ISO BEVA AYOLNING O‘G‘LINI TIRILTIRADI
Luqo bayon etgan Xushxabar, 7-bob, 11-16-oyatlar
Iso Jaliladagi Nain degan boshqa bir shaharga bordi. Bir talay olomon Iso bilan birga edi. Iso shahar darovozasiga yetay deganida, dafn maro- simining ustidan chiqib qol- di. Vafot etgan bir odamni tobutda olib ketishayotgan edilar. Tobutning ortidan marhumning onasi chuqur g‘amga ko‘milib borardi. Ayol bilan birga shahardan bir talay olomon chiqib kelayotgan edi. Ayol beva bo‘lib, vafot etgan odam uning yakkayu-yagona o‘g‘li edi.
Iso bu ayolni ko‘rgach, unga rahmi kelib:
– Yig‘lama! – dedi!
Tobut ko‘tarib borayotganlar to‘xtab qoldilar. Iso esa tobutga yaqinlashib, o‘likka qo‘lini tekkizib:
– Ey yigit, senga aytaman: tur o‘rningdan! – dedi.
O‘lik rostlanib o‘tirdi–da, gapira boshladi. Mo‘’jiza yuz berdi! Iso uni onasiga topshirdi. Buni ko‘rganlar qo‘rqqanlaridan, bir muddat churq etmay turishdi, so‘ng bir-birining gapini bo‘lib:
– Oramizda buyuk payg‘ambar paydo bo‘ldi, Xudo O‘z xalqini qutqarish uchun keldi, - deya hayqira boshlashdi.
Odamlar Isroil Xudosini olqishlab, tasannolar ayta bosh- lashdi. Nain shahrida yuz bergan mo‘’jiza haqidagi shov-shuvlar tez orada butun Yahudo yurtiga yoyildi.
SAVOLLAR
1) Iso qaysi shaharga keldi?
2) Shahar darvozasi oldida U kimni uchratdi?
3) Nain shahrida qanday hodisa yuz berdi? Odamlar bu mo‘’jizaga qanday munosabat bildirishdi?
Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.
Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.