Muqaddas Kitob


RUT

KITOBI

Kirish

Rut kitobida hakamlar davrida yashagan yahudiy bir oilasining hayoti to‘g‘risida hikoya qilinadi. Bu oila keyinchalik Isroilda muhim o‘rin tutdi. Chunki Rutning evaralaridan biri Dovud buyuk shoh bo‘ldi.

Kitobda Rutdan tashqari yana bir asosiy qahramon uning qaynanasi Naimadir.

Naima eri va ikki o‘g‘li bilan Baytlahm shahrida yashardi. Lekin Isroil yurtida ocharchilik boshlangani uchun bu oila Mo‘ab yurtiga yo‘l oladi. Naimaning eri u yerda vafot etadi, o‘g‘illari esa Mo‘ablik qizlarga uylanadilar. O‘sha qizlardan biri Rut edi.

Naimaning ikkala o‘g‘li ham Mo‘abda olamdan o‘tgach, Naima Baytlahmga qaytishga qaror qiladi. Naima ikkala kelinidan Mo‘abda qolishlarini va o‘zlariga boshqa qayliq topishlarini o‘tinib so‘raydi. Lekin Rut Naima bilan birga Baytlahmga ketishga qaror qiladi. Kitob davomida Rut qanday qilib Naimaning Bo‘az ismli boy qarindoshiga turmushga chiqqani to‘g‘risida hikoya qilinadi.

Tavrot qonuniga muvofiq*, Mo‘abliklarning Isroil xalqi qatoriga qo‘shilishi man qilingan edi. Biroq Rut Xudoga va qaynanasiga bo‘lgan mehri va samimiy sadoqati tufayli, istisno tariqasida Isroil xalqi qatoriga qo‘shiladi.

Butun Isroil xalqi ruhiy inqirozga uchragan, Xudoga bo‘lgan e’tiqodidan voz kechgan og‘ir bir davrda Rut va Bo‘az chin sadoqat timsoli bo‘lib gavdalanadi.


1–BOB

Elimalek oilasi bilan Baytlahmdan Mo‘abga ko‘chadi

1 Isroilda hakamlar* hukmronligi davrida bir muddat ocharchilik bo‘lgan edi. Bir odam xotini va ikki o‘g‘li bilan birga birmuncha vaqt yashash niyatida Mo‘ab yurtiga* jo‘nadi. U Yahudoning Baytlahm shahridan* edi. 2 U odamning nomi Elimalek, xotinining oti Naima, o‘g‘illarining ismlari esa Maxlo‘n va Xilyon edi. Bu oila Yahudoning Baytlahm shahridan — Efratlik* edi. Ular Mo‘ab yurtiga borib, o‘sha yerda yashab qoldi.

3 Ular o‘sha yerda yashayotganlarida, Elimalekning ajali yetdi. Naima ikki o‘g‘li bilan qoldi. 4 Uning o‘g‘illari Mo‘ablik qizlarga uylandilar. Qizlardan birining ismi O‘rpa, ikkinchisiniki Rut* edi. Ular o‘sha yerda o‘n yilcha yashashgandan keyin 5 Maxlo‘n va Xilyon ikkalasi ham vafot etishdi. Naima ham eridan, ham farzandlaridan ayrilib, yolg‘iz qoldi.

Naima va Rut Baytlahmga qaytishadi

6-7 “Egamiz O‘z xalqiga e’tibor berib, ularga non berdi” degan xabarni eshitgach, Naima o‘z yurtiga qaytishga qaror qildi. Naima yashab kelgan Mo‘ab yurtini tashlab, kelinlari bilan birga yo‘lga tushdi va Yahudoga qarab yurishdi. 8 Yo‘lda davom etisharkan, Naima ikkala keliniga dedi:

— Boringlar, ikkovingiz ham onalaringizning uylariga qaytinglar. Menga va

marhumlarga bo‘lgan izzat–hurmatingiz uchun Egam sizlarga ham marhamat qilsin.


9 Ikkovlaringizga ham yaxshi joylardan ato qilsin, turmush qurib, o‘z erlaringiz bilan baxtli bo‘linglar!

Shunday deb Naima kelinlarini o‘pdi, ikkalasi esa yig‘lab faryod ko‘tarishdi:

10 — Yo‘q, biz siz bilan ketamiz, sizning xalqingiz orasida yashaymiz, — deyishdi.

11 Naima esa yana kelinlariga:

22 Shunday qilib, Naima Mo‘ablik kelini Rut bilan birga Mo‘ab yurtidan qaytib keldi.

Ular Baytlahmga kelgan paytda arpa o‘rimi boshlangan edi*.


2–BOB

Rutning Bo‘az bilan uchrashuvi

1 Naimaning Bo‘az degan qarindoshi bo‘lib, anchagina obro‘li, badavlat odam edi. U

Naimaning marhum eri Elimalek urug‘idan edi. 2 Bir kuni Mo‘ablik Rut Naimaga:

senga ozor berishlari mumkin, — dedi.

23 Shu tariqa Rut arpa va bug‘doy o‘rimi tugagunga qadar*, Bo‘azning cho‘ri qizlari

yonida boshoq terib yurar, qaynanasi bilan birga yashardi.


3–BOB

Rut va Bo‘az xirmonda

1 Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, Rutga qaynanasi Naima shunday dedi:

Ertalabgacha uxlayver. 14 Lekin tong paytida turib ket, xirmonga kelganingni odamlar

bilmay qo‘ya qolishsin.

Rut Bo‘azning oyoq tomonida sahargacha uxladi. Ko‘z ko‘rmaydigan, g‘ira–shira tong

paytida Rut o‘rnidan turdi. 15 Bo‘az Rutga:

Bo‘az Rutga qanday munosabatda bo‘lgan bo‘lsa, Rut hammasini qaynanasiga aytib

berdi.

17 — U, qaynanangning oldiga quruq qo‘l bilan borma, deb mana bu olti tog‘ora

arpani ham berib yubordi, — dedi Rut.

18 Qaynanasi Rutga dedi:

— Qizim, bu ishlar nima bilan tugaydi, hali bilmaysan, — dedi. — Kutib turgin–chi, u

bu ishni bugunoq oxiriga yetkazmay qo‘ymasa kerak.


4–BOB

Bo‘az Rutga uylanadi

1 Bo‘az shahar darvozasi oldiga chiqib o‘tirdi*. O‘sha payt Bo‘az aytgan yaqin

qarindoshi* yonginasidan o‘tib qoldi. Bo‘az uning ismini aytib chaqirib:

16 Naima chaqaloqni o‘ziga oldi, bir dam bag‘ridan uzmadi. O‘zi enagalik qildi.

17 Qo‘shni ayollar: “Naima uchun o‘g‘il tug‘ildi”, deb chaqaloqqa Obid* ismini berdilar.

Shoh Dovud — Bo‘az va Rutning chevarasi

Obid Dovudning padari buzrukvori Essayning otasi bo‘ldi. 18 Parazdan Dovudgacha

bo‘lgan avlod–ajdod quyidagicha:


Parazdan Xazron bunyod bo‘ldi.

19 Xazrondan Ram bunyod bo‘ldi.

Ramdan Ominadav bunyod bo‘ldi.

20 Ominadavdan Naxsho‘n bunyod bo‘ldi. Naxsho‘ndan Salmo‘n bunyod bo‘ldi.

21 Salmo‘ndan Bo‘az bunyod bo‘ldi. Bo‘azdan Obid bunyod bo‘ldi.

22 Obiddan Essay bunyod bo‘ldi. Essaydan Dovud bunyod bo‘ldi.

IZOHLAR

Tavrot qonuniga muvofiq — Qonunlar 23:3-4 ga qarang.

1:1 hakamlar — o‘sha vaqtda Isroilning yo‘lboshchilari hakamlar deb atalgan. Isroil xalqi dushmanlariga qarshi urush ochganda, hakamlar lashkarboshi sifatida xizmat qilardi. Shuningdek, hakamlar qozi vazifasini, ayrim hollarda diniy vazifalarni ham bajarar edilar. Hakamlar 2:16-19 ga qarang.

1:1 Mo‘ab yurti — O‘lik dengizning sharq tomonida joylashgan. Mo‘ab xalqi butlarga sig‘inardi. Bu xalq ko‘pincha Isroil xalqining dushmani edi.

1:1 Baytlahm shahri — Quddusdan qariyb 8 kilometr janubda joylashgan.

1:2 Efrat — Baytlahm shahri atrofidagi yerlar.

1:4 …O‘rpa…Rut… — O‘rpa Xilyonning xotini, Rut Maxlo‘nning xotini edi (4:10 ga qarang).

1:11 Qornimda yana o‘g‘illarim bormidiki, sizlarga umr yo‘ldoshi bo‘lsa?! — Tavrot qonuniga ko‘ra, odam farzand ko‘rmasdan vafot etgan bo‘lsa, marhumning aka– ukalaridan yoki eng yaqin urug‘laridan biri uning naslini davom ettirish maqsadida beva qolgan xotinni olishi kerak edi. Ulardan tug‘ilgan bolalar o‘lgan odamniki hisoblangan.

Shu tariqa marhumning nomi davom etavergan (Qonunlar 25:5-10 ga qarang). Maxlo‘n va Xilyonning aka–ukalari bo‘lmagani sababli, ularning oilasi nomini davom ettirish uchun deyarli imkon yo‘q edi.

1:15 …o‘z xudolariga… — yoki …o‘z xudosiga…. Xamo‘sh Mo‘ab xalqining xudosi edi (3 Shohlar 11:33 ga qarang).

1:17 Meni sizdan faqat o‘lim ajrata oladi — yoki Hatto o‘lim ham meni sizdan ajrata olmaydi. Bu ibora shundan dalolat beradiki, o‘sha davrdagi odatga ko‘ra, Rut Naima bilan qolishga, hatto Naimaning oilasi xilxonasiga dafn qilinishga rozi edi.

1:20 Naima — ibroniychadagi ma’nosi yoqimli.

1:20 Musibat — ibroniycha matnda Mara, ma’nosi achchiq, qiyinchilik.

1:22 …arpa o‘rimi boshlangan edi — aprelning oxiri yoki mayning boshi.

2:2 …boshoq terib kelardim… — qonunga binoan, yig‘im–terim paytida kambag‘allar terib olsinlar deb, o‘roqchilar dalada boshoq tashlab ketishardi (Levilar 19:9-10, Qonunlar 24:19 ga qarang).

2:17 …bir tog‘oradan ko‘proq… — ibroniycha matnda …taxminan bir efa…, taxminan 22

litrga to‘g‘ri keladi.

2:20 marhumlar — Naima marhum eri va o‘g‘illarini nazarda tutyapti.

2:20 …oilamizni o‘z panohiga olishga burchli odamlardan… — ibroniycha matnda maxsus termin bo‘lib, uning so‘zma–so‘z tarjimasi …qutqaruvchilarimizdan…. Og‘ir muhtojlikda qolgan oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilishga burchli yaqin qarindosh. Bunday vaziyatda o‘sha odam Naima va Rutga yordam berib, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi, ikkovining marhum erlari Elimalek va Maxlo‘nning oilasi nomini davom ettirishga yordam berishi kerak edi (Qonunlar 25:5-10 ga qarang).

2:23 …arpa va bug‘doy o‘rimi tugagunga qadar… — iyunning oxirigacha.

3:2 bugun kechqurun — oqshomgi shabadada dehqon donini to‘pondan ajratib tozalash

uchun xirmonda ishlardi.

3:4 …oyoq tomonini ochib, o‘sha yerda yot — shunday qilib Rut o‘zining himoyachiga muhtoj ekanligini bildiryapti. Uning bu harakati Bo‘az bilan turmush qurish niyati borligini ko‘rsatayotgan bo‘lishi mumkin.

3:9 Cho‘ringizni panohingizga olsangiz… — ibroniycha matnda Kiyimingizning etagini ustimga yopib qo‘ysangiz…. Bu ibora nikoh orqali ayol kishini himoya qilishga va xavfsizligini ta’minlashga ramziy ma’noda ishora qiladi (Hizqiyol 16:8 ga qarang).

3:9 …oilamizni panohingizga olishga burchli odamsiz… — ibroniycha matnda maxsus termin bo‘lib, uning so‘zma–so‘z tarjimasi …qutqaruvchisiz… (shu bobning 12–oyatida ham bor). 2:20 ning ikkinchi izohiga qarang.

3:15 olti tog‘ora — ibroniycha matnda olti o‘lchov, miqdori noma’lum.

4:1 …shahar darvozasi oldiga chiqib o‘tirdi — qadimgi paytlarda oqsoqollar va obro‘li odamlar shahar darvozasi oldida yig‘ilib, hakamlik vazifasini bajarardilar. U yerda turli masalalarni ko‘rib chiqib, hal qilardilar.

4:1 yaqin qarindoshi — ibroniycha matnda maxsus termin bo‘lib, uning so‘zma–so‘z tarjimasi qutqaruvchi (shu bobning 3, 6, 8–oyatlarida ham bor). 2:20 ning ikkinchi izohiga qarang.

4:5 Maxlo‘n — Elimalekning o‘g‘li (1:2-5 ga qarang).

4:6 …o‘zimning mulkimni xavf ostiga qo‘ygan bo‘laman — qadimgi Isroildagi qonunga ko‘ra, Rutdan tug‘ilgan bola o‘sha yaqin qarindosh sotib olgan yerga merosxo‘r bo‘lar edi. U odam vafot etgandan keyin esa o‘zining farzandlari o‘sha sotib olingan yerga qonuniy jihatdan egalik qila olmas edilar. Ularning bunga huquqlari ham bo‘lmas edi. Yana 2:20 ning ikkinchi izohiga qarang.

4:12 …bobomiz Paraz… — Yahudoning o‘g‘illaridan biri, u Bo‘azning hamda Baytlahmda yashagan ko‘pchilikning bobokaloni edi. Tamara marhum erining nomini davom ettirish uchun Parazni dunyoga keltirgan edi (Ibtido 38:1-30 ga qarang).

4:14 g‘amxo‘rlik qiladigan nevara — ibroniycha matnda maxsus termin bo‘lib, uning so‘zma–so‘z tarjimasi qutqaruvchi. Og‘ir muhtojlikda qolgan oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilishi uchun nazarda tutilgan yaqin qarindosh. Nevara Naima va Rutning marhum erlari Elimalek bilan Maxlo‘nning oilasi nomini davom ettirishi, ulg‘ayganda Naima va Rutga suyanchiq bo‘lishi kerak edi.

4:17 Obid — ibroniychadagi ma’nosi xizmatkor, qul.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)


Muqaddas Kitob

01_Ibtido_MK  |  02_Chiqish_MK  |  03_Levilar_MK  |  04_Sahroda_MK  |  05_Qonunlar_MK  |  06_Yoshua_MK  |  07_Hakamlar_MK  |  08_Rut_MK  |  09_1-Shohlar_MK  |  10_2-Shohlar_MK  |  11_3-Shohlar_MK  |  12_4-Shohlar_MK  |  13_1-Solnomalar_MK  |  14_2-Solnomalar_MK  |  15_Ezra_MK  |  16_Naximiyo_MK  |  17_Ester_MK  |  18_Ayub_MK  |  19_Zabur_MK  |  20_Hikmatlar_MK  |  21_Voiz_MK  |  22_Gozal-Qoshiqi_MK  |  23_Ishayo_MK  |  24_Eremiyo_MK  |  25_Marsiyasi_MK  |  26_Hizqiyol_MK  |  27_Doniyor_MK  |  28_Xosheya_MK  |  29_Yoel_MK  |  30_Amos_MK  |  31_Obodiyo_MK  |  32_Yunus_MK  |  33_Mixo_MK  |  33_Noxum_MK  |  34_Xabaqquq_MK  |  36_Zafaniyo_MK  |  37_Xaggey_MK  |  38_Zakariyo_MK  |  39_Malaki_MK  | 

Muqaddas Kitob Injil: 40_Matto_MK  |  41_Mark_MK  |  42_Luqo_MK  |  43_Yuhanno_MK  |  44_Havoriylar_MK  |  45_Yoqubning_MK  |  46_1-Butrus_MK  |  47_2-Butrus_MK  |  48_1-Yuhannoning_MK  |  49_2-Yuhannoning_MK  |  50_3-Yuhannoning_MK  |  51_Yahudoning_MK  |  52_Rimliklarga_MK  |  53_1-Korinfliklarga_MK  |  54_2-Korinfliklarga_MK  |  55_Galatiyaliklarga_MK  |  56_Efesliklarga_MK  |  57_Filippiliklarga_MK  |  58_Kolosaliklarga_MK  |  59_1-Salonikaliklarga_MK  |  60_2-Salonikaliklarga_MK  |  61_1-Timotiyga_MK  |  62_2-Timotiyga_MK  |  63_Titusga_MK  |  64_Filimonga_MK  |  65_Ibroniylarga_MK  |  66_Vahiy_MK  | 

67-Sozboshi_MK  |  68-Muqaddas-Kitobga-kirish_MK  |  69-Izohlarning-tuzilishi_MK  |  70-Lugat_MK  |  71-Rasmlar-va-loyihalar_MK  |  72-Jadvallar_MK  |  73-Qolyozmalarning-fotonusxalari_MK  |  74-Xaritalar_MK

KITOBOOK  |  AudioKitoblar  |  Simfoniya  |  Guvohliklar  |  Musiqa mp3  |  VIDEO  |  UzLatin
  |  Telegram kanal @kitoblar_elektron_uz



Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musiqasi


(skachat Hamdu-Sano-Xudoga.pdf 2 mb)
Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika
(skachat Hamdu-Sanolar_Imon-yuli.pdf 1 mb)
Online Yangi o'zbek MP3. Ayni damda musiqa javonida 3gb. guruh. Ҳамду санолар
++ KANAL MP3 https://t.me/uzbekmusika ++


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Китоблар Ўзбек тилидаги: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак
Uzbek tilida Muqaddas Kitob Injil skachat - Audio mp3, Download (.zip 624mb)



Yaxshi audio kitoblarni O`zbek tilidagi

Audio Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

O'zbek tilidagi Kinolar

Uzbek tilidagi Kinolar

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 www.ibt.org.ru