ISONING QAYTA TIRILISHI
Матто баён этган Хушхабар, 28-боб, 1-8-оятлар
G‘ira-shira tong ot- ganda bir nechta ayol – ikkala Maryam va Salomiya Quddusning tor ko‘chalaridan g‘amga botib ketib borardilar. Nima uchun ularning yuzlari shunchalik g‘amgin? Chunki dahshatli fojea yuz bergandi: ularni jahannamdan saqlab qolgan Iso endi yo‘q edi! Ular Isoning so‘zlarini boshqa eshitolmaydilar, avvalgidek Unga xizmat ham qilolmaydilar. Endi bo‘lsa ular Ustozlarining xurmatlarini so‘nggi bor o‘rniga qo‘yish – Uning jonsiz jasadiga xushbo‘y moy surtish istagida edilar.
Ayollar qabr og‘zidagi ulkan toshni qanday olamiz deb, yo‘l bo‘yi tashvish tortib keldilar. Nihoyat shu o‘ylar bilan qabr joylashgan bog‘ga yetib keldilar. Lekin bu nimasi? Qabr toshi allaqachon surib qo‘yilgan, g‘or esa ochiq edi. Ayollar yaqinroq kelishdi. Atrofda hech kim yo‘q edi. G‘or ichiga ko‘z yugurtirgach, ehtiyotkorlik bilan ichkariga kirdilar. Isoning jasadi qo‘yilgan toshning usti bo‘m-bo‘sh edi! Unga nima qildi ekan-a? Nahot Isoning jasadini o‘g‘irlab ketishgan bo‘lsa?
Bu vaqtga kelib, Iso qayta tirilganini ular bilmas edilar. Shuning uchun Uning tanasi qabrda yo‘q edi.
Erta tongda buyuk mo‘’jiza ro‘y bergan, Rabbimiz Iso Masih tirilgan edi! Osmondan yashinday porloq farishta tushib keldi va qabr og‘zidagi toshni ag‘darib yubordi, toki istalgan odam kelib ko‘rsin, Isoning bu yerda yo‘qligiga amin bo‘lsin. Qabrni qo‘riqlab turgan soqchilar qo‘rqqanlaridan har tomonga qochib ketishdi.
Biroq ayollar bundan bexabar edilar. Ular ko‘rgan yagona narsa – bo‘m-bo‘sh qabr edi. Magdalalik Maryam buni ko‘rgach juda xafa bo‘lib ketdi. U bilan birga kelgan yollar nima qilishni bilmay turarkanlar, Maryam bu yangilikdan Butrus bilan Yuhannoni xabardor qilish uchun shaharga yugurdi. Birdan ularga kiyimlari qorday oppoq farishta zohir bo‘ldi. Farishta ularga ajoyib xushxabarni yetkazdi:
– Sizlar qo‘rqmanglar! Iso tirildi! Shaharga borib, shogirdlarga Isoning tirilganini aytinglar!
SAVOLLAR
1) Yakshanba kuni qanday buyuk mo‘’jiza ro‘y berdi?
2) O‘sha tongda ayollar qayerga va qanday maqsad bilan otlanishgandi?
3) Qabrni qo‘riqlab turgan askarlar farishtani ko‘rgach nima qilishdi?
4) Farishta ayollarga nima dedi?
Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.
Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.