DONIYOR SHOH DORO SAROYIDA
Doniyor kitobi, 6-bob
Midiyaliklar va forslarning birlashgan yangi shohligiga shoh Kurush hukmronlik qilar va u Bobil ustidan midiyalik Doroni shoh etib tayinladi. Shoh Doro butun shohligidagi yerlarni bir yuz yigirmata viloyatga bo‘lib, har bir viloyat ustidan noiblarni tayinladi. Noiblarni nazorat qilish uchun esa uchta amirni tayinladi, ularning biri Doniyor edi. Shoh Doro Doniyorni nihoyata qadrlasa-da, uning saroyida Doniyorni ko‘ra olmaydigan odamlar ham bor edi.
Doniyordan qutulish uchun ular razil bir reja tuzdilar. Bir kuni ular shohning huzuriga borib:
- Shoh hazratlarining umrlari boqiy bo‘lsin! – deyshdi. – Siz, qudratli, himmmatli va iltifotli shohsiz. Barcha odamlar sizning iltifotingiz ostida yashaydi. Biroq buni bilmaganlar ham bor. Shu sababli, biz mulohaza qilib ko‘rdik: qanday qilsak sizning iltifotingiz hammaga ayon bo‘ladi. Endi bir farmon joriy qilsangiz, unga ko‘ra mamlakatingizda hamma odam bir oy davomida sizdan boshqa hech bir kimsaga yoki Xudoga sajda qilmasin. Shunda hamma odamlar sizning qanchalik serhimmat ekanligingizni bilib oladi.
- Bu yaxshi fikr, – dedi shoh. Bunday so‘zlardan shohning kayfiyati chog‘ bo‘ldi. - Men bu farmonni imzolayman. Kimda-kim unga rioya qilmasa, sherlar uyasiga tashlansin, – dedi u.
SAVOLLAR
1) Bobilning yangi shohi etib kim tayinlandi? Uning ismi nima edi?
2) Doniyor qanday lavozimga tayinlandi?
3) Doro qanday farmonni imzolashga qaror qildi?
Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.
Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.