Muqaddas Kitob


MATTO

BAYON ETGAN MUQADDAS XUSHXABAR

Kirish

Mazkur kitob Yangi Ahd tarkibidagi to‘rtta Xushxabarning birinchisidir. Bu kitob muallifi Isoning o‘n ikki shogirdidan biri bo‘lgan Mattodir. U o‘z Ustozining hayoti va faoliyatini batafsil bayon etadi.

Eski Ahd bitiklari Isroil xalqi uchun katta ahamiyatga egaligini bilgan muallif, payg‘ambarlarning bashoratlariga asoslangan holda, Isoning Xudo tomonidan yuborilgan Masih, ya’ni najot beruvchi tanlangan Shoh ekanini isbotlab beradi.

Shuningdek, u Isoni buyuk Ustoz deb ta’riflaydi. Xudoning qonunlarini mukammal bilgan Iso Osmon Shohligi haqida xalqqa ko‘p ta’lim beradi.

Mattoning bu kitobni yozishdan maqsadi masihiylarning e’tiqodi Eski Ahd bitiklariga mustahkam asoslanganini ko‘rsatish edi. Shu orqali u masihiylarga imonda o‘sishlari uchun zamin yaratmoqchi bo‘ladi. Mazkur kitob Eski Ahdni Yangi Ahd bilan chambarchas bog‘lab turadi. Muallif Eski Ahddagi bashoratlarga ko‘p ahamiyat bergani sababli, bu kitob birinchi navbatda yahudiy kitobxonlari uchun yozilgan, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Kitobda yahudiy urf–odatlari sharhlanmagan, balki ko‘p ibroniycha terminlardan foydalanilgan. Kitob Iso Masihning nasabnomasi bilan boshlangan, nasabnomaga Ibrohimdan boshlab Isogacha bo‘lgan nasllar kiritilgan. Isoning “Dovud O‘g‘li” ekaniga katta e’tibor berilgan.

Kitobdagi “Haqiqiy baxtiyorlik” (5:1-12), “Bizning osmondagi Otamiz” ibodati (6:9-

13) va “Oltin qoida” (7:12) kabi parchalar nihoyatda mashhur bo‘lib, odamlarga yod bo‘lib ketgan. Shular bilan bir qatorda, Isoning kitobga yakun yasagan quyidagi Buyuk topshirig‘i ham odamlar orasida keng tanilgan: “Yeru osmondagi butun hokimiyat Menga berilgan. Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho‘mdiringlar. Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o‘rgatinglar. Zotan, Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birgaman.” (28:18-20)


1–BOB

Iso Masihning nasl–nasabi

1 Ibrohim va Dovud avlodidan bo‘lgan Iso Masihning nasabnomasi* quyidagicha:

Ibrohimdan Dovudgacha

2 Ibrohimdan Is’hoq tug‘ildi. Is’hoqdan Yoqub tug‘ildi.

Yoqubdan Yahudo va uning aka–ukalari tug‘ildilar. 3 Yahudo va Tamaradan Paraz va Zerax tug‘ildilar. Parazdan Xazron tug‘ildi.

Xazrondan Ram* tug‘ildi.

4 Ramdan Ominadav tug‘ildi.


Ominadavdan Naxsho‘n tug‘ildi. Naxsho‘ndan Salmo‘n tug‘ildi.

5 Salmo‘n va Rahobadan Bo‘az tug‘ildi. Bo‘az va Rutdan Obid tug‘ildi.

Obiddan Essay tug‘ildi.

6 Essaydan shoh Dovud tug‘ildi.

Dovud davridan Isroil xalqi Bobilga surgun bo‘lgan davrgacha

Dovud va Uriyoning sobiq xotinidan Sulaymon tug‘ildi.

7 Sulaymondan Raxabom tug‘ildi. Raxabomdan Abiyo tug‘ildi.

Abiyodan Oso tug‘ildi.

8 Osodan Yohushafat tug‘ildi. Yohushafatdan Yohuram tug‘ildi. Yohuramdan* Uzziyo tug‘ildi.

9 Uzziyodan Yo‘tom tug‘ildi. Yo‘tomdan Oxoz tug‘ildi.

Oxozdan Hizqiyo tug‘ildi.

10 Hizqiyodan Manashe tug‘ildi. Manashedan Omon tug‘ildi.

Omondan Yo‘shiyo tug‘ildi.

11 Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davrda*

Yo‘shiyo Yohayixinni* va boshqa o‘g‘il farzandlarni ko‘rdi*.

Isroil xalqi Bobilga surgun bo‘lgan davrdan Iso davrigacha

12 Isroil xalqi Bobilga surgun qilingandan keyin*

Yohayixindan Shaltiyol tug‘ildi. Shaltiyoldan Zarubabel* tug‘ildi. 13 Zarubabeldan Abihud tug‘ildi. Abihuddan Eliyaqim tug‘ildi.

Eliyaqimdan Azzur tug‘ildi. 14 Azzurdan Zodo‘x tug‘ildi. Zodo‘xdan Oxiyom tug‘ildi. Oxiyomdan Elihud tug‘ildi. 15 Elihuddan Elazar tug‘ildi. Elazardan Matton tug‘ildi. Mattondan Yoqub tug‘ildi.

16 Yoqubdan Maryamning eri Yusuf tug‘ildi.

Maryamdan esa Masih deb atalgan Iso tug‘ildi.


17 Shunday qilib, Ibrohimdan Dovudgacha hammasi bo‘lib o‘n to‘rt nasl, Dovuddan to xalq Bobilga surgun qilingungacha o‘n to‘rt nasl va surgunlik davridan to Masih tug‘ilgungacha o‘n to‘rt nasldir*.

Iso Masihning tug‘ilishi

18 Iso Masihning tug‘ilishi shunday sodir bo‘ldi: Isoning onasi Maryam Yusufga unashtirib qo‘yilgan edi. Ularning nikohidan oldin Maryam Muqaddas Ruhdan

homilador ekanini bildi. 19 Maryamning bo‘lg‘usi eri Yusuf solih odam bo‘lib, Maryamni sharmanda qilishni istamay, birovga bildirmasdan fotihasini buzmoqchi bo‘ldi. 20 Yusuf bu haqda o‘ylab yurganda, Egamizning bir farishtasi unga tushida zohir bo‘lib dedi: “Ey Dovud o‘g‘li Yusuf! Maryamga uylanishdan qo‘rqma, chunki qornidagi Bola Muqaddas Ruhdan paydo bo‘lgan. 21 Maryam o‘g‘il tug‘adi, Uning ismini Iso* qo‘yasan, chunki U O‘z xalqini gunohlardan qutqaradi.”

22 Bu barcha voqealar Egamizning payg‘ambar orqali aytgan quyidagi so‘zlari bajo bo‘lishi uchun yuz bergan edi:


23 “Qiz homilador bo‘ladi, u o‘g‘il tug‘adi,

Uning ismini Immanuil deb qo‘yishadi.”*


Immanuil “Xudo biz bilan” deganidir.

24 Yusuf uyg‘onib ketdi. Egamizning farishtasi buyurgandek, u Maryamga uylandi.

25 Ammo Maryam O‘g‘ilni* tug‘maguncha Yusuf Maryamga yaqinlashmadi. Bola tug‘ilganda esa Yusuf Unga Iso deb ism qo‘ydi.


2–BOB

Sharqdan kelgan munajjimlar

1 Iso shoh Hirodning hukmronligi davrida*, Yahudiyadagi Baytlahm shahrida

tug‘ilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay sharqdan Quddusga munajjimlar kelishdi. 2 Ular:

yozilgan:


6 “Ey Yahudo yurtidagi Baytlahm!

Sen Yahudoning buyuk shaharlaridan hech kam emassan. Zero, sendan bir Hukmdor chiqadi,

U xalqim Isroilga cho‘ponlik qiladi.”*


7 Shundan keyin Hirod hech kimga bildirmay munajjimlarni chaqirib, ulardan yulduz

paydo bo‘lgan aniq vaqtni bilib oldi. 8 So‘ng ularni Baytlahmga jo‘natayotib, dedi:

— Baytlahmga boringlar, Bola to‘g‘risida hamma narsani aniq bilib olinglar. Bolani topganlaringizdan keyin, menga xabar beringlar, toki men ham borib, Unga ta’zim qilayin.

9-10 Munajjimlar shohning so‘zlarini eshitib bo‘lib, yo‘lga tushdilar. Ularga oldin ko‘ringan yulduz* yana paydo bo‘ldi, munajjimlar rosa xursand bo‘ldilar. Yulduz ularga yo‘l ko‘rsatib bordi va nihoyat, Bola yotgan joy tepasiga kelib to‘xtadi. 11 Munajjimlar uyga kirib, Bolani va Uning onasi Maryamni ko‘rdilar. Tiz cho‘kib, Bolaga ta’zim qildilar. So‘ng xazinalar solingan qutichalarini ochib, Unga oltin, xushbo‘y tutatqilar va mirrani* tortiq qildilar. 12 Hirodning oldiga qaytmasliklari to‘g‘risida ular tushlarida

ogohlantirilgandan keyin, boshqa yo‘l bilan o‘z yurtiga qaytib ketdilar.

Yusuf Maryam va chaqaloqni Misrga olib qochadi

13 Munajjimlar ketganlaridan keyin, Egamizning bir farishtasi Yusufga tushida zohir bo‘lib dedi: “Tur! Bola bilan onasini olib, Misrga qoch. Chunki Hirod Bolani topib, o‘ldirmoqchi. Men senga aytmagunimcha, Misrda qol.” 14 Yusuf o‘rnidan turib, Bola bilan Maryamni oldi–yu, tunda Misrga jo‘nadi. 15 Hirodning ajali yetguncha, u yerda qoldi.

Egamizning payg‘ambar orqali: “Men O‘g‘limni Misrdan chaqirib oldim”*, deb aytgan

bashorati bajo bo‘lishi uchun bu voqea yuz bergandi.

Baytlahmda bolalar o‘ldiriladi

16 Hirod munajjimlarning aldab ketganini bilib, g‘azabga mindi. U Baytlahmdagi va uning atroflaridagi ikki yoshgacha bo‘lgan hamma o‘g‘il bolalarni qilichdan o‘tkazishni buyurdi. Chunki munajjimlarning aytgani bo‘yicha yulduz taxminan ikki yil oldin chiqqan edi. 17 Shunday qilib, Yeremiyo payg‘ambarning aytganlari bajo bo‘ldi:


18 “Rama shahridan* bir nido eshitilar,

Achchiq bir nolayu ohu fig‘on bu. Bolalari uchun yig‘lar Rohila,

Ovunishni xohlamas, chunki ular endi yo‘q.”*

Yusuf oilasi bilan Misrdan qaytib keladi

19 Hirod vafot etgandan keyin Yusuf Misrda ekan, Egamizning bir farishtasi unga

tushida zohir bo‘lib dedi: 20 “Tur, Bola bilan onasini olib, Isroil yurtiga qaytib bor. Bolaning joniga qasd qilganlar olamdan o‘tdi.”

21 Shunda Yusuf Bola bilan Maryamni olib, Isroil yurtiga yo‘l oldi. 22 Ammo Yahudiyada Hirod o‘rniga uning o‘g‘li Arxelayus* hukmronlik qilayotganini eshitib, u yerga borishga qo‘rqdi. So‘ng tushida ham Yahudiyaga bormaslik haqida ogohlantirilgandan keyin, Jalila hududiga yo‘l oldi. 23 U yerga borib, Nosira degan shaharga joylashdi. Shunday qilib, Egamiz payg‘ambarlar orqali: “Uni Nosiralik deb ataydilar”, deb aytgan bashorati* bajo bo‘ldi.


3–BOB

Yahyo cho‘mdiruvchining kelishi

1 O‘sha kunlarda* Yahyo cho‘mdiruvchi Yahudiya cho‘lida* va’z qila boshladi. 2 U odamlarga: “Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi* yaqinlashdi!” deb aytardi. 3 Yahyo to‘g‘risida Ishayo payg‘ambar shunday degan edi:


“Cho‘lda bir ovoz yangramoqda:

«Egamizga yo‘l hozirlang, Unga to‘g‘ri yo‘l oching!»”*


4 Yahyo tuya junidan to‘qilgan kiyim kiyib, charm kamar taqib yurardi*. Uning yeguligi chigirtka va yovvoyi asal edi. 5 Uning oldiga Quddus shahri va Yahudiya o‘lkasining qolgan hamma joylaridan hamda Iordan daryosi atroflaridan odamlar kelardi. 6 Ular gunohlarini e’tirof etishar, Yahyo esa ularni Iordan suviga cho‘mdirardi.

7 Farziy* va sadduqiy* mazhablaridan bo‘lgan ko‘p odamlar suvga cho‘mdirilish

uchun kelayotganlarini Yahyo ko‘rib, dedi: “Hoy, ilonlar zoti! Boshingizga kelayotgan Xudo g‘azabidan qochib qutulasiz, deb sizlarga kim uqtirdi? 8 Tavbaga yarasha ish tutinglar! 9 O‘zingizcha: «Biz Ibrohim naslidanmiz», deb aytishni xayolingizga ham keltirmanglar! Sizlarga shuni aytay: Xudo mana bu toshlardan Ibrohimga avlod tiklashga qodir. 10 Hozirdanoq daraxtlar ildizida bolta yotibdi. Yaxshi meva bermagan har bir daraxt kesilib, olovga tashlanadi. 11 Tavba qilganingizni ko‘rsatish uchun men sizlarni suvga cho‘mdiryapman. Lekin mendan ham qudratliroq bo‘lgan bir Zot ortimdan kelmoqda. Men Uning choriqlarini ko‘tarib yurishga ham arzimayman. U sizlarni Muqaddas Ruhga va olovga* cho‘mdiradi. 12 Uning panshaxasi qo‘lida tayyor turibdi. U O‘z xirmonini shopiradi: bug‘doyini omborga to‘plab, somonni esa so‘nmas o‘tda yondirib yuboradi.”

Iso suvga cho‘mdiriladi

13 Shu orada Iso Jalila hududidan Iordan daryosi bo‘yiga bordi. U Yahyo tomonidan suvga cho‘mdirilmoqchi edi. 14 Lekin Yahyo Isoni to‘xtatmoqchi bo‘lib dedi:

bajarishimiz zarur.

Shundan keyin Yahyo rozi bo‘ldi. 16 Iso suvga cho‘mdirildi. U suvdan chiqqan zahoti, osmon ochilib ketdi va Iso O‘z ustiga Xudoning Ruhi kaptar shaklida tushib qo‘nganini ko‘rdi. 17 Shu payt osmondan: “Bu Mening sevikli O‘g‘limdir*, Undan nihoyatda mamnunman*”, degan ovoz keldi.


4–BOB

Isoni iblis vasvasaga soladi

1 Iblisning sinovidan o‘tishi uchun Muqaddas Ruh Isoni sahroga boshlab ketdi. 2 Iso qirq kun va qirq kecha ro‘za tutdi, oxiri och qoldi. 3 Shunda iblis* kelib, Isoni vasvasaga solmoqchi bo‘lib dedi:

11 Shundan keyin Isoni iblis tark etdi. Farishtalar kelib, Isoga xizmat qildilar.

Iso Jalilada xizmatini boshlaydi

12 Iso Yahyoning hibsga olinganini* eshitgach, Jalila hududiga qaytib bordi. 13 U Nosira shahrida qolmay, Kafarnahumga borib o‘rnashdi. Kafarnahum shahri Zabulun va Naftali hududidagi* Jalila ko‘li bo‘yida joylashgan edi. 14 Shunday qilib, Ishayo payg‘ambarning aytgan quyidagi so‘zlari bajo bo‘ldi:


15 “Ey Zabulun va Naftali yurti!

Ey dengiz bo‘yidagi yerlar va Iordanning narigi tomonidagi o‘lka! Ey g‘ayriyahudiylar Jalilasi!

16 Zulmatda yurgan xalq yorqin ziyoni ko‘rdi,

O‘lim soya solgan yurt aholisi ustiga nur sochildi.”*


17 Shu kundan boshlab Iso: “Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlashdi”, deb va’z qiladigan bo‘ldi.

Isoning dastlabki shogirdlari

18 Iso Jalila ko‘li bo‘ylab ketayotgan edi, ikki aka–ukani ko‘rib qoldi. Birining ismi Butrus deb ataluvchi Shimo‘n, ukasiniki Endrus edi. Ular baliqchi bo‘lib, ko‘lga to‘r tashlayotgan edilar. 19 Iso ularga dedi: “Ortimdan yuringlar, Men sizlarga odamlarni ovlashni o‘rgataman.” 20 Ular o‘sha zahotiyoq to‘rlarini tashlab, Isoga ergashdilar.

21 Iso bir oz yurgandan keyin, Yoqub va Yuhanno degan ikki aka–ukani ko‘rib qoldi. Ular otasi Zabadiyo bilan birga qayiqda to‘r yamayotgan edilar. Iso ularni ham chaqirdi. 22 Ular ham darhol qayiqni va otasini qoldirib, Isoning orqasidan ergashdilar.

Iso xalqqa ta’lim beradi va xastalarni sog‘aytiradi

23 Iso butun Jalila hududini kezib yurardi. U sinagogalarda ta’lim berib, Osmon Shohligi to‘g‘risidagi Xushxabarni e’lon qilardi, odamlarning har xil xastaliklari va dardlariga shifo berar edi. 24 Iso haqidagi xabar butun Suriyaga* yoyildi. Turli–tuman dardu illatlardan qiynalib yurganlarni, jinga chalinganlarni, tutqanoq va shol kasaliga yo‘liqqanlarning hammasini Isoning oldiga keltirishardi. Iso ularning hammasiga shifo berardi. 25 Jaliladan, Dekapolis hududidan*, Quddusdan, Yahudiyadan va Iordanning narigi tomonidagi yerlardan ko‘plab odamlar Isoga ergashib kelardi.


5–BOB

Haqiqiy baxtiyorlik

1 Iso katta bir olomonni ko‘rib, toqqa chiqib o‘tirdi. Shogirdlari Uning oldiga kelishdi.

2 Iso shogirdlariga ta’lim berib, gap boshladi:


3 “Ruhan kambag‘al bo‘lganlar baxtlidir,

Chunki Osmon Shohligi ularnikidir.

4 Yig‘layotganlar baxtlidir,

Chunki ular tasalli topadilar.

5 Kamtarin bo‘lganlar baxtlidir, Chunki ular yer yuziga ega bo‘ladilar. 6 Adolatga tashna bo‘lganlar baxtlidir, Chunki Xudo ularni qondiradi.

7 Rahmdil bo‘lganlar baxtlidir, Chunki ular rahm–shafqat topadilar. 8 Pokdil bo‘lganlar baxtlidir,

Chunki ular Xudoni ko‘radilar.

9 Tinchlik o‘rnatuvchilar baxtlidir,

Chunki ular Xudoning farzandlari deb ataladilar.

10 Xudoning yo‘lidan yurgani uchun

Quvg‘in bo‘lganlar baxtlidir,

Chunki Osmon Shohligi ularnikidir.


11 Odamlar Men tufayli sizlarni haqoratlab quvg‘in qilganlarida, sizlar haqingizda yolg‘on gapirib tuhmat qilganlarida, baxtlisizlar! 12 Sevininglar, xursand bo‘linglar.

Sizlarni osmonda buyuk mukofot kutmoqda. Axir, sizdan avval o‘tgan payg‘ambarlar ham xuddi shunday quvg‘in bo‘lganlar.

Tuz va nur haqida

13 Sizlar yerning tuzisizlar. Lekin tuz o‘z ta’mini yo‘qotsa, uni yana qanday sho‘r qilib bo‘ladi?! Bunday tuz boshqa hech narsaga yaramaydi, uni oyoq ostiga tashlab yuborishadi.

14 Sizlar dunyoning nurisizlar. Tepalikka qurilgan shaharni ko‘zdan pinhon tutib bo‘lmaydi. 15 Hech kim chiroqni yoqib, ustini idish bilan yopib qo‘ymaydi. Aksincha, uni chiroqpoyaga qo‘yishadi, shunda chiroq uydagilarning hammasiga yorug‘lik beradi.

16 Sizning nuringiz ham insonlar oldida shunday porlasinki, ular yaxshi ishlaringizni

ko‘rib, osmondagi Otangizni* ulug‘lasinlar.

Musoning qonuni haqida

17 Meni, Tavrot yoki payg‘ambarlarning bitiklarini* bekor qilgani kelgan, deb o‘ylamanglar. Men bekor qilgani emas, balki bajo keltirgani keldim. 18 Sizga chinini aytayin: yeru osmon yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Ammo Tavrotdagi na bir harf, na bir nuqta o‘chadi. Unda yozilgan hamma narsa amalga oshadi. 19 Shu bois kim bu amrlarning eng kichigiga ham rioya qilmay, uni boshqalarga buzib o‘rgatsa, Osmon Shohligida eng kichik bo‘ladi. Lekin kim bu amrlarni bajarib, boshqalarga o‘rgatsa, Osmon Shohligida buyuk bo‘ladi. 20 Sizlarga aytib qo‘yay: agar sizlarning solihligingiz Tavrot tafsirchilari va farziylarning solihligidan ustun kelmasa, sizlar hech qachon Osmon Shohligiga kirolmaysizlar.

G‘azab va jazo haqida

21 Ajdodlarimizga shunday aytilganini eshitgansizlar: «Qotillik qilma*. Qotillik qilgan odam hukm qilinadi.» 22 Lekin Men sizlarga aytaman: o‘z yaqinidan hatto g‘azablangan odam* ham hukm qilinadi. Yaqinini haqoratlagan odam oliy mahkamada javob beradi. Yaqiniga: «Ahmoqsan» degan odam esa, do‘zax oloviga tashlanadi.

23 Shunday ekan, siz ehsoningizni qurbongohga olib kelganingizda, yaqiningiz nimadandir sizdan xafa ekanligi yodingizga tushsa, 24 ehsoningizni qurbongoh oldida qoldiring. Birinchi navbatda borib, yaqiningiz bilan yarashing, keyin kelib, ehsoningizni nazr qiling.

25 Birov sizni ayblab qozixonaga olib borsa, vaqtni boy bermay, yo‘ldayoq ayblovchingiz bilan kelishib oling. Aks holda, ayblovchingiz sizni qozi oldiga olib boradi, qozi esa sizni mirshabga topshiradi. Sizni zindonga tashlashadi. 26 Sizlarga chinini aytay: oxirgi tiyiningizni to‘lamaguningizcha, u yerdan chiqolmaysiz.

Zino va ajralish haqida

27 «Zino qilma»*, — deb aytilganini ham eshitgansizlar. 28 Lekin Men sizlarga aytaman: agar siz ayolga shahvat bilan qarasangiz, xayolingizda u bilan zino qilgan bo‘lasiz. 29 Bordi–yu, o‘ng ko‘zingiz gunoh qilishingizga sababchi bo‘lsa, uni o‘yib olib, uloqtirib yuboring. Butun badaningiz do‘zaxga tashlangandan ko‘ra, a’zolaringizdan bittasi yo‘q bo‘lgani siz uchun yaxshiroqdir. 30 Agar o‘ng qo‘lingiz gunoh qilishingizga sababchi bo‘lsa, uni kesib tashlab, uloqtirib yuboring. Butun badaningiz do‘zaxga yo‘liqqandan ko‘ra, a’zolaringizdan bittasi yo‘q bo‘lgani siz uchun yaxshiroqdir.

31 Yana deyilganki: «Kim xotini bilan ajrashmoqchi bo‘lsa, unga taloq xatini yozib bersin.»* 32 Lekin Men sizlarga aytaman*: kim bevafolik aybidan boshqa sabab tufayli o‘z xotini bilan ajrashsa, unga zino qilishga sabab topib beradi. Shuningdek, kim ajrashgan xotinga uylansa, zino qilgan bo‘ladi.

Qasam haqida

33 Ajdodlarimizga: «Ichgan qasamingdan qaytma. Egamizga bergan va’dalaringni bajargin»*, deb aytilganini ham eshitgansizlar. 34 Lekin Men sizlarga aytaman: umuman qasam ichmanglar. «Osmon haqi», deya qasam ichmanglar, chunki osmon Xudoning taxtidir. 35 «Yer haqi», deya qasam ichmanglar, chunki yer Xudoning poyandozidir.

«Quddus haqi», deya ham qasam ichmanglar, chunki Quddus buyuk Shohning* shahridir. 36 Boshingiz haqi ham qasam ichmanglar, chunki o‘zlaringiz sochingizning bir tolasini ham oq yoki qora qila olmaysiz. 37 Sizlarning so‘zingiz faqat «ha» yoki «yo‘q» bo‘lsin. Bundan ortig‘i esa yovuz shaytondandir.

Yomonlikni yaxshilik bilan yengish haqida

38 Sizlar: «Ko‘z evaziga ko‘z, tish evaziga tish»*, — deb aytilganini ham eshitgansizlar.

39 Lekin Men sizlarga aytaman: sizga yomonlik qilgan odamga qarshilik ko‘rsatmang. Agar kimdir o‘ng chakkangizga ursa, unga chapini ham tuting. 40 Kim siz bilan da’volashib, ko‘ylagingizni olmoqchi bo‘lsa, unga to‘ningizni ham berib yuboring.

41 Birov* sizni bir chaqirim* yo‘l yurishga majbur qilsa, u bilan birga ikki chaqirim

yuring. 42 Sizdan so‘raganga bering, sizdan qarz olmoqchi bo‘lgandan yuz o‘girmang.

Dushmanlaringizni yaxshi ko‘ringlar

43 «Yaqiningni sevgin*, dushmaningdan nafratlan», deb aytilganini ham eshitgansizlar. 44 Lekin Men sizlarga aytyapman: dushmanlaringizni yaxshi ko‘ringlar. Sizlarni quvg‘in qilganlar uchun ibodat qilinglar*. 45 Shunda siz osmondagi Otangizning farzandlari bo‘lasizlar. Chunki U O‘z quyoshini yovuzlar ustida ham, yaxshilar ustida ham balqitadi, yomg‘irini solihlar ustiga ham, fosiqlar ustiga ham yog‘diradi. 46 Agar sizni sevganlarnigina yaxshi ko‘rsangiz, sizlarga qanday mukofot bo‘ladi? Axir,

soliqchilar* ham shunday qilishmaydimi? 47 Agar siz faqat o‘z yaqinlaringiz bilan salomlashsangiz, boshqalardan nima farqingiz qoladi?! Axir, butparastlar ham xuddi shunday qilishmaydimi?! 48 Osmondagi Otangiz barkamol bo‘lgani kabi, sizlar ham barkamol bo‘linglar.


6–BOB

Xayr–sadaqa haqida

1 Ehtiyot bo‘linglar, savob ishingizni odamlarga ko‘z–ko‘z qilmanglar. Aks holda, osmondagi Otangizdan mukofot ololmaysizlar. 2 Birovga xayr–sadaqa berganingiz haqida hammaga jar solib yurmanglar. Ikkiyuzlamachilargina odamlardan tahsin olish uchun sinagogalarda va ko‘cha–ko‘yda shunday qiladilar. Sizlarga chinini aytayin: ular o‘z mukofotini olib bo‘lganlar. 3 Siz esa xayr–sadaqa berayotganingizda, o‘ng qo‘lingiz nima qilayotganini chap qo‘lingiz bilmasin. 4 Xayr–sadaqangizni hech kimga bildirmay bering. Yashirincha qilgan bu ishingizni ko‘rgan Otangiz sizni taqdirlaydi*.

Ibodat haqida

5 Ibodat qilganingizda, ikkiyuzlamachilarga o‘xshamanglar. Ular o‘zlarini hammaga ko‘rsatish uchun sinagogalarda va ko‘chalarning burchaklarida turib ibodat qilishni yaxshi ko‘radilar. Sizlarga chinini aytay: ular o‘zlarining mukofotlarini olib bo‘lganlar.

6 Siz esa ibodat qilayotganingizda ichkari xonaga kirib, eshikni berkitib oling va yashirin bo‘lgan Otangizga ibodat qiling. Yashirin qilgan ishlaringizni ko‘rgan Otangiz sizni taqdirlaydi. 7 Ibodat qilayotganingizda, butparastlar kabi, behuda so‘zlarni hadeb takrorlayvermang. Ular, ko‘p so‘zlasam, ibodatim ijobat bo‘ladi, deb o‘ylaydilar. 8 Ularga o‘xshamanglar, chunki osmondagi Otangiz so‘ramasingizdan oldin nimaga muhtojligingizni biladi.

9 Sizlar esa shunday ibodat qilinglar:


«Bizning osmondagi Otamiz!

Sening muqaddas noming ulug‘lansin.

10 Sening Shohliging kelsin.

Osmonda bo‘lgani kabi,

Yerda ham Sening irodang bajo bo‘lsin.

11 Bugungi rizqimizni bergin.

12 Bizga qarshi gunoh qilganlarni biz kechirgandek, Sen ham bizning gunohlarimizni kechirgin.

13 Bizni vasvasaga duchor qilmagin, Yovuz shaytondan xalos qilgin*.»


14 Agar sizlarga yomonlik qilganlarni kechirsangizlar, osmondagi Otangiz ham sizni kechiradi. 15 Bordi–yu, sizlar boshqalarning gunohlarini kechirmasangizlar, Otangiz ham sizni kechirmaydi.

Ro‘za haqida

16 Ro‘za tutayotganingizda, ikkiyuzlamachilar kabi, qovoq solib yurmanglar. Ular ro‘za tutayotganlarini boshqalarga ko‘rsatish uchun yuvinib–taranmaydilar. Sizlarga chinini aytayin: ular o‘z mukofotlarini olib bo‘lganlar. 17 Sizlar ro‘za tutganlaringizda

yuzlaringizni yuvib, sochlaringizni tarab yuring, 18 toki ro‘za tutganingizni yashirin bo‘lgan Otangizdan boshqa hech kim bilmasin. Shunda yashirin qilgan ishingizni ko‘rgan Otangiz sizni taqdirlaydi.

Samoviy xazina haqida

19 Bu dunyoda o‘zlaringiz uchun boylik g‘amlamanglar. Axir, bunday boylikni kuya yeydi*, zang bosadi, o‘g‘ri tushib o‘g‘irlaydi. 20 Aksincha, o‘zlaringiz uchun samoda xazina yig‘inglar. Bunday boylikni kuya yemaydi, zang bosmaydi, o‘g‘ri ham o‘g‘irlay olmaydi. 21 Xazinangiz qayerda bo‘lsa, yuragingiz ham o‘sha yerda bo‘ladi.

22 Tananing chirog‘i — ko‘z. Agar ko‘zingiz yaxshi bo‘lsa, butun tanangiz yop–yorug‘ bo‘ladi. 23 Ammo ko‘zingiz yomon bo‘lsa, butun tanangiz zulmatga to‘ladi. Agarda ichingizdagi nur zulmat bo‘lsa, zimziyo zulmatda qolgan ekansiz.

24 Hech kim ikki xo‘jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon ko‘rib, boshqasini yaxshi ko‘radi, yoki biriga bag‘ishlanib, boshqasini mensimaydi. Sizlar ham Xudoga, ham boylikka birdek xizmat qila olmaysizlar.

Tirikchilik tashvishlari haqida

25 Shuning uchun sizlarga aytaman: tirikchiligingizdan xavotir olib, nima yeymiz, nima ichamiz, ustimizga nima kiyamiz, demanglar. Axir, hayot ovqatdan, tana esa kiyimdan muhimroq emasmi?! 26 Qushlarga qaranglar: ular na ekadi, na o‘radi, na omborga don yig‘adi. Shunga qaramay, osmondagi Otangiz ularning rizqini beradi. Sizlar esa ulardan ancha qadrlisizlar–ku! 27 Birontangiz tashvishlanib, umringizni bir lahzaga* bo‘lsa ham uzaytira olarmidingiz?! 28 Nega kiyim uchun tashvishlanasizlar? Nilufar gullarning qanday o‘sishiga e’tibor qiling: ular mehnat qilmaydi, ip yigirmaydi. 29 Ammo sizlarga aytamanki, hatto shoh Sulaymon* o‘zining shuhrat cho‘qqisida ham o‘sha gullarning birontasiday kiyinmagan. 30 Bugun bor, ertaga esa o‘choqqa tashlanadigan dala o‘tini Xudo shunday bezagan bo‘lsa, nahotki sizlarni kiyintirmasa, ey imoni sustlar?!

31 Shunday ekan, nima yeymiz, nima ichamiz, nima kiyamiz, deb tashvishlanib yurmanglar. 32 Butparastlar hadeb bu narsalarning tashvishida yuradilar. Lekin osmondagi Otangiz bularning hammasiga muhtoj ekaningizni biladi–ku! 33 Sizlar avvalo Xudoning Shohligi* va Uning irodasini bajarish payida bo‘linglar*, shunda qolgan hamma narsa sizga beriladi. 34 Xullas, ertangi kun uchun tashvish tortmanglar. Ertaning tashvishi ertaning o‘ziga tegishlidir. Har bir kunning g‘am–tashvishi o‘ziga yetadi.


7–BOB

Boshqalarni hukm qilmanglar

1 Boshqalarni hukm qilishni bas qilinglar, shunda Xudo ham sizlarni hukm qilmaydi. 2 Sizlar boshqalarni qanday hukm qilsangizlar, Xudo ham sizlarni xuddi shunday hukm qiladi. Sizlar boshqalarni hukm qilganda qanday o‘lchovdan foydalansangizlar, Xudo ham sizni hukm qilganda xuddi o‘shanday o‘lchovdan foydalanadi. 3 Nega sen birodaringning ko‘zidagi zirapchani ko‘rasan–u, o‘z ko‘zingdagi xodani sezmaysan? 4 O‘z ko‘zingda xoda bo‘la turib, qanday qilib birodaringga: «Kel, ko‘zingdagi zirapchani olib tashlay», deb aytasan? 5 Hoy, ikkiyuzlamachi! Oldin ko‘zingdagi xodani chiqarib ol, shunda ko‘zing tiniq ko‘radi va birodaringning ko‘zidan zirapchani chiqara olasan.

6 Muqaddas bo‘lgan narsani ko‘ppaklarga bermang, marvaridlaringizni cho‘chqalar oldiga tashlamang. Aks holda, ular muqaddas narsalaringizni oyoq osti qilib, o‘zingizni ham tilka–pora qiladilar!

Xudodan so‘ranglar

7 So‘rang, sizga beriladi. Izlang, topasizlar. Taqillating, eshik ochiladi. 8 Chunki so‘ragan har bir odam oladi, izlagan topadi, taqillatganga eshik ochiladi. 9 Orangizdan qaysi bir ota o‘g‘li non so‘raganda, unga non o‘rniga tosh beradi? 10 Yoki baliq so‘raganda, unga baliq o‘rniga ilon beradi? 11 Sizlar gunohkor bo‘la turib bolalaringizga yaxshi hadyalar bera olar ekansiz, osmondagi Otangiz ham Undan so‘raganlarga a’lo ne’matlar berishga qanchalar tayyor!

12 Odamlar sizlarga nima qilishlarini istasangiz, sizlar ham ularga o‘shani qilinglar.

Tavrot va payg‘ambarlar ta’limotining* mag‘zi shundadir.

Najot eshigi tordir

13 Tor eshikdan kiringlar! Chunki halokatga olib boradigan darvoza enli, yo‘li ham kengdir. Bu yo‘ldan yurayotganlar ko‘p. 14 Hayotga olib boradigan eshik esa juda tor, yo‘li ensizdir. Bu yo‘lni topadiganlar oz.

Daraxt va uning mevasi

15 Soxta payg‘ambarlardan ehtiyot bo‘linglar! Ular sizning oldingizga qo‘y po‘stinida keladilar, lekin ichlaridan yirtqich bo‘rilardir. 16 Ularning kimligini qilgan ishlaridan bilib olasiz. Axir, tikanzordan uzumni, yantoqdan anjirni terib bo‘lmaydi–ku! 17 Har bir yaxshi daraxt yaxshi meva beradi, yomon daraxt esa yomon meva beradi. 18 Yaxshi daraxt yomon meva berolmaydi, yomon daraxt ham yaxshi meva berolmaydi. 19 Yaxshi meva bermaydigan har bir daraxt esa kesilib, olovga tashlanadi. 20 Shunday qilib, soxta payg‘ambarlarni mevalaridan bilib olasiz.

21 Meni «Yo Rabbiy, yo Rabbiy!» deb chaqirgan har kim Osmon Shohligiga kiravermaydi. U yerga faqat osmondagi Otamning irodasini bajargan odamlargina kiradi. 22 Qiyomat kunida ko‘plar Menga shunday deydilar: «Yo Rabbiy, yo Rabbiy, biz Sening noming bilan va’z qilgan edik! Sening noming bilan jinlarni quvib chiqargandik! Sening noming bilan ko‘p mo‘jizalar qilgan edik–ku!» 23 Men esa ularga deyman: «Men sizlarni aslo tanimayman! Yo‘qolinglar, ey badkirdorlar!»

Dono va ahmoq binokor

24 Kim Mening bu so‘zlarimni eshitib, ularga amal qilsa, uyini tosh ustiga qurgan dono odamga o‘xshaydi. 25 Yomg‘ir yog‘ib, sellar toshib, shamollar esib, o‘sha uyni bosib qolibdi. Lekin tosh ustiga o‘rnatilgani uchun uy qulamabdi. 26 Biroq kim Mening bu so‘zlarimni eshitib, ularga amal qilmasa, o‘z uyini qum ustiga qurgan ahmoq odamga o‘xshaydi. 27 Yomg‘ir yog‘ib, sellar toshib, shamollar esib, o‘sha uyni bosib qolibdi. Uy qulab, butunlay vayron bo‘libdi!”


28 Iso bu gaplarini aytib bo‘lgandan keyin, olomon Uning ta’limotidan hayratga tushdi. 29 Chunki Iso Tavrot tafsirchilariday* emas*, balki hokimiyat egasi kabi ta’lim berar edi.

8–BOB

Teri kasalligiga chalingan odamni Iso sog‘aytiradi

1 Iso tog‘dan tushganda katta bir olomon Uning orqasidan ergashdi. 2 Shu orada teri kasalligiga* chalingan bir odam Isoning oldiga keldi. U tiz cho‘kib, dedi:

Iso ko‘p odamlarga shifo beradi

14 Iso Butrusning uyiga kelganda, uning qaynanasi isitmalab, to‘shakda yotganini ko‘rdi. 15 Iso uning qo‘liga tegishi bilan isitmasi tushdi. Ayol turib, Unga xizmat qildi.

16 Kech kirganda* Isoning oldiga jin chalgan ko‘plab odamlarni olib kelishdi. U so‘z bilan jinlarni quvib chiqardi, xasta odamlarning hammasiga shifo berdi. 17 Shu tariqa Ishayo payg‘ambarning quyidagi aytgan so‘zi bajo bo‘ldi:


“Dardlarimizni U O‘ziga oldi, Og‘riqlarimizdan bizni forig‘ qildi.”*

Isoga ergashish shartlari

18 Iso atrofida bir talay olomonni ko‘rib, shogirdlariga ko‘lning narigi tomoniga* o‘tishni buyurdi. 19 Shu payt Isoning oldiga Tavrot tafsirchisi kelib dedi:

“Gunohlaring kechirildi!” deb aytishmi, yoki: “O‘rningdan turib yur!” deb aytishmi?

6 Inson O‘g‘liga yer yuzida gunohlarni kechirish hokimiyati berilgan. Hozir shuni bilib

olasizlar.

Iso shunday dedi–yu, sholga:

Odamlar Isoning ustidan kulishdi. 25 Olomon tashqariga chiqarilgandan so‘ng Iso ichkariga kirib, qizchaning qo‘lidan ushladi. Qizcha o‘rnidan turib ketdi. 26 Bu xabar butun atrofga yoyildi.

Iso ikkita ko‘r odamga shifo beradi

27 Iso u yerdan jo‘nab ketayotganda, ikki ko‘r Uning orqasidan ergashgancha dod

solib:


10–BOB

Iso o‘n ikki havoriyni xizmatga yuboradi

1 Iso O‘zining o‘n ikki havoriysini yoniga chaqirib, ularga yovuz ruhlarni quvib chiqarish va har qanday dardu xastaliklarni sog‘aytirish qudratini berdi. 2 Bu o‘n ikki havoriyning ismlari quyidagichadir: birinchisi Butrus deb atalgan Shimo‘n, uning ukasi Endrus, Zabadiyoning o‘g‘illari Yoqub va Yuhanno, 3 Filip, Bartolomey, To‘ma, soliqchi* Matto, Xalfey o‘g‘li Yoqub, Taddeyus*, 4 vatanparvar* Shimo‘n va Isoga xoinlik qilgan Yahudo Ishqariyot.

5 Iso o‘n ikki havoriyni jo‘natayotib, ularga quyidagicha ko‘rsatmalar berdi: “G‘ayriyahudiylar yashaydigan joylarga oyoq bosmanglar, Samariyaliklarning*

shaharlariga kirmanglar. 6 Aksincha, adashgan qo‘ylarga o‘xshagan Isroil xalqi oldiga

boringlar. 7 Borganlaringizda: «Osmon Shohligi yaqinlashdi», deb e’lon qilinglar. 8 Xastalarni sog‘aytiringlar, o‘liklarni tiriltiringlar, teri kasalligiga* chalinganlarni poklanglar, jinlarni quvib chiqaringlar. Tekin oldingizlar, tekin beringlar.

9 Belbog‘laringizga oltin, kumush, hatto mis chaqa ham qistirib olmanglar. 10 Yo‘lga to‘rva ham, qo‘shimcha kiyim ham, choriq ham, hassa ham olmanglar. Chunki mehnatkash o‘zining non–nasibasiga munosibdir.

11 Qaysi shahar yoki qishloqqa kirsangiz, u yerda o‘zingizga munosib odamni topib, ketguningizcha o‘sha odamning uyida turinglar. 12 Uyga kirganingizda: «Xonadoningizda tinchlik–omonlik bo‘lsin», deb aytinglar. 13 Agar u munosib xonadon bo‘lsa, siz tilagan tinchlik o‘sha xonadonda qoladi. Agarda nomunosib bo‘lsa, tilagan tinchligingiz o‘zingizga qaytib keladi. 14 Agar kim sizni qabul qilmasa va so‘zlaringizga quloq solmasa, o‘sha uydan yoki shahardan chiqib ketayotganingizda oyoqlaringizdagi changni qoqib ketinglar*. 15 Sizga chinini aytaman: qiyomat kunida o‘sha shaharning holi Sado‘m va G‘amo‘ra shaharlarining* holidan ham battar bo‘ladi.

Kelajakdagi mashaqqatlar

16 Men sizlarni bo‘rilar orasiga qo‘ylarday yuboryapman. Sizlar ilonday ziyrak, kaptarday oq ko‘ngil bo‘linglar. 17 Insonlardan ehtiyot bo‘linglar. Chunki ular sizlarni mahkamalarga topshirib, sinagogalarda kaltaklaydilar. 18 Men tufayli sizlarni hokimlar va shohlar huzuriga olib boradilar, sizlar esa ularga va g‘ayriyahudiylarga Men haqimdagi Xushxabarni aytasizlar. 19 Sizlarni mahkamaga olib borishganda: «Qanday gapiramiz, nima aytamiz», deb xavotir olmanglar. Nima aytishingiz o‘sha vaqtda sizlarga bildiriladi. 20 O‘shanda sizlar emas, balki Otangiz Xudoning Ruhi sizlar orqali gapiradi.

21 Aka ukasini, ota bolasini o‘limga topshiradi. Bolalar o‘z ota–onalariga qarshi chiqib, ularni o‘ldirtiradilar. 22 Mening nomim tufayli hamma sizlardan nafratlanadi. Lekin oxirigacha bardosh bergan najot topadi. 23 Agar sizlarni bir shaharda quvg‘in qilsalar, boshqasiga qochib boringlar. Sizlarga chinini aytayin: sizlar Isroilning shaharlarini aylanib chiqishga ulgurmasingizdan, Inson O‘g‘li keladi.

24 Shogird ustozidan ustun emas, qul ham o‘zining xo‘jayinidan ustun emas.

25 Shogird ustoziday, qul xo‘jayiniday bo‘lsa kifoya. Agar uy egasini Baalzabul, ya’ni ins–

jinslar hukmdori* deb atagan bo‘lishsa, uy ahlini undan battar nom bilan atashadi!

Qo‘rqish va qo‘rqmaslik haqida

26 Shunday bo‘lsa–da, odamlardan qo‘rqmanglar! Axir, har qanday yashirin narsa ma’lum bo‘ladi, har qanday sir ochiladi. 27 Sizga qorong‘ida gapirayotganlarimni yorug‘da aytinglar. Qulog‘ingizga shivirlab aytganlarimni uylarning tomi ustidan baqirib, e’lon qilinglar. 28 Tanani o‘ldirib, jonni o‘ldira olmaydiganlardan qo‘rqmanglar. Xudodan qo‘rqinglar! Chunki U jonni ham, tanani ham do‘zaxda halok etishga qodir.

29 Ikkita chumchuq bir tangaga* sotiladi, shunday emasmi? Biroq bularning birontasi ham osmondagi Otangizning xohishisiz yerga tushmaydi. 30 Sizlarning esa hatto boshingizdagi har bir tola sochingiz sanalgan. 31 Shuning uchun qo‘rqmanglar, sizlar ko‘plab chumchuqlardan qadrliroqsizlar.

Isoga loyiq bo‘lish haqida

32 Kim Meni insonlar oldida tan olsa, Men ham osmondagi Otamning oldida uni tan olaman. 33 Ammo kim insonlar oldida Meni rad etsa, Men ham osmondagi Otamning

oldida uni rad etaman.

34 Meni yer yuziga tinchlik olib kelgan, deb o‘ylamanglar. Men tinchlik emas, qilich olib kelganman. 35 O‘g‘ilni otasidan, qizni onasidan, kelinni qaynanasidan ajratish uchun kelganman. 36 Insonning dushmanlari o‘z uyidagilari bo‘ladi*. 37 Kimki otasini yoki onasini Mendan ortiq sevsa, Menga loyiq emas. Kimki o‘g‘lini yoki qizini Mendan ortiq sevsa, Menga loyiq emas. 38 Kimki o‘z xochini olib*, ortimdan yurmasa, Menga loyiq emas. 39 O‘z jonini ayamoqchi bo‘lgan uni yo‘qotadi. Men uchun jonini bergan esa, uni asrab qoladi.

40 Sizni qabul qilgan odam Meni qabul qilgan bo‘ladi. Meni qabul qilgan esa Meni Yuborganni qabul qilgan bo‘ladi. 41 Kimki payg‘ambarni payg‘ambar bo‘lgani uchun qabul qilsa, payg‘ambarga munosib mukofotni oladi. Kimki solih odamni solih bo‘lgani uchun qabul qilsa, solihga munosib mukofotni oladi. 42 Agar siz shogirdlarimning eng kichigiga u Mening shogirdim bo‘lgani uchun bir piyola sovuq suv bersangiz, albatta mukofotingizni olasiz, deb sizga chinini aytaman.”


11–BOB

Iso Masih va Yahyo cho‘mdiruvchi

1 Iso o‘n ikki shogirdiga ko‘rsatmalarni berib bo‘lgandan keyin, yaqin atrofdagi shaharlarda ta’lim berish va va’z aytish uchun ketdi. 2 Yahyo bu paytda zindonda edi*, u Isoning qilayotgan ishlarini eshitib, shogirdlarini* Isoning oldiga 3 shunday savol bilan yubordi: “Keladigan Zot Sizmisiz, yoki biz boshqasini kutaylikmi?”

4 Iso Yahyoning shogirdlariga shunday javob berdi:

— Boringlar, ko‘rib eshitayotganlaringizni Yahyoga aytinglar: 5 ko‘rlar ko‘rmoqda, cho‘loqlar yurmoqda, teri kasalligiga* chalinganlar tuzalmoqda, karlar eshitmoqda, o‘liklar tirilmoqda, yo‘qsillar Xushxabarni eshitmoqda. 6 Mendan yuz o‘girmaganlar naqadar baxtlidir!

7 Yahyoning shogirdlari ketayotganlarida, Iso olomonga Yahyo haqida gapira boshladi: “Sahroga nimani ko‘rgani bordingizlar? Shamolda hilpirab turgan qamishnimi? 8 Xo‘sh, nimani ko‘rgani bordingizlar? Bashang kiyingan odamnimi? Bashang kiyinganlar shoh saroyida bo‘ladi–ku! 9 Unday bo‘lsa, nimani ko‘rgani bordingizlar? Payg‘ambarnimi? Ha, sizlarga shuni aytay: sizlar payg‘ambardan ham ulug‘ini ko‘rdingizlar! 10 U haqda shunday yozilgan:


«Mana, Sendan oldin Men O‘z elchimni yuboryapman, U Sen uchun yo‘lni hozirlaydi.»*


11 Sizlarga chinini aytay: butun inson zoti orasida Yahyo cho‘mdiruvchidan ulug‘i yo‘q. Ammo Osmon Shohligida eng kichik hisoblangan odam ham undan ulug‘roqdir. 12 Yahyo cho‘mdiruvchi davridan shu kungacha odamlar Osmon Shohligiga shafqatsiz

hujum qilmoqdalar. Zo‘ravonlar Osmon Shohligini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqdalar. 13 Yahyo cho‘mdiruvchidan oldin o‘tgan hamma payg‘ambarlarning bitiklarida va Tavrot kitobida* Osmon Shohligi haqida bashorat qilingan. 14 Agar bu bashoratlarga ishonishni istasangizlar, Yahyo — kelishi bashorat qilingan Ilyosdir*. 15 Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!

16 Bu naslni kimga qiyoslasam bo‘ladi? Ular bolalarga o‘xshaydilar, maydonda o‘tirib

olib, shunday deya bir–birlariga baqiradilar:


17 «Sizlar uchun nay chaldik, ammo raqsga tushmadingiz, Biz oh–voh qildik, ammo sizlar qayg‘urmadingiz.»


18 Yahyo kelganda, u na yedi, na ichdi, shuning uchun hamma: «Uni jin uribdi», deydilar. 19 Inson O‘g‘li kelganda esa ham yedi, ham ichdi. Ammo Uni: «Yebto‘ymas, sharobxo‘r, soliqchilar* va gunohkorlarning do‘sti», deydilar. Ammo bilib qo‘yinglar: donolik to‘g‘ri ekanligi o‘z natijasidan ayon*.”

Gunohkor shaharlarning holiga voy

20 Iso ba’zi shaharlarda ko‘p mo‘jizalar ko‘rsatgandi, ammo xalq o‘z gunohlari uchun tavba qilmadi. Iso o‘sha shaharlar aholisiga ta’na qildi: 21 “Sening holingga voy, ey Xorazin! Sening holingga voy, ey Baytsayda! Agar sizlarda qilingan mo‘jizalar Tir bilan Sidon shaharlarida* qilinganda edi, ular allaqachon qanorga o‘ranib, boshlariga kul sochib*, tavba qilgan bo‘lardilar. 22 Biroq sizlarga aytayin: qiyomat kunida sizning holingiz Tir va Sidonning holidan battar bo‘ladi. 23 Ey Kafarnahum! Xudo seni ko‘klarga ko‘taradi deb o‘ylaysanmi?! Yo‘q, U seni tubsiz chuqurlikka uloqtiradi! Agar senda yuz bergan mo‘jizalar Sado‘mda* bo‘lganda edi, u shahar shu kungacha saqlanib qolgan bo‘lar edi. 24 Biroq senga aytayin: qiyomat kunida sening holing Sado‘m shahrining holidan battar bo‘ladi.”

Holdan toyganlarga orom va’dasi

25 O‘sha vaqtda Iso yana shunday dedi: “Ey Ota, yeru osmonning Egasi! Sen bu ishlarni donolaru idroklilardan yashirib, go‘daklarga ma’lum etganing uchun Senga shukurlar aytaman. 26 Ha, Ota, bu Sening ezgu xohishing edi.

27 Otam hamma narsani Mening ixtiyorimga topshirgan. O‘g‘ilni Otadan boshqa hech kim bilmaydi. Otani ham O‘g‘ildan boshqa va O‘g‘il ayon qilishni istagan odamdan boshqa hech kim bilmaydi.

28 Ey holdan toyganlar, og‘ir yuk ostida qolganlar, hammalaringiz Mening oldimga kelinglar! Men sizlarga orom beraman. 29 Mening bo‘yinturug‘imni* taqib olinglar, Mendan o‘rganinglar. Chunki Men yumshoq ko‘ngil va kamtarinman. Shunda sizlarning jonlaringiz orom topadi. 30 Axir, Mening bo‘yinturug‘im qulay, yukim yengildir.”


12–BOB

Shabbat kuniga rioya qilish haqida

1 Oradan ko‘p o‘tmay Iso Shabbat kuni bug‘doyzordan o‘tib borayotgan edi. Och qolgan shogirdlari boshoqlardan uzib, donlarini yeyardilar*. 2 Farziylar buni ko‘rib, Isoga:

Iso — Egamiz tanlagan Qul

Iso farziylarning bu niyatini bilib, u yerdan ketdi. 15 Bir talay olomon Isoga ergashdi. U xastalarning hammasiga shifo berib, 16 “Mening kimligimni aytmanglar!” deb ularga buyurardi. 17 Shu tariqa Ishayo payg‘ambarning aytgan quyidagi so‘zlari bajo bo‘ldi:


18 “Mana Mening Qulim, O‘zim Uni tanlab olganman.

U ko‘nglimni mamnun etgan Suyukligimdir. Men Unga O‘z Ruhimni beraman,

U adolatni elatlarga e’lon qiladi.

19 Janjallashmaydi, baqirmaydi,

Ko‘chalarda hech kim Uning ovozini eshitmaydi.

20 U ezilgan qamishni sindirmaydi, Tutayotgan pilikni o‘chirmaydi, Qat’iyat bilan adolat o‘rnatadi.

21 Elatlar Uning ismiga umid bog‘laydi.”*

Iso va shayton

22 Shundan keyin Isoning oldiga jin chalgan bir odamni olib kelishdi. U ham ko‘r, ham soqov edi. Iso unga shifo bergach, u gapiradigan va ko‘radigan bo‘ldi. 23 Butun xalq hayratda qolib: “Bu Dovudning O‘g‘li* emasmikan?!” derdi. 24 Bu voqeani eshitgan farziylar esa shunday dedilar: “U ins–jinslar hukmdori Baalzabulning* kuchi bilan jinlarni quvib chiqaryapti.”

25 Iso ularning nima haqida o‘ylayotganini bilib turardi. U shunday dedi: “Nizo tufayli o‘z ichidan bo‘linib ketgan har bir shohlik xarob bo‘ladi, nizo tufayli bo‘lingan shahar ham, xonadon ham barbod bo‘ladi. 26 Agar shayton shaytonni quvib chiqarsa, uning shohligi o‘zaro bo‘lingan bo‘ladi. Bunday shohlik qanday tura oladi?! 27 Agar Men jinlarni Baalzabulning kuchi bilan quvib chiqarayotgan bo‘lsam, u holda o‘z sheriklaringiz kimning kuchi bilan jinlarni quvib chiqarishyapti? Shu sababdan ham ular sizlarni hukm qiladi. 28 Agar Men jinlarni Xudoning Ruhi bilan quvayotgan bo‘lsam, demak, Uning Shohligi sizlarga ham kelgan.

29 Kim kuchli odamning uyiga bostirib kirib, uning mol–mulkini talon–taroj qila oladi? Avval u uyning egasini bog‘lab qo‘yishi kerak, keyingina uyini talon–taroj qila oladi. 30 Kim Men tomonda bo‘lmasa, Menga qarshidir. Kim Men bilan birga yig‘masa, sochadi.

31 Shuning uchun sizlarga aytaman: insonlarning har qanday gunohi va kufrligi kechiriladi. Lekin Muqaddas Ruhga kufrlik qilganlar* kechirilmaydi. 32 Kim Inson O‘g‘liga qarshi so‘z aytsa, kechiriladi. Lekin kim Muqaddas Ruhga qarshi so‘z aytsa, ikki dunyoda ham kechirilmaydi.

33 Yaxshi daraxt yaxshi meva beradi, yomon daraxt esa yomon meva beradi. Har bir daraxtning qandayligini mevasidan bilsa bo‘ladi. 34 Voy ilonlar zoti! Sizlar yovuz bo‘la turib, yaxshi narsa gapira olarmidingiz?! Axir, odamning dili nimaga to‘lib–toshsa, o‘sha tiliga chiqadi! 35 Yaxshi odam yuragining ezgulik xazinasidan yaxshilik chiqaradi, yomon odam yuragining yomonlik xazinasidan yomonlik chiqaradi. 36 Yana shuni aytib qo‘yay: sizlar aytadigan har bir bema’ni so‘zingiz uchun qiyomat kunida hisob berasizlar.

37 Sizlar o‘z so‘zlaringiz asosida yo oqlanasizlar, yoki ayblanasizlar.”

Yunus payg‘ambarning alomati

38 Shunda Tavrot tafsirchilari va farziylardan ba’zilari Isoga: “Ustoz, bizga bir alomat ko‘rsatishingizni xohlar edik”, dedilar.

39 Iso ularga javoban dedi: “Bu qabih va bevafo nasl alomat so‘rayapti, ammo ularga Yunus payg‘ambarning alomatidan* boshqa alomat berilmaydi. 40 Yunus uch kechayu kunduz nahang baliqning qornida bo‘lganiday, Inson O‘g‘li ham uch kechayu kunduz yer bag‘rida bo‘ladi. 41 Naynavo* aholisi qiyomat kunida o‘rnidan turib, bu naslni mahkum etadi. Chunki Naynavoliklar Yunusning va’zidan keyin tavba qilganlar. Bu yerda esa Yunusdan ham buyukroq bir Zot turibdi! 42 Janub malikasi* qiyomat kunida o‘rnidan turib, bu naslning odamlarini mahkum etadi. Chunki Sulaymonning dono ta’limotini tinglagani malika dunyoning u chetidan kelgan edi. Bu yerda esa Sulaymondan ham buyukroq bir Zot turibdi!

43 Yovuz ruh insondan chiqqandan keyin, huzur–halovat izlab, suvsiz yerlarni kezadi, lekin topmaydi. 44 So‘ng: «Chiqqan uyimga qaytib boraman», deydi. Uyiga kelganda, uyni kimsasiz, supurilgan va yig‘ishtirilgan holda ko‘radi. 45 Shunda borib, o‘zidan ham yovuzroq boshqa yetti ruhni ergashtirib keladi va ular bilan uyga kirib, joylashib oladi. Oxir–oqibat o‘sha odamning ahvoli oldingidan ham battar bo‘ladi. Bu yovuz nasl ham xuddi o‘sha ko‘yga tushadi.”

Isoning onasi va ukalari

46 Iso olomonga gapirayotganda, onasi bilan ukalari Uni tashqarida kutib turgan edilar. Ular Iso bilan gaplashmoqchi edilar. 47 Kimdir Isoga dedi:

keltirganlar Mening ukam, singlim va onam bo‘ladi.

13–BOB

Urug‘ sepuvchi haqida masal

1 O‘sha kuni Iso uydan chiqib, ko‘l bo‘yiga borib o‘tirdi. 2 Uning atrofida shu qadar ko‘p olomon to‘plandiki, U qayiqqa tushib, o‘tirishga majbur bo‘ldi. Olomon esa ko‘l qirg‘og‘ida turardi. 3 Iso masal orqali xalqqa ko‘p narsalarni o‘rgatdi: “Quloq solinglar! Bir dehqon urug‘ sepgani chiqibdi. 4 U urug‘ sepayotganda ba’zi urug‘lar so‘qmoq yo‘l ustiga tushibdi. Qushlar uchib kelib, urug‘larni cho‘qib ketibdi. 5 Ba’zi urug‘lar tuprog‘i kam toshloqqa tushibdi. Tuproq kam bo‘lgani uchun urug‘lar tez ko‘karib chiqibdi.

6 Biroq quyosh chiqqach, qovjirab, ildizi bo‘lmagani uchun so‘lib qolibdi. 7 Boshqa urug‘lar tikanlar orasiga tushibdi. Tikanlar o‘sib, urug‘larni bo‘g‘ib qo‘yibdi. 8 Yana boshqa urug‘lar esa yaxshi tuproqqa tushibdi. Ba’zilari yuz, ba’zilari oltmish, ba’zilari esa o‘ttiz barobar ko‘p hosil beribdi. 9 Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!”

Masallarning maqsadi

10 Shundan keyin shogirdlar kelib, Isodan so‘radilar:

— Nega odamlarga masallar bilan gapiryapsiz?

11 U shunday javob berdi: “Osmon Shohligining sirlarini bilish ularga emas, sizlarga berilgan. 12 Zero, kimda bor bo‘lsa, unga yana beriladi va unda mo‘l–ko‘lchilik bo‘ladi. Ammo kimda yo‘q bo‘lsa, bori ham tortib olinadi. 13 Odamlarga masallar bilan gapirayotganimning sababi shuki, ular qarab turib ko‘rmaydilar, quloq solib turib, eshitmaydilar va anglamaydilar. 14 Ishayoning bashorati ularda bajo bo‘lgan:


«Sizlar tinglab turasiz–u, lekin hech tushunmaysiz, Qarab turasiz–u, ammo hech anglab yetmaysiz.

15 Zero, bu xalqning aqli o‘tmas bo‘lib qoldi, Quloqlari garang bo‘ldi,

Ko‘zlarini yumib olishdi.

Aks holda, ko‘zlari ko‘rgan bo‘lardi, Aks holda, quloqlari eshitgan bo‘lardi, Aqllari anglagan bo‘lardi,

Yana Menga qaytgan bo‘lishardi,

Men ularga shifo bergan bo‘lardim.»*


16 Sizlar esa nihoyatda baxtlisizlar! Axir, sizlarning ko‘zlaringiz ko‘radi, quloqlaringiz eshitadi. 17 Sizlarga chinini aytay: qanchadan–qancha payg‘ambarlar, qanchadan– qancha solih odamlar siz ko‘rganlarni ko‘rishni istaganlar, ammo ko‘rmaganlar. Sizlar eshitganlaringizni eshitishni ular istaganlar, ammo eshitmaganlar.

Urug‘ sepuvchi haqidagi masalning ma’nosi

18 Urug‘ sepuvchi haqidagi masalning ma’nosini anglab olinglar. 19 Osmon Shohligi to‘g‘risidagi kalomni eshitgan, ammo tushunib olmagan odamga yovuz shayton kelib, uning yuragiga ekilgan kalomni o‘g‘irlab ketadi. So‘qmoq yo‘l ustiga tushgan urug‘lar ana shularga ishoradir. 20 Toshloq yerga sepilgan urug‘lar esa shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitganda, uni darrov sevinch bilan qabul qiladilar. 21 Lekin ularning ildizi bo‘lmagani uchun uzoq vaqtga chidamaydilar. Kalom tufayli qiyinchilik yoki quvg‘inga duchor bo‘lishsa, darrov chekinadilar. 22 Tikanlar orasiga sepilgan

urug‘lar shunday odamlarni bildiradiki, ular Xudoning kalomini eshitadilar, lekin dunyoning tashvishlari va boylikka o‘chlik kalomni bo‘g‘ib qo‘yadi, kalom esa samarasiz qoladi. 23 Yaxshi tuproqqa sepilgan urug‘lar esa shunday odamlarni bildiradi: ular kalomni eshitib, uning ma’nosini tushunib oladilar. Ularning ba’zilari yuz barobar, ba’zilari oltmish barobar va ba’zilari o‘ttiz barobar mo‘l hosil beradilar.”

Begona o‘t haqida masal

24 Iso ularga boshqa bir masal aytib berdi: “Osmon Shohligini o‘z dalasiga yaxshi urug‘ sepgan bir odamning vaziyatiga o‘xshatsa bo‘ladi. 25 Hamma uxlab yotganda, dushman kelib, bug‘doyzorga begona o‘t urug‘ini sepib ketibdi. 26 Bug‘doy o‘sib, boshoqlay boshlaganda, begona o‘tlar ham o‘sib chiqibdi. 27 Xizmatkorlar kelib, xo‘jayiniga aytibdilar:

29 — Yo‘q, — debdi u, — sizlar begona o‘tlarni yulayotganlaringizda, bug‘doyni ham qo‘shib yulib olishingiz mumkin. 30 Mayli, o‘rim–yig‘im paytigacha bug‘doy bilan birga begona o‘tlar ham o‘saversin. Payti kelganda o‘roqchilarga: “Avval begona o‘tlarni yig‘ishtirib, bog‘langlar–da, yoqib yuboringlar, keyin bug‘doyni yig‘ishtirib, omborxonamga joylanglar”, deyman.”

Xantal urug‘i haqida masal

31 Iso ularga yana boshqa bir masalni aytib berdi: “Osmon Shohligi bir odam o‘z bog‘iga sepgan xantal urug‘iga* o‘xshaydi. 32 Xantal urug‘larning eng maydasi bo‘lsa–da, o‘sib chiqqanda, hamma ko‘katlardan baland bo‘ladi. U shunday daraxt bo‘ladiki, qushlar uning shoxlariga uya quradi.”

Xamirturush haqida masal

33 Iso ularga boshqa bir masalni ham aytib berdi: “Osmon Shohligi xamirturushga o‘xshaydi. Ayol bir bo‘lak xamirturushni bir tog‘ora* unga qorsa ham, hamma xamir oshadi.”

34 Iso bularning hammasini olomonga masallar bilan gapirdi. Ularga hech narsa to‘g‘risida masalsiz gapirmasdi. 35 Shunday qilib, payg‘ambarning quyidagi so‘zlari bajo bo‘ldi:


“Og‘zimni masalga ochaman,

Dunyo yaratilgandan beri sir saqlanganlarni

Sizga e’lon qilaman.”*

Begona o‘t haqidagi masalning ma’nosi

36 Shundan keyin Iso olomon oldidan ketib, uyga kirdi. Shogirdlari Isoning oldiga kelib:

— Begona o‘tlar haqidagi masalni bizga tushuntirib bering, — dedilar. 37 Iso shunday javob berdi: “Yaxshi urug‘ sepuvchi Inson O‘g‘lidir. 38 Dala olamdir, yaxshi urug‘lar — Osmon Shohligining odamlari, begona o‘tlar esa yovuz shaytonning odamlaridir.

39 Begona o‘tlarni sepgan dushman — iblis, o‘rim–yig‘im — oxirzamon, o‘roqchilar esa

farishtalardir. 40 Begona o‘tlarni yig‘ishtirib, olovda yoqishganday, oxirzamonda ham xuddi shunday voqea yuz beradi. 41 Inson O‘g‘li O‘z farishtalarini yuboradi. Farishtalar Uning Shohligidan gunohga undagan hammani va barcha badkirdorlarni yig‘ib oladilar. 42 Ularni lovullab turgan o‘choqqa tashlaydilar. Badkirdorlar u yerda qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadilar. 43 Shunda solihlar o‘z Otalarining Shohligida quyosh kabi porlaydilar. Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!

Yashirilgan xazina haqida masal

44 Osmon Shohligi dalada yashirilgan xazinaga o‘xshaydi. Bir odam uni topib olibdi.

Uni yana yashirib, xursand bo‘lganidan bor–yo‘g‘ini sotib, u dalani xarid qilibdi.

Qimmatbaho marvarid haqida masal

45 Osmon Shohligi nodir marvarid izlayotgan bir savdogarga o‘xshaydi. 46 Savdogar qimmatbaho marvaridni topganda, bor–yo‘g‘ini sotib, marvaridni xarid qilibdi.

To‘r haqida masal

47 Osmon Shohligi baliqchilar dengizga tashlagan to‘rga o‘xshaydi. To‘rga turli xil baliqlar tutilibdi. 48 To‘r to‘lgach, baliqchilar uni qirg‘oqqa tortib chiqarishibdi va o‘tirib, yaxshi baliqlarni savatlarga solishibdi, yomonlarini esa tashlab yuborishibdi.

49 Oxirzamonda ham xuddi shunday bo‘ladi: farishtalar kelib, fosiqlarni solihlar orasidan ajratib olib, 50 lovullagan o‘choqqa tashlaydilar. O‘choqqa tushganlar qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadilar.”

51 Iso shogirdlaridan so‘radi:

omboridan ham yangi, ham eski narsalarni olib chiqayotgan uy egasiga o‘xshaydi.

Iso O‘z yurtida rad etiladi

53 Iso bu masallarni aytib bo‘lgach, u yerdan ketdi. 54 U ona shahriga* kelib,

sinagogada odamlarga ta’lim berdi. Odamlar esa hayratga tushib dedilar:

58 Odamlarning ishonchsizligi tufayli, Iso u yerda hech qanday mo‘jiza ko‘rsatmadi.


14–BOB

Yahyo cho‘mdiruvchining o‘limi

1 Shu orada viloyat hukmdori* Hirod* Iso to‘g‘risidagi xabarlarni eshitib,

2 amaldorlariga dedi: “Bu Yahyo cho‘mdiruvchi ekanligi aniq! U tirilib kelgan, shuning uchun mo‘jizalar ko‘rsatish qudratiga ega.”

3 Uning bu gapni aytishiga sabab shu edi: bundan ancha vaqt oldin Hirod Yahyoni hibsga olgandi. U o‘z ukasi Filipning xotini Hirodiya dastidan Yahyoni kishanlab, zindonga tashlagan edi. 4 Chunki Yahyo unga: “Bu xotin bilan yashashingiz qonunga zid”,

deb aytar edi. 5 Hirod Yahyoni o‘ldirishni xohlagan bo‘lsa–da, xalqdan qo‘rqqan edi.

Chunki odamlar Yahyoni payg‘ambar deb bilishardi.

6 Hirodning tug‘ilgan kuni bo‘lganda, Hirodiyaning qizi o‘rtaga chiqib raqsga tushdi.

Qizning raqsi Hirodga shunchalik yoqdiki, 7 Hirod unga:

34 Ular ko‘ldan suzib o‘tib*, Genisaret* o‘lkasiga keldilar. 35 U yerdagi odamlar Isoni tanidilar va atrofga xabar yuborib, hamma xastalarni Isoning oldiga olib keldilar.

36 Xastalar Isodan: “Hech bo‘lmasa kiyimingizning etagiga qo‘l tekkizaylik”, deb iltimos qilishardi. Unga qo‘l tekkizganlarning hammasi shifo topishardi.


15–BOB

Diniy urf–odatlar va Xudoning amri

1 Quddusdan farziylar va Tavrot tafsirchilari Isoning oldida kelib, shunday dedilar:

2 — Nega Sizning shogirdlaringiz ota–bobolarimizning urf–odatlariga amal

qilmayaptilar? Nega ovqatlanishdan oldin qo‘llarini yuvmaydilar?*

3 Iso ularga javob berib dedi:

— O‘zlaringiz–chi? Nega o‘z urf–odatingizni deb, Xudoning amrini buzib yuribsizlar? 4 Xudo: “Ota–onangizni hurmat qiling. Otasini yoki onasini xo‘rlagan har qanday odamga o‘lim jazosi berilsin”*, deb aytgan. 5 Ammo sizlar shunday ta’lim berasizlar: odam o‘z otasi yoki onasiga: “Farzandlik burchim — Xudoga in’om qilingan, — desa, 6 — u ota– onasini hurmat qilmasa ham bo‘ladi.” Shu tariqa sizlar o‘z ta’limotingiz bilan Xudoning kalomini bekor qilyapsizlar. 7 Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Ishayo payg‘ambar siz haqingizda to‘g‘ri aytgan:


8 “Xudo aytdi:

«Bu xalq Meni tilidagina izzat qiladi*, Yuraklari esa Mendan uzoqdir.

9 Ular Menga sajda qiladilar, Ammo sajdalari behudadir.

Chunki ular inson yaratgan qoidalarni Ilohiy qonun deb o‘rgatadilar.»”*

Insonni nima harom qiladi?

10 Keyin Iso xalqni yoniga chaqirib, dedi:

35 Shundan keyin Iso xalqqa yerga o‘tirishni buyurdi. 36 Yettita non va baliqlarni olib, shukrona duosini o‘qidi. Non va baliqlarni sindirib, tarqatish uchun shogirdlariga berdi. Shogirdlar xalqqa tarqatishdi. 37 Hamma yeb to‘ydi. Ortib qolgan non burdalarini yig‘ishganda, to‘la yetti savat chiqdi. 38 Bolalar bilan ayollarni hisobga olmaganda, non yeganlarning soni to‘rt mingta edi. 39 Shundan keyin Iso odamlarga ketishga ijozat berdi,

O‘zi esa qayiqqa o‘tirib, Magadan* hududiga yo‘l oldi.


16–BOB

Farziylar va sadduqiylar Isodan alomat so‘rashadi

1 Farziy va sadduqiy mazhabidagilar Isoning oldiga kelib, Uni sinab ko‘rish

maqsadida:

— Bizga bir mo‘jizali alomat ko‘rsating. Shunda Sizni Xudo yuborganini tan olamiz,

9 O‘shanda sizlarni qiynash va o‘ldirish uchun tutib beradilar. Mening nomim tufayli hamma xalqlar sizlardan nafratlanadi. 10 Shunda ko‘plar imondan qaytadi, ular bir– birini sotib, bir–biridan nafratlanadi. 11 Ko‘p soxta payg‘ambarlar paydo bo‘ladi, ular ko‘plarni yo‘ldan uradi. 12 Yomonlik ko‘paygani uchun odamlar orasida mehr–oqibat yo‘qoladi. 13 Lekin oxirigacha bardosh bergan najot topadi. 14 Osmon Shohligi to‘g‘risidagi Xushxabar butun dunyo bo‘ylab va’z qilinadi, hamma xalqlar uni eshitadi. Shundagina oxirzamon keladi.

Buyuk musibat va Isoning kelishi

15 Doniyor payg‘ambar aytganiday, ko‘p harom–xarish ishlarga sabab bo‘ladigan makruh bir narsaning* muqaddas joyda turganini ko‘rganingizda — o‘qigan tushunib olsin! — 16 Yahudiyada bo‘lganlar tog‘larga qochishsin. 17 Tomning ustida bo‘lganlar* uyidan biron narsa olish uchun pastga tushmasin. 18 Dalada bo‘lganlar esa to‘nini olgani qaytib kelmasin. 19 U kunlarda homilador va emizikli ayollarning holiga voy!

20 Qochishingiz qishga yoki Shabbat kuniga to‘g‘ri kelmasligi uchun* iltijo qilinglar.

21 Chunki o‘sha vaqtda shunday azob–uqubatlar bo‘ladiki, dunyo yaratilgandan to hozirgacha bunaqasi bo‘lmagan va qaytib sodir bo‘lmaydi. 22 Lekin tanlangan odamlar uchungina u kunlar qisqartiriladi. Agar o‘sha kunlar qisqartirilmaganda edi, hech bir jonzot omon qolmasdi. 23 Agar o‘shanda kimdir sizlarga: «Masih mana bu yerda» yoki:

«Ana u yerda», deb aytsa, ishonmanglar. 24 Chunki soxta masihlar va soxta payg‘ambarlar paydo bo‘lib, iloji bo‘lsa, tanlangan odamlarni ham yo‘ldan ozdirish uchun buyuk alomatu mo‘jizalar ko‘rsatadilar. 25 Mana, Men sizlarga oldindan aytib qo‘ydim.

26 Shunday qilib, agar ular sizlarga: «Qaranglar! U sahroda!» deb aytsalar, bormanglar. Agar ular: «U yashirin joyda», deb aytsalar, ishonmanglar. 27 Chunki Inson O‘g‘li kelganda, Uni hamma ko‘radi. U sharqdan g‘arbga qadar butun osmonni yoritib yuborgan chaqmoqday bo‘ladi.

28 Kalxatlar to‘plangan joyda murda bo‘lishini hamma biladi. Mening kelishim ham shu singari, hammaga ayon bo‘ladi*.

29 O‘sha kunlardagi azob–uqubatlar o‘tishi bilanoq,


«Quyosh qorayadi, oyning nuri so‘nadi. Osmondan yulduzlar qulab tushadi, Samoviy kuchlar larzaga keladi.»*


30 O‘shanda Inson O‘g‘lining alomati osmonda namoyon bo‘ladi. Yer yuzidagi barcha qabilalar qayg‘uradi. Shunda hamma odamlar Inson O‘g‘lini ko‘radi. Inson O‘g‘li qudratga va buyuk ulug‘vorlikka burkanib, bulutlarda keladi*. 31 Karnayning baland sadosi ostida U farishtalarini yerning to‘rt tomoniga yuboradi. Ular dunyoning bir burchagidan tortib, narigi burchagigacha tanlangan odamlarni to‘plab olishadi.

Hushyor bo‘lish haqida

32 Anjir daraxtidan saboq olinglar: uning shoxlari ko‘karib barg chiqarayotganda, yoz yaqinlashganini bilasizlar. 33 Shu singari, mana bu voqealar sodir bo‘lganda, bilingki, o‘sha vaqt* yaqinlashib qolgan, ostonangizda turibdi. 34 Sizlarga chinini aytayin: bu nasl o‘tmasdanoq, bularning hammasi sodir bo‘ladi. 35 Yeru osmon yo‘q bo‘lib ketadi, ammo Mening so‘zlarim kuchda qoladi.

36 O‘sha kun va soat haqida samoviy Otamdan boshqa hech kim bilmaydi. O‘g‘il ham*, samodagi farishtalar ham bilmaydilar. 37 Nuh davrida* qanday bo‘lgan bo‘lsa, Inson

O‘g‘li kelishida ham shunday bo‘ladi. 38 To‘fongacha bo‘lgan davrda odamlar yeb– ichardilar, uylanib, turmushga chiqardilar. Nuh kemaga kirgunga qadar hayot shu zaylda davom etardi. 39 To‘fon kelib, ularning hammasini yuvib ketmaguncha, ular hamma narsadan bexabar edilar. Inson O‘g‘li kelganda ham xuddi shunday bo‘ladi.

40 O‘shanda ikki kishi dalada bo‘ladi, biri olinadi, biri qoldiriladi. 41 Tegirmon tortayotgan

ikki ayol bo‘ladi, biri olinadi, biri qoldiriladi.

42 Shuning uchun hushyor bo‘linglar. Men — Rabbingiz qaysi kuni kelishimni sizlar bilmaysizlar. 43 Ammo shuni bilib qo‘yingki, agar uy egasi tunning qay paytida o‘g‘ri kelishini bilganda edi, u uyg‘oq o‘tirib, o‘g‘rining uyga buzib kirishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi. 44 Shunga o‘xshab, sizlar ham tayyor turinglar, chunki Inson O‘g‘li sizlar kutmagan vaqtda keladi.

Sadoqatli va sadoqatsiz xizmatkor haqida masal

45 Ishonchli va dono xizmatkor kim? Xo‘jayin bunday odamni boshqa xizmatkorlariga boshliq qilib qo‘yadi, ularga o‘z vaqtida ovqat tarqatishni unga topshiradi. 46 Xo‘jayin uyga qaytganda o‘sha xizmatkorini yumush ustida ko‘rsa, xizmatkor naqadar baxtlidir!

47 Sizlarga chinini aytay: xo‘jayin o‘sha xizmatkorini butun mulki ustidan boshqaruvchi qilib qo‘yadi.

48 Bordi–yu, u xizmatkor yomon bo‘lib, ko‘nglida: «Xo‘jayinim hali beri qaytib kelmaydi» deb, 49 boshqa xizmatkorlarni ura boshlasa va sharobxo‘rlar bilan yeb–ichsa, 50 xizmatkor kutmagan kunda, o‘ylamagan soatda xo‘jayini kelib qoladi. 51 U xizmatkorini qattiq jazolab, boshiga ikkiyuzlamachilarning kunini soladi. Shunda xizmatkor qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadi.

25–BOB

Kelinning o‘nta dugonasi haqida masal

1 Oxirzamon yaqinlashganda Osmon Shohligini quyidagiga o‘xshatsa bo‘ladi: kelinning o‘nta dugonasi moychiroqlarini olib, kuyovni qarshilagani chiqishibdi.

2 Ulardan beshtasi nodon, beshtasi dono ekan. 3 Nodonlari moychiroqlarni olishibdi–yu, ammo chiroq uchun moy olishmabdi. 4 Donolari esa moychiroqlari bilan birga idishlarda moy ham olibdilar. 5 Kuyov kechikibdi, shu sababdan hammalari mudrab, uxlab qolibdilar.

6 Yarim kechasi: «Ana, kuyov kelyapti! Uni kutib olgani chiqinglar!» degan bir ovoz yangrabdi. 7 Shunda qizlarning hammasi o‘rnidan turib, moychiroqlarini tayyorlay boshlabdilar. 8 Nodonlari donolariga aytibdilar:

Mendan ayagan bo‘lasizlar.

46 Bular abadiy jazoga, solihlar esa abadiy hayotga muyassar bo‘ladilar.”


26–BOB

Isoni o‘ldirish rejasi

1 Iso bu gaplarni aytib bo‘lgach, shogirdlariga shunday dedi: 2 “Ikki kundan keyin Fisih ziyofati* bo‘lishini bilasizlar. Ana o‘shanda Inson O‘g‘liga xoinlik qilishadi, Uni xochga mixlashadi.”

3 Bu paytda bosh ruhoniylar va xalq yo‘lboshchilari Kayafas ismli oliy ruhoniyning saroyida yig‘ilgan edilar. 4 Ular Isoni hiyla bilan tutib, o‘ldirish uchun fitna o‘ylab topdilar. 5 Ammo ular: “Biz bu ishni bayram kunlari qilmasligimiz kerak, aks holda, xalq g‘alayon ko‘tarishi mumkin”, dedilar.

Isoga atir moy quygan ayol

6 Iso Baytaniyada* ilgari teri kasalligiga* chalingan Shimo‘nning* uyida 7 mehmon bo‘lib o‘tirgan edi. Shunda bir ayol ganchdan* yasalgan idishda qimmatbaho atir moy olib kelib, Isoning boshidan quydi. 8 Shogirdlar buni ko‘rgach, g‘azablanib:

5 Yahudo kumush tangalarni Ma’badga otib yubordi–da, chiqib ketdi. U borib, o‘zini osib o‘ldirdi.

6 Bosh ruhoniylar tangalarni terib olib: “Bu pulni Ma’bad xazinasiga qo‘sha olmaymiz, chunki bular qonga belangan”, — deyishdi. 7 Ular maslahatlashib, bu pulga

kulolning dalasini* sotib oldilar, u yerga musofirlar dafn qilinadigan bo‘ldi. 8 Shuning uchun o‘sha yer bugungacha “Qon Yeri” deb ataladi. 9-10 Shunday qilib, Yeremiyo payg‘ambarning bashorati* bajo bo‘ldi:


“Ular o‘ttiz kumush tangani olib,

Kulolning dalasini sotib oldilar.

Bu pul Isroil xalqining U uchun belgilagan narxi edi.”


Egamizning amri bo‘yicha, Yeremiyoning hayotida ham xuddi shunday voqea yuz

bergan edi.

Iso Pilat huzurida

11 Iso hokim Pilatning huzurida turganda hokim Isodan:

26 Shundan so‘ng Pilat Barabbasni ozod qildi. Isoni esa qamchilatib, xochga mixlashni

buyurdi.

Isoni haqorat qilishadi

27 Hokimning askarlari Isoni hukumat saroyiga olib borib, butun bo‘linmani Uning

oldiga to‘plashdi. 28 Ular Isoning kiyimlarini yechib olib, Uning egniga qizil to‘n kiydirdilar. 29 Tikanlardan toj o‘rib, boshiga kiygizdilar. O‘ng qo‘liga qamish tutqizib, Uning oldida tiz cho‘kkancha: “Yashavor, ey yahudiylarning Shohi!” deb masxara qildilar. 30 So‘ng Unga tupurib, qamish bilan qayta–qayta boshiga urdilar. 31 Uni shunday

masxara qilganlaridan keyin, ustidagi to‘nni yechib olib, O‘zining kiyimlarini kiydirishdi.

So‘ng Uni xochga mixlash uchun olib ketishdi.

Iso xochga mixlanadi

32 Ular yo‘lda Kirineyalik* Shimo‘n degan kishini uchratib qolib, Isoning xochini* ko‘tarib borishga uni majbur qildilar. 33 Ular Go‘lgota degan joyga yetib keldilar. Go‘lgota “bosh suyagi” ma’nosini beradi. 34 Askarlar u yerda Isoga ichgani achchiq o‘t* aralashtirilgan sharob berdilar. Iso uni tatib ko‘rdi, ammo ichmadi. 35 Askarlar Isoni xochga mixlab qo‘yishdi. Kiyimlari uchun qur’a tashlab, o‘zaro bo‘lishib olishdi*. 36 Keyin o‘sha yerda Isoni qo‘riqlab o‘tirishdi. 37 Isoning bosh tomoniga ular: “Bu yahudiylarning Shohi Isodir” degan aybnomani osib qo‘ydilar.

38 Iso bilan birga ikkita qaroqchini ham mixlagan edilar. Ularning biri Isoning o‘ng tomonida, biri chap tomonida edi. 39 O‘tib ketayotganlar boshlarini chayqab, Isoni haqoratlashardi*:

40 — Ey Ma’badni buzib uch kun ichida tiklaydigan! Agar Xudoning O‘g‘li* bo‘lsang, O‘zingni O‘zing qutqar–chi! Xochdan tushib ko‘r–chi!

41 Bosh ruhoniylar, Tavrot tafsirchilari va yo‘lboshchilar ham ularga qo‘shilib, Isoni

masxaralay ketishdi:

42 — U boshqalarni qutqarardi, O‘zini esa qutqara olmaydi! U Isroilning Shohi emish!

Qani, xochdan tushsin, shunda biz Unga ishonamiz. 43 U Xudoga ishonardi. Agar Xudo Undan mamnun bo‘lsa, hozir Uni qutqarsin*. Axir, U O‘zini Xudoning O‘g‘li deb atagan– ku!

44 Iso bilan birga xochga mixlangan qaroqchilar ham Uni shunday haqoratlar edilar.

Iso jon beradi

45 Tushdan boshlab soat uchgacha* hamma yoq zulmatga cho‘mdi. 46 Soat uchlarda Iso baland ovoz bilan:

55 U yerda bir talay ayollar ham bor edi, ular uzoqdan qarab turgan edilar. U ayollar

Jaliladan Isoga ergashib kelgan va Unga xizmat qilgandilar. 56 Ularning orasida Magdalalik* Maryam, Yoqub bilan Yusufning onasi Maryam va Zabadiyo o‘g‘illarining* onasi ham bor edi.

Iso dafn qilinadi

57 Oqshom tushayotgan paytda* Yusuf degan Arimateyalik* bir boy odam keldi. U ham Isoning shogirdi edi. 58 Yusuf Pilatning huzuriga borib, Isoning jasadini so‘radi. Pilat jasadni unga berishni buyurdi. 59 Yusuf jasadni olib, uni toza zig‘ir matosiga kafanladi

60 va o‘zi uchun qoyaga o‘ydirgan yangi qabrga qo‘ydi. Yusuf katta toshni yumalatib kelib, qabrning og‘zini yopdi va o‘zi ketdi. 61 Magdalalik Maryam bilan boshqa Maryam* u yerda qolib, qabrning ro‘parasida o‘tiraverdilar.

62 Shabbat arafasining ertasiga bosh ruhoniylar va farziylar Pilatning huzuriga

yig‘ilishib, 63 dedilar:

Ular Meni o‘sha yerda ko‘radilar.

Soqchilarning xabari

11 Ayollar ketganlaridan keyin, soqchilar bo‘linmasidan bir nechtasi shaharga kirib,

yuz bergan voqea to‘g‘risida bosh ruhoniylarga aytib berdilar. 12 Bosh ruhoniylar bilan

yo‘lboshchilar uchrashib, reja tuzdilar. Ular soqchilarga katta miqdorda pul berib,

13 shunday dedilar:

— Sizlar hammaga: “Isoning shogirdlari kechasi kelib, biz uxlab yotganimizda jasadni o‘g‘irlab ketishdi”, deb aytasizlar. 14 Bordi–yu, bu xabar hokimning* qulog‘iga yetib borgudek bo‘lsa, uni o‘zimiz ishontiramiz, sizlarni har qanday ko‘ngilsizlikdan xalos etamiz.

15 Shunday qilib, soqchilar pulni olib, aytilganday qildilar. Voqeaning shu ta’rifi

bugungi kungacha* yahudiylar orasida keng tarqalgan.

Buyuk topshiriq

16 O‘n bir shogird Jalila hududiga, Iso ularga tayin etgan toqqa bordilar. 17 Shogirdlar

Isoni ko‘rganlari zahoti, Unga sajda qildilar, ba’zilari esa ikkilanib qoldilar.

18 Iso kelib, ularga dedi: “Yeru osmondagi butun hokimiyat Menga berilgan.

19 Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho‘mdiringlar. 20 Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o‘rgatinglar. Zotan, Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo‘laman.”*

IZOHLAR

1:1 Iso Masihning nasabnomasi — shu bobning 1-16–oyatlarida Isoning Yusuf orqali bo‘lgan nasabnomasi keltirilgan. Mazkur ro‘yxatdagi …dan…tug‘ildi degan ibora ma’nosi uning avlodi edi bo‘lishi ham mumkin. Odatda Muqaddas Kitobda berilgan nasabnomalarda hamma nasllarning to‘liq ro‘yxati berilmay, faqat ma’lum bir avlodning ma’lum bir ajdoddan kelib chiqqani ko‘rsatiladi. Ba’zi hollarda esa biror nasabdan tarqalgan nasllarning sonini ko‘rsatish maqsadida nasabnomaga ismlar kiritiladi (shu bobning 17–oyatiga va o‘sha oyatning izohiga qarang).

1:3 Ram — yunoncha matnda bu ismning boshqa varianti Aram (shu bobning 4–oyatida ham bor). Uning Ram degan shakli 1 Solnomalar 2:9-10 dan olingan.

1:8 …Yohuram…Yohuram… — yunoncha matnda bu ismning boshqa varianti Yoram. Uning Yohuram degan shakli 3 Shohlar 22:50 dan olingan.

1:11 Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davr — miloddan oldingi 586 yilda Bobil shohi Navuxadnazar Quddusni vayron qilib, aholining asosiy qismini Bobilga surgun qilgan edi (4 Shohlar 25:1-21 ga qarang).

1:11 Yohayixin — yunoncha matnda Yoxoniyo, Yohayixinning yana bir ismi. Shu bobning 12–oyatida ham bor.

1:11 Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davrda Yo‘shiyo Yohayixinni va boshqa o‘g‘il farzandlarni ko‘rdi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Yo‘shiyodan Yohayiqim tug‘ildi. Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davrda Yohayiqim Yohayixinni va boshqa o‘g‘il farzandlarni ko‘rdi. Yo‘shiyo Yohayixinning bobosi edi.

1:12 Isroil xalqi Bobilga surgun qilingandan keyin… — miloddan oldingi 539 yilda Fors shohi Kurush Bobilni bosib oldi. Keyingi yili u Bobilda surgunda yashayotgan yahudiylarga Quddusga qaytib borishga va Ma’badni qayta qurishga ijozat berdi

(2 Solnomalar 36:20-23, Ishayo 44:28-45:4 ga qarang).

1:12 Zarubabel — Xaggey 1:1 ning oxirgi izohiga qarang.

1:17 …o‘n to‘rt nasl…o‘n to‘rt nasl…o‘n to‘rt nasldir — bu sonning qanday ramziy ma’nosi borligi bahsli. O‘n to‘rt soni to‘liqlikka yoki barkamollikka nisbatan tanlangan bo‘lishi mumkin, chunki yettini ikkiga ko‘paytirsa, o‘n to‘rt bo‘ladi. Yetti soni esa barkamollik ramzidir. O‘n to‘rt soni Dovud uchun timsol qilib tanlangan bo‘lishi ham mumkin, chunki ibroniy tilida har bir harf ma’lum bir sonni ifodalaydi va Dovud ismining ibroniycha harflarini ifodalaydigan sonlar qo‘shilganda o‘n to‘rt soni hosil bo‘ladi. Bular muallifning maqsadiga mos keladi, zotan u Isoning haqiqiy Masih — Dovudning o‘g‘li ekanligini ko‘rsatmoqchi.

1:21 Iso — yunoncha matnda Iisus, bu ism ibroniycha Yoshua ismidan olingan bo‘lib,

Egamiz qutqaradi ma’nosini ifodalaydi.

1:23 Muallif bu o‘rinda Ishayo 7:14 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan. Bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha qiz so‘zi Ishayo 7:14 da ishlatilgan ibroniycha so‘zga o‘xshab, yosh ayolga yoki bokira qizga ishora qilishi mumkin (Ishayo 7:14 ning birinchi izohiga qarang). “Bokira qiz” iborasi Maryamni aniq tasvirlaydi, chunki Maryam er ko‘rmagan edi.

1:25 O‘g‘il — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida to‘ng‘ich o‘g‘li.

2:1 Hirod — Buyuk Hirod unvoni bilan ham tanilgan bo‘lib, u miloddan oldingi 37-4 yillarda butun qadimgi Falastinda hukmronlik qilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi FALASTIN so‘ziga qarang.

2:2 …Uning yulduzi chiqqanini ko‘rdik — yoki …sharqda Uning yulduzini ko‘rdik.

2:4 Tavrot tafsirchilari — Musoning qonunini juda yaxshi bilgan ziyoli odamlar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi TAVROT TAFSIRCHISI iborasiga qarang.

2:4 Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar yozilgan. Yangi Ahdga ko‘ra Rabbimiz Iso o‘sha Masihdir. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi MASIH so‘ziga qarang.

2:6 Mixo 5:2 ga qarang.

2:9-10 Ularga oldin ko‘ringan yulduz — yoki Ular sharqda ko‘rgan yulduz.

2:11 mirra — ma’lum bir daraxtlarning qotgan yelimidan tayyorlangan qimmatbaho xushbo‘y modda.

2:15 Xo‘sheya 11:1 ga qarang.

2:18 Rama shahri — Quddusdan qariyb 8 kilometr shimolda joylashgan. Rohilaning maqbarasi Rama shahrining yaqinida, Zilzax degan yerda edi (1 Shohlar 10:2 ga qarang). Rohila Yoqubning xotini edi, Yoqub Isroil xalqining bobokaloni edi.

2:18 Yeremiyo 31:15 ga qarang.

2:22 Arxelayus — Yahudiya, Samariya va Idumeya hududlarida hukmronlik qilgan.

2:23 …Egamiz payg‘ambarlar orqali…aytgan bashorati… — payg‘ambarlarning, Masih haqoratlanadi, rad etiladi, degan bashoratlariga ishora bo‘lishi mumkin (Zabur 21:7-8, Ishayo 53:3 ga qarang). Nosira ahamiyatga ega bo‘lmagan kichkinagina shahar edi.

O‘sha davrlarda odamlar Nosiraliklarga past nazar bilan qarar edilar (Yuhanno 1:45- 46 ga qarang).

3:1 O‘sha kunlar — taxminan milodiy 28 yoki 29 yil nazarda tutilgan (Luqo 3:1-3 oyatlarga va Luqo 3:1 ning ikkinchi izohiga qarang).

3:1 Yahudiya cho‘li — Iordan daryosining O‘lik dengizga quyiladigan joyiga yaqin bo‘lgan, daryodan g‘arbda joylashgan yerlar.

3:2 Osmon Shohligi — Xudoning hozirgi paytda insonlar hayotidagi hukmronligi va oxiratda har bir yaratilgan mavjudotning yangilanishiga ishora. Bu ibora faqatgina Matto kitobida ishlatilgan va ma’nosi “Xudoning Shohligi” degan ibora bilan bir xil. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING SHOHLIGI iborasiga qarang.

3:3 Muallif bu o‘rinda Ishayo 40:3 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.

3:4 …tuya junidan to‘qilgan kiyim…charm kamar… — Ilyos payg‘ambar va boshqa payg‘ambarlar kiygan kiyimlar (4 Shohlar 1:8, Zakariyo 13:4 ga qarang).

3:7 Farziy — yahudiylarning muhim bir diniy mazhabi. Farziylar Tavrot qonunlariga qat’iy rioya qilardilar, og‘zaki ravishda tarqalgan urf–odatlarga hamda poklanish udumlariga izchil amal qilardilar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi FARZIY so‘ziga qarang.

3:7 sadduqiy — yahudiylarning muhim bir diniy mazhabi. Farziylardan farqli ravishda, ular og‘zaki tarqalgan urf–odatlarni qabul qilmasdilar, balki faqatgina Tavrotda yozilgan qonun–qoidalarga rioya qilardilar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SADDUQIY so‘ziga qarang.

3:11 olov — imonlilarni poklaydigan Muqaddas Ruhning qudratiga ishora bo‘lishi mumkin (Havoriylar 1:5, 8, 2:1-4, 11:16 ga qarang). Ammo bu o‘rinda olov so‘zi Hukm kuniga ishora qilayotgan bo‘lsa kerak (shu bobning 7-10, 12–oyatlariga qarang).

Oxiratda odamlar Isoga va Uning ta’limotiga quloq tutgan–tutmaganlariga qarab hukm qilinadilar.

3:17 Bu Mening sevikli O‘g‘limdir — Zabur 2:7 ga qarang.

3:17 Undan nihoyatda mamnunman — Ishayo 42:1 ga qarang.

4:3 iblis — yunoncha matnda vasvasaga soluvchi, iblisga nisbatan aytilgan ibora.

4:3 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

4:4 Qonunlar 8:3 ga qarang.

4:6 Zabur 90:11-12 ga qarang.

4:7 Qonunlar 6:16 ga qarang.

4:10 Qonunlar 6:13 ga qarang.

4:12 Yahyoning hibsga olingani — 14:3-5 ga qarang.

4:13 Zabulun va Naftali hududi — qadimgi Falastinning shimolida bo‘lib, Eski Ahd davrida Zabulun va Naftali qabilalari shu yerlarda yashardi, Iso davrida esa u yerlarda ko‘plab g‘ayriyahudiylar istiqomat qilardi.

4:15-16 Ishayo 9:1-2 oyatlarga va Ishayo 9:1 ning izohlariga qarang.

4:24 Suriya — Rim imperiyasiga qarashli bo‘lib, Jalila hududining shimolida,

chegaradosh viloyat edi.

4:25 Dekapolis hududi — Samariya va Jaliladan sharqda joylashgan. Yunonchada Dekapolis nomining ma’nosi — o‘nta shahar. Dekapolis hududida Yunon va Rim madaniyatlarining markazi bo‘lgan o‘nta shahar bor edi.

5:16 osmondagi Otangiz — Xudoga ishora. Iso ko‘pincha Ota unvonini Xudoga nisbatan ishlatgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan OTA so‘ziga qarang.

5:17 …Tavrot…payg‘ambarlarning bitiklari… — odatda yahudiylar, Eski Ahd to‘plami uch qismdan iborat, deb aytadilar. Bu uch qism quyidagilardir: Tavrot (Musoning qonuni degan nom bilan ham yuritiladi), Payg‘ambarlar bitiklari (uning tarkibiga ba’zi tarixiy kitoblar ham kirgan) va Bitiklar (Zabur bu qismning birinchi kitobidir).

Yahudiylar ba’zan dastlabki ikki qism “Tavrot va Payg‘ambarlar bitiklari” deganda

butun Eski Ahd to‘plamini nazarda tutadilar.

5:21 Chiqish 20:13 ga qarang.

5:22 …hatto g‘azablangan odam… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida

hatto behuda g‘azablangan odam.

5:27 Chiqish 20:14 ga qarang.

5:31 Qonunlar 24:1 ga qarang.

5:32 Lekin Men sizlarga aytaman… — 19:3-9 oyatlarga va 19:3 izohiga qarang.

5:33 Sahroda 30:3, Qonunlar 23:21 ga qarang.

5:35 buyuk Shoh — Xudoga ishora.

5:38 Chiqish 21:24, Levilar 24:20, Qonunlar 19:21 ga qarang.

5:41 Birov — Rim askari nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. O‘sha davrda qadimgi

Falastin Rim imperiyasi hukmronligi ostida edi.

5:41 chaqirim — yunoncha matnda milion, taxminan 1,5 kilometrga to‘g‘ri keladi.

5:43 Yaqiningni sevgin… — Levilar 19:18 ga qarang.

5:44 Sizlarni quvg‘in qilganlar uchun ibodat qilinglar — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Sizni la’natlaganlarni duo qilinglar. Sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qilinglar. Sizning nomingizga isnod keltirganlar uchun, sizlarni quvg‘in qilganlar uchun ibodat qilinglar.

5:46 soliqchilar — bu soliqchilar odatda yahudiy bo‘lib turib, Rim davlatiga ishlagani uchun hamma ularni yomon ko‘rardi. Ko‘p soliqchilar firibgarlik qilib, xalqdan soliq uchun keragidan ortiqroq pul undirardilar–da, bu pulni o‘z cho‘ntaklariga urardilar. Mana shuning uchun ham xalq soliqchilardan nafratlanib, ularni o‘z imonini sotgan xoinlar deb bilardi.

6:4 …sizni taqdirlaydi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida …sizni aniq

taqdirlaydi. Shu bobning 6, 18–oyatlarida ham bor.

6:13 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: Saltanat, kuch–qudrat va shon–shuhrat to abad Senikidir. Omin.

6:19 …bunday boylikni kuya yeydi… — qadimgi paytlarda qimmatbaho kiyimlar va gilamlar xazina hisoblanar edi.

6:27 lahza — yunoncha matnda tirsak. Odatda bu uzunlikni o‘lchash birligi, ammo ba’zan qisqa vaqtni ham bildiradi. Ba’zi olimlarning fikri bo‘yicha, Iso odamning o‘z bo‘yini o‘stira olmasligiga ishora qilyapti, ammo bu o‘rinda Iso Masih odamning o‘z umrini hatto qisqa vaqtga ham uzaytira olmasligiga ishora qilayotganining ehtimoli ko‘proq.

6:29 shoh Sulaymon — 3 Shohlar 10:23-27 ga qarang.

6:33 Xudoning Shohligi — 3:2 izohiga qarang.

6:33 …Uning irodasini bajarish payida bo‘linglar — yunoncha matndan so‘zma–so‘z

tarjimasi …Uning solihligi payida bo‘linglar.

7:12 Tavrot va payg‘ambarlar ta’limoti — 5:17 izohiga qarang.

7:29 Tavrot tafsirchilari — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Tavrot tafsirchilari va farziylar.

7:29 …Tavrot tafsirchilariday emas… — odatda bu odamlar ta’lim berganda o‘z ta’limotlarini asoslab berish maqsadida avval yashab o‘tgan e’tiborli, obro‘li muallimlarning so‘zlarini misol qilib keltirar edilar, ammo Iso bunday qilmagan.

8:2 teri kasalligi — bu ibora yunonchada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan so‘zning tarjimasidir. Odatda bu ibora moxov kasalligiga ishora deb tushuniladi. Teri kasalliklaridan birortasiga yo‘liqqan kishi harom hisoblanar edi. Xasta odam kasalligini boshqalarga yuqtirmasligi va ularni harom qilmasligi uchun, boshqalardan ajratib qo‘yilar edi (Levilar 13:45-46 ga qarang).

8:2 Hazrat — yunoncha matnda kurios. Bu o‘rinda obro‘–e’tiborli insonga nisbatan ishlatiladigan so‘z sifatida qo‘llangan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan RABBIY, RABBIM, RABBIMIZ… so‘ziga qarang.

8:4 ruhoniy — Quddusdagi Ma’badda xizmat qiladigan e’tiborli din rahnamosi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi RUHONIY so‘ziga qarang.

8:4 Poklanganingni hammaga isbot qilish uchun… — yoki Men Xudoning qonuniga jiddiy

qarashimni ruhoniylar ko‘rishlari uchun….

8:4 …o‘zingni ruhoniyga ko‘rsat…Muso amr qilgan qurbonliklarni keltir — Levilar 14:1- 32 ga qarang.

8:5 Rim — o‘sha davrda qadimgi Falastin Rim imperiyasi hukmronligi ostida edi.

8:12 Osmon Shohligining merosxo‘rlari — Isroil xalqiga ishora. Yana 22:1-14 ga va Luqo 13:28-30 ga qarang.

8:16 Kech kirganda… — yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, yangi kun quyosh botgandan keyin boshlanar edi. Matnda tasvirlangan payt Shabbat kunining yakuni va yakshanba kunining boshlanishi edi (Mark 1:21, 29). Yahudiylarda yakshanba haftaning birinchi kuni hisoblanar edi.

8:17 Ishayo 53:4 ga qarang.

8:18 ko‘lning narigi tomoni — Jalila ko‘lining sharqiy qirg‘og‘iga ishora.

8:20 Inson O‘g‘li — Iso Masih ko‘pincha O‘ziga nisbatan ishlatgan unvon. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi INSON O‘G‘LI iborasiga qarang.

8:22 ruhan o‘lik bo‘lganlar — yunoncha matnda o‘lik bo‘lganlar.

8:28 Gadara — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Gergesa yoki Gerasa.

Gadara shahrida va uning atrofidagi qishloqlarda g‘ayriyahudiylar istiqomat qilardi.

8:29 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

9:8 …qo‘rqib ketdi — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida hayratga tushdi.

9:10 soliqchilar — 5:46 izohiga qarang.

9:13 Xo‘sheya 6:6 ga qarang.

9:17 …mesh yorilib ketadi… — qadimgi paytlarda suyuqlik odatda hayvon terisidan

qilingan meshlarda saqlanardi. Uzum sharbati bijg‘ib, sharobga aylanganda, meshlar shishardi. Mesh eskirgani sari o‘z cho‘ziluvchanligini yo‘qotgani bois, yangi sharob eski meshga solinganda, meshni yorib yuborardi.

9:23 nay chaluvchilarni va dod–faryod qilayotgan olomon — ba’zan dafn marosimlari

paytida dod–faryod qilib, aytib yig‘lash uchun yig‘ichilar yollanardi.

9:27 Dovud O‘g‘li — yahudiylar shoh Dovud naslidan kelib chiqadigan Masihni shunday nom bilan atashar edi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi MASIH so‘ziga qarang.

9:34 ins–jinslar hukmdori — Baalzabul nomi bilan ham tanilgan (12:24 ga qarang). Bu nom shayton shohligidagi qudratli bir mavjudotga yoki shaytonning o‘ziga ishora qiladi.

10:3 soliqchi — 5:46 izohiga qarang.

10:3 Taddeyus — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Lebayus, ya’ni Taddeyus. Ayrim olimlarning fikri bo‘yicha, bu ism Yoqub o‘g‘li Yahudoning yana bir ismi edi (Luqo 6:16, Havoriylar 1:13 ga qarang). Xoin Yahudodan ajralib turishi uchun unga Taddeyus ismi berilgan bo‘lishi mumkin.

10:4 vatanparvar — bu nom Shimo‘nning Rim imperiyasiga qarshilik ko‘rsatgan avom xalq harakatining a’zosi ekaniga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin. Ushbu harakat a’zolari siyosiy, iqtisodiy va diniy maqsadlarni ko‘zlagan edilar.

10:5 Samariyaliklar — yahudiylar va Samariyaliklar uzoq vaqt davomida bir–birlariga dushman bo‘lib kelganlar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SAMARIYALIK so‘ziga qarang.

10:8 teri kasalligi — 8:2 ning birinchi izohiga qarang.

10:14 …oyoqlaringizdagi changni qoqib ketinglar — odamlar Xudoning elchilarini rad etganlari uchun, havoriylar oyoqlaridagi changni qoqib ketardilar. Havoriy Pavlus ham shunga o‘xshash harakatni ishlatgan (Havoriylar 18:6 ga qarang). Bu harakat o‘sha odamlarning ayanchli qismatini, ya’ni Xudo tomonidan rad etilishini va Uning shohligidan benasib qolish xavfini anglatardi.

10:15 Sado‘m va G‘amo‘ra shaharlari — aholisining o‘ta buzuqligi oqibatida Egamiz

vayron qilgan ikkita shahar (Ibtido 18:16-19:28 ga qarang).

10:25 Baalzabul, ya’ni ins–jinslar hukmdori — 9:34 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.

10:29 bir tanga — yunoncha matnda assarion, Rim imperiyasidagi mis chaqa. O‘n olti assarion bir dinor qiymatiga to‘g‘ri kelardi. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi.

10:35-36 O‘g‘ilni otasidan…ajratish uchun kelganman. 36 Insonning dushmanlari o‘z uyidagilari bo‘ladi — Mixo 7:6 ga qarang.

10:38 …o‘z xochini olib… — Rim imperiyasi davrida o‘lim jazosining bir turi mahkumni xochga mixlash edi. Bu jazo hammaga ma’lum bo‘lgan. Odatda jinoyatchi o‘zi mixlanadigan xochning ko‘ndalang yog‘ochini hukm ijro etiladigan joyga ko‘tarib olib borar edi (to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XOCH so‘ziga qarang). Iso Masih mana shu timsol orqali shogirdlarini hamda Unga ishonganlarni o‘z manfaatlarini ko‘zlamasdan, Unga butunlay o‘zlarini bag‘ishlab va itoat qilib hayot kechirishga, hattoki

U uchun o‘limga ham rozi bo‘lishga da’vat etadi.

11:2 Yahyo bu paytda zindonda edi… — 14:3-5 ga qarang.

11:2 shogirdlari — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida shogirdlaridan ikkitasi.

11:5 teri kasalligi — 8:2 ning birinchi izohiga qarang.

11:10 Malaki 3:1 ga qarang.

11:13 …hamma payg‘ambarlarning bitiklari…Tavrot kitobi… — odatda Eski Ahd

kitoblari to‘plami shu nom bilan ataladi (5:17 izohiga qarang). 11:14 kelishi bashorat qilingan Ilyos — Malaki 4:5-6 ga qarang. 11:19 soliqchilar — 5:46 izohiga qarang.

11:19 …donolik to‘g‘ri ekanligi o‘z natijasidan ayon — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Xudoning donoligini tan olganlar Uning donoligi to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatib turibdilar.

11:21 Tir bilan Sidon shaharlari — Finikiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan g‘ayriyahudiylar shaharlari. Bu shaharlar Jaliladan shimoli–g‘arbda, O‘rta yer dengizi bo‘yida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi.

11:21 …qanorga o‘ranib, boshlariga kul sochib… — qanor dag‘al qoramtir mato bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Qanorga o‘ranib olish va kulga o‘tirish umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi. Ko‘pincha bu harakat Xudodan kechirim so‘rab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.

11:23 Sado‘m — 10:15 izohiga qarang.

11:29 bo‘yinturuq — itoatkorlik va bo‘ysunish ramzi.

12:1 …shogirdlari…donlarini yeyardilar — Tavrot qonunlariga ko‘ra, och qolgan odam birovning dalasidan boshoqlarni uzib, donini yeyishi mumkin edi (Qonunlar 23:24- 25 ga qarang).

12:2 Shabbat kuni qonunga xilof ish — farziylar Tavrotdagi qonunni (Chiqish 34:21 ga qarang) o‘zlaricha jiddiy sharhlab, hatto inson hayotiga oid ikir–chikirlarni ham qonun darajasiga ko‘targanlar. Shuning uchun ular Isoning shogirdlari qilgan ishni Shabbat kuniga xilof ish deb hisoblaganlar.

12:3 Dovud hamrohlari bilan och qolganda nimalar qilgani — 1 Shohlar 21:1-6 ga qarang.

12:4 muqaddas nonlar — Levilar 24:5-9 ga qarang. Yana lug‘atdagi MUQADDAS NON

iborasiga qarang.

12:5 …ruhoniylar Shabbat qonunini buzsalar ham, aybdor bo‘lmasliklarini Tavrotda o‘qimaganmisizlar? — Tavrot bo‘yicha, Shabbat kuni ruhoniylar ba’zi bir burchlarini bajarishi mumkin edi (Levilar 24:8, Sahroda 28:9-10 ga qarang).

12:7 Xo‘sheya 6:6 ga qarang.

12:18-21 Ishayo 42:1-4 ga qarang. Muallif shu bobning 21–oyatida Ishayo 42:4 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.

12:23 Dovudning O‘g‘li — 9:27 izohiga qarang.

12:24 ins–jinslar hukmdori Baalzabul — 9:34 izohiga qarang.

12:31 Muqaddas Ruhga kufrlik qilganlar — Xudoga ishonishdan bosh tortib, Muqaddas

Ruhning ishiga qarshilik ko‘rsatayotgan insonlarga ishora qiladi.

12:39 Yunus payg‘ambarning alomati — Yunusni nahang baliq yutib yuborgandan keyin, Xudo uni nahang baliqning qornidan xalos etgandi (Yunus 2:1, 11 ga qarang). Iso Yunusning hayotidagi bu voqeani tilga olib, O‘zining o‘limi va tirilishiga ishora qilmoqda (shu bobning 40–oyatiga qarang).

12:41 Naynavo — Yunus davrida Ossuriya shohligining poytaxti edi. Bu shahar

Nineviya nomi bilan ham ma’lum.

12:42 Janub malikasi — Shava malikasi nazarda tutilgan (3 Shohlar 10:1-10 ga qarang).

13:14-15 Muallif bu o‘rinda Ishayo 6:9-10 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.

13:31 xantal urug‘i — o‘sha zamonda odamlar xantal urug‘ini eng mayda urug‘ deb bilishardi.

13:33 bir tog‘ora — yunoncha matnda uch saton, taxminan 22 kiloga to‘g‘ri keladi.

13:35 Zabur 77:2 ga qarang.

13:54 ona shahri — ya’ni Nosira.

14:1 viloyat hukmdori — yunoncha matnda tetrarx. Bu unvon Rim imperiyasi tomonidan joriy qilingan bo‘lib, hokimiyati cheklangan va faqat Rim hukumati ruxsati bilan ish yuritadigan hukmdorga nisbatan qo‘llanilgan. Avom xalq orasida bunday hukmdor shoh deb atalar edi (misol uchun, 14:9 ga va Mark 6:14 ga qarang).

14:1 Hirod — Antipas ismi bilan ham tanilgan bo‘lib, Buyuk Hirodning o‘g‘li edi. Antipas

Jalila va Pereya hududlarida hukmronlik qilgan.

14:13 …qayiqqa tushib… — Jalila ko‘lida.

14:22 …ko‘lning narigi tomoniga… — Iso va uning shogirdlari shu paytda ko‘lning aynan qaysi qismida bo‘lganlari aniq emas. “Ko‘lning narigi tomoniga” degan ibora ko‘lning o‘sha qirg‘og‘idagi boshqa bir joyga qayiq bilan suzib borishni ham bildirishi mumkin.

An’anaga ko‘ra, Iso bir necha ming kishini to‘ydirgan bu joy ko‘lning shimoli–g‘arb

tomonida, Jaliladagi Baytsaydaga yaqin edi.

14:33 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

14:34 Ular ko‘ldan suzib o‘tib… — shu bobning 22–oyati izohiga qarang. 14:34 Genisaret — Kafarnahum shahridan janubi–g‘arbdagi serhosil tekislik. 15:2 Nega ovqatlanishdan oldin qo‘llarini yuvmaydilar? — farziylar va Tavrot

tafsirchilari ovqatlanishdan oldin qo‘llarining yuvilishiga alohida e’tibor qaratishardi.

Ayniqsa ko‘chada, odamlar orasida bo‘lib kelgandan keyin, dasturxonga o‘tirishdan

oldin urf–odatlarga ko‘ra qo‘llarini yuvib, o‘zlarini poklab olishardi.

15:4 Chiqish 20:12, 21:17, Levilar 20:9, Qonunlar 5:16 ga qarang.

15:8 Bu xalq Meni tilidagina izzat qiladi… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon

qo‘lyozmalarida Bu xalq Menga yaqinlashar faqat og‘izda, Meni tilidagina izzat qiladi.

15:8-9 Muallif bu o‘rinda Ishayo 29:13 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.

15:21 Tir va Sidon — 11:21 ning birinchi izohiga qarang.

15:22 Dovudning O‘g‘li — 9:27 izohiga qarang.

15:39 Magadan — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Magdala. Magadan

Jalila ko‘lining g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lishi mumkin.

16:4 Yunusning alomati — 12:39-41 oyatlarga va 12:39 izohiga qarang.

16:5 Narigi qirg‘oqqa… — bu ibora ko‘lning o‘sha qirg‘og‘idagi boshqa bir joyga qayiq bilan suzib borishni ham bildirishi mumkin. Bu o‘rinda shimoli–sharqiy qirg‘oqqa ishora bo‘lsa kerak.

16:6 xamirturush — majoziy ma’noda ishlatilgan bo‘lib, odatda boshqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ta’limotlar va xulq–atvor nazarda tutilgan.

16:13 Filip Qaysariyasi — Jalila ko‘lidan qariyb 40 kilometr shimoli–sharqda joylashgan shahar.

16:14 …Ilyos…Yeremiyo… — Ilyos yahudiylarning Eski Ahd davrida yashagan eng buyuk payg‘ambarlaridan biri edi. Yahudiylar Ilyosning qaytib kelishini intizorlik bilan kutishardi (Malaki 4:5-6 ga qarang). Yeremiyo ham Eski Ahd davrida yashagan, yahudiylarga yaxshi tanish bo‘lgan payg‘ambar edi.

16:16 Shimo‘n Butrus — Iso Masih Shimo‘nga Butrus ismini bergan edi (Mark 3:16, Luqo 6:14 ga qarang). Ba’zan u haqda so‘z yuritilganda, ikkala ism ham birgalikda ishlatiladi.

16:16 Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar yozilgan. Yangi Ahdga ko‘ra Rabbimiz Iso o‘sha Masihdir. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi MASIH so‘ziga qarang.

16:16 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

16:17 Yuhanno — yunoncha matnda bu ismning boshqa varianti Yunus. Uning Yuhanno degan shakli Yuhanno 1:42, 21:15-17 dan olingan.

16:18 Butrus isming “qoya” degani–ku! — Butrus ismi yunonchada Petros bo‘lib, ma’nosi

qoya demakdir.

16:18 jamoat — Iso Masihga ishongan odamlar nazarda tutilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi JAMOAT so‘ziga qarang.

16:21 bosh ruhoniylar — jamiyatning boshqa e’tiborli odamlari qatorida Oliy kengash a’zolari edilar. Oliy kengash yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi edi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi BOSH RUHONIYLAR iborasiga qarang.

16:24 …xochini ko‘tarib… — 10:38 izohiga qarang.

17:4 yasayman — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida yasaylik.

17:5 Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, Undan mamnunman — 3:17 ga va o‘sha oyatning

izohlariga qarang.

17:10 …Masihdan oldin Ilyos kelishi kerak… — 16:14 izohiga qarang.

17:12 …Ilyos allaqachon kelgan… — Yahyo cho‘mdiruvchi nazarda tutilgan (shu

bobning 13–oyatiga qarang).

17:12 …uni xohlaganicha xo‘rladilar — Hirod Hirodiyaning iltimosi bilan Yahyoni qanday qilib qatl qilganiga ishora (14:3-11 ga qarang).

17:20-21 Yetarli imoningiz yo‘qligi uchun… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida imoningiz yo‘qligi uchun.

17:20-21 zig‘irday — yunoncha matnda xantal urug‘iday. O‘sha zamonda odamlar xantal urug‘ini eng mayda urug‘ deb bilishardi.

17:20-21 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi jumla 21–oyatni tashkil etib, qo‘shimcha qilingan: Bu toifa jinlarni ibodat va ro‘zadan boshqa yo‘l bilan quvib bo‘lmaydi.

17:24 Ma’bad solig‘i — yunoncha matnda ikki draxmalik tanga, yahudiy erkaklari Ma’badga to‘lagan soliqqa ishora (Chiqish 30:13-16 ga qarang). Shu bobning 27–oyati izohiga qarang.

17:25 Butrus — yunoncha matnda Shimo‘n, Butrusning yana bir ismi (Mark 3:16, Luqo 6:14 ga qarang).

17:27 kumush tanga — yunoncha matnda bir statir, qiymati to‘rt draxmaga teng bo‘lgan kumush tanga, ikkita erkak to‘lashi kerak bo‘lgan Ma’bad solig‘ining miqdori. Draxma yunon tangasi edi. Qiymati Rimdagi bir dinor qiymatiga teng kelar edi. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi.

18:6 shu kichiklarning birontasi — Iso Masihga imon keltirgan odamlar, ayniqsa kichik

bola singari, ojiz va qarovga muhtoj bo‘lganlar nazarda tutilgan.

18:10-11 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar 11–oyatni tashkil etib, qo‘shimcha qilingan: Inson O‘g‘li esa adashib gumroh bo‘lganlarni qutqarish uchun kelgan.

18:16 Qonunlar 19:15 ga qarang.

18:17 jamoat — ma’lum bir joydagi masihiylar guruhi nazarda tutilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi JAMOAT so‘ziga qarang.

18:17 soliqchi — 5:46 izohiga qarang.

18:22 yetmish karra yetti marta — majoziy ma’noda ishlatilgan ibora, ma’nosi har doim.

18:24 ming–minglab tilla tanga — yunoncha matnda o‘n ming talant. Bir talantning

qiymati mardikorning o‘n besh yillik ish haqidan ham ko‘proq edi.

18:28 yuz kumush tanga — yunoncha matnda yuz dinor. Dinor Rim kumush tangasi

bo‘lib, mardikorning bir kunlik ish haqi edi.

19:3 Qonunga ko‘ra, erkak kishi har qanday sabab bilan o‘z xotinidan ajralishi

mumkinmi? — Qonunlar 24:1 da yozilgan qonuniy ajralishning sabablari haqida yahudiy

olimlari ko‘p bahslashardilar. Ba’zi olimlar Qonunlar 24:1 dagi “uyatli qiliq”ni zino deb

talqin qilgan holda, faqatgina xotin zino qilganda ajrashish mumkin, deb aytishardi. Boshqa ba’zi olimlarning fikri bo‘yicha, xotin erga biror sababga ko‘ra yoqmay qolsa, er xotini bilan ajrashishi mumkin edi. Ular Qonunlar 24:1 dagi “uni yoqtirmay qolsa” iborasiga urg‘u berganlar. Iso Masihning ta’limotiga ko‘ra esa Xudoning asl maqsadi shu ediki, er va xotin nikohi buzilmasin, ular aslo ajrashmasin (shu bobning 4-6–oyatlariga qarang). Ammo Iso ham Musoning qonunlarida berilgan, bevafolik sababi bilangina ajralish mumkin, degan fikriga qo‘shilar edi (shu bobning 8-9–oyatlariga qarang).

19:4 Ibtido 1:27, 5:2 ga qarang.

19:5 Ibtido 2:24 ga qarang.

19:7 …Muso…amr bergan — Qonunlar 24:1 ga qarang.

19:9 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar Isoning gapiga qo‘shimcha qilingan: shuningdek, eridan ajralgan xotinga uylangan ham zino qilgan bo‘ladi.

19:16 Ustoz! — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Valine’mat Ustoz!

19:17 Nega Mendan yaxshi ish to‘g‘risida so‘rayapsiz? Faqatgina Xudo yaxshi–ku! — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Nega Meni valine’mat deysiz? Birgina Xudodan boshqa hech kim valine’mat emas–ku!

19:18-19 Chiqish 20:12-16, Qonunlar 5:16-20, Levilar 19:18 ga qarang.

19:28 …hamma narsa yangilanganda… — Vahiy 21:1-5 ga qarang.

20:2 bir kumush tanga — yunoncha matnda bir dinor, Rim kumush tangasi. Shu bobning 9, 10, 13–oyatlarida ham bor.

20:7 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar bog‘ egasining gapiga qo‘shimcha qilingan: tegishli haqingizni olasizlar.

20:16 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar Isoning gapiga qo‘shimcha qilingan: Axir, da’vat etilganlar ko‘p, ammo tanlanganlar ozdir.

20:19 g‘ayriyahudiylar — o‘sha davrda Yahudiyada hukmronlik qilgan Rim imperiyasi

amaldorlariga ishora.

20:20 ikki o‘g‘li — ya’ni Yoqub va Yuhanno.

20:21 Sizning o‘ng tomoningiz — o‘ng tomon muruvvat va baraka o‘rni deb hisoblangan.

20:22 azob kosasi — yunoncha matnda kosa, Isoning azoblari va xochdagi o‘limiga ishora (shu bobning 17-19–oyatlariga qarang). “Kosadan ichmoq” iborasi azob–uqubat tortib, jazo olish ma’nosini bildiradi (misol uchun, Zabur 74:9, Ishayo 51:17, Yeremiyo 25:15 ga qarang).

20:22 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar Isoning gapiga qo‘shimcha qilingan: Men boshdan kechiradigan qayg‘u–alamlarga botib chiday olasizlarmi?

20:23 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar Isoning gapiga qo‘shimcha qilingan: boshdan kechiradigan qayg‘u–alamlarimga o‘zingiz ham duchor bo‘lasizlar.

20:30 Dovud O‘g‘li — 9:27 izohiga qarang.

21:1 Zaytun tog‘i — Quddus shahrining sharqiy devori bo‘ylab o‘tgan Qidron soyligining narigi tomonidagi tepalik.

21:5 Quddus xalqi — yunoncha matnda Qiz Sion, Quddus ahliga nisbatan qo‘llangan she’riy usul. Quddusdagi Ma’bad qurilgan tepalik Sion tog‘i deb atalgan. Eski Ahddagi she’riy parchalarda va payg‘ambarlar bitiklarida Sion so‘zi ko‘pincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SION so‘ziga qarang.

21:5 Zakariyo 9:9 ga qarang. Yana Ishayo 62:11 ga qarang.

21:9 Dovud O‘g‘li — 9:27 izohiga qarang.

21:9 Egamiz nomidan kelayotgan Inson baraka topsin! — Zabur 117:26 ga qarang.

21:12 Sarroflar — pul ayirboshlovchilar. Ular Rim va Yunon tangalarini yahudiylarning shaqaliga almashtirganlar. Ma’bad solig‘ini to‘lash va qurbonlik qilinadigan hayvonlarni sotib olish uchun shaqal ishlatilgan.

21:13 Ishayo 56:7 ga qarang.

21:13 qaroqchilar uyasi — Yeremiyo 7:11 ga qarang.

21:16 Muallif bu o‘rinda Zabur 8:3 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.

21:17 Baytaniya qishlog‘i — Quddus shahrining sharqiy devori bo‘ylab o‘tgan Qidron soyligining narigi tomonida joylashgan edi.

21:31 Soliqchilar — 5:46 izohiga qarang.

21:33 uzum siqish chuquri — qadimgi paytlarda odamlar uzumni qoyatoshga o‘yilgan chuqurga yoki tuproqdan qazilgan, tubiga va atrofiga zich qilib tosh terilgan chuqurga solib, sharbatini siqib olish uchun oyoqlari bilan ezardilar. Sharbat o‘sha chuqurdan yana boshqa bir chuqurga oqib tushardi.

21:42 tamal toshi — qadimgi paytlarda qurilishda poydevor uchun qo‘yilgan birinchi va eng muhim tosh hisoblanardi. Bu tosh poydevorning bir burchagini hosil qilib, binoning qolgan qismi o‘sha toshning joylashuvi bo‘yicha qurilardi.

21:42 Zabur 117:22-23 ga qarang.

21:44 bu tamal toshi — Iso bu so‘zni ramziy ma’noda ishlatgan bo‘lib, O‘zini nazarda

tutgan.

22:16 Hirod tarafdorlari — Buyuk Hirodning avlodlari hukmronligini qo‘llab– quvvatlagan yahudiylarning bir guruhi. Buyuk Hirod va uning o‘g‘li Hirod Antipas (14:1 ga qarang) hokimiyati cheklangan bo‘lib, faqat Rim hukumati ruxsati bilan ish

yuritardi. Farziylar Rim hukumatiga qattiq qarshilik ko‘rsatar, ammo Hirod tarafdorlari Rim hukmronligini qo‘llab–quvvatlar edilar.

22:17 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon. Bu o‘rinda Qaysar

Tiberiyga ishora qilingan. U milodiy 14-37 yillarda hukmronlik qilgan.

22:17 …Qaysarga soliq to‘lashimiz… — yahudiylar Rim bosqinchilaridan g‘oyat nafratlanganlari uchun, ularga soliq to‘lashni aslo istamas edilar. Biroq soliq to‘lamaslik katta muammolarni keltirib chiqarar edi.

22:19 dinor — Rim kumush tangasi. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi.

22:24 …Muso aytgan ediki… — Qonunlar 25:5-6 ga qarang.

22:29 Muqaddas bitiklar — odatda Eski Ahd kitoblari to‘plami shu nom bilan ataladi.

22:32 Chiqish 3:6 ga qarang.

22:37 Qonunlar 6:5 ga qarang.

22:39 Levilar 19:18 ga qarang.

22:40 Butun Tavrot va payg‘ambarlarning hamma bitiklari — odatda Eski Ahd kitoblari

to‘plami shu nom bilan ataladi (5:17 izohiga qarang).

22:42 Dovudning O‘g‘li — 9:27 izohiga qarang.

22:44 Mening o‘ng tomonim — o‘ng tomon muruvvat va baraka o‘rni deb hisoblangan.

22:44 Zabur 109:1 ga va o‘sha oyatning birinchi izohiga qarang.

23:5 Peshanalariga taqqan nishonalari…kiyimlarining popuklari… — bu nishona va popuklarni erkaklar o‘zlarining Xudoga bag‘ishlanganlarini ko‘rsatish uchun taqib yurardilar. Nishona odatda teridan tikilgan kichkina quti bo‘lib, uning ichida Tavrotdan yozib olingan muhim oyatlar bor edi. Xudo O‘z xalqiga, Mening amrlarimni yodda tutib, ularga rioya qilinglar, amrlarimni farzandlaringizga o‘rgatinglar, deb popuklar osib yurishni va nishonalar taqib yurishni buyurgan edi (Sahroda 15:37-40, Qonunlar 6:8, 11:18 ga qarang). Iso Masih bu amrga itoat etishni emas, balki inson yuragidagi mag‘rurlikni, gunohga moyil bo‘lgan o‘y–xayollarni ayb deb bilardi.

23:13-14 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar 14–oyatni tashkil etib, qo‘shimcha qilingan: Holingizga voy, ey tafsirchilar va farziylar! Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Axir, sizlar bevalarning uy–joylarini tortib olasizlar, xo‘ja ko‘rsinga uzoq duo o‘qiysizlar. Shuning uchun nihoyatda qattiq jazoga mubtalo bo‘lasizlar.

23:23 ushr — har qanday daromadning o‘ndan bir qismi. Levilar 27:30-33, Qonunlar 14:22-29, 26:12-13 ga qarang.

23:24 …ichimligingizdan chivinni suzib olasizlar… — harom bo‘lib qolmaslik uchun ular hatto eng kichkina hasharotni suzib olardilar (Levilar 11:20-23 ga qarang), ammo harom bo‘lgan tuyani butunligicha yutib yuborardilar (Levilar 11:4 ga qarang).

23:27 …ohaklangan qabrlarga o‘xshaysizlar… — yahudiylar qabrlarni harom deb bilishardi, shuning uchun qabrga tegib ketgan odam ham harom bo‘lardi (Sahroda 19:16 ga qarang). Farziylar tashqi tozalik, diniy poklikka rioya qilib, haqiqiy solihlikka e’tiborsiz bo‘lganlari uchun Xudoning nazarida nopok edilar. Ularning urf–odatlari nafaqat o‘zlarini, balki ularning urf–odatlariga rioya qilgan hamma odamni bulg‘ar edi.

23:35 …Hobil…Zakariyo… — Eski Ahdda bayon qilingan voqealarga ko‘ra, birinchi o‘ldirilgan inson — Hobil, oxirgi o‘ldirilgan inson esa Zakariyo edi (Ibtido 4:8,

2 Solnomalar 24:20-22 ga qarang).

23:39 Zabur 117:26 ga qarang.

24:2 …bular vayron bo‘ladi — milodiy 70 yilda Tit boshchiligida Rim qo‘shini Quddusni va u yerdagi Ma’badni butunlay vayron qilgan.

24:3 Zaytun tog‘i — 21:1 izohiga qarang.

24:15 makruh bir narsa — Doniyor 9:27 ga va o‘sha oyatning oxirgi izohiga qarang.

Yana Doniyor 11:31, 12:11 ga qarang.

24:17 Tomning ustida bo‘lganlar — u zamonlarda uylarning tomi tekis bo‘lib, odamlar

tomga chiqib dam olishardi.

24:20 …Shabbat kuniga to‘g‘ri kelmasligi uchun… — o‘sha davrda yahudiylarning Shabbat kuni haqidagi qonunni sharhlashlari bo‘yicha, Shabbat kunida faqatgina taxminan bir chaqirim joygacha yurish mumkin edi. Agar qochish Shabbat kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, ularning ahvoli yanada qiyinlashardi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi SHABBAT KUNI iborasiga qarang.

24:28 Kalxatlar…shu singari, hammaga ayon bo‘ladi — yunoncha matndan so‘zma–so‘z

tarjimasi Murda qayerda bo‘lsa, kalxatlar ham o‘sha yerda to‘planadi.

24:29 Ishayo 13:10, 34:4 ga qarang.

24:30 Inson O‘g‘li…bulutlarda keladi — Doniyor 7:13-14 ga qarang.

24:33 o‘sha vaqt — yoki Inson O‘g‘li.

24:36 O‘g‘il ham… — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida bu so‘zlar yo‘q.

24:37 Nuh davrida — Ibtido 6:5-7:23 ga qarang.

25:15 …besh ming tilla…ikki ming tilla…ming tilla… — yunoncha matnda …besh talant…ikki talant…bir talant… (shu bobning 16-28–oyatlarida ham bor). Bir talantning qiymati mardikorning o‘n besh yillik ish haqidan ham ko‘proq edi.

25:30 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘zlar oyatga qo‘shimcha qilingan: Bularni aytib, Iso xitob qilib dedi: “Kimning eshitar qulog‘i bo‘lsa, eshitsin!”

26:2 Fisih ziyofati — Fisih ziyofatiga va undan keyin yetti kun davomida nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayramiga ishora (Mark 14:1, Luqo 22:1 ga qarang). Bu bayramlar Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod bo‘lishi munosabati bilan nishonlanar edi (Chiqish 12:1-42, 13:3-10 ga qarang).

26:6 Baytaniya — 21:17 izohiga qarang.

26:6 teri kasalligi — 8:2 ning birinchi izohiga qarang.

26:6 ilgari teri kasalligiga chalingan Shimo‘n — bu odam haqida faqatgina shu oyatda va Mark 14:3 da aytib o‘tilgan. Bu Shimo‘n Isodan shifo topgani bilan tanilgan bo‘lishi mumkin.

26:7 ganch — bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha so‘z naqqoshlikda qo‘llaniladigan oqish yoki sarg‘ish rangli toshni bildiradi. Odatda bu toshdan yasalgan idishlarda atir moyni uzoq vaqt davomida saqlasa bo‘lardi.

26:12 Ayol…Meni dafnga tayyorladi — yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra jasad dafn qilinishidan oldin unga xushbo‘y hidli ziravorlar va moylar surtilar edi (Luqo 23:55-56, Yuhanno 19:38-40 ga qarang). Ayol qilgan ishining ma’nosini o‘zi tushunganmi yoki yo‘qmi, aniq emas, ammo Iso aytadiki, uning bu harakati Isoning o‘limi yaqinlashib qolganini bildirardi (yana shu bobning 2–oyatiga qarang).

26:17 Xamirturushsiz non bayrami — shu bobning 2–oyati izohiga qarang.

26:28 ahd — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida yangi ahd. Iso Masih

butun odamzodning gunohini O‘z bo‘yniga olib, xochda o‘ldi. Shu orqali yangi ahdni kuchga kiritdi (Ibroniylar 8:6-13, 9:11-17 ga qarang). To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi AHD so‘ziga qarang.

26:30 Zaytun tog‘i — 21:1 izohiga qarang.

26:31 Zakariyo 13:7 ga qarang.

26:36 Getsemaniya — Zaytun tog‘ining g‘arbiy yon bag‘ridagi bog‘.

26:37 Zabadiyoning ikki o‘g‘li — ya’ni Yoqub va Yuhanno.

26:39 bu azob kosasi — yunoncha matnda kosa. 20:22 ning birinchi izohiga qarang.

26:41 …vasvasaga tushib qolmaylik, deb ibodat qilinglar — Iso O‘z shogirdlarini hademay sinov payti boshlanishi haqida ogohlantiryapti (shu bobning 31-35–oyatlariga qarang). O‘sha paytda ular vasvasaga tushib, Iso Masihdan yuz o‘girishlari mumkin edi.

26:53 o‘n minglab — yunoncha matnda o‘n ikki legiondan ko‘proq, ma’nosi minglar. Bu yunoncha so‘z Rimliklarning harbiy terminidan olingan bo‘lib, 6000 askardan iborat bo‘lgan bo‘linma ma’nosini ifodalaydi.

26:54 Muqaddas bitiklar — odatda Eski Ahd kitoblari to‘plami shu nom bilan ataladi.

26:59 Oliy kengash — yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi OLIY KENGASH iborasiga qarang.

26:59 …Isoni o‘limga mahkum qilish uchun Unga qarshi soxta dalillar izlar edilar — Tavrot qonuniga ko‘ra, birortasini o‘limga mahkum qilish uchun, jinoyatni isbotlaydigan kamida ikkita guvoh bo‘lishi kerak edi (Qonunlar 17:6 ga qarang).

26:61 Bu Odam…degan — Yuhanno 2:18-22 ga qarang.

26:63 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

26:64 Qodir Xudoning o‘ng tomonida o‘tirgani — Zabur 109:1 ga qarang. O‘ng tomon muruvvat va baraka o‘rni deb hisoblangan.

26:64 …Inson O‘g‘lini…osmon bulutlarida kelayotganini ko‘rasizlar — Doniyor 7:13 ga qarang.

26:65 …o‘z kiyimlarini yirtib… — oliy ruhoniy bu harakati bilan Isoning aytgan

so‘zlaridan darg‘azab bo‘lganini ko‘rsatdi.

26:73 shevang — Jalilaliklarning shevasi o‘zgacha bo‘lib, Yahudiyaliklar ularga past

nazar bilan qarar edilar.

27:2 hokim Pilat — Rim hukumati tomonidan Yahudiya viloyatiga tayinlangan hokim.

27:7 kulolning dalasi — kulolga tegishli bo‘lgan dalaga ishora bo‘lishi mumkin. Ammo bu ibora kulollar loy oladigan joyga yoki kulollar ishlaydigan joyga yoki eski, singan sopol idishlar tashlanadigan joyga nisbatan ham ishlatilgan bo‘lishi mumkin.

27:9-10 Yeremiyo payg‘ambarning bashorati — mazkur oyatlardagi qo‘shtirnoqqa olingan parchada Zakariyo 11:12-13 da bayon qilingan g‘oyalar va Yeremiyo payg‘ambarning hayotida sodir bo‘lgan voqealar birga qo‘shilgan (Yeremiyo 19:1-13 ga qarang).

27:15 Fisih bayrami — 26:2 izohiga qarang.

27:16 Yoshua — yunoncha matnda Iisus, bu ism ibroniycha Yoshua ismidan olingan. Shu bobning 17–oyatida ham bor.

27:16 Yoshua Barabbas — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida Barabbas. Shu bobning 17–oyatida ham bor.

27:24 Bu Odam — yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida bu solih Odam.

27:32 Kirineya — bu shahar O‘rta yer dengizi bo‘yida, hozirgi Liviya mamlakatining

hududida joylashgan edi.

27:32 xoch — bu o‘rinda xochning ko‘ndalang yog‘ochiga ishora qilingan. O‘limga mahkum qilingan inson bu yog‘ochni hukm ijro qilinadigan joygacha o‘zi ko‘tarib borishi kerak edi. Bundan oldin Isoni ayovsiz qamchilashgani uchun (shu bobning 26–oyatiga va Mark 15:15, Yuhanno 19:1 ga qarang), U shu qadar holdan toygan ediki, ehtimol, xochni O‘zi ko‘tarishga madori qolmagan bo‘lsa kerak.

27:34 achchiq o‘t — xochga mixlanadigan odamlarning azobini oz bo‘lsa–da, kamaytirish uchun beriladigan dori bo‘lishi mumkin.

27:35 Kiyimlari uchun qur’a tashlab, o‘zaro bo‘lishib olishdi — Zabur 21:19 ga qarang.

27:39 …boshlarini chayqab, Isoni haqoratlashardi — Zabur 21:8 ga qarang.

27:40 Xudoning O‘g‘li — Iso Masihning unvoni. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi XUDONING O‘G‘LI iborasiga qarang.

27:43 U Xudoga ishonardi…hozir Uni qutqarsin — Zabur 21:9 ga qarang.

27:45 Tush…soat uch… — yunoncha matnda Oltinchi soat…to‘qqizinchi soat…, yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, kunning bu paytlari o‘sha soatlar bilan belgilanar edi.

27:46 Eli, Eli, lamo shavaqtani? Eli — ibroniycha so‘z, lamo shavaqtani oramiycha iboradir.

27:46 Zabur 21:2 ga qarang.

27:47 Ilyos — ibroniy tilida Eliyah. Bu ism oldingi oyatdagi Eli so‘ziga ohangdosh.

27:48 arzon sharob — bu o‘rinda ishlatilgan yunoncha so‘z avom xalq kunda ichadigan nordon sharobga ishora qiladi. Bu sharob Rim askarlari uchun o‘sha yerga olib kelingan bo‘lishi mumkin.

27:49 …Ilyos kelib… — 16:14 izohiga qarang.

27:51 Ma’baddagi parda — shoh Hirod qayta qurgan Ma’badda ikkita parda bor edi. Pardaning biri Ma’badning kiraverishida osilgan, ikkinchisi esa Eng muqaddas xonani Muqaddas xonadan ajratib turar edi. Bu oyatda Eng muqaddas xonani Muqaddas xonadan ajratib turadigan parda nazarda tutilgan. Ma’baddagi pardaning yirtilishi Iso tufayli odamlarga Xudoning huzuriga yo‘l ochilganidan dalolat beradi (Yuhanno 4:19- 24, Ibroniylar 9:1-10, 10:19-22 ga qarang).

27:56 Magdala — Jalila ko‘lining g‘arbiy qirg‘og‘idagi qishloq.

27:56 Zabadiyo o‘g‘illari — ya’ni Yoqub va Yuhanno.

27:57 Oqshom tushayotgan paytda… — yahudiylarning urf–odatiga ko‘ra, yangi kun quyosh botgandan keyin boshlanar edi. Juma kuni tugayotgani uchun Yusuf jasadni Shabbat kuni boshlanmasidan oldin qabrga qo‘ymoqchi bo‘lgan (Luqo 23:50-56 ga

qarang).

27:57 Arimateya — Quddusdan 35 kilometr shimoli–g‘arbda joylashgan shahar.

27:61 boshqa Maryam — shu bobning 56–oyatiga qarang.

27:64 birinchisi — ular Isoning Masih ekanligiga ishonmas edilar, bu haqdagi gaplarni

yolg‘on, deb hisoblardilar.

28:1 Magdala — Jalila ko‘lining g‘arbiy qirg‘og‘idagi qishloq.

28:1 boshqa Maryam — 27:56 ga qarang.

28:14 hokim — ya’ni Pilat (27:2 izohiga qarang).

28:15 bugungi kungacha — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.

28:20 Yunoncha matndan. Ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagi so‘z oyatga qo‘shimcha

qilingan: omin.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru