KA’NA QISHLOG‘IDA SODIR BO‘LGAN MO‘’JIZA
Yuhanno bayon etgan Xushxabar, 2-bob, 1-11-oyatlar

Iso shogirdlari bilan Jalilaga kelganiga uch kun bo‘lgan edi. U yerdagi Ka’na qishlog‘ida nikoh to‘yi bo‘ldi. Isoning onasi Maryam ham o‘sha yerda edi.
To‘y xursandchilik bi- lan o‘tar edi: mehmonlar yeb ichishar, qo‘shiqlar aytib, raqs tushar, har xil hikoyalar aytib, kulishardi.
Xursandchilik avjiga chiqqan bir paytda, Maryam do‘stlari bilan o‘tirgan Isoning oldiga kelib, Unga havotir ila pichirlab:
- Ularda sharob qolmabdi, – dedi.
Ana xolos! Odamlar kuyovni ziqna ekan deb o‘ylashsa kerak. Maryam o‘g‘lining vaziyatdan chiqib ketishning biron-bir chorasini topsa kerak deb, umid qilardi. Biroq Iso onasining nima istayotganini bilsa-da shunday javob berdi:
- Buning Menga nima daxli bor?! Mening vaqt–soatim hali kelgani yo‘q, – dedi U.
Rabbimizning so‘zlarini Maryam tushundi. Uning hamma narsaga qodir ekaniga Maryam ishonardi. Shuning uchun u xizmatkorlarga sekingina:
- U sizlarga nima desa, shuni qilinglar, – dedi.
Bir ozdan so‘ng Iso chindan ham xizmatkorlarning oldiga bordi. U hovlini ko‘zdan kechirib, u yerda oltita katta xum turganini ko‘rdi.
- Xumlarni suvga to‘ldiringlar, – dedi U xizmakorlarga.
Bu idishlarni limmo-lim qilib suvga to‘ldirish uchun ozmuncha ter to‘kishmadi.
- Endi xumdagi suvdan ozgina olib, to‘yboshiga olib boringlar, – dedi Iso. Xizmatkorlar ko‘zlarini katta-katta ochib, unga ajablanib qarashardi.
Nima dedi? Quduqdan tortib chiqarishgan suvni to‘yboshi tatib ko‘rishi kerakmi? Nosiralik bu mehmon ularning ustidan kulmoqchimi? Keyin Maryamning ularga aytgan gaplarini eslashib, Isoning aytganiday qilishga kelishishdi.
To‘yboshi sharobga aylangan suvni tatib ko‘rdi. U ma’qullaganday o‘ziga-o‘zi ming‘irlab, kuyovning qoshiga shoshildi.
- To‘yni zo‘r tashkillashtiribsan-u, bir ishda adashibsan-da, – dedi u.
Kuyov hijolatdan ko‘zini olib qochdi va hayolidan shunday o‘tkazdi:
“Sharob yetmay qolgani uchun menga ta’na qilsa kerak”.
To‘yboshi esa mutlaqo boshqa gapni aytdi:
– Dasturxonga avval yaxshi sharob tortiladi. Mehmonlar yaxshi sharob bilan yomon sharobning farqiga bormay qolgandan keyingina arzonroq sharob tortiladi. Sen esa aksini qilibsan-ku. Xizmatkorlaring hozir quyib berayotgan sharob eng oliy navliku!
Kuyov buni qanday tushunishni bilmay qoldi. Maryam esa o‘g‘liga jilmayib qo‘ydi. Isoning shogirdlari esa: “Chindan ham Xudoning O‘zi Isoni odamlarning og‘irini yengil qilish uchun yuboribdi”, – deb o‘ylab qoldilar.
SAVOLLAR
1) Iso shogirdlari bilan qaysi qishloqqa bordi?
2) U yerda qanday tadbir bo‘layotgan edi? Iso u yerda yaqinlaridan kimni uchratdi?
3) To‘yda qanday voqea yuz berdi? Iso nima qildi? Shogirdlar bu
hodisadan keyin U haqda qanday fikrga borishdi?
Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.
Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.






































































































































































