Hikoyalar. Muqaddas Kitob 93 bob

MUQADDAS RUHNING TUSHISHI

Havoriylar kitobi, 2-bob, 1-41-oyatlar

93 BM Bible. Muqaddas Kitob hikoyalari kitob Uzbek tilida. Tavrot, Injil


Ma’bad oldidagi may-donda son-sanoqsiz odamlar to‘planib turar edi. Bu kun yahudiylarning Hosil bayramiga to‘g‘ri kelgani uchun Quddusga juda ko‘p ziyoratchilar yig‘ilishgan edi. Ushbu bayram Fisihdan ellik kun o‘tib nishonlangan.
Iso shogirdlarining hammasi bitta joyda yig‘ilib turishgan edi. Ular ibodat qilib, o‘zaro suhbatlashib o‘tirishganida, birdan osmondan shiddatli shamol esganga o‘xshash ovoz keldi. Ovoz tobora kuchayib, ular o‘tirgan uyning ichini to‘ldirdi. Shu onda til shaklidagi alanga uchqunlari ko‘rindi. O‘sha alanga tarqalib, har birining ustiga qo‘ndi. Aslida bu haqiqiy alanga emas, balki Muqaddas Ruhning alomati edi.

Bu hodisaning xususiyatli tomoni - shu tobda sodir bo‘lgan vahiyda emas, balki odamlarning yuragida ro‘y bergan o‘zgarishda edi. O‘sha zahotiyoq ular quvonchga to‘lib, baland ovozda Xudoni ulug‘lay boshladilar. Ular Isoning O‘zini ko‘rmasalar-da, Uning huzurini his qilar, Uning o‘zlariga aytgan hamma so‘zlari va ko‘rsatgan amallari yodlariga tushib, Xudoni ulug‘lar edilar. Havoriylar ta’riflab bo‘lmas hayajon bilan Xudoga minnatdorchilib bildirishar, buni esa uzluksiz ibodat, shod- xurramlik va hamdu-sanolar ko‘rinishida ifodalashar edilar.

Shu payt ular Xudoni ham o‘z ona tillarida, hamda o‘zlariga mutlaqo yot bo‘lgan boshqa tillar va shevalarda ulug‘layotganlarini sezib qolishdi. Shunisi e’tiborliki, bu tillarni nafaqat havoriylar, balki boshqa shahar va hatto boshqa mamlakatlardan kelgan odamlar ham tushunishardi. Rimliklar – lotin tilidagi, yunonlar – yunon tilidagi, forslar – fors tilidagi, arablar – arab tilidagi, afrikaliklar – afrika tilidagi so‘zlarni eshitishardi. Ba’zilar buni mo‘’jiza alomati deb bilib, vahimaga tushgan bo‘lsa,
boshqalar:
– Iye, ular ichib mast bo‘lib qolibdilar–ku, – deb mashara qilishardi.
Shu vaqt havoriylardan biri Butrus o‘rnidan turib balandroq joyga chiqdi va gapirmoqchi ekanini ko‘rsatib, qo‘li bilan ishora qildi.
– Ey yahudiy birodarlar, va uzoqdan kelganlar! Gapimga quloq solib, shuni uqib olinglar! – deya u va’z qila boshladi. – Bu odamlarni sizlar mast deb o‘ylayapsizlar, ammo unday emas. Axir, soat endigina ertalabki to‘qqiz bo‘ldi-ku! Aksincha, Yo‘el payg‘ambarning bashorat qilib aytganlari bajo bo‘lmoqda: u insonlar ustiga Muqaddas Ruhning tushishi haqida bashorat qilgan edi. Mana bir necha haftaki, Muqaddas Bitiklarda bashorat qilingan juda ko‘p narsalar ro‘yobga chiqmoqda. Bugun siz guvoh bo‘lgan voqea ham Muqaddas Ruhning kelishidan boshqa narsa emas. Nosiralik Iso bilan sodir bo‘lgan barcha hodisalar ham qadimgi payg‘ambarlar tomonidan bashorat qilingan edi. U Xudoning O‘g‘li ekanini ko‘p mo‘’jizalar orqali tasdiqlab berdi. Shunga qaramay, sizlar rimliklarning qo‘li bilan Uni xochga mixlatib o‘ldirdingizlar. Ammo Xudo Uni tiriltirdi.

Biz bunga ishondik, chunki o‘zimiz ham buning guvohi bo‘ldik. Biz Uni qatl qilinganidan keyin o‘z ko‘zlarimiz bilan ko‘rdik va aminmizki, U tirik. Biz shuningdek Uning osmonga ko‘tarilganini ham ko‘rdik. Mana endi U bizga Muqaddas Ruhni yubordi. Hamma aniq bilib qo‘ysin: Iso Masihni Xudo jamiki borliq ustidan hukmdor qildi!
Bu yerda hozir bo‘lib turganlarning ko‘pisi Xudoning O‘zi Butrus orqali ularga so‘zlayotganini payqab turardilar. Havoriyning gapirayotganlari haqiqat ekaniga ularda shubha qolmadi.
– Endi biz nima qilaylik? – deb so‘radi odamlar.
– Tavba qilinglar, har biringiz Iso Masihning nomi bilan suvga cho‘minglar, toki gunohlaringiz kechirilsin, – dedi u xalqqa javoban. – Shunda sizlar Muqaddas Ruhni in’om qilib olasizlar. Chunki payg‘ambarlarning aytganlari sizlarga ham taalluqlidir.
Butrusning va’zini minglab odamlar tinglashdi, va o‘sha kuni uch mingta odam suvga cho‘mib, Isoga imon keltirdilar. Ularning hammasi Iso Masih haqida Xushxabarni katta quvonch bilan qabul qilishdi.
Shunday qilib, Hosil bayramida, ya’ni Muqaddas Ruh osmondan tushgan kunda, ilk Jamoatga asos solindi.

«Hosil bayrami kuni kelganda, hamma imonlilar bir joyda yig‘ildilar. Birdan osmondan shiddatli shamol esganga o‘xshash ovoz kelib, ular o‘tirgan uyning ichini to‘ldirdi. Ular til shaklidagi alangani ko‘rdilar. O‘sha alanga yoyilib, har birining ustiga tushdi. Shunda hammalari Muqaddas Ruhga to‘ldilar, Muqaddas Ruh bergan qobiliyatga ko‘ra, ular boshqa tillarda gapira boshladilar».

SAVOLLAR
1) Havoriylarning Muqaddas Ruhni qabul qilganlarining yorqin dalili nima edi?
2) Butrus o‘z va’zida nima haqida gapirdi?
3) O‘sha kun qancha odam suvga cho‘mdirildi? Ular nima uchun bunday qilishdi?
4) Qaysi bayram Jamoatga asos solingan kun hisoblanadi?


Hikoyalar. Muqaddas Kitob (Oilaviy o‘qish uchun) o‘zbek tilida.

Muqaddas Kitob hikoyalari

Birinchi qism. ESKI AHD Hikoyalar kitobi, Tavrot - Odam Ato, Nuh, Ibrohim, Is'hoq, Ismoil, Muso. Zabur - Dovud. YANGI AHD - Ikkinchi qism. Injil - Hikoyalari Iso Masih.
Muqaddas Kitobdan olingan hikoyalar to‘plami keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralab olingan, yorqin manzaralar bilan bezatilgan yuzdan ziyod illyustratsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hikoyalar kitobxonga hamda uning har bir oila a’zosiga Muqaddas Kitobning boy mazmuni bilan tanishish imkonini beradi.


100 dan ortiq Injil hikoyalari. Yuklab olish! Qutmoq! Tingla!
 Muqaddas Kitob   Muqaddas Kitob APP
 



Shu bobni eshitish:



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак