Muqaddas Kitob


ZABUR

Kirish

Zabur kitobi Xudoga bag‘ishlangan turli mazmundagi she’rlarning majmuasidir.

Ularni ba’zan qo‘shiq qilib kuylashgan, ba’zan esa yakka tartibda yoki guruhda ibodat sifatida aytishgan. Kitob 150 ta sanodan iborat bo‘lib, aksariyat sanolarning muallifi shoh Dovud hisoblanadi. Sanolar yillar davomida to‘plangan. Isroil xalqining Xudoga sajda qilishida bu sanolar muhim o‘rin egallaydi.

Sanolarda ibroniy she’riyatining parallelizm deb atalgan usuli keng qo‘llanilgan. Odatda bu usul biror g‘oyani tasdiqlash, unga urg‘u berish yoki qo‘shimcha ma’no ifodalash maqsadida ishlatiladi. Parallelizm hosil qilishda mazmunan yaqin bo‘lgan gaplar juft misralarda birin–ketin, turli so‘zlar bilan takrorlanadi. Misol uchun,


“Ey shohlar! Endi aql bilan ish qiling.

Ey zamin hukmdorlari! Ogoh bo‘ling.” (2:10)


Sanolarda Muqaddas Kitob tarkibidagi ko‘p kitoblarning bosh g‘oyasi o‘z aksini topadi. Bu g‘oyalar hamdu sano, shukrona, imon, umid–ishonch, gunoh oqibatidagi qayg‘u, Xudoning sodiqligi va madadi kabilardan iborat. Barcha sanolarning tub mag‘zida Xudoga bo‘lgan qattiq ishonch, Unga nisbatan samimiy izzat–hurmat yotadi. Sanolarning ijodkorlari o‘zlarining chinakam his–tuyg‘ularini ifodalab, Xudoni cheksiz marhamati uchun olqishlaydilar, qiyinchilik paytlarida esa yurakdagi dardlarini to‘kib soladilar.

Qadimgi Isroilda sanolar mazmuniga ko‘ra turli holatlarda quyidagicha ishlatilgan:


Xudoga hamdu sano aytish uchun (masalan, 104–sano), qayg‘u–g‘amlarni ifodalash uchun (masalan, 12–sano), ta’lim berish uchun (masalan, 1–sano),

Isroil shohiga izzat–hurmatini ifoda etish uchun, uning hukmronligi davrida adolat

ustun bo‘lishini tilab, Xudoga ibodat qilish uchun (masalan, 71–sano),

jamiki borliq ustidan hukmron bo‘lgan Xudoning qudratini e’tirof etish uchun

(masalan, 46–sano),

Quddusga bo‘lgan sevgini izhor etish uchun (masalan, 121–sano), bayramlarni nishonlash uchun (masalan, 125–sano).


Albatta, aksariyat sanolardan bittadan ortiq maqsadda foydalanilgan.

Iso Masih va’z qilganda va ta’lim berganda sanolardan foydalangan. Yangi Ahd mualliflari ham sanolarning ba’zilarini o‘z kitoblarida qayd etib o‘tganlar. Ilk masihiylar ham sajda qilganlarida, ta’lim berganlarida, Iso Masih haqidagi Xushxabarni boshqalarga hikoya qilib berganlarida sanolardan foydalanganlar.



1–SANO

1 Shunday insonlar saodatlidir:

Ular fosiqlar maslahatiga yurmaydi, Gunohkorlar yo‘lida ular turmaydi, Mazaxchilar orasida o‘tirmaydi.

2 Ha, ular Egamizning qonunidan zavq oladi,

Tunu kun ta’limotining mag‘zini chaqadi.

3 Unday insonlar oqar suv bo‘yiga o‘tqazilgan Daraxtlarga o‘xshaydi.

Ular o‘z mavsumida mevasini beradi, Barglari aslo qurimaydi.

Ular neki qilsa, muvaffaqiyatga erishadi.


4 Fosiqlar esa bunday emaslar,

Shamolda to‘zg‘ib ketadigan somonga o‘xshaydi.

5 Hukmda fosiqlar oqlana olmaydi,

Solihlar jamoasidan gunohkorlar joy ololmaydi.

6 Egamiz solihning yo‘lini qo‘riqlaydi, Fosiqning yo‘li halokatga yetaklaydi.


2–SANO

1 Nega quturadi xalqlar?!

Nega behuda fitna qilar elatlar?!

2 Zamin shohlari Egamizga

Va U tanlagan shohga qarshi saf tortadilar. Hukmdorlar fitna qo‘zg‘ab, shunday deydilar: 3 “Sindiraylik ular solgan kishanlarni,

Olib tashlaylik bo‘ynimizdan sirtmoqlarni.”


4 Samoda hukmron bo‘lgan Rabbiy esa

Ularni masxaralab, ustidan kuladi.

5 Rabbiy g‘azab bilan ularni ogoh etadi,

Qahrini sochib, vahimaga solib aytadi:

6 “Men Sionga*, O‘zimning muqaddas tepaligimga

O‘z shohimni joylashtirdim.”


7 Egamizning so‘zlarini shoh e’lon qilmoqda: “Egamiz menga shunday dedi:

«Sen Mening o‘g‘limsan,

Bugun Men senga ota bo‘ldim*.

8 Tila, xalqlarni senga mulk qilib beraman,

Yerning to‘rt tomoni seniki bo‘ladi.

9 Temir xivchin ila ularni urib ezasan*,

Sopol ko‘zani sindirganday ularni parchalaysan.»”

10 Ey shohlar! Endi aql bilan ish qiling. Ey zamin hukmdorlari! Ogoh bo‘ling. 11 Qo‘rquv ila Egamizga sajda qiling!

Vahima ila tavba qiling!*

12 Uning o‘g‘liga* ta’zim qiling, Bo‘lmasa U g‘azablanadi, Yo‘lingizda yo‘q bo‘lib ketasiz, Uning g‘azabi tez alanga oladi.


Naqadar baxtlidir Unda panoh topganlar!


3–SANO

1 O‘g‘li Absalomdan qochib ketgandan keyin* Dovudning aytgan sanosi.

2 Ey Egam! G‘animlarim naqadar ko‘pdir! Menga qarshi qo‘zg‘alganlar qanchalar ko‘pdir! 3 Ko‘plar men haqimda:

“Xudodan unga najot yo‘q”, deb aytadilar.

4 Ey Egam, Mening qalqonimsan! Shuhratim Sensan!

Sen boshimni yuksaltirasan.


5 Egamizdan madad so‘rab qilaman faryod, Muqaddas tepaligidan* U menga beradi javob. 6 Egamiz meni himoya etgani uchun

Yotib uxlab, yana uyg‘onaman.

7 Har tomondan meni qurshab turgan

O‘n minglarcha g‘animlarimdan qo‘rqmasman.


8 Qo‘zg‘algin, ey Egam!

Najot ber, ey Xudoyim!

Hamma g‘animlarimning yuzlariga urasan, Qabihlarning tishlarini sindirasan.

9 Ey Egam! Najot Sendan keladi! Barakalaring xalqingga kelsin!


4–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar jo‘rligida

aytiladigan Dovud sanosi.

2 Ey mening odil Xudoyim! Iltijo qilganimda javob ber!

Kulfatda qolganimda meni ozod qilding. Menga shafqat qilib, ibodatimni eshit.

3 Ey insonlar, qachongacha sha’nimni yerga urasiz?! Qachongacha puch so‘zlarga ko‘ngil bog‘laysiz?!

Qachongacha yolg‘onlarni izlab yurasiz?!*

4 Unutmangki, Egamiz O‘zi uchun tanlaydi taqvodorni,

Iltijo qilganimda, Egamiz eshitadi meni.

5 Hatto g‘azablanganingizda ham gunoh qilmang*, Tunda yotganingizda o‘ylang, sukut saqlang.

6 Munosib qurbonliklar keltiring,

Umidingizni Egamizga bog‘lang.


7 Ko‘p odamlar aytadi:

“Yaxshi zamonlarni kim bizga ko‘rsatadi?!” deb.

Ey Egam, jamoling bizga nurlarini sochsin!

8 Don va sharobi mo‘l bo‘lganlar quvonadi,

Sen yuragimga undan ham ko‘proq shodlik berding.

9 Yotganimda xotirjam uxlayman,

Ey Egam, yolg‘iz Sen meni omon saqlaysan.


5–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Nay jo‘rligida aytiladigan

Dovud sanosi.

2 So‘zlarimga quloq tut, ey Egam!

Diqqat qilgin nolalarimga.

3 Eshitgin, madad so‘rab iltijo etaman, Sen ham Shohimsan, ham Xudoyimsan! Shu bois Senga ibodat qilaman.

4 Ey Egam! Tong chog‘i ovozimni eshitasan, Subhidamda Senga yolvoraman,

Sendan javob kutaman.


5 Qabihlikdan mamnun bo‘lmaydigan Xudosan Sen, Senga mehmon bo‘lolmas gunohkor inson.

6 Takabburlar huzuringda tura olmaydilar,

Hamma badkirdorlarni Sen yomon ko‘rasan.

7 Yolg‘on gapiradiganlarni Sen qirib tashlaysan,

Ey Egam, qonxo‘r, yolg‘onchilardan Sen jirkanasan.


8 Men esa sodiq sevgingning mo‘lligi sabab

Sening uyingga kiraman.

Muqaddas Ma’badingda ta’zim qilaman, Qo‘rquv ila Senga sajda qilaman.

9 Naqadar dushmanlarim ko‘p, ey Egam,

Odilliging bilan meni so‘qmog‘ingdan yetakla,

O‘z yo‘llaringni menga ravshan qil.


10 Dushmanlarim og‘zidan haqiqat chiqmaydi,

Ularning yuraklari baloyu ofatdir. Ochiq qabr kabidir og‘izlari, Tillari xushomad qiladi.

11 Ey Xudo, ularni jazolagin!

Yomon niyatlari o‘zlarining boshiga yetsin.

Ular Senga qarshi isyon qilganlar.

Gunohlari ko‘pligi uchun ularni haydab yuborgin.


12 Senda panoh topganlarning hammasi sevinsin, To abad shodlikdan ular kuylasin.

Ularni Sen himoya qilganing uchun, Seni sevganlar sevinch ila jo‘shsin.

13 Ey Egam! Sen solih kishilarga baraka berasan, Sening himmating ularni qalqonday himoya qiladi.


6–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Sakkiz torli asbob jo‘rligida

aytiladigan Dovud sanosi.

2 Ey Egam! G‘azab bilan menga tanbeh bermagin, Qahring sochib, menga jazo bermagin.

3 Ey Egam, madorim yo‘q, rahm qil menga,

Suyaklarim zirqiraydi xastalikdan, Ey Egam, shifo ber menga.

4 Azob chekmoqda jonim,

Qachongacha kuttirasan, ey Egam, qachongacha?


5 Kel endi, ey Egam, qutqar jonimni, Sodiq sevging haqi ozod qil meni.

6 Axir, o‘lganda eslamas hech kim Seni, O‘liklar diyorida* kim shukur qilar Senga?!


7 Oh–voh qilaverib charchadim,

Tunlari ko‘z yoshlarim tufayli o‘rnim ho‘l bo‘ldi, Yig‘laganimdan to‘shagim shalabbo bo‘ladi.

8 Ko‘zlarim nuri so‘ndi g‘amdan,

Zaiflashdi ko‘zlarim dushmanlarim dastidan.


9 Yo‘qolinglar ko‘zimdan hammangiz, ey

badkirdorlar!

Nola–yig‘ilarimni Egam eshitdi.

10 Egam eshitdi mening iltijoimni, Egam qabul qiladi mening ibodatimni.

11 Jamiki dushmanlarim uyalib qoladi, Hammasi vahimaga tushib qoladi,

O‘sha on sharmanda bo‘lib, qaytib ketadi.


7–SANO

1 Benyamin qabilasidan bo‘lgan Kushning qilmishlari

tufayli Dovudning Egamizga aytgan marsiyasi.

2 Senda panoh topaman, ey Egam Xudo, Payimga tushganlardan xalos et, qutqar meni. 3 Yo‘qsa, ular meni sherday g‘ajib tashlaydi,

Burda–burda qiladi, hech kim meni qutqarolmaydi.


4-5 Ey Egam Xudo!

Agarda kimgadir nohaqlik qilgan bo‘lsam, Do‘stimni dushmaniga sotgan bo‘lsam mabodo, G‘animimni sababsiz talagan bo‘lsam,

Ha, agarda u ishlarni qilgan bo‘lsam,

6 Dushmanlarim ta’qib qilsin, tutsin meni,

Tanamni tuproqqa qorsin, Jasadimni yerga tashlasin.


7 Qani, g‘azabingni sochgin, ey Egam! Qo‘zg‘al yovlarimning qahriga qarshi! Ko‘rib, adolat qilgin!

8 Xalqlarni atrofingga to‘plagin, Balanddagi taxtingda o‘tirib, Ular ustidan hukmronlik qilgin.


9 Ey Egam, oliy Hakam O‘zingsan,

Sen xalqlarni hukm qilasan. Ey yuksalgan Egam,

Hukm paytida yuzimni yorug‘ qil,

Bilasan–ku, solihman, begunohman.

10 Fosiqlarning yovuzligi barham topsin,

Solihlar barqaror bo‘lsin.

Ongu yuraklarni sinaguvchi Sensan, Ey odil Xudo!


11 Mening qalqonimdir yuksalgan Xudo, Pokdillarga U najot beradi.

12 Adolatli hakamdir Xudo, Qabihga U doim g‘azabini sochadi. 13 Agar inson tavba qilmasa,

Xudo qilichini charxlaydi, Kamonini tayyor qilib turadi.

14 Qirg‘in qurollarini shay qilib qo‘ygan, Olovli o‘qlarini tayyorlab qo‘ygan.


15 Ana, qabihlar qabihlikdan urug‘ orttiradi, Dardu balolardan homilador bo‘ladi, Oxir–oqibatda yolg‘onni tug‘adi.

16 Ular chuqur qaziydilar,

Ammo chohga o‘zlari qulaydilar.

17 Ularning dardu balosi o‘ziga qaytadi, Zo‘ravonligi o‘zlarining boshiga yetadi.


18 Egamizga, adolating uchun shukur, deyman.

Egamiz — Xudoyi Taologa hamdu sanolar kuylayman.


8–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Soz jo‘rligida aytiladigan Dovud sanosi.

2 Ey Egam, bizning Rabbimiz!

Butun yer yuzida Sening noming ulug‘vordir! Osmondan ham yuksakdir Sening shuhrating! 3 Dushmanlaringning, qasoskorlarning Ovozini o‘chiray deya,

Sen bolalar va chaqaloqlarni

O‘z qudratingni so‘ylashga o‘rgatding.

4 Qo‘llaring ijodi bo‘lgan osmoningga qaradim, O‘zing joylashtirgan yulduzlaru oyga boqdim. 5 Inson zoti nedirki, u haqda o‘ylagaysan?!

Bandalar* nedirki, Sen ularni ardoqlagaysan?!


6 Sen ularni O‘zingdan* andak past qilding, Izzatu sharaf tojini ularga kiygizding.

7 Jamiki yaratganing uzra ularni hukmron qilding*,

Bor narsani ularning oyog‘i ostiga qo‘yding:

8 Jamiki molu qo‘ylarni ham,

Barcha yovvoyi hayvonlarni ham,

9 Samodagi qushlarni va dengizdagi baliqlarni, Dengizda suzuvchi har xil maxluqlarni.

Ha, ularning ustidan insonni hukmron qilding.


10 Ey Egam, bizning Rabbimiz!

Butun yer yuzida Sening noming ulug‘vordir!

9–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. “Qizlar*” kuyiga aytiladigan

Dovud sanosi.

2 Butun yuragimdan, ey Egam, Senga shukur aytaman,

Barcha ajoyib ishlaringni so‘ylayman. 3 Sen tufayli shodlanib, quvonaman. Qo‘shiq aytib, Seni madh etaman,

Ey Xudoyi Taolo!


4 Dushmanlarim chekinib qochganlarida,

Qoqilib, nobud bo‘ldi Sening huzuringda.

5 Sen adolat ila hukm qilib taxtga o‘tirding,

Meni hukm etib, yuzimni yorug‘ qilding. 6 Xalqlarni Sen vahimaga solding, Qabihlarni qirib tashlading.

Ularning nomini bir umrga o‘chirding.

7 Vayronalar ichra dushmanimiz to abad g‘oyib bo‘ldi,

Ularning shahrini Sen vayron etding, Ularning xotirasi tamoman o‘chdi.


8 Egamiz esa to abad O‘z taxtida o‘tiradi, U taxtini hukm qilish uchun qurgandir. 9 U olamni adolat bilan boshqaradi, Xalqlarni odilona hukm qiladi.

10 Mazlum uchun Egamiz qal’aday bo‘ladi, Ha, qayg‘uli damlarda U panoh bo‘ladi.


11 Ey Egam, Seni taniydiganlar

O‘zingga umid bog‘laydi.

Senga yuz burganlarni tark etmaysan.


12 Hamdu sano kuylang Quddusda* taxt qurgan Egamizga!

Uning ishlarini e’lon qiling xalqlar orasida!

13 Qasoskor Egamiz mazlumlarni yodida tutadi, Jafokashlar faryodini U unutmaydi.


14 Rahm qil menga, ey Egam, qara!

Mendan nafratlangan g‘animlarim azob bermoqda! O‘lim og‘zidan meni qaytaradigan Sensan!

15 Shu bois go‘zal Quddus darvozalari oldida

Senga hamdu sano aytayin, Menga najot bergan Sensan,

Shu bois ham quvonayin.


16 Xalqlar o‘zlari qazigan chuqurga o‘zlari yiqildi*, Yashirgan to‘rlariga oyoqlaridan ilindi.

17 Egamiz adolatli hukmi ila

O‘zining kimligini ko‘rsatdi.

Qabihlar o‘zlari qo‘ygan tuzoqqa ilindi.


18 Qabihlar va Xudoni unutgan jamiki xalqlar

O‘liklar diyoriga* tushar.

19 Muhtojni Xudo bir umrga unutmas,

Bechoraholning umidini to abad yo‘qqa chiqarmas.


20 Qani, ey Egam! Inson zoti g‘olib chiqmasin,

Xalqlar huzuringda hukm qilinsin. 21 Ularni qo‘rquvga sol, ey Egam! Xalqlar inson zoti ekanligini bilsin.


22 Nechun, ey Egam, uzoqda turibsan?

Qayg‘uli damlarda O‘zingni yashirasan?


23 Takabbur qabihlar bechorani ta’qib qiladi, To‘qigan ig‘volari o‘zlarining boshiga yetsin. 24 Qabihlar yovuz ehtiroslari bilan maqtanadi,

Ochko‘zlar Egamizni la’natlaydi, Undan nafratlanadi. 25 Xudoga intilmaydi o‘ziga bino qo‘ygan qabihlar, “Xudo yo‘qdir”, deb doim o‘ylaydi ular.

26 Qabihlarning doim ishi yurishadi, Xudoning amrlarini ular tushunmaydi, Dushmanlarini pisand qilmaydi.

27 Ular o‘z ko‘nglida o‘ylaydilar: “Biz hech qachon qoqilmaymiz,

Hech qachon kulfatlarga duch kelmaymiz.”

28 Qabihlarning og‘zidan la’nat, hiyla, po‘pisa chiqadi, So‘zlari bilan ular odamlarni yaralab, barbod qiladi. 29 Ular qishloqlarda yashirinib oladi,

Begunoh insonni poylab o‘ldiradi. Ko‘zlari ojiz qurbonni qidiradi.

30 Sherga o‘xshab panada kutib turadi, Bechorani ushlayman deb, pisib yotadi, Zaifni o‘z sirtmog‘iga ilintirib, ushlab oladi. 31 Qabihlar o‘z kuchi bilan zaifni yiqitadi, Uni yotqizib, ezib tashlaydi.

32 Ular o‘z ko‘ngillarida: “Xudo qilmishlarimizni unutgan,

U ko‘zlarini yumib olgan, hech narsani ko‘rmaydi”,

deb o‘ylaydi.


33 Qani, ey Egam! Urgin qabihlarni, Ey Xudo! Unutmagin mazlumlarni!

34 Nechun qabihlar Sendan nafratlanadi?

Nechun o‘z ko‘nglida ular:

“Xudo Mendan hisob so‘ramaydi”, deb aytadi?

35 Sen esa ko‘rib turasan,

Bilib turasan kulfatu azobda qolganlarni.

Qo‘llaringni ularga uzatasan,

Ojiz o‘zini Sening panohingga topshiradi,

Sen yetimga doim yordam bergansan.

36 Qabihlaru yovuzlarning qo‘lini qirqqin, Qilmishlari uchun ulardan hisob so‘ra, Toki ular boshqa yovuzlik qilmasin.


37 Egamiz Shohdir to abad,

O‘zga xalqlar yo‘q bo‘ladi Uning yurtidan.


38 Ey Egam, mazlumlarning istaklariga quloq solasan, Ularning yuraklariga dalda berasan.

Yetimu mazlumning dodini Sen eshitib,

39 Yer yuzida banda ularni vahimaga solmasin deya, Ularga Sen adolat qilasan.


10–SANO

Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

1 Egamizda men panoh topaman, Qanday qilib siz menga:

“Qush kabi uchib ketgin tog‘larga”, deysiz?

2 Sizlar menga:

“Qara, pokdilning yuragini panadan otmoq uchun Qabihlar yoylarini tayyorladi,

O‘qlarini shaylab, mo‘ljalga oldi.

3 Qonun oyoq osti bo‘lganda,

Solih nima qila oladi?!” deb aytasiz.


4 Egamiz O‘zining muqaddas Ma’badidadir,

Egamizning taxti samodadir.

U insonni ko‘zdan qochirmaydi,

Nigohi insonni tekshirib turadi.

5 Egamiz solihni hamda qabihni sinaydi, Zulmni sevuvchidan U nihoyatda nafratlanadi.


6 Qabihning ustiga cho‘g‘, oltingugurt yog‘diradi*,

Ularga ulush qilib garmselni* beradi.

7 Egamiz adolatlidir, U to‘g‘ri ishlarni sevadi, To‘g‘ri yuradigan inson

Uning marhamatidan bahramand bo‘ladi.


11–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Sakkiz torli asbob jo‘rligida

aytiladigan Dovud sanosi.

2 Najot bergin bizga, ey Egam! Taqvodor bir inson qolmadi,

Senga sodiq inson yo‘q bo‘lib ketdi.

3 Hamma bir–biriga yolg‘on so‘zlaydi, Xushomadgo‘ylik bilan bir–birini aldaydi.


4 Xushomadgo‘y tillarni Egamiz kesib tashlasin, Maqtanchoq og‘izlarni U qirib tashlasin.

5 Axir, ular: “Og‘zimiz bilan erishamiz har narsaga, Tilimiz o‘zimizniki, kim xo‘jayin bizga?!” deb aytadi.


6 Egamiz aytmoqda: “Muhtoj ezilib ketdi, Bechora nola qildi. Endi qo‘zg‘alaman, O‘zlari intilgan najotga yetkazaman.”

7 Egamizning va’dalari g‘oyatda pokdir, Uning so‘zlari o‘choqda

Yetti karra tozalangan kumushga o‘xshaydi.


8-9 Har tarafda qabihlar daydib yuradi,

Har yoqda odamlar yomonlikni maqtab yuradi. Ey Egam! Bulardan bizlarni saqlagaysan,

To abad bu nasldan bizni himoya qilgaysan.


12–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

2 Ey Egam, qachongacha meni unutasan? Nahotki meni to abad unutsang?!

Qachongacha mendan yuz o‘girasan? 3 Qachongacha jonim azobda qoladi, Kun bo‘yi yuragim g‘amga to‘ladi?

Qachongacha dushmanim mendan ustun keladi?

4 Javob ber, ey Egam Xudo, boq holimga!

Kuchimni qaytargin, toki ketmayin o‘lim uyqusiga. 5 “Uni yengdim”, deb aytmasin dushmanim, Yiqilganimda sevinmasin yovlarim!

6 Men umid bog‘layman sodiq sevgingga, Najotingdan qalbim to‘ladi quvonchga. Ey Egam, qo‘shiq aytaman Senga,

Zero, Sen inoyat aylading menga.


13–SANO

Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

1 Ahmoqlar* o‘z ko‘nglida: “Xudo yo‘q”, deydi. Ular yaramaslardir, qilmishi jirkanch ishlardir, Yaxshilik qiluvchi biron zot yo‘qdir.


2 “Idrokli biron zot bormikan? Bormikan Menga yuz burgan?” deya Insonga Egamiz samodan boqar.

3 Hammasi adashgan, birday buzilgan, Yaxshilik qiluvchi bir kimsa yo‘qdir, Hatto bironta ham yo‘q!


4 Ular idroksiz, badkirdor,

Xalqimni bir luqma nonday yeb yuboradi, Hech qachon Egamizga sajda qilmaydi.

5 Ana, bosayotir ularni qattiq vahima, Xudo solihlar bilandir birga.

6 Badkirdorlar mazlumning niyatini puchga chiqarsa ham,

Egamiz mazlumlarning panohidir.


7 Eh, Quddusdan* Isroilga najot kelsaydi! Egamiz O‘z xalqini yana farovonlikka erishtirsa, Yoqub nasli shod bo‘lgay, Isroil sevingay!


14–SANO

Dovud sanosi.

1 Ey Egam, kim yashaydi Sening maskaningda?

Kim makon topadi Sening muqaddas tog‘ingda?*


2 To‘g‘ri yurib, to‘g‘ri ish qilganlar yashaydi,

Yurakdan haq gapni aytganlar yashaydi.

3 Boshqalarga bo‘hton qilmaganlar yashaydi, Do‘stlariga yomonlik qilmaganlar yashaydi, Qo‘shnilarini haqorat qilmaganlar yashaydi.

4 Razil kimsalardan nafratlanganlar yashaydi,

Ey Egam, Sendan qo‘rqqanlarni izzatlaganlar

yashaydi,

O‘ziga zarar bo‘lsa ham, ahdida turganlar yashaydi.

5 Qarz berib sudxo‘rlik qilmaganlar yashaydi.

Aybsizga qarshi guvohlik berish uchun pora olmaganlar yashaydi.


Bularni qilganlar tinch–omon bo‘ladi.


15–SANO

Dovud qo‘shig‘i.

1 O‘zing saqla meni, ey Xudo!

Men Senda panoh topaman.


2 Egamga aytdim: “Mening Rabbimsan, Sendan boshqa mening buyuk baxtim yo‘q.” 3 Naqadar ulug‘vordir yurtdagi taqvodorlar, Ulardan men g‘oyat zavq olaman.

4 Soxta xudolarga ergashganlarning kulfati ortadi. Ularning ichimlik nazri qon ekan,

Men ularning bu nazrlariga qo‘shilmayman,

Soxta xudolarning ismlarini tilga olmayman.


5 Ey Egam! Barqarorligim Sensan, Muvaffaqiyatim ham O‘zingdirsan, Kelajagimni Sen ta’minlaysan.

6 Hosildor yerni meros olgan insonga o‘xshayman.

Axir, Sen meni ajoyib mulkning sohibi qilding!


7 Egamni olqishlayman,

U menga yo‘l ko‘rsatadi,

Tunda ham qalbim menga o‘git beradi.

8 Men doim Egamga ko‘z tikaman, U o‘ng tomonimda bo‘lgani uchun Meni hech narsa qo‘zg‘ata olmas.


9 Shu bois, ey Egam, yuragim quvonchga to‘la,

Jonim ham quvonadi.

Tanam xavf–xatarsiz yashaydi.

10 Meni o‘liklar diyorida* qoldirmaysan, Taqvodoringni* qabrda chiritmaysan.

11 Menga hayot so‘qmog‘ini O‘zing ko‘rsatasan, Huzuringda shodlik meni qamrab oladi, Menga boqiy huzur–halovatni Sen berasan.

16–SANO

Dovud ibodati.

1 Ey Egam, haqli da’voimni eshit, Faryodimga e’tibor ber.

Hiylasiz og‘zimdan chiqqan

Ibodatimga quloq tut.

2 Begunohligimni ko‘rsatgin Sen, Adolatni ko‘rsin ko‘zlaring.


3 Hatto yuragimni taftish qilib, Tunda meni sinab ko‘rsang, Agar meni imtihon qilsang,

Yomon niyatni menda topa olmasding. Og‘zim gunoh qilmas, qarorim shudir. 4 Insonlar qilmishini men qilmadim, Sening amringga men itoat etdim,

Zo‘ravonning yo‘llaridan o‘zimni saqladim. 5 Qadamlarim so‘qmoqlaringda sobit bo‘ldi, Oyoqlarim hech qachon toyib ketmadi.


6 Senga iltijo qilaman, ey Xudo, Bilaman, Sen menga javob berasan. Menga quloq tutib, so‘zlarimni eshitgin. 7 Sodiqligingni zohir et ajoyib ishlar ila. Raqiblardan qochib Senga borganlarga

O‘ng qo‘ling bilan najot berguvchi Sensan. 8 Meni ko‘zlaring qorachig‘iday asragin, Meni qanotlaring soyasida yashirgin,

9 Meni talaydigan fosiqlardan asragin,

Atrofimda shay turgan ashaddiy yovlarimdan yashirgin.

10 Ularning yuragida shafqatga joy yo‘q, Og‘izlari bilan kiborlarcha gapiradi.

11 Ular meni ta’qib qilib, o‘rab olganlar, Yerga urmoq uchun menga ko‘zlarini tikadi.

12 Dushmanlarim meni g‘ajimoqchi bo‘lgan sherga o‘xshaydi,

Pana joyda pisib yotgan yirtqich sherga o‘xshaydi.


13 Kel, ey Egam! Ularga qarshi yuz bur,

Tiz cho‘ktirgin ularni!

Qiliching ila fosiqlardan qutqargin meni!

14 Ey Egam! Qudrating ila

Meni bunday insonlardan qutqargin,

Ularning nasibasi faqatgina bu dunyodadir. Tayyorlab qo‘ygan achchiq ko‘rgiliklaring bilan Ularni to‘ydirgin,

Hatto bolalariga ham yetsin,

Nabiralari ham totib ko‘rsin.


15 Solih bo‘lganim uchun men Seni ko‘rgayman, Uyg‘onib, jamolingni ko‘rganimdan rozi bo‘lgayman.


17–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Egamizning quli Dovud sanosi. Egamiz Dovudni jamiki dushmanlari va Shoulning qo‘lidan ozod qilgandan keyin Dovud Egamizga atab shu qo‘shiqni aytdi.

2 Seni sevaman, ey Egam, mening qudratim.


3 Egam suyangan qoyamdir*, mening qal’am,

qutqaruvchimdir.

Ha, Xudodir mening qoyam, Unda panoh topaman. Udir mening qalqonim, qudratli najotkorim*,

qo‘rg‘onim.

4 Egamga iltijo qilaman, G‘animlarimdan U meni xalos qiladi. Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


5 Meni o‘lim to‘rlari chirmab olgandi,

Balo–qazo sellari dahshat ila bosib kelgandi.

6 Ha, o‘liklar diyorining* to‘rlari meni o‘rab olgandi, O‘lim o‘z tuzog‘iga meni asir qilgandi.

7 Kulfatda qolganimda Egamga iltijo qildim, Ha, nola qildim Xudoyimga.

U Ma’badidan turib, ovozimni eshitdi,

Ohu nolam qulog‘iga yetib bordi.


8 O‘sha zamon yer yuzi titrab, tebrandi, Tog‘larning poydevori larzaga keldi, Egam g‘oyat g‘azabga mingan edi.

9 Burnidan tutun buruqsab chiqardi,

Og‘zidan otash pishqirardi, Oldidan qip–qizil cho‘g‘ yog‘ilardi. 10 U ko‘klarni yorib, pastga tushdi, Oyoqlari ostida — qora bulut.

11 Egam bir karubga* minib uchdi, Yel qanotlari uzra uchib keldi.

12 Atrofini zulmat bilan o‘radi,

Quyuq, qora bulutlarni O‘ziga chayla qildi.

13 Ulkan nur Egamning oldidan chiqdi,

Do‘l va qip–qizil cho‘g‘ qop–qora bulutlarni parchaladi.

14 Egamizning ovozi ko‘klarda guldiradi,

Xudoyi Taoloning sadosi eshitildi*.

15 O‘qlarini otdi,

Chaqmoq chaqtirib, yovlarini tirqiratdi, Ularni sarosimaga soldi.

16 Egamizning tahdidlaridan, Uning qahrli nafasidan Dengizning tubi ko‘rinib qoldi,

Zamin poydevori* yalang‘och bo‘lib qoldi.


17 Egam yuqoridan qo‘l uzatib, meni tutdi,

Bahaybat suvlardan meni chiqarib oldi.

18 Meni kuchli g‘animlarim qo‘lidan,

Mendan nafratlangan yovlarimdan qutqardi, Ular mendan kuchli edilar.

19 Qora kunimda ular menga hamla qildilar,

Ammo Egam menga tayanch bo‘ldi.

20 Meni bexavotir joyga chiqarib qo‘ydi, Mendan mamnun bo‘lib, najot berdi.


21 Egam solihligim uchun meni mukofotlaydi, Aybsizligim uchun meni taqdirlaydi.

22 Zero, men Egamning yo‘lidan yurdim,

Axloqsizlik qilmadim, Xudoyimdan yuz o‘girmadim. 23 Uning hamma qonun–qoidalariga rioya qildim, Farmonlarini chetga surib qo‘ymadim.

24 Uning oldida benuqson bo‘ldim, Gunoh qilishdan o‘zimni saqladim.

25 Shu sababli Egam meni pok deb bildi, Solihligimga yarasha mukofot berdi.


26 Ey Egam! Senga sodiq bo‘lganga Sen sodiq bo‘lasan,

Yaxshi insondan yaxshiligingni ayamaysan, 27 Pok kishiga pokligingni ko‘rsatasan, Egrining ayyorligini o‘z boshiga solasan.

28 Ahli kamtarga esa najot berasan,

Dimog‘dorni yerga urasan.


29 Ey Egam Xudo! Chirog‘imni yoquvchi O‘zingsan, Zulmatni men uchun yorug‘likka aylantirasan.

30 Ey Xudoyim! Senga suyanib lashkarni yo‘q

qilaman,

Senga suyanib devorlardan oshib o‘taman.


31 Xudoning yo‘li komildir, Egamizning kalomi chin haqiqatdir, Panoh izlab borganga U qalqondir.

32 Egamizdan boshqa Xudo kim ekan?! Xudoyimizdan bo‘lak suyanchiq Qoya bormikan?! 33 Meni qudratli qiluvchi Xudodir,

Yo‘limni O‘zi bexatar qiladi.

34 U oyoqlarimni kiyik oyog‘iday qiladi, Cho‘qqilar uzra meni bexatar yurgizadi. 35 Qo‘llarimni jang qilishga o‘rgatadi, Barmoqlarim bronza yoyni buka oladi.

36 Ey Egam, Sen menga zafar qalqoningni bergansan,

O‘ng qo‘ling menga tayanch bo‘ladi,

Madading esa meni yuksaltiradi.

37 Oyoqlarim uchun yo‘limni keng qilgansan, Oyoqlarim sira og‘ib ketmaydi.


38 G‘animlarimni quvlab, tutib oldim, Ularni yo‘q qilmay ortga qaytmadim.

39 Shunday ezdimki ularni, tura olmadilar,

Oyoqlarim ostida cho‘zilib qoldilar.

40 Sen menga quvvat berib, jangga yubording,

Menga qarshi otlangan yovni oldimda bosh egdirding.

41 G‘animlarimni mendan qochirding, Mendan nafratlanganlarni men yo‘q qildim. 42 Ular madad so‘rab faryod qildilar, Najotkorni esa topolmadilar,

Ey Egam, g‘animlarim Senga yolvordilar,

Ammo Sen javob bermading.

43 Shamolning changiday ularni ezdim,

Yo‘ldagi loydek sidirib tashladim.


44 Sen meni xalqning urush–janjalidan xalos etding.

Meni ellarga yo‘lboshchi qilding,

O‘zim tanimagan elat menga qaram bo‘ldi.

45 Ovozimni eshitiboq quloq tutdi,

Yot ellar menga bo‘yin egdi.

46 Yot ellar holsizlanib yiqildi, Qaltirab manzilidan chiqib qochdi.


47 Egam barhayotdir! Suyangan Qoyamga olqishlar

bo‘lsin!

Najotkorim Xudo yuksalsin!

48 Qasdimni olgan Xudodir, Xalqlarni menga U tobe qilgan,

49 Meni g‘animlarimdan U qutqargan, Bosqinchilardan meni ustun qilgan, Meni zo‘ravonlar qo‘lidan xalos etgan.


50 Shu bois, ey Egam, xalqlar ichra Senga hamdlar aytaman!

Seni kuylab sano aytaman!


51 Egamiz O‘z shohini ulug‘ zafarlarga erishtiradi, O‘zi tanlagan shoh Dovud va uning nasliga

To abad sodiq sevgisini ko‘rsatadi.


18–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

2 Xudoning shuhratini samolar namoyon qiladi, Uning ijodini falak toqi aytib turadi.

3 Osmon kundan–kunga buni bildiradi, Har tun bundan xabardor qiladi.

4 Samo, falak aytmas bir gap, yo bir jumla, Chiqmas ulardan hech bir sado.

5 Ammo xabarlari* har tomonga tarqaladi, Olamning chetigacha yetib boradi.


Xudo samolarda quyosh uchun chodir qurgan.

6 Quyosh go‘shangadan chiqqan kuyovga o‘xshaydi.

Qahramonlarga o‘xshab g‘ayrat bilan yo‘lagidan

boradi.

7 Samolarning bir chetidan u chiqib,

Aylanib, boshqa bir chetiga yo‘l oladi,

Uning taftidan hech narsa yashirina olmaydi.


8 Egamizning qonuni mukammaldir, Bizga yangi kuch ato etadi, Egamizning farmonlari ishonchlidir, Soddalarga donolik beradi.

9 Egamizning buyruqlari to‘g‘ridir, Qalblarni shodlikka to‘ldiradi, Egamizning amrlari ravshandir, Ular ko‘zlarga nur beradi.

10 Egamizdan qo‘rqish poklikdir,

Bu to abad davom etadi. Egamizning qoidalari haqiqatdir,

Hammasi g‘oyat adolatlidir.

11 Ular sof oltindan ham a’lodir,

Toza asaldan ham shirinroqdir.


12 Ey Egam, qoidalaring menga, O‘z qulingga o‘git

beradi,

Qoidalaringga itoat etganlar buyuk mukofot oladi.

13 Kim o‘z xatosini bila oladi?!

Yashirin xatolardan meni O‘zing poklagin.

14 Men, qulingni oshkora gunohdan saqlagin,

Ustimdan gunoh hokim bo‘lmasin. Shunda men aybsiz bo‘laman,

Og‘ir gunohdan ham xoli bo‘laman.


15 Ey Egam, suyangan Qoyam, Qutqaruvchim!

Og‘zimdan chiqqan so‘zlar,

Yurakdagi niyatlarim Senga ma’qul bo‘lsin.


19–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

2 Kulfatda qolganingda, Egamiz senga javob bersin,

Bobomiz Yoqubning Xudosi seni tinch–omon saqlasin.

3 Muqaddas maskanidan U senga madad yuborsin, Quddusdan* U senga tayanch bo‘lsin.

4 U sening hamma nazrlaringni yodda tutsin, Kuydirilgan qurbonliklaringni qabul etsin.

5 Ko‘ngling istaganini Egamiz senga in’om qilsin, Hamma rejalaringni ro‘yobga chiqarsin.

6 Shunda biz zafaringni sevinch ila kuylaymiz, Xudoyimiz nomi bilan bayroqlar o‘rnatamiz, Hamma iltijolaringni Egamiz ro‘yobga chiqarsin.


7 Bilaman, Egamiz O‘zi tanlagan shohga najot beradi, Egamiz muqaddas samosidan unga javob beradi, Egamiz o‘ng qo‘li bilan unga buyuk g‘alaba ato qiladi. 8 Ba’zilar jang aravalariga ishonadi,

Ba’zilar otlari bilan maqtanadi, Biz esa Egamiz Xudoga ishonamiz. 9 Ular holsizlanib yiqiladilar,

Biz esa kuchayib qad rostlaymiz.


10 Ey Egam, shohimizga ato qilgin g‘alaba,

Iltijo qilganimizda, javob bergin bizga*.

20–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

2 Ey Egam! Sening qudrating tufayli shoh quvonadi, Sen bergan zafarlardan u naqadar lazzatlanar!

3 Ko‘nglidagi istaklarini ro‘yobga chiqarding,

Uning tilaklarini rad qilmading.

4 Ulug‘ barakani unga ato qilding,

Uning boshiga sof oltin toj kiygizding.

5 Sendan umr so‘raganda, umr berding,

Uzoq hamda boqiy umr baxsh etding.

6 Shohning shuhrati Sen bergan zafarlar tufayli

ulug‘dir,

Unga dabdaba, ulug‘vorlik ato qilgan Sensan.

7 Sen to abad unga baraka berasan,

Unga juda yaqin bo‘lib, Uni shodlikka to‘ldirasan.

8 Egamizga shohimiz umid bog‘laydi, Xudoyi Taoloning sodiq sevgisi tufayli U hech qachon qoqilmaydi.


9 Ey shohimiz, qo‘ling barcha dushmanlaringni mag‘lub qiladi,

Ha, o‘ng qo‘ling sendan nafratlanganlarni mag‘lub

qiladi.

10 Sen zohir bo‘lganing zamon

Qizigan tandirday ularni yondirasan.

Egamiz O‘z g‘azabi bilan ularni yutib yuboradi,

Alanga ularni yondirib tashlaydi. 11 Ey shohimiz, ularning naslini Yer yuzidan qirib tashlaysan,

Zurriyotini insoniyat orasidan yo‘qotasan.

12 Dushmanlaring senga qarshi yomonlikni reja qilsalar,

Ular senga qarshi fitna qo‘zg‘asalar,

Hech narsaga erisha olmaydilar.

13 Kamoningdan ularga o‘qlar otasan,

Ortiga qochishga majbur qilasan.


14 O‘z qudrating tufayli yuksalaver, ey Egam,

Qudratingni kuylab, hamdu sano aytamiz.


21–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. “Tongda chiqqan kiyik” kuyiga

aytiladigan Dovud sanosi.

2 Ey Xudoyim! Nega meni tark etding?! Nega mendan uzoqdasan shu qadar?!

Ey Xudoyim! Nechun menga najot bermaysan?! Ohu nolalarimni eshitmaysan?!

3 Ey Xudoyim, kun bo‘yi iltijo qilaman, Sen esa javob bermaysan.

Tun bo‘yi yolvoraman, Ammo menga tinchlik yo‘q.


4 Baribir Sen Muqaddas Xudosan,

Isroilning hamdu sanosi qurshab olgan taxtingni.

5 Ota–bobolarimning umidi Senda edi, Sen ularga najot berding.

6 Ular Senga nola qilib, najot topdilar, Ular Senga ishonib, uyalib qolmadilar.


7 Axir, men inson emas, bir qurtdirman. Odamlar hazar qilgan, xalqlar nafratlangan. 8 Meni ko‘rgan har kim ustimdan kular, Meni haqoratlab, bosh chayqab derlar:

9 “Egangga ishon, O‘zi qutqarib olar,

Egang sendan mamnun bo‘lsa, U najot berar.”


10 Onam qornidan Sen meni chiqargan eding, Onam bag‘rida O‘zing meni omon saqlagan eding. 11 Senga tayanaman tug‘ilganimdan buyon,

Mening Xudoyimsan onam dunyoga keltirgandan buyon.

12 Mendan uzoq bo‘lmagin!

Axir, kulfat yonginamda–ku,

Menga madad berguvchi biron kimsa yo‘q!


13 Bir gala buqalar* Meni qurshab olgan,

Ha, Bashan o‘lkasining* kuchli buqalari Meni o‘rab

olgan.

14 O‘kirib o‘ljasini pora qiladigan sherga o‘xshab, Men tomon ular og‘izlarini katta ochgan.


15 Hayotim suv kabi to‘kildi, Suyaklarim bo‘g‘inidan bo‘shashdi, Yuragim mum kabi ichimda erib ketdi.

16 Madorim qurib, sopol parchasiday bo‘lib qoldim*, Tilim tanglayimga yopishib qoldi,

Meni o‘lim to‘shagiga yotqizding.

17 Atrofimda ko‘ppaklar izg‘iydi, Badkirdorlar to‘dasi meni qurshab olgandir, Qo‘lu oyoqlarimni ular ilma–teshik qiladi*. 18 Hamma suyaklarim ko‘rinib turadi, Dushmanlarim ko‘zlarini chaqchaytirib,

Yeb qo‘ygudek bo‘ladi.

19 Kiyimlarimni ular o‘zaro bo‘lishgan, Libosim uchun qur’a tashlashgan.


20 Mendan uzoq turma, ey Egam!

Kuchim manbayi Sensan! Tez kel, yordam ber!

21 Jonimni qilich damidan qutqar, Hayotimni ko‘ppaklar changalidan qutqar! 22 Sherlar og‘zidan qutqargin meni!

Yovvoyi buqalar shoxidan asragin meni!


Sen iltijoimga javob berding.

23 Birodarlarimga Sen haqingda aytaman, Jamoa orasida Senga hamdu sano o‘qiyman. 24 Ularga shunday deyman:

“Egamizga hamdu sano ayting, ey Undan qo‘rqqanlar!

Egamizni ulug‘lang, ey Yoqub nasli!

Egamizni izzatlang, ey Isroil nasli!

25 Kulfatda qolgan bechoradan Egamiz yuz o‘girmadi. Uning qayg‘ularidan hazar qilmadi, nafratlanmadi.

Bechoraning nolalarini Egamiz eshitdi.”


26 Ulug‘ jamoa ichra

Hamdu sano aytishimning sababi Sensan. Sendan qo‘rqqanlar oldida ontimni ado etaman. 27 Ey Egam, qashshoqlar yeb to‘yadilar*,

Senga yuz burganlar Seni madh qiladilar, Ular dunyo turguncha tursinlar!


28 Egamizni eslab, Unga yuz bursinlar Yer yuzidagi jamiki insonlar!

Jamiki urug‘u elatlar

Unga sajda qilsinlar!

29 Egamiz hokimiyati mutlaqdir, Elatlar ustidan U hukmrondir.


30 Jamiki boylar ham ziyofat yeb, Unga ta’zim qiladi. Tuproq ostiga ketayotganlar ham Unga sajda qiladi, Hatto o‘z hayotini saqlay olmaydiganlar ta’zim qiladi. 31 Avlodlar Unga xizmat qiladi,

Kelgusi nasllar Rabbiy haqida eshitadi.

32 Ular kelib Egamizning najoti haqida e’lon qiladi, Uning qilganlarini hali tug‘ilmagan xalqlarga aytadi.


22–SANO

Dovud sanosi.

1 Egam Mening cho‘ponimdir, Men muhtojlik ko‘rmasman aslo.

2 Yam–yashil yaylovlarda U menga orom beradi,

Sokin irmoqlar bo‘yida U meni yetaklaydi.

3 U menga qayta kuch baxsh etadi.

O‘zining nomi haqi–hurmati Meni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi.


4 Ey Egam!

Hatto zulmat vodiysida* yursam ham, Xavf–xatardan qo‘rqmayman,

Axir, Sen men bilan birgasan. Sening cho‘pon tayog‘ing*, Xiviching* meni himoya qiladi.


5 Dushmanlarimning ko‘z o‘ngida Men uchun dasturxon tuzaysan. Boshimga moy surtib,

Sen meni hurmat bilan kutib olasan.

Kosamni lazzatli ne’matlarga lim–lim to‘ldirasan.

6 Umrim bo‘yi Sening mehr–shafqating izimdan yuradi,

Ey Egam, Sening uying to abad mening maskanim

bo‘ladi.


23–SANO

Dovud sanosi.

1 Egamiznikidir zamin, undagi butun borliq, Olamu unda yashovchi jamiki jonzot.

2 U olamni o‘rnatgan dengizlar uzra,

Mustahkam qilgan uni ummonlar uzra*.


3 Kim turishi mumkin Egamizning muqaddas makonida?

Kim chiqishi mumkin Uning tepaligiga?*

4 Qo‘li halol, qalbi toza insonlar,

Soxta narsalarga ko‘ngil qo‘ymaganlar, Yolg‘ondakam ont ichmaganlar.

5 Egamiz ularga baraka beradi, Najotkor Xudo ularni oqlaydi.

6 Egamizga yuz burgan jamoa o‘shandaydir. Ha, Xudoga intilgan Yoqub nasli* shundaydir.


7 Qaddingizni rostlang, ey darvozalar! Ochilinglar, ey azaliy eshiklar!

Toki kira qolsin ulug‘vor Shoh!

8 U ulug‘vor Shoh kim ekan? Janglarda g‘olib bo‘lgan,

Kuchli, qudratli Egamiz Shohdir!

9 Qaddingizni rostlang, ey darvozalar! Ochilinglar, ey azaliy eshiklar!

Toki kira qolsin ulug‘vor Shoh!

10 U ulug‘vor Shoh kim ekan?

Sarvari Olamning O‘zi ulug‘vor Shohdir.


24–SANO

Dovud sanosi.

1 Yuragimni ochaman Senga, ey Egam! 2 Senga umid bog‘layman, ey Xudoyim! Sharmanda bo‘lishimga yo‘l qo‘ymagin,

Dushmanlarim mendan ustun kelmasin.

3 Senga ishonganlar aslo bo‘lmasin sharmanda.

Sharmandalik kelsin

Senga asossiz xiyonat qilganlarning boshiga.


4 Ey Egam, yo‘llaringni menga ko‘rsat, So‘qmoqlaringni menga o‘rgat.

5 O‘zing meni boshlab borgin, Haqiqatingni menga o‘rgatgin, Najotkorim Xudo O‘zingsan,

Kun bo‘yi Sendan umid qilaman.


6 Yodingda tut, ey Egam, buyuk shafqatingni Hamda sevgida sodiqligingni.

Axir, azaldan Sen shunday qilgansan.

7 Yoshlikda qilgan gunohlarimni esga olmagin, Itoatsizliklarim uchun meni jazolamagin.

Sodiq sevging haqi yodga ol meni, Axir, Sen yaxshisan, ey Egam!


8 Egamiz yaxshi, adolatlidir!

U gunohkorlarga yo‘l–yo‘riq ko‘rsatadi.

9 U kamtarni to‘g‘rilikka boshlaydi,

Kamtarin insonni O‘z yo‘liga o‘rgatadi.

10 Egamiz qilgan har ishi orqali Uning ahdiga rioya qilganlarga Sevgisiyu sadoqatini ko‘rsatadi.


11 Mening ayblarim ko‘p. Ey Egam, O‘z noming haqi Ayblarimni kechirgin.


12 Agarda inson Egamizdan qo‘rqsa,

Egamiz unga to‘g‘ri yo‘l tanlashni o‘rgatadi. 13 O‘sha inson umrini farovonlikda o‘tkazadi, Uning nasli yurtni mulk qilib oladi.

14 Egamiz Undan qo‘rqadiganlarga O‘z niyatlarini ishonib bildiradi, O‘z ahdini ularga ma’lum qiladi.

15 Nigohim doimo Egam tomondadir, U oyoqlarimni tuzoqdan xalos qiladi.


16 Ey Egam, holimga boq, mehribonlik qil. Men yolg‘izman, tushkunlikka tushganman. 17 Yurakdagi g‘amlarim ortib bormoqda, Shu kulfatdan meni qutqargin.

18 Kulfatu g‘amlarimni ko‘rib, Barcha gunohlarimdan o‘tgin.


19 Qara, dushmanlarim naqadar ko‘p,

Mendan qattiq nafrat qilarlar.

20 Hayotimni asra, qutqargin meni, Sharmandali ahvolga solmagin meni, Zotan, Senda panoh topaman men.

21 Haqqoniylik, to‘g‘rilik saqlasin meni,

Zotan, Sendan umid qilaman men.


22 Ey Xudo, qutqargin Isroilni Jamiki kulfatlaridan!


25–SANO

Dovud sanosi.

1 Ey Egam, to‘g‘ri yurganim uchun

Meni oqlagin.

Qoqilmasdan Senga tayandim.

2 Sinab, imtihon qil meni, ey Egam!

Yuragimni, niyatimni sinab ko‘r!

3 Sening sodiq sevging ko‘z o‘ngimdadir,

Senga doim sodiqman*.


4 Yolg‘onchilarga men sherik bo‘lmayman, Munofiqlar bilan do‘st bo‘lmayman.

5 Fosiqlar to‘dasidan nafrat etaman, Qabihlarga men sherik bo‘lmayman.


6 Namoyon qilmoq uchun aybsizligimni

Qo‘llarimni yuvaman, ey Egam.

Qurbongohing atrofida yuraman,

7 Baland ovoz ila shukrona qo‘shig‘ini kuylayman, Jamiki mo‘jizalaring haqida aytaman.


8 Ey Egam, sevaman Sen maskan qilgan uyni,

Ulug‘vorliging porlagan joyni.

9 Gunohkorlar qatori jonimni olma, Qonxo‘rlar qatori hayotimga chek qo‘yma. 10 Ularning qo‘llari tuzadi yovuz reja,

O‘ng qo‘llari poraga to‘la.


11 Men esa pok hayot kechiraman, Qutqar meni, qil menga shafqat. 12 To‘g‘ri yo‘ldan og‘mayman,

Ey Egam, ulug‘ yig‘inlarda Seni olqishlayman.


26–SANO

Dovud sanosi.

1 Egam nurim va najotimdir,

Kimdan qo‘rqaman?!

Egam hayotimning qal’asidir, Kim meni qo‘rqita olar?!

2 Meni o‘ldirmoqchi bo‘lib,

Yovuzlar ustimga bostirib kelganda,

Ha, g‘animu dushmanlarim menga hujum qilganda,

Qoqilib, yiqilib tushadilar.

3 Hatto butun lashkar meni o‘rab olsa ham, Yuragimda aslo qo‘rquv paydo bo‘lmas.

Hatto menga qarshi jangga otlansa ham,

Ishonchim hech ham yo‘qolmas.


4 Bir narsani Egamdan so‘raganman, Ha, Undan istaganim bitta narsadir: Egamning uyida to abad yashay, Egamning jamolini ko‘ray,

Ma’badda turib, Unga muntazir bo‘lay.

5 Kulfatda qolgan kunlarimda

U meni O‘z chaylasida omon saqlaydi.

Chodiri ostida meni yashiradi,

Baland qoya tepasiga o‘tqazib qo‘yadi.


6 Endi esa har tarafdagi g‘animlarim ustidan Boshim mag‘rur ko‘tarilgandir.

Shodlikdan hayqirib,

Egamning Chodirida qurbonlik keltiraman.

Egamni olqishlab, qo‘shiq aytaman.


7 Eshitgin, ey Egam, iltijo qilganimda, Shafqat qilgin, javob ber menga.

8 “Menga intil!” deganingni qalbim eshitdi,

Ha, ey Egam, men Senga intilaman.

9 Mendan yuz o‘girmagin,

G‘azab ila men, O‘z qulingdan voz kechmagin,

Madadkorim Sen bo‘lgansan–ku, ey Egam.

Rad etma, tark aylama meni, ey najotkorim Xudo!

10 Ota–onam meni tark etsa hatto, Ey Egam, Sen meni qabul qilasan.

11 Yo‘lingni menga ko‘rsat, ey Egam, Dushmanlarim poylab turgani uchun Meni to‘g‘ri so‘qmoqlaringdan yetakla.

12 G‘animlarim qo‘llariga topshirma meni. Axir, soxta guvohlar, nohaq ayblovchilar Menga qarshi chiqdilar.


13 Shubham yo‘q, tiriklar diyorida Egamning ezguligini albatta ko‘raman. 14 Egamizga umid bog‘la,

Dadil bo‘l, yuragingga dalda ber, Egamizga umid bog‘la!


27–SANO

Dovud sanosi.

1 Senga iltijo qilaman, ey Egam,

Meni eshitmay qolmagin, ey suyangan Qoyam. Agar menga gapirmay sukut saqlasang, Qabrga tushgan odam kabi bo‘lib qolaman.

2 Eshitgin, Senga iltijo qilaman.

Muqaddas maskaningga* qo‘llarimni cho‘zib, Faryod qilib, Sendan madad so‘rayman.

3 Meni fosiqlarning qatoriga qo‘shmagin, Ularning qilmishlari yomonlikdir, Qo‘shnilariga tilyog‘lamalik qiladi, Yuraklarida esa yovuz niyatdir.

4 Qilmishiga yarasha ularga jazo bergin, Iflosliklariga yarasha jazolagin.

Qabih ishlariga yarasha adabini bergin, Xizmatiga yarasha ularga qaytargin.

5 Ey Egam, ular ishlaringni qadrlamas,

Sening ijodingga e’tibor qilmas,

Sen ularni yiqitasan, Ular qaytib tiklanolmas.


6 Olqishlar bo‘lsin Egamizga, Iltijolarimni U eshitdi.

7 Egam — mening qudratim, qalqonimdir,

Yurakdan Unga umid bog‘laganman. Egam menga madad berdi, baxtiyorman. Qo‘shig‘im ila Unga shukrona aytaman.


8 Egamiz O‘z xalqining qudratidir,

O‘zi tanlagan shohning najot qo‘rg‘onidir.


9 Xalqingga najot ber, ey Egam,

O‘z elatingga baraka bergin. Ularning cho‘poni bo‘lgin,

To abad ularga g‘amxo‘rlik qilgin.


28–SANO

Dovud sanosi.

1 Egamizga hamdlar ayting, ey ilohiy zotlar*, Egamizning qudratiyu shuhratiga hamdlar o‘qing. 2 Egamizning sharafiga hamdlar o‘qing,

Muqaddas ulug‘vorlikka burkangan Egamizga sajda

qiling!*


3 Egamizning ovozi suvlar uzra eshitiladi,

Ulug‘vor Xudo guldirab sado beradi.

Ha, azim suvlar uzra

Egamiz guldirab sado beradi.

4 Egamizning ovozi qudratlidir, Egamizning ovozi haybatlidir.


5 Egamizning ovozi sadr daraxtlarini qulatadi, Hatto Lubnondagi sadr daraxtlarini* parchalab

tashlaydi.

6 Lubnon tog‘larini Egamiz buqaday sakratadi, Ha, Xermon tog‘ini* yovvoyi buzoqday sakratadi. 7 Egamizning ovozi chaqmoq chaqtiradi,

8 Egamizning ovozi sahroni titratadi, Egamiz Kadesh sahrosini larzaga soladi.


9 Egamizning ovozi ulkan daraxtlarni egib yuboradi*,

O‘rmonlarni yalang‘ochlab, shilib yuboradi, “Egamiz ulug‘vordir”, deb Ma’badida hamma

kuylaydi.


10 Egamiz to‘fonni* jilovladi,

U to abad Shoh bo‘lib taxtda o‘tiradi.

11 Egamiz O‘z xalqiga kuch ato etsin,

O‘z xalqiga tinchlik bilan baraka bersin.


29–SANO

1 Dovud sanosi. Egamizning uyi bag‘ishlangan paytda aytilgan qo‘shiq.

2 Ey Egam, Seni ulug‘layman! Qabr og‘zidan meni qutqarding,

Dushmanlarim mening ustimdan kulishiga yo‘l qo‘ymading.

3 Sendan madad so‘rab yolvordim, ey Egam Xudo,

Menga Sen berding shifo.

4 Ey Egam, o‘liklar diyoridan* jonimni olib chiqding, Qabrdan meni qutqarib qolding.


5 Ey Egamizning taqvodorlari! Egamizga hamdu sano kuylanglar, Uning muqaddas nomini olqishlang.

6 Egamizning g‘azabi bir lahza davom etadi,

Lutfu karami bir umr tugamasdir.

Shu bois qayg‘u–alam tun bo‘yi davom etsa ham,

Tong bilan birga shodlik ham kirib keladi.


7 Ishlarim yurishganda,

“Aslo qoqilmasman!” der edim.

8 Ey Egam, lutfu karaming bilan

Meni tog‘day mustahkam qilganding. Ammo yuzingni o‘girganingda,

Men dahshatga tushdim.


9 Ey Egam, men Senga iltijo qildim,

Shafqat so‘rab, ey Rabbiy, Senga yolvordim:

10 Agar men kirib ketsam qabrga, Mening o‘limimdan ne foyda Senga?! Tuproq Senga hamdu sano aytarmi?!* Sening sodiqligingni u so‘ylarmi?!

11 Eshit, ey Egam, menga rahm qilgin,

Ey Egam, menga madadkor bo‘lgin!


12 Azamni Sen to‘yga aylantirding,

Aza libosini* egnimdan olib tashlading, Shodlikni menga kiygizding.

13 Qalbim sukut saqlamay, Seni kuylab sano o‘qisin,

Ey Egam Xudo, Senga to abad shukur aytaman.


30–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

2 Ey Egam, Senda men panoh topaman, Sharmanda bo‘lishimga aslo yo‘l qo‘yma, Adolatlisan, meni qutqargin.

3 Quloq tut menga, darrov xalos qilgin,

Mening panoh qoyam bo‘lgin.

Najot topay, mustahkam qo‘rg‘onim bo‘lgin.


4 Chindan ham Sen suyangan qoyamsan, qal’amsan, O‘z noming haqi meni yetakla, yo‘l ko‘rsatgin.

5 Sen mening panohimsan.

Qo‘yilgan tuzoqdan meni qutqargin.

6 Hayotimni Senga topshiraman, ey Egam, Meni qutqarasan, ey sodiq Xudo.


7 Soxta xudolarni izzatlaganlarga Men nafratimni sochaman.

Ey Egam, men Senga umid bog‘layman. 8 Sodiq sevging ila shod–xurram bo‘lay, Qayg‘ularimni O‘zing ko‘rgansan,

Jonim azobda qolganini bilasan.

9 Meni g‘anim qo‘liga bermading, Oyoqlarimni bexavotir yerga qo‘yding.


10 Rahm qil, ey Egam, kulfatda qoldim,

Ko‘zlarim qayg‘udan toldi,

Jonu tanam adoyi tamom bo‘ldi. 11 Hayotim azob bilan tugaydi, Yillarim oh–voh bilan bitadi.

Gunohlarim* dastidan kuchdan qoldim,

Etlarim suyaklarimga yopishib ketgan.


12 Dushmanlarim meni haqorat qiladi,

Qo‘shnilarim mendan hazar qiladi. Do‘stlarim ham mendan qo‘rqadi, Ko‘chada ko‘rib meni, qochib ketadi. 13 Meni unutdilar, go‘yo o‘lganman, Go‘yo singan sopol idish kabiman.

14 Eshityapman, ko‘pchilik g‘iybat qiladi, Atrofimni dahshat o‘rab olgan.

Birgalikda menga qarshi fitna to‘qishadi, Meni o‘ldirmoqni niyat qilishadi.


15 Ey Egam, men Senga umid bog‘layman, “Mening Xudoyim Sensan”, deb aytaman. 16 Hayotim Sening qo‘lingdadir, G‘animlarim qo‘lidan,

Payimga tushganlardan meni qutqargin.

17 Jamoling men, qulingga nurlarini sochsin, Sen sodiqsan, meni qutqargin.

18 Yo‘l qo‘yma, ey Egam, sharmanda bo‘lishimga, Madad so‘rab iltijo qildim Senga.

Qabihlar sharmandayi sharmisor bo‘lsin, O‘liklar diyoriga* jim kirib borsin.

19 O‘chsin ularning yolg‘onchi ovozlari,

Zero, takabburlik va nafrat bilan

Ular solihga qarshi so‘ylar.


20 O, naqadar buyukdir Sening ezguliging! O‘zingdan qo‘rqqanlarga uni saqlab qo‘ygansan, Senda panoh topganlarga hadya qilasan, Hammaning ko‘zi oldida in’om qilasan.

21 Huzuringda ularni himoya qilasan, Inson fitnalaridan omon saqlaysan. Ularni O‘z chodiring ostida Ig‘volardan saqlab turasan.


22 Qamalda qolgan shaharday bo‘lganimda Menga ajoyib sadoqatingni ko‘rsatganing uchun Ey Egam, Senga olqishlar bo‘lsin!

23 Vahimaga tushib men:

“Ey Egam, Sening nazaringdan mahrum bo‘ldim”,

degandim.

Ha, madad so‘rab Senga yolvorganimda

Iltijolarimni eshitding.

24 Ey Egamizning taqvodorlari, Uni seving! Unga sodiq bo‘lganlarni Egamiz himoya qiladi, Takabburlarga to‘liq jazo beradi.

25 Bardam bo‘ling, dadil bo‘lsin yuragingiz,

Ey siz, Egamizdan umid qilganlar!


31–SANO

Dovud qasidasi*.

1 Itoatsizligi kechirilganlar baxtlidir, Egamiz kimning gunohidan o‘tgan bo‘lsa, O‘sha inson baxtlidir.

2 Egamiz kimning aybini yozmagan bo‘lsa, O‘sha inson baxtlidir,

Ruhida hiyla bo‘lmaganlar baxtlidir.


3 Ey Egam, gunohimni bo‘ynimga olmay, rad

qilganimda,

Tanam qoq suyak bo‘lib qolgandi, Kun bo‘yi oh–voh qilib chiqardim.

4 Kechayu kunduz tarbiya berishdan to‘xtamading, Saraton issig‘idagiday madorim qurib qoldi.

5 Endi oldingda gunohimni e’tirof etdim, Aybimni yashirmay, o‘zim aytdim:

“Egam oldida itoatsizligimni bo‘ynimga olaman.”

Sen esa mening gunohimni kechirding.


6 Shu bois har bir taqvodor Vaqt borida Senga ibodat qilsin. Shunda azim suvlar to‘foni Taqvodorlarga yetib bormas.

7 Sen mening panohimsan,

Meni kulfatlardan Sen asraysan,

Najot qo‘shig‘i ila meni o‘raysan.


8 Egamiz aytar: “Sizlarga Men yo‘l ko‘rsataman, Yuradigan yo‘llaringizni o‘rgataman,

Maslahat beraman, sizlarni kuzataman.

9 Ongsiz ot yoki xachir kabi bo‘lmanglar,

Ularni yo‘lga solmoq uchun suvluq, jilov kerak, Bo‘lmasa ular yoningizga kelmaydi.”


10 Fosiqning azobi ko‘pdir, Lekin Egamizdan umidvorlarni Sodiq sevgi qurshab oladi.

11 Ey solihlar, Egamiz tufayli shodlaning, quvoning!

Ey barcha ko‘ngli poklar, shodlikdan kuylang!


32–SANO

1 Sevinch ila Egamizga qo‘shiq kuylang, ey solihlar!

Unga hamdu sano aytmoq pokdil insonlarga munosibdir!

2 Lira chalib, Egamizga hamdlar ayting, O‘n torli arfa chalib, Unga qo‘shiq kuylang. 3 Egamizga yangi bir qo‘shiq ayting,

Mahorat ila tor chalib, shodlikdan hayqiring.


4 Egamizning kalomi haqiqatdir, Uning barcha ishlari ishonchlidir. 5 Egamiz adolatu haqiqatni sevadi, Zamin Uning sodiq sevgisiga to‘la.


6 Samolar bunyod bo‘lgan Egamizning kalomidan,

Samodagi jismlar yaralgan Uning nafasidan.

7 U dengiz suvlarini yig‘ib qo‘ygan,

Tubsiz suvlarni go‘yo omborga joylab qo‘ygan*.


8 Butun yer yuzi Egamizdan qo‘rqsin,

Butun olam ahli Undan hayiqsin. 9 U gapirdi, aytgani mavjud bo‘ldi, Amr qildi, zamin yaratildi.


10 Egamiz xalqlarning rejalarini parokanda qiladi, U xalqlarning niyatlarini puchga chiqaradi.

11 Egamizning rejalari to abad sobit turadi,

Uning niyatlari nasldan naslga o‘tib boradi.

12 Egamizni o‘z Xudosi deb bilgan xalq baxtlidir!

Egamiz, azizim deb tanlagan xalq baxtlidir!


13 Egamiz samodan boqar,

Inson zotini U ko‘rib turar.

14 U taxt qurgan joyidan turib,

Hamma yer yuzida yashovchilarni kuzatar. 15 U hammaning yuragini yaratgan, Hammaning ishlarini anglagan.

16 Lashkari ko‘pligidan shoh qutulmaydi,

Kuchi ko‘pligidan jangchi g‘olib bo‘lavermaydi. 17 “Jang otlari najot berar” deyish puch xayoldir, Ular qudratli kuchi bilan qutqara olmaydi.


18 Egamiz ko‘rib turar O‘zidan qo‘rqqanlarni,

Uning sodiq sevgisiga umid qilganlarni.

19 Egamiz ularni o‘limdan qutqaradi,

Ochlikdan saqlab, tirik qoldiradi.


20 Jonimiz Egamizga muntazirdir,

U bizning madadkorimiz, qalqonimizdir. 21 Biz Muqaddas Xudoga umid bog‘laymiz, U tufayli yuragimiz shodlikka to‘la.


22 Ey Egam! Senga hamon umid bog‘laymiz, Sodiq sevging bizga yor bo‘lsin.


33–SANO

1 Dovud Abumalek oldida o‘zini telbalikka solib, uning

huzuridan quvilgandan keyin* aytgan sanosi.

2 Har doim Egamni olqishlayman, Uning madhi tilimdan aslo tushmaydi. 3 Egam bois jonim faxrlanadi,

Mazlum eshitib, shod bo‘lsin.

4 Men bilan birga olqishlang Egamni,

Birgalikda ulug‘laylik Uning nomini.


5 Egamga yuz burdim, U javob berdi,

Hamma qo‘rquvlardan U xalos qildi.

6 Egamizdan umid qilganlarning yuzlarida nur,

Ularning yuzlari aslo shuvut bo‘lmaydi. 7 Bu bechora iltijosin Egamiz eshitdi, Barcha uqubatlardan uni qutqardi.

8 Egamizdan qo‘rqqanlarning atrofida Egamizning farishtasi qarorgoh qurib, Ularga najot baxsh etadi.

9 Egamizning muruvvatini tatib ko‘r,

Egamiz yaxshi ekanligini bilib ol. Naqadar baxtlidir Unda panoh topganlar. 10 Ey taqvodorlar, Egamizdan qo‘rqing.

Undan qo‘rqqanlar aslo muhtojlik ko‘rmas.

11 Hatto yirtqich sherlar ovqatsiz, Ular ochlikdan azob chekadi.

Egamizga yuz burganlardan esa Farovonlik ayrilmaydi.


12 Keling, ey bolalar, tinglangiz meni, O‘rgatayin men Egamizdan qo‘rqishni. 13 Hayotdan zavqlanishni,

Baxtli uzoq umr ko‘rishni istaysizmi?

14 Demak, tilingizni yomon so‘zlardan tiying,

Og‘zingizni yolg‘on gaplardan asrang.

15 Yomonlikdan qayting, yaxshilik qiling,

Tinchlik istang, ha, tinchlik payida bo‘ling.


16 Egamiz solihlarni kuzatib turadi, Ularning nolasini Egamiz eshitadi. 17 Badkirdorlardan esa yuz o‘giradi,

Ularning xotirasini yer yuzidan o‘chiradi.

18 Taqvodorlar yolvoradi, Egamiz eshitadi, Barcha balolardan ularni Egamiz qutqaradi. 19 Ko‘ngli cho‘kkanlarga Egamiz yaqindir, Ruhan ezilganlarni U qutqaradi.


20 Solihlarning qayg‘ulari ko‘p bo‘lsa, Hamma qayg‘ulardan Egamiz xalos qilar. 21 Ularning o‘zini Egamiz saqlaydi, Bironta ham suyagi sindirilmaydi.

22 Fosiqqa o‘z yovuzligi o‘lim keltiradi, Solihdan nafratlangan mahkum bo‘ladi.

23 Egamiz O‘z qullarining hayotini qutqaradi,

Egamizda panoh topuvchilar mahkum bo‘lmaydi.


34–SANO

Dovud sanosi.

1 Ey Egam, menga qarshi chiqqanlarga O‘zing qarshi bo‘l.

Menga hujum qilganlar bilan O‘zing jang qil.

2 Qalqonu sovutingni ol, Qani, menga yordamga kel.

3 Meni ta’qib qilganlarga qarshi Nayzayu boltangni olgin. “Senga najot beraman”, deb O‘zing menga va’da bergin.


4 Mening jonimga qasd qilganlar Sharmandayu sharmisor bo‘lsin! Menga qarshi fitna qilayotganlar Uyatga qolib, orqaga qaytsin!

5 Ey Egam, Sening farishtang ularni quvsin.

Ha, ular xuddi shamolda uchgan somonday bo‘lsin.

6 Qorong‘i, sirpanchiq bo‘lsin ularning yo‘li,

Ey Egam, Sening farishtang ularni quvsin.


7 Sababsiz menga tuzoq qo‘ydilar, Meni tutib olib o‘ldirmoq uchun

Sababsiz menga chuqur qazidilar.

8 To‘satdan ularning boshiga halokat kelsin, Qo‘ygan tuzog‘iga o‘zlari o‘ralib qolsin, Qazigan chuqurga o‘zlari yiqilib, bitsin.


9 Shunda, ey Egam, Sen tufayli shod bo‘laman,

Najot berganing uchun quvonaman. 10 Butun vujudim xitob qiladi: “Senga o‘xshashi yo‘q, ey Egam, Bechorani zo‘ravondan qutqarasan, Faqirni talonchidan qutqarasan.”


11 Yovuz niyatli guvohlar paydo bo‘ladi, Bilmaydigan narsalarimni mendan so‘raydi. 12 Ular yaxshiligimga yomonlik qaytaradi, O‘zimni tamom yolg‘iz his qilaman.

13 Ular xasta bo‘lganlarida esa

Men qanor kiyib, ro‘za tutib, qayg‘u chekardim*. Boshimni quyi solib, ibodat qilardim*.

14 Do‘stim, birodarim, deya tashvish tortardim, Tuqqan onam uchun aza tutganday, Qayg‘udan boshimni egib yurardim.


15 Qoqilganimda esa ular shod bo‘ldilar, Menga qarshi yig‘ilishib keldilar, Bexabar ekanman, ular kallakesar ekan, To‘xtovsiz menga bo‘hton qildilar.

16 Shakkoklarday ayovsiz masxara qildilar,

Menga qarab tishlarini g‘ijirlatdilar.


17 Ey Egam, qachongacha qarab turasan? Qutqargin meni ularning hujumidan, Xalos qilgin jonimni o‘sha sherlardan!

18 Buyuk jamoa ichra Senga shukur aytaman,

Xalq yig‘inlarida Senga hamdlar o‘qiyman.


19 Asossiz menga dushmanlik qilganlar Ustimdan kulmasinlar,

Mendan sababsiz nafrat etganlar

Ko‘zlarini o‘ynatmasinlar.

20 Tinchlik so‘zini og‘izga olmas ular, Ammo yurtda tinch yashayotganlar ustidan Yolg‘on so‘zlarni o‘ylab toparlar.

21 Menga qarshi shang‘illab aytarlar ular: “Aha, ko‘zlarimiz bilan ko‘rdik qilmishlarini.”

22 O‘zing ko‘rgansan, ey Egam, sukut saqlama!

Ey Rabbiy, mendan hech uzoqlashma!

23 Qani, bo‘l, himoya qilgin meni,

Men uchun jang qilgin, ey Xudoyim, Rabbim!

24 Sen odilsan, ey Egam Xudo, Shu bois meni oqlagin.

Dushmanlarim aslo ustimdan kulmasin.

25 Ular o‘zlariga o‘zlari:

“Aha, istaganimiz bo‘ldi–ku!” deb aytmasin. “Uni yutib yubordik–ku”, demasin.


26 Kulfatlarimdan zavqlanganlarning hammasi

Sharmandayu sharmisor bo‘lsin. Mendan o‘zlarini yuqori qo‘yganlar Sharmandalik, badnomlikka o‘ralsin.


27 Men haq bo‘lib chiqishimni istaganlar Xursand bo‘lsin, sevinch ila kuylasin.

Har doim aytaversin ular: “Qulining saodatidan huzurlangan Egamiz tobora yuksalaversin.”

28 Odilliging haqidagi so‘zlaru madhing Kun bo‘yi tilimdan tushmaydi.


35–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Egamizning quli Dovud sanosi.

2 Fosiqlarning gunohkorligi haqida Yuragimda bir bashorat bor: Gunohkor inson Xudodan qo‘rqmaydi. 3 O‘zining nazdida u osmonda yuradi, Xudo gunohimni ko‘rmaydi,

Hukm qilmaydi, deb aytadi.

4 Og‘zidan manfur, yolg‘on so‘zlar chiqadi, Donolikdan, yaxshi ishlar qilishdan u bosh tortadi. 5 Hatto yotganda ham fosiqlikni o‘ylaydi,

Gunohga o‘zini bag‘ishlaydi, Fosiqlikdan aslo yuz o‘girmaydi.


6 Ey Egam, sodiq sevging falaklarga yetgaydir, Ey Egam, sadoqating samolarga cho‘zilgaydir. 7 Odilliging buyuk tog‘larga o‘xshaydi, Adolating tubsiz dengizga o‘xshaydi,

Ey Egam, insonu jonivorlarni Sen saqlagaysan.


8 Sodiq sevging, ey Xudo, naqadar bebahodir!

Qanotlaring soyasida insonlar panoh topadi. 9 Ular uyingdagi ne’matlardan yeb to‘yadi, Lazzat to‘la daryoingdan ularga ichirasan.

10 Hayotning bulog‘i Sendadir, Ziyo olarmiz Sening nuringdan.


11 Seni bilganlarga sodiq sevgingni ko‘rsat, Yuragi soflarga O‘zing najot bergin.

12 Takabburning oyog‘i meni ezmasin, Fosiqning qo‘llari meni haydamasin. 13 Ana, badkirdorlar ag‘anab yotibdi,

Qaddini ko‘tara olmay, yerga qapishib yotibdi.


36–SANO

Dovud sanosi.

1 Fosiqlarga g‘ayirlik qilmagin,

Badkirdorlarga hasad qilmagin.

2 Ular maysaday tezda qurib qoladi, Yam–yashil o‘tday tezda so‘lib qoladi.


3 Egamizga umid bog‘lab, yaxshilik qilgin,

Shu yurtda yashab, halovat topgin.

4 Egamizni o‘zingning shodliging deb bil, Ko‘nglingdagi orzularingga U yetkazadi.


5 Yo‘llaringni topshirgin Egamizga,

Ishon Unga, U madad beradi.

6 Solihligingni U tong kabi porlatadi, Haqligingni kunduzgi quyosh kabi qiladi.


7 Sabrli bo‘l, muntazir bo‘l Egamizga, G‘ayirlik qilmagin yo‘llarini topganlarga, Fosiq niyatlarin amalga oshirganlarga.


8 G‘azabdan o‘zingni tiy, qahrdan qaytgin, Ich–etingni yema, bu faqatgina zararga olib boradi. 9 Yovuzlar yo‘q qilib tashlanadi,

Egamizdan umidvorlar yurtga egalik qiladi.


10 Tez orada fosiqlarning kuni bitadi, Sen har qancha qidirmagin,

Ularni bu yerdan topa olmaysan.

11 Beozorlar esa yurtga egalik qiladi,

Mo‘l baxt–saodatdan bahramand bo‘ladi.


12 Fosiq solihlarga qarshi fitna qiladi,

Ularga qarshi tishlarini g‘ijirlatadi.

13 Rabbiy fosiqlarni masxara qiladi, Ularning kuni bitayotir, buni Rabbiy biladi.


14 Fosiq qilichini sug‘urib, kamonini tortadi, Bechora, mazlumni yiqitishga shaylanadi, Solihlarni o‘ldirmoq istaydi.

15 Ammo qilichlari o‘zlarining boshini yeydi, Kamonlari ham parcha–parcha bo‘lib ketadi.


16 Solihning qo‘lidagi oz narsa afzal, Jamiki fosiqning boyligidan ko‘ra.

17 Fosiqning kuchi qirqilib ketadi,

Solihni esa Egamiz qo‘llab–quvvatlaydi.


18 Aybsizlarning ehtiyoji Egamiz e’tiborida,

Ularning mulki to abad davom etadi.

19 Qaro kunlarda ham ular zavol topmaydi, Qahatchilik kunlarda ham farovon yashaydi. 20 Fosiqlar esa albatta halok bo‘ladi,

Egamiz g‘animlari qirdagi gullarday quriydi, Ular tutun kabi tarqalib, yo‘q bo‘lib ketadi.


21 Fosiq qarz oladi–yu, qaytarib bermaydi,

Solih esa himmat ila in’om qiladi.

22 Egamiz baraka bergan insonlar yurtni egallaydi,

Egamiz la’natlagan odamlar esa yo‘q bo‘lib ketadi.


23 Egamiz insonning yo‘lidan mamnun bo‘lsa,

Uning qadamlarini sobit qiladi.

24 Hatto qoqilsa ham yiqilib tushmaydi,

Egamiz madad berib, qo‘lidan ushlaydi.


25 Men ham yosh edim, endi keksaydim, Solihlarning tark etilganini,

Ularning zurriyoti non tilaganini ko‘rmadim. 26 Ular doim himmat ila qarz beradi, Farzandlari ham baraka topadi.


27 Fosiqlikni tashla, yaxshilik qilgin, Toki yurtda to abad maskan qilgin.

28 Zotan, Egamiz yaxshi ko‘radi adolatni,

Tark etmaydi taqvodorlarni, Ularni to abad himoya qiladi, Fosiqlar naslini qirib tashlaydi. 29 Solih yurtga egalik qiladi,

Bu yurtda to abad istiqomat qiladi.


30 Solihning og‘zi donolikdan so‘zlaydi, Uning tili adolatni so‘ylaydi.

31 Yuragida Xudosining qonuni joy olgan, Shuning uchun qadamida adashmaydi.


32 Fosiq solihni doim kuzatadi,

Uni o‘ldirmoqni mo‘ljallab yuradi.

33 Egamiz solihni fosiqning ixtiyoriga topshirmaydi,

Hukmga olib kelinganda, solih mahkum bo‘lmaydi.


34 Egamizdan umid qil, Uning yo‘llarini tutgin, U seni yuksaltiradi, bu yurtni egallaysan, Fosiqning qirilib ketishini sen ko‘rasan.


35 Ko‘rganman fosiq, zolim odamning

O‘z yurtida yam–yashil daraxtday unganini. 36 Ko‘p o‘tmay u o‘tib ketdi, yo‘q bo‘ldi, Qancha qidirsam ham, topa olmadim.


37 Aybsizga e’tibor ber, sofdilni kuzat,

Tinchlikparvarning istiqboli yorqin.

38 Gunohkorlarning hammasi qirilib bitadi, Fosiqning kelajagi barham topadi.


39 Solih kishi Egamiz tufayli najot topgaydir,

Kulfat chog‘i Egamiz solihning qal’asidir.

40 Egamizdan panoh topgani uchun

Solihga Egamiz madad beradi, uni qutqaradi, Fosiqdan omon saqlaydi, unga najot beradi.


37–SANO

1 Dovud sanosi. Egamizdan madad so‘rab aytgan

iltijosi.

2 Ey Egam! G‘azab bilan menga tanbeh bermagin,

Qahring sochib, menga jazo bermagin.

3 O‘qlaring menga sanchildi, Qo‘llaring ustimga bosib tushdi.


4 Butun tanam xastadir g‘azabingdan, Sog‘ligim yo‘qolgan gunohlarim dastidan. 5 Ayblarim meni juda ham ezadi,

Ular juda og‘ir yukka o‘xshaydi.


6 Aqlsizligim* dastidan

Yaralarim sasib, yiringlab oqyapti. 7 Juda egilib, bukchayib qoldim, Kun bo‘yi g‘amgin yuraman.

8 Ichim isitmadan otash bo‘lib yonmoqda,

Tanamda bironta sog‘ joy yo‘q.

9 Sillam qurib, tamom ezildim, Yurakdagi alamdan nola qilaman.


10 Yuragim tubidagi istaklarim

Ey Rabbiy, O‘zingga ravshan,

Ohu nolam Sendan yashirin emas.

11 Yuragim titraydi, quvvatim ketdi,

Ko‘zlarimning nuri adoyi tamom bo‘ldi.

12 Do‘st–yoronlarim dardim tufayli oldimdan qochadi,

Tug‘ishganlarim aslo yonimga kelmaydi.


13 Jonimga qasd qilganlar menga tuzoq qo‘yadi, Menga yomonlik istaganlar kulfatdan so‘z ochadi, Kun bo‘yi yolg‘on so‘ylab, fitna qiladi.


14 Men esa karga o‘xshayman, eshitmayman,

Soqovga o‘xshayman, gapira olmayman.

15 Chindan ham men soqovga o‘xshayman,

Tili qotib qolgan odamdayman.


16 Ey Egam, umidim yolg‘iz Sensan,

Ey Egam Xudo, javob beradigan Sensan.

17 Ey Egam: “Holimni ko‘rib, dushmanlarim

shodlanmasin,

Oyoqlarim qoqilganda, o‘zlarini katta tutmasin”,

deya

Senga ibodat qildim.


18 O‘zim ham yiqilay deb turibman,

Tinmay azob chekayotirman.

19 Qilgan egriliklarim uchun tavba qilaman, Gunohga qo‘l urganimdan pushaymonman. 20 Ashaddiy dushmanlarim ko‘pdir,

Sababsiz mendan nafrat etuvchilar son–sanoqsiz. 21 Ular yaxshiligimga yomonlik ila javob beradi, Ezgu ishlarim uchun meni ig‘vo qiladi.


22 Ey Egam, meni aslo tark etmagin, Ey Xudoyim, mendan uzoq ketmagin. 23 Menga yordam bergani shoshilgin,

Ey mening najotkorim — Rabbiy!


38–SANO

1 Ijrochilar rahbari Yodutunga*. Dovud sanosi.

2 O‘zimga o‘zim shunday deyman: “Yurar yo‘llarimni kuzatib boray, Gunoh so‘zdan tilimni tiyib yuray, Fosiqlar hamon o‘rab turarkan meni, Qulf urib yopib olay og‘zimni.”

3 Jim turdim, sukut saqladim, So‘zlashdan bo‘yin tovladim, Oshib boraverdi dardim.

4 Qizib ketaverdi ichim, O‘ylaganim sari o‘rtandi ko‘nglim, Oxiri tilimni tiya olmay yolvordim:


5 “Ey Egam, umrim nihoyasini ayon qilgin, Qancha kunim qolganini ayon qilgin, Umrim qancha qisqaligini bilayin.

6 Yelday o‘tib ketguvchi umr bergansan, Sening nazaringda umrim bir lahzadir, Har kimning umri bir nafasdir.

7 Har kimning umri soyaday o‘tib ketar, Insonning harakati behuda bo‘lar, Boylik yig‘ar, lekin bilmas

Kim boylikka egalik qilar.


8 Kimdan men umid qilay endi, yo Rabbiy? Sendadir mening barcha umidim.

9 Xalos qilgin meni gunohlarimdan, Kulmasin ahmoqlar mening ustimdan.

10 Sukut saqlayman, og‘zimni ochmayman, Axir, Sen O‘zing meni shu ahvolga solding. 11 Mendan ofatlaringni uzoq qilgin,

Sening zarbalaringdan o‘lay, dedim.


12 Gunohlari uchun insonni jazolab, Unga tanbeh berasan.

Kuya yeganday qadrli narsalarini yo‘q qilasan. Shubhasiz, inson bir nafasda o‘tib ketadi.


13 Ey Egam, ibodatimni eshitgin, Nolayu faryodimga quloq solgin. Ko‘z yoshlarimga befarq bo‘lmagin.

Axir, men Sening o‘tkinchi mehmoningman,

Otalarim kabi musofirman.

14 Qahrli nigohingni mendan o‘girgin, Toki yana xursand bo‘layin

Bu olamdan o‘tib yo‘q bo‘lmasimdan oldin.”


39–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

2 Men Egamizga umid bog‘ladim,

U menga yuz burdi, faryodimni eshitdi. 3 Meni balchiq chuqurdan, Botqoqlikdan chiqarib oldi.

Eson–omon meni qattiq yerga o‘tqazdi,

Qadamlarimni dadil qildi.

4 U og‘zimga yangi bir qo‘shiq soldi, Bu qo‘shiq Xudoyimizga madhiyadir.

Ko‘plar Uning ishlarini ko‘rib, qo‘rqadi, Egamizga umid bog‘laydi.

5 Baxtlidir Egamizga umid bog‘laganlar, Kiborlarga suyanmaganlar, Butparastlardan yordam kutmaganlar.


6 Ko‘p mo‘jizalar ko‘rsatding, ey Egam Xudo, Bizga qaratilgan ko‘p niyatlaringni bajarding. Biror zot Senga teng kela olmas,

Og‘iz ochib, mo‘jizalaring haqida aytsam, Naqadar ko‘pligini sanay olmasdim.


7 Sen qurbonligu nazrni istamading, Kuydiriladigan qurbonlik hamda Gunoh qurbonligini* talab qilmading,

Itoat qilishim uchun Sen quloqlarimni ochding*.

8 Shunda dedimki: “Mana, men keldim.

Muqaddas bitiklarda men haqimda yozilgan*.

9 Sening xohishingni ado etishdan zavq olaman,

Ey Xudoyim, Sening qonuning yuragim to‘ridadir.”


10 Ulug‘ jamoang ichra

Najoting xushxabarini e’lon qilganman. Ha, ey Egam, O‘zing bilasan,

Og‘zimga bir nafas ham dam bermaganman. 11 Qutqarganingni yuragimda yashirmadim, Sodiqliging, najotingdan har kimga so‘yladim,

Sevging, sadoqatingni buyuk jamoangdan sir tutmadim.

12 Ey Egam, mendan shafqatingni darig‘ tutmagin, Sening sevging, sadoqating meni to abad saqlasin. 13 Behisob ofatlar atrofimni o‘radi,

Gunohlarim o‘zimning boshimga yetdi, Endi ko‘zlarim ko‘ra olmas,

Gunohlarim boshimdagi sochimdan ko‘pdir, Endi jasoratim tamoman so‘ndi.


14 Ey Egam, iltimos, menga najot ber, Kelgin tezda, ey Egam, menga madad ber. 15 Jonimga qasd qilgan hammalar Sharmandayu sharmisor bo‘lsin!

Halokatimni istaganlar Uyatga qolib, orqaga qaytsin!

16 “Holing qalay endi?!” deb meni masxaralaganlar Sharmanda bo‘lganidan vahimaga tushsin.


17 Senga yuz burganlarning hammasi Sen tufayli sevinch, shodlikka to‘lsin. Sening najotingni sevganlar:

“Egamiz yuksalaversin”, deb doim aytsin.

18 Men esa g‘arib, bechoraman,

Ey Rabbiy, men haqimda o‘ylagin, Madadkorim, najotkorim O‘zingsan, Kechikmagin, ey Xudoyim!


40–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

2 Baxtlidir bechorani o‘ylaydiganlar,

Kulfatda qolganlarida Egamiz ularni qutqaradi. 3 Egamiz ularni himoya qiladi, hayotini asraydi, Ular yurtdagi baxtlilardan hisoblanadi,

Egamiz ularni dushmanlari ixtiyoriga topshirmaydi.

4 To‘shakka mixlanib qolsa, Egamiz parvarish qiladi, Xastaligiga Egamiz shifo beradi.


5 Shunday iltijo qildim Senga:

“Ey Egam, shafqat qil menga, Gunoh qildim Senga, shifo bergin.”

6 Dushmanlarim yovuz niyat ila shunday deydi: “Qachon o‘lar ekan u, nomi ham qachon o‘charkan?” 7 Ular meni ko‘rgani kelganda,

Yolg‘on–yashiq gaplarni gapiradi. Yuraklarida esa fisqu fasod tugib,

Tashqariga chiqadi–da, Hamma joyda yoyib yuradi.

8 Mendan nafratlanganlarning hammasi Menga zarar berishni reja qilishadi,

Birlashib, men haqimda pichir–pichir qilishadi:

9 “Og‘ir xastalikka chalingan u, To‘shagidan qaytib tura olmaydi.”

10 Hatto nonimni yegan yaqin, ishongan do‘stim, Menga qarshi bosh ko‘targan.


11 Sen esa, ey Egam, menga rahm qil, Meni oyoqqa turg‘az.

Qilmishlariga yarasha dushmanlarimga qaytaray. 12 Dushmanlarim ustimdan g‘olib kelmasa, Mendan mamnun bo‘lganingni bilaman.

13 To‘g‘riligim uchun meni saqlaysan, Huzuringda to abad meni o‘tqazasan.


14 Olqishlar bo‘lsin abadulabad

Isroil xalqining Xudosi — Egamizga!


Omin! Omin!


41–SANO


1 Ijrochilar rahbariga. Ko‘rax naslining* qasidasi*.

2 Kiyik irmoq suvlarini tusaganday, Ey Xudo, jonim Seni shunday tusaydi!


3 Jonim tashna Xudoga, barhayot Xudoga,

Qachon borib, Uning huzurida hozir bo‘laman?

4 Tuz totmay kechayu kunduz ko‘z yosh to‘kaman, “Qani Xudoying?” deya masxara qilar odamlar doim.


5 Shodlik hayqiriqlariyu hamdu sanolar ostida Jamoa bilan birga Xudoning uyiga borardim. Bayram nishonlagani olomon bilan borardim. Shularni eslab, yuragim pora–pora bo‘lmoqda. 6 Nega tushkunlikka tushasan, ey jonim?

Nega behalovat bo‘lasan ichimda? Xudoga umid bog‘la! Shukur etaman Yana Unga — najotkorim, 7 Xudoyimga.


Tushkunlikka tushganman.

Shu bois, ey Xudo, Seni Iordan diyoridan,

Xermon* tizmasidan, Mizor tog‘idan* turib eslayman.

8 O‘kirayotgan dengizlarday, Guvullayotgan sharsharalarday Sen yuborgan qayg‘u to‘lqinlari O‘tgandilar ustimdan bosib.


9 Kunduzi Egam sodiq sevgisini ko‘rsatadi, Tunlari U menga qo‘shiq beradi,

Menga umr bergan Xudoga ibodat qilaman.


10 Xudoga, suyangan Qoyamga aytaman:

“Nega meni unutib qo‘yding Sen?!

Ne uchun g‘amga botib yurmog‘im kerak Dushmanlarim siquvi sababidan?!”

11 Dushmanlarim haqoratidan suyaklarim zirqiraydi,

Ular muttasil mendan: “Qani Xudoying?!” deya so‘raydi.


12 Nega tushkunlikka tushasan, ey jonim?

Nega behalovat bo‘lasan ichimda? Xudoga umid bog‘la! Shukur etaman Yana Unga — najotkorim, Xudoyimga.


42–SANO

1 Ey Xudo, oqla meni!

Shakkok xalqqa qarshi da’voim bor. O‘zing meni himoya qil.

Meni bu yolg‘onchi, adolatsizlardan qutqar. 2 Axir, mening panohim — Xudo Sensan, Nega Sen tark etding meni?!

Ne uchun g‘amga botib yurmog‘im kerak

Dushmanlarimning siquvi dastidan?!


3 Yo‘llagin nuringni, haqiqatingni, Bular menga yo‘l ko‘rsatib tursin, Muqaddas tog‘ingga* meni olib borsin, Sening makoningga meni olib borsin.

4 Shunda boraman, ey Xudo, Sening qurbongohingga. Buyuk shodligimsan, sevinchimsan Sen,

Lira chalib, hamdu sano aytaman Senga, Ey Xudo, mening Xudoyim!


5 Nega tushkunlikka tushasan, ey jonim? Nega behalovat bo‘lasan ichimda?

Xudoga umid bog‘la! Shukur etaman

Yana Unga — najotkorim, Xudoyimga.

43–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Ko‘rax naslining* qasidasi*.

2 Ey Xudo, o‘z quloqlarimiz ila eshitganmiz.

Qadimda, ota–bobolarimiz davrida Qilgan ishlaringni ular bizga aytgan edi.

3 O‘z qo‘ling ila quvding begona xalqlarni, Ularning yurtiga o‘tqazding otalarimizni. Kulfatga solding begona xalqlarni,

Ozod qilding Sen otalarimizni*.

4 Ular yurtni qilich ila olmadilar,

O‘z qo‘llari bilan g‘alabaga erishmadilar. Ular Sening o‘ng qo‘ling, qudrating, Sening yuz nuring ila g‘olib bo‘ldilar.

Zero, Sen ulardan mamnun bo‘lganding.


5 Sen Shohimsan, Xudoyimsan,

Amr ber, Yoqub nasli g‘olib bo‘lsin.

6 Sen tufayli dushmanlarimizni yiqitamiz,

Noming ila g‘animlarimizni ezamiz.

7 Ishonib qolmasman men o‘z yoyimga, Qilichim g‘alaba keltirmas menga.

8 G‘animlarimiz ustidan bizni g‘olib qilding, Bizdan nafratlanganlarni sharmanda qilding. 9 Ey Xudo, kun bo‘yi Sen tufayli maqtandik, To abad Senga shukronalar aytamiz.


10 Endi esa bizni rad qilib, sharmanda qilding, Lashkarlarimizni boshlab bormayapsan.

11 Bizni dushmanlarimiz oldida chekintirding,

G‘animlarimiz bizni talon–taroj qildi. 12 Bizni qo‘ylar kabi yemishga berding, Xalqlar orasiga bizni yoyib yubording.

13 Xalqingni qora chaqaga sotib yubording,

Ularni sotishdan hech naf ko‘rmading.


14 Qo‘shni xalqlar bizni masxara qiladi, Sen yo‘l qo‘yib berding.

Atrofimizdagilar bizni haqoratlaydi, Kulishlariga imkon berding.

15 Xalqlar orasida kulgi qilding bizni,

Xalqlar bizni masxaralab, chayqaydi boshini. 16 Har doim xijolat bo‘lib yuraman, Sharmandalik yuzimni qoplagan.

17 Eshitganimiz masxarayu haqorat!

Ko‘rganimiz qasoskor dushman!


18 Garchi Seni unutmagan bo‘lsak–da, Garchi ahdingga xiyonat qilmasak–da, Bu ko‘rgiliklar boshimizga tushdi.

19 Biz Seni hech qachon tark etmadik,

Sening yo‘llaringdan hech qachon toymadik.

20 Ammo chiyabo‘rilar makoniga bizni tashlading,

Zimziyo zulmatga bizni uloqtirding.


21 Ey Xudoyimiz, axir, Sening nomingni unutsak,

Qo‘llarimizni begona xudolarga ochsak,

22 Ey Xudo, Sen buni bilmasmiding?! Axir, Sen yurakdagi sirlarni bilasan–ku!

23 Sen tufayli har kuni o‘limga duch kelamiz, Bo‘g‘izlanadigan qo‘yday bo‘lib qolganmiz.


24 Tursang–chi, nega uxlayotgandaysan, yo Rabbiy?!

Qani, bo‘l, bizni to abad rad etmagin.

25 Nega bizdan yuz o‘girasan?!

Boshimizga tushgan kulfatu zulmni unutasan?!

26 Biz ag‘natilganmiz tuproqqa, Tanamiz yopishib qolgandir yerga. 27 Qani, kel, bizga madad ber, Sodiq sevging haqi bizni qutqar.


44–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. “Nilufar” kuyiga aytiladigan

to‘y qo‘shig‘i. Ko‘rax naslining* qasidasi*.

2 Shohimga she’rlarimni bag‘ishlayman, Yuragimdan go‘zal so‘zlar to‘kiladi, Tilim mohir kotib qalamiga o‘xshaydi.


3 Ey shohim! Insonlar orasida juda chiroylisan. Xudo senga to abad baraka bergani uchun Lablaringdan latif so‘zlar yog‘iladi.

4 Ey qudratli shoh, belingga bog‘la qilichingni, Hashamatu ulug‘vorliging bilan zohir bo‘lgin.


5 Ulug‘vorlik bilan olg‘a bos!

Haqiqat, kamtarlik, adolat uchun g‘alaba qil! O‘ng qo‘ling qo‘rqinchli ishlar ko‘rsatsin.

6 G‘animlaringning yuragini O‘tkir o‘qlaring teshib o‘tadi. Xalqlar oyog‘ing ostiga yiqiladi.

7 Xudo bergan taxting* abadiydir, Adolat hassasi shohliging hassasidir.

8 Sen solihlikni sevasan, qabihlikdan nafratlanasan.

Shu bois Xudo seni do‘stlaringdan ustun qildi, Ha, Xudoying shodlik moyini senga surtdi.

9 Libosingdan mirra*, aloe va dolchinning

Xushbo‘y hidlari ufurar.

Fil suyagi bilan bezatilgan saroylarda

Cholg‘u navolari seni shod qilar.

10 Shoh qizlari izzatli xonimlaring orasidadir,

Ofir* oltiniga bezangan malika o‘ng qo‘lingda o‘tirar.


11 Tingla, ey qiz, quloq solib, o‘ylagin,

Xalqing, otang xonadonin unutgin.

12 Jamolingga shoh maftun bo‘lgandir, Ta’zim qil unga, u xo‘jayiningdir.

13 Tir* xalqi hadyalar olib keladi, Boylar sendan marhamat istaydi. 14 Saroyda malika naqadar go‘zal! Liboslari oltin bilan bezatilgan.

15 Naqshli libosida uni shoh huzuriga olib kelishadi, Ortidan qizlar, uning dugonalari ergashib keladi.

16 Ular shod–xurramlik ichra keladi, Shohning saroyiga ular kirib keladi.


17 Ey shohim, o‘g‘illaring olgaylar otalaring o‘rnini,

Butun yurtda shahzodalar qilgaysan sen ularni. 18 Qo‘shig‘im tufayli noming nasllar osha yashar, Shu bois xalqlar seni to abad madh etarlar.


45–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. “Qizlar” kuyiga aytiladigan Ko‘rax naslining* qo‘shig‘i.

2 Xudo bizning panohimiz, qudratimizdir, Kulfatda qolganimizda doim madadkorimizdir. 3 Shu bois biz qo‘rqmaymiz hech ham

Yer ostin–ustin bo‘lib ketsa ham,

Dengiz bag‘riga tog‘lar qulab tushsa ham. 4 Dengizlar o‘kirib, toshib ketsa ham, Shiddatli to‘lqinlar tog‘larni titratsa ham Biz qo‘rqmaymiz hech ham.


5 Bir daryo bor, uning suvlari Shodlik olib kelar Xudo shahriga*,

Xudoyi Taoloning muqaddas makoniga.

6 Shaharda Xudo turgani uchun Shahar qulamas aslo,

Tong otganda, Xudo yordamga keladi. 7 Xalqlar alg‘ov–dalg‘ov bo‘ladi, Shohliklar qulaydi.

Xudoning ovozi guldiraydi, yer erib ketadi.


8 Sarvari Olam biz bilandir,

Yoqubning Xudosi qal’amizdir.


9 Keling, Egamizning ishlarini ko‘ring, Yer yuziga keltirgan kulfatni ko‘ring. 10 Butun olamda U jangni to‘xtatadi, Yoyni parchalaydi, nayzani sindiradi,

Qalqonlarni* olovda yoqib, shunday deydi:

11 “To‘xtang, biling, Men Xudoman, Xalqlar orasida Men yuksalgayman, Yer yuzida Men yuksalgayman.”


12 Sarvari Olam biz bilandir,

Yoqubning Xudosi qal’amizdir.


46–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Ko‘rax naslining* sanosi.

2 Ey xalqlar! Hammangiz qarsak chaling, Sevinch hayqiriqlari ila Xudoni kuylang! 3 Qo‘rqinchlidir Xudoyi Taolo — Egamiz, Butun yer yuzida Udir ulug‘ Shohimiz.


4 Xalqlarni U bizga itoat ettirdi,

Elatlarni oyog‘imiz ostiga tashladi.

5 O‘zi suygan Yoqubning faxrli mulkini

Egamiz biz uchun yurt qilib tanladi.


6 Shodlik hayqiriqlari ostida Xudo taxtga chiqdi,

Karnay sadosi ostida Egamiz taxtiga o‘tirdi.

7 Hamdu sano kuylang Xudoga, madhlar kuylang!

Ha, Shohimizga madhlar kuylang! Hamdu sano kuylang!

8 Butun yer yuzining shohidir Xudo, Unga ajoyib hamdu sano kuylang!


9 Jamiki uluslarning shohidir Xudo,

Muqaddas taxtida o‘tiribdi Xudo!

10 Ibrohim Xudosining xalqi bilan birga To‘planarlar xalqlarning hukmdorlari. Zaminning shohlari* — Xudoniki, G‘oyat baland yuksalgandir U.


47–SANO

1 Ko‘rax naslining* sanosi. Qo‘shiq.

2 Egamiz buyukdir!

Egamiz O‘z shahrida,

Ha, O‘zining muqaddas tog‘ida* Madhiyalarga loyiqdir!

3 Xudoning muqaddas tog‘i yuksak va go‘zaldir,

Butun yer yuziga shodlik olib keladir! Buyuk Shohning shahridagi,

Uning shimolidagi* Sion tog‘i!*

4 Xudo Quddusning qo‘rg‘oni ichida turadi, Uning qal’asi bo‘lib, O‘zini namoyon etgan.


5 Shohlar to‘plandilar,

Birgalashib Sion tog‘iga qarshi yurdilar. 6 Uni ko‘rdilar–u, shoshib qoldilar, Vahimaga tushib, qochib qoldilar.

7 Tug‘ayotgan xotin tortganday dard O‘sha yerda ularni titroq bosdi.

8 Sharqdan shamol esib,

Tarshish* kemalarini parchalaganday, Sen ularni qirib tashlading.


9 Xudo nima qilganini biz eshitdik.

Nima eshitgan bo‘lsak, endi o‘shani

Xudoyimiz, Sarvari Olamning shahrida ko‘rdik.

Bu shaharni Xudo to abad saqlar.


10 Ey Xudo, Ma’bading ichida Sodiq sevging haqida o‘ylaymiz.

11 Ey Xudo, madhing ham dong‘ing kabi,

Yerning to‘rt tomoniga yoyilgan,

O‘ng qo‘ling adolat ila to‘lib–toshgan.

12 Sening hukmlaringdan Sion tog‘i shod bo‘lsin, Yahudo shaharlari sevinsin!


13 Ey Isroil xalqi,

Quddus* tevaragida yuring. Atrofida aylanib,

Uning minoralarini sanab chiqing.

14 Sionning istehkomlariga e’tibor bering, Uning qo‘rg‘onlariga qarang!

Bularni ko‘rib, kelgusi avlodlarga hikoya qiling:

15 “Xudo o‘sha istehkomlarga o‘xshaydi.

U to abad bizning Xudoyimizdir,

U to abad bizning yo‘lboshchimiz bo‘ladi.”


48–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Ko‘rax naslining* sanosi.

2 Eshitinglar, ey xalqlar, Quloq soling, olam ahli,

3 Ey insonlar, jamiki odamzod, Boylaru faqirlar, quloq solingiz!

4 Og‘zimdan to‘kiladi dono so‘zlar, Qalbimning mulohazalari ham idroklidir. 5 Qulog‘imni hikmatga buraman, Ma’nosini lira bilan anglataman.


6 Nega qo‘rqishim kerak qaro kunlarda?! Nega qo‘rqishim kerak ta’qib qiluvchilar Qabih ishlari bilan meni o‘rab olganlarida?! 7 Ular mol–mulkiga ishonadilar,

Behisob boyliklari ila maqtanadilar.

8 Axir, hech kim hayotini* pul to‘lab qutqara olmas, Yoki uning uchun Xudoga to‘lov berolmas.

9 Inson hayoti uchun to‘lov g‘oyat qimmatdir, Hech qanday to‘lov yetarli bo‘lmas.

10 Yo‘qsa inson to abad yashardi, Qabr yuzini aslo ko‘rmasdi.


11 Dononi qarang, ular ham o‘ladi, Ahmoq, bema’ni birday halok bo‘ladi, Ularning boyligi boshqalarga qoladi.

12 Yurtlarga o‘zlarining nomini berganda ham, Mozor to abad uyi bo‘lib qoladi,

Maskani nasldan naslga o‘taveradi*.

13 Boyligiga qaramay inson to abad qolmas,

O‘ladigan jonzotga o‘xshaydi ular.


14 O‘zlariga ishonganlarning qismati shudir, Ularning so‘zini ma’qullaganlarning taqdiri shudir: 15 Ular qo‘ylar kabi o‘liklar diyoriga haydaladilar, O‘lim ularning cho‘poni bo‘ladi,

Tongda to‘g‘ri insonlar ularning ustidan hukmron

bo‘ladi,

Tanalari chirib ketadi,

O‘liklar diyori* ularning qasri bo‘ladi.

16 O‘liklar diyori hukmidan Xudo meni qutqaradi, Shubhasiz, U meni O‘z yoniga oladi.


17 Birontasi boyib ketganda, Uyining hashamati oshib ketganda, Vahimaga tushma!

18 Olamdan o‘tganda, u o‘zi bilan hech narsa olib

ketmaydi,

Boyligi ham uning ortidan qabrga ergashib bormaydi.

19 Hayotligida o‘zini baxtiyor hisoblaydi,

Oshib–toshib yashagani uchun

Ko‘plar unga hamdu sano aytadi.

20 U ham ota–bobolari yoniga ketadi, Ular kabi yorug‘likni boshqa ko‘rmaydi. 21 Boyligi bo‘la turib aqlsiz bo‘lganlar O‘ladigan jonzotga o‘xshaydilar.


49–SANO

Osif* sanosi.

1 Xudolar Xudosi — Egamiz So‘ylar, da’vat qilar yer yuziga Sharqdan g‘arbga qadar.

2 Xudo O‘z nurini sochar Quddusdan* — Go‘zallikda komil shahardan.


3 Xudoyimiz kelar, sukut saqlamas, Uning oldida alanga yamlab yuborar, Atrofida bo‘ron g‘azabdan quturar.

4 O‘z xalqini hukm etmoq uchun

Yeru osmonni guvoh qilib chaqirar:

5 “Yig‘ib keling Mening taqvodor xalqimni, Qurbonlik orqali Men bilan ahd qilganlarni!” 6 Samolar e’lon qilar Xudoning odilligini, Hakam Xudoning O‘zidir.


7 Xudo aytar: “Eshit, ey xalqim, Men so‘zlayman,

Ey Isroil, senga qarshi guvohlik beraman, Men Xudoman, sening Xudoyingman.

8 Keltirgan qurbonliklaring doimo oldimda.

Kuydirilgan qurbonliklaringdan shikoyat qilmayman.

9 Og‘ilingdagi buqangga muhtoj emasman, Suruvingdagi echkingga ham zor emasman. 10 Menikidir o‘rmondagi jamiki hayvon, Minglab qirlardagi molu qo‘ylar.

11 Menikidir jamiki tog‘dagi qushlar,

Menikidir daladagi barcha jonivorlar.

12 Och qolsam ham, sendan ovqat so‘ramasdim.

Axir, Menikidir olam, undagi hamma narsa.

13 Men buqa go‘shtini yeymanmi?!

Yoki echki qonini ichamanmi?!

14 Men, Xudoga shukrona qurbonligini qil, Men, Xudoyi Taologa ontingni ado qil.

15 Og‘ir kunda Menga iltijo qilgin,

Senga najot beraman,

Sen esa Menga maqtov aytasan.”


16 Fosiqqa esa Xudo shunday deydi:

“Ne haqing bor qonunlarimni tilga olmoqqa?! Ne haqing bor ahdimni og‘zingga olmoqqa?! 17 Nafrat ila qaraysan–ku yo‘l–yo‘riqlarimga, Otib tashlaysan–ku kalomlarimni orqangga! 18 O‘g‘rini ko‘rganingda, do‘stlashasan u bilan, Sherik bo‘lib olasan zinokorlar bilan.

19 Og‘zing yomon so‘zlar uchun doim tayyordir, Tilingning to‘qigani faqat yolg‘ondir.

20 O‘tirib, birodaringga qarshi so‘ylaysan, Tug‘ishganingga ham tuhmat qilasan.

21 Shu ishlarni qilganingda, sukut saqladim, Meni ham o‘zingga o‘xshagan, deb o‘ylading. Endi–chi, aybingni bo‘yningga qo‘yib,

Seni hukm qilaman.

22 Ey Meni unutganlar, bilib qo‘ying, Yo‘qsa sizlarni parcha–parcha qilaman, Bironta najot berguvchi topilmaydi.

23 Menga shukrona qurbonligi keltirganlar

Meni izzat qilgan bo‘ladi. Men O‘z najotimni

To‘g‘ri yo‘ldan yurganlarga ko‘rsataman.”


50–SANO

1-2 Ijrochilar rahbariga. Natan payg‘ambar kelib, Dovudning Botsheva bilan qilgan gunohini fosh etgandan keyin*, Dovudning aytgan sanosi.

3 Rahm qilgin menga, ey Xudo,

Sodiq sevging, cheksiz shafqating ila Itoatsizligimni olib tashlagin.

4 Yuvib tashla barcha ayblarimni, Poklagin gunohlarimdan.

5 Ha, o‘zimning itoatsizligimni bilaman, Gunohim turar ko‘z o‘ngimda mudom.

6 Senga, yolg‘iz Senga qarshi gunoh qilganman, Sening oldingda qabihliklarga qo‘l urganman, Shu bois hukm qilganingda Sen barhaqsan,

Aybimni fosh etganingda doimo to‘g‘ri bo‘lib

chiqasan.


7 Mana, gunohkor bo‘lib tug‘ilganman,

Onam qornidayoq gunohkor edim.

8 Biroq Sen samimiy, pok qalbni istaysan,

Asl donolikni O‘zing menga o‘rgatgin*.

9 Pokla meni issop o‘ti* ila, toza bo‘layin, Yuvgin meni, qordan ham oq bo‘layin.

10 Yana eshitay shodlik, quvonch xabarin, Sen ezgan suyaklarim yana quvonsin.

11 Gunohlarimdan chetga ol ko‘zlaringni,

Olib tashla ayblarimni.


12 Ey Xudo, menda toza yurak yaratgin, Sodiq qalbni menga yana bir bor bergin. 13 Huzuringdan meni uloqtirib tashlama, Muqaddas Ruhingni mendan olma.

14 Najoting shodligini menga qaytargin,

Itoat etishga menda istak uyg‘otgin.


15 Shunda itoatsizlarga Sening yo‘llaringni o‘rgataman,

Gunohkorlar qaytib keladilar Senga.

16 Qon to‘kkanim uchun kechir meni, ey Xudo,

Najot berganingni sevinch ila kuylar tilim, Ey najotkorim Xudo!


17 Lablarimni ochgin, ey Rabbiy,

Og‘zim Seni madh aylasin.

18 Qurbonlikni Sen xohlamaysan, Qurbonlik kuydirganimda ham Sen xush ko‘rmagan bo‘larding.

19 Senga ma’qul qurbonligim ezilgan ruhdir,

Ezilgan, tavba qilgan yurakni Sen rad etmaysan, ey Xudo.

20 Lutfu karaming bilan Quddusni yashnatgin, Sion shahri devorlarini qaytadan qurgin.

21 Shunda munosib qurbonliklar keltiriladi, Kuydiriladigan qurbonliklar Seni mamnun qiladi, Qurbongohingda buqalar nazr qilinadi.


51–SANO

1-2 Ijrochilar rahbariga. Edomlik Doyeg Shoulning oldiga borib: “Dovud Oximalekning uyida”, deb xabar bergandan keyin*, Dovudning aytgan qasidasi*.

3 Nechun maqtanasan yovuzliging ila, ey zo‘ravon?!

Xudoning sodiqligi doim men bilan, axir! 4 Balo keltiraman, deya reja qilasan, O‘tkir ustaraga o‘xshaydi tiling.

Aldashga sen mohirsan.

5 Ezgulikdan ko‘ra, yovuzlikni yoqtirasan,

Haqiqatni so‘ylashdan ko‘ra, yolg‘onni afzal bilasan. 6 Halok qiladigan so‘zlarni yaxshi ko‘rasan, Yolg‘onchi tilni sevasan.


7 Xudo esa seni to abad halok qiladi,

Seni ushlab, chodiringdan tortib chiqaradi,

Tiriklar yurtidan yo‘q qilib tashlaydi.


8 Solihlar buni ko‘rib, qo‘rqadi,

Fosiqning ustidan kuladi:

9 “Qarang, o‘sha odam Xudoni panohim deb bilmadi, Mo‘l–ko‘l boyligiga umid bog‘ladi,

Boshqalarni qirish tufayli kuchaydi.”


10 Men–chi, o‘xshayman Xudoning uyidagi Ko‘m–ko‘k zaytun daraxtiga.

Xudoning sodiq sevgisiga

Men to abad umidimni bog‘layman.


11 Ey Xudo, Sening hamma qilganlaring uchun Senga to abad shukur aytaman.

Taqvodorlaringning huzurida

Senga umid bog‘layman, Axir, O‘zing yaxshisan!

52–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. “Qayg‘u–alam” kuyiga

aytiladigan Dovud qasidasi*.

2 Ahmoqlar* o‘z ko‘nglida: “Xudo yo‘q”, deydilar. Ular yaramaslardir, qilmishi jirkanch ishlardir, Yaxshilik qiluvchi biron zot yo‘qdir.


3 “Idrokli biron zot bormikan? Bormikan Menga yuz burgan?” deya Insonga Xudo samodan boqar.

4 Hammasi yo‘ldan ozgan, birday buzilgan, Yaxshilik qiluvchi bir kimsa yo‘qdir,

Hatto bironta ham yo‘q!


5 Ular idroksiz, badkirdor,

Xalqimni bir luqma nonday yeb yuboradi, Hech qachon Xudoga sajda qilmaydi.

6 Ana, bosayotir ularni qattiq vahima,

Bunaqasini ilgari ko‘rmagan ular.

Xudo sochib tashlar g‘animlaringning suyaklarini.

Axir, Xudo rad etgan ularni!

Shu bois, ey Isroil, sen ularni sharmanda qilgansan.


7 Eh, Quddusdan* Isroilga najot kelsaydi!

Xudo O‘z xalqini yana farovonlikka erishtirsaydi, Shunda Yoqub nasli shod bo‘lgay, Isroil sevingay!


53–SANO

1-2 Ijrochilar rahbariga. Zifliklar Shoulning oldiga borib: “Dovud xalqimiz orasida yashirinib yuribdi”, deb xabar berganlaridan keyin*, Dovudning aytgan qasidasi*. Torli asboblar jo‘rligida aytiladi.

3 Ey Xudo! Buyuk qudrating ila meni qutqargin! Kuch–quvvating ila menga adolatli hukm chiqargin! 4 Ey Xudo, eshitgin iltijoimni,

Tinglagin aytganlarimni!

5 Begonalar qarshi qo‘zg‘aldi menga, Zo‘ravonlar qasd qilmoqchi jonimga, Ular Seni pisand qilmaydilar.


6 Ey Xudo, menga madad berasan,

Ey Rabbiy, mening jonimni asraysan.

7 Dushmanlarimning qabihliklari o‘z boshiga kelsin,

Sen sodiqsan, ularni qirib tashlagin!

8 Shod bo‘lib, Senga qurbonlik keltiraman,

O‘zing yaxshisan, ey Egam, Senga shukur aytaman!

9 Saqlading har qanday kulfatdan meni,

Ko‘zlarim ko‘rdi dushmanlarim mag‘lubiyatini.


54–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar jo‘rligida

aytiladigan Dovud qasidasi*.

2 Ibodatimga quloq sol, ey Xudo,

Iltijoimni e’tiborsiz qoldirma.

3-4 Eshit meni, javob ber,

Dushmanlarim dag‘dag‘asi, fosiqlarning siquvi Boshimga g‘am–kulfat keltiradi.

Ular g‘azablanib, mendan nafratlanadi. Eh, o‘ylarim qiynaydi meni, G‘am–tashvishlar qattiq ezadi.


5 Yuragim hasratga to‘ladir,

O‘lim vahimasi meni bosib keladir. 6 Qo‘rquv, titroq menga kelmoqda, Dahshat meni ezib bormoqda.

7 “Qaniydi kaptar kabi, qanotim bo‘lsa”, dedim, “Uchib ketib, orom olgan bo‘lardim.

8 Haqiqatan, uzoqlarga uchib qutulardim,

Sahroda makon qilgan bo‘lardim.

9 Quturgan shamolu bo‘rondan qochib,

O‘zimga boshpana topgani shoshilgan bo‘lardim.”


10 Ey Rabbiy, dushmanlarimni chalg‘it,

Ularning gaplarini chalkashtir.

Shaharda zo‘ravonlik, janjalni ko‘rib turibman.

11 Fosiqlar kecha–kunduz shahar devori ustida

izg‘iydi,

Yovuzlik, vahima shahar ichida yuz bermoqda. 12 Shaharning o‘rtasida buzg‘unchilik, Ko‘chalaridan zulm va hiyla arimaydi.


13 G‘animlarim meni haqorat qilganda edi,

Bunga bardoshim yetgan bo‘lardi.

Dushmanim o‘zini mendan yuqori qo‘yganda edi, Undan yashiringan bo‘lardim.

14 Ammo u mening tengim–ku, Yaqin do‘stim hamda hamrohim–ku. 15 U bilan dilkash do‘st edik,

Ey Xudo, Sening uyingdagi yig‘inda birga yurardik. 16 Uylari, yuraklari fosiqlikka to‘la bo‘lgani uchun G‘animlarim o‘limga ro‘baro‘ bo‘lsin,

Tiriklayin o‘liklar diyoriga* tushsin.


17 Men iltijo qilaman Xudoga, Najot beradi Egam menga.

18 Oqshom, sahar hamda kunduz

Dardu fig‘onlarimni aytaman.

Egam mening ovozimni eshitadi.

19 Garchi menga qarshilar ko‘p bo‘lsa ham,

Birorta ham zarar yetkazmay Meni janglardan qutqaradi.

20 Azaldan taxtda o‘tirgan Xudo Menga quloq tutib, Dushmanlarimni mag‘lub qiladi. Axir, ular o‘z yo‘lidan qaytmadilar, Xudodan ular qo‘rqmadilar.


21 Hamrohim o‘z do‘stiga qarshi qo‘lini ko‘tardi,

Men bilan qilgan ahdiga u xiyonat qildi.

22 Uning og‘zidan bol tomadi, Yuragi esa adovatga to‘la.

So‘zlari moydan ham yoqimli,

Aslida qindan chiqqan qilichdaydir.


23 Tashvishlaringni Egamizga topshirgin, U senga tayanch bo‘ladi.

Egamiz hech qachon solihning yiqilishiga yo‘l qo‘ymaydi.


24 Ey Xudo, fosiqlarni Sen O‘liklar diyoriga uloqtirasan. Qonxo‘r, xoin kimsalar aslo

Umrining yarmisini ham yashamaydi.

Men esa Senga umid bog‘layman.


55–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Filist xalqi Dovudni Gat shahrida tutib olgandan keyin*, uning aytgan qo‘shig‘i. “Uzoqdagi jim kabutar” kuyiga aytiladi.

2 Shafqat qil menga, ey Xudo,

Odamlar meni ta’qib qilmoqda, G‘animlarim kun bo‘yi meni ezmoqda.

3 Bo‘htonchilar kun bo‘yi meni ta’qib qiladi,

Ko‘plari menga hujum qiladi, ey Xudoyi Taolo!

4 Qo‘rqqanimda Senga umid bog‘layman. 5 Ey Xudo, kalomingni madh etaman, Sendan umid qilaman, qo‘rqmayman, Bandang menga ne qila oladi?!


6 G‘animlarim har doim gapimni buzib ko‘rsatadi,

Menga zarar yetkazmoq uchun fitnalar qiladi.

7 Yovuz niyatda ortimdan pisib keladi, Har bir qadamimni o‘lchab yuradi, Ular hayotimga chek qo‘yishni istaydi. 8 Jinoyatlari uchun ularni uloqtir*,

Ey Xudo, g‘azabing ila ularni yerga ur!


9 Sen qayg‘ularimni hisobga olgansan,

Ko‘z yoshlarimni idishingga solib yig‘ib qo‘ygin. Axir, ularning har biri kitobingda yozilgan–ku! 10 Senga iltijo qilgan kunim

Dushmanlarim ortga chekinadi. Ha, bilaman, Sen men tomonda.

11 Ey Xudo, kalomingni madh etaman,

Ha, Egam, Sening kalomingni men madh etaman.

12 Sendan umid qilaman, qo‘rqmayman,

Bandang menga ne qila oladi?!


13 Ey Xudo, Senga bergan ontimni bajarmog‘im shart,

Shukrona nazrlarimni Senga atayman. 14 Jonimni o‘limdan qutqarib qolding, Oyog‘imni qoqilishdan saqlading.

Shu bois, ey Xudo, Sening oldingda, Hayot nurida yuraman.


56–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Dovudning Shouldan qochib yurgan paytda g‘orda yashirinib qutulganidan keyin* aytgan qo‘shig‘i. “Xarob etma” kuyiga aytiladi.

2 Ey Xudo, rahm qilgin menga, rahm qil, Mening jonim Senda panoh topadi.

Halokatli ofatlar o‘tib ketguncha

Men qanotlaring soyasida panoh topaman.


3 Yolvoraman Xudoyi Taologa, Men uchun qasos oluvchi Xudoga*.

4 Samodan najot yuborib, U meni qutqaradi, Meni toptaydiganlarni sharmanda qiladi.

Xudo O‘z sevgiyu sadoqatini yuboradi.


5 Men odamxo‘r sherlar* orasida yotgandayman.

Ularning tishlari nayzayu o‘q kabidir,

Ularning tillari keskir qilichdaydir.


6 Ey Xudo, falakdan ham yuqorida yuksalaver! Shuhrating butun zamin uzra yoyilsin.


7 Dushmanlarim oyoqlarimga tuzoq qo‘ygan, Qayg‘u–kulfatdan ruhim cho‘kkan.

Ular so‘qmoqlarimda chuqur qazidi, O‘zlari qazigan chuqurga o‘zlari quladi.


8 Ey Xudo, yuragim Senga sodiq, Ha, yuragim Senga sodiqdir!

Seni kuylab, qo‘shiq aytaman.

9 Uyg‘ongin, ey jonim! Uyg‘on, ey arfa, lira!

Tongni ham men uyg‘otaman!

10 Ey Rabbiy, xalqlar orasida Senga shukrona aytaman,

Ellar orasida Senga hamdu sano kuylayman. 11 Sodiq sevging samolarday yuksakdir, Sadoqating bulutlarga cho‘zilgandir.


12 Ey Xudo, falakdan ham yuqorida yuksalaver! Shuhrating butun zamin uzra yoyilsin.


57–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. “Xarob etma” kuyiga aytiladigan Dovud qo‘shig‘i.

2 Ey hukmdorlar! Nahot siz adolatli qaror chiqarasiz?!

Nahot sizlar to‘g‘rilik ila xalqlarni hukm qilasiz?!

3 Yo‘q, axir, yuraklaringiz adolatsizlikka to‘la–ku!

Yer yuzida qo‘llaringiz zo‘ravonlikni taqsimlaydi–ku! 4 Fosiqlar onasining qornidayoq adashadi, Yolg‘onchilar tug‘ilishdanoq yo‘ldan ozadi.

5 Ularning zahri ilonning zahriga o‘xshaydi.

Kar ilonday quloq solishni ular istamaydi.

6 Ilon o‘ynatuvchining kuyini ular eshitmaydi,

Uning mahorat bilan chalgan kuyiga beparvo.


7 Sindir ularning tishlarini, ey Xudo,

Sug‘urib ol sherlarning qoziq tishlarini, ey Egam!

8 Ular oqar suvday yo‘q bo‘lib ketsin,

Ularning o‘qlari nishonga tegmaydigan bo‘lsin. 9 Balchiqqa botib ketgan shilliq qurtday bo‘lsin, Onasi qornidan o‘lik tug‘ilib,

Hech qachon quyosh ko‘rmagan chaqaloqday bo‘lsin. 10 Yonayotgan tikan qozonni tez qizdirganday Fosiqni shunchalik tez supurib yo‘q qilgin.


11 Fosiqdan o‘ch olinganda, solih sevinadi, Ularning qonida solih oyoqlarini yuvadi.

12 Odamlar aytar: “Shubhasiz, solihga mukofot

bordir,

Yer yuzida hukm qiluvchi Xudo albatta bordir.”


58–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Shoul Dovudni o‘ldirish uchun uning uyini kuzatishga kishi yuborgandan keyin*, Dovudning aytgan qo‘shig‘i. “Xarob etma” kuyiga aytiladi.

2 G‘animlarimdan meni qutqar, ey Xudoyim, Menga qarshi turganlardan himoya qil meni. 3 Badkirdorlardan qutqargin meni, Qonxo‘rlardan saqlagin meni.


4 Qara, ular meni poylab yotarlar, Zolimlar menga qarshi fitna qilarlar,

Garchi aybu gunohim bo‘lmasa–da, ey Egam,

5 Garchi men haqsizlik qilmasam–da,

Ular menga qarshi hujum qilmoqqa tayyor. Qo‘zg‘al O‘zing, ahvolimni ko‘r, kel yordamga. 6 Ey Isroil xalqining Xudosi,

Ey Parvardigori Olam — Egam, Qani, bo‘l, barcha xalqlarni jazolagin, Yovuz sotqinlarga shafqat qilmagin.


7 G‘animlarim har kuni oqshomda qaytib keladi, Itlarday uvullab, shahar izg‘iydi.

8 Qara, og‘izlaridan qusuq chiqadi, Tillaridan zahar so‘zlar chiqadi,

“Kim ham bizni eshitardi”, deya o‘ylaydi.


9 Ular ustidan Sen kulasan, ey Egam, Hamma xalqlarni Sen masxaralaysan. 10 Senga intizorman, ey Qudratim,

Sen mening qal’amsan, ey Xudo!

11 Sodiq sevging ila, ey Xudoyim, menga madad berasan,

Ko‘zlarimga dushmanlarim mag‘lubiyatini ko‘rsatasan.


12 Ularni o‘ldirma, xalqim bu saboqni unutib qo‘yar,

Qudrating bilan ularni titrat,

Ey qalqonim Rabbiy, ularni ko‘tarib ur.

13 Ularning og‘zidan chiqqan gunohlar uchun, Lablaridan chiqqan so‘zlar uchun

O‘zlarining takabburligi orqali ilinsin. Ular aytadigan la’nat, yolg‘on uchun 14 G‘azabing ila ularni yo‘q qilgin, Bitta ham qoldirmay qirib tashlagin.

Shunda ey Xudo, Yoqub nasli ustidan hukmron ekanliging

Yerning to‘rt tomonida ma’lum bo‘ladi.


15 G‘animlarim har kuni oqshomda qaytib keladi,

Itlarday uvullab, shahar izg‘iydi. 16 Ovqat izlab, daydib yuradi, Agar to‘ymasalar, irillaydi.


17 Men esa Sening qudratingni tarannum etaman, Sodiq sevgingni tongda sevinch ila kuylayman.

Sen mening qal’am bo‘lgansan,

Kulfatda qolganimda panohimsan.

18 Ey Qudratim, Seni kuylab madh qilaman,

Sen, ey Xudo, mening qal’amsan, Sodiq sevgisini ko‘rsatuvchi Xudosan.


59–SANO

1-2 Ijrochilar rahbariga. Dovud Oram–Naxrayim* va Oram–Zo‘vo* xalqi bilan urush qilayotgan paytda* Yo‘ab qaytib kelib, o‘n ikki ming Edomlikni Tuz vodiysida* o‘ldirgandan keyin, Dovudning aytgan qo‘shig‘i. “Nilufar gul shahodati” kuyiga aytiladi.

Ta’lim uchun.

3 Ey Xudo, bizni tark etding, Mudofaamizni yorib o‘tding, Bizdan g‘azablanding,

Endi bizni oldingi holimizga qaytargin! 4 Yerni silkitding, yoriqlar ochding, Yoriqlarni tuzatgin, yer tebranmoqda.

5 Xalqingga ko‘p azoblar berding,

Gandiraklab yursin deb, ichgani sharob* berding.


6 Ular kamon o‘qlaridan yashirinib olsin deya*,

O‘zingdan qo‘rqqanlarga ishora berib, bayroq

ko‘rsatasan.

7 O‘ng qo‘ling ila g‘alaba ato qilgin,

Iltijoimizga javob bergin*, Suyukli bandalaring najot topsin.


8 Ey Xudo, O‘z muqaddas makoningdan va’da

bergansan*:

“Shodlanib, Shakamni* bo‘lib tashlayman,

Suxot vodiysini* taqsimlab beraman.

9 Gilad Menikidir, Manashe* Menikidir,

Efrayim dubulg‘amdir, Yahudo* saltanat hassamdir.

10 Mo‘ab Mening qo‘lyuvgichimdir, Edom uzra chorig‘imni otaman*, Olqishlang Meni, ey Filistlar!*”


11 Ey Xudo, qaniydi mustahkam shaharga* meni olib borsalar,

Edomga meni boshlab borsalar.

12 Axir, bizni O‘zing rad etding–ku!

Lashkarimizga yo‘lboshchilik qilmayapsan–ku endi! 13 Dushmandan qutqarib, bizga yordam ber, Insonning yordami butunlay behuda.

14 Ey Xudo, Sen bilan biz g‘olib bo‘lamiz,

Dushmanlarimizni Sen yanchib tashlaysan.


60–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar jo‘rligida

aytiladigan Dovud sanosi.

2 Eshitgin, ey Xudo, ohu nolamni, Tinglagin mening ibodatimni.

3 Yerning u chetidan Senga yolvoraman, Yuragim qon bo‘lganda, Seni chaqiraman. Yetib bo‘lmas baland qoyaga meni olib chiqqin. 4 Sen mening panohim bo‘lgandirsan, Dushmanimga qarshi mustahkam minorasan.


5 Chodiringda to abad maskan qilay, Qanotlaring soyasida panoh topay.

6 Axir, ey Xudo, ontimni eshitgansan,

Nomingdan qo‘rqqanlarning mulkidan menga ato

qilgansan.


7 Shohning umrini uzaytirgin,

Nasllar osha hayotini davom ettirgin.

8 Ey Xudo, u to abad huzuringda taxtda o‘tirsin,

Sevging, sadoqating ila uni himoya qilgin.


9 Shunda Senga har doim hamdu sano kuylayman, Bergan ontimni har kuni ado etaman.


61–SANO

1 Ijrochilar rahbari Yodutunga*. Dovud sanosi.

2 Jonim yolg‘iz Xudoga muntazirdir,

Najot menga Xudodan keladi.

3 Ha, Uning O‘zi suyangan qoyam, najotimdir. Qal’am Udir, shu bois aslo qoqilmasman.


4 Ey dushmanlar, qachongacha meni turtasizlar?! Liqillab turgan chetan devorga,

Qiyshaygan devorga hujum qilganday Hammangiz menga yopishaverasizlarmi?! 5 Sizning rejangiz obro‘yimni to‘kishdir.

Yolg‘on–yashiq gaplardan zavq olasiz,

Og‘zingiz bilan duo qilasiz,

Ichingizda esa la’nat o‘qiysiz.


6 Ey jonim, yolg‘iz Xudoga muntazir bo‘lgin, Umidim manbayi Uning O‘zidir.

7 Yolg‘iz Xudodir suyangan qoyam, najotim, Qal’am Udir, shu bois qoqilmasman.

8 Najotimu sharafim Xudodan kelar, Qudratli qoyamu panohim Udir.


9 Ey xalqim, umid qil Xudodan, Yuragingni ochgin doimo Unga, Bizning panohimiz Xudodir.


10 Inson zoti bir nafasdir, Ha, inson zoti yolg‘ondir! Agar tarozida tortib ko‘rilsa,

Hammasi birga havodan ham yengil chiqadi.

Ularning aslo vazni yo‘qdir.

11 Yulg‘ichlikka ishonib qolma, Talonchilikka behuda umid qilma, Mabodo boyliging ko‘payib qolsa,

Boyligingga ko‘ngil bog‘lama.


12 Ey Xudo, Sen menga bir narsa aytding, Shu ikki narsa haqida menga gapirding: Sen qudratli Xudosan.

13 Ey Rabbiy, Sening sevging cheksizdir. Shu bois Sen har bir insonni

Qilgan ishlariga ko‘ra, mukofotlaysan.


62–SANO

1 Dovud Yahudo cho‘lida bo‘lgandan keyin*, uning aytgan sanosi.

2 Ey Xudo, mening Xudoyimsan, intilaman Senga, Quruq, toliqqan suvsiz tuproqday

Jonim tashnadir Senga, Vujudim orzumanddir Senga.

3 Muqaddas maskaningda Senga nigoh tashladim,

Qudratingni, shuhratingni ko‘rdim. 4 Hayotdan afzal Sening sevging, Tilimdan tushmas Senga madhiya. 5 Bir umr Seni olqishlayman,

Qo‘llarimni ko‘tarib, Senga sajda qilaman.

6 Ilik bilan yog‘ yeganday jonim mamnun bo‘ladi, Shodiyona qo‘shiqlar ila Seni madh qilaman.


7 O‘rnimda yotib ham, Seni eslayman, Seni o‘ylab, tunni qarshi olaman.

8 O‘zing mening madadkorim bo‘lding, Qanotlaring soyasida sevinch ila kuylayman. 9 Sening ortingdan qolmay ergashaman, O‘ng qo‘ling meni mahkam tutadi.


10 Jonimning payiga tushganlar

Yerning qa’riga tushib yo‘q bo‘lib ketadi. 11 Ular qilichning damiga yo‘liqadi, Chiyabo‘rilarga yem bo‘ladi.


12 Shoh esa Xudodan sevinch topadi,

Xudo nomi bilan ont ichganlar Uni madh qiladi,

Yolg‘onchilarning og‘zi esa yopiladi.


63–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

2 Ey Xudo, ovozimni eshitgin iltijo qilganimda,

Hayotimni dushman vahimasidan qutqargin. 3 Fosiqning fitnasidan meni yashirgin, Badkirdorlar to‘dasidan himoya qilgin.

4 Ular tillarini shamshirday qayraydi, Nishonga olib, zaharli so‘zlarini o‘qday otadi. 5 Aybsiz odamni pistirmadan turib otadi, Hech qo‘rqmay, birdaniga unga o‘q uzadi.

6 Bir–birining qabih rejalarin qo‘llab–quvvatlaydi, Yashirincha tuzoq qo‘yishga til biriktiradi,

“Buni kim ham ko‘rardi”, deb o‘ylaydi. 7 Ular adolatsizlikni qasd qiladi: “Ajoyib reja tuzdik,

Niyatimizni hech kim bilmaydi”, deb aytadi.


8 Xudo esa fosiqlarga o‘q uzadi, To‘satdan ular yaralanadi.

9 Ularning tili o‘zlarining boshini yeydi,

Ularni ko‘rganlar qaltirab ketadi.

10 Jamiki odamzod qo‘rqib qoladi, Xudoning ishlarini ular e’lon qiladi, Xudoning qilganlari haqida o‘ylab ko‘radi.


11 Solihlar Egamiz tufayli sevinsin! Solihlar Unda panoh topsin,

Hamma pokdil insonlar Uni madh etsin.


64–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. Qo‘shiq.

2 Ey Quddusdagi* Xudo, Sen loyiqsan hamdu sanoga, Senga bergan ontimizni bajo qilamiz.

3 Sensan ibodatlarga javob berguvchi, Jamiki odamzod Senga keladi.

4 Gunoh ustimizdan* tantana qilgan, Sen esa kechirasan gunohlarimizni*. 5 Qutlug‘ hovlimda yashasin deya, Sen O‘zing tanlab, olib kelgan inson Naqadar baxtlidir!

Uyingning, muqaddas Ma’badingning Ne’matlaridan biz bahramand bo‘lamiz.


6 G‘aroyib ishlar ko‘rsatib, G‘alaba ila bizga javob berasan, Ey najotkorimiz Xudo!

Yerning to‘rt tomonining,

Hamda eng uzoq dengizlarning umidi Sensan.

7 Kuch bilan O‘zingni qurollantirgansan, Qudrating ila tog‘larni joylashtirgansan. 8 Dengizlar hayqirig‘ini bostirasan, To‘lqinlar shovqinini tinchitasan.

Xalqlar shovqin–suroniga barham berasan. 9 Dunyoning u chetida yashovchilar Mo‘jizalaringdan qo‘rquvga tushadi.

Sharqdan g‘arbgacha xalqlar

Sening ishlaringni sevinch ila kuylaydi.


10 Zaminni Sen sug‘orib parvarishlaysan, Mo‘l–ko‘l qilib uni boyitasan.

Ey Xudo, daryolaring suvi limmo–limdir,

Insonlarni don–dun bilan ta’minlashni mo‘ljallagansan.

11 Egatlarini qondirib sug‘orasan, Baland joylarini O‘zing tekislaysan, Yomg‘ir bilan tuprog‘ini yumshatasan, Hosiliga baraka berasan.

12 Mo‘l hosil bilan yilga toj kiygizasan, Aravalaring yurgan yo‘llardan boylik oqadi. 13 Cho‘l sersuv o‘tloqzorlarga aylanadi, Tepaliklar sevinchga burkanadi.

14 Yaylovlar qo‘y suruvlari bilan qoplanadi, Vodiylar donlarga to‘ladi,

Ular sevinchdan hayqirib qo‘shiq aytadi.


65–SANO

Ijrochilar rahbariga. Sano. Qo‘shiq.

1 Xudoga shodlik ila hayqiring, Ey yer yuzidagi insonlar!

2 Xudoning ulug‘vorligini kuylang! Unga ajoyib hamdu sanolar ayting! 3 Xudoga aytinglar:

“Sening ishlaring naqadar g‘aroyib!

Qudrating buyukligidan

Dushmanlaring oldingda titrab tiz cho‘kadi.

4 Butun zamin Senga sajda qiladi, Ular Senga hamdu sano aytadi,

Ha, O‘zingga hamdu sano kuylaydi.”


5 Kel! Xudo nima qilganini ko‘rgin! Inson manfaati uchun qilgan G‘aroyib ishlarini ko‘rgin!

6 Xudo dengizni quruq yerga aylantirdi, Ota–bobolarimiz bahrdan yurib o‘tdi*, U yerda qilgan ishlaridan,

Xudo tufayli biz sevinamiz.

7 Qudrati ila to abad hukm suradi,

Ko‘zlari xalqlarni kuzatib turadi,

Unga qarshi isyonchilar qo‘zg‘almasin.


8 Ey xalqlar, Xudoyimizga olqishlar ayting, Uning hamdu sanosi yangrasin.

9 U bizning hayotimizni saqlagan, Oyoqlarimizni toyib ketishdan asragan.


10 Ey Xudo, Sen bizni sinading,

Kumushni tozalaganday bizni tozalading.

11 Bizni tuzoqqa yo‘liqtirding, Yelkamizga og‘ir yuk ortding.

12 Aravalarni boshimiz uzra yurgizding, Olov, suvlardan biz kechib o‘tdik, Farovonlikka* bizni olib kelding.


13 Kuydiriladigan qurbonliklar bilan Senga bergan ontimni ado etgani Men Sening uyingga kelaman.

14 Kulfatda qolganimda ont ichgan edim,

Tilim va’da bergan, og‘zim so‘ylagan edi.

15 Bo‘rdoqilarni kuydirib, Senga qurbonlik qilaman. Qo‘chqor, taka, buqalarni keltiraman.

Qurbonliklarning hidi samoga yetib boradi.


16 Ey Xudodan qo‘rqqanlar, kelib eshitinglar, Men uchun U nima qilganin so‘zlab berayin. 17 Madad so‘rab Xudoga yolvordim,

Uning hamdu sanosi hech tilimdan tushmadi.

18 Yuragimda gunohim bo‘lsa edi,

Meni aslo eshitmas edi Rabbiy.

19 Xudo meni tingladi,

Ibodat qilganimda, ovozimni eshitdi.


20 Xudoga olqishlar bo‘lsin!

Ibodatimni U rad qilmadi,

Sodiq sevgisini mendan darig‘ tutmadi.


66–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar jo‘rligida

aytiladigan sano. Qo‘shiq.

2 Ey Xudo, mehribon bo‘lgin, baraka bergin bizga,

Yuzing nurini sochgin lutf ila ustimizga,

3 Zaminda ma’lum bo‘ladi Sening yo‘llaring,

Jamiki xalqlar orasida ma’lum bo‘ladi Sening

najoting.


4 Ey Xudo, xalqlar Seni madh qilsin, Jamiki xalqlar Senga hamdu sano aytsin. 5 Xalqlarni Sen odillik ila hukm qilasan,

Zamin uzra elatlarga yo‘lboshchilik qilasan, Sevinsin xalqlar, shodlanib qo‘shiq aytsin.

6 Ey Xudo, xalqlar Seni madh qilsin, Jamiki xalqlar Senga hamdu sano aytsin.


7 Yer o‘z hosilini bersin,

Xudoyimizning O‘zi bizga baraka bersin.

8 Ha, Xudo bizga baraka bersin!

Yerning to‘rt tomonidagi xalqlar Unga tiz cho‘ksin.


67–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. Qo‘shiq.

2 Qo‘zg‘alsin Xudo, tarqalib ketsin dushmanlari,

Oldidan qochib ketsin Undan nafratlanganlar.

3 Tutunni shamol tarqatgani kabi, Xudo ularni haydab yuborsin.

Mum olovda erigani kabi,

Xudo oldida fosiq halok bo‘lsin. 4 Solihlar esa xursand bo‘lsin, Xudo oldida shod bo‘lsin,

Ular xursandlikka to‘lib–toshsin.


5 Xudoga hamdu sanolar kuylang, Uning nomini tarannum eting.

U bulutlarni minib boradi,

Uni ulug‘lang.

U Egamizdir! Huzurida shodlaning!

6 U Xudodir, makoni muqaddasdir, Yetimlarning otasi, bevalar himoyachisidir. 7 Xudo yolg‘izlarni xonadonga joylashtiradi, Asirlarni rohatga, erkinlikka olib chiqadi, Isyonkorlar esa qaqragan yerga ega bo‘ladi.


8 Ey Xudo, O‘z xalqingning oldida borganingda,

Sahro bo‘ylab yurish qilganingda,

Zamin titradi, osmon yomg‘irini quydi.

9 Sening huzuringda, ey Sinay tog‘ining Xudosi*, Sening oldingda, ey Isroil xalqining Xudosi, Zamin titradi, osmon yomg‘irini quydi.

10 Sen, ey Xudo, mo‘l yomg‘ir berding, Toliqqan yeringga* qaytadan kuch ato etding. 11 Xalqing o‘sha yerda boshpana topdi,

Ey Xudo, himmatingdan muhtojlarni bahramand qilding.


12 Rabbiydan amr keladi,

Ayollarning katta jamoasi xushxabarni eltadi:

13 “Shohlaru lashkarlar shosha–pisha qochdi!”

Ha, Isroil ayollari chodirlarda o‘ljani bo‘lishib oladi!

14 Hatto uyda qolganlar uchun ham

Bordir kumush bilan qoplangan kaptar qanotlari, Yaltiroq oltin bilan qoplangan kaptar patlari.

15 Qodir Xudo shohlarni to‘zg‘itganda, Zalmon tog‘iga* qor yoqqanday bo‘ldi.


16 Ey Bashanning tog‘i*, ulug‘vor tog‘,

Ey cho‘qqilari ko‘p tog‘, Bashanning tog‘i!

17 Ey cho‘qqilari ko‘p tog‘!

Xudo makon qilib tanlagan toqqa* Nega hasad bilan qaraysan?

Egamiz to abad u yerda istiqomat qiladi.


18 Xudoning jang aravalari son–sanoqsizdir, Rabbiy Sinaydan muqaddas makoniga keladi. 19 Yuksaklarga* chiqdi U,

Asirlarni ortidan ergashtirdi. Xalqlardan hadyalar oldi,

Hatto gunohkor isyonchilardan ham tuhfalar oldi. Axir, Parvardigor Egamiz u yerda yashaydi!


20 Rabbiyga olqishlar bo‘lsin,

U har kuni og‘irligimizni ko‘taradi.

Xudo bizning najotimizdir.

21 Xudoyimiz — najot berguvchi Xudo,

Egamiz Rabbiy o‘limdan qutqaradi.


22 Xudo shubhasiz dushmanlar boshini yanchadi,

Gunoh yo‘lidan yurgan odamning

Bosh suyaklarini ham ezadi.

23 Rabbiy shunday deydi:

“Dushmanlaringni Bashandan qaytarib kelaman, Ularni dengiz tubidan olib kelaman.

24 Oyog‘ingni dushmanlaring qoniga botirasan,

Itlaring ham dushman qonini yalab,

O‘z ulushini oladi.”


25 Ey Xudo, zafarli karvoning ko‘rinmoqda! Xudoyim, mening Shohim, Sening karvoning Muqaddas makoningga borayotgani ko‘rinmoqda! 26 Oldinda qo‘shiqchilar, orqada sozandalar, Ularning o‘rtasida childirma chalgan qizlar kuylar: 27 “Olqishlar ayting Xudoga buyuk jamoa ichra, Hamdu sanolar o‘qing Egamizga,

Ey Isroilning manbaidan paydo bo‘lganlar!”

28 Ularning eng kichigi — Benyamin qabilasi oldinda keladi,

Ortidan to‘p bo‘lib Yahudo shahzodalari keladi,

Zabulun, Naftali* shahzodalari ularga ergashadi.


29 Ey Xudo, ko‘rsatgin qudratingni!*

Ey Xudo, avvalgiday namoyon qil kuchingni! 30 Quddusdagi Ma’bading haqi–hurmati Shohlar Senga hadyalar keltiradi.

31 Misrga, qamishzor orasidagi o‘sha yovvoyi

hayvonga* tanbeh ber,

Xalqlarga, o‘sha buqalar podasiga, buzoqlariga

tanbeh bergin.

Senga ta’zim qilib, kumushlarini nazr qilishsin. Urushdan lazzatlanuvchi bu xalqlarni to‘zg‘itgin. 32 Misrdan bronza keltiriladi*,

Habashiston* Senga qo‘llarin cho‘zib, ey Xudo, O‘lpon to‘lashga shoshilib qoladi.


33-34 Xudoni tarannum eting, ey yer yuzi shohliklari, Samolar — azaliy samolar uzra chiqqan,

Haybatli ovozi gulduragan Rabbiyga hamdu sanolar kuylang.

35 Hammaga e’lon qiling Xudoning qudratini, Uning ulug‘vorligi Isroil ustidadir,

Uning qudrati samolardadir.

36 Xudo qo‘rqinchlidir O‘zining muqaddas

maskanida,

Isroil xalqining Xudosi kuch–qudrat berar O‘z

xalqiga.


Xudoga olqishlar bo‘lsin!

68–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. “Nilufar” kuyiga aytiladigan

Dovud sanosi.

2 Ey Xudo, meni O‘zing qutqar, Suvlar bo‘g‘zimga qadar ko‘mdi.

3 Botqoqqa cho‘kib borayotirman, Oyog‘imni qo‘ygani qattiq yer yo‘q. Chuqur suvlarga botib ketdim, Endi to‘lqinlar meni yutmoqda.

4 Madad so‘rab, sillam quridi,

Tomoqlarim qaqrab ketdi,

Ey Xudoyim, Seni kutib, ko‘z nurim so‘ndi.


5 Sababsiz mendan nafratlanganlar Boshimdagi sochimdan ham ko‘pdir. Ko‘pchilik sababsiz menga dushmandir, Ular jonimga qasd qilmoqchilar.

Men o‘g‘irlamagan narsalarni ular,

Qaytib ber, deb meni majbur qilmoqdalar. 6 Ey Xudo, aqlsizligimni O‘zing bilasan, Ayblarim Sendan aslo yashirin emas.


7 Ey Sarvari Olam — Rabbiy, Sendan umid qilganlar

Men tufayli uyatga qolmasinlar. Ey Isroil xalqining Xudosi, Senga yuz burganlar

Men tufayli sharmanda bo‘lmasinlar. 8 Seni deb haqoratga chidadim, Xijolatdan yuzim shuvut.

9 Aka–ukalarimga go‘yo begonadayman, Tug‘ishganlarim orasida musofirdayman.


10 Sening uyingga bo‘lgan sevgim ichimni yondirar,

Seni haqoratlaganlar meni haqorat qilgan bo‘lar.

11 Faryod qilib, ro‘za tutganimda, Men masxara bo‘ldim.

12 Kulfatda qolib, qanor kiyganimda*, Ular ustimdan kuldilar.

13 Shahar darvozasi oldida* o‘tirganlar Meni g‘iybat qilarlar,

Mast–alastlar men to‘g‘rimda qo‘shiq aytarlar.


14 Men esa, ey Egam, Senga ibodat qilaman.

Ma’qul vaqtda, sodiq sevging soyasida, ey Xudo,

Ishonchli najoting bilan javob ber menga. 15 Meni qutqargin, botqoqqa botib ketmay, Mendan nafratlanganlardan xalos bo‘lay, Meni chuqur suvlardan saqlagin.

16 To‘fon meni g‘arq qilmasin, Tubsiz suvlar meni yutmasin, Qabr menga og‘zin ochmasin.


17 Javob ber ibodatimga, ey Egam, Naqadar ezgudir sodiq sevging,

Buyuk shafqating ila menga yuz burgin.

18 Men, qulingni jamolingdan bebahra qilma, Kulfatda qolganman, javob ber tezda.

19 Yaqinroq kel, qutqargin meni, Dushmanlarimdan xalos qil meni.


20 Haqoratga duchor bo‘lganim, Sharmandayu sharmisor bo‘lganim O‘zingga ravshan.

Hamma dushmanlarimni bilasan. 21 Haqoratlar qalbimni yaralab, Tushkunlikka tushirdi.

Bir hamdard izladim, hech kim yo‘q edi, Tasalli beruvchi izladim–u, topmadim. 22 Ovqatimga ular zahar soldilar,

Chanqaganimda menga uzum sirkasi berdilar.


23 Dasturxonlari o‘zlariga tuzoq bo‘lsin, Hamtovoqlari uchun qopqon bo‘lsin.

24 Ko‘z nurlari so‘nsin, ko‘rmay qolsin,

Bellari to abad bukchayib qolsin.

25 Ular ustiga g‘azabingni sochgin,

Qahring alanga olib, ularni yutib yuborsin. 26 Ularning makoni tashlandiq bo‘lib qolsin, Chodirlarida tirik bir jon qolmasin.

27 Sen urgan insonlarni ular ta’qib qiladi,

Sen bergan yara azoblarini ular g‘iybat qiladi.

28 Gunohlari ustiga gunoh qo‘shgin,

Ularni Sen oqlamagin.

29 Nomlari hayot kitobidan o‘chirilsin, Solihlar bilan yonma–yon yozilmasin. 30 Men azobda, kulfatda qolganman, Ey Xudo, najoting meni himoya qilsin.


31 Nomini kuylab, Xudoni madh qilaman, Shukur aytib, Uni maqtayman.

32 Qurbonlik qilingan buzoqdan, hatto buqadan ko‘ra, Hamdlarim Egamni ko‘proq mamnun qiladi.

33 Mazlumlar buni ko‘rib, sevinsin, Xudoga intilayotganlar dadil bo‘lsin. 34 Egamiz muhtojlarni eshitadi,

Asir bo‘lgan xalqidan nafratlanmaydi.

35 Yeru osmon Egamizni madh aylasin, Dengizlaru ulardagi jonzotlar Uni ulug‘lasin. 36 Xudo Quddusga* najot beradi,

Yahudo shaharlarini qayta tiklaydi,

Xalq o‘rnashib, u yerni mulk qiladi.

37 Xudo qullarining avlodi u yerni egallaydi, Xudoni sevganlar u yerni maskan qiladi.


69–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. Egamizdan

madad so‘rab aytgan iltijosi.

2 Ey Xudo, najot ber menga,

Kelgin tezda, ey Egam, madad ber menga.

3 Jonimga qasd qilganlar Sharmandayu sharmisor bo‘lsin! Halokatimni istaganlar

Uyatga qolib, orqaga qaytsin!

4 “Holing qalay endi?!” deb meni masxaralaganlar Sharmanda bo‘lib, orqaga qaytsin.


5 Senga yuz burganlarning hammasi Sen tufayli sevinch, shodlikka to‘lsin. Sening najotingni sevganlar:

“Xudo yuksalaversin”, deb doim aytsin.

6 Eh, men g‘arib, bechoraman,

Menga yordam berishga shoshil, ey Xudo! Madadkorim, najotkorim O‘zingsan, Kechikmagin, ey Egam!


70–SANO

1 Ey Egam, Senda men panoh topaman, Sharmanda bo‘lishimga aslo yo‘l qo‘ymagin. 2 Adolatlisan, meni xalos qil, qutqargin, Quloq tut menga, najot bergin.

3 Mening panoh qoyam bo‘lgin,

Har doim Senga bora olay.

Meni qutqarmoq uchun amr berding.

Chindan ham, Sen suyangan qoyamsan, qal’amsan.

4 Ey Xudoyim, fosiqning qo‘lidan meni qutqargin, Adolatsiz, zolim odamning iskanjasidan qutqargin. 5 Sen, ey Egam Rabbiy, mening umidimsan, Yoshligimdan Senga umid bog‘laganman.

6 Tug‘ilganimdan buyon Senga suyandim, Onamning qornidan meni olib chiqqansan, Doimo Senga hamdu sano aytaman.


7 Hayotim ko‘pchilikka o‘rnak bo‘ldi,

Chunki Sen mening mustahkam panohimsan.

8 Og‘zimdan aslo tushmas Senga hamdu sanolar, Kun bo‘yi shuhratingni e’lon qilaman.

9 Keksaygan chog‘imda meni tashlab qo‘ymagin,

Quvvatim ketganda, meni tark etmagin.

10 Axir, dushmanlarim menga qarshi til biriktiradi,

Birga fitna qilib, meni o‘ldirmoqchi bo‘ladi.

11 Dushmanlarim aytar: “Xudo tark etgan uni,

Quvinglar, ushlanglar uni,

Uni qutqaradigan hech kimsa yo‘qdir.”


12 Ey Xudo, mendan uzoq ketmagin,

Tez kel, ey Xudoyim, menga madad ber!

13 Meni ayblovchilar sharmandalikdan yerga kirib ketsin,

Menga zarar yetkazmoqchi bo‘lganlar Masxara bo‘lsin, badnom bo‘lsin.

14 Men esa doimo Senga umid bog‘layman, Yanada ko‘p hamdu sano aytaman.

15 Menga qilganlaringdan hayratga tushdim, Adolatingni har kimga hikoya qilaveraman, Najotingni kun bo‘yi so‘ylayveraman.

16 Qudratli ishlaringni madh qilaman, ey Egam Rabbiy,

Yolg‘iz Sening odilligingni madh qilaman.


17 Ey Xudo, yoshligimdan Sen menga ta’lim

bergansan,

Ajoyib ishlaringni hamon aytib yuraman. 18 Sochlarim oqarib, keksayganimda, Meni tark etmagin, ey Xudo!

Kelgusi avlodlarga kuching haqida aytay, Mendan keyin keladiganlarga

Qudrating haqida aytib beray.

19 Adolating samolarga yetadi, ey Xudo, Buyuk ishlar qilding Sen,

Senga o‘xshagan kim bor, ey Xudo?!

20 Duchor qilding meni ko‘p kulfat, azoblarga,

Meni yana hayotga qaytarasan,

Yer ostidan yana meni chiqarib olasan. 21 Shuhratimni yana yuksaltirasan, Menga yana taskin berasan.


22 Arfa chalib, Senga hamdu sano aytaman, Sening sadoqatingni kuylayman, ey Xudoyim. Lira chalib, Seni tarannum qilaman,

Ey Isroil xalqining Muqaddas Xudosi! 23 Seni madh qilib kuylaganimda, Shodlikdan hayqiraman.

Meni Sen qutqargansan.

24 Menga zarar yetkazmoqchi bo‘lganlar

Sharmandayi sharmisor bo‘ldilar.

Kun bo‘yi tilim adolating haqida so‘ylaydi.


71–SANO

1 Sulaymon sanosi.

Ey Xudo, shohga adolatingni bergin,

Shoh o‘g‘liga to‘g‘ri hukm chiqarishni o‘rgatgin. 2 Sening xalqingni u adolat ila hukm etsin, Bechoralarni u to‘g‘rilik bilan hukm etsin.

3 Tog‘lar xalqqa rohat–farog‘at olib kelsin,

Tepaliklar haqiqat samarasini keltirsin.

4 Shoh xalqning qashshoqlarini himoya qilsin, Bechoralarning bolalariga najot bersin, Zolimlarni ezib tashlasin.

5 Nasllar osha quyoshu oy samoda turganday,

Uning umri ham shunchalik uzoq bo‘lsin!*


6 Shohimiz o‘xshasin o‘rilgan dalaga, Yoqqan huzurbaxsh yomg‘irga, Yerni sug‘organ sharros yomg‘irga.

7 Uning davrida solih yashnasin,

Dunyo turguncha mo‘l–ko‘lchilik bo‘lsin.


8 U bir dengizdan ikkinchisiga qadar, Furot daryosidan tortib,

Yer yuzining to‘rt tomoniga hukmronlik qiladi. 9 Shoh oldida cho‘l qabilalari tiz cho‘ksin, Uning dushmanlari tuproq yalasin.

10 Dengiz ortidagi yurtlarning shohlari, Tarshish* shohlari unga o‘lpon olib kelsinlar.

Shava* hamda Savo* shohlari Unga hadyalar keltirsinlar.

11 Hamma shohlar unga ta’zim aylasin,

Hamma xalqlar unga xizmat qilsin.


12 Mazlum nola qilganda, shoh najot beradi,

Madadkori yo‘q bechorani u qutqaradi. 13 Zaif, bechoraga u shafqat ko‘rsatadi, Mazlumlarning hayotini saqlaydi.

14 Mazlumlarni jabr–zulmdan xalos qiladi, Mazlumlar qoni uning nazarida azizdir.


15 Shohning umri uzoq bo‘lsin! Shavaning oltini uniki bo‘lsin, Xalq doimo u uchun ibodat qilsin,

Kun bo‘yi duo qilib, Xudodan baraka tilasin.

16 Yurtda don mo‘l–ko‘l bo‘lsin,

Tepaliklar ustida don boshoqlari chayqalib tursin. Lubnon tog‘larida bo‘lgani kabi, hosili unumli bo‘lsin. Daladagi giyohlar kabi, shaharlari odamga to‘lsin.

17 Shohning nomi mangu yashasin,

Uning dong‘i quyosh turguncha bor bo‘lsin, Barcha xalqlar u orqali baraka topsin, Xalqlar uni, baxtiyor, deb aytsin.


18 Isroil xalqining Xudosi — Egamizga

Olqishlar bo‘lsin.

Ajoyib ishlar qiladigan yolg‘iz Udir.

19 Egamizning ulug‘vor nomiga to abad olqishlar bo‘lsin,

Butun yer yuzi Uning shuhrati bilan to‘lsin.


Omin! Omin!


20 Essay o‘g‘li Dovudning ibodatlari nihoyasiga yetdi.


72–SANO

Osif* sanosi.

1 Haqiqatan ham, Isroil xalqiga,

Yuragi pok bo‘lganlarga Xudo himmat qilar.

2 Oyoqlarim toyib ketay, dedi,

Sal bo‘lmasa sirpanib yiqilay, dedim.

3 Fosiqning yashnayotganini ko‘rganimda,

Takabburlarga hasad qildim.

4 Ular og‘riq nimaligini bilmaydilar*, Tanalari soppa–sog‘, baquvvat.

5 Boshqalarday ular dard tortmaydilar, Boshqalarday ular azob chekmaydilar.

6 Kiborlik ularning bo‘ynidagi marjon bo‘ladi, Zo‘ravonlikni ular libos qilib kiyib olgan.

7 Ularning ko‘zlarini yog‘ bosib qolgan, Xayollarida ahmoqona niyatlar to‘lib–toshgan.

8 Takabburlar masxaralab, xusumat bilan gapiradi,

Mag‘rurlanib, zulm bilan tahdid qiladi.

9 Fosiqlar og‘izlari bilan osmonga da’vo qiladi,

Tillari bilan yer yuzini mulk qilib oladi. 10 Shu bois har kim ularga yuz buradi, Ularning so‘zlarini suv kabi ichadi*.

11 Yana ular shunday deydilar: “Xudo qanday qilib bila oladi?! Xudoyi Taolo nimani ham bilardi?!” 12 Fosiqlar ana shunaqa!

Doimo betashvish boylik orttiradi.

13 Ha, men bekorga yuragimni pok tutgan ekanman– da!

Aybsizman, deya bekorga qo‘llarimni yuvibman–da!

14 Axir, kun bo‘yi azob tortaman,

Har kuni ertalab jazo olaman.


15 Men ham fosiq gaplarni gapiraverganimda,

Sening sodiq farzandlaringga xoinlik qilgan bo‘lar

edim.

16 Ammo bularni tushunay, desam, Bu ish juda ham mashaqqatli tuyuldi.

17 Xudoning muqaddas maskaniga kirdim,

Shundagina fosiqlar qismati ne bo‘lishini tushundim.


18 Ey Xudo, chindan ham ularni sirpanchiq yerga

qo‘ygansan,

Ularni jarlikka uloqtirib, barbod qilasan.

19 Ular birdan qirilib ketadi, Vahimadan qirilib, yo‘q bo‘ladi. 20 Ularning hayoti faqat tushdir, Uyg‘onganlarida unut bo‘ladi.

Sen ham qo‘zg‘alganingda, ey Rabbiy, Ularning hayotiga chek qo‘yasan.


21 G‘amga to‘lgan paytlarimda, Yuragimda dard paydo bo‘lganda,

22 Men nodon, johil bo‘lgan ekanman,

Qarshingda ongsiz hayvon kabi bo‘lgan ekanman.

23 Shunday bo‘lsa ham, doimo Sen bilanman, Sen o‘ng qo‘limdan ushlagansan.

24 O‘gitlaring bilan menga yo‘l ko‘rsatasan, Oxiri meni shon–shuhrat ila kutib olasan. 25 Sendan boshqa kimim bor samoda?!

Sendan o‘zgasini istamasman yer yuzida.

26 Ado bo‘lishi mumkin tanamu yuragim, Ammo Sen, ey Xudo, qalbimning quvvatisan, Sen to abad barqarorligimsan.


27 Sendan uzoq bo‘lganlar halok bo‘ladi,

Qirib tashlaysan Senga sodiq bo‘lmaganlarni.

28 Ey Xudo, Senga yaqin bo‘lganim esa menga

yaxshidir.

Ey Egam Rabbiy, Seni panohim qilib oldim, Sening hamma ishlaringni aytib yuraman.


73–SANO

Osif* qasidasi*.

1 Ey Xudo! Nechun bizni to abad rad etasan?!

Nechun yaylovdagi qo‘ylaringga g‘azabingni

sochasan?!

2 Azalda O‘zingniki qilib olgan xalqingni yodingda

tut.

O‘zimning mulkim bo‘lsin deb, qutqargan xalqingni, O‘zing maskan qilgan Sion tog‘ini yodingda tut.

3 Dahshatli bu xaroba tomon qadam bosib ko‘r,

Qara, muqaddas maskandagi borini g‘anim yo‘q qildi.


4 G‘animlaring shovqin–suroni muqaddas

maskaningni to‘ldirdi, Bayroqlarini ular belgi qilib o‘rnatdi.

5 O‘zlarini boltasi bor odamday tutdilar, O‘rmondagi daraxt kesuvchilarday tutdilar. 6 So‘ngra boltayu bolg‘alar bilan Parchaladilar uning o‘ymakor ishlarini.

7 Muqaddas maskaningga o‘t qo‘ydilar,

Sen ulug‘lanadigan makonni harom qildilar, Ma’badingni yer bilan bitta qildilar.

8 “Ularni tamomila qirib tashlaymiz”, deb o‘z ko‘nglida aytdilar,

Yurtdagi barcha sajdagohlarni yoqib tashladilar.

9 Bironta ham payg‘ambar qolmadi, Mo‘jiza alomatlarini topa olmaymiz. Qachongacha davom etar bu?

Birontamiz bilmaymiz.

10 Ey Xudo, qachongacha g‘anim Seni masxara qilar?! Seni dushman to abad haqorat qilarmi?!

11 Nechun o‘ng qo‘lingni ishga solmaysan?! Qo‘lingni qo‘yningdan chiqarib,

Ularni qirib tashlagin!


12 Ey Xudo, azaldan mening Shohimsan, Yer yuziga Sen najot olib kelasan.

13 Qudrating bilan dengizni bo‘lgan Sensan,

Dengiz ajdarlarining boshini majaqlagansan.

14 Maxluq Levitanning* boshlarini ezib tashlagansan,

Cho‘l jonzotlariga* uni yemish qilib bergansan.

15 Buloqlaru anhorlarni ochgan Sensan, Oqar daryolarni quritgan ham Sensan. 16 Kunduz Senikidir, tun ham Seniki, Quyosh va oyni* bunyod etgansan.

17 Zaminning chegarasini Sen o‘rnatgansan, Yoz va qishni ham o‘rnatgan Sensan.


18 Ey Egam, dushmanning masxaralashini,

Ahmoq odamlar Seni haqoratlashini yodingda tut.

19 Kaptarlaring hayotini yovvoyi hayvonlarga berma, Mazlum xalqingning hayotini to abad unutma.


20 Biz bilan qilgan ahdingni esla,

Yurtdagi zulmat joylar zo‘ravonlikka to‘la.

21 Sharmandalikka mazlum duchor bo‘lmasin,

Faqiru bechora Senga hamdu sano aytsin.

22 Qani, ey Xudo, da’voingni isbot qilgin,

Ahmoqlar kun bo‘yi Seni masxara qilishini yodda tut. 23 Dushmanlaring shovqin–suroni ko‘tarilaveradi, Ularning baqir–chaqirig‘ini e’tiborsiz qoldirma.


74–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. “Xarob etma” kuyiga

aytiladigan Osif* sanosi. Qo‘shiq.

2 Ey Xudo, Senga shukurlar aytamiz, Shukurlar aytamiz, Sen bizga yaqinsan, Mo‘jizalaring haqida odamlar gapiradi.

3 Xudo aytar: “Belgilangan vaqtni tanlayman,

Haqqoniylik bilan hukm qilaman.

4 Zamin va undagi insonlar titragan paytda Zamin ustunlarini* mahkam ushlagan Menman.” 5 Maqtanchoqlarga Xudo aytar: “Maqtanmagin”, Fosiqqa aytar: “Kuching bilan maqtanmagin.

6 Gerdayib, samolarga kuchingni ko‘rsatma, Qaysarlarcha kiborlik bilan gapirma.”


7 Hech kim sharqdan yoki g‘arbdan yoxud sahrodan

Insonni yuksaltira olmaydi.

8 Hukm qiladigan Xudodir,

Birovni U yiqitar, boshqasini yuksaltirar.

9 G‘azab kosasi Egamizning qo‘lida,

Ziravor qo‘shilgan ko‘pikli sharobga* to‘la.

U sharobni quyadi, Olamdagi jamiki fosiqlar esa

Quyqumigacha ichib tugatadi.

10 Men to abad Yoqubning Xudosi haqida gapiraman, Uni hamdu sano ila tarannum etaman.


11 Xudo aytar: “Fosiqlarning kuchini qirqaman, Solihlarning qudratini oshiraman.”


75–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar jo‘rligida

aytiladigan Osif* sanosi. Qo‘shiq.

2 Yahudo yurtida Xudo mashhurdir, Isroilda Uning nomi buyukdir.

3 Uning chodiri Quddusdadir*, Makoni Siondadir.

4 O‘sha yerda sindirdi otashday o‘qlarni,

Qalqonu qilichni, jang qurollarini.


5 Ey Xudo, naqadar buyuksan!

O‘ljaga boy tog‘lardan Sen ulug‘vorsan!

6 Jasur askarlar o‘lja bo‘lib yotibdi, Ular o‘lim uyqusiga ketgan.

Bironta jangchining

Qo‘l ko‘tarishga kuchi qolmadi.

7 Ey Yoqubning Xudosi! Sening hayqirig‘ingdan, Otlaru chavandozlar karaxt bo‘lib yotibdi.

8 Chindan ham Sen qo‘rqinchlisan,

Kim bardosh bera olar Sening qarshingda,

G‘azabing qo‘zg‘algan paytda?!

9-10 Samolardan hukmingni e’lon qilding!

Ey Xudo! Sen hukm qilay deb,

Olamdagi mazlumlarni qutqaray deb, qo‘zg‘alding. Shunda yer yuzi qo‘rqib sukutda qoldi.

11 Insonga bo‘lgan g‘azabing* O‘zingga hamdu sano

keltirar,

G‘azabingdan qutulganlarni atrofingga to‘playsan*.


12 Egangiz Xudoga ontingizni ado qilinglar, Qo‘rqinchli Xudoga atrofidagilari* Hadyalar olib kelsinlar!

13 Xudo takabbur shahzodalarni bo‘ysundirib oladi,

Yer yuzi shohlarini qo‘rquvga soladi.


76–SANO

1 Ijrochilar rahbari Yodutunga*. Osif* sanosi.

2 Faryod qilib, Xudoga yolvoraman, Eshitgin meni, deb Xudoga hayqiraman*. 3 Qayg‘uli kunimda Rabbiyga intildim, Tunda qo‘llarimni ko‘tarib iltijo qildim, Jonim tasalli topishni rad etdi.


4 Ey Xudo, Seni o‘ylaganimda,

Fig‘on chekaman, ruhim zaiflashadi.

5 Tun bo‘yi Sen meni bedor qilding, So‘zlay olmayman azoblanganimdan.

6 Oldingi kunlar haqida o‘ylab yurdim,

Eski davrlarni eslab yurdim.

7 Tun bo‘yi o‘zim bilan o‘zim suhbat qurdim*, Qalbim xayolga berilib, ruhim so‘rab–surishtirdi: 8 “Rabbiy to abad bizni rad etarmikan?

Hech qachon shafqat ko‘rsatmasmikan?

9 Uning sodiq sevgisi to abad yo‘qolganmi? Uning va’dalari bir umrga tamom bo‘lganmi? 10 Xudo shafqatli bo‘lishni unutib qo‘ydimi? Rahmdillik o‘rnini g‘azab egalladimi?”

11 O‘zimga o‘zim dedim: “Xudoyi Taolo o‘ng qo‘li orqali Endi bizga yordam bermayapti. Bu mening kulfatimdir.”


12 Ey Egam, ishlaringni men yodga olaman,

Azaliy mo‘jizalaringni esga olaman.

13 Hamma ishlaringni xayolimdan o‘tkazaman,

Qudratli ishlaring haqida fikr yuritaman.

14 Sening yo‘ling, ey Xudo, muqaddasdir,

Qaysi xudo Senday buyukdir?!

15 Mo‘jizalar yaratuvchi Xudo Sensan,

Xalqlar orasida qudratingni ko‘rsatgan Sensan.

16 Qudrating bilan O‘z xalqingni,

Yoqub hamda Yusuf nasllarini qutqargansan.


17 Ey Xudo, suvlar Seni ko‘rganda,

Ha, suvlar Seni ko‘rganda, qo‘rqib ketdilar,

Tubsiz dengizlar larzaga keldi! 18 Bulutlar yomg‘irin quydi, Samolar gumburlab yangradi, O‘qlaring har tomonda

Yalt etib paydo bo‘ldi.

19 Gumbur–gumbur eshitildi quyun ichida, Chaqmoqlaring olamni yoritdi,

Zamin titrab, tebrandi.

20 Yo‘ling dengiz orqali o‘tdi, So‘qmog‘ing bahaybat suvlardan o‘tdi, Izlaring esa ko‘rinmas edi.

21 Xalqingni qo‘y suruviday yetaklab bording,

Muso, Horunni rahnamo qilib tanlading.


77–SANO

Osif* qasidasi*.

1 Quloq soling, ey xalqim, o‘gitlarimga, Quloq tuting og‘zimdan chiqqan so‘zlarga. 2 Og‘zimni ochaman masalga,

O‘tmishning sirli saboqlarin o‘rgataman sizga.

3 Bularni aytgan edi ota–bobolarimiz, Ulardan eshitganmiz, bilamiz.

4 Egamizning hamdga loyiq ishlarini, Uning qudratini, U qilgan ajoyibotlarni

Biz yashirmay aytamiz ota–bobolarimiz nasliga, Hikoya qilamiz bolalarimizga.


5 Yoqub nasliga U farmon berdi, Isroilga qonun tayinladi.

Ota–bobolarimizga amr berib:

“Bolalaringizga o‘rgating”, dedi*.

6 Toki kelajak nasllar bularni bilsin,

Bilsin hatto tug‘ilmagan bolalar,

O‘z navbatida bolalariga aytsin ular.

7 Bolalari ham umidini bog‘lasin Xudoga,

Xudoning ishlarini unutib qo‘ymay,

Rioya etsin Uning amrlariga.

8 Toki ular ota–bobolariga o‘xshab, O‘jar, isyonkor nasl bo‘lmasin.

Yuragida Xudoga sadoqati bo‘lmagan, Ruhan beqaror nasl bo‘lmasin.


9 O‘q–yoy bilan qurollangan Efrayim jangchilari* Jang kunida ortiga qaytdi*.

10 Ular Xudoning ahdiga rioya qilmadilar, Uning qonunlari bo‘yicha yurishni rad etdilar. 11 Ular unutdilar Xudoning qilgan ishlarini, Xudoning ularga ko‘rsatgan mo‘jizalarini.

12 Misr diyoridagi Zo‘van tekisligida*, Ularning ota–bobolari ko‘z o‘ngida Xudo mo‘jizalar ko‘rsatgandi.

13 Dengizni yorib, o‘rtasidan ularni o‘tkazdi, Suvlarni devor kabi tik qilib qo‘ydi*.

14 Kunduzi ularni bulut orqali yetakladi, Tun bo‘yi alanga yorug‘i orqali yetakladi*. 15 U sahrodagi qoyalarni parchaladi, Dengiz suviday mo‘l suvni ularga berdi.

16 Qoyadan irmoqlarni chiqardi, Suvlarni daryolarday oqizdi*.


17 Ular sahroda Xudoyi Taologa qarshi isyon ko‘tarib,

Unga qarshi gunoh qilaverdilar.

18 Ular ataylab Xudoni sinadilar*, Ko‘ngli tusagan ovqatni talab qildilar. 19 Ular Xudoga qarshi so‘zlab, dedilar:

“Sahroda Xudo bizga dasturxon yoza olarmidi?!

20 Mana, U qoyaga urganda, Suv daryo–daryo bo‘lib oqdi, Irmoqlar to‘lib–toshdi.

Endi U O‘z xalqiga non bera olarmikan? Xalqini go‘sht bilan ta’minlay olarmikan?”


21 Egamiz ularning gapini eshitib,

Qattiq g‘azabga mindi.

Yoqub nasliga qarshi g‘azab alangasini purkadi,

Ha, Isroil nasliga qarshi qahrini sochdi*.

22 Ular Xudoga ishonmadilar, Uning najotiga tayanmadilar.

23 Xudo samolardan turib amr berdi, Osmon qopqalarini ochib yubordi.

24 Ular yesin deb, manna* yog‘dirdi, Osmonning donini ularga berdi.

25 Odamzod farishtalar nonidan yedi,

Xudo ularga mo‘l–ko‘l taom yubordi.

26 U samolardan sharq shamolini estirdi,

Qudrati bilan janub shamoliga yo‘l ko‘rsatdi.

27 U changday mo‘l qilib, xalqiga go‘sht yog‘dirdi, Ha, dengizdagi qumday mo‘l qilib qushlar yog‘dirdi. 28 Bularni ularning qarorgohiga yog‘dirdi,

Ularning chodirlari atrofiga tushirdi.

29 Ular to‘ygunlaricha yedilar,

Xudo ularga ko‘ngillari tusaganini berdi.

30 Biroq hali ko‘ngli tusaganiga to‘ymagan, Luqmalari hali ularning og‘izlarida ekan, 31 Xudo g‘azabini ularga sochdi,

Ularning kuchlilarini o‘ldirdi,

Isroilning gulday yigitlarini yer tishlatdi*.


32 Shularga qaramay, ular gunoh qilaverdilar,

Xudoning mo‘jizalariga ishonmadilar.

33 Xudo ularning kunlarini bir nafasday bitirdi, Ularni vahimaga solib, umrlarini barbod qildi. 34 Ba’zilarini Xudo o‘ldirdi,

Shundagina qolganlari Unga intildi, Tavba qilib, yana Xudoga qaytdi.

35 Ular shunday deb esladilar:

“Ha, Xudo suyangan qoyamiz,

Bizning qutqaruvchimiz Xudoyi Taolo.” 36 Ammo Xudoga xushomad qilardilar, Unga tillari bilan yolg‘on so‘zlashardi.

37 Yuraklarida esa Xudoga sodiq emas edilar, Uning ahdiga bevafolik qildilar.


38 Xudo–chi, shafqat qildi, Kechirdi ularning gunohlarini, Qirib tashlamadi ularni.

Ko‘pincha U g‘azabini bosdi, Butun g‘azabini sochmadi.

39 Xudo esladi: “Ular shunchaki bandalardir, Esib, boshqa qaytib kelmas shamoldir.”


40 Sahroda Xudoga qanchalar ko‘p isyon qildilar!

Dashtu biyobonda Uni xafa qildilar.

41 Xudoni ular takror–takror sinadilar,

Isroil xalqining Muqaddas Xudosini ranjitdilar.

42 Ular Xudoning qudratini,

Ularni dushmandan qutqargan kunni esdan chiqardilar.

43 Xudo Misrda ko‘rsatgan mo‘jizalarni,

Ha, Zo‘van tekisligida* ko‘rsatgan ajoyibotlarni

unutdilar.

44 Misrdagi daryolarni Xudo qonga aylantirdi, Misrliklar irmoqlardan suv icholmay qoldi.

45 Ularni yeb bitirsin deya, pashshalar galasini yubordi,

Yurtni vayron qilsin deya, qurbaqalar yubordi.

46 Ularning hosilini Xudo chigirtkalarga* yem qildi, Ularning mehnati mahsulini chigirtkalarga berdi. 47 Uzumzorlarini do‘l bilan yakson qildi, Shikamora–anjir daraxtlarini* jalada nobud etdi. 48 Ularning chorvasini do‘lga duchor qildi,

Ularning podasini yashin alangasiga berdi.

49 Kulfat elchilarini yuborganday

Xudo ularga alangali g‘azabini, qahrini,

Nafratini hamda musibatni sochdi. 50 U Misrdan g‘azabini qaytarmadi, Ularning jonlariga shafqat qilmadi, Ularni vaboga duchor qildi.

51 Misrning hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarini nobud qildi*, Ha, Xom avlodining* faxri,

Qut–baraka timsolini yo‘q qildi.

52 O‘z xalqini esa Xudo qo‘yday yetaklab chiqdi, Ularni sahro bo‘ylab suruvday boshlab bordi. 53 Egamiz eson–omon boshlab bordi,

Ular qo‘rqmadilar,

Ularning g‘animlarini esa dengiz yutdi.

54 Egamiz xalqini O‘z muqaddas yurtiga,

O‘z kuchi bilan qo‘lga kiritgan toqqa olib keldi.

55 O‘z xalqining oldidan boshqa xalqlarni* quvdi,

Ularning yurtini mulk qilib bo‘lib berdi,

Isroil qabilalarini ularning chodirlarida o‘rnashtirdi.

56 Ular hamon Xudoyi Taoloni sinardilar,

Unga qarshi isyon ko‘tarib, farmonlariga bo‘ysunmadilar.

57 Otalari kabi bevafolik qilib, xoinlik qildilar,

Yaroqsiz kamonga o‘xshab ishonchsiz chiqdilar.

58 Sajdagohlari bilan ular Xudoni g‘azablantirdilar, Butlari bilan Uning rashkini qo‘zg‘atdilar.

59 Bularni eshitganda Xudo, g‘azabga mindi,

Shundan so‘ng Isroilni tamom rad etdi.

60 U Shilo‘dagi* O‘z maskanini,

Insonlar orasida tikkan Chodirini tark etdi. 61 Dushmanga asir qilib berdi Ahd sandig‘ini, O‘zining qudratiyu shuhrati ramzini*.

62 O‘z xalqini U qilichga ro‘para qildi, G‘azabini tanlagan xalqiga sochdi.

63 Yigitlarini alanga yamlamay yutdi, Qizlari nikoh qo‘shiqlarini aytolmay qoldi. 64 Ruhoniylari qilich tig‘idan yiqildi,

Ruhoniylarning bevalari aza tutolmay qoldi.

65 Shunda Rabbiy qo‘zg‘aldi uyqudan uyg‘onganday,

Sharobdan hayqirayotgan bahodirday.

66 Dushmanlarini U tirqiratib quvdi,

Ularni abadiy sharmandalikka duchor qildi.


67 Yusuf naslini Xudo rad etdi, Efrayim qabilasini* tanlamadi.

68 Uning o‘rniga Yahudo qabilasini*, O‘zi sevgan Sion tog‘ini tanladi*.

69 Abadiy o‘rnatgan yer kurrasi kabi,

Samolar kabi, O‘z muqaddas maskanini qurdi.

70 Xudo O‘z quli Dovudni tanlab oldi, Qo‘y qo‘rasidan uni chaqirib oldi.

71 U Dovudni sovliq qo‘y, qo‘zilarga cho‘ponlikdan

oldi.

O‘zining xalqi Isroilga,

Yoqub nasliga cho‘pon qilib tayinladi.

72 Dovud ularga halollik bilan cho‘ponlik qildi,

Mohirlik bilan ularni yetaklab bordi.


78–SANO

Osif* sanosi.

1 Ey Xudo, begona xalqlar Tanlagan yurtingni bosib oldi,

Ular muqaddas Ma’badingni bulg‘adi,

Quddusni vayronaga aylantirdi.

2 Biz Sening qullaringmiz. Ular qullaringning jasadlarini

Qushlarga yemish qilib berdilar. Taqvodor xalqingning etini

Zamindagi yovvoyi hayvonlarga berdilar.

3 Quddus atroflarida ular qonimizni suvday to‘kdi,

Jasadlarni dafn qilishga biron zot qoldirmadi.

4 Qo‘shnilarimiz oldida masxara bo‘ldik,

Atrofimizdagilarga kulgi, o‘yinchoq bo‘ldik.


5 Ey Egam, qachongacha bizdan g‘azablanasan? To

abadmi?

Qachongacha rashking alangaday yonadi?

6 Seni tan olmaydigan xalqlar uzra, Senga sajda qilmaydigan shohliklar uzra G‘azabingni sochgin.

7 Ular xalqing Isroilni* yeb bitirdi, Yurtini tashlandiq sahroga aylantirdi.


8 Bizga otalarimiz gunohlarini eslatma,

Bizga tezda shafqatingni ko‘rsat, Axir, biz oyoq osti bo‘lib ketdik–ku!

9 O‘z shuhrating haqi, bizga madad ber,

Ey najotkorimiz Xudo!

O‘z noming haqi, bizni qutqar,

Gunohlarimizni kechir.

10 Nima uchun begona xalqlar:

“Qayerda ekan–a ularning Xudosi”, deya aytmog‘i

kerak?!

Xalqlardan o‘ch olganingni biz ko‘raylik, Axir, ular bizning qonimizni to‘kkan.

11 Mahbuslarning fig‘onini eshitgin, Buyuk qudratingni namoyish qilib, O‘limga mahkum bo‘lganlarni qutqargin.

12 Ey Rabbiy, qo‘shni xalqlar Seni haqoratlagani

uchun

Ularga yetti baravar qaytargin.

13 Biz Sening xalqing, yaylovdagi suruvingmiz, Senga to abad shukur aytarmiz,

Nasldan naslga Seni takror madh qilarmiz.


79–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. “Nilufar” kuyiga aytiladigan

Osif* sanosi.

2-3 Tingla bizni, ey Isroilning Cho‘poni,

Yusuf naslini* qo‘y suruviday yetaklab chiqqan

Sensan,

Karublar orasida taxt qurgansan,

Efrayim, Benyamin, Manashe* oldida nuringni soch.

Qudratingni ko‘rsat, bizni qutqargani kel.


4 Ey Xudo, bizni oldingi holimizga qaytargin, Jamoling bizga nurlarini sochsin, najot topaylik.

5 Ey Parvardigori Olam — Egamiz,

Qachongacha g‘azablanib, ibodatimizni rad etasan?

6 Ko‘z yoshlar berding bizga non o‘rniga, Chelak to‘la ko‘z yoshlarni bizga ichirding.

7 Qo‘shnilar bizdan nafratlanishiga imkon berding,

Dushmanlarimiz bizni masxara qilmoqda.


8 Ey Parvardigori Olam, bizni oldingi holimizga qaytargin,

Jamoling bizga nurlarini sochsin, najot topaylik.


9 Tok novdasini sug‘urganday,

Bizni Misrdan keltirding.

Begona xalqlarni quvib, bizni o‘tqazding.

10 Biz uchun tuproq tayyorlading,

Ildiz otib, yurtni to‘ldirdik.

11 Tog‘lar bizning soyamiz bilan qoplandi,

Bahaybat sadrlar ham novdalarimiz bilan qoplandi. 12 Biz shoxlarimizni dengizgacha* yoydik, Novdalarimiz Furot daryosigacha cho‘zildi.

13 Nega endi bog‘ning devorlarini buzib tashlading? O‘tgan–ketganlar mevalarini yulsin debmi?

14 Yovvoyi to‘ng‘izlar uni xarob qiladi,

Yovvoyi jonivorlar* undan yeb qornini to‘yg‘izadi.


15 Qayt yana bizga, ey Parvardigori Olam! Nazar solgin, qara samodan,

Bu tok novdasini qo‘riqlagin.

16 O‘ng qo‘ling o‘tqazgan ildizni, O‘zing o‘stirgan novdani* qo‘riqlagin.

17 G‘animlaring uzum tokingni qirqqan edi, Uzum tokingni olovda yondirgan edi, G‘azabli boqishingdan ular yo‘q bo‘lsin.

18 O‘zing tanlaganingga,

O‘zing uchun kuchli qilgan xalqqa* tayanch bo‘lgin. 19 Shunda biz hech qachon Sendan qaytmaymiz, Senga sajda qilamiz, bizga hayot ato qil.


20 Ey Parvardigori Olam — Egamiz, Bizni oldingi holimizga qaytargin,

Jamoling bizga nurlarini sochsin, najot topaylik.


80–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Soz jo‘rligida aytiladigan Osif*

sanosi.

2 Xudoga, qudratimiz manbaiga Sevinch bilan kuylang!

Yoqubning Xudosiga shodlik ila hayqiring! 3 Qo‘shiq kuylang, doira cherting, Xushovoz lira, arfa chaling.

4 Burg‘u chaling yangi oy shodiyonasida, Oy to‘lganda, bayram kunimizda*.

5 Isroil uchun bu qonundir, Yoqub Xudosining farmonidir.

6 Misr yurti ustiga bostirib borganda, Xudo buni Isroilga* qonun qilib berdi.


Men notanish bir ovozni eshitdim:

7 “Yukni oldim yelkangizdan,

— deydi U. —

Qo‘llaringiz savatdan ozod bo‘ldi*.

8 Kulfatda Menga faryod qildingiz, sizni qutqardim, Bulutlar orasidan sizlarga javob berdim,

Mariva suvlari bo‘yida* sizlarni sinadim.

9 Eshiting, ey xalqim, tanbeh beraman sizga, Ey Isroil, koshkiydi quloq solsangiz Menga! 10 Orangizda begona xudolar bo‘lmasin, Boshqa xudolarga sajda qilmanglar.

11 Men sizlarning Egangiz Xudoman,

Sizlarni Misr yurtidan Men olib chiqqanman,

Og‘zingizni katta oching, Men uni to‘ldiraman.


12 Ey xalqim, siz esa ovozimga quloq solmadingiz, Ey Isroil, Menga itoat etishni rad etdingiz.

13 O‘z bilganingizcha yashang, deya Yuraklaringizni o‘jarligicha qoldirdim.

14 Eh, qaniydi siz Menga quloq solsangiz,

Ey Isroil, Mening yo‘llarimdan yursangiz!

15 Tezda dushmanlaringizni bo‘ysundirardim, Sizning g‘animlaringizga zarba berardim.

16 Men, Egangizdan nafratlanganlar Qo‘rquvdan titrab, tiz cho‘kkan bo‘lardi, Ularning halokati to abad davom etardi.

17 Sizlarni bug‘doyning eng yaxshisi bilan boqardim, Qoyadan asal chiqarib, sizlarni to‘ydirardim.”

81–SANO

Osif* sanosi.

1 Xudo raislik qilar samodagi kengashida*, U hukm chiqarar xudolar* orasida:

2 “Qachongacha sizlar nohaq hukm qilasiz?! Fosiqqa tarafkashlik qilasiz?!

3 Zaif, yetimlarga adolat ko‘rsating,

Mazlum, qashshoqlarning haqini himoya qiling.

4 Zaif, muhtojlarni qutqaring,

Fosiqning qo‘lidan ularni ozod eting.

5 Hech narsani bilmaysiz, tushunmaysiz, Sizlar zulmatda yurasiz,

Zaminning poydevori* larzaga keladi. 6 Aytdimki: hammangiz xudolarsiz, Xudoyi Taoloning o‘g‘illarisiz.

7 Ammo oddiy odamday o‘lib ketasiz, Har qanday hukmdor kabi qulaysiz.”


8 Qani, ey Xudo, olamni hukm qil, Zotan, hamma xalqlar Senikidir.


82–SANO

1 Osif* sanosi. Qo‘shiq.

2 Ey Xudo, sukut saqlamagin,

Jimjit bo‘lma, ey Xudo, jim turmagin.

3 Dushmanlaring shovqin–suron solmoqda,

G‘animlaring isyon qilmoqda.

4 Ayyorlik bilan ular xalqingga fitna qiladi, Sen ardoqlaganlarga qarshi qasd qiladi.

5 Ular aytar: “Qani, o‘sha xalqning ildizini quritaylik, To abad unutilsin Isroilning nomi.”


6-8 Edomliklar va Ismoil avlodlari, Mo‘abliklar* va Hojar nasllari*, Gabol*, Ommon va Omolek* xalqlari, Tir xalqi bilan Filistiya*

Til biriktirib, fitna qiladi, Senga qarshi ittifoq tuzadi.

9 Lut nasli* bilan ittifoq tuzib,

Ossuriya ham ularga qo‘shilgan edi.


10 Midiyonlarni jazolaganingday* ularni jazola, Xishon daryosida Sisaro, Yobinni qirganingday*

jazola.

11 Ular En–Do‘rda halok bo‘lgandilar, Yerga tashlangan go‘ngday bo‘lgandilar.

12 Oriv va Zayovday* qilib, ularning yo‘lboshchilarini o‘ldir,

Barcha shahzodalarini Zevax va Zalmunoday* qilgin.

13 Axir, ular: “Xudoning o‘tloqlarini O‘zimizniki qilib olaylik”, dedilar.


14 Ey Xudoyim, ularni xazonday sovurgin, Shamoldagi somonday ularni uchirgin.

15-16 O‘rmonni alanga yondirganday, Ularni bo‘ronlaring ila ta’qib qil.

Tepaliklarni olov bilan kuydirganday Ularni dovullaring ila dahshatga sol. 17 Yuzlarini sharmandalikdan qizartir, Toki ular, ey Egam, Senga intilsin.

18 Ular doim sharmanda bo‘lib, qo‘rquvga tushsin, Badnom bo‘lib, yo‘q bo‘lib ketsin.

19 Ular bilsin Egamiz Sen ekaningni,

Yer yuzida buyuk hukmdor yolg‘iz Sen ekaningni.


83–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Soz jo‘rligida aytiladigan Ko‘rax naslining* sanosi.

2 Sening makoning ajoyibdir, Ey Sarvari Olam!

3 Ey Egam, Sening hovlingga kirmoqni Jonim istar, hatto orziqar.

Ey barhayot Xudo! Qalbim, vujudim Sevinch ila Senga kuylar.


4 Ey Sarvari Olam, Shohim, Xudoyim!

Qurbongohing yonida chumchuq ham bir uy topgan, Polaponlarim uchun joy topay deya,

Qaldirg‘och ham o‘zi uchun bir in qurgan.

5 Baxtlidir Sening uyingda istiqomat qiladiganlar, Ular doim Senga hamdu sano aytarlar.


6 Baxtlidir Sendan qudrat olgan odamlar,

Quddusni chin dildan ziyorat qilishga intiladiganlar.

7 Qaqragan soylikdan* ular o‘tar ekanlar,

Buloqlar oqa boshlar,

Ilk yomg‘ir bu yerni suv havzalariga* to‘ldirar.

8 Ular yurgan sari kuchayib borar,

Ey Xudo, ular Quddusda* huzuringda hozir bo‘lar.


9 Ey Parvardigori Olam — Egam, eshit ibodatimni, Ey Yoqubning Xudosi, tinglagin meni.

10 Ey Xudo, qara shohga — qalqonimizga,

O‘zing moy surtib tanlaganga lutf qilgin.


11 Sening hovlilaringda o‘tgan bir kun Afzaldir boshqa yerda o‘tgan ming kundan.

Fosiqlarning chodirlarida yashagandan ko‘ra,

Bo‘lsaydim, ey Xudoyim, Sening uyingda darvozabon.

12 Ey Parvardigor Egam, quyosh va qalqonsan,

Sen bizga mehribonlik ko‘rsatib, shon–shuhrat ato etasan.

Ey Egam, to‘g‘ri yurganlardan Ne’matingni darig‘ tutmaysan. 13 Ey Sarvari Olam,

Sendan umid qilgan odam baxtlidir!


84–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Ko‘rax naslining* sanosi.

2 Ey Egam, O‘z yurtingga marhamat ko‘rsatgansan,

Yoqub naslini yana farovonlikka erishtirgansan.

3 Xalqingning ayblarini unutgansan, Ularning gunohlarini kechirgansan. 4 Butun g‘azabingni jilovlading, Qahru g‘azabingdan qaytding.


5 Ey najotkorimiz Xudo,

Oldingi holimizga bizni qaytargin,

Bizga qarshi bo‘lgan g‘azabingni to‘xtatgin.

6 Sen bizdan to abad g‘azablanasanmi? G‘azabingni nasllar osha sochaverasanmi? 7 Xalqim Menda sevinch topsin deya,

Bizga yana yangi hayot baxsh etmaysanmi? 8 Ey Egam, bizga sodiq sevgingni ko‘rsat, Bizga najotingni ato qil.


9 Parvardigor Egamiz aytayotganiga quloq solaman,

U O‘z xalqiga, O‘z taqvodorlariga tinchlik va’da

qilayotir,

Endi ular bema’ni yo‘llariga* qaytmasin. 10 Shubhasiz, Egamizdan qo‘rqqanlarga Uning O‘zi najot berishga tayyor turadi,

Bizning yerimizda Uning ulug‘vorligi makon topadi.


11 Sevgi va haqiqat uchrashadi, Adolat, tinchlik bir–biri ila o‘pishadi. 12 Haqiqat zamindan o‘sib chiqadi, Adolat samodan turib boqadi.

13 Egamiz chindan ne’matin yog‘diradi, Yerimiz o‘z hosilini beradi.

14 Adolat Egamizning oldida yuradi,

Uning qadamlari uchun yo‘l tayyorlaydi.


85–SANO

Dovud ibodati.

1 Tinglagin, ey Egam, javob ber menga,

Men muhtoj hamda yo‘qsilman.

2 Taqvodorman, jonimni asragin,

Senga umid qilaman, men, qulingni qutqargin. Sen mening Xudoyimsan.

3 Shafqat qilgin menga, ey Rabbiy, Kun bo‘yi Senga iltijo qilmoqdaman. 4 Men, qulingga shodlik baxsh etgin,

Ey Rabbiy, men Senga yuragimni ochaman. 5 Sen, ey Rabbiy, yaxshisan, kechirimlisan, Senga iltijo qilganlarga

Sodiq sevgingni ko‘rsatasan.

6 Ibodatimga quloq sol, ey Egam,

Shafqat so‘rab qilgan iltijoimga diqqat qil. 7 Og‘ir kunda Senga iltijo qilaman, Iltijolarimga Sen javob berasan.


8 Ey Rabbiy, xudolar orasida

Hech qaysisi Senga o‘xshamaydi,

Bironta buyuk ishni Seniki bilan qiyoslab bo‘lmaydi.

9 Jamiki xalqlarni Sen yaratgansan,

Ey Rabbiy, ular kelib, Senga ta’zim qiladi,

Nomingga shuhrat keltiradi.

10 Zero, Sen buyuksan, mo‘jizalar ko‘rsatasan,

Sen tanho Xudosan.

11 Yo‘lingni menga ko‘rsat, ey Egam, Toki to‘g‘ri so‘qmoqlaringdan yuray, Menga sobit qalb bergin,

Men Sendan qo‘rqayin.

12 Ey Rabbim Xudo, butun yuragim ila Senga shukur aytaman!

To abad Sening nomingni ulug‘layman.

13 Menga bo‘lgan sodiq sevging g‘oyat buyukdir,

O‘liklar diyoridan* jonimni qutqargansan.


14 Ey Xudo, takabburlar menga hujum qilmoqda,

Zo‘ravonlar to‘dasi jonim payiga tushgan. Ular Senga aslo e’tibor bermaydi.

15 Sen, ey Rabbiy, rahmdil va inoyatli, Jahli tez chiqmaydigan Xudosan, Sevging va sadoqating mo‘ldir.

16 Holimga boq, mehr–shafqat qil,

Men qulingman, O‘z cho‘ringning o‘g‘liman.

Menga qudratingdan ato qil, Meni qutqargin.

17 Marhamating alomatini menga ko‘rsatgin,

Toki g‘animlarim buni ko‘rib, sharmanda bo‘lsin. Meni qo‘llab, tasalli bergansan, ey Egam.


86–SANO

1 Ko‘rax naslining* sanosi. Qo‘shiq.

2 Egamiz yaratgan shahar muqaddas tog‘da* turibdi, Yoqub naslining barcha maskanlaridan ko‘ra, Egamiz Quddus* darvozalarini ko‘proq sevadi.

3 Ey Xudoning shahri!

Sen to‘g‘ringda Xudo ajoyib so‘zlar aytgan:

4 “Meni e’tirof etadiganlar orasida

Misrni*, Bobilni, Filistiyani,

Tir* bilan Habashistonni* ham qayd etaman.

Odamlar ularni ham: «Quddusda tug‘ilgan», deb aytadi.”


5 Ha, Quddus haqida odamlar shu so‘zni aytadi: “Har biri o‘sha yerda tug‘ilgan,

Xudoyi Taoloning O‘zi Quddusni mustahkam qiladi.”

6 Egamiz xalqlarning ro‘yxatini tuzib:

“Bu odam ham Quddusda tug‘ilgan”, deb yozadi.

7 Xonish qilib, raqs tushib ular:

“Hayotim manbayi Sendadir”, deb aytadi.

87–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Ko‘rax naslining* sanosi. “Qayg‘u–alam” kuyiga aytiladigan qo‘shiq. Zerax urug‘idan bo‘lgan Xamanning qasidasi*.

2 Ey Egam, najotkorim Xudo, Kecha–kunduz faryod qilaman oldingda. 3 Ibodatim Senga yetib borsin, Qulog‘ingni dodimga tutgin.


4 Hayotim kulfatga to‘la,

O‘zim o‘liklar diyoriga* yaqinlashganman.

5 Meni qabrga tushganlar orasida hisoblaydilar,

Bemajollarga o‘xshab qolganman.

6 Murdalar orasiga tashlanganman, Qabrda yotgan marhumlarga o‘xshayman, Sen meni o‘shalarday unutgansan,

Ular Sening himoyangdan mahrumdirlar.

7 Sen tashlading meni qabrning eng tubiga, Eng zulmat, chuqur joylarga.

8 G‘azabing ustimdan zilday bosadi, Qahring to‘lqinlari ila meni ezasan.


9 Yaqin do‘stlarimdan meni ayirding,

Ularga meni jirkanch qilding,

Qamalib qolganman, xalos bo‘la olmayman.

10 Ko‘zlarim nuri g‘amdan adoyi tamom bo‘ldi. Ey Egam, har kuni* Senga iltijo qilaman, Qo‘llarimni Sen tomon cho‘zaman.

11 Mo‘jizalaringni marhumlarga ko‘rsatasanmi?! Murdalar turib, Senga hamdu sano aytarmikan?! 12 Sening sodiq sevging qabrda e’lon qilinarmi?!

Halokat diyorida* Sening sadoqating haqida aytilarmi?!

13 Zulmat diyorida mo‘jizalaring ma’lum bo‘larmi?!

Unutilganlar makonida* odilliging haqida

so‘ylanarmi?!


14 Ey Egam, men Senga faryod qilaman, Ibodatim sahardanoq Senga yetib boradi. 15 Ey Egam, nechun meni rad qilasan?

Nechun mendan yuz o‘girasan?

16 Yoshligimdan buyon xastaman, o‘lim bilan yuzma–

yuzman,

Vahimalaring qarshisida umidsiz qolganman*.

17 Qahru g‘azabing meni ezib tashladi,

Vahimalaring meni adoyi tamom qildi.

18 Qahr–g‘azabing kun bo‘yi meni to‘fonday o‘rab

oladi,

Meni har tarafdan qurshab oladi.

19 Yaqin do‘stimdan, qo‘shnimdan meni ayirding, Faqat zulmat mening sherigim bo‘lib qoldi.


88–SANO

1 Zerax urug‘idan bo‘lgan Etxanning qasidasi*.

2 Sening sodiq sevgingni, ey Egam, to abad kuylayman,

Barcha nasllarga sadoqatingni o‘z og‘zim bilan e’lon

qilaman.

3 Bilaman, Sening sodiq sevging to abad mustahkamdir,

Sening sadoqating samolarday barqarordir.

4 Sen shunday deding*:

“O‘zim tanlaganim bilan ahd qilganman.

Ha, qulim Dovudga qasamyod qilganman:

5 «Sening naslingni to abad mustahkam qilaman,

Taxtingni butun avlodlar osha o‘rnataman.»”


6 Ajoyibotlaringga, ey Egam, samolar hamdu sano aytsin,

Muqaddas malaklar Sening sadoqatingni kuylasin.

7 Ey Egam, samolarda Senga tenglashadigani bormikan?!

Ilohiy zotlardan* qaysi biri Senga o‘xsharkan?!

8 Ey Xudo, muqaddas malaklar davrasida* haybatlisan,

Taxting atrofidagilarning hammasidan

qo‘rqinchlisan.

9 Ey Parvardigori Olam — Egam, Kim Senchalik qudratli, ey Egam?! Sadoqating atrofingni o‘ragan.

10 Asov dengizni yo‘lga solguvchi Sensan, To‘lqinlar quturganda bosguvchi Sensan.

11 Jasadni ezganday maxluq Rahobni* ezding, Qudratli qo‘ling bilan g‘animlaringni tarqatding. 12 Samolar Senikidir, zamin ham Senikidir, Olamu undagi har narsa Senikidir,

Hammasini Sen mustahkam qurgansan.

13 Shimolu janubni ham Sen yaratgansan,

Tovur, Xermon tog‘lari*

Sening noming tufayli shodlikdan kuylaydi.

14 Bilaging naqadar qudratlidir!

Qo‘ling kuchli, o‘ng qo‘ling muzaffardir!

15 Adolat va haqqoniyatdir taxtingning poydevori, Oldingda yuradi sevgi va sadoqat.

16 Baxtlidir sevinch hayqiriqlarini bilgan xalq, Ey Egam, huzuring nurida yurgan xalq baxtlidir! 17 Sening noming tufayli ular kun bo‘yi sevinadi, Sening adolating tufayli ular yuksaladi.

18 Zotan, Sen ularning kuchi, shuhratisan, Qudratimiz yuksalar Sening lutf–karamingdan. 19 Ey Egam, qalqonimizni Sen tanlading,

Ey Isroil xalqining Muqaddas Xudosi, Sen bizga shohimizni berding.


20 Qadimda Sen taqvodorlaringga vahiyda aytdingki:

“Mashhur jangchiga Men kuch berdim, Xalq orasidan yosh yigitni yuksaltirdim. 21 Qulim Dovudni Men topdim, Muqaddas moyimni surtib uni tanladim*. 22 Mening qo‘lim doim uni quvvatlaydi, Bilagim uni kuchli qiladi.

23 G‘anim uni alday olmaydi,

Zolim uni qisa olmaydi.

24 Uning ko‘z o‘ngida dushmanlarini ezib tashlayman, Uni yomon ko‘rganlarni qirib tashlayman.

25 Sadoqatim, sodiq sevgim u bilan bo‘ladi,

Men tufayli uning qudrati yuksaladi.

26 Uning qudratini dengiz uzra barqaror qilaman, Uning hukmronligini daryolar uzra o‘rnataman. 27 U Menga aytadi: «Sen Otamsan!

Xudoyimsan, najotim qoyasi Sensan.»

28 Men uni to‘ng‘ich o‘g‘il qilib olaman*, Yer yuzi shohlarining qudratlisi qilaman.

29 Unga bo‘lgan cheksiz sevgimda to abad sobit

turaman,

U bilan qilgan ahdimni davom ettiraman.

30 Uning naslini to abad mustahkam qilaman, Uning taxti osmon turguncha turadi.

31 Bordi–yu, uning nasli qonunimdan yuz o‘girsa, Mening qoidalarim bo‘yicha ular yurmasalar,

32 Agarda farmonlarimni buzsalar, Mening amrlarimga rioya etmasalar,

33 Ularni itoatsizligi uchun xivich bilan jazolayman,

Gunohi uchun ularni tayoq bilan jazolayman. 34 Dovuddan esa sevgimni darig‘ tutmayman, Sadoqatimga aslo xiyonat etmayman.

35 Men ahdimni buzmayman,

Aytgan so‘zimdan aslo qaytmayman.

36 Muqaddas nomim haqi ilk va so‘ng marta ont

ichdim,

Dovudni Men aslo aldamayman.

37 Uning nasli to abad davom etadi,

Uning taxti qarshimda quyosh kabi turadi.

38 Oyga, samolardagi o‘sha sodiq guvohga o‘xshab, Taxti to abad mahkam turadi.”


39 Endi esa, ey Egam, Sen uni nafrat bilan rad etding,

O‘zing shoh qilib tanlaganingdan g‘oyat g‘azablanding.

40 Men — O‘z quling bilan qilgan ahdingdan qaytding,

Uning tojini Sen tuproqqa qording.

41 Shaharlarining hamma devorlarini qulatding,

Qal’alarini vayronaga aylantirding.

42 Yo‘ldan o‘tayotganlarning hammasi uni taladi, Qo‘shni xalqlarga u masxara bo‘ldi.

43 Shohimizning dushmanlarini g‘olib qilding, Uning hamma g‘animlarini sevintirding.

44 Qilichining damini qaytarding, Jangda unga Sen madad bermading.

45 Uning ulug‘vorligiga Sen chek qo‘yding,

Taxtini yerga uloqtirib yubording.

46 Yoshlik kunlarini qisqartirding, Uni sharmandayu sharmisor qilding.


47 Ey Egam, bu qachongacha davom etadi?

O‘zingni bizdan to abad yashirasanmi? Qachongacha g‘azabing otash kabi yonadi? 48 Esingda tut, hayotim naqadar qisqa,

Ne uchun insonni behuda yaratding?!

49 Qaysi inson o‘limni ko‘rmas ekan?!

Kim o‘liklar diyori* changalidan omon qolar ekan?!

50 Ey Rabbiy, qani oldingi buyuk sevging? Sadoqating ila buni Dovudga va’da bergan eding–ku! 51 Ey Rabbiy, men, quling, qanchalar masxara

bo‘lganimni* yodingda tut.

Hamma xalqlarning haqoratlarini bag‘rimda ko‘tarib

yuribman–ku!

52 Ey Egam, dushmanlaring tanlagan shohingni

masxaralaganini,

Uning har bir qadamini tahqir etganlarini yodda tut!


53 Egamizga to abad olqishlar bo‘lsin!


Omin! Omin!


89–SANO


1 Xudo odami Musoning ibodati.

2 Ey Rabbiy, nasllar osha

Sen panohimiz bo‘lgan eding.

3 Tog‘lar hali paydo bo‘lmasdan oldin, Yeru olamni yaratmasingdan oldin, Abadulabad Sen Xudosan.

4 Sen insonni tuproqqa qaytarasan*,

“Qaytinglar tuproqqa, ey bandalar”, deb aytasan. 5 Ming yil Sening nazaringda bir kundaydir, Qisqa bir tun vaqtidaydir.


6 Sen odamlarni supurib tashlaysan,

Ular go‘yo tushga o‘xshaydi.

Ular tongda ungan yangi maysa kabidir. Tongda maysa yangidan o‘sib chiqsa ham Oqshomda so‘lib, xazon bo‘ladi.


7 Sening g‘azabingdan adoyi tamom bo‘ldik,

Qahringdan biz vahimaga tushdik.

8 Gunohlarimizni Sen oldingga keltirding, Yashirin gunohlarimizni nurlaring yoritib turadi.


9 Kunlarimiz Sening g‘azabing ostida o‘tadi, Yillarimiz bir oh kabi, tez nihoyasiga yetadi. 10 Kunlarimiz yetmish yil ekan,

Agar bardam bo‘lsak, sakson yil ekan.

Eng ajoyib yillar zahmat, jafo bilan kecharkan,

Umrimiz tez o‘tar, o‘zimiz uchib ketarmiz.


11 Sening g‘azabing qudratini kim bila olar?! Qahring, O‘zingga loyiq qo‘rquv kabi buyukdir. 12 Umrimiz kunlarini sanashni bizga o‘rgatgin, Toki biz dono qalbga ega bo‘laylik.


13 Kel, ey Egam! Qachongacha kutamiz?!

O‘z qullaringga shafqat qilgin!

14 Saharda sodiq sevging bilan bizni qondirgin,

Umrimiz bo‘yi qo‘shiq aytib, xursand bo‘laylik.

15 Kulfatlar ko‘rdik ko‘p kunlar,

Bizni qayg‘uga giriftor qilding qancha yillar, O‘sha kunlar evaziga bizni xursand qil.

16 Biz, O‘z qullaringga qudratli ishlaringni ko‘rsatgin, Bizning naslimiz ulug‘vorligingni ko‘rsin.

17 Ey Rabbimiz Xudo, lutf–karaming bizga yor bo‘lsin,

Qilgan ishimiz baroridan kelsin, Ha, ishlarimizga baraka bergin!


90–SANO

1 Xudoyi Taolo panohida yashaydiganlar Qodir Xudo soyasida orom topar.

2 Men Egamga shunday deyman:

“Sen panohimsan, qal’amsan,

Men umid bog‘lagan Xudoyimsan.”


3 Albatta U xalos etar seni ovchining tuzog‘idan, Xalos etar seni qirg‘in keltiruvchi vabodan.

4 Seni U qanotlari ostiga olar,

Uning panohida bexatar bo‘lasan, Sadoqati bilan senga qalqon, devor bo‘lar.

5 Shunda qo‘rqmaysan tunning vahimasidan, Qo‘rqmaysan kunduzi uchgan o‘qdan,

6 Zulmatda bildirmay keladigan vabodan,

Qoq peshinda qirg‘in keltiruvchi o‘latdan.


7 Mingtasi chap yoningda yiqilib qoladi, O‘n mingtasi o‘ng yoningda yiqilib qoladi, Ammo bu kulfatlar senga yaqin kelmaydi. 8 Faqat ko‘zlaringni och, shunda ko‘rasan Fosiqning qanday jazo olganini.


9-10 Agar Egamizni panohing qilsang, Boshingga biron baxtsizlik kelmas. Xudoyi Taoloni qo‘rg‘oning qilsang, Biron falokat chodiringga yo‘lamas.

11 U sen to‘g‘ringda farishtalariga amr beradi, Farishtalar hamma yo‘llaringni qo‘riqlaydi.

12 Oyog‘ing toshga qoqilib ketmasin deya, Farishtalar qo‘llarida seni ko‘tarib boradi.

13 Sher va zaharli ilon* ustidan bosib o‘tasan, Yirtqich sher, ilonni oyog‘ing bilan ezasan.


14 Egamiz shunday deydi:

“U Meni yaxshi ko‘rgani uchun

Men uni qutqaraman. Meni bilgani uchun

Men uni himoya qilaman.

15 U iltijo qilganda Men javob beraman, Og‘ir kunlarida u bilan birga bo‘laman, Uni qutqarib, unga izzat ko‘rsataman.

16 Uzoq umr berib, uni mamnun qilaman,

Unga najot beraman.”


91–SANO

1 Sano. Shabbat kuni aytilgan qo‘shiq.

2 Ey Egam, Senga shukur aytmoq yaxshidir,

Ey Xudoyi Taolo, Senga hamdu sano kuylamoq yaxshidir.

3 E’lon qilmoq yaxshidir subhidamda sodiq

sevgingni,

E’lon qilmoq yaxshidir kechalari sadoqatingni.

4 Yaxshidir aytmoq bularni musiqa chalib

O‘n torli asbobda, lirada, arfa jo‘rligida!

5 Ey Egam, qudratli ishlaringdan men shodman,

Qilgan ishlaringdan xursand bo‘lib kuylayman.


6 Ey Egam, ishlaring naqadar buyukdir!

O‘ylaring juda ham terandir!

7 Aqlsiz kimsa buni bila olmaydi, Ahmoq kimsa buni tushuna olmaydi:

8 Garchi fosiqlar maysa kabi unib chiqsa ham, Badkirdorlar gullab–yashnasa ham,

Ular to abad yo‘q bo‘ladi.

9 Sen–chi, ey Egam, to abad ulug‘vorsan.

10 Ey Egam, dushmanlaring albatta yo‘q bo‘ladi, Ular shubhasiz halok bo‘ladi.

Badkirdorlarning hammasi tarqalib ketadi.

11 Meni yovvoyi buqaday kuchli qilding,

Qudrating bilan menga qaytadan kuch ato etding*. 12 Dushmanlarim mag‘lubiyatin ko‘zlarim ko‘rdi, Badkirdorlar zavolin quloqlarim eshitdi.


13 Solihlar palma daraxtiday gullab–yashnaydi, Lubnondagi sadr daraxtiday* yuksaladi.

14 Ular Egamizning uyiga o‘tqazilgan, Xudoyimizning hovlisida ular yashnaydi. 15 Keksalikda ham hamon hosil beradi, Yam–yashil, navqiron bo‘lib turaveradi.

16 Ular birgalikda shunday deb e’lon qiladi: “Egamiz odildir! U mening suyangan qoyamdir, Unda nohaqlik yo‘qdir.”


92–SANO

1 Egamiz Shohdir, U ulug‘vorlikka burkangan, Ulug‘vorlikka burkanib, qudrat bilan qurollangan. Olamni mustahkam o‘rnatgan, olam aslo tebranmas.


2 Sening taxting qaror topgan azaldan,

Sen O‘zing mavjudsan azaldan.

3 Dengizlar guvullamoqda, ey Egam, Dengizlar hayqirmoqda, ey Egam, Dengizlar to‘lqinlarini ko‘tarmoqda.

4 Yuksakdagi Egamiz dengiz to‘lqinlaridan ham

qudratliroqdir,

Bahaybat suvlarning pishqirishidan ham qudratliroqdir.

5 Sening farmonlaring sobitdir, Uyingga muqaddaslik ziynatdir Abadulabad, ey Egam!


93–SANO

1 Ey Egam, Sen qasoskor Xudosan, Ey qasoskor Xudo, nuringni soch!

2 Qani, bo‘l, ey yer yuzini hukm etguvchi,

Mag‘rurlarning jazosini ber.

3 Qachongacha fosiqlar tantana qilar? Ey Egam, qachongacha?


4 Og‘izlaridan balandparvoz so‘zlar otilib chiqyapti–

ku!

Hamma badkirdorlar maqtanyapti–ku! 5 Ey Egam, ular xalqingni ezyapti, O‘zing tanlagan elatingga zulm qilyapti. 6 Beva, musofirni ular o‘ldiryapti, Yetimlarni yo‘q qilyapti.

7 Ular aytyapti: “Egamiz ko‘rmas, Yoqubning Xudosi e’tibor bermas.”


8 Tushunib oling, ey xalq orasidagi tentaklar. Qachon sizlarga aql kirar, ey ahmoqlar?!

9 Quloqni yaratgan eshitmaydimi?!

Ko‘zni ato etgan ko‘rmaydimi?!

10 Xalqlarga tanbeh beruvchi jazolamaydimi?!

Uning O‘zi insonga o‘rgatadi–ku!

11 Egamiz insonning niyatini anglaydi, Niyatlarimiz behudaligini biladi.


12 Ey Egam, baxtlidir Sening tanbehingni olganlar, Baxtlidir Sening qonuningdan o‘rganuvchilar.

13 Yomon kunlardan ularni Sen omon saqlaysan.

Fosiq uchun chuqur qazilguncha ular omon

bo‘ladilar.

14 Ey Egam, O‘z xalqingni tark etmaysan, O‘zing tanlagan elatingni tashlab qo‘ymaysan. 15 Hukmning asosi yana adolat bo‘ladi,

Jamiki pokdillar adolatni qo‘llab–quvatlaydi.


16 Fosiqlardan kim meni himoya qiladi? Badkirdorlarga qarshi kim men tomon bo‘ladi? 17 Ey Egam, agarda Sen menga yordam

bermaganingda,

Mening jonim tezda o‘lim sukunatiga cho‘kardi.

18 “Oyoqlarim qoqiladi”, deb o‘ylaganimda, Ey Egam, sodiq sevging meni qo‘lladi.

19 Ichim xavotirga to‘lib ketganda,

Sen bergan tasalli menga quvonch keltirdi.


20 Zolim hukmdorlar Xudoga sherik bo‘larmi?! Axir, ular farmonlari bilan kulfat keltiradi–ku! 21 Ular solihlarga qarshi birlashadi, Gunohsizlarni o‘limga mahkum etadi.

22 Ammo Egam mening qal’amdir,

Mening panoh qoyam Xudodir.

23 Fosiqligi uchun Egamiz ularni qirib tashlaydi, Gunohlari uchun jazosini beradi.

Ha, Egamiz Xudo ularni ildizidan quritadi.


94–SANO

1 Kelinglar, sevinch ila Egamizni kuylaylik, Najotimiz Qoyasiga shodlik ila hayqiraylik. 2 Shukrona aytib, Uning huzuriga boraylik,

Unga qo‘shiqlar aytib, shodlikdan hayqiraylik.

3 Zotan, Egamiz ulug‘ Xudodir,

Jamiki xudolar ustidan ulug‘ Shohdir.

4 Zaminning eng chuqur joylari Uning qo‘lidadir, Tog‘larning cho‘qqilari ham Unikidir.

5 Unikidir O‘zi yaratgan dengiz ham, Qo‘li barpo qilgan quruq yer ham.

6 Kelinglar, ta’zim qilib, sajda etaylik, Yaratgan Egamiz oldida tiz cho‘kaylik.

7 U Xudoyimizdir, biz Uning yaylovidagi xalqmiz,

Biz Uning qo‘l ostidagi qo‘ylarmiz.


Egamiz shunday deydi:

“Qaniydi, bugun Mening ovozimga quloq solsangiz!

8 Otalaringiz kabi tosh yurak bo‘lmanglar.

Marivada, sahrodagi Massaxda* ular qilgan ishni qilmanglar.

9 Otalaringiz Mening ishlarimni ko‘rsa ham, U yerda Meni sinab ko‘rdilar.

10 Qirq yil u nasldan nafratlanib*,

Shunday dedim: «Bu xalq Mendan yuz o‘giradi, Amrlarimga bo‘ysunishdan bosh tortadi.»

11 Shu bois g‘azablanib, ont ichdim:

«Ular farog‘at diyorimga kirmaydi», dedim*.”


95–SANO

1 Ey olam, Egamizni tarannum eting!

Egamizga yangi bir qo‘shiq ayting.

2 Egamizni tarannum eting,

Unga olqishlar bo‘lsin,

Uning bergan najotidan har kuni so‘ylang.

3 E’lon qiling elatlar orasida Uning shuhratini,

Jamiki xalqlar orasida Uning ajoyibotlarini. 4 Egamiz buyukdir, ko‘p maqtovga loyiqdir, Jamiki xudolardan U izzatlidir.

5 Zotan, xalqlarning hamma xudolari butlardir, Egamiz esa samolarni yaratgandir.

6 Shuhratu ulug‘vorlik Uning huzuridadir, Qudratu go‘zallik Uning muqaddas maskanidadir.


7 Egamizga hamdlar ayting, ey zamin xalqlari! Egamizning qudratiyu shuhratiga hamdlar o‘qing! 8 Egamizning sharafiga sanolar ayting!

Nazrlar keltirib, Uning hovlisiga kiring!

9 Muqaddas ulug‘vorlikka burkangan Egamizga sajda

qiling!*

Ey zamin ahli, Uning oldida titrab turing!

10 Elatlar orasida aytingki: “Egamiz Shohdir!

Olam mustahkam o‘rnashgan, hech qachon

tebranmaydi,

U xalqlarni haqqoniy hukm qilar.”

11 Samolar shod bo‘lsin, zamin quvonsin,

Dengizu undagi hamma jonzot guvullasin.

12 Dalalaru undagi har narsa sevinch ila jo‘shsin,

O‘rmondagi hamma daraxt shodlikdan qo‘shiq

aytsin.

13 Egamiz oldida ular qo‘shiq aytar, ana, U kelayotir,

Zaminni boshqarmoq uchun U kelayotir, Olamni adolat ila U boshqarar,

Xalqlarni O‘z haqiqati ila boshqarar.


96–SANO

1 Egamiz Shohdir, zamin quvonsin,

Dengiz ortidagi hamma yurtlar shod bo‘lsin.

2 Bulutlar, zimziyo zulmat Uning atrofini o‘ragan, Adolatu haqiqat Uning taxtiga poydevor bo‘lgan. 3 Egamiz olovini O‘zidan oldin yuboradi,

Olovi har tarafdagi dushmanlarni yutadi.

4 Chaqmoqlari olamni yoritadi,

Zamin buni ko‘rib titraydi.

5 Butun olamning Rabbiysi oldida,

Egamiz oldida tog‘lar mumday eriydi.


6 Samolar e’lon qiladi Uning adolatini, Jamiki xalqlar ko‘radi Uning ulug‘vorligini. 7 Butlarga sajda qiluvchilar,

Behuda sanamlari ila maqtanuvchilar

Sharmanda bo‘ladi.

Barcha xudolar Egamizga ta’zim qiladi.


8 Ey Egam! Sening adolatingdan Yahudo shaharlari shod bo‘ladi, Quddus* eshitib, quvonadi.

9 Ey Egam, yer yuzidagi buyuk hukmdor Sensan, Hamma xudolardan Sen yuksalgansan.


10 Ey Egamizni sevganlar! Yomonlikdan nafratlaning.

U taqvodorlarining jonlarini O‘zi asraydi, Fosiqlarning qo‘lidan ularni xalos etadi. 11 Solihlarga nur sochilgay,

Yuragi poklar uzra shodlik yoyilgay.

12 Ey solihlar, Egamiz tufayli shodlaning, Uning muqaddas nomini olqishlang!

97–SANO

Sano.

1 Yangi bir qo‘shiq ayting Egamizga!

Axir, U ajoyib ishlar qildi.

O‘zining o‘ng qo‘li, muqaddas bilagi bilan zafar

qozondi.

2 Egamiz zafarining dong‘ini taratdi,

Xalqlarga najotini namoyon qildi.

3 Isroil xalqiga bo‘lgan sevgisiyu sadoqatini yodida

tutdi.

Yerning to‘rt tomoni Xudoyimiz bergan najotni ko‘rdi.


4 Ey zamin ahli, Egamizni olqishlab, xitob qiling, Sevinchli kuy–qo‘shiqlar ila Unga xitob qiling.

5 Lira chalib, Egamizga hamdu sano kuylang, Lira chalib, qo‘shiqlar ayting.

6 Karnayu burg‘ularni chaling,

Shohni — Egamizni olqishlab, xitob qiling.


7 Jo‘sh ursin dengizu undagi hamma jonzot,

Jo‘sh ursin olamu unda yashovchi hamma maxluqot.

8 Egamiz oldida daryolar qarsak chalsin,

Qirlar birga shodlanib qo‘shiq aytsin.

9 Zotan, Egamiz yerda hukm etgani kelmoqda,

U olamni to‘g‘ri hukm etadi,

Adolat ila xalqlarni hukm qiladi.


98–SANO

1 Egamiz Shohdir, xalqlar titrasin! Karublar orasida taxt qurgan U! Zamin larzaga kelsin!

2 Egamiz Quddusda* ulug‘dir, Jamiki xalqlar uzra yuksakdadir. 3 Uning nomi ulug‘, haybatlidir! Hamma Uni madh qilsin,

Zero, muqaddasdir U!


4 Shoh qudratlidir, adolatparvardir,

U odillikni o‘rnatgan!

Yoqub nasli orasida

Adolatli va to‘g‘ri hukm chiqargan!

5 Egamiz Xudoni ulug‘langlar!

Uning poyiga sajda qilinglar.

Zero, muqaddasdir U!


6 Muso va Horun Uning ruhoniylaridan edi, Shomuil ham Egamizga iltijo qilganlardan biri edi. Ular Egamizga iltijo qildi, U javob berdi.

7 Ustun shaklidagi bulut ichra ular bilan gaplashdi, Ular Egamizning farmonlariga

Hamda U bergan qonunlariga rioya qilardi.


8 Ularga javob berding, ey Egamiz Xudo!

Sen ularni kechiruvchi Xudo bo‘lding,

Ularni jazolading yomon yo‘ldan ketganlarida.


9 Ulug‘langlar Egamiz Xudoni!

Sajda qiling Unga muqaddas tog‘ida*. Zero, muqaddasdir Egamiz Xudo!


99–SANO

Shukronalik sanosi.

1 Ey zamin ahli, Egamizga shodlik ila hayqiring, 2 Xursand bo‘lib Egamizga sajda qiling, Shodlanib, qo‘shiq aytib, Uning huzuriga keling.


3 Bilingki, Egamiz Xudodir,

Bizni yaratgan Udir, biz Unikimiz.

Biz Uning xalqimiz, yaylovidagi qo‘ylarimiz.


4 Shukrona aytib, darvozalaridan kiring, Hamdu sano aytib, hovlilariga kiring.

Shukrona aytib, Uning nomini olqishlang!


5 Egamiz yaxshidir,

Uning sodiq sevgisi abadiy davom etadi,

Sadoqati esa barcha nasllarga o‘tadi.


100–SANO

Dovud sanosi.

1 Sadoqatingni, adolatingni kuylayman, Seni, ey Egam, tarannum etaman.

2 Benuqson hayot kechirishni o‘rganaman,

Qachon bunga erishaman?


Pok yurak ila o‘z uyimda umr kechiraman.

3 Hech qanday yovuzlikka yo‘l qo‘ymayman. Qing‘ir ishlardan nafratlanaman,

Men ularga hech qo‘shilmayman. 4 Ters ishlarni rad qilaman, Yomonlik mendan uzoq bo‘ladi.

5 Do‘sti ortidan g‘iybat qiladiganni yo‘q qilaman, Takabburlik bilan qaraydigan ko‘zlarga,

Mag‘rur yurakka aslo toqat qilmayman.


6 Yonimda istiqomat qilsinlar deya,

Yurtimning sodiq odamlariga xayrixoh bo‘laman. To‘g‘ri yo‘ldan yuradigan inson

Menga xizmat qiladi.

7 Hiylagarlar mening saroyimda qolmaydi,

Yolg‘onchilar qarshimda turmaydi.

8 Har saharda yurtdagi fosiqlarni qiraman,

Ey Egam, Sening shahringdan badkirdorlarni yo‘q

qilaman.


101–SANO

1 Dard–alamga botganda, arzini Egamiz oldiga

to‘kkan g‘aribning ibodati.

2 Eshitgin ibodatimni, ey Egam, Yetib borsin Senga ohu nolam.

3 Kulfatda qolganimda mendan yuz o‘girma,

Menga quloq tutgin.

Chaqirganimda menga tez javob bergin.

4 Umrim tutunday o‘tib ketdi, Isitmadan butun tanam yonib ketyapti. 5 Yuragim qurigan o‘tday xazon bo‘ldi, Biror narsa yeyishga istak yo‘qoldi.

6 Faryod qilib oh–nola chekaman, Shu bois etim suyagimga yopishgan. 7 Dashtdagi qushga o‘xshayman, Vayronadagi boyo‘g‘li kabidirman.

8 Bedor bo‘lib yotaman,

Tomda yolg‘iz qolgan qushga o‘xshayman. 9 G‘animlarim doimo meni haqorat qiladi, Meni masxaralovchilar

Ismimni la’nat o‘qish uchun ishlatadi.

10 Kulni non kabi yemoqdaman,

Ichimligimga ko‘z yoshlarimni qo‘shmoqdaman.

11 Sening qahru g‘azabing tufayli shunday qilyapman, Axir, meni ko‘tarib, bir yonga uloqtirding.

12 Oqshomgi ko‘lankaga o‘xshaydi umrim, Qurigan maysaday bo‘lib qoldim.

13 Sen esa, ey Egam, to abad o‘tirasan taxtingda,

Nasllar osha Sening noming davom etar!

14 Qo‘zg‘alib, shafqat ko‘rsatasan Quddusga*, Unga marhamat ko‘rsatish vaqti keldi, Belgilangan vaqti–soati yetib keldi.

15 Uning toshlari ham Sening qullaring uchun qimmatbahodir,

Quddusning hatto tuprog‘iga ham mehribonlik qilamiz.


16 Xalqlar Egamizdan qo‘rqadi,

Uning shuhratidan yer yuzi shohlari titraydi. 17 Zero, Egamiz Quddusni barpo qiladi, O‘zining shuhrati ila zohir bo‘ladi.

18 Yo‘qsillarning ibodatiga U e’tibor beradi,

Ularning iltijolarini rad etmaydi.


19 Hali tug‘ilmagan xalq ham Egamizga hamdu sano

aytsin,

Kelajak nasl uchun bu yozib qo‘yilsin:

20-21 Asirlarning nolasiga quloq solay deb,

Egamiz yuksakdagi muqaddas makonidan qaradi.

O‘limga mahkum bo‘lganlarni qutqaray deb,

U osmondan zaminga nazar tashladi.

22 Shu bois Egamizning dong‘i Quddusda e’lon

qilinsin,

Unga Sionda hamdu sano aytilsin. 23 Egamizga birga sajda qilgani Xalqlaru shohliklar yig‘iladi.


24 Hali yosh paytimda Egam meni zaif qildi,

Kunlarimni Uning O‘zi qisqartirdi.

25 Unga faryod qildim: “Ey Xudoyim, Yosh umrimni xazon qilmagin,

Barcha nasllar osha Sen doimo borsan.

26 Azalda zaminning poydevorini* Sen qo‘ygansan, Samolarni O‘z qo‘llaring ila yaratgansan.

27 Ular yo‘q bo‘lib ketar, Sen turaverasan,

Yeru osmon kiyim kabi eskirib ketadi,

To‘zib ketgan kiyimday ularni almashtirasan, Hammasini tashlab yuborasan.

28 Sen esa hech o‘zgarmassan,

Sen to abad yashaysan.

29 Qullaringning farzandlari xavfsiz yashar,

Ularning nasli Sening huzuringda barqaror bo‘lar.”

102–SANO

Dovud sanosi.

1 Egamizni olqishlagin, ey jonim,

Uning muqaddas nomini olqishla, ey vujudim!

2 Egamizni olqishlagin, ey jonim,

Uning qilgan hamma yaxshiliklarini unutmagin!

3 Hamma gunohlarimni U kechiradi, Barcha xastaliklarimga U shifo beradi. 4 Meni qabrdan U qutqaradi,

Sevgi, shafqat ila menga toj kiygizadi.

5 Hayotimni* ne’mat ila U qondiradi,

Yoshligim burgutning kuchiday yangilanadi.


6 Egamiz to‘g‘ri ish qiladi,

Mazlumlarga adolat qiladi.

7 O‘z yo‘llarini U Musoga ma’lum qilgan, Ishlarini Isroil xalqiga namoyon etgan. 8 Egamiz rahmdil, inoyatlidir,

Jahli tez chiqmaydi, sodiq sevgisi mo‘ldir.

9 U doimo bizni ayblamaydi,

Yoki to abad g‘azabini sochmaydi.

10 Bizni U gunohlarimizga qarab jazolamas, Yomonliklarimizga qarab qaytarmas.

11 Samolar zamindan naqadar balanddir! Egamizning sodiq sevgisi ham

Undan qo‘rqqanlarga shunday yuksakdir!

12 Sharq g‘arbdan qanchalik uzoq bo‘lsa, Gunohlarimizni bizdan shu qadar uzoq qiladi. 13 Ota bolalariga shafqat qilganday,

Egamiz O‘zidan qo‘rqqanlarga rahm qiladi.

14 Biz qanday yasalganimizni U biladi, Biz tuproq ekanimizni* U yodida tutadi.


15 Insonmiz, maysaga o‘xshar umrimiz, Dasht guliga o‘xshab gullaymiz.

16 Shamol esar, maysa yo‘q bo‘lar, Uni o‘z joyi eslamay qo‘yar.

17 Ammo Egamizning sodiq sevgisi Abadulabad Undan qo‘rqqanlar bilan birgadir! Uning sodiqligi esa ularning nasliga o‘tadi.

18 Ha, Egamiz sodiq qoladi Uning ahdiga rioya qilganlarga,

Uning amrlariga sadoqat ila itoat etganlarga.

19 Egamiz taxtini o‘rnatgandir samoda,

Uning shohligi hukmrondir hamma yerda.

20 Egamizni olqishlang, ey Uning farishtalari, Uning amrini ijro qiluvchi bahodirlar,

Uning so‘zlariga itoat etuvchilar!

21 Ey Egamizning samoviy lashkarlari! Uning irodasini ijro etuvchi xizmatkorlari! Egamizni olqishlang!

22 Ey Egamiz yaratganlarning hammasi!

U hukmron bo‘lgan har bir joyda Uni olqishlanglar!

Ey jonim! Egamizni olqishla!


103–SANO

1 Egamni olqishla, ey jonim.


Ey Egam Xudo! Sen naqadar buyuksan,

Shuhratu ulug‘vorlikka burkangansan.

2 Yopinchiqqa o‘ralganday nurga chulg‘angansan,

Samolarni bir chodir kabi yoygansan.

3 Osmondagi suvlar* uzra dargohingni qurgansan, Bulutlarni jang aravasi qilasan,

Shamol qanotlarini minib ketasan.

4 Shamollarni O‘zingga xabarchilar qilasan,

Lovullagan olovni xizmatkorlaring etasan.


5 Hech qachon tebranmasin deya,

Sen zaminning poydevorini* qo‘ygansan,

6 Zaminni libosga o‘raganday, Tubsiz suvlar ila o‘ragan eding,

Hatto tog‘lar cho‘qqisini suvlar ko‘mgan. 7 Sening tahdidlaringdan suvlar chekinar, Sen gumburlatgan sadodan ular qochar.

8 Suvlar tog‘lar ustidan, vodiy bo‘ylab oqar

Sen ular uchun tayin etgan joyga.

9 Bu suvlar toshmasin deb,

Yana yer yuzini qayta qoplamasin deb,

Sen chegara qo‘ygansan!


10 Buloqlarni toshirding Sen soyliklardan,

Buloqlar oqib kelar tog‘lar orasidan.

11 Jamiki yovvoyi hayvonlarni buloqlar sug‘oradi,

Yovvoyi eshaklar tashnaligini qondiradi. 12 Oqar suvlar bo‘yida qushlar in quradi, Shoxlar orasidan ular sayraydi.

13 Tog‘larni sug‘orasan yuqoridagi dargohingdan. Zamin to‘la Sen o‘stirgan meva bilan.


14 Chorva uchun Sen o‘t–o‘lan o‘stirasan, Inson foydalansin deb, ekinlar o‘stirgansan, Yeguligini tuproqdan olsin, deysan.

15 Sen berasan inson ko‘nglini chog‘ qiluvchi

sharobni,

Yuzga jilo beruvchi zaytun moyini, Inson hayotiga quvvat beruvchi nonni. 16 Ey Egam, Sening daraxtlaring,

Ha, O‘zing Lubnonda ekkan sadr daraxtlaring* Suvga yaxshi qonadi.

17 Qushlar daraxtlarda uya quradi, Sarv daraxtida laylak uy qiladi.

18 Tog‘ echkisi baland tog‘larda yashar, Bo‘rsiqlar esa qoyalarda uya qurar.

19 Vaqtni belgilasin deb, oyni yaratding, Quyosh ham biladi qachon botishin.

20 Qorong‘ilik cho‘ktirganingda, tun bo‘lar, O‘rmondagi bor hayvon kezgani chiqar.

21 Sherlar o‘lja axtarib bo‘kirar,

O‘z rizq–ro‘zini, ey Xudo, Sendan izlar. 22 Quyosh chiqar, ular ortga qaytarlar, O‘zlarining inlarida yotarlar.

23 Odamlar o‘z ishlariga chiqarlar,

Oqshomgacha yumushlari ila band bo‘larlar.


24 Ey Egam, ishlaring g‘oyat turli–tumandir! Hammasini donolik ila yaratgansan,

Zamin Sen yaratganlaring ila to‘ladir. 25 Mana, buyuk, bepoyon dengiz, Son–sanoqsiz yaratilganlar bilan to‘la, Katta–kichik jonivorlar bor.

26 Kemalar dengizlarda qatnaydi.

Suvlarda o‘ynasin deya,

O‘sha maxluq Levitanni* yaratgansan.


27 Ey Egam! O‘z vaqtida rizqimizni bersin deya, Ularning hammasi Senga ko‘z tikadi.

28 Ularga rizqini berganingda, yig‘ib oladi, Qo‘llaringni ochganingda, ular yeb to‘yadi.

29 Yuzingni yashirganingda esa ular vahimaga tushadi,

Jonlarini olganingda, o‘lib, tuproqqa qaytadi.

30 Ruhingni* yuborganingda ular yaratiladi, Yer yuziga yangidan hayot berasan.


31 Egamizning shuhrati to abad davom etsin, Egamiz O‘z yaratganlaridan xursand bo‘lsin. 32 Yerga U boqqanda, yer titrar,

Tog‘larga tekkanda, tog‘lar tutun chiqarar.

33 Hayot ekanman, Egamni tarannum etaman,

Bor ekanman, Xudoyimga hamdu sano kuylayman.

34 U haqidagi o‘ylarim xush kelsin Unga, Zotan, sevinaman men Egam tufayli.

35 Yer yuzidan yo‘q bo‘lsin gunohkorlar, Bo‘lmasin boshqa endi fosiqlar.


Egamni olqishla, ey jonim!

Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


104–SANO

1 Egamizga shukur ayting, Unga sajda qiling, Boshqa xalqlar orasida Uning ishlarini bildiring.

2 Tarannum qilib Uni, hamdu sano ila qo‘shiq ayting, Uning jamiki ajoyib ishlarini so‘zlab bering.

3 Egamizning muqaddas nomi ila faxrlaning, Egamizga yuz burganlarning qalbi shodlikka to‘lsin. 4 Qudratli Egamizga yuz buring!

Uning huzurida bo‘lishga intiling.

5-6 Ey sizlar, Egamizning quli Ibrohim nasli,

Ey Yoqub o‘g‘illari — Egamizning tanlaganlari, Egamiz qilgan ajoyibotlarini esda tuting,

Uning mo‘jizalarini, chiqargan hukmlarini unutmang.


7 U Egamiz Xudodir,

U butun yer yuzini adolatli hukm qiladi.

8 O‘z ahdini U to abad yoddan chiqarmas, Minglab nasllarga bergan va’dasini unutmas. 9 Rioya qilar U Ibrohim bilan qilgan ahdiga, Is’hoqqa qasam ichib bergan va’dasiga.

10 Yoqub uchun bu ahdni bir qonun qildi, Ha, Isroil uchun abadiy bir ahd qildi.

11 Aytdiki*: “Kan’on yurtini senga beraman, Uni o‘zingga abadiy mulk qilib olasan.”


12 O‘sha vaqtda ularning soni kam edi,

Ha, juda kamchilik edilar. Ular bu yurtga kelgindi edi.

13 Kezardi bir xalq orasidan boshqasiga, Bir shohlikdan boshqa yurtga.

14 Egamiz hech kimga ularni ezishlariga yo‘l qo‘ymadi,

Ularni deb shohlarga tanbeh berdi.

15 Aytdiki: “Men tanlaganlarga tegmanglar, Payg‘ambarlarimga* zarar keltirmanglar.”


16 Kan’on yurti ustiga Egamiz ocharchilik yubordi,

Bitta qoldirmay yeguliklarga qirg‘in keltirdi.

17 Ulardan oldin odam yubordi, Ha, Yusuf* qul kabi sotildi.

18 Uning oyoqlariga zanjir urildi,

Bo‘ynidan temir halqa o‘tkazildi.

19 Yusufning so‘zlari bajo bo‘ladigan vaqt kelguncha,

Egamizning kalomi Yusufni sinadi.

20 Misr shohi odam yuborib, Yusufni qutqardi, Ellarning hukmdori uni ozod qildi.

21 Yusufni shoh saroyining boshqaruvchisi qilib tayin etdi,

Jamiki mulkining hokimi qildi.

22 Xohlasa saroydagi a’yonlarimni zanjirband qilsin*, Maslahatchilarimga donolik ila o‘git bersin deb,

shunday qildi.


23 So‘ngra Isroil Misrga keldi,

Ha, Yoqub nasli Xom yurtida* musofir bo‘ldi. 24 Uning xalqini Egamiz barakali qildi, Dushmanlariga qaraganda, ko‘paytirdi.

25 Egamiz Misr xalqining yuraklarini o‘zgartirdi,

Ular Egamiz xalqidan nafratlandi,

Egamizning qullariga qarshi ular fitna uyushtirdi.


26 So‘ngra Egamiz quli Musoni yubordi, Tanlab olgan Horunni birga jo‘natdi.

27 Misrliklar orasida, o‘sha Xom yurtida

Ikkalasi Egamizning mo‘jizalarini, ajoyibotlarini ko‘rsatdi*.

28 Egamiz zulmat yubordi, Misrni zulmatga burkadi,

Axir, Misrliklar Egamizning amrlariga itoatsizlik qildi*.

29 Misrning suvlarini Egamiz qonga aylantirdi, Jamiki baliqlarini nobud qilib tashladi.

30 Misr yurti to‘lib ketdi qurbaqalarga,

Yetib bordi hatto hukmdorlarning uyiga.

31 Egamiz amr berganda, so‘nalar galasi keldi, Misr bo‘ylab burgalar qaynab ketdi.

32 Yomg‘ir o‘rniga ularga Egamiz do‘l yog‘dirdi, Butun Misr bo‘ylab chaqmoq chaqtirdi.

33 Uzumzoru anjirzorlarini quritdi,

Misrdagi daraxtlarni qo‘porib tashladi.

34 Egamiz amr berganda, chigirtkalar* keldi, Son–sanoqsiz mayda chigirtkalar chiqib keldi. 35 Ular Misrdagi butun o‘t–o‘lanni yeb yubordi, Misr o‘lkasidagi hosilni yeb bitirdi.

36 Misrdagi jamiki to‘ng‘ich o‘g‘illarni Egamiz nobud

qildi,

Ha, ularning faxri, qut–baraka timsolini yo‘q qildi.


37 So‘ng Egamiz O‘z xalqini

Oltinu kumushga boyitib* olib chiqdi.

Isroil qabilalarining orasida qoqilib qolgani bo‘lmadi. 38 Misrliklar Isroildan qo‘rqib, vahimaga tushgandi, Ular ketgach, Misr xalqi sevindi.

39 Xalqi ustida yopinchiq bo‘lsin deb,

Egamiz bulutni yoydi,

Kechasi yorug‘lik bo‘lsin deb, alanga berdi*.

40 Isroil go‘sht so‘raganda Egamiz bedanalar berdi, Osmondan non yog‘dirib, ularni to‘yg‘azdi*.

41 Egamiz qoyani ochdi, suv otilib chiqdi*,

Sahro bo‘ylab daryoday suv oqdi.

42 Egamiz O‘zining muqaddas va’dasini,

O‘z quli Ibrohimga bergan va’dasini yodda tutdi.

43 Shu bois xalqini olib chiqdi sevinch ila,

O‘z tanlaganlarini shodlik hayqiriqlari ila.

44 Begona xalqlarning yurtlarini ularga berdi, O‘sha xalqlarning boyligini Isroil mulk qilib oldi. 45 “Isroil xalqi Mening farmonimga rioya qilsin, Mening qonunlarimga itoat etsin”, deya

Egamiz mana shularning hammasini qildi.


Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


105–SANO

1 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


Egamizga shukrona ayting, U yaxshidir! Uning sodiq sevgisi abadiydir.

2 Egamizning qudratli ishlarini kim batafsil ayta oladi?!

Kim Unga mukammal hamdu sano ayta oladi?!

3 Baxtlidir adolat ila ish tutganlar,

Har doim to‘g‘ri ish qilganlar.


4 Ey Egam, xalqingga muruvvat ko‘rsatganingda meni

eslagin,

Ularga najot berganingda, menga ham yordam bergin,

5 Toki tanlagan xalqingning iqbolini ko‘rayin, Xalqingning shodligini ko‘rib, men ham quvonayin, Ular bilan birga faxrlanib yurayin.


6 Ey Isroil xalqi, ota–bobolarimiz kabi, biz gunoh qildik,

Egri yo‘ldan yurdik, yomonlik qildik.

7 Ota–bobolarimiz Misrda bo‘lganlarida, Egamizning ajoyib ishlariga e’tibor qilmadilar, Uning mo‘l sodiq sevgisini eslamadilar,

Qizil dengizda* isyon qildilar.

8 Qudratli kuchini bildirish uchun,

O‘z nomi haqi,

Egamiz ularni qutqardi.

9 U Qizil dengizga do‘q urdi, dengiz quridi.

Qup–quruq yerdan yetaklaganday, Isroil xalqini dengiz tubidan o‘tkazdi*. 10 Egamiz ularni yov qo‘lidan qutqardi, G‘anim qo‘lidan ularni ozod qildi.

11 Suvlar qaytib, g‘animlarni bosib qoldi,

Dushmanlarning birontasi qutula olmadi.

12 Shunda Isroil xalqi Egamizning so‘ziga ishondi,

Unga hamdu sanolar kuyladi.


13 Ular tez orada Egamizning ishlarini unutdi, Egamizdan bemaslahat ish qildilar.

14 Sahroda ular nafsi buzuqlik qildi, Dashtu biyobonda ular Xudoni sinadi*. 15 Egamiz ularga so‘raganini berdi–yu, Ularga halokatli xastalikni ham yubordi.


16 Qarorgohdagi xalq Musoga,

Egamizga bag‘ishlangan Horunga hasad qildi*.

17 Yer yorilib, Datanni yutib yubordi, Aburam bilan sheriklarini yamlab yubordi. 18 Sheriklari ustiga olov tushdi,

O‘sha fosiqlarni alanga yondirdi.

19 Sinay tog‘ida* ular buzoq yasadilar,

O‘sha oltin butga sajda qildilar*.

20 Ular Xudoning ulug‘vorligini

O‘t yeydigan buqa tasviriga alishdilar. 21 Misrda buyuk ishlar qilgan Najotkori Xudoni unutdilar.

22 Xom yurtida* Egamiz ajoyibotlar ko‘rsatgandi, Qizil dengizda qo‘rqinchli ishlar qilgandi.

Ana shularni Isroil xalqi unutdi.

23 Shu bois Egamiz, ularni qiraman, dedi.

Ammo Muso, Egamizning tanlagani o‘rtaga tushib, Egamizdan iltijo qilib,

Uni qahru g‘azabidan qaytardi.


24 So‘ngra ular maftunkor yurtni xor qildilar, Egamizning va’dasiga ishonmadilar*.

25 O‘z chodirlarida ming‘irlab nolidilar,

Egamizga itoat etmadilar.

26 Egamiz qo‘lini ko‘tarib, ont ichdi: “Sizlarni sahroda yakson qilaman.

27 Naslingizni xalqlar orasiga tarqataman,

Boshqa yurtlarga ularni sochib yuboraman.”


28 So‘ngra bizning ota–bobolarimiz

Piyor tog‘idagi Baalga sajda qilishga qo‘shildilar*, O‘liklarga* keltirilgan qurbonlikdan yedilar.

29 Ular qilmishlari bilan Egamizni g‘azablantirdilar, Ular o‘latga giriftor bo‘ldilar. 30 Finxaz qo‘zg‘alib, aralashdi, Shunda o‘lat ham to‘xtadi.

31 Shu bois Finxaz solihlik timsoli bo‘ldi,

Bu nasllardan nasllarga to abad davom etadi.


32 Mariva suvlari bo‘yida* ular Egamizning qahrini keltirdilar,

Ularning dastidan Musoning boshiga qayg‘ular keldi.

33 Ular Musoning g‘azabini qo‘zg‘atdi, Muso ham o‘ylamay gapirdi.


34 Egamiz, xalqlarni qiringlar, deb amr bergandi, Ular Egamizning amrini bajarmadi.

35 Begona xalqlar bilan ular aralashib,

Ularning odatlarini o‘rgandilar.

36 Ular begona xalqlarning butlariga sajda qildilar,

O‘sha butlar Egamizning xalqiga tuzoq bo‘ldi.

37 Ular o‘zlarining o‘g‘il–qizlarini Jinlarga qurbon qildilar.

38 Ha, o‘zlarining o‘g‘il–qizlarini Kan’on butlariga qurbon qilib, Begunoh qon to‘kdilar.

Ularning qoni yurtni harom qildi.

39 Ishlari bilan o‘zlarini bulg‘adilar,

Qilmishlari bilan Egamizga bevafolik qildilar.


40 Shunda Egamiz O‘z xalqidan g‘azablandi,

Ulardan jirkandi.

41 Ularni yot xalqlarning qo‘liga berdi, G‘animlari ular ustidan hukmron bo‘ldi. 42 Dushmanlari ularni siquvga oldi, Kuch bilan ularni bo‘yin egdirdi.

43 Ko‘p marta Egamiz ularni qutqardi, Ular esa ataylab isyon qilgan edi, Gunohlari tufayli past ketdilar.

44 Shunda ham Egamiz O‘z xalqining nolalarini

eshitib,

Ularning kulfatlariga e’tibor berdi.

45 Ular haqi O‘z ahdini yodida tutdi,

Mo‘l sodiq sevgisi bilan ularga shafqat ko‘rsatdi.

46 Ularni asir olganlarni

Shafqatli bo‘lishga undadi.


47 Ey Egamiz Xudo, bizlarni qutqar,

Xalqlar orasidan bizni to‘plab ol,

O‘zing muqaddassan, Senga shukur aytaylik,

Madhga loyiq ishlaring bilan faxrlanaylik.


48 Isroil xalqining Xudosi — Egamizga

To abad olqishlar bo‘lsin,

Jamiki xalqlar: “Omin”, deb aytsin.


Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


106–SANO

1 Egamizga shukrona ayting, U yaxshidir, Uning sodiq sevgisi abadiydir.

2 Shunday desin Egamizdan najot topganlar, U kulfatdan qutqargan odamlar.

3 Axir, Egamiz ularni sharqu g‘arbdan,

Shimolu janubdan* to‘plagan,

Ko‘p yurtlardan ularni yig‘ib kelgan.

4 Ba’zilari cho‘lu biyobonda tentirab yurdilar, Yashash uchun biron shaharga yo‘l topmadilar. 5 Och, tashna holda qoldilar,

Sal bo‘lmasa o‘layozdilar.

6 Kulfatda qolganlarida Egamizga nola qildilar, Egamiz ularni azob–uqubatlardan qutqardi.

7 Ular yashaydigan shaharga borgunga qadar,

Egamiz ularni to‘g‘ri yo‘ldan yetakladi.

8 Sodiq sevgisi uchun ular Egamizga shukrona aytsin!

Egamizning insoniyatga ko‘rsatgan ajoyib ishlari

uchun shukur qilsin!

9 Zotan, U qondirar tashna bo‘lganlarni, To‘ydirar ne’matlar bilan ochlarni.


10 Ba’zilari zimziyo zulmatda o‘tirardilar, Asir bo‘lib, kishanda azob chekardilar.

11 Ular Xudoning so‘zlariga qarshi isyon qilgandilar, Xudoyi Taoloning yo‘l–yo‘riqlarini mensimadilar.

12 Shu bois Xudo ularni og‘ir ishlarga majbur etdi,

Ular yiqilganda, yordam berishga biron kimsa

bo‘lmadi.

13 Kulfatda qolganlarida Egamizga nola qildilar, Egamiz ularni azob–uqubatlardan qutqardi.

14 Ularni zimziyo zulmatdan olib chiqdi, Ularning kishanlarini parcha–parcha qildi.

15 Sodiq sevgisi uchun ular Egamizga shukrona aytsin!

Egamizning insoniyatga ko‘rsatgan ajoyib ishlari

uchun shukur qilsin!

16 Zotan, U bronza darvozalarni sindirar,

Temir tambalarni ikkiga bo‘lib tashlar.


17 Ba’zilari ahmoq bo‘lib, itoatsizlik qildilar, Gunohlari tufayli azobga duchor bo‘ldilar. 18 Har qanday ovqatdan jirkanar edilar, O‘lim og‘ziga yaqinlashib qolgan edilar.

19 Kulfatda qolganlarida Egamizga nola qildilar, Egamiz ularni azob–uqubatlardan qutqardi.

20 Egamiz gapirib, ularga shifo berdi, Qabrdan ularni saqlab qoldi.

21 Sodiq sevgisi uchun ular Egamizga shukrona aytsinlar!

Egamizning insoniyatga ko‘rsatgan ajoyib ishlari

uchun shukur qilsinlar!

22 Ular shukrona qurbonligini keltirsinlar,

Uning ishlarini shodon qo‘shiqlarda kuylasinlar.


23 Ba’zilari kemalarda dengizga chiqdilar, Vahimali suvlar uzra savdo qildilar.

24 Ular Egamizning ishlarini,

Chuqur suvda Uning mo‘jizalarini ko‘rdilar. 25 U amr berganda, bo‘ron qo‘zg‘aldi, Dengiz to‘lqinlari baland ko‘tarildi.

26 Kema osmonga ko‘tarilib, yana chuqur suvga tushdi,

Falokatdan kemadagilar bemajol bo‘lib qoldi. 27 Ular mast kabi dovdirab aylandi, Mahoratlari foyda bermadi.

28 Kulfatda qolganlarida Egamizga nola qildilar, Egamiz ularni azob–uqubatlardan qutqardi.

29 U bo‘ronni shabadaga aylantirdi, Dengiz to‘lqinlari sukutga cho‘mdi.

30 To‘lqinlar jim bo‘lganidan ular sevindi,

Istagan bandargohga* ularni keltirib qo‘ydi.

31 Sodiq sevgisi uchun ular Egamizga shukrona aytsin!

Egamizning insoniyatga ko‘rsatgan ajoyib ishlari

uchun shukur qilsin!

32 Ular jamoa oldida Egamizni ulug‘lasin, Oqsoqollar yig‘inida Unga hamdu sanolar aytsin.


33 Egamiz daryolarni sahroga aylantirar, Buloqlarni qaqragan yerga aylantirar.

34 Aholisining fosiqligi sababli

Hosildor yerlarni sho‘r yerga aylantirar. 35 Sahroni esa Egamiz ko‘l qilar, Qaqragan yerdan buloqlar chiqarar.

36 Och–yupunlarni u yerga olib kelib o‘rnashtirar.

Ular esa yashash uchun shaharlar qurar.

37 Dalalarga urug‘ ekib, uzumzorlar yaratar, Dalalardan mo‘l–ko‘l hosil olar.

38 Egamizning barakasi ila ular juda ko‘payar, Ularning chorvasi kamayishiga Egamiz yo‘l qo‘ymas.


39-40 Egamiz aslzodalarni xor qildi, Yo‘lsiz sahroda ularni sargardon qildi. Zulm, kulfat, g‘amdan

Ularning soni kamaydi, Ular qashshoqlashdi.

41 Yo‘qsillarni esa Egamiz kulfatdan qutqarar,

Ularning oilasini qo‘y suruviday ko‘paytirar.

42 Solihlar buni ko‘rib, sevinar, Fosiqlar esa og‘zini yopib, jim bo‘lar.


43 Donolar bularga e’tibor bersin,

Egamizning sodiq sevgisini anglasin.


107–SANO

1 Dovud sanosi. Qo‘shiq.

2 Ey Xudo, yuragim Senga sodiq,

Jonim boricha Seni kuylab, qo‘shiq aytaman.


3 Uyg‘on, ey arfa, lira!

Tongni ham men uyg‘otaman!


4 Ey Egam, xalqlar orasida Senga shukrona aytaman, Ellar orasida Senga hamdu sano kuylayman.

5 Sodiq sevging samolardan ham yuksakdir, Sadoqating bulutlardan ham balanddir.

6 Ey Xudo, falakdan ham yuqorida yuksalaver! Shuhrating butun zamin uzra yoyilsin.

7 O‘ng qo‘ling ila g‘alaba ato qilgin,

Iltijoimga javob bergin,

Suyukli bandalaring najot topsin.


8 Ey Xudo, O‘z muqaddas makoningdan va’da

bergansan*:

“Shodlanib Shakamni* bo‘lib tashlayman,

Suxot vodiysini* taqsimlab beraman.

9 Gilad Menikidir, Manashe* Menikidir,

Efrayim dubulg‘amdir, Yahudo* saltanat hassamdir.

10 Mo‘ab Mening qo‘lyuvgichimdir, Edom uzra chorig‘imni otaman*, Filistlar* uzra zafar ila hayqiraman.”


11 Ey Xudo, qaniydi mustahkam shaharga* meni olib borsalar,

Edomga meni boshlab borsalar.

12 Axir, bizni O‘zing rad etding–ku!

Endi lashkarimizga yo‘lboshchilik qilmayapsan–ku! 13 Dushmandan qutqarib, bizga yordam ber, Insonning yordami butunlay behuda.

14 Ey Xudo, Sen bilan biz g‘olib bo‘lamiz,

Dushmanlarimizni Sen yanchib tashlaysan.

108–SANO

Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

1 Seni olqishlayman, ey Xudo, Sukut saqlamagin.

2 Fosiq, yolg‘onchilar menga qarshi og‘iz ochgan, Yolg‘onchi tillar bilan menga qarshi gapirar.

3 Nafratga to‘la so‘zlarni ustimga yog‘dirarlar,

Sababsiz menga hujum qilarlar.

4 Menga ayb qo‘yarlar do‘stligimga javoban,

Ibodat qilaman hamon.

5 Yaxshilik evaziga menga yomonlik qaytararlar,

Do‘stligim evaziga menga adovat qilarlar.


6 Fosiqni ularga qarshi qo‘y,

Ularning o‘ng tomonida ayblovchi tursin. 7 Sinalganda, ular aybdor bo‘lsin, Ularning ibodati gunoh deb hisoblansin. 8 Ularning umri qisqa bo‘lsin,

O‘rnini boshqasi olsin.

9 Yetim bo‘lib qolsin bolalari,

Beva bo‘lib qolsin xotinlari.

10 Bolalari kulbasidan ayrilib, darbadar bo‘lsin, Non izlab tilanchi bo‘lsin.

11 Mol–holini sudxo‘rlar egallasin,

Mehnati samarasini begonalar tortib olsin.

12 Biron kimsa ularga shafqat qilmasin, Ularning yetim bolalariga hech kim achinmasin. 13 Ularning nasl–nasabi qirilib ketsin,

Bir nasldan so‘ng nomlari yo‘q bo‘lsin.

14 Ey Egamiz! Otalari aybini esga olgin, Onalarining gunohini hech qachon unutmagin.

15 Ey Egamiz, ularning gunohidan doim xabardor

bo‘lgin,

O‘sha insonlarning xotirasini yer yuzidan o‘chirgin. 16 Axir, ular hech qachon shafqat qilishni o‘ylamadi. Muhtojlarni, umidsizlikka tushganlarni, Kambag‘allarni ta’qib qildi, o‘ldirdi.

17 Ular la’natlashni yaxshi ko‘rardi,

Endi la’natlari o‘zlarining boshiga kelsin. Duo qilishni yoqtirmasdi,

Endi duo ulardan uzoq bo‘lsin*.

18 La’natni ular kiyimday kiyardi, Ularning tanasiga la’nat suv kabi kirardi, Suyaklariga moy kabi singardi.

19 Ha, kiyim kiyganday, ular la’natga o‘ranib olsin,

La’natni har kuni belga taqadigan kamarday qilib olsin.


20 Ey Egam! Menga qarshi yomon gapiruvchilarga,

Meni ayblovchilarga Sendan ana shular mukofot

bo‘lsin.

21 Sen, ey Egam Rabbiy,

O‘z noming haqi menga madad ber, Ezgudir sodiq sevging, meni qutqar. 22 Men bir bechora, yo‘qsilman, Ichimda yuragim yaralangandir.

23 Oqshomgi soyaday yo‘q bo‘lib boryapman,

Chigirtkaday men uloqtirilganman.

24 Ro‘za tutganimdan tizzalarimda darmon yo‘q,

Etim suyagimga yopishib qolgan.

25 Dushmanlarim haqoratining nishoniman,

Meni ko‘rganlarida masxaralab, boshlarini chayqashar.


26 Ey Egam Xudo, menga madad bergin, Sodiq sevging haqi meni xalos qilgin.

27 Buni Sening qo‘ling qilganini dushmanlarim bilsin,

Ey Egam, menga najot bergan Sen ekaningni ular bilsin.

28 Mayli, ular meni la’natlasin,

Sen esa menga baraka berasan.

Ular hujum qilganda, sharmanda bo‘lishsin,

Men — quling esa shod–xurram bo‘lay.

29 Meni ayblovchilar badnomlikka burkansin,

Chopon kiyganday, sharmandalikka o‘ransin.


30 Egamga cheksiz shukronalar aytaman, Xaloyiq orasida Unga hamdu sano o‘qiyman. 31 Egamiz turar yo‘qsillarning o‘ng tomonida,

Ularni o‘limga mahkum etganlardan qutqarmoq

uchun.


109–SANO

Dovud sanosi.

1 Egamiz aytmoqda Rabbimga*:

“Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga poyandoz

qilmagunimcha,

Sen Mening o‘ng tomonimda* o‘tirgin.”

2 Ey Rabbim! Egamiz Sening hukmronligingni Quddusdan* boshlab kengaytirar!

Dushmanlaring o‘rtasida Sen hukmronlik qil!

3 Sen jang qiladigan kunda

Jangchilaring o‘z xohishi bilan maydonga chiqadi.

Erta tong yosh yigitlaring

Shabnam kabi atrofingda to‘planadi,

Ular muqaddas ulug‘vorlikka burkangan*. 4 Egamiz ont ichgan, qarorini o‘zgartirmas: “Sen Maliksidiq singari,

To abad ruhoniysan.”*


5 Ey Xudo, Rabbim o‘ng tomoningda o‘tirar, G‘azablangan kunda shohlarni ezib tashlar.

6 U xalqlarni hukm etib, jasadlarini uyum qilar, Butun yer yuzidagi hukmdorlarni ezib tashlar. 7 Yo‘l bo‘yidagi irmoqdan suv ichar,

Kuchga to‘lib, g‘olib bo‘lib turar.


110–SANO

1 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


Solihlar jamoasida bo‘lganimda,

Butun qalbimdan Egamga shukur aytaman.

2 Egamizning ishlari buyukdir,

Ulardan lazzat oluvchilar ular haqda fikr yuritadilar.

3 Egamizning ishlari ulug‘vor, haybatlidir,

Uning adolati to abad davom etadi.

4 Egamiz unutilmas ajoyibotlarni yaratdi, U rahmdil va shafqatlidir.

5 O‘zidan qo‘rqqanlarga rizq–ro‘zini beradi, O‘z ahdini doimo yodida tutadi.

6 Xalqiga qudratli ishlarini ko‘rsatdi,

Boshqa xalqlar yerini ularga berdi.

7 Hamma ishlarida sodiq, adolatlidir, Uning hamma amrlari ishonchlidir.

8 Ularning hammasi to abad mustahkam turadi, Egamiz ularni sadoqat, to‘g‘rilik ila ijro qildi*.

9 U xalqini qutqardi,

To abad ahdi bilan ularni O‘ziga bog‘ladi. Uning nomi muqaddas, qo‘rqinchlidir.

10 Egamizdan qo‘rqish donolikning boshidir, Bunday yo‘l tutganlarning aqli rasodir, Uning hamdu sanolari to abad davom etadi.

111–SANO

1 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


Baxtlidir Egamizdan qo‘rqadigan odam,

Uning amrlarini bajarib zavq oladigan odam!

2 Bunday odamning avlodi yurtda qudratli bo‘ladi, To‘g‘ri odamning nasli baraka topadi.

3 Uning uyida mo‘lchilik, boylik bo‘ladi,

Uning solihligi to abad davom etadi.

4 Hatto zulmatda ham to‘g‘ri insonga nur yog‘iladi, Rahmdil, mehribon, solih odamga yog‘du sochiladi. 5 Yaxshi odam saxiy, qarz beradi,

Adolat bilan ish yuritadi.

6 Solih hech qachon tebranmaydi, U to abad unutilmaydi.

7 U yomon xabardan qo‘rqmaydi,

Butun yurakdan Egamizga umid bog‘laydi.

8 Yuragi barqarordir, qo‘rquv nimaligini bilmaydi,

Oxiri dushmanlarining mag‘lubiyatini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi.

9 Boyligini muhtojlarga saxiylik ila taqsimlaydi, Uning solihligi to abad davom etadi.

U qudratli, hurmatli bo‘ladi.

10 Fosiqlar buni ko‘rib, g‘azabga minadi, Alam qilganidan tishlarini g‘ichirlatadi–yu, Ammo kuchdan qoladi.

Ha, fosiqlarning istagi puchga chiqadi.


112–SANO

1 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


Hamdu sano ayting, ey Egamizning qullari, Hamdu sanolar bo‘lsin Egamizning nomiga! 2 Egamiz nomiga hozir ham,

Abadulabad olqishlar bo‘lsin.

3 Sharqdan to g‘arbga qadar Egamizning nomiga olqishlar bo‘lsin!

4 Egamiz barcha xalqlar ustidan yuksalgan, Uning shuhrati samolardan ham buyukdir.


5 Egamiz Xudoga kim o‘xshaydi?!

U yuksakda taxt qurgan.

6 U samoga, yer yuziga egilib qaraydi.

7 Tuproqqa qorilgan bechorahollarni U ko‘taradi,

Faqirlarni axlat uyumidan olib, yuksaltiradi.

8 Ularga shahzodalar yonidan joy beradi,

O‘z xalqining shahzodalari bilan birga o‘tqazadi.

9 Befarzand ayolni o‘z uyida U sharaflaydi,

Unga farzand ato etib, baxtiyor qiladi.


Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


113–SANO

1-2 Isroil xalqi Misrdan chiqib ketganda,

Yahudo yurti Xudoning muqaddas maskani bo‘ldi.

Ha, Yoqub nasli begona yurtdan ketganda,

Isroil yurti Xudoning shohligi bo‘ldi.


3 Dengiz Xudoni ko‘rdi–yu, qochdi*, Iordan daryosi orqaga qaytdi*.

4 Tog‘lar qo‘chqorlar kabi sakradi*, Tepaliklar qo‘zilar kabi irg‘idi.


5 Ne bo‘ldi, ey dengiz, qochib ketding?

Ne bo‘ldi, ey Iordan, orqaga qaytding?

6 Ey tog‘lar, nechun sakradingiz takalar kabi? Ey tepaliklar, nechun irg‘idingiz qo‘zilar kabi?


7 Titragin, ey zamin, Rabbiy oldida, Yoqubning Xudosi huzurida.

8 U qoyani suv hovuziga aylantirgan, Qattiq qoyadan buloq chiqargan*.


9 Ey Egam! Sodiq sevging, sadoqating haqi

Senga sharaflar bo‘lsin!

Bizga emas, Senga sharaflar bo‘lsin!


10 Nima uchun begona xalqlar:

“Qani ularning Xudosi”, deya aytarlar?

11 Bizning Xudoyimiz samolardadir, U istaganini qilaveradi.

12 Xalqlarning xudolari esa kumush, oltindan,

Inson qo‘llarining mahsulidir.

13 Butlarning og‘izlari bor, so‘zlay olmaslar, Ko‘zlari bor, ko‘ra olmaslar.

14 Ularning quloqlari bor, eshita olmaslar, Burunlari bor, hidlay olmaslar.

15 Ularning qo‘llari bor, seza olmaslar, Oyoqlari bor, yura olmaslar, Bo‘g‘izlaridan ovoz chiqara olmaslar.

16 Butlarni barpo qilganlar, butlarga ishonganlar

Xuddi ularga o‘xshagan bo‘lib qolar.


17 Ey Isroil xalqi! Ishoning Egamizga,

U madad berar, qalqon bo‘lar sizga!

18 Ey Horun xonadoni!* Ishoning Egamizga,

U madad berar, qalqon bo‘lar sizga!

19 Ey Egamizdan qo‘rqqanlar! Ishoning Egamizga, U madad berar, qalqon bo‘lar sizga!


20 Egamiz bizni yodda tutib, baraka beradi, Isroil xalqiga U baraka beradi,

Horun xonadoniga U baraka beradi.

21 Egamiz O‘zidan qo‘rqqanlarga baraka beradi,

Kattayu kichikka bir xilda baraka beradi.


22 Egamiz sizlarni,

Bolalaringizni ko‘paytirsin.

23 Yeru osmonni yaratgan Egamiz Sizlarga baraka bersin.

24 Samolar Egamizning samolaridir, Yerni esa U insonlarga bergandir.

25 O‘lim sukunatiga botgan marhumlar

Egamizga hamdu sano aytmaslar.

26 Biz esa Egamizga hozir ham, abadulabad Olqishlar aytamiz.


Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


114–SANO

1 Egamni sevaman, U meni eshitadi, Mening iltijolarimni U tinglaydi.

2 Quloq berib meni tinglagani uchun Umrim bo‘yi Egamga iltijo qilaman. 3 Meni o‘lim to‘rlari o‘rab oldi,

O‘liklar diyorining* azoblari boshimga tushdi,

Meni bosdi dardu g‘am, alamlar.

4 Shunda Egamga iltijo qildim:

“Ey Egam, yolvoraman, meni qutqargin!”


5 Egamiz mehribon, odildir, Xudoyimiz rahmdildir.

6 Egamiz sodda insonlarni himoya qiladi, Xavf–xatarda qolganimda, U meni qutqaradi.


7 Ey jonim, yana xotirjam bo‘lgin,

Egam menga ezgulik qilgan.


8 Egam jonimni o‘limdan qutqarib qoldi, Ko‘zlarimni yosh to‘kishdan,

Oyog‘imni qoqilishdan qutqardi. 9 Tiriklar diyorida ekanman Egamning yo‘lidan yuraveraman.


115–SANO

1 Juda ko‘p azob cheksam ham,

Xudoga bo‘lgan ishonchim yo‘qolmadi.

2 O‘ylamasdan*: “Hamma odamlar yolg‘onchidir”,

dedim.


3 Egam menga qilgan yaxshiliklarini Unga qanday qilib qaytaray?

4 Najot topganimni nishonlayman, Egamga sajda qilaman.

5 Egamiz xalqining ko‘zi oldida

Unga bergan ontimni ado etaman.


6 Taqvodorlarning o‘limi

Egamizning nazarida juda achchiqdir.


7 Ey Egam, men Sening qulingman,

Cho‘ringning o‘g‘liman,

O‘zing kishanlardan meni ozod qilgansan.

8 Shukrona qurbonligini Senga nazr qilaman, Senga sajda qilaman.

9-10 Quddusda, Sening uying hovlilarida,

Jamiki xalqingning ko‘zi oldida

Ey Egam, Senga bergan ontimni ado etaman.


Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


116–SANO

1 Ey barcha xalqlar, Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!

Ey jamiki elatlar, Uni olqishlanglar!

2 Zero, Uning bizga bo‘lgan sevgisi ulug‘dir,

Egamizning sadoqati to abad davom etar.


Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


117–SANO

1 Egamizga shukrona ayting, U yaxshidir,

Uning sodiq sevgisi abadiydir.


2 Isroil xalqi shunday desin: “Uning sodiq sevgisi abadiydir.” 3 Horun avlodi shunday aytsin: “Uning sodiq sevgisi abadiydir.”

4 Egamizdan qo‘rqqanlar shunday aytsin: “Uning sodiq sevgisi abadiydir.”


5 Kulfatda qolganimda Egamga iltijo qildim, Javob berib, U meni ozod qildi.

6 Egam men bilan birga, shu bois qo‘rqmayman.

Insonlar menga nima qila oladi?!

7 Egam men bilan birga, U menga madad beradi, Ko‘zlarim dushmanlarim mag‘lubiyatini ko‘radi. 8 Insondan umid qilgandan ko‘ra,

Egamizdan panoh izlash yaxshidir.

9 Shahzodalardan umid qilgandan ko‘ra,

Egamizdan panoh izlash yaxshidir.


10 Dushman xalqlar o‘rab olgan atrofimni,

Egamning qudrati bilan ularni uloqtirdim.

11 Har tarafdan o‘rab, menga hujum qilgandi,

Egamning qudrati bilan ularni uloqtirdim.

12 Atrofimni arilarday o‘rab oldilar,

Tikan alangasiday lov etdilar–da, o‘chdilar, Egamning qudrati bilan ularni uloqtirdim. 13 Meni qattiq turtganlarida, yiqilayozdim, Egam menga madad berdi.

14 Egam mening kuch–qudratimdir*, U mening qutqaruvchimdir.


15 Solihlarning chodirlarida

Shodlik, zafar qo‘shiqlari jaranglaydi: “Egamizning o‘ng qo‘li mag‘lub qiladi.

16 Egamizning o‘ng qo‘li baland ko‘tariladi, Ha, Egamizning o‘ng qo‘li mag‘lub qiladi.”


17 Men o‘lmayman. Ha, men yashayman,

Egamning ishlarini naql qilaman. 18 Egam meni qattiq jazoladi, Lekin o‘lishimga yo‘l qo‘ymadi.


19 Adolat darvozalarini menga ochinglar, Toki men darvozadan kirib,

Egamga shukronalar aytayin.

20 Bu Egamizning darvozasidir, Solihlar shu darvozadan kirsin.


21 Ey Egam, ibodatimga javob berganing uchun,

Mening najotkorim bo‘lganing uchun

Senga shukrona aytaman.


22 Binokorlar rad etgan tosh Binoning tamal toshi* bo‘ldi.

23 Bu Egamizning qilgan ishidir,

Ko‘z oldimizdagi ajoyibotdir.

24 Egamiz yaratgan kundir bu,

Bu kunda shod bo‘lib, sevinaylik.


25 Najot ber bizga, yolvoramiz, ey Egam!

Muvaffaqiyat ber, o‘tinamiz, ey Egam!


26 Egamiz nomidan keladigan zot baraka topsin, Egamiz uyidan turib, seni duo qilamiz.

27 Egamiz Xudodir, U bizga nur bergan. Bayram nishonlashni boshlang!

Palma shoxlarini olib, qurbongoh oldiga boring*.


28 Sen Xudoyimsan, Senga shukur aytaman,

Sen Xudoyimsan, Seni ulug‘layman.


29 Egamizga shukrona ayting, U yaxshidir, Uning sodiq sevgisi abadiydir.


118–SANO

1 Baxtlidir yo‘llari pok bo‘lganlar,

Ey Egam, Sening qonuning bo‘yicha yuradiganlar. 2 Baxtlidir Sening shartlaringga rioya qiladiganlar, Butun qalbi bilan Senga intiladiganlar.

3 Ular aslo nohaq ish qilmaydilar,

Sening yo‘llaringdan yuradilar.

4 O‘zing bizga amr berib,

Buyruqlarimga diqqat ila itoat eting, degansan.

5 Qaniydi farmonlaringni ado etishda barqaror

bo‘lsam!

6 Men sharmanda bo‘lib qolmay, deya

Hamma amrlaringga diqqat qilaman.

7 Sening odil qoidalaringni o‘rganganimda, Toza qalb ila hamdu sano aytaman Senga. 8 Sening qonunlaringni bajaraman,

Meni hech qachon tark etmagin.

9 Yigit qanday qilib yo‘llarini pok saqlaydi? Kaloming bo‘yicha yashab, shunga erishadi. 10 Butun qalbim bilan Senga intilaman, Amrlaringdan og‘ishimga yo‘l qo‘ymagin.

11 So‘zlaringni yuragimda asrayman, Toki Senga qarshi gunoh qilmayin. 12 Ey Egam, Senga olqishlar bo‘lsin, Farmonlaringni o‘rgatgin menga.

13 Og‘zingdan chiqqan barcha qoidalarni O‘z og‘zim bilan e’lon qilaman.

14 Shartlaringga ergashib, lazzat topaman,

Go‘yo katta boylik topib xursand bo‘laman.

15 Buyruqlaring haqida chuqur fikr yuritaman,

Sening yo‘llaringga diqqat qilaman. 16 Farmonlaringdan lazzat olaman, Kalomingni men unutmasman.


17 Men, O‘z qulingga yaxshilik qilgin, Toki yashab, kalomingga itoat etayin. 18 Ko‘zlarimni och, toki ko‘rayin Qonuningdagi ajoyibotlarni.

19 Yer yuzida musofirday yashayman, Amrlaringni mendan yashirma.

20 Jonim kuymoqda hasrat bilan, Qoidalaringni o‘rganishni doim istayman. 21 La’natlangan takabburlarga,

Amrlaringdan og‘ib ketganlarga Sen tanbeh berasan.

22 Haqorat, xo‘rlikni mendan uzoqlashtir,

Axir, shartlaringni doim bajarganman.

23 Hatto shahzodalar to‘planib, menga bo‘hton

qilsalar ham

Men farmonlaring haqida chuqur fikr yuritaman. 24 Sening shartlaring menga lazzat bag‘ishlaydi, Shartlaring men uchun maslahatchidirlar.


25 Jonim chiqay deb turibdi,

Va’dangga ko‘ra, hayotimni saqlagin.

26 Hayotim haqida Senga aytib berdim, Sen javob berding.

Endi farmonlaringni menga o‘rgatgin.

27 Menga buyruqlaringni tushuntir,

Toki mo‘jizalaring haqida chuqur fikr yuritay.

28 Jonim ado bo‘ldi g‘am–g‘ussadan, Quvvat bergin menga va’dangga binoan.

29 Soxta yo‘llardan meni saqlagin, Iltifot ila qonuningni menga o‘rgatgin. 30 Men sadoqat yo‘lini tanlaganman,

Qoidalaringni yuragimga jo qilganman.

31 Ey Egam, shartlaringni mahkam ushlaganman,

Endi sharmanda bo‘lishimga yo‘l qo‘ymagin. 32 Jonim bilan amrlaringni bajaraman, Zotan, menga ko‘p zakovat ato qilasan.


33 Ey Egam, menga farmonlaringni o‘rgat,

Toki men ularni oxirigacha bajarayin.

34 Zakovat ber menga, toki qonuningga rioya qilay, Chin qalbimdan qonuningni bajaray.

35 Amrlaring so‘qmog‘idan meni yetaklagin,

Men undan lazzat topaman.

36 Yuragimni nohaq foyda tomon emas,

O‘z shartlaring tomon burgin.

37 Ko‘zlarimni befoyda narsalardan qaytargin, Va’dangga binoan hayotimni saqlagin*.

38 Men, O‘z qulingga bergan va’dangda turgin, Bu va’dang Sendan qo‘rqadiganlar uchundir.

39 Sharmandalikdan qo‘rqaman, mendan uzoq qil,

Zotan, qoidalaring ezgudir.

40 Buyruqlaringga naqadar talpinaman, Adolating bilan hayotimni saqlagin.


41 Sodiq sevgingni, ey Egam, menga ko‘rsat, Va’dangga ko‘ra, menga najot ber.

42 Shunda meni haqorat qilganlarga javob beraman, Sening kalomingga umid qilaman.

43 Og‘zimdan haqiqat kalomini tamom tortib olma,

Sening qoidalaringga umid bog‘laganman. 44 Qonuningga doimo rioya qilaman, Abadulabad uni bajaraman.

45 Men ozod bo‘lib yuraveraman,

Buyruqlaringni izlab topganman.

46 Shohlar oldida shartlaringdan so‘ylayman, Sharmanda bo‘lmasman.

47 Amrlaringdan lazzat topaman, Men amrlaringni sevaman.

48 Amrlaringga izzatu sevgi ko‘rsataman,

Farmonlaring haqida chuqur fikr yuritaman.


49 Esla men, qulingga bergan va’dangni, Sen va’da berib, umidvor qilgansan meni.

50 Kulfatda qolganimda shu menga tasalli beradi,

Sening va’dang mening hayotimni saqlaydi. 51 Takabbur meni tamom masxara qiladi, Shunda ham qonuningdan yuz o‘girmasman. 52 Azaliy qoidalaringni, ey Egam, eslayman, Bu qoidalaringdan men tasalli topaman.

53 Fosiq qonuningdan yuz o‘girgan,

Shu bois men qattiq g‘azablanaman.

54 Qayerda boshpana qilgan bo‘lmayin, Farmonlaringni qo‘shiq qilib kuylayman. 55 Ey Egam, tunda ham Seni eslayman, Sening qonunlaringga rioya etaman.

56 Bu menga odat bo‘lgan edi,

Buyruqlaringga rioya qildim.


57 Ey Egam, Sen mening xavfsizligim manbaisan,

Kalomingga itoat etaman, deb va’da beraman. 58 Jamolingni izladim chin qalbimdan, Mehribon bo‘l menga va’dangga binoan.

59 Yo‘llarimga diqqat qildim, Shartlaring bo‘yicha qadam bosaman. 60 Men shoshilaman, kechikmasman Amrlaringga itoat etmoq uchun.

61 Fosiqlar meni arqonlar bilan bog‘laydi, Shunda ham Sening qonuningni unutmayman. 62 Yarim tunda uyg‘onib, odil qoidalaring uchun Senga hamdu sano aytaman.

63 Sendan qo‘rqqanlarga men do‘stman, Buyruqlaringga rioya qilganlarga sherikman. 64 Ey Egam, sodiq sevgingdan zamin to‘lgandir, Farmonlaringni menga o‘rgat.


65 Ey Egam, O‘zing bergan va’dangga muvofiq Men, O‘z qulingga yaxshilik qilding.

66 Menga donolik, zukkolik bergin, Sening amrlaringga ishondim.

67 Jazo olmasimdan oldin adashar edim,

Endi Sening so‘zingga itoat etaman.

68 Naqadar yaxshisan, ezgulik qilasan,

Farmonlaringni menga o‘rgatgin.

69 Takabbur yolg‘on so‘ylab, meni qoraga chaplar, Men esa chin qalbdan buyruqlaringga itoat etaman. 70 Ularning qalbini yog‘ bog‘lagan,

Men esa qonuningdan lazzat olaman.

71 Tortgan jazoim menga saboq bo‘ldi,

Shu orqali farmonlaringni o‘rgandim.

72 Minglab oltinu kumushdan ko‘ra,

Yaxshidir men uchun og‘zingdan chiqqan qonun.


73 Qo‘llaring meni yaratgan, barpo qilgan, Amrlaringni o‘rganishga menga idrok bergin. 74 Sendan qo‘rqqanlar meni ko‘rib, sevinsinlar, Zotan, Sening kalomingga umid qilganman.

75 Ey Egam, hukmlaring adolatliligini bilaman, Menga jazo berganingda, Sen haq eding.

76 Men, O‘z qulingga bergan va’dangga ko‘ra, Sodiq sevging menga tasalli bo‘lsin.

77 Menga shafqat qilgin, toki yashayin, Axir, Sening qonuning men uchun lazzat.

78 Yolg‘on gapirib, menga zarar qilgani uchun Takabburlar sharmanda bo‘lsin.

Men esa buyruqlaring haqida fikr yuritaman. 79 Men tomon kelsin Sendan qo‘rqqanlar, Sening shartlaringni biladiganlar.

80 Farmonlaringni bitta qolmay bajaray,

Toki men sharmanda bo‘lib qolmay.


81 Najotingni kutib, jonim ado bo‘lmoqda,

Sening kalomingdan umid qilmoqdaman.

82 Va’dalaringni kutib, ko‘zimning nuri so‘nadi, “Qachon menga tasalli berasan?” deya so‘rayman. 83 Tutunda qorayib, bujmaygan meshday* bo‘lsam

ham,

Sening farmonlaringni men unutmaganman.

84 Qachongacha men, quling, kutishim kerak? Meni ta’qib qiluvchilarni qachon hukm qilasan? 85 Takabburlar menga chuqur qazirlar,

Sening qonuningga ular qarshi chiqarlar.

86 Hamma amrlaring umidbaxshdir.

Meni sababsiz ta’qib etarlar, yordam ber! 87 Ular meni yer yuzidan yo‘q qilay, dedi, Ammo buyruqlaringni men tark etmadim. 88 Sodiq sevging haqi saqla hayotimni,

Toki og‘zingdan chiqqan shartlarga rioya qilay.


89 Kaloming, ey Egam, to abaddir, U samolarda mustahkam turadi.

90 Sening sadoqating nasllar osha davom etadi, Yerni barqaror qilgansan, u to abad turaveradi. 91 Qoidalaring tufayli

Yeru osmon bugun ham mustahkamdir,

Butun olam qo‘ling ostidadir.

92 Agar qonuning men uchun lazzat bo‘lmasaydi, Tortgan g‘amu kulfatlarimdan tamom bo‘lardim. 93 Men buyruqlaringni hech qachon unutmayman, Bular orqali Sen hayotimni saqlagansan.

94 Men Senikidirman, meni qutqargin,

Zotan, men buyruqlaringni bajarishga intilganman.

95 Fosiqlar meni o‘ldirishga payt poylaydi,

Men esa shartlaring haqida chuqur fikr yuritaman. 96 Jamiki komillikning cheklanganini ko‘rdim, Sening amrlaring esa chegarasizdir.


97 O, naqadar sevaman qonuningni!

Kun bo‘yi xayolimda tutaman uni.

98 Amrlaring meni g‘animlarimdan ko‘proq dono

qildi,

Amrlaring doimo men bilan birga.

99 Barcha ustozlarimdan ham ziyrakroq bo‘ldim,

Sening shartlaring ustida fikr yuritaman.

100 Yoshi ulug‘lardan ham donoroq bo‘ldim,

Chunki Sening buyruqlaringga itoat etaman.

101 Har qanday yomon yo‘ldan qadamimni tiydim,

Toki Sening kalomingga itoat etay dedim. 102 Qoidalaringdan men qaytmadim, Menga O‘zing ta’lim bergansan.

103 So‘zlaring men uchun naqadar mazalidir,

Asaldan ham shirin tuyular og‘zimga.

104 Buyruqlaring tufayli men dono bo‘laman, Har qanday yolg‘on yo‘ldan nafratlanaman.


105 Sening kaloming qadamlarim uchun chiroqdir,

Yo‘limga nur sochadigan yorug‘likdir.

106 Adolatli qoidalaringni bajaraman, deb Ont ichdim va bu ontimga vafo qilaman. 107 Ey Egam, men ko‘p jafo chekdim, Va’dangga ko‘ra, hayotimni saqla.

108 Ey Egam, maqtov nazrlarimni qabul etgin,

Menga qoidalaringni o‘rgatgin.

109 Hayotim har on xavfda bo‘lsa ham, Sening qonuningni men unutmayman. 110 Fosiqlar menga tuzoq qo‘ydilar,

Shunda ham buyruqlaringdan og‘ib ketmadim. 111 Sening shartlaring to abad mening mulkimdir, Shartlaring qalbimning quvonchidir.

112 Farmonlaringni to abad ijro etmoqqa Yuragimni moyil qildim.


113 Ikkiyuzlamachilardan men nafratlanaman, Sening qonuningni sevaman.

114 Sen mening panohimsan, qalqonimsan,

Sening kalomingga umid bog‘layman.

115 “Ey badkirdorlar, yo‘qoling ko‘z oldimdan,

Men Xudoyimning amrlarini bajaray”, deb aytaman.

116 Va’dangga ko‘ra, menga tayanch bo‘l, toki

yashayin,

Umidim puchga chiqmasin, sharmanda bo‘lmayin. 117 Suyanchiq bo‘l menga, toki najot topayin, Farmonlaringga doim diqqat bilan boqayin.

118 Farmonlaringdan toyganlarni rad etding, Ularning hiylayu nayranglari behudadir.

119 Yer yuzidagi jamiki fosiqlarni Axlatday uloqtirib tashlaysan,

Shu bois men shartlaringni sevaman.

120 Sendan qo‘rqqanimdan vujudim titraydi,

Hukmlaringdan meni vahima bosadi.


121 Adolatli, to‘g‘ri ishlar qilganman, Meni zolimlar qo‘lida qoldirma.

122 Men, qulingning baxtiga kafolat bergin, Takabburlar meni ezishlariga yo‘l qo‘ymagin. 123 Najotingni kutaverib, ko‘zim to‘rt bo‘ldi,

Va’da qilgan najoting armonida ko‘zim nuri to‘kildi. 124 Men, O‘z qulingga sodiq sevgingni ko‘rsatgin, Farmonlaringni menga o‘rgatgin.

125 Sening qulingman, menga idrok bergin, Toki men shartlaringni bilib olayin.

126 Ey Egam, vaqti keldi, O‘z ishingni qil,

Sening qonuning buzildi.

127 Chindan ham Sening amrlaringni

Oltindan, eng sof oltindan ham ko‘proq sevaman. 128 Sening buyruqlaringga ko‘ra, qadam bosaman, Har qanday yolg‘on yo‘ldan nafratlanaman.


129 Sening shartlaring ajoyibdir, Shu bois ularga itoat etaman.

130 Kalomingning ta’limoti ziyo sochadi,

Soddalarga aql–idrok beradi.

131 Og‘zim ochilib, og‘ir nafas olaman,

Chunki Sening amrlaringga juda intilaman.

132 Men tomon yuz bur, menga shafqat qilgin, Axir, Seni sevganlarga doim shafqat ko‘rsatasan. 133 So‘zingga ko‘ra, qadamimni O‘zing boshqargin,

Hech qachon ustimdan gunoh hukmron bo‘lmasin.

134 Inson zulmidan meni qutqargin,

Toki Sening buyruqlaringga itoat etayin. 135 Jamoling menga nurlarini sochsin, Farmonlaringni menga o‘rgatgin.

136 Ko‘zlarimdan yoshlar daryo bo‘lib quyilar,

Axir, odamlar qonuningga rioya qilmayapti.


137 Sen odilsan, ey Egam, Hukmlaring adolatlidir.

138 Adolat ila shartlaringni buyurgansan, Tamomila ishonchlidir shartlaring.

139 G‘azabim meni ado qilmoqda, Dushmanlarim kalomingni rad etmoqda. 140 Va’dalaring naqadar sofdir!

Men va’dalaringni naqadar sevaman! 141 Men keraksizman, xo‘rlanganman, Buyruqlaringni unutmayman.

142 Sening adolating mangudir, Sening qonuning haqiqatdir.

143 Boshimga kulfatu azob keldi, Amrlaring menga zavq berar.

144 Shartlaring to abad adolatlidir, Idrok bergin menga, toki yashayin.


145 Ey Egam, chin ko‘ngildan yolvoraman, javob ber,

Farmonlaringga rioya qilaman.

146 Senga faryod qilaman, meni qutqargin, Toki shartlaringga men rioya qilay.

147 Kun chiqmasdan Sendan madad so‘rab faryod

qilaman,

Sening kalomingga men umid bog‘layman. 148 Sening va’dangni chuqur anglay deb, Ko‘zlarimga tun bo‘yi uyqu kelmaydi.

149 Sodiq sevgingga ko‘ra, ovozimni eshitgin, Ey Egam, adolating bilan hayotimni saqlagin. 150 Qabih reja tuzadiganlar yaqin kelmoqda, Ular qonuningdan uzoqda yuradi.

151 Sen esa, ey Egam, yonimdasan, Hamma amrlaring haqiqatdir.

152 Qonuningni Sen mangu barqaror qilgansan, Yoshligimdan buni men bilaman.

153 Azoblarimga qaragin, meni qutqargin, Axir, men Sening qonuningni unutmadim. 154 Mening da’voimni isbot qil, meni qutqar, Va’dangga ko‘ra, hayotimni saqla.

155 Fosiqdan najot uzoqdadir,

Sening farmonlaringni ular izlamaslar. 156 Ey Egam, shafqating buyukdir, Adolating bilan hayotimni saqla.

157 Meni ta’qib qiluvchi dushmanlarim ko‘p, Men shartlaringdan yuz o‘girmayman.

158 Makkorlarga nafrat ila qarayman, Ular Sening amrlaringga rioya qilmaydi.

159 Qaragin, naqadar sevaman buyruqlaringni,

Sodiq sevgingga ko‘ra, saqlagin hayotimni.

160 Kaloming mohiyati haqiqatdir, Adolatli qoidalaring to abad davom etadi.


161 Hukmdorlar meni sababsiz ta’qib qilar, Yuragim kalomingdan qo‘rqib titrab turar. 162 Xuddi ulkan xazina topgan odamday, Sening so‘zingdan shod bo‘laman.

163 Yolg‘ondan nafratlanib, jirkanaman,

Sening qonuningni esa sevaman.

164 Sening adolatli qoidalaring tufayli Yetti marta kuniga Seni madh qilaman.

165 Qonuningni sevganlar buyuk tinchlikka ega bo‘lar, Hech narsa ularga to‘siq bo‘la olmaydi.

166 Ey Egam, men najotingga umid qilaman, Men Sening amrlaringni bajaraman.

167 Shartlaringga itoat etaman,

Men ularni g‘oyatda sevaman.

168 Buyruq, shartlaringga rioya qilaman,

Hamma yo‘llarim Senga ma’lumdir.


169 Ey Egam, ohu nolam yetsin Senga, Kalomingga ko‘ra, menga idrok bergin. 170 Iltijoim yetib borsin Senga,

Bergan va’dangga ko‘ra, meni qutqargin.

171 Lablarimdan hamdu sano to‘lib–toshsin, Menga o‘rgatasan farmonlaringni.

172 Tilim kuylaydi Sening va’dangni, Zotan, adolatlidir barcha amrlaring. 173 Menga yordamga tayyor turgin,

Zotan, tanlaganman men buyruqlaringni.

174 Ey Egam, najotingga talpinaman, Sening qonuningdan lazzat topaman.

175 Umr ber menga, hamdu sano aytayin Senga, Qoidalaring yordam bersin menga.

176 Adashgan qo‘yday yo‘ldan ozganman, Izlab top meni, O‘z qulingni.

Zotan, men amrlaringni unutmaganman.


119–SANO

Ziyorat qo‘shig‘i*.

1-2 Qayg‘u–alamdan Egamga faryod qildim:

“Ey Egam, yolg‘onchi lablardan, Makkor tildan jonimni asragin!” U faryodimga javob berdi.


3 Ey makkor til, Egamiz boshingga ne kunni solar ekan?

Senga qanday jazo berar ekan?

4 U jangchining o‘tkir o‘qlari bilan seni jazolaydi,

Yonayotgan yulg‘un butasining cho‘g‘lari bilan senga

jazo beradi.


5 Holimga voy, Meshexda musofirman, Kedar* chodirlari orasida yashayman.

6 Tinchlikdan nafrat etuvchi xalq orasida Yashashdan charchadim.

7 Men tinchlik tarafdoriman, Ammo gapiray deb, og‘iz ochsam, Ular urushni istaydilar.


120–SANO

Ziyorat qo‘shig‘i.

1 Tog‘larga tikaman ko‘zlarimni, Qayerdan kelar menga madad? 2 Yeru osmonni yaratgan Egamdan kelar menga madad.


3 Qoqilishingga U yo‘l qo‘ymas,

U posboningdir, aslo mudramas. 4 Ha, Isroilning posbonidir U, Mudramaydi, uxlamaydi U.


5 Egamizdir sening posboning, Egamizdir yoningdagi soyang sening.

6 Kunduzi oftob seni urmas, Kechasi oy senga zarar yetkazmas.

7 Egamiz seni har qanday xatardan asraydi, Joningni Egamiz omon saqlaydi.

8 Hozir va to abad qayerga borsang ham, Egamiz doim senga posbonlik qiladi.


121–SANO

Dovudning ziyorat qo‘shig‘i.

1 “Egamizning uyiga boraylik”, deb Menga aytganlarida shod bo‘ldim. 2 Mana turibmiz, ey Quddus, Darvozalaring ichkarisida.


3 Quddus yaxshi qurilgan shahardir, Devorlari bir–biriga tutashtirib solingandir. 4 Isroil xalqiga berilgan qonunga ko‘ra, Qabilalar u yerga chiqib borarlar!

Ha, Egamizning qabilalari

Unga shukur aytmoq uchun chiqib borarlar!

5 U yerda hukm taxtlari o‘rnashgan,

Ha, Dovud xonadonining taxtlari U yerda joylashgan.


6 Duo qiling Quddusning tinchligi uchun:

“Uni sevganlar huzur–halovat topsin. 7 Devorlari ichida tinchlik bo‘lsin, Qal’alari bexatar bo‘lsin.”

8 Qarindoshlarim, do‘stlarim haqi–hurmati, Quddusga tinchlik bo‘lsin, deya aytaman.

9 Egamiz Xudoning uyi haqi–hurmati Quddusning iqbolini izlayman.


122–SANO

Ziyorat qo‘shig‘i.

1 Ey samolarda taxt qurgan Xudo!

Ko‘zlarimni Senga tikaman.

2 Ey Egamiz Xudo!

Bizga shafqatingni ko‘rsatgin deya,

Biz Sendan umid qilamiz. Xo‘jayini qo‘liga qaragan Qullarning ko‘zlari kabi, Bekasining qo‘liga qaragan

Cho‘ri qizning ko‘zlari kabi, Ko‘zlarimiz Senga qadalgan.


3 Shafqat qil, ey Egam, shafqat qil bizga,

Ko‘rgan xo‘rliklarimiz yetib ortar.

4 Beg‘amlarning masxaralashi jonimizdan to‘ydirdi,

Kiborlarning haqoratidan pichoq borib suyakka yetdi.


123–SANO

Dovudning ziyorat qo‘shig‘i.

1 Endi Isroil shunday desin:

“Egamiz biz tomonda bo‘lmasa edi,

2 Ha, Egamiz biz tomonda bo‘lmasa edi, G‘animlarimiz bizga hujum qilganda,

3 Ular bizga g‘azabini sochganda, Bizni tiriklayin yutgan bo‘lardi.

4 To‘fon bizni girdobiga tortgan bo‘lardi,

Sel bizni bosib olgan bo‘lardi.

5 Pishqirgan suvlar ustimizdan bosgan bo‘lardi.”


6 Egamizga olqishlar bo‘lsin,

Yirtqich tishlarga bizni o‘lja qilib qo‘ymadi. 7 Biz ovchining tuzog‘idan qutulgan Qushlarga o‘xshaymiz.

Tuzoq sinib, biz qutuldik.


8 Yeru osmonni yaratgan Egamizdan Bizga madad keladi.


124–SANO

Ziyorat qo‘shig‘i.

1 Egamizga umid bog‘laganlar Sion tog‘iga o‘xshar, Hech qachon tebranmas, to abad mustahkam turar. 2 Tog‘lar Quddusni o‘raganday,

Hozirdan boshlab, to abad

Egamiz O‘z xalqini o‘rab olgandir.


3 Fosiq shohning saltanat hassasi* Solihlarning yurtida uzoq qolmaydi.

Bo‘lmasa solihlar qo‘llarini yomon ishlarga uzatadi.


4 Ey Egam, yuragi to‘g‘ri bo‘lganlarga,

Yaxshilarga yaxshilik qilgin.

5 Ey Egam, egri yo‘llarga burilganlarni Badkirdorlar bilan birga haydab yuborgin. Isroil uzra tinchlik bo‘lsin!


125–SANO

Ziyorat qo‘shig‘i.

1 Egamiz Quddusni* yana farovonlikka erishtirganda*,

Tush ko‘rayotgan odamlarga o‘xshar edik.

2 Og‘zimiz kulgi bilan,

Tillarimiz shodlik qo‘shig‘i bilan to‘la edi.

Shunda xalqlar aytdilar:

“Ular uchun Egamiz buyuk ishlar qildi.”

3 Ha, Egamiz biz uchun buyuk ishlar qilgandi,

Biz quvonchga to‘lgandik.


4 Nagav cho‘lidagi soyliklarni qayta suvga to‘ldirganday,

Ey Egam, farovonligimizni qayta tiklagin.

5 Ko‘z yosh bilan urug‘ ekkanlar Shodlik qo‘shiqlari ila hosil o‘radi.

6 Yig‘lab, urug‘ xaltasini olib boruvchilar Shodlik qo‘shiqlari bilan qaytib keladi, Don bog‘lamlarini olib qaytadi.


126–SANO

Sulaymonning ziyorat qo‘shig‘i.

1 Agar uyni Egamiz qurmasa, Quruvchilarning ishi bekor bo‘ladi. Agar Egamiz shaharni qo‘riqlamasa, Qorovul behuda poyloqchilik qiladi. 2 Erta turib, kech yotganingiz ham,

Ovqat topay deb, tortgan mashaqqatingiz ham bekordir.

Egamiz O‘z sevganlarining ehtiyojini

Uyqularida ham qondiradi*.


3 O‘g‘illar Egamizdan merosdir, Farzandlar Undan mukofotdir.

4 Yoshligingizda tug‘ilgan o‘g‘illaringiz Jangchining qo‘lidagi o‘qlardaydir.

5 O‘qdoni to‘la shunday inson baxtlidir!

Shahar darvozasi oldida

Dushmani bilan da’volashganda, U sharmanda bo‘lib qolmaydi.


127–SANO

Ziyorat qo‘shig‘i.

1 Ey Egamizdan qo‘rqqanlar, hammangiz baxtlisiz, Ey Uning yo‘lidan yuradiganlar, sizlar baxtlisiz.

2 Mehnatingiz samarasini yeysiz, Baxtli bo‘lib, huzur–halovatga yetasiz. 3 Xotiningiz hovlingizdagi serhosil Uzum tokiga o‘xshagan bo‘ladi.

Dasturxoningiz atrofidagi bolalaringiz Yosh zaytun ko‘chatiga o‘xshagan bo‘ladi. 4 Ey Egamizdan qo‘rqadiganlar,

Shu tariqa baraka topasiz.


5 Egamiz Quddusdan turib sizga baraka bersin, Umringiz bo‘yi Sionning gullab–yashnashini ko‘ring. 6 Yashayvering siz, nevara–chevara ko‘ring,

Isroil uzra tinchlik bo‘lsin!


128–SANO

Ziyorat qo‘shig‘i.

1 Isroil shunday deb aytsin:

“Ular yoshligimdan menga ko‘p zulm o‘tkazib keldi. 2 Ha, yoshligimdan menga zulm o‘tkazib kelgan, Ammo meni yenga olmaganlar.

3 Meni savalab, yelkalarimda chuqur izlar qoldirdilar,

Yaralarim daladagi uzun jo‘yaklarga o‘xshar.

4 Egamiz adolatparvardir,

Fosiqlarning arqonini qirqib, meni ozod qildi.”


5 Quddusdan* nafratlanganlarning hammasi

Sharmanda bo‘lib, ortiga qaytsin.

6 Tom ustidagi o‘tlarga* o‘xshasin ular, O‘smasdan oldin qurib qolsinlar.

7 Bunday o‘tga o‘roqchilarning hovuchi to‘lmaydi, Bog‘lovchilarning quchog‘i to‘lmaydi.

8 O‘tgan–ketganlar ularga:

“Egamiz sizlarga baraka bersin,

Egamiz nomi bilan sizlarni duo qilamiz!” deb

aytmasin.

129–SANO

Ziyorat qo‘shig‘i.

1 Ey Egam, tubsiz suvlardan Senga nola qilaman.

2 Ey Rabbiy, mening ovozimni eshitgin! Iltijolarimga diqqat ila quloq solgin!


3 Ey Egam, gunohlarni hisobga olsang agar, Ey Rabbiy, kim ham bardosh bera olar?!

4 Ammo Sen kechirimlisan,

Shu bois Sendan qo‘rqamiz.


5 Egamga umid bog‘layman,

Ha, jonim Unga talpinadi.

Uning kalomiga umid bog‘layman.

6 Tongni kutgan posbondan ham ko‘proq, Ha, tongni kutgan posbondan ham ko‘proq Mening jonim Rabbiyga talpinadi.


7 Ey Isroil! Umid qilgin Egamizdan! Egamiz sodiq sevgisini ko‘rsatadi. Qutqarishga U doim tayyor!

8 Isroilni barcha gunohlaridan

Qutqaradigan Uning O‘zidir.


130–SANO

Dovudning ziyorat qo‘shig‘i.

1 Ey Egam, yuragimda mag‘rurlik yo‘q, Ko‘zlarim aslo kiborlarcha boqmaydi.

Menga g‘oyat hayratli bo‘lgan, buyuk ishlar bilan Men o‘zimni band qilmayman.

2 Bola onasi bag‘rida tinchlanganday, Men ham yengil tortib, tinchlanganman. Ha, jonim tinchlangan.


3 Ey Isroil! Hozir ham, abadulabad Egamizdan umid qilgin!


131–SANO

Ziyorat qo‘shig‘i.

1 Ey Egam, eslagin Dovudni,

U tortgan barcha azob–uqubatlarni! 2 Ey Egam, u Senga qasam ichgandi. Ey Yoqubning qudratli Xudosi,

U Senga va’da bergandi:

3 “Men aslo uyimga kirmayman, Yoki o‘rnimga yotmayman.

4 Ko‘zlarimga uyqu bermayman, Qovoqlarim yumilishiga yo‘l qo‘ymayman. 5 Egamiz uchun bir joy topmagunimcha, Yoqubning qudratli Xudosi uchun

Bir maskan bo‘lmaguncha aslo dam olmayman.”


6 Ahd sandig‘i Efratda*, deb eshitgandik,

Biz uni Yo‘r* dalalarida topib oldik. 7 “Egamizning maskaniga boraylik, Uning poyiga sajda qilaylik”, dedik.


8 Qani, kel, ey Egam, oromgohingga Qudrating ramzi bo‘lgan Sandiq bilan birga. 9 Ruhoniylaring solihlikni kiysinlar, Taqvodorlaring shodlikdan kuylasinlar!


10 O‘z quling Dovudning haqi–hurmati, Tanlagan shohingni rad qilmagin.

11 Ey Egam, Sen Dovudga ont ichgan eding, Sen shu ontingdan aslo qaytmay deysan: “O‘zingdan bino bo‘lgan o‘g‘illaringdan Birini sening taxtingga o‘tqazaman.

12 Agar o‘g‘illaring Mening ahdimga rioya qilsa, Ularga o‘rgatgan amrlarimga itoat etsa, Ularning o‘g‘illari ham

Shoh bo‘lib, to abad sening taxtingda o‘tiradi.”


13 Ey Egam, Sen Quddusni* tanlagansan,

U yerni O‘zingga maskan qilishni istagansan.

14 Sen shunday deding:

“Men to abad yashaydigan joy shu joydir,

Bu yerda istiqomat qilishni istaganman.

15 Uning ozuqalariga mo‘l qilib baraka beraman, U yerdagi faqirlarni to‘ydiraman.

16 Ruhoniylarni najotga burkayman, Taqvodorlari shodlikdan kuylaydilar!

17 Dovudning naslini bu yerda ko‘kartiraman, O‘zim tanlagan shohning chirog‘ini o‘chirmayman. 18 Uning g‘animlarini sharmandalikka o‘rayman, Shohning boshidagi toji esa porlab turaveradi.”

132–SANO

Dovudning ziyorat qo‘shig‘i.

1 Naqadar yaxshidir, yoqimlidir Birodarlar birga ahil yashasalar.

2 Ahillik Horunning boshiga surtilgan,

Soqoligacha oqib tushgan qimmatbaho moydaydir*, Kiyimlari yoqasidan oqib tushgan moy kabidir.

3 Sion tog‘lariga keladigan baraka*

Xermon tog‘idagi mo‘l shabnamga o‘xshaydi.

Siondan Egamiz O‘z barakasini va abadiy hayotni

beradi.


133–SANO

Ziyorat qo‘shig‘i.

1 Ey sizlar — Egamizning qullari,

Egamizning uyida kechasi xizmat qiladiganlar, Egamizni olqishlang!

2 Muqaddas maskan tomon Qo‘llaringizni ko‘tarib, Egamizni olqishlang!


3 Yeru osmonni yaratgan Egamiz Quddusdan* turib, sizga baraka bersin.


134–SANO

1 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


Egamizning nomiga madhiyalar bo‘lsin! Hamdu sano ayting, ey Egamizning qullari, 2 Ey Egamizning uyida xizmat qiladiganlar,

Ey Egamiz uyining hovlisida xizmat qiladiganlar!

3 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin,

U yaxshidir!

Tarannum eting Uni, bu* yoqimlidir.

4 Egamiz O‘zi uchun Yoqub naslini tanladi.

Ha, O‘zimning xazinam deb, Isroil xalqini tanladi.


5 Ha, bilaman, Egamiz ulug‘dir,

Rabbimiz barcha xudolardan yuksakdir. 6 Osmonda ham, zaminda ham, Dengizlarda, jamiki tubsiz suvlarda Egamiz istaganini qiladi.

7 U yerning to‘rt tomonidan bulutlarni olib keladi,

Yomg‘ir bilan birga chaqmoq yuboradi,

Omborlaridan shamol olib keladi.


8 Egamiz Misrning to‘ng‘ichlarini,

Inson hamda hayvonlarning birinchi tug‘ilganlarini

nobud qildi*.

9 Fir’avn va uning hamma a’yonlariga qarshi Misrning orasiga Egamiz alomatu mo‘jizalarni

yubordi*.

10 U ko‘p ellar, xalqlarni qirgan, Qudratli shohlarni bo‘g‘izlagan.

11 Amor xalqining shohi Sixo‘nni, Bashan shohi O‘gni Hamda Kan’onning barcha shohlarini qirgan*.

12 Ularning yerini Isroil xalqiga mulk qilib berdi.


13 Egamizning nomi to abad davom etar, Egamizning shuhrati nasllar osha davom etar. 14 Egamiz O‘z xalqiga adolat qiladi,

O‘z qullariga rahm–shafqat qiladi.


15 Xalqlarning xudolari esa kumush, oltindan,

Inson qo‘llarining mahsulidir.

16 Butlarning og‘izlari bor, so‘zlay olmaslar, Ko‘zlari bor, ko‘ra olmaslar.

17 Quloqlari bor ularning, eshita olmas, Ular aslo nafas ololmas.

18 Butlarni barpo qilganlar, butlarga ishonganlar Xuddi ularga o‘xshagan bo‘lib qolar.


19 Ey Isroil xalqi, olqishlar ayting Egamizga!

Ey Horun xonadoni*, madhiyalar ayting Egamizga!

20 Ey Levi xonadoni*, olqishlar ayting Egamizga!

Ey Egamizdan qo‘rqqanlar, madhiyalar ayting Unga!

21 Quddusda istiqomat qiladigan Egamizga Sionda olqishlar ayting!


Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


135–SANO

1 Shukrona ayting Egamizga, U yaxshidir! Uning sodiq sevgisi abadiydir.

2 Shukrona ayting xudolarning Xudosiga, Uning sodiq sevgisi abadiydir.

3 Shukrona ayting egalarning Egasiga*, Uning sodiq sevgisi abadiydir.

4 Shukrona ayting Xudoga,

Faqatgina U buyuk ajoyibotlar ko‘rsatadi.

Uning sodiq sevgisi abadiydir.

5 Shukrona ayting donolik bilan samolarni yaratganga*,

Uning sodiq sevgisi abadiydir.

6 Shukrona ayting suvlar uzra yerni barpo qilganga*, Uning sodiq sevgisi abadiydir.

7 Shukrona ayting ulkan yoritqichlarni yaratganga, Uning sodiq sevgisi abadiydir.

8 Kunduzi nur sochib tursin deya, Quyoshni yaratganga shukrona ayting. Uning sodiq sevgisi abadiydir.

9 Tun uzra nur sochib tursin deya, Yulduzlaru oyni yaratganga shukrona ayting. Uning sodiq sevgisi abadiydir.


10 Shukrona ayting Misrning to‘ng‘ichlarini urganga*, Uning sodiq sevgisi abadiydir.

11 Shukrona ayting Misrdan Isroilni olib chiqqanga*, Uning sodiq sevgisi abadiydir.

12 Shukrona ayting yo‘g‘on bilaklariyu Kuchli qo‘li ila Isroilni olib chiqqanga, Uning sodiq sevgisi abadiydir.

13 Shukrona ayting Qizil dengizni* ikkiga bo‘lganga*, Uning sodiq sevgisi abadiydir.

14 Shukrona ayting Isroilni dengiz o‘rtasidan o‘tkazganga,

Uning sodiq sevgisi abadiydir.

15 Shukrona ayting fir’avn va uning lashkarlarini

Qizil dengizga uloqtirganga, Uning sodiq sevgisi abadiydir.

16 Shukrona ayting O‘z xalqini sahro bo‘ylab olib o‘tganga,

Uning sodiq sevgisi abadiydir.

17 Shukrona ayting buyuk shohlarni halok qilganga, Uning sodiq sevgisi abadiydir.

18 Shukrona ayting qudratli shohlarni qirganga, Uning sodiq sevgisi abadiydir.

19 Shukrona ayting Amor xalqining shohi Sixo‘nni o‘ldirganga,

Uning sodiq sevgisi abadiydir.

20 Shukrona ayting Bashan shohi O‘gni o‘ldirganga*, Uning sodiq sevgisi abadiydir.

21 Shukrona ayting ularning yerini

O‘z xalqiga mulk qilib berganga, Uning sodiq sevgisi abadiydir. 22 Shukrona ayting u yerlarni

O‘z quli Isroilga mulk qilib berganga,

Uning sodiq sevgisi abadiydir.


23 Shukrona ayting xor bo‘lganimizda bizni

eslaganga,

Uning sodiq sevgisi abadiydir.

24 Shukrona ayting bizni dushmanlarimizdan qutqarganga,

Uning sodiq sevgisi abadiydir.

25 Shukrona ayting barcha jonzotlarni oziqlantiradiganga,

Uning sodiq sevgisi abadiydir.


26 Shukrona ayting Samoviy Xudoga, Uning sodiq sevgisi abadiydir.


136–SANO

1 Bobildagi daryolar bo‘yida o‘tirardik, Yig‘lab, u yerlarda Quddusni* eslardik. 2 Liralarimizni o‘sha yerdagi tollarga Osib qo‘ygandik.

3 Bizni u yerda asirga olganlar:

“Qo‘shiq aytib beringlar”, derdilar,

Bizga zulm qilganlar ko‘ngillarini chog‘ qilgani: “Bizga Quddus qo‘shiqlaridan kuylanglar”, derdilar.


4 Qanday qilib begona yurtda

Biz Egamizga qo‘shiq kuylay olardik?!

5 Ey Quddus, agar seni unutsam,

O‘ng qo‘lim qurib qolsin.

6 Agar men seni eslamasam,

Quddusni eng katta shodligim deb bilmasam, Tilim tanglayimga yopishib qolsin.


7 Ey Egam, Quddus qulagan kunda Edomliklar* nima qilganini yodda tutgin. Axir, ular: “Qulating, yiqiting uni!

Poydevorigacha qulatib tashlang!” deb baqirgan.


8 Ey Bobil shahri! Qirg‘inga mahkum bo‘lgansan*. Bizga ne qilgan bo‘lsang, o‘shani

Boshingga soladiganlar baxtlidir.

9 Sening go‘daklaringni ushlab, qoyaga urib,

Tilka–pora qiladiganlar baxtlidir.


137–SANO

Dovud sanosi.

1 Ey Egam, chin dildan Senga shukrona aytaman, Farishtalar* oldida Sening madhingni kuylayman. 2 Muqaddas Ma’bading oldida sajda qilaman,

Sodiq sevging, sadoqating uchun O‘zingga shukrona

aytaman,

Nomingni ham, so‘zingni ham har narsadan yuqori qo‘ygansan.

3 Chaqirganimda, menga javob bergansan, Qudrating bilan meni jasur qilgansan.


4 Ey Egam, zamin shohlari Senga shukur aytadi,

Og‘zingdan chiqqan so‘zlarni ular eshitganlar.

5 Ey Egam, ishlaringni ular kuylasinlar! Zero, Sening shuhrating buyukdir!

6 Garchi Sen yuksak bo‘lsang–da, xor bo‘lganlarga

boqasan,

Kiborlarni Sen uzoqdan ham bilasan.


7 Kulfatda yursam ham, dushmanlarim g‘azabidan

saqlaysan,

O‘ng qo‘lingni uzatib, meni qutqarasan.

8 Ey Egam, men uchun qasos olasan*. Sodiq sevging to abad davom etar, O‘zing yaratganlarni tark etmagin.


138–SANO

Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

1 Ey Egam, meni O‘zing sinab ko‘rib, bilgansan,

2 Qachon o‘tirib, qachon turishimni O‘zing bilasan, O‘y–xayollarimni uzoqdan turib anglab olasan,

3 Yurishimni, yotishimni Sen tekshirasan, Barcha yo‘llarim Senga oyday ravshandir. 4 Biron so‘z tilimga kelmasdan oldin,

Ey Egam, Sen hammasini bilasan.

5 Meni hamma tomondan o‘rab olgansan, Qo‘llaringni ustimga qo‘ygansan.

6 Donoliging men uchun juda ajoyibdir,

Shu qadar yuksakki, men anglay olmasman.


7 Sening Ruhingdan qochib, qayerga ham bora

olaman?!

Sening huzuringdan qayerga ham keta olaman?!

8 Agar osmonga chiqsam, Sen o‘sha yerdasan! O‘liklar diyoriga* tushsam ham, Sen o‘sha yerdasan! 9 Saharning qanotlarini olib parvoz qilsam, Dengizning eng uzoq chetlariga o‘rnashsam,

10 Hatto u yerda ham qo‘llaring meni yetaklar, O‘ng qo‘ling meni quvvatlar.

11 Agarda: “Shubhasiz, meni zulmat qamrab oladi, Atrofimda kunduz tunga aylanadi”, deb aytsam,

12 Hatto zulmat ham Sen uchun qorong‘i emas,

Tun kunduz kabi nur sochar, Tunu kunduz Sen uchun birdir.


13 Ichki a’zolarimni Sen yaratgansan, Onamning qornida menga shakl bergansan. 14 Senga shukrona aytaman.

Axir, qanday ajoyib qilib yaratilganman! Sening barcha ishlaring naqadar ajoyib, Buni men juda yaxshi bilaman.

15 Men pinhon yaratilganimda,

Yerning tubida* mahorat ila to‘qilganimda,

Suyaklarim Sendan yashirin emas edi.

16 Ko‘zlaring ko‘rgandi homila ekanimni. Menga ajratilgan kunlar kelmasdan, Hammasi kitobingga yozilgandi.

17 Sening niyatlaring, ey Xudo, menga qadrlidir, Niyatlaringning son–sanog‘i naqadar ko‘pdir.

18 Qumdan ham ko‘p bo‘lardi agar ularni

sanaganimda,

Uyg‘onganimda qarasam, hamon men bilan ekansan

birga.


19 Ey Xudo, koshki fosiqni o‘ldirsang edi, Qonxo‘r mendan uzoqlashsa edi,

20 Sen haqingda ular fitna qiladilar,

Dushmanlaring Sening noming bilan yolg‘on qasam

ichadilar.

21 Ey Egam! Sendan nafratlanganlardan men nafratlanmaymanmi?!

Senga qarshi isyon qilganlardan men jirkanmaymanmi?!

22 Ulardan butunlay nafratlanaman,

Ularni o‘zimning dushmanim deb bilaman.

23 Tekshirib ko‘r meni, ey Xudo, yuragimni bil, Sinab ko‘r meni, tashvishlarimni bil.

24 Bilgin–chi, mening biron qabihligim bormikan?

Meni abadiy yo‘ldan* yetaklab borgin.


139–SANO

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

2 Yomonlardan meni qutqar, ey Egam,

Zo‘ravonlardan himoya qil meni.

3 Ular yuraklarida qabihlikni qasd qiladi, Doimo urush–janjallarni qo‘zg‘aydi.

4 Ular tillarini ilonday o‘tkir qiladi,

Tillaridan ilon zahri tomadi.


5 Ey Egam, meni qabihlarning qo‘lidan qutqar, Yiqitmoqchi bo‘lgan zo‘ravonlardan meni himoya qil. 6 Takabburlar men uchun tuzoq qo‘yganlar,

Ular to‘rlarining iplarini yoyganlar, Yo‘lim bo‘ylab menga qopqon qo‘yganlar.


7 Ey Egam, Senga aytaman: “Sen Mening Xudoyimsan.”

Quloq sol, ey Egam, Senga iltijo qilaman. 8 Ey Egam Rabbiy, qudratli najotkorim! Jang kunida boshimni omon saqlading.

9 Ey Egam, fosiqning istagini bajo qilmagin, Ularning qabih rejalariga omad bermagin, Ular mag‘rurlanib ketmasin.


10 Atrofimni o‘rab olganlarning tahdidlari, O‘zlarining boshiga kelsin.

11 Yonayotgan ko‘mir cho‘g‘i o‘zlariga yog‘ilsin, Ular olovga, iflos chuqurlarga uloqtirilsin–u, Aslo qaytib chiqmasin.

12 Tuhmatchilarga yurtda aslo joy bo‘lmasin, ko‘karmasin,

Falokat zolimning izidan tushib, uni yo‘q qilsin.


13 Bilaman, ey Egam, mazlumni himoya qilasan, Bechoraholni adolat ila qo‘llab–quvvatlaysan. 14 Solihlar albatta Senga shukrona aytadi, To‘g‘ri insonlar huzuringda istiqomat qiladi.

140–SANO

Dovud sanosi.

1 Senga yolvoraman, ey Egam, yonimga tez kelgin, Senga yolvorganimda ovozimga quloq solgin.

2 Ibodatimni tutatqi nazriday qabul qilgin,

Qo‘llarimni ko‘targanimni kechki qurbonlik deb

bilgin.


3 Ey Egam, og‘zimga posbon qo‘ygin, Lablarim eshigini qo‘riqlagin.

4 Yuragimni qabihlikka burmagin,

Yomon ishlarga qo‘shilishimga yo‘l qo‘ymagin,

Badkirdorlarning jamoasida Ziyofatlarini yeyishimga yo‘l qo‘ymagin. 5 Mayli, solih odam meni uraversin, Sodiq odam meni to‘g‘rilasin,

Boshim shunday a’lo moyni rad qilmasin.


Mening ibodatim muttasil Badkirdorlarning qabih ishlariga qarshidir. 6 Ularning hakamlari qoyadan uloqtiriladi,

Shunda fosiqlar so‘zlarim haq ekanligini bilib

olishadi.

7 Badkirdorlar aytar: “Shudgor qilinib, parchalangan

yerday,

Suyaklarimiz qabr* og‘zida maydalanib, sochilib yotibdi.”


8 Ko‘zlarim Sendadir, ey Egam Rabbiy, Sendan panoh izlayman,

Meni tashlab qo‘ymagin.

9 Badkirdorlarning qopqonlaridan, Ular qo‘ygan tuzoqdan meni saqlagin. 10 Men sog‘–omon o‘tib ketayin,

Fosiqlar qo‘ygan to‘rlariga o‘zlari tushsin.


141–SANO

Dovud g‘orda bo‘lgandan keyin* aytgan qasidasi*. Ibodat.

1 Ey Egam, Senga qattiq faryod qilaman, Ey Egam, Senga qattiq yolvoraman.

2 Dardlarimni Senga to‘kib solaman, Qayg‘ularimni Sening oldingda aytaman.

3 Ruhim so‘lg‘in bo‘lganda, Yo‘llarimni Sen bilasan.


Men yuradigan so‘qmoqlarda G‘animlarim menga tuzoq qo‘yishgan. 4 O‘ng tomonimga qarab ko‘r:

Menga e’tibor beradigan biron kimsa yo‘q. Hech qayerga qochib keta olmayman, Men uchun hech kim qayg‘urmas.


5 Senga yolvorib aytaman, ey Egam:

“Sen mening panohimsan,

Bu dunyodagi xavfsizligim Sensan.”

6 Faryodimga quloq solgin,

Axir, oyoq osti bo‘lib ketdim–ku.


Meni ta’qib qiluvchilardan qutqar, Ular mendan g‘oyat kuchlidirlar.

7 Meni tutqunlikdan chiqarib olgin, Toki Senga shukrona aytay.

Menga ezgulik qilganing uchun

Solihlar atrofimni o‘rab oladi.


142–SANO

Dovud sanosi.

1 Eshitgin, ey Egam, ibodatlarimni, Sen sodiqsan, iltijoimga quloq sol, Sen odilsan, javob ber.

2 Men, O‘z qulingni hukm qilmagin,

Axir, Sening nazaringda hech kim solih emas.


3 Dushmanlar meni ta’qib qilgan, Mening tanamni tuproqqa qorgan, Azalda olamdan o‘tganlar kabi,

Meni zulmatda yashashga majbur qilar.

4 Shu bois ruhim so‘lgan,

Yuragim qo‘rquvdan uvushib qolgan.


5 Men oldingi kunlarni eslayman,

Sening hamma ishlaring haqida o‘ylayman, Qo‘llaring ijodini xayolimga keltiraman.

6 Qo‘llarimni Senga ibodat uchun ochaman,

Qaqragan yer kabi jonim Senga tashna.


7 Ey Egam, menga tez javob ber,

Ruhim tushkunlikda,

Mendan yuz o‘girmagin,

Toki qabrga kirganlarday bo‘lib qolmayin. 8 Saharda sodiq sevgingni menga bildirgin, Umidimni Senga bog‘layman.

Yuradigan yo‘limni O‘zing ko‘rsatgin,

Yuragimni Senga ochaman.

9 Ey Egam, meni g‘animlarimdan qutqar,

Panoh istab Senga qochib borganman.

10 Sening xohishingni bajarmoqqa meni o‘rgat,

Sen Xudoyimsan, Sening ezgu Ruhing Meni tekis so‘qmoqdan yetaklab borsin.


11 Ey Egam, O‘z noming haqi meni saqlagin, Adolating bilan meni kulfatdan qutqargin. 12 Sodiq sevging haqi qirgin g‘animlarimni,

Yo‘q qilib tashlagin hamma dushmanlarimni,

Axir, men Sening qulingman–ku.


143–SANO

Dovud sanosi.

1 Egamga, suyangan qoyamga olqishlar bo‘lsin,

U qo‘llarimni urushga, barmoqlarimni jangga o‘rgatgan.

2 Egam doim menga sodiqdir,

U mening qal’am, qo‘rg‘onim, xaloskorimdir.

Ha, Egam mening qalqonim, Unda men panoh topaman,

Xalqlarni* U menga bo‘ysundiradi.


3 Ey Egam, inson zoti kimdirki, unga e’tibor bersang?!

Bandalar* kimdirki, ular haqda o‘ylasang?!

4 Inson umri og‘izdan chiqqan nafasga o‘xshar, Odamzodning hayoti o‘tkinchi soyaga o‘xshar.


5 Ey Egam, ko‘klarni yorib, pastga tushgin, Tog‘larga tekkin, ulardan tutun chiqsin.

6 Chaqmoq chaqtir, yovlarni tirqiratgin,

O‘qlaringni ot, ularni sarosimaga solgin.

7 Yuqoridan uzat qo‘lingni, meni qutqargin, Azim suvlardan meni chiqarib olgin, Begonalar qo‘lidan meni qutqargin.

8 Ularning so‘zlari behuda,

Qo‘lini ko‘tarib, ular yolg‘on qasam ichadi.

9 Ey Xudo, Senga yangi qo‘shiq kuylayman, O‘n torli arfa chalib Seni tarannum etaman. 10 Shohlarga Sen zafar ato etasan,

Quling Dovudni shafqatsiz qilichdan qutqarasan.

11 Kelgindilarning qo‘lidan Meni xalos qil, qutqargin. Ularning so‘zlari behuda,

Qo‘lini ko‘tarib, ular yolg‘on qasam ichadi.


12 O‘g‘illarimiz yoshligida yaxshi o‘sgan ko‘chatga o‘xshasin,

Qizlarimiz saroyning o‘ymakor ustunlariga o‘xshasin.

13 Omborlarimiz noz–ne’matlarga to‘lib–toshsin,

Qo‘ylarimiz minglab, o‘n minglab yaylovlarda ko‘paysin.

14 Ho‘kizimiz og‘ir yuklarni tortsin*, Devorlarimiz darz ketmasin, Odamlarimiz surgun bo‘lmasin,

Ko‘chalarimizda oh–voh, g‘amu kulfat bo‘lmasin.


15 Naqadar baxtlidir bunday insonlar! Baxtlidir Xudoni Egamiz deb bilgan xalq!


144–SANO

Dovudning hamdu sanosi.

1 Ey Xudoyim, Shohim! Seni ulug‘layman! To abad Sening nomingni olqishlayman! 2 Har kuni Seni olqishlayman,

Senga to abad hamdu sano aytaman.


3 Egamiz buyukdir, madh etilsin yanada, Aql yetmas Uning buyukligiga.


4 Ey Egam, bir nasl boshqasiga maqtar ishlaringni,

Ular e’lon qilar qudratli ishlaringni.

5 Ular shonli dabdabangni, ulug‘vorligingni so‘ylaydilar,

Men esa ajoyib mo‘jizalaring haqida o‘ylayman*.

6 Odamlar qo‘rqinchli ishlaring qudrati haqida

aytadilar,

Men esa buyukligingni e’lon qilgayman.

7 Insonlar cheksiz ezguligingni xotirlab, gapiraveradilar.

Adolatingni ular sevinch ila kuylaydilar.

8 Egamiz inoyatli, rahmdildir,

Jahli tez chiqmaydi, sodiq sevgisi mo‘ldir. 9 Egamiz har kimsaga himmat qilar, Yaratganlarining har biriga shafqat aylar.


10 Ey Egam, jamiki yaratganlaring Senga shukur aytar,

Jamiki taqvodorlaring Senga olqishlar kuylar. 11 Saltanating shuhratini ular hikoya qilar, Sening qudrating haqida ular so‘ylab yurar.

12 Hammani qudratli ishlaringdan,

Saltanating shuhratiyu dabdabasidan xabardor qilar. 13 Sening saltanating abadiy shohlikdir, Hukmronliging nasllar osha davom etar*.


14 Yiqilayotganlarga Egamiz tayanch bo‘ladi,

Ikki bukilganlarning qaddini rostlaydi.


15 Ey Egam, hammaning ko‘zi umid bilan Senga tikilar,

O‘z paytida ularning rizqini berasan.

16 Sen qo‘lingni ochib,

Jamiki jonzotning istagini qondirasan.


17 Egamiz hamma yo‘llarida adolat qilar, Hamma ishlarida sevgisini ko‘rsatar.

18 Egamiz O‘ziga yolvorganlarning yonidadir,

Chin dildan iltijo qilganlarning yonidadir.

19 Undan qo‘rqqanlarning tilagini Egamiz qondirar,

Ularning nolasini eshitib, ularga najot berar. 20 Egamiz O‘zini sevuvchilarni asraydi, Hamma fosiqlarni qirib tashlaydi.


21 Egamizning hamdu sanosi doimo tilimda bo‘ladi,

Jamiki jonzot Uning muqaddas nomini to abad olqishlaydi.


145–SANO

1 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


Egamni madh qil, ey jonim!

2 Tirik ekanman, Egamga hamdu sano aytaman, Umrim boricha Xudoyimga hamdu sano kuylayman.


3 Umid bog‘lamang shahzodalarga,

Najot berolmaydigan inson zotiga.

4 Ular jon bergach, tuproqqa qaytar,

O‘sha ondayoq ularning rejasi yo‘qqa chiqar.


5 Yoqubning Xudosini madadkorim, deb aytganlar baxtlidir,

O‘zlarining Egasi Xudodan umid qilganlar baxtlidir.

6 Ha, Yoqubning Xudosi

Osmonni, yerni hamda dengizni yaratgan. Dengizu undagi hamma jonzotni U yaratgan, U to abad sodiq bo‘lib qoladi,

7 Mazlumlarga adolat qiladi, Ochlarga U non beradi.

Asirlarni ozod qiluvchi Egamizdir.

8 Egamiz ko‘rning ko‘zlarini ochadi, Ikki bukilganlarning qaddini rostlaydi, Egamiz solihlarni sevadi.

9 Egamiz musofirlarni asraydi, Yetim va bevalarni qo‘llaydi, Fosiqning yo‘llariga xalaqit beradi.


10 Egamiz to abad hukmdordir,

Ey Quddus*, sening Xudoying nasllar osha hukmdordir!


Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


146–SANO

1 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


Naqadar yaxshidir Xudoyimizni tarannum etmoq!

Naqadar lazzatli, munosib Unga hamdu sano aytmoq!

2 Egamiz Quddusni qaytadan quradi,

Surgundagilarni Isroilga yig‘adi.

3 Ezilgan ko‘ngillarga U shifo beradi,

Ularning yaralariga malham qo‘yadi.

4 Yulduzlarning sonini U aniqlab chiqadi, Ularning hammasiga nom beradi.

5 Rabbimiz buyukdir, qudrati azimdir, Uning donoligi cheksizdir.

6 Egamiz mazlumlarni yuksaltiradi, Fosiqlarni esa yerga urib ezadi.


7 Egamizga shukrona aytib tarannum qiling, Xudoyimizga atab lirada kuy chaling.

8 U samolarni bulutlar ila qoplaydi, U yerni yomg‘ir bilan ta’minlaydi, Qir–adirlarda o‘t–o‘lan o‘stiradi.

9 U hayvonlarning rizq–ro‘zini beradi,

Qarg‘a bolalari qag‘illaganda ularga oziq beradi. 10 U otlarning kuchidan zavq olmaydi, Sipohning kuchli oyoqlaridan xushlanmaydi.

11 Egamiz O‘zidan qo‘rqqanlardan xushlanadi,

Uning sodiq sevgisiga umid qilganlardan mamnun

bo‘ladi.


147–SANO

1 Egangni olqishlagin, ey Quddus! Xudoyingga hamdu sano ayt, ey Sion!

2 Darvozalaring tambalarini U mustahkam qiladi, Ichingdagi bolalaringga U baraka beradi.

3 Shohligingga U tinchlik ato qiladi,

Bug‘doyning eng yaxshisi bilan to‘ydiradi.


4 Xudo amrlarini yer yuziga yuboradi,

Uning aytgan so‘zlari tez yoyiladi. 5 U qorni oppoq ko‘rpaday yoyadi, Qirovni kul kabi sochadi.

6 Do‘lni ushoq kabi yog‘diradi,

Uning sovug‘i oldida kim bardosh bera oladi?! 7 Kalomini yuborib, Egamiz muzlarni eritadi, Shamolini esdirib, suvlar oqizadi.


8 Yoqub nasliga so‘zini ayon qiladi, Qonun–qoidalarini Isroilga bildiradi.

9 Boshqa xalqlarga Egamiz shunday qilmadi,

O‘sha xalqlar Uning qonunlarini bilmaydi. Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!

148–SANO

1 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin samolardan,

Unga hamdu sanolar bo‘lsin falaklardan!

2 Ey Uning farishtalari,

Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Ey Uning samoviy lashkarlari, Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!

3 Unga hamdu sanolar bo‘lsin, ey quyosh, ey oy, Hamdu sanolar bo‘lsin Unga, nurli yulduzlar!

4 Hamdu sanolar bo‘lsin Unga, ey falaklar toqi,

Ey samolar uzra joylashgan suvlar!*


5 Egamizga hamdu sano aytsin ular, Egamizning amri bilan yaratilgan ular.

6 Egamiz bir farmon bilan ularni to abad joyiga

o‘rnashtirdi,

Bu farmon bekor qilinmaydi.


7 Yer yuzidan Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!

Ey jamiki tubsiz suvlar, dengiz maxluqlari,

8 Ey chaqmoq, qor, do‘l, bulutlar, Uning amriga bo‘ysunuvchi bo‘ronlar Egamizga hamdu sanolar ayting!


9 Madhiyalar ayting Unga, ey tog‘lar, jamiki qirlar,

Mevali daraxtlar, jamiki sadr daraxtlari!

10 Hamdu sano ayting Unga,

Ey yovvoyi hayvonlar, jamiki chorva, Sudralib yuruvchilaru uchar qushlar!


11 Madhiyalar ayting Unga,

Ey zamindagi shohlar, jamiki xalqlar, Shahzodalar, zamindagi hamma hukmdorlar! 12 Unga hamdu sano ayting yigitlar, qizlar, Yoshu qari — hammangiz birga.


13 Hammasi Egamizga hamdu sano aytsin,

Yolg‘iz Uning nomi yuksakdir, Shuhrati zaminu osmondan balanddir. 14 Egamiz O‘z xalqini qudratli qildi*.

Shu bois taqvodorlari Uni ulug‘lamoqda,

Qadrdoni Isroil xalqi Uni madh etmoqda.


Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


149–SANO

1 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


Egamizga yangi bir qo‘shiq ayting, Taqvodorlar jamoasiga hamdu sano ayting. 2 Isroil o‘z Yaratuvchisi tufayli quvonsin, Quddus* xalqi o‘z Shohidan shod bo‘lsin.

3 Egamizga ular raqs ila hamdu sano aytsin,

Doira, lira Unga atab kuy chalsin.

4 Egamiz O‘z xalqidan xushnuddir,

Mazlumlarga najotni toj qilib kiydiradi.

5 Erishgan sharafi tufayli taqvodorlar shod bo‘lsin, To‘shaklarida yotganlarida shodlanib qo‘shiq aytsin. 6 Xudoga hamdu sano tillaridan tushmasin, Qo‘llarida dudama qilichlar bo‘lsin,

7 Toki yot xalqlardan qasos olsin, Elatlarga jazosini bersin,

8 Ularning shohlarini zanjirband qilsin, Aslzodalariga temir kishanlar solsin.

9 Ular ustidan Xudoning hukmini ijro etsin, Taqvodorlari uchun sharaf shudir.


Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


150–SANO

1 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


Xudoga hamdu sanolar bo‘lsin muqaddas maskanida, Unga hamdu sanolar bo‘lsin

Samoda — mustahkam qal’asida.

2 Qudratli ishlari uchun Unga hamdu sanolar bo‘lsin, Tengsiz buyukligi uchun madhiyalar bo‘lsin.


3 Unga hamdu sano ayting burg‘u chalib,

Unga hamdu sano ayting arfa, lira chalib.

4 Doira chalib, raqs ila Unga hamdu sano ayting, Torli asbob, nay chalib, Unga madhiyalar ayting.

5 Jarangdor zillar chalib, Unga hamdu sano ayting,

Ohangdor zillarni qattiq chalib, Unga madhiyalar ayting.

6 Egamizga hamdu sano ayting, Ey jamiki tirik jonzotlar!


Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!

IZOHLAR

2:6 Sion — Eski Ahddagi she’riy parchalarda va payg‘ambarlar bitiklarida Sion so‘zi ko‘pincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SION so‘ziga qarang.

2:7 …Sen mening o‘g‘limsan, Bugun Men senga ota bo‘ldim — qadimgi paytlarda ba’zan shohanshoh va uning qo‘li ostidagi boshqa bir shoh orasidagi munosabat ota–o‘g‘il munosabatiday tasvirlangan. Ushbu oyatda Dovud naslidan bo‘lgan, toj kiydirilgan yangi shoh Xudoning o‘g‘li deb aytilgan. Shohanshoh Xudo esa bu oyatda o‘sha shohning otasi sifatida tasvirlangan. 2 Shohlar 7:8-16, Zabur 88:20-30 ga qarang.

2:9 …ularni urib ezasan… — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimada …ularni boshqarasan….

2:11 Vahima ila tavba qiling! — yoki Titrab, shod bo‘ling!

2:12 Uning o‘g‘li — shu sanoning 7–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

3:1 O‘g‘li Absalomdan qochib ketgandan keyin… — 2 Shohlar 15:13-17:22 ga qarang.

3:5 Muqaddas tepaligi — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang.

4:3 Ey insonlar, qachongacha…yolg‘onlarni izlab yurasiz?! — yoki Ey insonlar, qachongacha mening ulug‘vor Xudoyimni kamsitasiz?! Qachongacha arzimas narsalarga ko‘ngil qo‘yasiz?! Soxta xudolarni izlab yurasiz?!

4:5 Hatto g‘azablanganingizda ham gunoh qilmang… — yoki Qo‘rquvdan titrang, gunoh qilmang….

6:6 O‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. Qadimda Isroil xalqi Sheo‘lni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorong‘i joy deb tushunardi. Yana 87:11-13 ga qarang.

8:5 Bandalar — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Inson o‘g‘li. Bu ibroniycha

ibora ko‘chma ma’noda ishlatilib, odamning o‘tkinchi ekanligini bildiradi.

8:6 O‘zing — ibroniycha matnda elohim. Odatda bu so‘z Xudoga ishora qiladi, ammo

qudratli hukmdorlar, ilohiy mavjudotlar yoki farishtalarni ham bildirishi mumkin. 8:7 Jamiki yaratganing uzra ularni hukmron qilding… — Ibtido 1:26-28 ga qarang. 9:1 Qizlar — yoki O‘g‘ilning o‘limi.

9:12 Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu sanoning 15–oyatida ham bor). 2:6 izohiga qarang.

9:16 Xalqlar o‘zlari qazigan chuqurga o‘zlari yiqildi… — 7:16-17 ga qarang.

9:18 O‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. 6:6 izohiga qarang.

10:6 Qabihning ustiga cho‘g‘, oltingugurt yog‘diradi… — Ibtido 19:24-25 ga qarang.

10:6 garmsel — hosilga katta ziyon keltiradigan issiq shamol. Bu o‘rinda majoziy ma’noda ishlatilib, Xudoning hukmini bildiradi.

13:1 Ahmoqlar ahmoqlar deb tarjima qilingan ibroniycha so‘z axloqsiz odamlarga

ishora qiladi. Bunday odamlar Xudoni sevishni va Unga ishonishni rad qiladilar.

13:7 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.

14:1 Sening muqaddas tog‘ing — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang.

15:10 o‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. 6:6 izohiga qarang.

15:10 Taqvodoring — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Muqaddas bo‘lganing.

17:3 qoya — bu obraz ba’zan ibroniy she’riyatida ko‘chma ma’noda qo‘llangan bo‘lib, Egamizni toqqa o‘xshatadi. Egamizning xalqi o‘z dushmanlaridan qutulish uchun, qochib Egamizda panoh topadi. Bu obraz Egamizning barqarorligini va qoyaday mustahkam ekanligini ko‘rsatadi.

17:3 qudratli najotkorim — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi najotimning shoxi yoki meni qutqaradigan shox. Ho‘kizning shoxi kuch–qudrat ramzi edi, chunki ho‘kiz qadimiy Yaqin Sharqdagi eng kuchli hayvonlardan biri edi.

17:6 o‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. 6:6 izohiga qarang.

17:11 karub — qanotli samoviy mavjudot. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi KARUB, KARUBLAR so‘ziga qarang.

17:14 …Xudoyi Taoloning sadosi eshitildi — ba’zi ibroniy qo‘lyozmalaridan va qadimiy yunoncha tarjimadan (yana 2 Shohlar 22:14 ga qarang). Ibroniycha matnda do‘l va qip– qizil cho‘g‘ degan ibora bu misraning oxiriga qo‘shilgan.

17:16 Zamin poydevori — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga ko‘ra, yer tep–tekis bo‘lib, yer ostida buyuk dengiz bor edi, dengiz tubida o‘rnatilgan ulkan ustunlar yerni ushlab turardi. Bu ustunlar dengiz tubidagi poydevorga tayanardi.

18:4-5 Samo, falak aytmas bir gap…5 Ammo xabarlari… — yoki Biron xalq yo‘qki, samoyu falakning ovozini eshitmasa, Til yo‘qki, uni tushunmasa. 5 Ammo ularning ohanglari….

19:3 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.

19:10 Ey Egam…javob bergin bizga — yoki Ey Egam, ato qilgin g‘alaba. Ey Shohimiz,

iltijo qilganimizda, javob bergin bizga.

21:13 buqalar — sano ijodkori bu so‘z orqali dushmanlarini nazarda tutgan. U dushmanlarini yana sherlar (shu sanoning 14, 22–oyatlariga qarang), ko‘ppaklar (shu sanoning 17, 21–oyatlariga qarang) va yovvoyi buqalar (shu sanoning 22–oyatiga qarang) deb ataydi.

21:13 Bashan o‘lkasi — Bashan Jalila ko‘lining shimoli–sharqida joylashgan bo‘lib, o‘zining ko‘m–ko‘k yaylovlari va sog‘lom nasldor, chorvasi bilan mashhur edi.

21:16 Madorim qurib, sopol parchasiday bo‘lib qoldim — yoki Og‘zim sopol parchasiday

qurib ketdi.

21:17 …Qo‘lu oyoqlarimni ular ilma–teshik qiladi — ba’zi ibroniy qo‘lyozmalaridan, qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …Sher kabi, qo‘l–oyoqlarim. Bu iborani …Ular sher kabi, qo‘l–oyoqlarimni bosib turadilar yoki …Ular sher kabi, qo‘l–oyoqlarimni g‘ajiydilar deb tarjima qilsa ham bo‘ladi.

21:27 …yeb to‘yadilar… — sano ijodkori Xudodan olgan yordami uchun Xudoga

shukrona bildirish niyatida Ma’badga nazr olib kelgan. So‘ng o‘sha nazrning bir qismini

taom sifatida qashshoqlarga ulashib bergan.

22:4 zulmat vodiysi — yoki o‘lim vodiysi zulmati.

22:4 tayoq — yovvoyi hayvonlarni haydab yuborish uchun ishlatilgan.

22:4 Xivich — qo‘ylarga yo‘l ko‘rsatish, ularni boshqarish va xavfli joylardan qutqarish

uchun ishlatilgan.

23:2 U olamni o‘rnatgan…ummonlar uzra — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga ko‘ra, yer tep–tekis bo‘lib, yer ostida buyuk dengiz bor edi, dengiz tubida o‘rnatilgan ulkan ustunlar yerni ushlab turardi. Bu ustunlar dengiz tubidagi poydevorga tayanardi.

23:3 Uning tepaligi — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang.

23:6 …Xudoga intilgan Yoqub nasli… — yoki …Yoqubning Xudosiga intilgan odamlar….

24:1 Bu sano ibroniychada muvashshah usulida yozilgan she’rdir. Bu sanoning har bir oyatidagi birinchi so‘z ibroniy alifbesi tartibi bo‘yicha boshlanadi.

25:3 …Senga doim sodiqman — yoki …Sadoqating tufayli yo‘limni topaman.

27:2 maskan — bu o‘rindagi ibroniycha so‘z Ma’badning Eng muqaddas xonasiga ishora

qiladi.

28:1 ilohiy zotlar — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Xudoning o‘g‘illari. Bu ibora samoda yashaydigan mavjudotlarga, jumladan, farishtalarga nisbatan ishlatilgan. Xudoning taxti atrofida samoviy mavjudotlar yig‘ilgani haqida Eski Ahdda bir necha marta so‘z yuritilgan (misol uchun, 81:1, 88:6-8 ga va 3 Shohlar 22:19-22, Ishayo 6:1-

8 ga qarang).

28:2 Muqaddas ulug‘vorlikka burkangan Egamizga sajda qiling! — yoki Egamizning muqaddas maskani ulug‘vorligi ichra Unga sajda qiling! yoxud Muqaddas liboslarda Egamizga sajda qiling!

28:5 Lubnondagi sadr daraxtlari — Lubnon tog‘larida o‘sadigan bu sadr daraxtlari dunyoning o‘sha hududidagi eng katta daraxt turlaridan edi.

28:6 Xermon tog‘i — ibroniycha matnda Siriyon, Xermon tog‘ining yana bir nomi

(Qonunlar 3:9 ga qarang). Xermon tog‘i — hozirgi Suriyaning eng baland tog‘i. 28:9 …ulkan daraxtlarni egib yuboradi… — yoki …bug‘u tug‘ishiga sabab bo‘ladi…. 28:10 to‘fon — shu sanoning 3–oyatida aytib o‘tilgan suvlarga ishora qilingan,

shuningdek, olamni yo‘q qilib yuborgan to‘fonga ishora qilayotgan bo‘lishi ham mumkin

(Ibtido 7:1-8:22 ga qarang). Xudo bu qudratli kuchlarni boshqaradi. 29:4 o‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. 6:6 izohiga qarang. 29:10 Tuproq Senga hamdu sano aytarmi?! — 6:6 ga qarang.

29:12 Aza libosi — ibroniycha matnda Qanor. Qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Qanorga o‘ranib olish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi. Ko‘pincha bu harakat Xudodan kechirim so‘rab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan (shu sanoning 8-10–oyatlariga qarang).

30:11 Gunohlarim — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha va suryoniycha

tarjimalarda kulfatlarim.

30:18 O‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. 6:6 izohiga qarang.

31 qasida — ta’lim beradigan yoki marsiya mazmunidagi she’r. Bu o‘rindagi ibroniycha so‘zning ma’nosi bahsli.

32:7 U dengiz suvlarini…joylab qo‘ygan — Ibtido 1:6-8 ga qarang.

33:1 Dovud…uning huzuridan quvilgandan keyin… — 1 Shohlar 21:10-22:1 ga qarang

(Abumalek nomi Filist shohlariga nisbatan ishlatilgan unvon bo‘lishi mumkin).

33:2 Bu sano ibroniychada muvashshah usulida yozilgan she’rdir. Bu sanoning har bir oyatidagi birinchi so‘z ibroniy alifbesi tartibi bo‘yicha boshlanadi.

34:13 …Men qanor kiyib, ro‘za tutib, qayg‘u chekardim — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Qanor kiyib olish va ro‘za tutish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi. Ko‘pincha bu harakat Xudodan kechirim so‘rab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.

34:13 Boshimni quyi solib, ibodat qilardim — yoki Ular uchun ibodat qilardim, ammo mening ibodatlarim javobsiz qolardi.

36:1 Bu sano ibroniychada muvashshah usulida yozilgan she’rdir. Bu sanoning har bir oyatidagi birinchi so‘z ibroniy alifbesi tartibi bo‘yicha boshlanadi.

37:6 Aqlsizligim — gunohkorona xulq–atvor nazarda tutilgan.

38:1 Yodutun — 1 Solnomalar 16:41-42, 25:1, 3 ga qarang.

39:7 Gunoh qurbonligi — birortasi bilmay qilgan gunohi uchun Xudodan kechirim so‘rab keltirgan qurbonligi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi QURBONLIK so‘zi ostida berilgan GUNOH QURBONLIGI iborasiga qarang.

39:7 Sen qurbonligu nazrni istamading…Itoat qilishim uchun Sen quloqlarimni ochding

— 1 Shohlar 15:22 ga qarang.

39:8 Muqaddas bitiklarda men haqimda yozilgan — Qonunlar 17:14-20 nazarda tutilgan

bo‘lishi mumkin, bu oyatlarda Isroil shohlari uchun ko‘rsatmalar berilgan.

41:1 Ko‘rax nasli — ular Ma’bad sozandalari edi (1 Solnomalar 6:31-38 ga qarang).

41:1 qasida — 31–sanoning izohiga qarang.

41:7 Xermon — hozirgi Suriyaning eng baland tog‘i.

41:7 Mizor tog‘i — aynan qayerda joylashgani ma’lum emas. Xermon tog‘iga yaqin yerda bo‘lishi mumkin.

42:3 Muqaddas tog‘ing — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang.

43:1 Ko‘rax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang.

43:1 qasida — 31–sanoning izohiga qarang.

43:3 …Ozod qilding Sen otalarimizni — yoki …Sen otalarimizni gullatib–yashnatding

yoxud …Sen begona xalqlarni quvib yubording.

44:1 Ko‘rax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang.

44:1 qasida — 31–sanoning izohiga qarang.

44:7 Xudo bergan taxting… — yoki Ey Xudo, taxting….

44:9 mirra — ma’lum bir daraxtlarning qotgan yelimidan tayyorlangan xushbo‘y

modda.

44:10 Ofir — bu yurt Arabiston yarim orolining janubida joylashgan bo‘lishi mumkin.

Ofir oltini eng sifatli oltin hisoblangan.

44:13 Tir — Finikiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shahar. Bu shahar Isroildan shimolda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi.

45:1 Ko‘rax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang.

45:5 Xudo shahri — Quddusga ishora.

45:10 Qalqonlar — yoki Jang aravalari.

46:1 Ko‘rax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang.

46:10 Zaminning shohlari — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Zaminning qalqonlari (83:10 ga qarang).

47:1 Ko‘rax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang.

47:2 O‘zining muqaddas tog‘i — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang.

47:3 Buyuk Shohning shahridagi, Uning shimolidagi… — yoki Buyuk Shohning shahri bo‘lgan, Zofunning buyuk cho‘qqilariga o‘xshagan…. Ibroniy tilida odatda Zofun so‘zi “shimol” ma’nosini ifodalab, Sion tog‘i Quddus shahrining shimoliy qismida joylashganiga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo Zofun Isroildan shimolda, Finikiyada joylashgan bir tog‘ning ham nomidir. Bu hududda yashagan xalqlarning e’tiqodi va tasavvuriga ko‘ra, xudolar aynan shu tog‘da yig‘ilishardi. Ba’zi olimlarning fikri bo‘yicha, sano ijodkori bu yerda o‘zining, Xudo Sion tog‘ida yashaydi, degan ishonchini ta’kidlash uchun bu parchada Zofun tog‘iga ishora qilyapti.

47:3 Sion tog‘i — Quddusdagi Ma’bad qurilgan tepalik Sion tog‘i deb atalgan. Eski Ahddagi she’riy parchalarda va payg‘ambarlar bitiklarida Sion so‘zi ko‘pincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SION so‘ziga qarang.

47:8 Tarshish — hozirgi Ispaniyaning hududida joylashgan bu bandargoh shahar o‘zining katta va haybatli kemalari bilan mashhur edi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi BANDARGOH so‘ziga qarang.

47:13 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.

48:1 Ko‘rax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang.

48:8 hayoti — yoki birodarining hayoti.

48:12 …berganda ham…Maskani nasldan naslga o‘taveradi — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda …bergan. Ular, uylarimiz to abaddir, maskanlarimiz nasldan naslga o‘taveradi, deb o‘ylaydilar.

48:15 …o‘liklar diyori…O‘liklar diyori… — ibroniycha matnda …Sheo‘l…Sheo‘l… (shu sanoning 16–oyatida ham bor). 6:6 izohiga qarang.

49 Osif — 1 Solnomalar 6:31-33, 39-43, 25:1-2 va Ezra 2:41 ga qarang.

49:2 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.

50:1-2 Natan payg‘ambar kelib, Dovudning Botsheva bilan qilgan gunohini fosh etgandan keyin… — 2 Shohlar 11:1-12:25 ga qarang.

50:8 o‘rgatgin — yoki o‘rgatasan.

50:9 issop o‘ti — bu o‘simlikdan ko‘pincha poklash marosimlarida odamlarga yo narsalarga suv yoki qon sepish uchun ishlatilgan (Chiqish 12:21-23, Levilar 14:1-7 va Sahroda 19:1-19 ga qarang). Bu o‘rinda sano ijodkori kechirim orqali ruhan poklanish istagini ifodalab, poklanish marosimiga ishora qilyapti.

51:1-2 Edomlik Doyeg…xabar bergandan keyin… — 1 Shohlar 21:7, 22:9-10 ga qarang.

51:1-2 qasida — 31–sanoning izohiga qarang.

52:1 qasida — 31–sanoning izohiga qarang.

52:2 Ahmoqlar — 13:1 izohiga qarang.

52:7 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.

53:1-2 Zifliklar…xabar berganlaridan keyin… — 1 Shohlar 23:14-25, 26:1-5 ga qarang.

53:1-2 qasida — 31–sanoning izohiga qarang.

54:1 qasida — 31–sanoning izohiga qarang.

54:16 o‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. 6:6 izohiga qarang.

55:1 Filist xalqi Dovudni Gat shahrida tutib olgandan keyin… — 1 Shohlar 21:10-15, 27:1-4 ga qarang.

55:8 Jinoyatlari uchun ularni uloqtir… — yoki O‘zlarining jinoyatlari uchun ular jazodan

qutulib qoladilarmi?!

56:1 …g‘orda yashirinib qutulganidan keyin… — 1 Shohlar 24:1-22 ga qarang.

56:3 …Men uchun qasos oluvchi Xudoga — yoki …Hayotim uchun O‘z maqsadini amalga

oshiradigan Xudoga yoxud …Menga ezgulik qiladigan Xudoga.

56:5 sherlar — sano ijodkorining dushmanlariga ishora qilayotgan ko‘chma ma’nodagi so‘z.

58:1 Shoul Dovudni o‘ldirish uchun uning uyini kuzatishga kishi yuborgandan keyin…

1 Shohlar 19:11-17 ga qarang.

59:1-2 Oram–Naxrayim — ibroniychadagi ma’nosi Ikki daryoning Orami demakdir. Bu yer Furot daryosi bo‘yida joylashgan bo‘lib, hozirgi Suriya mamlakatining shimoliy qismini va hozirgi Turkiyaning janubi–sharqiy qismini qamrab olardi.

59:1-2 Oram–Zo‘vo — bu yer hozirgi Suriya mamlakatining markaziy qismida joylashgan edi.

59:1-2 Dovud Oram–Naxrayim va Oram–Zo‘vo xalqi bilan urush qilayotgan paytda…

2 Shohlar 8:3-8, 10:16-18 va 1 Solnomalar 18:3-11, 19:6-19 ga qarang.

59:1-2 Tuz vodiysi — O‘lik dengizning janubidagi o‘lka.

59:5 sharob — bu o‘rinda Xudo g‘azabining ramzi bo‘lib, sharobdan mast bo‘lish

Xudoning hukmiga duchor bo‘lishni bildiradi (Ishayo 51:17-23, Yeremiyo 25:15-29 ga qarang).

59:6 Ular kamon o‘qlaridan yashirinib olsin deya… — yoki Ular haqiqat haqi bayroq

ostida yig‘ilsin, deya….

59:7 …Iltijoimizga javob bergin… — yoki …Iltijoimga javob bergin….

59:8 …O‘z muqaddas makoningdan va’da bergansan… — yoki …Sen muqaddassan, va’da bergansan….

59:8 Shakam — Quddusdan qariyb 50 kilometr shimolda, Isroil tepaliklarida joylashgan shahar.

59:8 Suxot vodiysi — Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan.

59:9 Gilad…Manashe… — Gilad o‘lkasi Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan. Manashe Isroil xalqining qabilalaridan biri bo‘lib, bu qabilaning hududi Iordan daryosining sharq va g‘arb tomonida joylashgan edi.

59:9 …Efrayim…Yahudo… — Isroil xalqining ikkita yetakchi qabilasi. Efrayim Isroilning shimolida, Yahudo janub tomonida joylashgan edi. Ikkala qabila ramziy ma’noda butun Isroil xalqini ifoda etadi.

59:10 …chorig‘imni otaman… — qadimgi Isroilda kimdir yerdan bir qismini mulk qilib olishga da’vogarlik qilganda chorig‘ini otgan, shu ramziy xatti–harakat odat bo‘lib qolgan.

59:10 Mo‘ab…Edom…Filistlar — Isroilning sharq, janub va g‘arbidagi qo‘shni xalqlari bo‘lib, ular Isroilga dushman edilar. Mo‘ab yurti O‘lik dengizning sharqida, Edom yurti O‘lik dengizning janubida joylashgan edi. Filistlar O‘rta yer dengizi bo‘yida yashagan.

59:11 mustahkam shahar — Edom yurtining poytaxti Sela nazarda tutilgan bo‘lishi

mumkin.

61:1 Yodutun — 1 Solnomalar 16:41-42, 25:1, 3 ga qarang.

62:1 Dovud Yahudo cho‘lida bo‘lgandan keyin… — 2 Shohlar 15:13-28, 16:1-2, 13-14,

17:16, 27-29 ga qarang.

64:2 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.

64:4 ustimizdan — qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda

ustimdan.

64:4 …kechirasan gunohlarimizni — yoki …poklaysan gunohlarimizdan.

65:6 Xudo dengizni quruq yerga aylantirdi, Ota–bobolarimiz bahrdan yurib o‘tdi…

Chiqish 14:21-22 ga qarang.

65:12 Farovonlik — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha, suryoniycha va lotincha tarjimalarda keng yer, ya’ni ozod, bexatar o‘lka.

67:9 Sinay tog‘ining Xudosi — Isroil xalqi Misrdan Kan’on yurtiga ketganda, Xudo Sinay tog‘ida ularga O‘zini zohir qilgan edi (Chiqish 19:10-25 ga qarang).

67:10 yering — Isroil xalqi o‘rnashgan Kan’on yurti.

67:15 Zalmon tog‘i — Shakam shahri yaqinida joylashgan Ebal tog‘ining yoki Garizim tog‘ining yana bir nomi (Hakamlar 9:46-49 ga qarang) yoki Iordan daryosining

sharqidagi bir tog‘.

67:16 Bashanning tog‘i — Bashan o‘lkasida, Jalila ko‘lidan qariyb 60 kilometr shimoli– sharqda joylashgan Xermon tog‘i nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Xermon tog‘i hozirgi Suriyaning eng baland tog‘i bo‘lib, uchta alohida–alohida cho‘qqisi bor.

67:17 Xudo makon qilib tanlagan tog‘ — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang.

67:19 Yuksaklar — Sion tog‘ida joylashgan Ma’bad nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Sano ijodkori Rabbiyni o‘z taxtiga ko‘tarilayotgan g‘olib shoh sifatida tasvirlaydi.

67:28 …Benyamin…Yahudo…Zabulun, Naftali… — Isroil xalqining qabilalaridan to‘rttasi. Benyamin va Yahudo qabilalari Isroil yurtining janubida, Zabulun va Naftali qabilalari shimolida joylashgan edi.

67:29 Ey Xudo, ko‘rsatgin qudratingni! — ko‘plab ibroniy qo‘lyozmalaridan, qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Sizlar qudratli bo‘lasizlar, deb Xudoyingiz qaror qilgan edi.

67:31 …qamishzor orasidagi o‘sha yovvoyi hayvon… — Nil daryosidagi begemot nazarda

tutilgan bo‘lishi mumkin. Begemot Misr xalqining ramzi edi.

67:32 Misrdan bronza keltiriladi… — yoki Aslzodalar Misrdan keladi….

67:32 Habashiston — ibroniycha matnda Kush. Bu joy Misrdan janubda bo‘lib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini o‘z ichiga olgan edi.

68:11-12 …ro‘za tutganimda…12…qanor kiyganimda… — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Qanor kiyib olish va ro‘za tutish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi. Ko‘pincha bu harakat Xudodan kechirim so‘rab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.

68:13 Shahar darvozasi oldida… — qadimgi paytlarda odamlar savdo–sotiq, ijtimoiy va

huquqiy masalalarni hal qilish uchun shahar darvozasi oldida yig‘ilishardi.

68:36 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.

71:5 …Uning umri ham shunchalik uzoq bo‘lsin — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda …Shunday uzoq vaqt davomida Sendan qo‘rqsinlar.

71:10 Tarshish — 47:8 izohiga qarang.

71:10 Shava — Arabiston yarim orolining janubi–g‘arb tomonida bo‘lgani ehtimoldan

holi emas. Keyinchalik Shava malikasi shoh Sulaymonga hadyalar olib kelgan edi (3 Shohlar 10:1-13 ga qarang).

71:10 Savo — Arabiston yarim orolining janubida yoki Afrikada, Qizil dengizning

g‘arbiy bo‘yida joylashgan bo‘lishi mumkin.

  1. Osif — 49–sanoning izohiga qarang.

    72:4 Ular og‘riq nimaligini bilmaydilar… — yoki Ular o‘lim paytigacha og‘riqni sezmaydilar….

    72:10 Shu bois har kim ularga yuz buradi, Ularning so‘zlarini suv kabi ichadi — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Shu bois uning xalqi shu yerga qaytib keladi va mo‘l–ko‘l suvni simirib ichadi. Ibroniycha matnda bu oyatning ma’nosi bahsli.

  2. Osif — 49–sanoning izohiga qarang.

73 qasida — 31–sanoning izohiga qarang.

73:14 Levitan — Kan’on xalqlarining qadimiy afsonalarida uchraydigan maxluq. Levitan halokat keltiruvchi dengiz kuchlarining va o‘rnatilgan barcha tartibga tahdid soladigan buzg‘unchi kuchlarning ramzidir. Muqaddas Kitobda Xudoning Levitan ustidan qozongan g‘alabasi Uning kuch–qudrati ramzidir. Zotan, Xudo butun borliq ustidan, shuningdek, O‘z xalqining dushmanlari ustidan g‘olib bo‘lgan qudratli Hukmdordir.

73:14 Cho‘l jonzotlari — yoki Cho‘lda yashaydigan odamlar.

73:16 oy — yoki yulduzlar.

74:1 Osif — 49–sanoning izohiga qarang. 74:4 Zamin ustunlari — 17:16 izohiga qarang. 74:9 sharob — 59:5 izohiga qarang.

75:1 Osif — 49–sanoning izohiga qarang.

75:3 Quddus — ibroniycha matnda Salim, Quddusning qadimgi nomi.

75:11 Insonga bo‘lgan g‘azabing… — yoki Senga bo‘lgan inson g‘azabi….

75:11 …G‘azabingdan qutulganlarni atrofingga to‘playsan — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …G‘azabning qolganini kiyib olasan. Oyatning bu qismidagi ibroniycha matnning ma’nosi bahsli.

75:12 atrofidagilari — atrofdagi xalqlarning hukmdorlari (shu sanoning 13–oyatiga qarang) yoki samodagi kengashda ishtirok etgan ilohiy zotlar nazarda tutilgan (81:1, 88:8 ga qarang).

76:1 Yodutun — 1 Solnomalar 16:41-42, 25:1, 3 ga qarang.

76:1 Osif — 49–sanoning izohiga qarang.

76:2 …Eshitgin meni, deb Xudoga hayqiraman — yoki …Xudoga hayqiraman, meni eshitadi.

76:7 Tun bo‘yi o‘zim bilan o‘zim suhbat qurdim… — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Tunda aytgan qo‘shiqlarimni esladim….

77 Osif — 49–sanoning izohiga qarang.

  1. qasida — 31–sanoning izohiga qarang.

    77:5 Ota–bobolarimizga amr berib…dedi — Qonunlar 6:6-7 ga qarang.

    77:9 Efrayim jangchilari — Efrayim qabilasi Isroilning shimoliy qismidagi eng katta va nufuzli qabila bo‘lgani bois, Eski Ahdning ba’zi o‘rinlarida Efrayim degan nom Isroilga, ya’ni shimoliy shohlikka nisbatan ishlatilgan. Bu shohlikning poytaxti Samariya edi.

    To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi EFRAYIM so‘ziga qarang.

    77:9 …Jang kunida ortiga qaytdi — Efrayim qabilasi va Isroil, ya’ni shimoliy shohlik jangda qo‘rqoqlik ko‘rsatganligi haqida hech qayerda aytib o‘tilmagan. Bu yerda sano ijodkori ular haqida, jangdan orqaga qaytdi, deb aytganda, Isroil xalqining Xudo bilan qilgan ahdiga bevafolik qilgani va shu sababli ularning shohligi qulaganini nazarda tutgan bo‘lsa kerak (shu sanoning 60, 67-68–oyatlariga va 60–oyatning izohiga qarang).

    77:12 Zo‘van tekisligi — Go‘shen yerlarining yana bir nomi, bu joy Nil deltasining sharq tomonida joylashgan edi. Zo‘van bu tekislikdagi muhim shahar bo‘lib, Ramzes nomi bilan ham atalar edi. Ibtido 47:11, 27 ga qarang.

    77:13 Dengizni yorib…Suvlarni devor kabi tik qilib qo‘ydi — Chiqish 14:21-29 ga qarang.

    77:14 Kunduzi ularni…Tun bo‘yi…yetakladi — Chiqish 13:21-22 ga qarang.

    77:15-16 U sahrodagi qoyalarni parchaladi…16…Suvlarni…oqizdi — Chiqish 17:1-7 va Sahroda 20:2-11 ga qarang.

    77:18 Ular ataylab Xudoni sinadilar… — Chiqish 16:2-15, Sahroda 11:4-23 ga qarang.

    77:21 Egamiz ularning gapini eshitib…Isroil nasliga qarshi qahrini sochdi — Sahroda 11:1-3 ga qarang.

    77:24 manna — Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin to Kan’on yurtiga kirguncha, Xudo ularga yetkazib turgan maxsus yegulik. Manna, Shabbat kunidan tashqari, har kuni kechasi yerga yog‘ilardi, odamlar saharda turib, uni yig‘ib olishardi (Chiqish 16:13-35, Yoshua 5:12 ga qarang).

    77:31 …Isroilning gulday yigitlarini yer tishlatdi — Sahroda 11:31-35 ga qarang.

    77:43 Zo‘van tekisligi — shu sanoning 12–oyati izohiga qarang.

    77:46 chigirtkalar — ba’zan to‘da–to‘da bo‘lib kelib, dalalardagi hosilga katta zarar

    yetkazadigan hasharot.

    77:47 shikamora–anjir daraxtlari — anjirning qadimgi Yaqin Sharqda keng tarqalgan bir turi. Kattaligi yong‘oq daraxtiday, barglari esa tut barglariga o‘xshash bo‘lib, yil davomida bir necha bor hosil beradigan sersoya daraxt.

    77:44-51 44 Misrdagi daryolarni Xudo qonga aylantirdi…51 Misrning hamma to‘ng‘ich o‘g‘illarini nobud qildi… — Chiqish 7:14-12:32 ga qarang.

    77:51 Xom avlodi — Misrliklarga nisbatan qo‘llangan she’riy usul. Xomning o‘g‘li Mizra

    Misr xalqining bobokalonidir (Ibtido 10:6 ga va o‘sha oyatning ikkinchi izohiga qarang).

    77:55 boshqa xalqlar — Qonunlar 7:1 ga qarang.

    77:60 Shilo‘ — Quddusdan qariyb 32 kilometr shimolda joylashgan bu shahar Efrayim qabilasining hududida edi. Shoh Dovud davridan oldin Shilo‘ Isroil xalqining sajda markazi bo‘lgan edi (Yoshua 18:1, 1 Shohlar 1:3 ga qarang). Keyinchalik Yahudo qabilasining hududidagi Quddus sajda markazi bo‘lib qoldi, Ma’bad Quddusda qurildi (shu sanoning 67-69–oyatlariga qarang).

    77:61 …asir qilib berdi Ahd sandig‘ini, O‘zining qudratiyu shuhrati ramzini — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …asir qilib berdi O‘z qudratiyu shuhratini.

    77:67 Efrayim qabilasi — shu sanoning 9–oyatiga berilgan birinchi izohga qarang.

    77:68 Yahudo qabilasi — Yahudo qabilasi Isroilning janubiy qismidagi eng katta qabila edi. Shu bois Eski Ahdning ba’zi parchalarida Yahudo so‘zi janubiy shohlikka nisbatan ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi YAHUDO so‘ziga qarang.

    77:67-68 …Efrayim qabilasini tanlamadi. 68…Yahudo qabilasini…Sion tog‘ini tanladi — Ma’badning Yahudo hududida, Quddusdagi Sion tog‘ida qurilganiga ishora (shu sanoning 60–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

  2. Osif — 49–sanoning izohiga qarang.

78:7 Isroil — ibroniycha matnda Yoqub, Isroil naslining yana bir nomi (Ibtido 32:27- 28 ga qarang).

79:1 Osif — 49–sanoning izohiga qarang.

79:2-3 Yusuf nasli — bu o‘rinda Isroil xalqi nazarda tutilgan. Yusuf Yoqubning Rohiladan ko‘rgan to‘ng‘ich o‘g‘li edi. Efrayim va Manashe qabilalari Yusufning ikkala o‘g‘lidan tarqalgan nasllardir.

79:2-3 …Efrayim, Benyamin, Manashe… — Isroil xalqining qabilalaridan uchtasi. Efrayim

va Manashe g‘oyat muhim o‘rin tutgan shimoliy qabilalar edi.

79:12 dengiz — ya’ni O‘rta yer dengizi.

79:14 Yovvoyi to‘ng‘izlar…Yovvoyi jonivorlar… — Isroil xalqining dushmanlariga ishora

qilayotgan ko‘chma ma’nodagi iboralar.

79:16 novda — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi o‘g‘il, Xudo o‘tqazgan tokka, ya’ni Isroil xalqiga ishora qilayotgan ko‘chma ma’nodagi so‘z.

79:18 xalq — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi inson o‘g‘li. Shu sanoning 16– oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang. Yana 8:5 izohiga qarang.

80:1 Osif — 49–sanoning izohiga qarang.

80:4 bayram kunimiz — Chayla bayrami nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin (Levilar

23:33-43 ga qarang).

80:6 Isroil — ibroniycha matnda Yusuf. 79:2-3 ning birinchi izohiga qarang.

80:7 Yukni oldim yelkangizdan…Qo‘llaringiz savatdan ozod bo‘ldi — Isroil xalqining

Misrda qilgan og‘ir mehnati nazarda tutilgan (Chiqish 1:11-14 ga qarang).

80:8 …Mariva suvlari bo‘yida… — Chiqish 17:1-7 va Sahroda 20:1-13 ga qarang.

81 Osif — 49–sanoning izohiga qarang.

81:1 samodagi kengash — Xudoning taxti atrofida samoviy mavjudotlar yig‘ilgani haqida Eski Ahdda bir necha marta so‘z yuritilgan (misol uchun, 88:6-8, 3 Shohlar 22:19-22, Ayub 1:6-12, 2:1-6, 15:8, Ishayo 6:1-8 ga qarang).

81:1 xudolar — ibroniycha matnda elohim (shu sanoning 6–oyatida ham bor). Odatda bu so‘z Xudoga ishora qiladi, ammo hukmdorlar, ilohiy mavjudotlar yoki farishtalarni ham bildirishi mumkin.

81:5 Zaminning poydevori — 17:16 izohiga qarang.

82:1 Osif — 49–sanoning izohiga qarang.

82:6-8 Edomliklar…Mo‘abliklar… — Edom O‘lik dengizning janubida, Mo‘ab shu

dengizning sharqida joylashgan yurtlar edi.

82:6-8 …Ismoil avlodlari…Hojar nasllari… — Iordan daryosining sharq tomonida yashagan qarindosh ikki arab qabilasi (Ibtido 25:12-18, 1 Solnomalar 5:10 ga qarang).

82:6-8 Gabol — bu o‘rinda yo O‘rta yer dengizi bo‘yidagi Finikiyaga qarashli shahar (Bibl nomi bilan ham ma’lum bo‘lib, Tir shahridan shimolda joylashgan) yoki O‘lik dengizning janubidagi yerlar nazarda tutilgan.

82:6-8 …Ommon va Omolek… — Ommon xalqi Iordan daryosining sharq tomonida, Omolek xalqi esa Isroildan janubi–g‘arbda, Sinay yarim orolida yashagan.

82:6-8 …Tir…Filistiya… — Tir Finikiyadagi shahar bo‘lib, Isroildan shimolda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan. Filistiya O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan yurt edi.

82:9 Lut nasli — ya’ni Edom va Mo‘ab xalqlari (Ibtido 19:30-38 ga qarang).

82:10 …Midiyonlarni jazolaganingday… — Hakamlar 7:1-23 ga qarang. 82:10 …Sisaro, Yobinni qirganingday… — Hakamlar 4:1-24 ga qarang. 82:12 Oriv va Zayovday… — Hakamlar 7:25 ga qarang.

82:12 …Zevax va Zalmunoday… — Hakamlar 8:21 ga qarang.

83:1 Ko‘rax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang.

83:7 Qaqragan soylikdan — ibroniycha matnda Baka soyligi. Ibroniychadagi baka so‘zi quruq yerlarda o‘sadigan daraxtning bir turini bildirishi mumkin. Ba’zi ibroniy qo‘lyozmalarida, qadimiy yunoncha, suryoniycha va lotincha tarjimalarda Yig‘i soyligi. Bu soylikning qayerda joylashgani ma’lum emas.

83:7 suv havzalari — yoki barakalar.

83:8 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.

84:1 Ko‘rax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang.

84:9 bema’ni yo‘llar — gunohkorona xulq–atvor nazarda tutilgan. 85:13 O‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. 6:6 izohiga qarang. 86:1 Ko‘rax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang.

86:2 muqaddas tog‘ — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang.

86:2 Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu sanoning 4, 5, 6–oyatlarida ham bor). 2:6 izohiga qarang.

86:4 Misr — ibroniycha matnda Rahob, Levitanning yana bir ismi, Kan’on xalqlarining qadimiy afsonalarida uchraydigan maxluq (73:14 ning birinchi izohiga qarang). Bu o‘rinda Rahob Misrning she’riy nomi sifatida kelgan (Ishayo 30:7 ga qarang).

86:4 …Filistiya…Tir… — Filistiya O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan yurt edi. Tir Finikiyadagi shahar bo‘lib, Isroildan shimolda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan.

86:4 Habashiston — ibroniycha matnda Kush. Bu joy Misrdan janubda bo‘lib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini o‘z ichiga olgan edi.

87:1 Ko‘rax nasli — 41:1 ning birinchi izohiga qarang.

87:1 qasida — 31–sanoning izohiga qarang.

87:4 o‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. 6:6 izohiga qarang.

87:10 har kuni — yoki kun bo‘yi.

87:12 Halokat diyori — ibroniycha matnda Abaddo‘n. Bu so‘z Sheo‘lni, ya’ni o‘liklar

diyorini bildiradi.

87:12-13 …qabr…13 Zulmat diyori…Unutilganlar makoni… Sheo‘l, ya’ni o‘liklar diyori

nazarda tutilgan. 6:6 izohiga qarang.

87:16 …umidsiz qolganman — yoki …mening tinka–madorim qurigan.

88:1 qasida — 31–sanoning izohiga qarang.

88:4 Sen shunday deding… — 2 Shohlar 7:16 ga qarang.

88:7 Ilohiy zotlar — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Xudoning o‘g‘illari. 28:1 izohiga qarang.

88:8 muqaddas malaklar davrasi — 81:1 ning birinchi izohiga qarang.

88:11 Rahob — Levitanning yana bir ismi, Kan’on xalqlarining qadimiy afsonalarida

uchraydigan maxluq (73:14 ning birinchi izohiga qarang).

88:13 …Tovur, Xermon tog‘lari… — Tovur tog‘i Jalila ko‘lining janubiy qirg‘og‘idan qariyb 19 kilometr g‘arbda joylashgan. Xermon hozirgi Suriyaning eng baland tog‘idir.

88:21 …Muqaddas moyimni surtib uni tanladim — 1 Shohlar 16:1-13 ga qarang.

88:28 Men uni to‘ng‘ich o‘g‘il qilib olaman… — 2:7 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

88:49 o‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. 6:6 izohiga qarang.

88:51 …men, quling, qanchalar masxara bo‘lganimni… — ko‘plab ibroniy qo‘lyozmalaridan, qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda

…qullaring qanchalar masxara bo‘lganini….

89:4 Sen insonni tuproqqa qaytarasan… — Ibtido 3:19 ga qarang.

90:13 Sher va zaharli ilon — Isroil xalqining dushmanlariga ishora qilayotgan ko‘chma ma’nodagi ibora.

91:11 …Qudrating bilan menga qaytadan kuch ato etding — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …Menga yangi moy surtilgan. Bu o‘rinda moy Xudodan kuch olishga ishora bo‘lib, ko‘chma ma’noda qo‘llangan.

91:13 Lubnondagi sadr daraxti — 28:5 izohiga qarang.

94:8 Marivada…Massaxda… — Chiqish 17:1-7 ga qarang.

94:10 Qirq yil u nasldan nafratlanib… — Sahroda 14:33-34 ga qarang.

94:11 …«Ular farog‘at diyorimga kirmaydi», dedim — Sahroda 14:20-23 ga qarang.

95:9 Muqaddas ulug‘vorlikka burkangan Egamizga sajda qiling! — yoki Egamizning muqaddas maskani ulug‘vorligi ichra Unga sajda qiling! yoxud Muqaddas liboslarda Egamizga sajda qiling!

96:8 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.

98:2 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.

98:9 muqaddas tog‘i — Quddusdagi Sion tog‘iga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang.

101:14 Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu sanoning 17–oyatida ham bor). 2:6 izohiga qarang.

101:26 zaminning poydevori — 17:16 izohiga qarang.

102:5 Hayotim — yoki Orzu–istaklarim.

102:14 …Biz tuproq ekanimiz… — Ibtido 3:19 ga qarang.

103:3 Osmondagi suvlar — Ibtido 1:6-8 ga qarang.

103:5 zaminning poydevori — 17:16 izohiga qarang.

103:16 …Lubnonda…sadr daraxtlaring… — 28:5 izohiga qarang.

103:26 Levitan — Kan’on xalqlarining qadimiy afsonalarida uchraydigan maxluqqa ishora qiladi (73:14 ning birinchi izohiga qarang). Ammo bu o‘rinda kitga yoki bahaybat dengiz maxluqiga ishora qilingan bo‘lishi ham mumkin.

103:30 Ruh — bu o‘rindagi ibroniycha so‘z nafas ma’nosini ham ifodalaydi.

104:11 Aytdiki… — Ibtido 12:7, 17:8, 26:3, 28:13 ga qarang. 104:15 Payg‘ambarlarim — Ibrohim, Is’hoq, Yoqubga ishora. 104:17 Yusuf — Ibtido 37:1-36, 39:1-41:57, 45:4-7 ga qarang.

104:22 …a’yonlarimni zanjirband qilsin… — yoki …u a’yonlarim ustidan hukmronlik qilsin… yoxud …u a’yonlarimga ko‘rsatma bersin….

104:23 Xom yurti — Misrga nisbatan qo‘llangan she’riy usul. Xomning o‘g‘li Mizra Misr

xalqining bobokalonidir (Ibtido 10:6 ga va o‘sha oyatning ikkinchi izohiga qarang).

104:27 Misrliklar orasida…mo‘jizalarini, ajoyibotlarini ko‘rsatdi — Chiqish 7:8-11:10, 12:29-30 ga qarang.

104:28 …Axir, Misrliklar Egamizning amrlariga itoatsizlik qildi — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda …Ular Egamizning amrlariga itoatsizlik qilmadi, ya’ni …Muso va Horun Egamizning amrlariga itoatsizlik qilmadi.

104:34 chigirtkalar — ba’zan to‘da–to‘da bo‘lib kelib, dalalardagi hosilga katta zarar

yetkazadigan hasharot.

104:37 …Egamiz O‘z xalqini Oltinu kumushga boyitib… — Chiqish 12:33-36 ga qarang.

104:39 …Egamiz bulutni yoydi, Kechasi…alanga berdi — Chiqish 13:20-22 ga qarang.

104:40 …Egamiz bedanalar berdi, Osmondan non yog‘dirib, ularni to‘yg‘azdi — Chiqish 16:2-15 ga qarang.

104:41 Egamiz qoyani ochdi, suv otilib chiqdi… — Chiqish 17:1-7 va Sahroda 20:2-11 ga qarang.

105:7 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, ma’nosi Qamish dengizi (shu sanoning 9, 22–oyatlarida ham bor). Bu sanodagi mana shu nom ostida hozirgi Suets qo‘ltig‘i (ya’ni Qizil dengizning shimoli–g‘arbidagi qo‘ltiq) yoki Suets qo‘ltig‘i va O‘rta yer dengizi oralig‘ida joylashgan ko‘llardan biri nazarda tutilgan. Chiqish 14:10-31 dagi hodisalarning tafsilotiga ko‘ra, bu dengiz kattaligidan Isroil xalqiga to‘siq bo‘lgan, chuqurligidan Misr lashkari cho‘kib ketgan.

105:9 U Qizil dengizga do‘q urdi…Isroil xalqini dengiz tubidan o‘tkazdi — Chiqish 14:1- 31 ga qarang.

105:14 Sahroda…ular Xudoni sinadi — Sahroda 11:4-34 ga qarang.

105:16 …Musoga…Horunga hasad qildi — Sahroda 16:1-35 ga qarang.

105:19 Sinay tog‘i — ibroniycha matnda Xorev tog‘i, Sinay tog‘ining yana bir nomi.

105:19 Sinay tog‘ida…oltin butga sajda qildilar — Chiqish 32:1-14 ga qarang.

105:22 Xom yurti — Misrga nisbatan qo‘llangan she’riy usul. Xomning o‘g‘li Mizra Misr

xalqining bobokalonidir (Ibtido 10:6 ga va o‘sha oyatning ikkinchi izohiga qarang). 105:24 …ular…Egamizning va’dasiga ishonmadilar — Sahroda 14:1-35 ga qarang. 105:28 …bizning ota–bobolarimiz Piyor tog‘idagi Baalga sajda qilishga qo‘shildilar…

Sahroda 25:1-13 ga qarang.

105:28 …O‘liklarga… — yoki …Jonsiz butlarga….

105:32 Mariva suvlari bo‘yida… — Sahroda 20:1-13 ga qarang.

106:3 janub — ibroniycha matnda dengiz. Bu o‘rinda O‘rta yer dengizining janubiy sohili yoki Aqaba qo‘ltig‘i nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

106:30 bandargoh — kemalar to‘xtaydigan joy, port. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi BANDARGOH so‘ziga qarang.

107:8 …O‘z muqaddas makoningdan va’da bergansan… — yoki …Sen muqaddassan, va’da bergansan….

107:8 Shakam — Quddusdan qariyb 50 kilometr shimolda, Isroil tepaliklarida joylashgan shahar.

107:8 Suxot vodiysi — Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan.

107:9 Gilad…Manashe… — Gilad o‘lkasi Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan. Manashe Isroil xalqining qabilalaridan biri bo‘lib, bu qabilaning hududi Iordan daryosining sharq va g‘arb tomonida joylashgan edi.

107:9 …Efrayim…Yahudo… — Isroil xalqining ikkita yetakchi qabilasi. Efrayim Isroilning shimolida, Yahudo janub tomonida joylashgan edi. Ikkala qabila ramziy ma’noda butun Isroil xalqini ifoda etadi.

107:10 …chorig‘imni otaman… — qadimgi Isroilda kimdir yerdan bir qismini mulk qilib olishga da’vogarlik qilganda chorig‘ini otgan, shu ramziy xatti–harakat odat bo‘lib qolgan.

107:10 Mo‘ab…Edom…Filistlar… — Isroilning sharq, janub va g‘arbidagi qo‘shni xalqlar bo‘lib, ular Isroilga dushman edilar. Mo‘ab yurti O‘lik dengizning sharqida, Edom yurti O‘lik dengizning janubida joylashgan edi. Filistlar O‘rta yer dengizi bo‘yida yashagan.

107:11 mustahkam shahar — Edom yurtining poytaxti Sela nazarda tutilgan bo‘lishi

mumkin.

108:17 …kelsin…bo‘lsin — yoki …keldi…bo‘ldi.

109:1 Rabbim — ibroniycha matnda adon. Bu o‘rinda adon so‘zi Xudo tanlagan shohga ishora qiladi. Mazkur sanoda Dovud o‘zining avlodi va kelajak shoh haqida bashorat qilgan. O‘sha shoh ruhoniy ham bo‘ladi va Xudoning o‘ng tomonida o‘tirib, abadiy hukmronlik qiladi (shu sanoning 4–oyatiga va 2 Shohlar 7:16, 23:2-5 ga qarang).

109:1 Mening o‘ng tomonim — o‘ng tomon muruvvat va baraka o‘rni deb hisoblangan.

109:2 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.

109:3 Erta tong yosh yigitlaring…Ular muqaddas ulug‘vorlikka burkangan — yoki Siz

muqaddas ulug‘vorlikka burkangansiz, sizning kuch–qudratingiz tonggi shabnamga

o‘xshab har kuni yangilanib turadi. Ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Bachadondan, sahardan sizda yoshligingiz shabnami bor yoki …yigitlaringizning shabnami bor.

109:4 “Sen Maliksidiq singari, To abad ruhoniysan” — Dovud nasli, Maliksidiq singari, ham shoh, ham ruhoniy bo‘ladi (Ibtido 14:18-20 ga qarang). Horun va uning nasliga berilgan martabaga qaraganda, bu ruhoniylik martabasi yuksak edi (Ibroniylar 7:1- 28 ga qarang).

110:1 Bu sano ibroniychada muvashshah usulida yozilgan she’rdir. Bu sanoning har bir oyatidagi birinchi so‘z ibroniy alifbesi tartibi bo‘yicha boshlanadi.

110:8 …Egamiz ularni sadoqat, to‘g‘rilik ila ijro qildi — yoki …Ularga sadoqat va to‘g‘rilik

bilan itoat etish shart.

111:1 Bu sano ibroniychada muvashshah usulida yozilgan she’rdir. Bu sanoning har bir oyatidagi birinchi so‘z ibroniy alifbesi tartibi bo‘yicha boshlanadi.

113:3 Dengiz Xudoni ko‘rdi–yu, qochdi… — Chiqish 14:21-22 ga qarang.

113:3 …Iordan daryosi orqaga qaytdi — Yoshua 3:7-17 ga qarang.

113:4 Tog‘lar qo‘chqorlar kabi sakradi… — Chiqish 19:16-19 va Hakamlar 5:4-5 ga qarang.

113:8 U…qoyadan buloq chiqargan — Chiqish 17:1-7 ga qarang.

113:18 Horun xonadoni — Ma’badda ruhoniylar bo‘lib xizmat qilgan Horun nasli.

114:3 O‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. 6:6 izohiga qarang.

115:1-2 Juda ko‘p azob cheksam ham, Xudoga bo‘lgan ishonchim yo‘qolmadi. 2

O‘ylamasdan… — yoki Men Xudoga ishondim. Juda ko‘p azob chekkanimdan, o‘ylamasdan

2.

117:14 …kuch–qudratimdir… — yoki …qudratim, shukrona qo‘shig‘imdir….

117:22 tamal toshi — qadimgi paytlarda qurilishda poydevor uchun qo‘yilgan birinchi va eng muhim tosh hisoblanardi. Bu tosh poydevorning bir burchagini hosil qilib, binoning qolgan qismi o‘sha toshning joylashuvi bo‘yicha qurilardi.

117:27 Palma shoxlarini olib, qurbongoh oldiga boring — yoki Qurbonlik qilinadigan

hayvonni arqon bilan bog‘lab, qurbongohga olib keling.

118:1 Bu sano ibroniychada muvashshah usulida yozilgan she’rdir. Bu sanoda 22 bayt bo‘lib, har bir bayt 8 oyatdan iborat. Baytning har bir oyati ibroniy alifbesining bir xil harfi bilan boshlanadi. Misol uchun, birinchi baytdagi oyatlar ibroniy alifbesining birinchi harfi bilan boshlanadi, ikkinchi baytdagi oyatlar ibroniy alifbesining ikkinchi harfi bilan boshlanadi va hokazo.

118:37 …Va’dangga binoan hayotimni saqlagin — Qumron qo‘lyozmalaridan va ba’zi ibroniy qo‘lyozmalaridan. Ibroniycha matnda …Sening yo‘llaringdan yurarkanman, hayotimni saqlagin.

118:83 Tutunda qorayib, bujmaygan meshday… — qadimgi paytlarda suyuqlik odatda hayvon terisidan qilingan meshlarda saqlanardi. Sano ijodkori o‘zini shipda osilib, tutundan qorayib, burishib ketgan meshga qiyoslaydi. Bunday mesh yaroqsiz bo‘lib,

undan foydalanib bo‘lmaydi.

119 Ziyorat qo‘shig‘i — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Yuqoriga chiqish qo‘shig‘i, ya’ni Quddusga va Ma’bad turgan tepalikka chiqilayotganda aytiladigan qo‘shiq. 119-133–sanolarning hammasi “ziyorat qo‘shiqlari” deb atalgan. Ziyoratchilar diniy bayramlarni nishonlash uchun Quddusga borayotganlarida ham, bayramlarni Ma’badda nishonlaganlarida ham, sajda sifatida shu qo‘shiqlarni kuylagan bo‘lishlari mumkin. Yana 83–sanoga qarang.

119:5 …Meshex…Kedar… — Meshex hududi Kaspiy dengizi bilan Qora dengiz orasida, Kedar yerlari esa Arabiston sahrosida joylashgan. Odamlarning tasavvuriga ko‘ra, bu joylarda yashaydigan xalqlar varvarlar bo‘lib, ularning yerlari nihoyatda olisda deb hisoblangan.

124:3 saltanat hassasi — bu maxsus hassa bo‘lib, shoh va hukmdorlarning hokimiyatini

bildiruvchi ramz edi.

125:1 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.

125:1 Egamiz Quddusni yana farovonlikka erishtirganda… — yoki Egamiz bizni surgundan Quddusga qaytarib olib kelganda….

126:2 Egamiz O‘z sevganlarining ehtiyojini Uyqularida ham qondiradi — yoki Egamiz O‘z

sevganlariga uyqu ato qiladi.

128:5 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.

128:6 Tom ustidagi o‘tlar — qadimgi Isroilda odatda uylarning tomlari tuproqdan bo‘lib, shibbalangan. Ba’zan tomlarda maysalar o‘sib chiqar, lekin quyosh va garmsel ta’sirida tez qurib qolar edi.

131:6 Efrat — Baytlahm shahri atrofidagi yerlar.

131:6 Yo‘r Xirat–Yo‘rimning qisqa shakli bo‘lishi mumkin. Xirat–Yo‘rim Quddusdan 15 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan shahar edi. Filist xalqi jangda Ahd sandig‘ini o‘lja qilib olgan edi. Isroil xalqi Ahd sandig‘ini ulardan tortib olib, mana shu yerga olib kelgan edi (1 Shohlar 6:13-7:2 ga qarang).

131:13 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.

132:2 qimmatbaho moy — Chiqish 30:22-33 ga qarang.

132:3 baraka — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi shabnam. Shabnam Xudo marhamatining ramzidir. Xudoning Sion tog‘iga bergan mo‘l–ko‘l barakasi Xermon tog‘iga tushadigan mo‘l shabnamga taqqoslangan. Xermon tog‘i hozirgi Suriyaning eng baland tog‘idir. Quddus va Ma’bad joylashgan tog‘lar undan anchagina past edi.

133:3 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.

134:3 bu — yoki U.

134:8 Egamiz Misrning to‘ng‘ichlarini…nobud qildi — Chiqish 12:29-30 ga qarang.

134:9 Fir’avn va uning hamma a’yonlariga qarshi…Egamiz alomatu mo‘jizalarni yubordi

— Chiqish 7:8-11:10 ga qarang.

134:11 Amor xalqining shohi Sixo‘nni, Bashan shohi O‘gni…qirgan — Sahroda 21:21-35 va Qonunlar 2:24-3:11 ga qarang.

134:19 Horun xonadoni — Horunning avlodi Ma’badda ruhoniy bo‘lib xizmat qilgan.

134:20 Levi xonadoni — Ma’baddagi xizmatlarda ruhoniylarga yordam beradigan Levi qabilasining a’zolari.

135:2-3 xudolarning Xudosi…3…egalarning Egasi — Qonunlar 10:17 izohiga qarang.

135:5 …samolarni yaratganga… — Ibtido 1:1, 6-8, 14 ga qarang.

135:6 …suvlar uzra yerni barpo qilganga… — 23:2 izohiga qarang.

135:10 …Misrning to‘ng‘ichlarini urganga… — Chiqish 12:29-30 ga qarang.

135:11 …Misrdan Isroilni olib chiqqanga… — Chiqish 6:6, 13:3-4 ga qarang.

135:13 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, ma’nosi Qamish dengizi (shu sanoning 15–oyatida ham bor). 105:7 izohiga qarang.

135:13 …Qizil dengizni ikkiga bo‘lganga… — Chiqish 14:1-31 ga qarang.

135:19-20 …Amor xalqining shohi Sixo‘nni o‘ldirganga…20…Bashan shohi O‘gni o‘ldirganga… — Sahroda 21:21-35 va Qonunlar 2:24-3:11 ga qarang.

136:1 Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu sanoning 3–oyatida ham bor). 2:6 izohiga qarang.

136:7 Edomliklar — azaldan Isroil xalqiga dushman bo‘lib kelgan xalq, ularning yurti O‘lik dengizning janubida joylashgan edi. Bobilliklar Quddusni vayron qilganlarida, Edom xalqi ularga yordam bergan edi (yana Hizqiyol 35:5 va Obodiyo 10-14–oyatlarga qarang). To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi EDOM so‘ziga qarang.

136:8 Qirg‘inga mahkum bo‘lgansan — yoki Ey qotil!

137:1 Farishtalar — ibroniycha matnda Elohim, 8:6 izohiga qarang.

137:8 …men uchun qasos olasan — yoki …mening hayotim uchun qo‘ygan o‘z maqsadingni bajarasan yoxud …menga ezgulik qilasan.

138:8 O‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. 6:6 izohiga qarang.

138:15 Yerning tubi — ona qorniga ishora qilayotgan ko‘chma ma’nodagi ibora (yana

Ayub 1:21 ga qarang).

138:24 abadiy yo‘l — yoki qadimgi yo‘l, ya’ni vaqt sinovlariga bardosh bergan ishonchli yo‘l (Yeremiyo 6:16 ga qarang).

140:7 qabr — ibroniycha matnda Sheo‘l. 6:6 izohiga qarang.

141 Dovud g‘orda bo‘lgandan keyin… — 1 Shohlar 22:1-2 da yoki 1 Shohlar 24:1-22 da tasvirlangan voqeaga ishora.

141 qasida — 31–sanoning izohiga qarang.

143:2 Xalqlar — Qumron qo‘lyozmalaridan, ko‘plab ibroniy qo‘lyozmalaridan, qadimiy

suryoniycha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Xalqim.

143:3 Bandalar — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Inson o‘g‘li. Bu ibroniycha

ibora ko‘chma ma’noda ishlatilib, odamning o‘tkinchi ekanligini bildiradi.

143:14 Ho‘kizimiz og‘ir yuklarni tortsin… — yoki Ho‘kizlarimiz semirsin… yoxud

Chorvamiz buzoqlar tug‘sin….

144:1 Bu sano ibroniychada muvashshah usulida yozilgan she’rdir. Bu sanoning har bir oyatidagi birinchi so‘z ibroniy alifbesi tartibi bo‘yicha boshlanadi.

144:5 Ular…so‘ylaydilar, Men esa…o‘ylayman — Qumron qo‘lyozmalaridan, qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Shonli dabdabang, ulug‘vorliging, ajoyib mo‘jizalaring haqida men o‘ylayman.

144:13 …Hukmronliging nasllar osha davom etar — Qumron qo‘lyozmalarida, bitta ibroniy qo‘lyozmasida, qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalarda shu oyatning oxiriga Egamiz O‘zining va’dalariga sodiq va O‘zi yaratganlarning hammasiga mehribon, deb qo‘shimcha qilingan.

145:10 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.

148:4 samolar uzra joylashgan suvlar — Ibtido 1:6-8 ga qarang.

148:14 …O‘z xalqini qudratli qildi — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …O‘z xalqi uchun bir shox chiqardi. Eski Ahdda buqaning shoxi ko‘pincha ko‘chma ma’noda ishlatilib, kuchli hukmdorga yoki harbiy qudratga ishora qilgan.

149:2 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru