Muqaddas Kitob


SHOHLAR

(TO‘RTINCHI KITOB)

Kirish

“Shohlar (to‘rtinchi kitob)”da ikki mustaqil shohlik — Yahudo va Isroil shohliklari tarixining davomi bayon etiladi. Hukmronlik qilgan shohlarning muvaffaqiyati ularning siyosiy yoki iqtisodiy yutuqlari bilan emas, balki Xudoga bo‘lgan sadoqati bilan baholanadi. Bu kitobda “Shohlar (uchinchi kitob)” bilan birga Yahudo va Isroil tarixining faqat e’tiborga sazovor bo‘lgan muayyan voqealari va shaxslari haqida so‘z yuritiladi.

Bundan maqsad — tarixda tanazzulga yuz tutgan ikkala shohlikning qismati to‘g‘risida hikoya qilish orqali kitobxonga axloq borasida saboq berishdir. Bu ikkala shohlikning aholisi payg‘ambarlarga quloq solmay, Xudodan yuz o‘girganlari uchun dushmanlarga mag‘lub bo‘lib, o‘z yurtlaridan surgun qilinadi.

“Shohlar (uchinchi kitob)” va “Shohlar (to‘rtinchi kitob)”ning asl nusxasi bitta ibroniycha kitob bo‘lib, ikkala qismini bitta o‘ramga joylash uzunlik qilgani uchun, kitob ikki qismga — “Shohlar (uchinchi kitob)” va “Shohlar (to‘rtinchi kitob)”ga bo‘lingan.

Kitob asosan, ikki qismdan iborat. Birinchi qism (1-17–boblar) miloddan oldingi 722 yilgacha ikkala shohlikda yuz bergan voqealarni o‘z ichiga oladi. Ossuriya shohligi Isroilni, ya’ni shimoliy shohlikni bosib olib, poytaxti Samariyani yo‘q qiladi. Faqat Yahudo, ya’ni janubiy shohlik qoladi.

Kitobning ikkinchi qismi (18-25–boblar) Yahudo shohligida miloddan oldingi 586 yilgacha yuz bergan voqealar bayonidan iborat. Bobil shohi Navuxadnazar Yahudo yurtini bosib oladi. Poytaxt Quddus tamomila vayron qilinib, Yahudo va Quddus aholisining ko‘pchiligi Bobilga asir qilib olib ketiladi. Quddusning qulashi Isroil tarixida eng dahshatli voqealardan biri bo‘lib qoladi. Ammo kitobning oxirida ko‘rinib turibdiki, Xudo itoatsiz xalqidan O‘z mehrini ayamaydi, U shoh Dovudga bergan va’dasida turib, uning sulolasini asrab qoladi. Yohayixin degan Yahudo shohi Bobil asirligidan ozod bo‘ladi va umr bo‘yi Bobil shohi dasturxonidan taom yeydi. Kitob Yahudo xalqining kelajagiga umid borligini ko‘rsatish bilan tugaydi.


1–BOB

Ilyos va shoh Oxoziyo

1 Isroil* shohi Axabning vafotidan keyin*, Mo‘ab yurti* Isroilga qarshi isyon

ko‘tardi*.

2 Isroil shohi Oxoziyo Samariya shahridagi saroyining tomi* panjarasidan yiqilib, qattiq shikastlandi. So‘ng choparlariga: “Filistlarning Exron shahridagi* xudosi Baal– Zabub* yoniga borib, undan so‘ranglar–chi, men sog‘ayarmikanman”, deb ularni jo‘natdi.

3 Shunda Tishba shahridan bo‘lgan Ilyos payg‘ambarga Egamizning farishtasi

gapirdi:

— Qani, bo‘l, Samariya shohi yuborgan choparlarga peshvoz chiqib, ularga shu

gaplarni yetkaz: “Nima uchun sizlar Exron shahrining xudosi Baal–Zabubdan, shoh


sog‘ayarmikan, deb so‘rab bilish uchun boryapsizlar?! Isroilda Xudo yo‘q deb o‘ylayapsizlarmi?! 4 Endi Egam shunday aytmoqda: shohingiz shu qilgani uchun yotgan joyidan turmay, o‘ladi.”

Ilyos Egamizning aytganini bajardi.

5 Choparlar Oxoziyoning huzuriga qaytib bordilar. Shoh:

8 — U odam jundan to‘qilgan kiyim kiygan ekan, beliga charm kamar bog‘lab olibdi,

bilan salomlashma, kim senga salom bersa, salomiga alik olma. Borganingdan keyin

tayog‘imni bolaning yuziga qo‘y.

30 — Xudo shohid! Ont ichib aytamanki, sizsiz ketmayman, — dedi bolaning onasi Elishayga. Elishay o‘rnidan turib, ayolni ergashtirib ketdi. 31 Gaxazi oldin yetib borib, tayoqni bolaning yuziga qo‘ydi. Na bir sado, na bir javob bo‘lmagandan keyin Elishayga peshvoz chiqib: “Bola uyg‘onmayapti”, dedi.

32 Elishay ichkariga kirdi. Qarasa, o‘lgan bola Elishayning to‘shagida yotgan ekan. 33 Elishay xonaga kirgach, eshikni berkitdi–da, Egamizga yolvorib ibodat qildi. 34 So‘ng bolaning ustiga cho‘zilib yotdi. U og‘zini bolaning og‘ziga, ko‘zlarini ko‘zlariga, kaftini kaftiga qo‘ydi, bolaning ustida cho‘zilib yotganda, bolaning tanasi isidi. 35 So‘ngra u o‘rnidan turib boloxonaning u yog‘idan bu yog‘iga yurdi. Keyin yana qaytib kelib, bolaning ustiga cho‘zildi. Bola yetti marta aksirib, ko‘zlarini ochdi.

36 Elishay Gaxaziga: “Ayolni chaqir!” — dedi. Gaxazi ayolni chaqirib keldi. Ayol

Elishayning oldiga yaqinlashdi. Elishay unga: “Ol o‘g‘lingni!” — dedi.

37 Ayol ichkari kirib, Elishayning oyoqlariga yiqildi, boshi yerga tekkuday bo‘lib ta’zim qildi. O‘g‘lini olib, chiqib ketdi.

Yana ikki mo‘jiza

38 Elishay Gilgalga* qaytib keldi. Bu yerda ocharchilik hukm surayotgan edi.

Payg‘ambarlar guruhi Elishayning oldiga yig‘ilishgan edi. Shunda Elishay xizmatkoriga:

shunday demoqda: “Hamma to‘yadi, hatto ortib ham qoladi.”

44 Xizmatkor odamlarga kulchalarni va boshoqni bo‘lib berdi. Egamiz aytganiday, odamlar yeb to‘ydi, yana ortib ham qoldi.


5–BOB

Elishay No‘monga shifo beradi

1 Oram shohining No‘mon degan lashkarboshisi bor edi. Xo‘jayini uni juda ulug‘lar va hurmat qilar edi, chunki Egamiz No‘mon orqali Oramga g‘alaba ato qilardi. No‘mon juda dovyurak jangchi edi–yu, lekin teri kasalligiga* chalingan edi.

2 Oram lashkari Isroil yurtiga bostirib borganda, kichkina qizchani asir qilib olib kelgan edi. Qizcha No‘monning xotiniga cho‘rilik qilardi. 3 Qizcha bir kuni bekasiga aytib qoldi:

Shifo berishim uchun u mening huzurimga odamini jo‘natibdi–ya! Mana, bilib qo‘yinglar,

Oram shohi men bilan urush chiqarish uchun bahona izlayapti.

8 Isroil shohi vahimaga tushib liboslarini yirtganini Elishay payg‘ambar eshitgach, shohga xabarchi orqali shu gapni yetkazdi: “Nega vahimaga tushib liboslaringizni yirtdingiz? O‘sha odam mening oldimga kelsin, Isroilda payg‘ambar borligini bilib qo‘ysin.”

9 No‘mon otlariyu jang aravalarini Elishayning uyi eshigi oldiga olib kelib to‘xtadi.

10 Elishay No‘monning oldiga xizmatkorini chiqarib, u orqali No‘monga shu gapni yetkazdi: “Bor, Iordan daryosida yetti marta yuvin, shunda tanang yangilanib, pok bo‘ladi.” 11 No‘mon esa darg‘azab bo‘ldi: “Men o‘ylagan edimki, payg‘ambar albatta mening oldimga chiqadi, o‘zining Egasi Xudoni chaqirib iltijo qiladi. Qo‘llari bilan kasal joyimni silab, meni bu kasallikdan forig‘ qiladi. 12 Damashqdagi Abano va Parfar daryolari Isroilning hamma daryolaridan afzal emasmi?! Men o‘sha daryolarda yuvinib, poklanib olaverardim–ku!”

No‘mon jahl bilan burilib ketdi.

13 Shunda xizmatkorlari kelib:

— Janobi oliylari, agar payg‘ambar sizga qiyin narsani aytganda, qilmasmidingiz? —

deb gapirishdi, — u sizga: “Yuvingin, pok bo‘lib qolasan”, dedi xolos–ku.

14 Oxiri, No‘mon payg‘ambarning aytganini qilib, Iordan suvida yetti marta sho‘ng‘idi.

Shunda tanasi xuddi yosh bolaning tanasi kabi yangilanib, pok bo‘ldi.

15 No‘mon va uning barcha hamrohlari payg‘ambar huzuriga qaytib keldilar. No‘mon

Elishayning huzuriga kelgach, aytdi:

— Butun yer yuzida Isroil xalqining Xudosidan boshqa Xudo yo‘qligini bildim.

Marhamat, endi men, qulingizning hadyalarini qabul qiling.

16 Men xizmat qilayotgan Xudo shohid! Hadyangni olmayman! — dedi Elishay.

No‘mon Elishayni qancha majbur qilsa ham, Elishay rad etdi. 17 Shunda No‘mon

aytdi:

O‘sha zahoti Gaxaziga yara toshib, terisi qorday oppoq bo‘lib qoldi. U Elishayning

huzuridan chiqib ketdi.


6–BOB

Bolta suv yuziga chiqadi

1 Bir kuni payg‘ambarlar guruhi Elishayga:

22 — Yo‘q, o‘ldirma! — dedi Elishay. — Nega o‘ldirar ekansan?! Sen ularni jang qilib asir olganingda ham o‘ldirmasding. Ularga non, suv ber, yeb–ichib, o‘zlarining hukmdori yoniga qaytib ketishsin.

23 Shoh asirlarga katta ziyofat tayyorladi. Asirlar yeb–ichib bo‘lishgach, Isroil shohi

ularni yo‘llariga qaytarib yubordi. Oram lashkari o‘z hukmdori yoniga ketdi. Bu

bosqinchilar qaytib Isroil yerlariga qadam bosmadilar.

Samariyada ocharchilik

24 Oradan ancha vaqt o‘tgach, Oram shohi Banhadad* butun lashkarini yig‘ib Samariyani qamal qildi. 25 Oram lashkari Samariyani qamal qilib turar ekan, u yerda og‘ir qahatchilik yuz berdi. Natijada eshakning kallasi sakson kumush tangaga*, ikki kosa kaptar axlati* besh kumush tangaga* sotildi.

26 Bir kuni Isroil shohi* shahar devori ustida ketayotgan edi, bir ayol: “Shoh

hazratlari! Yordam bering”, deb faryod qildi.

27 — Senga Egamiz yordam bermasa, men qanday yordam bera olaman?! — dedi shoh. — Men bug‘doy yoki sharob bera olarmidim?! 28 Darding nima?

14 Ular ikkita otliq odamni tayyorladilar. Shoh o‘sha odamlarni Oram lashkari izidan jo‘natar ekan: “Borib, nima bo‘lganini bilib kelinglar”, dedi.

15 Otliqlar Oram lashkarining izidan Iordan daryosigacha borishdi. Yo‘l bo‘yi kiyim– kechak, buyumlar sochilib ketgan edi. Bu narsalarni Oram lashkari shoshib–pishib qochayotganlarida tashlab ketgan edilar. Yuborilgan odamlar qaytib kelib, shohga xabar berdilar.

16 Xalq Oram lashkarining qarorgohiga borib, u yerni talon–taroj qildi. Egamiz aytganiday, yarim tog‘ora yaxshi un bir kumush tangadan, bir tog‘ora arpa ham bir kumush tangadan sotildi.

17 Shoh o‘sha yaqin amaldorini darvozaga tayinlagan edi. Xalq amaldorni darvoza oldida bosib, yanchib o‘tib ketdi, amaldor o‘ldi. Shoh payg‘ambar huzuriga borganda, payg‘ambar bo‘ladigan hodisalarni unga oldindan aytgan edi. 18 Hammasi payg‘ambar aytganiday bo‘ldi. U shohga: “Ertaga xuddi shu paytda Samariya darvozasi oldida yarim tog‘ora yaxshi un bir kumush tangadan, bir tog‘ora arpa bir kumush tangadan sotiladi”, degan edi. 19 Amaldor esa payg‘ambarga: “Hatto Egamiz osmonning qopqasini ochib, yomg‘ir yog‘dirganda ham, shunday bo‘lmas–ov”, deb javob bergan edi. Elishay esa unga: “Sen ko‘zing bilan ko‘rasan, lekin senga nasib qilmaydi”, degandi. 20 Shunday qilib, aytilgan voqea yuz berdi: xalq o‘sha amaldorni darvoza oldida bosib, yanchib o‘tib ketdi,

amaldor o‘ldi.


8–BOB


Shunamlik ayol qaytib keladi

1 Elishay o‘zi tiriltirgan bolaning* onasiga shunday degan edi:

15 Ertasi kuni Xazayil ko‘rpani olib, suvga botirdi–da, ho‘l ko‘rpani shohning yuziga yopib, uni bo‘g‘di. Shunday qilib, Xazayil shohni o‘ldirib, uning o‘rniga o‘zi shoh bo‘ldi.

Yahudo shohi Yohuram

16 Yohushafat hali Yahudo shohi bo‘lib turganda, uning o‘g‘li Yohuram ham taxtga o‘tirdi*. Bu voqea Isroil shohi Yoram hukmronligining beshinchi yilida yuz berdi.

17 Yohuram Yahudo shohi bo‘lganda, o‘ttiz ikki yoshda edi. U Quddusda sakkiz yil

hukmronlik qildi.

18 Xotini Axabning qizi bo‘lgani uchun Yohuram ham, Axab xonadoni singari, Isroil shohlari yo‘lidan yurib, Egamiz oldida qabihliklar qildi. 19 Egamiz O‘z quli Dovud haqi– hurmati uchun Yahudoni halokatga uchratishni istamadi, chunki Egamiz Dovudga: “Sening naslingga to abad so‘nmaydigan chiroq beraman”, deb va’da qilgan edi.

20 Yohuram davrida Edom Yahudo shohligiga qarshi isyon qildi. Edom xalqi o‘zlarining mustaqil shohligini qurdilar. 21 Shundan so‘ng Yohuram* hamma jang aravalarini boshlab Zoirga bordi. Edom lashkari Yohuramni va uning jang aravalari sardorlarini o‘rab olgan edi, lekin Yohuram tunda hujum qilib, qamalni yorib chiqdi. Yahudo lashkari uylariga qochib ketdi. 22 O‘sha paytdan beri hozirgacha* Edom xalqi Yahudo hukmronligidan ozoddir. O‘sha davrda Libna shahri* ham isyon ko‘targan edi.

23 Yohuramning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 24 Yohuram olamdan o‘tdi. U Dovud qal’asida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning o‘rniga o‘g‘li Oxoziyo shoh bo‘ldi.

Yahudo shohi Oxoziyo

25 Isroil shohi Yoram o‘n ikkinchi yil shohlik qilayotganda, Oxoziyo Yahudo shohi bo‘ldi. U Yohuramning o‘g‘li edi. 26 Oxoziyo taxtga o‘tirganda, yigirma ikki yoshda edi. U Quddusda bir yil shohlik qildi. Onasining ismi Otaliyo bo‘lib, Isroil shohi Omrining nevarasi edi. 27 Oxoziyo ham Axab xonadonining yo‘lidan ketdi. Axab nasliga o‘xshab, Egamiz oldida qabihliklar qildi. Chunki u Axab xonadoniga qarindosh edi.

28 Oxoziyo bilan Yoram birga Giladdagi* Ramo‘tga borib, Oram shohi Xazayilga qarshi urush ochdi. Shoh Yoram shu urushda yarador bo‘ldi. 29 U yarasini davolatish uchun Yizril shahriga* qaytib keldi. Yahudo shohi Oxoziyo esa yaralangan Yoramni ko‘rgani Yizrilga bordi.


9–BOB

Yohu Isroil ustidan shoh qilib tayinlanadi

1 Elishay payg‘ambarlar guruhidan bittasini chaqirib, unga dedi:

do‘stlariga.

12 — Ey yolg‘onchi! Qani, bizga ham ayt–chi, — deyishdi ular.

Yohu do‘stlariga: “Egamiz menga moy surtib Isroil ustidan shoh qilib tayinlabdi”, deb payg‘ambarning gaplarini aytib berdi.

13 Hammalari shoshilib qolishdi. Har kim liboslarini yechib, Yohu turgan zinapoyaga

to‘shadilar va burg‘u chalib: “Yohu shoh bo‘ldi!” deb jar soldilar.

Yohu Yoramni o‘ldiradi

14 Yohu Yoramga qarshi fitna uyushtirdi.

Bu paytda butun Isroil lashkari shoh Yoram boshchiligida Giladdagi Ramo‘t shahrini Oram shohi Xazayildan himoya qilayotgan edi. 15 Yoram* Xazayil bilan jang qilganda, Oram lashkari uni yaralagan, Yoram esa yaralarini davolatish uchun Yizrilga qaytgan edi*.

Yohu do‘stlariga:


“Izabelning jasadi Yizril yerlarida ko‘ppaklarga yem bo‘lar, 37 Uning jasadi Yizril dalalaridagi go‘ngga o‘xshab qolar, Shuning uchun hech kim, bu Izabeldir, deb aytmas.”


10–BOB

Axab xonadoni o‘ldiriladi

1 Axabning Samariya shahrida yetmishta o‘g‘li bor edi. Yohu Samariyadagi oqsoqollarga va Axab o‘g‘illarining murabbiylariga hamda Yizril beklariga shu mazmunda maktub yozib yubordi:

2 “Shohingizning o‘g‘illari sizlar bilan birga turibdilar, jang aravalaringiz, otlaringiz va qurol–yarog‘laringiz ham bor, o‘zlaringiz mustahkam shaharda yashaysizlar. Ushbu maktub sizlarga yetib borishi bilanoq, 3 hukmdoringiz o‘g‘illaridan eng munosibini tanlab olib, otasining o‘rniga taxtga o‘tqazinglar va hukmdoringizning xonadonini himoya qilish uchun men bilan jang qilishga tayyorlaninglar.”

4 Ammo Samariyadagilar juda qo‘rqib ketdilar:

qiladiganlardan hech kim bo‘lmasin, bu yerda faqat Baalga sajda qiluvchilar bo‘lsin.

24 Shundan keyin Yohu bilan Yohunadav kuydiriladigan va boshqa qurbonliklarni keltira boshladilar. Bundan oldin esa Yohu Baalning uyi atrofiga sakson kishini qo‘yib, ularga shunday amr bergan edi: “Qo‘lingizga mana bu odamlarni topshiryapman.

Bulardan birortasi ham qochib qolmasin. Kim qochishiga yo‘l qo‘ysa, boshi bilan javob beradi.”

25 Yohu qurbonliklarni kuydirib bo‘lishi bilanoq qo‘riqchilarga va lashkarboshilarga: “Ichkariga kirib, hammani o‘ldiringlar, birortasi ham qochib ketmasin!” — deb buyruq berdi. Qo‘riqchilar va lashkarboshilar hammasini qilich damidan o‘tkazib, jasadlarini

tashqariga otdilar. So‘ngra Baalning uyidagi ichkari xonaga kirib, 26 u yerdagi butsimon ustunlarni tashqariga olib chiqib, yoqib yubordilar. 27 Baalga atalgan toshni* sindirdilar, uyini vayron qildilar. Xalq bu joyni hojatxonaga aylantirdi. O‘sha joy bugungacha* hojatxona bo‘lib qolgan.

28 Shunday qilib, Yohu Isroil yerida Baalga sajda qilishga barham berdi. 29 Biroq Yohu Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi, ya’ni Baytil va Dandagi oltin buzoqlarga sajda qilishdan* u qaytmadi.

30 Egamiz Yohuga:

— Mening oldimda to‘g‘ri ish qilib muvaffaqiyat qozonding, — dedi. — Axab xonadoniga qarshi Men nima istagan bo‘lsam, hammasini qilding. Buning uchun sening nasling to‘rtinchi avlodigacha Isroil taxtida o‘tiradi.

31 Ammo Yohu Isroil xalqining Xudosi — Egamizning qonunlariga butun qalbi bilan itoat qilmadi, Isroil xalqini gunohga botirgan Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.

Yohuning o‘limi

32-33 O‘sha paytda Egamiz Isroil yerlarini parchalab, kichraytira boshladi.

Oram shohi Xazayil Iordan daryosining sharqida Gad, Ruben, Manashe qabilalari yashaydigan butun Gilad yerlarini, Arnon soyligidagi Aror shahridan Gilad va Bashan o‘lkalariga qadar bo‘lgan jamiki Isroil yerlarini bosib oldi.

34 Yohuning boshqa ishlari, butun faoliyati va qahramonliklari haqida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 35 Yohu olamdan o‘tdi. U Samariyada ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning o‘rniga o‘g‘li Yohuxoz shoh bo‘ldi. 36 Yohu Samariyada yigirma sakkiz yil Isroilga hukmronlik qildi.


11–BOB

Yahudo malikasi Otaliyo

1 Otaliyo* o‘z o‘g‘li shoh Oxoziyoning o‘ldirilganini eshitgach, Yahudoda Oxoziyoning jamiki urug‘ini qirib tashlashga kirishdi. 2 Shohning hamma o‘g‘illarini o‘ldirish rejalashtirilgan edi. Shoh Yohuramning* Yohusheva* degan qizi bor edi. Yohusheva Oxoziyoga o‘gay singil edi. Yohusheva Oxoziyoning o‘g‘li Yo‘shni shohning o‘g‘illari orasidan bildirmasdan olib qochdi. Otaliyo bolani o‘ldirmasligi uchun uni enagasi bilan birga Egamizning uyidagi yotoqxonaga yashirdi. 3 Otaliyo yurtni boshqargan paytda, bola olti yil davomida Egamizning uyida enagasi bilan birga yashirinib yurdi.

4 Yettinchi yili ruhoniy Yohayido Xaryollik qo‘riqchilarning* lashkarboshilariga va saroy qo‘riqchilarining lashkarboshilariga xabar berib, ularni chaqirtirdi. Hammalarini Egamizning uyiga yig‘ib, ular bilan ahd tuzdi. Hammalariga Egamizning uyida ont ichirgandan keyin, shohning o‘g‘li Yo‘shni ularga ko‘rsatdi. 5 Yohayido ularga shunday buyurdi: “Endi sizlar bunday qilasizlar: Shabbat kuni xizmatda bo‘lgan qo‘riqchilarning uchdan biri shoh saroyini qo‘riqlashadi. 6 Uchdan biri Sur darvozasini, uchdan biri esa saroy darvozasini qo‘riqlashadi va saroy qo‘riqchilari o‘rniga turishadi. 7 Shabbat kuni xizmatda bo‘lmagan boshqa ikki qism sipohlaringiz esa Egamizning uyi atrofida turib shohni qo‘riqlasin. 8 Hamma qo‘lida quroli bilan shohni har tomondan o‘rab olsin, kim safga yaqinlashsa, o‘ldirilsin. Shoh kirganda ham, chiqqanda ham, unga hamroh bo‘linglar.”

9 Yuzboshilar ruhoniy Yohayidoning amrlarini so‘zsiz bajardilar. Har bir yuzboshi

Shabbat kuni xizmatini boshlagan va xizmatini tugatgan qo‘riqchilarini olib, Yohayidoning yoniga bordi. 10 Ruhoniy Egamizning uyida turgan shoh Dovudning nayzalariyu qalqonlarini yuzboshilarga tarqatdi. 11 Shohni qo‘riqlash uchun uyning janub tomonidan shimol tomonigacha, qurbongohning va uyning atrofiga soqchilar jangga shay holda qo‘yildi.

12 Yohayido Yo‘shni tashqariga olib chiqib, boshiga toj kiydirdi. Unga shohlik qonunlarini* berdi. Yo‘sh shoh deb e’lon qilindi. Uning boshiga moy surtishdi, so‘ngra: “Shohimizning umrlari uzoq bo‘lsin!” deya olqishlab, qarsak chaldilar.

13 Otaliyo qo‘riqchilar bilan xalqning shovqin–suronini eshitgach, Egamizning uyiga, u yerda yig‘ilganlarning yoniga bordi. 14 Qarasaki, odatga ko‘ra, Egamizning uyiga kiraverishdagi ustun oldida shoh turibdi, shohning atrofini lashkarboshilar, karnaychilar o‘rab olgan. Yurtning butun xalqi shod–xurram, karnay chalyapti. Shunda Otaliyo g‘azabdan liboslarini yirtib: “Xoinlik! Xoinlik!” deb baqirdi.

15 Ruhoniy Yohayido yuzboshilarga: “U xotinni bu yerdan olib chiqib ketinglar, kimki unga ergashsa, qilichdan o‘tkazinglar”, deb buyruq berdi. Ruhoniy o‘sha ayolning Egamiz uyida o‘ldirilishini istamadi. 16 Otaliyo ushlandi va saroyning Ot darvozasiga keltirilib, o‘sha yerda qatl qilindi.

Yohayido qilgan islohotlar

17 Ruhoniy Yohayido xalq, shoh va Egamiz orasida “Biz Egamizning xalqi bo‘lamiz” deb ahd tuzdi. Undan keyin xalq bilan shoh orasida ham ahd tuzdi. 18 So‘ng butun xalq Baalning uyiga borib, uni buzib tashladi, u yerdagi qurbongohlarni va Baalning tasvirlarini sindirdi, Baalning ruhoniysi Mattonni esa qurbongohlarning ro‘parasida o‘ldirdi. Ruhoniy Yohayido Egamizning uyiga qo‘riqchilar tayin qildi. 19 So‘ngra yuzboshilarni, Xaryollik qo‘riqchilarni, saroy qo‘riqchilarini va jamiki xalqni yoniga olib, shohni Egamizning uyidan olib chiqdi. Ular qo‘riqchilar darvozasidan o‘tib, shohni saroyga olib keldilar va taxtga o‘tqazdilar. 20 Otaliyo shoh saroyida o‘ldirilgani uchun yurt xalqi sevindi. Quddus osoyishta bo‘lib qoldi. 21 Yo‘sh* taxtga o‘tirgan paytda yetti yoshda edi.


12–BOB

Yahudo shohi Yo‘sh

1 Isroil shohi Yohu hukmronligining yettinchi yilida Yo‘sh* Yahudo shohi bo‘lgan edi. U Quddusda qirq yil hukmronlik qildi. Onasi Bersheba shahridan bo‘lib, ismi Zibiyox edi.

2 Yo‘sh umri bo‘yi Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi, chunki ruhoniy Yohayido unga yo‘l ko‘rsatardi. 3 Lekin sajdagohlar* hamon yo‘q qilinmagan, xalq hali ham o‘sha joylarda qurbonlik qilib, tutatqi tutatardi.

4 Yo‘sh ruhoniylarga farmon berdi:

8 Ruhoniylar xalqdan o‘zlari pul yig‘maslikka va Egamizning uyi ta’mirlanishini nazorat qilmaslikka rozi bo‘lishdi. 9 Ruhoniy Yohayido bir quti olib, qopqog‘i ustidan teshik ochdi. Uni qurbongohning yoniga — odamlar Egamizning uyiga kiradigan joyning o‘ng tomoniga joylashtirdi. Ostonada qorovul bo‘lib turgan ruhoniylar Egamizning uyiga keltirilgan hamma kumushni qutiga tashlayverishdi. 10 Qutida ko‘p pul yig‘ilgandan keyin, shohning mirzasi bilan oliy ruhoniy kelib, Egamizning uyiga keltirilgan kumushlarni qoplarga solib tortishardi. 11 Tortilgan kumushlar Egamizning uyidagi ishlarning boshida turgan odamlarga berilardi. Ular esa bu kumushlarni Egamizning uyida ishlayotgan duradgor va binokorlarga, 12 tosh teruvchilarga, sangtaroshlarga to‘lashar, uyni tuzatmoq uchun yog‘och va tosh sotib olishga ishlatishar, uyni tuzatishga kerak bo‘lgan boshqa ashyolarga sarf qilishardi.

13 Egamizning uyida yig‘ilgan kumush bu joy uchun kumush tog‘oralar, qaychilar, tog‘orachalar va karnaylar, har xil oltin yoki kumush buyumlar yasashga sarf qilinmadi. 14 Bu kumushning hammasi ishlovchilarga to‘lashga va uyni tuzatishga sarf qilindi.

15 Egamizning uyida ishlovchilarga pul taqsimlaydigan odamlardan hisob–kitob talab qilinmadi, chunki ular halol ishlashdi.

16 Ayb va gunoh qurbonliklariga qo‘shib, zararni qoplash uchun beriladigan pul esa

Egamizning uyiga olib kiritilmasdi. Bu pul ruhoniylarga tegishli edi.

17 O‘sha paytda Oram shohi Xazayil Gat shahriga* hujum qilib, shaharni qo‘lga kiritdi. Keyin Quddusga hujum qilmoqqa qaror qildi. 18 Yahudo shohi Yo‘sh esa ota–bobolari — Yahudo shohlari Yohushafatning, Yohuramning, Oxoziyoning va o‘zining Egamizga atagan hamma muqaddas nazrlarini, Egamizning uyidan va saroy xazinalaridan olingan jamiki oltinlarni Oram shohi Xazayilga yubordi. Shundan keyin Xazayil Quddusga hujum qilish qaroridan qaytdi.

19 Yo‘shning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 20 Shoh Yo‘shning a’yonlari isyon ko‘tarib, uni Silloga boradigan yo‘lda — Millodagi* uyda o‘ldirdilar. 21 Uni o‘ldirganlar Yo‘shning a’yonlaridan Shimat degan odamning o‘g‘li Yo‘zabad bilan Sho‘mer deganning o‘g‘li Yohuzabad edilar. Yo‘sh Dovud qal’asida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning o‘rniga o‘g‘li Emoziyo shoh bo‘ldi.


13–BOB

Isroil shohi Yohuxoz

1 Yahudo shohi Yo‘sh hukmronligining yigirma uchinchi yilida Yohuxoz Samariyada Isroil taxtiga o‘tirdi va o‘n yetti yil hukmronlik qildi. Yohuxoz Yohuning o‘g‘li edi.

2 Yohuxoz Egamiz oldida qabih ishlar qildi va Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribomning qilgan gunohlariga ergashdi. U qabih yo‘lidan aslo qaytmadi.

3 Shuning uchun Egamiz Isroildan g‘azablandi va Isroil xalqini uzoq vaqt Oram shohi Xazayil bilan Xazayilning o‘g‘li Banhadadning qo‘liga berib qo‘ydi. 4 Shu sababdan Yohuxoz Egamizga iltijo qilgan edi, Egamiz uning iltijolarini eshitdi. Isroil xalqi chekkan azob–uqubatlarni, Oram shohi ularni siquvga olganini Egamiz ko‘rib turardi. 5 Egamiz Isroilga bir qutqaruvchi* yuborgandan keyin, ular Oram xalqining zulmidan xalos bo‘ldi va oldingiday tinchgina yashayverdi. 6 Ammo xalq Yeribom xonadoni Isroilga olib kirgan

gunohlarga ergashaverdi, bu gunohlardan qaytmadi. Asheraga* atalgan ustun hali ham Samariyada turgan edi. 7 Oram shohi Yohuxozning lashkarini qirib, kulini ko‘kka sovurgan edi. Yohuxozning ellikta otliq sipohi, o‘nta jang aravasi, o‘n mingta piyoda sipohidan boshqa kuchi qolmagan edi. 8 Yohuxozning boshqa ishlari, butun faoliyati va uning qahramonliklari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 9 Yohuxoz olamdan o‘tdi. U Samariyada ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning o‘rniga o‘g‘li Yoho‘sh* shoh bo‘ldi.

Isroil shohi Yoho‘sh

10 Yahudo shohi Yo‘sh hukmronligining o‘ttiz yettinchi yilida Yoho‘sh Samariyada Isroil taxtiga o‘tirdi va o‘n olti yil hukmronlik qildi. Yoho‘sh Yohuxozning o‘g‘li edi. 11 U Egamiz oldida qabih ishlar qildi. Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan jamiki gunohlarga ergashdi, bu gunohlardan qaytmadi.

12 Yoho‘shning boshqa ishlari, butun faoliyati, Yahudo shohi Emoziyo bilan jang qilganda ko‘rsatgan qahramonliklari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 13 Yoho‘sh olamdan o‘tib, Samariyada ota–bobolari — Isroil shohlari yoniga dafn qilindi. O‘rniga o‘g‘li Yorubom shoh bo‘ldi.

Elishayning o‘limi

14 Elishay tuzalmas xastalikka yo‘liqqanda, Isroil shohi Yoho‘sh uni ziyorat qilgani borib: “Otam! Otam! — deb yig‘lagan edi. — Siz Isroilning qudratli himoyachisisiz–ku! Isroilning jang aravasi va otliq lashkari kabisiz!* Bizni tashlab ketmang!”

15 O‘shanda Elishay shohga: “Yoying bilan o‘qlaringni ol!” dedi. Shoh yoyi bilan o‘qlarini oldi. 16 Elishay: “Yoyni hozirla!” deb shohga buyurdi. Shoh yoyni hozirlagach, Elishay qo‘llarini shohning qo‘llari ustiga qo‘ydi. 17 So‘ngra unga: “Sharq tomondagi derazani och!” deb buyurdi. Shoh derazani ochgandan keyin, Elishay: “O‘qni ot!” dedi. Shoh o‘qni otdi.

20 Shundan keyin Elishay vafot etdi, uni dafn qildilar. Har yili bahorda Mo‘abdan bosqinchilar Isroil yerlariga bostirib kelardi. 21 Bir safar Isroil odamlari bir marhumni dafn qilayotgan edilar, Mo‘ablik bosqinchilarni ko‘rdilar–u, jasadni Elishayning xilxonasiga tashlab qochdilar. Jasad Elishayning suyaklariga tekkanda tirilib ketdi va oyoqqa turdi.

Isroil bilan Oram o‘rtasidagi urush

22 Oram shohi Xazayil Yohuxozning butun shohligi davrida Isroil xalqiga zulm o‘tkazib kelgan edi. 23 Ammo Egamiz Isroil xalqiga rahm–shafqat ko‘rsatib, Ibrohim, Is’hoq va Yoqub bilan qilgan ahdiga ko‘ra, Isroil xalqiga yuz burgan edi. Egamiz hozirgacha* Isroil xalqini O‘z huzuridan quvib chiqarmadi va ularning qirilib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.

24 Oram shohi Xazayil vafot etgach, o‘rniga o‘g‘li Banhadad shoh bo‘ldi. 25 So‘ngra Yoho‘sh otasi Yohuxoz shohligi davrida boy bergan shaharlarni Xazayilning o‘g‘li

Banhadaddan qaytarib oldi. Banhadadni uch marta mag‘lub qilib, Isroil shaharlariga

boshqatdan egalik qildi.


14–BOB

Yahudo shohi Emoziyo

1 Isroil shohi Yoho‘sh* hukmronligining ikkinchi yilida Emoziyo Yahudo shohi bo‘ldi.

Emoziyo Yo‘shning o‘g‘li edi. 2 Emoziyo shoh bo‘lganda, yigirma besh yoshda edi. U Quddusda yigirma to‘qqiz yil hukmronlik qildi. Onasi Qudduslik bo‘lib, ismi Yohuvaddon edi.

3 Emoziyo Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qilsa ham, bobosi Dovud kabi emasdi. U har qanday ishni otasi Yo‘sh kabi qildi. 4 Shu boisdan sajdagohlar* hamon yo‘q qilinmagan, xalq u yerlarda hali ham qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi.

5 Emoziyo o‘z shohligini mustahkamlab olgandan keyin, otasini o‘ldirgan a’yonlarni yo‘q qildi. 6 Biroq Musoning Tavrot kitobida yozilganiga ko‘ra, qotillarning bolalarini o‘ldirmadi, chunki Egamiz: “Otalar farzandlarining gunohi uchun o‘ldirilmasin, farzandlar otalarining gunohi uchun o‘ldirilmasin, har kim o‘zining gunohi uchungina jazolansin”, deb amr qilgan edi*.

7 Emoziyo Tuz vodiysida* o‘n mingta Edom sipohini o‘ldirdi. Sela shahrini jang qilib qo‘lga qiritdi va u yerga Yoxtal deb nom berdi. O‘sha joy hozir ham shu nom bilan yuritiladi.

8 Shundan so‘ng Emoziyo Isroil shohi Yoho‘shga xabarchilar jo‘natib: “Qani, menga jang maydonida ro‘baro‘ kelib ko‘r–chi”, dedi.

9 Isroil shohi Yoho‘sh esa bunga javoban Yahudo shohi Emoziyoga shu xabarni jo‘natdi: “Lubnon tog‘larida bir g‘ovtikan sadr daraxtiga, qizingni o‘g‘limga xotinlikka ber, deb xabar yo‘llabdi. O‘sha paytda bir yirtqich hayvon o‘sha yerdan o‘tib ketayotib, g‘ovtikanni bosib yanchib ketibdi. 10 Shunga o‘xshab, sen ham Edom xalqini mag‘lub etganing uchun mag‘rurlanib ketding, Emoziyo. O‘sha shuhrating bilan kifoyalanib, uyingda o‘tiraver. Nima uchun qitmirlik qilyapsan? O‘z boshingni ham, Yahudo xalqining boshini ham baloga giriftor qilyapsan!”

11 Lekin Emoziyo quloq solmadi. Shuning uchun Isroil shohi Yoho‘sh Yahudo shohi Emoziyo ustiga yurish qildi. Ikkala tomonning lashkari Yahudoning Bayt–Shamash shahrida* ro‘baro‘ keldi. 12 Isroil lashkari Yahudo lashkarini mag‘lub etdi. Yahudo lashkarining hammasi uylariga qochib ketdi. 13 Isroil shohi Yoho‘sh Yahudo shohi Emoziyoni Bayt–Shamashda asir qilib oldi. Emoziyo Oxoziyoning nevarasi, Yo‘shning o‘g‘li edi. So‘ng Yoho‘sh Quddusga kelib, Quddus devorining Efrayim darvozasidan Burchak darvozasigacha bo‘lgan 400 tirsak* qismini buzdirdi. 14 Egamizning uyida va saroyning xazinalarida topilgan oltinu kumushni va ashyolarni tortib oldi. Bulardan tashqari, asirlarni ham olib, Samariyaga qaytib ketdi.

15 Yoho‘shning boshqa ishlari, Yahudo shohi Emoziyo bilan jang qilganda ko‘rsatgan qahramonliklari haqida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 16 Yoho‘sh olamdan o‘tdi. U Samariyada ota–bobolari — Isroil shohlari yoniga dafn qilindi. Uning o‘rniga o‘g‘li Yorubom shoh bo‘ldi.

Yahudo shohi Emoziyoning o‘limi

17 Yahudo shohi Emoziyo Isroil shohi Yoho‘shning o‘limidan keyin o‘n besh yil

yashadi. 18 Emoziyoning boshqa ishlari haqida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 19 Quddusda Emoziyoga qarshi fitna uyushtirildi. Emoziyo bundan xabar topib, Laxish shahriga* qochdi. Ammo dushmanlari Emoziyoning ortidan odam yuborib, uni o‘sha yerda o‘ldirtirdilar. 20 Emoziyoning jasadini otda Quddusga olib keldilar. U Dovud qal’asida, ota–bobolarining yoniga dafn qilindi. 21 So‘ngra Yahudo xalqi o‘n olti yoshli Uzziyoni* otasi Emoziyoning o‘rniga shoh qilib ko‘tardilar. 22 Otasi Emoziyo olamdan

o‘tgach, Uzziyo Elet shahrini* qaytadan Yahudo yerlariga qo‘shib olib, boshqatdan qurdi.

Isroil shohi Yorubom

23 Yahudo shohi Emoziyo hukmronligining o‘n beshinchi yilida Yorubom Samariyada Isroil shohi bo‘ldi va qirq bir yil hukmronlik qildi. Yorubom Yoho‘shning o‘g‘li edi. 24 U Egamiz oldida qabih ishlar qildi va Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.

25 Yorubom Levo–Xomatdan* O‘lik dengizgacha* bo‘lgan Isroil yerlarini qaytadan qo‘lga kiritdi. Zotan, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz O‘z quli Yunus payg‘ambar orqali bu to‘g‘rida aytgan edi. Yunus Amitay deganning o‘g‘li bo‘lib, u Gat–Xafer shahridan edi.

26 Egamiz Isroil xalqi tortayotgan nihoyatda og‘ir azoblarni ko‘rdi. Bu yerda Isroilga yordam berishga qodir na qul, na ozod qolgan edi. 27 Egamiz Isroil xalqi nomini yer yuzidan o‘chirishni istamagani uchun Yorubom orqali ularni qutqargan edi.

28 Yorubomning boshqa ishlari, butun faoliyati, janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari, ilgaridan Yahudoga qarashli bo‘lgan Damashq va Xomatni* qaytadan Isroil yerlariga qo‘shib olgani to‘g‘risida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.

29 Yorubom olamdan o‘tib, ota–bobolari — Isroil shohlari yoniga dafn qilindi. O‘rniga o‘g‘li Zakariyo shoh bo‘ldi.


15–BOB

Yahudo shohi Uzziyo

1 Yorubom Isroilda hukmronlik qilayotganiga yigirma yetti yil bo‘lganda, Uzziyo* Yahudo shohi bo‘ldi. Uzziyo Emoziyoning o‘g‘li edi. 2 Uzziyo shoh bo‘lganda, o‘n olti yoshda edi. U Quddusda ellik ikki yil hukmronlik qildi. Onasi Qudduslik bo‘lib, ismi Yoxoliyo edi.

3 Uzziyo ham, otasi Emoziyo kabi, Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi. 4 Lekin sajdagohlar* hamon yo‘q qilinmagan, xalq o‘sha joylarda hali ham qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi.

5 Egamiz Uzziyoni jazolab, tuzalmas teri kasalligiga* yo‘liqtirdi. Uzziyo umrining oxirigacha bir uyda yolg‘iz yashadi. Yurtdagi xalqni ham, shoh saroyini ham o‘g‘li Yo‘tom boshqarardi.

6 Uzziyoning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 7 Uzziyo olamdan o‘tib, Dovud qal’asida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning o‘rniga o‘g‘li Yo‘tom shoh bo‘ldi.

Isroil shohi Zakariyo

8 Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga o‘ttiz sakkiz yil bo‘lganda, Zakariyo Samariyada Isroil shohi bo‘ldi va olti oy hukmronlik qildi. Zakariyo Yorubomning o‘g‘li edi. 9 U ham, otalari kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qilib, Isroilni gunohga botirgan

Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.

10 Shallum degan odam Zakariyoga qarshi fitna uyushtirdi. Shallum Yobosh

deganning o‘g‘li edi. Hammaning oldida Zakariyoni o‘ldirib, o‘rniga o‘zi shoh bo‘ldi.

11 Zakariyoning boshqa ishlari “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 12 Shunday qilib, Egamizning Yohuga: “Sening nasling to‘rtinchi avlodigacha Isroil taxtida o‘tiradi”, deb aytgan va’dasi amalga oshdi*.

Isroil shohi Shallum

13 Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga o‘ttiz to‘qqiz yil bo‘lganda, Shallum Isroil shohi bo‘ldi va Samariyada bir oy hukmronlik qildi. 14 Manaxim degan odam Tirzadan* Samariyaga kelib, Shallumga suiqasd uyushtirdi. Manaxim Gadi deganning o‘g‘li edi.

Manaxim Shallumni o‘ldirib, o‘rniga o‘zi shoh bo‘ldi. 15 Shallumning boshqa ishlari va u qilgan fitna haqida “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 16 O‘shanda Tifsax aholisi taslim bo‘lmagani uchun Manaxim Tirzadan jo‘nab ketdi–da, borib Tifsax shahri va uning atrofidagi qishloqlarni qirdi. Hatto homilador ayollarning qorinlarini yorib tashladi.

Isroil shohi Manaxim

17 Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga o‘ttiz to‘qqiz yil bo‘lganda, Gadi o‘g‘li Manaxim Isroil shohi bo‘lgan edi. Manaxim Samariyada o‘n yil hukmronlik qildi. 18 U Egamiz oldida qabih ishlar qilib, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga umri bo‘yi ergashdi.

19 Shundan keyin Ossuriya shohi Tig‘latpilasar* Isroil yerlariga hujum qildi. “Tig‘latpilasar meni qo‘llab–quvvatlasin, o‘zim shoh bo‘lib qolay” degan maqsadda Manaxim unga 2000 pud* kumush berdi. 20 Manaxim Isroildagi hamma boylarni odam boshiga ellik kumush tangadan* to‘lashga majbur qilib, Ossuriya shohiga berilgan kumushning o‘rnini qopladi. Shundan so‘ng Ossuriya shohi Isroil yerlaridan chiqib, yurtiga qaytib ketdi.

21 Manaximning boshqa ishlari, uning butun faoliyati “Isroil shohlari tarixi” kitobida

yozilgan. 22 Manaxim olamdan o‘tgach, o‘rniga o‘g‘li Pakaxiyo shoh bo‘ldi.

Isroil shohi Pakaxiyo

23 Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga ellik yil bo‘lganda, Pakaxiyo Samariyada Isroil shohi bo‘ldi va ikki yil hukmronlik qildi. Pakaxiyo Manaximning o‘g‘li edi.

24 Pakaxiyo Egamiz oldida qabih ishlar qilib, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li

Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.

25 Pekax degan lashkarboshi Pakaxiyoga qarshi fitna uyushtirdi. Pekax Ramaliyo degan odamning o‘g‘li edi. Pekax yoniga Giladlik ellikta odamni olib, Samariyadagi shoh saroyining qal’asida Pakaxiyoni, Argob va Oreyni o‘ldirdi. Uning o‘rniga Pekaxning o‘zi shoh bo‘ldi.

26 Pakaxiyoning boshqa ishlari, butun faoliyati “Isroil shohlari tarixi” kitobida

yozilgan.

Isroil shohi Pekax

27 Uzziyo Yahudoda shohlik qilayotganiga ellik ikki yil bo‘lganda, Pekax Samariyada Isroil shohi bo‘ldi va yigirma yil hukmronlik qildi. 28 U Egamiz oldida qabih ishlar qilib, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlarga ergashdi.

29 Isroil shohi Pekax davrida Ossuriya shohi Tig‘latpilasar* bostirib kelib, Isroilning Iyxon, Ovil–Bayt–Maxo, Yonox, Kedesh, Xazor shaharlari bilan birga Gilad, Jalila va butun Naftali hududlarini qo‘lga kiritdi hamda bu yerlardagi xalqni Ossuriyaga asir qilib olib ketdi.

30 Yahudo shohi Yo‘tom hukmronligining yigirmanchi yilida Xo‘sheya Pekaxga fitna

uyushtirib, uni o‘ldirdi va o‘rniga o‘zi shoh bo‘ldi. Xo‘sheya Elox deganning o‘g‘li edi.

31 Pekaxning boshqa ishlari, butun faoliyati “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan.

Yahudo shohi Yo‘tom

32 Isroil shohi Pekax hukmronlik qilayotganiga ikki yil bo‘lganda, Yo‘tom Yahudo shohi bo‘ldi. Yo‘tom Uzziyoning o‘g‘li edi. 33 Yo‘tom yigirma besh yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n olti yil hukmronlik qildi. Onasining ismi Yerusha bo‘lib, u Zodo‘xning qizi edi.

34 Yo‘tom, otasi Uzziyo kabi, Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi. 35 Ammo sajdagohlar hamon yo‘q qilinmagan, xalq o‘sha sajdagohlarda qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi. Yo‘tom Egamiz uyining Yuqori Darvozasini qurdi.

36 Yo‘tomning boshqa ishlari, butun faoliyati haqida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 37 O‘sha kunlarda Oram shohi Ratan bilan Isroil shohi Pekaxning Yahudoga hujum qilishlariga Egamiz yo‘l qo‘yib berdi. 38 Yo‘tom olamdan o‘tib, bobosi Dovud qal’asida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning o‘rniga o‘g‘li Oxoz shoh bo‘ldi.


16–BOB

Yahudo shohi Oxoz

1 Isroil shohi Pekax hukmronlik qilayotganiga o‘n yetti yil bo‘lganda, Oxoz Yahudo shohi bo‘ldi. Oxoz Yo‘tomning o‘g‘li edi. 2 Oxoz yigirma yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n olti yil hukmronlik qildi. U bobosi Dovuddan namuna olmadi, Egasi Xudo oldida to‘g‘ri ishlar qilmay, 3 Isroil shohlarining yo‘lidan ketdi. Kan’on yurtidan Egamiz quvgan qavmlarning jirkanch odatlariga taqlid qilib, hatto o‘z o‘g‘lini qurbonlik qilib, olovda

kuydirdi*. 4 Sajdagohlarda*, tepaliklarda va har qanday yashil daraxt ostida qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi.

5 Oram shohi Ratan bilan Isroil shohi Pekax Quddusni bosib olish uchun yurish qildilar. Shaharni qamal qilib tursalar–da, Oxozni yenga olmadilar. 6 Shunda Oram shohi Ratan Elet shahrini qo‘lga kiritib, u yerdagi Yahudo xalqini haydab chiqardi. Eletga joylashgan Oram xalqi* hozir ham o‘sha yerda istiqomat qiladi.

7 Oxoz Ossuriya shohi Tig‘latpilasarga: “Men sizga qaramman*, qulingizman, keling, menga hujum qilayotgan Oram va Isroil shohlarining qo‘lidan meni qutqaring”, deb elchilar jo‘natdi. 8 Egamizning uyidagi va shoh saroyining xazinalaridagi oltinu kumushlarni Ossuriya shohiga hadya qilib yubordi.

9 Ossuriya shohi Oxozning iltimosiga rozi bo‘ldi. Damashqqa hujum qilib, bu shaharni

bosib oldi. Shahar aholisini Xirga surib chiqardi va shoh Ratanni o‘ldirdi.

10 Shoh Oxoz Ossuriya shohi Tig‘latpilasar bilan uchrashish uchun Damashqqa borganda, u yerdagi qurbongohni ko‘rdi. Qurbongohning rejasini hamma ikir– chikirlarigacha chizib, tayyorlab, ruhoniy Uriyoga yubordi. 11 Shoh Oxoz Damashqdan qaytgunga qadar, ruhoniy Uriyo, u yuborganlari bo‘yicha, aynan o‘shanday qurbongoh qurdi.

12 Shoh Damashqdan qaytgach, yangi qurbongohni ko‘rib, uning ustida qurbonliklar keltirish uchun bordi. 13 Kuydiriladigan qurbonligini va don nazrini ado etdi, yangi qurbongoh ustiga sharob nazrini quydi, tinchlik qurbonligining qonini qurbongohga sepdi. 14 Egamizga bag‘ishlangan oldingi bronza qurbongoh yangi qurbongoh bilan Egamizning uyi orasida edi. Oxoz bronza qurbongohni bir chetga — o‘zi qurgan yangi qurbongohning shimol tomoniga ko‘chirtirib tashladi. 15 So‘ngra shoh Oxoz ruhoniy Uriyoga shunday farmon berdi: “Ertalabki kuydiriladigan qurbonlik bilan kechqurungi don nazrini, shohning kuydiriladigan qurbonligini va uning don nazrini, bundan tashqari, yurt xalqining kuydiriladigan qurbonligini, don nazrini va sharob nazrini mana shu katta qurbongoh ustida ado et. Kuydiriladigan qurbonlik bilan boshqa qurbonliklarning qonini shu qurbongohga sep. Kelajakda nima bo‘lishi menga ayon bo‘lishi uchun esa bronza qurbongohni saqla.” 16 Ruhoniy Uriyo shoh Oxozning hamma farmonini bajardi.

17-18 Shoh Oxoz Ossuriya shohini mamnun qilish uchun quyidagi ishlarni qildi: Xudoning uyidagi aravalarning yon to‘siqlarini ko‘chirtirib tashladi, bularning ustidagi tog‘oralarni ham oldirdi. Bronzadan yasalgan buqalarning ustidan hovuzni* olib, toshdan qilingan to‘shama ustiga joylashtirdi. Egamizning uyi ichkarisida qurilgan va Shabbat kuni shoh foydalanadigan joyni, shoh tashqaridan kiradigan yo‘lakni oldirib tashladi.

19 Oxozning boshqa ishlari “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 20 Oxoz olamdan o‘tib, Dovud qal’asida, ota–bobolari yoniga dafn etildi. O‘rniga o‘g‘li Hizqiyo shoh bo‘ldi.


17–BOB

Isroilning oxirgi shohi Xo‘sheya

1 Yahudo shohi Oxoz hukmronlik qilayotganiga o‘n ikki yil bo‘lganda, Xo‘sheya Samariyada Isroil shohi bo‘ldi va to‘qqiz yil hukmronlik qildi. Xo‘sheya Eloxning o‘g‘li edi. 2 U Egamiz oldida qabih ishlar qilgan bo‘lsa ham, o‘zidan oldin o‘tgan Isroil shohlari qadar emasdi.

3 Ossuriya shohi Shalmanasar* Xo‘sheyaga qarshi urush ochdi. Xo‘sheya taslim bo‘lib, Shalmanasarga o‘lpon to‘lay boshladi. 4 Lekin keyinroq Xo‘sheya Misr fir’avni So‘vaxdan yordam so‘rab xabarchilar jo‘natdi va Ossuriya shohiga har yili to‘lashi kerak bo‘lgan o‘lponni to‘lamay qo‘ydi. Xo‘sheyaning xoinlik qilganini Ossuriya shohi bilib qoldi, shuning uchun uni tutib, zindonga tashladi.

Samariyaning mag‘lubiyati

5 Shalmanasar Isroil yerlariga hujum qilib, Samariyani uch yil qamal qilib turdi. 6 Xo‘sheya hukmronligining to‘qqizinchi yilida Ossuriya shohi* Samariyani qo‘lga kiritib*, Isroil xalqini Ossuriyaga ko‘chirdi. Ularni Xalax shahriga, Xavor daryosi bo‘yidagi Gozan hududiga va Midiya shaharlariga joylashtirdi.

7 Isroil xalqi o‘zlarini Misr fir’avni hukmronligidan xalos qilib, Misrdan olib chiqqan Egasi Xudoga qarshi gunoh qilgan edilar. Ularning boshiga kelgan jamiki g‘am– kulfatlarning sababi shu edi. O‘sha paytlarda Isroil xalqi begona xudolarga sajda qilishar, 8 Kan’on yurtidan Egamiz quvgan qavmlarning odatlariga va Isroil shohlari* o‘zlaricha joriy qilgan odatlarga binoan yashardilar. 9 O‘zlarining Egasi Xudoga ma’qul

kelmaydigan ishlarni qilardilar. Hamma yerda — qishloqlardan tortib, mustahkam shahargacha bo‘lgan joylarda sajdagohlar* qurgan edilar. 10 Har bir tepalikning ustiga, har bir yashil daraxtning ostiga butsimon toshlarni, Asheraga* atab ustunlarni o‘rnatgan edilar. 11 Kan’on yurtidan Egamiz quvib yuborgan xalqlar singari, Isroil xalqi hamma sajdagohlarda qurbonliklar qilishardi. Ular qabih ishlari bilan Egamizni g‘azablantirardilar. 12 Egamiz: “Bunday ishlarni qilmanglar”, deb aytganiga* qaramasdan, butlarga xizmat qilaverardilar.

13 Egamiz Isroil va Yahudo xalqini hamma payg‘ambarlar, valiylar orqali ogohlantirib, ularga shunday amr bergan edi: “Qabih yo‘llaringizdan qaytinglar. Mening amrlarimga, farmonlarimga itoat etinglar! Men hamma qonunlarimni ota– bobolaringizga berganman, payg‘ambar bo‘lgan qullarim orqali sizlarga yuborganman.”

14 Ammo Isroil xalqi quloq solmasdi. Ular otalari kabi o‘jarlik qilaverdilar, o‘zlarining Egasi Xudoga ishonmas edilar. 15 Egamizning farmonlaridan, ogohlantirishlaridan va otalari bilan qilgan ahdidan yuz o‘girib, betayin xudolarga sajda qilgani uchun o‘zlari ham betayin bo‘lib qolgandilar. Egamiz: “Atrofingizdagi xalqlarga o‘xshab yashamanglar”, deb ularga amr bersa ham, o‘sha xalqlarning odatlariga ko‘ra, yashayverardilar.

16 Isroil xalqi o‘zlarining Egasi Xudoning hamma amrlaridan yuz o‘girgandi. Ular topingani ikkita buzoq tasvirini va Asheraning ustunini yasadilar. Barcha samoviy jismlarga sajda qilib, Baalga xizmat etardilar. 17 O‘g‘illarini, qizlarini qurbonlik qilib, olovda kuydirardilar*, fol ochtirib, ta’birchilarga e’tiqod qilardilar. Egamiz oldida qabih ishlarga mukkasidan ketib, Egamizni g‘azablantiraverdilar. 18 Egamiz Isroil xalqidan qattiq g‘azablanib, ularni O‘zining huzuridan chiqarib tashlagandi. Yahudo xalqidan tashqari bironta qabila Egamizning huzurida qolmagan edi. 19 Hatto Yahudo xalqi ham o‘zlarining Egasi Xudoning amrlariga rioya qilmay qo‘ygandi. Ular Isroil xalqining qabih odatlariga taqlid qildilar. 20 Oqibatda Egamiz Isroilning hamma qavmidan yuz o‘girdi.

Ularni talonchilarning qo‘liga berib, jazoladi. Oxiri, hammasini huzuridan uloqtirib

tashladi.

21 Darvoqe, Egamiz Dovud xonadonidan Isroilni tortib olgandan keyin*, Isroil xalqi Nabat o‘g‘li Yeribomni shoh qilgan edi. Yeribom Isroil xalqini Egamizning yo‘lidan ozdirib, og‘ir gunohga botirdi. 22 Isroil xalqi Yeribom qilgan hamma gunohlarga ergashdi, bu gunohlardan qaytmadi. 23 Natijada Egamiz payg‘ambar qullari orqali aytganiday, Isroil xalqini O‘z huzuridan quvgan va Isroil xalqi o‘z yurtlaridan Ossuriyaga surgun qilingan edilar. Ular bugungacha* o‘sha yerda yashaydilar.

Samariyaga o‘rnashgan xalqlarning butparastligi

24 Ossuriya shohi Bobildan, Go‘sax, Ivvax, Xomat va Sefarvayim shaharlaridan odamlarni olib kelib, Samariya* shaharlarida Isroil xalqi o‘rniga joylashtirdi. Ular Samariyani egallab, Samariya shaharlarida istiqomat qila boshladilar.

25 Ular bu joylarga dastlab o‘rnashganlarida, Egamizga sajda qilmadilar. Shuning uchun Egamiz Samariya shaharlariga arslonlar yubordi. Arslonlar o‘sha xalqlardan ba’zi odamlarni o‘ldirdi. 26 So‘ngra Samariyadan Ossuriya shohiga quyidagicha xabar jo‘natildi: “Siz Samariya shaharlariga ko‘chirib kelib o‘rnashtirgan xalqlar bu yurt xudosining qonun–qoidalarini bilmayaptilar. Shuning uchun o‘sha xudo bu yerga arslonlar yuboryapti, odamlar esa arslonlarga yem bo‘lyapti.”

27 Shundan keyin Ossuriya shohi quyidagicha farmon berdi: “Samariyadan asir qilib olib ketilgan ruhoniylardan birortasini o‘sha yerga qaytarib yuboringlar. Ruhoniy o‘sha yurtga borib yashasin va Samariyaning xudosi qonun–qoidalarini o‘sha yerdagi xalqlarga o‘rgatsin.” 28 Samariyadan ko‘chirib yuborilgan ruhoniylardan biri qaytib kelib, Baytilda istiqomat qila boshladi. U o‘sha yerda o‘rnashgan xalqlarga Egamizga qanday sajda qilishni o‘rgatishga kirishdi.

29 Lekin Samariya shaharlariga joylashgan har bir xalq o‘z xudolarining tasvirini yasayverdi. Isroil xalqi Samariyada yashaganda barpo qilgan sajdagohlarga o‘sha xudolarning tasvirini qo‘ydilar. 30 Bobilliklar xudo Suxotvanotning, Xutliklar xudo Nargalning, Xomatliklar xudo Oshimaning, 31 Ivvaxliklar esa xudolar Nivxaz va Tartoqning tasvirlarini yasab, o‘sha xudolarga sajda qildilar. Sefarvayimliklar o‘zlarining xudolari Odrammalek va Anammalekka bolalarini kuydirib qurbonlik qildilar. 32 Ular ham Egamizga sajda qildilar, ayni paytda o‘z xudolarining sajdagohlarida xizmat qilish uchun oralaridan ruhoniylar ham saylab oldilar. 33 Ular Egamizga sajda qilish bilan birga, o‘zlari oldin yashagan ona yurtining odatlariga muvofiq o‘z xudolariga ham

xizmat qilaverdilar. 34 O‘sha xalqlar bugungacha eski odatlari bo‘yicha yashab keladilar: na Egamizdan qo‘rqadilar, na Egamiz Yoqubga, ya’ni Isroil nasliga bergan farmonlarni, qoidalarni, qonun va amrlarni bajaradilar.

35 Ilgarilari Egamiz Isroil xalqi bilan ahd tuzib, shunday amr etgan edi: “Begona xudolarga sajda qilmanglar, ta’zim qilmanglar, u xudolarga xizmat qilmanglar, qurbonlik keltirmanglar. 36 Faqat Menga sajda qilinglar! Men, Egangiz, buyuk qudratim va ajoyibotlarim bilan sizlarni Misrdan olib chiqqanman. Menga ta’zim qilib, qurbonlik keltiringlar. 37 Sizlar uchun yozgan farmonlarimni, qoidalarimni, qonunlarimni va amrlarimni to abad ijro etinglar, begona xudolarga sajda qilmanglar. 38 Sizlar bilan tuzgan ahdimni unutmanglar, begona xudolarga sajda qilmanglar. 39 Faqat Men, Egangiz Xudogagina sajda qilinglar. Hamma g‘animlaringiz qo‘lidan sizlarni xalos qiladigan Menman.”

40 Shunga qaramay, Samariyaga o‘rnashgan xalqlar Egamizning amrlariga quloq solmasdan eski odatlariga ko‘ra, yashayverdilar. 41 Bu xalqlar bir paytning o‘zida ham Egamizga sajda qilar, ham o‘yib ishlangan tasvirlarga xizmat qilardilar. Ularning bolalari va nabiralari ham bugungacha otalari kabi yashaydilar.


18–BOB

Yahudo shohi Hizqiyo

1 Isroil shohi Xo‘sheya hukmronlik qilayotganiga uch yil bo‘lganda, Hizqiyo Yahudo hukmdori bo‘ldi. Hizqiyo Oxozning o‘g‘li edi. 2 Hizqiyo yigirma besh yoshida shoh bo‘ldi. U Quddusda yigirma to‘qqiz yil shohlik qildi. Onasining ismi Abiyo* bo‘lib, Zakariyoning qizi edi.

3 Hizqiyo, bobosi Dovud kabi, Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi. 4 U sajdagohlarni* yo‘qotdi, butsimon toshlarni parchalab tashladi, Asheraning* ustunlarini kesdi. Muso bronzadan yasagan Naxushton nomli ilon tasvirini* ham sindirdi. Chunki Isroil xalqi o‘sha kungacha bronza ilon tasviriga qurbonlik keltirardi.

5 Hizqiyo Isroil xalqining Xudosiga — Egamizga ishonardi. Hizqiyogacha ham, undan

keyin ham Yahudo shohlari orasida unga o‘xshagani bo‘lmadi. 6 Hizqiyo Egamizga

nihoyatda sodiq bo‘lib, Uning yo‘llaridan ozmadi. Egamiz Musoga bergan amrlarni bajardi. 7 Egamiz Hizqiyo bilan edi. Hizqiyo nima ish qilmasin, Egamiz unga baraka berdi. U Ossuriya shohiga itoat qilmay, unga qarshi bosh ko‘tardi. 8 Hamma joyda — G‘azo va uning atroflarigacha, qishloqlardan tortib, mustahkam shahargacha bo‘lgan joylarda Filistlarni mag‘lub qildi.

9 Hizqiyo hukmronligining to‘rtinchi yilida Ossuriya shohi Shalmanasar Samariyaga hujum qilib, qamal qildi. Bu paytda Isroil shohi Xo‘sheya yettinchi yil shohlik qilayotgan edi. 10 Qamalning uchinchi yilida* Samariya quladi. Hizqiyo hukmronligining oltinchi yilida va Isroil shohi Xo‘sheya hukmronligining to‘qqizinchi yilida Shalmanasar Samariyani oldi. 11 Ossuriya shohi* Isroil xalqini Ossuriyaga ko‘chirib, ularni Xalax shahriga, Xavor daryosi bo‘yidagi Gozan hududiga va Midiya shaharlariga joylashtirdi. 12 Ular o‘zlarining Egasi Xudoga itoat etmay, Uning ahdini buzganlari uchun shu

hodisalar yuz bergandi. Xudoning O‘z quli Muso orqali bergan birorta amriga ular quloq

solmadilar, hech birini bajarmadilar.

Ossuriya qo‘shini Quddusni o‘rab oladi

13 Hizqiyo hukmronligining o‘n to‘rtinchi yilida* Ossuriya shohi Sanxariv* Yahudo yurtiga hujum qildi. Uning hamma mustahkam shaharlarini bosib oldi. 14 Yahudo shohi Hizqiyo Laxish shahrida* turgan Ossuriya shohiga shunday xabar yubordi: “Men aybdorman, mening yurtimdan keting, nimani talab qilsangiz, rozi bo‘laman.” Ossuriya shohi Yahudo shohi Hizqiyoni 640 pud* kumush va 64 pud* oltinni o‘lpon qilib to‘lashga majbur qildi. 15 Hizqiyo hamma kumushni Egamizning uyidan va shoh saroyining xazinalaridan topib, unga berdi. 16 Hizqiyo yana Egamizning uyi eshiklari bilan eshik kesakilari* ustiga ilgari o‘zi qoplatgan oltin qoplamalarni ham chiqarib olib, Ossuriya shohiga berdi.

17 Keyin Ossuriya shohi o‘zining bosh qo‘mondoni, bosh vaziri va mulozimi boshchiligida katta lashkarni Laxishdan Quddusga, shoh Hizqiyoning ustiga safarbar qildi. Lashkar Quddusga borayotib, Yuqori hovuz arig‘i yonida to‘xtadi. Bu ariq kir yuvuvchining dalasiga boradigan yo‘l yonida edi. 18 Ular shoh Hizqiyoga xabarchi yuborgan edilar, Xilqiyo o‘g‘li Eliyaqim, Shavna va Osif o‘g‘li Yo‘x Quddusdan chiqib, Ossuriyaliklarning yoniga bordilar. Shoh Hizqiyoning saroyida Eliyaqim bosh vazir bo‘lib, Shavna kotib, Yo‘x esa mushovir* bo‘lib xizmat qilar edilar.

19 Mulozim ularga shunday dedi:


“Ulug‘ Ossuriya shohining shu gaplarini Hizqiyoga yetkazing: «Nimangga ishonyapsan o‘zi? 20 Harbiy mahoratingdan va kuch–qudratingdan gapiryapsan, lekin bular quruq gaplar–ku. Kimingga ishonib menga itoat etmayapsan? 21 Ha, sen Misrga ishonyapsan. Lekin Misr yoriq qamishdan qilingan hassaga o‘xshaydi–ku. Unga suyansang, qo‘lingga sanchiladi. Misr fir’avniga ishonganlarning hammasi shu ahvolga tushadi. 22 Balki sizlar: ‘Biz Egamiz Xudoga ishonamiz’, deb aytarsizlar menga. Axir, Hizqiyo o‘sha Egangizning sajdagohu* qurbongohlarini buzib tashlab, Yahudo xalqiga va Quddusliklarga: ‘Faqatgina Quddusdagi qurbongohning oldida sajda qilinglar’, deb aytgan ekan– ku!*»

23 Kelinglar, endi janobi oliylari Ossuriya shohi nomidan sizlar bilan bir garov

o‘ynaylik. Biz sizlarga ikki mingta ot beramiz, qani, ularni minishga odam

topinglar–chi! 24 Qani, ko‘raylik–chi, shohimning qullari orasidagi eng kichik bir lashkarboshisini mag‘lub qila olasizmi?! Axir, o‘zingiz Misrning jang aravalariyu otliqlariga umid bog‘lab o‘tiribsiz. 25 Qolaversa, bizni Egangizning xohishisiz bu yurtni vayron qilishga kelgan, deb o‘ylaysizlarmi? Egangizning O‘zi bizga: «O‘sha joyga borib, u yerni vayron qilinglar», deb amr bergan–ku!”


26 Xilqiyo o‘g‘li Eliyaqim, Shavna va Yo‘x Ossuriyalik mulozimga:

28 So‘ngra u tik turib, baland ovoz bilan ibroniycha gapirdi: “Ulug‘ Ossuriya shohining gaplarini eshiting! 29 Shoh hazratlari shunday aytmoqda: Hizqiyo sizlarni yo‘ldan urmasin. U baribir sizlarni mening qo‘limdan qutqara olmaydi. 30 «Egamiz bizni albatta qutqaradi, bu shahar Ossuriya shohi qo‘liga taslim bo‘lmaydi», deb Hizqiyo sizlarni Egangizdan umidvor qilmasin.

31 Shohingiz Hizqiyoga quloq solmanglar. Mana, Ossuriya shohi aytmoqda: men bilan sulh tuzib, mening oldimga chiqinglar. Shunda har kimga o‘z uzumzoriyu anjir daraxti hosilidan yeyishga, o‘z sardobasidan suv ichishga ijozat beriladi. 32 So‘ngra men sizlarni o‘z o‘lkangizga o‘xshagan bir yurtga olib boraman. U joy bug‘doy, sharob, non, uzumzorlarga, zaytun moyi va asalga boy yurtdir. O‘limni emas, hayotni tanlanglar.

«Egamiz bizni qutqaradi», deb sizlarni aldamoqchi bo‘lgan Hizqiyoga quloq solmanglar.

33 Qaysi xalqning xudosi o‘z yurtini men, Ossuriya shohining qo‘lidan qutqaribdi?!

34 Xomat bilan Arpad shaharlarining* xudolari qani?! Sefarvayimning, Xana va Ivvaxning* xudolari–chi?! Birorta xudo Samariyani* mening qo‘limdan qutqara olmadi– ku! 35 Jamiki xalqlarning xudolaridan qaysi biri o‘z yurtini mening qo‘limdan qutqaribdiki, Egangiz Quddusni qutqara olsa?!”

36 Ammo xalq jim turaverdi. Birontasi ham javob bermadi. Chunki shoh Hizqiyo: “Uning gapiga javob qaytarmanglar”, deb farmon bergan edi. 37 Shundan keyin bosh vazir Eliyaqim, kotib Shavna va mushovir Yo‘x qayg‘udan liboslarini yirtib, Hizqiyoning oldiga keldilar–da, Ossuriyalik mulozimning gaplarini Hizqiyoga aytib berdilar.


19–BOB

Shoh Hizqiyo Ishayodan maslahat so‘raydi

1 Shoh Hizqiyo bularni eshitgach, qayg‘udan liboslarini yirtdi. Qanorga o‘ranib*, Egamizning uyiga bordi. 2 U bosh vazir Eliyaqimni, kotib Shavnani va oqsoqol ruhoniylarni Omiz o‘g‘li Ishayo payg‘ambarning huzuriga yubordi. Hammalari qanorga o‘ranib olgan edilar.

3 Ular Ishayoning huzuriga borib, shunday dedilar:

Ossuriya shohining Hizqiyoga maktubi

8 Ossuriya shohi Sanxarivning Laxish shahridan* qaytib ketganini eshitib, shohning mulozimi ham orqasiga qaytdi. Shohni Libna shahriga qarshi urishayotgan yerida topdi.

9-10 Sanxariv: “Habashiston* shohi Tirxoqo sen bilan urush qilgani otlandi” degan xabarni eshitdi. U Habashistonga qarshi jang boshlashdan oldin Yahudo shohi Hizqiyoga yana odamlari orqali shu gapni yetkazdi:


“Umid qilgan xudoying seni aldamasin: «Quddus Ossuriya shohiga taslim bo‘lmaydi», deb seni laqillatmasin. 11 Axir, o‘zing eshitgansan–ku! Ossuriya shohlari hamma yurtlarni yer bilan yakson qilgan. Endi sen qutulaman, deb o‘ylayapsanmi?! 12 Otalarim qancha xalqlarni xonavayron qildi. Ularni xudolari qutqarmadi–ku! Gozan, Xoron, Razaf aholisi, Talassarda yashagan Eden xalqlari qutula oldimi?! 13 Qani, ayt–chi, Xomat shahrining shohi qani endi?! Arpad, Sefarvayim, Xana, Ivvax shaharlarining shohlari qayerda?!”

Hizqiyoning ibodati

14 Hizqiyo xabarchilarning qo‘lidan maktubni olib o‘qigach, Egamizning uyiga kirdi.

Maktubni Egamizning oldida ochib, yerga yoydi va 15 yolvorib ibodat qildi: “Ey ikki karub* orasida taxt qurgan Isroil xalqining Xudosi — Egamiz! Butun yer yuzidagi shohliklarning tanho Xudosi Sensan. Osmonni va yerni Sen yaratgansan. 16 Ey Egamiz! Quloq solib, eshit. Ey Egamiz, ko‘zlaringni ochib, qara. Sanxariv nimalar aytganini, u barhayot Xudoni qanday haqoratlaganini bilib qo‘y. 17 Ey Egamiz! Biz bilamizki, Ossuriya shohlari bir qancha xalqlarni va ularning yurtlarini vayron qilganlar. 18 O‘sha

xalqlarning xudolarini olovda yoqib, yo‘q qilganlar. Chunki o‘sha narsalar xudolar emas, balki inson qo‘li bilan yog‘ochdan, toshdan yasalgan narsalar edi. 19 Ey Egamiz Xudo!

Endi Sen bizni Sanxarivning qo‘lidan qutqargin, toki butun yer yuzidagi shohliklar

Sening tanho Xudo ekaningni bilishsin, ey Egamiz!”

Ishayo bashorat qiladi

20 Omiz o‘g‘li Ishayo Hizqiyoga shunday xabar yubordi:


“Isroil xalqining Xudosi — Egamiz aytmoqda: «Ossuriya shohi Sanxariv haqida qilgan iltijolaringni eshitdim.» 21 Egamiz unga qarshi shu so‘zlarni menga ayon qildi:


«Bokira qiz* Quddus sendan nafratlanadi, Ustingdan kuladi.

Go‘zal Sion* orqangdan masxara qiladi,

Boshini chayqaydi.


22 Kimni haqorat qilding o‘zi?

Kimni tahqirlading? Kimga qo‘rs gapirding? Kiborlarcha boqding, hey?

Isroil xalqining Muqaddas Xudosiga!

23 Xabarchilaring orqali Men, Rabbiyni haqorat qilding.

O‘zing haqingda aytdingki: ‘Ko‘plab jang aravalarim bilan Tog‘ cho‘qqilarini zabt etdim.

Lubnondagi inson qadami yetmagan joylarga yetib bordim. Eng baland sadr daraxtlarini,

Eng a’lo sarv daraxtlarini qo‘pordim. Lubnonning eng kimsasiz maskanlariga, Hatto eng qalin o‘rmonlariga yetib bordim. 24 Begona yurtlarda men quduqlar qazib, Suvlaridan ichdim.

Misrning hamma daryolarini

Oyog‘im kafti bilan quritdim.’


25 Eshitmaganmisan, ey Sanxariv, Ancha oldin mo‘ljallab qo‘ygan edim, Buni azaldan reja qilgan edim.

Endi amalga oshirdim.

Qal’alarni vayronaga aylantirsin deb,

Men senga kuch berdim.

26 Qo‘lu qanoti qirqildi shahar ahlining, Vahimaga tushib, uyatga qoldilar.

Ular dalada o‘sgan o‘t, yangi maysalar kabidir. Tomlarda o‘sgan maysalarga* o‘xshab, Yetilmasdan oldin qurib qoldilar.


27 Seni har tomondan bilaman, ey Sanxariv! Qachon urushga chiqib,

Uyingga qachon qaytishingni ham bilaman.

Bilaman: Mendan g‘azabdasan.

28 Mendan qattiq g‘azabdasan. Manmanliging qulog‘imga yetib keldi. Endi men burningdan halqamni, Og‘zingdan suvlig‘imni o‘tkazaman*.

Kelgan yo‘lingdan seni qaytarib olib ketaman.»


29 Ey Hizqiyo, mana bular sen uchun nishona bo‘ladi: bu yil o‘z–o‘zidan yerdan o‘sib chiqqanlarini tanovul qilasiz. Ikkinchi yili ham o‘rnidan o‘sib chiqqanini yeysiz. Uchinchi yil esa urug‘ ekib, hosil o‘rasiz. Uzumzorlar barpo

qilib, mevasin tanovul qilasiz. 30 Yahudo xalqining qutulib qolganlari yana ildiz otib, meva beradi. 31 Xalqning qolgani Quddusdan, qutulganlari Sion tog‘idan keladi. Sarvari Olam O‘z g‘ayrati bilan buni amalga oshiradi.

32 Ossuriya shohi to‘g‘risida Egamiz shunday aytmoqda: Sanxariv bu shaharga kirolmaydi, o‘qlar otolmaydi. Qalqoni bilan shaharga yaqinlashmaydi, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydirmaydi*. 33 Kelgan yo‘lidan qaytib ketadi, shaharga kirmaydi, — deb aytmoqda Egamiz. 34 — O‘zimning haqi–hurmatim, qulim Dovudning haqi–hurmati bu shaharni himoya qilib, saqlayman.”


35 O‘sha kechasi Egamizning farishtasi Ossuriyaliklarning qarorgohiga borib,

185.000 kishini o‘ldirdi. Ertasiga uyg‘onib qarasalar, qarorgoh jasadga to‘lib ketibdi.

36 Ossuriya shohi Sanxariv qarorgohni tashlab, orqaga qaytdi. U Naynavoga* qaytib, o‘sha yerda qoldi. 37 Bir kuni Sanxariv o‘z xudosi Nisroxning uyida sajda qilayotgan edi, o‘g‘illari Odrammalek bilan Sarizar unga qilich urib o‘ldirdi. Ikkovi ham Ararat yurtiga* qochib ketdi. Sanxarivning o‘rniga o‘g‘li Isarxaddo‘n shoh bo‘ldi*.


20–BOB

Hizqiyo kasal bo‘ladi

1 O‘sha kunlari Hizqiyo tuzalmas xastalikka yo‘liqib, o‘lim to‘shagiga yotib qoldi. Omiz o‘g‘li Ishayo payg‘ambar uning huzuriga kelib, shunday dedi: “Egamiz shunday aytmoqda: tayyorgarligingni ko‘rib qo‘yaver, endi tuzalmaysan, o‘lasan.”

2 Hizqiyo yuzini devorga burib, Egamizga yolvordi: 3 “Ey Egam! Chin qalbimdan Senga sodiq bo‘lib, yo‘llaringdan yurganimni va oldingda to‘g‘ri ishlar qilganimni esla.” Shunday deb achchiq–achchiq yig‘ladi.

4 Ishayo saroyning ichkari hovlisidan chiqib ulgurmagan ham ediki, Egamiz unga quyidagi so‘zlarini ayon qildi: 5 “Orqangga qaytib borib, xalqimning hukmdori Hizqiyoga shu xabarni yetkaz: «Bobong Dovudning Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: iltijolaringni eshitdim, ko‘z yoshlaringni ko‘rdim. Senga sog‘ligingni qaytaraman.

Uchinchi kuni Mening uyimga chiqasan. 6 Umringni yana o‘n besh yilga uzaytiraman. Seni va bu shaharni Ossuriya shohining qo‘lidan xalos qilaman. O‘zim uchun va qulim Dovudning haqi–hurmati uchun bu shaharni muhofaza qilaman.»”

7 Shundan keyin Ishayo:

10 — Soya zinapoyadan o‘n qadam ilgari ketmog‘i odatdagi holdir, shuning uchun o‘n

qadam orqaga surilsin, — dedi Hizqiyo.

11 Ishayo payg‘ambar Egamizga iltijo qilgan edi, Egamiz soyani Oxozning

zinapoyasidan o‘n qadam orqaga surdi.

Bobildan kelgan elchilar

12 O‘sha paytlarda Bobil shohi Baladon o‘g‘li Marduxbaladon* shoh Hizqiyoga maktublaru hadyalar jo‘natdi. U Hizqiyoning xastalanganini eshitgandi. 13 Hizqiyo elchilarni ko‘rib xursand bo‘ldi. Xazinasidagi bor narsa — omborlardagi hamma qimmatbaho ashyolarini, oltinni, kumushni, xushbo‘y hidli ziravorlarni va moylarni, qurol–yarog‘ omborini ularga ko‘rsatdi. Hizqiyoning saroyidayu o‘z shohligida ularga ko‘rsatmagan hech narsasi qolmadi.

14 Ishayo payg‘ambar shoh Hizqiyoning huzuriga kelib:

Hizqiyo hukmronligining oxiri

20 Hizqiyoning boshqa ishlari, qahramonliklari, hovuz va quvur* qazib, qanday qilib shaharga suv keltirgani to‘g‘risida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 21 Hizqiyo olamdan o‘tgach, o‘rniga o‘g‘li Manashe shoh bo‘ldi.


21–BOB

Yahudo shohi Manashe

1 Manashe o‘n ikki yoshida shoh bo‘lib, Quddusda ellik besh yil hukmronlik qildi.

Onasining ismi Xafzibo edi. 2 U Egamiz oldida qabih ishlar qildi. Egamiz O‘z xalqi Isroilning oldidan quvib yuborgan xalqlarning jirkanch odatlariga ergashdi. 3 Otasi Hizqiyo yo‘q qilgan sajdagohlarni* qaytadan barpo etdi. U Isroil shohi Axab kabi Baalga atab qurbongohlar qurdi, Asheraning* ustunini o‘rnatdi. Barcha samoviy jismlarga sajda etib xizmat qildi.

4 Manashe Egamizning ulug‘lanishi kerak bo‘lgan uyida begona xudolarga atab qurbongohlar qurdi. 5 Egamiz uyining ikkala hovlisida ham jamiki samoviy jismlarga sajda qilish uchun qurbongohlar barpo qildirdi. 6 O‘g‘lini qurbonlik qilib, olovda kuydirdi*, follar ochtirdi, ta’birchilarga e’tiqod qildi, arvoh chaqiruvchilarga maslahat soldi. Egamiz oldida ko‘p qabih ishlar qilib, Uni g‘azablantirdi. 7 Manashe Asheraga atab o‘yib ishlangan ustunni Egamizning uyiga qo‘ydi. Egamiz bu uy to‘g‘risida Dovud bilan uning o‘g‘li Sulaymonga shunday degan edi*: “Men bu uyni va Quddusni Isroil qavmlari

yashaydigan maskanlar orasidan tanlab olganman. Men to abad o‘sha yerda ulug‘lanaman. 8 Ular amrlarimni bitta qoldirmay bajarsalar, qulim Muso amr etgan hamma qonunlarga rioya qilsalar, Isroil xalqining ota–bobolariga Men bergan yerdan haydalishlariga yo‘l qo‘ymayman.”

9 Ammo xalq quloq solmadi. Manashe xalqni shu qadar yo‘ldan ozdirdiki, Kan’on yurtidan Egamiz yo‘qotib yuborgan xalqlardan ham ko‘ra, ko‘proq qabih ishlar qildilar.

10 Egamiz O‘z qullari — payg‘ambarlar orqali shunday dedi:

11 — Yahudo shohi Manashe jirkanch ishlar qilgani, o‘zidan oldingi Amor xalqlaridan* ham battar qabihliklar qilgani, butlar yasab, Yahudo xalqini gunohga botirgani uchun 12 Men, Isroil xalqining Xudosi — Egangiz, aytmoqdaman: “Quddusning va Yahudo xalqining boshiga shunday falokat keltiramanki, bu falokatni eshitganlarning boshidan hushi uchadi. 13 Samariyaga qarshi ishlatgan o‘lchov ipini va Axabning xonadoniga qarshi ishlatgan shoqulni* Quddusga qarshi ishlataman. Quddusni bu qabih xalqdan tozalab tashlayman, uni toza kosaday to‘ntarib qo‘yaman. 14 O‘z xalqimning omon qolganlaridan yuz o‘giraman va g‘animlarining qo‘liga taslim ettiraman. G‘animlar Quddus aholisini talon–taroj qiladi, o‘lja qilib olib ketadi. 15 Chunki ular oldimda qabih ishlar qildilar. Ota–bobolari Misrdan chiqqan kundan bugungacha bu xalq Meni g‘azablantirib keladi.”

16 Manashe shunchalik ko‘p aybsiz qon to‘kdiki, Quddusni bu boshidan narigi boshigacha qonga botirdi. Qon to‘kishdan tashqari, Yahudo xalqini gunohga botirdi, ular Egamiz oldida qabihliklar qildilar.

17 Manashening boshqa ishlari, butun faoliyati, qilgan gunohlari haqida “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 18 Manashe olamdan o‘tdi va saroyidagi Uzzo degan boqqa dafn etildi. O‘rniga o‘g‘li Omon shoh bo‘ldi.

Yahudo shohi Omon

19 Omon shoh bo‘lganda yigirma ikki yoshda edi. U Quddusda ikki yil hukmronlik qildi. Onasining ismi Mashullamot bo‘lib, Yotbaxlik Xoruzning qizi edi. 20 Omon ham, otasi Manashe kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qildi. 21 Xuddi otasi yurgan yo‘llardan yurib, o‘sha butlarga xizmat etib, sajda qildi. 22 Ota–bobolarining Xudosi — Egamizdan yuz o‘girib, Uning yo‘lidan yurmadi.

23 Shoh Omonning a’yonlari fitna uyushtirib uni o‘z saroyida o‘ldirdilar. 24 Yahudo xalqi o‘z shohi Omonga fitna uyushtirganlarning hammasini o‘ldirib, o‘rniga o‘g‘li Yo‘shiyoni shoh qilib ko‘tardi. 25 Omonning boshqa ishlari “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 26 Omon Uzzo bog‘ida, ota–bobolari xilxonasiga dafn etildi. Uning o‘rniga o‘g‘li Yo‘shiyo shoh bo‘ldi.


22–BOB

Yahudo shohi Yo‘shiyo

1 Yo‘shiyo sakkiz yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘ttiz bir yil hukmronlik qildi.

Onasining ismi Yodido bo‘lib, Bozxatlik Odayoning qizi edi. 2 Yo‘shiyo Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi. O‘ngga ham, chapga ham og‘masdan, bobosi Dovudning yo‘lidan yurdi.

Qonun kitobi

3 Yo‘shiyoning Shofon degan kotibi bor edi. Shofon Mashullom degan odamning nabirasi, Ozaliyo deganning o‘g‘li edi. Yo‘shiyo o‘z hukmronligining o‘n sakkizinchi yilida Shofonni Egamizning uyiga yuborayotib, unga shu gaplarni aytdi: 4 “Oliy ruhoniy Xilqiyoning huzuriga bor. Darvozabonlar xalqdan to‘plab, Egamizning uyiga keltirgan kumushlarni u hisoblab chiqsin. 5-6 So‘ngra kumushlarni Egamizning uyida mehnat qilayotgan ishboshilarga bersin. Ishboshilar esa kumushlarni olib, Egamizning uyidagi buzilgan joylarni ta’mirlayotgan ustalarga — duradgorlarga, binokorlarga va tosh teruvchilarga bersinlar. Uyning tuzatilishi uchun lozim bo‘lgan yog‘ochni, yo‘nilgan toshni ham o‘sha kumushga sotib olishsin. 7 Ularga berilgan kumushning hisobi so‘ralmasin, chunki ular halol ishlashyapti.”

8 Oliy ruhoniy Xilqiyo kotib Shofonga: “Egamizning uyidan Tavrot kitobini topib oldim”, deb kitobni Shofonga berdi. Shofon kitobni o‘qidi. 9 Keyin shohning huzuriga borib: “Xizmatkorlaringiz Egamizning uyidagi bor kumushni o‘sha yerdagi ishboshilarga berdilar”, deb hisobot berdi. 10 Keyin u shohga: “Ruhoniy Xilqiyo menga kitob berdi”, dedi–da, ovoz chiqarib shohga kitobni o‘qib berdi.

11 Shoh Tavrotda yozilgan so‘zlarni eshitgach, qayg‘udan liboslarini yirtib tashladi.

12 Keyin ruhoniy Xilqiyoga, Shofon o‘g‘li Oxixamga, Mixiyo o‘g‘li Axborga, kotib Shofonga va o‘zining mulozimi Osoyohga shunday farmon berdi: 13 “Boringlar, topilgan bu kitobdagi so‘zlarga muvofiq, men to‘g‘rimda ham, butun Yahudo xalqi to‘g‘risida ham Egamizning xohish–irodasini bilinglar. Otalarimiz bu kitobdagi so‘zlarga quloq solmaganlari, hammamiz uchun yozilgan bu so‘zlarga rioya qilmaganlari uchun, Egamizning dahshatli g‘azabi bizga qarshi g‘oyatda alanga olgan.”

14 Ruhoniy Xilqiyo, Oxixam, Axbor, Shofon va Osoyoh Xulda ismli payg‘ambar ayol huzuriga borib, unga maslahat soldilar. Xulda payg‘ambar Egamizning uyidagi muqaddas liboslar posboni Shallumning xotini edi. Shallum Tixvoning o‘g‘li, Xarxasning nabirasi edi. Xulda Quddusning Yangi dahasida yashardi. 15 Xulda ularga shunday dedi:


“Isroil xalqining Xudosi — Egamiz aytmoqda: sizlarni Mening huzurimga yuborgan odamga shu gaplarimni aytinglar: 16 «Yahudo shohi o‘qigan kitobda yozilganday, bu yurtga ham, bu yurtda yashayotgan xalqqa ham falokat keltiraman. 17 Ular Mendan yuz o‘girganlari uchun, boshqa xudolarga qurbonliklar keltirib, o‘z qo‘llari bilan yasagan butlari tufayli* qahrimni keltirganlari uchun, bu yurtga qarshi g‘azabim alangalanadi va aslo bosilmaydi.»

18 Egamizning xohish–irodasini bilish uchun sizlarni yuborgan Yahudo shohiga shu xabarni beringlar: Isroil xalqining Xudosi — Egamiz sen eshitgan so‘zlaring to‘g‘risida shuni aytmoqda: 19 bu yurt vayron bo‘lib, bu yurtda yashaganlar la’nati bo‘lsin degan so‘zlarimni eshitganingdan keyin, yuraging yumshadi, Menga bo‘yin egding. Sen Menga bo‘yin egganing uchun, qayg‘udan liboslaringni yirtib, huzurimda yig‘laganing uchun Men iltijolaringni eshitdim.

20 Shunga ko‘ra, sen ota–bobolaring yoniga xotirjam ketasan, o‘z qabringga dafn

etilasan. Bu yurtga Men keltiradigan jamiki falokatlarni sen ko‘rmaysan.”


Xilqiyo va uning hamrohlari bu xabarni shohga yetkazdilar.

23–BOB

Yo‘shiyo butparastlikni yo‘q qiladi

1 Shoh Yo‘shiyo xabar berib, Yahudo va Quddusning hamma oqsoqollarini huzuriga to‘pladi. 2 Jamiki Yahudo xalqi va Quddus aholisi, ruhoniylar, payg‘ambarlar, zodagonlaru avom xalq shoh boshchiligida Egamizning uyiga bordi. Shoh Egamizning uyidan topilgan Tavrot kitobini* boshidan oxirigacha ularning oldida o‘qidi.

3 Shoh Egamizning uyi eshigi oldidagi ustun yonida turib: “Egamiz ko‘rsatgan yo‘ldan yuraman, amrlariga itoat etaman, shartlariga, farmonlariga butun qalbim bilan, jonu dilim bilan quloq solaman, bu kitobda yozilgan ahd so‘zlarini ado etaman”, deb Egamiz bilan qayta ahd qildi.

Butun xalq bu ahdga qo‘shildi.

4 Shoh Yo‘shiyo: “Baalga, Asheraga* va barcha samoviy jismlarga atab qilingan narsalar Egamizning uyidan olib chiqib tashlansin”, deb oliy ruhoniy Xilqiyoga, undan keyingi ruhoniylarga, Egamizning uyi darvozabonlariga farmon berdi. O‘sha buyumlarni Quddus tashqarisidagi Qidron soyligiga* chiqarib yoqtirdi, kulini Baytilga olib keltirdi.

5 Yahudo shohlari yurtning barcha shaharlaridagi va Quddus atrofidagi sajdagohlarda* butparast ruhoniylarni tayinlagan edilar. O‘sha ruhoniylar sajdagohlarda qurbonliklar keltirardi. Yo‘shiyo Baalga, quyoshga, oyga, sayyoralarga va jamiki samoviy jismlarga qurbonlik qilgan o‘sha ruhoniylarni yo‘q qildi. 6 U Egamizning uyidan Asheraning ustunini Quddus tashqarisiga — Qidron soyligiga chiqarib yoqdi.

Maydalab kul qilib, kulni avom xalqning qabrlari ustiga sepdi. 7 Fohishlarning* Egamiz

uyidagi hujralarini buzdi. U yerda ayollar Asheraga atab to‘quv ishlarini bajarishardi.

8 Yo‘shiyo Yahudo shaharlaridan hamma ruhoniylarni chiqarib yubordi. Gebodan Bershebagacha ruhoniylar qurbonliklar keltiradigan sajdagohlarni bulg‘ab, harom qildi. U Quddus hokimi Yoshua darvozasining kirishidagi sajdagohlarni yo‘qotdi. Bu darvoza shaharga kirishda chap tomonda edi. 9 Sajdagohlarning ruhoniylari Egamizning Quddusdagi qurbongohiga qurbonlik qilishmas, lekin ruhoniy birodarlarning ulushidan xamirturushsiz non tanovul qila olardilar.

10 Yo‘shiyo, birortasi o‘g‘lini yoki qizini Mo‘laxga qurbonlik qilmasin, olovda kuydirmasin* deb, Xinnum soyligidagi* Tofatda joylashgan sajdagohni bulg‘ab, harom qildi. 11 Yahudo shohlari quyoshga atagan otlarning haykalini Egamizning uyi eshigi oldidan yo‘qotdi. Otlar Egamiz uyining hovlisida — a’yon Natanmalekning xonasi yonida edi. Yo‘shiyo quyoshga atalgan jang aravalarini ham olovda yoqdi.

12 Oxozning boloxonasi tomidagi Yahudo shohlari qildirgan qurbongohlarni ham, Egamiz uyining ikkala hovlisida Manashe qildirgan qurbongohlarni ham buzdi va maydalab tuyib, Qidron soyligiga sochib yubordi. 13 Quddusning sharqida — Makruh tog‘ining janubida* Isroil shohi Sulaymon Sidonning makruh xudosi Ashtaret uchun, Mo‘abning makruh xudosi Xamo‘sh uchun va Ommonning makruh xudosi Mo‘lax* uchun qurdirgan sajdagohlarni bulg‘ab, harom qildi. 14 U butsimon toshlarni sindirib, Asheraga atalgan ustunlarni qo‘porib tashladi, ularning o‘rnini inson suyaklari bilan to‘ldirdi*.

15 Bundan tashqari, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom Baytilda o‘rnatgan sajdagohni ham, qurbongohni* ham yo‘qotdi. Sajdagohga o‘t qo‘yib, kulini ko‘kka sovurdi. U Asheraning ustuniga o‘t qo‘yib yubordi. 16 So‘ngra Yo‘shiyo qayrilib qarab, adirdagi qabrlarni ko‘rdi. U yerdagi qabrlarni ko‘rgach, odamlarini yuborib,

mozorlardagi suyaklarni chiqartirdi, Egamizning so‘ziga binoan, suyaklarni qurbongohda yoqdi va shu tariqa qurbongohni bulg‘ab, harom qildi. Zotan, bu haqda payg‘ambar qurbongohga nido qilgan edi*.

17 — Anavi yodgorlik toshi kimniki? — deb so‘radi Yo‘shiyo.

— Yahudodan kelib, Baytildagi qurbongohda siz qilgan ishlar to‘g‘risida nido qilgan payg‘ambarning qabridir, — deya javob berishdi shahar aholisi.

18 — Unga tegmanglar, — dedi shoh. — Hech kim uning suyaklarini bezovta qilmasin.

Shunday qilib, payg‘ambarning suyaklariga ham, Samariyadan kelgan payg‘ambarning* suyaklariga ham tegmadilar.

19 Isroil shohlari butun yurt bo‘ylab begona xudolarning sajdagohlarini qurib Egamizni g‘azablantirgan edilar. Yo‘shiyo, xuddi Baytilda qilganiday, bu sajdagohlarni vayron qilish uchun sipohlar jo‘natdi. 20 O‘sha shaharlardagi sajdagohlarning hamma ruhoniylarini qurbongohlarda bo‘g‘izladi. Inson suyaklarini qurbongohlarda yoqdi.

Shundan keyin Quddusga qaytib ketdi.

Yo‘shiyo Fisih ziyofatini nishonlaydi

21 Shoh: “Egangiz Xudoning Fisih ziyofatini bu Tavrot kitobida* yozilganiday nishonlang”, deb xalqqa farmon berdi. 22-23 Shunday qilib, Yo‘shiyo hukmronligining o‘n sakkizinchi yilida xalq Quddusga yig‘ilib, Egamizga atalgan Fisih ziyofatini katta qilib nishonladi. Isroilga rahnamolik qilgan hakamlar davridan buyon na Isroil shohlarining, na Yahudo shohlarining hukmronligi paytida Fisih ziyofati shu qadar nishonlangan edi.

Yo‘shiyo joriy qilgan islohotlar

24 Yo‘shiyo yana ruhoniy Xilqiyo Egamizning uyidan topgan kitobda yozilgan qonunni ijro etmoq maqsadida arvoh chaqiruvchilarni, folbinlarni, xonaki sanamlarni* va boshqa butlarni, Yahudo va Quddusda paydo bo‘lgan hamma makruh narsalarni yo‘q qilib tashladi. 25 Yo‘shiyodan oldin ham, keyin ham unga o‘xshab Musoning hamma qonunlariga muvofiq, butun qalbi bilan, jonu dili bilan, butun vujudi bilan Egamizga itoat etgan biron shoh chiqmadi.

26 Lekin Manashe qilgan gunohlari bilan Egamizning qattiq qahrini keltirgani uchun, Egamiz Yahudoga qarshi alangalangan g‘azabini hali qaytarmagan edi. 27 Shuning uchun Egamiz: “Isroil xalqini huzurimdan qanday haydagan bo‘lsam, Yahudo xalqini ham shunday haydayman. O‘zim tanlagan shahar — Quddusdan yuz o‘giraman. Ha, Men o‘sha yerda ulug‘lanaman, deb aytgan uyimni* tark etaman”, degan edi.

Yo‘shiyoning o‘limi

28 Yo‘shiyoning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 29 Yo‘shiyo hukmronligi paytida Misr fir’avni Nexo Ossuriya shohiga yordam berish uchun Furot daryosi tomon yo‘lga chiqdi. Shoh Yo‘shiyo esa Nexoning ustiga yurish qildi. Magido‘da* to‘qnashganlarida, Nexo Yo‘shiyoni o‘ldirdi*. 30 A’yonlari Yo‘shiyoning jasadini jang aravasida Magido‘dan Quddusga olib kelib, ota–bobolari xilxonasiga dafn qildilar. Yahudo xalqi Yo‘shiyoning o‘g‘li Yohuxozga moy surtib, uni otasining o‘rniga shoh qilib ko‘tardilar.

Yahudo shohi Yohuxoz

31 Yohuxoz yigirma uch yoshida taxtga o‘tirib, Quddusda uch oy shohlik qildi.

Onasining ismi Xamutal bo‘lib, Libnalik Yeremiyoning* qizi edi. 32 Yohuxoz ota– bobolariga o‘xshab Egamiz oldida qabih ishlar qildi.

33 Fir’avn Nexo shoh Yohuxozning Quddusdagi hukmronligiga chek qo‘yib, uni Xomat yurtidagi Rivlo shahrida* zanjirband qildi. Yurt xalqidan 200 pud* kumush va 2 pud* oltin o‘lpon talab qildi. 34 Fir’avn Nexo Yo‘shiyoning o‘g‘li Eliyaqimni otasining o‘rniga shoh qildi va ismini o‘zgartirib Yohayiqim qo‘ydi. So‘ngra Yohuxozni olib Misrga qaytdi. Yohuxoz o‘sha yerda vafot etdi.

Yahudo shohi Yohayiqim

35 Yohayiqim fir’avn istagan oltin va kumushni berdi. Nexoga o‘lpon to‘lash uchun esa yurt xalqiga soliq soldi va har biridan boyligiga qarab oltin va kumush yig‘di.

36 Yohayiqim yigirma besh yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n bir yil hukmronlik qildi. Onasining ismi Zabudo bo‘lib, Rumaxlik Podiyoning qizi edi. 37 Yohayiqim, ota–bobolari singari, Egamiz oldida qabih ishlar qildi.


24–BOB

1 Yahudo shohi Yohayiqim hukmronligi davrida Bobil shohi Navuxadnazar* Yahudoga hujum qildi. Yohayiqim uch yil uning hukmdorligi ostida bo‘ldi. Oxiri u Navuxadnazarga qarshi isyon ko‘tardi.

2 Egamiz O‘z qullari payg‘ambarlar orqali aytganiga ko‘ra, Yahudo xalqiga qarshi Bobil*, Oram, Mo‘ab va Ommon bosqinchi to‘dalarini yuborib, bu yurt xalqini yo‘q qilmoqchi bo‘ldi. 3-4 Egamizning amri bilan Yahudo xalqining boshiga ko‘p kulfatlar keldi. Manashe qilgan barcha gunohlari uchun, aybsizlarning qonini to‘kkani uchun Egamiz Yahudo xalqini O‘z huzuridan haydamoqchi bo‘ldi. Manashe Quddusni aybsizlarning qoniga botirgan edi. Egamiz Manasheni bu qilmishi uchun kechirmoqchi emasdi.

5 Yohayiqimning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida

yozilgan. 6 Yohayiqim olamdan o‘tgach, o‘rniga o‘g‘li Yohayixin shoh bo‘ldi.

7 Misr fir’avni qaytib o‘z yurtidan tashqariga chiqmadi*. Bobil shohi Misrning shimoliy chegarasi — Misr chegarasidagi irmoqdan* tortib, Furot daryosigacha fir’avnga qarashli bo‘lgan hamma yerlarni bosib olgan edi.

Yahudo shohi Yohayixin

8 Yohayixin o‘n sakkiz yoshida shoh bo‘lib, Quddusda uch oy hukmronlik qildi.

Onasining ismi Naxushta bo‘lib, Qudduslik Elnatanning qizi edi. 9 Yohayixin ham, otasi kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qildi.

10 O‘sha paytda Bobil shohi Navuxadnazarning lashkari Quddusni qamal qildi.

11 Qamal paytida Navuxadnazarning o‘zi Quddusga keldi. 12 Yahudo shohi Yohayixinning o‘zi, onasi, xizmatkorlari, lashkarboshilari, saroy a’yonlari Navuxadnazarga taslim bo‘ldilar. Bobil shohi hukmronligining sakkizinchi yilida* Yohayixin asirga olindi.

13 Egamizning aytgani bo‘yicha*, Navuxadnazar Egamizning uyidagi va shoh saroyidagi barcha xazinalarni bo‘shatdi. Isroil shohi Sulaymon Egamizning uyi uchun yasattirgan oltin ashyolarning hammasini maydaladi. 14 Jamiki Quddus aholisini, beklarni, jasur sipohlarni, hunarmandlarni, temirchilarni, hammasi bo‘lib o‘n mingta odamni asir qilib olib ketdi. Yahudo xalqining eng qashshoqlaridan boshqa hech kim bu yurtda qolmadi.

15 Bobil shohi Navuxadnazar Yohayixinni asir qilgandan keyin, Bobilga olib keldi.

Yohayixin bilan birga uning onasini, xotinlarini, a’yonlarini va yurtning obro‘li odamlarini ham Quddusdan Bobilga haydab keldi. 16 Bundan tashqari, hamma jasur sipohlarni — yetti mingta sipohni, jang qilishga qodir mingta hunarmand va temirchini ham asir qilib olib ketdi.

17 Yohayixinning o‘rniga esa amakisi Mattaniyoni shoh qilib tayinladi va uning otini

o‘zgartirib, Zidqiyo qo‘ydi.

Yahudo shohi Zidqiyo

18 Zidqiyo yigirma bir yoshida shoh bo‘ldi va Quddusda o‘n bir yil hukmronlik qildi.

Onasining ismi Xamutal bo‘lib, Libnalik Yeremiyoning* qizi edi. 19 Zidqiyo ham, Yohayiqim kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qilgani uchun 20 Egamiz Quddus va Yahudo xalqidan g‘oyat g‘azablangan, oqibatda ularni O‘z huzuridan quvib yuborgan edi.

Quddus qulaydi

Zidqiyo Bobil shohiga qarshi isyon ko‘tardi.


25–BOB

1 Zidqiyo hukmronligining to‘qqizinchi yili o‘ninchi oyining* o‘ninchi kunida Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qarshi butun lashkarini tortib kelib, shaharni qamal qildi. Shahar devori atrofida qamal inshootlarini* yasatdi.

2 Shoh Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yiligacha shahar qamalda qoldi.

3 To‘rtinchi* oyning* to‘qqizinchi kuni shaharda ocharchilik shu qadar kuchaydiki, xalq bir burda nonga zor bo‘ldi. 4 Bobilliklar* Quddus devorini yorib kirdilar. Ular Quddusni har tomondan qurshab olishgan bo‘lsalar–da, Yahudo sipohlari shoh bilan birga qochib ketdilar. Ular tunda saroyning bog‘i yaqinidagi ikki devor orasidagi darvozadan chiqib, Iordan vodiysi* tomonga qochgan edilar. 5 Ammo Bobil sipohlari shohning orqasidan quvib, Yerixo tekisligida unga yetib oldilar. Butun lashkar esa shohni tashlab qochib ketdi.

6 Bobil sipohlari shoh Zidqiyoni ushlab, Rivlo shahriga* Bobil shohi huzuriga olib keldilar. Bobil shohi Zidqiyoni hukm qildi. 7 Zidqiyoning ko‘zi oldida o‘g‘illarini qatl qilib, o‘zining ko‘zlarini o‘yib oldilar. Keyin uni kishanlab, Bobilga olib ketdilar.

Ma’bad vayron bo‘ladi

8 Beshinchi oyning yettinchi kunida, Bobil shohi Navuxadnazar hukmronligining o‘n to‘qqizinchi yilida* Bobil shohining amaldori — qo‘riqchilar sardori Nabizaradon Quddusga kirdi. 9 U Egamizning uyiga, shoh saroyiga, har bir hashamatli imoratga, Quddusdagi hamma uylarga o‘t qo‘ydi. 10 Qo‘riqchilar sardori boshchiligida butun Bobil lashkari Quddus devorlarini yiqitdi. 11 Nabizaradon qolgan hamma xalqni — shaharda tirik qolganlarni, Bobil shohi tomonga o‘tgan qochoqlarni asir qilib olib ketdi.

12 Uzumchilik va dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lsinlar deya, hech vaqosi yo‘q, qashshoq odamlardan ba’zilarinigina qoldirdi, xolos.

13 Bobilliklar Egamizning uyidagi bronza ustunlarni, aravalarni, bronza hovuzni* parchalab, bronzaning hammasini Bobilga olib ketdilar. 14 Egamizning uyida xizmat paytida ishlatiladigan idishlarni — qozonlarni, kuraklarni, qaychilar va kurakchalarni, barcha bronza ashyolarni ham olib ketdilar. 15 Nabizaradon toza oltin va kumush

olovkuraklarni, tog‘orachalarni, hamma oltin va kumush buyumlarni olib ketdi.

16 Egamizning uyi uchun Sulaymon qildirgan ikki ustun, hovuz va aravalarga behisob bronza sarf qilingan edi. 17 Har bir ustunning balandligi 18 tirsak* bo‘lib, tepasida bronzadan yasalgan ustunqosh bor edi. Ikkala ustunqoshning balandligi 5 tirsakdan*, atroflari bronzadan yasalgan to‘rsimon bezak va anor* tasviri bilan bezatilgan edi.

Yahudo xalqi Bobilga ko‘chiriladi

18 Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon oliy ruhoniy Sarayoni, undan keyingi ruhoniy Zafaniyoni va uchta darvozabonni ham asirga oldi. 19 Quddusda qolgan sipohlarning lashkarboshisini, shohning beshta shaxsiy maslahatchisini, xalqni lashkar safiga yozgan lashkarboshining kotibini va xalqdan shaharda qolgan oltmish kishini ham bandi qildi. 20 Ularning hammasini Rivlo shahriga — Bobil shohi huzuriga olib keldi. 21 Bobil shohi ularni Xomat yurtida — Rivloda qatl qildi. Shunday qilib, Yahudo xalqi o‘z yurtidan surgun bo‘ldi.

Yahudo hokimi Gadaliyo

22 Bobil shohi Navuxadnazar Yahudoda qolgan xalq ustidan Gadaliyoni hokim qilib tayinladi. Shofonning nabirasi Gadaliyo Oxixamning o‘g‘li edi. 23 Bobil shohi Gadaliyoni hokim qilib tayinlaganini lashkarboshilar va sipohlar eshitishgach, Mispaxga*, Gadaliyoning huzuriga keldilar. Kelganlar Nataniyo o‘g‘li Ismoil, Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon, Natufolik Tanxumat o‘g‘li Sarayo, Maxolik Yazaniyo va ularning odamlari edi.

24 Gadaliyo kelganlarga va ularning odamlariga ont ichib, shunday dedi: “Bobilliklarga tobe bo‘lishdan qo‘rqmanglar. Bu yurtda o‘rnashib, Bobil shohiga xizmat qilaveringlar. Shunda sizlarga yaxshi bo‘ladi.”

25 O‘sha yilning yettinchi oyida* shoh urug‘idan bo‘lgan Ismoil o‘nta odami bilan birga Mispaxga borib, Gadaliyoni o‘ldirdi. Ismoil Elishamaning nabirasi, Nataniyoning o‘g‘li edi. U Mispaxda Gadaliyo bilan birga bo‘lgan Yahudo odamlarini va Bobilliklarni ham qilichdan o‘tkazdi. 26 Shundan keyin jamiki xalq — boyu kambag‘al Bobilliklardan qo‘rqib, lashkarboshilar bilan birga, Misrga qochib ketdi.

Yohayixin ozodlikka chiqadi

27 Yahudo shohi Yohayixin Bobilga surgun qilinganiga o‘ttiz yetti yil bo‘lganda, Bobil taxtiga Evilmardux o‘tirdi*. Evilmardux o‘sha yilning o‘n ikkinchi oyi yigirma yettinchi kuni* Yahudo shohi Yohayixinni zindondan ozod qildi. 28 Unga yaxshi munosabatda bo‘ldi, Bobilga surgun qilingan boshqa shohlardan ko‘ra, balandroq martaba berdi.

29 Shunday qilib, Yohayixin zindon kiyimlarini yechdi. Umr bo‘yi doimo Bobil shohining dasturxonidan taom yedi. 30 Umrining oxirigacha shoh tarafidan kundalik ehtiyoji har doim qondirildi.

IZOHLAR

1:1 Isroil — mazkur kitobda shimoliy shohlik Isroil degan nom bilan, janubiy shohlik esa Yahudo degan nom bilan yuritilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi ISROIL va YAHUDO so‘zlariga qarang.

1:1 Isroil shohi Axabning vafotidan keyin… — shoh Axab taxminan miloddan oldingi 850 yilda vafot etdi.

1:1 Mo‘ab yurti — O‘lik dengizning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan.

1:1 …Mo‘ab yurti Isroilga qarshi isyon ko‘tardi — Mo‘ab yurtini shoh Dovud bosib olib, o‘ziga qaram qilib olgan edi (2 Shohlar 8:2 ga qarang). Mo‘ab isyonining batafsil bayoni 3:4-27 da yozilgan.

1:2 …saroyining tomi… — qadimgi paytlarda uylarning tomi tekis bo‘lib, odatda atrofi panjara yoki to‘siq bilan o‘ralgan edi. Odamlar tomga chiqib dam olishardi.

1:2 Exron shahri — Exron Filistlarning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shahri edi. Exron

Samariyadan qariyb 65 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan.

1:2 Baal–Zabub — Exron aholisi Kan’on xudosi Baalni shu nom bilan atashardi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi BAAL so‘ziga qarang.

1:9 Xudoning odami — Egamiz payg‘ambarining yana bir nomi.

1:17 …Yoram shoh bo‘ldi. Bu voqea yuz berganda, Yahudo shohi Yohuram ikkinchi yil shohlik qilayotgan edi — 3:1 ga ko‘ra, bu voqea Yahudo shohi Yohuramning otasi Yohushafat hukmronligining o‘n sakkizinchi yilida yuz bergan. Qadim zamonlarda ota bilan o‘g‘il bir vaqtning o‘zida taxtda o‘tirib hukmronlik qilgan hollar ham bo‘lgan. Shoh ota vafot etgan paytda, o‘g‘il anchadan beri shohlikni boshqarib kelayotgan bo‘lar edi (yana 8:16 ga qarang).

2:1 Gilgal shahri — Baytildan qariyb 13 kilometr shimolda joylashgan.

2:9 …menga ikki hissa ko‘p meros qolsin… — qonun bo‘yicha, qadimgi Isroilda to‘ng‘ich o‘g‘ilga otasidan ikki hissa meros qolar edi, bu oyatda Elishay to‘ng‘ich o‘g‘ilning ulushini so‘rayapti (Qonunlar 21:17 ga qarang).

2:12 …egnidagi kiyimini ikkiga bo‘lib tashladi — bu harakat qayg‘uning bir belgisi edi.

2:22 …hozirgacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

3:1 Yoram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yohuram (shu bobning 6– oyatida ham bor).

3:1 …Yoram Samariyada Isroil taxtiga o‘tirdi…Bu paytda Yohushafat Yahudoda shohlik qilayotganiga o‘n sakkiz yil bo‘lgan edi — 1:17 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

3:2 Baalga atab o‘rnatgan tosh — lug‘atdagi BUTSIMON TOSH iborasiga qarang.

3:3 …Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlar… — Yeribom Isroilda hukmronlik qilgan vaqtda, Isroil xalqi sajda qilsin deb, ikkita oltin buzoq yasagan va birini Baytil shahriga, ikkinchisini Dan shahriga o‘rnashtirgan edi (3 Shohlar 12:26-30 ga qarang).

3:4 Mo‘ab — bu yurt O‘lik dengizning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan edi.

3:8 Edom — bu yurt O‘lik dengizning janubida joylashgan edi. Yoram O‘lik dengizni aylanib o‘tib, Mo‘abga janub tomondan hujum qilishni rejalashtirgan edi.

3:11 …u doimo Ilyosning xizmatida bo‘lgan edi… — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z

tarjimasi …u Ilyosning qo‘liga suv quyib turar edi….

3:13 …o‘z ota–onangning payg‘ambarlari… — bu yerda Kan’on xalqlarining xudolari Baal va Ashera nazarda tutilgan (3 Shohlar 16:30-33, 18:19 ga qarang). Shoh Yoramning otasi Axab va onasi Izabel o‘sha xudolarga sajda qilishar edi.

3:20 …ertalabki qurbonlik paytida… — ertalab soat to‘qqizlarda.

4:8 Shunam — Isroildagi bir shahar, Samariyadan qariyb 40 kilometr shimolda joylashgan.

4:16 Xudoning odami — Egamiz payg‘ambarining yana bir nomi.

4:23 …Yangi oy shodiyonasi kuni…Shabbat kuni… — tabarruk kunlar bo‘lib, odamlarning nazarida payg‘ambardan maslahat olish uchun eng yaxshi payt hisoblanardi.

4:25 Karmil tog‘i — Shunamdan qariyb 32 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan.

4:38 Gilgal — Baytildan qariyb 13 kilometr shimolda joylashgan shahar.

4:42 Baal–Sholisho shahri — bu shahar Isroilning aynan qayerida joylashgani ma’lum emas, ehtimol Shakam atroflarida joylashgan bo‘lishi mumkin.

5:1 teri kasalligi — bu ibora ibroniychada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan so‘zning tarjimasidir (shu bobning 6, 11, 27–oyatlarida ham bor). Odatda bu ibora moxov kasalligiga ishora deb tushuniladi.

5:3 Samariyadagi payg‘ambar — Elishay payg‘ambar nazarda tutilgan.

5:5 Isroil shohi — Isroil shohi Yoram nazarda tutilgan (3:1 ga qarang).

5:5 yigirma bir pud — ibroniycha matnda o‘n talant, taxminan 340 kiloga to‘g‘ri keladi.

5:5 to‘rt pud — ibroniycha matnda olti ming shaqal, taxminan 68 kiloga to‘g‘ri keladi.

5:17 …qulingizga ikkita xachir ko‘tara oladigan tuproq olib ketishga ijozat bering — qadimda odamlar, har bir yurtning o‘z xudosi bor va u xudolarga faqatgina o‘sha yurtlarda yoki o‘sha yurtning tuprog‘idan qurilgan qurbongohda sajda qilish mumkin, deb ishonishgan.

5:22 ikki pud — ibroniycha matnda bir talant, taxminan 34 kiloga to‘g‘ri keladi. 5:23 to‘rt pud — ibroniycha matnda ikki talant, taxminan 68 kiloga to‘g‘ri keladi. 6:13 Do‘tan — Samariyadan qariyb 15 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan shahar.

6:24 Oram shohi Banhadad — Oramning bir nechta shohi Banhadad ismi bilan atalgan edi. Bu oyatdagi Banhadad 3 Shohlar 20:1 da aytib o‘tilgan Banhadad bo‘lmasligi ham mumkin.

6:25 sakson kumush tanga — ibroniycha matnda sakson shaqal kumush, taxminan 900

grammga to‘g‘ri keladi.

6:25 ikki kosa kaptar axlati — ibroniycha matnda chorak qab kaptar axlati, taxminan 300 millilitrga to‘g‘ri keladi. Kaptar axlati yegulik yoki yonilg‘i sifatida ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Bu, ehtimol, ayrim o‘simlik urug‘larining po‘stlog‘idan yoki qovurilgan

loviyadan tayyorlanadigan biror taomning og‘zaki nomi ham bo‘lgandir.

6:25 besh kumush tanga — ibroniycha matnda besh shaqal kumush, taxminan 55

grammga to‘g‘ri keladi.

6:26 Isroil shohi — bu o‘rinda Yohuxoz yoki Yo‘sh, hattoki Yoram ham nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.

6:30 …qayg‘udan liboslarini yirtdi…libosi ichidagi qanor… — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Kiyimlarni yirtish va qanor kiyib olish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi.

7:1 yarim tog‘ora — ibroniycha matnda bir sexa, taxminan 7,5 kiloga to‘g‘ri keladi (shu bobning 16, 18–oyatlarida ham bor).

7:1 bir kumush tanga — ibroniycha matnda bir shaqal kumush, taxminan 11 grammga

to‘g‘ri keladi (shu bobning 16, 18–oyatlarida ham bor).

7:1 bir tog‘ora — ibroniycha matnda ikki sexa, taxminan 15 kiloga to‘g‘ri keladi (shu bobning 16, 18–oyatlarida ham bor).

7:3 teri kasalligi — bu ibora ibroniychada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan

so‘zning tarjimasidir (shu bobning 8–oyatida ham bor). 5:1 izohiga qarang.

8:1 …o‘zi tiriltirgan bola… — bu voqeaning batafsil bayoni 4:8-37 da berilgan.

8:8 …Xazayil degan odam… — Banhadadning a’yonlaridan biri bo‘lishi mumkin.

8:13 …sen Oram shohi bo‘lasan… — ilgari Xudo buni Ilyos payg‘ambarga ayon qilgan edi

(3 Shohlar 19:15 ga qarang). Ilyos payg‘ambar Elishayning ustozi edi.

8:16 Yohushafat hali Yahudo shohi bo‘lib turganda, uning o‘g‘li Yohuram ham taxtga o‘tirdi — qadim zamonlarda ota bilan o‘g‘il bir vaqtning o‘zida taxtda o‘tirib hukmronlik qilgan hollar ham bo‘lgan. Shoh ota vafot etgan paytda, o‘g‘il anchadan beri shohlikni boshqarib kelayotgan bo‘lar edi.

8:21 Yohuram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoram (shu bobning 23, 24–oyatlarida ham bor).

8:22 …hozirgacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

8:22 Libna shahri — Quddusdan qariyb 20 kilometr g‘arbda joylashgan.

8:28 Gilad — Iordan daryosining sharq tomonidagi o‘lka.

8:29 Yizril shahri — Isroilning shimolida, Ramo‘tdan qariyb 65 kilometr masofada

joylashgan.

9:15 Yoram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yohuram (shu bobning 17, 21, 22, 23, 24–oyatlarida ham bor).

9:15 Yoram…Yizrilga qaytgan edi — 8:28-29 ga qarang.

9:21 …Yizrillik Navo‘tning dalasi… — Navo‘t va uning dalasi bilan bog‘liq bo‘lgan

voqeaning bayoni 3 Shohlar 21:1-29 da berilgan.

9:27 …Bayt–Xagon shahriga qarab qochdi… — yoki …bog‘dagi uyning yo‘lidan qochdi….

9:31 …hukmdorini o‘ldirgan Zimri… — Zimri lashkarboshi edi, u taxtni egallash niyatida

Isroil shohi Eloxni va uning butun oilasini o‘ldirgan edi. Ammo Zimrining hukmronligi

yetti kun davom etgan, xolos (3 Shohlar 16:8-20 ga qarang).

9:34 shoh qizi — Izabel Sidon shohi Etbaalning qizi edi (3 Shohlar 16:31 ga qarang).

9:36 Egamizning…aytgan bu so‘zlari bajo bo‘ldi — Egamiz aytgan so‘zlarning batafsil

bayoni 3 Shohlar 21:23 da berilgan.

10:10 Egamiz…aytgan so‘zini bajo qildi — Egamiz aytgan so‘zlarning batafsil bayoni

3 Shohlar 21:17-24 da berilgan.

10:21 Baalning uyi — bu ibodatxonani Izabelning eri shoh Axab qurdirgan edi (3 Shohlar 16:32 ga qarang).

10:27 Baalga atalgan tosh — lug‘atdagi BUTSIMON TOSH iborasiga qarang.

10:27 …bugungacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

10:29 …Isroil xalqini gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yeribom qilgan gunohlar…Baytil va Dandagi oltin buzoqlarga sajda qilish… — voqeaning tafsiloti bilan tanishish uchun

3 Shohlar 12:26-30 ga qarang.

11:1 Otaliyo — Isroil shohi Axabning qizi — Yahudo shohi Yoramning bevasi edi (8:16- 18, 26 ga qarang).

11:2 Yohuram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoram.

11:2 Yohusheva — 2 Solnomalar 22:11 ga ko‘ra, Yohusheva ruhoniy Yohayidoning xotini edi (shu bobning 4–oyatiga qarang).

11:4 Xaryollik qo‘riqchilar — shoh yollagan bu muhojir sipohlar shohning shaxsiy

qo‘riqchilari bo‘lib xizmat qilgan.

11:12 shohlik qonunlari — yoki shohlik muhri. Bu o‘rinda ishlatilgan ibroniycha so‘z qonunlarning bir nusxasini (Qonunlar 17:18-19 ga qarang) yoki shohlik muhri bo‘lgan uzukni bildiradi. Bunday muhr shoh hokimiyatining ramzi edi.

11:21 Yo‘sh — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoho‘sh.

12:1 Yo‘sh — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoho‘sh (shu bobning 2, 4, 6, 7, 18–oyatlarida ham bor).

12:3 sajdagoh — ibroniycha matnda bamax, ya’ni “tepalik”. Kan’on xudolariga topinadigan joylar bamax deb atalardi. Odatda bu sajdagohlar tepaliklarda joylashgan bo‘lib, u yerda Kan’on xudolarining tasvirlari va qurbonliklar keltirish uchun qurbongoh bo‘lardi. Ba’zi bir paytlarda odamlar mana shu mahalliy sajdagohlarda Egamizga sajda qilardilar.

12:17 Gat shahri — O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan bu shahar Filistlarning beshta asosiy shahridan biri edi.

12:20 Millo — Quddus shahri tepalik ustida edi. Bu tepalikning sharq tomoni o‘pirilib ketgani uchun uni tuzatish shart bo‘lgan. Tepalikning o‘pirilib ketgan joyi tuproq bilan to‘ldirilgan, kengaytirilgan va mustahkamlangan edi. Tepalikning bu qismi Millo deb atalardi.

13:5 …bir qutqaruvchi… — kim nazarda tutilgani ma’lum emas.

13:6 Ashera — Kan’ondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik xudosi bo‘lib, ayol qiyofasida

tasavvur qilingan. Uning erkak jufti Baal edi. Asheraning tasvirlari baland ustun

shaklida bo‘lib, yog‘ochdan yasalgan edi.

13:9 Yoho‘sh — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yo‘sh (shu bobning 10, 12, 13, 14, 25–oyatlarida ham bor).

13:14 Otam! Otam! …Siz Isroilning qudratli himoyachisisiz–ku! Isroilning jang aravasi va otliq lashkari kabisiz! — Elishay shu so‘zlar bilan Ilyosga murojaat qilgan edi (2:12 ga qarang).

13:23 …hozirgacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

14:1 Yoho‘sh — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yo‘sh (shu bobning 23– oyatida ham bor).

14:4 sajdagohlar — 12:3 izohiga qarang.

14:6 …Egamiz…amr qilgan edi — Qonunlar 24:16 ga qarang.

14:7 Tuz vodiysi — O‘lik dengizning janubidagi o‘lka.

14:11 Bayt–Shamash shahri — Quddusdan qariyb 24 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan edi.

14:13 400 tirsak — taxminan 180 metrga to‘g‘ri keladi.

14:19 Laxish shahri — Quddusdan qariyb 35 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan edi.

14:21 Uzziyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ozariyo.

14:22 Elet shahri — Sinay yarim orolining sharqida, Qizil dengizning shimoliy qirg‘og‘idagi bandargoh shahar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi BANDARGOH so‘ziga qarang.

14:25 Levo–Xomat — yoki Xomat dovoni.

14:25 O‘lik dengiz — ibroniycha matnda Araba dengizi. Araba umumiy geografik nom

bo‘lib, bu oyatda O‘lik dengiz joylashgan cho‘l yerlarni bildiradi.

14:28 …Yahudoga qarashli bo‘lgan Damashq va Xomat… — bu o‘rinda ikkita shohlikka tegishli bo‘lgan hudud haqida gap ketyapti. Bu hududlarning markazlari Damashq va Xomatda joylashgan edi. Ilgari, Dovud va Sulaymon hukmronligi davrida, bu joylar Yahudoga qarashli edi.

15:1 Uzziyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ozariyo (shu bobning 6, 7, 8, 17, 23, 27–oyatlarida ham bor).

15:4 sajdagohlar — 12:3 izohiga qarang.

15:5 teri kasalligi — bu ibora ibroniychada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan

so‘zning tarjimasidir. 5:1 izohiga qarang.

15:12 …Egamizning Yohuga…aytgan va’dasi amalga oshdi — Zakariyo Yohuning chevarasi edi (10:28-31 ga qarang).

15:14 Tirza — Isroilning, ya’ni shimoliy shohlikning sobiq poytaxti (3 Shohlar 16:23- 24 ga qarang).

15:19 Tig‘latpilasar — ibroniycha matnda Pul, Tig‘latpilasarning yana bir ismi. Tig‘latpilasar miloddan oldingi 745-727 yillarda Ossuriyada hukmronlik qilgan.

15:19 2000 pud — ibroniycha matnda 1000 talant, taxminan 34 tonnaga to‘g‘ri keladi.

15:20 ellik kumush tanga — ibroniycha matnda ellik shaqal kumush, taxminan 600

grammga to‘g‘ri keladi.

15:29 Tig‘latpilasar — miloddan oldingi 745-727 yillarda hukmronlik qilgan. Bu oyatda

tasvirlangan hodisalar taxminan miloddan oldingi 733 yilda ro‘y bergan.

16:3 …hatto o‘z o‘g‘lini qurbonlik qilib, olovda kuydirdi — ibroniycha matndan so‘zma– so‘z tarjimasi …hatto o‘z o‘g‘lini olovdan o‘tkazdi. Butparast xalqlarga xos bo‘lgan bu jirkanch odat Xudoning nazarida o‘taketgan qabihlik edi.

16:4 sajdagohlar — 12:3 izohiga qarang.

16:6 Oram xalqi — ibroniycha matnda Edomliklar nazarda tutilgan bo‘lishi ham

mumkin.

16:7 …sizga qaramman… — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi

…o‘g‘lingizman….

16:17-18 …aravalar…Bronzadan yasalgan buqalar…hovuz… — bu buyumlar Sulaymon hukmronlik qilgan davrda yasalgan edi. Bu buyumlarning batafsil bayoni 3 Shohlar 7:23-39 da berilgan.

17:3 Ossuriya shohi Shalmanasar — Tig‘latpilasarning o‘g‘li bo‘lib, miloddan oldingi 727-722 yillarda Ossuriyada hukmronlik qilgan.

17:6 Ossuriya shohi — Shalmanasarning vorisi Sargon II nazarda tutilgan bo‘lishi

mumkin.

17:6 …Samariyani qo‘lga kiritib… — bu voqea miloddan oldingi 722 yilda sodir bo‘lgan.

17:8 Isroil shohlari — bu yerda Isroilning, ya’ni shimoliy shohlikning shohlariga

nisbatan aytilgan.

17:9 sajdagohlar — 12:3 izohiga qarang.

17:10 Ashera — 13:6 izohiga qarang.

17:12 Egamiz…aytgani… — Chiqish 20:4-5 ga qarang.

17:17 O‘g‘illarini, qizlarini qurbonlik qilib, olovda kuydirardilar… — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi O‘g‘illarini, qizlarini olovdan o‘tkazardilar…. Butparast xalqlarga xos bo‘lgan bu jirkanch odat Xudoning nazarida o‘taketgan qabihlik edi.

17:21 …Egamiz Dovud xonadonidan Isroilni tortib olgandan keyin… — bu voqeaning batafsil bayoni 3 Shohlar 11:29-39 da berilgan.

17:23 …bugungacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora (shu bobning 34, 41– oyatlarida ham bor).

17:24 Samariya — poytaxtning nomi bo‘lib, sobiq Isroilga, ya’ni shimoliy shohlikka

nisbatan ishlatilgan.

18:2 Abiyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Abi. Uning Abiyo degan shakli 2 Solnomalar 29:1 dan olingan.

18:4 sajdagohlar — 12:3 izohiga qarang.

18:4 Ashera — 13:6 izohiga qarang.

18:4 Muso bronzadan yasagan Naxushton nomli ilon tasviri… — Sahroda 21:6-9 ga

qarang. Naxushton nomi ibroniychadagi ilon va bronza so‘zlariga ohangdosh.

18:10 Qamalning uchinchi yilida… — yahudiylarning yil hisobi bo‘yicha, yilning biror qismi ham bir to‘liq yil deb hisoblanishi mumkin edi.

18:11 Ossuriya shohi — Shalmanasarning vorisi Sargon II nazarda tutilgan bo‘lishi

mumkin.

18:13 Hizqiyo hukmronligining o‘n to‘rtinchi yili — miloddan oldingi 701 yil.

18:13 Ossuriya shohi Sanxariv — miloddan oldingi 705-681 yillarda Ossuriyada hukmronlik qilgan.

18:14 Laxish shahri — Quddusdan qariyb 35 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan edi.

18:14 640 pud — ibroniycha matnda 300 talant, taxminan 10 tonnaga to‘g‘ri keladi.

18:14 64 pud — ibroniycha matnda 30 talant, taxminan 1 tonnaga to‘g‘ri keladi.

18:16 kesaki — eshik o‘rnatilgan chorcho‘p.

18:18 mushovir — lug‘aviy ma’nosi maslahatchi. Bu o‘rinda xabarchi. U shohlik ichidagi va xalq orasidagi xabarni shohga, shohning farmonlarini xalqqa yetkazib turgan.

18:22 sajdagoh — ibroniycha matnda bamax, ya’ni “tepalik”. Kan’on xudolariga topinadigan joylar bamax deb atalardi. Odatda bu sajdagohlar tepaliklarda joylashgan bo‘lib, u yerda Kan’on xudolarining tasvirlari va qurbonliklar keltirish uchun qurbongoh bo‘lardi. Ba’zi bir paytlarda odamlar mana shu mahalliy sajdagohlarda Egamizga sajda qilardilar.

18:22 Axir, Hizqiyo…aytgan ekan–ku! — Hizqiyoning qilgan ishlaridan Xudo mamnun edi (shu bobning 3-5–oyatlariga va Qonunlar 12:2-7 ga qarang). Ammo Ossuriya shohi bu so‘zlarni Yahudo xalqini va Quddus aholisini Hizqiyoga qarshi qo‘zg‘atish niyatida, Xudoga itoat qilmaslikka va ishonmaslikka undash maqsadida aytgan edi (shu bobning 28-35–oyatlariga qarang).

18:26 oramiycha — oramiy tili o‘sha davrda tijoratda va xalqaro diplomatik doiralarda ishlatilgan.

18:34 Xomat bilan Arpad shaharlari — hozirgi Suriyada joylashgan.

18:34 …Sefarvayimning, Xana va Ivvaxning… — bu shaharlar qayerda joylashgani

ma’lum emas.

18:34 Samariya — Isroilning, ya’ni shimoliy shohlikning poytaxti bo‘lib, Ossuriya tomonidan bosib olingan.

19:1 …qayg‘udan liboslarini yirtdi. Qanorga o‘ranib… — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Kiyimlarni yirtish va qanorga o‘ranib olish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi. Ko‘pincha bu harakat Xudodan kechirim so‘rab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.

19:8 Laxish shahri — Quddusdan qariyb 35 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan edi.

19:9-10 Habashiston — ibroniycha matnda Kush. Bu joy Misrdan janubda bo‘lib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini o‘z ichiga olgan edi.

19:15 ikki karub — qanotli samoviy mavjudotlarning haykallari. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi KARUB, KARUBLAR so‘ziga qarang.

19:21 Bokira qiz — shahar yoki yurt ahliga nisbatan qo‘llangan she’riy usul.

19:21 Sion — Eski Ahddagi she’riy parchalarda va payg‘ambarlar bitiklarida Sion so‘zi ko‘pincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SION so‘ziga qarang.

19:26 Tomlarda o‘sgan maysalar — qadimgi Isroilda odatda uylarning tomlari tuproqdan bo‘lib, shibbalangan. Ba’zan tomlarda maysalar o‘sib chiqar, lekin quyosh va garmsel ta’sirida tez qurib qolar edi.

19:28 Endi men burningdan halqamni, Og‘zingdan suvlig‘imni o‘tkazaman — Ossuriyaliklar asirlarga shunday munosabatda bo‘lishar edi.

19:32 …shahar devoriga qiyalatib tuproq uydirmaydi — qadimgi davrlarda dushmanlar devor bilan o‘ralgan shaharga hujum qilayotganlarida, ko‘pincha devorga qiyalatib tuproq uyganlar. Shu yo‘l bilan ular shaharni himoya qilayotgan xalqqa hujum qilish uchun devorni buzishga yoki oshib o‘tishga qulay imkoniyat yaratganlar.

19:36 Naynavo — Nineviya nomi bilan ham ma’lum.

19:37 Ararat yurti — keyinchalik Armaniston tarkibiga kirgan. Hozirda esa Turkiyaning bir qismini tashkil qiladi.

19:37 …Isarxaddo‘n shoh bo‘ldi — miloddan oldingi 681-669 yillarda Ossuriyada hukmronlik qilgan.

20:9 Oxozning zinapoyasi — arxeologik topilmalarga ko‘ra, bu oyatdagi zinapoyalar vaqtni ko‘rsatadigan maxsus qurilma sifatida xizmat qilar edi.

20:12 Marduxbaladon — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Barduxbaladon. Marduxbaladon miloddan oldingi 722-710 va 704-703 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan.

20:20 quvur — bu quvur 520 metr uzunlikda bo‘lib, qoyani o‘yib qilingan edi. Suv quvur orqali shahar devori tashqarisidagi Gixo‘n soyligidan shahar ichidagi Siloam hovuziga kelib tushar edi. 2 Solnomalar 32:2-4, 30 ga qarang.

21:3 sajdagohlar — 12:3 izohiga qarang.

21:3 Ashera — 13:6 izohiga qarang.

21:6 O‘g‘lini qurbonlik qilib, olovda kuydirdi… — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi O‘g‘lini olovdan o‘tkazdi…. Butparast xalqlarga xos bo‘lgan bu jirkanch odat Xudoning nazarida o‘taketgan qabihlik edi.

21:7 …Egamiz bu uy to‘g‘risida…shunday degan edi… — 3 Shohlar 9:3-5 ga qarang.

21:11 Amor xalqlari — bu o‘rinda umumiy nom bo‘lib, bu nom ostida Isroil xalqi Kan’on yurtini egallamasdan oldin o‘sha yerlarda yashagan jamiki xalqlar nazarda tutilgan.

21:13 Samariyaga qarshi ishlatgan o‘lchov ipi…Axabning xonadoniga qarshi ishlatgan shoqul… — o‘lchov ipi va shoqul bu o‘rinda Xudoning adolatli hukmini bildiradigan ramz sifatida ishlatilgan. Xudo Samariyaga qarshi chiqargan hukm haqida shu kitobning 17:5- 23–oyatlarida, Axab va uning xonadoniga qarshi chiqargan hukm haqida esa 3 Shohlar 22:1-38 da va shu kitobning 10:1-11, 17–oyatlarida yozilgan. Shoqul — binokorlikda devor, ustun va shu kabilarning vertikal holatini aniqlash uchun ishlatiladigan, bir uchiga og‘irlik bog‘langan ipdan iborat asbob.

22:17 …o‘z qo‘llari bilan yasagan butlari tufayli… — yoki …barcha qilmishlari tufayli….

23:2 Tavrot kitobi — ibroniycha matnda Ahd kitobi, Tavrot kitobining yana bir nomi (22:8, 11 ga qarang).

23:4 Ashera — 13:6 izohiga qarang.

23:4 Qidron soyligi — Quddus shahridan sharqda joylashgan. Soylik — ikki adir oralig‘idagi pastlik. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SOYLIK so‘ziga qarang.

23:5 sajdagohlar — 12:3 izohiga qarang.

23:7 Fohishlar — o‘sha paytlarda Kan’ondagi butparast xalqlar o‘z sajdagohlarida diniy vazifalardan birini fahsh orqali bajarardilar. Butparast xalqlarning udumlariga ko‘ra, odamlar fohishalar va fohishlar bilan jinsiy aloqa qilish orqali o‘z xudolariga topinardilar, xudolaridan farovonlik ato qilishni so‘rardilar. Lekin Egamiz Isroil xalqiga bu yo‘l bilan sajda qilishni qat’iyan man etgan (Qonunlar 23:17-18 ga qarang).

23:10 …o‘g‘lini yoki qizini Mo‘laxga qurbonlik qilmasin, olovda kuydirmasin… — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi …o‘g‘lini yoki qizini Mo‘laxga olovdan o‘tkazmasin…. Butparast xalqlarga xos bo‘lgan bu jirkanch odat Xudoning nazarida o‘taketgan qabihlik edi.

23:10 Xinnum soyligi — Quddus shahridan janubda joylashgan.

23:13 …Makruh tog‘ining janubida… — Zaytun tog‘ining janubidagi tepalikka ishora. U yerda Sulaymon umrining oxirida butparast xotinlari ta’sirida Kan’on xalqlarining xudolari uchun sajdagohlar barpo qilgandi (3 Shohlar 11:1-7 ga qarang).

23:13 Mo‘lax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Milkom.

23:14 …ularning o‘rnini inson suyaklari bilan to‘ldirdi… — shu tufayli o‘sha joy harom

hisoblanib, sajda uchun yaroqsiz edi.

23:15 …Yeribom Baytilda o‘rnatgan sajdagoh…qurbongoh… — bu voqeaning batafsil bayoni 3 Shohlar 12:32-33 da berilgan.

23:16 …Egamizning so‘ziga binoan…bu haqda payg‘ambar qurbongohga nido qilgan edi

— Egamiz aytgan so‘zlarning batafsil bayoni 3 Shohlar 13:1-3 da berilgan.

23:18 …Samariyadan kelgan payg‘ambar… — bu payg‘ambar haqida 3 Shohlar 13:11- 32 da batafsil yozilgan. Payg‘ambar Baytil shahrining o‘zidan edi. Baytil shahri Isroilda, ya’ni shimoliy shohlikda joylashgan. O‘sha davrda Isroil Samariya deb yuritilar edi.

23:21 Tavrot kitobi — ibroniycha matnda Ahd kitobi, Tavrot kitobining yana bir nomi (22:8, 11 ga qarang).

23:24 xonaki sanamlar — ibroniycha matnda terafim. Odamlar bu sanamlardan fol

ochishda foydalangan bo‘lsalar kerak.

23:27 …Men o‘sha yerda ulug‘lanaman, deb aytgan uyim… — Egamiz aytgan so‘zlarning

batafsil bayoni 3 Shohlar 8:16-29 da berilgan.

23:29 Magido‘ — Jalila ko‘lidan qariyb 40 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan.

23:29 …Misr fir’avni Nexo…Yo‘shiyoni o‘ldirdi — shu paytda Misr fir’avni Nexo

(miloddan oldingi 609-595 yillarda hukmronlik qilgan) Ossuriyaliklar tomonida edi.

Nexo Ossuriya shohining qo‘li ostidagi yerlarni saqlab qolishda unga yordam bermoqchi bo‘lib, Bobil lashkariga qarshi urush qilish uchun shimol tomon yo‘l olgandi. Yahudo shohi Yo‘shiyo esa Misr va Ossuriyaning bu ittifoqidan mamnun emasdi, chunki ularning kuchayishi Yahudo shohligining osoyishtaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi.

23:31 Yeremiyo — mashhur Yeremiyo payg‘ambar emas, uning otdoshi.

23:33 Rivlo shahri — bu shahar Orontes daryosi bo‘yida, hozirgi Suriya hududida

joylashgan edi.

23:33 200 pud — ibroniycha matnda 100 talant, taxminan 3,4 tonnaga to‘g‘ri keladi.

23:33 2 pud — ibroniycha matnda bir talant, taxminan 34 kiloga to‘g‘ri keladi.

24:1 Bobil shohi Navuxadnazar — miloddan oldingi 605-562 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan.

24:2 Bobil — ibroniycha matnda Xaldey, o‘sha vaqtda Bobil yurti shu nom bilan ham atalardi.

24:7 Misr fir’avni qaytib o‘z yurtidan tashqariga chiqmadi — miloddan oldingi 605 yilda Karxamish shahridagi jangda Navuxadnazar Misr lashkarini mag‘lub qildi. Ammo bir necha yildan so‘ng orqaga chekinishga majbur bo‘ldi, Yohayiqim esa bundan foydalanib isyon ko‘tardi (shu bobning 1–oyatiga qarang).

24:7 Misr chegarasidagi irmoq — Sinay yarim orolining shimoli–sharqidagi Arish soyligi yoki Nil daryosining sharqiy irmog‘i nazarda tutilgan (yana Ibtido 15:18, Sahroda 34:5 va Yoshua 13:3, 15:4, 47 ga qarang).

24:12 Bobil shohi hukmronligining sakkizinchi yilida… — bu voqealar miloddan oldingi

597 yilda sodir bo‘lgan.

24:13 Egamizning aytgani bo‘yicha… — Egamiz aytgan bu so‘zlarning batafsil bayoni

20:16-18 da berilgan.

24:18 Yeremiyo — mashhur Yeremiyo payg‘ambar emas, uning otdoshi.

25:1 Zidqiyo hukmronligining to‘qqizinchi yili o‘ninchi oyi — miloddan oldingi 589 yilning o‘ninchi oyi. Ibroniy kalendarining Tabat oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan dekabrning o‘rtasidan boshlanadi.

25:1 qamal inshootlari — qadimgi davrlarda dushmanlar devor bilan o‘ralgan shaharga hujum qilayotganlarida, ko‘pincha devor yoniga baland qurilmalar yasaganlar. Shu yo‘l bilan ular shaharni himoya qilayotgan xalqqa hujum qilish uchun devorni buzishga yoki oshib o‘tishga qulay imkoniyat yaratganlar.

25:3 To‘rtinchi — ibroniycha matnda bu so‘z yo‘q. To‘rtinchi so‘zi Yeremiyo 52:5-6 dan olingan.

25:3 To‘rtinchi oy — ibroniy kalendarining Tammuz oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan iyunning o‘rtasidan boshlanadi. Zidqiyo shohligining o‘n birinchi yilida sodir bo‘lgan bu voqea miloddan oldingi 586 yilga to‘g‘ri keladi.

25:4 Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, o‘sha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 5, 10, 13, 24, 25, 26–oyatlarida ham bor).

25:4 Iordan vodiysi — ibroniycha matnda Araba. Araba umumiy geografik nom bo‘lib,

bu oyatda Iordan vodiysining bir qismiga, aynan O‘lik dengizning shimolidagi yerlarga

nisbatan ishlatilgan.

25:6 Rivlo shahri — 23:33 ning birinchi izohiga qarang.

25:8 Beshinchi oyning yettinchi kunida…o‘n to‘qqizinchi yilida… — ibroniy kalendarining

beshinchi oyi, ya’ni miloddan oldingi 586 yilning avgust oyi.

25:13 …bronza ustunlar…aravalar…bronza hovuz… — bu buyumlar Sulaymon hukmronlik qilgan davrda yasalgan. Mazkur buyumlarning batafsil bayoni 3 Shohlar 7:15-39 da berilgan.

25:17 18 tirsak — taxminan 8,1 metrga to‘g‘ri keladi.

25:17 5 tirsak — ibroniycha matnda 3 tirsak. “5 tirsak” degan ibora 3 Shohlar 7:16,

2 Solnomalar 3:15, Yeremiyo 52:22 dan olingan. 5 tirsak taxminan 2,3 metrga, 3 tirsak

taxminan 1,4 metrga to‘g‘ri keladi.

25:17 anor — qadimgi paytlarda hayot ramzi edi.

25:23 Mispax — Quddusdan qariyb 8 kilometr shimolda joylashgan shahar.

25:25 O‘sha yilning yettinchi oyi — miloddan oldingi 586 yilning yettinchi oyi. Ibroniy kalendarining Tishri oyi nazarda tutilgan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi).

Hozirgi kalendarga ko‘ra, bu oy taxminan sentabrning o‘rtasidan boshlanadi.

25:27 …Bobil taxtiga Evilmardux o‘tirdi — u Navuxadnazarning o‘g‘li bo‘lib, miloddan

oldingi 562-560 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan.

25:27 o‘sha yilning o‘n ikkinchi oyi yigirma yettinchi kuni — ibroniy kalendarining o‘n

ikkinchi oyi, ya’ni miloddan oldingi 561 yilning aprel oyi.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru