi, Xudo ularni kechiradi. O‘sha zamonda Quddus shahri yuksaladi. Shahardan hayotbaxsh irmoqlar oqib chiqadi. Butun yer yuzidagi xalqlar Xudoga sajda qilishadi.


1–BOB

Egamiz xalqini O‘ziga qaytishga undaydi

1 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili* sakkizinchi oyida* Yiddoning nabirasi — Barxiyoning o‘g‘li Zakariyo payg‘ambarga Egamiz O‘z so‘zini ayon qildi. 2-3 Egamiz unga quyidagi xabarni xalqqa yetkazishni buyurdi:


Egamiz ota–bobolaringizdan qattiq g‘azablangan edi. Endi Sarvari Olam

shunday aytmoqda:

so‘zlarimga e’tibor bermadilar, Menga quloq solmadilar. 5 Qani endi o‘sha ota–


bobolaringiz?! Qani, o‘sha payg‘ambarlar, ular abadiy yashaydilarmi?! 6 O‘z qullarim payg‘ambarlar orqali aytgan so‘zlarim, ogohlantirishlarim ota– bobolaringizning boshiga tushdi–ku! Shunda ular tavba qilib: “Sarvari Olam O‘zi rejalashtirganday, yurgan yo‘llarimiz va qilmishlarimizga yarasha bizni jazoladi”, deb aytishdi.

Zakariyo ko‘rgan sakkizta vahiy

7 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili* o‘n birinchi oyi — Shebat oyining* yigirma to‘rtinchi kunida Yiddoning nabirasi — Barxiyoning o‘g‘li Zakariyo payg‘ambarga Egamiz yana O‘z so‘zini ayon qildi. Zakariyo quyidagi vahiylarni ko‘rdi:

Birinchi vahiy: otlar va chavandozlar

8 Kechasi men qizg‘ish ot mingan Egamizning farishtasini* ko‘rdim. U kichik jarlikda mirta butalari* orasida to‘xtab turardi. Uning orqasida esa qizg‘ish, jigar rang va oq otlar mingan chavandozlar bor edi. 9 Boshqa bir farishta men bilan gaplashayotgan edi. Men undan:

Endi temirchilar mana shu xalqlarning shoxlarini kesib tashlash uchun kelishyapti.


2–BOB

Uchinchi vahiy: tanobi bor kishi

1 Men yana tepaga qarab, qo‘lida tanobi* bor bir kishini ko‘rdim. 2 Undan:

Lirik chekinish: surgundagilar o‘z vataniga chaqiriladi

6 “Qani, turinglar! Shimoldagi yurtdan qochinglar, — demoqda Egamiz. — Men sizlarni yerning to‘rt tarafiga sochib tashlagan bo‘lsam ham* turinglar, — aytmoqda Egamiz. 7 — Ey Bobilda yashaydiganlar, Quddusga* qochinglar.”

8 Ey Quddus! Sizlarni talon–taroj qilgan xalqlar oldiga Sarvari Olam meni yubordi.

Shu orqali U O‘z shuhratini namoyon qilmoqchi*. U shunday aytmoqda: “Sizlarga tekkanlar xuddi Mening ko‘z qorachig‘imga tekkanday bo‘ladi. 9 Qarab turinglar, Men O‘zim ularga qarshi chiqaman. O‘z qullari ularni talon–taroj qiladilar.” Ha, ana o‘shanda Sarvari Olam meni yuborganligini anglab yetasiz.

10 Egamiz shunday demoqda: “Qo‘shiq kuylab, xursand bo‘lgin, ey Quddus xalqi! Men kelib sizlarning orangizda yashayman. 11 O‘sha kuni ko‘p xalqlar Menga yuz burib, Mening xalqim qatoriga qo‘shiladilar. Men sizlarning orangizda yashayman.” Ha, ana o‘shanda Sarvari Olam meni yuborganini anglab yetasiz. 12 Yahudo muqaddas yurtdagi Egamizning mulki bo‘ladi, Egamiz Quddusni “O‘z shahrim” deb aytadi. 13 Ey odamzod, Egamiz oldida sukut saqla. Ana, U muqaddas maskanidan chiqib kelmoqda.

3–BOB

To‘rtinchi vahiy: oliy ruhoniy va shayton

1 Keyin farishta menga Egamizning farishtasi oldida oliy ruhoniy Yoshua turganini ko‘rsatdi. Yoshuaning o‘ng tomonida esa shayton* uni ayblab turgan edi. 2 Egamiz shaytonga shunday dedi:

Yoshuaga toj kiydirish haqida amr

9 Egamiz menga quyidagi so‘zlarni ayon qildi:

10 — Bobildagi surgundan qaytib kelgan Xalday, To‘viyo va Yodayodan tilla va kumush ol. O‘sha kuniyoq Zafaniyo o‘g‘li Yo‘shiyoning uyiga bor. 11 Berilgan kumush va oltindan toj yasagin. Uni Yohuzadax o‘g‘li — oliy ruhoniy Yoshuaning boshiga kiygizgin– da, 12 unga shunday degin: “Sarvari Olam shunday demoqda: Novda* degan odam o‘z turgan joyidan shoxlaydi–da, Mening Ma’badimni quradi. 13 Ha, Mening Ma’badimni quradigan o‘shadir. U shohona ulug‘vorlikka ega bo‘lib, hukmronlik qiladi. Taxtining oldida ruhoniy turadi*. Ikkalasi orasida tinchlik, osoyishtalik bo‘ladi. 14 Bu toj Xalday*, To‘viyo, Yodayo va Zafaniyo o‘g‘li Yo‘shiyoning* qaramog‘ida bo‘ladi. U Mening Ma’badimda yodgorlik bo‘lib qoladi. 15 Uzoq joylardan odamlar kelib, Mening Ma’badimni qurishga yordam berishadi.”

Ey surgundan qaytib kelganlar! Shunda Sarvari Olam meni yuborganini sizlar anglab

yetasizlar. Agar sizlar Egangiz Xudoning so‘zlariga yaxshilab quloq solsangizlar, mana

shularning hammasi sodir bo‘ladi.


7–BOB


Yuzaki tutilgan ro‘za hukm qilinadi

1 Shoh Doro hukmronligining to‘rtinchi yili* to‘qqizinchi oyi — Xislav oyining* to‘rtinchi kunida Egamiz O‘z so‘zini Zakariyoga ayon qildi. 2 Bundan oldin Baytil aholisi Egamizdan iltifot so‘rash uchun Sarizar, Raxemmalek va ularning odamlarini Ma’badga yuborib, shunday degan edi:

3 — Borib, Sarvari Olamning uyida bo‘lgan ruhoniy va payg‘ambarlardan so‘ranglar: “Biz ancha yillardan beri Egamizning uyi vayron qilingan oyda* qayg‘urib, ro‘za tutib kelamiz. Shunday qilishda davom etaveraylikmi?”

4 Sarvari Olam Zakariyoga ayon qilgan so‘zida shunday dedi:

5 — Bu yurtdagi barcha odamlarga va ruhoniylarga ayt: “Ha, sizlar mana shu o‘tgan

yetmish yil* davomida beshinchi va yettinchi oylarda* ro‘za tutib, qayg‘urdingizlar. Ammo buni Men uchun emas, o‘zingiz uchun qilgan edingizlar! 6 Qorningizni to‘ydirish uchun yeb–ichganingizday, o‘z manfaatingiz uchun ro‘za tutib qayg‘urgansizlar. 7 Men, Egangiz, o‘tgan payg‘ambarlar orqali aynan shu haqda sizlarni ogohlantirganman–ku! O‘sha paytlarda Quddus va uning atrofidagi qishloqlar odamga to‘la edi. U yerda farovonlik hukm surar edi. Nagav cho‘li va Yahudo qir etaklarida ham odamlar yashardilar.”

Surgunning sababi itoatsizlikdir

8 Egamiz Zakariyoga quyidagi so‘zlarni ayon qildi:

9 — Men, Sarvari Olam, shunday degan edim: “Adolatli hukm qilinglar. Bir–biringizga mehribon bo‘linglar, rahm–shafqat qilinglar. 10 Bevalarga, yetimlarga, musofirlarga, kambag‘allarga zulm qilmanglar. Bir–biringizga qarshi yovuz rejalar tuzmanglar.”

11 Ammo xalqim quloq solishdan bosh tortdi. O‘jarlik qilib, eshitmaslik uchun quloqlarini berkitdi. 12 Men, Sarvari Olam, O‘z Ruhim bilan payg‘ambarlar orqali so‘zlarimni ayon qilganman. Ammo xalqim yuragini tosh qilib, qonun va o‘gitlarga quloq solmadi.

Shuning uchun Men juda qattiq g‘azablandim.

13 “Men chaqirganimda ular eshitmagandilar, ular chaqirganda Men ham eshitmadim, — deydi Sarvari Olam. 14 — Men ularni o‘zlari tanimagan, bilmagan xalqlar orasiga sochib tashladim*. Shunday qilib, ularning yurti vayron bo‘ldi. Na u yerga birov boradi, na u yerdan birov keladi. O‘sha ajoyib yurt vayron bo‘ldi.”


8–BOB

Egamiz Quddusni qayta qurishga va’da beradi

1 Sarvari Olam menga O‘z so‘zini ayon qildi. 2 Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Men Quddusga* qattiq achinib ketdim. Uning dushmanlariga bo‘lgan g‘azabim alangaday yonmoqda.” 3 Egamizning kalomi shudir: “Men Quddusga qaytaman, Sion Mening maskanim bo‘ladi. Shunda Quddus sadoqatli shahar deb ataladi. Mening tog‘im* — Sarvari Olamning tog‘i muqaddas tog‘ deb ataladi.” 4 Sarvari Olam shunday demoqda: “Cholu kampirlar yana Quddus ko‘chalarida o‘tiradilar. Yoshi ulug‘ bo‘lgani uchun ularning qo‘llarida hassalari bo‘ladi. 5 Shaharning ko‘chalari o‘ynayotgan bolalar bilan

to‘ladi.”

6 Sarvari Olamning kalomi shudir: “Balki bularning hammasi xalqimdan qolganlariga imkonsizday tuyular. Ammo bu ishlar Men uchun imkonsiz emas”, — demoqda Sarvari Olam.

7 Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Men sharq va g‘arbda sarson bo‘lgan O‘z xalqimni qutqaraman. 8 Ularni yana Quddusda yashashlari uchun olib kelaman. Ular Mening xalqim bo‘ladi, Men esa ularning Xudosi bo‘laman. Ularni sadoqat va odillik bilan boshqaraman.”

9 Sarvari Olam shunday demoqda: “Dovyurak bo‘linglar, endi sizlar payg‘ambarlarning so‘zlarini eshityapsizlar. Ma’badim, ya’ni Uyimning qayta qurilishi uchun poydevor qo‘yilayotganda, o‘sha payg‘ambarlar shu yerda edilar. 10 Ha, o‘sha kunlardan oldin odam va hayvonlarning ter to‘kib qilgan mehnatlari zoye ketardi, ular yaxshi hosil ololmas edilar*. Dushmanlar xalqqa tinchlik bermasdi. Men hammani bir– biriga qarshi qilib qo‘ygan edim. 11 Ammo endi, ey xalqimning qolganlari, Men sizlar bilan oldingiday munosabatda bo‘lmayman, — demoqda Sarvari Olam. 12 — Sizlar tinchlikda urug‘laringizni ekasizlar. Toklaringiz serhosil bo‘ladi. Yer hosil beradi, osmondan shudring tushadi. Sizlarni Men mana shular bilan barakalayman. 13 Ey Yahudo va Isroil* xalqi, sizlar boshqa xalqlar orasida la’natlangan xalqning ramzi edingizlar. Endi bunday bo‘lmaydi! Men sizlarni qutqaraman. Sizlar baraka ramzi va manbayi bo‘lasizlar. Qo‘rqmanglar! Dadil bo‘linglar!”

14 Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Ota–bobolaringiz Mening jahlimni chiqarganda boshlariga ofat keltiraman, degandim. O‘z fikrimdan qaytmadim, — demoqda Sarvari Olam. 15 — Qo‘rqmanglar, ey Quddus va Yahudo xalqi! Endi Men sizlarga yaxshilik keltiraman, deb qaror qildim. 16 Quyidagi aytganlarimni qilishingiz kerak: bir–biringizga haqiqatni ayting. Hukm qilganingizda odil qaror chiqarib, tinchlik o‘rnating. 17 Bir– biringizga qarshi yovuz rejalar tuzmang, yolg‘on qasam ichmang. Men bulardan nafratlanaman.” Sarvari Olamning kalomi shudir.

18 Sarvari Olam menga O‘z so‘zini ayon qildi. 19 Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Ey Yahudo xalqi, to‘rtinchi, beshinchi, yettinchi va o‘ninchi oylar* endi azayu ro‘za vaqti emas, balki sizlar uchun shodu xurramlik va quvnoq bayramlar davri bo‘ladi. Sizlar haqiqat va tinchlikni sevinglar.”

20 Sarvari Olam shunday demoqda: “Hali boshqa shaharlarda yashaydigan odamlar ham Quddusga keladi. 21 Bir shaharning aholisi ikkinchi shaharda yashovchilarning oldiga borib: «Biz ketyapmiz, yuringlar, Egamizdan iltifot so‘raylik, Sarvari Olamga sajda qilaylik», deb aytadi.” 22 Ko‘p ellar va kuchli xalqlar Sarvari Olamdan iltifot so‘ragani va Unga sajda qilgani Quddusga keladilar. 23 Sarvari Olamning kalomi shudir: “O‘sha kunlarda turli tillarda gapiruvchi, har xil ellarga mansub bo‘lgan o‘n kishi bir yahudiyni ushlab oladi. Uning kiyimidan mahkam tutadilar–da, unga: «Biz sen bilan boraylik. Axir, Xudo sizlar bilan ekanini eshitdik», deb aytadilar.”


9–BOB

Isroilning dushmanlari ustidan chiqarilgan hukm

1 Bashorat. Egamizning so‘zi Xadrax yurtiga* qarshidir. Damashq shahriga qaratilgandir.

Egamiz barcha Isroil qabilalarini kuzatib turganday, Butun insoniyatni ham kuzatadi*.

2 Xadraxga chegaradosh bo‘lgan Xomat* ham,

Donolarga to‘la bo‘lgan Tir va Sidon* ham Egamizning ko‘zi ostidadir*.

3 Tir shahri o‘ziga qal’a qurib olgan, Shunchalik ko‘p kumush va oltin yiqqanki, Ular ko‘chadagi chang va loydaydir.

4 Lekin endi Rabbiy ularning mulkini tortib oladi, Boyliklarini dengizga uloqtiradi.

Shaharning o‘zi esa olovga yem bo‘ladi.


5 Ashqalon shahri* buni ko‘rib, qo‘rquvga tushadi, G‘azo ham dahshatga tushib qaltiraydi,

Umidi puchga chiqqan

Exron ham shu ahvolga tushadi. G‘azoning shohi halok bo‘ladi, Ashqalonda esa hech bir zot qolmaydi. 6 Egamiz shunday deydi:

“Ashdodda nasli buzilgan xalqlar yashaydi.

Ha, Men Filistlarning takabburligiga chek qo‘yaman. 7 Men Filistlarning og‘zidagi qonli go‘shtni, Tishlaridagi harom ovqatni* olib tashlayman.

Filistlarning tirik qolganlari Menga tegishli bo‘ladi, Ular Yahudoning avlodiday bo‘lib qoladi.

Exron ham Yobus xalqiday*

O‘z xalqimning bir qismi bo‘ladi. 8 Bosqinchilardan asray deb Men O‘zim uyimni qo‘riqlayman.

Xalqimning yurtini hech kim bosib ololmas, Ha, Men hammasini ko‘rib turibman.

Bo‘lajak shoh

9 Xursand bo‘lib, quvoning,

Ey Quddus xalqi! Shodlik ila hayqiring, Ey Sion aholisi!

Mana, shohingiz kelyapti. U zafar qozongan g‘olibdir. Shunga qaramay, Kamtarindir shohingiz,

U eshakning ustida,

Ha, eshakning bolasini — Xo‘tikni minib kelyapti.

10 Men Efrayimning* jang aravalarini yo‘qotaman,

Quddusning* jang otlarini tortib olaman.

Urush kamonlari ham yo‘q qilinadi,

Shohingiz xalqlarga tinchlik keltiradi. Men bir dengizdan ikkinchisiga qadar, Furot daryosidan tortib

Yer yuzining to‘rt tomoniga hukmronlik qilaman.

Xudo O‘z xalqini qayta tiklaydi

11 Men sizlar bilan qilgan,

Qurbonlik qoni bilan tasdiqlangan ahdim* tufayli, Asirlaringizni suvsiz chuqurlikdan ozod qilaman. 12 Ey umidvor asirlar,

O‘z qal’angizga qayting. Bugun Men aytyapman,

Yo‘qotganlaringizni ikki barobar qilib tiklayman. 13 Men Yahudoni O‘z kamonimdek qayirdim, Efrayimni* esa kamonim o‘qi qildim.

Ey Sion*, Men sening o‘g‘illaringni

Yunon* o‘g‘illariga qarshi qo‘zg‘ataman.

Mening qo‘limda jangchining qilichiday o‘ynaysan.”

Egamiz O‘z xalqini himoya qiladi 14 Shundan keyin Egamiz O‘z xalqi uzra zohir bo‘ladi, Uning o‘qi yashinday otiladi.

Egamiz Rabbiy burg‘uni chalib,

Janubdan kelgan quyunlar orasida hujum qiladi.

15 Sarvari Olam O‘z xalqini himoya qiladi, Ular dushmanlarini qirib,

Yov palaxmonlarini oyoq osti qilib tashlaydilar. Qurbonlik so‘yganday yov qonini to‘kadilar, Qurbongoh shoxlari qonga belanganday,

Ular dushmanlarining qoniga belanadilar. Sharobu may bilan g‘alabani nishonlaydilar, Xursandligidan mast odamday hayqiradilar.


16 O‘sha kuni ularning Egasi Xudo O‘z xalqini qutqaradi.

Axir, ular Egamizning suruvidir. Egamizning yurtida ular

Toj gavharlariday porlaydilar.

17 Uning xalqi qanday go‘zal va ajoyib!

Yangi sharobu donlar Yigit–qizlarni baquvvat qilar.


10–BOB

Egamiz najot berishga va’da qiladi

1 Bahorda yomg‘ir beradigan Egamizdan yomg‘ir so‘ranglar.

Bo‘ron bulutlarini yaratgan, Odamzodga yomg‘ir beradigan, Hamma uchun dalalarni

O‘t–o‘langa to‘ldiradigan Egamizdir.

2 Xonaki sanamlar* behuda gaplarni gapiradilar,

Folbinlar yolg‘on follar ochadilar.

Tush ta’bir qiluvchilar yolg‘on ta’bir qiladilar,

Behuda tasalli beradilar.

Shuning uchun bu xalq qo‘yday sarson bo‘lib yuribdi, Cho‘poni yo‘qligi uchun azob chekyapti.


3 Egamiz shunday demoqda:

“G‘azabim xalqimning yo‘lboshchilariga qarshi yonmoqda, Men xalqimning bu cho‘ponlarini jazolayman.

Men, Sarvari Olam, O‘z suruvim bo‘lgan

Yahudo* xalqi uchun qayg‘uraman.

Men o‘sha suruvni ulug‘vor jang otlariday qilaman.

4 Yahudo orasidan tamal toshi*,

Chodir qozig‘i, jang kamoni chiqadi.

Ha, har bir yetakchi ularning orasidan chiqadi.

5 Birgalikda ular jang payti ko‘chada loy kechgan Jangchilarday bo‘ladilar,

Men, Egangiz, ular bilan birgaman. Ular urushga chiqib,

Dushman chavandozlarini sharmanda qiladilar.


6 Men Yahudo xalqini kuchga to‘ldiraman,

Yusufning avlodini* qutqaraman. Ularga rahm–shafqat ko‘rsataman, Axir, Men ularning Egasi Xudoman. Ularning iltijolariga javob berib, O‘z yurtiga qaytarib olib kelaman.

O‘shanda ular hech qachon rad qilinmaganday bo‘ladi.

7 Efrayim xalqi* qudratli jangchilarday bo‘ladi,

Ularning yuraklari sharob ichgandagi singari quvnoq bo‘ladi. Buni ko‘rgan farzandlari shodlanadi,

Ular Mening qilgan ishlarimdan xursand bo‘ladi.

8 Men cho‘pon kabi hushtak chalib, O‘z xalqimni yig‘aman,

Axir, Men ularni qutqarganman. Oldin ular qancha bo‘lgan bo‘lsalar, Ularning soni yana shuncha bo‘ladi.

9 Men ularni xalqlarning orasiga sochib yuborgan bo‘lsam ham*, Eng uzoqdagi yurtlarda ham ular Meni eslaydilar.

Farzandlariyu o‘zlari omon qolib, qaytib kelishadi.

10 Men xalqimni Misr yurtidan qaytaraman,

Ossuriya yeridan* yig‘ib kelaman.

Men ularni Gilad o‘lkasi va Lubnon yurtigacha bo‘lgan yerlarga joylashtiraman.

Hatto mana shu joylar ham ularga torlik qiladi.

11 Mening xalqim kulfat dengizidan o‘tsa,

O‘sha dengizning to‘lqinlarini urib tushiraman.

Nil daryosining tubi qurib qoladi.

Ossuriya xalqining takabburligiga barham beraman.

Misr esa o‘z saltanat hassasini* yo‘qotadi.

12 O‘z qudratim bilan xalqimni kuchli qilaman. Ular Mening nomimga loyiq hayot kechiradilar.” Egamizning kalomi shudir.


11–BOB

Bosqinchilarning qulashi

1 Ey Lubnon, och darvozalaringni!

Sadr daraxtlaringni* olov yondirib tashlasin.

2 Ey sarv daraxti, dod solib yig‘lagin,

Axir, sadr daraxtlari quladi.

O‘sha ulug‘vor daraxtlar vayron bo‘ldi.

Ey Bashandagi* emanlar, dod solib yig‘lang,

Qalin–qalin o‘rmonlarning daraxtlari

Kesib tashlandi, axir.

3 Ana, eshiting! Cho‘ponlarning yig‘isin, Ko‘m–ko‘k yaylovlar nobud bo‘ldi, axir. Quloq soling sherlarning o‘kirishiga, Iordan butazorlari nobud bo‘ldi, axir.

Ikki xil cho‘pon

4 Egam Xudo menga shunday dedi:

Meni baholab berilgan bu arzimas kumush tangalarni olib, Egamiz uyidagi kulolga* berdim. 14 Keyin “Ahillik” deb atalgan ikkinchi tayog‘imni sindirdim. Shunday qilib, Yahudo va Isroil* orasidagi birodarlikni bekor qildim.

15 Shundan keyin Egamiz menga aytdi: “Bor, yana bir marta cho‘ponlik qilgin. Ammo bu safar foydasiz cho‘ponday bo‘lgin. 16 Ha, Men bu yurtga shunday bir cho‘pon beramanki, u halok bo‘layotganlarga qaramaydi. Yo‘qolganlarni izlamaydi, yaradorlarga shifo bermaydi, sog‘ bo‘lganlarni oziqlantirmaydi. Aksincha, semiz qo‘ylarni so‘yib yeydi, tuyoqlarini ham kesib tashlaydi.


17 Ey suruvni tark etadigan qadrsiz cho‘ponim,

Holingga voy!

Qilich sening qo‘lingni chopib, O‘ng ko‘zingni o‘yib tashlasin!

Sening qo‘ling butunlay qurib qolsin, O‘ng ko‘zing ko‘r bo‘lsin!”


12–BOB

Quddusning kelajakdagi g‘alabasi

1 Bashorat. Egamizning Isroil* haqida aytgan gaplari. Zamin poydevorini qo‘ygan, falaklarni yoygan, insonga jon ato qilgan Egamiz shunday demoqda: 2 “Qarab turinglar, Men Quddusni sharob qadahiday qilib qo‘yaman. U o‘zining atrofidagi xalqlarni gandiraklatadigan bo‘ladi*. Quddusni qamalga olishganda, Yahudo yurtining qolgan boshqa joylariga ham hujum qilishadi. 3 O‘sha kuni Men Quddusni boshqa xalqlar uchun og‘ir toshday qilib qo‘yaman. Uni ko‘targanlarning hammasi o‘zlariga zarar keltiradilar. Butun yer yuzidagi xalqlar unga qarshi chiqish uchun birlashadilar. 4 O‘sha kuni, Men har bir otni dahshatga solaman, ularning chavandozlarini esa aqldan ozdiraman, — demoqda Egamiz. — Yahudo xalqiga esa O‘zim g‘amxo‘rlik qilaman. Dushmanlarining otlarini ko‘r qilib qo‘yaman. 5 Shunda Yahudo urug‘lari o‘zlariga:

— Quddus aholisining qudrat manbayi bizning Xudoyimiz, Sarvari Olamdir, —

deydilar.

6 O‘sha kuni Men Yahudo urug‘larini o‘tin orasidagi qizib turgan cho‘g‘day, bug‘doy bog‘lamlari orasidagi yonib turgan mash’aladay qilaman. Ular o‘ngu so‘ldagi, atrofidagi xalqlarni yamlab yutadilar. Quddusdagi odamlar esa osoyishta hayot kechiradilar.

7 Men, Egangiz, avval Yahudo xalqiga g‘alaba beraman. Dovud avlodining va Quddus aholisining shuhrati Yahudoning shuhratidan oshib ketmasligi uchun shunday qilaman. 8 O‘sha kuni Men Quddus aholisini himoya qilaman. Ularning orasidagi eng ojizi ham Dovudday kuchli bo‘ladi. Dovud avlodi esa Mening farishtamday, xuddi O‘zimday Quddus ahlini boshlab boradi. 9 Mening rejam o‘sha kuni Quddusga qarshi chiqqan

barcha xalqlarni halok qilishdir.

10 Men Dovud avlodiga, Quddus aholisiga mehr–shafqat va ibodat ruhini yog‘diraman. Ular Menga — o‘zlari nayza sanchganga qarashadi. Yolg‘iz farzandga aza tutganday, aza tutishadi. To‘ng‘ich farzand uchun motam tutganday, motam tutishadi. 11 O‘sha kuni Quddusdagi dod–faryod, Magido‘ vodiysidagi Hadad–Rimmonda* tutilgan azaday, kuchli bo‘ladi. 12 Butun yurt aza tutadi. Har bir oila alohida aza tutadi: Dovud

avlodining oilalari alohida, ularning xotinlari alohida, Natan* avlodining oilalari alohida, ularning xotinlari alohida, 13 Levi avlodining oilalari alohida, ularning xotinlari alohida, Shimax* avlodining oilasi va ularning xotinlari alohida aza tutadilar. 14 Qolgan oilalar ham o‘zlari alohida aza tutadilar. Ularning xotinlari ham alohida aza tutadilar.”


13–BOB

1-2 Sarvari Olam shunday aytmoqda: “O‘sha kuni Dovud avlodi va Quddus aholisi

uchun bir buloq ochiladi. Bu buloq ularning barcha gunohlari va nopokliklarini yuvadi.

O‘sha kuni Men bu yurtdan barcha butlarni yo‘q qilaman. Hatto ularning nomlari ham unutiladi. Men bu yurtdan yana soxta payg‘ambarlarni va ularni ilhomlantiradigan yovuz ruhni olib tashlayman. 3 Agar yana soxta payg‘ambar chiqsa, o‘z ota–onasi unga shunday deydi:

Xudoning cho‘ponini o‘ldirish haqidagi amr

7 Sarvari Olam shunday demoqda:

“Qani, qo‘zg‘algin, ey qilich!

Menga yaqin bo‘lganga,

O‘zimga xizmat qilgan cho‘ponga qarshi chiq. Cho‘ponga hamla qilgin,

Shunda qo‘ylar har yoqqa tarqalib ketadi,

Men qo‘zichoqlarga qarshi qo‘limni ko‘taraman.

8 Butun yurt xalqining uchdan ikki qismi halok bo‘ladi,

— deb aytmoqda Egamiz. —

Uchdan bir qismi esa tirik qoladi.

9 Men mana shu qolgan uchdan bir qismini Olovdan o‘tkazib poklaganday poklayman. Ularni kumushni toblaganday toblayman, Oltinni sinaganday sinayman.

Ular Menga iltijo qiladilar,

Men esa ularga javob beraman.

«Ular Mening xalqimdir», deyman Men.

Ular esa: «Egamiz bizning Xudoyimizdir», deb aytishadi.”


14–BOB

Kelajakdagi urush va g‘alaba

1 Egamizning kuniga* oz qoldi. Ey Quddus ahli, o‘sha kuni mulkingiz ko‘z oldingizda

talon–taroj qilinadi. 2 Egamiz barcha xalqlarni Quddusga qarshi jang qilishga yig‘adi. Dushmanlar shaharni qo‘lga kiritishadi. Uylarni talab ketishadi, ayollarni zo‘rlashadi. Shahar aholisining yarmi surgunga ketadi. Qolganlari esa shahardan haydalmaydi.

3 Shundan keyin Egamiz urushdagi jangchiday o‘sha xalqlarga hujum qiladi. 4 O‘sha kuni U Quddus shahrining sharqida bo‘lgan Zaytun tog‘ining ustida turadi. Shu kuni Zaytun tog‘i ikkiga ajraladi. Tog‘ orasidan sharqdan g‘arbga qarab ketgan keng bir vodiy o‘tadi. Shunda tog‘ning bir tarafi shimolga, ikkinchi tarafi esa janubga suriladi. 5 Sizlar o‘sha vodiy orqali qochasizlar. Tog‘lar orasidagi vodiy Oziyolgacha* cho‘ziladi. Sizlar Yahudo shohi Uzziyo davrida bo‘lgan zilzila* paytida qochganday qochasizlar. Shunda Egamiz Xudo O‘z farishtalari bilan birga keladi.

6 O‘sha kuni barcha yorug‘lik manbalari so‘nib, nur taratmaydigan bo‘lib qoladi.

7 Ammo kun davom etaveradi. Shunda kun ham, tun ham bo‘lmaydi. Kech kirganda ham

yorug‘ bo‘lib turaveradi. Bu qachon sodir bo‘lishini faqatgina Egamiz biladi.

8 O‘sha kuni Quddusdan hayotbaxsh suvlar oqib chiqadi, uning yarmi O‘lik dengizga, qolgan yarmi esa O‘rta yer dengiziga quyiladi. Suv yozda ham, qishda ham oqaveradi.

9 Egamiz esa butun yer yuzining Shohi bo‘ladi. O‘sha kuni barcha xalqlar Egamizni

tanho Ega deb tan oladi va faqat Unga sajda qilishadi.

10 Shimoldagi Gebodan Quddusning janubidagi Rimmongacha bo‘lgan joylar, butun yurt* tekislikka aylanadi. Quddus esa o‘zining yuksak joyida turaveradi. Shahar Benyamin darvozasidan Eski darvozagacha, Burchak darvozasigacha, Xanonil minorasidan shohga qarashli bo‘lgan uzum siqish chuqurigacha* cho‘zilgan bo‘ladi.

11 Quddusda yana odamlar yashaydigan bo‘ladi, bundan keyin uni hech qachon vayron qilishmaydi. Quddusda tinchlik qaror topadi.

12 Quddusga qarshi urush ochgan xalqlarning boshiga Egamiz quyidagi o‘latni yuboradi: tirik bo‘lsalar ham tanasi chirib ketadi, ko‘zlari kosasidayoq chirib ketadi, tillari esa og‘izlaridayoq chirib ketadi. 13 O‘sha kuni Egamiz ularni benihoya dahshatga tushiradi. Hamma o‘z yonidagi odamni ushlab, bir–biriga qarshi qo‘l ko‘taradi. 14 Hatto Yahudo xalqi ham Quddusdagi jangga qo‘shiladi. Uning atrofidagi barcha xalqlarning boyliklari — juda ko‘p tilla, kumush va kiyimlar o‘lja qilib olinadi. 15 Yuqorida aytilgan o‘lat dushmanlarning qarorgohidagi hamma hayvonlarga — otlarga, xachirlarga, tuyalarga, eshaklarga ham qirg‘in keltiradi.

16 Quddusga qarshi urush ochganlardan tirik qolganlari esa har yili Shoh — Sarvari Olamga sajda qilishga va Chayla bayramini nishonlashga kelishadi. 17 Agar yer yuzidagi xalqlarning birortasi Shoh — Sarvari Olamga sajda qilish uchun Quddusga kelmasa, ularning yurtida yomg‘ir yog‘maydi. 18 Agar Misr xalqi ham bayramga kelishni rad etsa, ularning yurtida ham yomg‘ir yog‘maydi. Egamiz* Chayla bayramiga kelishni rad etgan boshqa xalqlarning boshiga solgan o‘sha kulfatni ularning boshiga ham soladi. 19 Chayla

bayramini nishonlashga chiqmagan Misr xalqi va boshqa hamma xalqlarning jazosi shu bo‘ladi.

20 O‘sha kuni hatto otlarning yuganlaridagi qo‘ng‘iroqlarida ham “Egamizga bag‘ishlangan”* degan yozuv bo‘ladi. Qurbongoh oldida ishlatiladigan tog‘orachalar muqaddas bo‘lgani kabi, Egamizning uyidagi oddiy qozonlar ham xuddi shunday muqaddas bo‘ladi. 21 Quddus va Yahudodagi barcha qozonlar Sarvari Olamga bag‘ishlangan bo‘ladi. Shunda kim qurbonlik keltirmoqchi bo‘lsa, qurbonlik go‘shtini shu qozonlarda qaynatsa bo‘laveradi. O‘sha kuni Mening uyimda savdogarlar* boshqa bo‘lmaydi.

IZOHLAR

Zakariyo payg‘ambar Xaggey payg‘ambarning zamondoshi… — Ezra 5:1-2 ga qarang.

Yahudo yurti — o‘sha davrda Yahudo yurti Fors shohligining hukmronligi ostida bo‘lgan. Yahudo yurti hududiga faqat Quddus va uning atrofidagi yerlar kirardi. Yahudo shohlari hukmronlik qilgan davrda esa bu yurtning hududi ancha katta edi.

1:1 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili — miloddan oldingi 520 yil. Doro miloddan oldingi 522-486 yillarda Fors shohligida hukmronlik qilgan.

1:1 sakkizinchi oy — ibroniy kalendarining Bul oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga

ko‘ra, bu oy taxminan oktabrning o‘rtasidan boshlanadi.

1:7 Shoh Doro hukmronligining ikkinchi yili — shu bobning 1–oyatiga berilgan birinchi izohga qarang.

1:7 Shebat oyi — ibroniy kalendarining o‘n birinchi oyi. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan yanvarning o‘rtasidan boshlanadi.

1:8 Egamizning farishtasi — ibroniycha matnda odam. Shu bobning 11-12–oyatlarida

aytib o‘tilgan Egamizning farishtasiga ishora.

1:8 mirta butalari — doim yashil, xushbo‘y o‘simlik.

1:10 farishta — ibroniycha matnda odam. Shu bobning 11-12–oyatlarida aytib o‘tilgan

Egamizning farishtasiga ishora.

1:12 yetmish yil — Quddus aholisi va Yahudo xalqi Bobilda surgunda yashagan davr.

1:14 Sion — Quddusdagi Ma’bad qurilgan tepalik Sion tog‘i deb atalgan. Eski Ahddagi she’riy parchalarda va payg‘ambarlar bitiklarida Sion so‘zi ko‘pincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SION so‘ziga qarang.

1:18 buqaning to‘rtta shoxi — Eski Ahdda buqaning shoxlari ko‘pincha ko‘chma ma’noda ishlatilib, kuchli hukmdorlarga yoki harbiy qudratga ishora qilgan. To‘rt soni ramziy ma’noda ishlatilgan bo‘lib, dunyoning to‘rt tomonini bildiradi. Bu o‘rinda dushmanlar Yahudo, Isroil xalqlarini va Quddus aholisini har tomondan qurshab olib, qiyin ahvolga solib qo‘ygani anglashiladi.

1:19 Yahudo, Isroil — janubiy va shimoliy shohliklar nazarda tutilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi YAHUDO va ISROIL so‘zlariga qarang.

1:19 Yahudo, Isroil xalqlarini va Quddus aholisini sochib tashlagan hukmdorlar — miloddan oldingi 722 yilda Ossuriya shohi Shalmanasar Isroilga, ya’ni shimoliy shohlikka hujum qilib, poytaxti Samariyani zabt etdi. So‘ng Isroil xalqining aksariyat qismini Ossuriyaga surgun qildi (4 Shohlar 17:1-6 ga qarang). Miloddan oldingi 586 yilda Bobil shohi Navuxadnazar Quddusni vayron qilib, aholining asosiy qismini Bobilga surgun qildi (4 Shohlar 25:1-21 ga qarang). Yahudodan qochib ketganlar esa Mo‘ab, Ommon, Edom va Misr yurtlarida boshpana topdilar (Yeremiyo 40:11-12, 43:7 ga qarang).

2:1 tanob — yerni o‘lchash uchun ishlatiladigan arqon.

2:4-5 o‘sha yigit — arqonni ushlab turgan yigit nazarda tutilgan. Ammo Zakariyoga

ishora bo‘lishi mumkin.

2:6 Men sizlarni yerning to‘rt tarafiga sochib tashlagan bo‘lsam ham… — 1:19 ning ikkinchi izohiga qarang.

2:7 Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 10–oyatida ham bor). 1:14 izohiga qarang.

2:8 Sizlarni…U O‘z shuhratini namoyon qilmoqchi — yoki Sarvari Olam — ulug‘vor Xudo

sizlarni talon–taroj qilgan xalqlar oldiga meni yubordi.

3:1 shayton — ibroniychadagi ma’nosi ayblovchi.

3:4 atrofida turganlar — o‘sha yerdagi farishtalarga ishora bo‘lsa kerak.

3:7 Senga shu yerda turganlar orasidan joy beraman — ya’ni o‘sha yerdagi farishtalarga o‘xshab, Yoshua ham Xudoga xizmat qilish va Xudoning huzuriga kirish sharafiga muyassar bo‘lar edi.

3:8 «Novda» — Dovud avlodidan kelib chiqadigan shohga, ya’ni Masihga nisbatan ishlatilgan unvon (Ishayo 11:1, Yeremiyo 23:5, 33:15 ga qarang). To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi MASIH so‘ziga qarang.

4:4 Bular nima, ey to‘ram? — bu savolga farishta shu bobning 10–oyati ikkinchi qismida javob beradi.

4:6 Zarubabel — Yahudo hokimi. Xaggey 1:1 ga va o‘sha oyatning uchinchi va to‘rtinchi

izohlariga qarang.

4:7 baland tog‘ — bu ibora majoziy ma’noda qo‘llangan bo‘lib, Zarubabel Ma’badni qayta qurishda duch kelgan qiyinchiliklarga va qarshiliklarga ishora bo‘lsa kerak. Zarubabel bu qiyinchiliklarni yengib o‘tgan edi, tog‘larning tekislikka aylanishi ana shu g‘alabaning ramzidir.

4:10 yozuv o‘yilgan tosh — yoki shoqul. Shoqul — binokorlikda devor, ustun va shu kabilarning vertikal holatini aniqlash uchun ishlatiladigan, bir uchiga og‘irlik bog‘langan ipdan iborat asbob.

4:14 Bular…ikki zotdir — oliy ruhoniy Yoshua (3:1-6 ga qarang) va Yahudo hokimi Zarubabel (shu bobning 6-10–oyatlariga qarang) nazarda tutilgan. Zarubabel Dovud avlodidan edi.

5:1 o‘rama bir qog‘oz — papirus yoki oshlangan teridan qilingan uzun o‘ralgan qog‘oz. Qadimgi paytlarda kitoblar odatda o‘rama qog‘oz shaklida bo‘lgan.

5:2 …uzunligi yigirma tirsak, eni esa o‘n tirsak… — uzunligi taxminan 9 metrga, eni

taxminan 4,5 metrga to‘g‘ri keladi.

5:11 Bobil — ibroniycha matnda Shinar, Mesopotamiyadagi, ya’ni Dajla va Furot daryolari orasida joylashgan yerlardagi bir hududning qadimgi nomi. Bobil shohligi dastlab shu yerda barpo bo‘lib, keyinchalik ko‘p yerlarni egallagan buyuk shohlik bo‘lgan.

6:6 …uning orqasidan ketadi — yoki …g‘arbga boradi.

6:8 shimoldagi yurt — Bobil nazarda tutilgan.

6:8 …Egamizning irodasini ado etishdi, Egamiz jahlidan tushdi — ibroniycha matnda

…Egamizning Ruhiga tinchlik berishdi. Bu ibora Xudoning xalqiga zulm o‘tkazgan xalqlar (1:15 ga qarang) jazo olganini bildirishi mumkin. Miloddan oldingi 539 yilda Fors shohi Kurush Bobilni bosib oldi va keyingi yili o‘sha yerda surgunda yashayotgan

yahudiylarga Quddusga qaytishlari uchun hamda Ma’badni qayta qurishlari uchun ijozat

berdi (2 Solnomalar 36:20-23, Ishayo 44:28-45:4 ga qarang).

6:12 Novda — Zarubabel nazarda tutilgan (4:6-10 ga qarang), ayni paytda keladigan Masihga ham ishora qiladi (3:8 izohiga qarang).

6:13 Taxtining oldida ruhoniy turadi — oliy ruhoniy Yoshua nazarda tutilgan, ayni paytda ruhoniy va shoh bo‘lib keladigan Masihga ham ishora qiladi (Zabur 109:1-4 ga qarang).

6:14 Xalday — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xalem. Uning Xalday degan shakli shu bobning 10–oyatidan olingan.

6:14 Yo‘shiyo — ibroniycha matnda Xen, ma’nosi inoyatli va Yo‘shiyoning yana bir nomi

bo‘lishi mumkin. Uning Yo‘shiyo degan shakli shu bobning 10–oyatidan olingan.

7:1 Shoh Doro hukmronligining to‘rtinchi yili — miloddan oldingi 518 yil. 1:1 ning birinchi izohiga qarang.

7:1 Xislav oyi — ibroniy kalendarining to‘qqizinchi oyi. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan noyabrning o‘rtasidan boshlanadi.

7:3 Egamizning uyi vayron qilingan oy — ibroniycha matnda beshinchi oy. 8:19 izohiga qarang.

7:5 yetmish yil — 1:12 izohiga qarang.

7:5 beshinchi va yettinchi oylar — 8:19 izohiga qarang.

7:14 Men ularni…sochib tashladim — 1:19 ning ikkinchi izohiga qarang.

8:2 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:14 izohiga qarang.

8:3 Mening tog‘im — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 1:14 izohiga qarang. 8:10 …ular yaxshi hosil ololmas edilar — Xaggey 1:6, 10-11, 2:16-17 ga qarang. 8:13 Yahudo va Isroil — 1:19 ning birinchi izohiga qarang.

8:19 to‘rtinchi, beshinchi, yettinchi va o‘ninchi oylar — ibroniy kalendarining to‘rt oyi. Bu oylarda Xudoning xalqi quyidagi voqealarni xotirlab, ro‘za tutardi: miloddan oldingi 589 yilning o‘ninchi oyida shoh Navuxadnazarning lashkari Quddusni qamal qilgan.

Miloddan oldingi 586 yilning to‘rtinchi oyida o‘sha lashkar Quddus devorlarini buzib, shaharga kirgan. O‘sha yilning beshinchi oyida ular Ma’badni va shaharni vayron qilganlar, shahar aholisini Bobilga asir qilib olib ketganlar. O‘sha yilning yettinchi oyida Yahudo hokimi Gadaliyoga suiqasd qilingan, qolgan xalq esa Misrga qochib ketgan.

4 Shohlar 25:1-26 ga qarang.

9:1 Xadrax yurti — Damashq va Xomat shaharlaridan sharqda joylashgan.

9:1 Egamiz barcha Isroil qabilalarini kuzatib turganday, Butun insoniyatni ham kuzatadi

— yoki Barcha Isroil qabilalarining hamda insoniyatning ko‘zlari Egamizdadir.

9:2 Xomat — hozirgi Suriyaning shimolida joylashgan shahar.

9:2 Tir va Sidon — Finikiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shaharlar. Bu shaharlar Isroildan shimolda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi. Filistlar bu shaharlar bilan ittifoq tuzgan edilar.

9:2 …Egamizning ko‘zi ostidadir — yoki …Egamizga ko‘z tikkan.

9:5 Ashqalon shahri — Filist xalqi quyidagi beshta shahar–davlatni barpo qilgan edi: G‘azo, Ashdod, Ashqalon, Exron va Gat. Bu shaharlar Filistiyada, O‘rta yer dengizi yaqinida joylashgan edi.

9:7 …qonli go‘sht…harom ovqat… — Filistlar Xudoning xalqi qatoriga kiradilar, shundan keyin taqiqlangan ovqatlarni yemaydigan bo‘ladilar (Ibtido 9:4, Levilar 11:1-23 ga qarang).

9:7 Yobus xalqi — Quddusning tub aholisi. Shoh Dovud shaharni bosib olgandan keyin ular ham Xudoning xalqi qatoriga kirdi (2 Shohlar 5:6-10, 24:16 ga qarang).

9:10 Efrayim — Efrayim qabilasi Isroilning shimoliy qismidagi eng katta va nufuzli qabila bo‘lgani bois, Eski Ahdning ba’zi o‘rinlarida Efrayim degan nom Isroilga, ya’ni shimoliy shohlikka nisbatan ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi EFRAYIM so‘ziga qarang.

9:10 …Efrayim…Quddus… — bu o‘rinda Zakariyo Xudoning xalqiga tegishli bo‘lgan, qayta tiklangan, birlashgan janubiy va shimoliy shohlikka ishora qilyapti. Hizqiyol 37:15-28 ga qarang.

9:11 Qurbonlik qoni bilan tasdiqlangan ahdim — Chiqish 24:1-8 ga qarang. 9:13 …Yahudo…Efrayim… — shu bobning 10–oyatiga berilgan izohlarga qarang. 9:13 Sion — 1:14 izohiga qarang.

9:13 Yunon — ibroniycha matnda Yovon, o‘sha vaqtda Yunon xalqi shu nom bilan ham atalardi.

10:2 Xonaki sanamlar — ibroniycha matnda Terafim. Odamlar bu sanamlardan fol

ochishda foydalangan bo‘lsalar kerak.

10:3 Yahudo — 1:19 ning birinchi izohiga qarang.

10:4 tamal toshi — qadimgi paytlarda qurilishda poydevor uchun qo‘yilgan birinchi va eng muhim tosh hisoblanardi. Bu tosh poydevorning bir burchagini hosil qilib, binoning qolgan qismi o‘sha toshning joylashuvi bo‘yicha qurilardi.

10:6 Yusufning avlodi — Isroilning, ya’ni shimoliy shohlik aholisining nasllariga ishora. Shimoliy shohlikning ikkita asosiy qabilasi — Efrayim va Manashe qabilalari Yusufdan kelib chiqqan edilar.

10:7 Efrayim xalqi — 9:10 ning birinchi izohiga qarang.

10:9 Men ularni…sochib yuborgan bo‘lsam ham… — 1:19 ning ikkinchi izohiga qarang.

10:10 …Misr yurti…Ossuriya yeri… — Misr Isroil yurtidan janubda, Ossuriya esa shimolda joylashgan edi.

10:11 saltanat hassasi — bu maxsus hassa bo‘lib, shoh va hukmdorlarning hokimiyatini

bildiruvchi ramz edi.

11:1 Sadr daraxtlari — Lubnon tog‘lari o‘zining katta sadr daraxtlari va go‘zal tabiati

bilan mashhur edi (Qonunlar 3:25, Zabur 103:16-17 ga qarang).

11:2 Bashan — Jalila ko‘lining shimoli–sharqida joylashgan bo‘lib, o‘zining yam–yashil yaylovlari, gullari va daraxtlari bilan mashhur edi.

11:7 cho‘pon — shu bobning 7-14–oyatlariga ko‘ra, Zakariyo cho‘ponlik vazifasini o‘z zimmasiga olar ekan, bu harakat orqali Xudoning O‘z xalqini yetaklashini va ularga g‘amxo‘rlik qilishini majoziy ma’noda ifodalaydi.

11:7 …qo‘y savdogarlari meni bo‘g‘izlanadigan qo‘y suruviga cho‘pon qilib yolladilar — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda …men bo‘g‘izlanadigan, qattiq zulm ko‘rgan qo‘y suruviga cho‘pon bo‘ldim. Yana shu bobning 11–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

11:10 O‘z xalqi — ibroniycha matnda hamma xalqlar. Bu o‘rinda Isroil xalqining hamma qabilalariga, ya’ni Xudoning xalqiga she’riy usulda ishora qilingan bo‘lishi mumkin.

Xudo hamma xalqlar bilan ahd tuzgani haqida Eski Ahdning biron joyida aytilmagan.

11:11 Meni kuzatib turgan qo‘y savdogarlari… — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda Meni kuzatib turgan, qattiq zulm ko‘rgan suruv….

11:12 o‘ttiz kumush tanga — ibroniycha matnda o‘ttiz bo‘lak kumush, taxminan 330

grammga to‘g‘ri keladi. Qulning narxi o‘ttiz kumush tanga bo‘lgani bois (Chiqish

21:32 ga qarang), Zakariyo payg‘ambarga to‘langan bu narx uning o‘ziga ham, Xudoga

ham qattiq haqorat edi.

11:13 …kulolga…kulolga… — ibroniycha matndan. Qadimiy suryoniycha tarjimada

…xazinaga…xazinaga…, Ma’bad xazinasiga ishora. Eritilishdan oldin ba’zi qimmatbaho metallar loy idishlarda saqlangan. Ba’zan metallga ishlov beruvchi usta eritilgan metallni loy idishlarga quyib, keyinchalik ishlatish uchun saqlab qo‘yardi. Mana shu sabablarga ko‘ra, ko‘p olimlar bu o‘rinda ishlatilgan kulol so‘zi metallni eritib, unga ishlov beradigan odamga ishora qiladi, deb aytadilar.

11:14 Yahudo va Isroil — bir paytlar Yahudo nomi janubiy shohlikka, Isroil esa shimoliy shohlikka nisbatan ishlatilgan (to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi YAHUDO va ISROIL so‘zlariga qarang). Zakariyo davriga kelib, o‘sha shohliklar yo‘q bo‘lib ketgan edi. Shu sababdan mazkur oyatdagi bu nomlar Xudoning jamiki xalqiga ishora qiladi.

12:1 Isroil — bu o‘rinda Xudoning jamiki xalqi nazarda tutilgan (11:14 izohiga qarang).

12:2 U o‘zining atrofidagi xalqlarni gandiraklatadigan bo‘ladi — bu o‘rinda sharob Xudo g‘azabining ramzi bo‘lib, sharobdan mast bo‘lish Xudoning hukmiga duchor bo‘lishni bildiradi (Ishayo 51:17-23, Yeremiyo 25:15-29 ga qarang). Xalqlar Quddusga hujum qilsalar, ularning o‘zlari halok bo‘ladilar.

12:11 Hadad–Rimmon — Yahudoning oxirgi solih shohi Yo‘shiyo aza tutish uchun borib turadigan joyning nomi bo‘lishi mumkin. Yo‘shiyo Magido‘ tekisligida bo‘lgan jangda o‘ldirilgan (2 Solnomalar 35:20-25 ga qarang).

12:12 Natan — Dovudning o‘g‘illaridan biri (2 Shohlar 5:14 ga qarang).

12:13 Shimax — Levining nabiralaridan biri (Sahroda 3:17-18 ga qarang).

13:6 Badaningizdagi yara izlari — Kan’on xalqlarining xudolariga xizmat qiladigan payg‘ambarlar ba’zan badanlarini tilardilar (3 Shohlar 18:28 ga qarang). Badanlaridagi yara izlari ularning soxta payg‘ambar bo‘lganining dalili edi.

14:1 Egamizning kuni — Eski Ahddagi payg‘ambarlar bitiklarida bir necha marta uchraydigan ibora. Ko‘pincha bu ibora Xudo beradigan jazoga ishora qiladi. Bu ibora yana qiyomat kunidagi Xudoning hukmiga nisbatan ham ishlatiladi. O‘sha kuni Xudo O‘z dushmanlari ustidan g‘alaba qozonadi va ularni jazolaydi, O‘ziga sodiq qolganlarga esa orom bag‘ishlaydi, ularga tinchlik va qut–barakalar ato qiladi.

14:5 Oziyol — bu joy haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Shu bobning 4–oyatida tasvirlanishicha, bu joy Quddusdan sharqda bo‘lgan, deb taxmin qilish mumkin.

14:5 Yahudo shohi Uzziyo davrida bo‘lgan zilzila — Yahudo shohi Uzziyo davrida (ya’ni miloddan oldingi 781-740 yillarda) qattiq zilzila bo‘lgani tarixdan ma’lum. Bu zilzila haqida Amos 1:1 da ham aytib o‘tilgan.

14:10 Shimoldagi Gebodan Quddusning janubidagi Rimmongacha bo‘lgan joylar, butun yurt… — Yahudo yurtiga ishora. Bobilliklar Yahudoni bosib olishlaridan oldin, Gebo va Rimmon shaharlari Yahudoning shimoliy va janubiy chegaralariga yaqin yerda joylashgan edi (1:19 ning izohlariga qarang).

14:10 uzum siqish chuquri — qadimgi paytlarda odamlar uzumni qoyatoshga o‘yilgan chuqurga yoki tuproqdan qazilgan, tubiga va atrofiga zich qilib tosh terilgan chuqurga solib, sharbatini siqib olish uchun oyoqlari bilan ezardilar. Sharbat o‘sha chuqurdan yana boshqa bir chuqurga oqib tushardi.

14:18 …ularning yurtida ham yomg‘ir yog‘maydi. Egamiz… — yoki …ular Quddusga bormasa, Egamiz….

14:20 “Egamizga bag‘ishlangan” — tilla lavhaga o‘yib yozilgan bu yozuvni oliy ruhoniy sallasining old tomoniga taqib yurardi (Chiqish 28:36-38 ga qarang). Oyatning mazmuniga ko‘ra, Egamizning kuni kelganda hamma narsa muqaddas, Xudoning xizmatiga bag‘ishlangan bo‘ladi.

14:21 savdogarlar — ibroniycha matnda Kan’onliklar. Ba’zi o‘rinlarda Kan’onliklar so‘zi savdogarlarga nisbatan ishlatilgan. Oyat mazmuniga ko‘ra, Ma’badda sajda qiluvchilar bundan keyin savdogarlardan poklangan idishlar sotib olishga majbur bo‘lmaydilar, chunki hamma idishlar muqaddas bo‘ladi. Yoki Zakariyo Kan’onliklar so‘zi orqali Xudoga chin dildan itoat etmaydigan, Unga sajda qilmaydigan odamlarga ishora qilgan bo‘lishi mumkin.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru