Muqaddas Kitob


PAVLUSNING

FILIMO‘NGA

MAKTUBI

Kirish

Mazkur maktub muallifi havoriy Pavlusdir. Pavlus ushbu maktubini Filimo‘n ismli masihiyga yo‘llaydi. Ehtimol, Filimo‘n Kolosa shahridagi jamoatning a’zosi bo‘lgandir. Filimo‘nning O‘nisimus degan quli bor edi. Bu qul xo‘jayinidan qochib ketib, taqdir taqozosi bilan Pavlusni uchratib qoladi. Pavlus o‘sha vaqtda qamoqda* bo‘ladi.

O‘nisimus Pavlus orqali imonga keladi.

Pavlus bu maktubni Filimo‘nga quli O‘nisimus bilan yarashishni iltimos qilib yozadi.

So‘ng O‘nisimusga maktubni berib, uni Filimo‘nning oldiga qaytarib yuboradi. Pavlus Filimo‘ndan O‘nisimusni nafaqat qul, balki masihiy birodar sifatida qabul qilishini so‘raydi.

Filimo‘nga maktub juda qisqa bo‘lgani uchun boblarga bo‘linmagan.


1–BOB

Duoyi salom

1 Iso Masihga qilgan xizmatim tufayli qamoqda bo‘lgan* men — Pavlusdan hamda birodarimiz Timo‘tiydan* sevikli hamkorimiz Filimo‘nga salom! 2 Singlimiz* Affiya bilan safdoshimiz Arxippusga, shuningdek, xonadoningda yig‘ilib turadigan imonlilar jamoatiga ham salom yo‘llaymiz. 3 Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin.

Xudoga shukrona

4 Ey Filimo‘n, men ibodat qilganimda seni eslab, har doim Xudoyimga shukur aytaman. 5 Chunki sening Rabbimiz Isoga bo‘lgan imoning va barcha aziz birodarlarga bo‘lgan muhabbating haqida eshitib turibman. 6 Ibodatim shuki, birgalikda baham ko‘rayotgan imonimiz sening hayotingda samara bersin. Iso Masih uchun qilishimiz kerak bo‘lgan yaxshiliklarni chuqurroq tushunishingga olib kelsin. 7 Birodarim, sen tufayli birodarlarning ko‘ngli tinch. Sening mehr–muhabbating menga katta sevinch va tasalli berdi.

Pavlus qul O‘nisimus uchun iltimos qiladi

8 Filimo‘n, sen ham, men ham Masihga ishonamiz. Shuning uchun men senga, o‘z burchingni bajargin, deb buyurishga haddim sig‘adi. 9 Ammo sen meni yaxshi ko‘rganing uchun iltimos qilishni afzal ko‘rdim. Iso Masih tufayli qamoqda bo‘lgan, yoshi o‘tib qolgan men, Pavlus, 10 mahbusligimda imon orqali menga o‘g‘il bo‘lib qolgan O‘nisimus* uchun sendan iltimos qilyapman. 11-12 O‘nisimus bir vaqtlar senga foydasiz edi. Endi esa u senga ham, menga ham foydalidir*. Ko‘zimning oqu qorasiday bo‘lib qolgan O‘nisimusni sening oldingga qaytarib yubordim.

13 Men Xushxabarni targ‘ib qilganim uchun qamoqda yotibman. O‘nisimusning yonimda qolishini, sening o‘rningga menga xizmat qilishini xohlar edim. 14 Ammo sening


roziligingsiz hech bir ish qilishni xohlamadim, chunki sening iltifotingni majburiy emas, balki ixtiyoriy bo‘lishini istadim. 15 Balki, sen O‘nisimusni abadiy qaytarib olishing uchun u sendan vaqtinchalik ajralgandir*. 16 Endi u senga faqatgina qul emas, balki quldan yuqori, sevikli birodaringdir. Men uni juda qadrlayman. Ishonchim komilki, u senga qul sifatida ham, Rabbimiz Iso orqali birodaring sifatida ham yanada qadrliroqdir.

17 Agar sen meni Rabbimiz xizmatidagi safdoshing deb bilsang, O‘nisimusni meni qabul qilganday qabul qilgin. 18 Mabodo, u senga zarar keltirgan bo‘lsa yoki sendan qarzdor bo‘lsa, buni mening zimmamga yukla. 19 Men, Pavlus, quyidagini o‘z qo‘lim bilan yozyapman*: men qarzingni to‘layman. Sen o‘z hayoting uchun* mendan qarzdor ekanligingni aytishimning esa hojati yo‘q. 20 Ha, birodarim, Rabbimiz Iso tufayli mendan bu iltifotingni ayama! Masih haqi–hurmati jonimga oro kirgin! 21 Sen mening so‘zlarimga quloq solib, aytganlarimni qilasan, ha, bundan ham ko‘prog‘ini bajarasan, deb ishonganim uchun bularni yozdim.

22 Bundan tashqari, menga biror turar joy ham tayyorlab qo‘ygin. Chunki Xudo

ibodatlaringizni eshitib, meni yana sizlarning oldingizga qaytarishiga ishonaman.

So‘nggi salomlar

23-24 Men bilan birga Iso Masih nomi uchun mahbus bo‘lgan Epafras, hamkorlarim

Mark*, Aristarxus, Dimas, Luqo* senga salom yo‘llayaptilar.

25 Rabbimiz Iso Masihning inoyati sizlarga yor bo‘lsin*.

IZOHLAR

qamoqda — 1–oyatning birinchi izohiga qarang.

1:1 qamoqda bo‘lgan — bu paytda Pavlus Rimda mahbus bo‘lgani ehtimoldan holi emas

(Havoriylar 28:16, 30 ga qarang).

1:1 Timo‘tiy — ilk jamoatning yetakchisi bo‘lib, havoriy Pavlusning hamkori (Havoriylar 16:1-3, Filippiliklar 2:20-22 ga qarang).

1:2 Singlimiz — ularning tug‘ishgan singlisi emas, balki imonli ayollarga shunday

murojaat qilingan.

1:10 O‘nisimus — Pavlus Rimda mahbus bo‘lganda O‘nisimus u orqali imonga kelgan va shu sababdan Pavlusga juda yaqin bo‘lib qolgan edi. Kolosaliklar 4:9 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

1:11-12 foydasiz…foydali — O‘nisimus ismining ma’nosi foydali bo‘lib, bu oyatlarda so‘z o‘yini ishlatilgan.

1:15 Balki, sen O‘nisimusni abadiy qaytarib olishing uchun u sendan vaqtinchalik ajralgandir — O‘nisimus Filimo‘nning uyidan qochib ketganda hali masihiy emas edi. U Rimda imonga kelib, Filimo‘nning oldiga masihiy birodar sifatida qaytib ketayotgan edi. Endi ular imonli birodarlar bo‘lib, Masihda abadiy hayotga ega edilar va ularning o‘zaro munosabati butunlay o‘zgargan edi.

1:19 …o‘z qo‘lim bilan yozyapman — 1 Korinfliklar 16:21 izohiga qarang.

1:19 …o‘z hayoting uchun… — Filimo‘n Pavlus orqali Iso Masihga imon keltirgan bo‘lishi

mumkin.

1:23-24 Mark — Kolosaliklar 4:10 ning oxirgi izohiga qarang.

1:23-24 Luqo — Kolosaliklar 4:14 izohiga qarang.

1:25 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘z oyatga qo‘shimcha

qilingan: omin.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru